logo

O’QITUVCHINING TA’LIM JARAYONIDAGI MAHORATI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

33.3447265625 KB
O’QITUVCHINING TA’LIM JARAYONIDAGI MAHORATI .
Reja:
1. Hozirgi zamon o‘qituvchisining pedagogik faoliyati
2. Dars – ta’lim jarayonining asosiy shakli
3. Ta’lim jarayonida o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar va ijodiy kayfiyatni
boshqarish
4. O‘qituvchining ta’lim jarayonida kasbiy omilkorligi 
5. O‘qituvchining ta’lim jarayonidagi faoliyati va darsga tayyorgarligi 1. Hozirgi zamon o‘qituvchisining pedagogik faoliyati
O‘qituvchi – pedagogik va psixologik jihatdan o‘z ixtisosligi bo‘yicha maxsus
ma’lumotga ega, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axlo-qiy fazilatlarga boy, ta’lim
muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdir. 
*O‘qituvchi   ta’lim   jarayonida   o‘qitish   shakllarini   optimal   darajada   tash-kil
etishni,   barkamol   shaxsni   shakllantirish   nazariyasini   turli   yangi   g‘oyalar   bilan
boyitishni   puxta   bilishi   lozim.   Hozirgi   kunda   o‘qituvchining   peda-gogik
mahoratida   “Bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil qilish, sintez qilish, baholash”   kabi
didaktik   qonuniyatlar   ta’lim   berishning   muhim   katego-riyalari   sifatida   e’tirof
etilgan.   Shaxsga   ta’lim–tarbiya   berish   nihoyatda   murakkab   jarayon,   qadimdan
ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk arboblari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod
tarbiyasi,   uni   tashkil   etish   mazmuni   va   nafaqat   shaxs   kamoloti,   balki   jamiyat
taraqqiyotini   ham   belgilovchi   muhim   ahamiyatga   molik   bo‘lgan   omil   ekanligi
ta’kidlanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasida  o‘qituvchi  kadrlarning ma’naviy qiyo-fasi, aqliy
salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilgan. Chunonchi,
bu   borada   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.A.   Karimov   quyidagilarni   qayd
etadi:   “Tarbiyachi   –   ustoz   bo‘lish   uchun,   boshqalarning   aql-idrokini   o‘stirishi,
ma’rifat   ziyosidan   bahra-mand   qilishi,   haqiqiy   vatanparvar,   haqiqiy   fuqaro   etib
yetishtirishi uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga
javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak”. 
Bugungi   kun   o‘qituvchisiga   nisbatan   qo‘yilayotgan   talablar   mazmuni   yil
sayin   yangilanib,   zamon   talablariga   moslashib   bormoqda.   Zamonaviy   o‘qituvchi
ta’limni qanday tashkil etishi zarur? 
  avvalo   u   o‘z   mutaxassisligi   bo‘yicha   ta’lim   beradigan   fanlardan   pedagogik
texnologiyalarga   asoslangan   ma’ruza,   seminar,   amaliy   va   laboratoriya
mashg‘ulotlarini mazmunan yaxlitligini ta’minlashi; 
  pedagogik   va   axborot   texnologiyalari   hamda   o‘quvchilar   o‘quv   faoliyatini
faollashtiruvchi metodlarni qo‘llashi, o‘quv mashg‘ulotlarida pedagogik va axborot
texnologiyalarining so‘nggi yutuqlarini uyg‘un-lashtirish malakasiga ega bo‘lishi;    ta’lim   muassasalarida   fanlarni   o‘qitish   mazmuniga  mos   ravishda   pedagogik
tizimni loyihalay olishi; 
  ta’lim   beradigan   fanlar   turkumini   rivojlantirish   istiqbollarini   ochib   berishga
qaratilgan ilmiy izlanishlarni muntazam amalga oshira olishi; 
  ta’lim-tarbiyaviy   faoliyatda   jahonning   rivojlangan   mamlakatla-rida
pedagogika   va   psixologiya   sohasida   erishilayotgan   ilg‘or   tajribalarni   amalda
modernizatsiya qilgan holda qo‘llashi; 
 O‘rta Osiyo mutafakkirlarining boy ma’naviy meroslaridan ta’lim-tarbiyaviy
faoliyatda foydalanishi; 
  darsning   barcha   turlarida,   mashg‘ulotlarda   zamonaviy   axborot
texnologiyalari asosida o‘qitish metodlaridan foydalanishi; 
  o‘qitadigan   fan   turkumi   bo‘yicha   avtomatlashtirilgan   ta’lim   tizimi   uchun
amaliy dasturlar paketini yaratishi lozim. 
Zamonaviy   o‘qituvchi   qiyofasidagi   shaxs   pedagogik-psixologik   ji-hatdan
yuksak   tayyorgarlikka   ega   bo‘lishi   uchun,   unda   quyidagi   fazilatlar   namoyon
bo‘lishi kerak (so‘z yuritilayotgan sifatlar mohiyatan o‘qituvchi tomonidan amalga
oshirilishi zarur bo‘lgan vazifa, burch va mas’u-liyatlarni ifodalaydi): 
1. O‘qituvchi mamlakatimizning ijtimoiy va siyosiy hayotida ro‘y berayotgan
o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi
hamda bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni berishi lozim. 
2. Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan, texnika va texnologiya yangi-liklari va
yutuqlaridan xabardor bo‘lishi talab etiladi. 
3. O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur, puxta bilimga ega bo‘lishi,
o‘z ustida tinimsiz izlanishi shart. 
4.   O‘qituvchi   pedagogika   va   psixologiya   fanlari   asoslaridan   ko‘nik-ma   va
malakaga   ega   bo‘lishi,   ta’lim-tarbiyaviy   faoliyatda   o‘quvchilar-ning   yosh   va
psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘z faoliyati tashkil etishi zarur. 
5.   O‘qituvchi   ta’lim-tarbiyaviy   faoliyatda   pedagogik   va   axborot   tex-
nologiyalarining   eng   samarali   shakl,   metod   va   vositalaridan   unumli   foy-dalana
olish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.  6.   O‘qituvchi   ijodkor,   tashabbuskor   va   tashkilotchilik   qobiliyatiga   ega
bo‘lishi davr talabidir. 
7.   O‘qituvchi   yuksak   darajadagi   pedagogik   mahorat,   chunonchi,
kommunikativ   layoqatni,   pedagogik   texnika   sirlarini   (nutq,   chehra,   qo‘l-oyoq   va
gavda   harakatlari,   mimika,   pantomimika,   jest)   chuqur   o‘zlash-tirib   olishga
erishishi lozim. 
Ayniqsa, o‘qituvchi o‘zining individual nutq madaniyatiga ega bo‘-lishi zarur,
uning nutqi quyidagi xususiyatlarni aks ettirishi kerak: 
a) nutqning to‘g‘riligi; 
b) nutqning aniqligi; 
v) nutqning ifodali bayon etilishi; 
g)   nutqning   sofligi   (ya’ni,   nutq   tozaligiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatuvchi
so‘zlardan holi bo‘lishi, faqat  abadiy tilda ifoda etilishi);   jargon   (muay-yan kasb
yoki soha mutaxassisliklariga xos bo‘lmagan so‘zlar);  varva-rizm  (muayyan millat
tilida   bayon   etiladigan,   o‘zga   millatlarga   xos   so‘z-larni   noo‘rin   qo‘llanilishi);
vulgarizm   (haqorat   qilishda   qo‘llaniladigan   qo‘pol   so‘zlar)   hamda   konselyarizm
(o‘rni   bo‘lmagan   vaziyatlarda   ras-miy   so‘zlardan   foydalanish)   so‘zlaridan   holi
bo‘lishi; 
d) nutqning ravonligi; 
j)   nutqning   boyligi   (hikmatli   so‘zlar,   ibora   va   maqollar,   matallar   hamda
ko‘chirma   gaplardan   o‘rinli   va   samarali   foydalana   olish).   O‘qi-tuvchining   nutqi
sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi kerak. 
O‘qituvchining individual nutq madaniyati xususiytlari 
a) nutqning to‘g‘riligi; 
b) nutqning aniqligi; 
v) nutqning ifodali bayon etilishi; 
g) nutqning sofligi; 
d) nutqning ravonligi; 
j) nutqning boyligi.  O‘qituvchi   pedagogik-psixologik   muloqot   jarayonining   faol   ishti-rokchisi
sifatida o‘zida bir qator sifatlarni tarkib topishiga erishishi zarur. Chunonchi, u eng
avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan, mavjud ziddiyatlarni
o‘z   iroda   kuchi   bilan   bartaraf   etishning   uddasidan   chiqa   olishi   zarur.   O‘qituvchi
o‘quvchilar, ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq
va   to‘la   bayon   etilishi-ga   ahamiyat   qaratishi   maqsadga   muvofiqdir.   Ular   bilan
munosabat   jara-yonida   so‘zni   salbiy   holatlar   haqidagi   dalillarni   keltirishdan
emas,   aksin-cha,   o‘quvchining   (yoki   hamkasbi,   ota-onalar)   muvaffaqiyatlarini
e’tirof   etishi,   ularning   yanada   boyishiga   ishonch   bildirishi,   u   bilan   tillasha
olishiga   imkon   beradi.   Muloqot   jarayonida   o‘qituvchining   so‘zlaridan
suhbatdoshiga   nisbatan   xayrixohlik,   samimiylik,   do‘stona   munosabat   sez-ilib
turishi, shuningdek, imkon qadar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lishi zarur. 
O‘qituvchining   mazkur   talablarga   muvofiq   keluvchi   qiyofasi   uning
o‘quvchilar,   hamkasblar   hamda   ota-onalar   orasida   obro‘-e’tibor   qozo-nishini
ta’minlaydi. 
2. Dars – ta’lim jarayonining asosiy shakli
Dars   – ta’lim   jarayonining   asosiy   tashkiliy   usuli   bo‘lib,   unda   sinf   dars
tizimining   barcha   xususiyatlari   aks   etadi.   Darsda   o‘qituvchi   tashkiliy   tartibni   va
ta’limning muntazamligini ta’minlaydi. 
Dars   bevosita   o‘qituvchi   rahbarligida   aniq   belgilangan   vaqt   davomi-da
muayyan   o‘quvchilar   guruhi   bilan   olib   boriladigan   ta’lim   jarayonining   asosiy
shaklidir.   O‘qituvchining   o‘quvchilarga   pedagogik   ta’sir   ko‘rsatish   mahorati   dars
jarayonida namoyon bo‘ladi. 
O‘qituvchi   darsda   muayyan   tayyorgarlikka   ega   o‘quvchilar   jamoasi   bilan
faoliyat   olib   boradi.   Darsda   o‘qituvchi   o‘ziga   tegishli   mutaxassislik   fanining
ma’lum bir reja asosida belgilangan mavzusini o‘quvchilarga tushuntirish bo‘yicha
ishlaydi.   Bilimlarni   ta’lim   metodlari   asosida   o‘quv-chilar   ongiga   singdiradi,
o‘quvchilarning olgan bilimini muntazam ra-vishda baholab boradi. Dars doirasida
ommaviy, guruhli va individual ta’lim shakllarini birlashtirish imkoniyatlari paydo
bo‘ladi.  Darsda   o‘qituvchi   rahbar   sifatida   har   bir   o‘quvchining   bilim   olish
xususiyatlarini   inobatga  oladi,   o‘quvchilarning   ta’lim   jarayonida   o‘rgani-layotgan
fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobili-yatlarini rivojlantirish va
ma’naviy-axloqiy   sifatlarini   tarbiyalash   hamda   shakllantirish   uchun   qulay
sharoitlar yaratadi. 
Darsning   tuzilishi   oddiy   va   ancha   murakkab   bo‘lishi   mumkin.   Bu   o‘quv
materialining   mazmuniga,   darsning   didaktik   maqsadlariga,   o‘quv-chilar   va   sinf
jamoasining xususiyatlariga bog‘liq. 
Ta’lim jarayonida darsning quyidagi  turlari  ajratib ko‘rsatilgan: 
- aralash darslar; 
- yangi materiallar bilan tanishish darslari; 
- bilimlarni mustahkamlash va takrorlash darslari; 
- o‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslari; 
- ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari; 
- bilimlarni tekshirish darslari; 
Aralash   (kombinatsiyalashgan)   darslar ,   yoki   murakkab   tuzilishga   ega
bo‘lgan   ushbu   dars   jarayonida   o‘qituvchi   quyidagi   kombinatsiyani   qo‘llashi
mumkin:   uy   vazifalarini   tekshirish   va   o‘quvchilar   bilan   savol-javob,   yangi
materialni   o‘rganish,   bilimlarni   mustahkamlash,   o‘quvchi-lar   bilimlarini
tekshirish va baholash, uyga vazifa berish. 
O‘quvchilarning   yangi   materiallar   bilan   tanishish   darsi   yoki   yangi
bilimlarni   berish   (o‘rganish)   darsida   o‘qituvchi   rahbarligida   o‘quvchilar   mustaqil
ish   olib   boradilar,   o‘qituvchi   darsning   tuzilishi   va   olib   borili-shini   quyidagicha
ta’minlaydi:   yangi   materialni   o‘rganish   uchun   asos   bo‘lgan   avvalgi   materialni
takrorlash,   o‘qituvchining   yangi   materialni   va   darslik   bilan   ishlashni
tushuntirishi, bilimlarni tekshirish va mustah-kamlash, uyga vazifa berish. 
Bilimlarni   mustahkamlash   va   takrorlash   darsida   o‘qituvchi   dars-ning
asosiy   mazmunini   ilgari   o‘zlashtirilgan   bilimlarni   mustahkamlashga   qaratadi.
O‘qituvchi   asosiy   e’tiborni   o‘rganilgan   mavzularni   takrorlash   tarzida   mashg‘ulot
olib   borishga   qaratadi.   Tuzilishi   bo‘yicha   bunday   darslarni   o‘qituvchi   quyidagi bosqichda   tashkil   etadi:   o‘quvchilarning   bilish   qobiliyatini   va   tafakkurini
tekshirish,   og‘zaki   va   yozma   mashqlarni   bajarish,   topshiriqlarning   bajarilishini
nazorat qilish, uyga vazifa berish. 
O‘rganilganlarni   umumlashtirish   va   tizimlashtirish   darslarida   bevosita
o‘qituvchi   rahbarligida   o‘rganilgan   o‘quv   materiallaridan   mu-rakkab   savollarni
takrorlash   va   tizimlashtirish   asosida   o‘quvchilar   tomo-nidan   o‘zlashtirilgan
bilimlarning   mavjud   kamchiliklari   to‘ldiriladi   va   o‘rganilayotgan   yangi
mavzuning   muhim   g‘oyalari   ochib   beriladi.   O‘rga-nilganlarni   umumlashtirish   va
tizimlashtirish   darslarini   o‘qituvchi   o‘rga-nilgan   mavzuning,   bo‘lim   yoki   o‘quv
kurslarining yakunida o‘tkazadi. 
Ko‘nikma   va   malakalarni   ishlab   chiqish   va   mustahkamlash   darsi
egallangan   bilimlarni   o‘quvchilar   tomonidan   mustahkamlash   ham-da   amaliyotda
qo‘llay   olish   bilan   bog‘liqdir.   Ushbu   ta’lim   jarayoni   bir   nechta   maxsus   darslarda
amalga   oshiriladi.   Yangi   mavzularni   o‘rganish-da   davom   ettiriladi.   Bunda
o‘qituvchining   vazifasi   o‘quvchilarning   naza-riy   bilimlar   asosida   egallagan
malaka   va   ko‘nikmalarini,   hayotiy   ama-liyotlarida   turli   vaziyatlarda   qo‘llashni
o‘zlashtirib olishlarini nazorat qilishdan iborat. 
Bilimlarni   tekshirish   (nazorat)   darsida   o‘qituvchi   o‘quvchilarning   fanlar
yuzasidan   o‘zlashtirgan   bilimlarini   tekshirish,   ko‘nikma   va   mala-kalarning
shakllanganlik   darajasini,   o‘quv   materiallarining   o‘zlashti-rishdagi
kamchiliklarini aniqlash, shuningdek, navbatdagi topshiriqlarni bajarish yo‘llarini
belgilab olishiga yordam beradi. 
Yuqorida ifodalangan dars turlarning samaradorligiga erishish o‘qi-tuvchining
pedagogik mahoratiga, pedagogik-psixologik metodlarni ta’-lim jarayonida qo‘llay
olish   tajribasiga   bog‘liq.   Darslarning   majburiy   ele-menti   tashkiliy   va   yakuniy
bosqich   hisoblanadi. Tashkiliy bosqich maq-sadlarni qo‘yish va ularni o‘quvchilar
tomonidan   qabul   qilish   sharoit-larini   ta’minlash,   bilimlarni   idrok   etish,   anglash,
eslab   qolish   yuzasidan   beriladigan   ko‘rsatmalarni   shakllantirish   ko‘zda   tutiladi.
Darsga   yakun   yasash   bosqichida   maqsadlarga   erishish   qayd   etiladi.   Shu   bilan
birga,   o‘qituvchi   yangi,   zamonaviy,   odatdan   tashqari   ta’lim   berishning   dars– ma’ruza,   dars–seminar,   dars–munozara,   dars–konferensiya,   dars–sayohat,   dars–
musobaqa,   mustaqil   ish   darslari   kabi   noan’anaviy   ta’lim   metod-laridan   ham
foydalanishi mumkin. 
O‘qituvchi   o‘z   tajribalaridan   va   kasbiy   mahoratidan   kelib   chiqqan   holda,
o‘quvchilarning   yosh   xususiyatlarini   inobatga   olib   ta’lim   jarayo-nining   quyidagi
kombinatsiyalariga alohida e’tibor berishi lozim: 
- integral fanlarning ilg‘or yutuqlari, kompyuter, pedagogik texno-logiyalar va
axborot   texnologiyalari   imkoniyatlaridan   keng   foydalanish,   darsni   hozirgi   zamon
o‘quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish; 
-   darsda   barcha   didaktik   tamoyil   va   qoidalarning   optimal   nisbatlarini
ta’minlash; 
-   o‘quvchilarning   qiziqishlari,   iqtidori   va   talablarini   e’tiborga   olgan   holda,
ular   tomonidan   bilimlarning   puxta   o‘zlashtirilishi   uchun   zarur   shart-sharoitlar
yaratish; 
-   o‘quvchilarda   fanlarning   o‘zaro   aloqadorligi   asosida   bilishga   qiziqi-shni
rivojlantirish; 
-   o‘quvchilar   tomonidan   egallangan   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarga,
shuningdek, ular ongi va tafakkurini rivojlantirish darajasiga tayanish; 
-   o‘quvchining   o‘zi   qiziqqan,   orzu   qilgan   kasbi   bo‘yicha   mahoratini   har
tomonlama shakllantirishni motivatsiyalash va faollashtirish; 
-   o‘quv-tarbiyaviy   faoliyatning   barcha   bosqichlarida   mantiqiylik   va
emotsionallikni ta’minlash; 
- pedagogik texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlaridan o‘z o‘rnida samarali
foydalanishni bilish; 
-   zarur   bilim,   ko‘nikma   va   malakalar,   fikrlash   va   faoliyatning   ratsional
usullarini shakllantirish; 
-   mavjud   bilimlarni   dunyoviy   bilimlar   bilan   doimo   boyitib   borish   va   o‘z
ehtiyoji darajasida foydalanish; 
-   har   bir   darsni   yuksak   mahorat   bilan   puxta   loyihalashtirish,   reja-lashtirish,
tashxislash va taxmin qilish.  O‘qituvchi   darsga   tayyorgarlik   ko‘rar   ekan,   asosiy   maqsadga   erishish   uchun
ta’lim jarayonining quyidagi talablaridan foydalanib, o‘z imko-niyatlariga erishishi
lozim: 
- ta’limiy; 
- tarbiyaviy; 
- rivojlantiruvchi. 
Ta’limiy   talablarga   har   bir   darsning   ta’limiy   vazifalarini   aniq   bel-gilash,
darsni   turli   axborot   vositalari   bilan   boyitish,   yangi   o‘rganilayotgan   mavzuni
ijtimoiy   hayot   bilan,   turmush   tarzi   bilan   bog‘lab   mazmunan   boyitish   va
optimallashtirish, so‘nggi pedagogik texnologiya yutuqlaridan oqilona foydalanish,
turli   ta’lim   shakli,   metodlari   va   ko‘rinishlarini   qo‘l-lash,   dars   tuzilishini
shakllantirishga   ijodiy   yondashish,   darsni   yuksak   pedagogik   mahorat   talablari
asosida o‘tkazishni ta’minlash kabilar kiradi. 
Tarbiyaviy   talablardan   asosiy   maqsad,   ta’lim   jarayonida   o‘qituv-chi
tomonidan   yangi   o‘quv   materiali   asosida   egallangan   bilimlardan   tash-qari   uning
tarbiyaviy   imkoniyatlarini   aniqlash,   o‘quvchilarni   umumin-soniy   va   milliy
qadriyatlar   ruhida   tarbiyalash,   ularda   tirishqoqlik,   tartib-lilik,   mas’uliyatni   his
etish,   intizomlilik,   erkin   fikr   yuritish,   qobiliyatlilik,   e’tiborlilik,   halollikni
shakllantirishdir. 
Rivojlantiruvchi   talablar   ta’lim   jarayonida   o‘qituvchi   o‘z   imko-niyatlarini
o‘quvchilarda   o‘quv-bilish   faoliyatining   ijobiy   sifatlariga   nis-batan   qiziqishini
oshirishga,   ijodiy   tashabbuskorlik   va   faollikni   rivoj-lantirishga   hamda
o‘quvchilarning   mudroq   qobiliyatlarini   uyg‘otishga,   ong   va   tafakkurlarini   dars
jarayonida   shakllantirishga   qaratadi.   Shu  bilan   birga,   ta’kidlash   joizki,   ta’limning
yordamchi   shakllari   ham   mavjud   bo‘lib,   ular   asosan   o‘qituvchining   pedagogik
tashab-buskorligi   natijasida   tashkil   etiladi.   Ta’limning   yordamchi   shakllari   quyi-
dagilar:   turli   to‘garaklar,   praktikum,   seminar,   konferensiya,   maslahat
(konsultatsiya),   fakultativ   mashg‘ulotlar,   o‘quv   sayohatlari,   o‘quvchi-larning
mustaqil uy vazifalari.  3.   Ta’lim   jarayonida   o‘qituvchiga   qo‘yiladigan   talablar   va   ijodiy
kayfiyatni boshqarish
Ta’lim   jarayoni   o‘qituvchi   ijodiy   qobiliyatini   namoyish   etuvchi   sahnadir.
Yuqorida   ta’kidlab   o‘tilgan   o‘qituvchilik   mahorati   hech   qachon   bir   yo‘nalishda
qotib qolmasligi kerak. O‘qituvchining ta’lim jarayonida-gi mahorati jamiyatda fan
olamida   ro‘y   berayotgan   yangiliklar   va   hodi-salar   bilan   doimo   chambarchas
bog‘langan holda shakllanib boradi. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy –
siyosiy   o‘zgarishlar   ta’lim   sohasida   o‘qituvchi   oldiga   yuksak   vazifalarni
qo‘ymoqda. Zamonaviy ta’lim o‘qituvchidan quyidagi vazifalarni e’tiborga olishni
talab qiladi: 
- o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng so‘nggi bilimlardan xabardor bo‘lib borish,
ta’limni   pedagogik   texnologiyalar   hamda   innovatsion   texnologiyalardan
foydalanib amaldagi o‘quv tarbiyaviy jarayon qonu-niyatlari asosida tashkil etishi; 
-   ta’limda   o‘quvchilarning   yosh   va  psixologik   xususiyatlarini   e’tibor-ga   olib
o‘z mahoratini, bilimini va qobiliyatini namoyish etishi; 
- o‘quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olgan holda, ular
tomonidan bilimlarni puxta o‘zlashtirilishiga sharoit yaratish; 
-   o‘quvchilar   tomonidan   o‘rganilayotgan   o‘quv   fanlarining   o‘zaro
aloqadorligini ta’minlash; 
-   ta’limni   tarbiyaviy   jarayon   bilan   o‘zaro   aloqadorligi   asosida   shaxsni   har
tomonlama kamol topishini faollashtirish; 
-   o‘quv   tarbiyaviy   faoliyatning   barcha   bosqichlarida   ta’limning
emotsionalligini ta’minlash; 
- internet va axborot texnologiyalari asosida fanning eng so‘nggi yutuqlaridan
xabardor bo‘lib borish; 
- ta’limda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari, fikrlash va faoliyat
turlarini boyitish maqsadida ular ruhiyatini doimiy o‘rganib borish; 
- har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxis va tax-min qilish.
Ta’lim   jarayonida   o‘qituvchi   erishishi   lozim   bo‘lgan   yutuqlar   ko‘p   jihatdan
uning   ijodiy   kayfiyatini   boshqara   olishi   bilan   bog‘liq.   Ijodiy   kayfiyat   o‘qituvchi kasbida   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   xususi-yatlardan   biridir.   Ijodiy   kayfiyat,
o‘qituvchi   aql   idrokini   namoyon   etuvchi   pedagogik   mahoratning   muhim   qirrasi
hisoblanadi.   Ijodiy   kayfiyat   –   o‘qituvchining   ruhiy   holatini   bir   maromda   ushlab
turuvchi,   kasbiy   jihat-dan   ijodkorligini   ta’minlovchi,   kasbiy   xususiyatlarining
o‘ziga   xos   jihat-larini   ko‘rsatuvchi,   o‘quvchilar   jamoasiga   tez   kirishib   ketishini
ta’min-lovchi vositadir. 
O‘qituvchi   o‘z   ijodiy   kayfiyatini   vujudga   keltirish   uchun   psixologik
yo‘nalishlarning   xilma-xil   usullarini   bilishi   kerak.   Bu   darsni   fikran   xayoldan
o‘tkazish   va   loyihalash,   har   bir   o‘quvchi   qalbiga   oson   yo‘l   topa   olish   mahorati,
muloqot   madaniyati.   O‘qituvchi   ijodiy   kayfiyatini   avvalo   o‘zi   yaratadi,   bu   uning
xarakter xususiyatidan, o‘z kasbiga nisbatan munosabatidan paydo bo‘ladi. Quyida
tajribali   ustoz   o‘qituvchilar   sino-vidan   o‘tgan,   ijodiy   kayfiyatni   ta’lim   jarayonida
shakllantirishning ba’zi vositalarini havola etamiz: 
 Yangi o‘rganilayotgan o‘quv mavzusidan o‘z ijodiy kayfiyati uchun vositalar
qidirish. 
 Sinf o‘quvchilari bilan bo‘layotgan har bir muloqotdan ijodiy kay-fiyat uchun
motivlar topa olish. 
 His-tuyg‘u va kechinmalarini yaxshilikka, ijodiy kayfiyatga yo‘-naltira olish. 
  O‘quvchilarning   nojo‘ya   xatti-harakatlariga   doimiy   e’tibor   ber-maslik   va
qulay vaziyatda rasmiy, ta’sirchan tanbeh berish. 
  Dars   jarayonida   aslo   g‘azablanmaslik,   o‘quvchilar   kulgisini   achchiq   so‘z
bilan to‘xtatmaslik, aksincha to‘g‘ri qabul qila olish. 
  Dars   jarayonida   muloyimlik,   mehr-shafqatli   bo‘lish   ulkan   peda-gogik
yutuqlar kaliti ekanligini unutmaslik. 
  Doimiy jiddiylik va asabiylashish, asab va yurak tizimini tez char-chatishini
unutmaslik. 
Bolalar   bilan   bo‘lajak   muomala   oldidan   o‘qituvchining   ijodiy   kayfi-yatini
hosil   qilishida   uning   o‘rganilishi   lozim   bo‘lgan   o‘quv   materialiga   o‘z   hissiy
munosabatini   ifodalashning   tashqi   shakllarini   oldindan   topish-ga   intilishi   muhim
rol o‘ynaydi: bular tegishli imo-ishoralar, yuz hara-katlari, gapirish ohangidir.  Muomalada ijodiy kayfiyatni vujudga keltirish va saqlashning muhim vazifasi
o‘qituvchining   o‘rganilayotgan   yangi   o‘quv   materialiga   nisbatan   o‘z   hissiy
munosabatini ifodalashda topgan tashqi shakllarni mustahkamlashdir, u o‘qituvchi
tomonidan   quyidagi   yo‘llar   orqali   amal-ga   oshiriladi:   darsning   borishini,   tadbirni
fikran yodga tushirish; ko‘zgu oldida takrorlash; namuna sifatida san’at (adabiyot,
kino, rang tasvir) asarlaridagi vaziyatlardan foydalanish. 
Ta’lim jarayonida ijodiy kayfiyatni boshqarish – o‘qituvchi meh-natining eng
muhim   kasbiy   jihatdan   talabi   bo‘lib,   u   o‘qituvchining   sinfda,   o‘quvchilar   bilan
muomalada   erkin   bo‘lishini,   xulq-atvorining   samarali   bo‘lishini   ta’minlaydi.
Pedagogik   ijodkorlikning   asosiy   bosqichlariga   nisbatan   o‘qituvchining   ijodiy
kayfiyatiga muomala ta’sirining quyidagi jihatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 
1)   O‘qituvchi   sinf   jamoasi   bilan   bo‘ladigan   dastlabki   muomalani   oldindan
payqashi, uning ijodiy kayfiyatini saqlovchi omil ekanligi. 
2) Sinf jamoasi bilan dastlabki aloqa bevosita muomala paytida sodir bo‘lishi,
o‘qituvchi ijodiy kayfiyatini rag‘batlantiruvchi omil sifatida. 
3)   O‘qituvchining   sinf   jamoasi   bilan   muloqoti   tizimi,   pedagogik   faoliyat
jarayonida o‘qituvchining ijodiy kayfiyatini rivojlantirishni qo‘l-lab-quvvatlaydi va
rag‘batlantiradi. 
4)   O‘quvchilar   bilan   muomaladan   qanoat   hosil   qilish,   keyingi   pedagogik
faoliyatda o‘qituvchining ijodiy kayfiyatini rag‘batlantiruvchi omil ekanligi. 
Pedagogik   ijodkorlik   va   muomala   jarayonida   vujudga   keladigan   har   qanday
zo‘riqishni,   shuningdek,   boshqa   noxush   holatlarni   engish   uchun   o‘qituvchi   o‘z-
o‘zini   tarbiyalash   yuzasidan   doimiy   faoliyat   olib   borishi   zarur.   O‘z-o‘ziga   ta’sir
qilishning bir qator usullari mavjud bo‘lib, ular-dan eng muhimlari quyidagilardir:
O‘z-o‘zini   ishontirish,   o‘z-o‘ziga   buy-ruq   berish,   o‘z-o‘zini   majbur   qilish,   o‘z-
o‘ziga   majburiyat   yuklash,   o‘z-o‘zini   rag‘batlantirish,   o‘z-o‘zini   jazolash,   o‘z-
o‘zini   mashq   qildirish,   o‘z-o‘ziga   ta’sir   qilish.   O‘qituvchining   o‘z-o‘ziga   ta’sir
qilishi (reflek-siya) va uning samarali jihatlari alohida mavzu asosida o‘rganiladi. 
4. O‘qituvchining ta’lim jarayonida kasbiy omilkorligi Mamlakatimiz   ta’lim   tizimida   olib   borilayotgan   islohotlarning   mu-
vaffaqiyatini yuqori saviyadagi umumiy va kasbiy madaniyatga ega, metodologiya
va pedagogika sohasida fundamental bilimlarni chuqur biladigan, ta’lim jarayonida
pedagogik   muammolarni   tizimli   ravishda   olib   boruvchi   mahoratli   va   omilkor
o‘qituvchilarsiz   tasavvur   qilib   bo‘l-maydi.   Shu   jihatdan   pedagogika   oliy   ta’lim
muassasalarida   asosiy   e’tibor   bo‘lajak   o‘qituvchilarda   ijodiy   pedagogik
faoliyatning   o‘ziga   xos   usul-larini   shakllantirishga   va   takomillashtirishga
qaratilgan.   O‘qituvchilik   kasbining   mohir   ustasi   bo‘lish,   avvalo,   shaxsning   o‘z
individual xususiyatlaridan yuqori saviyada foydalanish va individual ishlay olish
qobiliyatining   qanday   shakllanganligi   bilan   bog‘liq.   Bu   usul   oliy   o‘quv   yurtida
o‘quv   va   amaliy   mashg‘ulotlar   jarayonida   shakllanti-riladi   va   kelajakda   ta’lim-
tarbiyaning muvaffaqiyatini ta’minlovchi indi-vidual, o‘ziga xos usullar tizimidan
iborat bo‘ladi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlashda
bo‘lajak   o‘qituvchilarda   kasbiy   mahorat   va   omilkorlikni   shakllantirish   g‘oyasi
yetakchi o‘rinda bo‘lishi kerak. Yuksak malakali o‘qituvchining kasbiy mahoratini
shakl-lantirish   yo‘llari   har   xil   bo‘lishi   mumkin.   Bo‘lajak   o‘qituvchi   o‘z   kasbiy
mahoratining   shakllantirilganligini   bildiruvchi   kasbiy   bilim,   malaka   va
ko‘nikmalar yig‘indisiga, pedagogik muomala madaniyatiga ega bo‘-lishlik kasbiy
–   pedagogik   omilkorlikning   asosiy   poydevori   hisoblanib,   o‘qituvchining   kasbiga
nisbatan shaxsiy tavsifnomasi hisoblanadi. 
Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati o‘qituvchi
kadrlarning   kasb   mahorati   va   savodxonligiga   bevosita   bog‘liq.   Shu   o‘rinda
Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagi fikrlarni bayon etadi:  “Ta’lim-tarbiya islohoti
haqida gapirar ekanmiz, uning mazmunini lo‘nda qilib ifoda etish mumkin: Bizga
bitiruvchilar   emas,   maktab   ta’lim   va   tarbiyasini   ko‘rgan   shaxslar   kerak”.   Bu
so‘zlarda   ulkan   ma’no   bor.   Negaki   barcha   rivojlangan   jamiyatda   bo‘lgani   kabi,
o‘qituvchining   kasbiy   mahorati   ta’lim   muassasasida   –   ta’lim   jarayonida   va   ish
faoliyatida shakllanadi. Shu nuqtai nazardan pedagogika oliy ta’lim muassasalarida
ta’lim olayotgan bo‘lajak o‘qituvchi talabalar o‘z mahoratlarini ikki tomonlama –
amaliyotda   hamda   pedagogika   oliy   ta’lim   muassasalarida   ta’lim   olish   jarayonida shakllantiradilar.   Bo‘lajak   o‘qituvchilar   ko‘proq   amaliy   jihatdan   o‘z   malakalarini
oshirishni   xohlaydilar.   Chunki   ish   faoliyati   jarayonida   paydo   bo‘ladigan
muammolar   ko‘p.   Ularning   echimini   oliy   ta’lim   muassasasi   partasida,   yetakchi
olimlar hamkorligida topishni orzu qilishadi. 
Bo‘lajak   o‘qituvchilarga   avvalo,   kasb   mahorati   va   uni   qanday   qilib
shakllantirish   mumkinligi   to‘g‘risida   ma’lumotlar   berish   maqsadga   mu-vofiqdir.
Ma’lumki,   barcha   sohalarda   bo‘lganidek,   kasb   mahorati   ham   o‘qituvchida   yillar
davomida   shakllanib   takomillashadi.   Shu   narsa   alohi-da   e’tiborga   loyiqki,
o‘qituvchining   kasbiy   mahorati,   amaliy   va   uslubiy   tajribaga   ega   bo‘lishi   uchun
asosiy   zamin   ish   faoliyati   jarayonida   shakl-lanadi.   Chunki   kasb   mahorati   o‘ta
murakkab   va   milliy   xususiyatga   ega   bo‘lgan   jarayon   bo‘lgani   bois,   uni   egallash,
yuqorida   ta’kidlanganidek,   o‘qituvchining   uzoq   yillar   samarali   izlanishlari,
ijodkorlik   mehnati   eva-ziga   ro‘yobga   chiqadi.   Ammo   pedagogik   mahorat
sirlarining   ilmiy   va   amaliy   negizi   o‘z   vaqtida   berilmas   ekan,   uni   oliy   ta’lim
muassasasidan   keyingi   kasbiy   faoliyati   jarayonida   kashf   etish   har   doim   ham   o‘z
samarasini bermaydi. 
Har tomonlama kamol topgan, jamiyatda ilg‘or  turmush tarziga moslashgan,
ta’lim   va   kasb   -   hunar   dasturlarini   hamda   pedagogik   va   ax-borot
texnologiyalarning   eng   so‘nggi   yutuqlaridan   doimo   xabardor,   ongli   ravishda
ijtimoiy-siyosiy,   huquqiy,   pedagogik-psixologik   jihatdan   bilim-larga   ega   bo‘lgan,
davlat   va   oila   oldida   javobgarlikni   his   etadigan   fuqaro-larni   tarbiyalovchi
o‘qituvchida yuksak nazariy va metodologik tayyor-garlik bo‘lishi  lozim. Hozirgi
zamon talablariga mos, axborot texno-logiyalari hamda fan va texnikaning so‘nggi
yutuqlarini   o‘zlashtirgan,   milliy   va   ma’naviy   qadriyatlarimizni   ta’lim   tizimiga
tatbiq eta oladigan o‘qituvchidan yangicha kasb mahorati talab qilinadi. 
O‘qituvchi   o‘z   kasbining   mohir   ustasi   bo‘lishi   uchun,   avvalo   o‘zi-ning
individual   kasbiy   xususiyatlaridan   yuqori   saviyada   foydalanishi   va   individual
ishlay olish qobiliyatini mukammal shakllantirib borishi lozim. Bu usul oliy ta’lim
muassasasi   faoliyatida   o‘quv   va   amaliy   mashg‘ulotlar   jarayonida   shakllantiriladi va kelajakda muvaffaqiyatni ta’minlovchi individual, o‘ziga xos usullar tizimidan
iborat bo‘ladi. 
Pedagogika   oliy   ta’lim   muassasalarida   mutaxassislarni   tayyorlashda   kasbiy
mahorat   va   omilkorlikni   shakllantirish   g‘oyasi   yetakchi   o‘rinda   bo‘lishi   kerak.
Yuqori  malakali  kasbiy mahoratni  shakllantirish yo‘llari  har  xil  bo‘lishi  mumkin.
Bo‘lajak   o‘qituvchi   o‘z   kasbiy   mahoratining   shakllantirilganligini   bildiruvchi
kasbiy   bilim,   malaka   va   ko‘nikmalar   yig‘indisiga,   pedagogik   muomala
madaniyatiga   ega   bo‘lishi   kasbiy   –   pedagogik   omilkorlikning   asosiy   poydevori
hisoblanib,   o‘qituvchining   kasbiy   mahoratini   namoyon   qiluvchi   asosiy   vosita
hisoblanadi. 
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida yuksak mahoratli omilkor o‘qituvchini
shakllantirish uchta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: 
- o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bazaviy puxta tayyorgarlik (kasbiy va 
pedagogik-psixologik bilimlar); 
- metodologik bilimlarni egallash madaniyati; 
- pedagogik ijodkorlik va kreativlik. 
Pedagogika   oliy   ta’lim   muassasalarida   kasbiy   ta’lim   tizimi   bo‘lajak
mutaxassisni   shakllantiradi   va   uni   murakkab   kasbiy   faoliyatga   tayyor-laydi.
Hozirgi kunda zamonaviy mutaxassis lozim bo‘lgan kasbiy sifat-larning murakkab
to‘plamini   an’anaviy   ta’lim   jarayonida   qisqa   fursatda   egallashi   lozim.   Kasbiy
tayyorgarlik   jarayonida   barcha   ijobiy   xususi-yatlar   amaldagi   ta’lim   tizimidagi
kamchiliklarni   bartaraf   etib   borgan   holda   ular   yangi   zamonaviy   bilimlar   bilan
to‘ldirilib borilsa, unga ratsio-nal yondashuvlar joriy etilgan integral bilimlar tizimi
bir-birini to‘ldirib qo‘llanilganda shakllantirilishi mumkin. 
Ushbu   jadvalda   o‘qituvchining   ta’lim   jarayonida   muhim   ahamiyatga   ega
bo‘lgan   pedagogik   mahoratini   belgilab   beruvchi   yuqorida   keltirilgan   uchta
yo‘nalishdan   har   birining   (bazaviy,   metodologik,   ijodiy)   tashkil   etuvchi   muhim
jihatlari ko‘rsatilgan:
Bo‘lajak   o‘qituvchilarni   kasbga   ijodiy   yo‘naltirilganligining   muhim
jihatlaridan biri uning pedagogik madaniyati bo‘lib, u pedagogik-psixologik fanlar tizimining   turli   yo‘nalishlarida   tatbiq   qilingan.   Chunon-chi:   metodologik   jihatdan
V.A.Slastenin,   V.V.Krayevskiy,   axloqiy   -   estetik   jihatdan   E.A.Grishin,
D.S.Yakovleva,   kommunikativlik   jihatlarini   A.V.Mudrik,   O.O.Kiseleva,
T.N.Levasheva,   texnologik   jihatlarini   M.M.Levina,   N.E.Shurkova   kabi   olimlar
ishlab chiqqanlar. 
Ayniqsa,   o‘qituvchining   texnologik   madaniyati   uning   texnologik   faoliyati
jarayonida   kasbiy   mahoratning   muhim   jihati   sifatida   individual   pedagogik
faoliyatini ochib beruvchi muhim ijodiy ko‘nikmasidir. O‘qi-tuvchining texnologik
tayyorgarligi   “pedagogik   omilkorlik”   katego-riyasini   tushunishning   muhim   qismi
hisoblanadi   va   u   pedagogik   voqe-likni   idrok   etish   va   saqlash   vazifalarini
bajaruvchi   pedagogik   madani-yatning   mohiyatini   aks   ettiradi.   Bugungi   kunda
bo‘lajak   o‘qituvchining   kasbiy   faoliyatidagi   muvaffaqiyatlarning   asosi   sifatida
qaralayotgan   o‘qi-tuvchining   texnologik   madaniyati   o‘quvchilarning   ichki
imkoniyatlarini ijodiy tomonga yo‘naltiruvchi jarayondan iborat. 
O‘qituvchining   texnologik   madaniyati   uning   texnologik   faoliyati   jarayonida
kasbiy mahoratining muhim jihati sifatida individual  peda-gogik faoliyatini ochib
beruvchi   ijodiy   usullaridan   iborat.   O‘qituvchining   ta’lim   jarayoniga   tayyorgarligi
“pedagogik omilkorlik” kategoriyasini tushunishning muhim qismi hisoblanadi va
u   pedagogik   voqelikni   idrok   etish   va   saqlash   vazifalarini   bajaruvchi   pedagogik
madaniyatning   mohi-yatini   aks   ettiradi.   Bugungi   kunda   bo‘lajak   o‘qituvchining
kasbiy   faoli-yatidagi   muvaffaqiyatlarning   asosi   sifatida   qaralayotgan
o‘qituvchining   texnologik   madaniyati   talabalarning   ichki   imkoniyatlarini   ijodiy
tomonga yo‘naltiruvchi jarayondan iboratdir. 
Har   bir   bo‘lajak   oliy   ma’lumotli   mutaxassis-o‘qituvchi   o‘z   kasbiy
faoliyatining   ixtisosligi   va   xususiyatidan   qat’iy   nazar   fundamental   bilim-larga,
kasbiy   malaka   va   ko‘nikmalarga   ega   bo‘lishi   kerak.   Ana   shu   bilim,   malaka   va
ko‘nikmalarni   egallashda,   bo‘lajak   mutaxassisga   o‘z   kasbiga   oid   u   yoki   bu   savol
yoki   muammo   bo‘yicha   o‘z   nuqtai   nazarini   aniqlab   olish   imkoniyatini   beruvchi
ijodkorlik, tadqiqotchilik va mustaqil faoliyat tajribasi muhim ahamiyat kasb etadi. Kasbiy   pedagogik   bilimlar   ta’lim   jarayonining   samaradorligiga   zamonaviy
ta’lim   muhiti   talablari   bilan   talabaning   o‘zgarib   turuvchi   o‘quv   dasturlari
sharoitida   etarlicha   yo‘nalish   ola   bilmasligi   natijasida   salbiy   ta’sir   ko‘rsatishi
mumkin.   Oliy   pedagogika   ta’lim   muassasalarida   ta’lim   oluvchining   yuksak
tayyorgarlik darajasiga  va ma’naviy  axloqiy saviyasiga  qo‘yiladigan  talablar  ham
yangilanib   boradi.   Ijodkor   o‘qituvchi   esa   o‘z   sohasi   bo‘yicha   yangi   pedagogik
texnologiya   metodikalarini   ajrata   olmog‘i   hamda   uni   amalda   samarali   qo‘llay
bilishi lozim. 
5. O‘qituvchining ta’lim jarayonidagi faoliyati va darsga tayyorgarligi
Har   qanday   ta’lim   muassasasida   tashkil   etiluvchi   ta’lim   jarayonida
o‘quvchining   faoliyati   o‘qituvchining   bevosita   rahbarligi   ostida   kechadi.
O‘qituvchining   vazifasi   pedagogik   mahorat   imkoniyatlaridan   foydalanib,
o‘quvchilarni fan asoslarini chuqur egallashga yo‘naltirish, bilim olishga va kasbiy
mahorat   sirlarini   bilishga   nisbatan   qiziqish   uyg‘otish,   ijtimoiy   borliqqa   nisbatan
erkin va ongli munosabatni tarbiyalashdan iboratdir. 
O‘qituvchi   tomonidan   ta’lim   jarayonini   boshqarish   quyidagi   bosqichlardan
iborat   bo‘lishi   mumkin   va   o‘qituvchi   o‘zining   ijodkorligi,   pedagogik   mahorati
nuqtai nazaridan ushbu jarayonni tashkillashtiradi: 
1) Rejalashtirish. 
2) Tashkil etish. 
3) O‘quv harakatlari. 
4) Natijalarni baholash va tahlil qilish. 
O‘qituvchi   faoliyatida   rejalashtirish   bosqichi   kalendar-tematik   yoki
darslarning   rejalarini   tuzish   bilan   yakunlanadi.   Rejalar,   reja-konspektlar   yoki
konspektlarni   tuzish   uchun   uzoq,   jiddiy   ijodiy   faoliyat   lozim   bo‘ladi.   O‘qituvchi
mustaqil   ravishda   o‘quvchilarning   tayyorgarliklari   darajasini,   ularning   o‘quv
imkoniyatlarini,   moddiy   baza   holatini,   shaxsiy   (kasbiy)   imkoniyatlarini   o‘rganib
chiqishi,   o‘quv   materiali   mazmunini   tanlab   olishi,   dars   olib   borish   shakli   va
metodini ishlab chiqishi kerak.  O‘quvchilarga   dars   o‘tish   faoliyatini   tashkil   etish   uchun   o‘qituvchi
o‘quvchilar   oldiga   o‘rganilgan   mavzu   asosida   o‘quv   masalalarini   qo‘yishi   va   uni
bajarishi   uchun   imkoniyatlar   yaratishi   lozim.   Bunda   o‘quvchi-larning   faoliyati
bilim   olishdan   iborat   bo‘ladi.   Bilim   olish   faoliyatining   o‘ziga   xos   xususiyati
faoliyat   qonuniyatlariga   egaligidir.   Bilim   olish   borliqni   idrok   etish,   o‘rganish,
mashq   qilish   va   muayyan   tajribalar   asosida   xulq-atvor   hamda   ko‘nikma   va
malakalarning mustahkamlanib  borishi,  mavjud bilimlarning  takomillashib,  boyib
borishi   jarayoni.   Bilim   olishning   ushbu   komponenti   ta’limiy   xarakterga   ega
bo‘lgan faoliyat natijasida rag‘batni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir.  
Bilim   olishning   yana   bir   komponenti   o‘quv   harakatlari   sanalab,   ular
belgilangan   maqsadga   binoan   amalga   oshiriladi.   O‘quv   harakatlari   o‘quv
jarayonini   tashkil   etishning   barcha   bosqichlarida   namoyon   bo‘ladi.   Harakatlar
tashqi (kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko‘rinishda bo‘ladi. 
Tashqi   o‘quv   harakatlariga   predmetli   harakatlar   (yozish,   rasm   chi-zish,
tajribalar   o‘tkazish);   perseptiv   harakatlar   (tinglash,   fikrlash,   kuza-tish,   sezish)
hamda nutqdan foydalanish kiradi. 
Ichki,   ya’ni   mnemonik   (yunonchadan   «mnemonikon»   ––   eslab   qolish
madaniyati)   harakatlarga   materialni   eslab   qolish,   uni   tartibga   solish   va   tashkil
etish, shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari kiradi. 
Natijalarni baholash va tahlil etish   o‘quv harakatlarining ajralmas qismlari
hisoblanadi.   Ta’lim   jarayonida   o‘quvchi   tomonidan   o‘zini   nazo-rat   qilish,   o‘zini
baholash   va   o‘zini   tahlil   qilishni   amalga   oshirish   o‘qi-tuvchining   o‘rgatuvchi
harakatlari   asosida   shakllanadi.   Bu   harakatlarni   shakllantirish   o‘quvchilarni   o‘z
tengdoshlari   faoliyatini   kuzatishga   jalb   etish,   o‘zaro   nazoratni   tashkil   etish,
o‘rnatilgan   mezonlar   asosida   o‘z   faoliyati   natijalarini   o‘zaro   baholash   va   tahlil
qilishga yordam beradi. 
O‘qituvchining   darsga   tayyorgarligi.   Darsning   samaradorligi   uni   samarali
tashkil   etilishi   bilan   bog‘liq.   Yaxshi   rejalashtirilmagan,   yetar-licha   o‘ylab
chiqilmagan,   shoshilinch   tuzilgan   va   o‘quvchilar   imkoniyat-lariga
moslashtirilmagan dars sifatli bo‘la olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng   yuqori   yakuniy   natijaga   erishishni   ta’minlovchi   o‘quv-tarbiyaviy   jarayonni
tashkil etuvchi tadbirlarni ishlab chiqishdir. 
-   tashxislashda   o‘qituvchi   didaktik   jarayon   kechadigan   barcha   sharo-itlarni
oydinlashtiradi,   uning   natijalarini   belgilaydi.   O‘qituvchining   tash-xislashida
o‘quvchilarning   bilimlarni   o‘zlashtirish   imkoniyatlari,   ularning   faoliyatlari   va
xulqlari,   motivlari,   talab   va   layoqatlari,   qiziqish   va   qobili-yatlari,   bilimdonlik
darajasi,   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarini   nazorat   qilish   hamda   tuzatish   kabi
holatlar namoyon bo‘ladi. 
-   bashoratlash   o‘qituvchi   tomonidan   bo‘lajak   darsni   samarali   tashkil
etilishining   turli   variantlarini   tanlab   olib   baholash   va   qabul   qilingan   mezonlarga
muvofiq darsni tashkil etishning eng ma’qul variantini tanlab olish va qo‘llashdir. 
-  loyihalashtirish  (rejalashtirish) o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarish
dasturini  yaratish bo‘lib, u darsga  tayyorlanishning  yakuniy bosqichi  hisoblanadi.
Loyiha   (boshqarish   dasturi)   qisqa   va   aniq,   erkin   tuzilgan,   o‘qituvchi   o‘zi   uchun
boshqarish   jarayoni   (kimdan   va   qachon   so‘rash,   qayerda   mavzuni   kiritish,
mashg‘ulot   keyingi   bosqichiga   qanday   o‘tish)ni   belgilab   olishga   imkoniyat
beruvchi faoliyatdir.   FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Asosiy adabiyotlar:
1. Хоliqоv А. Pеdаgоgik mаhоrаt (darslik). -T., 2011.
2. Аzizхodjаеvа   N.N.   Pеdаgоgik   texnologiya   va   pеdаgоgik   mаhоrаt   (o‘quv
qo‘llanma)   .  –T., 2006.
3. Зиёмухаммедов   Б.   Педагогик   махорат   асослари.   (ўқув   қўлланма).     -Т.,
2009.
4. Боубекова   Г.Д.,   Холикова   Г.Т.,   Магзумова   Г.   Педагогичес k ое
мостерство. Учебное пособия. Т.: 2002 
Qo‘shimchа аdаbiyotlаr
1. Ibragimov   X.,   Yoldoshev   U.   va   boshqalar   Pеdаgоgik   psixologiya   (o‘quv
qo‘llanma)    .  -T., 2007. 
2. Оchilоv Mаllа.  Muаllim qаlb mе`mоri. – T., 2000. 
3. Pirmuhаmmеdоvа   M. Pеdаgоgik mаhоrаt аsоslаri.-T.: 2001. 
4. Kаrimоvа V. “Mustаqil fikrlаsh” mеtоdik qo‘llаnmа. -T.: - 2000 y. 
5. Hаmdаmоvа   M.   Yoshlаrning   intеllеktuаl   sаlоhiyatini   rivоjlаntirish
mехаnizmining pеdаgоgik-psiхоlоgik аsоslаri (uslubiy tаvsiyalаr), 2007. 
6. Tоlipоv   O‘.Q.,   Usmоnbоеvа   M.   Pеdаgоgik   tехnоlоgiyalаrning   tаtbiqiy
аsоslаri.-T.. 2006. 
7. Hоdiеv   B.Y.,   Bоltаbаеv   M.R.   “Оliy   o‘quv   yurtidаgi   tаrbiyaviy   ishlаrgа
psiхоlоgik yondаshuvlаr”. -T.: 2009.

O’QITUVCHINING TA’LIM JARAYONIDAGI MAHORATI . Reja: 1. Hozirgi zamon o‘qituvchisining pedagogik faoliyati 2. Dars – ta’lim jarayonining asosiy shakli 3. Ta’lim jarayonida o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar va ijodiy kayfiyatni boshqarish 4. O‘qituvchining ta’lim jarayonida kasbiy omilkorligi 5. O‘qituvchining ta’lim jarayonidagi faoliyati va darsga tayyorgarligi

1. Hozirgi zamon o‘qituvchisining pedagogik faoliyati O‘qituvchi – pedagogik va psixologik jihatdan o‘z ixtisosligi bo‘yicha maxsus ma’lumotga ega, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axlo-qiy fazilatlarga boy, ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdir. *O‘qituvchi ta’lim jarayonida o‘qitish shakllarini optimal darajada tash-kil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi g‘oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Hozirgi kunda o‘qituvchining peda-gogik mahoratida “Bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil qilish, sintez qilish, baholash” kabi didaktik qonuniyatlar ta’lim berishning muhim katego-riyalari sifatida e’tirof etilgan. Shaxsga ta’lim–tarbiya berish nihoyatda murakkab jarayon, qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk arboblari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uni tashkil etish mazmuni va nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilovchi muhim ahamiyatga molik bo‘lgan omil ekanligi ta’kidlanadi. O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyo-fasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilgan. Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov quyidagilarni qayd etadi: “Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirishi, ma’rifat ziyosidan bahra-mand qilishi, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirishi uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak”. Bugungi kun o‘qituvchisiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar mazmuni yil sayin yangilanib, zamon talablariga moslashib bormoqda. Zamonaviy o‘qituvchi ta’limni qanday tashkil etishi zarur?  avvalo u o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim beradigan fanlardan pedagogik texnologiyalarga asoslangan ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini mazmunan yaxlitligini ta’minlashi;  pedagogik va axborot texnologiyalari hamda o‘quvchilar o‘quv faoliyatini faollashtiruvchi metodlarni qo‘llashi, o‘quv mashg‘ulotlarida pedagogik va axborot texnologiyalarining so‘nggi yutuqlarini uyg‘un-lashtirish malakasiga ega bo‘lishi;

 ta’lim muassasalarida fanlarni o‘qitish mazmuniga mos ravishda pedagogik tizimni loyihalay olishi;  ta’lim beradigan fanlar turkumini rivojlantirish istiqbollarini ochib berishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni muntazam amalga oshira olishi;  ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda jahonning rivojlangan mamlakatla-rida pedagogika va psixologiya sohasida erishilayotgan ilg‘or tajribalarni amalda modernizatsiya qilgan holda qo‘llashi;  O‘rta Osiyo mutafakkirlarining boy ma’naviy meroslaridan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda foydalanishi;  darsning barcha turlarida, mashg‘ulotlarda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o‘qitish metodlaridan foydalanishi;  o‘qitadigan fan turkumi bo‘yicha avtomatlashtirilgan ta’lim tizimi uchun amaliy dasturlar paketini yaratishi lozim. Zamonaviy o‘qituvchi qiyofasidagi shaxs pedagogik-psixologik ji-hatdan yuksak tayyorgarlikka ega bo‘lishi uchun, unda quyidagi fazilatlar namoyon bo‘lishi kerak (so‘z yuritilayotgan sifatlar mohiyatan o‘qituvchi tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifa, burch va mas’u-liyatlarni ifodalaydi): 1. O‘qituvchi mamlakatimizning ijtimoiy va siyosiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni berishi lozim. 2. Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan, texnika va texnologiya yangi-liklari va yutuqlaridan xabardor bo‘lishi talab etiladi. 3. O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur, puxta bilimga ega bo‘lishi, o‘z ustida tinimsiz izlanishi shart. 4. O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslaridan ko‘nik-ma va malakaga ega bo‘lishi, ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda o‘quvchilar-ning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘z faoliyati tashkil etishi zarur. 5. O‘qituvchi ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda pedagogik va axborot tex- nologiyalarining eng samarali shakl, metod va vositalaridan unumli foy-dalana olish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.

6. O‘qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi davr talabidir. 7. O‘qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi, kommunikativ layoqatni, pedagogik texnika sirlarini (nutq, chehra, qo‘l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest) chuqur o‘zlash-tirib olishga erishishi lozim. Ayniqsa, o‘qituvchi o‘zining individual nutq madaniyatiga ega bo‘-lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni aks ettirishi kerak: a) nutqning to‘g‘riligi; b) nutqning aniqligi; v) nutqning ifodali bayon etilishi; g) nutqning sofligi (ya’ni, nutq tozaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi so‘zlardan holi bo‘lishi, faqat abadiy tilda ifoda etilishi); jargon (muay-yan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos bo‘lmagan so‘zlar); varva-rizm (muayyan millat tilida bayon etiladigan, o‘zga millatlarga xos so‘z-larni noo‘rin qo‘llanilishi); vulgarizm (haqorat qilishda qo‘llaniladigan qo‘pol so‘zlar) hamda konselyarizm (o‘rni bo‘lmagan vaziyatlarda ras-miy so‘zlardan foydalanish) so‘zlaridan holi bo‘lishi; d) nutqning ravonligi; j) nutqning boyligi (hikmatli so‘zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko‘chirma gaplardan o‘rinli va samarali foydalana olish). O‘qi-tuvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi kerak. O‘qituvchining individual nutq madaniyati xususiytlari a) nutqning to‘g‘riligi; b) nutqning aniqligi; v) nutqning ifodali bayon etilishi; g) nutqning sofligi; d) nutqning ravonligi; j) nutqning boyligi.

O‘qituvchi pedagogik-psixologik muloqot jarayonining faol ishti-rokchisi sifatida o‘zida bir qator sifatlarni tarkib topishiga erishishi zarur. Chunonchi, u eng avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan, mavjud ziddiyatlarni o‘z iroda kuchi bilan bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi zarur. O‘qituvchi o‘quvchilar, ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va to‘la bayon etilishi-ga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiqdir. Ular bilan munosabat jara-yonida so‘zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan emas, aksin-cha, o‘quvchining (yoki hamkasbi, ota-onalar) muvaffaqiyatlarini e’tirof etishi, ularning yanada boyishiga ishonch bildirishi, u bilan tillasha olishiga imkon beradi. Muloqot jarayonida o‘qituvchining so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do‘stona munosabat sez-ilib turishi, shuningdek, imkon qadar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lishi zarur. O‘qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar orasida obro‘-e’tibor qozo-nishini ta’minlaydi. 2. Dars – ta’lim jarayonining asosiy shakli Dars – ta’lim jarayonining asosiy tashkiliy usuli bo‘lib, unda sinf dars tizimining barcha xususiyatlari aks etadi. Darsda o‘qituvchi tashkiliy tartibni va ta’limning muntazamligini ta’minlaydi. Dars bevosita o‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomi-da muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shaklidir. O‘qituvchining o‘quvchilarga pedagogik ta’sir ko‘rsatish mahorati dars jarayonida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi darsda muayyan tayyorgarlikka ega o‘quvchilar jamoasi bilan faoliyat olib boradi. Darsda o‘qituvchi o‘ziga tegishli mutaxassislik fanining ma’lum bir reja asosida belgilangan mavzusini o‘quvchilarga tushuntirish bo‘yicha ishlaydi. Bilimlarni ta’lim metodlari asosida o‘quv-chilar ongiga singdiradi, o‘quvchilarning olgan bilimini muntazam ra-vishda baholab boradi. Dars doirasida ommaviy, guruhli va individual ta’lim shakllarini birlashtirish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.