logo

PEDAGOGIK NIZOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH TEXNOLOGIYASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

33.4111328125 KB
PEDAGOGIK NIZOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH
TE X NOLOGIYASI
Reja:
1. Pedagogik nizolarning asosiy sabablari. 
2. Pedagogning pertseptiv (o’quvchi, talabalarni tushunish)  x atolari. 
3. Pedagogning o’quvchilar bilan ish yoki shaxsiy ish yuzasidan bo’ladigan
kelishmovchiliklarni.
4. Yosh   pedagoglar   faoliyatida   odatda   yo’l   qo’yiladigan   hatolar   va   ularni
engish yo’llari.  1.  Pedagogik nizolarning asosiy sabablari.
«Pedagogik     jarayondagi     alokalar     tizimida     o’qituvchi     bilan     o’quvchi
o’rtasidagi   muomala – munosabatlar   katta   urin   egallaydi.   Muallim   pedagogik
jarayonda     asosiy    figura,   yetakchi   kishidir.   Unga   yosh   avlodni   o’qitish   va
tarbiyalash     vazifasi     yuklatilgan.     O’qituvchi     pedagogik     ishda     fidoyilik
ko’rsatib,  muallimlik  burchini  yuksak  darajada  bajarib,  bolalarga  bilim  berib,
ular     qalbiga     xalollik,     go’zallik,     xakikat,     odob   –   axloq     nurini     singdira
olganliklari,   xushmuomalada   bo’lganliklari   uchun   bunday   obru   va   xurmatga
erishganlar.
          Afsuski,     hamma     muallimlar     haqida     ham     shunday     deb     bulmaydi.
O’zining     dagal     muomalasi     bilan     bolaning     kunglini     ukishdan     sovitib,    dilini
urinsiz     ranjitadiganlar     ham     uchrab     turadi.     Pedagogik     amaliyot,     badiiy
adabiyotda     bunga     misol     bo’ladigan     dalillar     ko’p.     Bundaylar     yoshlar
tarbiyasiga,     ularning     axloqiga     salbiy     ta‘sir     etadilar.     Tarbiyaviy     ishlarga
to’zatish  qiyin  bo’lgan  darajada  ziyon  yetkazadilar.  Natijada  o’qituvchi  bilan
o’quvchi,  talaba  o’rtasida  nizo  tugila  boshlaydi.
      Barkamol  ijodkor  shaxsni  shakllantirishga,  tarbiyalashga  doir  axloqiy
normalar     pedagogik     etikada     ifodalangan.     Tarbiyalanuvchiga     ijobiy     ta‘sir
o’tkazish   shartlaridan   biri   bo’lgan   ishonch   bilan   unga   nisbatan   kuyilayotgan
talablarning     birligidir.     Bu     qonuniyat     pedagogik     amaliyotda     ko’p     marta
sinovdan     utgan     va     o’zini     oklagan.     Muallimlar,     talabalar     bilan     utkazilgan
suxbat     natijalari       shundan     dalolat     beradiki,     maktabda     xushmuomala
o’qituvchilar   bilan   bir   katorda   bolalarga   xuda – bexudaga   duk   urib,   bakirib
muomala   kiladigan   o’qituvchilar   ham   uchraydi.   Bunday   muomala   jamiyatda
kabul   qilingan   umuminsoniy   va   milliy   axloqiy   normalarga   to’g’ri   kelmaydi.
Bunday  o’qituvchilar  bolalar  orasida  obru  orttira  olmaydilar.
     Pedagogik  jarayon,  tarbiya  jarayoni,  odamlarning  tabiati  shu  darajada
murakkabki,     muallim     ba‘zan     istasa   –   istamasa     ko’pollik     qilishga     «majbur»
bo’ladi,     o’quvchi   muallimning   urinli   talablarini   bajarmayotgan   paytlarida   u
o’zini     tuta     olmay     qoladi.     Muallim     o’z     talablarini,     xatto     ko’pollik     holatini ham,   bolaga   yaxshilik   kilayapman   deb   xisoblaydi,   chunki    bu   ishni    bolaga
bilim   berish,   uni   to’g’ri   yulga   solish,   yaxshi   odam   kilib   tarbiyalash   uchun
kilayotganligiga  ishonadi.  Sa‘diy  She‘roziyning  «Guliston»  ( Toshkent, 1968 )
asarining     «Tarbiya   ta‘siri   bayoni»   bobidagi   xikoyatlari,   Alisher   Navoiyning
«Maxbub   –   ul   –   kulub»     asaridagi     «Mudarrislar     to’g’risida»,     «Maktabdorlar
to’g’risida»gi     maqolalarida     bildirilgan     muloxazalar     bu     fikrimizga
hamoxangdir.
          Bunday     holatlar     ko’pincha,     tarbiyasi     qiyin     bola     bilan     muomala   –
munosabatlar     jarayonida     sodir     bo’ladi.     Shuni     ham     unutmaslik     lozimki,
bunday     bola     odatda,     nosoglom     oiladan     chikadi.     Bola     oiladagi     yomon
muxitning  ko’rboni  bo’lishi  ham  mumkin.  Tajribali  pedagoglar  tarbiyasi  qiyin
bola     bilan     ishlash,     muomala     qilish     murakkabligini,     shu     bilan     birga     ular
insoniy     mehrga     zor,     xushmuomalaga,     e‘tiborga     muxtoj     ekanligini,
bundaylarga     nisbatan     bardoshli,     sabr   –   tokatli,     kechirimli     bo’lish     zarurligini
ham  ta‘kidlaydilar.
          Jismoniy     jarohat     olgan     bolani     o’qituvchi     jazolamasligini     hamma
biladi.     Jismoniy     tarbiya     muallimi     oyogi     jaroxatlangan     boladan     yugurish
musobakasida     katnashishni     talab     etmaydi.     Bola     ba‘zan     qalbi,     ruhi
jaroxatlangan     holda     maktabga     kelishi     mumkin.     Ta‘lim     jarayonida     buni
hamma     o’qituvchilar     ham     e‘tiborga     oladimi?     Afsuski,     yuk.     Bola     javob
berishni     xoxlamayapti,     dars     tayyorlashni     istamagan     deb     xisoblab,     hamma
o’quvchilarga   bir   xil   talab   qo’yish,   bir   xil   muomala   qilish   hollari   ko’plab
uchraydi.       Ba‘zan     boladan     xatto     u     bajara     olmaydigan     ishlar     ham     talab
etiladi…
      Muallimning  biror  tasodifiy  xatti – harakat  natijasida  o’quvchilarda  u
xakda  sodir  bo’lgan  fikr  ham  ta‘lim – tarbiya  jarayoniga  salbiy  ta‘sir  etishi,
muallimning     ishini     murakkablashtirishi     mumkin.     Odatda     bunday     ziddiyatlar
o’zok     davom     etadi».     (   Malla     Ochilov.     Muallim     qalb     me‘mori.     Toshkent,
«O’qituvchi».   2001   yil.   56 – 57   betlar ).   Natijada   o’qituvchi   bilan   o’quvchi
orasida     nizolar     chikadi.     O’quvchi     o’qituvchidan     norozi     holda,     undan o’zoklashib  yuradi.  Ayrim  hollarda   muallimni  ximoya  kilaman  deb,  kattalar
boladan   kechirim   surashni    talab   etadilar,   holbuki    bu   nizoga   o’qituvchining
noto’g’ri     xatti   –   harakati     sabab     bo’lgan.     Bunday     vaqtda     bolaning     kadr   –
kimmati   xisobga  olinmaydi.
         Ayrim     hollarda     bolaga     mas‘uliyatli     ishlarni     topshiradilar,   bola   esa
bunday     paytlarda     kattalar     topshirigini     bajarmay     qo’yadi,     o’zining
mustakilligini     cheklashlarini     yoktirmaydi,     kattalarning     talablariga     ko’pincha
salbiy   munosabatda    bo’ladi.   Ota – onalar   esa   ugil    yoki    kizlarining   ulgayib
qolganligini     sezmagan,     ularni     xali     ham     «yosh     bola»     deb     xisoblaydigan
oilalarda   usmir   bilan   kattalar   o’rtasida   tez – tez   nizolar,   tuknashuvlar   bo’lib
turadi.
          Kattalar     bolaga     qanday     munosabatda     bo’lishlari     kerak?     Avvalo,
bolaning     xulqiga     doimiy     e‘tibor     berish,     uning     xulqiga     kat‘iy,     o’zluksiz
raxbarlik   qilish,   shuningdek,   bularning   hammasini    shunday   amalga   oshirish
kerakki,   bola   mayda - chuyda   ishlarida   ham    kattalarning   doimiy   vosiyligini
sezmasin.  Ayniksa,  usmir  yoshida  ularning  xayotidagi  yangi  mavkelari  bilan
xisoblashadigan,     ularni     «kichkina»     deb     xisoblamaydigan,     talabchan,     lekin
adolatli  o’qituvchilarni  xurmat  kiladilar.
          Katta     yoshli     bolalar     uchun     qiziqishlarining     turli   –   tumanligi
harakterilidir.     Ularning     bu     qiziqishlari     to’g’ri     tarbiyalansa,     ular     usmirning
qobiliyatlari  va  mayllarining  rivojlanishiga  jiddiy  ta‘sir  ko’rsatishi  mumkin.
          O’qituvchining     o’quvchi   –   talabalar     bilan     ish     yoki     shaxsiy     ish
yo’zasidan         ayrim     vaqtlarda     kelishmovchiliklari     bo’lib     turadi.     O’quvchi
atrofdagilarning     unga     bergan     baxosiga     nisbatan     tankidiy     karaydi.     Uning
kayfiyatidagi     ranjish     va     ikkilanishning     sababi     ham     ana     shunda.     Tasodifiy
muvaffakkiyat     yoki     kattalarning     maktab     qo’yishi     bolaning     o’ziga     ortikcha
baxo     berishiga,     o’ziga     xaddan     tashkari   ishonuvchanlikka,     maktanchoklikka
olib  keladi.  Xatto,  vaqtincha  tasodifiy  muvaffakkiyatsizlik  bolada  o’z  kuchiga
ishonmaslikni     uygotishi,     ikkilanish,     ko’rkoklik,     jur‘atsizlik     va     uyatchanlik
xissini     oshirib     yuborishi     mumkin.     Shuning     uchun     o’qituvchi     va tarbiyachilarning  bolalar  bilan  bo’ladigan  munosabati  aloxida  nazokatni  talab
etadi.  Usmirlik  yoshida  zaif,  mustakil  emas,  kichkina  deb  nom  chikarishdan
ko’rkish  xavfi  kuchayadi.
          Muomaladagi     dagallik,     talabchanlik,     xurmatsizlik     o’quvchiga     yosh
bolalarga     bo’lganday     muomalada     bo’lish,     ular     yaxshi     tushunaman     deb
xisoblagan   masalalar    buyicha   o’zlarining   mustakil    fikrlarini   aytish   huquqini
mensimaslik,  ularning  yukori  natijalarga  erishishidagi  kuch  va  imkoniyatlariga
shubxalanish   kabi   xodisalar,   odatda   norozilik   yoki   anik   ifodalangan   bashqa
bir  salbiy  reaktsiyalar, xodisalarni  xosil  kiladi.
         Ayrim    o’qituvchilar    xayotida    sodir    bo’ladigan   anik   xatolar    uchrab
turadi.     O’qituvchilar     (yosh     o’qituvchilar     nazarda     tutilayapti)     bir     xil
o’quvchilarni     (o’zlashtirayotgan)     doim     maktaydilar,     bashqalarni
(o’zlashtirmayotgan)     hamisha     koyiydilar.     Buning     ustiga
o’zlashtirmayotganlarga,   odatda,   o’zlashtirgan   sinfdoshlariga nisbatan   tez – tez
va    kattik    tanbex    beradilar.    Xatto    kam     o’zlashtiradigan     o’quvchilarni    javob
berishga  ham  kam  taklif  kiladilar.
        Mana     bunday     vaziyatda     o’quvchilar     bir   –   birlariga     nisbatan     karam
bo’lib  qoladilar,  o’qituvchiga  nisbatan  norozilik  kayfiyati  paydo  bo’ladi.  Kam
o’zlashtirgan     o’quvchiga     «yomon»     baxo     qo’yadi,     buning     ustiga     bir     necha
kungil  bo’zar  achchik,  istexzoli  so’zlar  ham  aytiladi.  Bunday  holat  juda  ko’p
o’qituvchilar  xayotida  uchraydi  va  bu  xatoni  o’quvchi  umrbod  kechirmaydi.
          Nizolarning   kelib   chiqish   sabablari   guruhdagi   har   bir   shaxsning   fe’l
atvoridagi   xatti-harakatlarida,   shaxs   mansub   bo’lgan   millat,   xalq   hudud
xususiyatlarida namayon bo’ladi. 
Bo’lajak pedagoglar pedagogik nizolarning yuzaga kelishi ruhiy asoslari bilan
tanishishi,   ya’ni   pedagogik   nizolarni   kelib   chiqish   sabablarini   bilishi,   shu   o’rinda
turli   pedagogik   nizolarni   oldini   olish   va   bartaraf   etish   usullari   haqidagi   nazariy
bilimlarni   amaliyotda   keng   tatbiq   eta   olishi   lozim   bo’lib,   bu   talablar   bilimlariga
quiylgan   asosiy   talablardan   biri   sanaladi.   Pedagogik   nizolarning   kelib   chiqish
sabablarini   bilish   va   ularning   oldini   olish   pedagogik   madaniyatni   rivojlantiradi. Pedagogik   nizolarni   yuzaga   keltirmaslik   uchun   nizolarni,   muammolarni   oldini
olishda   o’qituvchi   pedagogik   qobiliyati   va   mahorati   muhim   rol   o’ynaydi,
o’qituvchilik   ishida   muvaffaqiyatga   erishish   uchun   har   bir   muallim   pedagogik
mahoratni   egallashlari   zarur.   Pedagogk   faoliyatning   samarali   bo’lishi   uchun
o’qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo’lmog’i lozim:
- Bilish qobiliyati.  O’qituvchi o’z mutaxassisligini kuchli bilishi, o’z fani
sohasida kashfiyotlarni hamisha kuzatib borishi kerak. 
- Tushuntira   olish   qobiliyati   -   o’quv   materialini   o’quvchilarga
tushunarli qilib yetkazib bera olish muammoli, nizoli mavzularni hayotiy misollar
asosida tushuntirib bera olish: 
- kuzatuvchanlik   qobiliyati   –   o’quvchining   tarbiyalanuvchi   ichki
dunyosiga   kira   olishi,   o’quvchi   shaxsini   va   uning   vaqtinchalik   ruhiy   holatlarini
yaxshi   tushinish   bilish   bilan   bog’liq   bo’lgan   kuzatuvchanlikka   ham   e’tiborini
qaratish. 
Ta’lim jarayonida o’qituvchi nizolarni yuzaga keltirmasligi uchun o’quvchini
yosh   va   individual   xususiyatlariga   ham   e’tibor   berish   lozim.   Har   bir   guruh
talabalarini   xarakteri,   tempramentiga   qarab   munosabatga   kirishsa,   o’qituvchi   va
o’quvchilar o’rtasida nizolar yuzaga kelmaydi. 
2.   Pedagogning pertseptiv (o’quvchi, talabalarni tushunish)  x atolari.
To’qnashuv qarama-qarshiliklar motivi. To’qnashuv qarama-qarshilik nizolar
guruhlarda, jamoalarda vujudga keladi. Shaxsning jamiyatdagi o’rni o’zini qanday
tutishi   egallangan   mavqeyi   hech   sababsiz   o’z-o’zidan   ro’y   bermaydi.   Faoliyatni
amalga   oshishi   va   shaxs   hulq   atvorini   tushuntirish   uchun   motiv   tushunchasiga
to’xtalamiz.  Motiv  aniqroq  tushuncha  bo’lib, u  shaxsdagi  u  yoki  bu  hulq atvorga
nisbatan   turgan   moyillik   hozirlikni   tushuntirib   beruvchi   sababni   nazarda   tutadi.
To’qnashuv   qarama-qarshgilik   motiviga   misol.   Mashhur   nemis   olimi   Kurt   Levan
motivlar   muammosi   to’qnashuv   qarama   qarshiliklar   asosidaligi   qo’yidagicha
e’tirof   etadi.   Masalan,   tehnika   oliygohida   “materiallarning   qarshiligi”   nomli   kurs bor   bo’lib,   shu   kursni   o’zlashtirish   va   undan   sinovdan   o’tish   ko’pchilikka
osonlicha  ruy bermaydi. Hali   kurs  boshlanmmasdanoq,  yosh  talabalarda  shu  kurs
vauning   talabalariga   nisbatan   shunday   ustanovka   shakllanadiki,albatta,   bu   kurs
qiyin   uni   olib   boruvchi   o’qituvchi   o’ta   talabchan,qattiqqo’l   va   hakozo   degan.
Bunday totiv mana necha avlod talabalar boshidan chiqayotgan holat endi aniq bir
shaxs   ning   dars   jarayonim   boshlangan   keiyngi   harakatlari   aniq  bir   motivlar   bilan
izohlanadi   va   tirishqoq   talaba   uchun   bu   fan   ham   bosh3qa   fanlar   qatori   tinimsiz
izlanishi, o’z vaqtida darslarni tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun dangasaroq
talaba uchun bu darsdan  qiyin dars  yo’q. Ta’lim-tarbiya jarayonidagi  majburiylik
O’zbekiston Respublikasida ta’limni qo’yidagi turlari majburiy amalga oshiriladi. 
- maktabga ta’lim
- umumiy o’rta ta’lim 
- o’rta  mahsus kasb-hunar ta’limi 
maktabgacha   ta’lim   bola   shaxsnini   sog’lom   va   etuk,   maktabda   o’qishga
tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi.
-   Umumiy   o’rta   ta’lim   bosqichlari   qo’yidagicha   boshlang’ich   ta’lim   (1-6
sinflar) umumiy o’rta ta’lim (1-6sinflar). Boshlang’iya ta’lim umumiy o’rta ta’lim
olish   uchun   zarur   bo’lgan   saboqlarni   bilim   ko’nikmalar   asoslarini
takamillashtirgan qaratilgan.
Umumiy   o’rta   ta’lim   bilimlarining   zarur   ham   jihatlikni   beradi.   Mustaqil
fikrlash, takomillashgan qobiliyati va amaliy tarbiya ko’nikmalarini rivojlantirgan. 
O’rta mahsus kasb-hunar ta’limi oliy maqsadida har kim umumiy o’rta ta’lim
asosida akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o’qishning yo’nalishini ehtiyoriy
ravishda takomillashtirish huquqiga ega.
Nizoning   ijobiy   va   salbiy   tomonlari.   Pedagogika   nizolarini   salbiy   tomonlari
o’quvchilar   bilimining   baholashda   jiddiy   hatolarda   yana   biri   turish   guruhlarga
sub’ektiv yondashishidir. Bu o’quvchi tomonidan ayni bir javob uchun ayni bir ish
uchun   turli   o’quvchilarni   baholashda   tafovutlarda   aks   eatdi.   Bunday   vaziyatga
e’tibor   qiling.   Doskada   past   o’zlashtiradigan     o’quvchi   javob   bermoqda,
ishonchsiz,   o’rinsiz   gapirmoqda.   Bunday   holatda   o’qituvchining   munosabati qanday   bo’ladi   u   o’quvchi   gapini   shartta   bo’lib,   unga   “ikki”   qo’yadi   va   joyiga
o’tkazadi:   “Sen”   hech   qachon   odam   bo’lmaysan,   “Senga   o’rgatsa   ham   befoyda
ekan   deb   izzat   qiladi.   Endi   boshqa   vaziyatni   ko’raylik.   Doska   olidida   yaxshi
o’zlashtiruvchi  kishi bugun darsga tayyor  emas, ishonchsiz holda javob berayapti
o’qituvchi   uni   ancha   suyaydi.   Bu   vaziyatlarda   nizoni   salbiy   tomonlarini   yaqqol
ko’zda tashlanadi. 
Nizoning   ijobiy   tomonlari   pedagog   ta’lim   jarayonida   aqliy   hujum
metodikalaridan   foydalanadi.   Aqliy   hujum   metodikasida   muomoli   vaziyatli
savollar   guruhga   tashlanadi..   muammolani   mavzu   yuzasidan   har   bir   talaba   o’z
fikrlarini   bildiradi.   Nizolar,   mojoralar   to’qnashuv   qarama-qarshiliklar   tufayli
talabalar fikrlari yanada keng ay ib b o rada. 
Biror kasbning haqiqiy ustasi  bo’lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum
jismoniy, va ruhiy islohatlar, puhta tayyorgarlik shaxsiy tayyorgarlik ayrim shaxsiy
sifatlar bo’lish kerak. Pedagogik maqsadga yo’naltirishda qanday munosabatlarga
e’tiborimizni   qaratishimiz   kerak.     Pedagogik   kasbini   tanlangan   kishi   avvolo
sog’lom bo’lishi so’zlarni to’g’ri va yaxshi talafuz qila olishi bosiq asablari joyida
bo’lishi, boshqalar bilan muomolada o’zini tuta olishi zarur. SHuningdek bolalalrni
yoqtirishi   ular   bilan   ishonch   bilan   ishlashga   mayli   borlik,   hushmuomilalik   keng
fikrlay   olish   tashkilotchilik,   o’ziga   va   boshqalarga   nisbatan   talabchanlik   kabi
shaxsiy   sifatlar   mavjudligi   ham   kishining   pedagogik   ishga   yaroqligini   ko’rsatadi.
Pedagog o’z maqsadiga yutug’larga erishishi uchun munosabatga o’quvchilar bilan
kirishi   uchun   qo’yidagi   vazifalarga   ega   bo’lishi   lozim.   Bolalarni   sevish   va   ular
bilan ishlashga qiziqish pedagogik ishni sevish, psihologik va pedagogik ziyraklik
va   kuzatuvchanlik   tashkilotchilik   qobiliyati,   haqqoniy,   dilkashlik,   talabchanlik,
qatiylik   va   maqsadga   intilish,   vazminlik   o’zini   tuta   olish.   Pedagog   pedagogik
maqsadga   yo’naltirilgan   munosabat   jarayonda   o’quvchilarni   harakter
xususiyatlariga ham alohida e’tiborini qarata olishi lozimdir.
Maqsadga   erishishga   birgalikda   intilish.   Ta’lim   sohasida   biz   maqsadga
erishimiz. Uchun albatta birgalikda intilishimiz lozimdir. Ta’limni  tashkil  etuvchi
hodimlar   bu   pedagoglardir   shunday   ekan   ta’limni   samarali   amalga   oshishida kimlar   bilan   birgalikda   ishlashimiz   o’rinli   Ma’lum,   pedagogik   kasbda   maqsadga
erishish   uchun   o’qtuvchining   faqat   bilimdon   bo’lishi,   u   yoki   bu   fanini   chuqur
bilishining   etarli   emas.   O’qituvchi   tarbiya   hamdir.   U   bolalarning   yosh   va   ruhiy
xususiyatlarini   e’tiboriga   olib   biror   fanni   qay   darajada,   qanday   usullar   bilan
o’rganishni   ham,   bolalarni   qanday   tarbiyali   metodikasini   ham,   inson   shaxsning
shakllanishi qonunniyatlarini  ham bilishi zarur. 
3.   Pedagogning o’quvchilar bilan ish yoki shaxsiy ish yuzasidan
bo’ladigan kelishmovchiliklarni.
Pedagog   jamoa   bilan   ishlashni   bilishi,   guruh   talablariga   munosabati
jarayonida   bir   hil   muomola   bo’lishi,   ota-onalar   bilan   ishlashi   guruh   rahbari   ish
tizimining   ajralmas   qismidir.   Ota-onalar   bilan   ishlash   sinf   rahbaridan   ular   bilan
ishonchli   va   ishchan   munosabati   o’rnatish   pedagog   nazokat,   chidam,   izchil   va
qat’iy e’tiborini talab qiladi. Tarbiyaning umumiy va vazifalari ota-onalar jamoasi
orqali     muvoffaqiyatli   hal   qilinadi.   Sinf   rahbari   ota-onalari   tarbiyasi   qiyin
o’quvchilar   bilan   yakka   tartibda   ishlashga   majbur   qilib   ogohlantirsa   maqsadga
erishishning qiyinchiliklarga duch kelmaydi. 
Ta’lim-tarbiya jarayoni pedagog va o’quvchilar o’rtasidagi munosabatdir. 
Prezidentimiz   I.   Karimov   takidlagannidek   “birorni   o’qitadigan   tarbiya
qiladigan   inson   avvolo   o’zi   har   tomonlama   barkamol   bo’lmog’i   lozim.   Zamon
talablari shuki, professor va o’qituvchilar o’zlarida mavjud bo’lgan bilim va saviya
bilan cheklanib qolmasdan, horijiy mamlakatlar tajribasini va qund va savot bilan
o’rganib   mag’zini   chaqib   o’ndan   keyin   talabalarga   saboq   berishlari   zarurligini
alohida   ta’kidlaydi.   O’qituvchining   ijobiy   munosabatlari   qay   darajada
shakllanganligida ham  bog’liqdir. Qobiliyat jarayonida, faoliyat jarayonida paydo
bo’ladi   va   rivojlanadi   deb   ta’kidlaydi   professor   M.   Ochilov   hamda   o’qituvchi
qobiliyatini   qo’yidagi   turlarni   tavsiya   etadi.   Jumladan,   bo’lishi   qobiliyati,
tushuntira olish qobiliyati, muomola qilish qobiliyati kabilar.
Uzluksiz     ta’limda   dars   va   ma’ruzalarni   mukammal   tashkil   qilishi
o’qituvchining ijobiy munosabatlaridan biridir. Yuqori saviyada o’tilgan mavzular yoshlar   ongiga   uzoq   saqlanadi.   Ularning   iymon   e’tiqodi   va   mafkuralarning
shakllanishiga samarali ta’sir ko’rstadi. Shu sababli o’qituvchining ishlash saviyasi
o’z   burchiga   munosabati,   yoshlarga   murabbiylik   ishtiyoqi,   pedagogik   mahorati,
dastlab dars ma’ruzalarida ko’rinadi. 
Dars   berish   sa’natini   egallashda   o’qituvchi   ishontirgan   o’quv   mashg’uloti
guruh bilim berish vositasi  bilan birga, mustaqil O’zbekistonning ravnaqi, ertangi
kunga   bo’lgan   ishonch,   xalqimizning   aql   zakofati   va   mehnatining   nimalarga
qodirligi   jamiyatning   munosib   fuqorosi   va   quruvchisi   bo’lishi   uchun   nima   qilish
zarurligini ko’rsatuvchi  ko’zgu bo’lib, hizmat  qiladi. Yoshlarimiz dars jarayonida
ijobiy   munosabatlari   o’zlarida   shakllantirsinlar.   O’quvchi   yoki   talabalar   darsdan
har   jihatdan   mamnun   bo’lsinlar   ularda   romatik   orzular   uyg’onsin,   tafakkuri
rivojlansin   amaliy   faoliyat,   ijodiy   qobiliyat,   o’qish-o’rganish   va   mehnatga   havas
kuchaysin.   Ular   o’quv   mashg’ulotidan   keyin   baholari   bilan   emas,   balki   bilim   va
malakalari hosil qilinganliklarini ma’naviy oziq olganlarning his qilsinlar. Ta’limni
mazmundor, qiziqarli va tushunarli bo’lishi ustoz bilan shogirdlar qalbini ruhini bir
biriga   mustahkam   bog’laydi,   ular   o’rtasida   samimiy   hurmatni   o’zaro   ishonchni
mustahkamlaydi. Buning uchun  o’qituvchi  avvolo, o’z fanini va uni o’qitish yo’l
usullarini   mukammal   o’zlashtirib   olishi,   o’qituvchi   murabbiyga   hos   madaniyatni
yuqoriligi, o’z shogirdlariga hurmat va muhabbat, ular  hayotiga qiziqish va ruhiy
holatlarini   bilish   tushunishi,   bosiqlik,   his   tuyg’ularni   boshqara   olishlari,   tashqi
ko’rinishi, kiyinish madaniyatiga e’tibor berishlari, nutq madaniyatining yuqoriligi
jamoat   ishlariga   faoliyatchi,   ayniqsa   omma   o’rtasida   ilmiy   ma’rifat   va   ma’naviy
madaniy   ishlar   tahribotchilari   bo’lishlari   lozim.   SHundagina   mamlakatimiz.
Kelajagi   bo’lgan   yoshlarimiz.   O’z   murabbiylari   nomini   zo’r   ehtirom,   chuqur
minnatdorchilik   bilan   tilga   oladilar.   Buning   uchun   har   bir   o’qituvchi   tegishli
ma’lumot   egasi,   yuksak   kasbiy   tayyorgarligi   va   yuqori   ahloqiy     fazilat   egasi
bo’lishlari darkor. 
O’qituvchining   salbiy   munosabatlari   o’qituvchi   tomonidan   o’quvchilar
bilimini   baholashda   qo’yilgan   hatolar   faqat   baholashda   qo’yilgan   hatolar   faqat
baholash   kompanentlarining   o’zgarishiga   emas,   balki   butun   o’quv   bilish faoliyatining o’zgarishiga olib keladi. Ular bu tizimga hos bo’lgan kamchiliklarni
kuchaytirib, uni kamsuqum yoki yoqimsiz qilib qo’yadi. O’quvchi o’z-o’zini bilan
qiyoslangan   sinorda   ijobiy   natijalar   qo’lga   kiritildi.   Bolalar   bilishini   shunday
taqqoslash   kerakki,   unda   birovni   yuqori   ko’tarib,   boshqalarni   erga   o’rmay,
bolalarning   eng   yaxshi   natijalarga   erishuvini   va   o’z   shaxsini   takomillashtirishini
qo’llab-quvvatlasin. Pedagog nizolarni, qarama-qarshiliklarni oldini olishda har bir
o’quvchini harakteriga e’tiborini qaratish kerak. 
4.Yosh pedagoglar faoliyatida odatda yo’l qo’yiladigan xatolar va
ularni yengish yo’llari.
Jamiyatimiz   keng   qamrovchi   bo’lib   u   erda   turli   hil   harakterdagi   shaxslarni
uchratishimiz   mumkin.   Shaxslararo   nizolar   albatta   faoliyat   turlarida   namayon
bo’ladi.   Masalan   guruh   misolida   ko’ramiz.   Tasavvur   qiling   bir   guruhda   iqtidorli
talantli   shaxslarimiz   bor.   Ular   har   bir   mazmuni   yaxshi   o’zlashtirib   mustaqil
fikrlarini bildira oladilar, fikr doiralari keng bo’lganligi sababli u shaxslar o’rtasida
to’qnashuv,   majoro   kelishmovchilik,   nizolar   yuzaga   keladi.   Har   bir   guruh   a’zosi
o’z   fikrini   to’hriligini   isbotlay   oladilar   bunday   holatlarda   nizoni   boshqarish
o’qituvchi   tomonidan   bartaraf   etiladi.   Har   bir   sohada   shaxslar   o’rtasida   nizolarni
ko’rishimiz   mumkin.   Shaxslar   o’z   ustidan   ishlasa,   fikrini   isbotlay   oladimi,   ular
nizolarni echimini ham topadilar. 
Muloqot   pedagogik   nizolarning   echish   va   boshqarish   usulidir.   Muloqotdagi
nizo   shakllari   turlichadir.   Masalan   yuzma-yuz   yoki   tehnik   vositalar   (telefon
telegraf   va   shunga   o’hshash   vositalar)   bilan   amalga   oshiriliadi.   Oilada   nizo
muloqot ayrim a’zolari o’rtasida bo’lishi mumkin.                      
O’zaro   munosabatlarga   kirishilganda   nizoni   yuzaga   keltirmaslikning   asosiy
omili   o’zaro   til   topishish,   bir-birini   tushunishdir.   Bu   jarayonning   murakkabligi,
kerak bo’lsa, o’zaro til topishishi bir-birini tushuna olish lozim. 
Har   qanday   faoliyatdan   zerikish,   garchan   mumkin,   faqat   odam   muloqotdan
ayniqsa,   uning   norasmiy,samimiy,   bevosita   shaklidan   charchamaydi,   yaxshi
suhbatdoshlar   doimo   ma’naviy   jihatdan   rag’batlantiriladilar.   Aslida   har   bir insonning ijtimoiy tajribasi,  uning insoniy, qiyofasi,  fazilatlari, hattoki  nuqsonlari
ham   muloqot   jarayonlarining   mahsulidir.   Har   qanday   muloqotlarning   elemintar
funktsiyasi   suhbatdoshilarning   o’zaro   bir-birini   tushunishlarini   ta’minlashdir.
Pedagogik nizolarni oldini olishda gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi
tenglaydi,   eshitadi.   Muloqotning   samaradorligi   ana   shu   ikki   qirraning   qanchalik
o’zaro   mosligi,   bir-birini   to’ldirishga   bog’liq   ekan   noto’g’ri   tasavvurlardan   bir
shuki,   odamni   muomola   yoki   muloqatga   o’rgatganda,   uni   faqat   gapirishga,
mantiqan   asoslangan   so’zlardan   foydalanib   ta’sirchan   gapirishcha   o’rgatishadi.
Uning   ikkinchi   tomoni-tinglash   qobiliyatiga   diyarli   e’tibor   berilmaydi.   Mashhur
amerikalik   notiq,   psiholog   Deyl   Karnegi   “yaxshi   suhbatdosh   –   yaxshi   gapirishni
biladigani   emas,   balki   yaxshi   tinglashni   biladiganidir”   deganda   aynan   shu
qobiliyatlarning   insonlarda   rivojlangan   bo’lishini   nazarda   tutgan   edi.   Pedagogik
muloqot   -   o’qituvchi   va   o’quvchi   o’rtasidagi   o’zaro   munosabatdir.   Pedagoglik
jarayondagi   aloqalar   tizimida   o’qituvchi   bilan   o’quvchi   o’rtasidagi   muomola   –
munosabatlar katta o’rin egallaydi. 
O’qituvchi   hayotga   endigina   kirib   kelayotgan,   barkamol   shaxs   sifatida
shakllanayotgan   insonlar   -   yosh   bolalar   bilan   muloqotda   bo’ladi.   O’qituvchining
biror   tasodifiy   xatti-harakati   natijasida   o’quvchilarda   u   haqda   sodir   bo’lgan   fikr
ham   ta’lim-tarbiya   jarayoniga   salbiy   ta’sir   etishi,   o’qituvchining   ishini
murakkablashtirishi   mumkin.   Odatda,   bunday   nizolar   uzoq   davom   etadi   va
o’qituvchi   foydasiga   hal   etiladi.   O’qituvchi   obro’sini   saqlayman   deb,   kattalar
ba’zan o’quvchining qadr-qimmatini erga uradilar, o’quvchidan kechirim surashni
talab   etadilar,   vaholanki   bu   nizoga   o’qituvchining   noto’g’ri   xatti-harakati   sabab
bo’lgan.  FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Asosiy adabiyotlar:
1. Хоliqоv А. Pеdаgоgik mаhоrаt (darslik). -T., 2011.
2. Аzizхodjаеvа   N.N.   Pеdаgоgik   texnologiya   va   pеdаgоgik   mаhоrаt   (o‘quv
qo‘llanma)   .  –T., 2006.
3. Зиёмухаммедов   Б.   Педагогик   махорат   асослари.   (ўқув   қўлланма).     -Т.,
2009.
4. Боубекова   Г.Д.,   Холикова   Г.Т.,   Магзумова   Г.   Педагогичес k ое
мостерство. Учебное пособия. Т.: 2002 
Qo‘shimchа аdаbiyotlаr
1. Ibragimov   X.,   Yoldoshev   U.   va   boshqalar   Pеdаgоgik   psixologiya   (o‘quv
qo‘llanma)    .  -T., 2007. 
2. Оchilоv Mаllа.  Muаllim qаlb mе`mоri. – T., 2000. 
3. Pirmuhаmmеdоvа   M. Pеdаgоgik mаhоrаt аsоslаri.-T.: 2001. 
4. Kаrimоvа V. “Mustаqil fikrlаsh” mеtоdik qo‘llаnmа. -T.: - 2000 y. 
5. Hаmdаmоvа   M.   Yoshlаrning   intеllеktuаl   sаlоhiyatini   rivоjlаntirish
mехаnizmining pеdаgоgik-psiхоlоgik аsоslаri (uslubiy tаvsiyalаr), 2007. 
6. Tоlipоv   O‘.Q.,   Usmоnbоеvа   M.   Pеdаgоgik   tехnоlоgiyalаrning   tаtbiqiy
аsоslаri.-T.. 2006. 
7. Hоdiеv   B.Y.,   Bоltаbаеv   M.R.   “Оliy   o‘quv   yurtidаgi   tаrbiyaviy   ishlаrgа
psiхоlоgik yondаshuvlаr”. -T.: 2009.

PEDAGOGIK NIZOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH TE X NOLOGIYASI Reja: 1. Pedagogik nizolarning asosiy sabablari. 2. Pedagogning pertseptiv (o’quvchi, talabalarni tushunish) x atolari. 3. Pedagogning o’quvchilar bilan ish yoki shaxsiy ish yuzasidan bo’ladigan kelishmovchiliklarni. 4. Yosh pedagoglar faoliyatida odatda yo’l qo’yiladigan hatolar va ularni engish yo’llari.

1. Pedagogik nizolarning asosiy sabablari. «Pedagogik jarayondagi alokalar tizimida o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muomala – munosabatlar katta urin egallaydi. Muallim pedagogik jarayonda asosiy figura, yetakchi kishidir. Unga yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. O’qituvchi pedagogik ishda fidoyilik ko’rsatib, muallimlik burchini yuksak darajada bajarib, bolalarga bilim berib, ular qalbiga xalollik, go’zallik, xakikat, odob – axloq nurini singdira olganliklari, xushmuomalada bo’lganliklari uchun bunday obru va xurmatga erishganlar. Afsuski, hamma muallimlar haqida ham shunday deb bulmaydi. O’zining dagal muomalasi bilan bolaning kunglini ukishdan sovitib, dilini urinsiz ranjitadiganlar ham uchrab turadi. Pedagogik amaliyot, badiiy adabiyotda bunga misol bo’ladigan dalillar ko’p. Bundaylar yoshlar tarbiyasiga, ularning axloqiga salbiy ta‘sir etadilar. Tarbiyaviy ishlarga to’zatish qiyin bo’lgan darajada ziyon yetkazadilar. Natijada o’qituvchi bilan o’quvchi, talaba o’rtasida nizo tugila boshlaydi. Barkamol ijodkor shaxsni shakllantirishga, tarbiyalashga doir axloqiy normalar pedagogik etikada ifodalangan. Tarbiyalanuvchiga ijobiy ta‘sir o’tkazish shartlaridan biri bo’lgan ishonch bilan unga nisbatan kuyilayotgan talablarning birligidir. Bu qonuniyat pedagogik amaliyotda ko’p marta sinovdan utgan va o’zini oklagan. Muallimlar, talabalar bilan utkazilgan suxbat natijalari shundan dalolat beradiki, maktabda xushmuomala o’qituvchilar bilan bir katorda bolalarga xuda – bexudaga duk urib, bakirib muomala kiladigan o’qituvchilar ham uchraydi. Bunday muomala jamiyatda kabul qilingan umuminsoniy va milliy axloqiy normalarga to’g’ri kelmaydi. Bunday o’qituvchilar bolalar orasida obru orttira olmaydilar. Pedagogik jarayon, tarbiya jarayoni, odamlarning tabiati shu darajada murakkabki, muallim ba‘zan istasa – istamasa ko’pollik qilishga «majbur» bo’ladi, o’quvchi muallimning urinli talablarini bajarmayotgan paytlarida u o’zini tuta olmay qoladi. Muallim o’z talablarini, xatto ko’pollik holatini

ham, bolaga yaxshilik kilayapman deb xisoblaydi, chunki bu ishni bolaga bilim berish, uni to’g’ri yulga solish, yaxshi odam kilib tarbiyalash uchun kilayotganligiga ishonadi. Sa‘diy She‘roziyning «Guliston» ( Toshkent, 1968 ) asarining «Tarbiya ta‘siri bayoni» bobidagi xikoyatlari, Alisher Navoiyning «Maxbub – ul – kulub» asaridagi «Mudarrislar to’g’risida», «Maktabdorlar to’g’risida»gi maqolalarida bildirilgan muloxazalar bu fikrimizga hamoxangdir. Bunday holatlar ko’pincha, tarbiyasi qiyin bola bilan muomala – munosabatlar jarayonida sodir bo’ladi. Shuni ham unutmaslik lozimki, bunday bola odatda, nosoglom oiladan chikadi. Bola oiladagi yomon muxitning ko’rboni bo’lishi ham mumkin. Tajribali pedagoglar tarbiyasi qiyin bola bilan ishlash, muomala qilish murakkabligini, shu bilan birga ular insoniy mehrga zor, xushmuomalaga, e‘tiborga muxtoj ekanligini, bundaylarga nisbatan bardoshli, sabr – tokatli, kechirimli bo’lish zarurligini ham ta‘kidlaydilar. Jismoniy jarohat olgan bolani o’qituvchi jazolamasligini hamma biladi. Jismoniy tarbiya muallimi oyogi jaroxatlangan boladan yugurish musobakasida katnashishni talab etmaydi. Bola ba‘zan qalbi, ruhi jaroxatlangan holda maktabga kelishi mumkin. Ta‘lim jarayonida buni hamma o’qituvchilar ham e‘tiborga oladimi? Afsuski, yuk. Bola javob berishni xoxlamayapti, dars tayyorlashni istamagan deb xisoblab, hamma o’quvchilarga bir xil talab qo’yish, bir xil muomala qilish hollari ko’plab uchraydi. Ba‘zan boladan xatto u bajara olmaydigan ishlar ham talab etiladi… Muallimning biror tasodifiy xatti – harakat natijasida o’quvchilarda u xakda sodir bo’lgan fikr ham ta‘lim – tarbiya jarayoniga salbiy ta‘sir etishi, muallimning ishini murakkablashtirishi mumkin. Odatda bunday ziddiyatlar o’zok davom etadi». ( Malla Ochilov. Muallim qalb me‘mori. Toshkent, «O’qituvchi». 2001 yil. 56 – 57 betlar ). Natijada o’qituvchi bilan o’quvchi orasida nizolar chikadi. O’quvchi o’qituvchidan norozi holda, undan

o’zoklashib yuradi. Ayrim hollarda muallimni ximoya kilaman deb, kattalar boladan kechirim surashni talab etadilar, holbuki bu nizoga o’qituvchining noto’g’ri xatti – harakati sabab bo’lgan. Bunday vaqtda bolaning kadr – kimmati xisobga olinmaydi. Ayrim hollarda bolaga mas‘uliyatli ishlarni topshiradilar, bola esa bunday paytlarda kattalar topshirigini bajarmay qo’yadi, o’zining mustakilligini cheklashlarini yoktirmaydi, kattalarning talablariga ko’pincha salbiy munosabatda bo’ladi. Ota – onalar esa ugil yoki kizlarining ulgayib qolganligini sezmagan, ularni xali ham «yosh bola» deb xisoblaydigan oilalarda usmir bilan kattalar o’rtasida tez – tez nizolar, tuknashuvlar bo’lib turadi. Kattalar bolaga qanday munosabatda bo’lishlari kerak? Avvalo, bolaning xulqiga doimiy e‘tibor berish, uning xulqiga kat‘iy, o’zluksiz raxbarlik qilish, shuningdek, bularning hammasini shunday amalga oshirish kerakki, bola mayda - chuyda ishlarida ham kattalarning doimiy vosiyligini sezmasin. Ayniksa, usmir yoshida ularning xayotidagi yangi mavkelari bilan xisoblashadigan, ularni «kichkina» deb xisoblamaydigan, talabchan, lekin adolatli o’qituvchilarni xurmat kiladilar. Katta yoshli bolalar uchun qiziqishlarining turli – tumanligi harakterilidir. Ularning bu qiziqishlari to’g’ri tarbiyalansa, ular usmirning qobiliyatlari va mayllarining rivojlanishiga jiddiy ta‘sir ko’rsatishi mumkin. O’qituvchining o’quvchi – talabalar bilan ish yoki shaxsiy ish yo’zasidan ayrim vaqtlarda kelishmovchiliklari bo’lib turadi. O’quvchi atrofdagilarning unga bergan baxosiga nisbatan tankidiy karaydi. Uning kayfiyatidagi ranjish va ikkilanishning sababi ham ana shunda. Tasodifiy muvaffakkiyat yoki kattalarning maktab qo’yishi bolaning o’ziga ortikcha baxo berishiga, o’ziga xaddan tashkari ishonuvchanlikka, maktanchoklikka olib keladi. Xatto, vaqtincha tasodifiy muvaffakkiyatsizlik bolada o’z kuchiga ishonmaslikni uygotishi, ikkilanish, ko’rkoklik, jur‘atsizlik va uyatchanlik xissini oshirib yuborishi mumkin. Shuning uchun o’qituvchi va

tarbiyachilarning bolalar bilan bo’ladigan munosabati aloxida nazokatni talab etadi. Usmirlik yoshida zaif, mustakil emas, kichkina deb nom chikarishdan ko’rkish xavfi kuchayadi. Muomaladagi dagallik, talabchanlik, xurmatsizlik o’quvchiga yosh bolalarga bo’lganday muomalada bo’lish, ular yaxshi tushunaman deb xisoblagan masalalar buyicha o’zlarining mustakil fikrlarini aytish huquqini mensimaslik, ularning yukori natijalarga erishishidagi kuch va imkoniyatlariga shubxalanish kabi xodisalar, odatda norozilik yoki anik ifodalangan bashqa bir salbiy reaktsiyalar, xodisalarni xosil kiladi. Ayrim o’qituvchilar xayotida sodir bo’ladigan anik xatolar uchrab turadi. O’qituvchilar (yosh o’qituvchilar nazarda tutilayapti) bir xil o’quvchilarni (o’zlashtirayotgan) doim maktaydilar, bashqalarni (o’zlashtirmayotgan) hamisha koyiydilar. Buning ustiga o’zlashtirmayotganlarga, odatda, o’zlashtirgan sinfdoshlariga nisbatan tez – tez va kattik tanbex beradilar. Xatto kam o’zlashtiradigan o’quvchilarni javob berishga ham kam taklif kiladilar. Mana bunday vaziyatda o’quvchilar bir – birlariga nisbatan karam bo’lib qoladilar, o’qituvchiga nisbatan norozilik kayfiyati paydo bo’ladi. Kam o’zlashtirgan o’quvchiga «yomon» baxo qo’yadi, buning ustiga bir necha kungil bo’zar achchik, istexzoli so’zlar ham aytiladi. Bunday holat juda ko’p o’qituvchilar xayotida uchraydi va bu xatoni o’quvchi umrbod kechirmaydi. Nizolarning kelib chiqish sabablari guruhdagi har bir shaxsning fe’l atvoridagi xatti-harakatlarida, shaxs mansub bo’lgan millat, xalq hudud xususiyatlarida namayon bo’ladi. Bo’lajak pedagoglar pedagogik nizolarning yuzaga kelishi ruhiy asoslari bilan tanishishi, ya’ni pedagogik nizolarni kelib chiqish sabablarini bilishi, shu o’rinda turli pedagogik nizolarni oldini olish va bartaraf etish usullari haqidagi nazariy bilimlarni amaliyotda keng tatbiq eta olishi lozim bo’lib, bu talablar bilimlariga quiylgan asosiy talablardan biri sanaladi. Pedagogik nizolarning kelib chiqish sabablarini bilish va ularning oldini olish pedagogik madaniyatni rivojlantiradi.