O’zbekiston hududida ibtidoiy davr san’ati


O’zbekiston hududida ibtidoiy davr san’ati Reja: 1. Jahon taraqqiyoti tarixida O’rta Osiyo sivilizatsiyasining o’rni. 2. . Haykaltaroshlik va rassomchilik, diniy tushunchalarining shakllanishi. 3. O’rta Osiyo hududida ibtidoiy jamiyat rivojlanishida sanatning o‘rni.
Jahon taraqqiyoti tarixida O’rta Osiyo sivilizatsiyasining o’rni. O’zbekiston hududlari eng qadimgi davrlardan boshlab jahon sivilizatsiyasining o’choqlaridan biri ekanligiga ilmiy jihatdan hech qanday shubha yo’q. O’zbekiston va O’rta Osiyo hududlarida olib borilayotgan keng miqyosdagi tadqiqot ishlarining natijalari ham Vatanimizning jahon sivilizatsiyasida tutgan o’rnini tasdiqlaydi. Dunyoning turli burchaklarida yashaydigan xalqlarning turli davrlarda, ijgimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarda erishgan yutuqlari hamda taraqqiyot bosqichiga ko’tarilishini sivilizatsiya tushunchasi o’zida aks ettiradi. Bu taraqqiyot bosqichi insoniyatning paydo bo’lishi va rivojlanishi, jamiyatning rivojlanish darajasi, moddiy va ma’naviy madaniyatning yuksalishi, qabilalar va xalqlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bilan izoxlanadi. O’rta Osiyo sivilizatsiyasi turli hududlarda turli davrlarda paydo bo’ldi va rivojlandi. Misol uchun, janubiy hududlarda yashagan qadimgi qabilalar mil.avv. VI ming yillikdayoq dehqonchilikka o’tib, unumdor xo’jalikni rivojlantirgan bo’lsalar, bu davrda shimoliy hududlardagi qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va chorvachilikning ilk shakllari bilan shug’ullanganlar. Bu notekislik jarayonini tabiiy geografik sharoitlar va o’zaro munosabatlar bilan izoxlash mumkin. Bu o’rinda Urta
Osiyoning cho’l va dasht hududlari hamda tog’oldi va daryo vohalari hududlarining rivojlanish darajasidagi madaniy notekislikni taqqoslab ko’rish (Kopetdog’, Hisor, Zarafshon tog’oldi hududlari hamda Kizilqum, Koraqum, Kashqadaryo va Zarafshon vohasining dasht hududlari) muhimdir. Undan tashqari, O’rta Osiyoda turli-tuman madaniyat yaratgan qadimgi aholining neolit davridayoq, ya ь ni mil.avv. VI-IV ming yilliklardagi o’zaro munosabatlari va bu aholining Sharqdagi, dastavval Old Osiyodaga boshka qadimgi sivilizatsiya o’choqlari bilan uzviy aloqada bo’lishi ham mahalliy sivilizatsiyaning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatgan. O’zbekiston hududida eng qadimgi odamlar tosh davrining ilk davrlaridayoq joylasha boshlangan. Ilk paleolit davriga oid makonlar Farg’ona vodiysidagi Selungur va Toshkent viloyatida joylashgan Ko’lbuloq makonlaridan topib o’rganilgan. Ularning makonlari asosan buloq va daryo bo’ylarida joylashgan, asosan ovchilik va termachilik bilan shug’ullanganlar. O’zbekiston hududida qadimgi odamlarning dastlabki vakillaridan biri neandertal ь odamlari hisoblangan. Bu odam qoldiqlari Boysun tog’idagi Teshiktosh g’oridan topilgan bo’lib, miloddan avvalgi 100 – 40 ming yilliklarda Osiyo va Yevropada keng tarqalgan edi. Bu davrda odamlar qo’lidagi qurollar turlari ko’paydi va nayzasimon, qirg’ichsimon, pichoqsimon va boshqa
qurollar paydo bo’ldi. Bu davrda iqlim ancha sovuq bo’lib, odamlar g’orlarda yashaganlar va olovdan foydalanganlar. So’nggi tosh davrida (mil.avv. 40–12 ming yilliklar) zamonaviy qiyofadagi odamlarning vujudga kelishi bilan birga yirik hayvonlarni ov qilish jarayoni rivojlandi. Yerto’la va chaylasimon turar joylar paydo bo’ldi. Jamiyatda juft oilalar paydo bo’ldi, urug’ jamoasi yuzaga keldi. Ayolning jamiyatdagi mavqei ancha yuksaldi. Ona urug’i davri – matriarxat vujudga keldi. So’nggi tosh davrining eng katta yutuqlaridan biri tasviriy san’atning yuzaga kelishi edi. Haykaltaroshlik va rassomchilik, diniy tushunchalar shakllana boshladi. Mezolit – o’rta tosh davrida (mil.avv. 12–7 ming yilliklar) muzlik chekindi va xayvonot hamda nabotot dunyosida ko’pgina o’zgarishlar sodir bo’ldi. Inson hayotidagi dastlabki yirik kashfiyotlardan biri – o’q-yoy kashf etildi. Ovchilik bilan birga baliqchilik ham rivojlandi. Xayvonlarni xonakilashtirish natijasida chorvachilikka asos solindi. Mezolit davrining so’nggi bosqichlaridan Old Osiyo va ikki daryo oralig’ida dexqonchilik xo’jaligi shakllandi va bu jarayon O’rta Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda keyinroq yuzaga keldi.