logo

O‘zbekiston hududidagi ilk davlatlar va Zardushtiylik dars ish

Yuklangan vaqt:

24.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

164 KB
                                                                 “Tasdiqlayman”
O’IBDO’ ___________A.Z.Temirov
                                                               ____________ _____  2022-yil
 
NAZARIY O‘QUV MASHG‘ULOTNING O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
Guruh
Dars sanasi
Mavzu:  O‘zbekiston hududidagi ilk davlatlar va Zardushtiylik
O‘quv mashg‘ulotning o‘qitish texnologiyasi modeli
Vaqt: 80 daqiqa   O‘quvchilar soni:  26  tagacha
O‘quv mash g‘ ulotining shakli va turi Nazariy:  yangi   bilimlarni   egallash  bo‘yicha  o‘quv
mashg‘ulot
O‘quv mash g‘ ulot rejasi 1. Qadimgi   O’zbekiston   aholisining   etnik
tarkibi va hududiy joylashuvi
2. Mil. avv. VII–VI asrlarda qadimgi shahar 
madaniyati
3. Zardushtiylik   dinining   vujudga   kelishi.
Avesto.
O‘quv mashg‘uloti maqsadi :  yangi mavzu  bo‘yicha tushunchalarni hosil qilish  / shaklantirish .
Pedagogik vazifalar: 
Dars va mavzu rejasi  tanishtirish;
Davr haqida  ma’lumot berish;
Atamalarga  izoh berish;
Mavzu bo’yicha  tushuncha berish. O‘quv faoliyati natijalari:
Mavzuga doir ma’lumotlar ko‘rsatadilar;
Davrga xos xususiyatlarni tasniflaydilar;
Mavzu mohiyatini aytib beradilar;
Fakt,   ma’lumotlarni   t artibli   ravishda   gapirib
beradilar.
O‘qitish metodlari Kichik   axborotli   ma’ruza   / hikoya /   tushuntirish /
ko‘rsatma   berish /   namoyish /   ko‘rsatish /vi deo   usul /
kitob   bilan   ishlash /   insert /   mashq /   suhbat /   bahs /
aqliy hujum / ta’limiy o‘yin / pinbord va boshq.
O‘quv faoliyatini tashkil etish shakllari Ommaviy /   jamoaviy /   guruhli /   individual   / o‘ylang
va   juftlikda   fikr   almashing   texnikasi/birgalikda
o‘ rganamiz   texnikasi/arra texnikasi  va boshq.
O‘qitish vositalari Matnlar /yo zuv taxtasi /  slaydlar /  proektor /  
kompyuter /diaproektor/flipcha r t/vediofilm/grafikli  
organizatorlar/m odel /  mulyajlar /ch izma /  sxema /  
grafik /  diagrammlar /n amunalar / e kspert  varag‘i 
/yo‘ riqnoma  va boshq
O‘qitish shart-sharoiti Maxsus   texnik   vositalar   bilan   jihozlangan
auditoriya. 
Qaytar aloqaning usul va vositalari Tezkor-so‘rov / savol-javob / test /topshiriq/mashq   va
boshq. O‘quv mashg‘ulotning texnologik xaritasi
Faoliyat
bosqichlari va
vaqti Faoliyat   mazmuni
o‘qituvchi o‘quvchi
1 -O‘ quv
mash g‘ ulotiga
kirish
(5daq.) Tashkiliy boshlanishi
O‘quvchilar   bilan   s alomlashadi ,   ularni   mashg‘ulotga
tayyorgarligi va davomatini tekshiradi.  Darsga
tayyorgarlik
ko‘radilar.
2-bosqich.
Asosiy
(6 5 daq.) I . O‘quv faniga olib kirish  (15 daq)
1. 1 . Mavzu   bo‘yicha  asosiy   tushunchalar  bilan  ( 1 -ilova)
va   mustaqil   ishlash   uchun   adabiyotlar   ro‘yxati   bilan
tanishtiradi. 
1.2.   O‘quv   mashg‘ulotning   mavzusi,   rejasi,   maqsadi   va
o‘quv faoliyat natijalariga qo‘yiladigan baholash mezoni
bilan tanishtiradi.  (2-ilova).
II .O‘quvchilar bilimini faollashtirish (10 daq)
2.1.O‘quvchilar   bilimini   tezkor-so‘rov /   savol-javob /
aqliy   hujum / pinbord / o‘ylang   va   juftlikda   fikr
almashing / orqali   faollashtiradi     Javoblarni   qabul   qiladi,
ular   asosida     yangi   o‘quv   materialni   uzviy ligi   bo‘yicha
ma’lumotlar berishga o‘tadi.
III .Y a ngi o‘quv materialiga kirish  (40 daq)
2.2.   Qo’’anma va ko’rgazmali qurollar   asosida  ( 3 -ilova)
namoyish   va   sharxlash   orqali   mavzu   bo‘yicha   asosiy
nazariy xolatlarni bayon qiladi. 
2.3. Har bir rejani mustahkamlash uchun savollar beradi 
2.4. Mavzuning har bir qismi bo‘yicha xulosalar qiladi. 
2.5. Ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi.
2.6.   Y a ngi   o‘quv   materialini   o‘zlashtirish   darjasini
tekshirish bo‘yicha tezkor-so‘rov o‘tkazadi ( 4 - ilova). Tinglaydilar,
yozib oladilar.
Y o zib oladilar
Tinglaydilar
Y o ziboladilar
Savolga
javobberadilar
T inglaydilar
Savollarga javob
beradilar.
Ma’lumot-larni
daftarga qayd
qiladilar.
Savollarga javob
beradilar
3-bosqich.
Y a kuniy
(10 daq.) Mashg‘ulot yakuni va uyga vazifa berish.
3.1.   Mavzuni   yakunlaydi   va   mazkur   fanning   kelgusida
kasbiy   faoliyatlaridagi   ahamiyatini   yoritish   bilan
yakunlaydi.
3.3. O‘quvchilar bilimini  ba h olaydi.
3.2.   Uyga   vazifa   beradi   va   uni   bajarish   yuzasidan
yo‘riqnoma beradi.( 5 - ilova). Diqqat qiladilar.
Vazifani yozib
oladilar 1 ilova 
Asosiy tushunchalar: Ibtidoiy jamoa tuzumu, urug’, manbalar, chopperlar, paleolit, mezolit, neolit, 
eneolit, o’zlashtiruvchi xo’jalik, ishlab chiqaruvchi xo’jalik, animism, totemizm, fetishizm, 
arxeologiya, etnografiya, antropologiya, Avesto, “ishbilarmon odam”, “aql-idrokli odam”, “tik 
yuruvchi odam”, Kapova, Lasko, ALtamir, Teshiktosh, Selungur, Ko’lbuloq. 
  
Adabiyotlar:
1. A.S. Sagdullayev, V.A. Kostetskiy.  "Qadimgi dunyo tarixi 6-sinf  T – 2022.
2. R.Shamsutdinov. Vatan tarixi. T.2004
2-ilova 
Mavzu rejasi:
1. Qadimgi O’zbekiston aholisining etnik tarkibi va hududiy joylashuvi
2. Mil. avv. VII–VI asrlarda qadimgi shahar Madaniyati
3. Zardushtiylik dinining vujudga kelishi. Avesto.
Maqsadi:   O‘rta   Osiyoda   qadimgi   xalqlar   va   qabilalarning   joylashishi,   aholining   xo’jalik
hayoti. Ilk shahar va davlatlarning tashkil topishi. Zardushtiylikning vujudga kelishi va taraqqiyoti,
urf-odatlari, diniy normalari haqida ma’lumot berish.
Baholash mezoni: Reyting usulida baholash 5 ballik tizimda amalga oshiriladi.
Joriy nazorat asosan og’zaki so’rov tarzida o’tkaziladi. Unda o’quvchi mavzuni:
55% dan – 70% gacha o’zlashtirganini ko’rsata olsa “3 ball”,
71% dan – 85% gacha o’zlashtirganini ko’rsata olsa “4 ball”,
85% dan – 100% gacha o’zlashtirganini isbotlay olsa “5 ball”ga baholanadi.
Agar   joriy   nazorat   test   usulida   o’tkazilsa,   20   ta   testdan   iborat   variantning   har   bir   to’g’ri
javob 5 % ni tashkil etadi. Shu boisdan:
11 tadan 14 tagacha to’g’ri javob uchun “3 ball”,
15 tadan 17 tagacha to’g’ri javob uchun “4 ball”,
18 tadan ortiq to’g’ri javob uchun “5 ball” qo’yiladi.
Agar   test   variant   50   ta   savoldan   iborat   bo’lsa   har   bir   to’g’ri   javob   2%   ni   tashkil   etib
yuqoridagi nisbatda baholanadi. Ya’ni,
28 tadan 35 tagacha to’g’ri javob uchun “3 ball”, 
35 tadan 42 tagacha to’g’ri javob uchun “4 ball”,
43 tadan ortiq to’g’ri javob uchun “5 ball” qo’yiladi.
3-ilova:
Mavzu matni:
Yozma   manbalarning   guvohlik   berishicha,   mil.   avv.   VII–VI   asrlarda   O‘zbekiston   hamda
qo‘shni   hududlarda   sug‘diylar,   baqtriyaliklar,   xorazmliklar   kabi   elatlar,   shuningdek,   sak   va
massaget   qabilalari   yashagan.   Zarafshon   va   Qashqadaryo   vohasida   dehqonchilik   bilan
shug‘ullanuvchi   ko‘plab   aholi   istiqomat   qilgan.   Yunon   yozma   manbalarida   bu   hudud   Sug‘diyona
deb   nomlangan.   Mazkur   hududda   yashaydigan   aholi   sug‘diylar   deb   atalgan.   Sug‘diylarning   eng
yaqin   qo‘shnilari   baqtriyaliklar   bo‘lib,   ular   Surxon   vohasi,   shimoliy   Afg‘oniston   va   janubiy
Tojikiston  hududlarida  joylashgan.  Yunon-rim  muarrixlari  u  yerlarni  Baqtriana   yoki  Baqtriya  deb atagan.   Amudaryoning   quyi   oqimida   yashagan   o‘troq   dehqon   elatlari   xorazmliklar   bo‘lgan.
Ularning   yurti   yunon   manbalarida   Xorasmiya   deyilgan.   Cho‘llar   va   Amudaryo   bo‘ylarida
ko‘chmanchi massaget qabilalari yashagan. O‘rta Osiyoning tog‘lik, dasht va cho‘l yerlarida asosiy
mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan saklar istiqomat qilgan. Bu paytlarda Sug‘d, Baqtriya va Xorazm
aholisining   mashg‘uloti   sun’iy   sug‘orishga   asoslangan   dehqonchilik   bo‘lgan.   Hunarmandchilik   va
savdo-sotiq   ham   ancha   rivoj   topgan.   Manzilgohlardan   yuqori   sifatli   kulolchilik   idishlari,   temir   va
bronza   buyumlar   topilgan.   Tog‘lardan   mis,   qalay,   kumush   va   oltin   ma’danlari   hamda   zargarlik
buyumlari yasash uchun lojuvard (la’l) va feruza kabi qimmatbaho toshlar qazib olingan. Lojuvard
Baqtriya tog‘larida bo‘lgan.   “Podshoh so‘ragan la’l borasida: “Menga la’l keltiring”, degan ekanlar.
Men,   janobi   oliylari,   tog‘ga   chiqib,   la’lni   qo‘lga   kiritganimda   mamlakat   ahli   menga   qarshi
qo‘zg‘alganini   bilmaydilar.   Podshoh   izn   bersalar,   janobi   oliylari,   katta   qo‘shin   borib,   la’lni
keltirishsa; faqat men ular bilan non-u qatiqni baham ko‘rmayman; ular yonida yurmayman, sening
choparing   yonida   bo‘lmayman,   podshoh   salomatligi   xususida   ham   so‘ramayman.   Shohim   buni
gunohga   yo‘ymasalar   bas…”.   Ko‘chmanchi   sak   va   massaget   qabilalarining   asosiy   mashg‘uloti
chorvachilik bo‘lib, ular tuya, ot, qo‘y va echkilar podalarini boqqan. Chorvadorlar hayvon terisidan
charm,   junli   matolardan   poyabzal,   kiyimlar   va   chodirlar   tikishgan.   Ko‘chmanchilar   ushbu
mahsulotlarni   o‘troq   dehqonlarga   sotgan,   dehqonlar   esa   Sharq   xalqlari   bilan   yaqin   savdo   va
madaniy   aloqalarni   o‘rnatgan.   O‘rta   Osiyoning   o‘troq   va   ko‘chmanchi   xalqlari   o‘rtasidagi
ayirboshlash muvaffaqiyatli kechgan. 
Hunarmandchilik   va   savdoning   rivojlanishi   natijasida   mil.   avv.   VII–VI   asrlarda   qadimgi
shaharlar   rivojlangan.   Ular   hunarmandchilik   ishlab   chiqarish   va   savdo   markazlari   bo‘lgan.
Qadimshunoslar   Afrosiyob   (Samarqand),   Ko‘ktepa   (Zarafshon   vohasi),   Yerqo‘rg‘on   va   Uzunqir
(Qashqadaryo   vohasi),   Ko‘zaliqir   (Xorazm),   Qiziltepa   (Surxondaryo   vohasi)   kabi   qadimiy
shaharlarni   o‘rgangan.   Shaharlarning   bir   guruhi   savdo   va   hunarmandchilik   markazlari   bo‘lsa,
boshqalari  alohida  tuman va viloyatlar  markazlari  hisoblangan. Bunday qadimiy  shaharlar  qanday
ko‘rinishga   ega   bo‘lgan?   O‘sha   olis   davrlarda   sayyoh   uzoqdan   yirik   qadimiy   shaharni   ko‘rishi
mumkin edi. Ulkan ichki qal’a shahardagi boshqa xom g‘ishtdan qurilgan xonadon, xo‘jalik binolari
va hunarmandchilik  ustaxonalaridan  ancha balandda viqorli bo‘y cho‘zib turardi.  Qo‘rg‘onda turli
xonalardan   iborat   katta   saroy   joylashardi.   Daraxtlar   kam,   ko‘chalari   tor,   lekin   mudofaa   devorlari
kishini   lol   qoldiradi.   Shaharda   yashovchilar   mudofaa   tizimiga   alohida   e’tibor   berardi.   Shahar
darvozasiga kirish yo‘lini suv bilan to‘ldirilgan chuqur – xandaq to‘sib turardi.
Zardushtiylik   tarqala   boshlagan   paytlarda   ibodatxonalar,   odamlar   duo   matnlarini   o‘rganishi
uchun   maxsus   kitoblar   bo‘lmagan.   Diniy   marosimlar   ochiq   osmon   ostida,   gulxan   yonida   yoki
uydagi   o‘choq   olovi   atrofida   o‘tkazilgan.   Oldin   turli   qabilalarni   istilochilarga   qarshi   kurashga
birlashtirish   uchun   Zardusht   ularni   birlikka   da’vat   qilgan.   Zardushtning   so‘nggi   va’zlari   kohinlar
tomonidan   yod   olib,   dindorlarga   o‘qib   berilgan.   Zardushtning   vafotidan   keyin   bir   necha   asrlar
o‘tgach, barcha diniy marosimlar, madhiyalar va duolar zardushtiylar uchun muqaddas bo‘lgan bir
kitobga   jamlandi.   Bu  kitobning   nomi  “Avesto”   bo‘lib,  “qat’iy  belgilangan  qonun-qoidalar”   degan
ma’noni anglatadi.
Zardushtiylar   o‘zlarining   ehtiromli   ma’budlariga   e’tiqod   qilishgan.   Ahuramazda
zardushtiylarning   ulug‘   va   donishmand   oliy   xudosi   hisoblangan.   Mitra   –   Quyosh   va   yorug‘lik
ma’budidir. O‘tli chaqmoqlar yordamida u yovuzlik va o‘lim ma’budi bo‘lmish Ahriman bilan jang
qiladi.  Zardushtiylar   yomg‘irdan  keyin  hosil  bo‘ladigan   kamalakka  Mitraning  o‘q  uzayotgan  yoyi
deb sig‘inishgan. Anaxita zardushtiylikda hosildorlik va suv ma’budasi hisoblangan. Zardushtiylik
dini ta’limoti insoniyatning ezgulik va yovuzlik haqidagi qarashlari takomiliga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Zardushtiylar   hayotining   tub   ma’nosi   ezgu   amal,   ezgu   so‘z   va   ezgu   fikrdan   iborat   bo‘lgan.
Insonning   asosiy   burchi,   eng   avvalo,   adolatli   turmush   tarzi   hisoblangan.   Zardushtiylik   e’tiqodiga
ko‘ra,   yolg‘on   so‘zlamaslik,   aldamaslik,   va’daga   vafo   qilish,   faqat   ezgu   ishlarni   amalga   oshirish
kerak   edi.   Zardushtiylar   ta’limotida   o‘lim   yovuzlik   ifodasi   hisoblangan.   Shu   bois   vafot   etgan
odamlarni   dafn   qilishning   alohida   marosimi   yuzaga   kelgan.   O‘lgan   odamni   yerga   dafn   qilish,
yondirish,   suvga   oqizish   ham   mumkin   emas   edi.   Shu   sababli   yirtqich   qushlar   va   hayvonlar   yeb ketishi uchun jasadni toshli va qumli  tepaliklarda  qoldirishgan. Yomg‘irlarda  yuvilgan va oftobda
poklangan suyaklarni maxsus sopol tobutchalar – ossuariylar (suyakdonlar)da dafn etishgan. 
Zardushtiylar   bosqinchilik,   talon-taroj   va   turarjoylarni   vayron   qilish   kabi   harakatlarni   og‘ir
jinoyat   deb   hisoblagan.   Qurolni   qo‘lga   olib   insonga   do‘q   qilish,   birovni   kaltaklab,   unga   jarohat
yetkazish   qattiq   jazoga   loyiq   ko‘rilgan.   O‘g‘rilik   va   qarzdorlikni   “Avesto”   gunoh   deb   hisoblaydi.
Olgan   qarzni   qaytarib   bermaslik   o‘g‘rilikka   tenglashtirilgan.   Mehnat   yuksak   ehtirom   bilan
qadrlangan. “Avesto”da inson mehnat qilishi, biror hunar, binokorlik, dehqonchilik va chorvachilik
bilan   shug‘ullanishi   kerakligi   aytiladi.   Inson   suv,   o‘simliklar   va   zaminning   pokligini   ta’minlashi,
tabiatni asrab-avaylashi lozim. “Avesto” oila va bolalar huquqlarini qat’iy muhofaza qiladi. Voyaga
yetmagan bolalarni  ota-onalaridan  olib ketish, vasiysiz qoldirish qoralangan. Yosh bolalarga bilim
berib,   bironta   hunarga   o‘rgatish   qadrlangan,   negaki   “o‘qish   –   ko‘zning   nuri”   deb   uqtirilgan.
Zardushtiylar   kuylagan   qasidalarning   biri   “Quyosh   madhi”da   shunday   deyilgan:   Biz   Quyoshni
madh etamiz, Bezavol Nurni. Uchqur uning tulporlari, Qachon Quyosh nur taratadir, Qachon ilitadir
Quyosh, Qoyim turar yuz ming abad Ma’budlar. Taqsimlaydi baxtni shunda Ahuramazda bu yerga.
“Avesto” kishilarni tinchlikka, adolat va ezgulikka chorlagan.
4-ilova
Nazorat uchun savollar:
1. Mil. avv. VII–VI asrlarda O‘zbekiston hududida qaysi qabila va elatlar yashagan?
2. O‘rta Osiyodagi ko‘chmanchi qabilalarning nomini ayting.
3. O‘rta Osiyoning qadimgi davlatlari qaysilar? Ular qaysi hududlarda joylashgan?
4. O’zbekiston hududida paydo bo‘lgan ilk shaharlar qanday ko‘rinishga ega edi? Arxeologik
tadqiqotlar ishtirokchisi nomidan so‘zlab bering
5. Zardushtiylikning ilk targ‘ibotchisi kim?
6. O‘rta Osiyo hududida zardushtiylik tarqalgan davrni ayting.
7. Zardushtiylarning eng hurmatli ma’budlarini sanab bering.
8. Zardushtiylarning qaysi marosimlarini bilasiz?
Test savollari:
1.   O‘rta     Osiyoda   qachon   zardushtiylik
deb atalgan din keng tarqaladi?
a) mil.avv II ming yillikda                 
b)mil.avv I ming yillikda
d) mil.avv III ming yillikda               
e) mil.avv IV ming yillikda
2.  Zardushtiylar  nimaga  sig’inishgan  va
ularni muqaddas hisoblashgan?
a)quyosh,oy,yulduzlarga
b)hayvonlar,qushlar,qurt-qumursqalarga
d) olov,tuproq,suv yulduzlarga       
e)ko’rinmas ruhlarga
3.   «Zardushtiylik»     so‘zi   qanday   paydo
bo’lgan?
a) Zardusht ismidan     b) tog’ nomidan
d) ibodatxona nomidan   e)yulduz
nomidan
4.   Zardusht   nechanchi   ming   yilliklarda
yashab o’tgan?
a) mil.avv 2-ming yillik oxirida b)   mil.avv   1-ming     yillikning   birinchi
yarmida
d) mil.avv 1-ming yillikning 2-yarmida 
d) mil.avv 2-ming yillik boshida
5.   Yunonistonda   Zardushtning   ismi
qanday talaffuz qilingan?
a) Zaratushtra    b) Zaradush   
d) Zoroastr     e) Zarash
6.   «Astron»   qaysi   tildan   olingan   va
ma’nosi nima?
a) lotincha-yulduz    b) yunoncha-Oy   
d) lotincha-quyosh    e)yunoncha-yulduz
7.   Zardushtni   Yunonistonda   nima   deb
bilishgan?
a) rohib     b)
donishmand,munajjim    
d) mohir hunarmand      e) avliyo
8.   Quyidagi   tushirib   qoldirilgan
so’zlarni to’g’ri joylashtiring:
Bir   kuni   erta   tongda   1)………..   suv
olish   uchun   daryo   bo‘yiga   boribdi.   Zilol suvda   u   2)……….   elchilaridan   birining
siymosini   ko‘rib   qolibdi,   siymo   nur   bilan
qaysi   tomonga   borishga   yo‘l   ko‘rsatibdi   3).
…………   sehrli   nur   izidan   ergashibdi,   ko‘p
o‘tmay   oliy   iloh   4)………..qarshisiga   borib
qolibdi.   5)…………   xudosi   uning   ezgu
amallari   haqidagi   bilimlarni   tarqatish   uchun
Zardushtni tanlaganini ma’lum qilibdi. 
A) 1.Zardusht 2.Ahuramazda 3.Zardusht
4.Ahuramazda 5.Ahuramazda
B)   1.Zardusht   2.Mitra   3.Zardusht   4.
Ahriman 5.Mitra
D)     1.Anaxita   2.Mitra   3.Zardusht.
4.Ahuramazda 5.Ahriman
E)     1.Mitra.   2.Ahuramazda   3.Zardusht
4.Ahuramazda 5.Ahuramazda
9.   Zardusht   necha   yoshida   yangi   diniy
ta’limot  payg‘ambariga  aylangan?
a) 40 yoshida     b) 35 yoshida   
d) 20 yoshida    e) 30 yoshida
10.   «Payg‘ambar»   so‘zining   ma’nosi
qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) dono yo’lboshchi
b) donishmand,munajjim    
d) ezgu amallar haqida xabar beruvchi
e) yozuv ishlardan qaytaruvchi
11.   Zardushtiylikda   Diniy   marosimlar
qayerda o'tkazilgan?
a) ibodatxonalarda
b)   ochiq   osmon   ostida,   gulxan   yonida
yoki uydagi o‘choq olovi atrofi da
d) g'orlarda chizilgan rasmlar atrofida
e) cherkovda
12. Nima sababdan Zardusht qabilalarni
birlikka davat qilgan?
a) o'ziga itoat qilishi uchun
b) o'zaro urushlarga chek qo'yishi uchun
d) boshqa qabilalarni bosib olish uchun
e)   istilochilarga   qarshi   kurashga
birlashtirish uchun
13.   Zardushtning   so‘nggi   va’zlari   kim
tomonidan yozib olingan?
a) kohinlar     b) o'zi tomonidan  yozib
qoldirilgan  
d) shogirtlari   e) yozib qoldirilmagan
14. «Avesto» so'zining ma'nosi nima?
a) o'qish    b) kitob   
d) qat’iy belgilangan qonun-qoidalar   e)
yodlash
15.   «Avesto»ning   ilk   qismi   qachon
paydo bo'lgan?
a)mil.avv IX-VIII asrlarda       b)mil.avv VIII-VII asrlarda
d)mil.avv VIII-VI asrlarda   
e)mil.avv VII-VI asrlarda
16.   Zardusht   va’zlari   matnlarining
hammasi qachon bitta kitobga jamlangan?
a) mil.av IV asrda     b)   mil.av   V
asrda   
d) mil.avv III asrda    e)mil.av II asrda
17. «Zand» nima?
a)   Avestoning   bugungi   kungacha   yetib
kelgan qismi
b) Avesto matnlariga sharh
d) Avestoning olimlar o'rgangan qismi
e)   Aleksandr   Makedonskiy   yoqib
yuborgan qismi
18. Avestoni kim tarjima qilgan?
a) F. Shampalyon
b) F. Rixtgofen
d) A.Dyuperron
e) Poliyen
19. Zardushtiylikning ehtiromga sazovor
xudolari qaysilar?
a) Ahuramazda,Mitra,Anaxita
b) Shamash,Sina,Ea
d) Axriman,Ptax,Xapi
e) Mitra,Artimeda,Sina
20.   Quyidagilardan   to'g'ri   javobni
tanlang:
1)Mitra   2)Ahuramazda   3)Anaxita
4)Axriman
a)   Zardushtiylarning   ulug‘   va
donishmand oliy xudosi
b) Quyosh va yorug‘lik xudosi
d) hosildorlik va suv ilohasi
e) yovuzlik va o‘lim xudosi
a)1-d 2-a 3-e 4-b
b)1-b 2-a 3-d 4-e
d)1-a 2-b 3-d 4-e
e)1-d 2-a 3-e 4-b
21.   Kim   O‘tli   chaqmoqlar   yordamida
yovuzlik va o‘lim xudosi ilan jang qiladi?
a)Ahuramazda     b)Anaxita     d)Axriman
e)Mitra
22.     Zardushtiylik   dini   ta’limoti
insoniyatning   qanday   qarashlari   takomiliga
katta ta’sir
ko‘rsatdi?
a) Ezgulik va Yovuzlik haqidagi       
b) Yahshi umr hayot kechirish haqidagi
d) qayta tirilish haqidagi                   
e) qanday uzoq umr kechirish haqidagi 23.   Zardushtiylar   umrining   tub   ma’nosi
nima?
a) adolatli turmush tarzi
b)   yolg‘on   so‘zlamaslik,   aldamaslik,
va’daga vafo qilish,faqat ezgu ishlarni amalga
oshirish
d) ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal
e) Ezgulik va Yovuzlik
24.   Zardushtiylikda   Insonning   asosiy
burchi nima?
a) adolatli turmush tarzi
b)   yolg‘on   so‘zlamaslik,   aldamaslik,
va’daga vafo qilish,faqat ezgu ishlarni amalga
oshirish
d) ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal
e) Ezgulik va Yovuzlik
25.   Zardushtiylar   e’tiqodiga
ko‘ra………? a) adolatli turmush tarzi
b)   yolg‘on   so‘zlamaslik,   aldamaslik,
va’daga vafo qilish,faqat ezgu ishlarni amalga
oshirish
d) ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal
e) Ezgulik va Yovuzlik
26.   Zardushtiylarda   vafot   etgan
odamlarni nima qilishgan?
a) olovda yoqishgan b)   tuproqqa
ko'mishgan
d) mumiyolashgan
e)   yirtqich   qushlar   va   hayvonlar   yeb
ketishgan
27. Ossuariylar nima?
a) Suyakdon b) Tobut
d)   maxsus   sopol   tobutchalar     e)   a   va   d
to'g'ri javob
5 ilova 
Uyga vazifa: 1. Mavzuni o’qib, o’rganish
2. Savol va topshiriqlarga javob aniqlash.
Jadvalni to’ldiring :
Zardushtiyli
k

“Tasdiqlayman” O’IBDO’ ___________A.Z.Temirov ____________ _____ 2022-yil NAZARIY O‘QUV MASHG‘ULOTNING O‘QITISH TEXNOLOGIYASI Guruh Dars sanasi Mavzu: O‘zbekiston hududidagi ilk davlatlar va Zardushtiylik O‘quv mashg‘ulotning o‘qitish texnologiyasi modeli Vaqt: 80 daqiqa O‘quvchilar soni: 26 tagacha O‘quv mash g‘ ulotining shakli va turi Nazariy: yangi bilimlarni egallash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulot O‘quv mash g‘ ulot rejasi 1. Qadimgi O’zbekiston aholisining etnik tarkibi va hududiy joylashuvi 2. Mil. avv. VII–VI asrlarda qadimgi shahar madaniyati 3. Zardushtiylik dinining vujudga kelishi. Avesto. O‘quv mashg‘uloti maqsadi : yangi mavzu bo‘yicha tushunchalarni hosil qilish / shaklantirish . Pedagogik vazifalar: Dars va mavzu rejasi tanishtirish; Davr haqida ma’lumot berish; Atamalarga izoh berish; Mavzu bo’yicha tushuncha berish. O‘quv faoliyati natijalari: Mavzuga doir ma’lumotlar ko‘rsatadilar; Davrga xos xususiyatlarni tasniflaydilar; Mavzu mohiyatini aytib beradilar; Fakt, ma’lumotlarni t artibli ravishda gapirib beradilar. O‘qitish metodlari Kichik axborotli ma’ruza / hikoya / tushuntirish / ko‘rsatma berish / namoyish / ko‘rsatish /vi deo usul / kitob bilan ishlash / insert / mashq / suhbat / bahs / aqliy hujum / ta’limiy o‘yin / pinbord va boshq. O‘quv faoliyatini tashkil etish shakllari Ommaviy / jamoaviy / guruhli / individual / o‘ylang va juftlikda fikr almashing texnikasi/birgalikda o‘ rganamiz texnikasi/arra texnikasi va boshq. O‘qitish vositalari Matnlar /yo zuv taxtasi / slaydlar / proektor / kompyuter /diaproektor/flipcha r t/vediofilm/grafikli organizatorlar/m odel / mulyajlar /ch izma / sxema / grafik / diagrammlar /n amunalar / e kspert varag‘i /yo‘ riqnoma va boshq O‘qitish shart-sharoiti Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan auditoriya. Qaytar aloqaning usul va vositalari Tezkor-so‘rov / savol-javob / test /topshiriq/mashq va boshq.

O‘quv mashg‘ulotning texnologik xaritasi Faoliyat bosqichlari va vaqti Faoliyat mazmuni o‘qituvchi o‘quvchi 1 -O‘ quv mash g‘ ulotiga kirish (5daq.) Tashkiliy boshlanishi O‘quvchilar bilan s alomlashadi , ularni mashg‘ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi. Darsga tayyorgarlik ko‘radilar. 2-bosqich. Asosiy (6 5 daq.) I . O‘quv faniga olib kirish (15 daq) 1. 1 . Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalar bilan ( 1 -ilova) va mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishtiradi. 1.2. O‘quv mashg‘ulotning mavzusi, rejasi, maqsadi va o‘quv faoliyat natijalariga qo‘yiladigan baholash mezoni bilan tanishtiradi. (2-ilova). II .O‘quvchilar bilimini faollashtirish (10 daq) 2.1.O‘quvchilar bilimini tezkor-so‘rov / savol-javob / aqliy hujum / pinbord / o‘ylang va juftlikda fikr almashing / orqali faollashtiradi Javoblarni qabul qiladi, ular asosida yangi o‘quv materialni uzviy ligi bo‘yicha ma’lumotlar berishga o‘tadi. III .Y a ngi o‘quv materialiga kirish (40 daq) 2.2. Qo’’anma va ko’rgazmali qurollar asosida ( 3 -ilova) namoyish va sharxlash orqali mavzu bo‘yicha asosiy nazariy xolatlarni bayon qiladi. 2.3. Har bir rejani mustahkamlash uchun savollar beradi 2.4. Mavzuning har bir qismi bo‘yicha xulosalar qiladi. 2.5. Ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. 2.6. Y a ngi o‘quv materialini o‘zlashtirish darjasini tekshirish bo‘yicha tezkor-so‘rov o‘tkazadi ( 4 - ilova). Tinglaydilar, yozib oladilar. Y o zib oladilar Tinglaydilar Y o ziboladilar Savolga javobberadilar T inglaydilar Savollarga javob beradilar. Ma’lumot-larni daftarga qayd qiladilar. Savollarga javob beradilar 3-bosqich. Y a kuniy (10 daq.) Mashg‘ulot yakuni va uyga vazifa berish. 3.1. Mavzuni yakunlaydi va mazkur fanning kelgusida kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyatini yoritish bilan yakunlaydi. 3.3. O‘quvchilar bilimini ba h olaydi. 3.2. Uyga vazifa beradi va uni bajarish yuzasidan yo‘riqnoma beradi.( 5 - ilova). Diqqat qiladilar. Vazifani yozib oladilar

1 ilova Asosiy tushunchalar: Ibtidoiy jamoa tuzumu, urug’, manbalar, chopperlar, paleolit, mezolit, neolit, eneolit, o’zlashtiruvchi xo’jalik, ishlab chiqaruvchi xo’jalik, animism, totemizm, fetishizm, arxeologiya, etnografiya, antropologiya, Avesto, “ishbilarmon odam”, “aql-idrokli odam”, “tik yuruvchi odam”, Kapova, Lasko, ALtamir, Teshiktosh, Selungur, Ko’lbuloq. Adabiyotlar: 1. A.S. Sagdullayev, V.A. Kostetskiy. "Qadimgi dunyo tarixi 6-sinf T – 2022. 2. R.Shamsutdinov. Vatan tarixi. T.2004 2-ilova Mavzu rejasi: 1. Qadimgi O’zbekiston aholisining etnik tarkibi va hududiy joylashuvi 2. Mil. avv. VII–VI asrlarda qadimgi shahar Madaniyati 3. Zardushtiylik dinining vujudga kelishi. Avesto. Maqsadi: O‘rta Osiyoda qadimgi xalqlar va qabilalarning joylashishi, aholining xo’jalik hayoti. Ilk shahar va davlatlarning tashkil topishi. Zardushtiylikning vujudga kelishi va taraqqiyoti, urf-odatlari, diniy normalari haqida ma’lumot berish. Baholash mezoni: Reyting usulida baholash 5 ballik tizimda amalga oshiriladi. Joriy nazorat asosan og’zaki so’rov tarzida o’tkaziladi. Unda o’quvchi mavzuni: 55% dan – 70% gacha o’zlashtirganini ko’rsata olsa “3 ball”, 71% dan – 85% gacha o’zlashtirganini ko’rsata olsa “4 ball”, 85% dan – 100% gacha o’zlashtirganini isbotlay olsa “5 ball”ga baholanadi. Agar joriy nazorat test usulida o’tkazilsa, 20 ta testdan iborat variantning har bir to’g’ri javob 5 % ni tashkil etadi. Shu boisdan: 11 tadan 14 tagacha to’g’ri javob uchun “3 ball”, 15 tadan 17 tagacha to’g’ri javob uchun “4 ball”, 18 tadan ortiq to’g’ri javob uchun “5 ball” qo’yiladi. Agar test variant 50 ta savoldan iborat bo’lsa har bir to’g’ri javob 2% ni tashkil etib yuqoridagi nisbatda baholanadi. Ya’ni, 28 tadan 35 tagacha to’g’ri javob uchun “3 ball”, 35 tadan 42 tagacha to’g’ri javob uchun “4 ball”, 43 tadan ortiq to’g’ri javob uchun “5 ball” qo’yiladi. 3-ilova: Mavzu matni: Yozma manbalarning guvohlik berishicha, mil. avv. VII–VI asrlarda O‘zbekiston hamda qo‘shni hududlarda sug‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar kabi elatlar, shuningdek, sak va massaget qabilalari yashagan. Zarafshon va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab aholi istiqomat qilgan. Yunon yozma manbalarida bu hudud Sug‘diyona deb nomlangan. Mazkur hududda yashaydigan aholi sug‘diylar deb atalgan. Sug‘diylarning eng yaqin qo‘shnilari baqtriyaliklar bo‘lib, ular Surxon vohasi, shimoliy Afg‘oniston va janubiy Tojikiston hududlarida joylashgan. Yunon-rim muarrixlari u yerlarni Baqtriana yoki Baqtriya deb

atagan. Amudaryoning quyi oqimida yashagan o‘troq dehqon elatlari xorazmliklar bo‘lgan. Ularning yurti yunon manbalarida Xorasmiya deyilgan. Cho‘llar va Amudaryo bo‘ylarida ko‘chmanchi massaget qabilalari yashagan. O‘rta Osiyoning tog‘lik, dasht va cho‘l yerlarida asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan saklar istiqomat qilgan. Bu paytlarda Sug‘d, Baqtriya va Xorazm aholisining mashg‘uloti sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik bo‘lgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiq ham ancha rivoj topgan. Manzilgohlardan yuqori sifatli kulolchilik idishlari, temir va bronza buyumlar topilgan. Tog‘lardan mis, qalay, kumush va oltin ma’danlari hamda zargarlik buyumlari yasash uchun lojuvard (la’l) va feruza kabi qimmatbaho toshlar qazib olingan. Lojuvard Baqtriya tog‘larida bo‘lgan. “Podshoh so‘ragan la’l borasida: “Menga la’l keltiring”, degan ekanlar. Men, janobi oliylari, tog‘ga chiqib, la’lni qo‘lga kiritganimda mamlakat ahli menga qarshi qo‘zg‘alganini bilmaydilar. Podshoh izn bersalar, janobi oliylari, katta qo‘shin borib, la’lni keltirishsa; faqat men ular bilan non-u qatiqni baham ko‘rmayman; ular yonida yurmayman, sening choparing yonida bo‘lmayman, podshoh salomatligi xususida ham so‘ramayman. Shohim buni gunohga yo‘ymasalar bas…”. Ko‘chmanchi sak va massaget qabilalarining asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lib, ular tuya, ot, qo‘y va echkilar podalarini boqqan. Chorvadorlar hayvon terisidan charm, junli matolardan poyabzal, kiyimlar va chodirlar tikishgan. Ko‘chmanchilar ushbu mahsulotlarni o‘troq dehqonlarga sotgan, dehqonlar esa Sharq xalqlari bilan yaqin savdo va madaniy aloqalarni o‘rnatgan. O‘rta Osiyoning o‘troq va ko‘chmanchi xalqlari o‘rtasidagi ayirboshlash muvaffaqiyatli kechgan. Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida mil. avv. VII–VI asrlarda qadimgi shaharlar rivojlangan. Ular hunarmandchilik ishlab chiqarish va savdo markazlari bo‘lgan. Qadimshunoslar Afrosiyob (Samarqand), Ko‘ktepa (Zarafshon vohasi), Yerqo‘rg‘on va Uzunqir (Qashqadaryo vohasi), Ko‘zaliqir (Xorazm), Qiziltepa (Surxondaryo vohasi) kabi qadimiy shaharlarni o‘rgangan. Shaharlarning bir guruhi savdo va hunarmandchilik markazlari bo‘lsa, boshqalari alohida tuman va viloyatlar markazlari hisoblangan. Bunday qadimiy shaharlar qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan? O‘sha olis davrlarda sayyoh uzoqdan yirik qadimiy shaharni ko‘rishi mumkin edi. Ulkan ichki qal’a shahardagi boshqa xom g‘ishtdan qurilgan xonadon, xo‘jalik binolari va hunarmandchilik ustaxonalaridan ancha balandda viqorli bo‘y cho‘zib turardi. Qo‘rg‘onda turli xonalardan iborat katta saroy joylashardi. Daraxtlar kam, ko‘chalari tor, lekin mudofaa devorlari kishini lol qoldiradi. Shaharda yashovchilar mudofaa tizimiga alohida e’tibor berardi. Shahar darvozasiga kirish yo‘lini suv bilan to‘ldirilgan chuqur – xandaq to‘sib turardi. Zardushtiylik tarqala boshlagan paytlarda ibodatxonalar, odamlar duo matnlarini o‘rganishi uchun maxsus kitoblar bo‘lmagan. Diniy marosimlar ochiq osmon ostida, gulxan yonida yoki uydagi o‘choq olovi atrofida o‘tkazilgan. Oldin turli qabilalarni istilochilarga qarshi kurashga birlashtirish uchun Zardusht ularni birlikka da’vat qilgan. Zardushtning so‘nggi va’zlari kohinlar tomonidan yod olib, dindorlarga o‘qib berilgan. Zardushtning vafotidan keyin bir necha asrlar o‘tgach, barcha diniy marosimlar, madhiyalar va duolar zardushtiylar uchun muqaddas bo‘lgan bir kitobga jamlandi. Bu kitobning nomi “Avesto” bo‘lib, “qat’iy belgilangan qonun-qoidalar” degan ma’noni anglatadi. Zardushtiylar o‘zlarining ehtiromli ma’budlariga e’tiqod qilishgan. Ahuramazda zardushtiylarning ulug‘ va donishmand oliy xudosi hisoblangan. Mitra – Quyosh va yorug‘lik ma’budidir. O‘tli chaqmoqlar yordamida u yovuzlik va o‘lim ma’budi bo‘lmish Ahriman bilan jang qiladi. Zardushtiylar yomg‘irdan keyin hosil bo‘ladigan kamalakka Mitraning o‘q uzayotgan yoyi deb sig‘inishgan. Anaxita zardushtiylikda hosildorlik va suv ma’budasi hisoblangan. Zardushtiylik dini ta’limoti insoniyatning ezgulik va yovuzlik haqidagi qarashlari takomiliga katta ta’sir ko‘rsatdi. Zardushtiylar hayotining tub ma’nosi ezgu amal, ezgu so‘z va ezgu fikrdan iborat bo‘lgan. Insonning asosiy burchi, eng avvalo, adolatli turmush tarzi hisoblangan. Zardushtiylik e’tiqodiga ko‘ra, yolg‘on so‘zlamaslik, aldamaslik, va’daga vafo qilish, faqat ezgu ishlarni amalga oshirish kerak edi. Zardushtiylar ta’limotida o‘lim yovuzlik ifodasi hisoblangan. Shu bois vafot etgan odamlarni dafn qilishning alohida marosimi yuzaga kelgan. O‘lgan odamni yerga dafn qilish, yondirish, suvga oqizish ham mumkin emas edi. Shu sababli yirtqich qushlar va hayvonlar yeb

ketishi uchun jasadni toshli va qumli tepaliklarda qoldirishgan. Yomg‘irlarda yuvilgan va oftobda poklangan suyaklarni maxsus sopol tobutchalar – ossuariylar (suyakdonlar)da dafn etishgan. Zardushtiylar bosqinchilik, talon-taroj va turarjoylarni vayron qilish kabi harakatlarni og‘ir jinoyat deb hisoblagan. Qurolni qo‘lga olib insonga do‘q qilish, birovni kaltaklab, unga jarohat yetkazish qattiq jazoga loyiq ko‘rilgan. O‘g‘rilik va qarzdorlikni “Avesto” gunoh deb hisoblaydi. Olgan qarzni qaytarib bermaslik o‘g‘rilikka tenglashtirilgan. Mehnat yuksak ehtirom bilan qadrlangan. “Avesto”da inson mehnat qilishi, biror hunar, binokorlik, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanishi kerakligi aytiladi. Inson suv, o‘simliklar va zaminning pokligini ta’minlashi, tabiatni asrab-avaylashi lozim. “Avesto” oila va bolalar huquqlarini qat’iy muhofaza qiladi. Voyaga yetmagan bolalarni ota-onalaridan olib ketish, vasiysiz qoldirish qoralangan. Yosh bolalarga bilim berib, bironta hunarga o‘rgatish qadrlangan, negaki “o‘qish – ko‘zning nuri” deb uqtirilgan. Zardushtiylar kuylagan qasidalarning biri “Quyosh madhi”da shunday deyilgan: Biz Quyoshni madh etamiz, Bezavol Nurni. Uchqur uning tulporlari, Qachon Quyosh nur taratadir, Qachon ilitadir Quyosh, Qoyim turar yuz ming abad Ma’budlar. Taqsimlaydi baxtni shunda Ahuramazda bu yerga. “Avesto” kishilarni tinchlikka, adolat va ezgulikka chorlagan. 4-ilova Nazorat uchun savollar: 1. Mil. avv. VII–VI asrlarda O‘zbekiston hududida qaysi qabila va elatlar yashagan? 2. O‘rta Osiyodagi ko‘chmanchi qabilalarning nomini ayting. 3. O‘rta Osiyoning qadimgi davlatlari qaysilar? Ular qaysi hududlarda joylashgan? 4. O’zbekiston hududida paydo bo‘lgan ilk shaharlar qanday ko‘rinishga ega edi? Arxeologik tadqiqotlar ishtirokchisi nomidan so‘zlab bering 5. Zardushtiylikning ilk targ‘ibotchisi kim? 6. O‘rta Osiyo hududida zardushtiylik tarqalgan davrni ayting. 7. Zardushtiylarning eng hurmatli ma’budlarini sanab bering. 8. Zardushtiylarning qaysi marosimlarini bilasiz? Test savollari: 1. O‘rta Osiyoda qachon zardushtiylik deb atalgan din keng tarqaladi? a) mil.avv II ming yillikda b)mil.avv I ming yillikda d) mil.avv III ming yillikda e) mil.avv IV ming yillikda 2. Zardushtiylar nimaga sig’inishgan va ularni muqaddas hisoblashgan? a)quyosh,oy,yulduzlarga b)hayvonlar,qushlar,qurt-qumursqalarga d) olov,tuproq,suv yulduzlarga e)ko’rinmas ruhlarga 3. «Zardushtiylik» so‘zi qanday paydo bo’lgan? a) Zardusht ismidan b) tog’ nomidan d) ibodatxona nomidan e)yulduz nomidan 4. Zardusht nechanchi ming yilliklarda yashab o’tgan? a) mil.avv 2-ming yillik oxirida b) mil.avv 1-ming yillikning birinchi yarmida d) mil.avv 1-ming yillikning 2-yarmida d) mil.avv 2-ming yillik boshida 5. Yunonistonda Zardushtning ismi qanday talaffuz qilingan? a) Zaratushtra b) Zaradush d) Zoroastr e) Zarash 6. «Astron» qaysi tildan olingan va ma’nosi nima? a) lotincha-yulduz b) yunoncha-Oy d) lotincha-quyosh e)yunoncha-yulduz 7. Zardushtni Yunonistonda nima deb bilishgan? a) rohib b) donishmand,munajjim d) mohir hunarmand e) avliyo 8. Quyidagi tushirib qoldirilgan so’zlarni to’g’ri joylashtiring: Bir kuni erta tongda 1)……….. suv olish uchun daryo bo‘yiga boribdi. Zilol