O‘ZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATI BILAN HAMKORLIGI VA JAHON IQTISODIYOTI INTEGRATSIYASIGA KIRISH JARAYONIDA DEMOKRATIK TAMOYILLARGA ASOSLANISHI
O‘ZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATI BILAN HAMKORLIGI VA JAHON IQTISODIYOTI INTEGRATSIYASIGA KIRISH JARAYONIDA DEMOKRATIK TAMOYILLARGA ASOSLANISHI Reja. 1. O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalarga oid demokratik prinsiplarning shakllanishi. 2. Tashqi iqtisodiy aloqalarning tashkiliy va huquqiy asoslarining yaratilishi. 3. Halqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarining rivojlanishi. Xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi.
Sobiq sho‘rolar davrida jaxondagi mamlakatlar bilan nafaqat tashqi siyosat olib borishga, balki iqtisodiy aloqalar o‘rnatish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston mustaqillikni qulga kiritgandan so‘ng xalqaro munosabatlarning sub’ekti sifatida tashqi dunyo bilan o‘zining iqtisodiy aloqalarini o‘rnatishga kirishdi. Ayniqsa so‘ngi o‘n yillikda jahon mamlaklari o‘rtasida iqtisodiy integratsiyaga intilishlar o‘sayotgan bir davrda O‘zbekiston davlatining bu sohadagi faoliyati ko‘chayodi. Chunki, mamalkat bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish davrini boshlagan, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish asosiy strategik maqsad sifatida e’lon qilingan O‘zbekiston davlatini xalqaro xamjamiyat ham e’tirof eta boshlagan edi. Mamlakatda bozor iqtisodiyotiga o‘tish, jamiyatimizni demokratlashtirish jarayonini boshlanishi o‘z tabiatiga ko‘ra ham jaxon iqtisodiy integratsiyasiga birlashuvini taqozo etayotgan edi. Bu integratsiyaga birlashuv sharti sifatida Birinchi Prezident I.A.Karimov qo‘yidagi fikrlarini bildirgan edi: “Jaxon xamjamiyatiga integratsiyalashuv iqtisoiy jixatdan rivojlangan bozor tizimiga ega bo‘lgan demokratik davlatlar tushunchasiga muvofiq kelgandagina mumkin bo‘ladi. ayni paytda mamlakatni zamonaviylashtirish uning, shubhasiz, jaxon xamjamiyatiga integratsiyalashuvi, ya’ni xalqaro mehnat taqsimotida o‘zining munosib o`rnini topishi, mintaqaviy va global xavfsizlik tizimini yaratish shartlari mavjud bo‘lgandagina mumkin bo‘ladi” 1 mustaqillikning ilk davridan boshlab xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bir tomondan, milliy iqtisodiyot uchun ham, ikkinchi tomondan esa jaxon iqtisodiyoti uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, BMT, YeI, Jaxon banki, XVF, EKO kabi yirik va nufuzli tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish mamlakatda vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, “O‘zbek modeli” asosida rivojlanish uchun zarur edi. Chunki, bu modelning asosiy yo‘nalishlaridan biri – bu tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish va mustahkamlash, respublikaning jaxon xo‘jalik aloqalarida 1 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўса асида: хавфсизликка та дид бар арорлик ғ ҳ қ шартлари ва тара иёт кафолатлари//Хавфсизлик ва бар арор тара иёт йўлида. Т.6. – ққ қ ққ Т.: Ўзбекистон, 1997, -Б.241-242.
integratsiyalashuvidan iborat edi. Qolaversa, bu jarayon pirovard natijada jaxon xo‘jadik aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida keng ko‘lamda ishtirok etish ochiq turdagi iqtisodiyotni shakllantirishga olib kelishi mumkin edi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan tashqi iqtisodiy siyosatning qo‘yidagi prinsiplari ishlab chiqildi: - Mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar tashqi munosabatlarda oshkoralik, - Teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlik, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, - O‘zining milliy-davlat manfaatlari ustuvorligida o‘zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish, respublika biron bir buyuk davlatning ta’sir doirasiga kirmasligi darkor, - To‘la ishonch, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish asosida ikki tomonlama, shuninigdek, ko‘p tomonlama tashqi aloqalar o‘rnatish va ularni rivojlantirish, - Umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalariga rioya qilish va xalqaro tartiblarga izchillik bilan o‘tish 1 . O‘zbekiston davlati xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosi maqomiga erishish uchun dastlab tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyat sohalarining huquqiy asoslarini rivojlantirishga muhim axamiyat berdi. X X asrning 90-yillari boshiga kelibmamlakatimiz xalqaro siyosiy va iqtisodiy munosabatlar sub’ekti maqomini qo‘lga kiritishi natijasida huquqiy davlatga xos bo‘lgan tashqi siyosat qonunchiligini yaratishga zaruriyat tug‘ildi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning tashkiliy va huquqiy asoslarining yaratilishi. Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish shakllari, uslublari xorijiy tajribalar, milliy an’analar va demokratik qadriyatlar asosida takomillashib bordi. O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda, O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslar, 1 Каримов И.А. Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли// Ўзбекистон: миллий исти лол, и тисод, сиёсат, мафкура. Т.1. – Т.:Ўзбекистон, 1996. –қ қ Б.333-334.
Shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi”. Shuningdek, qonunning 4- moddasida tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagicha ifodalandi: - tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi, - tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining tengligi, - savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmaslgi, - tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik, - tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi. 1 1995-2006 yillar mobaynida import operatsiyalarini tartibga solish, tegishli tashkiliy, iqtisodiy harakterga ega bo‘lgan o‘zgarishlarni kiritishga oid 50 dan ortiq Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Markaziy bank nizomlari va meyoriy qoidalari qabul qilindi. yildan yilga tashqi iqtisodiy aloqalar uchun qulay va erkin faoliyat kengayib bormoqda. Ayniqsa, tashqi savdo operatsiyalari, xususan import operatsiyalarini erkinlashtirish bilan bog‘liq qator chora-tadbirlar ko‘rildi. Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” da tashqi iqtisodiy aloqalarni erkinlashtirish bilan bog‘liq bilvosita va bevosita bog‘liq bo`lgan Fuqarolik, Yer, Soliq va Bojxona kodekslari, “Davlat tasarrufidina chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to`g‘risida”, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida” qonunlari, islohotlarning keyingi bosqichida “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”, “Fermer ho‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlari, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi va iqtisodiyotni isloh etish bo‘yicha qator qonun hujjatlari qabul qilinganligi iqtisodiyotimizni yanada liberallashtirish va modernizatsiya qilishda nafaqatmustahkam huquqiy asos, balki, 1 аранг: Ўзбекистон Республикасининг “Таш и и тисодий фаолият тў рисида” ги (янги Қ қ қ ғ та рири) онуни// Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2005 ҳ Қ йил, №12. 410.
amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining ortga qaytmasligining kafolati bo‘lib xizmat qilayotganligini alohida ta’kidlab o‘tildi” 1 Albatta mazkur qonunlarniqabul qilinishi nafaqat mamlakatda iqtisodiyotni liberallashtirishga, balki tashqi iqtisodiy aloqalarni demokratik prinsiplar asosida rivojlantirishga keng imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratadi. Halqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarining rivojlanishi. Mustaqillik davrida davlatning tashqi iqtisodiy siyosati mamlakatning jaxon bozoridagi mavqeini mustahkamlashga va qulay investitsiyaviy muhitni yaratishga qaratildi. Qisqa davr ichida mamlakat qator nufuzli xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkilotlari safiga qo‘shildi. Jumladan, davlatimiz Halqaro mehnat tashkiloti, Jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Halqaro elektr aloqalari ittifoqi, Osiyo-Tinch okeani mintaqasining iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Hududiy iqtisodiy hamdo‘stlik tashkiloti, Bojxona kengashi kabi xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotilari a’zoligiga qabul qilindi. O‘zbekistonda xorij mamlakatlarining 43 ta elchixonasi, 49 ta nodavlat va 15 ta davlatlararo tashkilotlari akkreditatsiya qilingan. Bu davrda davlatimiz muhim xalqaro konvensiyalar ishtirokchisiga aylandi. O‘zbekiston 1992 yil Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti a’zoligiga qabul qilindi. IHT o‘z safida Afg‘oniston Islom davlati, Ozarbayjon Respublikasi, Eron Islom Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Pokiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi kabi davlatlarni birlashtiradi. 1992 yil Jaxon Bankiga a’zo bo‘ldi. 1992 yil 19- aprelda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga, 1992 yil sentyabr oyida Halqaro valyuta fondiga, 1992 yil Islom taraqqiyot banki, 2001 yil noyabr BMT ning Qishloq xo‘jaligi savdosi tashkiloti a’zosi, 2001 yil ShHT ga a’zo bo‘ldi. Shu bilan birga , O‘zbekiston Shanxay 1 аранг: Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик исло отларни янада Қ ҳ чу урлаштириш ва фу аролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. Ўзбекистон қ қ Республикаси Олий Мажлиси онунчилик палатаси ва Сенатининг ўшма мажлисидаги Қ қ маъруза. 2010 йил, 12- ноябрь – Т.: Ўзбекистон, 2010. –Б.47-48,53.