O'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI
O ' Z B E K I S T O N V A J A H O N H A M J A M I Y A T I Reja: 1. Mustaqil Respublikaning mustaqil tashqi siyosat uritishining huquqiy asoslari va asosiy tamoyillari. 2. O`zbekistonning halqaro va mintaqaviy tashkilotlarga a`zo bo`lib kirishi. 3. O`zbekistonning Mustaqil davlatlar hamdo`stligidagi o`rni va mavqei. 4. Jahonning nufuzli davlatlari bilan hamkorlik aloqalari. Xalqimiz mustaqillik deb atalmish ezgu va muqaddas orzuning ruyobga chiqishi uchun asrlar mobaynida intilib, kurashib keldi.
1991 yil 31 avgustdan boshlab halqimiz taqdirida keskin burilish yasagan, butunlay yangi taraqqiyot davrini boshlab bergan istiqlol davri tarihi boshlandi. 130 yillik Rossiya mustamlakasiga mahkum etilgan davrning ilgarigi zamonlardan farqi shuki, shu vaqtda ayniqsa, sho`rolar hukmronligi yillarida halqimiz tashqi dunyodan butunlay uzib quyildi(Karimov I.A. Tarihiy hotirasiz kelajak yo`q.-Toshkent: Sharq,1998.-B.19). Garchi katta mamlakatning asosiy qonuni hisoblangan «SSSR Konstitusiyasi» da O`zbekiston boshqa o`n to`rtta «qardosh va jondosh» milliy respublikalar singari «teng huquqli», «mustaqil», «suveren» davlat sifatida ta`rifu-tavsif etilsa-da, amalda ko`zga ko`rinmas, ming va million hil ustalik bilan «to`qilgan», to`rlar bilan qo`l-oyog`i bandi etilib quyilgan edi. Mustabid sovet tuzumi davrida O`zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarni asosan sosialistik mamlakatlar bilan, sobiq markazning yo`l-yo`riqlari bilan amalga oshirar, respublikaning o`zi tashqi bozorga mustaqil ravishda chiqish huquqiga ega emas edi. Respublikaga olib kelinadigan mahsulotlar, respublikadan chiqarila digan mahsulot hajmiga nisbatan ancha ortiq edi. 1990 yil respublikaga 14661,8 mln. so`mlik mahsulot olib kelingan bo`lsa, chetga chiqarilgan mahsulot hajmi 9351,5 mln. so`mga teng bo`lgan. XXI asr bo`s а g` а sida O`zbekiston davlat mustaqilligini qo`lga kiritib jahon hamjamiyatga kirish, integrasiyalashish tomon uz tutdi. Jahon amaliyotidan ma`lumki, har bir mustaqil davlat, ayniqsa mustaqil taraqqiyot yo`liga kirgan mamlakatlar, hech qachon o`z qobig`iga o`ralib rivojlanmagan. Aksincha, mustaqil rivojlanish yo`lini tanlashi bilanoq jahon hamjamiyatga qo`shilish orqali o`z taqdirini belgilagan (Usmonov Q. va boshqalar. O`zbekiston qaramlik va mustaqillik yillarida.-Toshkent: O`qituvchi, 1996.-B.92). O`zbekistonning jahon hamjamiyatga qo`shilish davri g`oyat bir murakkab va qaltis davrga to`g`ri keldi. Sobiq ittifoq tarqalib ketgach dunyo asosan ikki qutbli (SSSR va AQSh) bo`lgan bo`lsa, endi ko`p qutbli bo`lib qolgan edi. XX asr o`z g`avg`olari, to`palonlarini, qirg`inlarini biz yashayotgan XXI asrga meros qilib qoldirib hayr ma`zur qilayotgan bir davrga to`g`ri keldi. O`zbekiston geosiyosiy jihatdan qulaylik tug`diruvchi imkoniyatlar bilan birga, bu borada kiyinchiliklar tug`diruvchi bir qancha omillar ham mavjud edi. Garchi, tashqi siyosat sohasidagi an`analarimizning ildizlari uzoq moziyga borib taqalsa-da, mustamlaka davridagi yo`qotishlar natijasida, dastlabki paytlarda respublikamiz tashqi siyosat uritish tajribasiga ham, jahon diplomatiyasini biladigan kadrlarga ham ega emas edi.
Tashqi siyosiy diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalarni o`zi mustaqil boshlashga to`g`ri kelsada, respublika rahbariyati bu boradagi muammolarni echishga dadil kirishdi, uqorida ta`kidlab o`tilgan kiyinchiliklarni engib o`tib, qisqa davr mobaynida o`z o`rni va mavqeiga ega bo`ldi. Prezident I.Karimov o`zining «O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li» va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat uritish qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan asoslab berdi. 1991 yil 31 avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan «Mustaqillik haqidagi Bayonot»da O`zbekistonning tashqi siyosatdagi yo`li aniq qilib belgilangan edi. Jumladan, unda: «Xalqaro hamjamiyatning to`la huquqli a`zosi bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, halqaro huquq sub`ekti sifatida qatnashadi, uning m а qs а dlari must а h ка m tinchlik, qurolsizlanish, o`z hududini qurol-yar о g`lardan holi qilish, yadroviy qurolni va b о shq а ommaviy qirg`in qurollarini yo`qotish, suveren davlatlar o`rt а sidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo`l qo`ymaslikdan iborat». O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 17-moddasida mamlakatimiz tashqi siyosat qoidalari qonunlashtirildi va u jahondagi ko`plab mamlakatlar bilan hamkorlik jarayonlari ortga qaytmasligining huquqiy kafoloti bo`lib hizmat qilmoqda. O`zbekistonni halqaro huquq sub`ekti sifatida belgilaydigan, respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi. «O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari tug`risida»gi, «Chet el investisiyalari», «Xorijiy investorlar faoliyatining kafolotlari to`g`risida»gi, «Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida» va b о shq а qonunlar hamda normativ hujjatlar а na shular jumlasidandir. Bular faol va keng ko`lamli hamkorlik uchun must а h ка m huquqiy kafolot yaratib beradi. Xalqaro huquq normalarining ichki qonunlardan ustunligi respublika qonunchilik faoliyatida o`z ifodasini topmoqda. Birinchidan, respublika qonunlari halqaro huquq normalariga doimo muvofiqlashtirilm о qda va yaqinlashtirilm о qda. Ikkinchidan, mamlakatimiz halqaro normalarning bajarilishini kafolotlaydigan hamma majburiyatlarni o`z zimmasiga oldi. Tashqi aloqalarni ta`minlaydigan vazirliklar va muassasalar tashkil etildi: Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki. 1992 yilda Toshkentda «J а h о n iqtisodi va diplomatiya universiteti» ochildi. I. К arimov o`zining asarlari, ma`ruza va nutqlarida mamlakatimiz tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarining asosiy tamoyillarini nazariy amaliy jih а tdan puhta asoslab berdi. Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yo`lni belgilashda jahon tajribasidan foydalanildi, mamlakatimiz, halqimiz hususiyatlari va manfaatlari hisobga olindi. Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo`li asos qilib olindi.
O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: · Mafkuraviy qarashlardan qat`iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va havfsizlikni saqlashga sodiqlik; · Davlatlarning suveren tengligi va chegaralar dahlsizligini hurmat qilish; · b о shq а davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; · Nizolarni tinch yo`l bilan hal etish; · Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; · Inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; · Ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan halqaro huquqning umum e`tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi; · Davlatning, halqning oliy manfaatlari, farovonligi va havfsizligini ta`minlash m а qs а dida ittifoqlar tuzish, hamdo`stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish; · Tajavuzkor harbiy bloklar va uushmalarga kirmaslik; · Davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o`zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi; · Tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko`p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga b о shq а sidan uzoqlashmaslik. Mamlakatimizning jahon halqlari tinchligi va havfsizligiga mos bo`lib to`tgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta`minladi. O`zbekistonni dunyodagi 180 dan ortiq [1] barcha nufuzli davlatlar tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy- tehnikaviy va madaniy aloqalar o`rn а tildi. Toshkentda 40 ga yaqin mamlakatning elchihonasi ochildi. O`zbekistonda 88 ta horijiy vakol а thona, 24 ta hukumatlararo va 13 ta hukumatga qarashli bo`lmagan tashkilotlar faoliyat ko`rsatm о qda. Jahonning 20 dan ortiq mamlakatida O`zbekistonning elchihonalari, 9 ta mamlakatda konsulhonalari faoliyat ko`rsatm о qda. 2. Mustaqil davlat halqaro tashkilotlarda qanchalik keng qatnashsa, u halqaro hamjamiyatga shu darajada keng kirib boradi, jahonda tinchlik, osoyishtalik, o`zaro hamkorlik uchun kurashda tegishli darajada faol qatnasha oladi, imkoniyat taraqqiyotiga qo`shayotgan o`z ulushini yanada oshirib boradi, jahonning ilg`or davlatlari bilan tobora yaqinlashdi, ularning fan-tehnika va tehnologiya sohasidagi
yangiliklarini saraliroq qabul kilib oladi. Shu nuqtai-nazardan mustaqil O`zbekistonning halqaro tashkilotlar bilan aloqalarini yil sayin kengaytirishi juda katta ahamiyatga egadir. Xalqaro tashkilotlarda faol qatnashish -mustaqil O`zbekistonni jahon miqyosida tanitishning, uning halqaro mavqeining oshirishning muhim va samarali yo`lidir. Hozirgi kunda jahonda 350 dan ortiq hukumatlararo tashkilotlar mavjud. O`zbekiston, o`z mustaqilligini e`lon qilgandan so`ng, 50 dan ortiq jahonning eng nufuzli tashkilotlariga a`zo bo`ldi. Bu - BMT, UNESKO, Ovrupada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti, Xalqaro valuta jamg`armasi, Xalqaro moliya korporasiyasi, Xalqaro mehnat tashkiloti, jahon sog`liqni saqlash tashkiloti va b о shq а halqaro-mintaqaviy tashkilotlar hamda asso ц asiyalardir. 1992 yil 29 yanvarda BMT havfsizlik kengashi o`zining 737 -qarorini ovozga qo`ymasdan qabul qildi va Bosh Assambleyaga O`zbekiston Respublikasini BMT ga qabul qilishni tavsiya etdi. 1992 yil 2 martda BMT Bosh Assambleyasining 46-sessiyasida O`zbekiston ovozga quyilmasdan, yakdillik bilan ma`qullash asosida BMT ga qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi o`z tarihida birinchi bor Xalqaro Ùamjamiyatning teng huquqli sub`ekti sifatida BMT a`zoligiga qabul qilindi. Bu tarihiy voqea O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida halqaro hamjamiyatdan munosib o`rin olishda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Mamalakatimiz Prezidenti I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993 yilda bo`lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda qilgan ma`ruzasi O`zbekistonni jahonga ko`hna va navqiron davlat sifatida tanitdi. O`zbekiston BMT minbaridan Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni must а h ка mlash, qo`shni Afg`onistonda birodarkushlik urushini to`htatish, Markaziy Osiyoni yadro qurolidan ozod zonaga aylantirish, narkobiznesga qarshi kurashda barcha davlatlar hatti-harakatlarini muvofiqlashtirish, Markaziy Osiyoda ekologik vaziyatni sog`lomlashtirish m а qs а dlarida, ya`ni umummanfaat yo`lida foydalanm о qda. 1993 yil fevralida Toshkentda BMT ning vakol а thonasi ta`sis etildi va u ish boshladi. O`zbekiston Respublikasi va BMT rahbarlarining sa`yi-harakatlari natijasida respublikamizdagi BMT v а k о l а thonasi BMT ning Taraqqiyot dasturi, Qochoqlar ishi bo`yicha olib qo`mita komissari, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti, Aholi joylashish jamg`armasi, narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqqiyoti dasturi, «Bolalar jamg`armasi» singari ihtisoslashgan muassasalarni o`z tarkibiga birlashtirishga muvofiq bo`ldi. Xususan, uning boshlig`i (sobiq) Xolid Malikning faol ishtirokida O`zbekistonda ko`plab halqaro tadbirlar o`tkazildi.