Pragmalingvistika – tilshunoslikning yangi yo`nalishi 12v
Reja: I. Kirish. Pragmalingvistika – tilshunoslikning yangi yo`nalishi. II. Asosiy qism: 1. Badiiy matnni pragmalingvistik tahlil qilish. 2. Tog`ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani pragmatik tahlili. Muallif nutqi. Nutqiy muloqot. 2.1. Romanda diskurs. Subyekt va vaziyat. 2.2. Fonopragmatik o`rinlar. 2.3. Leksopragmatik o`rinlar. 2.4. Morfopragmatika va sintaksopragmatika. 3. “Otamdan qolgan dalalar” romanida tagma’no. pragmatic to`siq. III. Pragmatik tahlil va tilshunoslik taraqqiyoti. IV. Foydalanilgan adabiyotlar. 1
Kirish Nutq - murakkab jarayon. Unda so`zlovchining olamga bo`lgan munosabati o`z fikrlash doirasi bilan aks etadi. Nutqiy jarayonlarni, nutqiy vaziyatlarni tahlil qilish bugungi shaxs psixologiyasini yaratishda muhim hisoblanadi. Shu jihatdan olib qaraydigan bo`lsak, kurs ishi mazmuni tilshunoslikning yangi sohasi pragmalingvistik yo`nalishda tahlil qilishni nazarda tutadi. Ma’lumki, insonning so`zi uning mafkurasini belgilaydi. Inson o`z nutqi orqali obyektiv olamga bo`lgan munosabatini ifoda etadi. Shu bilan birga milliy o`zligini ham namoyish etadi. Inson nutqida uning dunyoqarashi, ongi, shuuri, hissiyoti, idroki, bilimi, hayotiy tajribasi, iymon-e`tiqodi, umuman, inson ijtimoy faoliyatida namoyon bo`luvchi siyosiy – mafkuraviy, falsafiy, axloqiy, diniy va estetik qarashlari mujassam bo`lgan nutqining tahlili va pragmatik talqini kishilarning bugungi milliy mustaqil hayotdagi o`rnini belgilashda muhimdir. Hozirgi kunda tilni mazmuniy aspektda tekshirish tilshunoslikda dolzarb masalalaridan biriga aylangan. Semantika, pragmatika kabi tilshunoslik yo`nalishlari fan sifatida rivojlanib bormoqda, tadqiqotchilar tomonidan mukammal o`rganilib bormoqda. Lingvistik pragmatika Yevropa tilshunosligida nazariya sifatida ancha chuqur o`rganilgan. 1 Pragmalingvistika – yunoncha so`zdan olingan bo`lib, “ish, harakat” degan ma’noni bildiradi. Semiotika va tilshunoslikning nutqda til belgilarining amal qilinishini o`rganuvchi sohasi. Boshqacha aytganda, tilning belgilar tizimini o`zlashtirib undan foydalanuvchi subyektlarning ayni shu belgilar tizimiga munosabatini o`rganuvchi tilshunislik tarmog`i. pragmalingvistika haqida dastlabki g`oya amerikalik olim Charlz Pris tomonidan o`rtaga tashlangan. Pragmalingvistika insonning ijtimoiy faoliyatini o`zida qamrab oluvchi nutq jarayoni, muayyan aloqa vaziyati orqali namoyon bo`ladi. Lingvistik 1 Hakimov M. O`zbek tilida matnning pragmatik tahlili(avtoreferat). 8- bet . 2
pragmatikaning aniq shakl, tashqi ko`rinishi mavjud emas. Uning doirasiga so`zlovchi subyekt, adresat, ularning aloqa aralashuvidagi o`zaro munosabatlari, aloqa-aralashuv vaziyatlari bilan bog`liq ko`plab masalalar kiradi. Masalan, nutq subyekti bilan bog`liq holda quyidagi masalalar o`rganiladi: bayonning oshkora va yashirin maqsadlari ( biron-bir axborot yoki fikrni yetkazish, so`roq, buyruq, iltimos, maslahat, va`da berish, uzr so`rash, tabriklash, shikoyat va boshqalar); nutq taktikasi hamda nutq odobi turlari; suhbat, so`zlashish qoidalari; so`zlovchining maqsadi; so`lovchi tomonidan adresatning umumiy bilim jamg`armasi, dunyoqarashi, qiziqishlari va boshqa hislatlariga baho berilishi; so`zlovchining o`zi bayon qilayotgan bo`lgan munosabati kabilar. Pragmalingvistikada nutq adresati, o`zaro aloqaga kiruvchilarning munosabatlari, muayyan muayyan aloqa vaziyati singari omillar bilan bog`liq holda ham ko`plab masalalar o`rganiladi. Pragmalingvistika g`oyalari evristik (yo`naltiruvchi ) dasturlash, mashina tarjimasi, information-qidiruv tuzilmalari va boshqalarni ishlab chiqishda qo`llanadi. Matnni pragmatik tahlilga olish shu til uchun muhim. Tilning sathlari va pragmatikaning o`zaro munosabati orqali umumnazariy masalalarga oydinlik qilish osonlashadi. fikrlar teriladi, umumlashtirilib, til uchun muhim qonuniyatlarni yaratilishiga xizmat qiladi. 3
Asosiy qism. Inson o`z nutqi orqali o`zligini namoyon etar ekan, demakki, milliy his, milliy mafkurasini ham, milliy g`oya tushunchalarini ham qamrab oladi. Mana shunday milliy ruh va milliy g`oya singib, o`zbekning asl o`zbekligi namoyon bo`lgan nodir asarlarimizdan biri Tog`ay Murod muallifligida yaratilgan “Otamdan qolgan dalalar” romani tadqiqotga olindi. U asarlarida jonli xalq tili boyliklaridan, shevalaridan, ibora va maqollaridan ustalik bilan foydalana oldi. Asarlari qahramonlarining har birini o`ziga yarasha individual nutq bilan ta’minladi. Ularning nutqi orqali yangi davr ruhini berib, yangi so`z va iboralar, tasviriy ifodalar yaratdi. U boshqa yozuvchilardan farqli o`laroq qisqa, ammo katta mazmunga ega jumlalar tuzdi. Ular orqali chuqur mazmunli tasvirlar yaratadi. Birgina “Otamdan qolgan dalalar” romanini olsak, voqealar Dehqonqul obrazi orqali hikoya qilingan, nutqiy vaziyatlarga qahramon baho berib borgan. Qahramon dunyoqarashi, ichki o`y-sezimlari orqali orqali voqealarni kuzatib boramiz. Romanni, tahlilga tortishda, avvalo, asar voqealari tasvirlangan zamon, muhitga e’tibor qaratish lozim. Negaki, bu til shu zamonni ifodalaydi, shu zamonning mafkurasini, shu zamonda yashagan xalqning dunyoqarashi-yu, orzu- armonlari bilan chambarchas bog`liq. “Otamdan qolgan dalalar” romani orqali yozuvchi o`zbek millatining boshiga tushgan og`ir yillarni bir oilaning uch avlodi misolida ta’sirchan bo`yoqlar bilan tasvirlaydi. Oqposhshoning asl niyatini anglamay, bosqinchilarning uyatli qiliqlaridan orlanib, tug`ilib o`sgan yerini tashlab ketgan Jamoliddin ketmon — XIX asrning oxiri - XX asrning boshlaridagi xalq vakili edi. Nima qilib bo’lsa-da, yurt tuprog`ini bosqinchilardan tozalash niyatida qo`liga qilich tutgan Aqrab (Chayon) XX asrning 20- yillarida milliy istiqlol yo`ldida shahid bo`lgan bobolarimiz timsoli sifatida ko`rinadi. Shunday shavkatli otalardan tug`ilgan Dehqonqul esa o`sha paytdagi hukmron Moskvaning «paxta mustaqilligini ta’minlash» siyosati qurboni - millionlab huquqsiz kolxozchilarning umumlashma obrazidir. 4
2.1. Romanda diskurs. Subyekt va vaziyat. Tog`ay Murod uslubi takrorlanmas uslubdir. U ta’sir etishning takrorlash yo`lidan boradi. Deyarli har bir abzasda buni ko`rishimiz mumkin. Takrorlar matnda ifodalanayotgan voqaelarning ma’nosini kuchaytirishga xizmat qiladi. Далаларим узра мезонлар учмай қолди. Далаларим узра сокин ҳам ғамгин бир ҳолат чўкди. Далаларим мудраб-мудраб олди. Далаларим кўз илиб-кўз илиб олди. Далаларим уйқуга кетди. Мен энди далаларимга қўл уришдан тийилдим. Pragmatik nuqtai nazardan asarda uchraydigan ba ’ zi o ` rinlarga diqqatimizni qaratsak : 1. Pragmatikada vaziyat holati tahlili . Bizga ma ’ lumki , pragmatikada presuppozitsiya degan tushuncha mavjud . Presuppozitsiya – nutqiy axborot berilmasdan oldin tushunilishi noma ’ lum bo ’ lgan narsalardir , nutqiy vaziyatning to ` g ` I va real amalga oshishi uchun komenikantlar nutq momentiga qadar muayyan faktlar bilan tanish bo ` lishi umumiy vaziyat bilan bog ` liq muayyan bilim – xabardorlikka ega bo ` lishi kerak . Бобомиз шунда-да Оқподшо бетига қайрилиб қарамайди. Энкаймиш кўйи бутлари орасидан мўралайди. Оқподшо оёқлари осмонда бўлиб кўринади, бошлари ерда бўлиб кўринади. Оқподшо олабўжи бўлиб кўринади. Asar qahramoni Jamoliddin ketmonning Oqposhsho odamlariga munosabati qahramonning vaziyati , holati orqali ifoda etilyapti . Bu yerda mensimaslik , qo ` rqish emas , butun umri dalada o ` tgan , ketmon chopib kechgan , hayot bu dala deb tushunadigan omi xalq vakilining “ bizning yerga nega keldi , uyida o ` z ishini 5