logo

PROKARIOTLARNING HUJAYRA ORGANOIDLARINING

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

19.9033203125 KB
MAVZU:   PROKARIOTLARNING HUJAYRA ORGANOIDLARINING
 XARAKTERLI XUSUSIYATLARI
REJA:
1. Sitoplazmatik membrananing tuzilishi va ahamiyati.
2. Sitoplazmaning himiyaviy tarkibi.
3. Hujayra organoidlari.
4. Bakteriya  hujayrasining qo’shilmalari, tarkibi va ahamiyati.
5. Bakteriyalarda yadro apparatining tuzilishi               Hujayraning   sitoplazma   va   o’zagi   bor.   Sitoplazmada   hujayra   qismlari-
organoidlar,   ichki   to’rsimon   apparat   markazi,   markaziy   tanachalar   va   boshqalar
bor.   Shu   bilan   turli   hil   kiritmalar   bor.   Protoplazma   so’zini   birinchi   chex   olimi
Ya.I.Purkinye   ishlatgan   edi.   Hozirgi   vaqtda   protoplazma   deganda   hujayraning
hamma qismlari   – sitoplazma,   o’zak  va  po’st  tushuniladi.  Protoplazma  murakkab
organik birikmalardan tashkil topgan.
       Bakteriyalar hujayrasining protoplazmasi.
          Tashki po’st ichida bakteriya hujayrasining protoplazmasi bo’lib, uning ustki
qavati   birmuncha   qalin   va   yarim   o’tkazgich   hususiyatiga   ega.   Bu   sitoplazmatik
membranadan iborat. Membrananing bor yo’qligi plazmoliz yo’li bilan isbotlanadi.
Agar   bakteriya   hujayrasini   osmotik   bosimi   protoplazmaning   osmotik   bosimidan
yuqori   eritmaga   solsak,   protoplazma   tashqi   po’stdan   ajralib   siqila   boshlaydi.
Plazmoliz ham membrananing borligidan darak beradi. Membrananing qalinligi 30
A,   achitkilarda   esa   50   A   bo’lishi   kerak.   Sitoplazmatik   membrana   ichida
protoplazmaning   o’zi   yoki   boshqacha   aytganda   turli   qo’shilmali   sitoplazma
joylashgan. Yosh hujayralarda protoplazma yorug’likni o’tkazish jihatidan bir hil,
keyinchalik esa unda mikroskopda kuzatganda oson ko’rinadigan vakuolalar paydo
bo’ladi. 
              Sitoplazma   fiziko-ximiyaviy   jihatdan   makro   va   mikrostruktura   aniq
ifodalangan   murakkab   kolloid   moddadir.   Uning   sirtqi     taranglashishi   aniq
ko’rinadi.   U   suv   bilan   aralashganligi   uchun   uni   kam   bo’rtadigan   kolloidlarga
kiritish   kerak.   Bu   kolloid   sistemada   doimiy   faza   suv,   dispers   faza   esa   turli
himiyaviy   moddalarning   zarralari   hisoblanadi.   Sitoplazmadagi   asosiy   himiyaviy
kompleks   likoid-protein   hisoblanadi.   Protoplazmaning   hossalari   ana   shu
kompleksning   himiyaviy   va   fiziko-himiyaviy   hossalariga   bog’lik,   bu   kompleks
oqsil   va   lipoidlardan   iborat.   Sitoplazmaning   oqsil   moddalari   tarkibida
aminokislotalar   yig’indisidan   tashkil   topgan   uzun-uzun   polipeptid   zanjirlari   bor.
Amnokislotalar   suv   ajralishi   hisobiga   bir-biri   bilan   birikadi.   Protoplazma   tirik
moddaga hos bo’lgan hususiyatlarga ega. Protoplazma oziq moddalarning spesifik
strukturasiga   aylantirish   yo’li   bilan   o’zining   ichki   tuzilishini   uzluksiz   tiklash qobiliyatiga ega. Himiyaviy tarkibi ma’lum darajada o’zgarib turishiga qaramasdan
protoplazmaning ko’rinishi bakteriya turlariga nisbatan turgun bo’ladi.
            Oziq moddalar assimilyasiyasi jarayenida protonlar tevarak atrof muhitining
tarkibi   va hossalariga   ta’sir  etishi   tashqi   muhit  ta’siriga duch  kelishi  va  sharoitga
qarab   goh   tez,   goh   sekin   o’zini-o’zi   tiklaydi.   Bakteriya   hujayrasining
protoplazmasida ham, asosan zapas oziq moddalar funksiyasini bajaruvchi turli hil
qo’shilmalar:   granulyoza   glikogen   ,   yog’,   valyutin,   oltingugurt   va   boshqalar
uchraydi.   Bulardan   granulyoza   va   glikogen   azotsiz   moddalar   bo’lib,
gidrolizlanganda     glyukoza   olinadi,   valyutin   azotli   birikmalar   qatoriga   kiradi.   Bu
(qo’shilma)   moddalarning   xammasi   turli   hil   mikroorganizmlarda   keng   tarqalgan.
Bakteriya xujayrasida yog’ zapasi bo’lib, u hujayralarning quruq og’irligining 35-
50   %   tashkil   etadi.   Bakteriyalar   tanasida   ayniqsa   qarigan   hujayra   tanasida   bo’sh
katakchalari,   ya’ni   vakuolalar   ko’rinishi   mumkin.   Bu   vakuolalar   hujayra   shirasi
bilan   to’lgan   bo’lib,   ba’zan   bunday   vakuolalar   ko’payib   ketganda   hujayra
protoplazmasi   ari   uyasi   kabi   kataklarga   bo’lingandek   ko’rinadi.   Hujayrada
vakuolaning   soni   6-10   tagacha   bo’lib   aktiv   formasida   20   tagacha   yetadi.
Bakteriyalar   hujayrasida   vakuolaning   ahamiyatini   hali   to’liq   o’rganilgan   emas.
Ammo   bu   haqda   2   xil   fikrlar   bo’lib,   birinchisi   vakuolada   hujayrada   modda
almashinish   jarayenida   hosil   bo’lgan   ba’zi   moddalar   to’planadigan   (ekzotokein)
joy   deb   hisoblasalar,   ikkinchisi   nafas   olishda   qo’shimcha   fermentlarni   ishlab
chiqishda   qatnashadi   deb   ko’rsatadi.   Bakteriyalarning   sitoplazmasi   harakatsiz
bo’lib,   u   yuqori   zichlikka   egadir.   Sitoplazmada   mayda   donachalar-ribosomalar
bo’lib,   ularning     diametri   200   A   ga   teng,   ularda   asosan   oqsil   sintezlanadi.
Hujayralarda   ribosomalarning   soni   asosan   oqsillarning   sintezlanishi   bilan
o’lchanadi. Masalan,  o’suvchi Escherichia coli di o’rtacha 15.000 ribosoma bo’lib,
u   ularning   o’rtacha   og’irligini   ¼   tashkil   etadi.   Ribosomalar   55   %   oqsil,   4   %
fosfolipidlar va 40 % ribonuklein kislota (RNK)  dan tashkil  topgan. Ribosomalar
sitoplazmada   ko’pincha   erkin   holda   joylashgan   infeksion   va   transport   birikib
poliribosoma   va   polisomalarni   hosil   qiladi.   Sitoplazmada   nukleoidlardan   tashqari genetik   strukturaga   ega   bo’lgan   kam   molekulali   DNK   bo’lib   bir   qancha
moddalarni sintezlaydi.
            Bakteriyalar  hujayrasining  yadrosi.
              Bakteriyalar   hujayrasining   markazida   yadro   moddasi   –   nukleoid   –
dezoksiribonuklein   kislota   –   (DNK)   joylashgan   bo’ladi.   Bakteriyalarda   ma’lum
ma’nodagi   yadro   uchramaydi,   balki   yadroning   analogi   –   nukleoid   uchraydi,
shuning   uchun   bakteriyalar   prokariotlarga   mansub.   Nukleoidning   alohida
membranasi   yo’q,   yadrochalar   va   ma’lum   miqdordagi   xromosomalar   yo’q.
Bakteriya   xujayrasining   yadro   va   yadro   mahsulotlarini   to’g’ridan   to’g’ri
mikroskopda   ko’rib   bo’lmaydi.   Shuning   uchun   ham   mahsus   ishlanib   bo’yaladi.
Yadro moddalari u hujayraning tez ko’payish vaqtida va hujayraning qarishi bilan
bog’liq   bo’lgan   nurli   o’zgarishlar   boshlanishi   vaqtida   bo’ladi.   Biroq   bakteriya
hujayralarida   ribonuklein   kislotani   topish   oson   bo’lsa   ham,   ko’pincha   yadroni
ko’rish qiyin. A.A.Imsheneskiy fikricha, turli hil bakteriyalarning yadro moddalari
turli   hil   holatda   bo’ladi.   Ba’zilarining   yadro   moddalari   dispers   holatda   bo’lib,
protoplazmadan   ajralib   turadigan   alohida   donachalar   hosil   qilmaydi   ..   Boshqa
turlarining   protoplazmasida   esa   hujayrada   ayrim   strukturalar   (to’rsimon   qavat)
ning   hosil   qilinishida   qatnashuvchi   alohida   hromatinlar   uchraydi.   Uchinchi
hillarida   bo’linib-bo’linib   ketgan   xromatin   donachalar   hujayraning   bir   yoki   bir
nechta   joyida   to’planadi   va   shu   yo’l   bilan   yadro   protoplazmasi   bilan   ajrala
boshlaydi.   Ko’pchilik   ilmiy   izlanishlardan   keyin   shunday   xulosaga   kelish
mumkinki,   eng   sodda   tuzilgan   bakteriyalarda   yadro   moddalar   sitoplazmasida
diffuz holda bulsa ancha murakkab formalarida esa ma’lum struktura hosil qiladi.
Imnesheskiy     ta’kidlashicha   spora   hosil   qiluvchi   bakteriyalarda   yadro   moddalari
diffuz holda bo’ladi va ular hayot siklini ma’lum stadiyasida  ko’zga ko’rinadigan
struktura hosil qiladi. Yaqqol strukturani hosil bo’lishi sporalarning shakllanishi va
yetishish   vaqtiga,   ya’ni   protoplazmaning   aktiv   faoliyati   yoki   uning   tinim   davri
bilan bog’lik bo’lgan davrga to’g’ri keladi.        Spirillalar ham alohida yadroga ega emas va ular hujayrasining tuzilishi boshqa
bakteriyalarning hujayrasining tuzilishidan farq qilmaydi. Faqat miksobakteriyalar
gruppasidagina   yadro   ma’lum   darajada   ajrala   boshlaydi.   Imnesheskiy
tekshirishlaridan ma’lum  bo’lishicha  bu gruppaning ayrim  vakillarining yadrosini
diffuz   holatda   boshqalariniki   esa   polimorf   va   hatto   ajralgan   bo’ladi.   Birinchi
gruppaning vakili Muxosossixdir. Bu bakteriyalarning aktiv faoliyati davrida yadro
diffuz holda bo’lib, tinim davrida esa yadro moddalari bir muncha ajraladi.
          Ikkinchi   guruhning   vakili   –   Polyangiumdir.   Bu   bakteriyalar   hayot   siklining
hamma   fazalarida   yadrosi   differensiallangan   bo’ladi,   lekin   uning   morfologiyasi
turg’un bo’lmasdan, xujayraning rivojlanish prosessida birmuncha o’zgarib turadi.
Faqat   hujayraning   bo’linishi   oldidan   barcha   hromatin   moddalar   bir   joyga
to’planadi va differensiyallangan yadro hosil bo’ladi, bu yadro esa 2- bo’linadi.
3-gruppaga   Sorangium   ni   kiritish   mumkin.   Uning   differensiyallangan   yadrolari
hayotining   hamma   davrida   saqlanadi.   U   asosiy   bo’yoqlarda   yashil   rangga
bo’yaladi   va   ribonuklein   kislota   bilan   aniq   reaksiya   beradi.   M.A.Peshkovning
so’nggi ma’lumotlarida differensiyallangan yadro xaqiqiy bakteriyalar gruppasiga
kiruvchi   bir   qancha   formalarida   ham   bo’lishini   ko’rsatdi.   Yadro   moddalarining
himiyaviy   tabiati   bir   muncha   murakkab,   agar   sitoplazma   tarkibining   asosiy
himiyaviy   kompleksi   lipoid   –   protein   bo’lsa,   yadro   tarkibida   esa   uning   o’rnida
nukleoproteid kompleksi bor. U ikkita asosiy komponentdan:- alohida oqsildan va
ribonuklein kislotadan iborat. Bir vaqtlar, yadro moddalar tarkibiga juda murakkab
oqsillar   kiradi   deb   tahmin   qilingan   edi.   Lekin   keyinchalik   ular   gistonlar   deb
ataluvchi   asosiy   oqsillar   gruppasiga   kirishi   aniqlandi.   Nuklein   kislotaning
himiyaviy tabiati ham yaxshi o’rganilgan.      
Mikroorganizmlar yerdagi eng dastlabki tirik organizmlar bo’lib hisoblanadi. Bular
yerda asosan bundan 3 milliard yil oldin paydo bo’lgan. ADABIYOTLAR
1.   M.Inog‘omova,   A.h.Vahobov.   Mikrobiologiya   va   virusologiya   asoslari.
Toshkent, “Universitet”, 2010, 203. 
2.  Mishustin E.N., Ems e v V.G. Mikrobiologiya. M. Kolos, 1987.
3.   Ag ol   V.I.,   Atabekov   I.G. ,   Tixonenko   T.I. ,   Kr o‘ lov   V.N.   Molekulyarnaya
biologiya virusov. M. Nauka, 1971.
Qo‘shimcha
4.     Bo y ko   A.L.   Ekologiya   virusov   rasteniy.   Uchebnoe   posobie   dlya   vuzov.
Kiev,1990.
5.Nizametdinova   YA.F.,     Mansurova   M.L.,       Muzaffarova     I.A.,
Kondratьeva   K.V.. Vahobov A.h. Mikrobiologiyadan amaliy mashg‘ulotlar.
Metodik qo‘llanma. Toshkent, ToshDU, 1992
8.  Gibbs A., Xarrison B. Osnov o‘  virusologii rasteniy. M.: Mir. 1978.
9.     Vahobov   A,h.   O‘simlik   viruslarini   aniqlashda   immunologiya   usullarini
qo‘llash (Uslubiy ko‘rsatma) ToshDU ,1991.

MAVZU: PROKARIOTLARNING HUJAYRA ORGANOIDLARINING XARAKTERLI XUSUSIYATLARI REJA: 1. Sitoplazmatik membrananing tuzilishi va ahamiyati. 2. Sitoplazmaning himiyaviy tarkibi. 3. Hujayra organoidlari. 4. Bakteriya hujayrasining qo’shilmalari, tarkibi va ahamiyati. 5. Bakteriyalarda yadro apparatining tuzilishi

Hujayraning sitoplazma va o’zagi bor. Sitoplazmada hujayra qismlari- organoidlar, ichki to’rsimon apparat markazi, markaziy tanachalar va boshqalar bor. Shu bilan turli hil kiritmalar bor. Protoplazma so’zini birinchi chex olimi Ya.I.Purkinye ishlatgan edi. Hozirgi vaqtda protoplazma deganda hujayraning hamma qismlari – sitoplazma, o’zak va po’st tushuniladi. Protoplazma murakkab organik birikmalardan tashkil topgan. Bakteriyalar hujayrasining protoplazmasi. Tashki po’st ichida bakteriya hujayrasining protoplazmasi bo’lib, uning ustki qavati birmuncha qalin va yarim o’tkazgich hususiyatiga ega. Bu sitoplazmatik membranadan iborat. Membrananing bor yo’qligi plazmoliz yo’li bilan isbotlanadi. Agar bakteriya hujayrasini osmotik bosimi protoplazmaning osmotik bosimidan yuqori eritmaga solsak, protoplazma tashqi po’stdan ajralib siqila boshlaydi. Plazmoliz ham membrananing borligidan darak beradi. Membrananing qalinligi 30 A, achitkilarda esa 50 A bo’lishi kerak. Sitoplazmatik membrana ichida protoplazmaning o’zi yoki boshqacha aytganda turli qo’shilmali sitoplazma joylashgan. Yosh hujayralarda protoplazma yorug’likni o’tkazish jihatidan bir hil, keyinchalik esa unda mikroskopda kuzatganda oson ko’rinadigan vakuolalar paydo bo’ladi. Sitoplazma fiziko-ximiyaviy jihatdan makro va mikrostruktura aniq ifodalangan murakkab kolloid moddadir. Uning sirtqi taranglashishi aniq ko’rinadi. U suv bilan aralashganligi uchun uni kam bo’rtadigan kolloidlarga kiritish kerak. Bu kolloid sistemada doimiy faza suv, dispers faza esa turli himiyaviy moddalarning zarralari hisoblanadi. Sitoplazmadagi asosiy himiyaviy kompleks likoid-protein hisoblanadi. Protoplazmaning hossalari ana shu kompleksning himiyaviy va fiziko-himiyaviy hossalariga bog’lik, bu kompleks oqsil va lipoidlardan iborat. Sitoplazmaning oqsil moddalari tarkibida aminokislotalar yig’indisidan tashkil topgan uzun-uzun polipeptid zanjirlari bor. Amnokislotalar suv ajralishi hisobiga bir-biri bilan birikadi. Protoplazma tirik moddaga hos bo’lgan hususiyatlarga ega. Protoplazma oziq moddalarning spesifik strukturasiga aylantirish yo’li bilan o’zining ichki tuzilishini uzluksiz tiklash

qobiliyatiga ega. Himiyaviy tarkibi ma’lum darajada o’zgarib turishiga qaramasdan protoplazmaning ko’rinishi bakteriya turlariga nisbatan turgun bo’ladi. Oziq moddalar assimilyasiyasi jarayenida protonlar tevarak atrof muhitining tarkibi va hossalariga ta’sir etishi tashqi muhit ta’siriga duch kelishi va sharoitga qarab goh tez, goh sekin o’zini-o’zi tiklaydi. Bakteriya hujayrasining protoplazmasida ham, asosan zapas oziq moddalar funksiyasini bajaruvchi turli hil qo’shilmalar: granulyoza glikogen , yog’, valyutin, oltingugurt va boshqalar uchraydi. Bulardan granulyoza va glikogen azotsiz moddalar bo’lib, gidrolizlanganda glyukoza olinadi, valyutin azotli birikmalar qatoriga kiradi. Bu (qo’shilma) moddalarning xammasi turli hil mikroorganizmlarda keng tarqalgan. Bakteriya xujayrasida yog’ zapasi bo’lib, u hujayralarning quruq og’irligining 35- 50 % tashkil etadi. Bakteriyalar tanasida ayniqsa qarigan hujayra tanasida bo’sh katakchalari, ya’ni vakuolalar ko’rinishi mumkin. Bu vakuolalar hujayra shirasi bilan to’lgan bo’lib, ba’zan bunday vakuolalar ko’payib ketganda hujayra protoplazmasi ari uyasi kabi kataklarga bo’lingandek ko’rinadi. Hujayrada vakuolaning soni 6-10 tagacha bo’lib aktiv formasida 20 tagacha yetadi. Bakteriyalar hujayrasida vakuolaning ahamiyatini hali to’liq o’rganilgan emas. Ammo bu haqda 2 xil fikrlar bo’lib, birinchisi vakuolada hujayrada modda almashinish jarayenida hosil bo’lgan ba’zi moddalar to’planadigan (ekzotokein) joy deb hisoblasalar, ikkinchisi nafas olishda qo’shimcha fermentlarni ishlab chiqishda qatnashadi deb ko’rsatadi. Bakteriyalarning sitoplazmasi harakatsiz bo’lib, u yuqori zichlikka egadir. Sitoplazmada mayda donachalar-ribosomalar bo’lib, ularning diametri 200 A ga teng, ularda asosan oqsil sintezlanadi. Hujayralarda ribosomalarning soni asosan oqsillarning sintezlanishi bilan o’lchanadi. Masalan, o’suvchi Escherichia coli di o’rtacha 15.000 ribosoma bo’lib, u ularning o’rtacha og’irligini ¼ tashkil etadi. Ribosomalar 55 % oqsil, 4 % fosfolipidlar va 40 % ribonuklein kislota (RNK) dan tashkil topgan. Ribosomalar sitoplazmada ko’pincha erkin holda joylashgan infeksion va transport birikib poliribosoma va polisomalarni hosil qiladi. Sitoplazmada nukleoidlardan tashqari

genetik strukturaga ega bo’lgan kam molekulali DNK bo’lib bir qancha moddalarni sintezlaydi. Bakteriyalar hujayrasining yadrosi. Bakteriyalar hujayrasining markazida yadro moddasi – nukleoid – dezoksiribonuklein kislota – (DNK) joylashgan bo’ladi. Bakteriyalarda ma’lum ma’nodagi yadro uchramaydi, balki yadroning analogi – nukleoid uchraydi, shuning uchun bakteriyalar prokariotlarga mansub. Nukleoidning alohida membranasi yo’q, yadrochalar va ma’lum miqdordagi xromosomalar yo’q. Bakteriya xujayrasining yadro va yadro mahsulotlarini to’g’ridan to’g’ri mikroskopda ko’rib bo’lmaydi. Shuning uchun ham mahsus ishlanib bo’yaladi. Yadro moddalari u hujayraning tez ko’payish vaqtida va hujayraning qarishi bilan bog’liq bo’lgan nurli o’zgarishlar boshlanishi vaqtida bo’ladi. Biroq bakteriya hujayralarida ribonuklein kislotani topish oson bo’lsa ham, ko’pincha yadroni ko’rish qiyin. A.A.Imsheneskiy fikricha, turli hil bakteriyalarning yadro moddalari turli hil holatda bo’ladi. Ba’zilarining yadro moddalari dispers holatda bo’lib, protoplazmadan ajralib turadigan alohida donachalar hosil qilmaydi .. Boshqa turlarining protoplazmasida esa hujayrada ayrim strukturalar (to’rsimon qavat) ning hosil qilinishida qatnashuvchi alohida hromatinlar uchraydi. Uchinchi hillarida bo’linib-bo’linib ketgan xromatin donachalar hujayraning bir yoki bir nechta joyida to’planadi va shu yo’l bilan yadro protoplazmasi bilan ajrala boshlaydi. Ko’pchilik ilmiy izlanishlardan keyin shunday xulosaga kelish mumkinki, eng sodda tuzilgan bakteriyalarda yadro moddalar sitoplazmasida diffuz holda bulsa ancha murakkab formalarida esa ma’lum struktura hosil qiladi. Imnesheskiy ta’kidlashicha spora hosil qiluvchi bakteriyalarda yadro moddalari diffuz holda bo’ladi va ular hayot siklini ma’lum stadiyasida ko’zga ko’rinadigan struktura hosil qiladi. Yaqqol strukturani hosil bo’lishi sporalarning shakllanishi va yetishish vaqtiga, ya’ni protoplazmaning aktiv faoliyati yoki uning tinim davri bilan bog’lik bo’lgan davrga to’g’ri keladi.

Spirillalar ham alohida yadroga ega emas va ular hujayrasining tuzilishi boshqa bakteriyalarning hujayrasining tuzilishidan farq qilmaydi. Faqat miksobakteriyalar gruppasidagina yadro ma’lum darajada ajrala boshlaydi. Imnesheskiy tekshirishlaridan ma’lum bo’lishicha bu gruppaning ayrim vakillarining yadrosini diffuz holatda boshqalariniki esa polimorf va hatto ajralgan bo’ladi. Birinchi gruppaning vakili Muxosossixdir. Bu bakteriyalarning aktiv faoliyati davrida yadro diffuz holda bo’lib, tinim davrida esa yadro moddalari bir muncha ajraladi. Ikkinchi guruhning vakili – Polyangiumdir. Bu bakteriyalar hayot siklining hamma fazalarida yadrosi differensiallangan bo’ladi, lekin uning morfologiyasi turg’un bo’lmasdan, xujayraning rivojlanish prosessida birmuncha o’zgarib turadi. Faqat hujayraning bo’linishi oldidan barcha hromatin moddalar bir joyga to’planadi va differensiyallangan yadro hosil bo’ladi, bu yadro esa 2- bo’linadi. 3-gruppaga Sorangium ni kiritish mumkin. Uning differensiyallangan yadrolari hayotining hamma davrida saqlanadi. U asosiy bo’yoqlarda yashil rangga bo’yaladi va ribonuklein kislota bilan aniq reaksiya beradi. M.A.Peshkovning so’nggi ma’lumotlarida differensiyallangan yadro xaqiqiy bakteriyalar gruppasiga kiruvchi bir qancha formalarida ham bo’lishini ko’rsatdi. Yadro moddalarining himiyaviy tabiati bir muncha murakkab, agar sitoplazma tarkibining asosiy himiyaviy kompleksi lipoid – protein bo’lsa, yadro tarkibida esa uning o’rnida nukleoproteid kompleksi bor. U ikkita asosiy komponentdan:- alohida oqsildan va ribonuklein kislotadan iborat. Bir vaqtlar, yadro moddalar tarkibiga juda murakkab oqsillar kiradi deb tahmin qilingan edi. Lekin keyinchalik ular gistonlar deb ataluvchi asosiy oqsillar gruppasiga kirishi aniqlandi. Nuklein kislotaning himiyaviy tabiati ham yaxshi o’rganilgan. Mikroorganizmlar yerdagi eng dastlabki tirik organizmlar bo’lib hisoblanadi. Bular yerda asosan bundan 3 milliard yil oldin paydo bo’lgan.