Qadimgi davr Sharq dunyosida (Misr, Mesopotamiya) fan va madaniyat
Qadimgi davr Sharq dunyosida (Misr, Mesopotamiya) fan va madaniyat Reja: 1. Misr va Mesopotamiyada yozuv va ilm dargohlarini yuzaga kelishi. 2. Ilmiy bilimlarning shaqllanish shart-sharoitlari. 3. Astronomiya va matematika fanlari ravnaqi. 4. Tibbiyot va veterinariya fanlari.
Eramizdan 4000 yil ilgari vujudga kelgan Misr madaniyati jahondagi eng qadimgi madaniyatlardan biri bo’lib, Qadimgi Misr madaniyati bir qator rivojlanish bosqichlarini bosib o’tgan. Uning gullab yashnash davri asosan, (er.avv.28-23asrlar), O’rta(er.avv 21-18asrlar.) va Yangi Podsholiklar (er.avv 16- 11asrlar)davriga to’g’ri keladi Qulay tabiiy sharoitlar bu erda moddiy madaniyat va texnikaning juda barvakt taraqqiy etishiga yordam bergan. Sun’iy sug’orish ishlariga bo’lgan benixoya zo’r extnyoj juda qadim zamonlardayoq kanallar, to’ђonlar, dambalar va dastlabki vaktlarda oddiy pishang bi¬lan ko’tariladigan bosmalar, keyinchalik esa charxpalaklariing murakkab sistemasini barpo etishga majbur qilgan. Bularning barchasi asta sekin yozuv, ilmiy bilimlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Shumer, qadimgi hind, qadimgi xitoy yozuvi va boshqa shu kabi eng qadimgi yozuv sistemasiga o’xshab Misrning qadimgi ieroglif yozuvi ham o’z holicha ibtidoiy davrdagi eng oddiy rasm va shakllardan paydo bo’lgan. Keyinchalik ieroglif sifatida taraqqiy etib keng qo’llanila boshlandi. Ilm-bilimlar to’planib borgan va alohida maktablarda avloddan-avlodga utib borgan. Bu maktablarning ko’pchiligi yo mirzalar tayyorlab chiqaradigan saroy maktablari bo’lib, unda aristokrat-quldorlarning bolalari o’kigan, yoki markaziy mahkama qoshidagi alohida maktablar bo’lib, unda muayyan mahkama, masalan, podsho xazinasi uchun amaldor-mirzalar tayyorlangan. Bu maktablarda intizom juda kattiq bo’l¬gan va bu intizom tan jazosi vositasi bilan mustahkamlangan, maxsus «Nasihatnomalar» vositasi bilan uqtirilgan. Masalan, bir «Nasihatnoma» ning avtori bunday deydi: «Ey mirza, dangasalik kilma, yo’qsa qattiq jazoga duchor bo’lasan. huzur-halovatga ko’ngil qo’yma, yuz tuban ketasan. Ko’lingda doim kitob bo’lsin, uni ovoz chiqarib o’qigil va o’zingdan ko’p biladiganlar bilan maslahatlashib ish tut. O’z sohasini suvdek ichib olgan mirza baxtlidir... Bir kunni ham yalqovlik bilan o’tkazma, yo’qsa kaltak eysan. Axir bolaning quloђi elkasida bo’ladi-da, qachon ursang, shunda qulog’iga gap kiradi. Doim maslahat bilan ish qil va buni esingdan chiqarma. Yoz va yozuvdan sira zerikma». O’quvchilarni asosan og’ir va murakkab savodga o’rgatganlar, ularni maxsus husnixat
namunasiga karab har kuni sal¬kam uch sahifa yozishga majbur etganlar. O’quvchi imlo qoidalarinigina emas, balki murakkab husnixat va stilistikani ham chuqur o’zlashtirishga majbur bulgan. Endi savod o’rgana boshlagan mirzalarning mashqlari yozilgan tekstlar bizning zamonamizgacha saklanib dolgan, bular aso¬san tarbiyaviy maqsadni kuzatgan nasihatlardan iborat, *unda puxta yozilgan va ibrat bo’ladigan gaplar yozilgan. namunalar ham saqlanib qolgan. Nihoyat, Misrda oliy tipdagi «Mirzalar maktabi» ham bo’lgan, ular «turmush uyi» yoki «hayot uyi» (peranx») deb atalgan. Bunday «turmush uyi» xarobalari fir’avn Exnatonning qadimgi poytaxtidan topilgan. Kundalik hayotdagi extiyojlar, xo’jalik va ayirbosh savdosining rivojlanishi va tabiatni kuzatib borish natijasida dastlabki ilm-bilimlar to’plangan. Jami bu bilimlarning hammasi ham amaliy xarakterda bo’lgan. Masalan, tematika sohasidagi eng qadimgi bilimlar shunday turmushdagi amaliy ishlar bilan chambarchas bog’langan bo’lib, tanobchi va binokorlarning ishini osonlashtirishda xizmat kilgan. Masalan, Amenemxet II ning nomlar chegarasini «kitoblarda aytilgan va qadimgi yozuvlarda ko’rsatilgan» asospanib belgilanganligini bilamiz. Chegaralarni maxsus tanobchilar ma’lum hisoblarga asoslanib belgilaganlar va so’ngra ularni yozib qo’yganlar. Maqbaralarda saqlanib qolgan va er o’lchaydigan maxsus arg’amchi bilan er o’lchab berilayotganligini tasvirlovchi rasmlar bundan dalolat beradi. Mate¬matika masalalarining mazmuniga qaraganda arifmetika va geometriya sohasidagi bilimlardan er maydonini aniqlash, g’alla uyumining qancha kelishini yoki don saqlanadigan ombor sig’imini aniqlash uchun foydalanilgan. Nihoyat, misrliklar matematika sohasida orttirgan bilimlari tufayli, joyning sxematik kartasini va primitiv chertyoj chizishni bilganlar. Ko’pdan-ko’p muhtasham binolar, ayniqsa piramidalar matematikaning, xususan geometriyaning binokorlikda, qurilish ishlarida juda katta ahamiyatga ega bo’lganligini ko’rsatadi, chunki piramidalarni fakat bir qancha aniq hisoblar asosidagina ko’rish mumkin bo’lgan. Qadimgi Misrda, ayniqsa O’rta Podsholik davrida matematika bilimlarining rivojlanganligidan o’sha zamondan qolgan juda ko’p matematik tekstlar, xususan
Moskvada saq¬lanadigan «Matematika papirusi» dalolat beradi. Misrda matematika sohasida erishilgan katta muvaffaqiyatlardan biri o’nlik sanoq sistemasining taraqqiy qilganligidir. Misr yozuvida, 1, 10, 100, 1000, 10000, 100000 va hatto millionni ham bildiruvchi alohida alomatlar bo’lgan; hayron bo’lib qo’lini ko’tarib turgan kishi surati millionni bildirgan. Misrliklardagi uzunlik o’lchovining o’ziga xos birligi misrliklar matematikasi uchun juda xarakterlidir. Barmoq, kaft, tovon, tirsak ana shunday uzunlik o’lchovi birligi bo’lib, Misr matematigi ular orasida ma’lum munosabatlar belgilagan. San’atda matematika bilimlaridan keng ravishda foydalanilgan. Misr rassomi tekislik yuzasiga kishining rasmini chizmoqchi bo’lsa, dastlab to’rt burchak qilib tur chizgan va matematikadan foydalanib, kishi tanasidagi a’zolar uzunligining nisbatini aniqlagandan keyin, shu asosda haligi tur ustiga kishining rasmini chizgan. Arifmetikada sodda to’rt amalni qo’llanish usuli misrliklar matematikasining bir qadar primitiv bo’lganligini ko’rsatadi. Masalan, ko’paytirishda amallarni ketma-ket bajarish usulidan foydalanilgan. Chunonchi, misrlik sakkizni sakkizga ko’paytirmoqchi bo’lsa, sakkizni paydar-pay to’rt marta ikkiga ko’paytirgan. Bo’luv ko’paytirish yo’li bilan qilingan. Masalan, 77 sonini 7 ga bo’lganda, 77 sonini hosil qilmoq uchun 7 ga ko’paytiriladigan sonni topish lozim bo’lgan. Misrda amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lgan geometriya juda ham tarakqiy qilgan. Misr matematiklari to’g’ri to’rt burchak uch burchaq xususan teng yonli uch burchaq trapesiyaning yuzini va hatto doiraning yuzi P ga teng bulib, u 3,14 qiymatni qabul qilishini ham hisoblay bilganlar. Moskvada saqlanadigan «Matematika papirusi» da kesik piramida va yarim sharning hajmini hisoblab chiqarish yuzasidan ishlangan murakkab masala saqlangan. Qadimgi misrliklar algebradan ham ba’zi bir eng oddiy bilimlarga ega bo’lganlar, ular bir noma’lumli tenglamani hisoblab chiqara bilganlar; noma’lumni misrlik¬lar «uyum» («don uyumi» bo’lsa kerak) so’zi bilan ta’riflaganlar. P-belgisi ulkan inshootlar piramidalar bunyod etishda qo’llanilib, P-belgisi mil.avv 1700 yil oldinoq qo’llanila boshlangan. Zero P-belgisi uchragan Rinda papirusi ham shu davrga oid bo;lib u 1855 yilda shotland arxeologi Genri Rinda tomonidan topilgan.
Astronomiya sohasida ham qadimgi misrliklar ba’zi bir bilimlarga ega bo’lganlar. Osmondagi yulduzlarni doim kuzatish natijasida planetalarni yulduzlardan ajrata bilganlar va hatto ular yulduzlar osmonining kartasini ham tuzganlar. Yulduzlarning shunday kartalari har xil binolarning, ko’proq maqbara va ibodatxonalarning shiplarida saqlanib qolgan, XVIII dinastiya a’yonlaridan Senmut maqbarasining naqshlangan shipi qadimgi misrliklarda bo’lgan bunday «astronomiya kartalari» ning eng yaxshi namunalaridan biridir. Shipning shimoliy qismi markazida Katta va Kichik Ayiq yulduzlari hamda misrliklarga ma’lum bo’lgan Qutb Yulduzini ajratish mumkin, osmonning janubiy qismida esa simvolik figuralar tarzida Orion va Sirius (So-tis) yulduzlar turkumi ko’rsatilgan, qadimgi Misr rassomlari yulduzlar turkumi va yulduzlarni doim shunday simvolik figuralarda tasvir etganlar. XIX va XX dinastiyalarga mansub podsho maqbaralarining shiplarida ham yulduzlarning ajoyib kartalari va Yulduzlarning joylanishi ko’rsatilgan ajoyib jadvallar saqlanib qolgan. Meridian tomonida o’tirgan ikkita misrlik kuzatuvchi Yulduzlarning joylanishini ko’rsatadigan bunday jadvallar vositasi bilan hamda mo’ljalga oladigan, passaj asbobidan foydalanib, kechasi vaqtni belgilagan. Misrliklarga beshta sayyora ma’lum bo’lib, bular Yupiter, Saturn, Mars, Merkuriy i Veneradir. Yupiter, Kunduzi esa vaktni quyosh soati yoki suv soati (eng keyingi «klepsidra») vositasi bilan bilganlar. Yulduzlarning joylanishini ko’rsatadigan qadimgi kartalardan ancha keyingi davrlarda, grek-rim davrida ham foydalanganlar; bunday kartalar keyingi Edfu va Dender ibodatxonalarida saqlanib dolgan. Astro¬nomiya bilimlari asosida misrliklar alohida kalendar tuzganlar. Misrliklarning kalendar yili 12 oyga bo’lingan va har bir oy 30 kundan iborat bo’lgan, yil oxiriga esa yana 5 ta bayram kuni qo’shilgan, shunday qilib, bir yilda jami 365 kun bo’lgan. Shu tariqa Misr kalen¬dar yili tropik kalendardan chorak sutkaga qolib borgan. U hatto 1460 yil davomidz 365 kunga, ya’ni rosa bir yilga teng bo’lgan. Misr medisinasi rivojiga Messopotamiya medisinasi katta ta’sir ko’rsatib o’z navbatida Misr tibbiyoti Gresiya va Rim tibbiyoti rivojiga ta’sir o’tkazgan. Misr