QADIMGI XITOY HARBIY SANATI -
QADIMGI XITOY HARBIY SANATI REJA 1 KIRISH -Qadimgi Xitoyda harbiy san’atning vujudga kelishi -Shan-in davrida harbiy soha 2 ASOSIY QISM -CHjou davrida harbiy sohani rivojlanishi -Sin va Xan davrida Xitoy armiyasi -San-Szi ‘’Urush san’ati 3 XULOSA -Xitoy armiyasida razvetka hizmati. Xitoy tarixchilari mamlakat tarixini Xitoyda hukmronlik qilgan sulolalar bo’yicha bo'ladilar: Shan-In sulolasi mil. aw. 1562-1027-yillar. Chjou sulolasi mil. aw. 1027-256-yillar. Sin sulolasi mil. aw. 221-207-yillar. Xan sulolasi mil. aw. 202- 220-yillar. Qadimgi Xitoyda ilk davlat mil. aw. II ming yillikning o'rtalarida shakllandi. Xitoyning uch daryosi: Xuanxe, Yanszi va Sisyan g'arbdan sharqqa qarab oqib, keng tekislikni sug‘oradi. Xuanxe daryosining o‘rta oqimi vodiysida. In qabilalari mil. aw. II ming yillikda yashab, ovchilik va chorvachilik, dehqonchilik bilan shug‘ullandi. Inlar Xitoyda ilk davlatni tashkil qildilar. Bu davlat Shan-In davlati deb nom oldi. Shan In sulolasi mil. aw. 1562-1027-yillarda hukm surgan Xitoyning ilk sulolasi edi. Bu davrda fil suyaklaridagi yozuv yaylovlar uchun inlar g‘arbda tSyan va Tu qabilalari bilan urushganlari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Qabila boshida oqsoqol Van turgan. Van harbiy to‘qnashuvlarda qabilaning ko' ngilli qismlariga boshchilik qildi. Vanning hokimiyati kuchayib, keyinchalik u tolaqonli hokim – podshoga aylandi. Ilk qadimgi Xitoy davlatida In podsholigida qo’shin piyodalarga otliqlarga jangovar aravalarga bo’lingan. Qo’shinning soni o’sha vaqtlarda 5000 kishidan oshmagan otliq otriyatlar odatda 300 kishidan tashkil topgan jangchilarning asosiy quroli kamon bolgan undan tashqari jangchilar jangovor boltalar oyboltalar qilichlar nayzalar va drotiklar bilan qurollangan. Jangchilar qalqonlar va bronzadan yasalgan dubulg’alarga ega bolgan. Jangovar tartib piyodalardan otliqlardan jang aravalaridan iborat bo’lgan. Xitoy qo’shini bu davirda jangovar aravalar va otliqlardan tashkil topgan. ‘’ Jangovor aravalar va otliqlar armiyaning qudrati 10 ta jangovor arava dushmaning 1000 jangchisini yanchib tashlaydi 100 otliq 1000 kishini quvg’in qiladi ‘’- deb yozilgan edi o’gitlarning birida.
Mill. av 5 asrgacha Xitoy armiyasining asosiy kuchi jangovor aravalar bo’lgan. Jangovor aravalar ikki turga bo’lingan ikkita ot keyinchalik to’rta ot qo’shilgan aravalar hamda transport aravalar yaratildi 12 ta hachir qo’shilgan aravalar yaratilib ular nafaqat harbiy yuklarni tashib yurish uchun balki mudofa inshoatlarini qurish uchun ham ishlatilgan har bir jangovor arava bilan 75 jangchi harakatlangan avangart arargard markaz. Otliqlarda qo’shin tashkil etish o’nlik tizimga asoslanadi beshlik quyi bo’linma o’nlik 100 va 200 otliq bo’linmalar bo’lgan. Qadimgi Xitoyda qo’shin boshqarish tizimi ham ishlab chiqilgan edi bo’limlarni tovushlar bilan barabanlar bonglar bayroqlar va belgilar bilan boshqargan. Xitoyliklar aloqa hizmatini tashkil etishga katta etibor berganlar. Buyuk Xitoy devori bo’ylab bir- biridan 4 kilometr uzoqlikda kuzatuv po’stlari joylashgan. Har bir po’stning yaqinida quruq shox- shabbalar bo’lib ular dushmanning yaqinlashishi bilan yoqilgan. Yaqinlashib kelayotgan dushman soni to’g’risida malumot yorug’lik signallari shartli takrorlash yo’li bilan yetkazilgan. Signallar sifatida raketalar petardalar keng qollanilgan. Har bir post qabul qilgan signalni keying postga yetkazishga majbur bo’lgan mill av 3 asrda xitoyliklar po’rixni kashf qildilar lekin harbiy maqsadlarda undan 14 asrgacha foydalanilmadi. Yaxshi qurollangan harbiy qism Van hokimiyatini kuchayishiga yordam berdi. Armiyaning asosini jamochi dehqonlardan rekrut tarkibida tartibida olinadigan piyodalardan iborat bo’lgan jangchilarning eng asosiy quroli o’q- yoy edi Shan-in armiyasi 3000 dan 5000 kishigacha bo’lgan harbiy qism tashkil etgan. Bazi manbalarga ko’ra janga saf tortishda muoyyan qoidalar joriy etilgan. Shan-in xududidagi qazishmalarda jang aravalarini bezash uchun bronzadan ishlangan 400 ga yaqin zeb- ziynat asboblari va otlar suyaklari topilgan. Faqat zadagonlar jang aravalariga ega bo’lib jang aravalari 5000 kishigacha bo’lgan otliqlar 300 kishini tashkil etgan. Qadimgi Xitoy yozma tarixiy manbasi ‘’Qo’shiqlar kiyobi’’ da jang sahnalari obrizli qilib tasvirlangan. Askarlar kamon, nayza va 0,9-1,8 metrli tayoqqa o'rnatilgan tiglialebardaga o'xshash ≪ ko’ ≫ deb atalgan, jangda qalqon bilan birga ishlatiladigan qurollar bilan qurollangan. Davlat ishlarida podshoning maslahatchilari bolgan ≪ Uch oqsoqobning ikkinchisi ≪ otlar boshligl ≫ ( ≪ podsho mulklari armiyasi boshligl ≫ ) ≪ qo‘zg‘olonchilarni tinchlantirib turishi ≫ lozim bolgan. Bu amaldor harbiy mahkamani boshqarib, butun davlatning harbiyidora ishlarini yolga qo“ygan. U harbiy xizmatga yangi askarlar to‘plagan, harbiy talim-tarbiyaga rahbarlik qilgan, harbiy inspeksiyaga boshchilik qilgan va armiyaning ta’minot ishlarini boshqarib
turgan. Shu bilan birga u armiyaga bosh bolib, urush vaqtida unga qo'mondonlik qilgan. Xitoyda CHjou sulolasi mill av 1027- 256- yillarda mamlakatni boshqargan. Harbiy soxaga chjouliklar katta e’tibor berdilar. Podsho harbiy hizmatlari uchun o’z xizmatchilarini rag’batlantirgan. Davlat hokimiyati harbiy hizmatdagilarni moddiy rag’batlantirish siyosatini olib borgan. CHjou davri bronza ko’zala rida shunday yozuv mavjud – ‘’ Bunda harbiy hizmatlaring uchun o’q-yoy, 5 qul oilasi va 10 ulush yer hadya qilaman.’’ CHjou davlati davrida 100 ming kishilik kuchli armiya shakillantirilgan. Qo’shin dehqon jamosi hisobiga toldirilgan. Urush vaqtida volis 75 askar, bir jang aravasi 4 ta ot va 16 eshak bergan. Yozma manbalarda otliqlar haqida shunday fikrlar mavjud- ‘’Otliqlar- bu armiya razvetkasi , u yengilgan armiyani taqib qiladi, unga ozuqa olib kelish yo’lini to’sadi , uning ilg’or qisimlarini to’zg’itadi’’. Sao Guy shunday takidlaydi ‘’Axir urush – bu jasorat. Birinchi do’mbira jasoratni ko’taradi, ikkinchisi bilan u pasayadi, uchunchisi bilan tugaydi. Dushmanda jasorat so’nadi. Biz esa to’la jasoratda edik, shu sababli g’alabaga erishdik. Katta davlat bilan urshib uning bor kuchini bilish qiyin, men ularga qaradim ularning aravalari chalkashib ketgan edi ularning bayrog’ga qaradim u yiqilgan edi shunda biz quvishga tushdik va ular zaiflashdi biz g’alaba qozondik’’. Xitoy tarixida mil. aw. VIII-V asrlarda rasman Chjou sulolasiga bo“ysungan, amalda esa o'nga yaqin mustaqil davlat mavjud bolgan. Mil. aw. V-III asrlar Chjango ( ≪ Urishayotgan podsholiklar ≫ ) davri deb atalib, bu davrda Chjou davlati yemiriladi va o'zaro urushlar kuchayadi. Hozirgi Shandun viloyati hududida o‘sha vaqtda mavjud bolgan mil. aw. VII asming birinchi yarmidagi Lu va Si davlatlari o'rtasidagi urushlar misolida qadimgi Xitoy harbiy san’atining o'ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida tasawur hosil qilish mumkin. Si davlati harbiy ustunlikka erishib, Lu davlatiga hujum qiladi. Lu hukmdori o‘z yaqinlaridan biri Sao Guy maslahati bilan dushman kuchlari toliqib qolgan paytda jangga kiradi. Bu mudofaa urushida Lu hukmdori dushmanning kuchli, ko‘p sonli armiyasiga qarshi urushda xalqqa suyanib ish koVadi. Chanshao yonidagi jangda Sao Guy Lu hukmdorini dushman armiyasiga qarshi bevaqt hujumdan saqlab qoladi. Si hukmdori o'zining tola g‘alabasiga ishonib, Lu armiyasiga uch marta hujum qiladi, lekin bu hujumlarning barchasi qaytariladi. Si armiyasi o'zining bor kuchini sarflab bolib, charchab qolganda Lu armiyasi kuchli qarshi hujumga o'tib, dushmanni batamom mag’lub qiladi. Xitoyning eng kuchli raqibi Mo‘gulistondagi xunnlar davlati edi. Xunnlar armiyasining asosi tezkor harakat qiladigan otliqlar qismi bolgan. Ular Xitoyning shimoliy hududlariga muntazam bostirib kirganlar. Xitoy xunnlaming hujumini
qaytarishdan ojiz edi. Tezkor harakat qiladigan otliq xunnlami Xitoy piyodalari ta’qib qilishdan ojiz edi, bu vaqtda Xitoy armiyasida otliq qismlari juda o‘z bolib, bu otliqlar jang san’atida xunnlarga teng kela olmaganlar. Bundan tashqari, xunnlar yuqori harbiy mahoratga ega bolgan otliq jangchi bolib, ular uchun urush kundalik xavf-xataming bir ko'rinishi bolgan. Xunnlar jang taktikasi va strategiyasini yaxshi o'zlashtirgan bolib, dushman zarbasini qabul qilmay tez chekinish taktikasini qollaganlar. Xitoy armiyasi xunnlarni uzoq ta’qib qilish imkoniyatidan mahrum edilar. Mongoliyaga chekingan xunnlar o‘z oziq-ovqat zaxirasidan uzoqlashgan Xitoy armiyasi uchun yengilmas kuch edi. Ko'chmanchilar bilan kurashda Xitoy otliq qismdan unumli foydalanishga harakat qilib, otliq qismlar soni ko'paytirilgan. Ammo Xitoy otliq qismlari kamonda bexato nishonga urishda va otda tezkor yurishda xunnlarga teng kela olmas edilar. Armiya ta’minoti qiyinchilik bilan amalga oshirilgan. Xunnlar bilan urushda armiya ta’minoti Xitoyning o‘zidan asosan suv yoli orqali amalga oshiriladi. Ayniqsa, ot va eshaklar, qoramol uchun yem-xashak tashish qiyinchilik tug'dirgan. Xachirlar transport vositasi edi, lekin ularga bu muammo edi. Mo‘g\iliston, Sharqiy Turkistonning iqlim sharoitlari harbiy kompaniyaning davomiyligini bir yilda 100 kun bilan chekladi. Mil. aw. Ill asr oxiridan Xitoyda hukmron bolgan Xan sulolasi mil. aw. II asr o'rtalarida xunnlar bilan sulh tuzishga erishdi. Bu tinchlik mil. aw. 135-yilgacha davom etdi va xitoyliklar bu davrdan hal qiluvchi jangga tayyorgarlik uchun foydalandilar. U Di hukmronligi davrida (mil. aw. 147-87-yillar) xitoyliklar xunnlarga qarshi zarba berishning aniq rejasini tuzdilar. Xunnlarning armiyasi harakatchan bolgani uchun ularga pistirma qurish, xunnlarni tuzoqqa tushirib va qurshab yo‘q qilishga qaror qilindi. Bu vazifani bajarish uchun katta armiya tuzilib, chegara yaqinidagi Ma-cheng shahari yonida to'plandi. Xunnlarga elchi sifatida bir savdogar jo ‘natilib, xunnlarning asosiy kuchlarini Ма -Cheng shahariga kelish taklif qilindi. Xunn hukmdori (Shanyuy) bu taklifni qabul qilib, alo kamonchi otliqlardan iborat katta armiya bilan Ма -Cheng shahri tomon yurdi. Xunnlar ≪ Buyuk devor ≫ dan tinch o‘tib, shahargacha 50 km qolganda nimadandir shubhalanib orqaga qaytdilar. Ular Xitoy devori minoralaridan biridagi qo‘riqchilarni qo‘lga oldilar va qo'riqchilar boshliglni Xitoy armiyasi qo‘mondonligi rejasini aytishga majbur qildilar. Shundan so‘ng ular ichki Mo’g’ulistonga jadal chekindilar. Ularni ta’qib qilish foyda bermadi. Natijada, xunnlarning bosqini yanada kuchaydi. Xitoy imperatori armiya boshligl lavozimiga qobiliyatli harbiy sarkarda Vey-Tsingni tayinladi. Vey-Tsing xunnlarni qurshab olib, yo‘q qilish rejasini tuzdi. 0 ‘zlarining uzluksiz g'alabalaridan mast bolgan xunnlar ehtiyotkorlikni unutdilar. Vey Tsing bundan foydalanib, xunnlarning katta armiyasini qurshovga oldi. Ammo xunn armiyasining asosiy qismi qurshovni yorib o‘tdi. Xitoyliklar qolida xunnlarning qarorgohi, ayollar, bolalar va 15 ming asirlar qoldi. Bir necha oydan keyin xitoyliklar katta g'alabaga erishdilar. Shundan so‘ng xitoyliklar xunnlarning hududlariga katta armiya yubordi. Xunnlar bir necha janglardan so‘ng ichki Mo’g’ulistondan siqib chiqarildi.
Sin va Xan sulolasi davrida Xitoy armiyasida jang vaqtida shakillangan jangovor joylashuv tartibiga ega bolgan. Markazda jang aravalari joylashgan , oldinda va qanotlarda piyodalar orqada esa shunday tartibda transport aravalari turgan . Xitoy yaxshi jihozlangan harbiy dengiz flotiga ega bo’lgan. 1 Sarkarda – bu aql, insonparvarlik, jasurlik, qattiqqo’llilik Qonun – bu harbiy saf qo’mondonlik va ta’minot. Qadimgi Xitoyda harbiy san’ at bo’yicha nazariy asarlar yaratildi Qadimgi Xitoyda urush san’ati nazoratchilari tomonidan harbiy san’at nazariyasiga tegishli 7 traktat tuzildi. Ulardan eng qadimgilari sarkarda Sun- Szi mill av 4 asr boshlarida yozilgan traktlar hisoblanadi. Sun – Szi Heluinning iltimosiga ko’ra bu asarni yozdi. Sun- Szi trakti Xitoy harbiy san’atini mazmunini va eng muhum tamoyillarni ochib berdi . Sun-Szi ‘’Harbiy san’at to’grisida’’gi traktida o’zining jangovor tajribasini umumlashtirdi va asarni 13 bobga ajratdi. Urush bu davlat uchun ulug’ ish, bu hayot va o’lim asosi bu hayot va o’limga yo’l. Urushni g’olibona olib borish uchun vaqt hisob - kitobi va geografiyani bilish zarur. Lashkarboshi - Urushni tushunadigan lashkarboshi davlat hafsizligining xo’jayini, xalq taqdirining egasi. Oliy qo’mondonning bilimi uning raqibini baholay bilishi, g’alabani tashkil eta olishi joy va masofa mohiyatini hisobga olishda deb ko’rsariladi lashkarboshining bu bilimidan urushning yutug’i belgilanadi. Sin- Szi fikricha raqibni va o’z armiyasini bilish hal qiluvchi ahamiyatga ega agar raqibni bilsang, o’z armiyangni bilsang yuz marta jang qilsang ham hech qanday xavf – xatar bo’lmaydi doim g’alaba qozonasan agar dushmani bilmasang bir martta g’alaba qozonasan, ikkinchi marta mag’lub bo’lasan. Askarlar hech qachon lashkarboshining reja va niyatlaridan xabardar bo’lishi kerak emas. Askarning urushda faol ishtirokini taminlash uchun unga o’ljani bir qismini berish kerak askar faqat buyruqqa boysunish kerak. San – Szi urush g’olibona va qisqa bo’lishi kerak deb takidlaydi. Uzoq davom etadigan urish kuch va moddiy resurslarni tugallaydi. Hokimiyatni zaiflashtiradi. Mahaliy hokimlarning markaziy hokimiyatga qarshi isyon ko’tarishiga imkon yaratadi. Qisqa muddatli urush u yaxshi olib borilmagan bo’lsa-da muvafaqiyatli bo’ladi. Uzuq davom etgan urush yuqori san’at bilan olib borilsa-da urishning uzoq davom etishi g’alabaga olib kelmaydi.