logo

Qadimgi Hindiston va Xitoy fani.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.3916015625 KB
4-Mavzu: Qadimgi Hindiston va Xitoy fani.
Reja:
1. Qadimgi Hind fani rivojining tarixiy  sharoitlari.
2. Eramizdan avvalgi 2 ming yillikda Hind fani.
3. Eramizdan avvalgi 1 ming yillik va eramiz arafasida Hind  fani.
4. Qadimgi Xitoy fanining vujudga kelishi va  qadimgi    Xitoy  fanining Shan-
In bosqichi.
5. Qadimgi Xitoy fanining  Chjou, Sin va Xan  bosqichlari.
Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi : Talabalarda Fan va texnika fanining
tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli
davlatlarda   tadqiqotchilar   tomonidan   Hindiston   va   Xitoy   tarixi   faniga   berilgan
ma’lumotlarni talabalarga tushuntirib berish. 
Dars   o’tish   vositalari:   doska,   plakat,   Fan   yuzasidan   manba   va   adabiyotlar,
tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar
Tayanch iboralari:
  Mohinjo-Doro, Xarappa, Hind iyeroglif  yozuvlari,  dastlabki  ilmiy bilimlar,
Regveda,   Samaveda,   Yajurveda,   Atxarvaveda,   Braxmanlar,   Aranyaklar,
Upanishadlar,   Vedalardagi   tibbiy     ma’lumotlar,   Samxita   Choraka   va   Sushrut
tibbiy     traktatlari,     «Ramayana»     va   «Moxabxarata»     dostonlari,   Apastamba   va
Manu qonunlari, Artxashastra traktatlari va Ashoka ediktlari:  Ilk Xitoy  iyeroglif
yozuvlarining   vujudga kelishi,   Sya,   Shan,   In,   Chjou, Sin, Xan,   shoyi kitoblar,
qog’ozning   ixtiro qilinishi, Qadimgi   Xitoyning ilk   yozma asarlari: «Chun-Syu»,
«Shi-szin» va «Shu-szin»,  Van-Chun  va Van Man islohatlari, falsafa, geografiya,
astronomiya va tibbiyot  fanlarining rivoji. 
Hind sivilizasiyasi.
Qadimgi   Hindiston   ham   Misr,   Mesopotamiya,   Xitoy   kabi   dastlabki
sivilizasiya   markazlaridan   hisoblanadi.   Qadimgi   Hind   madaniyati   poydevori
ibtidoiy   davrlardayoq   qurilgan   bo’lib,   u   eramizdan   avvalgi   III-ming   yillikning
ikkinchi   yarmida,   II-ming   yillikning   birinchi   yarmida   gullab   yashnaydi   va
eramizdan   avvalgi   I-   ming   yillikda   eng   yuksak   darajaga   yetadi.   Qadimgi   Hind
madaniyati   ko’shni   xalqlarning   madaniy   taraqiyotiga   xam   anchagina   ta’sir
ko’rsatgan.
Arxeologik manbalarga ko’ra Hindistonda bundan 500-300 ming yillar avval
yashagan   odam   qoldiqlari   topilgan.   Er.av.   V-ming   yillikning   oxiri-IV   ming
yillikdan boshlab Hind daryosi vodiysida sun’iy sug’orish asoslangan dehqonchilik
markazlarining vujudga kelishi natijasida keyingi ming yillikda ilk shahar-davlatlar vujudga   kelgan.   Bulardan   eng   yiriklari   Hind   daryosi   o’rta   oqimida   joylashgan
Mohinja-Daro   va   Panjob   viloyatida   joylashgan   Xorappa   shahar-davlatlardir.
Shimoliy-G’arbiy Hindistondagi  bunday shahar-davlatlarning mavjudligi haqidagi
eng qadimgi yodgorliklar er.av.III-ming yillikga oiddir.
Hind   yozuvining   eng   qadimgi   asarlari   Shimoliy   Hindistinda   urug’lik
tuzumining   yemirilishi   davridan   boshlab   eng   qadimgi   quldorlik   davlatlarining
paydo   bo’lganiga   qadar   ilmiy   bilimlarning   paydo   bo’lishi   va   juda   qadimgi
shakllanish jarayonini  kuzatib borishga imkon beradi. Moxinjo –Daro va Xoranna
shahar harobalaridan topilgan iyeroglif yozuvlar shuni ko’rsatadiki, er.av.III-ming
yillikdayoq Hindistonda o’ziga xos ravishda vujudga kelgan su’atli yozuv mavjud
bo’lgan.
Kundalik hayotda bo’lgan ehtiyojlar hindlarni juda qadimgi zamonlardayoq
tabiatda   turli   hodisalarni   tartibli   suratda   kuzatib   borishga   majbur   etgan.   Tibiyot,
astronomiya   va   matematika   sohasidagi   dastlabki   bilimlar   ana   shu   tariqa   vujudga
kelgan.
Qadimgi   Hindistoning   tarixi   va   madaniyatini   o’rganishda   qidimgi
hindlarnining   «Veda»   deb   ataladigan   diniy   to’plamlari   katta   ahmiyatga   egadir.
Qadimgi Hindistoning bu muqaddas kitoblari er.av.II-ming yillikka iod bo’lib, ular
to’rtta katta to’plam (samxita)dan iboratdir; bular: Rigveda, Samaveda, Yajurveda
va   Atxarvaveda   deb   ataladi.   To’rtinchi   to’plam,ya’ni   Atxarvaveda   eng   keyin
vujudga   kelgan   bo’lib,   keyingi   dastlabki   uch   to’plamga   qo’shilib   ketgan.   Bu
to’plamlarning   eng   qadimiysi   Rigveda   bo’lib,   u   xudolarga   bag’ishlangan   diniy
madhiya   (gimn)tardan   iboratdir.   Boshqa   to’plamlarda,   jumladan   Yajurvedada
qo’shiqlar   va   madhiyalar   bilan   birga,   ibodatxonalarda   va   diniy   marosimlarda
o’qiladigan   duolar,   shunindek   ichimlik   (may)   xudosi   Som   sharafiga   o’qiladigan
duolar   ham   uchraydi.   Shunday   qilib   vedalar   er.av.   II-ming   yilik   o’rtalarida
Shimoliy-G’arbay Hindiston xalqlarining, shunindek bu yerga bostirib kirgan oriy
qabilalarning   ham   ijtimoiy   tuzumi,   xo’jalik   va   madaniy   hayoti   haqida   ko’pgina
ma’lumotlarni   aniqlashga   imkon   beradi.   Vedalar   matnlarining   ming   yilliklar
mobaynida bir qadar o’zgartirilganligi ularning eng qadimgi matnlarining saqlanib
qolmaganligi   va   borgan   sari   tushunilish   qiyinlashib   borgani   tufayli,   er.av.VIII-
asirdan   boshlab   Vedalar   diniy   marosimlarini   tushuntirib   beruvchi   «Braxmanlar»;
har   xil   diniy-falsafiy   fikrlardan   iborat   bo’lgan   «Aranyaklar»   va   o’ziga   xos
traktlardan iborat bo’lgan «Upanishadlar» ayniqsa ko’proq mashhurdir.
Diniy   dunyoqarash     hukmron   bo’lgan   davrda   Qadimgi   Sharqdagi   boshqa
xaqlarda   bo’lgani   kabi   qadimgi   hindlarda   ham   fanning   boshlang’ich   formalari
diniy   etiqodlar   va   tassavurlar   bilan   tirmashib   ketgan.   Shuning   uchun   tibiyot   fani
to’g’risidagi   eng   qadimgi   ma’lumotlar   diniy   Veda   to’plamlarida,   jumladan
Rigveda   madhiyalarida   va   Atxarvaveda   saqlanganligini   ko’ramiz.   Vaqt   o’tishi bilan   qadimgi   azayimxon,   bxishaj   (ya’ni   jinlarni   quvlovchi)   garchi   o’zining
qadimgi nomini saqlab qolgan  bo’lsada, sekin-asta tabibga aylanib boradi. Vedalar
tuzilayotgan   davrdayoq   hind   tabiblari   odam   anatomiyasidan   bir   qadar   xabardor
bo’lganlar   va   ba’zi   anotomik   terminlarni   ko’llaganlar.   Miyaga,   umurtqa
pog’onasiga va ko’krak qafasiga alohida e’tibor berganlar va ularni kasallar uyasi
deb   bilib,   tabib   bu   yerdagi   kasalikni   topib   olib   yo’qotish   kerak   deb   hisoblagan.
Vedalarda   kasalliklarning   har   hil   turlari-sariq   kasali,   bod,   bosh   og’rig’i,   moxov,
podsho   bedarmonligi   (ehtimol   sil   kasaligi   bo’lsa   kerak)   uchraydi,   bu  esa   tibbiyot
tekshirishlarning   tartibga   solib   borilganligini   hamda   kasaliklarni   aniqlashga
(diagnoz qo’yishga) intilish paydo bo’la boshlaganlagini ko’rsatadi.
Qadimgi hind tibbiyotida davolashda ishlatilgan dori-darmonlarning 1000 ga
yaqin   turi   bo’lib,   ular   dorivor   o’simlik   (oshadxi)lardan,   meneral   buyumlar   va
hayvon   a’zolaridan   tiyyorlanganlar.   Rigvedada   aytilishicha   dori   o’tlarni
«podsholar yig’inidek» to’plagan kishi jinlarni (rakshaslarni)  qiruvchi illatni quvib
chiqaruvcha   bilimdon   tabib   deb   ataladi.   Hali   primitiv   bo’lgan   bunday   tibbiy
ilmlarning   taraqqiy   eta   tabiblarning   ba’zi   bir   ixtisosliklari,   ya’ni   massaj,   vanna,
ichki   kasaliklarni   va   ko’z   kasaliklarni   davolash,   jarrohlik   usuli   bilan   davolash
kabilar   vujudga   keladi.   Tibbiy   ilimlarning   to’plana   borishi   eramiz   boshlarida
tibbiyot sohasida dastlabki traktlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
Bunday traktlardan birini avtori Samxita Choraka (eramizning birinchi asri)
hisoblanadi. Sutrut tibbiy traktning bir qismi eramizning V-asrida yozilgan.
Qadimgi   Hindistonda   aniq   fanlar     ham   ancha   erta   rivojlangan.   Hind
faylasuflari   Charvak   degan   ta’limot   yaratganlar.   Bu   ta’limotga   ko’ra   «ilm   va
bilimning   bosh   manbasi   tajribadir».   Qadimgi   Hindistonda   astronomiya   va
matematika   soxasida   xam   bir   qancha   bilimlar   to’plangan.   Hindlar   quyosh   va   suv
soatidan   foydalanganlar.   Quyoshning   fazoda   yurgandek   bo’lib   ko’rinishini
kuzatish, oyning ma’lum yulduzlar (nakshatras) orasida o’ziga xos shakllarga ega
bo’lishini   kuzatib   borish   hatto   Vedalar   davridayoq   oy   zodiakini   aniqlashga   va
taqvimlarning   o’ziga   xos   shiklini   ishlab   chaqishga   imkon   bergan.   Bu   taqvimga
muvofiq yil  12 oyga (360 kunga), shu bilan birga har  bir oy 30 kunga bo’lingan.
Taqvim   yil   bilan   astronomiya   yili   o’rtasidagi   tafovut   qadimda   qo’shimcha   o’n
uchunchi   oy   yordami   bilan   to’g’rilangan.   Keyinchalik   bu   qo’shimcha   oyni   har
besh   yilda   bir   marta   qo’shadigan   bo’lganlar.   Eramizning   VI-asriga   doir
manbalarda    eng  qadigi  Hindistonda   olimlar   yerning  o’z  o’qi   atrofida  aylanishini
va   oy   o’ziga   quyoshdan   nur     olishini   anqlaganliklari   haqida   ma’lumotlar
saqlangan.
Qadimgi   Hindlar   yerning   sharsimon   ekanligini   IV-V   asrlardayoq   bilganlar.
Er.av.   III-II   ming   yilardayoq   Hindastonda   hisobning   o’nli   tizimi   ixtiro   qilinadi.
Bo’shliqni   belgisi   sifatida   « nol »ning   dastlab   hind   hisobida   joriy   etilishi   sonlar bilan bo’ladigan amallarni  juda osonlashtiradi. Hozir deyarli  butun dunyo hindlar
hisobidan foydalanmoqda.
Biz   raqamlarni   arab   raqamlari   deb   ataymiz,   chunki   yevropaliklar   uni
arablardan   bilib   olganlar,   lekin   arablarga   bu   raqamlarni   hind   raqamlari   deb
atashadi.   Shu   tariqa   qadimgi   Hiandistonda   ilm-   faning   ancha   rivojlanganligini
kuzatamiz. 
Qadimgi   Hindistoning   er.av.   ikkinchi   ming   yillikdagi   tarixini   o’rganishda
Veda   diniy   to’plamlari   katta   ahamiyatga   ega   bo’lsa,   uning   er.av.   birinchi   ming
yilikdagi tarixi va madaniyatini o’rganishda ikkita katta epik doston «Ramayana»
va   «Moxabhorat»   asarlari   ancha   muhim   manba   hisoblanadi:   «Moxobhorat»
(Bxarata   podsho   urug’ining   ikki   avlodi   –Kauravlar   va   Pandavlarning   taxt   uchun
kurashi   haqida   buyuk   qissa)ning   avtori   afsonaviy   donishmand   va   shoir   Vyasa
hisoblanadi. Bu doston birinchi marta er.av. birinchi ming yillikda tuzilgan bo’lib,
keyinchalik unga ko’pgina qo’shimchalar kiritilgan va eramizning birinchi asrlarda
uzil-kesil   bir   shaklga   kirgan.   «Ramayana»   (afsonaviy   hind   qahramoni   Rama
haqidagi   hamda,   ukasi   Lakshman   va   xotini   Sitalarning   sarguzashtlari   haqida
qissa)ning avtori Valman ismli shoir bo’lib, bu asar taxminan er.av. VI vaII asrlar
o’rtasida yozilgan. Bu har ikkala doston er.av. I- ming yilikdagi qadimgi hind fani
va   madaniyati   haqida   ko’plab   ma’lumotlar   beradi.   Bundan   tashqari   er.av   I-ming
yilik   oxirlariga   oid   «dxarmashastri»   deb   ataladigan   qonun-qoidalar   to’plamlari
ham qadimgi Hindiston tarixi yuzasidan qimmatli manbalar bo’lib hisoblanadi. Bu
qonun qoida to’plamlari orasida eng qadimgilaridan biri, rivoyatlarga ko’ra, qonun
ustozi  Apastamba  tomonidan tuzilgan qonunlar to’plami  bo’lib, bu to’plam  er.av.
IV asrga oiddir. Hindlarning afsonaviy bobosi  Manu tomonidan tuzilgan yana bir
qonunlar   to’plami   ayniqsa   keng   tarqalgan.   Manu   qonunlari   er.av.   III   asrlarda
tuzilgan bo’lib, eramizning III asrida uzil-kesil bir shaklga kirgan. Bu qonunlarda
qadimga   Hind   quldorlik   jamiyatining   o’ziga   xos   xususiyatlari,   kishilarning
burchlari va kastalar tizimi ravshan ifodalab berilib, ular asosan braxmanlar, ya’ni
aslzoda qohinlar manfaati himoya qilingan.
  Bundan   tashqari   Mauriylar   saltanati   podsholaridan   biri   Chandraguptaning
vaziri   traktati   qadimgi   Hindistoning   siyosiy-iqtisodiy   tarixi   yuzasidan   qimmatli
manba   hisoblanadi.   Budan   asosan   davlatni   idora   qilish,   podsho   va   amaldorlar
faoliyati, ma’muriy idora ishlari, sud ishlari va harbiy san’at har taraflama tasvirlab
berilgandir.   Ilk   buddizm   davrida,   podsho   Ashokadavrida   ham   ko’pgina   yozuvlar
saqlanib   qolgan.   Ashoka   ediktlari   deb   atalmish   bu   yozuvlar   diniy-ahloqiy
nashatlarni   hamda   butun   Hindistonda   budizmning   keng   yoylishini,   shuningdek
Ashokaning zo’r diniy faoliyatini tasvirlaydi.
Xitoy sivilizasiyasi    .   Qadimgi   Xitoyliklar   ham   jahon   madaniyatiga   ulkan   hissa   qo’shgan
xalqlardan biridir. Bu yerda madaniyat juda qadim zamonlardan boshlanib,
Xitoy iyeroglif yozuvlarining paydo bo’lishi dastlabki taraqiyot jarayonlarini
ko’zdan kechirishga imkon beradi.
Arxeolog   olimlar   Xitoyda   bundan   600-400   ming   yillar   ilgari,   ya’ni   ilk
paleolit   rshel   davrida   yashagan   sinatron   va   lanshan   kabi   qadimgi   odamlarning
makonlari va qodiqlarini topganlar. Keynchalik Xitoy aholisi ko’payib er.av. V-III
ming   yiliklarda   Xuanxe   daryosining   o’rta   oqimida   dastlabki   dehqonchilik   va
hunarmandchilik   markazlari   vujudga   keladi.Er.av.   II-ming   yilikning   boshldariga
kelib mana shu markazlarda daslabki davlat birlashmalariga asos solinadi. Bunday
davlatlarga daslab Sya, Shan, In, Chjou, keynchalik Sin, Xan saltanatlari kiradi.
In   davlati   davrida   qadimgi   Xitoyda   madaniyat   yanada   rivojlanadi   va
dastlabki   ilmiy   bilimlar   paydo   bo’ladi.   Bundan   4-3,5   ming   ilgari   vujudga   kelgan
qadimgi   Xitoy   yozuvi   misrliklari   kabi   ayrim   belgilardan   iborat   iyeroglif   yozuv
bo’lgan.   Bu   yozuv   bir   necha   o’n   ming   belgi-iyerogliflardan   iborat   bo’lgan.   In
podsholigi   davridayoq   bu   yozuv   ancha   takomillashgan   edi.   Dastlab   yozuv   yupqa
yog’och   va   bambukdan   tayyorlangan   taxtachalarga   yozilgan.   Keyinchalik   shoyi
ixtiro   qilingach   yozishida   shoyi   matolardan   foydalanilgan.   Xat   yozilgan   «shoyi
kitoblar» qoldiqlari Xan davridagi mansub mozorlardan topilgan. Xitoyliklar mato,
po’stloq   va   bambuk   aralashmasidan   qog’oz   tayyorlashni   er.av.   I-asr   oxiri   va
eramiz   boshlarida   ixtiro   qilganlar.   Qog’ozni   ixtiro   qilinishi   ilm-fan,   maorif   va
madaniyatning rivojlanishi hamda davlat hujjat ishlarida juda katta ahamiyatga ega
bo’lgan.
Shan-In   podsholigi   davridagi   (er.av.XVIII-XII   asrlar)   savollar   tariqasidagi
qisqa-qisqa   yozuvlar   qadimgi   Xitoyning   xo’jalik,   ijtimoiy   va   davlat   tuzumini
birmuncha   tisvirlashga   imkon   beradi.   Diniy   marosimlarda   ishlatiladigan   bronza
idishlardagi yozuvlar Shan-In davrining oxiri va Chjou podsholigi  (er.av.XII-XIII
asrlar   )   davriga   oiddir.   Bular   orasida   yorliqlar   ham   uchraydi.   Keyingi   podsholik,
ya’ni   Sin   saltanati   (er.av.   III   asrlar)   davriga   oid   tosh   barabanlarga   yozilgan
yozuvlar   ham   Xitoy   sivilizasiyasining   yuksak   darajada   tariqqiy   qilganligidan
dalolat   beradi.   Qadimgi   Xitoy   tarixining   so’ngi   podsholigi   ya’ni   Xan   saltanati
(er.av. III va eramizning III asri)  davriga oid Shandun viloyatida saqlanib qolgan
bo’rtma suratlar va yozuvlar juda katta madaniy-tarixiy manba hisoblanadi.
Bundan   tashqari   qadimgi   Xitoyning   dastlab   xalq   og’zaki   ijodi   asosida
keynchalik   yozuvning     vujudga   kelishi   bilan   yozma   adabiyot   asosida   yaratilgan
mashhur   tarixiy,   diniy-falsafiy   va   adabiy   mazmunga   ega   bo’lgan   «Chun-syu»
(Bahor   va   kuz   –   Lu   podsholigining   xronikasi)   va   «Shi-szin»   (qo’shiqlar   kitobi)
kabi   asarlari   diqqatga   sazovordir.   Xitoy   halqining   tarixi   endi   boshlanyotgan
davlarda   uning   turli   burchaklaridagi   halq   qo’shiqlari   uzoq   vaqlar   davomida to’plash   natijasida   tuzilgan   mashhur   «Qo’shiqlar   kitobi»da   xitoyliklarning   juda
qadimgi   hayoti,   urf-odatlari,   to’y   marosimlari,   harbiy   yurishlari,   aslzodalar   va
podsholar   hayoti,   shuningdek   qurbonlik   marosimlarida   aytiladigan   ilohiy
muqaddas   qo’shiqlari   va   diniy   tasavvurlari   bu   halq   qo’shiqlarida   aynan   aks
ettirilgan   «Qo’shiqlar   kitobi»ning   eng   qadimgi   qismi   ea.av.   XII-VII   asrlarga   oid
bo’lsa, uning so’ngi qismlari ea.av. III asrlarda paydo bo’lgan.
Xitoy   tarixining   eng   qadimgi   davlariga   oid   yana   bir   asar   «Chun-syu»
(«Bahor va kuz» - rivoyatlarga ko’ra, Konfusiyning vatani bo’lgan Lu podsholigini
xronikasi)   nomi   bilan   yuritiladigan   kitobni   Kofusiyning   o’zi   yozgan   deyiladi.  Bu
kitob   er.av.   VIII-V   asrlarda   Lu   podsholigi   davrida   yuz   bergan   eng   muhim
voqyeallarning qisqacha xronologik obzoridan iboratdir. 
Qadimgi   Xitoy   klassik   adabiyotiga   tegishli   yana   bir   asar   bu   «Shu-szin»
(«Tarix   kitobi»   yoki   «Hujjatlar   kitobi»)   kitobida   ham   qadimgi   podsholar   va
ularning   vazirlariga   qarashli   nutqlar,   nasihatlar   va   farmonlar   haqida,   shunigdek
mamlakatning topografiyasi va bashqarish tizimiga doir qiziq ma’lumotlarni topish
mumkin.
Qadimgi   Xitoy  tarixini  va  madaniyatini  o’rganishda  er.av.  145-   90  yillarda
yashagan   mashhur   tarixchi   Sima   Syanning   «Tarixiy   xotiralar»   nomli   asari   katta
ahamiyatga ega. Eng qadimgi davrdan to er.av. II asr oxirigacha bo’lgan davrning
o’z   ichiga   olgan   bu   asarda   asosan   qadimgi   Xitoyning   siyosiy,   madaniy   tarixi   va
xronologiyasi haqida zarur ma’lumotlar beradi.
Eramizning   32-92   yillarida   yashagan   tarixchi   Ban   Gu   esa   o’zining   «Xan
podsholigi   tarixi»   nomli   asarida     Xan   podsholarining   istilochilik   yurishlari,
qo’zg’olondan cho’chigan hukumdorlarning  islohotlar (Dun Chjun-shu, Van Chun
va Van Man  islohotlari)  o’tkazishga  majbur  bo’lganliklari  haqida,  shuningdek bu
davrda   akademiya   tuzilganligi,   kutubxona   tashkil   qilinib,   davlat   olimlar   va
yozuvchilarga   homiylik   qilganligi,   ochiq   imtihonlar   o’tkazib,   amaldorlarning
malakalarini oshirishga g’amxo’rlik qilganligi haqida qiziqarli ma’lumotlar beradi.
Xitoyda   diniy   e’tiqodlar   juda   qadim   zamonlardan   shakllangan   bo’lsada,
biroq   er.av.   VI-V   asrlarda   vujudga   kelgan   diniy-falsafiy   dunyoqarashlari
(konfusiylik, daosizm va h.q.) Xitoy tarixida ayniqsa katta ahimiyatga egadir.
Xitoyda eramizning I asrida paydo bo’lgan progressiv, lekin har holda o’sha
zamon   ilm-fani   taraqqiyotiga     muvofiq   sodda   va   stixiyali   materialistik   falsafa
oqimi   ham   bo’lib,   bu     oqim   namoyandarlaridan   biri   Van   Chun   hisoblanidi.   U
«Osmon   ham   yerga   o’xshagan   jismdar»   deb,   ta’kidlab,   bu   bilan   an’anaviy   diniy
falsafaga   qarshi   chikadi   va   «tomirida   qon   yurib   turgan   jon   egalari   orasida
o’lmaydagani   yo’q»   degan   sodda   falsafani   ilgari   suradi.   Biroq   bu   oqim   qadimgi
Xitoyda   keng   tarqala   olmaydi,   chunki   o’sha   vaqtda   mamlakatda   hukmron   sinf
mafkurasi bo’lgan qadimgi dinlar bunga to’sqinlik qiladi. Konfusiylik va daosizm dinlari   Xitoy   fani   va   madaniyati   taraqqiyotiga   salbiy   ta’sir   o’tkazgan,   ya’ni
qadimgi   madaniyatning   ko’p   shakllarini   asrlar   davomida   emas,   balki   ming   yillar
davomida hyech bir o’zgartirmay saqlab kelgan.
Biroq   dehqonchilik,   chorvachilik,   hunarmandchilik   va   savdo   sohalarining
rivoji ilmiy bilimlarning ravniqini va bir qancha fan kurtaklarini vujudga keltirgan.
Matematika,   xususan   geometriya   anchagina   tariqqiy   etgan.   To’g’ri   burchakli
uchburchakning   xususiyatlari   aniqlangan   va   gepotenuzaning   kvadrat   katetlar
kvadratlari   yig’indisiga   tengligi   haqidagi   masala   hal   etilgan.   Xo’jalik   va   savdo-
sotiqdagi   ishlar   vaqtni   hisoblash   va   taqvim   tuzish   zaruriyatini   keltirib   chiqargan.
Bu   esa   astronomiya   faning   maydonga   kelishga   sabab   bo’lgan.   Astronomik
kuzatishlar Shan-In davlati davridayoq boshlangan. Xitoy astronomlari planeta va
yulduzlarning   harakatini   to’g’ri   kuzatganlar.   Ular   quyosh   va   oyning   qachon
tutilishini oldindan aytib beraolganlar. Xitoy astronomlari Qutb yulduzi atrofidagi
to’p   yulduzlarni   «oy   uylari»ga   qarab   taqsim   qilganlar   va   shu   tariqa   yulduzlar
olamining   kartasini   tuzganlar.   Xitoy   astronomlari   shu   to’p   yulduzlarning   quyosh
va qutbga nisbatan turgan joylariga qarab hamda suv soatlaridan foydalanib vaqtini
belgilaganlar.   Shu   tariqa   uzoq   astronomik   kuzatishlar   natijasida   alohida   taqvim
tizimi   vujudga   kelga.   Bu   taqvimda   yil   hisobi   oyga   qarab   olingan   va   har   biri   60
yildan iborat sikllar bilan hisob qilingan.
Er.av.   XII-VIII   asrlarda   In   davlati   o’rnida   Chjou   podsholigi   tashkil   topadi.
Xitoy   tarixida   ikki   davrga   bo’linadi,   ya’ni   poytaxti   Xao   shahri   bo’lgan   G’arbiy
Chjou   davri   er.av.   XII-VII   asrlarni,   potaxti   Loyan   shahri   bo’lgan.   Sharqiy   Chjou
davri   esa   er.av.   VIII-III   asrlarni   o’z   ichiga   oladi.   In   davlatini   bosib   olgan   chjou
qabilalari   inlarning   xo’jalik,   harbiy   va   moddiy   madaniyat   sohasida   erishgan
yutuqlarini   o’zlashtirganlar.   In   podsholariga   tegishli   yerlar   chjoulik   podsholar
qarindoshlari,   lashkarboshilar   va   nufuzli   amaldorga   bo’lib   berilgan.   Shu   tariqa
Xitoy   davlatining   kengayishi   va   mamlakatni   ma’muriy   rayonlarga   bo’lish
zaruriyati geografiya fanining erta paydo bo’lishi va rivojlanishiga sabab bo’lgan.
Chjou   amaldorlari   ayrim   viloyatlarning   ahvoli   to’g’risida,   ayniqsa   yerning
daromadliligi   va   to’planadigan   soliqlar   nuqtai   –   nazaridan   hisobotlar   tuzganlar.
Ana   shunday   hisobotlardan   bari   er.av.   VIII   asrda   yozilgan   «Shu-szin»   kitobida   9
viloyatga bo’lingan Xitoy davlatining geografiyasi va har bir viloyatning tog’lari,
daryolari, yerlari va olinadigan soliqlari mufassal bayon etilgan. Qadimgi Xitoyda
tibbiyot   fani   ham   ancha   erta   rivojlangan.   Xitoy   tabiblari   bemorlarni   uzoq   vaqt
sinchiklab   tekshirish   va   erinmay   kuzatish   natijasida   ularni   davolashda   katta
yutuqlarga   erishganlar.   Xitoy   tabiblari   bemorlarni   uqalash   (massaj),   igna   sanchib
davolash   (igloterapiya),   o’simlik   va   hayvonlardan   olinadigan   dorilar   (jenshen,
keyik   shoxidan   olinadigan   panti,   choy   va   boshqa   dorivor   o’simliklar)   bilan
davolash   usullaridan   keng   foydalanishganlar.   Qadimgi   Xitoyning   mashhur tabiblaridan   Van   Shu   Xe,   Ban   Sio   va   Xuo   Tular   o’sha   zamonlardayoq   shuhrat
qozonganlar.   Van   Shu   Xening   «Ney-Szin»   («Odam   tabiati   va   hayoti»)   va   Ban
Sioning   «Qiyinchilik   haqida   kitob»   nomli   asarlari   tibiyot   fanining   qadimiy
namunalaridan hisoblanadi.
    Adabiyotlar ro’yxati
1. Bernal D.J. “Nauka v istorii obshyestva” M.1956
2. Bolgrad-Levin T.M. “Drevniye sivilizasii” M. 1989
3. Istoriya   drevnego   mira   -   Rassvet   drevnix   obshyestv,   upadok   drevnix
obshyestv. M. 1988  
Mavzu bo’yicha savollar:
1. Qadimgi Hind fani rivojining tarixiy  sharoitlarini gapirib bering.
2. Hind fani eramizdan avvalgi qaysi ming yillikda paydo bo’lgan?
3. Qadimgi Xitoy fanining vujudga kelishi va  qadimgi    Xitoy  fanining Shan-
In bosqichini tushuntirib bering.
Qadimgi Xitoy fanining  Chjou, Sin va Xan  bosqichlarini tahlil qilib bering.

4-Mavzu: Qadimgi Hindiston va Xitoy fani. Reja: 1. Qadimgi Hind fani rivojining tarixiy sharoitlari. 2. Eramizdan avvalgi 2 ming yillikda Hind fani. 3. Eramizdan avvalgi 1 ming yillik va eramiz arafasida Hind fani. 4. Qadimgi Xitoy fanining vujudga kelishi va qadimgi Xitoy fanining Shan- In bosqichi. 5. Qadimgi Xitoy fanining Chjou, Sin va Xan bosqichlari. Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi : Talabalarda Fan va texnika fanining tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan Hindiston va Xitoy tarixi faniga berilgan ma’lumotlarni talabalarga tushuntirib berish. Dars o’tish vositalari: doska, plakat, Fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar Tayanch iboralari: Mohinjo-Doro, Xarappa, Hind iyeroglif yozuvlari, dastlabki ilmiy bilimlar, Regveda, Samaveda, Yajurveda, Atxarvaveda, Braxmanlar, Aranyaklar, Upanishadlar, Vedalardagi tibbiy ma’lumotlar, Samxita Choraka va Sushrut tibbiy traktatlari, «Ramayana» va «Moxabxarata» dostonlari, Apastamba va Manu qonunlari, Artxashastra traktatlari va Ashoka ediktlari: Ilk Xitoy iyeroglif yozuvlarining vujudga kelishi, Sya, Shan, In, Chjou, Sin, Xan, shoyi kitoblar, qog’ozning ixtiro qilinishi, Qadimgi Xitoyning ilk yozma asarlari: «Chun-Syu», «Shi-szin» va «Shu-szin», Van-Chun va Van Man islohatlari, falsafa, geografiya, astronomiya va tibbiyot fanlarining rivoji. Hind sivilizasiyasi. Qadimgi Hindiston ham Misr, Mesopotamiya, Xitoy kabi dastlabki sivilizasiya markazlaridan hisoblanadi. Qadimgi Hind madaniyati poydevori ibtidoiy davrlardayoq qurilgan bo’lib, u eramizdan avvalgi III-ming yillikning ikkinchi yarmida, II-ming yillikning birinchi yarmida gullab yashnaydi va eramizdan avvalgi I- ming yillikda eng yuksak darajaga yetadi. Qadimgi Hind madaniyati ko’shni xalqlarning madaniy taraqiyotiga xam anchagina ta’sir ko’rsatgan. Arxeologik manbalarga ko’ra Hindistonda bundan 500-300 ming yillar avval yashagan odam qoldiqlari topilgan. Er.av. V-ming yillikning oxiri-IV ming yillikdan boshlab Hind daryosi vodiysida sun’iy sug’orish asoslangan dehqonchilik markazlarining vujudga kelishi natijasida keyingi ming yillikda ilk shahar-davlatlar

vujudga kelgan. Bulardan eng yiriklari Hind daryosi o’rta oqimida joylashgan Mohinja-Daro va Panjob viloyatida joylashgan Xorappa shahar-davlatlardir. Shimoliy-G’arbiy Hindistondagi bunday shahar-davlatlarning mavjudligi haqidagi eng qadimgi yodgorliklar er.av.III-ming yillikga oiddir. Hind yozuvining eng qadimgi asarlari Shimoliy Hindistinda urug’lik tuzumining yemirilishi davridan boshlab eng qadimgi quldorlik davlatlarining paydo bo’lganiga qadar ilmiy bilimlarning paydo bo’lishi va juda qadimgi shakllanish jarayonini kuzatib borishga imkon beradi. Moxinjo –Daro va Xoranna shahar harobalaridan topilgan iyeroglif yozuvlar shuni ko’rsatadiki, er.av.III-ming yillikdayoq Hindistonda o’ziga xos ravishda vujudga kelgan su’atli yozuv mavjud bo’lgan. Kundalik hayotda bo’lgan ehtiyojlar hindlarni juda qadimgi zamonlardayoq tabiatda turli hodisalarni tartibli suratda kuzatib borishga majbur etgan. Tibiyot, astronomiya va matematika sohasidagi dastlabki bilimlar ana shu tariqa vujudga kelgan. Qadimgi Hindistoning tarixi va madaniyatini o’rganishda qidimgi hindlarnining «Veda» deb ataladigan diniy to’plamlari katta ahmiyatga egadir. Qadimgi Hindistoning bu muqaddas kitoblari er.av.II-ming yillikka iod bo’lib, ular to’rtta katta to’plam (samxita)dan iboratdir; bular: Rigveda, Samaveda, Yajurveda va Atxarvaveda deb ataladi. To’rtinchi to’plam,ya’ni Atxarvaveda eng keyin vujudga kelgan bo’lib, keyingi dastlabki uch to’plamga qo’shilib ketgan. Bu to’plamlarning eng qadimiysi Rigveda bo’lib, u xudolarga bag’ishlangan diniy madhiya (gimn)tardan iboratdir. Boshqa to’plamlarda, jumladan Yajurvedada qo’shiqlar va madhiyalar bilan birga, ibodatxonalarda va diniy marosimlarda o’qiladigan duolar, shunindek ichimlik (may) xudosi Som sharafiga o’qiladigan duolar ham uchraydi. Shunday qilib vedalar er.av. II-ming yilik o’rtalarida Shimoliy-G’arbay Hindiston xalqlarining, shunindek bu yerga bostirib kirgan oriy qabilalarning ham ijtimoiy tuzumi, xo’jalik va madaniy hayoti haqida ko’pgina ma’lumotlarni aniqlashga imkon beradi. Vedalar matnlarining ming yilliklar mobaynida bir qadar o’zgartirilganligi ularning eng qadimgi matnlarining saqlanib qolmaganligi va borgan sari tushunilish qiyinlashib borgani tufayli, er.av.VIII- asirdan boshlab Vedalar diniy marosimlarini tushuntirib beruvchi «Braxmanlar»; har xil diniy-falsafiy fikrlardan iborat bo’lgan «Aranyaklar» va o’ziga xos traktlardan iborat bo’lgan «Upanishadlar» ayniqsa ko’proq mashhurdir. Diniy dunyoqarash hukmron bo’lgan davrda Qadimgi Sharqdagi boshqa xaqlarda bo’lgani kabi qadimgi hindlarda ham fanning boshlang’ich formalari diniy etiqodlar va tassavurlar bilan tirmashib ketgan. Shuning uchun tibiyot fani to’g’risidagi eng qadimgi ma’lumotlar diniy Veda to’plamlarida, jumladan Rigveda madhiyalarida va Atxarvaveda saqlanganligini ko’ramiz. Vaqt o’tishi

bilan qadimgi azayimxon, bxishaj (ya’ni jinlarni quvlovchi) garchi o’zining qadimgi nomini saqlab qolgan bo’lsada, sekin-asta tabibga aylanib boradi. Vedalar tuzilayotgan davrdayoq hind tabiblari odam anatomiyasidan bir qadar xabardor bo’lganlar va ba’zi anotomik terminlarni ko’llaganlar. Miyaga, umurtqa pog’onasiga va ko’krak qafasiga alohida e’tibor berganlar va ularni kasallar uyasi deb bilib, tabib bu yerdagi kasalikni topib olib yo’qotish kerak deb hisoblagan. Vedalarda kasalliklarning har hil turlari-sariq kasali, bod, bosh og’rig’i, moxov, podsho bedarmonligi (ehtimol sil kasaligi bo’lsa kerak) uchraydi, bu esa tibbiyot tekshirishlarning tartibga solib borilganligini hamda kasaliklarni aniqlashga (diagnoz qo’yishga) intilish paydo bo’la boshlaganlagini ko’rsatadi. Qadimgi hind tibbiyotida davolashda ishlatilgan dori-darmonlarning 1000 ga yaqin turi bo’lib, ular dorivor o’simlik (oshadxi)lardan, meneral buyumlar va hayvon a’zolaridan tiyyorlanganlar. Rigvedada aytilishicha dori o’tlarni «podsholar yig’inidek» to’plagan kishi jinlarni (rakshaslarni) qiruvchi illatni quvib chiqaruvcha bilimdon tabib deb ataladi. Hali primitiv bo’lgan bunday tibbiy ilmlarning taraqqiy eta tabiblarning ba’zi bir ixtisosliklari, ya’ni massaj, vanna, ichki kasaliklarni va ko’z kasaliklarni davolash, jarrohlik usuli bilan davolash kabilar vujudga keladi. Tibbiy ilimlarning to’plana borishi eramiz boshlarida tibbiyot sohasida dastlabki traktlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Bunday traktlardan birini avtori Samxita Choraka (eramizning birinchi asri) hisoblanadi. Sutrut tibbiy traktning bir qismi eramizning V-asrida yozilgan. Qadimgi Hindistonda aniq fanlar ham ancha erta rivojlangan. Hind faylasuflari Charvak degan ta’limot yaratganlar. Bu ta’limotga ko’ra «ilm va bilimning bosh manbasi tajribadir». Qadimgi Hindistonda astronomiya va matematika soxasida xam bir qancha bilimlar to’plangan. Hindlar quyosh va suv soatidan foydalanganlar. Quyoshning fazoda yurgandek bo’lib ko’rinishini kuzatish, oyning ma’lum yulduzlar (nakshatras) orasida o’ziga xos shakllarga ega bo’lishini kuzatib borish hatto Vedalar davridayoq oy zodiakini aniqlashga va taqvimlarning o’ziga xos shiklini ishlab chaqishga imkon bergan. Bu taqvimga muvofiq yil 12 oyga (360 kunga), shu bilan birga har bir oy 30 kunga bo’lingan. Taqvim yil bilan astronomiya yili o’rtasidagi tafovut qadimda qo’shimcha o’n uchunchi oy yordami bilan to’g’rilangan. Keyinchalik bu qo’shimcha oyni har besh yilda bir marta qo’shadigan bo’lganlar. Eramizning VI-asriga doir manbalarda eng qadigi Hindistonda olimlar yerning o’z o’qi atrofida aylanishini va oy o’ziga quyoshdan nur olishini anqlaganliklari haqida ma’lumotlar saqlangan. Qadimgi Hindlar yerning sharsimon ekanligini IV-V asrlardayoq bilganlar. Er.av. III-II ming yilardayoq Hindastonda hisobning o’nli tizimi ixtiro qilinadi. Bo’shliqni belgisi sifatida « nol »ning dastlab hind hisobida joriy etilishi sonlar

bilan bo’ladigan amallarni juda osonlashtiradi. Hozir deyarli butun dunyo hindlar hisobidan foydalanmoqda. Biz raqamlarni arab raqamlari deb ataymiz, chunki yevropaliklar uni arablardan bilib olganlar, lekin arablarga bu raqamlarni hind raqamlari deb atashadi. Shu tariqa qadimgi Hiandistonda ilm- faning ancha rivojlanganligini kuzatamiz. Qadimgi Hindistoning er.av. ikkinchi ming yillikdagi tarixini o’rganishda Veda diniy to’plamlari katta ahamiyatga ega bo’lsa, uning er.av. birinchi ming yilikdagi tarixi va madaniyatini o’rganishda ikkita katta epik doston «Ramayana» va «Moxabhorat» asarlari ancha muhim manba hisoblanadi: «Moxobhorat» (Bxarata podsho urug’ining ikki avlodi –Kauravlar va Pandavlarning taxt uchun kurashi haqida buyuk qissa)ning avtori afsonaviy donishmand va shoir Vyasa hisoblanadi. Bu doston birinchi marta er.av. birinchi ming yillikda tuzilgan bo’lib, keyinchalik unga ko’pgina qo’shimchalar kiritilgan va eramizning birinchi asrlarda uzil-kesil bir shaklga kirgan. «Ramayana» (afsonaviy hind qahramoni Rama haqidagi hamda, ukasi Lakshman va xotini Sitalarning sarguzashtlari haqida qissa)ning avtori Valman ismli shoir bo’lib, bu asar taxminan er.av. VI vaII asrlar o’rtasida yozilgan. Bu har ikkala doston er.av. I- ming yilikdagi qadimgi hind fani va madaniyati haqida ko’plab ma’lumotlar beradi. Bundan tashqari er.av I-ming yilik oxirlariga oid «dxarmashastri» deb ataladigan qonun-qoidalar to’plamlari ham qadimgi Hindiston tarixi yuzasidan qimmatli manbalar bo’lib hisoblanadi. Bu qonun qoida to’plamlari orasida eng qadimgilaridan biri, rivoyatlarga ko’ra, qonun ustozi Apastamba tomonidan tuzilgan qonunlar to’plami bo’lib, bu to’plam er.av. IV asrga oiddir. Hindlarning afsonaviy bobosi Manu tomonidan tuzilgan yana bir qonunlar to’plami ayniqsa keng tarqalgan. Manu qonunlari er.av. III asrlarda tuzilgan bo’lib, eramizning III asrida uzil-kesil bir shaklga kirgan. Bu qonunlarda qadimga Hind quldorlik jamiyatining o’ziga xos xususiyatlari, kishilarning burchlari va kastalar tizimi ravshan ifodalab berilib, ular asosan braxmanlar, ya’ni aslzoda qohinlar manfaati himoya qilingan. Bundan tashqari Mauriylar saltanati podsholaridan biri Chandraguptaning vaziri traktati qadimgi Hindistoning siyosiy-iqtisodiy tarixi yuzasidan qimmatli manba hisoblanadi. Budan asosan davlatni idora qilish, podsho va amaldorlar faoliyati, ma’muriy idora ishlari, sud ishlari va harbiy san’at har taraflama tasvirlab berilgandir. Ilk buddizm davrida, podsho Ashokadavrida ham ko’pgina yozuvlar saqlanib qolgan. Ashoka ediktlari deb atalmish bu yozuvlar diniy-ahloqiy nashatlarni hamda butun Hindistonda budizmning keng yoylishini, shuningdek Ashokaning zo’r diniy faoliyatini tasvirlaydi. Xitoy sivilizasiyasi .

Qadimgi Xitoyliklar ham jahon madaniyatiga ulkan hissa qo’shgan xalqlardan biridir. Bu yerda madaniyat juda qadim zamonlardan boshlanib, Xitoy iyeroglif yozuvlarining paydo bo’lishi dastlabki taraqiyot jarayonlarini ko’zdan kechirishga imkon beradi. Arxeolog olimlar Xitoyda bundan 600-400 ming yillar ilgari, ya’ni ilk paleolit rshel davrida yashagan sinatron va lanshan kabi qadimgi odamlarning makonlari va qodiqlarini topganlar. Keynchalik Xitoy aholisi ko’payib er.av. V-III ming yiliklarda Xuanxe daryosining o’rta oqimida dastlabki dehqonchilik va hunarmandchilik markazlari vujudga keladi.Er.av. II-ming yilikning boshldariga kelib mana shu markazlarda daslabki davlat birlashmalariga asos solinadi. Bunday davlatlarga daslab Sya, Shan, In, Chjou, keynchalik Sin, Xan saltanatlari kiradi. In davlati davrida qadimgi Xitoyda madaniyat yanada rivojlanadi va dastlabki ilmiy bilimlar paydo bo’ladi. Bundan 4-3,5 ming ilgari vujudga kelgan qadimgi Xitoy yozuvi misrliklari kabi ayrim belgilardan iborat iyeroglif yozuv bo’lgan. Bu yozuv bir necha o’n ming belgi-iyerogliflardan iborat bo’lgan. In podsholigi davridayoq bu yozuv ancha takomillashgan edi. Dastlab yozuv yupqa yog’och va bambukdan tayyorlangan taxtachalarga yozilgan. Keyinchalik shoyi ixtiro qilingach yozishida shoyi matolardan foydalanilgan. Xat yozilgan «shoyi kitoblar» qoldiqlari Xan davridagi mansub mozorlardan topilgan. Xitoyliklar mato, po’stloq va bambuk aralashmasidan qog’oz tayyorlashni er.av. I-asr oxiri va eramiz boshlarida ixtiro qilganlar. Qog’ozni ixtiro qilinishi ilm-fan, maorif va madaniyatning rivojlanishi hamda davlat hujjat ishlarida juda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Shan-In podsholigi davridagi (er.av.XVIII-XII asrlar) savollar tariqasidagi qisqa-qisqa yozuvlar qadimgi Xitoyning xo’jalik, ijtimoiy va davlat tuzumini birmuncha tisvirlashga imkon beradi. Diniy marosimlarda ishlatiladigan bronza idishlardagi yozuvlar Shan-In davrining oxiri va Chjou podsholigi (er.av.XII-XIII asrlar ) davriga oiddir. Bular orasida yorliqlar ham uchraydi. Keyingi podsholik, ya’ni Sin saltanati (er.av. III asrlar) davriga oid tosh barabanlarga yozilgan yozuvlar ham Xitoy sivilizasiyasining yuksak darajada tariqqiy qilganligidan dalolat beradi. Qadimgi Xitoy tarixining so’ngi podsholigi ya’ni Xan saltanati (er.av. III va eramizning III asri) davriga oid Shandun viloyatida saqlanib qolgan bo’rtma suratlar va yozuvlar juda katta madaniy-tarixiy manba hisoblanadi. Bundan tashqari qadimgi Xitoyning dastlab xalq og’zaki ijodi asosida keynchalik yozuvning vujudga kelishi bilan yozma adabiyot asosida yaratilgan mashhur tarixiy, diniy-falsafiy va adabiy mazmunga ega bo’lgan «Chun-syu» (Bahor va kuz – Lu podsholigining xronikasi) va «Shi-szin» (qo’shiqlar kitobi) kabi asarlari diqqatga sazovordir. Xitoy halqining tarixi endi boshlanyotgan davlarda uning turli burchaklaridagi halq qo’shiqlari uzoq vaqlar davomida