logo

SABZAVOT EKINLARINI KARANTI HAShAROTLARI VA KASALLIKLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

34.751953125 KB
SABZAVOT EKINLARINI KARANTI HAShAROTLARI    VA
KASALLIKLARI
Reja:
1.Kartoshka   kuyassini   utish   yullari   rivojlanish   xususiyatlari.karantin   kurash
tadbirlari.
2.Kalarado   kung‘izining   utish   yullari,   rivojlanish   xususiyatlari   karantin
kurash tadbirlari
3.Kartoshka   rakini   utish   yullari,   rivojlanish   xususiyatlari   karantin   kurash
tadbirlari Zararlaydigan o‘simliklari:   kartoshka,   tamaki,   pomidor,   baqdajon,   qalampir
va boshqa yovvoyi ituzumdoshlar.
Kartoshka, tamaki va boshqalarni dala va omborxona sharo-
itlarida   zarar   yetkazadi.   Qurtlar   kartoshka   tugunagini,   pomidor,   baqlajon,
mevasini   bargini   kemiradi.   Zararlangan   kartoshka   iste’mol   uchun   yaroqsiz
bo‘lib   qoladi.   Yaponiyada   bu   zararkunanda   tamaki   va   kartoshkaga   dala   va
omborxonada 60-80 % gacha zararlagan.
Kapalagi.  Och kulrang rangda. Qanotlarini yozganda 12-15 mm (erkagini sal
kichikroq   12-13   mm).   qanotida   uzunasiga   qora.   chiziq   va   to‘q   rangli
nuqgalar   bor.   Oyoqlari   och   rang.   Qorni   sarg‘ish   kulrang.   Erkagi   qornining
oxirgi   bo‘g‘imi   qornining   3/1   qismiga   teng.   Erkagining   qorin   qismini   oxiri
sochsimon taramlar bilan qoplangyn.
Tuxumi   ovalsimon   shaffof,   yashil   rangda.   Eni   0,35-0,56   mm,   uzunligi   0,3
mm gacha.
Qurti   tuxumdan   chiqqan   qurtlar   1,2   mm   gacha   uzunliqda,   rangsiz   to‘q
jigarrang   boshi   bo‘ladi..   Katga   yoshdagi   qurtlar   10-13   mm,   eni   1,5   mm
gacha, sarg‘ish pushti rangda yoki yashil rangda bo‘lishi mumkin. Kartoshka
tuganaklaridagi qurtlar barglardagiga nisbatan ochroq rangda bo‘ladi. Har bir
segmentida 10-14 ta ochiq rangdagi tukchalar bor.
Qurti 4 marta po‘st tashlaydi, va pilla ichida g‘umbakka aylanadi.
G‘umbagi.   Kumushsimon   kulrang   pilla   ichida   g‘umbakka   aylanadi.   Pilla
uzunligi 10 mm gacha, eni 4 mm bo‘ladi. Qurt oldin ipak to‘r to‘qiydi, keyin
pillani   ustki   qismini   tuproqqa,   chiqindi   yoki   o‘simlik   qoldiqlariga
yopishtiradi. Qurtlar chiqqan teshikchadan ichkariga kirib 3-4 kundan keyin
g‘umbakka aylanadi.
Kartoshka kuyasi dala sharoitida qurtlik yoki g‘umbaklik davrida qishlaydi.
AQSh   ning   Kaliforniya   shtatida   kapalaklar   may   oyining   oxirida   paydo
bo‘ladi.   Kapalaklar   kartoshka,   pomidor,   baqpajon,   qalampir   barglariga bittadan   qilib   tuxum   qo‘yadi.   Omborxonalarda   qoplarga,   kartoshka
tugunaklariga,   saqlanayotgan   ombordagi   pardalarga   ham   tuxum   qo‘yishi
mumkin.
Kapalaklar   30   kungacha   yashashi   mumkin   va   ular   150-200   tagacha   tuxum
qo‘yadi. Kapalaklar ertalab va kech bo‘lib quyosh botganda uchadi.
Lichinkalyr   barg   etini   yeb   oziqpanishni   boshlaydi,   kartoshka   tugunagini,
pomidor mevasi va bargini kemiradi. 2-3 haftadan so‘ng lichinkalar yetiladi
va   g‘umbakka   aylanadi.   Kartoshka   kuyasi   omborxonada   to‘xtovsiz
rivojlanadi,   g‘umbaklari   qoplarda   bo‘lishi   mumkin.   g‘umbaklardan   6-7
kundan keyin yetuk hasharot paydo bo‘ladi. Bir avlodning to‘liq rivojlanishi
uchun yozda 22-32 kun, kuzda 40-55 kun, qishda 2-3 oy davom etadi. Avst-
raliyada   kartoshka   kuyasi   omborxonalarda   11   marta   avlod   bergani   ma’lum
(Atterton D).
Kartoshka kuyasi nast harorartlarda ham hayotchanligini saqlab qoladi.
Kartoshka   kuyasi   hamma   rivojlanish   bosqichlarida   kartoshka   tugunaklari,
pomidor, baqlajon mevalari, idishlar va boshqalar orqali tarqaladi.
Karayagan tadbirlar.  Chetdan kirib kelayotgan kartoshka, pomidor, baqlajon
mahsulotlarini   tekshirish   va   ekspertiza   qilish.   Kartoshka   kuyasi   tarqalgan
hududdardan kartoshka keltirish taqiqlanadi. Faqatgina kam miqdorda ilmiy
maqsadlarga   keltirishga   ruxsat   beriladi.   Ilmiy   maqsadlarda   keltirilayotgan
kartoshka   zararsizlantiriladi   va   introduksion   karantin   pitomniklarda   butun
vegetatsiya davrida tekshiriladi.
Kurash choralari.  Kartoshka kuyasi tarqalgani ma’lum bo‘lsa uni yo‘q qilish
choralari ko‘riladi. Bunda kimyoviy preparatlar qo‘llaniladi,
Bir   qancha   mamlakatlarda   kartoshqa   kuyasi   parazitlari   ggpsgogesop   yoe!
es1a   Assh..,   gasop   LoNapszopI   LU^ey.   muvaffqiyatli   qo‘llaniladi.
Yuqoridagi   turlar   AQSh   dan   Fransiyaga   keltirilgan   va   kartoshka   kuyasi zararini   pasaytirgan.   SashrorNx   r1optasa   Yeiv   turi   Janubiy   Afrikada
tarqalgan bo‘lib t 50 % gacha kartoshka kuyasi lichinkalarini zararlagan.(1,2)
Kolorado qo‘ng‘izi yoki kartoshka qo‘ng‘izi 
Kartoshkaga   zarar   yetkazadigan   kolorado   qo‘ng‘izi-tarqalgan   joylarida
kartoshka   o‘simligining   eng   asosiy   zararkunandasi   ^   bo‘lib   hisoblanadi.
Voyaga yetgan hasharot va uning lichinkasi to-* matdoshlar oilasiga mansub
o‘simliklarni   bargi,   yosh   novdalarni   kemirib,   bu   o‘simliklarni   hosildorligini
bir nechaga kamaytiradi.
Kolorado   qo‘ng‘izining   vatani   AQSh   dagi   qoyali   tog‘lardir.   Bu   yerda
kartoshka qo‘ng‘izi yovvoyi ituzumsimon o‘simliklar bilan oziqlanar edi.
O‘tgan   asrning   ikkinchi   yarmida   AQSh   da   (Kolorado   .shatatida)   qo‘ng‘iz
kartoshkaning   jyddiy   zararkunandasi   ekanligi   ma’lum   bo‘lib   qoldi.   1945
yilda   Yevropada   va   keyinchalik   1947   yilda   Ukrainaga   kelgan   va   shundan
keyin   har   yid   40-500   km   ga   tarqalib   kelayapti.   1972   yilda   O‘zbekistonda
Bo‘stonliq tumanida aniqlangan edi.
Hozirgi   kunda   O‘zbekistonda   hamma   viloyatlarda   tarqalib   kelmoqda,
faqatgina Surxondaryo vohalarida ayrim tumanlarida
yo‘q.
Voyaga   yetgan   qo‘ng‘iz   oval   shaklda,   usti   juda   ham   qavariq,   osti   yassi.
Tanasining   asosiy   rangi   sariq   yoki   qo‘ng‘ir;   har   bir   usty   bo‘ylab   beshtadan
qora   yo‘l   o‘tadi.   Pastki   qanotlari   och   pushti   qizil,   boshining   ustida
uchburchak   qora   dog‘chasi   bor,   orqasining   oldingi   qismida   11   ta   qora
dog‘chasi   bo‘ladi,   ulardan   eng   yirigi   rim   raqamlaridan   V   shaklida   bo‘lib,
o‘rtada joylashadi.
Odatda   qo‘ng‘izning   kattaligi   9-11   mm   keladi,   lekin   kattaligi   7-9   va   12-16
mm   bo‘lgan   ayrim   qo‘ng‘izlar   ham   uchraydi.   Tuxumi   cho‘zinchoq,   oval
shaklda, rangi sariqsan tortib ravshan zarg‘aldoq tusda, uzunligi 0,8-1,5 mm. Tuxumlarini   bir-biriga   yaqin   qilib   qo‘yadi,   ularni   barg   yuzasiga   tippa-tik
qilib yoki sal qiyshaytirib qo‘yadi.
Lichinkalarning   kattaligi   odatda   0,9   sm   gacha   boradi.   Lichinkaning   usti
ayniqsa   orqa   qismi   juda   qavariq   osti   yassi.   Lichinkalar   birinchi   va   ikkinchi
yoshda qizil tusda, uchinchi va to‘rtinchi yoshda esa zarg‘aldoq-sariq, boshi,
qalqoni birinchi ko‘krak segmentining  ustida, oyoqlari qora,  tanasining  ikki
yonida ikki qatordan qora dog‘lari bor; ular so‘galsimon do‘mboqchalarning
ustida joylashgan.
G‘umbak oval shaklda, zarg‘aldoq yoki pushti ranglidir 0,9 mm
gacha.
Hayot   kechirishi.   Qo‘ng‘izlar   kartoshka   bilan   juda   uzoq   masofaga   borib
qolishi   mumkin.   Hatto   qish   faslida   ham   bu   hasharot   ovqatsiz   yashay   oladi.
Qo‘ng‘iz   uchib   o‘tish   yo‘li   bilan   tarqaladi.   Masalan   kolorado   qo‘ng‘izi
kartoshka   ekiladigan   jbylarning   tuprog‘ida   18   sm   dan   70   sm   chuqurliqsa
imago   holida   qishlaydi.   Qo‘ng‘iz   tarqalgan   joylarning   tuprog‘i   11,3°S
qizigandan   keyin   ikki   hafta   mobaynida   qo‘ng‘izlar   qishki   uyqudan,   yer
yuzasiga chiqa boshlaydi.
Qishlab chiqqan qo‘ng‘izlar ovqat izlab uchadi, kartoshka bo‘lmasa baqlajon,
garmdori,   tamaki,   pomidorga   tushadi.   qo‘ng‘izlar   ko‘klamda   uygongandan
keyin tez orada tuxum qo‘ya boshlaydi. Urg‘ochi qo‘ng‘iz odatda 400-800 ta,
ko‘pi   bilan   2400   tagacha   tuxum   qo‘yadi.   Qo‘ng‘iz   tuxumlarini   o‘zi
oziqlanadigan   o‘simlik   bargning   pastki   •   tomoniga"   aynyqsa   kartoshka
bargiga 30 tadan qilib qo‘yadi.
Kolorado qo‘ng‘izining embrional rivojlanishi temperatura sharoitiga bog‘liq
bo‘lib   5   kundan   20   kungacha   davom   etadi.   Tuxumdan   chiqqan   lichinkalar
avvalo   o‘zining   tuxum   pardasini   yeydi,   so‘ngra   o‘zi   turgan   joy   yaqinidagi
barglarni   yeb,   quruq   tomirini   qoldiradi.   Keyinchalik   o‘simlikning   uchiga
qarab surilaveradi. Lichinkalar o‘sgan sari tobora xo‘ralashadi va ko‘payib ketgan taqsirda butun
o‘simlik   barglarini   yeb   qo‘yadi.   Harorat   38   0
  va   havo   quruq   bo‘lganda
lichinkalar o‘simlikning soya joylariga o‘tib oladi.
Lichinkalari   15-25   kunda   rivojlanib   bo‘ladi,   shu   davrda   3   marta   tullaydi.
Oziqlanishi.ni   tamomlangan   lichinkalar   o‘simliklardan   yerga   tushib,   tuproq
ostiga   kiradida,   15   smdan   18   sm   gacha   chuqurlikda   g‘umbakka   aylanadi,
g‘ubakdan 6-15  kundan  keyin  qo‘ng‘izlari chiqadi.  Ular  tez orada juftlanib,
tuxum   quya   boshlaydi.   Voyaga   yetgan   qo‘ng‘izlar   qurg‘oqchilik   va   issiqqa
bemalol chidash beradi. Kolorado qo‘ng‘izi Q22-24® 25-30 kunda, Q2022°
30-40 kunda, Q18-20 0
 40-50 kunda va Q1b-18° 50-60 kunda bir nasl beradi.
Hozirgi   kunda   bu   hasharot   tarqalgan   joylarda   I   dan   6   gacha   nasl   beradi.
Uzbekistonda 3-4 nasl beradi. Kolorado qo‘ng‘izi bir necha diapauzaga ega.
Iqdim sharoitiga qarab 2 dan 6 gacha diapauzasi bo‘ladi.
Kurash   choralari.   Kolorado   qo‘ng‘izining   o‘tishga   yo‘l   qo‘ymaslik   uchun
shu   hasharot   tarqalgan   joylardan   kartoshka   keltirish   taqiqlanadi.   Kelib
qolganda kartoshkani fumigatsiya qilish lozim.
Kolorado   qo‘ng‘izi   tushgan   rayonlarning   yon-atrofidagi   joylardan   bu
qo‘ng‘izning uchib o‘tishi mumkin bo‘lgan zonada uni o‘z vaqgida aniqlash
va   yangi   uchoqlarni   tez   tugatish   maqsadida   har   yili   kartoshka   ekinlari
tekshirib ko‘rilishi lozim.
Kolorado   qo‘ng‘izi   topilgandan   keyin   10   kun   ichida   shu   joydan   1   km
radiusdagi   barcha   kartoshka   dalalariga   profilaktik   maqsadda   dori   purkaladi
va changlanadi.
Profilaktika   kurash   choralarga   asosan   yuqoridagi   aytganlarimiz   kiradi.
Agrotexnik   kurash   choralari   asosan   yer   shudgorlash   va   shunga   o‘xshash
yerning hosildorligini yaxshilash usullari kiradi.
Karantin   karantin   tadbirlarga   kolorado   qo‘ng‘izi   olib   keladigan   ko‘chat,
kartoshka o‘zini karantin nazoratidan o‘tkazish lozim. Kimyoviy   preparatlardan   1-2   yoshli   lichinkalarga   desis   2,5%   k.e.   0,1-0,15
l/ga, sumi-alfa 5% 0,25 l/ga, mikrobiopreparatlardan dendrobatsillin 3 l/ ga,
bitoksibatsillin   2   l/ga   ishlatiladi.   Biologik   usulda   kolorado   qo‘ng‘izlariga
qarshi   podizus   va   makrolofus   entomofaglari   ishlatilishi   mumkin.(1,4)
Kartoshka raka -8upsN(pit yepLoyuIsit Reg$.
Kartoshka rakiEvropada, Osiyoni Hindiston, Livan, Yapo-
niya davlatlarida, Jazoirda, AQSh, Kanada, Meksikada, Boliviya, Braziliyada
tarqalgan. Bu kasallik Yevropada 40-yillarda paydo bo‘lgan va ko‘p vaqglar
tarqalgan   hamda   zarari   deyarli   bilinmagan.   Bu   kasallik   kartoshka
tugugankalari   orqali   butun   Yevropaga   tarqalgan.   Bu   kasallik   MDH   da
chegaralangan holda tarqalgan (Boltiqbo‘yi, Ukraina, Belorussiya).
Kartoshka   raki   kartoshkani   ildizini,   poyasini,   bargini   tugunagini   zararlaydi.
Pomidorda ham rivojlanishi mumkin.
Kartoshka  raki qo‘zg‘atuvchisi  ko‘p yillar davomida tuproqda  tinch holatda
saqpanish   xususiyatiga   ega.   Bu   kasallikni   yo‘qotish   qiyinligi   tufayli
kartoshkachilikka   jiddiy   xavf   tug‘diradi.   Zarari   juda   yuqori,   kartoshka
yetishtirgan uchastkalarda ayrim yillari 60 % hosildorlik yo‘qotilgan.
Kartoshka raki juda agressiv bo‘lib, 18 dan ortiq biotiplari ro‘yxatga olingan.
Ayrim biotiplari juda agressiv hisoblanadi.
Kasallikning   tashqi   belgilari.   Kartoshka   raki   semiz   shishlar   ko‘rinishida
paydo   bo‘ladi.   Tuganaklarda   shishlar   to‘q   jigarrangga   kiradi.   Kartoshka
ildizchalari   zararlanmaydi.   Kartoshka   tez   chiriydi.   Oldin   jigarrangda   bo‘lib,
keyinchalik qora shilimshiq hidi bor moddaga aylanadi.
Shishlarni bargsimon, parshasimon, gofrirsimon formalari bor.
Bargsimon formasi tugunak ko‘zchalariga zarar yetkazadi.
Gofrersimon formasi yer ustida shishlar hosil qiladi.
Kasallik   qo‘zg‘atuvchisi-obligat   parazit   zamburug‘dir.   Zoosparangiy
stadiyasida qishlaydi, tuproqda shish qoldiqlarida va tugunaklarda qishlaydi. Zoosparangiy   18-20   yil   gacha   hayotchanligini   saqlaydi.   Tinch   turgan
zoosporangiy dumaloq yoki ovalsimon formada.
Qobig‘i ikki qavatli: usti tillarang sariq, ichi-shaffof. Ustki qobiqsa xo‘jayin-
o‘simlikning hujayra qoldiqlari ko‘rinadi.
Kartoshkani rak kasalligi bilan zararlangan o‘simtalarni ko‘ndalang kesganda
tinchlik davridagi sporalar qalin sarg‘ish yoki to‘q sarg‘ish rangdagi qobiqli
sista holatini ko‘ramiz.
Zoosporangiylar   50-80   mkm   o‘lchamda.   oilasi   vakili   bo‘lgan   bu   tur   shu
oilani boshqa turlari-morfologik belgilari bilan farq qiladi.
Kasallik   kasal   tuganaklar,   zararlangan   tuproq,   taralar   orqali,   transport,   ysh
qurollari orqali tarqaladi.
Karantin tadbirlar va kurash choralari
Kartoshka raki tarqalgan joylardan tuganaklar keltirish taqiqlanadi.
Kasallik dalada juda keng tarqalib ketsa tugunak shishlarini chuqurlarga solib
2,5   %li   nitrafen   eritmasi,   1,5   %   li   40   %   li   formalin   bilan,   xlorli   ohak   yoki
kerosin bilan zararsizlantirish kerak.
Tuproqqa ishlov beruvchi texnikalar bilan yuqoridagi preparatlarni tuproqqa
solish kerak.
Transportlarni,   taralarni   zararsizlantirish.   Kasallik   keng   tarqalgan   joylarda
yuqori chidamli navlar yaratish.
Dalada   kartoshka   raki   aniqlansa   bu   dalaga   5   yil   muddat   ituzumdoshlar
ekmaslik kerak, ularning o‘rniga karam, bodring va shunga o‘xshash o‘simlik
ekish lozim.
Kimyoviy preparatlardan 60 % Nitrofen 400-440 g / m  2 
20 l/m 2
 ishchi eritma
tayyorlab ishlatiladi.(1,2) Adabiyotlar
1.Paspelova S.M. i dr. «Osnovm  karantina selskoxozyaystvennmx rasteniy»
M. «Kolos» 1983 g.
2.Voronkova   L.V.   i   dr.   «Karantin   rasteniy   v   SSSR»   M.   «Agropomizdat»
1986 g.
3.Spravochnik   po   karantinu   selskoxozyaystvenmx   rasteniy   M.   izd.   «Qolos»
1985g.
4.Kimsanboev   X.X.   va   boshqalar.   «Umumiy   va   qishloq   xo‘jalik
entomologiyasi» T. «O‘qituvchi» 2002 y.

SABZAVOT EKINLARINI KARANTI HAShAROTLARI VA KASALLIKLARI Reja: 1.Kartoshka kuyassini utish yullari rivojlanish xususiyatlari.karantin kurash tadbirlari. 2.Kalarado kung‘izining utish yullari, rivojlanish xususiyatlari karantin kurash tadbirlari 3.Kartoshka rakini utish yullari, rivojlanish xususiyatlari karantin kurash tadbirlari

Zararlaydigan o‘simliklari: kartoshka, tamaki, pomidor, baqdajon, qalampir va boshqa yovvoyi ituzumdoshlar. Kartoshka, tamaki va boshqalarni dala va omborxona sharo- itlarida zarar yetkazadi. Qurtlar kartoshka tugunagini, pomidor, baqlajon, mevasini bargini kemiradi. Zararlangan kartoshka iste’mol uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi. Yaponiyada bu zararkunanda tamaki va kartoshkaga dala va omborxonada 60-80 % gacha zararlagan. Kapalagi. Och kulrang rangda. Qanotlarini yozganda 12-15 mm (erkagini sal kichikroq 12-13 mm). qanotida uzunasiga qora. chiziq va to‘q rangli nuqgalar bor. Oyoqlari och rang. Qorni sarg‘ish kulrang. Erkagi qornining oxirgi bo‘g‘imi qornining 3/1 qismiga teng. Erkagining qorin qismini oxiri sochsimon taramlar bilan qoplangyn. Tuxumi ovalsimon shaffof, yashil rangda. Eni 0,35-0,56 mm, uzunligi 0,3 mm gacha. Qurti tuxumdan chiqqan qurtlar 1,2 mm gacha uzunliqda, rangsiz to‘q jigarrang boshi bo‘ladi.. Katga yoshdagi qurtlar 10-13 mm, eni 1,5 mm gacha, sarg‘ish pushti rangda yoki yashil rangda bo‘lishi mumkin. Kartoshka tuganaklaridagi qurtlar barglardagiga nisbatan ochroq rangda bo‘ladi. Har bir segmentida 10-14 ta ochiq rangdagi tukchalar bor. Qurti 4 marta po‘st tashlaydi, va pilla ichida g‘umbakka aylanadi. G‘umbagi. Kumushsimon kulrang pilla ichida g‘umbakka aylanadi. Pilla uzunligi 10 mm gacha, eni 4 mm bo‘ladi. Qurt oldin ipak to‘r to‘qiydi, keyin pillani ustki qismini tuproqqa, chiqindi yoki o‘simlik qoldiqlariga yopishtiradi. Qurtlar chiqqan teshikchadan ichkariga kirib 3-4 kundan keyin g‘umbakka aylanadi. Kartoshka kuyasi dala sharoitida qurtlik yoki g‘umbaklik davrida qishlaydi. AQSh ning Kaliforniya shtatida kapalaklar may oyining oxirida paydo bo‘ladi. Kapalaklar kartoshka, pomidor, baqpajon, qalampir barglariga

bittadan qilib tuxum qo‘yadi. Omborxonalarda qoplarga, kartoshka tugunaklariga, saqlanayotgan ombordagi pardalarga ham tuxum qo‘yishi mumkin. Kapalaklar 30 kungacha yashashi mumkin va ular 150-200 tagacha tuxum qo‘yadi. Kapalaklar ertalab va kech bo‘lib quyosh botganda uchadi. Lichinkalyr barg etini yeb oziqpanishni boshlaydi, kartoshka tugunagini, pomidor mevasi va bargini kemiradi. 2-3 haftadan so‘ng lichinkalar yetiladi va g‘umbakka aylanadi. Kartoshka kuyasi omborxonada to‘xtovsiz rivojlanadi, g‘umbaklari qoplarda bo‘lishi mumkin. g‘umbaklardan 6-7 kundan keyin yetuk hasharot paydo bo‘ladi. Bir avlodning to‘liq rivojlanishi uchun yozda 22-32 kun, kuzda 40-55 kun, qishda 2-3 oy davom etadi. Avst- raliyada kartoshka kuyasi omborxonalarda 11 marta avlod bergani ma’lum (Atterton D). Kartoshka kuyasi nast harorartlarda ham hayotchanligini saqlab qoladi. Kartoshka kuyasi hamma rivojlanish bosqichlarida kartoshka tugunaklari, pomidor, baqlajon mevalari, idishlar va boshqalar orqali tarqaladi. Karayagan tadbirlar. Chetdan kirib kelayotgan kartoshka, pomidor, baqlajon mahsulotlarini tekshirish va ekspertiza qilish. Kartoshka kuyasi tarqalgan hududdardan kartoshka keltirish taqiqlanadi. Faqatgina kam miqdorda ilmiy maqsadlarga keltirishga ruxsat beriladi. Ilmiy maqsadlarda keltirilayotgan kartoshka zararsizlantiriladi va introduksion karantin pitomniklarda butun vegetatsiya davrida tekshiriladi. Kurash choralari. Kartoshka kuyasi tarqalgani ma’lum bo‘lsa uni yo‘q qilish choralari ko‘riladi. Bunda kimyoviy preparatlar qo‘llaniladi, Bir qancha mamlakatlarda kartoshqa kuyasi parazitlari ggpsgogesop yoe! es1a Assh.., gasop LoNapszopI LU^ey. muvaffqiyatli qo‘llaniladi. Yuqoridagi turlar AQSh dan Fransiyaga keltirilgan va kartoshka kuyasi

zararini pasaytirgan. SashrorNx r1optasa Yeiv turi Janubiy Afrikada tarqalgan bo‘lib t 50 % gacha kartoshka kuyasi lichinkalarini zararlagan.(1,2) Kolorado qo‘ng‘izi yoki kartoshka qo‘ng‘izi Kartoshkaga zarar yetkazadigan kolorado qo‘ng‘izi-tarqalgan joylarida kartoshka o‘simligining eng asosiy zararkunandasi ^ bo‘lib hisoblanadi. Voyaga yetgan hasharot va uning lichinkasi to-* matdoshlar oilasiga mansub o‘simliklarni bargi, yosh novdalarni kemirib, bu o‘simliklarni hosildorligini bir nechaga kamaytiradi. Kolorado qo‘ng‘izining vatani AQSh dagi qoyali tog‘lardir. Bu yerda kartoshka qo‘ng‘izi yovvoyi ituzumsimon o‘simliklar bilan oziqlanar edi. O‘tgan asrning ikkinchi yarmida AQSh da (Kolorado .shatatida) qo‘ng‘iz kartoshkaning jyddiy zararkunandasi ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi. 1945 yilda Yevropada va keyinchalik 1947 yilda Ukrainaga kelgan va shundan keyin har yid 40-500 km ga tarqalib kelayapti. 1972 yilda O‘zbekistonda Bo‘stonliq tumanida aniqlangan edi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda hamma viloyatlarda tarqalib kelmoqda, faqatgina Surxondaryo vohalarida ayrim tumanlarida yo‘q. Voyaga yetgan qo‘ng‘iz oval shaklda, usti juda ham qavariq, osti yassi. Tanasining asosiy rangi sariq yoki qo‘ng‘ir; har bir usty bo‘ylab beshtadan qora yo‘l o‘tadi. Pastki qanotlari och pushti qizil, boshining ustida uchburchak qora dog‘chasi bor, orqasining oldingi qismida 11 ta qora dog‘chasi bo‘ladi, ulardan eng yirigi rim raqamlaridan V shaklida bo‘lib, o‘rtada joylashadi. Odatda qo‘ng‘izning kattaligi 9-11 mm keladi, lekin kattaligi 7-9 va 12-16 mm bo‘lgan ayrim qo‘ng‘izlar ham uchraydi. Tuxumi cho‘zinchoq, oval shaklda, rangi sariqsan tortib ravshan zarg‘aldoq tusda, uzunligi 0,8-1,5 mm.

Tuxumlarini bir-biriga yaqin qilib qo‘yadi, ularni barg yuzasiga tippa-tik qilib yoki sal qiyshaytirib qo‘yadi. Lichinkalarning kattaligi odatda 0,9 sm gacha boradi. Lichinkaning usti ayniqsa orqa qismi juda qavariq osti yassi. Lichinkalar birinchi va ikkinchi yoshda qizil tusda, uchinchi va to‘rtinchi yoshda esa zarg‘aldoq-sariq, boshi, qalqoni birinchi ko‘krak segmentining ustida, oyoqlari qora, tanasining ikki yonida ikki qatordan qora dog‘lari bor; ular so‘galsimon do‘mboqchalarning ustida joylashgan. G‘umbak oval shaklda, zarg‘aldoq yoki pushti ranglidir 0,9 mm gacha. Hayot kechirishi. Qo‘ng‘izlar kartoshka bilan juda uzoq masofaga borib qolishi mumkin. Hatto qish faslida ham bu hasharot ovqatsiz yashay oladi. Qo‘ng‘iz uchib o‘tish yo‘li bilan tarqaladi. Masalan kolorado qo‘ng‘izi kartoshka ekiladigan jbylarning tuprog‘ida 18 sm dan 70 sm chuqurliqsa imago holida qishlaydi. Qo‘ng‘iz tarqalgan joylarning tuprog‘i 11,3°S qizigandan keyin ikki hafta mobaynida qo‘ng‘izlar qishki uyqudan, yer yuzasiga chiqa boshlaydi. Qishlab chiqqan qo‘ng‘izlar ovqat izlab uchadi, kartoshka bo‘lmasa baqlajon, garmdori, tamaki, pomidorga tushadi. qo‘ng‘izlar ko‘klamda uygongandan keyin tez orada tuxum qo‘ya boshlaydi. Urg‘ochi qo‘ng‘iz odatda 400-800 ta, ko‘pi bilan 2400 tagacha tuxum qo‘yadi. Qo‘ng‘iz tuxumlarini o‘zi oziqlanadigan o‘simlik bargning pastki • tomoniga" aynyqsa kartoshka bargiga 30 tadan qilib qo‘yadi. Kolorado qo‘ng‘izining embrional rivojlanishi temperatura sharoitiga bog‘liq bo‘lib 5 kundan 20 kungacha davom etadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar avvalo o‘zining tuxum pardasini yeydi, so‘ngra o‘zi turgan joy yaqinidagi barglarni yeb, quruq tomirini qoldiradi. Keyinchalik o‘simlikning uchiga qarab surilaveradi.