Sanitariya so’yish punktlarida veterinariya sanitariyasi


Sanitariya so’yish punkt larida veterinariya sanitariyasi. Reja: 1. Go’sht kombinatlari , qushxona va so’yish maydonchalaring veterinariya sanitariyasi. 2. Parranda go’shtini qayta ishlash korxonalarida dezinfeksiya o’tkazish. 3. Muzlatkichlarda mog’or zamburug’lariga qarshi kurash. 4 . Junx o’ r (ve tchin niy kojeyed) teri zararkundasiga qarshi kurash.
Go’shtni va parranda go’shtini qayta ishlash korxonalarida veterinariya – sanitariya talablariga amal qilinishi yuqori sanitariya sifatiga ega bo’lgan go’sht va boshqa qayta ishlash mahsulotlari olishga qaratilgan eng muhim chora – tadbirlardan biridir. Bunga go’shtni qayta ishlash korxonasini qurilishi uchun tegishli hududni tanlanishi, sanitariya normalariga jabob beradigan bino va inshoatlarni loyihalashtirish, ularni uchastka hududida ratsional joylashuvi, ishlab chiqarish uchun etarlicha sifatli suv miqdori, go’shtni so’yish va qayta ishlash jarayonlarida progressiv texnologiya va mexanizmlar bilan jihozlanishi orqali ta’minlanadi. Go’shtni qayta ishlash korxonalariga go’sht kombinatlari va kushxonalar (so’yish maydonchalari) kiradi. Go’sht kombinati – bu sanoat korxonalari kompleksi bo’lib, uning vazifalariga: molni so’yish, undan go’sht, oziq – ovqat va texnik maqsadlar uchun xom ashyo, hayvonlar uchun ozuqa, tibbyot preparatlari, boshqa ishlab chiqarish mahsulotlarini qayta ishlash kiradi. Go’sht kombinatining inshoatlari kompleksiga: so’yishdan oldin hayvonlarni saqlash joyi, birlamchi qayta ishlash (so’yish va nimtalash), sovutkich, kolbasa ishlab chiqish sexi, sub mahsulotlar, yog’larni ajratish, ichak, terini, oshlash, texnik fabrikatlarni saqlash joyi va boshqa ishlab chiqarish xonalari kiradi va ularning har birida alohida veterinariya – sanitariya tadbirlari o’tkaziladi. Mollarni so’yishdan oldin saqlash sexida alohida hudud ajratilib unda korxonaning uch kunlik ishlashii uchun yetarlicha so’yiladigan mollarga joy bo’lishi lozim. Sexning bir tomondan hayvonlarni tushurish joyiga, ikkinchi tomondan so’yishdan oldin mollarni saqlash xonasiga ulangan bo’ladi. Karantin bo’limida kasallikga gumon qilingan yoki tegishli veterinariya hujjatlarsiz keltirilgan hayvonlar saqlanadi. Karantinda saqlash uchun
korxonaga bir kunlik keltiriladigan hayvonlarning 10% ini sig’diradigan maydon quriladi. Karantindagi mollar izolyator yoki so’yish uchun asosiy ishlab chiqarish binosiga o’tkaziladi. Izolyator kasal va kasallikga gumon qilingan hayvonlarni saqlash uchun xizmat qiladi va korxonaga bir kunda qabul qilinishi mumkin bo’lgan hayvonlarning 1% ini joylashtirishga mo’ljallangan bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Qishloq ba suv xo’jaligi vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash vazirligining 2006 yil 13 iyuldagi 6/1 va 5 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus so’yish korxonalari va maydonlarida chorva mollarini so’yish bilan shug’ullanuvchi shaxslarga ruxsat guvohnomalari berish va ro’yxatga olish tartibi tog’risida”gi Nizomga ko’ra kushxona, so’yish maydonchalariga qo’yiladigan sanitariya va veterinariya-sanitariya talablari belgilab qo’yilgan. So’yish punkti (kushxona, so’yish maydonchasi) mollarni so’yish va teri, ichaklarni ishlov berishga mo’ljallangan. Uncha katta bo’lmagan korxona tipovoy loyiha asosida, veterinariya va sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda, quruq, ko’tarilgan joyda aholi punktlari, yaylov va molxonalardan 500 m masofada quriladi Kushxonada quyidagi asosiy va yordamchi binolar bo’lishi shart: chorva hayvonlarini so’yishdan oldin ko’rikdan o’tkazish maydonchasi, so’yishga ruxsat berilgan chorva hayvonlarini saqlash maydonchasi (usti yopiq maydoncha), chorva hayvonlarini so’yish binosi, kasallikka gumon qilingan hayvonlarni saqlash uchun alohida bino, so’yilgan chorva hayvonlarini tanasini nimtalash binosi, sovutish va vaqtincha saqlash kamerasi, tuz saqlash binosi, muzlatilgan go’sht saqlash kamerasi, iartli ravishda isne’molga yaroqli go’shtlarni zararsizlantirish bnosi, uchak sexi, teri tuzlash sexi, rahbar, veterinariya vrachi kabineti, ishchi-xodimlar uchun xonalar, dush, hojatxona, qatqorinxona, go’ngxona, tozalash qurilmalari.
Kushxona qurilishida barcha zaruriy bo’limlarga e’tibor qaratilishi lozim va veterinariya mutaxassisiga molni so’yishdan oldingi ko’rikdan va so’yishdan keyingi veterinariya–sanitariya ekspertizasidan o’tkazish uchun zaruriy sharoitlar yaratilishi kerak. Profilaktik dezinfeksiyani har bir ish kuni oxirida o’tkazilishi sog’lom va yaxshi sifatli go’sht va boshqa sub mahsulotlari olishning zarur shartidir. Go’shtni qayta ishlash korxonasining alohida sexlarida dezinfeksiya o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlari bor. So’yish va nimtalash sexida profilaktik dezinfeksiya har bir ish kunidan so’ng sex, yordamchi xonalar, yo’lak va binolarda o’tkaziladi. Dezinfeksiyadan oldin obyekt tozalanadi, sovuq va qaynoq suv yordamida yuviladi va dezinfeksiya eritmasi bilan ishlov beriladi. Qonni qayta ishlash sexida yaxshilab avval sovuq, so’ngra issiq suvda yuviladi. So’ngra 1 % li o’yuvchi natriyning qaynoq eritmasi va xlorli ohak eritmasida dezinfeksiyalanadi. Kolbasa sexi, tibbiy preparatlar, gematogen xonasi va davolash preparatlari sexlarida avval tayor mahsulotlardan bo’shatilib soda, dezmol, demp va boshqa yuvish vositalarining eritmasi bilan yuviladi va so’ngra xlor preparatlari, vodorod peroksidi eritmasi yoki qaynoq ichimlik suvi bilan ishlov beriladi. Util sexi, yog’, ichak, terini oshlash sexlari soda, o’yuvchi natriy, o’yuvchi kaliy eritmalari bilan har kuni dezinfeksiya qilinadi. Shuningdek, haftada bir marta tarkibida 2 % faol xlor saqlovchi xlorli preparatlar eritmalari bilan dezinfeksiya o’tkaziladi. Majburiy dezinfeksiya har safar veterinariya ko’rigi paytida yuqumli kasallik bilan kasallangan hayvon yoki qo’zg’atuvchi bilan zararlangan gavda aniqlangandan so’ng o’tkaziladi.