Shaxs haqida tushuncha


Shaxs haqida tushuncha Reja: 1. Shaxs togrisida umumiy tushuncha 2. Shaxs , individ, individuallik. 3. Shaxs strukturasi. 4. Shaxsning motivatsion sohasi.
Shaxs tushunchasi keng va ko’p qirralidir. Mehnat qila olish ko’nikmasining mavjudligi, insonlar bilan birgalikda faoliyat munosabatni amalga oshirayotgan kishi asta - sekin shaxsga aylanib boradi. Bevosita moddiy dunyoni, jamiyatni va xususan o’zini o’rganish va faol tarzda qayta o’zgartirish jarayonining sub'ektga aylanmoqda. Shu o’rinda haqli bir savol tug’iladi, ya'ni shaxs, individ, individuallik tushunchasining o’zaro bog’liqlik jihatlari mavjudmi? Buning uchun mazkur tushunchalarning mazmunini tahlil qilish samarali hisoblanadi. Shuning uchun ham dastlab individ tushunchasining mazmuniga to’xtalish lozim. A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida "Individ" tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug’ilgan chaqaloqni, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoiylik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash lozim. Individ tushunchasi professor E.G’ozievning "Umumiy psixologiya" darsligida tavsiflanishicha, individ lotincha ajralmas, alohida zot ma'nolarini anglatib, inson zotiga xoslik masalasini belgilab beradi. Shuningdek, katta yoshdagi ruhiy sog’lom odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan "Psixologiyadan qisqacha izohli lug’atda" individ bo’linmas, ayrim jins, shaxs ma'nolarini anglatib, biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudot sifatida ko’rsatib o’tiladi. Keltirilgan ta'riflardan shuni xulosa qilish mumkinki shaxs deb muayyan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shug’ullanuvchi, kishilar bilan normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli individga aytiladi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta'sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun imkoniyatining mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aql-hushining rivojlanishi uchun imkoniyat tug’diradi, qo’llarining shakli shamoyili mehnat qurollaridan foydalanish istiqbollarining mavjud-ligini ko’rsatadi. Yuqorida aytilganlarning
barchasida chaqaloqning inson zotiga mansubligini ta'kidlanadi va bu fakt individ tushunchasida qayd etiladi. Buni quyidagi sxema asosida tushuntirish lozim. Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir. Individuallik deganda insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik kishining o’ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig’indisi, iroda, faoliyat motivlari, inson maslagi, dunyqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Individuallik individning boshqalardan farqlaydigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o’ziga xosligi hamda uning qaytarilmasligidir. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o’zida mujassamlashtirgan odam yo’q, inson shaxsi o’z individualligi jihatidan betakrordir. Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U o zida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi.ʻ Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda o z yo nalishi, tadqiqot ob yekti va maqsadi ʻ ʻ ʼ nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U o ta murakkab, ziddiyatli, qaramaqarshi, ʻ o zini o zi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, ʻ ʻ ma naviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur ob yekti sifatida, hatto, ʼ ʼ falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantig i jihatidan tadqiqot ʻ manbaiga aylanishi mumkin. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak. Shaxsning shakllanish omillari ko p va xilmaxiddir. Mas, genetik (nasliy), ʻ biologiktabiiy, madaniy, ijtimoiy hayot tajribasi, o z turdoshlari bilan ʻ munosabatlar va boshqalar shahrining genetik jihati uning nasliy asosi,
ajdodlaridan yetib kelgan fizionomiya, fe latvor bilan, biofiziologik jihati esaʼ yashash uchun quvvat olish, ovqatlanish, jinsiy aloqaga kirishish va nasl qoldirish singari individual ehtiyoj bilan belgilanadi. Shaxs, mohiyatiga ko ra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini ʻ boshqarish imkoniyatiga ega bo lgan, ijtimoiytarixiy an ana, turmush tarzi va ʻ ʼ tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili. Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabliklarini o zida mujassam etadi. Uni har tomonlama o rganish ʻ ʻ maqsadida turli davrlarda tadqiqot olib borilgan. Ayniqsa, sharqda u yuksak axloqiyma naviy me yorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat, bebaho qadriyat deb ʼ ʼ hisoblangan. Inson Sh. sifatida komillikka intiladi, hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining go zal va farovon bo lishiga ehtiyoj sezadi. ʻ ʻ Shaxsning hayot tarzi bevosita jamiyat hayotiga daxldor va hayot ne matlaridan ʼ to la foydalanishga haqli. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak ʻ ko rinishi, oliy maqomidir. Har qanday odam tabiiy mavjudligi, yashash huquqi va ʻ hayot qadriyatiga ega bo lgan jonzotdir. Biroq u hamma vaqt ham to laqonli shaxs ʻ ʻ bo lib yetilmasligi mumkin ʻ Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lo-tincha pkZts! — ajralmas, alohida zot degan mano anglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik) tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy soglom (esi-hushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yoq, oddiy malakalarni ozlashtira olmaydigan akli za-iflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigi-na shaxs deb atash anana tusiga kirib qolgan, chunki osha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bola oladi. Individ sifatida yorug dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit tasirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega-dir. Ilk bolalik chogidanoq individ muayyan ijtimoiy munosabat-lar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bolib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan ta-nisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila azolari, mahalla ahli, ja-moatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (ki-shilarning ogushida, ularning qalb