logo

Testologiya haqida tushuncha

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.7265625 KB
Mavzu:  Testologiya haqida tushuncha
Reja: 
1. Testologiya tushunchasi, testologiyaning tavsifi. 
2. Testologiyaning predmeti. 
3. Testologiya, psixodiagnostika va psixologik testlashtirish tushunchalari. 
4. Testologiyaning maqsad va vazifalari. 
5. Testologiyaning fanlar tizimidagi o’rni. 
6. Testologiya va  kasbiy faoliyat sohalari. Bugungi   kunda   psixologiya     fanining   amaliy   jabhalriga   ehtiyoj   oshib
borayotganligi,   shaxs   imkoniyatlarini   baholash,   bilim,   ko’nikma   va   malakalarini
shakllanganlik   darajasini   aniqlashda   zarur     psixologik   vositalarni   yaratish   va
amaliyotda tatbiq etish zaruratini yuzaga keltirmoqda. SHu toifa muammolarni hal
etishda psixologik testlardan foydalanish muhimdir.  
«Testologiya»   fani   psixologiya   faning   muhim   amaliy   tarmog’i   sifatida
bugungi   kunda     psixologlarni   tayyorlanish   jarayoniga   qo’llanilanilmoqda.   Aslida
mazkur fan fanlar tizimida o’ziga xos o’rin tutadiki, uni tibbiyotda, pedagogikada,
texnika   va   texnologida,   kibernetika   va   boshqa   sohalarda   xususiyatlaridan   kelib
chiqib foydalaniladi. 
Psixologiyada  esa,  ushbu   fan  shaxs  xususiyatlari,  uning  intellekti,  qobiliyati,
bilish  jarayonlari,  emosional-irodaviy  va  motivatsion   sohalarini   testlar   yordamida
o’rganish   uchun   zarur     usul   va   uslublarning   qo’llash,   ularni   ishlab   chiqish   va
kafolatlash   bilan   bog’liq   tashkiliy   tadbirlarni   tizimini   o’zida   mujassamlashtirgan
fan   sifatida   e’tirof   etiladi.   SHu   sababli     psixologiya   sohalari   bo’yicha
tayyorlanayotgan   talabalarni   nazariy   va   amaliy   bilimlarning   bir   yo’nalishiga
o’rgatish uchun «Testologiya» fanini ta’lim jarayoniga o’qitish zarurati mavjud.
        Test   -   ingliz   tilidan   tarjima   qilinganda   «sinov»,   «tekshirish»   degan   ma’noni
anglatadi.
        Psixologiyada   test   deb   psixik   hodisalarni,   shaxs   xarakteris-tikalarini,   bilim,
ko’nikma   va   malakalarini   murakkab   texnik   moslamalarisiz   qisqa   muddat   ichida
standartlashtirilgan holda tekshirishga aytiladi.
        Psixologik   testlarning   vazifasi   bu   individlar   o’rtasidagi   farqlar   yoki   bir
individning   turli   sharoitlardagi   reaksiyalar   farqini   o’lchamdan   iborat.   Psixologik
testlarni ishlab chiqishga turtki bo’lgan muammolardan biri aqli zaiflarni aniqlash
muammosi   edi.   Bugungi   kunga   qadar   aqli   zaiflikni   aniqlash   psixologik   testlarni
qo’llashdagi muhim sohalardan biri bo’lib qolmoqda.
          Psixologik   testlarni   namoyon   bo’lishining   dastlabki   shart-sharoitlarini   to’la
tushunish uchun biz ushbu muammoning tarixini ko’rib chiqishimiz zarur. Testlar
qadim   zamonlarda,   ya’ni   3000   yil   avval   Xitoy   imperiyasida   fuqarolik   xizmatiga ishga   olishda,   qadimgi   gretsiyada   ta’lim   protsessida   (sokrat   metodi)
qo’llanilganligi   bizga   ma’lum.   O’rta   asrlarda   ovrupa   universitetlarida   fan
nomzodliklari va darajalarini taqdim etishda ham maxsus sinovlar joriy etilgan edi.
          Psixologik   testlashni   rivojlanishning   asosiy   bosqichlari   XIX   asrga   to’g’ri
keladi. XIX asrda birinchi bor aqli zaif va ruhiy kasalliklarga chalingan kishilarga
nisbatan   inson-parvarlik   munosabatda   bo’lish   zarurligi   to’g’risidagi   fikr-
mulohazalar   ilgari   surila   boshladi.   Bunday   kishilar   uchun   maxsus   «m e hribonlik»
muassalari   tashkil   etila   boshladi.   Bu   muassasalarni   tashkil   qilinishi   sog’
kishilardan   kasallarni,   aqli   zaiflardan   ruhiy   kasallik   bilan   og’rigan   kishilarni   bir-
biridan   ajrata   olish   muammosini   yuzaga   keltirdi.   Bu   muammoni     hal   etishda
fransuz olimlari  Eskirol, Segen, Binelarning hissasi juda katta bo’lgan.
        Testlashni   rasmiy  boshlanishiga   ingliz  biologi   Frensis   Galton    asos   solgan.   U
juda ko’p oddiy testlar ishlab chiqib, ularni o’z laboratoriyasida qo’llagan. Hozirgi
kungacha   ko’rish   uzunligining   o’lchovi   Galton   lineykasi,   eshitish   idrokini
chegarasini   aniqlovchi   Galton   xushtagi   va   boshqalar   saqlanib   qolgan.   Galton
birinchi bo’lib baholash shkalalarini qo’llagan, individual farqlarni analiz qilishda
mamavzutik statistika metodini qo’llagan.
          Psixologik   testlashni   rivojlanishiga   ahamiyatli   hissa   qo’shgan   amerikalik
psixolog Djeyms makkin kettel birinchi bo’lib test terminini  kiritgan. Uning «Aql
test»lari kollej studentlarida keng qo’llanilgan.
        Testologiyani   fan   sifatida   rivojlanishining   keyingi   bosqichi-shaxs
xarakteristikalarini   o’lchash,   emotsional   regulya-siyani,   shaxslararo
munosabatlarni o’lchash, motivatsiya va qiziqishlarni o’lchashdir.
Psixologik testlashtirishning vujudga kelishi va funksiyalari 
 Psixologik   testlashtirish   psixologiyaning   o’ziga   xos   bir   sohasi   sifatida
vujudga kelgan bo’lib, unda maktab, kollej, harbiy xizmatga, kadrlarni ishga qabul
qilinadigan nomzodlarni standartlashtirilgan testlardan foydalangan holda saralash
imkonini beruvchi vositasi sifatida xizmat qiladi.  
Bugungi kunda psixologik testlarni qo’llash  1
1
 
Anne Anastasi ,  Susana Urbina.  Psychology  Testing.-Prentice-Hall International, Inc.2000.P. 2-3  Psixologik   testlarni   vazifasi   har   sharoitlarda   individ   yoki   individlar
o’rtasidagi tafovutlarni o’lchashga xizmat qiladi.  Bu borada qo’llanilgan ilk testlar
aqliy taraqqiyotdan ortda qolish masalalariga bag’ishlab ishlab chiqilgandir. 
 Bunday testlarni  klinik maqsadlarda  foydalanishi  xulq-atvorida og’ishi  bor,
xulqdagi   o’zgarishlar   va   huquq   buzarlikka   moyil   insonlarni   tekirishga
yo’naltirilgandir. 
 Testlarni jadal rivojlanishining bir yo’nalishi ta’limda vujudga kelgan bo’lib,
har   xil   ta’lim   muassasalarida   bolalarning   iqtidor   va   qobiliyatiga   ko’ra   sarala
o’qitish   uchun   mo’ljallaganligi,   ta’lim   jarayonida   o’zlashtirmaslikni   sabablarini
aniqlash,   o’rta   maktab   va   kasb-hunar   kollej   o’quvchilarining   kasb-hunar   tanlash
maslahatlarini   tashkil   etishda,   kasb-hunar   va   boshqa   ta’lim   muassasalari   uchun
saralashlarning   amalga   oshirilishi     ta’limda   testlarning   qo’llashning   o’ziga   xos
xususiyati hisoblanadi. 
 Sanoat va ishlab chiqarishda personallarni saralash va taqsimlash  psixologik
testlashtirishni   keng   qo’llash   taqdim   etilgan     soha   sanaladi.   Boshqaruvda   oddiy
operatordan   tortib,   ish   yurituvchi   o’rniga     xodimlarni   saralab   olishda   o’ziga   xos
o’rin   tutsada,   ammo   yollanib   ishlaydigan,   majburiyatlarni   taqsimlash,   ish   joyi
o’zgartirish,   lavozimlarga   ko’tarish     yoki   ishdan   bo’shatish   bilan   bog’liq
masalalarni   hal   etishda   testlashtirish   foyda   bermadi.   Ko’p   hollada     testlarni
samarali   qo’llash,   asosan   yuqori   malakali   ishga   qabul   qilishda   test   natijalarin
talqin   etish     to’g’ri   tuzilgan     intervьyu   asosida     qo‘shimcha   ma’lumotlar   olish
orqali   ta’minlanadi.   SHunday   bo‘lsa-da,     testlashtirish   personal   bilan   ishlashning
muhim   qismini   tashkil   etadi.   SHunga   ko‘ra   psixologik   testlashtirish   harbiy
xizmatchilarni   saralash   va   taqsimlashda   qo‘llaniladi.   Bu   borada     harbiy   soha
barcha yo’nalishlarini qamrab olgan testlar ishlab chiqilgan. 
 Psixologik   maslahat   sohasida   psixologik   testlashtirishni   qo’llash     inson
hayotning   turli   yo’nalishlarida   tor   yo’nalishdagi     testlashtirishni   doimiy   ravishda
joriy etilib borilayotganligidan dalolat bermoqda. Emotsional  holat va shaxslararo
munosabat   maslahatning   eng   asosiy   ob’ektiga   aylandi.   Testlarni   qo’llash   o’z
navbatida   shaxsning   o’zini   o’zi   anglashi   va   kamol   topishini   baholash   vositasi sifatida     foydalanish   o’sib   bormoqda.     Keyingi   davrlarda   test   ko’rsatkichlardan
foydalanishi   individning   qaror   qabul   qilishi     vositasi   bo’lib   qoldi.   Sanab   o’tilgan
holatlardan   ko’rish   mumkinki,   psixologik   testlashtirish     keng   ko’lamdagi   amaliy
masalalarn     hal   etishga   xizmat   qiladi.   Biroq     testlar   fundamental   tadqiqotlar
o’tkazish uchun muhim vosita ekanligi haqida faktni inkor etib bo’lmaydi. Deyarli
barcha   differensial   psixologiya   masalalarini     hal   etishda   psixologik
testlashtirishdan   muhim   vosita   sifatida   foydalanish   ma’lumotlar   to’plashning   eng
maqbul yo’lidir. 
Misol   sifatida   individual   tafovutlarning     tabiati,   xarakteri   va   darajalari
haqidagi,   psixologik   xususiyatlarni     yoritish   bo’yicha,   guruhiy   tafovutlarni
o’lchash,   xulq-atvordagi   har   xil   ta’sirlarning   o’rnini   baholashdagi   biologik   va
madaniy tadqiqotlarni tashkil etishdagi o’rnini keltirib o’tish mumkin:
 psixologik   testlashtirish   standartlashtirilgan   vosita   sifatida   indviddagi   yosh
o’zgarishlar,   ta’lim   muhitining   ta’siri   va   psixoterapiyaning   ta’sir   kuchi   va   sotsial
dasturlarni joriy etish natijalarini o’rganishning eng maqbul vositasi sanaladi. 
 ayrim hollarda psixologik testlashtirish bo’yicha etarlicha ma’lumotlarga ega
emaslik   oqibatida     zamonaviy   psixologiyada   testlarni   qo’llash   bo’yicha     adekvat
tushunishning imkoni yo’qolib qolayotgan holatlar ham uchraydi. 
 psixologik   testlarni   qo’llanish   tarixi   uning   vujudga   kelish   mohiyatini
aniqlashga   imkon   beradi   va   zamonaviy   psixologik   testlashtirishni     mohiyatini,
qo’llash chegaralarini   tushunishga xizmat qiladi. 
Psixologik test nima? 2
Xulq-atvorni   tanlab   tahlil   qilish.   Psixologik   testlar   o’zida   xulq-atvor
namunasi   ob’ektiv   va   standartlashgan   tarzda   o’lchashni     ifodalaydi.   Psixologik
testlar   boshqa   fanlardagi   testlar   va   kuzatishlar   singari     individ   xulq-atvorining
ajratib  olgan   namunasiga  ko’ra  kichik  tanlanmada  o’rganadi.   Bu  borada  psixolog
bioximik     patsientning   qon   tarkibini,   mikrorayondagi   ichimlik   suvining   tarkibini
bir   necha   sinovlar   orqali     o’rgangani   singari     o’z   xulosalarini   beradi.Mabodo,
psixolog     bolaning   lug’at   boyligini,   arifmetik   hisob-kitob   ishlarini   bajarishi   yoki
2
  Anne Anastasi ,  Susana Urbina.  Psychology  Testing.-Prentice-Hall International, Inc.2000 . P.5-6 uchuvchining   ko’rish-harakat   koordinatsiyasini   tekshirmoqchi   bo’lsa,   u   ularga
reprezentativ   so’zlar   to’plamini,   arifmetik   masalalar   yoki   harakat   qobiliyat
testlarini   taqdim   etadi   va   ularning   reaksiyalarini   baholaydi.Xulq-atvorni
o’rganilayotgan   jihatiga   testning   mosligi   toshiriqlarning   xarakteri   va   miqdoriga,
testning stimullari to’plamiga bog’liq bo’ladi.
Arifmetik  test   5   ta  topshiriqdan   iborat   yoki     faqat   ko’paytirish   ko’nikmasini
baholashga   mo’ljallangan   topshiriqdan   tashkil   topgan,   bu   orqali   katta
yoshdagilarning   hisoblash   ko’nimasini   ishonchli   baholab   o’lmaydi   yoki   beysbol
o’yinidagi   so’zlar   to’plami   orqali   bolaning   lug’at   boyligini   ishonchli   baholash
mumkin emas
Psixologik   testning   diagnostik     yoki   talqin   etish   qimmati   xulq-avtorning
muhim va keng sohasini aniqlashga xizmat qilishiga bog’liq.
Psixolog testlarni qo’llashda nazoratning zarurligi 3
.   «Kelgusi hafta maktab
borayotgan jiyanimni o’qishga borishini tekshirish uchun Bine-Simon shkalasidan
foydalanishim mumkinmi?» 
“Ta’lim   tizimida   o’qish   sifatini   takomillashtirish   uchun   o’quchining   tabiiy
imkoniyatlarini   o’lchashga   xizmat   qiluvchi   intellektning   madaniy   muhitdan   xoli
o’rganishga mo’ljallangan intellekt testi zarur».
“O’z   xonasida   ingliz   tilini   o’rgangan   qo’shnim   nevrotik   deb   baholash
imkonini   bergan   shaxslilik   testini   berdi.   Oqibatda   men   asasbiylashib,
mashg’ulotlarga borishni to’xtatib qo’ydim».
“Kecha   jurnalda   e’lon   qilingan   intellekt   testida   o’zimni   sinab   ko’rsam,
mening   IQ   (intellektuallik   koeffitsientim)   80   teng   bo’ldi.   Menimcha,   psixologik
testlar mutloqa axmoqchilikku».
YUqoridagi   mulohazalar   o’zidan   o’zi   o’ylab   topilmagan.   Bunday
mulohazalarni   har   bir   psixolog   yana   bir   necha   bora     keltirib   o’tishi   mumkin.
CHunki bunga olib keladigan asosiy sabab psixologik testlarni  to’g’ri qo’llamaslik
va   ularning   natijalarini     to’g’ri   talqin   etmaslik   oqibatidir.   Natijada   sinaluvchi
tasavvurida   psixologik   testlarning   foydasiz   yoki   tekshiriluvchi   uchun   zarar
3
  Anne Anastasi ,  Susana Urbina.  Psychology  Testing.-Prentice-Hall International, Inc.2000 .Р 24-25 keltiradigan xulosaga olib kelib qo’yishi shubhasiz. Aslida har qanday ilmiy metod
yoki   psixologik   test     to’g’ri   va   mohirona   qo’llanilgan   taqdirda   o’zining
samaradorligiga   ega.   Aksincha,   kasbiy   mahoratga   ega   bo’lmagan   foydalanuvchi
ushbu   testlardan   foydalanib,   jiddiy   zararni   keltirib   chiqarishi   mumkin.SHu   bois
psixologik   testlardan   foydadalanishni   nazorat   qilishning   ikkita   e’tiborga   oladigan
jihati mavjud:
1. Psixologik testni yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lgan mutaxassisning
qo’llashini   kafolatlash,   olingan   natijalar   to’g’ri   foydalanishni   ta’minlashi
mumkinligi;
2. Ko’pchilikni   oldinda testning  mazmuni   bilan tanishtirish  ehtiyot   chorasini
ko’rish, ularning validligini ta’minlash ahamiyatini pasaytiradi. 
.Psixologik testlarni qo’llash xususiyatlari 4
.  SHuningdek, jahon psixologik 
tajribasida psixologik testlarni diagnostik maqsadlarda qo’llashda quyidagilar 
kuzatiladi:
Klinik intervьyu . Birlamchi kuzatish va ma’lumotlar asosida inson faoliyatini
baholashga qaratilgan umumlashgan farazlar .
 Kognitiv  tashkillashtirish va  voqelikni te st lashtirish .    Sub’ektning real 
imkoniyatlari, irratsionalligini nazorat qilishni, mantiqiy fikrlash va empatiyasini; 
har xil darajadagi psixoz va nopsixoz holatlar o’rtasidagi tafovutlarni  baholash 
imkoniyatlari. 
 Intellektual soha .  Madaniy muhit va madaniy muhitdan xoli holda intellekt 
hamda aqliy taraqqiyot koeffitsientini baholash; kognitiv va intellektual 
funksiyalarni baholash: xotira, tafakkur, ishlab chiqarish sharoitda bezovtalanishga
munosabati, abstraksiya ko’lami va boshqlarni baholash 
 Xavotirlanish xarakteri .   Xavotirlanish, vahima, fobiya va har xil tebranib 
turuvchi emotsional holatlarni baholash 
 Impulьsv xatti-harakatlar : impulьsiv xatti-harakat oqibaida idrok, xotira, 
tafakkur, xulosa chiqarishdagi o‘zgarishlarni o‘rganish. 
4
  Henry Kellerman, P H .D. Anthony Burry, P H .D.   Handbook of     Psychodiagnostic Testing .   -  Springer Science_Business Media, 
LLC. 2007.  Himoyalanish imkoniyatlari : emotsional bosim sharoitida himoyalanish 
imkoniyatlarini kuchli yoki kuchsiz tomonlarini baholash. Bunday sharoitda 
shaxsning o’ziga xos xususiyatlarini yoritish.
Identiklik va shaxslararo xulq-atvor.   O’zini o’zi baholash va o’z qadr-qimmati va 
sotsial identikligini  baholash. Etuklik darajasi va shaxs munosabatlarini 
boshqarishi va sotsial xulq-atvor shakllarini yoritish (faol emas, tinglovchan, 
nazorat qiluvchi, tobe, agressiv, depressiv)

Mavzu: Testologiya haqida tushuncha Reja: 1. Testologiya tushunchasi, testologiyaning tavsifi. 2. Testologiyaning predmeti. 3. Testologiya, psixodiagnostika va psixologik testlashtirish tushunchalari. 4. Testologiyaning maqsad va vazifalari. 5. Testologiyaning fanlar tizimidagi o’rni. 6. Testologiya va kasbiy faoliyat sohalari.

Bugungi kunda psixologiya fanining amaliy jabhalriga ehtiyoj oshib borayotganligi, shaxs imkoniyatlarini baholash, bilim, ko’nikma va malakalarini shakllanganlik darajasini aniqlashda zarur psixologik vositalarni yaratish va amaliyotda tatbiq etish zaruratini yuzaga keltirmoqda. SHu toifa muammolarni hal etishda psixologik testlardan foydalanish muhimdir. «Testologiya» fani psixologiya faning muhim amaliy tarmog’i sifatida bugungi kunda psixologlarni tayyorlanish jarayoniga qo’llanilanilmoqda. Aslida mazkur fan fanlar tizimida o’ziga xos o’rin tutadiki, uni tibbiyotda, pedagogikada, texnika va texnologida, kibernetika va boshqa sohalarda xususiyatlaridan kelib chiqib foydalaniladi. Psixologiyada esa, ushbu fan shaxs xususiyatlari, uning intellekti, qobiliyati, bilish jarayonlari, emosional-irodaviy va motivatsion sohalarini testlar yordamida o’rganish uchun zarur usul va uslublarning qo’llash, ularni ishlab chiqish va kafolatlash bilan bog’liq tashkiliy tadbirlarni tizimini o’zida mujassamlashtirgan fan sifatida e’tirof etiladi. SHu sababli psixologiya sohalari bo’yicha tayyorlanayotgan talabalarni nazariy va amaliy bilimlarning bir yo’nalishiga o’rgatish uchun «Testologiya» fanini ta’lim jarayoniga o’qitish zarurati mavjud. Test - ingliz tilidan tarjima qilinganda «sinov», «tekshirish» degan ma’noni anglatadi. Psixologiyada test deb psixik hodisalarni, shaxs xarakteris-tikalarini, bilim, ko’nikma va malakalarini murakkab texnik moslamalarisiz qisqa muddat ichida standartlashtirilgan holda tekshirishga aytiladi. Psixologik testlarning vazifasi bu individlar o’rtasidagi farqlar yoki bir individning turli sharoitlardagi reaksiyalar farqini o’lchamdan iborat. Psixologik testlarni ishlab chiqishga turtki bo’lgan muammolardan biri aqli zaiflarni aniqlash muammosi edi. Bugungi kunga qadar aqli zaiflikni aniqlash psixologik testlarni qo’llashdagi muhim sohalardan biri bo’lib qolmoqda. Psixologik testlarni namoyon bo’lishining dastlabki shart-sharoitlarini to’la tushunish uchun biz ushbu muammoning tarixini ko’rib chiqishimiz zarur. Testlar qadim zamonlarda, ya’ni 3000 yil avval Xitoy imperiyasida fuqarolik xizmatiga

ishga olishda, qadimgi gretsiyada ta’lim protsessida (sokrat metodi) qo’llanilganligi bizga ma’lum. O’rta asrlarda ovrupa universitetlarida fan nomzodliklari va darajalarini taqdim etishda ham maxsus sinovlar joriy etilgan edi. Psixologik testlashni rivojlanishning asosiy bosqichlari XIX asrga to’g’ri keladi. XIX asrda birinchi bor aqli zaif va ruhiy kasalliklarga chalingan kishilarga nisbatan inson-parvarlik munosabatda bo’lish zarurligi to’g’risidagi fikr- mulohazalar ilgari surila boshladi. Bunday kishilar uchun maxsus «m e hribonlik» muassalari tashkil etila boshladi. Bu muassasalarni tashkil qilinishi sog’ kishilardan kasallarni, aqli zaiflardan ruhiy kasallik bilan og’rigan kishilarni bir- biridan ajrata olish muammosini yuzaga keltirdi. Bu muammoni hal etishda fransuz olimlari Eskirol, Segen, Binelarning hissasi juda katta bo’lgan. Testlashni rasmiy boshlanishiga ingliz biologi Frensis Galton asos solgan. U juda ko’p oddiy testlar ishlab chiqib, ularni o’z laboratoriyasida qo’llagan. Hozirgi kungacha ko’rish uzunligining o’lchovi Galton lineykasi, eshitish idrokini chegarasini aniqlovchi Galton xushtagi va boshqalar saqlanib qolgan. Galton birinchi bo’lib baholash shkalalarini qo’llagan, individual farqlarni analiz qilishda mamavzutik statistika metodini qo’llagan. Psixologik testlashni rivojlanishiga ahamiyatli hissa qo’shgan amerikalik psixolog Djeyms makkin kettel birinchi bo’lib test terminini kiritgan. Uning «Aql test»lari kollej studentlarida keng qo’llanilgan. Testologiyani fan sifatida rivojlanishining keyingi bosqichi-shaxs xarakteristikalarini o’lchash, emotsional regulya-siyani, shaxslararo munosabatlarni o’lchash, motivatsiya va qiziqishlarni o’lchashdir. Psixologik testlashtirishning vujudga kelishi va funksiyalari  Psixologik testlashtirish psixologiyaning o’ziga xos bir sohasi sifatida vujudga kelgan bo’lib, unda maktab, kollej, harbiy xizmatga, kadrlarni ishga qabul qilinadigan nomzodlarni standartlashtirilgan testlardan foydalangan holda saralash imkonini beruvchi vositasi sifatida xizmat qiladi. Bugungi kunda psixologik testlarni qo’llash 1 1 Anne Anastasi , Susana Urbina. Psychology Testing.-Prentice-Hall International, Inc.2000.P. 2-3

 Psixologik testlarni vazifasi har sharoitlarda individ yoki individlar o’rtasidagi tafovutlarni o’lchashga xizmat qiladi. Bu borada qo’llanilgan ilk testlar aqliy taraqqiyotdan ortda qolish masalalariga bag’ishlab ishlab chiqilgandir.  Bunday testlarni klinik maqsadlarda foydalanishi xulq-atvorida og’ishi bor, xulqdagi o’zgarishlar va huquq buzarlikka moyil insonlarni tekirishga yo’naltirilgandir.  Testlarni jadal rivojlanishining bir yo’nalishi ta’limda vujudga kelgan bo’lib, har xil ta’lim muassasalarida bolalarning iqtidor va qobiliyatiga ko’ra sarala o’qitish uchun mo’ljallaganligi, ta’lim jarayonida o’zlashtirmaslikni sabablarini aniqlash, o’rta maktab va kasb-hunar kollej o’quvchilarining kasb-hunar tanlash maslahatlarini tashkil etishda, kasb-hunar va boshqa ta’lim muassasalari uchun saralashlarning amalga oshirilishi ta’limda testlarning qo’llashning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi.  Sanoat va ishlab chiqarishda personallarni saralash va taqsimlash psixologik testlashtirishni keng qo’llash taqdim etilgan soha sanaladi. Boshqaruvda oddiy operatordan tortib, ish yurituvchi o’rniga xodimlarni saralab olishda o’ziga xos o’rin tutsada, ammo yollanib ishlaydigan, majburiyatlarni taqsimlash, ish joyi o’zgartirish, lavozimlarga ko’tarish yoki ishdan bo’shatish bilan bog’liq masalalarni hal etishda testlashtirish foyda bermadi. Ko’p hollada testlarni samarali qo’llash, asosan yuqori malakali ishga qabul qilishda test natijalarin talqin etish to’g’ri tuzilgan intervьyu asosida qo‘shimcha ma’lumotlar olish orqali ta’minlanadi. SHunday bo‘lsa-da, testlashtirish personal bilan ishlashning muhim qismini tashkil etadi. SHunga ko‘ra psixologik testlashtirish harbiy xizmatchilarni saralash va taqsimlashda qo‘llaniladi. Bu borada harbiy soha barcha yo’nalishlarini qamrab olgan testlar ishlab chiqilgan.  Psixologik maslahat sohasida psixologik testlashtirishni qo’llash inson hayotning turli yo’nalishlarida tor yo’nalishdagi testlashtirishni doimiy ravishda joriy etilib borilayotganligidan dalolat bermoqda. Emotsional holat va shaxslararo munosabat maslahatning eng asosiy ob’ektiga aylandi. Testlarni qo’llash o’z navbatida shaxsning o’zini o’zi anglashi va kamol topishini baholash vositasi

sifatida foydalanish o’sib bormoqda. Keyingi davrlarda test ko’rsatkichlardan foydalanishi individning qaror qabul qilishi vositasi bo’lib qoldi. Sanab o’tilgan holatlardan ko’rish mumkinki, psixologik testlashtirish keng ko’lamdagi amaliy masalalarn hal etishga xizmat qiladi. Biroq testlar fundamental tadqiqotlar o’tkazish uchun muhim vosita ekanligi haqida faktni inkor etib bo’lmaydi. Deyarli barcha differensial psixologiya masalalarini hal etishda psixologik testlashtirishdan muhim vosita sifatida foydalanish ma’lumotlar to’plashning eng maqbul yo’lidir. Misol sifatida individual tafovutlarning tabiati, xarakteri va darajalari haqidagi, psixologik xususiyatlarni yoritish bo’yicha, guruhiy tafovutlarni o’lchash, xulq-atvordagi har xil ta’sirlarning o’rnini baholashdagi biologik va madaniy tadqiqotlarni tashkil etishdagi o’rnini keltirib o’tish mumkin:  psixologik testlashtirish standartlashtirilgan vosita sifatida indviddagi yosh o’zgarishlar, ta’lim muhitining ta’siri va psixoterapiyaning ta’sir kuchi va sotsial dasturlarni joriy etish natijalarini o’rganishning eng maqbul vositasi sanaladi.  ayrim hollarda psixologik testlashtirish bo’yicha etarlicha ma’lumotlarga ega emaslik oqibatida zamonaviy psixologiyada testlarni qo’llash bo’yicha adekvat tushunishning imkoni yo’qolib qolayotgan holatlar ham uchraydi.  psixologik testlarni qo’llanish tarixi uning vujudga kelish mohiyatini aniqlashga imkon beradi va zamonaviy psixologik testlashtirishni mohiyatini, qo’llash chegaralarini tushunishga xizmat qiladi. Psixologik test nima? 2 Xulq-atvorni tanlab tahlil qilish. Psixologik testlar o’zida xulq-atvor namunasi ob’ektiv va standartlashgan tarzda o’lchashni ifodalaydi. Psixologik testlar boshqa fanlardagi testlar va kuzatishlar singari individ xulq-atvorining ajratib olgan namunasiga ko’ra kichik tanlanmada o’rganadi. Bu borada psixolog bioximik patsientning qon tarkibini, mikrorayondagi ichimlik suvining tarkibini bir necha sinovlar orqali o’rgangani singari o’z xulosalarini beradi.Mabodo, psixolog bolaning lug’at boyligini, arifmetik hisob-kitob ishlarini bajarishi yoki 2 Anne Anastasi , Susana Urbina. Psychology Testing.-Prentice-Hall International, Inc.2000 . P.5-6