logo

SMM platformasi bilan tanishish (Fakebook, YouTube, Instagram, Telegram)

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

356 KB
MAVZU: SMM platformasi bilan tanishish 
(Fakebook, YouTube, Instagram, Telegram)
Reja:
1.   SMM platformasi bilan tanishish
2. Facebook  va YouTube haqida ma’lumot
3. Instagram va telegram haqida ma’lumot
4. Xulosa 
5. Foydalanilgan adabiyotlar SMM (SOCIAL MEDIA MARKETING — IJTIMOIY MEDIA 
MARKETING) HAQIDA 
Internet   tarmog‘ining   rivojlanishi   hamda   uning   jamiyat   hayotida   muhim
o‘rin   egallashi   bugungi   kunda   jahon   miqyosida   keng   ommalashgan   ijtimoiy
tarmoqlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Dunyo aholisining aksariyat qismi,
shu   jumladan,   yoshlar   o‘z   media   mahsulotlari   hamda   biznes   loyihalarini   ijtimoiy
media marketing orqali reklama qilib, daromad manbaiga ega bo‘lishmoqda.
Ijtimoiy media marketing ( SMM — social media marketing) — mahsulot 
va xizmatlarni targ‘ib qilish, xaridorlarni jalb qilish hamda mahsulotlarni 
to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish faoliyatini ijtimoiy medialarda amalga oshirish.
Ijtimoiy media ko‘plab interfaol foydalanuvchilarga ega internet platforma 
bo‘lib, u internet tarmog‘i ishtirokchilari tomonidan to‘ldirib boriladi. Bunday 
platformalar umumiy qiziqishi bir xil bo‘lgan foydalanuvchilarning bitta guruh 
ichida o‘zaro muloqot qilishiga imkon yaratadi.  Ijtimoiy mediaga hamkorlikdagi 
blog, ijtimoiy tarmoq va boshqalar kiradi.
Ijtimoiy media  — ko‘plab faol foydalanuvchilarga ega internet platforma. 
SMM  (ijtimoiy media marketing) — marketing faoliyatining ijtimoiy 
mediada amalga oshirilishi. Brend — bir mahsulotning boshqa mahsulotlardan 
farqlanib turuvchi dizaynga ega belgisi.  Maqsadli auditoriya  — mahsulotingizni sotib olish yoki xizmatingizdan 
foydalanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar.
  Kontent —  maqsadli loyiha uchun yaratilgan sahifa, videorolik yoki tasvir.
  Platforma  — o‘zining imkoniyati va funksiyalari orqali boshqa tizimlarni 
yo‘lga qo‘yishga xizmat qiluvchi “o‘zak dastur”.
Ijtimoiy media marketingning asosiy vazifalari: 
—   mahsulot brendini yaratish va uni tanitish; 
—   brendni mashhur qilish va unga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
  —   kompaniyalar saytiga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish; 
—   yangi mijozlarni jalb qilish va mahsulot sotishni ko‘paytirish; 
—   doimiy mijozlar sonini oshirish; 
—   mijozlar ko‘magi va ochiqlik hisobiga kompaniya imijini oshirish; 
—   taniqli kompaniyalarning brendini tan olish; 
—   o‘z-o‘zini reklama qilish (PR); 
—   mijoz va foydalanuvchilarda mahsulot hamda xizmat yuzasidan paydo 
bo‘lgan savollarga tezkorlik bilan javob berish .
FACEBOOK TARMOG‘I
SMMda   asosiy   e’tibor   ijtimoiy   tarmoqlar   orqali   ma’lumot   tarqatuvchi
qiziqarli   kontent   yaratilishiga   qaratiladi.   Ijtimoiy   tarmoqlarda   ishlovchi   SMM
mutaxassislarining ijtimoiy marketingni rivojlantirishdagi asosiy vazifalaridan biri
—   ijtimoiy   media   platformalar   bilan   ishlash.   O‘zbekistonda   SMM   mutaxassislari
brendni,   asosan,   Facebook,   Telegram,   Instagram,   Youtube   kabi   ijtimoiy
tarmoqlarda keng targ‘ib qilish, reklama berish ishlari bilan shug‘ullanishadi.
Facebook   dunyodagi   eng   yirik   ijtimoiy   tarmoqlardan   biri   bo‘lib,   uning
yordamida   yaqinlar   bilan   xabarlashish,   mustaqil   ta’lim   olish   hamda   biznes
loyihalarni yuritish mumkin. Facebook — 2004-yilda Garvard universiteti talabasi
Mark   Suckerberg   hamda   Eduardo   Saverin,   Dustin   Moskovitz,   Chris   Hughes
tomonidan asos solingan ijtimoiy tarmoq
                    YOUTUBE SAYTI
YouTube   katta   hajmdagi   video   fayllar   jamlangan   sayt   hisoblanadi.
Tizimdan   professional   videolavhalardan   tortib,   havaskorlar   videolarini   hamda
videoblogerlar   materiallarini   topish   mumkin.   YouTube   sayti   yordamida   kanal
ochib,   u   orqali   biznes   loyihalarni   yuritish   mumkin.   YouTube   sayti   Steve   Chen, Chad   Hurley,   Jawed   Karim   tomonidan   amalga   oshirilgan   loyiha   bo‘lib,   2005-yil
14-fevralda ro‘yxatdan o‘tgan.
YouTube ,   foydalanish   oson   va   qulay   bo‘lganligi   sababli,   tashrif
buyuruvchilar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. 2006-yilda YouTube
tarmog‘ini   Google   kompaniyasi   sotib   olgan.   YouTubeda   ro‘yxatdan   o‘tmagan
holda ham videoroliklar bilan tanishish va ularni ko‘rish mumkin.
YouTube dagi videofayl o‘chirilgani bilan, u batamom o‘chmagan bo‘ladi va
maxsus dasturlar yordamida uni ko‘rish mumkin.
Telegram tarmog’i
Telegram   tezkorlik   va   xavfsizlikka   asoslangan   xabar   almashish   dasturi
bo‘lib, u orqali matn, tasvir, video, audio va boshqa turdagi fayllar (doc, zip, mp3
va   h.   k.)ni   jo‘natish   mumkin.   Telegram   loyihasi   2013-yilda   aka-uka   Nikolay   va
Pavel Durovlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Telegram   sinxron   tarzda   bir   necha   qurilmada   ishlay   oladi,   ya’ni   telefon,
kompyuter   va   planshet   qurilmalaridan   birida   yozilgan   xabar   ayni   vaqtda
boshqalarining yozuv maydonida o‘z aksini topadi. 
Telegram   tarmog‘i   yordamida   chat,   maxfiy   chat,   guruhli   chatlarda
xabarlashish,   kanal,   jamoat   kanali,   xususiy   kanal   va   botlar   ochib,   biznes
loyihalarni yuritish mumkin. 
Chat  — ikki tomon o‘rtasidagi yozishmalar. 
Maxfiy chat — ikki nafar foydalanuvchining yozishmalari. Muloqot paytida
xabarlar   maxsus,   takomillashtirilgan   xavfsizlik   protokoli   bilan   shifrlangan   holda
faqat ikkita mobil qurilma o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi. 
Guruhli   chat   — muloqot davomida uch yoki undan ortiq foydalanuvchilar
o‘rtasidagi yozishmalar.
  Kanal   — cheklanmagan miqdordagi abonentlarga xabar yuborish mumkin
bo‘lgan   chat.   Uning   o‘ziga   xos   xususiyati   —   kanal   a’zolari   xabarlarga   izoh
berolmaydi. Kanal yangiliklar tasmasi va tematik blogga o‘xshaydi.
  Jamoat   kanali   —   qidiruv   orqali   hamda   a’zo   bo‘lmagan   holda   ham
foydalanish mumkin bo‘lgan ochiq kanal. Bitta foydalanuvchi akkaunti orqali faqat
10 ta jamoat kanali yaratishi mumkin.
  Botlar   — foydalanuvchi xabarlariga zudlik bilan avtomatik ravishda javob
beradigan   ilovalar.   Ularning   yordamida   statistikalarni   ko‘rish,   so‘rovnomalarga
javob   olish   va   boshqalarni   amalga   oshirish   mumkin.   Dastlab   telegram   ilovasi
telefon,   kompyuter   yoki   planshet   qurilmalaridan   biriga   o‘rnatib   olinadi   va   keyin
ishga tushiriladi.
Instagram   —   foto   va   videolarni   tasvirga   olish   yoki   boshqa   platformalar
orqali   yuklash   imkoniyatiga   ega   ijtimoiy   tarmoq.   Shuningdek,   unda   foto   va videolarni raqamli filtrlash (sifatini yaxshilash) imkoniyati ham mavjud. Instagram
Kevin   Systrom   va   Mayk   Krieger   tomonidan   yaratilgan   bo‘lib,   bepul   mobil   ilova
sifatida 2010-yilning oktabr oyida ishga tushirilgan.
Facebook kabi Instagramda profil ochgan foydalanuvchi o‘zining yangiliklar
tasmasiga   ega   bo‘ladi.   Instagram   orqali   qo‘yilgan   rasm   va   video   foydalanuvchi
profilida namoyon bo‘ladi  va do‘stlaringiz o‘z tasmasida Siz qoldirgan xabarlarni
ko‘rib,   ularga   izoh   qoldirishlari   mumkin.   Shuningdek,   Instagram   tarmog‘ida
shaxsiy xabarlarni ham almashish mumkin.
Instagram   tarmog‘idan   iOS   va   Android   mobil   qurilmalarida   bepul
foydalanish   mumkin.   Buning   uchun   AppStore   (iOS   uchun)   va   GooglePlay
(Android   uchun)dan   ilovani   yuklab   olish   lozim.   Instagram   tarmog‘ini   mobil
qurilmalardan   tashqari   internet   orqali   kompyuterlarda   instagram.com   rasmiy
manzili orqali ham ishlatish mumkin Xulosa 
Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, men bu mavzuda ijtimoiy media marketing
haqida ma’limotlar oldim. Instagram, telegram, Fakebook va YouTube tarmoqlari
haqida   tushunchalarga   ega   bo’ldim   va   ulardan   foydalanishlarni   ko’rib   chiqdim
ishlatishni o’rgandim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. I.Karimov. O’zbekiston buyuk kelajak sari.-T.: O’zbekiston, 1998.-686 b. 
2. I.Karimov   Barkamol   avlod   orzusi   //Nashr   uchun   mas’ul:   T.Risqiev.
Tuzuvchilar:   Sh.   Qurbonov,   H.Saidov,   R.Ahliddinov.–   T.:   «Sharq»
nashriyot–matbaa konserni, 1999. – 184 b. 
3. I.Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.  Asarlari, 3-jild.-T.: 
O’zbekiston, 1996.-367 b.

MAVZU: SMM platformasi bilan tanishish (Fakebook, YouTube, Instagram, Telegram) Reja: 1. SMM platformasi bilan tanishish 2. Facebook va YouTube haqida ma’lumot 3. Instagram va telegram haqida ma’lumot 4. Xulosa 5. Foydalanilgan adabiyotlar

SMM (SOCIAL MEDIA MARKETING — IJTIMOIY MEDIA MARKETING) HAQIDA Internet tarmog‘ining rivojlanishi hamda uning jamiyat hayotida muhim o‘rin egallashi bugungi kunda jahon miqyosida keng ommalashgan ijtimoiy tarmoqlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Dunyo aholisining aksariyat qismi, shu jumladan, yoshlar o‘z media mahsulotlari hamda biznes loyihalarini ijtimoiy media marketing orqali reklama qilib, daromad manbaiga ega bo‘lishmoqda. Ijtimoiy media marketing ( SMM — social media marketing) — mahsulot va xizmatlarni targ‘ib qilish, xaridorlarni jalb qilish hamda mahsulotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish faoliyatini ijtimoiy medialarda amalga oshirish. Ijtimoiy media ko‘plab interfaol foydalanuvchilarga ega internet platforma bo‘lib, u internet tarmog‘i ishtirokchilari tomonidan to‘ldirib boriladi. Bunday platformalar umumiy qiziqishi bir xil bo‘lgan foydalanuvchilarning bitta guruh ichida o‘zaro muloqot qilishiga imkon yaratadi. Ijtimoiy mediaga hamkorlikdagi blog, ijtimoiy tarmoq va boshqalar kiradi. Ijtimoiy media — ko‘plab faol foydalanuvchilarga ega internet platforma. SMM (ijtimoiy media marketing) — marketing faoliyatining ijtimoiy mediada amalga oshirilishi. Brend — bir mahsulotning boshqa mahsulotlardan farqlanib turuvchi dizaynga ega belgisi.

Maqsadli auditoriya — mahsulotingizni sotib olish yoki xizmatingizdan foydalanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar. Kontent — maqsadli loyiha uchun yaratilgan sahifa, videorolik yoki tasvir. Platforma — o‘zining imkoniyati va funksiyalari orqali boshqa tizimlarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiluvchi “o‘zak dastur”. Ijtimoiy media marketingning asosiy vazifalari: — mahsulot brendini yaratish va uni tanitish; — brendni mashhur qilish va unga bo‘lgan qiziqishni oshirish; — kompaniyalar saytiga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish; — yangi mijozlarni jalb qilish va mahsulot sotishni ko‘paytirish; — doimiy mijozlar sonini oshirish; — mijozlar ko‘magi va ochiqlik hisobiga kompaniya imijini oshirish; — taniqli kompaniyalarning brendini tan olish; — o‘z-o‘zini reklama qilish (PR); — mijoz va foydalanuvchilarda mahsulot hamda xizmat yuzasidan paydo bo‘lgan savollarga tezkorlik bilan javob berish . FACEBOOK TARMOG‘I SMMda asosiy e’tibor ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lumot tarqatuvchi qiziqarli kontent yaratilishiga qaratiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda ishlovchi SMM mutaxassislarining ijtimoiy marketingni rivojlantirishdagi asosiy vazifalaridan biri — ijtimoiy media platformalar bilan ishlash. O‘zbekistonda SMM mutaxassislari brendni, asosan, Facebook, Telegram, Instagram, Youtube kabi ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ib qilish, reklama berish ishlari bilan shug‘ullanishadi. Facebook dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan biri bo‘lib, uning yordamida yaqinlar bilan xabarlashish, mustaqil ta’lim olish hamda biznes loyihalarni yuritish mumkin. Facebook — 2004-yilda Garvard universiteti talabasi Mark Suckerberg hamda Eduardo Saverin, Dustin Moskovitz, Chris Hughes tomonidan asos solingan ijtimoiy tarmoq YOUTUBE SAYTI YouTube katta hajmdagi video fayllar jamlangan sayt hisoblanadi. Tizimdan professional videolavhalardan tortib, havaskorlar videolarini hamda videoblogerlar materiallarini topish mumkin. YouTube sayti yordamida kanal ochib, u orqali biznes loyihalarni yuritish mumkin. YouTube sayti Steve Chen,

Chad Hurley, Jawed Karim tomonidan amalga oshirilgan loyiha bo‘lib, 2005-yil 14-fevralda ro‘yxatdan o‘tgan. YouTube , foydalanish oson va qulay bo‘lganligi sababli, tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. 2006-yilda YouTube tarmog‘ini Google kompaniyasi sotib olgan. YouTubeda ro‘yxatdan o‘tmagan holda ham videoroliklar bilan tanishish va ularni ko‘rish mumkin. YouTube dagi videofayl o‘chirilgani bilan, u batamom o‘chmagan bo‘ladi va maxsus dasturlar yordamida uni ko‘rish mumkin. Telegram tarmog’i Telegram tezkorlik va xavfsizlikka asoslangan xabar almashish dasturi bo‘lib, u orqali matn, tasvir, video, audio va boshqa turdagi fayllar (doc, zip, mp3 va h. k.)ni jo‘natish mumkin. Telegram loyihasi 2013-yilda aka-uka Nikolay va Pavel Durovlar tomonidan ishlab chiqilgan. Telegram sinxron tarzda bir necha qurilmada ishlay oladi, ya’ni telefon, kompyuter va planshet qurilmalaridan birida yozilgan xabar ayni vaqtda boshqalarining yozuv maydonida o‘z aksini topadi. Telegram tarmog‘i yordamida chat, maxfiy chat, guruhli chatlarda xabarlashish, kanal, jamoat kanali, xususiy kanal va botlar ochib, biznes loyihalarni yuritish mumkin. Chat — ikki tomon o‘rtasidagi yozishmalar. Maxfiy chat — ikki nafar foydalanuvchining yozishmalari. Muloqot paytida xabarlar maxsus, takomillashtirilgan xavfsizlik protokoli bilan shifrlangan holda faqat ikkita mobil qurilma o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi. Guruhli chat — muloqot davomida uch yoki undan ortiq foydalanuvchilar o‘rtasidagi yozishmalar. Kanal — cheklanmagan miqdordagi abonentlarga xabar yuborish mumkin bo‘lgan chat. Uning o‘ziga xos xususiyati — kanal a’zolari xabarlarga izoh berolmaydi. Kanal yangiliklar tasmasi va tematik blogga o‘xshaydi. Jamoat kanali — qidiruv orqali hamda a’zo bo‘lmagan holda ham foydalanish mumkin bo‘lgan ochiq kanal. Bitta foydalanuvchi akkaunti orqali faqat 10 ta jamoat kanali yaratishi mumkin. Botlar — foydalanuvchi xabarlariga zudlik bilan avtomatik ravishda javob beradigan ilovalar. Ularning yordamida statistikalarni ko‘rish, so‘rovnomalarga javob olish va boshqalarni amalga oshirish mumkin. Dastlab telegram ilovasi telefon, kompyuter yoki planshet qurilmalaridan biriga o‘rnatib olinadi va keyin ishga tushiriladi. Instagram — foto va videolarni tasvirga olish yoki boshqa platformalar orqali yuklash imkoniyatiga ega ijtimoiy tarmoq. Shuningdek, unda foto va

videolarni raqamli filtrlash (sifatini yaxshilash) imkoniyati ham mavjud. Instagram Kevin Systrom va Mayk Krieger tomonidan yaratilgan bo‘lib, bepul mobil ilova sifatida 2010-yilning oktabr oyida ishga tushirilgan. Facebook kabi Instagramda profil ochgan foydalanuvchi o‘zining yangiliklar tasmasiga ega bo‘ladi. Instagram orqali qo‘yilgan rasm va video foydalanuvchi profilida namoyon bo‘ladi va do‘stlaringiz o‘z tasmasida Siz qoldirgan xabarlarni ko‘rib, ularga izoh qoldirishlari mumkin. Shuningdek, Instagram tarmog‘ida shaxsiy xabarlarni ham almashish mumkin. Instagram tarmog‘idan iOS va Android mobil qurilmalarida bepul foydalanish mumkin. Buning uchun AppStore (iOS uchun) va GooglePlay (Android uchun)dan ilovani yuklab olish lozim. Instagram tarmog‘ini mobil qurilmalardan tashqari internet orqali kompyuterlarda instagram.com rasmiy manzili orqali ham ishlatish mumkin