Sovet hokimiyatining quloqlashtirish siyosati.
Mavzu . S ovet hokimiyatining quloqlashtirish siyosati . Reja. Kirish. 1. Sovet hokimyatining jamoalashtirish siyosatining asosiy mohiyati. 2. Quloqlashtirish siyosatini amalga oshirishning shartlari va maqsadlari. 3.Quloqlashtirish siyosatining fojiaviy oqibatlari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish. O zbekistonning sovetlar davri tarixidagi deyarli mutlaqo o`rganilmagan mavzulardan biri q u l oqlar bilan bog`liq bo`lib, u qatag`on etilib surgun qilingan dehqonlarimizning ayanchli hayoti, taqdiridir. Sovetlar davrida bu mavzu o rganish uchun man etilgan edi. Quloqlar q i shloq burjuaziyasi , a k silinqilobchilar , x a l q dushmanlari , s o t sializm dushmanlari , k o l xoz dushmanlari degan nomlar bilan atalib kelindi. Tariximizning yana shu achinarli, alamli sahifasini yoritish hozirgi davrda tarixchilar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Jamoalashtirish va quloq qilish uning fojeali oqibatlarining eng birinchi aybdori mustabid sovet tuzumi, Komfirqa, qolaversa ularning arboblaridir. Qishloq, dehqon taqdirining fojeali, dahshatli yakun topishining bosh q a hramonlari ayni o`sha arboblar edi. Dehqonlarga qilingan bu tajovuz b o l shevizm ning ajdodlaridan ekan, uning ildizi ham Komfirqa va uning shtabiga borib taqaladi. Ayni shu joydan turib millionlab dehqonlar taqdirini hal etish boshqarildi. Qishloq fojeasining yuzaga kelishida d o hiy Lenin g`oyalari dasturilamal ahamiyatga ega bo`lib nazariy-siyosiy reja yo`lini o`tadi. Q u l oqlar g a birinchi bo`lib o`t ochgan ham Leninning o`zi bo`ldi. Lenin ishchilarning dasturi va siyosati q u l oqlarni yanchib tashlash dan iborat deb bildi. Lenindan keyingi ikkinchi siyosiy shaxs Trotskiy edi. Q u l oq tushunchasi 20- yillar davomida asta-sekin kengaya bordi, avval boshda kim batraklarni o`zi yollab olgan, yani yollanma mehnatdan foydalangan bo`lsa, u quloq hisoblandi. Keyinchalik esa, barcha o`ziga to`q dehqonlarni quloq deb hisoblash keng tus oldi. Q u l oqlar ni sinf sifatida tugatish sari mudhish siyosat 1929-yilning 7-noyabrida P r avda gazetasida Stalinning B u y uk burulish yili maqolasi e`lon qilingach amalga oshirila boshlandi.
1. 1929-yil tarixga qora belgi ostidagi b u yuk burulish yili deb nom olgan yil bo`lib kirib keldi. Bu dehqonlar sinfini ijtimoiy qatlam va mehnatkash omma sifatida maqsadli yo`q qilishning boshlang`ich davri edi. Bunda q u l oqlar va b o ylar toifasiga asosan yangi iqtisodiy siyosat sharoitida o`z xo`jaliklarini oyoqqa turg`azib olgan o`rtahol dehqonlar kiritildi. Chunki birmuncha badavlatroq qatlamlar oldingi yillarda tugatilgan edi.1929-yilning yozida q u l oqlar ni jamoa xo`jaliklariga (kolxoz) kiritilishini ta`qiqlovchi qaror qabul qilinadi. O`sha yilning 7-noyabrida x a l qlar otasi Stalinning matbuotda bosilib chiqqan B u yuk burulish yili nomli maqolasi hamda 27-dekabrda qishloq xo`jalik xodimlarining ilmiy konferensiyasida so`zlagan nutqi quloqlarni sinf sifatida tugatish va jadal jamoalashtirish siyosatini boshlab berdi. Yoppasiga jamoalashtirish bu boy va o`rtahol dehqonlarga tegishli ishlab chiqarish vositalari, mollar, uy-joy, qishloq xo`jalik mahsulotlari va urug` zaxiralarini tortib olish hisobiga kolxozlar tuzish degani edi. Ommaviy jamoalshtirish g`oyasi, umuman olganda, L e nincha kooperativ reja da o`z ifodasini topgan bo`lib unda dehqonlarni bosqichma bosqich kooperatsiyalash yo`li taklif qilingan edi, u dehqonlarning eng oddiy shakllar orqali yuqori va murakkab shakl bo`lgan jamoa xo`jaliklariga birlashuvini nazarda tutardi. 1929-yilning kuzidan e`tiboran sovet davlati kooperativlashtirishning xilma-xil shakllarini tugatish, mavjud bo`lgan bir qancha kooperativ tizimlarini davlatlashtirish yo`liga o`tdi. Kooperatsiyani barcha turlari va sohalari bo`yicha rivojlantirish siyosatini yoppasiga jamoalashtirish yo`li bilan almashtirdi. Bu yo`l esa ixtiyoriylik prinsplari asosida emas, balki y u qoridan belgilash yo`li bilan amalga oshiriladi. O`zbekistonda jamoalashtirish O`z KP MK ning 1930-yil fevralda qabul qilingan K o l lektivlashtirish va quloq xo`jaliklarini tugatish to`g`risidagi qarori e`lon qilingandan so`ng boshlab yuborildi. O`rta Osiyo, jumladan, O`zbekistonning sovet davri tarixidagi yaxshi o`rganilmagan mavzulardan biri jamoalashtirish va u bilan bog`liq quloqlashtirish, surgun qilish davri tarixi masalasidir. Zo`rlik bilan, kuch bilan o`tkazilgan jamoalashtirish jarayoni qanday kechgan bo`lsa, shundayligicha ochib berish va qatag`on etilib surgun qilingan dehqonlarning ayanchli, fojeali ahvoli, taqdirini tadqiq etish hozirgi O`rta
Osiyo tarixshunosligida dolzarb muammolardan biridir. Komfirqa va sovetlar hukmronligi davrida q u l oq , m u s htumzo`r , q i s hloq burjuaziyasi , a k s ilinqilobchilar , x a l q dushmanlari , s o t sializm dushmanlari , k o l xoz dushmanlari , y o t unsurlar , k a pitalistik unsurlar , e n g so`nggi ekspulatatorlar kabi nomlar atalib kelingan milliy qishloq aholisining haqiqiy tarixini yaratish imkoni bo`lmadi va bu mavzu ommadan sir saqlanib kelindi. Stalinning 1929-yil 7-noyabrida bosilib chiqqan B u yuk burulish yili nomli maqolasi jadal jamoalashtirishni n a zariy jihatdan asoslab berdi. Unda, keng qishloq ommasi kolxozlarga kirish uchun yetildi, deb yozilgan edi. VKP (b) MQ ning 1929-yilgi noyabr plenumi partiya direktivasiga aylantirdi. Plenum jamoalashtirish sur`atlarini haddan tashqari kuchaytirish, unga ommaviy tus berishdan iborat aniq vazifani qo`ydi. 1929-yil 27-dekabrda agrar markschilar konfrensiyasida so`zga chiqqan Stalin y o ppasiga jamoalashtirish asosida quloqlarni sinf sifatida tugatish shiorini e`lon qildi2. Hokimiyat organlari d o hiy n i ng ko`rsatmasini bajarish uchun jadal jamoalshtirishning boshida turib asosan zo`ravonlik usullariga e`tiborni kuchaytirdilar. Qishloqda an`anaviy iqtisodiy munosabatlarni yoppasiga buzish avj oldirildi. Davlat qishloq mehnatkashlariga qancha va nima ekishni, yetishtirilgan mahsulotni qanday narx bilan topshirishni aytib turadigan bo`ldi. Qishloq aholisining badavlat qatlamlariga qarshi mislsiz quvg`inlar uyushtirildi, qishloqda aholini zo`rlik bilan kolxozlarga kiritish boshlandi. Agrar siyosatdagi yangi yo`l O`zbekistonda og`ir oqibatlarni keltirib chiqardi. VKP (b) MQ ning 1930-yil 5-yanvardagi J a m oalashtirish sur`atlari va davlatning kolxoz qurilishiga yordam ko`rsatish choralari to`g`risida gi qarorining dastlabki ta х ririda O’zbekiston SSSR hududida jamoalashtirishni ikkinchi besh yillik mobaynida tugallash mo`ljallangan bo`lishiga qaramay, bu harakat ertaroq tugallanishi mumkin degan fikrni o`rtaga tashladi. Shuni ham aytib o`tish joizki, respublikamizning ayrim rahbarlari (xususan, F.Xo`jayev va A. Akromov) valyuntaristik usullarga qarshi turishga intildilar va raqamlarga va muddatiga tuzatish kiritish fikrini bildirdilar. Biroq ularning takliflariga umuman e`tibor berilmagan. Natijada VKP (b) MQ O`rta Osiyo byurosining qarori bilan 1932-yilning boshlariga kelib dehqon xo`jaliklarining 68% ni kolxozlarga birlashtirish rejasi qabul qilindi. Jamoalashtirishni sun`iy tezlashtirish va bu borada s o t sialistik
musobaqa ning kim o`zdi p o ygasini avj oldirishda VKP (b)MQ ning 1930-yil 5-yanvardagi J a m oalashtirish sur ati va kolxoz qurilishida davlat yordami berish tadbirlari to`g`risida gi qarori hal qiluvchi o`rin tutdi. Mazkur qarorda sobiq SSSR hududi uch guruh rayonlarga bo`lindi va qaysi hudud qachon jamoalashtirishni tugallashi rejalashtirildi va u jamoalashtirishni 1933-yil bahorida tugallashi kerak edi. Yoppasiga jamoalashtirishga rahbarlik qilish uchun respublika va viloyat shtablari tuzildi. Hamma joyda ommaviy axborot vositalari, jamoat tashkilotlari harakatga keltirildi. Qishloq aholisini kolxozlarga g ` ayratlantirish uchun ishchilar sinfi ham jalb qilindi. VKP (b) MQ 1929-yil noyabr plenumi qarori bilan y a kka xo`jalik qishloqlariga kamida 25 ming ishchini yuborish taklif etildi, ular joylarda a g r ar inqilobni avj oldirishni ta`minlashlari lozim edi. Xususan, O`zbekistonga Rossiyaning markaziy rayonlaridan 437 ishchi yuborildi. Ular bilan birgalikda mahalliy ishchilar sinfi o`z saflaridan 263 kishini jalb qildi. Y i girma besh mingchi ishchilar partiya tashkilotlariga kolxozlar tuzishda yordam ko`rsatdilar. Sovet mustamlakachilari O`zbekistonda 20-yillar oxiri va 30-yillar boshlarida keng ko`lamda jamoalashtirish va quloqlashtirish siyosatni olib bordilar. Lekin bu siyosatga sovetlar davrida xolisona baho berilmadi. O`rta Osiyoda shu jumladan O`zbekistonda o`tkazilgan q u l oqlashtirish kompaniyasi yaqin-yaqingacha tarixiy adabiyotlarda sovet davlat tuzumiming, jamolashtirish siyosatining qishloq rayonlardagi ulkan g`alabasi tarzida talqin etib kelindi.Ammo XX asrning so`nggi yillarida, ayniqsa, SSSR ning davlat sifatida halokatga uchrashi bilan sovet davri tarixining qayta o`rganilishi va shu davrda ro`y bergan siyosiyijtimoiy voqealarning qayta baholanishi natijasida q u l oqlashtirsh sovet davlati amalga oshirgan eng sharmandali kompaniyalardan biri ekanligi ma`lum bo`ldi. 2.O zbekistonning sovetlar davri tarixidagi deyarli mutlaqo o`rganilmagan mavzulardan biri q u l oqlar bilan bog`liq bo`lib, u qatag`on etilib surgun qilingan dehqonlarimizning ayanchli hayoti, taqdiridir. Sovetlar davrida bu mavzu o rganish uchun man etilgan edi.