logo

Sobiq sovet psixologiyada shaxsga yondashuvlar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

24.2001953125 KB
Sobiq sovet psixologiyada shaxsga yondashuvlar
Reja
1. Sobiq Sovet psixologiyasida shaxs rivojlanishi nazariyalari sharhlari
2. Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta’rifi Sobiq   Sovet   psixologiyasida   shaxsning   rivojlanishi   muammosi   L.S.Vigotskiy,
P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontyev, B.G.Ananyev, L.I.Bojovich singari
yirik   psixologlarning   asarlarida   o’z   aksini   topa   boshlagan.   Keyinchalik   ushbu
masala bilan shug’ullanuvchilar safi kengayib bordi. Xuddi shu boisdan shaxsning
tuzilishi,   ilmiy   manbai,   rivojlanishning   o’ziga   xosligi   bo’yicha   yondashuvda,
muayyan darajada tafovutga ega. Hozirgi davrda shaxsning rivojlanishi yuzasidan
mulohaza yuritilganda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhga ajratish va
undan   so’ng   ularning   mohiyatini   ochish   maqsadga   muvofiq.   Bizningcha,
ontogenezda   shaxs   taraqqiyotini   bir   necha   bosqichlarga   ajratish   va   ularning   har
biriga alohida ilmiy psixologik ta’rif berish nuqtai nazaridan yondashish quyidagi
nazariya   va   yo’nalishlarni   tashkil   qiladi.   Jumladan,   rivojlanishdagi   inqirozga
binoan   (L.S.Vigotskiy),   motivasion   yondashish   (L.I.Bojovich),   faoliyatga   ko’ra
munosabat   (D.B.Elkonin),   shaxsning   ijtimoiylashuvi   xususiyatiga   e’tiboran
(A.V.Petrovskiy),   shaxsni   tutgan   pozisiyasini   hisobga   olib   (D.I.Feldshteyn)   va
hokazo.
L.S.Vigotskiy   jahon   psixologlari ning   shaxsni   tuzilishi   va   rivojlanishiga   oid
nazariyalar i ni   tanqidiy   tahlil   qilib,   kamolotni   vujudga   keltiruvchi   ruhiy
yangilanishlardan kelib chiqqan holda jarayonni quyidagi bosqichlarga ajratadi.
1. Chaqaloqlik davri inqirozi (krizisi).
2. Go’daklik davri - 2 oydan 1 yoshgacha. Bir yasharlik inqiroz.
3. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha. 3 yasharlik inqiroz.
4. Maktabgacha yoshdagi davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha. ? yasharlik inqiroz.
5. Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha. 13 yasharlik inqiroz.
6.   Pubertat   (jinsiy   yetilish)   davri   -   14   yoshdan   18   yoshgacha.   17   yasharlik
inqiroz.
L.S.Vigotskiy   o’z   asarlarida   rivojlanishning   har   bir   davrining   o’ziga   xos
xususiyatlariga   chuqur   ilmiy   ta’rif   bera   olgan.   Tadqiqotchi   shaxsning
rivojlanishida   eng   muhim   ruhiy   yangilanishlar   yuzasidan   ham   ilmiy,   ham   amaliy
ahamiyat   kasb   etuvchi   mulohazalar   bildirgan.   Biroq   uning   fikrlari   ichida   o’ta
munozarali,   bahsbob   o’rinlar   talaygina.   Hozirgi   zamon   psixologiya si   fanida L.S.Vigotskiyning   shaxsning   rivojlanishi   nazariyasi   ilmiy,   tarixiy,   ijtimoiy
ahamiyat   kasb   etadi,   taraqqiyotni   keltirib   chiqaruvchi   inqirozlarning   roli
to’g’risidagi   mulohazalari   va   olg’a   surgan   g’oyalari   shu   kunning   talabi   bilan
hamohangdir.
Sobiq   Sovet   psixologiyasining   yirik   namoyandasi,   L.S.Vigotskiyning   shogirdi
L.I.Bojovich   shaxs   shakllanishini   muayyan   davrlarga   bo’lishda   motivlarga
asoslanadi,   shuning   uchun   bu   yondashuvni   motivasion   deb   yuritish   mumkin.
L.I.Bojovich   mulohazasiga   binoan,   shaxsning   shakllanishi   ushbu   darajalardan
iborat:   birinchi   bosqich   -   chaqaloqlik   -   tug’ilgandan   to   1   yoshgacha,   ikkinchi
bosqich - motivasion tasavvur - 1 yoshdan 3 yoshgacha, uchinchi bosqich - “Men”
ni   anglash   davri   -   3   yoshdan   7   yoshgacha,   to’rtinchi   bosqich   -   ijtimoiy   jonzod
ekanligini   anglash   davri   -   7   yoshdan   11   yoshgacha,   beshinchi   bosqich:   a)   o’z-
o’zini   anglash   davri   -   12   yoshdan   14   yoshgacha,   b)   o’z   o’rnini   belgilab   olish
(topish) davri - 15 yoshdan 17 yoshgacha.
L.I.Bojovich shaxs shakllanishining har bir bosqichini psixologik tavsifini berib,
ularni keltirib chiqaruvchi omillar, manbalar, turtkilar, mexanizmlar negizini ochib
berishga harakat qilgan. Olima fikrining yo’nalishi shaxs psixologiyasi bilan uzviy
bog’liq bo’lib motivasion yondashuvga bevosita tahlil va sharh bo’ysundirilgan.
D.B.Elkoninning   shaxs   shakllanishi   klassifikasiyasi   yetakchi   faoliyat
nazariyasiga   (A.N.Leontyev   ta’limotiga)   asoslanib,   har   bir   taraqqiyot   pallasida   u
yoki bu ko’rinishdagi faoliyat ustunlik qilish ehtimoliga suyanadi. Insonning shaxs
sifatida   kamol   topishi   jarayonidagi   yetakchi   faoliyat   roli   ushbu   nazariyaning
asosini tashkil qiladi.
D.B.Elkonin shaxs shakllanishining quyidagi bosqichlarga ajratadi:
1)   go’daklik   davri   -   tug’ilgandan   to   1   yoshgacha;   asosiy   faoliyat   -   bevosita
emosional muloqot,
2) ilk bolalik davri - 1 yoshdan to 3 yoshgacha; asosiy faoliyat - predmet bilan
manipulyasiya (nozik harakat) qilish,
3) maktabgacha davri - 3 yoshdan to 7 yoshgacha; asosiy faoliyat - rolli o’yinlar,
asosiy faoliyat - o’qish, 5)   kichik   o’smirlik   davri   -   10   yoshdan   to   15   yoshgacha;   asosiy   faoliyati   -
shaxsiy ichki (intim) muloqot,
6) katta o’smirlik yoki ilk o’spirinlik yosh davri - 16 yoshdan to 17 yoshgacha;
asosiy faoliyat - o’qish-kasb tanlash.
D.B.Elkoninning   shaxs   shakllanishi   bosqichlari   muayyan   ko’lamdagi
psixologlar   tomonidan   iliq   qarshi   olinishiga   qaramasdan,   ma’lum   darajada
munazarabob o’rinlar yo’q emasligini e’tirof qilindi. Bizningcha, har bir davrning
o’ziga   xos   xususiyatlari   faqat   alohida   olingan   faoliyat   doirasi   ta’siri   bilan
chegaralanib   qolmasligi,   balki   oraliq   bosqichlari   ham   mavjudligi   va   undan   kelib
chiqqan holda ruhiy yangilanishlarda ham o’zgarish bo’lishi ehtimoldan holi emas.
Shunga   qaramasdan,   D.B.Elkoninning   mazkur   nazariyasi   psixologiya   fanida,
ayniqsa, yosh davrlari psixologiyasida eng ommaboplardan biri bo’lib qolmoqda.
Bolalar   psixologiyasi   fanining   yirik   namoyandasi   A.A.Lyublinskaya   shaxs
taraqqiyotini   muayyan   bosqichlarga   ajratishda   pedagogik   psixologiya
pozisiyasidan   turgan   holda   faoliyat   nuqtai   nazardan   unga   yondashadi,   ma’lum
davrlarga ajratadi va ularni atroflicha sharhlab berishga intiladi.
1. Chaqaloqlik davri - tug’ilgandan to bir oylikgacha.
2. Kichik maktabgacha davri 1 oydan to 1 yoshgacha.
3. Maktabgacha yoshidan oldingi davr - 1 yoshdan to 3 yoshgacha.
4. Maktabgacha yoshi davri - 3 yoshdan to 7 yoshgacha.
5. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilik davri - 7 yoshdan to 11 (12) yoshgacha.
6. O’rta sinf o’quvchisi davri (o’smirlik) - 13 yoshdan to 15 yoshgacha.
7. Yuqori sinf o’quvchisi davri - 15 yoshdan to 18 yoshgacha.
Pedagogik   psixologiyaning   taniqli   namoyandasi   V.A.Kruteskiy   insonning
ontogenetik   taraqqiyotini   mana   bunday   bosqichlardan   tarkib   topish   ehtimoli
mavjudligini asoslab berishga harakat qiladi.
1. Chaqaloqlik (tug’ilgandan to 10 kunlikgacha).
2. Go’daklik davri (10 kunlikdan to 1 yoshgacha).
3. Ilk bolalik davri (1 yoshdan to 3 yoshgacha).
4. Bog’chagacha bo’lgan yosh davr (3 yoshdan to 5 yoshgacha). 5. Bog’cha yosh davri (5 yoshdan to 7 yoshgacha).
6. Kichik maktab yoshi davri (7 yoshdan to 11 yoshgacha).
7. O’smirlik yosh davri (11 yoshdan to 15 yoshgacha).
Negadir   mualliflarning   aksariyati   ontogenezda   shaxsning   rivojlanishini   qolgan
bosqichlarini hisobga olmaydilar.
Hozirgi   zamon   psixologiyasining   taniqli   vakili   A.V.Petrovskiy   inson
taraqqiyotiga   shaxsni   tarkib   toptirishning   sosial-psixologik   nuqtai   nazardan
yondashib, o’ziga xos original klassifikasiyasini yaratadi. Ushbu nazariya negizida
yuksalish,   yetuklikka   intilish   g’oyasi   yotganligi   sababli   bolalik,   o’smirlik,
o’spirinlik davrlari yotadi, xolos. A.V.Petrovskiygacha psixologlar taraqqiyotning
bir tekis jihatini olib o’rgangan bo’lsalar, bundan o’laroq u shaxs shakllanishining
prososial   (ijtimoiy   qoidalarga   rioya   qilib)   va   asosial   (aksijtimoiy)   bosqichlari
mavjud   bo’lishi   mumkinligini   dalillab   berishga   harakat   qiladi.   Shuning   uchun
taraqqiyot   uchta   makrofazadan   iborat   ekanligini   sharhlab,   uning   birinchi   turi
bolalik davriga to’g’ri  kelib, ijtimoiy muhitga moslashish,  ko’nikish (adaptasiya),
ikkinchisi   -   o’smirlarga   xos   individuallashish   (individualizasiya),   uchinchichi   -
o’spirinlik, ya’ni yetuklikka intilish davrida individual holatlarni muvofiqlashtirish
(birlashtirish)   xususiyatlari   bilan   tavsiflanadi.   A.V.Petrovskiy   shaxsning
shakllanishini quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishini ta’kidlab o’tadi.
1.   Ilk   bolalik   (maktabgacha   yoshidan   oldingi   davr)   -   tug’ilgandan   to   3
yoshgacha.
2. Bog’cha yoshi davri - 3 yoshdan to 7 yoshgacha.
3. Kichik maktab yoshidagi o’quvchi davri - 7 yoshdan to 11 yoshgacha.
4. O’rta sinf o’quvchisi (o’smirlik) davri - 11 yoshdan to 15 yoshgacha.
5. Yuqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik) davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha.
A.V.Petrovskiyning   klassifikasiyasi   qanchalik   takomil   darajada   bo’lmasin,
taraqqiyotning   oraliq   bosqichlari,   ularning   o’ziga   xos   xususiyatlari   mavjudligini
e’tirof   etishga   moyildir.   Chunki   ijtimoiy   qoidalarga   binoan   o’sishmi   yoki
aksilijtimoiymi   unga   qaramasdan,   har   ikki   yo’nalishning   ham   oraliq   jabhalari
bo’lishi ehtimoldan xoli emas, lekin bu g’oyani chuqurroq sharhlab berish joiz. D.I.Feldshteyn   klassifikasiyasi   ham   shaxsga   ijtimoiy   yondashuvga   asoslangan
bo’lsa  ham, lekin u A.V.Petrovskiynikidan keskin  farq qiladi. D.I.Feldshteynning
fikricha,   insonni   shaxs   sifatida   shakllanish   jarayonida   ikkita   katta   taraqqiyot
bosqichini   bosib   o’tadi,   ulardan   biri   -   “Men   jamiyat   ichida”   degan   pozisiyadan
iborat bo’lib, u o’ziga quyidagi yosh bosqichlarini qamrab oladi:
1) ilk bolalik - 1 yoshdan 3 yoshgacha,
2) kichik maktab yoshidagi o’quvchisi davri - 6 yoshdan to 9 yoshgacha,
3) yuqori sinf o’quvchisi davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha.
Shaxs   taraqqiyotidagi   ikkinchi   pozisiya   “Men   va   jamiyat”   deb   nomlanib,   u
quyidagi yosh bosqichlariga taalluqlidir: 
1) go’daklik - tug’ilgandan to 1 yoshgacha,
2) maktabgacha yoshdagi bolalar - 3 yoshdan 6 yoshgacha,
3) o’smirlar - 10 yoshdan to 15 yoshgacha.
D.I.Feldshteyn   boshqa   tadqiqotchilardan   farqli   o’laroq,   o’smirlik   davrini   uch
bosqichga   ajratadi.   Uning   mulohazasiga   ko’ra,   birinchi   bosqich   (10-11   yosh)
o’ziga munosabatni kashf qilishdan iborat bo’lib, o’zini shaxs sifatida his qilish va
qat’iy   qarorga   kelish   bilan   yakunlanadi.   Ikkinchi   bosqich   12-13   yoshdagi
o’smirlarni  o’z  ichiga olib,  bir   tomondan,  o’zini  shaxs   sifatida  tan olish,  ikkinchi
tomondan, o’ziga  salbiy munosabatda  bo’lish  xususiyatiga  ega. Uchinchi  bosqich
14-15 yoshli katta yoshdagi katta o’smirlardan iborat bo’lib, tezkorlikda o’z-o’zini
baholashga moyil munosabati bilan tavsiflanadi.
Bolalarda “Men jamiyat ichida” pozisiyasi ilk bolalik, kichik maktab yoshidagi,
yuqori   sinf   o’quvchilik   davrlarida   faollik   keng   ko’lamda   quloch   yoyadi,   chunki
mazkur taraqqiyot bosqichida faoliyatning amaliy predmetli jihatlari jadal o’sishda
bo’ladi. Ularda “Men va jamiyat” pozisiyasi  vujudga kelishi maktabgacha tarbiya
yoshi,   o’smirlik   davrlariga   to’g’ri   kelib,   ular   tomonidan   ijtimoiy   xatti-
harakatlarning   normalari   va   qoidalarini   o’zlashtirish,   shaxslararo   munosabat
o’rnatish,   o’zaro   muloqotga   kirishish   xususiyati   bilan   tavsiflanadi.   Ana   shu
murakkab   sosial-psixologik   holatlarga   asoslangan   holda   D.I.Feldshteyn   bolaning
ijtimoiy   taraqqiyotida   uning   jamiyatga   nisbatan   munosabatining   asosiy   (bosh)   va oraliq   toifalarga   ajratadi.   Bolada   jamiyatga   nisbatan   oraliq   munosabatning
shakllanishi   ijtimoiylashuv,   individuallashuvning   tarkibiy   qismlarini   egallash   va
bir davrdan ikkinchisiga o’tishi natijasida yuzaga keladi. Asosiy (bosh) munosabat
-   shaxsning   rivojlanishida   keskin   siljish   nuqtalarining   paydo   bo’lishi,   ichki   sifat
o’zgarishlarining   vujudga   kelishi   va   unda   yangi   xislatlarni   tarkib   topishining
mahsulidir.
Shuni   alohida   ta’kidlab   o’tish   kerakki,   D.I.Feldshteynning   shaxs   rivojlanishi
nazariyasi ontogenezda yuz beradigan barcha psixologik holat va fazilatni izohlab
berish   imkoniyatiga   ega   emas.   Lekin   u   ta’lim-tarbiya   sifatini   oshirishga   va
takomillashtirish   jarayoni   (faoliyati)   ga   ijobiy   ta’sir   o’tkazish   xususiyati   bilan
amaliy ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, hamdo’stlik mamlakatlari psixologlari tomonidan bir qator puxta
ilmiy-metodologik   negizga   ega   bo’lgan   shaxsning   rivojlanishi   nazariyalari   ishlab
chiqilgan. Ularning aksariyati ontogenezda shaxsning  shakllanishi  qonuniyatlarini
ochishga   muayyan   hissa   bo’lib   xizmat   qiladi,   amaliy   va   nazariy   muammolarni
yechishda keng ko’lamda qo’llaniladi. Ammo ontogenezda shaxsning shakllanishi
va rivojlanishi xususiyatlarini aks ettiruvchi nazariya yaratish mavrudi yetib keldi.
2. Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta’rifi
Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlari
hamda   ularning   mexanizmlari   tadqiq   etiladi.   Bu   borada   psixologlar   tomonidan
shaxsga   nisbatan   turlicha   ta’rif   berilgan   va   uning   tuzilishini   o’ziga   xos   tarzda
tasavvur qilishgan. quyida mualliflarning ayrimlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
A.G.Kovalevning   fikricha,   shaxs   -   bu   ijtimoiy   munosabatlarning   ham   obyekti,
ham   subyektidir.   A.N.Leontyev   ushbu   masalaga   boshqacharoq   yondashib,   unga
shunday ta’rif  beradi:  shaxs  -  bu faoliyat  subyektidir. K.K.Platonovning talqiniga
binoan:   jamiyatda   o’z   rolini   anglovchi,   ishga   layoqatli,   yaroqli   a’zosi   shaxs
deyiladi.   Bu   muammo   mohiyatini   chuqurroq   ochishga   harakat   qilgan
S.L.Rubinshteyn   ta’rificha,   shaxs   -   bu   tashqi   ta’sirlar   yo’nalishini   o’zgartiruvchi
ichki shart-sharoitlar majmuasidir. Psixologiya   fanida   bir-biriga   yaqin,   lekin   ayniyat   bo’lmagan   tushunchalar
qo’llanilib   kelinadi,   chunonchi:   odam,   shaxs,   individuallik.   Ularning   mohiyatini
aniqroq   izohlab   berish   uchun   har   birining   psixologik   tabiatini   tahlil   qilish
maqsadga muvofiq.
1.   Odam :   sut   emizuvchilar   sinfiga   dahldorlik,   biologik   jonzod   ekanligi
odamning   o’ziga   xos   xususiyatidir.   Tik   yurishlik,   qo’llarning   mehnat   faoliyatiga
moslashganligi,   yuksak   taraqqiy   etgan   miyaga   egaligi,   sut   emizuvchilar   tasnifiga
kirishi uning o’ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzod sifatida odam ong
bilan   qurollanganligi   tufayli   borliqni   ongli   aks   ettirish   qobiliyatidan   tashqari   o’z
qiziqishlari   va   ehtiyojlariga   mutanosib   tarzda   uni   o’zgartirish   imkoniyatiga   ham
egadir.
2.   Shaxs.   Mehnat   tufayli   hayvonot   olamidan   ajralib   chiqqan   va   jamiyatda
rivojlanuvchi,   til   yordami   bilan,   boshqa   kishilar   bilan   muloqot   (muomala)   ga
kirishuvchi   odam   shaxsga   aylanadi.   Ijtimoiy   mohiyati   shaxsning   asosiy   tavsifi
hisoblanadi.
3.   Individuallik .   Har   qaysi   inson   betakror   o’ziga   xos   xususiyatlarga   ega.
Shaxsning   o’ziga   xos   qirralarining   mujassamlashuvi   individuallikni   vujudga
keltiradi.   Individual   shaxsning   intellektual,   emosional   va   irodaviy   sohalarida
namoyon bo’ladi.
Sobiq   sovet   psixologiyasida   eng   ko’p   tarqalgan   shaxsning   tuzilishiga   oid
materiallar bilan qisqacha tanishib o’tamiz.
S.L.Rubinshteyn bo’yicha shaxs quyidagi tuzilishga ega:
1. Yo’nalganlik - ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar, faoliyat va xulqning
ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi.
2. Bilimlar, ko’nikmalar, malakalar - hayot va faoliyat jarayonida egallanadi.
3.   Individual   tipologik   xususiyatlar   -   temprament,   xarakter,   qobiliyatlarda   aks
etadi.
K.K.Platonov ta’limotiga ko’ra, shaxs tuzilishi quyidagi shaklga ega: I.   Yo’nalganlik   osttuzilishi   -   shaxsning   axloqiy   qiyofasi   va   munosabatlarini
birlashtiradi.   Undan   harakatchanlik,   barqarorlik,   jadallik,   ko’lam   (hajm)
darajalarini farqlash lozim.
II.   Ijtimoiy   tajriba   osttuzilishi   -   Ta’lim   vositasida,   shaxsiy   tajribada
egallangan bilimlar, ko’nikmalar va odatlarni qamrab oladi.
III. Psixologik aks ettirish shakllari osttuzilishi  - Ijtimoiy turmush jarayonida
shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari.
IV. Biologik shartlangan osttuzilish.
Miya   morfologik   va   fiziologik   xususiyatlariga   muayyan   darajada   bog’liq
bo’lgan   patologik   o’zgarishlarni,   shaxsning   yosh,   jins   xususiyatlarini   va   uning
tipologik xosiyatlarini birlashtiradi.
A.G.Kovalev talqiniga binoan, shaxs mana bunday tuzilishga ega:
1.   Yo’nalganlik   -   voqyelikka   nisbatan   inson   munosabatini   aniqlaydi,   unga
o’zaro   ta’sir   etuvchi   har   xil   xususiyatli   g’oyaviy   va   amaliy   ustanovkalar,
qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi.
Ustuvor yo’nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini belgilaydi.
2.   Imkoniyatlar   -   faoliyatning   muvaffaqiyatli   amalga   oshishini   ta’minlovchi
tizim. O’zaro ta’sir etuvchi va o’zaro bog’liq bo’lgan turlicha qobiliyatlar.
3.   Xarakter.   Ijtimoiy   muhitda   shaxsning   xulq-atvor   uslubini   aniqlaydi.
Odamning   ruhiy   hayoti   shakli   va   mazmuni   unda   namoyon   bo’ladi.   Xarakter
tizimidan irodaviy va ma’naviy sifatlar ajratiladi.
4.   Mashqlar   tizimi.   Hayot   va   faoliyat,   harakat   va   xulq-atvorni   tuzatish
(korreksiyalash), o’zini o’zi nazorat qilish, o’zini o’zi boshqarishni ta’minlaydi. Foydalaniladigan    adabiyotlar :
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. T. O’zbekiston.  2014 .
2. Karimov I.A. Asarlar to’plami. 1- 2 2 jildlar. T. O’zbekiston. 1996-2014.
3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch.  T.-Ma’naviyat. 2008.
4. Karimov   I.A.   “Ona   yurtimiz   baxtu   iqboli   va   buyuk   kelajagi   yo’lida   xizmat
qilish — eng oliy saodatdir”. T.: O’zbekiston. 2015.
Asosi y  adabiyotlar
1. G’oziyev E.G’.   Umumiy psixologiya. T.: O’qituvchi, 2010.
2. Leontyev   A.N.   Leksii   po   obщyey   psixologii:   ucheb.posobiye   dlya
stud.vыssh.ucheb.zavedeniy.   –   5-ye   izd.,   ster.   –   M.:   Smыsl;   Izdatelskiy   sentr
«Akademiya», 2010. – 511 s.
3. Luriya A.R. Leksii po ob щ yey psixologii.  –   SPb.: Piter, 2006. – 320 s.
4. Yaroshevskiy M. G. Istoriya psixologii. – M., 2012.
5. Marsinkovskaya T.V. Istoriya psixologii. M., 2002 
6. Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p.   
7. Schiffman   H.R.   Sensation   and   Perception:   An   Integrated   Approach.   5    th
  
Edition. – John Wiley & Sons, 2001. – 608        p.   
8. A Hist ory  of Modern Psy chology  /  Duane P. Schult z , 
Sy dney  Ellen Schult z .  Series:  PSY  310 Hist ory  and Sy st ems 
of Psy chology .  Hardcov er:  432 pages.  Publisher:  Cengage 
Learning; 10 edit ion (February  22, 2011). Language:  
English.  ISBN-10:  1133316247. ISBN-13:  978-1133316244

Sobiq sovet psixologiyada shaxsga yondashuvlar Reja 1. Sobiq Sovet psixologiyasida shaxs rivojlanishi nazariyalari sharhlari 2. Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta’rifi

Sobiq Sovet psixologiyasida shaxsning rivojlanishi muammosi L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontyev, B.G.Ananyev, L.I.Bojovich singari yirik psixologlarning asarlarida o’z aksini topa boshlagan. Keyinchalik ushbu masala bilan shug’ullanuvchilar safi kengayib bordi. Xuddi shu boisdan shaxsning tuzilishi, ilmiy manbai, rivojlanishning o’ziga xosligi bo’yicha yondashuvda, muayyan darajada tafovutga ega. Hozirgi davrda shaxsning rivojlanishi yuzasidan mulohaza yuritilganda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhga ajratish va undan so’ng ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiq. Bizningcha, ontogenezda shaxs taraqqiyotini bir necha bosqichlarga ajratish va ularning har biriga alohida ilmiy psixologik ta’rif berish nuqtai nazaridan yondashish quyidagi nazariya va yo’nalishlarni tashkil qiladi. Jumladan, rivojlanishdagi inqirozga binoan (L.S.Vigotskiy), motivasion yondashish (L.I.Bojovich), faoliyatga ko’ra munosabat (D.B.Elkonin), shaxsning ijtimoiylashuvi xususiyatiga e’tiboran (A.V.Petrovskiy), shaxsni tutgan pozisiyasini hisobga olib (D.I.Feldshteyn) va hokazo. L.S.Vigotskiy jahon psixologlari ning shaxsni tuzilishi va rivojlanishiga oid nazariyalar i ni tanqidiy tahlil qilib, kamolotni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlardan kelib chiqqan holda jarayonni quyidagi bosqichlarga ajratadi. 1. Chaqaloqlik davri inqirozi (krizisi). 2. Go’daklik davri - 2 oydan 1 yoshgacha. Bir yasharlik inqiroz. 3. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha. 3 yasharlik inqiroz. 4. Maktabgacha yoshdagi davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha. ? yasharlik inqiroz. 5. Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha. 13 yasharlik inqiroz. 6. Pubertat (jinsiy yetilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha. 17 yasharlik inqiroz. L.S.Vigotskiy o’z asarlarida rivojlanishning har bir davrining o’ziga xos xususiyatlariga chuqur ilmiy ta’rif bera olgan. Tadqiqotchi shaxsning rivojlanishida eng muhim ruhiy yangilanishlar yuzasidan ham ilmiy, ham amaliy ahamiyat kasb etuvchi mulohazalar bildirgan. Biroq uning fikrlari ichida o’ta munozarali, bahsbob o’rinlar talaygina. Hozirgi zamon psixologiya si fanida

L.S.Vigotskiyning shaxsning rivojlanishi nazariyasi ilmiy, tarixiy, ijtimoiy ahamiyat kasb etadi, taraqqiyotni keltirib chiqaruvchi inqirozlarning roli to’g’risidagi mulohazalari va olg’a surgan g’oyalari shu kunning talabi bilan hamohangdir. Sobiq Sovet psixologiyasining yirik namoyandasi, L.S.Vigotskiyning shogirdi L.I.Bojovich shaxs shakllanishini muayyan davrlarga bo’lishda motivlarga asoslanadi, shuning uchun bu yondashuvni motivasion deb yuritish mumkin. L.I.Bojovich mulohazasiga binoan, shaxsning shakllanishi ushbu darajalardan iborat: birinchi bosqich - chaqaloqlik - tug’ilgandan to 1 yoshgacha, ikkinchi bosqich - motivasion tasavvur - 1 yoshdan 3 yoshgacha, uchinchi bosqich - “Men” ni anglash davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha, to’rtinchi bosqich - ijtimoiy jonzod ekanligini anglash davri - 7 yoshdan 11 yoshgacha, beshinchi bosqich: a) o’z- o’zini anglash davri - 12 yoshdan 14 yoshgacha, b) o’z o’rnini belgilab olish (topish) davri - 15 yoshdan 17 yoshgacha. L.I.Bojovich shaxs shakllanishining har bir bosqichini psixologik tavsifini berib, ularni keltirib chiqaruvchi omillar, manbalar, turtkilar, mexanizmlar negizini ochib berishga harakat qilgan. Olima fikrining yo’nalishi shaxs psixologiyasi bilan uzviy bog’liq bo’lib motivasion yondashuvga bevosita tahlil va sharh bo’ysundirilgan. D.B.Elkoninning shaxs shakllanishi klassifikasiyasi yetakchi faoliyat nazariyasiga (A.N.Leontyev ta’limotiga) asoslanib, har bir taraqqiyot pallasida u yoki bu ko’rinishdagi faoliyat ustunlik qilish ehtimoliga suyanadi. Insonning shaxs sifatida kamol topishi jarayonidagi yetakchi faoliyat roli ushbu nazariyaning asosini tashkil qiladi. D.B.Elkonin shaxs shakllanishining quyidagi bosqichlarga ajratadi: 1) go’daklik davri - tug’ilgandan to 1 yoshgacha; asosiy faoliyat - bevosita emosional muloqot, 2) ilk bolalik davri - 1 yoshdan to 3 yoshgacha; asosiy faoliyat - predmet bilan manipulyasiya (nozik harakat) qilish, 3) maktabgacha davri - 3 yoshdan to 7 yoshgacha; asosiy faoliyat - rolli o’yinlar, asosiy faoliyat - o’qish,

5) kichik o’smirlik davri - 10 yoshdan to 15 yoshgacha; asosiy faoliyati - shaxsiy ichki (intim) muloqot, 6) katta o’smirlik yoki ilk o’spirinlik yosh davri - 16 yoshdan to 17 yoshgacha; asosiy faoliyat - o’qish-kasb tanlash. D.B.Elkoninning shaxs shakllanishi bosqichlari muayyan ko’lamdagi psixologlar tomonidan iliq qarshi olinishiga qaramasdan, ma’lum darajada munazarabob o’rinlar yo’q emasligini e’tirof qilindi. Bizningcha, har bir davrning o’ziga xos xususiyatlari faqat alohida olingan faoliyat doirasi ta’siri bilan chegaralanib qolmasligi, balki oraliq bosqichlari ham mavjudligi va undan kelib chiqqan holda ruhiy yangilanishlarda ham o’zgarish bo’lishi ehtimoldan holi emas. Shunga qaramasdan, D.B.Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ayniqsa, yosh davrlari psixologiyasida eng ommaboplardan biri bo’lib qolmoqda. Bolalar psixologiyasi fanining yirik namoyandasi A.A.Lyublinskaya shaxs taraqqiyotini muayyan bosqichlarga ajratishda pedagogik psixologiya pozisiyasidan turgan holda faoliyat nuqtai nazardan unga yondashadi, ma’lum davrlarga ajratadi va ularni atroflicha sharhlab berishga intiladi. 1. Chaqaloqlik davri - tug’ilgandan to bir oylikgacha. 2. Kichik maktabgacha davri 1 oydan to 1 yoshgacha. 3. Maktabgacha yoshidan oldingi davr - 1 yoshdan to 3 yoshgacha. 4. Maktabgacha yoshi davri - 3 yoshdan to 7 yoshgacha. 5. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilik davri - 7 yoshdan to 11 (12) yoshgacha. 6. O’rta sinf o’quvchisi davri (o’smirlik) - 13 yoshdan to 15 yoshgacha. 7. Yuqori sinf o’quvchisi davri - 15 yoshdan to 18 yoshgacha. Pedagogik psixologiyaning taniqli namoyandasi V.A.Kruteskiy insonning ontogenetik taraqqiyotini mana bunday bosqichlardan tarkib topish ehtimoli mavjudligini asoslab berishga harakat qiladi. 1. Chaqaloqlik (tug’ilgandan to 10 kunlikgacha). 2. Go’daklik davri (10 kunlikdan to 1 yoshgacha). 3. Ilk bolalik davri (1 yoshdan to 3 yoshgacha). 4. Bog’chagacha bo’lgan yosh davr (3 yoshdan to 5 yoshgacha).

5. Bog’cha yosh davri (5 yoshdan to 7 yoshgacha). 6. Kichik maktab yoshi davri (7 yoshdan to 11 yoshgacha). 7. O’smirlik yosh davri (11 yoshdan to 15 yoshgacha). Negadir mualliflarning aksariyati ontogenezda shaxsning rivojlanishini qolgan bosqichlarini hisobga olmaydilar. Hozirgi zamon psixologiyasining taniqli vakili A.V.Petrovskiy inson taraqqiyotiga shaxsni tarkib toptirishning sosial-psixologik nuqtai nazardan yondashib, o’ziga xos original klassifikasiyasini yaratadi. Ushbu nazariya negizida yuksalish, yetuklikka intilish g’oyasi yotganligi sababli bolalik, o’smirlik, o’spirinlik davrlari yotadi, xolos. A.V.Petrovskiygacha psixologlar taraqqiyotning bir tekis jihatini olib o’rgangan bo’lsalar, bundan o’laroq u shaxs shakllanishining prososial (ijtimoiy qoidalarga rioya qilib) va asosial (aksijtimoiy) bosqichlari mavjud bo’lishi mumkinligini dalillab berishga harakat qiladi. Shuning uchun taraqqiyot uchta makrofazadan iborat ekanligini sharhlab, uning birinchi turi bolalik davriga to’g’ri kelib, ijtimoiy muhitga moslashish, ko’nikish (adaptasiya), ikkinchisi - o’smirlarga xos individuallashish (individualizasiya), uchinchichi - o’spirinlik, ya’ni yetuklikka intilish davrida individual holatlarni muvofiqlashtirish (birlashtirish) xususiyatlari bilan tavsiflanadi. A.V.Petrovskiy shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishini ta’kidlab o’tadi. 1. Ilk bolalik (maktabgacha yoshidan oldingi davr) - tug’ilgandan to 3 yoshgacha. 2. Bog’cha yoshi davri - 3 yoshdan to 7 yoshgacha. 3. Kichik maktab yoshidagi o’quvchi davri - 7 yoshdan to 11 yoshgacha. 4. O’rta sinf o’quvchisi (o’smirlik) davri - 11 yoshdan to 15 yoshgacha. 5. Yuqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik) davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha. A.V.Petrovskiyning klassifikasiyasi qanchalik takomil darajada bo’lmasin, taraqqiyotning oraliq bosqichlari, ularning o’ziga xos xususiyatlari mavjudligini e’tirof etishga moyildir. Chunki ijtimoiy qoidalarga binoan o’sishmi yoki aksilijtimoiymi unga qaramasdan, har ikki yo’nalishning ham oraliq jabhalari bo’lishi ehtimoldan xoli emas, lekin bu g’oyani chuqurroq sharhlab berish joiz.