logo

Matn mutolaasi. “Turfa zakovatlar” nazariyasi asosidagi yondashuvlar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

34.4677734375 KB
     Matn mutolaasi.  “ Turfa zakovatlar ”  nazariyasi asosidagi yondashuvlar
Reja:
1.   Adabiy   ta’limda   o‘quvchilarning   intellektual   salohiyatini   rivojlantirishning
o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Matn mutolaasi, mutolaa madaniyati.
3.  Govard Gardnerning “Turfa zakovatlar” nazariyasi va badiiy matn tahlili.
  Adabiyot   o‘qitishning   hayot   bilan   chambarchas   bog‘liqligi,   shaxs
ma’naviyatiga daxldorlik, adabiy ta’limni insonparvarlashtirish, demokratlashtirish
g‘oyatda murakkab jarayon bo‘lib, uni birgina adabiyot darslari vositasida amalga
oshirish   mushkuldir.   Zero,   adabiyot   fanini   o‘qitish   o‘quvchilarni   adabiyotshunos
qilib   tarbiyalash   vazifasiga   emas,   balki   o‘z   taqdirini   yurt   ravnaqi   va   xalq
farovonligi   bilan   chambarchas   bog‘laydigan   yuksak   ma’naviyatli   shaxslar   etib
tarbiyalashga yo‘naltirilgandir.
Davlatimiz   rahbari   Sh.M.Mirziyoyev   ta’lim-tarbiya   sohasidagi   yutuq   va
muammolarni   tahlil   qilar   ekan,   yoshlarning   kitobxonlik   darajasi   pasayib,   ko‘p
vaqtlarini   ijtimoiy   tarmoqlarda   o‘tkazayotganiga   alohida   e’tibor   qaratgan   holda
“Bugungi kunda axborot tarqatish, axborot almashishning tezligi va mukammalligi
bo‘yicha   internetning   o‘rnini   bosadigan   boshqa   vosita   yo‘qligini   albatta   yaxshi
bilaman. Ammo farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan
o‘tgan,   yuksak   ma’naviyat   manbai   bo‘lgan   jahon   va   milliy   adabiyotimiz   asosida
emas,   balki   biz   uchun   yot   bo‘lgan   g‘oyalarni   yoshlarimiz   ongiga   singdirayotgan
zararli   axborotlar   asosida   shakllanishiga   men   mutlaqo   qarshiman.   Eng   muhimi,
farzandlarimizda   yoshlik   chog‘idan   boshlab   kitobga   mehr   qo‘yish,   mustaqil   fikr
yuritish,   murakkab   hayotiy   vaziyatlarda   to‘g‘ri   javob   topish   ko‘nikmasini
shakllantirishimiz,   buning   uchun   tegishli   tashkiliy   ishlarni   amalga   oshirishimiz
darkor”   degan   fikrlari   masalaning   g‘oyat   dolzarbligini   ko‘rsatadi.   Shunday   ekan,
o‘quvchilarning   bilim   olishga   bo‘lgan   qiziqishlarini   oshirish,   ularni   so‘z
san’atining   sehrli   olamiga   yetaklab   kirish,   ma’naviy   kamolot   tarbiyasi   adabiyot
o‘qituvchisining g‘oyat muhim  va zaruriy vazifalaridan hisoblanadi. Adabiyotdan
dars   soatlarining   cheklanganligi   va   dastur   mavzularining   siqiqligi   o‘quvchilarni
qiziqtiradigan   barcha   savollarga   ham   javob   topish   imkonini   beravermaydi.
Vaziyatdan   chiqishning   birdan   bir   yo‘li   mustaqil   mutolaani   qat’iy   reja   asosida
amalga oshirishdir.
Mutolaa   –   ota-onalar   va   o‘qituvchilarning   savodli   hamkorligi   ta’sirida
bolaning   so‘zlarni   ko‘rish   va   tanish,   ma’nosini   tushunish,   mazmun-mohiyatini
anglash   hamda   og‘zaki   faoliyat   yuritish   hodisasidir.   Mutolaa,   shuningdek, shaxsning o‘zligini tanishga yo‘naltirilgan faoliyati bo‘lib, buning natijasida unda
yangi   sifat-xususiyatlar   vujudga   keladi.   Inson   hayoti   davomida   o‘ziga   singdirgan
mana   shu   mehnat   elementlari   orqali   shaxsiy   tarbiyaning   takrorlanmas   shaklini
yaratadi va bular mutolaani madaniyatning boshqa faoliyat turlaridan ajratib turadi.
Natijada,   mutolaa   subyekt   faoliyatini   maqsadli   harakatlar   sari   yo‘naltiruvchi
evalyutsion   jarayondir.   Sotsiologiya   fanlari   doktori   A.Umarov   mutolaa
madaniyatini   “ijtimoiy   guruhlar,   uyushmalar   va   alohida   individlarning   umumiy
ma’lumot olishga yo‘naltirilgan jarayon, xulq-atvor va faoliyatlari mazmuni hamda
tarkibiy   tizimlarida   yuz   beruvchi   o‘zgarishlar   majmuini   ifodalovchi   bilimlar,
me’yorlar, ijtimoiy hodisalar va boshqa atributlar” (atribut – lotincha “attributum”
–   qo‘shib   berilgan,   ta’minlangan,   qo‘shimcha   qilingan”)   deb   biladi.   Mutolaa
madaniyatini   shaklantirish   zarurati   o‘quvchilarning   adabiyotdan   qandaydir
yangilikni bilib olishi bilangina bog‘liq emas. Mustaqil mutolaa jarayonlari milliy
o‘zlikni,   hayotning   tub   mohiyatini   anglatish,   fuqarolik   burchi   va   axloqiy   nuqtai
nazarini mustahkamlash kabi mushtarak maqsadlar yo‘lida takomillashib, ijtimoiy-
axloqiy   va   estetik   ideallarni   o‘zida   aks   ettiradi.   Bolada   mutolaa   madaniyati
elementlari   dastlab   oilaviy   an’analar,   ota-ona   ibrati   asosida   asta-sekinlik   bilan
shakllanadi,   keyinchalik   ta’lim-tarbiya,   mahalla,   jamoatchilik   kabi   atrof-muhit
ta’sirida   faollashib,   ehtiyojga   aylana   boradi.   Psixologiyada   ehtiyoj   tushunchasiga
subyekt   va   uning   faoliyati   o‘rtasidagi   aloqadorlikni   o‘zida   mujassam   etuvchi
kategoriya sifatida qaraladi.
Mutolaa   ehtiyoji   shaxsda   ixtiyoriy,   erkin   va   ongli   o‘qib-o‘rganish,   estetik
zavqlanish,   huzurlanish   va   ilhomlanishga   bo‘lgan   moyilliklar   negizida   individual
qiyofa kasb etadi. Binobarin, professor S.Matjonov ta’kidlagandek, “O‘quvchi o‘zi
mutolaa qiladigan kitobi haqida qancha ko‘p ma’lumotga ega bo‘lsa, uni shu qadar
chuqur   o‘zlashtiradi,   undagi   nafosatni   qalbdan   his   etadi.   Buning   uchun
o‘quvchining   o‘zi   kitob   orqali   yangibir   olam   bilan   tanishishga   tayyor   bo‘lishi,
ya’ni ichdan ehtiyoj sezishi, majburiyat va mas’uliyat his qilishi kerak”. O‘qituvchi
bu   borada   mutolaa   uchun   adabiyotlarni   tanlab   tavsiya   qilishi,   o‘z   vaqtida   asarlar
ro‘yxatini   yangilashi   va   mazmunini   kengaytirib   borishi,   bunda   har   bir o‘quvchining yosh va individual xususiyati hamda qiziqishini hisobga olishi zarur.
Negaki, qiziqish o‘rganilayotgan asar mohiyatini chuqurroq idrok qilishga yordam
beradi.   Qiziqish   va   idrok   o‘quvchining   intellektual   salohiyati   bilan   chambarchas
bog‘liq. Psixologik nuqtayi nazardan yondashganda, qiziqish “shaxsning muayyan
voqelikdagi,   muayyan   vaziyatdagi   turli   narsa   va   hodisalarga   tanlab   munosabatda
bo‘lishida,   insonning   o‘ziga   xos   qaror   qabul   qilishida,   o‘zini   o‘zi   nazorat   eta
bilishida,   maqsadga   intilishida,   yuzaga   kelgan   obyektiv   va   subyektiv   to‘siqlarni
yengishida ifodalanadi”. Ilmiy manbalarda  “intellekt”  (lotincha “intellectus”) so‘zi
aql,   idrok,   tasavvur   kabi   ma’nolarni   anglatib,   kishining   anglash,   tushunish,
fahmlash,   bir   so‘z   bilan   aytganda,   aqliy   rivojlanganlik   darajasini   belgilashi   qayd
etiladi.   Bizningcha,   intellekt   shaxsning   muayyan   darajada   mustahkam,   barqaror
aqliy,   ruhiy   qobiliyatlari   majmuasidir.   O‘quvchilarning   intellektual   salohiyatni
rivojlantirishda   mutolaa   asoslarini   o‘ziga   singdirish   va   o‘zlashtirish   qatorida
bilimlarini   qiyoslash,   tahlil   qilish,   sintezlash,   abstraktlash,   umumlashtirish   va
ulardan   amalda   oqilona   foydalanish   tajribasini   orttirish   bilan   bog‘liq   malakalarga
ega   bo‘lishi   talab   etiladi.   Idrok   faoliyati   insonning   egallagan   bilimi,   orttirgan
tajribalari hamda murakkab analitik-sintetik harakatlar tizimi zamirida shakllanadi.
Narsa   va   hodisalarni   umumlashgan   tarzda   aks   ettirish   mazkur   tushunchaga   xos
muhim   xususiyatlardan   biri   bo‘lib,   bu   turli   vaziyat,   sharoit   va   jabhalarda   faol   va
bevosita aks ettirish imkoniyati mavjudligi bilan xarakterlanadi.
Badiiy   asarni   idrok   etish   matn   mazmunini   tushunish   va   anglash   jarayoni
bilan uzviylikda kechadi. Idrok qilish asosida estetik his-tuyg‘ular, badiiy tafakkur
shakllanadi,   tasavvurlar   hosil   bo‘ladi.   Natijada   o‘quvchilar   tafakkuri   voqelikka
yaqinlashadi.   Metodist   olima   R.Niyozmetova   adabiy   materiallarni   o‘rganishning
pedagogik-psixologik   asoslarini   tadqiq   qilar   ekan,   kitobxonning   obrazli
aniqlashtirish va umumlashtirish kabi analitik-sintetik faoliyati  nazarda tutilishiga
alohida urg‘u beradi. O‘quvchi o‘rganilayotganasar mohiyatini qanchalik tez, to‘la
va aniq  idrok qilsa,  aqlan  va ruhan  boyishiga  zamin yaratiladi.  Zero, idrok qilish
yo‘li bilan hosil qilingan bilim, badiiy obraz yoki obrazli umumlashmalar xotirada
uzoq vaqt saqlanib qolishiga muvaffaq bo‘linadi. O‘quvchilar o‘zida shaxsning eng qimmatli fazilatlarini, o‘quv va mexnat malakalarini ongli, rejali, tartibli, izchil va
muntazam   ravishda   egallab   borishga,   shaxsning   muayyan   bir   fazilatlari   va
xislatlarini   hosil   qilishga   harakat   qiladilar;   o‘z-o‘zini   tarbiyalash   muammolarini,
yaxlit   ma’naviy-ruxiy   qiyofani   shakllantirishga   intiladilar.   O‘quvchilarning   o‘z-
o‘zini   tarbiyalash   jarayoni   o‘quv   muassasa   jamoat   tashkilotlari,   pedagoglar
jamoasining   tarbiyaviy   ta’siri   doirasida   bo‘lmog‘i   shart.   Toki   o‘z-o‘zini
tarbiyalashni takomillashtirish jamoada munosib o‘rin egallashga, ijtimoiy burchni
anglash, foydali mexnatga jalb etish ishiga xizmat  qilsin. O‘z-o‘zini tarbiyalashni
to‘g‘ri   izga   solib   yuborish   uchun   uyg‘unbirlikni   tashkil   etgan   tarbiyaviy   chora-
tadbirlar   majmuasi   tarzida   tasir   o‘tkazish   jamoa   majburiyati,   o‘zaro   yordam   va
nazorat qilish, o‘zaro baxolash va tanqid qilish kabilar maqsadga muvofiqdir.
Mustaqil mutolaa “murakkab ijtimoiy-ruhiy jarayon bo‘lib, uning mohiyatini
anglash   tizimiy   tahlil   va   sintezni   uyg‘un   tarzda   amalga   oshirish   hamda   mutolaa
hodisasining tarkibiy tushunchalarini o‘rganishni taqozo etadi”. Demak, barkamol
kitobxon tarbiyasida o‘quvchining ichki regulyatsiyasi, bilish jarayonlarini hisobga
olish, milliy va zamonaviy pedagogikaning maqsad, shakl, vazifalari, shuningdek,
oila,   mahalla   hamda   o‘quv   muassasalari   hamkorligini   yagona   maqsad   yo‘lida
birlashtirish   yaxlit   tizim   sanaladi.   Bu   borada   ajdodlarimizning   ma’rifatparvarlik
g‘oyalari,   adabiyot   o‘qitish   mazmunida   belgilangan   mezonlarga   asoslanish,
qolaversa,   chet   davlatlarning   ilg‘or   tajribalarini   milliy   metodika   taraqqiyotiga
hamohang   yo‘naltirish   har   bir   o‘quvchida   mavjud   intellekt   turini   safarbar   qilish,
ta’lim   texnologiyalari   ularning   individual   rivojlanishiga   mos   holda   tuzilishi
ustuvor masaladir.
Mutolaa   madaniyatini   shakllantirishda   zamonaviy   pedagogika   va
psixologiya   o‘quvchi   rivojlanish   darajasiga   mos   ish   turlarini   taqozo   etadiki,
faoliyatimizda   Xorazmiyning   sezgi   orqali   bilish,   Forobiyning   bilish   qobiliyati,
Beruniyning   qiyoslash,   Ibn   Sinoning   aqliy,   axloqiy,   estetik   va   jismoniy   tarbiya
yaxlitligi,   Navoiyning   qobiliyatlar   darajasida   bilim   berish   haqidagi   ta’limotlari
qatori xorij tajribalarining zarur jihatlariga tayanish ehtiyojini yuzaga keltiradi.  Bu
borada   amerikalik   pedagog   J.Dyu ning   konstruktivizm,   shvetsariyalik   psixolog J.Piaje ning   bola   intellektining   rivojlanishi,   rossiyalik   psixolog   L.S.Vigotskiyning
eng yaqin  rivojlanish  sohasi,  amerikalik olimlar  G.Gardnerning intellect   turfaligi,
B.Blumning   o‘quv   maqsadlari   taksonomiyasi   (taksonomiya   –  yunoncha   “taxis”   –
tartib bilan joylashish, “nomos” – qonun) kabi nazariyalar tub mohiyatidagi har bir
o‘quvchining   motiv   va   intellekti   doirasida   ish   ko‘rish   ijobiy   samara   berishi
haqidagi   qarashlari   ahamiyatlidir.   Xususan,   psixologiyada   turfa   zakovatlar   nomi
ostida   ma’lum   Gardner   nazariyasi   bugungi   kunda   shaxsning   turli   darajada
ifodalangan   intellektga   egaligi   haqidagi   ta’limot   sanaladi.   Nazariya   zamirida
dunyoni   anglash   va   bilish   verbal-lingvistik,   mantiqiy-matematik,   vizual-fazoviy,
motor-harakatli,   musiqiyritmik,   shaxslararo,   ichki   shaxsiy   hamda   naturalist
(tabiatshunos)   intellekti   kabi   sakkiz   xil   zakovat   asosiga   qurilishi   mujassam.
Professor J.Yo‘ldoshevning fikricha, ba’zi bolalar o‘zida ustun intellekt tipi orqali
tengdoshlariga   nisbatan   yengilroq   o‘qib-o‘rganishi   mumkin.   O‘z   vaqtida
aniqlangan   iqtidor   esa   bolaning   kelgusidagi   yutuqlari   omilidir.   Adabiy   ta’limda
o‘quvchilarning   individual   xususiyatlarini   inobatga   olish   ularda   mavjud   bilish
jarayonlarini yuzaga chiqarishi borasida filologiya fanlari doktori, adabiyotshunos
Z.Mirzayeva   Gardner   nazariyasida   akslangan   turli   darajadagi   intellekt   tipiga
e’tibor qaratib ish ko‘rishni ma’qul ko‘radi. Agar masalaga chuqurroq yondashilsa,
olimaning   intellekt   ko‘pqirraliligiga   asoslanish   haqidagi   qarashlarida   yangicha
yondashuvlar   bilan   bir   qatorda   metodikadagi   an’anaviy   kuzatish,   ijodiy,   tadqiqot
yokievristik   metodlar   tarkibidagi   bir   qator   usullarni   takomillashtirish   borasidagi
tavsiyalari   oydinlashadi.   Bunda   faqat   topshiriqlar   tizimi   muayyan   intellekt   tipini
shakllantirishga   mos   holda   guruhlashtirilgani,   aniq   nom   ostida   berilgani   va
o‘quvchida   mavjud   qobiliyatlarni   ko‘zda   tutib   oldindan   rejalashtirishi   nuqtayi
nazaridan farqlanadi.
Amerikalik   neyropsixolog   Govard   Gardner   1983-yilda   “Turfa   zakovatlar”
nazariyasi   yaratgan .   Bu   nazariyada   har   bir   insonda   turli   xil   intellektlar   borligi
ta’kidlangan.   Ushbu nazariya an’anaviy psixometrik fikrlarni juda cheklangan deb
hisoblaydi.   Gardner   o‘zining   nazariyasini   1983-yilgi   "Zakovat   ramkalari:   Ko‘p aqllar   nazariyasi"   kitobida   bayon   etgan.   U   yerda   u   barcha   insonlar   turli   xil   “aql-
zakovat” larga ega ekanligini ta’kidlagan.
Nazarimizda Gardner nazariyasidagi ayrim usullarni qo‘llash o‘zida fanning
ma’lum   sohalariga   qiziquvchan,   qaysidir   yo‘nalish   bilan   individual
shug‘ullanuvchi   yoki   muayyan   sifati   yaqqol   namoyon   o‘quvchilar   faoliyatini
qamrab   olishi   nuqtayi   nazaridan   ta’sirchandir.   Biroq   mavjud,   lekin   yashirin
intellekt   turini   jalb   etishga,   fikrlash   va   kuzatish   asosida   o‘zlashtirishga,
o‘quvchining o‘zini o‘zi ijobiy baholashiga  ta’sir ko‘rsatadigan mazmun va shakl
uyg‘unligini   o‘z   o‘rnida   hamda   subyekt   imkoniyatlari   darajasida   qo‘llash
maqsadga   muvofiq.   Adabiy   ta’lim   jarayoniga   Gardner   nazariyasini   tatbiq   etish
o‘quvchilarning   verballingvistik,   mantiqiy-matematik,   vizual-fazoviy,   motor-
harakatli,   musiqiy-ritmik,   shaxslararo,   ichki   shaxsiy   hamda   naturalist
(tabiatshunos)   kabi   intellekt   tiplarini   rivojlantirishi   nuqtayi   nazaridan   ham
samaralidir. 
Quyida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi muassasalari “Adabiyot” o‘quv dasturida o‘rganilishi ko‘zda tutilgan
taniqli   rus   yozuvchisi   Anton   Chexov   ijodi,   xususan,   “G‘ilof   bandasi”   va
“Xameleon”   asarlari   mutolaasi   bilan   bog‘liq   faoliyat   turlarini   Gardner   nazariyasi
asosida tashkil etishga oid ayrim namunalar keltiriladi:
1.   Verbal-lingvistik   intellektni   rivojlantirishga   oid   savol-topshiriqlar.
Bunday   mazmundagi   savol-topshiriqlar   mohiyatan   o‘quvchilarning   bog‘lanishli
nutqini shakllantirish, lug‘at zaxirasini boyitish, fikrlarini izchil va tizimli, ilmiy va
ijodiy bayon etish ko‘nikma-malakasini shakllantirishga qaratiladi. Xususan:
a)   “G‘ilof   bandasi”   asari   syujetiga   doir   taqriz   yoki   annotatsiya   tayyorlang.
Hikoyadagi kalit so‘zlarni aniqlang va ularning kontekstdagi funksiyasini izohlang.
b) hikoya matniga tayanib asar qahramonlariga tavsifnoma yozing.
v)   maktab   sahnasida   “Xameleon”   hikoyasini   jonlantirishga   mo‘ljallab   ssenariy
tuzing.
2. Mantiqiy-matematik intellektni rivojlantirishga oid savol-topshiriqlar. Bunda   o‘quvchilarning   mantiqiy   tafakkuri,   voqelikni   aniq   faktlarga   tayanib
tanqidiy   baholash   qobiliyatini   rivojlantirish   maqsadini   amalga   oshirish   vazifalari
ko‘zda tutiladi. Masalan:
a) Chexov, A.Qahhor yoki Said Ahmad hikoyachiligidagi o‘xshashlikni solishtirib,
fikringizni biror asar misolida asoslang.
b)  “Xameleon”  hikoyasining  kompozitsion  markazi, kompozitsion vositalari, asar
qismlarining   muallif   maqsadiga   mosligi,   obrazlarning   yagona   tizimga
birlashtirilishi hamda tasvirdagi me’yor kabi tamoyillarni aniqlang.
v)   hikoya   qahramonlari   nomlanishida   ularning   xarakteri   va   hayot   tarzi   qay
darajada in’ikosini topganligini izohlang.
3.   Vizual-fazoviy   intellektni   rivojlantirishga   oid   savol-topshiriqlar.   Bu
turdagi   yondashuv   biror   bir   voqea-hodisani   kuzatish   yoki   o‘rganish,   obrazli
fikrlash,   badiiy   konstruksiyalashga   yo‘naltirishi   nuqtayi   nazaridan   ahamiyatga
molik. Jumladan:
a)   “Xameleon”   hikoyasi   ekzpozitsiyasini   belgilab   rasm   chizing.   b)   siz
Ochumelovning   tashqi   va   ichki   dunyosini   qanday   tasavvur   qildingiz?   Matnga
tayangan holda uning portretini yarating.
v) ensiklopediyalardan buqalamun termini izohi bilan tanishing. Bu jonivor
xattiharakatlari   bilan   Ochumelov   xarakteri   o‘rtasidagi   mushtaraklik   modelini
yarating.
g) Belikovga nisbat berilgan “Tekinxo‘r o‘rgimchak” tashbehini chizgilar va
ranglarda qanday akslantirar edingiz?
4.   Motor-harakatli   intellektni   rivojlantirishga   oid   savol-topshiriqlar.
Bolalarda bu kabi xususiyatlar boshqalarga taqlid qilish, butunni qismlarga ajratish
yoki   qismlarni   yaxlit   holga   keltirish,   predmetlarni   ushlab   ko‘rish   kabi   bir   qancha
harakatlar asosida rivojlantirishiga erishiladi. Masalan:
a) o‘zingizni biror asar rejissyori sifatida tasavvur qiling. Personajlar nutqini
ifodalash   yoki   qiyofasini   gavdalantirishda   qaysi   jihatlarni   bo‘rttirib   ko‘rsatar
edingiz? b)   Belikov   va   Kovalenko   yoxud   Ochumelov   bilan   Xryukin   o‘rtasidagi
dialoglarni sahnalashtiring.
v)   Ochumelov   yoki   Belikovning   mimikalari   va   odatlariga   o‘xshash
pantomime uyushtiring.
g) Belikovning asardagi yo‘nalishlari xaritasini chizing.
5. Musiqiy-ritmik intellektni rivojlantirishga oid savol-topshiriqlar.  Musiqa
orqali o‘rganishga qaratilgan bu turdagi vazifalar o‘quvchidagi sezgi va idrok kabi
bilish jarayonlarining rivojiga asoslanadi. Xususan:
a) sizningcha, Belikov bilan vidolashuv marosimida qanday kuy ijro etilgan
bo‘lishi mumkin?
b)   jahon   yoki   o‘zbek   xalqi   musiqa   san’ati   fonotekasidan   “G‘ilof   bandasi”
hikoyasi qahramonlarining qabristondan qaytishdagi kayfiyatiga mos kuy tanlang.
v) Varenka obrazi nutqidagi ritmni belgilang.
6.   Shaxslararo   intellektni   rivojlantirishga   oid   savol-topshiriqlar.   Bunda
o‘zaro   muloqotga   kirishish,   jarayonda   yetakchilik   qilish,   shaxsiy   qarashlarini
asoslash   hamda   boshqalarning   fikrini   hisobga   olish   kabi   sifatlar   takomili   ham
e’tiborga olinadi. Jumladan:
a)   hayolan   Ochumelov   bilan   suhbatlashing.   Unga   nimalar   degan   bo‘lar
edingiz?
b)   Ivan   Ivanich   va   Burkinlardan   intervyu   olish   uchun   tayyorlaning.   Ularga
qanday savollar bilan murojaat qilgan bo‘lardingiz?
v) Ivan Ivanichning fikrlariga munosabat bildiring.
g)  tengdoshlaringiz   orasida   olomonning  voqealarga  nisbatan   o‘rni   xususida
bahs yuriting.
7.   Ichki   shaxsiy   intellektni   rivojlantirishga   oid   savol-topshiriqlar.
O‘quvchilar bunday mazmundagi vazifalarni bajarishlari davomida o‘zida mavjud
sifatlarini   ko‘rsata   biladi,   kamchiliklarini   anglash   yo‘lidan   boradi.   Ko‘rilayotgan
muammolar yuzasidan his-tuyg‘ularini aniq ifoda etadi, jarayonda o‘zini boshqara
oladi hamda mavqeyini belgilashga urinadi. Masalan: a)   “Xameleon”   hikoyasining   asosiy   g‘oyasi   asosida   bugungi   hayotimizda
uchraydigan biror muammo yuzasidan drabl (juda qisqa hikoya) yozing.
b)   o‘zingizni   Ochumelovning   o‘rniga   qo‘yib   ko‘ring.   Sizni   bunday   ish
tutishga majbur qilgan omillarni ko‘rsating.
v)   hayotingizda   biror   marta   bo‘lsa   ham   Ochumelovga   o‘xshash   kimsalar
bilan konflikt sodir bo‘lganmi?
g) vaziyatga nisbatan qanday chora qo‘llagansiz?  
8.   Tabiatshunos   (naturalist)   intellektini   rivojlantirishga   oid   savol-
topshiriqlar.   Bunda   o‘quvchilarning   borliq   va   uning   o‘ziga   xosligi,   tabiat
hodisalariga qobiliyatlarini rivojlantirish masalasi ko‘ndalang turadi. Xususan:
a) “G‘ilof bandasi” hikoyasi qahramonlari kechinmalari va qishloqning tungi
qiyofasidagi bog‘liqlikni birlashtiring.
b) “Xameleon” asaridagi bozor maydonida hukmron jimlik sababi ildizlarini
aniqlang va hokazo.
Govard   Gandnerning   “Turfa   zakovatlar”   nazariyasi   asosida   7-sinflarda
“Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasini ham o‘qitishda quyidagi topshiriqlarni
bajarish mumkin. 
1.  Verbal-lingvistik intellektni rivojlantirishga oid savol-topshiriqlar:
1)   “Dahshat”   hikoyasini   o‘qib,   “Sarobga   aylangan   orzular”,   “Yashash
qadri”, “Hurlik – eng buyuk ne’mat” mavzularidan birida esse yozing. 
2) hikoya matniga tayanib asardagi Unsin timsoliga tavsifnoma yozing. 
3) maktab sahnasida “Dahshat” hikoyasini jonlantirishga mo‘ljallab ssenariy
tuzing. 
4) hikoyaning kalit so‘zlarini ajrating. 
2. Mantiqiy-matematik intellektni rivojlantirishga oid savol-topshiriqlar:
1)   “Dahshat”   hikoyasida   raqamlar   bilan   bog‘liq   joylarni   topib,   izohlashga
harakat qiling. 
2)   “Dahshat”   hikoyasining   qahramoni   bo‘lgan   Unsin   timsoliga   “Musbat-
manfiy” metodi asosida tavsif bering. 3. Vizual-fazoviy intellektni rivojlantirishga oid savol-topshiriqlar:
1) “Dahshat” hikoyasi ekzpozitsiyasini belgilab rasm chizing.
2)   “Fotosuratni   o‘qish”   metodi.   Tayyorlangan   rasmlarni   ketma-ket   syujet
asosida joylashtiring. 
4. Motor-harakatli intellektni rivojlantirishga oid savol-topshiriqlar:
1) “Dahshat” hikoyasi asosida sahna ko‘rinishi tayyorlang.
2)   “Pantomimo”   o‘yini.   Hikoya   qahramonlarining   xarakterlarini   ochib
beruvchi harakatlarni ko‘rsatish. 
5. Musiqiy-ritmik intellektni rivojlantirishga oid savol-topshiriqlar:
1)   sizningcha,   Unsinning   qabristonga   borishiga   qaysi   kuy   ijro   etilishi
ma’qul?  
2) sizningcha, Olim dodhoning tabiatiga qanday musiqa mos tushadi?
6. Shaxslararo intellektni rivojlantirishga oid savol-topshiriqlar:
1) Unsinga maktub yo‘llang.
2)   “Intervyu”   metodi.   Unsindan,   uning   ota-onasidan   intervyu   olish   uchun
savollar tuzing.
7. Ichki shaxsiy intellektni rivojlantirishga oid savol-topshiriqlar: 
1) “Keys-stadi” metodi.
2) “Nima uchun” texnologiyasi.
3) “Sud” darsi.
4) “SWOT- tahlili” metodi.
8.   Tabiatshunos   (naturalist)   intellektini   rivojlantirishga   oid   savol-
topshiriqlar:
1) “Venn diagramma” metodi.  2) tabiat va hayvonlar ishtirok etgan o‘rinlarni toping. 
Xulosa   qilib   aytganda,   adabiyot   ta’limida,   xususan,   mutolaa   madaniyatini
shakllantirish bilan bog‘liq mustaqil va ijodiy ishlarni tashkil etishda intellektning
turli tiplarini rivojlantirishga oid Gardner nazariyasi yosh avlodning shaxs sifatida
o‘zini-o‘zi   rivojlantirish   hamda   global   tafakkur   rivojiga   xizmat   qilishi   borasida
samaradorligini qayd etish joiz.
 shamol	dovul   Adabiyotlar:
1.   Mirziyoyev   Sh.M.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan   birga
quramiz. –T.: O‘zbekiston NMIU, 2017. – 469 b.
2.   Kambarova   S.   Adabiy   ta’limda   o‘quvchilarning   intellektual   salohiyatini
rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari//Xalq ta’limi  ilmiy-amaliy jurnal. 2019.
2-son. 12-18-betlar
3. Matchanov S. Umumta’lim tizimida adabiyotdan mustaqil ishlarni tashkil etish.
Ped. fan. dokt. diss... –T.: 1998. – 249 b.
4. G‘oziyev E.G‘. Psixologiya. –T.: O‘qituvchi, 2008. 94-b.
5.   O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati.   5   jildli.   2-jild.   –T.:   “O‘zbekiston   milliy
ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 2006. 216-b.
6.   Umarov   A.O.   Mutolaa   madaniyati:   shaxs,   jamiyat,   taraqqiyot.   [Monografiya]
Alisher   Navoiy   nomidagi   O‘zbekiston   Milliy   kutubxonasi;   A.Qodiriy   nom.
Toshkent Davlat madaniyat ins-ti. –T.: Fan, 2004. 
7.     https://uz.reoveme.com/gardnerning-kop-intellektual-nazariyasi/   
8. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartini  
tasdiqlash to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. –
T.:   www.lex.uz. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2017- yil 14 
(774)-son,   230-modda, – 117 b.

Matn mutolaasi. “ Turfa zakovatlar ” nazariyasi asosidagi yondashuvlar Reja: 1. Adabiy ta’limda o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari. 2. Matn mutolaasi, mutolaa madaniyati. 3. Govard Gardnerning “Turfa zakovatlar” nazariyasi va badiiy matn tahlili.

Adabiyot o‘qitishning hayot bilan chambarchas bog‘liqligi, shaxs ma’naviyatiga daxldorlik, adabiy ta’limni insonparvarlashtirish, demokratlashtirish g‘oyatda murakkab jarayon bo‘lib, uni birgina adabiyot darslari vositasida amalga oshirish mushkuldir. Zero, adabiyot fanini o‘qitish o‘quvchilarni adabiyotshunos qilib tarbiyalash vazifasiga emas, balki o‘z taqdirini yurt ravnaqi va xalq farovonligi bilan chambarchas bog‘laydigan yuksak ma’naviyatli shaxslar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgandir. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev ta’lim-tarbiya sohasidagi yutuq va muammolarni tahlil qilar ekan, yoshlarning kitobxonlik darajasi pasayib, ko‘p vaqtlarini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazayotganiga alohida e’tibor qaratgan holda “Bugungi kunda axborot tarqatish, axborot almashishning tezligi va mukammalligi bo‘yicha internetning o‘rnini bosadigan boshqa vosita yo‘qligini albatta yaxshi bilaman. Ammo farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o‘tgan, yuksak ma’naviyat manbai bo‘lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki biz uchun yot bo‘lgan g‘oyalarni yoshlarimiz ongiga singdirayotgan zararli axborotlar asosida shakllanishiga men mutlaqo qarshiman. Eng muhimi, farzandlarimizda yoshlik chog‘idan boshlab kitobga mehr qo‘yish, mustaqil fikr yuritish, murakkab hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri javob topish ko‘nikmasini shakllantirishimiz, buning uchun tegishli tashkiliy ishlarni amalga oshirishimiz darkor” degan fikrlari masalaning g‘oyat dolzarbligini ko‘rsatadi. Shunday ekan, o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularni so‘z san’atining sehrli olamiga yetaklab kirish, ma’naviy kamolot tarbiyasi adabiyot o‘qituvchisining g‘oyat muhim va zaruriy vazifalaridan hisoblanadi. Adabiyotdan dars soatlarining cheklanganligi va dastur mavzularining siqiqligi o‘quvchilarni qiziqtiradigan barcha savollarga ham javob topish imkonini beravermaydi. Vaziyatdan chiqishning birdan bir yo‘li mustaqil mutolaani qat’iy reja asosida amalga oshirishdir. Mutolaa – ota-onalar va o‘qituvchilarning savodli hamkorligi ta’sirida bolaning so‘zlarni ko‘rish va tanish, ma’nosini tushunish, mazmun-mohiyatini anglash hamda og‘zaki faoliyat yuritish hodisasidir. Mutolaa, shuningdek,

shaxsning o‘zligini tanishga yo‘naltirilgan faoliyati bo‘lib, buning natijasida unda yangi sifat-xususiyatlar vujudga keladi. Inson hayoti davomida o‘ziga singdirgan mana shu mehnat elementlari orqali shaxsiy tarbiyaning takrorlanmas shaklini yaratadi va bular mutolaani madaniyatning boshqa faoliyat turlaridan ajratib turadi. Natijada, mutolaa subyekt faoliyatini maqsadli harakatlar sari yo‘naltiruvchi evalyutsion jarayondir. Sotsiologiya fanlari doktori A.Umarov mutolaa madaniyatini “ijtimoiy guruhlar, uyushmalar va alohida individlarning umumiy ma’lumot olishga yo‘naltirilgan jarayon, xulq-atvor va faoliyatlari mazmuni hamda tarkibiy tizimlarida yuz beruvchi o‘zgarishlar majmuini ifodalovchi bilimlar, me’yorlar, ijtimoiy hodisalar va boshqa atributlar” (atribut – lotincha “attributum” – qo‘shib berilgan, ta’minlangan, qo‘shimcha qilingan”) deb biladi. Mutolaa madaniyatini shaklantirish zarurati o‘quvchilarning adabiyotdan qandaydir yangilikni bilib olishi bilangina bog‘liq emas. Mustaqil mutolaa jarayonlari milliy o‘zlikni, hayotning tub mohiyatini anglatish, fuqarolik burchi va axloqiy nuqtai nazarini mustahkamlash kabi mushtarak maqsadlar yo‘lida takomillashib, ijtimoiy- axloqiy va estetik ideallarni o‘zida aks ettiradi. Bolada mutolaa madaniyati elementlari dastlab oilaviy an’analar, ota-ona ibrati asosida asta-sekinlik bilan shakllanadi, keyinchalik ta’lim-tarbiya, mahalla, jamoatchilik kabi atrof-muhit ta’sirida faollashib, ehtiyojga aylana boradi. Psixologiyada ehtiyoj tushunchasiga subyekt va uning faoliyati o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘zida mujassam etuvchi kategoriya sifatida qaraladi. Mutolaa ehtiyoji shaxsda ixtiyoriy, erkin va ongli o‘qib-o‘rganish, estetik zavqlanish, huzurlanish va ilhomlanishga bo‘lgan moyilliklar negizida individual qiyofa kasb etadi. Binobarin, professor S.Matjonov ta’kidlagandek, “O‘quvchi o‘zi mutolaa qiladigan kitobi haqida qancha ko‘p ma’lumotga ega bo‘lsa, uni shu qadar chuqur o‘zlashtiradi, undagi nafosatni qalbdan his etadi. Buning uchun o‘quvchining o‘zi kitob orqali yangibir olam bilan tanishishga tayyor bo‘lishi, ya’ni ichdan ehtiyoj sezishi, majburiyat va mas’uliyat his qilishi kerak”. O‘qituvchi bu borada mutolaa uchun adabiyotlarni tanlab tavsiya qilishi, o‘z vaqtida asarlar ro‘yxatini yangilashi va mazmunini kengaytirib borishi, bunda har bir

o‘quvchining yosh va individual xususiyati hamda qiziqishini hisobga olishi zarur. Negaki, qiziqish o‘rganilayotgan asar mohiyatini chuqurroq idrok qilishga yordam beradi. Qiziqish va idrok o‘quvchining intellektual salohiyati bilan chambarchas bog‘liq. Psixologik nuqtayi nazardan yondashganda, qiziqish “shaxsning muayyan voqelikdagi, muayyan vaziyatdagi turli narsa va hodisalarga tanlab munosabatda bo‘lishida, insonning o‘ziga xos qaror qabul qilishida, o‘zini o‘zi nazorat eta bilishida, maqsadga intilishida, yuzaga kelgan obyektiv va subyektiv to‘siqlarni yengishida ifodalanadi”. Ilmiy manbalarda “intellekt” (lotincha “intellectus”) so‘zi aql, idrok, tasavvur kabi ma’nolarni anglatib, kishining anglash, tushunish, fahmlash, bir so‘z bilan aytganda, aqliy rivojlanganlik darajasini belgilashi qayd etiladi. Bizningcha, intellekt shaxsning muayyan darajada mustahkam, barqaror aqliy, ruhiy qobiliyatlari majmuasidir. O‘quvchilarning intellektual salohiyatni rivojlantirishda mutolaa asoslarini o‘ziga singdirish va o‘zlashtirish qatorida bilimlarini qiyoslash, tahlil qilish, sintezlash, abstraktlash, umumlashtirish va ulardan amalda oqilona foydalanish tajribasini orttirish bilan bog‘liq malakalarga ega bo‘lishi talab etiladi. Idrok faoliyati insonning egallagan bilimi, orttirgan tajribalari hamda murakkab analitik-sintetik harakatlar tizimi zamirida shakllanadi. Narsa va hodisalarni umumlashgan tarzda aks ettirish mazkur tushunchaga xos muhim xususiyatlardan biri bo‘lib, bu turli vaziyat, sharoit va jabhalarda faol va bevosita aks ettirish imkoniyati mavjudligi bilan xarakterlanadi. Badiiy asarni idrok etish matn mazmunini tushunish va anglash jarayoni bilan uzviylikda kechadi. Idrok qilish asosida estetik his-tuyg‘ular, badiiy tafakkur shakllanadi, tasavvurlar hosil bo‘ladi. Natijada o‘quvchilar tafakkuri voqelikka yaqinlashadi. Metodist olima R.Niyozmetova adabiy materiallarni o‘rganishning pedagogik-psixologik asoslarini tadqiq qilar ekan, kitobxonning obrazli aniqlashtirish va umumlashtirish kabi analitik-sintetik faoliyati nazarda tutilishiga alohida urg‘u beradi. O‘quvchi o‘rganilayotganasar mohiyatini qanchalik tez, to‘la va aniq idrok qilsa, aqlan va ruhan boyishiga zamin yaratiladi. Zero, idrok qilish yo‘li bilan hosil qilingan bilim, badiiy obraz yoki obrazli umumlashmalar xotirada uzoq vaqt saqlanib qolishiga muvaffaq bo‘linadi. O‘quvchilar o‘zida shaxsning eng

qimmatli fazilatlarini, o‘quv va mexnat malakalarini ongli, rejali, tartibli, izchil va muntazam ravishda egallab borishga, shaxsning muayyan bir fazilatlari va xislatlarini hosil qilishga harakat qiladilar; o‘z-o‘zini tarbiyalash muammolarini, yaxlit ma’naviy-ruxiy qiyofani shakllantirishga intiladilar. O‘quvchilarning o‘z- o‘zini tarbiyalash jarayoni o‘quv muassasa jamoat tashkilotlari, pedagoglar jamoasining tarbiyaviy ta’siri doirasida bo‘lmog‘i shart. Toki o‘z-o‘zini tarbiyalashni takomillashtirish jamoada munosib o‘rin egallashga, ijtimoiy burchni anglash, foydali mexnatga jalb etish ishiga xizmat qilsin. O‘z-o‘zini tarbiyalashni to‘g‘ri izga solib yuborish uchun uyg‘unbirlikni tashkil etgan tarbiyaviy chora- tadbirlar majmuasi tarzida tasir o‘tkazish jamoa majburiyati, o‘zaro yordam va nazorat qilish, o‘zaro baxolash va tanqid qilish kabilar maqsadga muvofiqdir. Mustaqil mutolaa “murakkab ijtimoiy-ruhiy jarayon bo‘lib, uning mohiyatini anglash tizimiy tahlil va sintezni uyg‘un tarzda amalga oshirish hamda mutolaa hodisasining tarkibiy tushunchalarini o‘rganishni taqozo etadi”. Demak, barkamol kitobxon tarbiyasida o‘quvchining ichki regulyatsiyasi, bilish jarayonlarini hisobga olish, milliy va zamonaviy pedagogikaning maqsad, shakl, vazifalari, shuningdek, oila, mahalla hamda o‘quv muassasalari hamkorligini yagona maqsad yo‘lida birlashtirish yaxlit tizim sanaladi. Bu borada ajdodlarimizning ma’rifatparvarlik g‘oyalari, adabiyot o‘qitish mazmunida belgilangan mezonlarga asoslanish, qolaversa, chet davlatlarning ilg‘or tajribalarini milliy metodika taraqqiyotiga hamohang yo‘naltirish har bir o‘quvchida mavjud intellekt turini safarbar qilish, ta’lim texnologiyalari ularning individual rivojlanishiga mos holda tuzilishi ustuvor masaladir. Mutolaa madaniyatini shakllantirishda zamonaviy pedagogika va psixologiya o‘quvchi rivojlanish darajasiga mos ish turlarini taqozo etadiki, faoliyatimizda Xorazmiyning sezgi orqali bilish, Forobiyning bilish qobiliyati, Beruniyning qiyoslash, Ibn Sinoning aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiya yaxlitligi, Navoiyning qobiliyatlar darajasida bilim berish haqidagi ta’limotlari qatori xorij tajribalarining zarur jihatlariga tayanish ehtiyojini yuzaga keltiradi. Bu borada amerikalik pedagog J.Dyu ning konstruktivizm, shvetsariyalik psixolog