logo

ANTROPOSOTSIOGENEZ NAZARIYASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.0517578125 KB
MAVZU:  ANTROPOSOTSIOGENEZ NAZARIYASI 
REJA:
1) Inson – biosotsial mavjudot.
2) Inson - antroposotsiogenez jarayonining mahsuli.
3) Insondagi tabiylik va ijtimoiylik nisbati muammolari. 1. Inson barcha zamonlarda o’zining – qanday paydo bo’lganligini  bilishga
intilgan.   Shu   sababli   ham   har   bir   tarixiy   dasrlarda   insonning   kelib   chiqishi,
rivojlanishi   to’g’risida   turli   xil   qarashlar   ishlab   chiqilgan.   Hozirgi   zamon   fan
ma’lumotlariga   qaraganda   odam   deb   ataluvchi   tirik   mavjudotning   insonga
aylanishi   izoq   davom   etgan   evolyusion   jarayondir.   Ushbu   jarayon,
mutaxassislarning   fikriga   ko’ra   3-3,5   mln.   yil   davom   etgan.   Boshqacha
aytganimizda   odamning   dastlabki   ajdodlari   hisoblangan   tirik   mavjudotning
(gomonoid)     insonga   aylanishi   izoq   davom   etgan   evolyutsion   jarayonining
natijasidir.
Insonning   faoliyati,   turmush   tarzi   zamonlar   o’rganishi   bilan   asta   –   sekin
o’zgarib   kelgan.   Inson   tabiiy   tarixiy   rivojlanish   natinjasida   o’z   –   o’zini   va
tabiatning   o’rganib   o’zgartirib   boradi.   Inson   o’zi   haqida   barcha   zamonlarda   turli
fikrlar, qarashlar, g’oyalar, ta’limotlar yaratgan.
Hozirgi zamonning turli ijtimoiy antrapologiya va etnografik nazariyalarning
tushuntirilishicha   olamdagi   boshqa   tirik   mavjudotlardan   insonning   tup   sifatiy
faoliyatini ifodalovchi xususiyatlardan biri, u o’z amaliy faoliyatini tartibga ya’ni,
bir normaga sola bilishidir.
Boshqacha   qilib   aytganimizda   inson   o’z   faoliyatini   amalga   oshirish
madaniyatiga ega ekanligi bilan boshqa tirik mavjudotlardan farq qiladi. 
Shu   holat   insonning   insoniyligini   belgilovchi   eng   muhim   xususiyat   –
madaniyat ekanligini isbotlaydi.
Madaniyat   insonlarni   ma’lum   bir   jamiyatga   birlashtiruvchi   uning   kundalik
amaliy faoliyatini ma’lum maqsad tomon yo’naltiruvchi qudrat ekanligidan dalolat
beradi.
Hozirgi   zamon   donishmandlari   olamdagi   tirik   mavjudotlar   ichida   «inson   –
eng   aqlli   mavjudot»,   «inson   –   o’zini   –   o’zi   anglovchi   mavjudot»,   «inson   –
ma’naviy   va   erkin   mavjudot»   degan   xulosaga   keldilar.   Lekin,   shu   alohida
ta’kidlash  zarurki, zarurki  insonga  xos  aql   farosat  o’zini  –  o’zi  anglash  ma’naviy
erkinlik birdaniga shakllangan emas. Chunki hayovonning odamga aylanishi uzoq
yillar davom etgan jarayondir. Hayovonlarning   (gomonoid)   odamga   aylanishi   (antropogenez)   va   ularning
ma’lum   bir   jamiyatga   birlashish   jarayoni   (sosiogenez)   olimlarning   guvohlik
berishicha   tahminan   3-3,5   million   yil   davom   etgan   ya’ni   antropogenez   va
sosiogenez yagona bir jarayonning ajralmas ikki tomonidir. 
Ko’rinib   turibdiki   hayvonning   odamga   aylanishi   –   antropososiogenez
jarayonining natijasidir. 
Tirik   mavjudotlar   olamida   odamning   o’ziga   xos   xususiyatlari   bilan   ajralib
turishi – o’lik tabiatdan tirik tabiat, tirik mavjudotlarajralib cheqishiga teng bo’lgan
buyuk sakrashdir.
Atnropogenez  jarayonida mehnat  asosiy  rol  o’ynaydi. Mehnat  tufayli  inson
o’zi   yashayotgan   tabiiy   muhitni   o’zgartiradi,   moddiy   –   ma’naviy   boyliklar
yaratadi. O’zini – o’zi o’zgartiradi. Inson organizmining sof fiziologik funksiyalari
qo’l   va   oyoqlarning,   bosh   va   barmoqlarning   tog’aylar,   paylar,   suyak   va
muskullarning taraqqiy etishi ham bevosita mehnat bilan bog’liqdir.
Bundan   tashqari   mehnat   insonning   nafaqat   jismoniy   balki   ma’naviy,
madaniy taraqqiyoti uchun asosiy shart – sharoit vazifasini bajardi. Mehnat tufayli
inson   tabiatga   ta’sir   etdi.   Buning   uchun   esa   mehnat   qurollari   yasab   ushbu
qurollarni uzluksiz takomillashtirib bordi.
Inson, ameriklik olim  B.Franklin aytganidek, mehnat  qurollarini yaratuvchi
mavjudotdir.   Mehnat   qurollarining   yaratilishi   –   insonning   ishlab   chiqarish
borasidagi faoliyatining o’q tomiridir.
Ma’lumotlarga   qaraganda   inson   mehnat   qurollarini   yaratishni   boshlaganiga
1-1,5   million   yil   bo’ldi.   Inson   dastlabki   mehnat   qurollarini   ov   qilish   boshqacha
qilib   aytganimizda.   Turli   maxluqlarni   o’ldirish   uchun   kashf   etgan.   Bu   jarayon
ya’ni   mehnat   qurollarini   yaratish   jarayoni   ham   ongsizlikdan   onglilik   tomonidan
o’sib   rivojlanib   bordi.   Mehnat   qilish   insonni   takomillashtirib   bilan   asta   –   sekin
olamni   ichkarisiga   tomon   kirib   boravergan.   Yuqoridagi   mulohazalardan   shunday
xulosaga   kelish   mumkinki,   mehnat   –   antropogenez   va   sosiogenez   jarayonining
markaziy omilidir 1
. 
1
  Choriyev A. Inson falsafasi. T.: 2007.  376-378 – betlar . Atnropososiogenez   jarayonidagi   inson   ongi,   aql   –   farosati   shakllanishida
uning   amaliy   faoliyatini   ma’lum   bir   maqsad   tomon   yo’naltirishda   til   eng   muhim
vosita   vazifasini   bajaradi.   Huddi   shuning   uchun   ham   tilning   taraqqiyoti
atnropososiogenez jarayonining eng muhim omillaridan biridir.
Faylasuflar tomonidan til turlicha sharhlanadi. Chunonchi  til keng ma’noda
madaniyatdir. Shu madaniyat yordamida kishilar biri ikkinchisi bilan aloqa qiladi.
Muloqatda   bo’lishadi.   Til   tufayi   inson   amaliy   faoliyati   ma’lum   maqsad   tomon
yo’naltiradi.   Tor   ma’noda   til   –   insonning   axborotli   belgili   faoliyati   bo’lib,   uning
nutqida o’z ifodasini topadi. 
Atnropososiogenez jarayonining eng muhim omillaridan yana biri – insonni
inson ishlab chiqarganligidir. Inson insonni ishlab chiqari deganda inson insonning
faoliyati,   dunyoqarashi,   aql-farosatining   shakllanishiga   ta’sir   qiladi.   Uning   onggi
va faoliyatini asta sekin o’zgartiradi deb tushunmoq kerak.
Inson inson tufayli vujudga kelganligi uzoq davom etgan jarayon bo’lib, bu
holat   insonning  eng  jastlabki   ajdotlari  orasidagi   munosabatlarning  vujudga  kelish
jarayoniga borib taqaladi. 
Insondagi barcha ehtiyojlar mehnat tufayli hosil bo’ldi o’z navbatida ushbu
ehtiyojlar istaklar – mehnat tufayli qondirildi. Mehnat inson ehtiyojlarini qondirish
bilan cheklanib qolmay, balki uni madaniylashtirdi. 
Insonning   ehtiyojlarini   qondirish   malakasi   sivilizasiyaning   eng   muhim
elementiga aylandi.
Xullas   inson   deb   ataluvchi   tirik   mavjudot   o’zida   quyidagi   muhim
xususiyatlarni aks ettiradi.
-   modidiy   va   ma’naviy   boylik   yaratish   uchun   zarur   bo’lgan   mehnat
qurollarini ishlab chiqaradi;
- axloqiy normalarni ishlab chiqadi;
-   tarixiy   taraqqiyotni   xarakatga   kelturuvchi   xissiy   va   aqliy   qobiliyatlarga
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga ega bo’ladi;
-   jamiyatdan   tashqarida   mavjud   bo’la   olmaydi,   shakllanmaydi,
rivojlanmaydi; - undagi individual  xislatlar mavjud ijtimoiy munosabatlarning hosiladir va
usha ijtimoiy munosabatlarining tarixiy tipiga mansubdir;
- uning kundalik amaliy faoliyati ma’lum maqsadga  qaratiladi. Aniq dastur
asosida amalga oshiriladi. Ongli erkin xususiyatga ega bo’ladi.
Ushbu   xususiyatlar   olamdagi   mavjud   bo’lgan   boshqa   tirik   mavjudotlardan
insonning farq qiluvchi sifatiy jihatlari xisoblanadi. O’z navbatida huddi shu holat
inson ham tabiiy ham ijtimoiy mavjudot ekanligidan dalolat beradi. 
Inson   tabiiy   va   ijtimoiy   mavjudot   ekanligini   hozirgi   zamon   Fani   ham
tasdiqlamoqda. 
Shuning uchun ham insondagi  tabiiylik va ijtimoiylik orasidagi  aloqadorlik
mexanizmini bilish falsafada eng muhim ahamiyatga moliq muammolardan biridir.
Insondagi   tabiiylik   va   ijtimoiylik   o’rtasidagi   dialektik   aloqadorlikni   tula
tasavvur   qilmoq   uchun   eng   avvalo   yagona   biologik   turga   mansub   bo’lgan
insonning boshqa biologik mavjudotlardan sifatiy farqini ifodalovchi eng umumiy
va o’ziga xos xususiyatlarini bilib olish zarur. 
Chunki, insondagi biologik xususiyatlar  uning ijtimoiy fazilatlari individual
xislatlariga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Chunonchi, insonning yagona biologik tur
sifatidagi eng muhim xususiyati – yoshidir (umri).
Hozir   zamon   ma’lumotlariga   qaraganda   inson   bolasi   turli   –   tuman   kasallik
va   ijtimoiy   badbaxtliklarga   girifdor   bo’lmasa   uning   o’rtacha   yoshi   ya’ni   umr
ko’rishi 80-90 yil atrofida bo’ladi.
Afsuski   insonning   biologik   o’ziga   xosli   ijtimoiy   muhit   ta’sirida   o’zgarib
turadi.   Masalan   o’tgan   asrning   90-yillarining   boshida   vujudga   kelgan   iqtisodiy,
siyosiy,   ekologik   inqirozlarning   keskinlashishi   oqibatida   insonning   o’rtacha   umr
ko’rishi   Rossiyada   69,6   yoshdan   66   yoshga   tushgan   bo’lsa,   O’zbekistonda   69,3
yoshga   to’g’ri   keldi.   Boshqacha   aytganda   inson   yoshi,   umrining   qisqali   ijtimoiy
vaziyatlar tufayli barcha zamonlarda ham o’zgarib turgan. 
Tarixning   guvohlik   berishicha   odam   bola   qadim   zamonlarda   20-22   yil
yashagan.  XVIII asrga kelib o’rtacha umr ko’rishi 30 yoshga yetdi. XX asr boshlarida
G’arbiy   Yevropa   mamlakatlarida   odam   o’rtacha   56   yil   umr   ko’rgan.   XX   asr
oxirlariga kelib u o’rtacha 75-80 yil umr ko’ra boshladi.
Insonning boshqa biologik mavjudotlardan tub eng muhim xususiyatlaridan
biri inson umri bosqichlarining o’ziga xos biologik xususiyatlardir.
    Insondagi   tabiiylik   va   ijtimoiylik   orasidagi   o’zaro   dialektik   aloqadorlik
mexanizmini   o’rganish   jarayonida   har   bir   kishining   o’ziga   xos   xususiyatlari
mavjud  ekanligini   tan  olmaslik   amaliyotda   qobiliyatli,  talantli,  iqtidorli   kishilarni
kamsitishga   ularni   jamiyatning   oddiy   ijrochi   «murvatchalariga»   aylantirib   quydi.
Qobiliyatli   talantli   kishilarni   loqayd   kishilar   bilan   tenglashtirish     ijtimoiy   adolat
normalar va prinsiplariga zid emasligini ham unutmaslik kerak.
Inson   tabiiy   va   ijtimoiy   boshqacha   aytganimizda   bir   vaqtning   o’zida   ham
ijtimoiy   ham   organik   olamga   ta’luqli   ekanligi   uning   mohiyatini   tushunib   olishda
bir qator muammolarni keltirib chiqardi. 
Aristotel   insonning   mohiyatida   hayovoniy   (biologik)   va   siyosiy,   (ijtimoiy)
boshlang’ich asos borligini inobatga olib uni siyosiy hayvon degan edi. 
Yer   yuzida   yashayotgan   turli   irqlarga   mansub   insonlarning   ongi   va
faoliyatidagi   turli   ziddiyatlar   keskin   tafovutlar   mavjudligi   faqat   uning   irqi   bilan
bog’liq  emas.   Nemis   biologik  olimi   E.Gekkel   (Ch.Darvin  ta’limotining    mashhur
targ’ibotchisi) 1904 yilda ta’kidlaginidek turli irqqa mansub bo’lgan odamlar aqliy
qobiliyatlari   madaniy   saviyalarida   katta   befarq   bo’lishiga   qaramasdan       bunday
tafovutdan   ularning   hayotidagi   qadr-qimmatlarini   mutlaqo   boshqacha   baholash
lozim degan ma’no kelib chiqmasligi zarur. 
Insonni   hayovondan   yuksaklikka   ko’targan   narsa   bu   madaniyatdir.
Odamlarni madaniyatga chorlovchi qudrat esa aql – idrokdir.
Insondagi   tabiiylik   va   ijtimoiylikning     o’zaro   aloqadorligi   ular   orasidagi
munosabatlarni aniqlashda ham turli yondashuvlar, turli qarashlar mavjud. Birinchi
qutbdagi   olimlar   inson   mohiyatini   haddan   tashqari   biologiyalashtirsalar   ikkinchi
qutbga mansub qarash tarafdorlari uni sosiologiyalashtiradi.  Biologiyalashtiruvchilar   yoki   naturalistlar   insonning   inson   bo’lib   kamol
topishida uning onggi va faoliyati manbaini biologik omillardan qidiradilar. Inson
kamolotida biologik omillarning rolini burttirib ko’rsatadilar.
Sosiologiyalashtiruvchilar   esa   inson   tabiatining   uning   mohiyatini   ijtimoiy
munosabatlardan, ijtimoiy muhitdan izlaydilar.
Insonning   inson   bo’lib   shakllanishida   ijtimoiy   muhit   hal   qiluvchi
ahamiyatga ega deb tushunadilar.
Insonning   mohiyatini   biologiyalashtiruvchi   konsepsiyaga   ko’ra   irqchilikni
ulug’lovchi  rasizm, sosial darvinizm oqimlarini misol qilib ko’rsatish lozim.
Angliyalik   mashhur   iqtisodchi   T.Maltus   (1766-1834)   ijtimoiy   hayot   yakka
kishining yashashi uchun ko’rash maydoni vazifasini bajaradi. 
Bunday   murakkab   ko’rashga   moslasha   bilgan   kishigana   ba’zi   yutuqlarni
qulga kirita oladi degan fikrni olg’a suradi.
Maltusdagi   yashash   uchun   kurash   g’oyasini   Ch.Darvin   o’zining   tabiiy
tanlanish va evalyusion taraqqiyoti haqidagi ta’limoti uchun asos qilib oldi.   
Ch.Darvin   ta’limotidagi     yashash   uchun   ko’rash   g’oyasi   sosiol   darvinizm
tarafdorlari tomonidan jamiyatga tadbiq etildi. 
Jamiyatdagi turli sinflar orasidagi kurashda oliy sinf vakillari hayotga yuqori
pozisiyani egallab turishlari lozim. Chunki yuqori sinf vakillari aqliy qobiliyatlari
boshqalarnikidan   ustun   degan   xulosa   chiqardirlar.   Boshqacha   aytganda
Ch.Darvinning   biologik   ta’limoti   sosial   Darvinizm   tarafdorlari   tomonidan   tabiiy
fanlarinng keyingi yutuqlari asosida boyitildi. 
Yashash   uchun   kurash   g’oyasi   faqat   tabiatga   taaluqli   emas.   Balki   jamiyat
hayoti   uchun   ham   bu   qonunga   bo’ysuni   lozim   degan   g’ayri   ilmiy   fikr
mulohazalarini olg’a sura boshladilar. 
Amerikalik   zoolog   olim   Ye.O.Uilson   inson   bosib   o’tgan   taraxiy   taraqqiyot
yo’lini boshqa sayyorada yashovchi zoolog ko’zi bilan o’rganilsa inson mohiyatini
to’la   bilsa   bo’ladi.   Buning   uchun   boshqa   sayyoralardan   turib   yerdagi   hayovonlar
katologiyani tuzish darkor deb tushuntiradi. Insonning   mohiyatini   biologiyalashtiruvchi   qarashlarga   qarshi   chiqqan
boshqa   bir   guruh   insonshunos   olimlar   inson   kamolotida   hal   qiluvchi   omil   –
ijtimoiy   muhit   ya’ni,   inson   ijtimoiy   muhitning   mahsuli   degan   g’oyani   ilgari
surdilar.
Ayniqsa, bizning asrimizda antiutopik adabiyotda hammani tenglashtirishga
qaratilgan   ijtimoiy   g’oyaga   asoslangan   yangi   ideal   jamiyat   modelini   yaratishga
qaratilgan   xarakatlar   boshlandi.   Masalan,   angliyalik   antitopik   yozuvchi   O.Xaksli
o’zining «Yangi dunyoning tulg’oqlari» (1932) romanida mehnatning turiga qarab
usha   mehnatga   moslashgan   inson   degan   mavjudotning   sun’iy   turlarini   yaratish
mumkinligi   isbotlashga   urinadi   va     usha   yasama   insonning   dastlabki   tiplarini
yaratadi. 
Ba’zi   ruxshunos   olimlar   insonning   mohiyatini   ruxiy   xolatlar,   istaklar,
intilishlar   va   mayllar   belgilaydi   degan   g’oyalarni   ilgari   suradilar.   Bu   qarashlarni
freydizm   ta’limotida   yaqqol   ko’rishimiz   mumkin.   Ushbu   ta’limotning   asoschisi
Avstriyalik vrach, psixolog olim Z.Freyddir.   
Z.Freyddir inson ruhiy ma’naviy olamini tahlil qildi. Inson ma’naviy olamini
shakllanishida   onglilik   va   ongsizlik   orasidagi   o’zaro   aloqadorlik   mexanizmlarini
har   tomonlama   o’rganildi.   Inson   ma’naviyatini   chuqur   o’rganib   ongsizlik   inson
ruhiyatini asosiyni tashkil etadi degan xulosaga keladi.
Uning   tushuntirishicha   insonda   onglilikka   qaraganda   ongsizlik   tomon
intilish kuchliroq bo’ladi.
Z.Freydning   ruhiy   tahlil   ta’limotida   «psixologik   energiya»       alohida
ahamiyatga   ega.   Ya’ni   inson   shu   energiya   asosida   o’z   hayotini   davom   ettiradi,
faoliyat   ko’rsatadi.   Ushbu   energiya   uni   yashashga,   faoliyat   ko’rsatishga   undaydi,
deb tushuntiradi. 
Z.Freydning e’tirof etishicha, inson ongi va faoliyati, onglilik bilan ongsizlik
orasidagi dialektik aloqadorlikka bog’liq. Onglilikni oshirmoq uchun ongsizlikning
ham   faolligini   oshirmoq   zarur.   Ongsizlik   –   tukomillashib,   o’zgarib   tural=diga
ruhiy   jarayondir.   Ongsizlik   o’zgarmas,   to’g’ma   instinktgina   emas,   balki   u   ong
singari   uzluksiz   o’zgarish   turadi,   deb   ko’rsatadi.   Shuning   uchun   bilish   jarayoni insonning faqat ongli holatini o’z ichiga olmay, balki ongsiz norasional faoliyatini
ham o’z ichiga mujassamlashtirishini isbotlab berdi.
Z.Freyd   qarashlarini   uning   tarafdorlari   E.Fromm,   V.Rayx,   G.Markuze   va
boshqalar   davom   ettirdilar.   Aniqysa,   E.Fromm   uning   ruhiy   tahlil   haqidagi
ta’limotini   ijtimoiy   hayotga   tadbiq   eidi 1
.   lekin   Fromm   «ijtimoiy   muhitini»   tahlil
etganda,   odamlarning   manfaatlari   turlicha   ekanligi,   inson   ijtimoiy   mohiyatini
mavhum   turhiy   tahlil   yordamida   tushuntirib   bo’lmasligini   fahmlay   olmaydi.   U
o’zining   asarlarida   hozirgi   karitalistik   ijtimoiy   muhitni   ruhiy   kaslga   mubtalo
bo’lgan «hasta jamiyat», deb ta’kidladi.
Odamning   inson   sifatida   shakllanishi   ochib   berishda   ijtimoiy   (sotsiologik)
omillar   dialektikasini   ochib   berishda   ijtimoiy   rolini   bo’rttirib   ko’rsatgan   falsafiy
ta’limotlarda   biri   belgilashda   hal   qiluvchi   rolni   ijtimoiy   muhit   o’ynaydi.   Bunday
biryoqlama   yondashuv   inson   muammosini   o’rganuvchi   tabiiy   fanlarga   ham   o’z
ta’sirini o’tkazadi. Oqibatla, inson biologiyasi haqida bayon etilgan eng ilg’or fikr
–   mulohazalar   haqida   lom   –   min   deyilmaydi.   Insonnning   tarli   ijtimoiy   fazilatlari
haqida   zo’r   berib   gapirildi.   Amalda   esa   inson   biologiyasi   vulgarlashtiriladi.
Natijada, inson his – tuyg’ulari kamsitildi, jismi esa sotsiologiyalashtirilgan o’ziga
xos   ijtimoiy   shaklga   aylantirildi.   Moddiy   jahada   ishtirok   etayotgan   kishilarni
haddan   ortiq   ulug’lash,   «hazrati   ishchi»,   «hazrati   dehqon»,   degan   uydirmalar
o’ylab topildi. 
Ma’naviy ishlab chiqarishda halol va fidoiylik qilayotgan, o’n yillab zahmat
bilan   o’lchash   urf   bo’ldi.   Inson   fani   (biologiya)   bilan   ma’naviyat   orasidagi
aloqidorlik mexanizmi chiqur tahlil etilmadi. 
Tabiiyki,   jism   zaif   kishining   ma’naviyati   ham   majruh   bo’ladi.   Natijada,
jismonan majruh, ma’naviy qashshoq kishilar soni yildan – yilga ortib boraveradi.
Insonning   kelib   chiqishi,   rivojlanishi   tabiiy   taraqqiyoti   uzoq   davom   etgan
tadrijiy   jarayonidir.   Ushbu   jarayonning   shakllanishida   bir   qancha   omillar   o’z
ta’sirini   ko’rsatgan.   Shuningdek   inson   –   tabiiy,   biologik,   ijtimoiy   –   ma’naviy,
psixologik jihatlarni o’zida mujassam etgan aqlli tirik mavjudotdir.  
1 1
 Фромм Э. Бегство от свободы. Дайджест. М., 1990. Фромм Э. Анатомия человеческой деструктивности. 
М., 1994.. Insonning   takomillashib,   rivojlanib   borishida   jamiyatga   birlashishi   ya’ni
jamoa bo’lib yashashi katta ahamiyat kasb etdi. 
Aynan   insonning   jamoaga   birlashuvi   til   va   muloqotning   shakllanishiga
ma’lum ma’noga turtki bo’ldi. 
Insonning boshqa tirik mavjudotlardan farq qiluvchi muhim xususiyati uning
aql – idrokka egaligidadir. Mana shu xususiyat insonni eng oliy mavjudot sifatida
shakllanishiga sabab bo’ldi. 
Aynan shuni  hisobga  olib ba’zi  faylasuflar  inson  tabiatning gul  toji. Tabiat
taraqqiyotining eng oliy maqsuli deya ta’riflashgan.
Bugungi   kunda   fan   texnika   rivojlangan   informasion   jamiyatda   inson
sivilizasiyaning oliy qadriyati sifatida baholanmoqda. 
Barkamol   insonni   tarbiyalash   eng   dolzarb   muammolardan   biriga   aylanib
bormoqda.   Inson   va  insoniyat   taqdiriga  haqida   uylash   har   bir   insonning   burchiga
aylanib bormoqda. 
Hozirgi   zamon   fani   ma’lumotlariga   qaraganda   odam   deb   ataluvchi   yagona
biologik   turga   mansub   tirik   mavjudotning   insonga   aylanishi   uzoq   davom   etgan
evolyusion jarayondir. Mutaxassislarning fikrlariga ko’ra bu jarayon 3-3,5 mln yil
davom   etgan.   Insonnig   faoliyati,   turmush   tarzi   zamonlar   o’tishi   bilan   o’zgarib
borgan.   Shu   o’zgarishlarning   turli-tumanligi   insonlarning   bir-biridan   farq   qilishi
uchun   asos   vazifasini   bajargan.   Faoliyatning,   turmush   tarzining   turli   tumanligi
insonlarning birini ikkinchisidan farq qiluvchi belgisi hisoblangan.
Insonning   olamdagi   boshqa   mavjudotlardan   farq   qiluvchi   muxim
xususiyatlari   nimalardan   iboratq   Insonnig   hayoti,   faoliyati,   uning   irsiy-genetik
xususiyatlari   tabiiy-ijtimoiy   muxit   ta’siriga   bog’liqmiq   kabi   savollarga   olimlar
haligacha javob izlaganlar. Xo’sh, insonnig olamdagi boshqa tirik mavjudotlardan
farqini ko’rsatuvchi eng muxim xususiyatlar nimalardan iboratq
Birinchidan, inson olamdagi boshqa tirik mavjudotlardan xotirasi, tafakkuri,
tili   borligi   bilan   ajralib   turadi.   Ayniqsa,   til   inson   avlodlari   va   ajdodlari   orasidagi
aloqada vorislik vazifasini bajaradi. Ikkinchidan,   insonning   insoniyligini   belgilovchi   eng   muxim   xususiyat   –
madaniyat.   Insonnig   o’z   faoliyatini   tartibga   solish,   yo’naltirishi   –   madaniyat.
Ma’lum   bir   jamiyatga   birlashib   yashashi   –   madaniyat.   Uning   faoliyatini   ma’lum
bir maqsadga yo’naltiruvchi omil – madaniyat.
Uchinchidan,   insonnig   hayvonan   farq   qiladigan   eng   muxim   xususiyati   -
o’zining yashashi,  turmushi  uchun zarur  bo’lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni
ishlab chiqarish malakasiga ega bo’lishi.
   Fan nuqtai nazaridan insonga nisbatan «inson eng aqlli mavjudot», «inson
o’zini   o’zi   anglovchimavjudot»,   «inson-ma’naviy   mavjudot»   degan   fikrlar
ishlatiladi. Odamning insonga aylanishi va jamiyatga birlashishi antropososiogenez
jarayonining   natijasidir.   Antropogenez   jarayonida   mehnat   asosiy   rol   o’ynaydi.
Mehnat   tufayli   inson   o’zi   yashayotgan   tabiiy   muhitni   o’zgartiradi,   moddiy   va
ma’naviy boyliklar  yaratadi, o’zini ham o’zgartiradi. Mehnat  antropogenez (ya’ni
odamning   shakllanishi)   va   sosiogenez   (jamiyatda   yashash,   inosnga   aylanish)
jarayonining markaziy omilidir.
Antropososiogenezning ikkinchi muhim omili-til.
Antropososiogenezning muhim omili insonni inson ishlab chiqarishdir.
Antropososiogenezning   muhim   omili-ijtimoiy-axloqiy   me’yorlar   va
normalarning vujudga kelishi.
Odamning   dastlabki   ajdodi   «paleantrop)   ovchilik,   termachilik   faoliyatidan
ishlab   chiqarish   faoliyatiga   o’ta   boshladi.   Bu   odam   o’zida   insonga   xos   ijtimoiy
fazilatlarni mujassamlashtiraytganidan dalolat beradi.
Inson   antropososiogenez   jarayonining   mahsuli   ekanligini   hozirgi   zamon
Fani   ham   tasdiqlamoqda.   Shuning   uchun   insondagi   tabiiylik   bilan   ijtimoiylik
orasidagi aloqadorlikni bilish muhim ahamiyatga ega.
Inson   uchta   buyuk   qudrat:   tana-ruhiyat-ma’naviyatning   yig’indisidir.
Insonning biologik holati deganda uning jismida sodir bo’ladigan morfofiziologik,
genetik,   elektroximik   o’zgarishlar,   yoshi,   irqi,   jinsini   ifodalovchi   alomatlar
tushuniladi. Insonning ruhiy (psixologik) holati – uning his-tuyg’ulari, kayfiyati, irodasi,
temperamenti.
Insonning   ma’naviyati-uning   fazilatlari   xislatlari,   qobiliyatlari,   malakalar
yig’indisi. Aynan ma’naviyat insonning ijtimoiy qiyofasini vujudga keltiradi.
Falsafa   kursining   natropologiya   bo’limida   odam-inson-individ-shaxs
tushunchalari   ustida   to’xtalib   o’tgan   edik.   Odamning   ijtimoiylik   xislati   shaxsdir.
Shaxs tushunchasida insonning jamiyatda tutgan o’rni va bajaradigan vazifalari aks
etadi.
Shaxs,   avvalo,   yaxlit   jamiyatning   alohida   bo’lagi,   unda   mavjud   ijtimoiy
munosabatlar   jamuljam   bo’ladi.   Jamiyat   taraqqiyoti   jarayonida   inson   o’z   ichki
dunyosi   va   manfaatlariga   ko’ra   boshqalardan   farqlanadiva   asta-sekin   jamoa
a’zosidan shaxs darajasiga ko’tarilib boradi.
Inson   individ   sifatida   dunyoga   keladi,   shaxs   bo’lib   shakllanadi.   Insonning
shaxs bo’lib shakllanishida jamiyat ijtimoiy muhit muhim o’rin tutadi.
Shaxs   tushunchasida   mazkur   insonning   barcha   ijtimoiy   vazifalari,   barcha
munosabatlari   ifodalandi.   Inson   amaliy   faoliyat   jarayonida   shaxs   sifatida
shakllanib   boradi.   Shaxs   ijtimoiy   ahamiyatli   xislat   va   fazilatlarni   o’zida
mujassamlashtirgan inson. Shaxsning xislatlari uning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va
ma’naviy hayotidagi ishtirokida namoyon bo’ladi. Shaxsning xislatlari deganda6 a)
jismoniy; b) ma’naviy; v) ijtimoiy xislatlar nazarda tutiladi.
Shaxsning   jismoniy   xislat-fazilatlari   deganda   uning   jismi,   gavda   tuzilishi,
kiyinishi,   uy-oilasi,   u   tomonidan   yaratilgan   ja’mi   narsalar   o’zini   muxofaza   qila
olish, o’zi va boshqalar haqida qayg’urishi nazarda tutiladi..
Shaxsga xos ijtimoiy xislatlar boshqa kishilar bilan bo’ladigan o’zaro aloqa
va   munosabatlarda   shakllanadi.   Shaxsning   turli   ijtimoiy   birliklar-guruhlardagi
rollari turlicha bo’ladi. Masalan «ona», «farzand», «qo’shni», «do’st», «xaridor».
Shaxsning   ma’naviyati,   uning   ichki   olami,   ruhiyati,   «men»   ligi   ifodasi
sifatida   namoyon   bo’ladi.   Shaxs   mohiyatini   ifodalovchi   bu   tomonlar   yaxlitlikda
namoyon bo’ladi va insonning «men» ini ifodalaydi. Shaxsning   shakllanishi   jamiyatda   to’plangan   tajribalarni,   qadriyatlarni
o’zlashtirish   jarayonidir.   Shaxsning   shakllanishiga   ta’sir   ko’rsatadigan   omillarni
ikki guruhga bo’lish mumkin:
a) insonning o’ziga xos biologik xususiyatlari
b) ijtimoiy muhit
ijtimoiy   muhit   deganda   inson   hayoti   kechadigan   jamiyatdagi   iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy,   informasion   ma’naviy   shart-sharoitlar   nazarda   tutiladi.   Ijtimoy
muhit-bu jamiyat, ijtimoiy muhit, oila, mehnat va o’quv jamoalari, qo’ni-qo’shni,
do’st-birodarlar nazarda tutiladi.
Ijtimoiy muhitning  muhim   tomonni  jamiyatda  mavjud siyosiy   tizim   tashkil
etadi.   Jamiyat   siyosiy   tizimining   xarakteri   shaxs   qobiliyatlarini   ro’yobga
chiqarishga imkoniyat yaratishi mumkin.
Shaxs muammosining muhim tomonidan bir-shaxs tipologiyasi masalasidir.
Bajaradigan   vazifalariga   ko’ra   shaxslarni   a)siyosiy,   b)   estetik,   v)   iqtisodiy,
g) diniy, d) ijtimoiy tiplarga;
Ijtimoiy xususiyatlariga ko’ra:
a) fan yoki san’at namoyondalari
b) tafakkur sohiblari
v) kuchli hissiyot sohiblari
g) insonparvarlar, birinchilar tiplariga;
Sivilizasion nuqtai nazardan:
a) sharqqa xos shaxs tiplariga;
Psixoenergetik  xususiyatlariga ko’ra:
a) yuksak psixoenergetik xislatli (agressiv) shaxslar
b)   pastenergetiklik   xislatli   o’z   dunyosiga   g’arq   bo’lgan,   muloqotga
kirishavermaydigan   shaxslar,   o’ziga   ishonmaydigan   shaxslar,   xafaqon,   g’amgin
shaxslar
v) sharoitga qarab tez o’zgaradigan shaxslar tipi 1
1 1
 О.Г.Данильян, В.М.Тараненко. Философия – Москва, «ЭКСМО» 2005 йил, 365-374 бетлар.    Shunday qilib, odam – tabiatdagi oliy biologik tur.   Bu tur uzoq taraqqiyot
jarayonida insonga aylanadi.
  Jamiyatda muayyan o’rin tutgan, ijtimoiy munosabatlarga kirisha oladigan,
o’zligini   va   jamiyatni,   o’zining   jamiyatdagi   o’rnini   anglagan   inson-shaxs
hisoblanadi.

MAVZU: ANTROPOSOTSIOGENEZ NAZARIYASI REJA: 1) Inson – biosotsial mavjudot. 2) Inson - antroposotsiogenez jarayonining mahsuli. 3) Insondagi tabiylik va ijtimoiylik nisbati muammolari.

1. Inson barcha zamonlarda o’zining – qanday paydo bo’lganligini bilishga intilgan. Shu sababli ham har bir tarixiy dasrlarda insonning kelib chiqishi, rivojlanishi to’g’risida turli xil qarashlar ishlab chiqilgan. Hozirgi zamon fan ma’lumotlariga qaraganda odam deb ataluvchi tirik mavjudotning insonga aylanishi izoq davom etgan evolyusion jarayondir. Ushbu jarayon, mutaxassislarning fikriga ko’ra 3-3,5 mln. yil davom etgan. Boshqacha aytganimizda odamning dastlabki ajdodlari hisoblangan tirik mavjudotning (gomonoid) insonga aylanishi izoq davom etgan evolyutsion jarayonining natijasidir. Insonning faoliyati, turmush tarzi zamonlar o’rganishi bilan asta – sekin o’zgarib kelgan. Inson tabiiy tarixiy rivojlanish natinjasida o’z – o’zini va tabiatning o’rganib o’zgartirib boradi. Inson o’zi haqida barcha zamonlarda turli fikrlar, qarashlar, g’oyalar, ta’limotlar yaratgan. Hozirgi zamonning turli ijtimoiy antrapologiya va etnografik nazariyalarning tushuntirilishicha olamdagi boshqa tirik mavjudotlardan insonning tup sifatiy faoliyatini ifodalovchi xususiyatlardan biri, u o’z amaliy faoliyatini tartibga ya’ni, bir normaga sola bilishidir. Boshqacha qilib aytganimizda inson o’z faoliyatini amalga oshirish madaniyatiga ega ekanligi bilan boshqa tirik mavjudotlardan farq qiladi. Shu holat insonning insoniyligini belgilovchi eng muhim xususiyat – madaniyat ekanligini isbotlaydi. Madaniyat insonlarni ma’lum bir jamiyatga birlashtiruvchi uning kundalik amaliy faoliyatini ma’lum maqsad tomon yo’naltiruvchi qudrat ekanligidan dalolat beradi. Hozirgi zamon donishmandlari olamdagi tirik mavjudotlar ichida «inson – eng aqlli mavjudot», «inson – o’zini – o’zi anglovchi mavjudot», «inson – ma’naviy va erkin mavjudot» degan xulosaga keldilar. Lekin, shu alohida ta’kidlash zarurki, zarurki insonga xos aql farosat o’zini – o’zi anglash ma’naviy erkinlik birdaniga shakllangan emas. Chunki hayovonning odamga aylanishi uzoq yillar davom etgan jarayondir.

Hayovonlarning (gomonoid) odamga aylanishi (antropogenez) va ularning ma’lum bir jamiyatga birlashish jarayoni (sosiogenez) olimlarning guvohlik berishicha tahminan 3-3,5 million yil davom etgan ya’ni antropogenez va sosiogenez yagona bir jarayonning ajralmas ikki tomonidir. Ko’rinib turibdiki hayvonning odamga aylanishi – antropososiogenez jarayonining natijasidir. Tirik mavjudotlar olamida odamning o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turishi – o’lik tabiatdan tirik tabiat, tirik mavjudotlarajralib cheqishiga teng bo’lgan buyuk sakrashdir. Atnropogenez jarayonida mehnat asosiy rol o’ynaydi. Mehnat tufayli inson o’zi yashayotgan tabiiy muhitni o’zgartiradi, moddiy – ma’naviy boyliklar yaratadi. O’zini – o’zi o’zgartiradi. Inson organizmining sof fiziologik funksiyalari qo’l va oyoqlarning, bosh va barmoqlarning tog’aylar, paylar, suyak va muskullarning taraqqiy etishi ham bevosita mehnat bilan bog’liqdir. Bundan tashqari mehnat insonning nafaqat jismoniy balki ma’naviy, madaniy taraqqiyoti uchun asosiy shart – sharoit vazifasini bajardi. Mehnat tufayli inson tabiatga ta’sir etdi. Buning uchun esa mehnat qurollari yasab ushbu qurollarni uzluksiz takomillashtirib bordi. Inson, ameriklik olim B.Franklin aytganidek, mehnat qurollarini yaratuvchi mavjudotdir. Mehnat qurollarining yaratilishi – insonning ishlab chiqarish borasidagi faoliyatining o’q tomiridir. Ma’lumotlarga qaraganda inson mehnat qurollarini yaratishni boshlaganiga 1-1,5 million yil bo’ldi. Inson dastlabki mehnat qurollarini ov qilish boshqacha qilib aytganimizda. Turli maxluqlarni o’ldirish uchun kashf etgan. Bu jarayon ya’ni mehnat qurollarini yaratish jarayoni ham ongsizlikdan onglilik tomonidan o’sib rivojlanib bordi. Mehnat qilish insonni takomillashtirib bilan asta – sekin olamni ichkarisiga tomon kirib boravergan. Yuqoridagi mulohazalardan shunday xulosaga kelish mumkinki, mehnat – antropogenez va sosiogenez jarayonining markaziy omilidir 1 . 1 Choriyev A. Inson falsafasi. T.: 2007. 376-378 – betlar .

Atnropososiogenez jarayonidagi inson ongi, aql – farosati shakllanishida uning amaliy faoliyatini ma’lum bir maqsad tomon yo’naltirishda til eng muhim vosita vazifasini bajaradi. Huddi shuning uchun ham tilning taraqqiyoti atnropososiogenez jarayonining eng muhim omillaridan biridir. Faylasuflar tomonidan til turlicha sharhlanadi. Chunonchi til keng ma’noda madaniyatdir. Shu madaniyat yordamida kishilar biri ikkinchisi bilan aloqa qiladi. Muloqatda bo’lishadi. Til tufayi inson amaliy faoliyati ma’lum maqsad tomon yo’naltiradi. Tor ma’noda til – insonning axborotli belgili faoliyati bo’lib, uning nutqida o’z ifodasini topadi. Atnropososiogenez jarayonining eng muhim omillaridan yana biri – insonni inson ishlab chiqarganligidir. Inson insonni ishlab chiqari deganda inson insonning faoliyati, dunyoqarashi, aql-farosatining shakllanishiga ta’sir qiladi. Uning onggi va faoliyatini asta sekin o’zgartiradi deb tushunmoq kerak. Inson inson tufayli vujudga kelganligi uzoq davom etgan jarayon bo’lib, bu holat insonning eng jastlabki ajdotlari orasidagi munosabatlarning vujudga kelish jarayoniga borib taqaladi. Insondagi barcha ehtiyojlar mehnat tufayli hosil bo’ldi o’z navbatida ushbu ehtiyojlar istaklar – mehnat tufayli qondirildi. Mehnat inson ehtiyojlarini qondirish bilan cheklanib qolmay, balki uni madaniylashtirdi. Insonning ehtiyojlarini qondirish malakasi sivilizasiyaning eng muhim elementiga aylandi. Xullas inson deb ataluvchi tirik mavjudot o’zida quyidagi muhim xususiyatlarni aks ettiradi. - modidiy va ma’naviy boylik yaratish uchun zarur bo’lgan mehnat qurollarini ishlab chiqaradi; - axloqiy normalarni ishlab chiqadi; - tarixiy taraqqiyotni xarakatga kelturuvchi xissiy va aqliy qobiliyatlarga moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga ega bo’ladi; - jamiyatdan tashqarida mavjud bo’la olmaydi, shakllanmaydi, rivojlanmaydi;

- undagi individual xislatlar mavjud ijtimoiy munosabatlarning hosiladir va usha ijtimoiy munosabatlarining tarixiy tipiga mansubdir; - uning kundalik amaliy faoliyati ma’lum maqsadga qaratiladi. Aniq dastur asosida amalga oshiriladi. Ongli erkin xususiyatga ega bo’ladi. Ushbu xususiyatlar olamdagi mavjud bo’lgan boshqa tirik mavjudotlardan insonning farq qiluvchi sifatiy jihatlari xisoblanadi. O’z navbatida huddi shu holat inson ham tabiiy ham ijtimoiy mavjudot ekanligidan dalolat beradi. Inson tabiiy va ijtimoiy mavjudot ekanligini hozirgi zamon Fani ham tasdiqlamoqda. Shuning uchun ham insondagi tabiiylik va ijtimoiylik orasidagi aloqadorlik mexanizmini bilish falsafada eng muhim ahamiyatga moliq muammolardan biridir. Insondagi tabiiylik va ijtimoiylik o’rtasidagi dialektik aloqadorlikni tula tasavvur qilmoq uchun eng avvalo yagona biologik turga mansub bo’lgan insonning boshqa biologik mavjudotlardan sifatiy farqini ifodalovchi eng umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini bilib olish zarur. Chunki, insondagi biologik xususiyatlar uning ijtimoiy fazilatlari individual xislatlariga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Chunonchi, insonning yagona biologik tur sifatidagi eng muhim xususiyati – yoshidir (umri). Hozir zamon ma’lumotlariga qaraganda inson bolasi turli – tuman kasallik va ijtimoiy badbaxtliklarga girifdor bo’lmasa uning o’rtacha yoshi ya’ni umr ko’rishi 80-90 yil atrofida bo’ladi. Afsuski insonning biologik o’ziga xosli ijtimoiy muhit ta’sirida o’zgarib turadi. Masalan o’tgan asrning 90-yillarining boshida vujudga kelgan iqtisodiy, siyosiy, ekologik inqirozlarning keskinlashishi oqibatida insonning o’rtacha umr ko’rishi Rossiyada 69,6 yoshdan 66 yoshga tushgan bo’lsa, O’zbekistonda 69,3 yoshga to’g’ri keldi. Boshqacha aytganda inson yoshi, umrining qisqali ijtimoiy vaziyatlar tufayli barcha zamonlarda ham o’zgarib turgan. Tarixning guvohlik berishicha odam bola qadim zamonlarda 20-22 yil yashagan.