TA’LIM NAZARIYASI
TA’LIM NAZARIYASI REJA Didaktikaning predmeti, vazifalari va asosiy kategoriyalari. Sharq va G‘arb mutafakkirlarining pedagogik g‘oyalari. Ta’lim paradigmalari, prinsiplari, qonuniyatlari. Ta’lim jarayoni. Ta’lim metodlari, shakllari va vositalari. Dars – ta’limning asosiy shakli sifatida. Dars tipologiyasi va unga qo‘yiladigan didaktik talablar Ta’lim sifatini nazorat qilish. Nazorat shakllari, turlari va qonuniyatlari.
Didaktika. Didaktikaning predmeti va vazifalari Pedagoglar fikricha, ta’lim barcha davrlarda ham ijtimoiy hodisa sanaladi. Ta’lim shaxs tomonidan ijtimoiy tajribalarning o‘zlashtirilish jarayonini tezlashtiradi, uni zarur ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradi. Pedagog – olimlar yillar davomida ta’lim tizimida Nega o‘qitamiz? Nimani o‘qitamiz? Qanday o‘qitamiz? Qayerda o‘qitamiz? kabi savollarga javob izladilar. Didaktika “nimaga o‘qitish?”, “nimani o‘qitish?”, “qayerda o‘qitish?”, “qanday o‘qitish?” kabi savollarga javob beradi. Ushbu holatga asosan 1990 yillarning o‘rtalarida ta’lim sohasiga oid teoriyalar va ularning asoschilari, o‘sha davr amaliy darslari va o‘qitish tarixi, talqin qilish kabilar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Men o‘z hamkasblarimga qarata o‘zida “ qanday o‘qitish” kabi savollarga javob topish imkoniyatiga ega bo‘lgan qo‘llanmalar avval ham, xozir ham ta’lim jarayonida asosiy ustun bo‘lib kelgan va talabalar, izlanuvchilarga amaliy maslahat ko‘rsata olgan deb ayta olaman. 1 Shumunosabatibilanpedagogikaningoldidaquyidagisavollarturibdi: Bujarayonqandaybo‘lishikerak? Shaxsnirivojlantirishvashakllantirishuchunta’limdanqandayfoydalanishvauniqandayamalgaoshiri shlozim?Ushbumasalalarninazariytomondanishlabchiqishalohidailmiyfan – didaktikanirivojlantirishniasoslabbergan. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati, uni o‘qitish va tarbiyalashga e’tiborni qaratadi. Shu bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazriyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ushbu mavzuda shaxs tomonidan ijtimoiy tajriba o‘z ichiga bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va mahoratni, hamda ijodiy faoliyat usullarini olish uning muhim jihati ekanligi ko‘rsatilgan. Ko‘rsatilgan ushbu vazifa o‘qitish jarayonida hal qilinadi. Didaktikni ta’lim nazariyasi sifatidagi taraqqiyoti Didaktika – pedagogikaning ta’lim, bilim berish jarayoni va o‘qitish nazariyasini umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi mustaqil bo‘limi hisoblanadi. Didaktika yunoncha “didasko” so‘zidan olingan bo‘lib, “o‘qitish”, “o‘rgatish” ma’nolarini bildiradi. Ta’lim qonuniyatlarini o‘rganish, tahlil qilish jarayonida ta’lim tushunchasi uning mohiyati, mazmun va vazifalari, o‘qitish prinsiplari shakllari haqidagi bilimlar 1 Алекс Муур. Таълим бериш ватаълим олиш: Педагогика, таълим дастури ва тарбия. Рутлеж. Иккинчи нашр. 2012. – Б. (Иккинчи нусха учун сўз бошида). Дидактиканинг ривожланиш тарихи: Дидактика атамаси юнонча “didacticis” – ўргатувчи, “didaska” ўрганувчи сўзларидан келиб чиққан бўлиб, педагогиканинг ўқитиш ва таълим муаммоларини ишлаб чиқувчи қисмидир. Маълум бўлишича, илк бора ушбу атама немис педагоги Вольфганг Ратке (Ратихия) (1571-1635) асарларида таълим санъатини белгилшида юзага келган. Дидактика тушунчасини у таълимнинг назарий ва услубий асосларини тадқиқот қилиш билан шуғулланувчи илм фан деб тушунар эди. Дидактиканинг асосий илмий ишланмасини биринчи марта Я.А. Коменский амалга оширган. У 1632 йилда чех тилида “Буюк дидактика” асарини ёзади, 1633 – 1638 йилларда асарни лотин тилига таржима қилади ва 1657 йилда Амстердамда нашр қилинади. Дидактика тушунчаси остида Я.А. Коменский: “барчани барча нарсага ўргатиш санъати”ни тушунади. Бу капитал асар тарихга жаҳон педагогикасининг оламшумул ютуғи сифатида кирган ва ҳозирги вақтга қадар ҳам ўзининг аҳамиятини сақлаб келмоқда.
bayon etiladi. Didaktika – ta’lim nazariyasi. Didaktika – bilim berish nazariyasi. Aniqrog‘i, ta’lim – tarbiya beruvchilar va ularni oluvchilar orasidagi pedagogik munosabatlarning kechish qonuniyatlarini aniqlovchi va shu sohada qo‘llaniladigan tushuncha, atama va qoidalarni ilmiy asoslab beruvchi hamda ularni boshqalarga o‘rgatuvchi pedagogik ilm – fan tarmog‘idir. Didaktikaning predmeti,vazifasi va funksiyalari. Didaktika predmetini aniqlash bo‘yicha turli qarashlar ilgari surilgan. Ko‘pchilik olimlar ta’lim obyekti deb o‘qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko‘rsatadilar. Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etiladi. Ta’limiy faoliyatni tashkil etishda o‘qituvchi – o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quv materiali, o‘quvchi – boshqa o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi. O‘qish, o‘rganish ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ijtimoiy tajribani o‘rgatish jarayoni sifatida ta’lim ikki shaxs (o‘quvchi va o‘qituvchi) o‘rtasidagi munosabatlarga asoslanadi. Didaktikaga ta’limning mazmunli va jarayonlijihatlarini birgalikda o‘rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan holda didaktika ta’limni faqatgina o‘rganish obyekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish obyekti sifatida qaraydi. Didaktika butun pedagogik faoliyat uchun, ya’ni ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarning nazariy va amaliy harakatlari uchun metodologik asos vazifasini o‘taydi. Shunday ekan, didaktikaning tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi va ilmiy-tadqiqot metodlari nimadan iborat, degan savollarga javob topish mumkin. Didaktikaning ilmiy tadqiqot obyekti – uzluksiz ta’lim va tarbiya jarayonidir. Didaktikaning ilmiy tadqiqot predmeti – ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etuvchi “ta’lim-tarbiya oluvchi”, “ta’lim-tarbiya beruvchi”, “o‘quv dasturi, darslik va boshqa didaktik materiallar”, “o‘qitishning usul va uslublari” hamda “o‘qitishning texnik vositalari” orasidagi funksional aloqadorliklardan iboratdir. Didaktikaning maqsadi – shu funksional aloqadorliklarning mavjudligi ta’lim-tarbiya jarayonining ichki qonuniyatidan kelib chiqqanligini isbotlash va ularni bir-biriga mutanosib ravishda taraqqiy ettirishdir. Дидактика (таълим назарияси)нинг предметиўқитиш (ўқитувчи фаолияти) ва билим олиш (ўқувчининг ўрганиш фаолияти)нинг ўзаро боғлиқлигива алоқадорлиги жиҳатларини ўрганишдан иборат Дидактика(таълим назарияси, юнонча “didaktikos”-“ўргатувчи”, “didasko”-“ўрганувчи”) – таълимнинг назарий жиҳатлари, таълим жараёнининг моҳияти, тамойиллари, қонуниятлари, ўқувчи – ўқитувчифаолияти, таълимнинг мақсади, мазмуни, шакллари, методлари, воситалари, натижаси, таълим жараёнини такомиллаштириш йўллари ва ҳоказо муаммоларни тадқиқ этади
Bu degani ta’lim-tarbiya jarayonida qatnashuvchi biron-bir elementi o‘zgarsa, uning boshqa qismlarining ham shunga moslashtirish zarur ekanini isbotlab berishdir. Masalan, ta’lim-tarbiya jarayoni kechadigan sinf yoki auditoriyadagi pedagog o‘zgarsa, ta’lim-tarbiya jarayonini shakllantiruvchi o‘qitishning usul va uslublari, texnik vositalardan foydalanish usullari ham o‘zgarishi mumkin. Yoki, o‘qitishning dasturi o‘zgarsa, darslik va boshqa didaktik materiallar hamda o‘qituvchi o‘zini va dars berish usullarini bir oz bo‘lsa-da o‘zgartirishga majbur. Chunki ular o‘zaro funksional bog‘liqdirlar. Didaktikaning maqsadi mana shu o‘zgarishlarni asoslab, ta’lim-tarbiya jarayonini muayyan qonuniyatlar asosida kechishini nazariy tomonidan asoslab berishdan iboratdir. Didaktika o‘z tadqiqotlarini olib borish jarayonida quyidagi an’anaviytadqiqot usullaridan foydalanadi: tarixiy va ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, o‘quv-uslubiy hujjatlarni o‘rganish, fanlardan bilim berish amaliyotini sintezlash, statik usullar, maqsadli suhbat, qiyosiy tasnif, taqqoslash va hokazo. Shu bilan birgalikda, didaktikada nisbatan yangi hisoblanuvchi – majmuaviy yondoshuv, grafoanalitiq matematik modellashtirish, sosiologik tadqiqot usullaridan ham foydalaniladi. Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:
Yaxlit ta’lim-tarbiya jarayonida didaktika fanining vazifalari: Birinchi vazifasi– bilim egallash va ularni ko‘nikma va malakaga aylantirish qonuniyatlarini aniqlab berish. Bu borada didaktika ancha yutuqlarga erishgan bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishning quyidagi qonuniyatlarini, ya’ni tamoyillarini aniqlagan. Bularga: bilimni uzatishda ilmiy asoslab berish, ta’lim oluvchilar imkoniyati va yosh xususiyatlaridan kelib chiqish, ko‘rgazmaliliq muntazamliq ta’lim va amaliyot birligi, onglilik va faolliq tizimlik va izchilliq ta’lim va tarbiyaning birligi tamoyillari kiradi. Bular mavzumizning ikkinchi qismida, keyingi sahifalarida batafsil tushuntirilib beriladi. Ikkinchi vazifasi – ta’lim mazmunining tuzilishi va hajmini belgilash. Uchinchi vazifasi –ta’lim-tarbiya berishning shakllari va usullarini takomillashtirish. To‘rtinchi vazifasi – yaxlit ta’lim-tarbiya jarayonini o‘quvchi va talabalarning tarbiyalanganlik holatiga ijobiy ta’sirni ta’minlash. Beshinchi vazifasi – insoniyat hozirgacha erishgan ilmiy bilimlar va fan-texnikaning yutuqlari bilan yosh avlodni qurollantirish va hokazo. Demaq ta’limning asosiy vazifalaridan biri shaxsni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar bilan kurollantirishdan iborat. Ta’lim inson bilish faoliyatining bir turi sifatida bir necha ma’noni bildiradi, ya’ni ta’lim oluvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalar xosil kilish, ularda dunyokarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish xamda ularning qobiliyatlarini o‘stirishdir. Ta’lim orkali yosh avlodga insoniyat tajribasi orkali to‘plangan bilimlar beriladi, zaruriy ko‘nikma va malakalar xamda e’tikodlar shakllantiriladi. Ta’lim o‘kituvchi va o‘quvchi- Вазифалар Таълим жараёнлари ва уларни амалга ошириш шартларини таърифлаш ва тушунтириш Дидактиканинг асосий вазифалари Таълим жараёнини янада мукаммал ташкил этиш, таълим тизимлари ва технологияларини ишлаб чиқиш Таълим жараёни учун хос бўлган умумий қонуниятларни аниқлаш, омилларини таҳлил қилиш ва таърифлаш