logo

ESTETIKA NAZARIYASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

75.607421875 KB
ESTETIKA NAZARIYASI
Reja:
1. Estetika fanining predmeti, ob'ekti va falsafiy mohiyati 
2. Estetika xaqidagi qarashlar tarixi 
3. Estetika kategoriyalari va ularning o'zaro aloqadorligi.  Estetika yoxud nafosatShunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki
yarim-uch   ming   yillik   vaqtni   o’z   ichiga   oladi.   Biroq   u   o’zining   hozirgi   nomini
XYIII   asrda   olgan.   Ungacha   bu   fanning   asosiy   muammosi   bo’lmish   go’zallik   va
san’at   haqidagi   mulohazalar   har   xil   san’at   turlariga   bag’ishlangan   risolalarda,
falsafa   hamda   ilohiyot   borasidagi   asarlarda   o’z   aksini   topgan   edi.   «Estetika»
atamasini   birinchi   bo’lib   buyuk   olmon   faylasufi  Aleksandr   Baumgarten   (1714—
1762)   ilmiy   muomalaga   kiritgan.   Bunda   u   boshqa   bir   ulug’  olmon   faylasufi   G.
Laybnist (1646-1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi. 
Laybnist   inson  ma’naviy  olamini   uch  sohaga:   aql   –  idrok ,   iroda-ixtiyor ,   his-
tuyg’u ga   bo’ladi   va   ularning   har   birini   alohida   falsafiy   jihatdan   o’rganish
lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha aql – idrokni o’rganadigan fan – mantiq,
iroda   –   ixtiyorni   o’rganuvchi   fan   esa   –   axloqShunoslik   (etika)ning   falsafada
ko’pdan   buyon   o’z   o’rni   bor   edi.   Biroq   his-tuyg’uni   o’rganadigan   fan   falsafiy
maqomda o’z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi xizmati Shundaki,
u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha
aisthetikos   –  «oyestetikos»   so’zidan  «estetika»   (olmoncha   «estetik»  –  «eshtetik»)
iborasini olib, ana Shu bo’shliqni to’ldirdi.
Baumgarten estetikani hissiy idrok etish nazariyasi sifatida olib qaradi. Lekin,
ko’p o’tmay, u goh «go’zallik falsafasi», goh «san’at falsafasi» sifatida talqin etila
boshlandi. NafosatShunoslik fanining eng buyuk nazariyotchilaridan biri Gegel esa
o’z ma’ruzalarining kirish qismida yozadi: «Estetika» degan nom muvaffaqiyastiz
chiqqani va yuzaki ekani sababli boshqa atama qo’llashga urinishlar bo’ldi... 
So’zning   o’z-o’zicha   bizni   qiziqtirmasligini   nazarda   tutib,   biz   «estetika»
nomini saqlab qolishga tayyormiz, buning ustiga, u odatiy nutqqa singishib ketgan.
Shunga qaramay, bizning fanimiz mazmuniga javob beradigan ibora, bu – « san’at
falsafasi » yoki yana ham aniqroq qilib aytganda – « badiiy ijod falsafasi » .
Gegelning «estetika» atamasidan ko’ngli to’lmaganligiga jiddiy sabablar bor.
Bulardan biri – yuqorida uning o’zi aytib o’tgan fikrlari bo’lsa, ikkinchisi – mazkur
so’zning barcha his=tuyg’ularga taalluqliligi. Vaholanki, bu fan faqat nafosatli his
tuyg’ular va ularning ziddini nazarda tutadi. Ayniqsa, mana Shu ikkinchi sababga ko’ra,   «estetika»   atamasining   talabga   javob   berishi   Shubhali.   Buning   ustiga
allaqachon mazkur fan tadqiqot doirasi san’at hududidan chiqib, inson hayotining
deyarli   barcha   sohalariga   yoyilib   ketgan.   Shu   bois   «nafosatShunoslik»   atamasi
ham   ilmiy   muomalaga   kiritildi.   Zero   mazkur   atamaga   asos   bo’lgan   «nafis»,
«nafislik»,   «nafosat»   so’zlari   o’z   qamrovi   bilan   fan   talablariga   javob   bera   oladi.
«Nafis»   so’zi   «O’zbek   tilining   izohli   lug’ati»da   –   go’zal,   nozik,   latif,   yoqimli,
badiiy jihatdan juda yuksak degan ma’nolarda izohlanadi 1
. Shu sababli Gegelning
izidan   borib,   «Estetika»   atamasini   saqlab   qolgan   holda,   «nafosatShunoslik»
iborasidan ham foydalanish mumkin, deb o’ylaymiz.
Endi   «Estetika»   fanining   mohiyatini   anglatadigan   « san’at   falsafasi »   va
«go’zallik   falsafasi»   iboralariga   to’xtalamiz.   NafosatShunoslik   tarixida   birinchi
ibora   tarafdorlari   ko’pchilikni   tashkil   etadi.   Lekin,   yuqorida   aytib   o’tganimizdek,
san’at bu fanning yagona tadqiqot ob’ekti emas. Hozirgi paytda texnika estetikasi
va   uning   amaliyotdagi   sohasi   dizayn,   atrof-muhitni   go’zallashtirish,   tabiatdagi
nafosat   borasidagi   muammolar   bilan   ham   Shu   fan   Shug’ullanadi.   Demak,   uning
qamrovini   san’atning   o’zi   bilangina   chegaralab   qo’yishga   haqqimiz   yo’q.   Zero
bugungi   kunda   inson   o’zini   o’rab   turgan   barcha   narsa=hodisalarning   go’zal
bo’lishini,   har   qadamda   nafosatni   his   etishni   istaydi:   biz   taqib   yurgan   soat,   biz
kiygan kiyim, biz haydayotgan mashina, biz uchadigan samolyot, biz yashayotgan
uy,   biz   mehnat   qiladigan   ishxona,   biz   yurgizayotgan   dastgoh,   biz   yozayotgan
qalam, biz dam oladigan tomoshabog’lar – hammasidan nafis bir ruh ufurib turishi
lozim.
Yuqorida   aytilganlardan   kelib   chiqsak,   «Go’zallik   falsafasi»   degan   ibora   bu
fanning   mohiyatiga   ko’proq   mos   keladi.   Negaki,   u   faqat   san’atdagi   go’zallikni
emas,   balki   insondagi,   jamiyat   va   tabiatdagi   go’zallikni   ham   o’rganadi.
Shuningdek,   go’zallikdan   boshqa   ulug’vorlik,   fojeaviylik,   kulgililik,
mo’’jizaviylik,   xayoliylik,   uyg’unlik,   noziklik   singari   ko’pdan-ko’p   tushunchalar
mavjudki, ularni tadqiq etish ham estetika fanining zimmasida. Lekin, bu o’rinda,
Shuni   unutmaslik   kerakki,   mazkur   tushunchalarning   har   birida   go’zallik,   bir
1
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Икки томли, 2 том, М., Русский язы к , 1981. 497 – 498-б. tomondan,   unsur   sifatida   ishtirok   esta,   ikkinchi   tomondan,   ularning   o’zi
go’zallikka nisbatan unsur vazifasini  o’taydi. Ana Shu xususiyatlarning voqelikda
namoyon bo’lishini biz  nafosat  deb  ataymiz.
Go’zallik,   ko’rganimizdek,   nafosatning   bosh,   etakchi   xususiyati   hisoblanadi.
Shu   bois   u   estetikaning   mezoniy   tushunchalaridan   biri   sifatida   tadqiq   va   talqin
etiladi. Zero go’zallikning ishtirokisiz yuqoridagi xususiyatlarning birortasi estetik
tabiatiga   ega   bo’lolmaydi.   Masalan,   ulug’vorlikni   olaylik.   U   asosan   hajmga,
miqyosga   miqdorga   asoslanadi:   Buxorodagi  Arslonxon   minorasi   yoxud   Minorai
Kalon ulug’vorligi bilan kishini  hayratga soladi. Unga tikilar ekansiz, qalbingizni
nafosat zavqi qamrab oladi. Lekin xuddi Shunday balandlikdagi kimyoviy korxona
mo’risidan   zavqlanolmaysiz.   YOki   yonbag’irdan   turib,   toqqa   tikilsangiz,   estetik
zavq   tuyasiz,   ammo   xuddi   Shunday   balandlikdagi   shahar   chetida   o’sib   chiqqan
axlat   «tog’i»ga   qarab   zavqlanmaysiz.   Chunki     Arslonxon   minorasi   me’morlik
san’ati asari sifatida go’zallik qonuniyatlari asosida bunyod etilgan; tog’ esa tabiat
yaratgan   ulug’vor   go’zallik.   Zavod   mo’risida   ham,   axlat   «tog’»ida   ham   hajm,
miqdor  boru, lekin bir narsa –go’zallik etishmaydi. Minora bilan tog’dagi  hajmni
salobatga   aylantiruvchi   unsur,   bu   –   go’zallik.   Fojeaviylik   xususiyatida   ham
go’zallikning   ishtirokini   ko’rish   mumkin.   Misol   sifatida   Lev  Tolstoyning   «Urush
va   tinchlik»   romanidagi   Austrlistda   bo’lib   o’tgan   rus   va   franstuz   qo’shinlari
to’qnaShuvidan   so’ng,   jang   maydonida   yarador   bo’lib   yotgan   knyaz   Andrey
Bolkonskiyni   eslaylik:   bir   qo’lida   bayroq   dastasini   ushlagancha,   ko’m=ko’k
maysada   moviy   osmonga   qarab   yotgan,   oppoq   mundirli   botir   yigit   –   bayroqdor
zobitning   tepasiga   kelgan   Napoleon   uni   o’lgan   deb   o’ylab,   bu   manzaradan
hayratlanib:   «Mana   bu   –   go’zal   o’lim!»,   deydi.   Bu   o’rinda   asar   qahramonining
o’limi – fojeaviylik, o’limning qahramonlikka aylanishi  – ulug’vorlik; fojeaviylik
bilan   ulug’vorlik   xususiyatlarining   omuxtalaShuvi   natijasida   esa   go’zal   manzara,
qayg’uli va ulug’vor go’zallik vujudga kelgan. Shuning uchun ham Napoleonning
hayrotomuz   xitobi   bejiz   emas.  Ayni   paytda   go’zallik   yuqorida   keltirilgan   estetik
xususiyatlar   va   tushunchalarning   «mustaqilligiga»   daxl   qilmaydi,   faqat   ularning
hujayrasida u yoki bu darajadagi unsur sifatida ishtirok etadi. Demak, estetikaning asosiy   tadqiqot   ob’ekti   –   go’zallik,   biroq,   birinchi   galdagi   vazifasi   ana   Shu
go’zallikni   aks   ettirish   bo’lgan   san’at   ham   o’z   navbatida   nafosatShunoslikning
keng qamrovli tadqiqot ob’ekti hisoblanadi.
San’at   estetikaning   tadqiqot   ob’ekti   sifatida   o’ziga   xos   olam.   Unda   estetik
xususiyatlar   bo’rtib   ko’zga   tashlanadi.   Shunga   ko’ra,   uni   nafosatga   burkangan
ijtimoiy   hodisa   deyish   mumkin.   San’at   hayotni   in’ikos   ettirar   ekan,   insonning
o’zini   o’ziga   ko’rsatuvchi   ulkan   ko’zgu   vazifasini   o’taydi.   U   insonni   o’rgatadi,
da’vat   etadi,   go’zallashtiradi.   Bu   vazifalarni   bajarishda   estetika   san’atning
ko’makchisi,   etakchisi   hisoblanadi.   Estetika   bir   tomondan,   san’atning   paydo
bo’lishidan   tortib,   uning   turlariyu   janrlarigacha,   san’at   asarining   ichki
murvatlaridan   tortib,   san’atkorning   ijodkorlik   tabiatigacha   bo’lgan   barcha
jarayonlarni o’rganadi. Ikkinchi tomondan, san’at uchun umumiy qonun-qoidalarni
ishlab   chiqadi   va   tadbiq   etadi.   Uchinchi   tomondan   esa,   san’at   asarini   idrok
etayotgan kishi ruhidagi o’zgarishlarni nafosat nuqtayi nazaridan tadqiq qiladi.
Shunday qilib, estetika san’atni  to’la qamrab oladi  va uning ich=ichiga kirib
boradi:   badiiy   asarning   yaratilish   arafasidagi   shart=sharoitlardan   tortib,   to   u
bunyodga   kelib,   asl   egasi   –   idrok   etuvchiga   etib   borgunigacha   bo’lgan   va   undan
keyingi jarayonlarni tadqiq etadi hamda ulardan nazariy xulosalar chiqaradi. Zero
«San’at falsafasi» iborasining siri ana Shunda.
Estetika   –   falsafiy   fanlardan   biri.   Falsafa   esa   fanlarning   podshosidir.
Darhaqiqat,   u   fanlar   podshosi   sifatida   barcha   tabiiy   va   ijtimoiy   ilmlar   erishgan
yutuqlarni o’z qamroviga olib, ulardan umumiy xulosalar chiqarib, Shular asosida
insoniyatni haqiqat tomon etaklaydi. Shu bois tafakkurni falsafaning predmeti deb
atash maqsadga muvofiq. Estetika esa falsafiy fan sifatida barcha san’atShunoslik
fanlari   erishgan   yutuqlardan   umumiy   xulosalar   chiqarib,   Shu   xulosalar   asosida
insonni   go’zallik   orqali   haqiqatga   etishtirishga   xizmat   qiladi.   Bundan   tashqari,
estetika   ishlab   chiqqan   qonun=qoidalar   barcha   san’atShunoslik   fanlari   uchun
umumiylik   xususiyatiga   ega.   Masalan,   uslub,   ritm,   kompozistiya   v.   h.   borasidagi
qonuniyatlar barcha san’at turlariga taalluqli. Hech bir alohida san’at turi haqidagi fan bunday imtiyozga ega emas. Masalan, adabiyotShunoslik ishlab chiqqan qofiya
nazariyasini musiqa yoki me’morlik san’atiga tadbiq etib bo’lmaydi.
Estetikaning   falsafiy   mohiyatini   yana   uning   san’at   asariga   yondashuvida
ko’rish mumkin. Ma’lumki, har bir san’atShunoslik ilmi o’z tadqiqot ob’ektiga uch
tomonlama   –   nazariy,   tarixiy,   tanqidiy   jihatdan   yondashadi.   Masalan,
adabiyotShunoslikni olaylik. Adabiyot nazariyasi faqat adabiyotgagina xos bo’lgan
badiiy   qonuniyatlarni,   badiiy   qiyofa   yaratish   usuli   va   vositalarini   o’rganadi.
Adabiyot   tarixi   muayyan   tarixiy=badiiy   jarayonlar   orqali   badiiy   adabiyotning
rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. Adabiy tanqid esa adabiy=badiiy ijodning
zamonaviy   jarayonlarini   tadqiq   etadi   va   har   bir   Yangi   asarni   baholaydi,   asar
ijodkorining ijodiy rivojlanishini  kuzatib boradi. Musiqada  ham, tasviriy san’atda
ham,   boshqa   san’at   turlarida   ham   Shunday.   Estetikada   esa   tadqiqot   ob’ektiga
yondashuv   uch   emas,   birgina   –   nazariy   jihatdan   amalga   oshiriladi:   tarix   ham,
tanqid   ham   nazariyaga   bo’ysundiriladi.   To’g’ri,   «estetika   tarixi»   degan   ibora   va
Shu   nomda   kurslar   o’qitiladi.   Lekin   bu   nom,   ibora   shartli   tarzda   qo’llaniladi.
Chunki   ,   u   fan   tarixi   emas,   balki   tarixan   davrlarga   bo’lingan   estetik   nazariyalar
tahlilidir.
Ma’lumki,   san’at   asarining   mavjud   bo’lishi   uchun   to’rt     shart   yoki   omil
albatta zarur. Bular: ijodkor – badiiy asar – badiiy asarni idrok etuvchi –vositachi.
YUqoridagi   misol   nuqtayi   nazaridan   qaraydigan   bo’lsak:   yozuvchi   –   roman   –
kitobxon   –   tanqidchi.   AdabiyotShunoslik   bularning   har   birini   odatda
alohida=alohida   o’rganadi.   Deylik,   yozuvchi   Odil   YOqubov     ijodiy   faoliyati
haqida   adabiy   portret   alohida,   uning   «Ulug’bek   xazinasi»   romani   to’g’risida
tadqiqiy maqola alohida, «Ulug’bek xazinasi» romani va zamonaviy kitobxonning
didi,   saviyasi   va   talablariga   bag’ishlangan   taqriz   hamda   unda   kitob   nashriga
(nashriyotga)   doir   mulohazalar   alohida   yozilishi   mumkin.   NafosatShunoslik   fani
hammasini   bir   yo’la,   muayyan   tizim   sifatida   tadqiq   etadi   va   bu   tadqiqot
umumlashtiruvchilik, nazariylik xususiyatiga ega bo’ladi.
Shunday   qilib,   estetikaning   falsafiy   mohiyatini   ko’rib   o’tdik.   Endi   uning
boshqa fanlar bilan o’zaro munosabatlariga to’xtalamiz. Qadimgi dunyo xalqlarining estetik qarashlari
Inson tabiatan bo’sh vaqtga intilib yashaydi. Chunki  bo’sh vaqt mobaynida u
jisman   va  ruhan   dam   olish,   kundalik   mehnat,  qorin  to’ydirish   tashvishidan   forig’
bo’lish   imkoniga   ega.   Bo’sh   vaqt   insonda   o’yin   hissi   o’yg’onishining   asosiy
omilidir.   San’atning   vujudga   kelishida   o’yinning   ahamiyati   katta   ekanligi
hammaga ma’lum. Demak, estetik anglash va estetik faoliyatning tadrijiy rivojida
mehnat   bilan   birga   bo’sh   vaqt   ham   asosiy   omil   hisoblanadi.   Ichki   osoyishtalikni,
mehnat   va   bo’sh  vaqtga   asoslangan   muayyan  tartibni   jamiyatda   qonun   darajasiga
ko’tarish   esa   davlat   paydo   bo’lganda   ro’y   berishi   mumkin.   Davlatning   qanchalik
o’z   vazifasini   adolatli   va   mukammal   bajarishi,   Shunchalik   jamiyat   farovonligiga
olib keladi. Farovon jamiyat esa o’z a’zolarining bo’sh vaqtini ta’minlay oladi va
pirovard   natijada   estetik   anglash   hamda   estetik   faoliyat   taraqqiyoti   uchun   etarli
imkoniyat   yaratib   beradi.   Shunday   qilib,   davlatchilik   tizimi   paydo   bo’lishi   bilan
insonning   badiiy-estetik   taraqqiyotida   Yangi   davr   boshlandi.   Ana   Shu   davr
ibtidosini biz Mesopotamiya – Qo’sh daryo (Dajla va Frot daryolari) mintaqasida,
xususan, Shumer davlatida ko’rishimiz mumkin.
Qadimgi Sharqdagi dastlabki estetik tasavvurlar
Shumer   va   Bobil.   Shumer   insoniyat   tarixidagi   hozirgacha   bizga   ma’lum
bo’lgan   ilk   qudratli   davlat   bo’lgan.   Shubhasizki,   miloddan   avvalgi   IV   ming
yillikda   bu   davlatning   qudrati   uning   madaniyatida,   fuqarolarining   badiiy-   estetik
darajasida   hamda   badiiy-estetik   faoliyatida   namoyon   bo’lgan.   Shumerliklar
birinchi bo’lib yozuvni kashf etdilar va giltaxtachalarga qamish qalamlar bilan ilk
rivoyatlarni, ilk nasihatlarni yozib qoldirdilar. Shuni alohida ta’kidlash joizki, hech
bir   qadimgi   madaniyatdan   bizning   davrimizgacha   bu   qadar   ko’p   sonli   yozma
hujjatlar etib kelgan emas. San’at namunalarining ko’pligi jihatidan Somirni ancha
orqada   qoldiradigan   Misr   madaniyati   ham   yozma   yodgorliklar   borasida   Somirga
yon   beradi.   Chunki     misrliklar   yozib   qoldirgan   minglab   papiruslar   chirib,   yonib,
yo’qolib   ketgan,   Shumerliklarning   giltaxtalardagi   yozuvlari   esa   saqlanib   qolgan,
hozir ham ularni qumlar ostidan topib, sharhlash davom etmoqda.  Qadimgi   Somirdagi   dastlabki   estetik   g’oyalar   haqida   gap   ketganda,   eng
avvalo   undagi   tasviriy   san’atning   ilk   namunalariga   to’xtalib   o’tish   joiz.
Qadimgi   Shumer   tasviriy   san’ati   asosan   muhrlar,   idish-tovoqlardagi   rasmlar
va releflardagi  tasvirlardan iborat. Bular orasidagi eng qadimiysi  va bizgacha
ko’p miqdorda etib kelgani  muhrlardir. Ilk sulolalar davridayoq Somirda tosh
o’ymakorligining   badiiy-estetik   tamoyillari   ishlab   chiqilgan   va
mustahkamlangan,   sayqal   berish   texnikasi   mukammallasha   boshlagan.
Shuning uchun  ularga  faqat   moddiy madaniyat   namunalari  emas,  balki  san’at
yodgorliklari   sifatida   ham   qarash   maqsadga   muvofiq.   Shumer   muhrlariga
razm   solgan   har   bir   inson   ularda   asotir   yoki   xalq   og’zaki   ijodiga   doir
syujetning   ifodasini   ko’radi:   qanotli   ajdaholarning   ustida   turgan   erkak   bilan
ayol,   etti   boshli   ajdahoni   o’ldirayotgan   pahlavon,   xayoliy   mavjudotlar   –
qush-odam   va   odam-arslon   ustidan   olib   borilayotgan   sud   va   boshqa   tasvirlar
Shular   jumlasidandir.   Qisqasi,   ularda   go’zallik   va   xunuklik,   ulug’vorlik   va
tubanlik, xayoliylik va mo’’jizaviylik haqidagi  dastlabki  tasavvurlarni  ilg’ash
qiyin emas.
Shumerliklarning   falsafiy-estetik   qarashlariga   kelsak,   ularda   falsafiy-
kosmologik   yoxud   ilohiyotga,   yoxud   nafosatShunoslikka   bag’ishlangan   risolalar
qabilidagi   maxsus   adabiy   shakllar   bo’lgan   emas.   Bunday   qarashlarni   (albatta
ibtidoiy   holda)   bizgacha   to’liq   yoki   qisman   etib   kelgan   asotirlarda   uchratish
mumkin.   Shumerliklardagi   estetik   tasavvurning   paydo   bo’lishi   va,   umuman,
nafosatli   tafakkurning   kelib   chiqishi   asotirnomaga   (mifologiyaga)   borib   taqaladi.
Ma’lumki, qadimgi odam oldida turgan turli  xil  masalalardan biri  estetik tabiatga
ega   bo’lish   muammosi   edi.   Bu   muammoni   o’ziga   xos   tarzda   hal   etish   uchun   u
dastlabki usul – mifologiyadan foydalandi. Shu bois asotirlarni inson yaratgan ilk
nafosat   konstepstiyasi,     falsafiy   umumlashma   deb   atash   mumkin;   faqat   u   nazariy
emas,   balki   badiiy,   timsoliy   shaklda   ifodalangan.   Zotan   asotirlardagi   badiiy
anglashda inson o’zi haqida, o’zining real borliq go’zalligi bilan bog’liqligi haqida
fikr   yuritishga   ilk   bor   intiladi.   Boshqacharoq   qilib   aytganda,   asotirlar   qadimgi
tarixda birinchi marta olamni badiiy-estetik borliq sifatida taqdim etadi. Dastlabki faylasuflar   (agar   Shunday   deyish   mumkin   bo’lsa)   mirza-xattotlar   va   shoirlar
ekanini ilg’ash qiyin emas. Mirza-xattot va shoirlar asotirlarni yozib olishar hamda
yozar   ekanlar,   ular   uchun   asosiy   maqsad   ma’budlar   va   ma’budlarni   a’mollarini
ulug’lash   bo’lgan.   Keyingi   davrlar   faylasuflari   kabi   ularni   muayyan   kosmologik
yoki   ilohiyotga   oid   haqiqatlar   qiziqtirgan   emas.   Asotirlarni   tadqiq   etish   Shuni
ko’rsatadiki,   Shumerliklar   badiiy-estetik   anglash   orqali   insoniyat   jamiyatining
tadrijiy va izchil rivojlanishi haqida muayyan tasavvurga ega bo’lganlar.
Shumer ma’budlari antropomorf (odam qiyofali). Ular ichida eng donishmand va
eng qudratlisi ham o’z qiyofasi, orzu-o’ylari va a’mollari bilan odamlarga o’xshaydi.
Ma’budlar   odamlarga   o’xshab   rejalar   tuzadi,   harakat   qiladi,   ichadi,   eydi,   uylanadi,
oila quradi, katta xo’jalikni boshqaradi, ilohiy zaifliklar va kasalliklarga ham duchor
bo’ladi, hatto o’ladi ham. Zero ularning ulug’vorligi va go’zalligi odamlarga nisbatan
olib qaraladi.
Qadimgi   Shumerliklarda   «Me»   tushunchasi   mashhur   bo’lgan.   «Me»   ilohiy
qonun   va   ko’rsatmalar   majmui   bo’lib,   Shumer   faylasuflari   fikricha,   bu   qonun   –
qoidalar   olam   yaratilgan   kundan   boshlab   uni   boshqarishni   va   olamning   abadiy
harakatini   ta’minlab   kelganlar.   Unda   «ulug’vor   va   abadiy   toj»,   «ulug’vor   ramz»,
«ulug’vor ibodatxona», «san’at», «musiqa», «yog’ochni ishlash san’ati», «metallni
ishlash   san’ati»   «mirzalik   (xattotlik)   san’ati»   singari   nafosatShunoslik
tushunchalarini   anglatuvchi   iboralar   ham   mavjud.   Shunisi   e’tiborga   sazovorki,
qadimgi   shoir-faylasuf   san’at   bilan   hunarni   ajratishga   harakat   qiladi.   Chunonchi,
«yog’ochsozlik   san’ati»   bilan   yonma-yon   «quruvchilik   hunari»   va   «savatchilik
hunari»,   «temirsozlik   san’ati»   bilan   yonma-yon   «temirchilik   hunari»   iboralari
keladi. Bundan tashqari, unda besh xil musiqa asbobining nomi ham qayd etilgan.
Shunday   qilib,   Shumer   san’ati   va   adabiyoti   insoniyat   tarixidagi   dastlabki
estetik   g’oyalardan   va   iboralardan   bizni   xabardor   qiladi,   bizga   ba’zi   janrlarning
kelib chiqishi bilan tanishish imkonini beradi. 
Shumerliklar   va   ularning   shimoliy   qo’shnisi   bo’lmish   akkadlar   asrlar
mobaynida olib borgan janglar oqibatida akkadlar podshosi Sargon I (milodgacha
2369-2314   yillar)   Somirni  Akkadistonga   bo’ysindiradi.   Dastlab   akkadlar   Shumer tilini   ham,   yozuvini   ham   qabul   qiladilar   va   birgalikda   somir-akkad   madaniyatini
yaratadilar. Keyinchalik bu ikki xalq qo’shilib, Bobil davlatini tashkil etadi, akkad
tili   esa   asosiy   tilga   aylanadi.   Shunda   ham   Shumer   tili   maktablarda   o’qitiladigan
o’lik   til,  Yevropaliklar   uchun   lotin   tili   qanday   bo’lsa,   Shunday   til   bo’lib   qoladi.
Umuman olganda, qadimgi Sharq madaniyati ko’ptillilik yoxud ikki tillilik asosida
bunyodga kelgan.
Bobil   so’z   san’atida   «Enuma   elish»   («Osmonda   qachonki...»)   dostoni,
Agushayya,   Gilgamesh,   Adan,   Etana,   «Ishtarning   qa’rga   tushishi»   haqidagi   epik
dostonlar,   «Iztirobda   qolgan   haqgo’y»,   «Xo’jayinning   qul   bilan   suhbati»   singari
diniy-falsafiy dostonlar muhim ahamiyatga ega. Ularning hammasidagi asosiy g’oya
– hayot va mamot o’rtasidagi kurashdan iborat. «Xo’jayinning qul bilan suhbati» deb
atalgan doston ular orasida kulgililik tabiatiga ega ekanligi bilan alohida ajralib turadi.
Unda   xo’jayinning   har   bir   buyrug’i   oqilona   ekanini   maqollar   va   matallar   bilan
asoslashga   intilgan   qul   –   oqil,   quv   xizmatkor   qiyofasi   tasvirlangan.   Bu   suhbat-
aytiShuv deyarli  oxirigacha  kulgililik  bilan yo’g’rilgan.  Faqat  uning  nihoyasidagina
hayot joniga tekkan xo’jayin «Endi nima yaxshi?» deb so’raganida qul: «Bo’ynimni
mening   sindirmoq   va   bo’yningni   sening   sindirmoq   va   daryoga   tashlamoq,   ana   bu
yaxshi. Kim Shuncha balandki, osmonga esta, kim Shuncha ulkanki, erni to’ldirsa!»,
–   deydi.   G’azablangan   xo’jasi   qulga   o’ldiraman,   deb   do’q   uradi.   Doston-suhbatda
so’nggi   so’z   qulga   beriladi   va   u:   «Unda   mening   xo’jam   mendan   uch   kun   ortiq
yashasin», – deb o’zini qutqaradi.
Na   faqat   Gilgamesh   kabi   eposlarda,   balki   deyarli   barcha   Qadimgi   Bobil
shoirlari   ijodida   insonning   to   abad   shaxsiy   o’lmaslikka   intilishi   yuksak   badiiy
shakllarda o’z ifodasini topgan, ularda hayot – go’zallik, o’lim – xunuklik tarzida
qabul   qilingan.   Shunday   qilib,   Somir-Bobil   san’ati   insoniyat   tarixidagi   dastlabki
estetik g’oyalarning paydo bo’lishidan bizni xabardor qiladi. Qadimgi  Misr.   Estetik  tafakkur   taraqqiyotiga  qadimgi  Misr  madaniyati   juda
katta   hissa   qo’shgan.   Barcha   qadimgi   xalqlar   qatori   misrliklar   ham   go’zallikni
hayotda   deb   bilganlar   va   uni   foydalilik   mezoni   bilan   o’lchaganlar.   Chunonchi,
quyosh   ma’budi  Atonga   (milodgacha   XY   asr)   bag’ishlangan   alqovlardan   birida
Shunday deyiladi:
Sening go’zalliging o’zi hayotdir,
Umr bag’ishlaydi har bir yurakka.
Ma’lumki,   Nil   toshqini   qadimgi   Misr   farovonligining   asosi   bo’lgan.
Farovonlik   esa,   ular   fikricha,   go’zallikdir.   Shuning   uchun   misrliklar   Nilni   ilohiy
daryo   sifatida   talqin   etadilar.   Unga   atalgan   alqovlarning   birida   u   barcha
go’zallliklarning bunyodkori deb ta’riflanadi:
Er yayraydi u yoyilgan chog’ida,
Quvonadi bor jonzot.
Barcha tishlar ochilar,
YAraqlaydi har bir tish
To’kin rizqu non keltirib, u butun 
Go’zallikni yaratar.
Qadimgi   Misr   san’atining   juda   ko’p   turlari   ana   Shu   manfaatli   go’zallik
asosida   vujudga   kelgan.   Chunonchi,   ma’budlar   uchun   qurilgan   ibodatxonalar,
ma’budlarning   va   o’limidan   keyin   ma’budga   aylangan   fir’avnlarning   haykallari
ulardan   shafqat,   mo’l   hosil,   rizq-ro’z   so’rash   maqsadida   bunyod   etilgan   bo’lsa,
xalq amaliy san’ati buyumlari esa kundalik hayotni go’zallashtirish uchun xizmat
qilgan. Ayni paytda ba’zi san’at turlari manfaastiz go’zallikning namunasi sifatida
diqqatni  tortadi. Ayollarning  go’zal  bezaklari,  taqinchoqlari,  diniy-badiiy  qissalar,
ertaklar Shular jumlasidan.
Misrdagi   eng   qadimgi   badiiy   ijod   yodgorliklari   V-IV   ming   yilliklarga   borib
taqaladi. Ular sopol idishlardir. Ularning qo’lda ishlanganligini sezish qiyin emas:
shakllari   va   yuzasi   notekis,   ba’zan   oddiy   handasaviy   naqsh   bilan   bezatilgan.
Keyinchalik   kulolchilik   dastgohida   ishlanib,   ularda   murakkab   suvratlar   va
chizmalar aks ettirilgan. Qadimgi   Misrda   me’morlik   yuksak   taraqqiyot   va   texnik   mukammallikka
erishgan.   Qadimgi   podsholar   davrida   Misr   me’morligining   o’ziga   xos   ajralib
turuvchi ulkan monumentalligi ishlab chiqilgan. Bu borada ehromlar alohida o’rin
tutadi. Ular orasida Xufu ehromi o’zining mahobati bilan ajralib turadi; balandligi
146,6;   to’rt tomoni enining uzunligi (asosi) 233   metr. Xufu ulug’vorlikning ajoyib
namunasi. Ehrom  deyarli  yaxlit  tosh  inshoot  sifatida Shunday aniq hisob-kitoblar
bilan qurilganki, u qadimgi Misrda matematika yuksak darajada rivojlanganligidan
ham dalolat beradi.
Qadimgi   Misr   haykallari   xuddi   me’morlikdek,   badiiy   ijodning   haqiqiy   noyob
asarlari hisoblanadi. Ayniqsa, Luvr muzeyida saqlanayotgan mirza Kanning haykali
o’zining   realizmi   bilan   kishini   hayratga   soladi.   Mirza   chordana   qurib   o’tiribdi.   U
tizzalarida   yozish   uchun   tayyorlangan   papirus   varag’ini,   o’ng   qo’lida   qamish
qalamni tutib turibdi. Uning katta quloqlari ding – eshitib bajo keltirishga o’rgangan.
Ko’zlari alohida diqqatga sazovor – ular bir necha xil materialdan yasalgan: kosasi –
brinch,   unga   ko’z   oqini   anglatuvchi   ganch   bo’lagi   va   tagiga   silliqlangan   yog’och
qo’yilgan, billur qorachiq joylashtirilgan. Natijada tamomila tirik odam ko’zlaridek
tasavvur   uyg’otadi.   Me’mor   Raxotep   va   uning  xotini   Nefret   haykali   ham   o’zining
yumshoq  tasviri,  ranglari,  inja   nafosati   bilan  har   bir  tomoshabinga   nafosat   zavqini
beradi.   Bu   haykallarning   ko’pchiligi   qadimgi   yunon   mumtoz   haykaltaroshligi
namunalaridan qolishmaydi, balki ko’z ifodasining berilishi bilan ulardan ko’ra jonli
ko’rinish kasb etadi va qadimiy go’zallik namunasi sifatida kishini o’ziga rom etadi.
Yana   bir   ajoyib   go’zallik   namunasi   bo’lmish   qadimiy   haykal   bu   –
Axatetondagi   haykaltarosh   Tutmosning   ustaxonasidan   topilgan   Nefertiti   –
Shohoyim   boshining   tasviri.   Shohoyim   qiyofasida   nazokat,   shohona   g’urur   va
nafislik  o’zining beqiyos  ifodasini  topgan. Nefertitining boshi  xuddi  noyob gulga
o’xshaydi,   u   nozik   gulbandga   –   bo’yinga   nisbatan   bir   oz   og’irroqday   tuyuladi.
SHohoyim qiyofasida tengsiz ayol go’zalligi va latofatini ko’rish mumkin.
Qadimgi Misr madaniyati taraqqiyotida faqat estetik g’oyalargina emas, balki
nafosat   mezonlari   ham   muhim   o’rin   egallaganligi   Shubhasiz.   Bu   qonun-qoidalar
yig’indisini   ma’lum   ma’noda   nafosatShunoslik   risolalari   deb   atash   mumkin. Afsuski,   ular   bizgacha   etib   kelmagan.   Faqat   bir   risolaning   nomigina   saqlanib
qolgan:   ibodatxona   kutubxonasi   ro’yxatida   «Devoriy   rangtasvir   va   mutanosiblik
qonuni bo’yicha tavsiya» degan nom uchraydi.
Qadimgi   Misr   so’z   san’ati   taraqqiyotida   mirzalarning   xizmati   buyukdir.   Biz
so’z   san’ati   degan   iborani   ishlatdik.   Zero   quyidagi   parcha   qadimgi   misrliklar
badiiy   adabiyotni   boshqa   san’atlar   qatoriga   kiritib,   fikr   yuritganliklaridan   dalolat
beradi.   Chunonchi,   «Pxatotep   o’gitlari»   deb   atalgan   qadimiy   (bundan   to’rt   ming
yillar avvalgi) she’riy matnda  qo’yidagi satrlarni uchratish mumkin:
San’at sira bilmas chegara,
Mahoratning cho’qqisiga chiqolgaymi biror san’atkor!
Gavhar kabi yashirindir oqilona so’z,
Lekin uni topish mumkin don tuygan, huv, cho’ridan.
Demak,   so’z   –   san’at   materiali,   lekin   u   san’atga   aylanishi   uchun   uni   ishlata
oladigan   iste’dod   lozim,   iste’dod   esa   cho’rida   ham   bo’lishi   mumkin.   Bu   o’rinda
nafosatShunoslikning ko’p jihatlarini  ko’ramiz:  avvalo,  san’atdagi  yuksak  mahorat
doimo   nisbiy.   Ikkinchidan,   so’z   qo’llash   ham   san’at.   Uchinchidan,   badiiy
adabiyotni,   umuman,   san’atni   xalqning   hamma   qatlamlari,   ya’ni   oliy   zotlar   ham,
xizmatkor-cho’rilar   ham   yaratadi,   zero   san’at   mohiyatan   demokratik   xususiyatga
ega bo’lib, hammaga birdek taalluqlidir.
Qadimgi   Misrda   mirzalar   muayyan   ma’noda   ziyolilarning   etakchilari
hisoblanganlar.   Dastlabki   shoirlar   ham   ana   Shu   mirzalardir.   Ularning   xizmatlari
qadrlangan,   ular   ijodkor   sifatida   olqishga   sazovor   bo’lganlar.   Chunonchi,
«Mirzalarni   sharaflash»   deb   atalgan   she’rda   noma’lum   mirza   bundan   deyarli   uch
yarim ming yil avval, fir’avn Ramzes II davrida Shunday deb yozgan edi:
Donishmand mirzalar...
Ular qurmadilar o’zlari uchun
Birinchdan qabrtosh
Va misdan ehrom.
Qoldirmadi ular va na merosxo’r, –
Nomlarin saqlagan zurriyotini. Biroq qoldirdilar meroslarini –
O’zlari bitgan xat, pandnomalarda...
O’sha asrlardagi mana bu satrlar qadimgi Rim shoiri Horastiydan salkam ikki
ming yil, Pushkindan salkam to’rt ming yil avval yozilgan:
Haykal qo’ydim o’zimga, u misdan boqiyroqdir,
SHohona ehromlardan balandroqdir u.
Qadimgi   Misrda   yaratilgan   qissalar   va   ertaklar   o’zining   badiiy   puxtaligi,
shakliy go’zalligi bilan kishi diqqatini tortadi. Ularda asosan mo’’jizaviylik estetik
hususiyati   bo’rtib   ko’zga   tashlanadi.   «Sinuxe   qissasi»,   «SHirinsuhan   dehqon
haqida   ertak»,   «Kema   halokatiga   uchragan   kishi   haqida   ertak»,   «Nefertitining
karomati»,   «Aka-uka   haqida   ertak»   singari   asarlar   Shular   jumlasidandir.   «Kema
halokatiga   uchragan   kishi»   ertagida   qahramonning   sehrli   orolda   ko’rgan-
kechirganlari   Sindbod   dengizchi   haqidagi   ertakni   va   «Odisseya»ning   ba’zi
epizodlarini   eslatadi.   «Unamunaning   sargardonligi»   qissasi   esa   qadimgi   Misr
realistik   nasrining   ajoyib   namunasidir.   Shuningdek,   qadimgi   Misrda   masal   janri
ham rosmana rivojlangan. Ularda kulgililik estetik xususiyati o’z ifodasini topgan. 
Qadimgi   Misr   she’riyatida   shakllarning   turli-tumanligi,   qabul   qilingan
muayyan uslub, she’r tuzilishi san’ati, ba’zan ma’lum darajadagi balandparvozlik,
undagi   uzoq   taraqqiyot   yo’lini   ko’rsatib   turadi.   Qadimgi   Misr   muhabbat   lirikasi
orasida birinchi shoir ayol hisoblangan qadimgi yunon shoirasi Safodan ko’p asrlar
avval yaratilgan, ayol shoir qalamiga mansub go’zal she’rlar bor.
Qadimgi   Misrda   teatr   san’atining   mavjud   bo’lganligiga   hozir   hech   qanday
Shubha   bo’lishi   mumkin   emas.   Qadimgi   Misr   teatri   dastlab   dafn   marosimidagi
ma’budlarning   o’zaro   dialoglari,   Shuningdek,   turli   ma’budlar   sharafiga
o’tkaziladigan   xalq   sayllari   va   bayramlarida   o’sha   ma’budlar   hayotidan   olingan
lavhalarni   sahnalashtirish   natijasida   bunyodga   kelgan.   Ma’budlar   rolini   kohinlar
o’ynagan.   Bunday   sahnalar   qadimgi   podsholik   davridayoq,   ya’ni   bundan   4–
4,5   ming   yillar   avval   ijro   etilgan.   O’shanday   sahna-pesalardan   bizgacha   birginasi
saqlanib  qolgan.  Uni  fanda «Memfis  ilohiyoti   yodgorligi» deb  atashadi. Kohinlar
tasavvuridagi   kosmologiya   bayoni   bo’lmish   bu   matnda   Memfis   ma’budi   Pta tomonidan olamning yaratilishi va Osiris hamda uning o’g’li ma’bud Gor haqidagi
juda   qadimgi   mifologik   syujetlar,   parchalar   keltirilgan.   Keyingi   davrlardagi
matnlar   ham   mifologik   mazmunda   bo’lib,   ularda   ko’proq   ma’bud   Gor   ishtirok
etadi. Bu tasodifiy emas. Qadimgi Misrda hukmron bo’lgan tasavvurga ko’ra, Gor
taxtga   o’tirgan   har   bir   fir’avnning   timsoli   sifatida   qabul   qilingan,   u   har   bir
hukmdor uchun namuna, ideal hisoblangan.
Qadimgi Turon - Eron mintaqasi xalqlarining estetik qarashlari
Sharq   xalqlari   taraqqiyoti   tarixida   qadimgi   Eronzamin   va  Turonzamin   aholisi
yaratgan madaniyat  katta o’rin tutadi. Eronliklar  va turonliklar  o’rtasidagi  aloqalar
ko’pincha   tinch-totuvlikka   asoslangan   emas.   To’maris,   SHiroq   haqidagi   qadimgi
voqelikka   doir   afsonalar,   keyinchalik   Firdavsiy   «SHohnoma»sidan   o’rin   olgan
buyuk turk hoqoni Alp Er To’nga – Afrosiyobning Siyovush, Kaykovus, Kayxusrav
bilan bo’lgan munosabatlari buning dalilidir. Ayni paytda, bu qadimgi ikki mintaqa
orasida   madaniy,   ma’rifiy   aloqalar   yo’lga   qo’yilganligi   Shubhasizdir.   Xususan,
mashhur zardo’shtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»ning taqdiri bunga misol bo’la
oladi.   Bundan   uch   ming   yil   avval   qadimgi   Xorazmda   Spitoma   urug’idan   dunyoga
kelgan   Zardusht   dastlab   o’z   o’lkasida   Axura   Mazda   dinini   targ’ib   etishda   ko’p
qiyinchiliklarga   duch   kelgach,   o’zga   yurtlarga   bosh   olib   ketadi.   Sakastana   yurtida
Kaviy Vishtaspa saroyida panoh va uzlat topadi. 
«Avesto»   gotlarini   Zardo’sht   badiha   yo’li   bilan   omma   orasida   qo’shiq   qilib
aytgan.  Bu turkum she’rlar – «got»larda o’sha davrdagi hayotiy lavhalar o’z aksini
topgan. «Got» so’zi aslida «goh» ya’ni «kuy», «qo’shiq» degan ma’noni anglatadi.
Bu   so’z   mumtoz   musiqa   merosimizda   «Dugoh»,   «Segoh»,   «Chorgoh»   kabi
atamalar tarkibida saqlanib qolgan.
Qadimgi   «Avesto»dan   bizgacha   etib   kelgan   qismlar   «YAsna»,   «Vedevdot»,
«YAsht»,   «Visparat»   kitoblaridir.   Zardusht   ijod   qilgan   gotlardan   17   tasi   «YAsna»
kitobiga   kirgan.  Ayrim   parchalar   yashtlar   ichida   ham   uchraydi.  Aynan   ana   Shu
gotlar   orasida   qadimgi   turonliklar   va   eronliklarda   estetik   tasavvurlarning   qanday
shakllanganligini ko’rish mumkin.
Qadimgi Hindistondagi estetik g’oyalar Taxminan   milodgacha   bo’lgan   II   ming   yillik   o’rtalarida   Shimoliy-G’arbiy
Hindistonga,   hozirgi   Panjob   mintaqasiga   g’arbdan   Hindukush   dovonlari   orqali
o’zlarini oriylar deb atagan jangovar qabilalar kirib kela boshladilar. Ular na faqat
harbiy iste’dodga, balki shoirlik qobiliyatiga, dunyoning qandayligi, uning qanday
bo’lishi   kerakligi   haqidagi   o’z   qarashlariga   ham   ega   edilar.   Ularning   alqovlari   –
Sharqiyalari   eng   qadimgi   hind   yodgorligi   «Rigveda»ga   asos   bo’ldi.   «Veda»   –
muqaddas   bilim,   «Rigveda»   –   alqovlar   vedasi   demakdir.   «Rigveda»   o’sha   davr
kishisining  o’zi  va  atrof   muhit:  ma’budlar,  iblislar,  devlar,   fazo,  ijtimoiy  turmush
axloqiy va estetik qadriyatlar haqidagi bilimlarni o’z ichiga oladi.
Eng   keng   yoyilgan   nuqtayi   nazarga   ko’ra,   Hindistonga   bostirib   kirgunlariga
qadar   oriylar   O’rta   Osiyoning  Amudaryo   va   Sirdaryo   bo’yi,   Orol   hamda   Kaspiy
dengizigacha bo’lgan mintaqalarida yashaganlar. Zero «Rigveda» va «Avesto»ning
tili   bir-biriga   nihoyatda   yaqin.   YAqinlik   ba’zan   Shu   darajadaki,   ikki   matn   bir
qadimiy   matnning   ikki   xil   variantiga   o’xshaydi:   faqat   tovushlar   mosligining
qonun-qoidalarigina   har   xil.   Buning   ustiga   «Rigveda»   tili   keyingi   davrda
sanskritda yozilgan she’rlar va mumtoz eposlar tilidan ko’ra, «Avesto» tiliga yaqin.
«Rigveda»dagi   qator   mifologik   personajlarning   «Avesto»da   mavjudligini   ham
aytib   o’tish   lozim;   nomlar   o’xshashligidan   tortib,   syujetlar   o’xshashligigacha
uchratish   mumkin.   Bundan   tashqari,   har   ikki   diniy   tizimda   sig’inish   ob’ekti
umumiy:   «Rigveda»da   ham,   «Avesto»da   ham   olovga   sig’inish   e’tiqodiy   asos
sifatida namoyon bo’ladi. Bunday o’xshashliklar juda ko’p.
«Rigveda»da   so’zning   ahamiyati   alohida   o’rin   tutadi.   Ma’budlarni
e’zozlashda   so’z   ibodat   va   qurbonliqdan   kam   hisoblangan   emas.   So’z   poklovchi,
muqaddas omil hisoblangan, «Rigveda»da u ma’buda Voch («voc»–«so’z», «nutq»
degani) timsolida jonlantirilgan.
Sharqiya-alqovlarni   shoir   –   kohinlar-rishilar   yaratganlar.   Rishilar   san’ati
bizning   hozirgi   baxshi-shoirlarimiz   san’atiga   o’xshash   vorisiylik   tabiatiga   ega
bo’lgan, otadan o’g’ilga o’tgan. Oriylarning Hindiston ichkarisiga kirib boraverishi
bilan tabaqaviy to’siqlar yo’qola borgan; rishilar uchun zot emas, iste’dod birinchi
o’ringa chiqqan. «Rigveda»da   oriylar   jamiyatidagi   shoir   ilohiy   karomatga   dahldor,   ma’budlar
alqagan   donishmand   tarzida   namoyon   bo’ladi.   SHoir   ma’buddan   ana   Shu
karomatli onlarni baxshida etishni so’raydi. Donishmandlik, bu – bir zum namoyon
bo’luvchi   manzara.   Unga   erishishning   usuli-ko’rishdir.   Shoir   ichki   nigoh,   savqi
tabiiy bilan uning ilohiy haqiqat manzarasini nogoh yoritib yuboradigan uning nuri
orqali ko’radi. Bir manzara o’rnini ikkinchisi egallaydi va bu manzara-karomatlar
almashinuvi zaminida dhi deb nomlangan vedaga xos dunyoni bilish yotadi. 
Dhi – «fikr, tasavvur, qarash, tushuncha; intuistiya (savqi tabiiy, fahm), bilish,
aql,   bilim,   san’at,   ibodat»,   Shuningdek,   «ko’z   o’ngiga   keltirish,   fikrlash»
ma’nolariga   uyqash.   SHoir   dhira-dhi   egasi,   donishmand,   iste’dod   egasi   deb
atalgan. Shoirlar ma’budlardan dhi  ato etishlarini  so’raganlar. Dhi  tufayli  shoirlar
ma’budlar   bilan   odamlar   orasidagi   vositachiga   aylanganlar.   Zero   shoir   –   «doimo
ma’budlar   olami   bilan   uchraShuv»   timsolidir. 2
  Ma’budlar   olami   esa   mutlaq
go’zallik maskani. Vedalardagi tasavvurga ko’ra, shoirlar o’zlari Yangi manzaralar
yaratmaydilar, balki oddiy bandalar ko’rolmaydigan ma’budlar dunyosiga tegishli
manzaralarni   so’zga   aylantiradilar.   Bunda   ilhomning   o’rni   muhim:   ilhomgina
shoirga Ilohiy So’z ustidan hukmronlik qilish imkonini beradi. Shu bois shoirning
muvaffaqiyati   Voch   bilan   bog’liq.   Voch   deydi:   «Kimni   suysam   o’shani-qudratli,
o’shani-brahman,   o’shani-rishi,   o’shani-donishmand   qilaman.   Zero   shoir-
baxshining   «So’z   bilan   ko’rmoqchiman   iloh  Agni   siyratini»,   deyishi   bejiz   emas.
«Rigveda»   –   she’riy   matn.   Uning   she’riy   o’lchovi   hijolarning   muayyan   soniga
asoslangan.   Ayni   paytda   uzun   va   qisqa   hijolar   farqlanadi.   «Rigveda»da
1028   Sharqiya-alqovlar   mavjud.   Uzoq   zamonlardan   buyon   Hindistonda   bu
Sharqiyalarni   musiqa   jo’rligida   ijro   etish   odat   tusiga   kirgan.   Chunonchi,
«Samoveda»-butunasicha musiqaga solingan «Rigveda» Sharqiyalaridan iborat.
«Avesto»dagi kabi «Rigveda»da ham   Nur estetikasi  alohida o’rin tutadi. Juda
ko’p   Sharqiya-alqovlar   muqaddas   olov   ma’budi  Agniga   bag’ishlangan.   Qadimiy
yodgorlikning   birinchi   alqovi-Sharqiyasidayoq   Agni   «shoirona   zakiy,   haqiqiy
charaqlagan   sharaf   sohibi»   deb   ta’riflanadi.  Agniga   nisbatan   «go’zal   yoqilgan»,
2
  Qarang : Ригведа. Мандалы  I - IV . М., Наука, 1989. С . 116. «go’zal qiyofali» «charaqlagan» singari sifatlashlar qo’llaniladi; go’zallik haqidagi
tasavvur   nur   bilan   bog’liq   tarzda   namoyon   bo’ladi.   Go’zallik   «suvga   to’la
bodiyadek ezgulik to’la» ma’bud Indrning ham  asosiy sifati  tarzida talqin etiladi;
uni   Sharqiyalardan   birida   «qudratning   go’zal   harakat   qiluvchi   o’g’li»,   deyilsa,
boshqa birida u:
Seni, ey go’zal qiyofa sohibi
Madh etmoq istaymiz, ey sahiy, –
deb   ulug’lanadi.   Boshqa   Sharq   adabiiy   yodgorliklaridek,   «Rigveda»da   ham
asosan   go’zallik   ezgulik   va   yaxshilik   tarzida   talqin   etiladi.  Ayni   paytda   Shunday
o’rinlar   borki,   unda   go’zallik   bilan   ezgulik   ajratib   ko’rsatiladi.   Ma’bud   Indrga
bag’ishlangan alqovlardan birida ezgulik, qahramonlik va go’zallik ham sifat, ham
tushuncha sifatida bir-birini to’ldirib keladi:
Botirliging, ey qahramon, kuylangay go’zal,
Ruh kuchi-la ezgulikni sen topgan mahal.
Qadimgi Xitoy estetikasi
Qadimgi   Xitoy   estetikasi   deganda,   biz   odatda,   miloddan   avvalgi  VII   asrdan
milodning V asrigacha bo’lgan davrni nazarda tutamiz. Mana Shu davrda Xitoyda,
garchand   estetik   tafakkur   mustaqil   fan   maqomiga   ega   bo’lmasa-da,   lekin   asosiy
falsafiy-estetik   tushunchalar   shakllangan   edi.   Biroq,   dastlabki   nafosatga   doir
tasavvurlar,   g’oyalar,   tushunchalar   bundan   ancha   avval   «Shuszin»   («Tarixlar
kitobi»   –   miloddan   avvalgi   XII   asr),   «Shiszin   («Qo’shiqlar   kitobi»   –   miloddan
avvalgi   XI-VI   asrlar),   «Iszi»   («O’zgarishlar   kitobi»   –   miloddan   avvalgi  VIII-VII
asrlar)   deb   nomlangan   yodgorliklarda   uchraydi.   Ularni   eng   avvalo,   mazkur
kitoblardan joy olgan asotirlar-miflarda va she’riy eposlarda ko’rish mumkin.
Bular   orasida   «Shiszin»   («Qo’shiqlar   kitobi»)   alohida   o’rin   tutadi.   Zero   u
qadimgi   Xitoy   xalqi   tarixini   ko’pgina   tarixiy,   etnografik   va   boshqa   yodgorliklarga
nisbatan   to’laroq,   chuqurroq   aks   ettiradi,   desak   Yanglishmaymiz.   «Shiszin»
305   she’riy   asarni   o’z   ichiga   oladi.   Ular   to’rt   qismga   bo’lingan:   «Gofun»
(«Saltanatlar   odatlari»),   «Syao   ya»   («Kichik   qasidalar»),   «Da   ya»   («Ulkan
qasidalar»)   va   «Sun»   («Alqovlar»),   «Shiszin»dagi   she’riy   asarlar   asosan   xalq og’zaki   ijodining   yozib   olingan   variantlaridir,   to’g’rirog’i,   musiqaga   solingan
she’rlardir.  Agar   qadimda   musiqa   va   raqs   bir-biridan   ajralib   chiqmaganini   nazarda
tustak, bu yodgorlikda ham so’z san’ati, ham musiqa san’ati, ham raqs san’ati ruhini,
unsurlarini   ko’rish   mumkin.   Chunonchi,   «YUeszin»   («Musiqa   haqida   kitob»)   deb
atalgan   qadimgi   yodgorliklardan   bizgacha   etib   kelgan   bir   parchada   Shunday   deb
yoziladi:   «She’riyat,   bu   –   so’zga   aylangan   intilish.   Qo’shiq   uni   tovush   orqali
ifodalaydi; raqs badiiy qiyofani harakat orqali etkazadi. Har uchala tur yurakda ildiz
otadi, keyin ularga musiqiy asboblar ergashadi». Bu parchadan o’sha paytlarda so’z
san’ati kuy va raqs talablariga bo’ysundirilgani ko’rinib turibdi.
«Shiszin»dagi   folklor   qo’shiqlarida   muhabbat   va   do’stlik   tuyg’ulari   o’ziga
xos, rang-barang ifoda topgan. Bu tuyg’ular bejamadorlikdan, balandparvozlikdan,
soxtalikdan yiroq, o’zida shakliy go’zallikning ajoyib namunasini aks ettiradi. Ana
Shu xalq qo’shiqlari xitoy yozma adabiyotiga asos bo’ldi: uch yarim ming yil avval
xitoy   yozuvi   –   ierogliflari   yaratildi.   Shuni   aytish   kerakki,   ieroglif   yozuv   rang-
barang,   bazo’r   ilg’anadigan   nozik   ishoralarni   tasvirlashda   mavhum   va
ko’pyoqlamali   tushunchalarni,   turli   ma’no   urg’ularini   va   qirralarini   ifodalash
uchun cheksiz imkoniyatlarga ega. Masalan,   mey   ieroglifi (go’zal, badiiy, estetik)
degan ma’nolarni anglatadi. U ikki piktogramadan – rasmlashgan yozuvdan iborat;
yan   (qo’chqor,   qo’y)   va   da   (katta,   ulkan).   Dastlab   bularning   qo’shiluvi   «katta
qo’chqor» degan jo’n tushunchani, ya’ni, tengi kam, go’shti lazzatli, juni kamyob,
go’zal   tashqi   ko’rinishga   ega   bo’lgan   hayvonlarning   g’ayri   odatiy   nusxasini
anglatgan.   Go’zallik   haqidagi   tushunchaning   keyinchalik   rivojlanib   borishi   bilan
«mey»   ieroglifining   nisbatan   murakkab   va   mavhum   ifodasi   bo’lmish   go’zal,
badiiy,   estetik   degan   ma’nolar   yuzaga   kelgan.   Shu   tarzda   muayyan   timsol
shakllana   borish   jarayonida   umumlashgan,   tipiklashgan   va   mavhumlashgan
tushunchaning paydo bo’lishiga xizmat qilgan.
Go’zallik   haqida   «Dao   va   De»   kitobida   («Dao   de   stzin»)   ham   diqqatga
sazovor   fikrlar   bayon   etilgan.   Jumladan,   unda   Shunday   deyiladi;   «Butun
Osmonosti   go’zallikning   go’zal   ekanini   bilib   olganida   o’sha   payt   xunuklik   ham paydo bo’ladi. Qachonki hamma ezgulik, ezgulik ekanini bilib olganida, o’sha payt
yovuzlik ham tug’iladi».
«Xuaynanstzi»   («Xuaynanlik   faylasuflar»)   deb   atalgan   qadimgi   Xitoy   matni
ham   estetik   g’oyalar   taraqqiyotini   ko’rsatuvchi   manba   sifatida   muhimdir.   Unda
mualliflar   go’zallikning   me’yor   bilan   belgilanishini   ta’kidlaydilar.   Me’yor   bilan
belgilangan   go’zallik   va   nuqs   bo’lgani   uchun   ham   bu   dunyoda   yaxlitlik   mavjud;
«Go’zallik me’yor bilan belgilanadi, nuqs o’zini foydalanish jarayonida namoyon
etadi. Shu tufayli to’rt bahri muhit oralig’idagi makon birlashishi mumkin» 3
.
«Xuaynanstzi»da san’atning uch xil darajasini ko’rsa bo’ladi.   Birinchisi, daoga
asoslangan   san’at,   bu   –   donishmandlik.   U   eng   yuksak   darajadagi   narsalar   bilan
bog’liq;   bular   yaxlitlik,   yo’qlik,   dao,   olam   (kosmos).   Bunday   san’atning   maqsadi
«oliy   uyg’unlikka»   (toy   xe)   erishish   va   oxir-oqibatda   tabiat   bilan   barobar   darajada
narsalar   ijod   qilish.   Ikkinchi   darajadagi   san’at   hisob-kitobga,   ya’ni   me’yorga
asoslanadi. Bu – «boshqarish» (odamlarnimi, narsalarnimi – baribir) san’ati.  Uchinchi
xil   san’at   esa   bizning   tushunchamizdagi   hunarga   to’g’ri   keladi;   u   yuzaki   mohirlik
oqibati bo’lmish tashqi bezak sifatida talqin etiladi.
Xuaynanlik   faylasuflar   yuqoridagi   san’at   xillarining,   ayniqsa,   ikkinchisiga
alohida   e’tibor   qiladilar   va   Shu   munosabat   bilan   estetik   muammolarni  Yangicha
talqin   etadilar.   Bu   xil   san’at   darajasi   haqida   fikr   yuritar   ekan,   ular   o’rinlilikka,
yohud   joizlilikka   (i,   byan,   shi)   diqqatni   qaratadilar.   Bu   tushuncha   mualliflarning
go’zallik   haqidagi   tasavvurlari   bilan   mustahkam   bog’liq.   «YUzdagi   kulgichlar
go’zal, – deyiladi risolada, – agar ular manglayda bo’lsa – xunuk; kiyimdagi kashta
–  go’zal,   qalpoqdagisi   esa   –   xunuk».  O’rinlilik  ayni   vaqtida   degan  ma’noda   ham
talqin   etiladi.   San’at   «lahzaga   munosabatdan»,   «vaqtga   ergashishdan»   (in   shi)
tashkil topadi.
Mualliflar   san’at   texnika   bilan,   mahorat   qurolini   egallash   bilan   bog’liqligini
alohida   ta’kidlaydilar,   san’at   va   uning   vositasini   qat’iy   farqlaydilar.   Mahorat,
umuman olganda, daochilar fikriga ko’ra, botiniy ma’naviy ma’noni moddiy shakl
orqali  ifodalash   qobiliyatidan   iborat.  Ayni   paytda  faqat   «shakl  deb  atalgan   hojani
3
 Древнекитайская философия. Эпоха Хан. М., Наука, 1990. С. 75. bo’ysindirmay   turib»,   birgina   tashqi   shaklga   Shunchaki   taqlid   qilish   odamlarda
istehzo uyg’otadi. Har bir san’at   asari ruh bilan sug’orilgani va u orqali san’atkor
qalbi   tilga   kirgani   uchun   go’zaldir.  Ana   Shu   ruh   mazmundan   holi   bo’lgan   shakl
o’likdir, o’likning esa go’zal bo’lishi mumkin emas.
Daochilar   uchun   ibtido   nuqtasi   olam   (kosmos)   bo’lsa,   Konfustiy   (miloddan
avvalgi   551   –   479   yillar)   va   uning   izdoshlari   o’z   estetik   qarashlarini   ijtimoiy-
siyosiy   nuqtayi   nazardan   kelib   chiqib   shakllantiradilar.   Konfustiy   «jo’mard
o’g’lon»   tushunchasini   kiritadi.   Jo’mard   o’g’lon   eng   avvalo   axloqiy   va   fuqarolik
burchlarini   chin   dildan,   namunali   bajaruvchi   jamiyatning   ideal   a’zosi.   Jo’mard
o’g’lon   tarbiyasining   asosini   Konfustiy   uch   narsada   –   «qo’shiq»,   «udum»   va
«musiqa»da ko’radi. Demak, donishmand nuqtayi nazaridan tarbiya estetik asosda
olib borilishi lozim.
Xulosa qilib Shuni  aytish mumkinki, Qadimgi  Xitoy estetikasi  nafaqat  O’rta
asrlarga   kelib   yuksak   pog’onaga   ko’tarildi,   balki   Yaponiya,   Quriya,   Vetnam
xalqlari estetikasiga ham asos bo’ldi.
Qadimgi dunyoning mumtoz estetikasi
Qadimgi   dunyoning   mumtoz   falsafasi   haqida   gap   ketganda   ko’pgina
adabiyotlarda   uni   go’yo   Yunonistonda   o’z-o’zidan   paydo   bo’lib   qolgan   aqliy
yuksaklik,   ya’ni,   yunonlarning   (Yevropaliklarning)   boshqa   irqlarga   nisbatan
buyukligidan dalolat  beruvchi hodisa sifatida talqin etiladi. Lekin, aslida qadimgi
Yunoniston   fani   va   madaniyati   Eron,   Bobil,   qadimgi   Misr   va   qadimgi   Hindiston
singari   Sharq   mamlakatlari   erishgan   yutuqlardan   foydalanib,   Shu   darajaga
ko’tarildi.   Qadimgi   Sharq   yunonlar   uchun   ulkan   maktab   vazifasini   o’tadi.
Chunonchi,   Fales,   Pifagor,   Demokrit,   Geraklit,   Suqrot,  Aflotun   singari   allomalar
ana   Shu   maktab   ta’limotidan   bahramand   bo’lib,   buyuklikka   erishganlar.   Buning
isbotini   deyarli   barcha   qadimgi   manoqiblarda,   xususan,   yunonlardan   qolgan
falsafiy, adabiy va tarixiy manbalarda ko’rish mumkin.
Qadimgi   yunon   mumtoz   estetikasi   deganda   biz,   asosan,   uch   buyuk   siymoni
nazarda tutamiz. Bular-Suqrot, Aflotun va Arastu. Suqrot   (miloddan   avvalgi   469-399   yillar)   jahon   falsafasida   birinchi   bo’lib
antropologik   yondashuvga   asos   solgan   mutafakkir,   ungacha   falsafaga   faqat
kosmologik   yondashuv   hukmron   edi.   U   diqqatni   kosmos   –   fazoga   emas,   balki
insonga   qaratdi,   insonni   amaliy   xatti-harakati,   axloqiyligi   nuqtayi   nazaridan
o’rganishga   kirishdi.   Suqrot   axloqShunoslik   va   nafosatShunoslikning,   axloq   va
go’zallikning uzviy aloqasini ta’kidlab ko’rsatadi. Uning ideali – ma’nan va jisman
go’zal  inson. U insonni san’atning asosiy ob’ekti sifatida olib qaraydi, san’atning
estetik   va   axloqiy   mezonlari   masalasini   o’rtaga   tashlaydi   hamda   Shular   orqali
ijodiy jarayonni ochib berishga urinadi.
San’at, Suqrotning fikriga ko’ra, taqlid orqali hayotni in’ikos ettirishdir. Lekin
bunday   taqlid   aslo   nusxa   ko’chirish   emas.   Haykaltarosh   Pirrasiy   bilan   suhbatida
mutafakkir,   san’atkor   insonni,   tabiatni,   voqelikni   umumlashtirish   orqali   qaytadan
jonlantiradi   degan   fikrni   bildiradi.   Haykal   ham,   ya’ni,   tosh   ham,   boshqa   san’at
turlaridagi   kabi   «qalbning   holatini»,   insonning   ruhiy-ma’naviy   qiyofasini   aks
ettirishi kerak. Axloqiy ideallargina in’ikos etilishga loyiq.
Qadimgi   yunon   nafosatShunosligida   Aflotun ning   (milodgacha   427   –   347)
qarashlari diqqatga sazovordir. Uning nafosat  borasidagi  fikr-mulohazalari asosan
«Ion»,   «Fedr»,   «Bazm»,   «Qonunlar»,   «Davlat»   singari   asarlarida   o’z   ifodasini
topgan.
Aflotun,   Suqrotdan   farqli   o’laroq,   g’oyalar   muammosini   o’rtaga   tashlaydi.
Uning nazdida asl borliq ana Shu g’oyalardan iborat. Umumiy tushunchalar qancha
bo’lsa,   g’oyalar   ham   Shuncha.   G’oyalarning   o’rni   narsalarga   nisbatan   birlamchi:
avvalo   g’oyalar,   undan   keyin   narsalar.   Atrof-tevarakdagi   his   etiluvchi   narsalar
hissiyotdan yuksak turuvchi g’oyalarning in’ikosidir. Aflotunning fikriga ko’ra, asl
go’zallik his etilguvchi narsalar dunyosida bo’lmaydi, u g’oyalar olamiga taalluqli.
«Davlat»   asarida   faylasuf   Suqrot   va   Glaukon   suhbati   asnosida   g’or   haqidagi
mashhur   masal-afsonani   keltirar   ekan,   bizga   ko’rinib   turgan,   biz   yashayotgan
dunyo   bor-yo’g’i   soyalar   o’yini,   haqiqiy   dunyoni   ko’rish   uchun   esa   inson   ojizlik
qiladi, deydi. Inson g’or devoriga kishanband qilingan tutqunga o’xshaydi, u faqat
haqiqiy   borliqning   soyasini   kuzata   oladi,   xolos,   haqiqiy   borliq   esa   ana   Shu   soya ortida   ko’rinmay   qolaveradi.   Go’zallik   ham   haqiqiy   borliqqa   taalluqli.   Unga
hissiyotlar   yordamida   etishish   mumkin   emas,   faqat   aql   orqaligina   uni   anglash
mumkin:  u -  o’zgarmas, zamon va  makondan tashqarida. Bu  o’rinda Aflotunning
haqiqiy go’zallik sifatida Xudoni nazarda tutayotganini ilg’ash qiyin emas.
Qadimgi   yunon   estetikasining   yuksak   cho’qqisi   Arastu   (milodgacha   384   –
322) ijodidir. Uning asosan «Xitoba» («Ritorika»), «Siyosat», ayniqsa «SHe’riyat
san’ati» («Poetika») asarlarida nafosatShunoslik muammolari o’rtaga tashlangan.
Arastu go’zallik masalasini o’z tadqiqotlari markaziga qo’yadi. U go’zallikni
tartib,   mutanosiblik   va   aniqlikda   ko’radi.   Go’zallikning   nisbatan   yuksak   ifodasi
esa,   tirik   jonzotlarda,   ayniqsa,   insonda   namoyon   bo’ladi.   Go’zallikning   yana   bir
belgisi, Arastu fikriga ko’ra, miqdorning cheklanganligi. «Jonsiz narsalar kabi jonli
mavjudotlar ham hajman oson ilg’ab olinadigan bo’lishlari kerak, deydi faylasuf –
Shunga o’xshash voqea (fabula) ham oson esda qoladigan cho’ziqlikka ega bo’lishi
shart».  Go’zallikning   eng  muhim   belgisini   esa,  Arastu   uzviy  yaxlitlik   deb  ataydi.
Uning   talqiniga   ko’ra,   yaxlitlik   ibtido,   markaz   va   intihodan   iborat   bo’ladi 4
.
Arastugacha   go’zallik   va   ezgulik   aynanlashtirilar   edi.  Arastu   esa   birinchi   bo’lib
ularni   farqlaydi;   ezgulik   faqat   harakat   orqali,   go’zallik   harakastiz   ham   voqe
bo’ladi, degan fikrni o’rtaga tashlaydi.
Arastuning   san’at   haqidagi   mulohazalari   ustozi  Aflotun   qarashlaridan   jiddiy
farq qiladi. Uning fikriga ko’ra, san’at asari, tabiat yaratgan narsalar singari shakl
va materiya (moddiyat) birligidan iborat. San’atkor ongida Olamiy Aqlda mavjud
narsalardan boshqa biror narsaning mavjud bo’lishi mumkin emas. Zero tabiat va
inson   faoliyatining   manbai   Olamiy   Aqldagi   g’oyalar   yig’indisidir.   Ular   yo
tabiatdagi   jarayon,   yoki   san’at   orqali   o’zligini   namoyon   qiladi.   San’at   tabiat   o’z
maqsadini amalga oshiradigan shakllardan biri, xolos, lekin shakllarning eng etugi,
mukammali. San’at tabiat oxiriga etkaza olmagan narsani oxiriga etkazadi. 
San’at tabiatga taqlid qiladi, deganida Arastu, san’at tabiatning faoliyat usulini
in’ikos ettirishini nazarda tutadi. San’at ana Shu taqlid natijasida, tabiatga o’xshab
organizm  yaratadi. Mazkur  organizmni  yaratgan  san’atkor  faoliyati  san’at  qonun-
4
 Аристотел. Сочинения в 4 т. Т.4. М., Мысл, 1983. С. 653. qoidalariga   bo’ysunadi,   u   haqiqiy   aql-idrokka   e’tiqod   qilguvchi   «ijodiy   odatdir».
Umuman   olib   qaraganda,   san’atning   taqlid   ob’ekti   odamlarning   xatti-harakati,
xatti-harakat   bo’lganda   ham,   Shunchaki   emas,   balki   ularning   axloqiy   tabiati   aks
etadigan qilmishlaridir. Qisqacha  qilib aytganda,  nafis san’atning vazifasi  insoniy
tabiatni ifodalash, ya’ni unga taqlid qilish. Lekin bu taqlid, bu in’ikos voqelikdan
Shunchaki nusxa ko’chirish emas, balki ijodiy yondashuv asosidagi in’ikosdir. Shu
munosabat bilan Arastu she’riyat va tarixni solishtirib, Shunday deydi; «SHoirning
vazifasi   haqiqatan   bo’lib   o’tgan   voqea   haqida   emas,   balki   ehtimol   yoki   zaruriyat
yuzasidan ro’y berishi mumkin bo’lgan voqea haqida so’zlashdir».
Arastu san’atning bilish  tabiati  borligini, u bilishning o’ziga xos turi  ekanini
ta’kidlaydi va bu bilan ustozi Aflotunga raddiya bildiradi. «Birinchi muallim»ning
fikriga   ko’ra,   badiiy   asarning   mazmuni   aniq-ravshan   unda   aks   ettirilgan   voqea-
hodisa   esa   bilib   olinishi   oson   bo’lishi   kerak,   xuddi   hayotdagidek   idrok   qilinishi
lozim.   Biroq,   badiiy   idrok   etish   uchun   estetik   masofa   zarur.   Ana   Shu   masofa
tufayli   badiiy   reallik   muxtor   tarzda,   amaliy   hayotdagiga   aynan   bo’lmagan   tarzda
idrok   etiladi.   Bunday   masofa   badiiy   til,   musiqiy   kompozistiya   v.   h.   vositasida
yaratiladi.   Boshqacha   aytganda,   badiiyat   olamining   o’z   zamoni,   o’z   makoni,   o’z
tili mavjud. Faqat undagi   o’ziga xos mantiq   haqiqiy hayot mantiqini aks ettirish
lozim. Shu bois badiiy asar inson tomonidan qandaydir qalbga yaqin, tanish hodisa
sifatida   idrok   etiladi   va   masofa   tufayli   idrok   etuvchida     mushohada   qilish   erki
saqlanib qoladi. U hayajonlanadi, qalbi ravshan tortadi.
Ma’lumki,   Pifagor   birinchi   bo’lib   «forig’lanish»   –   «katarsis»   tushunchasini
diniy-e’tiqodiy  ma’noda  qo’llagan   edi. Arastu  esa  uni  san’atga   nisbatan  ishlatadi.
Forig’lanish ,  Arastu   talqiniga   ko’ra,   san’at   o’z   oldiga   qo’ygan   maqsad,   xususan,
fojea   (tragediya)ning   maqsadi.   U   mohiyatan   qo’rquv     yoki   achinish   tufayli   inson
qalbini   salbiy   hissiyotlardan   forig’lantiradi.   Natijada   inson,   bir   tomondan,   taqdir
ko’rgiliklariga   xotirjam   qaray   boshlasa,   ikkinchi   tomondan,   baxstizlik   girdobiga
tushganlarga o’zida hamdardlik hissini tuyadi. Ya’ni, san’at insonni olijanob qilish,
yaxshilash, go’zallashtirish xususiyatiga ega Masalan, sizdan oshnangiz tez kunda
qaytib   beraman,   deb   pul   qarz   oldi-yu,   lekin   bir   oy   bo’lsa   ham   pulni   qaytargani yo’q.   Siz   g’azabdasiz.   Oshnangizni   endi   bir   boplab   sharmanda   qilish   niyatida
yuribsiz.   Shu   orada   teatrga   tushdingiz.   «Qirol   Lir»   spektakli   ketayotgan   ekan.
Lirning   fojeasi,   otasini   joni-dilidan   sevgan   Kordeliyaning   fojeasi   –   bo’g’ib
o’ldirilgan go’zal qiz, egilgan, lekin sinmagan haqiqat, adolat sizni larzaga soladi.
Sizda   pokizalik,   halollik,   xulqiy   go’zallik   timsoli   bo’lmish   bu   odamlar   qismatiga
achinish,   ularga   hamdardlik   hissi   uyg’onadi,   odatiy   turmushning   ikir-chikirlari,
tashvishlari  sizga  sahnadagi  buyuk  insonlar  jasorati  va  fojeasi   oldida  juda  mayda
ko’rinadi;   qarz   olgan   oshnangiz   haqidagi   o’ylaringiz   e’tiborsiz   bir   narsa   bo’lib
tuyuladi,   kechagi   xayollaringizdan   o’zingiz   uyalasiz.   Qisqasi,   siz   san’at   asarini
idrok   etganinigizdan   so’ng   mayda   hislardan   forig’lanasiz,   ma’naviy   jihatdan
kechagiga   qaraganda   bir   bosh   yuksakka   ko’tarilasiz.   Arastu   aytgan   katarsis   –
forig’lanish   mana   Shu.   San’at   –   forig’lanish   vositasida   insonni   tarbiyalaydi.
Forig’lanishning   estetik   mohiyati   ana   Shunda.   Shunday   qilib,   antik   davr
estetikasining yuksak nuqtasi sifatida Arastu ijodi hanuzgacha kishilik tafakkurida
o’z ahamiyatini yo’qotgan emas.
Umumja h oniy dinlar va san’at
Ma’lumki,   har   bir   diniy   e’tiqod   da’vastiz,   tarqibot-tashviqostiz   keng   omma
orasiga   kirib   borolmaydi.   Faqat   muqaddas   kitoblar   va   ibodatxonalar   orqaligina
ko’zlangan   maqsadga   erishish   qiyin.   Shu   bois   da’vatning   yanada   kengroq,   boshqa
ma’naviy   hodisalar   ko’magida   olib   borilishi   tabiiy   zarurat   sifatida   yuzaga   chiqdi.
Natijada   asosiy   vositalardan   biri   sifatida   din   san’atni   tanladi.   Zero   san’at   barcha
ifoda   shakllari   ichida   universalligi   bilan   ajralib   turadi:   u   bir   varakayiga   rang-
baranglik,   mukammallik   va   jonlilik   xususiyatlariga   ega.   Shunday   qilib,
umumjahoniy dinlar  san’at  bilan hamkorlik qila boshladi. Ana Shunday hamkorlik
mahsulida tug’ilgan ijodni biz diniy-badiiy asar deymiz.
Diniy-badiiy asarda ramz alohida o’ringa ega. Ramzning o’ziga xos xususiyati
Shundaki, u o’z mazmunini emas, butunlay boshqa mazmunni anglatadigan shakl,
o’z   mohiyatini   emas,   butunlay   boshqa   mohiyatni   ifodalaydigan   hodisa,   qisqasi,
butunlay   boshqa   botinni   ifodalovchi   zohirdir.   Shu   bois   ham   u   sirli,   yashirin:   uni
muayyan bilimga ega bo’lmay turib anglash mumkin emas. Chunonchi, nur, olov Allohning   mohiyati,   doimiy   yorug’lik   sochuvchi   va   Shu   bilan   mavjudotga   jon
baxsh   etuvchi   abadiy   hamda   mutlaq   ziyoning   ramzi.   Nasroniylar   havoriylari
boshidagi   nurli   gardish   (nimba)   esa   ularning   avliyoligini,   Xudoga   yaqinligini
anglatadi. YOki birinchi ma’ruzada aytib o’tganimiz musulmon me’morchiligidagi
gumbaz   –   Xudo   jamolining,   go’zalligining,   minora   –   Xudo   qudratining,
peshtoqlardagi oyatlar – Xudo sifatining ramzlari ekanini eslaylik. Buddhachilikda
g’ildirak   yoki   olovli   doira   Buddha   ta’limotining   ba’zan   esa   Buddhaning   o’zini
anglatadi.
Ideal   muammosi   ham   diniy-badiiy   janrda   o’ziga   xos   tarzda   talqin   etiladi.
Umuman   olganda,   idealni   ma’lum   ma’noda,   antiqa   holat   –   paradoks   deyish
mumkin.   Unda   bor   narsa   yo’q   narsaning   mezoni   bilan   o’lchanadi,   ya’ni   mavjud
narsaga yoki hodisaga o’sha paytda mavjud bo’lmagan narsa yoki voqelik talablari
bilan   yondashiladi.   Masalan,   axloqiy   idealni   olaylik.   U,   Shubhasiz,   insonni
kelajakda   erishilishi   lozim   bo’lgan   axloqiy   yuksaklikka,   ya’ni,   olg’a   chorlaydi.
Lekin   uning   uchun   o’tmishdagi,   ya’ni   ortdagi   axloqiy   qiyofa   ideal   bo’lib   xizmat
qiladi. Buning ustiga diniy-badiiy ideal hayotiy idealdan keskin farq qiladi, u hech
qachon   o’zgarmaydi:   hech   qachon   biz   uchun   –   Muhammad   alayhissalomdan,
nasroniylar   uchun   –   hazrati   Isodan,   yahudiylar   uchun   –   hazrati   Musodan   o’zga,
Yangi   payg’ambar   paydo   bo’lmaydi.   Hayotiy   ideal   esa   o’z   hayotimiz   davomida
shohid   bo’lganimizdek,   vaqt,   mafkura,   davlat   tuzumi,   milliy   ozodlikni   yo’qotish
yoki unga erishish va Shu singari omillar tufayli o’zgarib turadi.
O’rta asrlar  Budda Sharqi estetikasi
Xitoy.   O’rta   asrlar   Budda   Sharqi   estetikasida   Xitoy   va   YAponiya
mutafakkirlarining   qarashlari   diqqati   sazovor.   Xitoyda,   bu   davrga   kelib,
badiiyatning   darajalarini   belgilaydigan   bir   necha   estetika   tasniflar   ishlab   chiqildi.
Ulardan biri – to’rt bosqichli tasnif hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Bu
to’rt   bosqich   komillikning   to’rt   darajasini   belgilaydi,   u   mohiyatan   inson
takomilining  to’rt  davriga  to’g’ri   keladi:   1)   texnika  borasidagi   mahorat;   2)  bilim;
3) donishmandlik; 4) ma’naviy uyg’onish. Eng quyi  daraja, birinchisi, nen-pin atalib, unda san’atkor  uslub qoidalari  va
uquvga   ega   bo’lib,   hunarmand   sifatida   ish   ko’radi.   Bu   darajaning   eng   yuksak
yutug’i go’zallikning yoqimli shakliga erishish. Ikkinchi daraja – myao-pin, unda
san’atkor   mahorat   egasi   sifatida  namoyon   bo’ladi;   o’z  san’ati   haqidagi   bilimlarni
egallab,   endilikda   qobiliyatini   individual   ifodaning   kuchi   bilan   birlashtirishga
o’tadi.
Uchinchi   daraja   –   shen-pen,   unda   san’atkor   Osmon   va   er   oralig’idagi   barcha
mavjudlikning   tabiatini   anglab   etadi;   uning   asari   buyuk   iste’dod   tomonidan
yaratilgan   ilohiy   bunyodkorlik.   To’rtinchisi   –   i-pen,   unda   san’atkor   daho   sifatida
o’zini   ko’rsatadi.   Uning   mahoratini   ta’riflash   qiyin,   asarlari   tabiatning   o’zi   qadar
tabiiy,   zo’rakilikdan   yiroq;   u   hech   kim   anglamagan   narsani   anglaydi,   hech   kim
ko’rmagan   narsani   ko’radi.   Takomilning   bu   bosqichi   karomat   va   avliyolikka
qiyoslanadi.   Mazkur tasnif, garchand, rassomlik san’atini nazarda tutgan bo’lsada,
uni hech bir ikkilanishsiz barcha san’at turlari uchun qo’llash mumkin. 
Xitoyda   VI   asrdan   boshlab   buddhachilikning   chan   mazhabi   keng   yoyildi.
CHan   (yaponchasi   dzen)   o’rta   asrlar   Xitoy   san’atiga   katta   ta’sir   ko’rsatdi.   CHan
buddhachilik   san’atining   dastlabki   namoyandalaridan   biri   shoir,   rassom   va
nafosatShunos   Van   Veydir   (699/701–759/761).   Van   Vey   va   uning   davrasi   ijod
jarayonini ziyolanishga, nurlanishga o’xshatganlar va san’atning vazifasini insonni
poklash, forig’lash, qutqarishdan iborat deb bilganlar.
Yaponiya.  Qadimgi Xitoy estetikasi asosida yuzaga kelgan o’rta asrlar yapon
estetikasi   o’ziga   xos   milliy   yo’nalishdan   ketdi.   Unda   go’zallik   ideali   bir   necha
majoz-tushunchalarda   o’z   aksini   topgan.   Bular:   «mono-no   avare»   –   narsalarning
qayg’uli   maftunkorligi,   «yugen»   –   yashirin   go’zallik,   «sabi»   –   tanholik
qayg’usining go’zalligi.
Mono-no   avare   dastlab   qalb   qa’ridan   otilib   chiqqan   ixtiyorsiz   hayrat   tarzida
vujudga   kelgan.:   «Ax,   qanday   go’zal   gul!   Xare!»   degan   jumladagi   hayratni
anglatuvchi ikki so’z «Ax» va «Xare» keyinchalik «avare»ga aylangan. «Avare» –
hayrat vositasida «mono»ning mohiyatiga etib borilgan. «Mono» esa   — narsa yoki
hodisa,   lekin   qiyofasiz   narsaning   mohiyati,   «Mono-no   avare»   narsalarning   mangu ibtidosiga   qalb   intilishi,   ularning   sirg’aluvchan   ma’nosini   ilg’ab   olish   demak.   U
tabiat va insonning o’zaro bog’liqligiga, o’zaro shartlanishiga, barcha mavjudlikning
taqdir   qonuniga   ichki   bo’ysunishiga   nogahoniy   eriShuvidan   iborat.   o’rta   asrlar
yapon   she’riyatida   tashqaridan   qaraganda   bir-biridan   juda   uzoq   bo’lgan   narsalar
orasida   bog’liqlik   topishga,   olamning   yashirin   birligi   majmuini   ko’ra   bilishga
intilish ana Shundan kelib chiqadi.
Go’zallikni anglab etishda eng muhim o’rinni «yugen» tushunchasi egallaydi.
YUgen,   bu   –   yashirin,   sirli,   qora,   qa’rdagi   go’zallik.   U   asli   xitoycha   so’z   bo’lib,
ikki qismdan iborat: «yu» – «qora, qa’r», «gen» – qorong’ulik, zulmat ma’nolarini
anglatadi. U zulmatni yorib chiquvchi ziyo: zulmatni inkor etmaydi, lekin zulmatni
ichdan  yorib  chiqar   ekan  faqat  o’sha  zulmatning  o’zida  mavjud. qisqasi,  yugen  –
qorong’ulik qamrab ololmaydigan qorong’udagi nur.
Yugen   estetik   tushuncha   sifatida   Xeyyan   davri   (IX-XII   asrlar)   she’riyat
nazariyasida   qo’llanilgan.   o’sha   davr   shoirlaridan   biri  Akira   Komonaga   yugentay-
yugen  ruhidagi   uslubni   o’zini   kashf   etolmaydigan   hissiyotning   aks-sadosi,   dunyoga
kelmagan   kayfiyatning   sharpasi,   deb   ta’riflaydi.   Xullas,   Xeyyan   davri   shoirlarida
yugen   tushunchasi   teran   ichki   tuyg’u   va   g’ussa   bilan   yo’g’rilgan   degan   ma’noni
anglatadi.
O’rta asrlar Musulmon Sharqi estetikasi
  o’rta   asrlar   musulmon   Sharqi   mutafakkirlari   qadimgi   dunyo   mumtoz
estetikasi   yo’nalishlari   va   g’oyalarini   davom   ettirdilar.   Ular   Qadimgi   yunon
faylasuflari va olimlari asarlarini sharhladilar, tanqidiy o’rgandilar, tarjima qildilar.
Arastuni   esa   «Birinchi   muallim»   deb   atadilar.   Shu   o’rinda   tabiiy   savol   tug’iladi:
nima   uchun   ajdodlarimiz   o’zimizning   Sharqqa,   deylik,   qadimgi   hayotga   emas,
Yevropaga – yunonlarga murojaat qildilar?
Buning   asosiy   sababi   Shundaki,   musulmonchilik   talablariga   Qadimgi   yunon
falsafasi   ma’lum   darajada   javob   berar   edi.   Ma’lumki,   musulmonchilikning   asosi
tavhidda – yakkaxudolikda. Alloh yagona, uning sherigi yo’q va bo’lishi mumkin
emas. Qadimgi yunon mutafakkirlari esa ana Shu yo’ldan bordilar. Birinchi bo’lib
bu masalani Suqrot o’rtaga tashladi. U o’limga mahkum etilganida, unga yunonlar ma’budlarini   hurmat   qilmaganligi,   yoshlarni   yo’ldan   ozdirganligi   (aslida   tavhid
yo’liga   boshlaganligi)   ayb   qilib   qo’yildi.   Suqrotning   o’limi   oldidagi   so’nggi
so’zlari ham Shuni tasdiqlab turadi, sikuta ichgach: «Men Uning (ularning emas –
A.   SH.)   yoniga   ketyapman»,   deydi   u.   Shuningdek,  Aflotunning   g’oyalar,   olamiy
ruh,   emanastiya   haqidagi   fikrlari   ham   to’g’ridan-to’g’ri   yakkaxudolik   masalasiga
borib taqaladi. Lekin, Suqrot va Aflotun tavhidni falsafiy-nazariy jihatdan alohida
isbotlashni   o’z   oldilariga   vazifa   qilib   qo’ymadilar,   bunga   urinmadilar.   Bu   ishni
Arastu   uddaladi.   U   o’zining   mashhur   «Metafizika»   asarida   Xudoning   yakkaligi,
jismsiz, hech narsa tomonidan harakatga kelmaydigan, aksincha, birinchi harakatga
keltiruvchi kuch ekanini nazariy ta’riflab berdi. Uni «Oliy shakl» deb atadi. Arastu
talqinida Xudo olam va barcha olamiy jarayonlarning maqsadi hisoblanadi, u Oliy
tafakkur,   tafakkur   haqidagi  Tafakkurdir.  Aynan   mana   Shuning   uchun   ham  Arastu
hakim bizning Sharqda «Birinchi muallim» nomini oldi, uning izdoshlari o’zlarini
ustozlariga taqlidan mashshoiyyunlar (perpatetchilar) deb atadilar.
O’rta asrlar musulmon Sharqida Arastudan so’ng eng ulug’ ustoz sifatida  Abu
Nasr  al   Forobiy   (873   –   950)   mashhur   bo’ldi.   U  Arastudan   keyingi   –     «Ikkinchi
muallim» degan nomni oldi.
Forobiyning   qarashlarida   ezgulik   bilan   go’zallik   ma’lum   ma’noda
aynanlashtiriladi,   biri   ikkinchisida   yashovchi   hodisalar   sifatida   talqin   etiladi.
Shuning   uchun   uning   asarlarida   «go’zal   xatti-harakatlar»,   «go’zal   qilmishlar»
degan   iboralarni   ko’p   uchratish   mumkin.   Go’zallikka   etishishni   u   falsafa   tufayli
ro’y beradi, deb hisoblaydi. Uning fikriga ko’ra, har bir narsa-hodisaning go’zalligi
uning   o’z   borlig’ini   to’la   namoyon   etishi   va   mukammallikka   eriShuvi   bilan
bog’liq. Alloma faylasuf insonda ikki xil go’zallikni farqlaydi – ichki va tashqi. U
ichki   go’zallikni   yuqori   qo’yadi   va   bu   boyning   boyligini   bezab,   kambag’alning
kambag’alligini   yashiradigan   go’zallikni   «adab»   deb   ataydi.   Bunday   go’zallik
yuksak axloqiy xatti-harakatlar va insoniy komillikda o’zini namoyon etadi. Tashqi
go’zallikka   kelganda,   faylasuf   tabiiy   go’zallikni   har   qanday   bezanish,
yasanishlardan yuqori qo’yadi.
Temur va temuriylar davri estetikasi XIII   asrga   kelib,   Markaziy   Osiyo   mintaqasi   hamma   sohada   yuksaklikka
erishgan   edi.  Afsuski,   mo’g’ul   bosqini   Turkiston,   Movarounnahr,   Rum,   Xuroson
singari gullab-yashnab turgan o’lkalarni vayron qildi. Ilm-fan, madaniyat tanazzulga
yuz   burdi,   ne-ne   shaharlar   Yer   yuzidan   izsiz   yo’qoldi,   musulmon   Sharqi   zulmat
ichida   qoldi.   Faqat   tarix   sahnasiga  Amir  Temur   chiqqanidan   keyingina   Uyg’onish
boshlandi. Sohibqiron bobomiz yuritgan oqilona siyosat butun mintaqada ma’naviy
yuksalishga   olib   keldi.   Shu   bois  Temur   va  Temuriylar   davri   ilm-fan   va   san’atning
oltin davri hisoblanadi. Bu davr estetikasida buyuk o’zbek shoiri Alisher Navoiyning
o’rni   o’ziga   xos.   Navoiy   go’zallik   masalasiga   tasavvufiy   nuqtayi   nazardan
yondashadi   –   oliy   go’zallikni  Allohda   ko’radi,   Shu   bois   go’zallikni   u   haqiqat   bilan
aynanlashtiradi: Alloh – haqiqat quyoshi, Shuning uchun U go’zaldir. Har bir inson
uchun Allohni tanish – Mashriqdan chiqqan quyosh go’zalligini anglash degan gap;
uning   nuridan   kosadagi   mayda   haqiqat   yo’li,   Haq   yo’li   jilvalanadi.   Ana   Shu
jilvagarlik insonning umr yo’lini go’zallashtiradi, haqiqat yog’dusiga ko’madi: 
Ashraqat   min   aksi   shamsil-ka’si   anvorul-hudo   «YOr   aksin   mayda   ko’r»,   deb
jomdin chiqdi sado. Navoiy buyuk devon bo’lmish «Xazoyin ul-maoniyni ushbu bayt
bilan   boshlagani   bejiz   emas.   Keyin   u   yana   Shunday   deb   yozadi:   Toki   ul   maydin
ko’ngul   jomida   bo’lg’ach   jilvagar   CHehrai   maqsudi   mahv   o’lg’ay   ham   ul   dam
moado 
.   Demak,   Chehra,   Go’zallik   ko’ngil   qadahida   jilvalanganida   boshqa   barcha
narsalar   ko’ngildan   chekinadi,   ikkinchi,   uchinchi   v.b.   darajali   hodisalarga   aylanadi;
ilohiy   go’zallik   lazzati   birinchi   o’ringa   chiqadi.   Lekin   Navoiyda   ilohiy   go’zallik
insoniy   go’zallikni   inkor   etmaydi,   aksincha   ular   orasida   uyg’unlik   vujudga   keladi;
insoniy   go’zallik   ilohiy   go’zallik   bilan   boyiydi.   Ilohiy   –   Mutlaq   go’zallik   tabiatda
in’ikos etadi. Tabiatdagi ranglar Mutlaq go’zallikning tajallisi – jilvalanishi. Shu bois
yor   go’zalligi   Navoiy   she’rlarida   tabiat   ranglari   bilan   muqoyasa   qilinadi,   natijada
oshiqning ohi ham ranginlik kasb etadi. Misol tariqasida uning «Qizil, sarig’, yashil»
radifli g’azalini keltirish mumkin:  
Hil’atin to aylamish jonon qizil, sorig’, yashil,
Shu’lai ohim chiqar har yon qizil, sorig’, yashil.

 Nav о iy. Mukammal asarlar to’plami, 20 t о mlik, 3-t.  T., Fan, 1988 y. 25-b.  Yor go’zalligi, xatti, holi haqidagi hayollardan oshiqning boshi aylanadi, uning
ko’z oldida butun olam, davru davron rangin ko’rinadi:
Orazu xoli bila xatting xayolidin erur
Ko’zlarimning ollida davron qizil, sorig’, yashil.
Oshiq-shoir o’z devonini go’zal kitobat qilishi uchun, bezashi uchun unga zar hal
ham, alvon rang yoki zangori bo’yoqlar ham kerak emas, Chunki   uning devoni o’z
nazmidan ranginlik kasb etgan, bu nazm esa tabiat ranglariga uyg’un:
Navoiy   oltinu   shingarfu   zangor   istamas,   Bo’ldi   nazming   rangidin   devon   qizil,
sorig’,   yashil 
.   Alisher   Navoiy   g’azallarida   rang   estetikasi   katta   o’rin   egallaganini
ulardagi   gul   timsolida   ham   ko’rish   mumkin.   Uning   asarlarida   gul   tabiat   go’zalligi,
zamin go’zalligi, inson taqlid qilishi lozim bo’lgan go’zallik sifatida namoyon bo’ladi.
Navoiy merosidagi ijod va ijodkor haqidagi o’rinlar ham alohida e’tiborga molik. U
ijodkorning tabiatini va vazifasini quyidagicha ta’riflaydi: «Ishlari maoniy xazonidin
ma’rifat javharin termak va el fayzi uchun vazn sulkida nazm termak». Shundan kelib
chiqib,   buyuk   mutafakkir   so’zga   alohida   e’tibor   berishni   talab   qiladi,   uni   ko’ngil
qutisi   ichidagini   gavhar   deb   ataydi,   hatto   falak   jismining   joni   deydi,   ya’ni   uning
ilohiylik asosiga ishora qiladi, Shu bois ham shoir, ham she’rni estetik idrok etuvchi
kimsa so’zga muqaddas ne’mat sifatida qarashi lozim.
Ko’ngul durji ichra guhar so’zdurur,
Bashar gulshanida samar so’zdurur.
Erur so’z falak jismining joni ham,
Bu zulumotning obi hayvoni ham 
. 
Navoiy   nafs   uchun   fikrini   qurbon   qilganlarini,   ya’ni   amal,   mukofot,   unvonlar
olish   maqsadida   so’zini   sotgan,   Xudo   bergan   iste’dodni   pulga,   boylikka   chaqqan
shoiru   olimlarni   o’z   qismatlari   tomonidan   la’natlangan   kishilar   deb   ta’riflaydi;
qanoatning   o’zi   bir   saltanat,   ijodkor   inson   o’sha   saltanatda,   ta’magirlikdan   yiroq,
mardona sabr bilan yashashi, ezgulik, go’zallik va haqiqat uchun xizmat qilishi lozim:
Vajhi maosh uchun kishikim desa fikr etay, 
Qismat rizosidin anga begonaliq kerak.

 O’sha manba, 6 - t., 1990 y., 264-265-b.

 O’sha manba, 3-t., 528-b. Kunji qanoat archi erur saltanat valek
Eldin tama’ni uzgali mardonaliq kerak.
«Majolis un-nafois», «Mezon ul-avzon» asarlarida Navoiy ana Shu mohiyatan
muqaddas   bo’lgan   so’zdan   foydalanish   san’ati   haqida   fikr   yuritadi.   «Mezon   ul-
avzon» aruz nazariyasi sifatida diqqatga sazovor bo’lsa, «Majolis un-nafois» tengi
kam tazkira sifatida estetikaga aloqadordir. Unda Navoiy 450   nafardan ortiq shoir
ijodiga  to’xtalib  o’tadi   va  ular   ijodi   uchun  xarakterli   bo’lgan   misollarni   keltiradi.
Ayni paytda, tazkirada did, shakl va mazmun singari estetika muammolari ham o’z
aksini  topgan.  Chunonchi,   tazkiraning  temuriy  shahzoda-shoirlarga  bag’ishlangan
ettinchi   majlisida   Amir   Temur   didi   haqida   fikr   yuritar   ekan,   Shunday   deydi:
agarchi   nazm   aytmoqqa   iltifot   qilmaydurlar,   ammo   nazm   va   nasrni   andog’  xub
mahal va mavqeda o’qubdurlarkim, aningdek bir bayt o’qug’oni ming yaxshi bayt
aytgancha bor». Bu parchadagi, andak mubolag’adan qat’i nazar Navoiy shoirona,
estetik did egasi bo’lishni ba’zi to’g’ri kelgan gapni vaznga solib, she’r deb taqdim
etuvchi nazmbozlardan yuqori qo’yganini fahmlab olish qiyin emas.
Buyuk   Navoiyning   fikriga   ko’ra,   badiiy   asar   faqat   go’zallikni   kuylashi
bilangina   cheklanishi   kerak   emas,   balki   o’zi   ham   shaklan   go’zal   bo’lishi   lozim.
SHaklga   ikkinchi   darajali,   bir   qadar   ahamiyastiz   hodisa   sifatida   qarashni   qattiq
qoralaydi.   Hatto   Atoiydek   buyuk   shoirning   qofiyaga   bir   oz   e’tiborsizlik   bilan
munosabat   qilganini   ham   nazardan   qochirmaydi,   ochiqchasiga,   ammo   ehtirom
bilan tanqid qilib o’tadi:
Ul sanamkim suv qirog’inda paritek o’lturur,
G’oyati nozukligidin suv bila yusta bo’lur.
Qofiyasida   aybg’inasi   bor.  Ammo   Mavlono   ko’p   turkona   aytur   erdi,   qofiya
ehtiyotig’a muqayyad emas erdi» 
.   Temuriylar davri san’atida, u xoh rangtasvir –
miniatyura,   hoh   me’morlik,   hoh   she’riyat   bo’lsin,   shakliy   go’zallikning   ajoyib
namunalarini uchratish mumkin. SHe’riyatda buni kam so’z ishlatib, ko’p ma’noni
anglatishga,   qofiyaning   bir   bo’g’inli   so’zdan,   radiflarni   esa   bir   necha   so’zlardan

 O’sha manba, 13-t., T., 1997, 63-b. iborat   tarzida   vaznga   joylashda   ko’rsa   bo’ladi.   Buning   mumtoz   namunasini,
avvalo, Navoiyning o’zidan topish mumkin. Mana bu ruboiyga diqqat qiling:
Jondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortiq bo’lmas,
Ondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.
Navoiyning   epik   asarlarida   esa   go’zallik   bilan   ezgulik   aynanlashtiriladi.
Mutafakkir   ichki   va   tashqi   go’zallik   uyg’unligi   g’oyasini   ilgari   suradi.   Uning
«Xamsa»sidagi bosh qahramonlar ana Shunday komil go’zallik egalari, YOsuman,
Jobir,   Xisrav   singari   badiiy   qiyofalar,   aksincha,   xunuklik   timsoli   tarzida
tasvirlanadi.   Ayni   paytda   dostonlarda   ulug’vorlik   va   tubanlik   xususiyatlari   ham
izchil   ochib   beriladi.   Masalan,   Farhod   va   SHirinning   o’z   muhabbatlari   yo’lida
o’limga   olib   kelgan   qahramonliklari   naqadar   ulug’vor   bo’lsa,   Xisrav   va
YOsumanlarning   qilmishlari   Shunchalik   tuban.   Navoiy   dostonlarining   yana   bir
o’ziga  xos  Sharqona xususiyati   Shundaki, ularda  muhabbat  fojeaviylik xususiyati
bilan   chambarchas   bog’liq   tarzda   aks   ettiriladi.   Bu   borada   Layli   va   Majnunni,
Bahrom va Gulandomni eslashni o’ziyoq kifoya. Bir so’z bilan aytadigan bo’lsak,
Navoiy   asarlaridagi   muhabbat   fojeaviylikni   muqaddaslashtiruvchi   go’zallik,
qayg’uli va ibratli go’zallik sifatida tahsinga sazovor.
O’rta asrlar Yevropa estetikasi
O’rta   asrlar   Yevropa   falsafiy   tafakkuri   asosan   cherkov   qisuvida,   nasroniylik
belgilab   qo’ygan   doiralarda   ifoda   topdi,   unda   musulmon   Sharqi   falsafasidagi
erkinlik, teran ilmiylikni uchratish qiyin. Faqat o’rta asrlarning keyingi davrlarida,
xususan, Uyg’onish davrida Yevropa mutafakkirlari Qadimgi yunon tafakkurining
tadrijiy   davomi   bo’lmish   musulmon   falsafasi   va   faniga   e’tiborni   qaratdilar.   Shu
bois   o’rta   asrlar   Yevropa   tafakkuri   Yangiaflotunchilikka,   xususan,   Plotinga
ergashdilar. Estetikada transstentdental, ruhoniy, ilohiy go’zallik tan olinib, erdagi
go’zallikka arshdagi go’zallikning ramziy ifodasi sifatida qaraldi.
O’rta  asrlar  Yevropa  estetikasida  Ilohiy  Og’ustin   –  Avreliy  Avgustin   (354  –
430)   qarashlarni   katta   ahamiyat   kasb   etadi.   Avgustin   go’zallikni   shakl   bilan, xunuklikni   shaklning   yo’qligi   bilan   izohlaydi.   Uning   fikriga   ko’ra,   mutlaq
xunuklik   yo’q,   balki   nisbatan   mukammal   tuzilmaga   va   mutanosiblikka   ega
narsalardan   shakliy   ojizligi,   shaklsizligi   bilan   farq   qiladigan   narsalar   bor,   xolos.
Xunuklik   nisbiy   nomukammallik,   go’zallikning   eng   quyi   bosqichi.   YA’ni,   yaxlit
go’zallik   tarkibida   bo’lgan,   lekin   undan   uzilib   qolgan   qism   o’z   go’zalligini
yo’qotadi   va   aksincha,   xunuklik   go’zallik   tarkibiga   kirishi   bilan   go’zallikka
aylanadi.   Faqat   pok   qalb   egalarigina   olam   go’zalligini   ko’ra   olishi   mumkin.   Bu
go’zallik   ilohiy   go’zallikning   in’ikosidir.   Xudo   –   eng   oliy   go’zallik,   moddiy   va
ma’naviy go’zallikning Ilk qiyofasi.
Avgustin   go’zallikning   ikki   turi   haqida   fikr   yuritadi.   Birinchisi   –   shakl
go’zalligi,   u   ko’rish   orqali,   ikkinchisi   –   harakat   go’zalligi,   u   ko’rish   va   eshitish
vositasida   idrok   etiladi.   Harakatdagi   go’zallik   musiqada,   she’rda,   jism
harakatlarida   qisqa   va   uzun   ritmlarning   ketma-ket   kelishi   qonuniyatiga   amal
qilinishi  orqali  ro’y beradi. Estetik kechinma ham ikki xil  – hissiy  va aqliy idrok
etish   orqali   yuzaga   keladi.   Estetik   kechinma   uchun   tasavvur   idrok   etish   kabi
muhim   ahamiyatga   ega.   Moslik   go’zallikning   asosi   sifatida   ko’z   emas,   aql
vositasida idrok etiladi. Go’zallikni idrok etish uchun go’zal narsa-hodisalar bilan
qalb   o’rtasida   moslik,   go’zallikka   manfaastiz   munosabat   –   muhabbat,   nimaiki
go’zal   bo’lsa,   o’shanga   moyillik   bo’lishi   lozim.   Go’zallikni   idrok   etishda   undagi
muhim xususiyat – ritm katta ahamiyatga molik, zero inson barcha ritmlar ichidagi
eng muhimi hisoblanmish tug’ma, doimiylik tabiatiga ega bo’lgan intellektual ritm
bilan ta’minlangan, busiz u ritmlarni idrok etishi va ularni yaratishi mumkin emas.
Avgustinning sonlar haqidagi ta’limoti ham ritm bilan bog’liq; sonlar uzun va 
Mumtozchilik.   Uyg’onish   davridan   keyin   vujudga   kelgan   barokko,
mumtozchilik yo’nalishlarida ilgari surilgan estetik g’oyalar va nazariyalar asosan
badiiy adabiyot   (va Shu  asosda  teatr)  bilan  chegaralanib qoldi.  Bu  yo’nalishlarda
xususiy   san’at   turlariga   doir   nazariyalar   ko’p   hollarda   umumestetik   qonun-
qoidalarga   nisbatan   ustuvorlik   kasb   etdi.   Shunga   ko’ra,   bu   davrlar   estetik
risolalarining   mualliflari   aksariyat   shoirlar,   yozuvchilar   va   dramaturglar   bo’ldi.
Ayniqsa,   buni   mumtozchilik   yo’nalishida   yaqqol   ko’rish   mumkin.   Shu   bois mumtozchilik   davrini   o’rta   asrlar   tafakkurining   intihosi   va   Yangi   davr
tafakkurining   ibtidosi   deb   aytish   mumkin.   Mumtozchilik   davri   mutafakkirlarini
namunaviy   vakili   sifatida   franstuz   shoiri   Nikola   Bualo   (1636   –   1711)   estetik
qarashlarini  ko’rib o’tamiz. Ular  «Horastiyning «Pizonlarga maktub» («SHe’riyat
san’ati») asariga ergashib yaratilgan «SHoirlik san’ati» risolasida she’riy yo’l bilan
ifodalangan.
Xullas,   mumtozchilik   badiiy-estetik   jihatdan   avvalgi   davrlarga   nisbatan
she’riyatda   balandparvozlik,   dramada   harakastizlik,   «g’oyaviy»   monologlarning
o’rin   olishi   kabi   qusurlari   bilan   bir   qatorda,   cherkov   qisuviga   qarama-qarshi
o’laroq,   aqliy   ustuvorlikni,   rastionallikni   targ’ib   qilishi   tufayli   estetik   tafakkur
tarixida o’ziga xos o’rin egallaydi.
Yevropa ma’rifatparvarlari estetikasi
Yangi   davrdagi   Yevropa   ma’rifatparvarlari   orasida   shotland   mutafakkiri
Deyvid   H yum   (1711   –   1776)   alohida   o’rin   tutadi.   Uning   «Didning   me’yori
xususida»,   «Fojea   xususida»,   «Skeptik»,   «San’atlar   borasida   takomilga   erishish
xususida»   kabi   asarlarida   estetik   muammolar   o’rtaga   tashlangan.   U   nafosatni
bilishdan tashqaridagi hissiyot olamiga taalluqli deb hisoblaydi. Hyumning fikriga
ko’ra,   go’zallik   asosan   idrok   etuvchining   ongida,   ruhida   mavjud   bo’ladi,   aniq
ob’ektiv   asosga   ega   emas.   «Go’zallik,   –   deb   yozadi   u,   –   narsalarning   o’zida
mavjud  bo’lgan  sifat   emas;  u  istisnosiz   tarzda   o’zini  mushohada   etayotgan  ruhda
mavjud,   har   bir   insonning   ruhi   esa   go’zallikni   boshqacha   idrok   etadi.   Boshqalar
go’zallik degan narsani birovlar hatto xunuklik deb qabul qilishi mumkin, Shuning
uchun har bir idrok etuvchi o’zi his qilayotgan holatni o’zgalarga zo’rlab uqtirishga
intilmasligi kerak».
Olmon mumtoz estetikasi
Biz   yuqorida   ko’rib   o’tgan   ma’rifatparvarlar   va   o’sha   davrdagi   boshqa
nafosatShunoslar   nafosatShunoslikning   umumnazariy   masalalari,   estetik   idrok   eti
shva   san’at   falsafasi   borasida   Yevropa   estetik   tafakkuriga   ozmi-ko’pmi   nazariy
Yangiliklar   kiritdilar.   Olmon   mumtoz   estetikasi   ana   Shunday   xazinadan foydalanish natijasida o’zlari ham tengsiz tafakkur durdonalari yaratib, uni mislsiz
boyitdilar.
Olmon   mumtoz   estetikasi   ibtidosida   buyuk   faylasuf   Immanuil   Kant   (1724-
1804)   turadi.   U   «Go’zallik   va   ulug’vorlik   tuyg’ulari   ustidan   kuzatishlar»   (1764),
«Sof   aqlning   tanqidi»   (1781),   «Amaliy   aqlning   tanqidi»   (1788),   «Muhokama
qobiliyatining tanqidi» (1796) asarlarida estetika muammolariga maxsus to’xtaladi.
Kantning fikriga ko’ra, estetik hissiyot manfaastiz, beg’araz va narsa-hodisaga
bevosita   maftunlikka   borib   taqaladi.   Maftunlikning,   muhabbatning   ob’ekti   esa
shakldan   boshqa   narsa   emas.   Xullas,   go’zallik   manfaastiz   maftunlikning,
muhabbatning   ob’ekti.   Bu   –   go’zallikning   birinchi   belgisi.   Ikkinchi   belgisi   esa
Shundaki,   u   tushunchalar   yordamisiz,   ya’ni,   aql   kategoriyasiz,   bizga   umumiy
maftunlikning   narsa-hodisasi   sifatida   namoyon   bo’ladi;   estetik   muhokama   hech
qachon   mantiiq   qonun-qoidalariga   asoslanishi   mumkin   emas.   Go’zallikning
uchinchi   belgisi   Shundaki,   u   maqsadga   muvofiqlik   shakliga   egaligi,   ya’ni
qandaydir   aniq   maqsad   haqida   tasavvur   hosil   qilmasdan   turib,   narsa-hodisadagi
maqsadga   muvofiqlikni   idrok   etish   mumkinligi   bilan   ajralib   turadi.   Demak,
go’zallik   –   narsa-hodisaning   maqsadga   muvofiqlik   shakli,   zero   u   maqsad   haqida
tasavvurga ega bo’lmasdan turib, idrok etiladi. To’rtinchi belgi Shundaki, go’zallik
bizga   tushunchasiz,   zaruriy   maftunlikning   ob’ekti,   narsa-hodisasi   sifatida
yoqimlidir.   Shunday   qilib,   go’zallik   hammaga   hech   qanday   manfaastiz,
Shundayligicha, o’zining sof shakli bilan yoqishi zarur bo’lmagan narsa-hodisadir:
«Nimaiki hammaga tushunchalar yordamisiz yoqimli bo’lsa, o’sha – go’zaldir».
Go’zallik bilan bir  qatorda Kant  ulug’vorlikni ham diqqat bilan tadqiq etadi.
Uning fikriga ko’ra, go’zallikdan olinadigan lazzat-sifat, ulug’vorlikdan olinadigan
lazzat-miqdorning namoyon bo’lishi bilan bog’liq. Ulug’vorlikni mutafakkir ikkiga
ajratadi:   matematik   va   dinamik   ulug’vorlik.   Matematik   ulug’vorlik   ekstensiv
miqdorni   –   makon   va   zamondagi   ko’lamli   miqdorni,   ikkinchisi   kuch   va   qudrat
miqdorini   o’z   ichiga   oladi.   Birinchi   xil   ulug’vorlikka   yulduzli   osmonni,   okeanni,
ikkinchisiga   –   yong’in,   suv   toshqini,   dovul,   zilzila,   momaqaldiroqni   misol   qilib
keltirish   mumkin.   Har   ikkala   holatda   ham   ulug’vorlik   bizning   hissiy tasavvurimizdan   ustun   keladi,   uni   uzib   qo’yadi.   Keyin   ezilganlik   hissi
faoliyatimizning   jonlanishi   bilan   almashinadi,   Chunki     bunda   bizning   faqat
hissiyotimiz   tang   qoladi,   ma’naviy   jihatimiz,   aksincha,   yuksaladi.   Aql   hissiyot
olamidagi   barcha   ulug’liklardan-da   yuksak   bo’lgan   ulug’likni   fikrlay   bilishga
qodir.   Chunki     biz   o’zimizni   hissiyotli   mavjudot   sifatida   buyuk   va   qudratli
sezamiz.   Haqiqiy   ulug’vorlik   –   bu   aql,   insonning   axloqiy   tabiati,   hissiy   anglash
chegarasidan   narigi   tomondagi   nimagadir   intilishi.   Shu   bois   Kant,   haqiqiy
ulug’vorlikni   muhokama   qilayotgan   kishining   qalbidan   qidirish   kerak,   deydi.
«Nimaiki,   u   haqda   fikrlashning   o’ziyoq   qalb   qobiliyati   har   qanday   miqyosdagi
tashqi hissiyotlardan miqyosliroq ekanini isbotlashi, o’sha – ulug’vorlikdir».
Kant   san’atni   hunardan   ajratib   qaraydi:   birinchisi   –   erkin,   keyingisi   pul
topishga qaratilgan, yollangan san’at. Nimaiki tushunchaga asoslangan bo’lsa, uni
o’rganish  mumkin,  lekin  ilhomni  o’qib,  o’rganib  bo’lmaydi,  deydi  faylasuf.  Kant
did muhokamasining umumiyligi va zarurliygini ta’kidlaydi; buni u barcha uchun
umumiy   bo’lgan   hissiyotlarning   mavjudligi   bilan   asoslaydi:   Hyumning   «Did
haqida bahslashish  mumkin emas», degan  shiori  o’rniga «Did haqida bahslashish
mumkin va bahslashish mumkin emas» degan shiorni o’rtaga tashlaydi. Kant buni
estetik   g’oya   tushunchasi   bilan   bog’laydi;   did   muhokamasi   asosida   yotgan
tushuncha  noaniq,  u har  bir  mushohada  zamiridagi   nazariy jihatdan  aniq  ta’riflab
bo’lmaydigan alo tuyg’u haqidagi aqlning transstendental (ong va bilish chegarasi
ortidagi)   tushunchasidir.   Yoki   boshqacha   qilib   aytganda:   «Estetik   g’oyani
tasavvurning tuShuntirib bo’lmaydigan namoyon bo’lishidir». 
Olmon   mumtoz   estetikasida   eng   e’tiborli   o’rinlardan   birini   Georg   Vilgelm
Fridrix   Gegel   (1770-1831)   egallaydi.   Estetika   borasida   uning   «Estetika»   deb
nomlangan   ko’p   jildlik   ma’ruzalari   mashhur.   Gegel   o’z   falsafiy   tizimini   mutlaq
g’oya   asosiga   quradi;   uning   uchun   barcha   mavjudlikning   asosida   qandaydir
qiyofasiz, nosub’ektiv ruhiy ibtido yotadi – ana o’sha mutlaq g’oya. Mutlaq g’oya
tabiat,   ijtimoiy   hayot   va   uning   barcha   ko’rinishlari   mohiyatini   tashkil   etadi.
Estetika   ham   muayyan   taraqqiyot   bosqichidagi   g’oyaning   o’zi.   Mutlaq   g’oya   to
tabiatga   kirib   borguniga   qadar   sof   mantiqiy   shaklda   rivojlanadi.   So’ng   u   o’zini tabiat   sari   begonalashtiradi,   keyin   yana   o’ziga,   ruhiy   olamiga   qaytadi.   Biroq,   bu
qaytish   Shu   lahzagacha   bo’lgan   barcha   taraqqiyot   hodisalari   bilan   boyish
vositasida ro’y beradi. Taraqqiyotning ana Shu uchinchi bosqichida mutlaq g’oya
zaruriy   muayyanlikka   ega   bo’ladi.   Muayyanlashtirish   shaklini   g’oya   sub’ektiv,
ob’ektiv va nihoyat mutlaq ruh qiyofasida qo’lga kiritadi. Muayyan ruhning bu uch
shakli   nafaqat  inson  ongini,  balki  turli   insoniy  faoliyatlar   hamda insoniy  aloqalar
va munosabatlar mohiyatini ham tashkil etadi. G’oya taraqqiyotining oliy bosqichi
mutlaq ruh hisoblanadi. Mutlaq ruh –   o’zi uchun o’zini   predmet  qilib,   o’zi uchun
o’z   mohiyatini   ifodalashdan   boshqa   hech   qanday   maqsadga   ham,   faoliyatga   ham
ega   bo’lmagan   erkin,   haqiqiy,   cheksiz   ruh.   U   tashqi   va   hissiy   mushohadada
tasavvurga, tasavvurdan tushunchalar asosidagi tafakkurga qarab rivojlanib boradi.
Gegelning   fikriga   ko’ra,   o’zini   to’liq   erkinlikda   mushohada   qiluvchi   ruh   –
san’at;   o’zini   ixlos   sifatida   namoyon   qiluvchi   ruh   –   din;   o’z   mohiyatini
tushunchalar   orqali   fikrlab,   uni   biluvchi   ruh   –   falsafa.   San’at,   din   va   falsafaning
mazmuni Shunday qilib, bitta, farq faqat o’sha mazmunni ochish va anglab etishda.
G’oyaning o’z-o’zini ochishning birinchi va eng nomukammal shakli, estetik bilish
yoxud san’at. Uning maqsadi mutlaq ruhning hissiy tasvirini berish. San’at, axloq,
davlat tuzumi, boshqarish shakli v.h. hammasi bitta umumiy ildizga borib taqaladi.
Uni Gegel zamon ruhi deb ataydi.
Gegel g’oya va shakliy tuzilish munosabatlarinig uch xilini keltiradi. Dastlabki
bosqichda g’oya mavhum va bir yoqlama shaklda namoyon bo’ladi. Bu san’atning
ramziy   shakli.   Uni   qadimgi   Sharq   xalqlari   san’atida   ko’rish   mumkin.   U   sirliligi,
balandparvozligi, majoziyligi va ramziyligi bilan ajralib turadi. Rivojlanmay qolgan
mavhum   mazmun   bu   erda   o’ziga   mos   shakl   topolmaydi.   Ramziy   shaklni   mumtoz
san’at shakli almashtiradi. Bu shaklda g’oya yoki mazmun etarli muayyanlikka ega
bo’ladi.   Mazmun   uchun   o’ziga   mos   shakl,   qiyofa   topiladi.   Bu   inson   qiyofasidir.
Agar  ramziy san’at  shakli  Sharqona mustabidlikdan  kelib  chiqqan  bo’lsa,  mumtoz
san’at   shakli   insonparvarlik   va   demokratik   tabiatga   ega.   Mumtoz   shakldan   so’ng
san’atning   romantik   (sururiy)   shakli   kechadi.   Bu   san’at   shaklida   yana   g’oya   va
uning tashqi qiyofasidagi tugallangan birlik yo’qoladi va u orqaga qaytadi, lekin bu qaytish yuksalish darajasida ro’y beradi. Romantik san’at mazmuni – erkin muayyan
ma’naviylik Shunday ruhiy taraqqiyotga etadiki, unda qalb olami go’yo tashqi olam
ustidan   g’alaba   qozonadi   va   o’z   ma’naviy   boyligi   uchun   teng   keladigan   hissiy
qiyofa   topa   olmaydi.   Ana   Shu   bosqichda   ruhning   hissiy   qobig’idan   qutulish   va
o’zini   anglashning   boshqa   Yangi   shakllariga   –   dinga,   undan   keyin   esa   falsafaga
o’tishi   ro’y   beradi.   San’atning   bunday   o’z   chegarasidan   chiqib   ketishi   uning
yo’qolishini   emas,   balki   predmetning,   mazmunining   o’zgarishini   bildiradi.   U
avvaldan   mavjud   bo’lgan   tarixiy   materialdan,   an’anaviy-mifologik   mavzu   va
syujetlardan   qutiladi.   Uning   doirasi   endi   insonning   ichki   hayoti   –   quvonchu
qayg’usi, intilishlari, qilmishlari va taqdirini o’z ichiga etadi. Shunday qilib, san’at
xususiy hayotni aks ettiradigan erkin san’atga aylanadi 
.
Jadidchilikdan keyingi davrlar o’zbek estetikasi
Sho’rolar   davri   1917   yil   oktyabrda   (7   noyabrda)   bolsheviklar   tomonidan
amalga   oshirilgan   davlat   to’ntarishi   natijasida   sobiq   chor   Rossiyasi   hududida
«proletar   diktaturasi»   nomi   ostida   totalitar   tuzum   o’rnatildi.   Aldov   va   firibgarlik
bilan   hokimiyatni   qo’lga   olgan   V.I.Lenin   rahbarligidagi   beshafqat   kimsalar,
o’zlarini   xalq   tarafdori   qilib   ko’rsatib,   kimki   qarshi   tursa,   hatto   o’zlariga
qo’shilmagan   betaraflarni   ham   qatag’on   qilishga   kirishdilar.   Lenin   va   uning
korchalonlari   maqsadini   «Novaya   jizn»   gazetasining   hammuassisi,   buyuk   rus
yozuvchisi,   ulug’   insonparvar   Maksim   Gorkiy   «Bemavrid   mulohazalar»   falsafiy-
publististik   maqolalar   turkumida   fosh   etib   tashladi.   Gazetaning   1917   yil   7   (20)
noyabr,   74-sonidayoq   «Demokratiya   borasida»   degan   maqolasida   u   Shunday   deb
yozgan edi:
«Lenin,   Trostkiy   va   ularga   ergashgan   kimsalar   allaqachon   hukmdorlikning
chirkin   og’usi   bilan   zaharlanganlar,   so’z   erkinligi,   shaxs   erkinligi   va   barcha
huquqlar   tantanasi   uchun   kurashgan   demokratiyaga   nisbatan   ulardagi
sharmandalarcha munosabat Shundan shohidlik beradi...Bu yo’lda Lenin va uning
tarafdorlari Peterburg ostonalaridagi odamkushlik, Moskvani xarobaga aylantirish,
so’z   erkinligini   yo’qotish,   bema’ni   hibslar   singari   Pleve   va   Stolipinlar   qilgan

 Qarang: Гегел Г. Эстетика в 4 т. Т. 2. М., Искусство, 1969. С. 314. qabihliklarga   o’xshash   barcha   jinoyatlarni   amalga   oshirish   mumkin   deb
hisoblaydilar» 
.
«Ishchilar diqqatiga» degan maqolasida esa ( «Novaya jizn», 1917 yil 10 (23)
noyabr,   77-son)   Gorkiy   bolsheviklar   boshlagan   qatag’onlarning   asl   sabablarini
ochib beradi: 
«...Lenin va Trostkiy taqiqlar  bilan kelishmaganlarning hammasini  ochlik va
qirg’in   bilan   qo’rqitib,   bu   «dohiylar»   mamlakatdagi   eng   sara   kuchlar   ne-ne
qiyinchiliklarni boshdan kechirib, uzoq vaqt qarshi kurashgan hukmdorlik zulmini
oqlamoqdalar.   o’zlarini   sostializmning   napoleonlari   deb   bilgan   leninchilar,   har
hunarga   tushib,   Rossiyani   xarob   qilishni   oxiriga   etkazmoqdalar   –   rus   xalqi   hali
buning uchun daryo-daryo qon bilan xun to’laydi.
Leninning   o’zi,   shaksiz,   istisnoli   darajadagi   qudratli   kishi...   ayni   paytda   u
«dohiylik»ning   barcha   xususiyatlariga,   Shuningdek,   bu   rol   uchun   zarur   bo’lgan
axloqsizlikka   va   omma   hayotiga   haqiqiy   boyvachchalarcha   beshafqat   munosabat
qila bilish qobiliyatiga ega».
Biz Sho’rolar o’rnatgan totalitar tuzum mohiyatini, eng buyuk yovuz insonlar
– Lenin va Stalin o’rnatgan YOvuzlik saltanatining ijtimoiy mohiyatini tahlil qilib
o’tirmaslik uchun Gorkiydan kattaroq ko’chirma keltirib qo’ya qoldik. Ma’lumki,
Gorkiy keyinchalik Stalin tomonidan zaharlab o’ldirildi, buyuk shoir Mayakovskiy
esa   o’zini   otib   tashladi.   Bu   hodisalar   totalitar   tuzum   uchun   nihoyatda   qo’l   keldi:
Gorkiy   va   Mayakovskiy   sovet   adabiyotining   (kengroq   ma’noda   san’atining,
asoschilari deb e’lon qilindi va SHo’rolar Ittifoqi hududida sostialistik realizm deb
atalgan   soxta   metod   –   asar   yaratish   uslubi   yagona,   hamma   san’at   turlari   uchun
majburiy uslub sifatida qonunlashtirildi. Sostialistik realizm metodi ijod erkinligi,
fikr   va   so’z   erkinligini   mohiyatan   inkor   etadigan   hamda   san’atni   rus
ulug’davlatchilik   shovinizmiga   asoslangan   sinfiylik   va   partiyaviylik   degan,
insoniylikka, insonparvarlikka qarshi mafkuraviy quyushqondan iborat edi. Bunga
ko’nmagan   ijodkorlar   otib   tashlandi,   qamaldi,   surgun   qilindi,   Ittifoq   hududidan
chiqarib yuborildi. Jahonni hayratga solgan   XIX   asr oxiri   XX   asr boshlaridagi rus

 Gorkiy M. Bemavrid mulohazalar. A.Sher tarjimasi. «Jahon adabiyoti» jurnali, 2000y., 6-son, 128-b. san’ati   tom   ma’noda   inqirozga   uchradi.   Milliy   respublikalar   san’atida   esa   har   bir
asarda   Lenin   va   Stalin   madh   etilar,   albatta   boshqa   millatlarga   «aql   o’rgatib
turadigan»,   «ulug’   og’a»   –   rus   kishisi   ishtirok   etishi   shart   edi.   Barcha
respublikalarda   milliy   uyg’onishga   xizmat   qilgan   oqimlar   qatag’on   qilinganidek,
o’zbekistonda ham jadidchilik «tag-tugi bilan qo’porib tashlandi».
Shunday qilib,   XX  asrning 30-yillariga kelib, falsafiy tafakkur, Shu jumladan
estetik tafakkur ravnaqdan to’xtadi, aksincha tanazzulga qarab yo’l tutdi. Estetika
falsafiylikdan   ko’ra,   targ’ibotchilik   bilan   Shug’ullandi,   mafkuraviy,   soxta   fanga
aylandi.   Yangi   nazariy   fikrlar   o’rtaga   deyarli   tashlanmadi.   Umumjahoniy   estetik
nazariyalarning hammasiga «reakstion burjua estetikasi» degan yorliq yopishtirilib,
ulardan   foydalanish   ta’qiqlandi,   faqat   «tanqidiy   yondashib»,   ularni   inkor   etish
lozim   edi.   Estetik   tafakkur   tarixi   ham   xuddi   Shunday   «tanqidiy   o’rganildi».
Natijada   umumbashariy   estetik   qadriyatlar,   mumtoz   estetik   tafakkur   namunalari
buzib talqin qilindi. Umumjahon estetikasida tamoyilga aylangan olimona xolislik
– «kosmopolitizm»,  milliy estetik qadriyatlarga e’tibor – «millatchilik» tamg’alari
ostida   «yot   qarashlar»   deb   e’lon   etildi,   bunday   asarlar   mualliflari   qatag’onga
uchradi.   «Markscha-lenincha   estetika»   degan   soxta   fan   o’ylab   topildi,   Leninning
«Partiya tashkiloti va partiya adabiyoti» degan o’ta ketgan reakstion, so’z erkinligi
va fikr erkinligini taqiqlaydigan, ommaviy axborot vositalaridagi erkinlikni yo’qqa
chiqaradigan   publististik   maqolasi   («dohiy   merosida»   estetikaga   oid   hech   vaqo
yo’qligi tufayli) san’at uchun estetik asos deb e’lon qilindi.
O’zbek   estetikasida   mustaqillik   yillaridagina   ijobiy   o’zgarishlar   ro’y   berdi.
Dastlabki paytlarda «sohaviylik» kasali hali ham o’z kuchini yo’qotmasa-da, lekin
tadqiqot   ob’ektiga   haqiqiy   estetik   yondashuvlar   vujudga   kela   boshladi.   Bu
davrdagi eng faol estetiklar sifatida yuqorida nomi tilga olingan olim T.Mahmudov
va   atoqli   yozuvchimiz   Asqad   Muxtor   nomlarini   qayd   etish   mumkin.   Tilab
Mahmudovning   rangtasvir   estetikasiga   doir   o’nlab   maqolalari,   o’zbek   va   rus
tillarida kitoblari chop etildi. Eng muhimi, Shunda ediki, T.Mahmudov zamonaviy
rangtasvir   haqida   fikr   yuritar   ekan,   tor   san’atShunoslik   doirasidan   chiqishga   va
muayyan   rassom   ijodi   yoki   asarga   falsafiy-estetik   jihatdan   yondasharga:   tadqiqot ob’ektini   go’zallik,   ulug’vorlik   v.b.   estetik   tushunchalar   ziyosida   yoritib   berardi,
Shuningdek estetik madaniyat masalalariga ham katta e’tibor qaratar edi. Ayniqsa,
Rahim   Ahmedov,   CHingiz   Ahmarov   va   uning   shogirdlari   –   Bahodir   Jalolov,
Javlon   Umarbekov   asarlarining   tahlili   yuksak   estetik   saviyasi   bilan   diqqatga
sazovor   bo’ldi.   Ayni   paytda   T.Mahmudov   «San’at»,   keyinchalik   «Nafosat»
jurnallarining   bosh   muharriri   sifatida   o’zbek   milliy   estetikasi   taraqqiyotiga   katta
xizmat qildi, hozir ham uning maqolalarida tor sohaviylikni emas, estetik kenglikni
ko’rish mumkin.
Atoqli   adib   Asqad   Muxtor   sho’rolar   davridayoq   go’zallik   haqida,   uning
qudrati haqida fikrlar bildirgan. Uning «Go’zallik» degan kichkinagina maqolasida
bu estetik xususiyat va tushunchani o’ziga xos sharxlaydi. Asqad Muxtor sho’rolar
tuzumida go’zallikka, estetikaga e’tiborning etarli emasligini ro’y-rost aytadi:
«Go’zallikni   ta’rif   qila   bilmaslik   ayb   emas.   Lekin   uni   tuShuna   bilmaslik,
go’zallikka befarqlik, loqaydlik, didsizlik bizning davrimizda ayb. Hayotga estetik
munosabatimizning oliy shakli – san’at asari. Bizda hali san’at asarining qalblarga
zilzila   soladigan   kuchini   mensimaydigan   odamlar   yo’q   emas.   Go’zallik   hissini
tarbiyalash   ishlari   uncha   yaxshi   yo’lga   qo’yilmagan...   Estetika   masalalari   yaxshi
ishlanmagan,   ommabop   risolalar   yo’q...   Kim   go’zal   desa   –   men:   go’zallikni
tuShunadigan odam go’zal, deb javob berardim».
Boshqa   bir   maqolasida   atoqli   yozuvchimiz   ma’naviy   va   estetik   komillikni
yonma-yon qo’yadi, estetik  tarbiya insonning  tasavvurga boy, o’ziga ishonadigan
kuchli shaxs bo’lib etiShuviga ko’maklashadi degan fikrni ilgari suradi:
«Ma’naviy va estetik takomil har qanday kasbdagi odamga ham zarur, – deb
yozadi   Asqad   Muxtor.   –   U   ijodiy   tasavvur   kuchini   oshiradi,   fantaziyani
kengaytiradi,   eng   og’ir   sharoitlarda   qat’iyatli,   o’ziga   ishonchli,   quvnoq   va   izchil
bo’lishga o’rgatadi». 
Asqad Muxtorning so’nggi kitobi – «Uyqu qochganda» asari asosan falsafiy-
estetik mushohadalardan, qaydlardan tashkil topgan. Unda muallif K.YUng estetik
qarashlariga   hamohang   fikr   yuritadi:   faqat   asarni   emas,   uning   ijodkorini   ham
o’rganish zarurligini ta’kidlaydi, asar ijodkordan o’sib chiqishni, ijodkor «beixtiyor fidoiy»   inson   ekanini   aytadi.   Shuningdek,   uning   ijodiy   tasavvur   to’g’risidagi
mulohazalari ham diqqatga sazovor. Tasavvurni u insonga berilgan ilohiy ne’mat –
«oliy  savqi   tabiiy»   deb  ataydi 
.  Asqad   Muxtorning   Umar   Xayyom   ruboiylarining
mohiyati   haqidagi   fikrlari   ham   teran   falsafiy-estetik   ma’noga   ega,   Xayyomni
tushunishda ma’lum ma’noda kalit vazifasini o’tashi mumkin. 
Estetika fanining boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi
Estetika   va   axloqShunoslik.   Estetika   qadim-qadimlardan   buyon   ko’pgina
fanlar   bilan   mustahkam   aloqada   rivojlanib   kelgan.   Shulardan   biri   bo’lgan   falsafa
haqida,   ular   orasidagi   bog’liqlik   to’g’risida   yuqorida   aytib   o’tdik.   Estetika   uchun
yana bir yaqin aloqador, «qadrdon» fan  axloqShunoslikdir.  
Bu   ikkala   fan   Shu   qadar   bir-biriga   yaqinki,   hatto   ba’zi   davrlarda   ayrim
mutafakkirlar   tomonidan   ular   etarli   darajada   o’zaro   chegaralanmagan.   Chunki
insonning   xatti-harakati   va   niyati   ko’pincha   ham   axloqiylikka,   ham   nafosatga
tegishli   bo’ladi,   ya’ni   muayyan   ijobiy   faoliyat   ham   ezgulik,   ham   nafosat
xususiyatlarini   o’zida   birvarakay   mujassam   qiladi.   Shu   sababli   «Avesto»,
«Bibliyo» va «Qur’on» kabi muqaddas kitoblarda, Suqrot, Aflotun, Forobiy singari
qadimgi faylasuflar ta’limotlarida axloqiylikni – ichki go’zallik, nafosatni – tashqi
go’zallik   tarzida   talqin   etganlar.   Bundan   tashqari,   ko’rib   o’tganimizdek,   san’at
nafosatShunoslikning   asosiy   tadqiqot   ob’ektlaridan   hisoblanadi.   Har   bir   san’at
asarida   esa   axloqning   dolzarb   muammolari   ko’tariladi   va   ijodkor   eng   yuksak
axloqiy darajani badiiy qiyofalar orqali in’ikos ettiradi. Bu in’ikos bevosita ijobiy
qahramonlar   qiyofasida   amalga   oshsa,   bilvosita   salbiy   voqea-hodisalarga   muallif
nuqtayi   nazari   orqali   ro’y   berishi   mumkin.  YA’ni,   biror-bir     badiiy   asarda   ijobiy
qahramonlar   umuman   bo’lmaydi,   lekin   undagi   voqea-hodisalarga   ijodkor   o’z
zamonasi   erishgan   axloqiy   yuksaklikdan   turib   baho   beradi.   Shu   bois   axloqsiz
badiiy   asarning   bo’lishi   mutlaqo   mumkin   emas.   Demak,   nafosatShunoslik
o’rganayotgan   har   bir   badiiy   asar   ma’lum   ma’noda   axloqShunoslik   nuqtayi
nazaridan   ham   tadqiq   etilayotgan   bo’ladi.   Biroq,   bunday   yaqinlik,   yuqorida
aytganimizdek, aslo aynanlikni anglatmaydi. Bu ikkala fanning tadqiqot ob’ektlari

 Qarang: Muxtor A. Uyqu qochganda. T.. Ma’naviyat, 2005, 37-39 b. orasidagi farqni birinchi bo’lib buyuk Arastu «Metafizika» asarida nazariy jihatdan
isbotlab   bergan   edi;   u,   ezgulik   faqat   harakatda,   go’zallik   esa   harakastiz   ham
namoyon bo’ladi, degan fikrni bildiradi 
. 
Estetika   va   ru h Shunoslik.   Estetika   ruhShunoslik   (psixologiya)   bilan   ham
mustahkam   aloqada.   Ma’lumki,   insonning   ruhiy   hayotini   o’rganar   ekan,
ruhShunoslik   hissiyotlar   masalasiga   katta   o’rin   beradi.   Go’zallikni,   san’at   asarini
yaratish   va   idrok   etish   ham   ma’lum   ma’noda   hissiyotlar   bilan   bog’liq.   Masalan,
oddiy xarsang tosh kishida alohida bir hissiy taassurot  uyg’otmaydi. Lekin toshga
haykaltarosh   qo’l   urganidan   so’ng,   undan   hayot   nafasi,   insoniy   hissiyotlar   ufura
boshlaydi. Gap bunda toshga odam qiyofasi berilganida emas, balki Shu qiyofaga
bir   lahzalik   insoniy   tuyg’ularning   jamlanganidadir.   Boshqacharoq   qilib   aytganda,
ijodkor toshga o’zi tomoshabinga etkazishni maqsad qilib qo’ygan hissiyotlarning
suratini   chizadi  va  oddiy  toshni   haqiqiy  san’at   asariga  aylantiradi.  Agar  ijodkor   -
haykaltarosh ana Shu hissiyotlarni o’zi mo’ljallagan darajada tomoshabinga etkaza
olsa va tomoshabinda o’sha hissiyotlarga yo aynan, yo monand tuyg’ular  uyg’ota
olsa,   mazkur   haykal   haqiqiy   san’at   asari   hisoblanadi.   NafosatShunoslik
haykaltaroshdan   haykalga,   haykaldan   tomoshabinga   o’sha   hissiyotlarning   qay
darajada   o’tgan-o’tmaganligini,   ya’ni,   badiiy   qiyofa   qanchalik   puxta
yaratilganligini   o’rganadi   va   Shu   asosda   asarni   baholaydi.   RuhShunoslik   esa   ana
Shu   xissiyotlarning   o’zini   o’rganadi.   Bundan   tashqari,   ruhShunoslik   asar
g’oyasidan tortib, to badiiy asar – estetik qadriyat vujudga kelgunga qadar bo’lgan
ijodkorning   hissiyotlar   olamini   tadqiq   etadi.  Albatta,   bunday   tadqiq   va   tahlillar,
o’rganishlar   alohida-alohida,   muxtor   holda   emas,   balki   ikkala   fanning   bir   –   biri
bilan hamkorligi, birining ikkinchisi  hududiga o’tib turishi  vositasida ro’y beradi.
Shu   bois   ruhShunoslikka   ham,   nafosatShunoslikka   ham   teng   aloqador   bo’lgan
san’at ruhShunosligi va badiiy ijod ruhShunosligi deb atalgan yo’nalishlar mavjud.
Estetika   va   sotsiologiya.     Bugungi   kunda   estetikaning   sostiologiya
(ijtimoiyShunoslik)  bilan  aloqadorligi   juda ham   muhim. Ma’lumki,  har   bir   san’at
asari alohida inson shaxsiga e’tibor qilgani holda, jamiyatni ijtimoiy munosabatlar

 Qarang:  Аристотел .  Сочинения в 4-х т., Т-1, М., Мысл, С. 326.  tizimi   sifatida   badiiy   tadqiq   etadi.   Hatto   inson   va   jamiyat   bevosita   aks   etmagan
manzara   janridagi   asarda   ham   ijtimoiylik   jamiyat   a’zosi   –   muallif   qarashlarining
bilvosita   in’ikosi   bo’lmish   uslubda   o’zini   ko’rsatadi.   Zero   asar   muallifi   hech
qachon   o’zi   mansub   jamiyatdan   chetda   «tomoshabin»   bo’lib   turolmaydi.
Shuningdek, yirik asarlar  sostiologik tadqiqotlar  uchun o’ziga xos material bo’lib
xizmat   qiladi.   Bundan   tashqari,   sostiologiya   jamiyat   bilan   san’atning   o’zaro
aloqalarini,   san’atning   ijtimoiy   vazifalarini   o’rganadi;   san’atkorning   jamiyatdagi
o’rni,   mavqei,   o’quvchi   va   tomoshabinlarning   ijtimoiy-demografik   holatlarini
tadqiq   etadi;   shaxs   ijtimoiylaShuvida   san’atkor   va   san’at   asarining   ahamiyatini
tahlil   qiladi.   Bu   muammolarni   atroflicha   o’rganish   uchun   maxsus   san’at
sostiologiyasi   sohasi   ham   mavjud.   U   ham   ijtimoiyShunoslikka,   ham
nafosatShunoslikka   birday   tegishlidir.   Ayni   zamonda,   muayyan   san’at   asarlari,
janrlari   va   turlarining   jamiyatdagi   mavqeini   aniqlab   beruvchi   maxsus   sostiologik
so’rov   usullari   ham   mavjudki,   ular   Shubhasiz,   san’at   taraqqiyotiga,   estetikaning
san’at sohasida to’g’ri yo’nalish tanlashiga ko’maklashadi.
Estetik   va   dinshunoslik.   Estetikaning   dinshunoslik   bilan   aloqasi   alohida
diqqatga   sazovor.   Chunki     din   va   san’at   doimo   bir-birini   to’ldirib   keladi   va   ko’p
hollarda   biri   boshqasi   uchun   yashash   sharti   bo’lib   maydonga   chiqadi.   Buning
ustiga,   har   bir   umumjahoniy   dinning   «o’z   tasarrufidagi»   san’at   turlari   bor:
buddhachilik   uchun   -   haykaltaroshlik,   nasroniylik   uchun   -tasviriy   san’at,
musulmonchilik uchun - badiiy adabiyot. Shuningdek, barcha umumjahoniy dinlar
o’z ibodatxonalari bo’lishini taqozo etadi. Ibodatxonalarning esa me’morlik san’ati
bilan bog’liqligi hammamizga ma’lum. 
Umuman olganda, dinlar deyarli barcha san’at turlari bilan aloqadorlikda ish
ko’radi. Asrlar mobaynida ana Shu aloqalar natijasi o’laroq, san’at asarining o’ziga
xos   ko’rinishi   –   diniy-badiiy   asar   vujudga   keldi.   «Abu   Muslim   jangnomasi»,
SHohizinda   me’morlik   majmui,   Kyoln   jomesi,   Rembrandtning   «Muqaddas   oila»
asari, Hindi-Xitoy mintaqasidagi Buddha ibodatxonalari ana Shunday diniy-badiiy
asarlardir.   Ularda   diniy   g’oyalar   badiiyat   orqali   ifoda   topgan.   NafosatShunoslik
bunday   asarlarni   tadqiq   etar   ekan,   albatta,   dinshunoslik   bilan   hamkorlik   qilmay iloji   yo’q:   u   o’sha   diniy   g’oyalarning   mohiyatini,   har   bir   umumjahoniy   dinning
san’at oldiga qo’ygan talablarini yaxshi bilmog’i va hisobga olmog’i lozim.
Estetika   va   pedagogika.   Estetikaning   pedagogika   bilan   aloqasi   tarbiya
muammolarini   hal   qilish   borasida   yaqqol   ko’zga   tashlanadi.   Chunki     pedagogika
ham   ma’lum   ma’noda   nafosat   tarbiyasi   bilan   Shug’ullanadi.   Lekin   bu   tarbiya
alohida-alohida,   muxtor   qismlarga   bo’lingan   holda,   turli   yosh   va   sohalar   uchun
maxsus belgilangan tarbiya tarzida, ya’ni muayyan, aniq chegaralarda olib boriladi.
Masalan,   maktabgacha   tarbiya,   o’quvchilar   tarbiyasi,   sportchilar   tarbiyasi   v.   h.
Pedagogika   ana   Shu   sohalar   va   yosh   bo’yicha   olib   borilayotgan   estetik   tarbiya
muammolarini   o’rganadi.   Estetika   esa   nafosat   tarbiyasining   umumiy   qonun-
qoidalarini ishlab chiqadi, ya’ni, inson tug’ilganidan boshlab to o’lgunigacha bosib
o’tadigan   bosqichlar   uchun   umumiy   bo’lgan   tarbiya   falsafasi   sifatida   ish   ko’radi.
Demak,   rus   nafosatShunosi   M.   Kagan   aytganidek,   pedagogika   tarbiya   borasida
taktik tabiatga ega bo’lsa, nafosatShunoslik uning strategiyasidir. Foydalanilgan adabiyotlar
Asosiy adabiyotlar
A1. J.Ya.Yaxshilikov ,   N.E.Muhammadiyev.Falsafa:Darslik.-
Samarqand.2021.  – 712.
A2. Q.Nazarov   [va   boshq.].   Falsafa   asoslari   [Matn]:   o‘quv   qollanma   /   -
Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2018. - 380 b.
A3. Falsafa   asoslari .   (mas.   muh:   Q.Nazarov ).   -   Т :     O‘zbekiston,   2005.   -
384  б .
A4. Dinshunoslik.  O‘quv qollanma / - Toshkent:  ТИҚХММИ , 2019. - 338
b.  
A5 Emirova  Ye.,  Strelsova  A.  Vvedeniye   v  filosofiyu.  –  T.:   Universitet,
2008.
A6 Xaitov Sh. O ‘zbekiston falsafa tarixi. –T.: Noshir, 2011. – 560 bet. 
A7 Turayev   B.   Borliq   (falsafiy   tahlil).   –   Samarqand.:   Imom   Buxoriy
xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, 2021. – 130 bet.
A8 Shermuxamedova N.A. Falsafa. O‘quv qollanma / - Toshkent. 2010. -
574 b.

ESTETIKA NAZARIYASI Reja: 1. Estetika fanining predmeti, ob'ekti va falsafiy mohiyati 2. Estetika xaqidagi qarashlar tarixi 3. Estetika kategoriyalari va ularning o'zaro aloqadorligi.

Estetika yoxud nafosatShunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o’z ichiga oladi. Biroq u o’zining hozirgi nomini XYIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo’lmish go’zallik va san’at haqidagi mulohazalar har xil san’at turlariga bag’ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o’z aksini topgan edi. «Estetika» atamasini birinchi bo’lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714— 1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug’ olmon faylasufi G. Laybnist (1646-1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi. Laybnist inson ma’naviy olamini uch sohaga: aql – idrok , iroda-ixtiyor , his- tuyg’u ga bo’ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o’rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha aql – idrokni o’rganadigan fan – mantiq, iroda – ixtiyorni o’rganuvchi fan esa – axloqShunoslik (etika)ning falsafada ko’pdan buyon o’z o’rni bor edi. Biroq his-tuyg’uni o’rganadigan fan falsafiy maqomda o’z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi xizmati Shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos – «oyestetikos» so’zidan «estetika» (olmoncha «estetik» – «eshtetik») iborasini olib, ana Shu bo’shliqni to’ldirdi. Baumgarten estetikani hissiy idrok etish nazariyasi sifatida olib qaradi. Lekin, ko’p o’tmay, u goh «go’zallik falsafasi», goh «san’at falsafasi» sifatida talqin etila boshlandi. NafosatShunoslik fanining eng buyuk nazariyotchilaridan biri Gegel esa o’z ma’ruzalarining kirish qismida yozadi: «Estetika» degan nom muvaffaqiyastiz chiqqani va yuzaki ekani sababli boshqa atama qo’llashga urinishlar bo’ldi... So’zning o’z-o’zicha bizni qiziqtirmasligini nazarda tutib, biz «estetika» nomini saqlab qolishga tayyormiz, buning ustiga, u odatiy nutqqa singishib ketgan. Shunga qaramay, bizning fanimiz mazmuniga javob beradigan ibora, bu – « san’at falsafasi » yoki yana ham aniqroq qilib aytganda – « badiiy ijod falsafasi » . Gegelning «estetika» atamasidan ko’ngli to’lmaganligiga jiddiy sabablar bor. Bulardan biri – yuqorida uning o’zi aytib o’tgan fikrlari bo’lsa, ikkinchisi – mazkur so’zning barcha his=tuyg’ularga taalluqliligi. Vaholanki, bu fan faqat nafosatli his tuyg’ular va ularning ziddini nazarda tutadi. Ayniqsa, mana Shu ikkinchi sababga

ko’ra, «estetika» atamasining talabga javob berishi Shubhali. Buning ustiga allaqachon mazkur fan tadqiqot doirasi san’at hududidan chiqib, inson hayotining deyarli barcha sohalariga yoyilib ketgan. Shu bois «nafosatShunoslik» atamasi ham ilmiy muomalaga kiritildi. Zero mazkur atamaga asos bo’lgan «nafis», «nafislik», «nafosat» so’zlari o’z qamrovi bilan fan talablariga javob bera oladi. «Nafis» so’zi «O’zbek tilining izohli lug’ati»da – go’zal, nozik, latif, yoqimli, badiiy jihatdan juda yuksak degan ma’nolarda izohlanadi 1 . Shu sababli Gegelning izidan borib, «Estetika» atamasini saqlab qolgan holda, «nafosatShunoslik» iborasidan ham foydalanish mumkin, deb o’ylaymiz. Endi «Estetika» fanining mohiyatini anglatadigan « san’at falsafasi » va «go’zallik falsafasi» iboralariga to’xtalamiz. NafosatShunoslik tarixida birinchi ibora tarafdorlari ko’pchilikni tashkil etadi. Lekin, yuqorida aytib o’tganimizdek, san’at bu fanning yagona tadqiqot ob’ekti emas. Hozirgi paytda texnika estetikasi va uning amaliyotdagi sohasi dizayn, atrof-muhitni go’zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammolar bilan ham Shu fan Shug’ullanadi. Demak, uning qamrovini san’atning o’zi bilangina chegaralab qo’yishga haqqimiz yo’q. Zero bugungi kunda inson o’zini o’rab turgan barcha narsa=hodisalarning go’zal bo’lishini, har qadamda nafosatni his etishni istaydi: biz taqib yurgan soat, biz kiygan kiyim, biz haydayotgan mashina, biz uchadigan samolyot, biz yashayotgan uy, biz mehnat qiladigan ishxona, biz yurgizayotgan dastgoh, biz yozayotgan qalam, biz dam oladigan tomoshabog’lar – hammasidan nafis bir ruh ufurib turishi lozim. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqsak, «Go’zallik falsafasi» degan ibora bu fanning mohiyatiga ko’proq mos keladi. Negaki, u faqat san’atdagi go’zallikni emas, balki insondagi, jamiyat va tabiatdagi go’zallikni ham o’rganadi. Shuningdek, go’zallikdan boshqa ulug’vorlik, fojeaviylik, kulgililik, mo’’jizaviylik, xayoliylik, uyg’unlik, noziklik singari ko’pdan-ko’p tushunchalar mavjudki, ularni tadqiq etish ham estetika fanining zimmasida. Lekin, bu o’rinda, Shuni unutmaslik kerakki, mazkur tushunchalarning har birida go’zallik, bir 1 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Икки томли, 2 том, М., Русский язы к , 1981. 497 – 498-б.

tomondan, unsur sifatida ishtirok esta, ikkinchi tomondan, ularning o’zi go’zallikka nisbatan unsur vazifasini o’taydi. Ana Shu xususiyatlarning voqelikda namoyon bo’lishini biz nafosat deb ataymiz. Go’zallik, ko’rganimizdek, nafosatning bosh, etakchi xususiyati hisoblanadi. Shu bois u estetikaning mezoniy tushunchalaridan biri sifatida tadqiq va talqin etiladi. Zero go’zallikning ishtirokisiz yuqoridagi xususiyatlarning birortasi estetik tabiatiga ega bo’lolmaydi. Masalan, ulug’vorlikni olaylik. U asosan hajmga, miqyosga miqdorga asoslanadi: Buxorodagi Arslonxon minorasi yoxud Minorai Kalon ulug’vorligi bilan kishini hayratga soladi. Unga tikilar ekansiz, qalbingizni nafosat zavqi qamrab oladi. Lekin xuddi Shunday balandlikdagi kimyoviy korxona mo’risidan zavqlanolmaysiz. YOki yonbag’irdan turib, toqqa tikilsangiz, estetik zavq tuyasiz, ammo xuddi Shunday balandlikdagi shahar chetida o’sib chiqqan axlat «tog’i»ga qarab zavqlanmaysiz. Chunki Arslonxon minorasi me’morlik san’ati asari sifatida go’zallik qonuniyatlari asosida bunyod etilgan; tog’ esa tabiat yaratgan ulug’vor go’zallik. Zavod mo’risida ham, axlat «tog’»ida ham hajm, miqdor boru, lekin bir narsa –go’zallik etishmaydi. Minora bilan tog’dagi hajmni salobatga aylantiruvchi unsur, bu – go’zallik. Fojeaviylik xususiyatida ham go’zallikning ishtirokini ko’rish mumkin. Misol sifatida Lev Tolstoyning «Urush va tinchlik» romanidagi Austrlistda bo’lib o’tgan rus va franstuz qo’shinlari to’qnaShuvidan so’ng, jang maydonida yarador bo’lib yotgan knyaz Andrey Bolkonskiyni eslaylik: bir qo’lida bayroq dastasini ushlagancha, ko’m=ko’k maysada moviy osmonga qarab yotgan, oppoq mundirli botir yigit – bayroqdor zobitning tepasiga kelgan Napoleon uni o’lgan deb o’ylab, bu manzaradan hayratlanib: «Mana bu – go’zal o’lim!», deydi. Bu o’rinda asar qahramonining o’limi – fojeaviylik, o’limning qahramonlikka aylanishi – ulug’vorlik; fojeaviylik bilan ulug’vorlik xususiyatlarining omuxtalaShuvi natijasida esa go’zal manzara, qayg’uli va ulug’vor go’zallik vujudga kelgan. Shuning uchun ham Napoleonning hayrotomuz xitobi bejiz emas. Ayni paytda go’zallik yuqorida keltirilgan estetik xususiyatlar va tushunchalarning «mustaqilligiga» daxl qilmaydi, faqat ularning hujayrasida u yoki bu darajadagi unsur sifatida ishtirok etadi. Demak, estetikaning

asosiy tadqiqot ob’ekti – go’zallik, biroq, birinchi galdagi vazifasi ana Shu go’zallikni aks ettirish bo’lgan san’at ham o’z navbatida nafosatShunoslikning keng qamrovli tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. San’at estetikaning tadqiqot ob’ekti sifatida o’ziga xos olam. Unda estetik xususiyatlar bo’rtib ko’zga tashlanadi. Shunga ko’ra, uni nafosatga burkangan ijtimoiy hodisa deyish mumkin. San’at hayotni in’ikos ettirar ekan, insonning o’zini o’ziga ko’rsatuvchi ulkan ko’zgu vazifasini o’taydi. U insonni o’rgatadi, da’vat etadi, go’zallashtiradi. Bu vazifalarni bajarishda estetika san’atning ko’makchisi, etakchisi hisoblanadi. Estetika bir tomondan, san’atning paydo bo’lishidan tortib, uning turlariyu janrlarigacha, san’at asarining ichki murvatlaridan tortib, san’atkorning ijodkorlik tabiatigacha bo’lgan barcha jarayonlarni o’rganadi. Ikkinchi tomondan, san’at uchun umumiy qonun-qoidalarni ishlab chiqadi va tadbiq etadi. Uchinchi tomondan esa, san’at asarini idrok etayotgan kishi ruhidagi o’zgarishlarni nafosat nuqtayi nazaridan tadqiq qiladi. Shunday qilib, estetika san’atni to’la qamrab oladi va uning ich=ichiga kirib boradi: badiiy asarning yaratilish arafasidagi shart=sharoitlardan tortib, to u bunyodga kelib, asl egasi – idrok etuvchiga etib borgunigacha bo’lgan va undan keyingi jarayonlarni tadqiq etadi hamda ulardan nazariy xulosalar chiqaradi. Zero «San’at falsafasi» iborasining siri ana Shunda. Estetika – falsafiy fanlardan biri. Falsafa esa fanlarning podshosidir. Darhaqiqat, u fanlar podshosi sifatida barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlarni o’z qamroviga olib, ulardan umumiy xulosalar chiqarib, Shular asosida insoniyatni haqiqat tomon etaklaydi. Shu bois tafakkurni falsafaning predmeti deb atash maqsadga muvofiq. Estetika esa falsafiy fan sifatida barcha san’atShunoslik fanlari erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, Shu xulosalar asosida insonni go’zallik orqali haqiqatga etishtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, estetika ishlab chiqqan qonun=qoidalar barcha san’atShunoslik fanlari uchun umumiylik xususiyatiga ega. Masalan, uslub, ritm, kompozistiya v. h. borasidagi qonuniyatlar barcha san’at turlariga taalluqli. Hech bir alohida san’at turi haqidagi