Estetika haqida
Reja: 1. Estetikaning falsafiy mohiyati. 2. Estetikaning ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi. 3. Estetikaning amaliy ahamiyati.
Estetika yoxud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan bin. Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o‘z ichiga oladi. Biroq u o‘zining hozi^gi nomini XVIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo‘lmish go‘zallik va san’at haqidagi mulohazalar har xil san’at turlariga bag‘ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o‘z aksini topgan edi. “Estetika” atamasini birinchi bo6lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Gotlib Baumgarten (Baumgarten / 1714—1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug‘ olmon faylasufi Gotfrid Vilgelm Leybnis (Leibniz / 1646—1716) ta ’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi. Leybnis inson ma’naviy olamini uch sohaga — aql-idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg‘uga bo‘ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o‘rganish lozimligini ta ’kidlaydi. Baumgartengacha aql-idrokni o‘rganadigan fan — mantiq, iroda-ixtiyorni o ‘rganuvchi fan esa — axloqshunoslik (etika)ning falsafada ko‘pdan buyon o‘z o‘rni bor edi. Biroq his-tuyg‘uni o ‘rganadigan fan falsafiy maqomda o‘z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi xizmati shundaki, u “his qilish”, “sezish” , “his etiladigan” singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos — “oyestetikos” so‘zidan “estetika” (olmoncha “estetik” — “eshtetik”) iborasini olib, ana shu bo‘shliqni to ‘ldirdi. Baumgarten estetikani hissiy idrok etish nazariyasi sifatida olib qaradi. Lekin, kop o‘tmay, u goh “go‘zallik falsafasi” , goh “san’at falsafasi” s ifa tid a ta lq in etila b o sh lan d i. E ste tik a fan in in g eng buyuk nazariyotchilaridan biri Georg Vilgelm Fridrix Xegel (Hegel / 1770— 1831) esa o‘z ma’ruzalarining kirish qismida yozadi: “Estetika” degan nom muvaffaqiyatsiz chiqqani va yuzaki ekani sababli boshqa atama qo4llashga urinishlar bo'ldi. So‘zning o 'z -o ‘zicha bizni qiziqtirmasligini nazarda tutib, biz “estetika” nomini saqlab qolishga tayyormiz, buning ustiga, u odatiy nutqqa singishib ketgan. Shunga qaramay, bizning fanimiz mazmuniga javob beradigan ibora, bu — “san’at falsafasi” yoki yana ham aniqroq qilib aytganda — “badiiy ijod falsafasi”.
Xegelning “estetika” atamasidan ko‘ngli tolmaganligiga jiddiy sabablar bor. Bulardan biri — yuqorida uning o‘zi aytib o‘tgan fikrlari bo‘lsa, ikkinchisi ~ mazkur so‘zning barcha his-tuyg‘ularga taalluqliligi. Vaholanki, bu fan faqat nafosatli his-tuyg‘ular va ularning ziddini nazarda tutadi. Ayniqsa, mana shu ikkinchi sababga ko‘ra, “estetika” atamasining talabga javob berishi shubhali. Buning ustiga allaqachon mazkur fan tadqiqot doirasi san’at hududidan chiqib, inson hayotining deyarli barcha sohalariga yoyilib ketgan. Shu bois “estetika” atamasi ham ilmiy muomalaga kiritilgan. Zero, mazkur atamaga asos bo‘lgan “nafis”, “nafislik”, “nafosat” so‘zlari o ‘z qamrovi bilan fan talablariga to‘la javob bera oladi. “Nafis” so‘zi “0 ‘zbek tilining izohli lug‘ati”da — go4zal, nozik, latif, yoqimli, badiiy jihatdan juda yuksak ma’nolarda izohlanadi. Shu sababli Xegelning izidan borib, “estetika” atamasini saqlab qolgan holda endilikda “estetika” iborasidan foydalanish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz. Endi “Estetika” fanining mohiyatini anglatadigan “san’at falsafasi” va “go‘zallik falsafasi” iboralariga to‘xtalamiz. Estetika tarixida birinchi ibora tarafdorlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Lekin, yuqorida aytib o ‘tganimizdek, san’at bu fanning yagona tadqiqot obyekti emas. Hozirgi paytda texnika estetikasi va uning amaliyotdagi sohasi dizayn, atrofmuhitni go4zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammolar bilan ham shu fanimiz shug‘ullanadi. Demak, uning qamrovini san’atning o‘zi bilangina chegaralab qo‘yishga haqqimiz yo‘q. Zero, bugungi kunda inson o ‘zini o‘rab turgan barcha narsa-hodisalarning go‘zal bo‘lishini, har qadamda nafosatni his etishni istaydi: biz taqib yurgan soat, biz kiygan kiyim, biz haydayotgan mashina, biz uchadigan sayyora, biz yashayotgan uy, biz mehnat qiladigan ishxona, biz yurgizayotgan dastgoh, biz yozayotgan qalam, biz dam oladigan tomoshabog'lar — hammasidan nafis bir ruh ufurib turishi lozim. - Yuqorida aytilganlardan kelib chiqsak, “Go^allik falsafasi” degan ibora bu fan mohiyatiga ko‘proq mos keladi. Negaki, u faqat san’atdagi
go‘zallikni emas, balki insondagi, jamiyat va tabiatdagi go'zallikni ham o ‘rganadi. Shuningdek, go4zallikdan boshqa ulug^orlik, fojiaviylik, kulgililik, mo‘jizaviylik, hayolilik, uyg^nlik, noziklik singari ko‘pdan ko'p tushunchalar mavjudki, ularni tadqiq etish ham estetika fanining zimmasida. Lekin, bu o ‘rinda, shuni unutmaslik kerakki, mazkur tushunchalarning har birida go‘zallik bir tomondan unsur (element) sifatida ishtirok etsa, ikkinchi tomondan, ularning o‘zi go'zallikka nisbatan unsur vazifasini o‘taydi. Ana shu xususiyatlarning voqelikda namoyon bo‘lishini biz nafosat deb ataymiz. Go‘zallik, ko‘rganimizdek, nafosatning bosh, yetakchi xususiyati hisoblanadi. Shu bois u estetikaning mezoniy tushunchalaridan biri sifatida tadqiq va talqin etiladi. Zero, go £ zallikning ishtirokisiz yuqoridagi xususiyatlarning birortasi estetik tabiatga ega bo‘lolmaydi. Masalan, ulug‘vorlikni olaylik. U asosan hajmga, miqyosga, miqdorga asoslanadi: Buxorodagi “Arslonxon” minorasi yoxud “Minorai Kalon” ulug‘vorligi bilan kishini hayratga soladi. Unga tikilar ekansiz, qalbingizni nafosat zavqi qamrab oladi. Lekin xuddi shunday balandlikdagi kimyoviy korxona mo‘risidan zavqlana olmaysiz. Yoki yonbag‘irdan turib, toqqa tikilsangiz, estetik zavq tuyasiz, ammo xuddi shunday balandlikdagi shahar chetida o‘sib chiqqan axlat “togT’ga qarab zavqlanmaysiz. Chunki, Arslonxon minorasi me’morlik san’ati asari sifatida go'zallik qonuniyatlari asosida bunyod etilgan, tog' esa tabiat yaratgan ulug‘vor go‘zallik. Zavod mofirisida ham, axlat “tog‘”ida ham hajm, miqdor boru, lekin bir narsa — go‘zallik etishmaydi. Minora bilan tog‘dagi hajmni salobatga aylantiruvchi unsur bu — go'zallik. Fojiaviylik xususiyatida ham go‘zallikning ishtirokini ko‘rish mumkin. Misol sifatida Lev Tolstoyning “Urush va tinchlik” romanidagi Austrlisda b o ‘lib o ‘tgan rus va fransuz q o ‘shinlari to‘qnashuvidan so'ng, jang maydonida yarador bo‘lib yotgan knyaz Andrey Bolkonskiyni eslaylik: bir qo‘lida bayroq dastasini ushlagancha ko‘mko‘
k maysada moviy osmonga qarab yotgan, oppoq mundirli botir yigit — bayroqdor zobitning tepasiga kelgan Napoleon uni o‘lgan deb o‘ylab, bu manzaradan hayratlanib: “Mana bu — go‘zal o‘lim!”, deydi. Bu o‘rinda asar qahramonining o ‘limi — fojiaviylik, o'limning qahramonlikka aylanishi — ulug‘vorlik; fojiaviylik bilan ulug'vorlik xususiyatlarining omuxtalashuvi natijasida esa go‘zal manzara, qayg‘uli va ulug'vor go'zallik vujudga kelgan. Shuning uchun ham Napoleonning hayrotomuz xitobi bejiz emas. Demak, estetikaning asosiy tadqiqot obyekti — go‘zallik, biroq, san’at ham o‘z navbatida estetikaning go'zallik kabi keng qamrovli tadqiqot obyekti hisoblanadi. San’at estetikaning obyekti sifatida o‘ziga xos olam. Unda estetik xususiyatlar bo‘rtib ko‘zga tashlanadi. Shunga ko'ra, uni nafosatga burkangan ijtimoiy hodisa deyish mumkin. San’at hayotni in’ikos ettirar ekan, insonning o‘zini o‘ziga ko‘rsatuvchi ulkan ko‘zgu vazifasini o'taydi. U insonni o'rgatadi, da’vat etadi, go‘zallashtiradi. Bu vazifalarni bajarishda estetika san’atning ko'makchisi, yetakchisi hisoblanadi. Estetika bir tomondan, san’atning paydo bo ‘lishidan tortib, uning turlariyu janrlarigacha, san’at asarining ichki murvatlaridan tortib, san’atkorning ijodkorlik tabiatigacha bo4lgan barcha jarayonlarni o‘rganadi. Ikkinchi tomondan, san’at uchun umumiy qonun-qoidalarni ishlab chiqadi va tatbiq etadi. Uchinchi tomondan, esa san’at asarini idrok etayotgan kishi ruhidagi o'zgarishlarni nafosat nuqtayi nazaridan tadqiq qiladi. Shunday qilib, estetika san’atni to‘la qamrab oladi va uning ichichiga kirib boradi: badiiy asarning yaratilish arafasidagi shart-sharoitlardan tortib, to u bunyodga kelib, asl egasi — idrok etuvchiga yetib borgunigacha bo'lgan va undan keyingi jarayonlarni tadqiq etadi, hamda, ulardan nazariy xulosalar chiqaradi. Zero, “San’at falsafasi” iborasining siri ana shunda. Estetika — falsafiy fanlardan biri. Falsafa esa fanlarning podshosidir. Darhaqiqat, u fanlar podshosi sifatida barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlarni o ‘z qamroviga olib, ulardan umumiy xulosalar