ISTE’MOLCHILAR TANLOVI NAZARIYASI
ISTE’MOLCHILAR TANLOVI NAZARIYASI Reja: 1. I ste'molchi tanlovi va uning a fzal ko`rishi 2. Iste'molchilarning xatti-harakatlariga xulq-atvor yondashuvlari 3. Befarqlik egri chizig`i va i ste'molchi budjetining cheklanganligi 4. O’rnini bosish va daromad samarasi Adabiyotlar 1
1. Iste'molchi tanlovi va uning afzal ko`rishi Odatda cheklangan mablag`lar va vaqtni qanday taqsimlash to'g'risida har kuni son-sanoqsiz qarorlar qabul qilamiz. Biz ovqatlanish uchun palovmi yoki gamburger sotib olamizmi? Yangi mashina sotib olamizmi yoki eskisini tuzatganimiz ma`qulmi? Daromadimizni bugun sarflaganimiz ma`qulmi yoki kelajakka jamg'arg`arishimiz? Biz talab va istaklarimizni muvozanatlashtirib, hayotimizni belgilaydigan tanlovlarni qabul qilamiz. Ushbu individual tanlov natijalari avvalgi boblarda uchragan talab egri chiziqlari va narxlarning egiluvchanligi asosida yotadi. Ushbu bobda iste'molchilar tanlovi va o'zini tutishining asosiy tamoyillari o'rganib chiqilgan. Bozor talabining shakllarini shaxslar o'zlarining eng afzal ko'rgan iste'mol tovarlari to'plamini izlash jarayoni bilan qanday izohlash mumkinligini ko'rib chiqamiz. Iste'molchilarning xatti-harakatlarini tushuntirishda iqtisodiyot odamlar eng yuqori baho beradigan tovar va xizmatlarni tanlashi haqidagi g`oyani ilgari suradi. Iste'molchilar turli xil iste'mol imkoniyatlarini tanlash usulini tavsiflash uchun bir asr oldin iqtisodchilar foydali dastur tushunchasini ishlab chiqdilar. 1854 yilda nashr etilgan "Ijtimoiy almashinish qonunlari va jamoat savdosining keyingi qoidalari" kitobida Gossen marginal foydalilik nazariyasining asosiy tamoyillarini matematik jihatdan asoslab berdi. U Leon Valras, Uilyam Jevons va boshqa matematik maktab vakillarining nazariy va matematik konstruktsiyalarini taxmin qiladigan Gossenning ikkita qonunini ishlab chiqdi. Gossenning ikkinchi qonuni: "Inson har qanday lazzat uchun sarf qilingan pulning oxirgi atomini bir xil miqdordagi zavq keltiradigan qilib har xil lazzatlanishlar o'rtasida ishlagan pulini taqsimlasa, u hayotdan maksimal darajada zavq oladi". U eng muhim iqtisodiy jarayonlarni maksimal foydali dastur g'oyasi nuqtai nazaridan tushuntirdi. Ushbu qonunlar iqtisodiy munosabatlarga matematik nuqtai 2
nazardan qaradi. Yozish tilining murakkabligi va ko'plab formulalar haddan tashqari ko'pligi tufayli uning kitobi oz sonli nusxada saqlanib qoldi. Gossen nazariyasi Avstriya maktabi bilan ba'zi umumiy metodologik tamoyillar bilan bog'langan. Gossen va Menger mar j inal foyda va mar j inal qiymat mavjudligidan kelib chiqdilar. Biroq, Gossen narxlar nazariyasini marginal foydalilik asosida, Menger esa marjinal qiymat asosida barpo etdi, bu ularning iqtisodiy nazariyaga yondashuvlarini tubdan ajratib turadi. Iste'molchi tanlovi nazariyasida uch qoida (postulata) amal qiladi: 1. Iste'molchi lar barcha ne`matlarni klassifikatsiya qiladi va bir-biri bilan solishtira oladi.ya`ni, ular bozorda musta q il va x ech kimga bog`liq emas. 2. Iste'molchi xohishi tranzitivdir (o`zgaruvchan). Agar iste`molchi A majmuani B ga nisbatan ko`proq xoxlasa va B majmuani C majmuadan ko`ra ko`proq xoxlasa, unda u A majmuani C majmuaga nisbatan ko`proq xoxlagan bo`ladi, ya`ni: A > B; B > C bo`lsa, demak A > C 3. To`yinmaslik, Iste'molchi bozorda o‘z etiyojlarini to‘laroq qondirishga harakat qiladi, ya`ni, har doim ne`matning ko`proq qismini kamroq qismidan afzal ko`radi . Iste‘molchi o‘zining didi va ruhiyatiga ko‘ra turli xil tovarlar to‘plamini ma‘qul ko‘rishi mumkin. Bunda u tovarlarning ma‘lum bir to‘plamini boshqa biriga taqqoslab ko‘radi. Iste‘molchi tanlovini tushuntirishda befarqlik egri chizig‘i muhim rol o‘ynaydi. M uqobil tanlov quyidagi shartlarni keltirib chiqaradi: birinchidan, tanlov nuqtasining byudjet chizig‘ida yotishi. Iste‘molchi amalda barcha daromadini iste‘molga sarflamay, ma‘lum qismini kelgusidagi iste‘molga qoldirsa-da, nazariy jihatdan biz uni barchasi sarflanadi, deb faraz qilamiz. Agar nuqta byudjet chizig‘idan chapda yotsa – daromadining to‘liq sarflanmaganligini, o‘ngda yotsa – sarflar imkoniyat darajasidan chetga chiqilganligini tushunamiz; 3
ikkinchidan, tanlangan iste‘mol tovarlari to‘plami eng ma‘qul ko‘rilgan kombinatsiyada bo‘lishi lozim. 1-chizma. Iste’molchining optimal tanlovi 1 Chizmada uchta befarqlik egri chizig‘i ifodalangan bo‘lib, ular iste‘molchiga turli darajadagi qoniqish beradi: I3 – eng yuqori darajadagi qoniqish; I2 – o‘rtacha qoniqish; I1 – eng kam qoniqish. Har bir egri chiziqda iste‘molchi tanlovini ifodalovchi bittadan nuqta joylashgan: I1 da – C; I2 da – D; I3 da – F nuqtalar. C va D nuqtalar bir hil byudjet chizig‘ida joylashganligi uchun ikkala kombinatsiyaga ham bir hil byudjet sarflanadi. Iste‘molchining C nuqtani tanlashi oqilona emas, chunki D nuqta unga nisbatan ko‘proq ehtiyojni qondiradi; F nuqta ehtiyojni to‘laroq qondirishi mumkin, biroq u byudjet imkoniyatidan tashqariga chiqish hisoblanadi. D nuqtada iste‘molchi ehtiyojlarining qondirilishi maksimumlashadi, chunki bu nuqta ehtiyojlarning yuqori darajada qondirilishini ta‘minlovchi tovar va xizmatlar to‘plami eng ko‘p qoniqish beruvchi befarqlik egri chizig‘ining byudjet chizig‘i bilan kesishgan joyida yotadi. D nuqta ayni paytda byudjet chizig‘ining va befarqlik egri chizig‘i joylashishining bir xil darajasini ko‘rsatadi. D nuqtada byudjet A va B tovarlar narxlari nisbatiga teng, befarqlik egri chizig‘ida esa A va B tovarlar so‘nggi qo‘shilgan nafliliklari nisbatiga teng. Bundan kelib chiqib quyidagi formulani keltirishimiz mumkin 2 : 1 Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition, McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 375-p. 2 Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition, McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 375 p. 4
Suv va brilliant paradoksi A.Smit o‘z davrida ayrim real hayotimizdagi jumboqlarni yecha olmagan. Xususan bizning yashashimiz uchun muhim, demakki nafliligi juda baland bo‘lgan narsalarning narxi ancha past, aksincha biz uchun unchalik muhim bo‘lmagan, nafliligi kam bo‘lgan narsalarning narxi esa baland bo‘lishini tushuntirib bera olmagan. Masalan, suvning nafliligi juda baland ammo narxi past, brilliantning narxi juda baland lekin nafliligi juda past. Bu paradoksning yechimi shundaki, suv taklifi unga bo‘lgan talabga nisbatan ancha ko‘p, shuning uchun narxi past. Brilliantlarni ishlab chiqarish qiyin bo‘lganligi sababli uning taklifi unga bo‘lgan talabga nisbatan kam. Shuning uchun uning narxi baland. Suvning oxirgi birligining sunggi qo‘shilgan nafliligi juda ham past. Brilliantniki esa baland. Ammo bu uning umumiy nafliliklari ham shu nisbatda bo‘ladi degani emas. Aslida, suvning umumiy nafliligi biz uchun juda ham baland, faqatgina uni ko‘p miqdorda iste‘mol qilganimiz uchungina uning so‘nggi qo‘shilgan nafliligi brilliantnikidan pastga tushib ketadi. Brilliantning narxi baland bo‘lganligi sababli uni kam iste‘mol qilamiz va shuning uchun uning umumiy nafliligi kam 3 . Iste’molchining bozordagi hatti-harakati so‘nggi qo‘shilgan naflilik nazariyasi hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. Bu nazariya yordamida iste’molchining manfaati nuqtai-nazaridan uning afzal ko‘rishi qoidalari bayon etiladi. Agar naflilikka iste’molchi o‘lchami bilan qaralsa, u iste’molchining biron- bir ne’matni iste’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi. Iste’molchi tomonidan o‘zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi iste’molchining afzal ko‘rishi deyiladi. 3 Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition, McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 366 бет 5