Tashqi muhitning mikroorganizmlar bilan ifloslanishi.
Tashqi muhitning mikroorganizmlar bilan ifloslanishi. REJA: 1.Tashqi muhitda uchraydigan patogen va saprofit mikroorganizmlar. 2. Tashqi muhit sharoitida keng tarqalgan mikroorganizmlar 3. Yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi tashqi muhit omillari.
Tashqi muhitdagi mikroorganizmlar dunyosi juda katta bo’lib, keng tarqalgan. Tashqi muhit hayvonlardan ajralayotgan patogen va shartli patogen mikroorganizmlar uchun tabiiy yashash joyi hisoblanmaydi. Chunki tashqi muhit sharoitida yashash uchun zarur sharoit, oziqa, kerakli harorat, namlik va rN muhiti doimo uchramaydi. Shu sababli organik moddalarni ko’p saqlaydigan tashqi muhit - patogen mikroorganizmlar yashashi hamda patogenlik xususiyatini saqlay oladigan sharoit hisoblanadi. Tashqi muhit omillaridan havo, suv, tuproq va oziqalarda doimo uchrab turadigan mikroorganizmlarga quyidagilar kiradi: Bakteriyalar - shakli, o’lchami va ba’zi biologik xususiyatlari bilan farq qiladigan bir hujayrali mikroorganizmlar bo’lib, sharsimon (kokklar), tayoqchasimon (bakteriya, basilla va klostridiylar) va burama (vibrion, spirillalar, spiroxetlar) shaklli bo’ladi. Bakteriya hujayrasi qobiq, sitoplazma va o’zak apparatidan iborat spora , k apsula, xivchinlar bakteriyaning doimiy bo’lmagan elementidir. Rikketsiyalar - bir hujayrali, harakatsiz, polimorf, grammanfiy organizmdir. Shakli va o’lchami bilan bakteriyalarga, kultural va biologik xususiyatlari bilan viruslarga o’xshaydi. Tarkibida DNK, RNK, oqsil va 40 % gacha yog’lar saqlaydi. P.F.Zdrodovskiy bo’yicha kokksimon, tayoqchasimon, basillasimon va ipsimon shakli uchraydi. Kapsula va spora hosil qilmaydi. Rikketsiyalar sun’iy oziqa muhitlarda o’smaydi. Mikoplazmalar - polimorf bo’lib, 100 - 150 nm li filtrlardan o’tuvchi grammanfiy, harakatsiz mikroorganizmlar bo’lib, spora va kapsula hosil qilmaydi, Tarkibida tirik to’qima hujayralari bo’lmagan oziq muhitda o’sadi. Bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Qoramol plevropnevmoniyasi kasalligining qo’zg’atuvchisi hisoblanadi. Aktinomisetlar - nursimon zamburug’lar bo’lib, grek tilidan olinganda actis - nur , mykes - zamburg’ ma’nosini bildiradi. Bir hujayrali grammusbat
tarmoqlanuvchi mikroorganizmdir. Aktinomisetlar orasida saprofitlari ham bo’lib, tuproq hosil bo’lish jarayonida faol qatnashadi. Aktinomisetlar belgilari bilan bakteriya va zamburug’larga o’xshaydi. Bular hayvonlar va odamlarda og’ir va surunkali kechadigan (aktinomikoz va h.k.) kasalliklarni keltirib chiqaradi. Spiroxetalar – harakatchan bo’lib, ingichka va spiral shaklda juda ko’p mayda burmalari bo’lgan mikroorganizmlardir. Hujayrasining tarkibida to’g’ri o’q shaklida ipi bo’lib, uning atrofida mayda – mayda burmachalar shaklda yadro moddasi va har xil kiritmalar bo’lgan sitoplazma joylashadi. Spiroxetlar ayrim belgilari bilan bakteriyalardan farq qiladi. Shuning uchun ular guruhga ajratilgan leptospiralarda hujayra qobig’i bo’lmaydi, spora, kapsula hosil qilmaydi, xivchinlari yo’q, ular sitoplazmasi qisqarishi natijasida ilonga o’xshab harakatlanadi. Zamburug’lar - o’simlik dunyosiga kiradigan xlorofillsiz organizmlar bo’lib, evkariotlarga kiradi. Har xil substratlar yuzasida yashaydilar. Zamburg’lar orasida saprofit va patgen turlari uchraydi. Viruslar – tirik tabiatning sodda hujayrasiz vakili bo’lib, barcha turdagi organizmlar hujayrasi ichida parazitlik qiladi. Viruslar biologik, kimyoviy, fizik xossalari va boshqa bir qancha belgilariga qarab quyidagi ikkita guruhga ya’ni DNK va RNK saqlovchi guruhlarga bo’linadi. Hozirgi vaqtda hayvonlar organizmida uchraydigan viruslar 19 ta oilani o’z ichiga oladi. Shundan 12 tasi RNK va 7 tasi DNK saqlovchi viruslardir. Tashqi muhitning patogen mikroblar bilan ifloslanishi yuqumli kasalliklar bo’lishi, oqova suvlarni zararsizlantirilmasligi, suyuq go’ngning dala va suv manbalariga tushishi natijasida ro’y beradi. Bundan tashqari ifloslanish manbai bo’lib, yovvoyi hayvonlarning o’liklari hamda doimiy yashirin mikroorganizmlarni tashuvchi chorva mollari hisoblanadi. Mikrob tashuvchi bo’lib sog’lom, biror yuqumli kasallik bilan kasallanib tuzalgan
hamda tashqi tomondan sog’lom lekin yashirish infeksiya bilan zararlangan hayvonlar hisoblanadi. Organizmda yuqumli jarayonning o’tishi qo’zg’atuvchining xususiyatlari va organizmning reaktivligi bilan aniqlanadi. Yuqumli jarayonga tashqi muhit omillari ya’ni saqlash, sug’orish, oziqlantirish va boqish katta ta’sir ko’rsatadi. Hayvonlar zararlanishi natijasida organizmda yuqumli jarayon rivojlanadi. Ba’zan organizm funksiyalari sezilarli buzilmasligi va kasal hayvon holati o’zgarmasdan yashirin shaklda davom etishi mumkin. Ayrim qo’zg’atuvchilar organizmda yillab bo’lishi va klinik ko’rinishdagi kasallik paydo qilmasligi mumkin, masalan, tuber kulyoz qo’zg’atuvchisi, paratifoz mikroblari va boshkalar. Hayvonlarning kasallanish darajasi ko’pincha qo’zg’atuvchining turi bilan birga uning xususiyatlari ayniqsa virulentlik da rajasi bilan aniqlanadi. Ammo yuqumli jarayonning rivojlanishida asosan hayvon organizmining holati, reaktivligi va rezistentligi hal qiluvchi rol o’ynaydi. Bunday holat asosan tashqi muhit sharoit lari ta’sirida paydo bo’ladi. Hayvonlar yaxshi, to’liq va sifatli oziqlantirilsa qo’zg’atuvchini yuqtirmasligi, yuqqanda ham kasal bo’lmasligi mumkin. Sovuq, zax binolarda saqlash, sifatsiz oziqa berish, haddan tashqari ekspluatasiya qilish kasal likning klinik rivojlanishini ishga soluvchi mexanizm hisoblanadi. Chorvachilik xo’jaliklarida patogen mikroblar bilan ifloslanishni oldini olishda asosiy e’tibor hayvonlarni saqlash, asrash, boqish sharoiti, to’la qiymatli oziqalar bilan ta’minlash, molxonalarni namlik va ortiqcha shamollashdan saqlashga qaratiladi. Tashqi muhit sharoitida keng tarqalgan mikroblar - guruhiga salmonella, brusella, pasterella, patogen ichak tayoqchalari, viruslar misol bo’ladi.
Salmonella guruhiga kiruvchi bakteriyalar barcha qishloq xo’jalik hayvonlari, parranda hamda yovvoyi hayvonlar orasida keng tarqalgan salmonellyoz kasalligini keltirib chiqaradi. Hozirgi paytda 1500 dan ortiq salmonella serotiplari mavjuddir. Qo’y va echkilarda - s . abortus ovis , buzoqda - s . enteritidis gertneri , cho’chqada - s . xolera supe , otda - s . abortus ekvi , parrandalarda - s . gallinarum, s. tifimurium va s . pullorum serotiplari kasallik qo’zg’atadi. Shu bilan birgalikda salmonellalar insonda ham kasallik chaqiradi. Tabiatda salmonellyoz manbai bo’lib, kasal hayvonlar ya’ni mikrob tashuvchilar hisoblanadi. Ular siydik, tezak, so’lak va shilimshiqlar bilan tashqi muhitga qo’zg’atuvchini doimo ajratib ifloslantiradi. Zararlangan katta yoshli hayvonlar salmonellyoz infeksiyasining manbai bo’lib, yangi tug’ilgan hayvonlar orasida kasallikni kelib chiqishiga sababchi bo’ladi. Salmonella serotiplari molxonalar poli, devori, oxurlarida 43 kundan 110 kungacha yashaydi. Shu sababli go’ng va oziqa qoldiqlari bilan ifloslangan chorvachilik inshoatlari (molxonalar, asbob jihozlar) sog’lom hayvonlar uchun katta xavf tug’diradi. Chorva mollari uchun yana bir xavfli mikrob bo’lib, barcha turdagi hayvonlarni kasallantiradigan ichak tayoqchalarining ( E.coli ) entero patogen tiplari hisoblanadi. Bu mikroblar bilan zararlanish 90 - 100 %ni tashkil etadi. 1 sm 2 yuzada 50 000 tagacha uchraydi. O’tkazilgan tajribalar natijasiga ko’ra molxonalardan foydalanish muddati osha borgan sayin ularda uchraydigan mikroblar turi ham ko’payib boradi. M: Birinchi ishlatilayotgan molxonadagi oxurlar yuzasida buzoqlarni o’stirishning birinchi kunlarida o’nlab stafilokokklar va bir necha ming ichak tayoqchalari 100 sm 2 yuzaga to’g’ri kelganligi aniqlangan. Buzoqlarni 4 oy saqlagandan keyin stafilokokklar soni 9 – 28 mlrd gacha, ichak tayoqchalari soni esa 3 – 6 mlngacha ko’payganligi aniqlangan. Shu bino 1 yildan keyin tekshirilganda 100 sm 2 yuzada