logo

TILNING IJTIMOIY TABIATI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

24.087890625 KB
TILNING IJTIMOIY TABIATI 
Reja :
1. Tilning ijtimoiy mohiyati. 
2. Til   shakllanishi   va   rivojining,   til   tizimi   va   til   qurilishining   ijtimoiy
shartlanganligi.
3. Kishilarning tarixiy birliklari, shakli va til. 
4. Adabiy til va adabiy me’yor shakllanishining ijtimoiy shartlanganligi. 
5. Jamiyat talabiga ko‘ra til sathlarining notekis rivojlanishi. 
6. Tilning vazifaviy uslublari. 
7. Sotsiolingvistik   nazariyalar,   sotsiolingvistik   tipologiya   va   tillarning
sotsiolingvistik tasnifi.  1.   Tilning   ijtimoiy   mohiyati.   XX   asrning   30-yillarida   maydonga   kelgan
strukturalizm   tilni   asosan   bir   tomonlama   o‘rganishni,   tilning   tuzilishi   va   uni
tashkil   etuvchi   birliklar   orasidagi   munosabatlarni   o‘rganishni   tilga   oid   boshqa
masalalardan   ustun   qilib   qo‘ydi.   Natijada   til   birliklariga   xos   bo‘lgan   shakl   va
ma’no birligini rad etib, faqat shaklni o‘rganishga zo‘r  berildi. 
Ko‘p   o‘tmay   bu   oqim   inqirozga   uchrab,   tilshunoslik   fanining   asosiy
muammolaridan bo‘lmish til va jamiyat masalasini yana kun tartibiga qo‘ydi. 
  Til   jamiyatning   aloqa-aralashuv   quroli   sifatida   jamiyat   bilan   uzviy
aloqadadir.   Tilning   taqdiri,   uning   yashashi,   rivojlanishi   faqat   shu   tilda
gaplashuvchi jamiyatga bog‘liq. 
Tilning   ijtimoiyligi   jamiyatda   bajaradigan   vazifasi,   roli   va   bizning   qanday
ehtiyojimizni   bajarishi   bilan   belgilanadi.   V.   Gumboldt   va   Gegel   asarlarida   til
kishilarning   jamiyatdagi   ehtiyojini   qondirish     uchun   xizmat   qilishi   haqida   fikr
bildirilgan. 
2.   Til   shakllanishi   va   rivojining,   til   tizimi   va   til   qurilishining   ijtimoiy
shartlanganligi.   Jamiyat   uzluksiz   harakatda,   rivojlanishda,   o‘zgarishda   bo‘lgani
kabi,   uning   tili   tinimsiz   harakatda,   o‘zgarishda,   rivojlanishdadir.   SHuning   uchun
ham   tilshunoslik   tarixida   tilni   o‘rganishda   uning   tarixiy   taraqqiyotiga   turlicha
munosabatda   bo‘ldilar.   Tilning   ijtimoiy   shartlanganligi   asosida   uning   ijtimoiy
vazifa bajarishi aniqlanadi. 
Til  jamiyatda nutqiy faoliyat uchun xizmat  qiladi. Nutqiy faoliyat  quyidagi
darajalar bilan belgilanadi:
1.Motivatsion daraja. So‘zlovchi va tinglovchining bir-birini bir xil anglash
darajasi. 
2.Semantik   daraja.   Nutqiy   faoliyatda   ma’nosi   mos   va   tushunarli   so‘zlarni
tanlash darajasi. 
3.Grammatik   daraja.   Nutqda   fikrni   ifodalashga   mos   va   xos   grammatik
shakllarni tanlash darajasi.  4.Fonetik daraja. Nutqiy faoliyatda tovushlarni artikulyasion to‘g‘ri talaffuz
qilish darajasi. 
Sanab   o‘tilgan   darajalar   asosida   nutqiy   faoliyatning   ijtimoiy   tabiati
ta’minlanadi. 
***
Har   bir   adabiy   tilda   so‘zlaydigan   yoki   yozadigan   kishi   sharoit   taqozasiga
ko‘ra   tilda   mavjud   so‘zlar,   grammatik   shakllar,   so‘z   birikmalari   va   gap
tuzilishining   ma’lum   qismidangina   foydalanadi.   Mana   shu   ma’noda   tilning
zahiraviy imkoniyatlari hattoki jamoa nutqi doirasida ham hech  qachon to‘lig‘icha
ishga solinmaydi. 
Tilning   imkoniyatlari   uning   reallashgan,   amalda   qo‘llanuvchi   holatidan
doimo ortiq va keng bo‘ladi. Har tildagi mana shunday boy imkoniyatlar bu tilning
umumiy vositalari tizimini tashkil etadi. 
Til   tizimini:   a)   tilda   amalda   mavjud,   qo‘llanayotgan,   b)   tilda   o‘tmishda
qo‘llangan,   v)   tilda   kelajakda   qo‘llanishi   mumkin   bo‘lgan   imkoniyatlar   majmui,
murakkab yig‘indisi deb tushunish kerak. 
Til   qurilishining   o‘ziga   xos   shakllanishi   jarayonida   tilning   ijtimoiy
tabaqalanishi vujudga keladi. 
1.   Hududiy   tabaqalanish.   Umumxalq   tilining   son   jihatdan   nisbatan   kam
bo‘lgan hududiy, sotsial va professional jihatdan umumiylikka ega bo‘lgan kishilar
foydalanadigan ko‘rinishi dialekt deb yuritiladi. 
2.   Nutq   jarayoni   kimga   qaratilganligi   bilan   farqlanadi.   SHunga   ko‘ra   u
dialog, monolog va polilog shaklida bo‘ladi. 
So‘zlovchining   o‘ziga   qaratilgan,   boshqa   shaxsning   tinglash   va   javob
berishini e’tiborda tutmaydigan  nutq monolog hisoblanadi. 
Dialog - nutq tuzilishining asosiy ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, sotsial nutqiy
aloqalarning tabiiy shakllaridan hisoblanadi. 
Ko‘p kishining o‘zaro suhbati polilog sanaladi. 
3.   Adabiy   tilning   ifodalanish   jihatidan   tabaqalanishi.   Umumxalq   tilining
ishlangan,   sayqal   berilgan,   ma’lum   me’yorga   solingan,   xalqning   turli   madaniy ehtiyojlariga   xizmat   qiluvchi   shakli   adabiy   til   hisoblanadi.   Adabiy   tilning   ikki
ko‘rinishi bor: 1) yozma ko‘rinish, 2) og‘zaki ko‘rinish. 
4.   Tilning   ijtimoiy   jamoa   faoliyatiga   ko‘ra   tabaqalanishi.   Tilning   inson
faoliyatining   u   yoki   bu   sohasi   bilan   bog‘liq   vazifalariga   ko‘ra   ajratiladigan
uslublari   vazifaviy   uslublar   sanaladi:   badiiy   uslub,   so‘zlashuv   uslubi,   publitsistik
uslub, ilmiy uslub, rasmiy-ish uslubi. 
5.   Muayyan   ijtimoiy   guruh   kishilari   foydalanadigan   til   sotsial   dialekt
sanaladi. Bunday til jargon va argo deb ataladi. 
3.   Kishilarning   tarixiy   birliklari,   shakli   va   til.   Til   urug‘   va   qabila,   elat   va
millat   tarixi   bilan   chambarchas   bog‘liq   bo‘lganligi   uchun   unda   kishilik
jamiyatining  tarixi  bevosita   o‘z   aksini  topadi.  Til  rivojlana  borib,  bizning   hozirgi
aloqa vositamiz darajasiga ko‘tarilgan. 
Ijtimoiy   jamoa   tuzumi   davrida   urug‘     va   qabilalarning   a’zolari   uchun
tushunarli va umumiy tillari bo‘lgan. Qabila aslida dialekt demakdir. 
4.   Adabiy   til   va   adabiy   me’yor   shakllanishining   ijtimoiy   shartlanganligi.
Kishilarning   tarixiy   birliklari   shakli   qanday   bo‘lishidan   qat’iy   nazar   ularning
adabiy tili va me’yori mavjud bo‘lgan. 
Til  me’yorini o‘rganish bo‘yicha mavjud ishlarni kuzatish bu muammolarni
o‘rganish borasida to‘rt asosiy markaz mavjudgini ko‘rsatdi:
1. Praga   tilshunoslik   maktabi   namoyandalari   til   me’yorini,   adabiy   tilning
asosiy   vazifalarini   adabiy   til   me’yori   kodifikatsiyasining   amaliy   masalalari   bilan
birga   uzviy   holda   tahlil   qildilar.   Til   me’yori   va   adabiy   tilni   me’yorlash   ishida
B.Gavranek,   V.Matezius,   A.Edlichka,   V.Barnet,   E.Vaxek   kabilarning   xizmatlari
diqqatga molikdir. 
2. E.Koseriuning   ilmiy   nazariyalari.   e.Koseriu   me’yorni   ijtimoiy   nuqtai
nazardan   ob’ektiv,   tartibga   solingan   va   tanlangan   hodisa   deb   tushunsa,
kodifikatsiyani   -   sub’ektiv,   faqat   til   nuqtai   nazaridan   to‘g‘ri   bo‘lgan   hodisa,
kategoriyalar   deb   tushunadi.   e.   Koseriu   tildagi   variantdorlik   tushunchasi sistemaning xususiyatidan emas, balki me’yorning o‘z mohiyatidan kelib chiqqan
hodisa ekanligini isbotlaydi va nutqda mavjud bo‘lgan turli xil chekinishlarni ham
me’yor belgilaydi, deb hisoblaydi. 
3. Amerika,   ingliz   va   nemis   tilshunoslarining   ilmiy   qarashlari .   Ular
me’yorni  umumjamoa  tomonidan qo‘llaniladigan  va til  jamiyat   tomonidan to‘g‘ri
deb qabul qilingan til shakllari deb tushundilar. 
1) XX   asr   rus   tilshunosligi dagi   ilmiy-nazariy   qarashlarni     quyidagilardan
iborat   deb   hisoblash   mumkin:   me’yorni   nutq   madaniyati   masalalari   bilan   bog‘liq
holda   o‘rganish,   me’yorni   tilning   psixologik   va   kommunikativ   jihatlari   bilan
bog‘lagan holda tahlil qilish. 
5.   Jamiyat   talabiga   ko‘ra   til   sathlarining   rivojlanishi.   Jamiyat   uzluksiz
harakatda,   rivojlanishda,   o‘zgarishda   bo‘lgani   kabi   uning   tili   tinimsiz   harakatda,
o‘zgarishda, rivojlanishda bo‘ladi. Shuning natijasida til lug‘at tarkibi, semantikasi,
morfologiyasi, sintaksisida turli o‘zgarishlar yuz beradi. 
Jamiyat   hayotidagi   turli   xil   yangiliklar   shu   jamiyat   tilining   lug‘at   tarkibida
o‘z ifodasini topganligi tufayli til sistemasining leksik sathi boshqa sath birliklariga
nisbatan ko‘proq jamiyat tarixi bilan bog‘liq bo‘ladi. 
6.   Tilning vazifaviy uslublari.   Til va jamiyat muammosi  doirasida ko‘zdan
kechirish   lozim   bo‘lgan   masalalardan   yana   biri   har   bir   tilning   vazifaviy
uslublaridir. 
Vazifaviy   uslublarning   rivojlanishi   tarixiy   va   zaruriy   hodisa   bo‘lib,   bu
rivojlanayotgan hamda shakllanayotgan milliy birlikning ijtimoiy-siyosiy, xo‘jalik
va madaniy hayotning yanada o‘sishi, jamiyatda tilga bo‘lgan yangi ehtiyojlarning
paydo   bo‘lishini   taqozo   etadi.   Bu   jarayonda   har   bir   tilda   uslublarning   quyidagi
guruhlari shakllandi: 1. So‘zlashuv uslubi. 2. Badiiy uslub. 3. Publitsistik uslub. 4.
Ilmiy uslub. 5. Rasmiy uslub. 7.   Sotsiolingvistik   nazariyaning   shakllanishi   va   uning   ob’ekti.
Sotsiolingvistik   tipologiyaning   mezonlari.   Tilning   ijtimoiy   yashash   va   ijtimoiy
taraqqiyot sharoitlarini o‘rganuvchi sohasi sotsiolingvistika deb ataladi. 
Sotsiolingvistik tipologiyada quyidagilar mavjud:
1.   Tilning   grammatikasi   va   lug‘atini   yaratishga   xizmat   qiluvchi
standartlashtirish   mezoni.   Bunda   ma’lum   bir   tilda   gaplashuvchilar   tomonidan   tan
olingan adabiy til tushuniladi. 
2.   Ma’lum   bir   tilda   gaplashuvchi   jamiyatning   bor-yoqligi   tan   olinsa,   bu
uning hayotiylik mezoni  sanaladi.  Agar  til  hayotiy, tirik bo‘lsa,  bu tilni  ona tilim
deb biladigan, uni e’zozlaydigan jamiyat ham mavjud bo‘ladi. 
3.   Ma’lum   bir   tilning   jamiyat   tomonidan   ishlatilishi   natijasida   uning
mo‘‘tadil,   bir   tekis   rivojlanib   turishi   nazarda   tutilsa,   tarixiylik   mezoniga   amal
qiladi. 
4. Ma’lum ijtimoiy guruh uchun ona tili sifatida xizmat qilayotgan u yoki bu
til   boshqa   tillardan   tuzilishi   jihatidan   tubdan   farqlanishi   yoki   bir   tilning   varianti
sifatida namoyon bo‘lishi avtonomlik mezoniga amal qiladi. 
Sotsiolingvistik jihatdan jahon tillarining quyidagi tiplari mavjud: 
1. Adabiy til me’yoriga ega bo‘lgan, jamiyatda davlat tili, adabiy til sifatida
xizmat qiluvchi tillar  standart   tillar  sanaladi. Masalan, o‘zbek, rus, tojik, turkman,
ukrain kabi tillar. 
2.   Yozuvga   ega   bo‘lib,   o‘z   davrida   mukammal   takomiliga   etgan,   buyuk
asarlar yaratilgan tillar  klassik   tillar  sanaladi. Masalan, lotin tili, sanskrit tili, sug‘d
tili, xorazmiy tili. 
3.   Son   jihatidan   ko‘p   bo‘lmagan   kichik   xalqlarga   xizmat   qiluvchi,   o‘z
yozuviga ega bo‘lmagan tillar  mahalliy   tillar  sanaladi. Masalan, Amerika mahalliy
hindularining tili. 
4.   Kreol   tillar .   Mustamlakachilik   natijasida   dunyoning   turli   qit’alarida
ingliz, fransuz, ispan, portugal tillari elementlari aralashuvidan tashkil topgan tillar.
Masalan,   Gaiti,   Aruba,   Bonayre   orollarida   paydo   bo‘lgan   gatti,   ispan-nautal,
papiyamento tillari kreol tillari jumlasiga kiradi.  5.   Pijin   tillari .   Mahalliy   tillarning   evropa   tillari   bilan   chatishuvi   natijasida
yuzaga   kelgan.   Masalan,   rus   tilining   xitoy   dialekti   asosida   shakllangan   til   kyaxti
deb nomlanuvchi til pijin tilidir. 
6.   Sun’iy   tillar .   Maxsus   yaratilgan   xalqaro   aloqa   tillari:   esperanto,   ido,
volyapyuk, oksidental, interlingva, neo tillari kiradi. 
7.   Ma’lum   bir   qabila,   xalq,   millat   tarkibiga   kiruvchi   kichik   hududga
tarqalgan aholi tili  dialekt dir. 
Xullas,   jamiyatga   til   qanchalik   zarur   bo‘lsa,   til   uchun   jamiyatning   bo‘lishi
shunchalik   zarurdir.   Tilsiz   jamiyat   bo‘lmaganidek,   jamiyasiz   til   ham   bo‘lmaydi.
Uning qonuniyatlarini  sotsiolingvistika  o‘rganadi. Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Mirziyoev Sh.   Buyuk kelajagimizni   m ard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz.   – T oshkent : O‘zbekiston .  2017.
2.Mirziyoev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash –
yurt   taraqqiyoti   va   xalq   farovonligining   garovi.   –   Toshkent:   O‘zbekiston,
2017.
 
3. Abduazizov A.Tilshunoslik nazariyasiga kirish. -Toshkent, 2010.
4. Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш. -Тошкент, 2009.
5. Rasulov R.Umumiy tilshunoslik. - Т oshkent, 2013.
6. Тилшунослик   назарияси   ва   методологияси.   Тузувчи:   Ҳ.
Дадабоев. –Тошкент, 2004.
7. Х olmanova Z. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 2007.

TILNING IJTIMOIY TABIATI Reja : 1. Tilning ijtimoiy mohiyati. 2. Til shakllanishi va rivojining, til tizimi va til qurilishining ijtimoiy shartlanganligi. 3. Kishilarning tarixiy birliklari, shakli va til. 4. Adabiy til va adabiy me’yor shakllanishining ijtimoiy shartlanganligi. 5. Jamiyat talabiga ko‘ra til sathlarining notekis rivojlanishi. 6. Tilning vazifaviy uslublari. 7. Sotsiolingvistik nazariyalar, sotsiolingvistik tipologiya va tillarning sotsiolingvistik tasnifi.

1. Tilning ijtimoiy mohiyati. XX asrning 30-yillarida maydonga kelgan strukturalizm tilni asosan bir tomonlama o‘rganishni, tilning tuzilishi va uni tashkil etuvchi birliklar orasidagi munosabatlarni o‘rganishni tilga oid boshqa masalalardan ustun qilib qo‘ydi. Natijada til birliklariga xos bo‘lgan shakl va ma’no birligini rad etib, faqat shaklni o‘rganishga zo‘r berildi. Ko‘p o‘tmay bu oqim inqirozga uchrab, tilshunoslik fanining asosiy muammolaridan bo‘lmish til va jamiyat masalasini yana kun tartibiga qo‘ydi. Til jamiyatning aloqa-aralashuv quroli sifatida jamiyat bilan uzviy aloqadadir. Tilning taqdiri, uning yashashi, rivojlanishi faqat shu tilda gaplashuvchi jamiyatga bog‘liq. Tilning ijtimoiyligi jamiyatda bajaradigan vazifasi, roli va bizning qanday ehtiyojimizni bajarishi bilan belgilanadi. V. Gumboldt va Gegel asarlarida til kishilarning jamiyatdagi ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilishi haqida fikr bildirilgan. 2. Til shakllanishi va rivojining, til tizimi va til qurilishining ijtimoiy shartlanganligi. Jamiyat uzluksiz harakatda, rivojlanishda, o‘zgarishda bo‘lgani kabi, uning tili tinimsiz harakatda, o‘zgarishda, rivojlanishdadir. SHuning uchun ham tilshunoslik tarixida tilni o‘rganishda uning tarixiy taraqqiyotiga turlicha munosabatda bo‘ldilar. Tilning ijtimoiy shartlanganligi asosida uning ijtimoiy vazifa bajarishi aniqlanadi. Til jamiyatda nutqiy faoliyat uchun xizmat qiladi. Nutqiy faoliyat quyidagi darajalar bilan belgilanadi: 1.Motivatsion daraja. So‘zlovchi va tinglovchining bir-birini bir xil anglash darajasi. 2.Semantik daraja. Nutqiy faoliyatda ma’nosi mos va tushunarli so‘zlarni tanlash darajasi. 3.Grammatik daraja. Nutqda fikrni ifodalashga mos va xos grammatik shakllarni tanlash darajasi.

4.Fonetik daraja. Nutqiy faoliyatda tovushlarni artikulyasion to‘g‘ri talaffuz qilish darajasi. Sanab o‘tilgan darajalar asosida nutqiy faoliyatning ijtimoiy tabiati ta’minlanadi. *** Har bir adabiy tilda so‘zlaydigan yoki yozadigan kishi sharoit taqozasiga ko‘ra tilda mavjud so‘zlar, grammatik shakllar, so‘z birikmalari va gap tuzilishining ma’lum qismidangina foydalanadi. Mana shu ma’noda tilning zahiraviy imkoniyatlari hattoki jamoa nutqi doirasida ham hech qachon to‘lig‘icha ishga solinmaydi. Tilning imkoniyatlari uning reallashgan, amalda qo‘llanuvchi holatidan doimo ortiq va keng bo‘ladi. Har tildagi mana shunday boy imkoniyatlar bu tilning umumiy vositalari tizimini tashkil etadi. Til tizimini: a) tilda amalda mavjud, qo‘llanayotgan, b) tilda o‘tmishda qo‘llangan, v) tilda kelajakda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlar majmui, murakkab yig‘indisi deb tushunish kerak. Til qurilishining o‘ziga xos shakllanishi jarayonida tilning ijtimoiy tabaqalanishi vujudga keladi. 1. Hududiy tabaqalanish. Umumxalq tilining son jihatdan nisbatan kam bo‘lgan hududiy, sotsial va professional jihatdan umumiylikka ega bo‘lgan kishilar foydalanadigan ko‘rinishi dialekt deb yuritiladi. 2. Nutq jarayoni kimga qaratilganligi bilan farqlanadi. SHunga ko‘ra u dialog, monolog va polilog shaklida bo‘ladi. So‘zlovchining o‘ziga qaratilgan, boshqa shaxsning tinglash va javob berishini e’tiborda tutmaydigan nutq monolog hisoblanadi. Dialog - nutq tuzilishining asosiy ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, sotsial nutqiy aloqalarning tabiiy shakllaridan hisoblanadi. Ko‘p kishining o‘zaro suhbati polilog sanaladi. 3. Adabiy tilning ifodalanish jihatidan tabaqalanishi. Umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, ma’lum me’yorga solingan, xalqning turli madaniy

ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli adabiy til hisoblanadi. Adabiy tilning ikki ko‘rinishi bor: 1) yozma ko‘rinish, 2) og‘zaki ko‘rinish. 4. Tilning ijtimoiy jamoa faoliyatiga ko‘ra tabaqalanishi. Tilning inson faoliyatining u yoki bu sohasi bilan bog‘liq vazifalariga ko‘ra ajratiladigan uslublari vazifaviy uslublar sanaladi: badiiy uslub, so‘zlashuv uslubi, publitsistik uslub, ilmiy uslub, rasmiy-ish uslubi. 5. Muayyan ijtimoiy guruh kishilari foydalanadigan til sotsial dialekt sanaladi. Bunday til jargon va argo deb ataladi. 3. Kishilarning tarixiy birliklari, shakli va til. Til urug‘ va qabila, elat va millat tarixi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganligi uchun unda kishilik jamiyatining tarixi bevosita o‘z aksini topadi. Til rivojlana borib, bizning hozirgi aloqa vositamiz darajasiga ko‘tarilgan. Ijtimoiy jamoa tuzumi davrida urug‘ va qabilalarning a’zolari uchun tushunarli va umumiy tillari bo‘lgan. Qabila aslida dialekt demakdir. 4. Adabiy til va adabiy me’yor shakllanishining ijtimoiy shartlanganligi. Kishilarning tarixiy birliklari shakli qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ularning adabiy tili va me’yori mavjud bo‘lgan. Til me’yorini o‘rganish bo‘yicha mavjud ishlarni kuzatish bu muammolarni o‘rganish borasida to‘rt asosiy markaz mavjudgini ko‘rsatdi: 1. Praga tilshunoslik maktabi namoyandalari til me’yorini, adabiy tilning asosiy vazifalarini adabiy til me’yori kodifikatsiyasining amaliy masalalari bilan birga uzviy holda tahlil qildilar. Til me’yori va adabiy tilni me’yorlash ishida B.Gavranek, V.Matezius, A.Edlichka, V.Barnet, E.Vaxek kabilarning xizmatlari diqqatga molikdir. 2. E.Koseriuning ilmiy nazariyalari. e.Koseriu me’yorni ijtimoiy nuqtai nazardan ob’ektiv, tartibga solingan va tanlangan hodisa deb tushunsa, kodifikatsiyani - sub’ektiv, faqat til nuqtai nazaridan to‘g‘ri bo‘lgan hodisa, kategoriyalar deb tushunadi. e. Koseriu tildagi variantdorlik tushunchasi

sistemaning xususiyatidan emas, balki me’yorning o‘z mohiyatidan kelib chiqqan hodisa ekanligini isbotlaydi va nutqda mavjud bo‘lgan turli xil chekinishlarni ham me’yor belgilaydi, deb hisoblaydi. 3. Amerika, ingliz va nemis tilshunoslarining ilmiy qarashlari . Ular me’yorni umumjamoa tomonidan qo‘llaniladigan va til jamiyat tomonidan to‘g‘ri deb qabul qilingan til shakllari deb tushundilar. 1) XX asr rus tilshunosligi dagi ilmiy-nazariy qarashlarni quyidagilardan iborat deb hisoblash mumkin: me’yorni nutq madaniyati masalalari bilan bog‘liq holda o‘rganish, me’yorni tilning psixologik va kommunikativ jihatlari bilan bog‘lagan holda tahlil qilish. 5. Jamiyat talabiga ko‘ra til sathlarining rivojlanishi. Jamiyat uzluksiz harakatda, rivojlanishda, o‘zgarishda bo‘lgani kabi uning tili tinimsiz harakatda, o‘zgarishda, rivojlanishda bo‘ladi. Shuning natijasida til lug‘at tarkibi, semantikasi, morfologiyasi, sintaksisida turli o‘zgarishlar yuz beradi. Jamiyat hayotidagi turli xil yangiliklar shu jamiyat tilining lug‘at tarkibida o‘z ifodasini topganligi tufayli til sistemasining leksik sathi boshqa sath birliklariga nisbatan ko‘proq jamiyat tarixi bilan bog‘liq bo‘ladi. 6. Tilning vazifaviy uslublari. Til va jamiyat muammosi doirasida ko‘zdan kechirish lozim bo‘lgan masalalardan yana biri har bir tilning vazifaviy uslublaridir. Vazifaviy uslublarning rivojlanishi tarixiy va zaruriy hodisa bo‘lib, bu rivojlanayotgan hamda shakllanayotgan milliy birlikning ijtimoiy-siyosiy, xo‘jalik va madaniy hayotning yanada o‘sishi, jamiyatda tilga bo‘lgan yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishini taqozo etadi. Bu jarayonda har bir tilda uslublarning quyidagi guruhlari shakllandi: 1. So‘zlashuv uslubi. 2. Badiiy uslub. 3. Publitsistik uslub. 4. Ilmiy uslub. 5. Rasmiy uslub.