logo

Turkiston ASSSR va Qozog'iston ASSSRlarining tashkil topishi. 15v

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

90.5 KB
NurmuxammedovaMavzu:   Turkiston ASSSR va Qozog'iston ASSSRlarining
tashkil topishi.
Rossiya   samoderjaviyasi   zulmi,hukmronligiga   qarshi   uzluksiz   davom   etib   kelgan
kurash,nihoyat   1917-yil   fevraliga   kelib   g‘alaba   qozondi.   Uch   asr   davomida
Rossiya   saltanatini   to‘xtovsiz   boshqaribkelgan   Romanovlar   sulolasi   hukmronligi
ag‘darildi.   Mutlaq   monarxiya   tuzumi   quladi.   Mart   oyi   boshlarida   Rossiya
burjuaziyasi   doiralari   vakillaridan   tashkil   topgan   Muvaqqat   hukumat   faoliyat
ko‘rsata   boshladi.   Ayni   chog‘da   Petrogradda   va   boshqa   joylarda   ishchi,   askar   va
dehqon   deputatlari   sovetlari   tuzilib,   hokimiyat   organlari   sifatida   ish   yurita
boshladi. Shu tariqa, Rossiyada tarixda nihoyatda kamdan kam uchraydigan noyob
hodisa   —   ikki   hokimiyatchilik   boshqaruvi   vujudga   keldi.   Bu   hol   o‘sha   vaqtdagi
mamlakatda   vujudga   kelgan   siyosiy   kuchlar   nisbatini   o‘zida   aks
ettirardi.Rossiyada   fevral   inqilobining   amalga   oshishi,   siyosiy   tuzumning
o‘zgarishi,   demokratik   jarayonlarning   yuzaga   kelishi   uchun   qulay
imkoniyatlarning   ochilishi   Turkistondagi   ijtimoiy-siyosiy   voqealarning   borishiga
ijobiy   ta’sir   ko‘rsatdi.   O‘lka   hayotida   yuz   bergan   muhim   siyosiy   o‘zgarishlardan
biri   —   bu   Rossiya   mus-tamlakachiligi   boshqaruvi   ramzi   bo‘lib   kelgan   Turkiston
general-gubernatorligi   mahkamasining   tugatilganligi   bo‘ldi.   Uning   o‘rniga
Muvaqqat   hukumatga   bo‘ysunuvchi   Turkiston   qo‘mitasi   tashkil   etildi.
Aynichog‘da   viloyatlardagi   harbiy   gubernatorlik   ham   tugatildi.   Ularning   o‘rniga
viloyat   komissarliklari   tuzildi.   Eng   muhimi,   fevral   o‘zgarishi   Turkiston   o‘lkasi
xalqlari   hayotiga   muayyan   demokratik   jarayonlarni   baxsh   eta   bordi.   Endilikda
keng   xalq   ommasi,   uning   turli   ijtimoiy   qatlamlari   faol   harakatga   kela
boshladi.O‘lkaning   yirik   shaharlarida   tashkil   topgan   va   asosiy   tarkibi   mahalliy
millat   vakillaridan   iborat   kasaba   uyushmalari,   chunonchi,   binokorlar,
quruvchilar,ko‘nchilar,   duradgorlar   va   boshqa   kasb   kishilarini   birlashtirgan
uyushmalar ham aholining tub manfaatlari,ularning iqtisodiy va siyosiy talablarini  Nurmuxammedovahimoya       yuritdilar.   1917-yilning   may   oyiga   kelib   Turkiston   o‘lkasidan
mardikorlikka   zo‘rlik   bilan   olinib,   Rossiyaning   g‘arbiy   hududlariga   safarbar
qilingan   ko‘plab   yurtdoshlarimizning   o‘z   ona   zaminlariga   qaytib   kelishlari   ham,
shubhasiz, demokratik kuchlar safini to‘ldira bordi. Bu o‘rinda fevral o‘zgarishidan
keyin   o‘lka   xalqlari   hayotida   muhim   rol   o‘ynagan,   ularning     siyosiy   faolligini
oshirishga xizmat qilgan ko‘plab inqilobiy-demokratik tashkilotlar, siyosiy firqalar
kasaba uyushmalari faoliyatiga alohida urg‘u bermoq kerak bo‘ladi. Gap shundaki,
bu   davrda   Rossiyada   faoliyat   yuritayotgan   ko‘plab   siyosiy   partiyalar,   jumladan,
eserlar,   sotsial-demokratlar   va   boshqa   partiyalarning   mahalliy   tashkilotlari
Turkistonda   ham   o‘zfaoliyatlarini   kuchaytirib,   aholining   turli   ijtimoiytabaqalarini
o‘zlariga   jalb   qilish,   o‘z   dasturiy   g‘oyalarini   ularning   ongi,   shuuriga   singdirishga
harakat etardilar. Toshkentda 1917-yil mart oyida ishchi va soldatdeputatlari soveti
tashkil etildi. Mart oyi oxirlarida o‘lkada ishchi va soldat deputatlarining 75 soveti
faoliyat yuritdi. Biroq ulardagi deputatlarning asosiy ko‘p
chiligi   yevropalik   millatlar   vakillari   edi.   Bu   davrda   Turkistonda   kechayotgan
barcha alg‘ov-dalg‘ovli voqealar, jiddiy o‘zgarishlarning chinakam yalovbardorlari
istiqlol uchun kurashning tolmas darg‘alari bo‘lgan jadid rahnamolari edilar. O‘lka
hayotining   past-u   balan-dini   teran   bilgan,   mustamlakachilarning   riyokorlik
siyosatidan,   uning   tez   o‘zgaruvchan   mohiyatidan   boxabar   va   o‘z   kurash
dasturlariga   ega   bo‘lgan   Turkiston   jadidlari   mahalliy   aholining   siyosiy   ongini
o‘stirish,   uni   katta   tarixiy   o‘zgarishlarga   tayyorlashda   bosh-qosh   bo‘ldilar.
Ayniqsa,   Rossiya   Muvaqqat   hukumatining   ikkiyuzlamachilik   siyosati,   uning
inqilobning tub masalalarini, chunonchi, urush va tinchlik, 8 soatlik ish kuni, agrar
va   milliy   masalalarni   hal   etishni   turli   bahonalar   bilan   chetga   surishi   ilg‘or   jadid
arboblarini   inqilobiy-demokratik   yo‘nalishda   izchillik   bilan   kurash   olib   borishga
da’vat   etdi.Bu   kezlarda   to‘la   kuch   bilan   namoyon   bo‘lgan   jadidlar   faoliyatida
vaqtli   matbuot   nashrlarini   yo‘lgaqo‘yish,   ularda   inqilobiy-demokratik   ruhdagi
maqola,materiallarni   muntazam   chop  etish,   ularni   ommagayetkazish   muhim   o‘rin
tutgan.   Ularning   sa’y-harakati   bilan   Turkistonning   bir   qator   yirik   shaharlarida
gazetava   jurnallar   nashr   etila   boshlandi.   Jumladan,   Toshkentda   «Turk   eli»,  Nurmuxammedova«Najot»,   «Kengash»,   «Ulug‘   Turkiston»,   «Turon»,     Samarqandda     «Hurriyat»
vaqtli   nashrlari   chiqa   boshladi.   Ular   orqali   e’lon   qilingan   materiallarda
kechayotgan   davrning   o‘ziga   xos   xususiyatlari,   o‘tkir   ijtimoiy-siyosiy   masalalar,
joylardagi ahvol, ommaning fikri-dilini to‘lqinlantirayotgan muammolar va boshqa
shu kabi dolzarb hayotiy masalalar aks ettirildi.
Sovetlar   hokimiyati   o‘rnatilgandan   keyin   Turkistondakechayotgan   va   tobora
chigallashib   borayotgan   o‘ta   murakkab   vaziyat   o‘lkaning   yurtparvar   va
taraqqiyparvar   kuchlarini   faol   harakatga   keltirdi.   Ular   tashabbusni   qo‘lga   olib,
bolsheviklar   bosh   bo‘lgan   sovet   hokimiyatiga   qarshi   tura   oladigan,   demokratik
asoslarga   tayangan,   chinakam   xalq   hokimiyatchiligini   o‘zida   ifodalagan   milliy
davlatchilikni   tashkil   etish   tomon   yo‘l   tutdilar.   Bu   borada   joylarda   jiddiy
tayyorgarlik   ishlari   olibborildi.     Nihoyat,   1917-yil   26-noyabrida   Qo‘qonda   o‘lka
musulmonlarining   IV   favqulodda   qurultoyi   chaqirildi.   Unda   o‘lkaning   5
viloyatidan     200   nafardan   ziyodroq   vakillar   ishtirok   etdi.   Qurultoy   ishida   «Sho‘-
royi   Islomiya»,   «Sho‘royi   Ulamo»,   Musulmon   harbiylari   sho‘rosi,   O‘lka
yahudiylar   jamiyati   namoyandalari   qatnashdilar.   Qurultoy   hay’atiga   o‘lka
xalqlarining   taniqli   kishilari   —   Mustafo   Cho‘qay,   U.Asadulla-xo‘jayev,   Yurali
Agayev,   S.Akayev,   Obidjon   Mahmudov,   Abdurahmon   O‘razayev,   Islom
Shoahmedov,   Kamol   qozi,   Karimboyev   va   boshqalar,   jami   13   kishi   saylandi.
Mazkur   qurultoyning   3   kun   to‘xtovsiz   davom   etgan   faoliyatining   yakuni   o‘laroq
Turkiston   Muxtoriyatini   tuzishga   muvaffaq   bo‘lindi.Yangidan   tarkib   topayotgan
davlat   Turkiston   Muxtoriyati   deb   ataladigan   bo‘ldi.Ta’sis   majlisi   chaqirilgunga
qadar   hokimiyat   to‘lig‘icha   Turkiston   Muvaqqat   Kengashi   va   TurkistonXalq
(Milliy)   Majlisi(54   kishidan   iborat)   qo‘lida   bo‘lishligi   ta’kidlandi.Turkiston
Muxtoriyatini   qabul   qilish   haqidagi   qarorda   shunday   deyiladi:   «Turkistonda
yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning
o‘z   huquqlarini   o‘zlari   belgilash   xususidagi   irodasini   namoyon   etib,   Turkistonni
Federativ Rossiya respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qiladi,  Nurmuxammedovashu   bilan   birga   muxtoriyatning   qaror   topish   shakllarini   Ta’sis   majlisiga   havola
etadi».  Qurultoy  «Turkistonda   yashab   tur-gan   milliy   ozchilik  aholi   huquqlarining
muttasil   himoya   qilinishini   tantanali   ravishda   e’lon   qiladi».Qurultoyda   Turkiston
Muxtoriyati   Muvaqqat   Kengashi-hukumati   tuzildi.   Uning   tarkibiga   12   kishidan
iborat a’zolar saylandi:
1. Muhammadjon Tinishpayev— Bosh vazir, Ichkiishlar vaziri.
2. Islom Shoahmedov— Bosh vazir o‘rinbosari.
3. Mustafo Cho‘qayev— Tashqi ishlar vaziri (ke-yinroq Bosh vazir).
4.Ubaydulla Xo‘jayev— Harbiy vazir.
5. Yurali Agayev— Yer va suv boyliklari vaziri.
6. Obidjon Mahmudov— Oziq-ovqat vaziri.
7. Abdurahmon O‘razayev— Ichki ishlar vaziri-ning o‘rinbosari.
8. Solomon Gersfeld— Moliya vaziri.
Hukumat   tarkibiga   yana   to‘rt   kishi   —   yevropalik   aholi   vakillari   orasidan
nomzodlar   ko‘rsatilgach,   keyinchalik   kiritilishi   belgilandi.   Shuningdek,   bu   huku-
matda   Saidnosir   Mirjalol   o‘g‘li   xazinachi   lavozimini   egalladi.Qurultoyning   yana
bir   katta   xizmati,   bu   uning   tomonidan   Turkiston   Xalq   Majlisi   (parlamenti)
tarkibining   tuzilganligi   bo‘ldi.Milliy   majlis   tarkibiga   saylanganlar   orasida
Muvaqqat   Kengash   a’zolaridan   tashqari   o‘sha   davrning   atoqli   arboblari
T.Norbo‘tabekov,   S.Sharifxo‘jayev,   Nosirxonto‘ra   Kamolxonto‘ra   o‘g‘li,
M.Behbudiy,   T.Musaboyev   ,Sobirjon   Yusupov,   Odiljon   Umarov   va   boshqa
yurtpeshvolari bor edi.Shunday   qilib, o‘lkaning  mo‘tabar, millat parvarzotlaridan
iborat   milliy   hokimiyat     tashkil   etilib,   uning   zimmasiga   ulug‘vor   vazifalar
yuklandi.   Eng   muhimi,   qaddi     bukilgan,   qadr-qimmati,     g‘ururi   o‘zgalar   to-
monidan   kamsitilgan   Turkistonni   ro‘yobga   chiqarish,   uning   erki,   mustaqilligini
asta-sekin   tiklash,   yuksakka   ko‘tarish   —   bu   xalqchil   hukumatning   bosh
vazifasi,maqsad-muddaosi   edi.   Shu   boisdan   ham   o‘lkaning   millionlab   fuqarolari
Turkiston   Muxtoriyati   e’lon   qilinganligini   katta   qoniqish,   ko‘tarinki   ruh   bilan
qarshi   oldilar.   1917-yil   dekabr   oyi   boshlarida   Toshkent,   Namangan,     Jalolobod,
Qo‘qon,     Samarqand   shaharlarida   va   boshqa   hududlarda   ming-minglab   yurt  Nurmuxammedovaodamlari mitinglar, namoyishlar uyushtirib, muxtoriyatni qizg‘in qo‘llab-quvvatlab
chiqdilar,   bu   to‘g‘rida   maxsus   qarorlar   qabul   qilindi.   Masalan,   6-dekabr
Toshkentning   eskishahar qismida Turkiston Muxtoriyati tuzilganligiga bag‘ishlab
ko‘p   ming   kishilik   katta   miting   o‘tkazildi   .Unda   taniqli   yurt   arboblari:
Munavvarqori,   Mullo   Odilmufti,   Said   G‘anixon,   Pirmuhammad   A’lam
vaboshqalar   so‘zga   chiqib,   yig‘ilganlarni   chinakam   xalqhokimiyati   —   Turkiston
Muxtoriyati   tashkil   etilganligi   bilan   qutladilar.   Miting   ishtirokchilari   o‘lka
Muvaqqat   hukumatin   i   to‘la   qo‘llab-quvvatlashlarini   izhor   etib,qaror     qabul
qildilar.   O‘sha   davr   milliy   matbuoti   sahifalarida   Turkiston   ulug‘lari   tomonidan
muxtor   hokimiyatni   qo‘llab-quvvatlash,   uning   istiqboli   uchun   fidoyilik   bilan
kurash   olib   borish   kerakligi   xususidako‘plab   maqolalar   bitildi.   Jumladan,
Fitratning  «Muxtoriyat» maqolasida«...Qurultoy o‘z ishini qildi. Qolganlari butun
millatning   vazifasidur.   Muxtoriyatni   saqlamoq   uchun   kuch   lozim.Muxtoriyatni
bajarmoq uchun aqcha   kerakdir. Bularni   millat hozir qilsun», deb xitob qilingan
edi.«Hurriyat»   gazetasi,   1917-yil   5-dekabr.   Turkiston   mehnatkashlari   o‘z   milliy
hukumati   tuzilishini   qanchalik   qo‘llab-quvvatlab,   unga   ishonch   va   umidlari   ortib
bormasin,   biroq   o‘lkada   o‘rnashi   bo`lgan   va   asosiy   boshqaruv   jilovini   qo‘lda
ushlab   turgan   Turkiston   sovet   hukumati   va   uning   joylardagi   hokimiyat
mahkamalari   voqealarning   bu   tarzda   rivojlanishiga   izn   bermay,   muxtoriyat   va
uning tarafdorlarini yo‘q qilish yo‘lini butun choralar bilan o‘tkazib bordi. 1917-yil
13-dekabrda Toshkentda muxtoriyatni yoqlab o‘tkazilgan katta mitingning zo‘rlik
bilan   tarqatib   yuborilishi,   bugina   emas,   unda   sovet   kuchlari   otgan   miltiq   va
pulemyotlar   sadosi   ostida   ko‘plab   qurbonlar   berilishi   —   bu   Turkiston
Muxtoriyatiga   nisbatan   uyushtirilgan   dastlabki   suiqasd   edi.Turkiston   Muxtoriyati
og‘ir, mashaqqatli sinovlarjarayonini boshdan o‘tkazayotgan bir kezda, ya’ni1917-
yil   25-dekabr   kuni   Qo‘qonda   o‘lka   musulmon   ishchi,   askar   va   dehqonlarining   I
favqulodda   qurultoyi   ish   boshladi.   Unda   200   ga   yaqin   vakillar   ishtirok
etdi.Qurultoy   muxtoriyatni   har   tomonlama   quvvatlash,unga   moddiy   va   ma’naviy
madad   ko‘rsatish   shiori   ostida   o‘tdi.   Unda   o‘lkaning   qonuniy   hukumati   tarkibini
musulmon   ishchi,   askar   va   dehqon   deputatlari   qurultoyi   vakillari   hisobiga  Nurmuxammedovato‘ldirish to‘g‘risida qaror qilindi.Qurultoy o‘zining so‘nggi ish kuni  27-dekabrda
Petrogradga,   Xalq   Komissarlari   Soveti   Raisiga   telegramma   yo‘lladi.   Unda
Turkiston   Muxtoriyatini   e’tirof   etish,   uning   to‘laqonli   faoliyat   ko‘rsatishiga   izn
berish   so‘ralgan   edi.   Xususan,   telegrammada   shunday   deyilgandi:«...Bugun
Turkiston   xalqi   ikkala   qurultoyda   TurkistonMuxtoriyatini   bir   ovozdan   e’lon   qildi
va   Turkiston   Ta’sis   Majlisiga   o‘lkani   boshqarishning   so‘nggi   shaklini
ishlabchiqish   taklif   etildi.Saylangan   Xalq   Kengashida   ruslar   va   yevropaliklar
shahar va qishloqlar aholisining 2 foizini tashkil etsada, biz tomonimizdan 33 foiz
o‘rin   ajratilgan.Turkiston   musulmon   ishchi,   askar   va   dehqon   deputatlarining
birinchi   favqulodda   qurultoyida   qabul   etilgan   qaror   haqida   ma’lumot   berib,
sizlardan.Toshkent   Xalq   Komissarlari   Sovetiga   hokimiyatni   Turkiston   Muvaqqat
hukumatiga topshirish to‘g‘risida farmoyish berishingizni  so‘raymiz. Bu bilan siz
Turkistonni   juda   katta   falokatga   olib   keluvchi   anarxiya   va   qo‘sh
hokimiyatchilikdan  qutqargan   bo‘lardingiz».  Biroq,   ming  afsuski,   butun   bir   o‘lka
xalqlarining   xohish-irodasi,   orzu-maqsadlarini   ifodalab,   nufuzli   xalq   qurultoyi
tomonidan   bolsheviklar   va   sovetlar   yo‘lboshchisi   nomiga   yo‘llangan   bu
telegramma   talablari   qondirilmadi.   Buning   aksicha,   ochiq   va   yashirin   tarzda
foaliyat yuritayotgan Turkiston Muxtoriyatini tez orada tugatish haqida ko‘rsatma
berdilar.
Sovet   hokimiyati   mutasaddilari   qanday   qilib   bo‘lmasinTurkistonda   chuqur
ildiz   otish,   mahalliy   xalqlarni   o‘z   izmilariga   bo‘ysundirish,   asta-sekin   ularning
ishonchini qozonib, sovet   tuzumi qurilishi jarayoniga faol jalb qilish sari astoydil
kirishdilar.   Ular   kelgusida   mahalliy   vatanparvar   kuchlarning   Turkiston
Muxtoriyatiga   o‘xshagan   xalq   hokimiyati   boshqaruvini   yangidan   qayta   tiklashiga
izn   bermaslik   uchun   sovet   hokimiyatchiligiga   milliy,   mahalliy   shakl-shamoyil
berishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. Bunga erishishuchun barcha usullar-
u,   ta’sir   ko‘rsatish   vositalari   ishga   solindi.   Sovet   hokimiyati,   Turkistonda
sovetavtonom respublikasini tuzish tashabbusi-yu uni bevosita tashkil qilish ishlari  Nurmuxammedovabilan shug‘ullandi. Jumladan,sovet  hukumatining favqulodda komissari P. A. Ko-
bozev  RSFSR millatlar ishi komissarligi xodimlari X. Ibragimov, A.Sh. Klevleyev
singarilar     bu   ishda   bosh-qosh   bo‘ldilar.   Ular   Markaz   elchilari   sifatida   mahalliy
sovet   rahbarlari   bilan   yaqin   hamkorlikda   yerliaholi   o‘rtasida   zo‘r   berib   sovet
hokimiyatini qo‘llab-quvvatlashga, uning milliy siyosatini izchil amalga oshirishga
da’vat   etib   faol   tushuntirishlar   olib   bordilar.Turkistonda   sovet   avtonomiyasi
(muxtoriyati)ni   rasmiy   tashkil   qilish   masalasi   1918-yilning   20-aprelidan   1-
mayigacha   Toshkentda   bo‘lib   o‘tgan   o‘lka   sovetlarining   V   syezdida   ko‘rib
chiqildi.   Bolsheviklar     fraksiyasi   taklifi   asosida   syezd   qabul   qilgan   «Turkiston
sovet   respublikasi   to‘g‘risida   qoidalar»da     RSFSR   tarkibiga   kiruvchi   TASSR   —
Turkiston   avtonom   sovetsotsialistik   respublikasi   ekanligi   e’lon   qilindi.Turkiston
avtonom   respublikasining   hududiy   chegaralari   belgilandi.   Uning   oliy   qonun
chiqaruvchi organi sifatida ishchi, askar, dehqon va musulmon-dehqonlar sovetlari
syezdi, uning doimiy faoliyat yurituvchi organi qilib esa Markaziy  Ijroiya Qo‘mita
belgilandi.O‘lkaning   boshqaruvi,   uning   ijroiya   funksiyalari   Xalq   Komissarlari
Kengashi   tasarrufiga   berildi.   Joylarda   esa   mahalliy   sovetlar   va   ularning   ijroiya
qo‘mitalari hokimiyat funksiyalarini bajarishlari kerakligi ta’kidlandi.O‘lka syezdi
Turkiston aholisining ko‘p millatli tarkibini hisobga olib, hukumat  qoshida milliy
ishlar   xalq   komissarligini   tashkil   qildi.   Joylarda   uning   bo‘limlarituzilib,   ularning
zimmasiga turli millat kishilari o‘rtasida qizg‘in tashkilotchilik va siyosiy ish olib
borish,milliy manfaatlarni himoya qilish vazifasi yuklatildi.
Turkiston   avtonom   sovet   sotsialistik   respublikasi   tuzilib,   uning   maqsad,
vazifalari   rasmiy   hujjatlarda   belgilangan   bo‘lsa-da,   biroq   amalda   u   mahalliy
xalqlarning haqiqiy manfaatlariga emas, asosan hukmron tuzum va uning o‘lkadagi
ta’sirini   kuchaytirishga   xizmat   qilardi.   Negaki,   bu   muxtoriyat   hukumati   yerli
aholining   milliy   qiziqishlari,   haq-huquqlarini   himoya   qilishdan   ko‘ra   sovet
hokimiyatining   ildizini   mustahkamlashni,   Turkistonda   sovetlar   hukmronligi
ta’sirini   kuchaytirishni   ko‘zda   tutardi.Shuning   uchun   ham   chuqur   sinfiylik  Nurmuxammedovatamoyillariga   asoslangan   o‘ziga   xos   davlat   boshqaruvida   hokimiyat   funksiyalari
butunlay sovetlar va ularning organlar iixtiyoriga berib qo‘yilgan edi. Aslida bular
tarkibi   asosan   yevropalik   millatlar   vakillaridan   tashkil   topgan   ishchi,   askar   va
dehqon   deputatlari   sovetlari   bo‘lib,musulmon-dehqon   deputatlari   sovetlari   esa
ularga     bo‘ysunuvchi   maqomda   e’tirof   etilgan   edi.   Shuning   dek,   Turkiston
avtonom   sovet   respublikasi   tuzilishida   bir   tomonlama   faqat   hududiy   tamoyillar
hisobga   olinib,   o‘lka   xalqlarining     milliy   tamoyillari     e’tirofi   o‘z   ifodasini
topmagan   edi.   Nihoyat,   yana   shu   narsa   taajjublanarliki,Turkistonning   sovet
respublikasi   deb   e’lon   qilinishi   na   yuridik   va   na   siyosiy   jihatdan   hech   bir
demokratik   mazmunga   ega   bo‘lmay,   u   xalq   xohish-irodasiga,   uning   qonuniy
talablariga   asoslanmagan   edi.   Loaqal   buning   uchun   xalq   roziligini   sinashning
ishonchli demokratik shakli — referendum singari tadbirlar ham o‘tkazilmagandi.
O‘lka   syezdida  respublikaning   hokimiyat  organlari   tuzildi.  Turkiston  respublikasi
qonun   chiqaruvchi   organi   —   Markaziy   Ijroiya   Qo‘mitasining   jami   36   a’zosidan
atigi   9   nafari   mahalliy   millat   kishilari   edi.Uning   raisi   etib   favqulodda   vakolat
egasi,   Bolshevik   P.A.Kobozev   saylandi.   Shuningdek,   bolshevik   F.I.Kolesov
boshchiligida 16 kishidan iborat tuzilgan hukumat — XKS tarkibiga ham 3 nafar
mahalliy   millat   vakillari   kiritilgandi,   xolos.   Shu   faktlarning   o‘zi   hamTurkiston
sovet   muxtoriyatining   nima   maqsadda   va   kimlarning   tub   manfaatlarlni   himoya
qilishni   ko‘zlab   tuzilganligidan   yaqqol   dalolat   beradi.   Markaziy   hokimiyat
Turkiston   avtonom   respublikasi   jilovini   to‘lig‘icha   qo‘lga   olish   uchun   o‘lkadagi
mavjud bolshevistik   tashkilotlarni birlashtirib, ular negizida yagona kommunistik
partiya   tuzishga   kirishdi.     Markaz   ko‘rsatmasi   bilan   bu   borada   ham   1918-yilning
birinchi   yarmi   davomida   qizg‘in   ishlar   olib   borildi.   Safida   2   ming   nafar   a’zosi
bo‘lgan   o‘lka   bolsheviklari   (kommunistlari)ning     1918-yil   iyunida   bo‘libo‘tgan   I
syezdida   (unda   ishtirok   etgan   46   delegat   ichi-da   atigi   6   nafari   mahalliy   millatlar
vakillari   bo‘lgan)Turkiston   Kompartiyasi   tuzilganligi   e’lon   qilinadi.   TKPning
tuzilishi   bilan   Turkistondagi   sovet   davlatchiligi   yangi   xususiyat   kasb   etib,   uning
bolshevistik   partiya   rahbarligiga   qaramligi   kuchayadi.   Negaki,   MIQ   va   XKS
tarkibini   tashkil   etuvchilarning   ko‘pchiligi   bolsheviklar   partiyasi   a’zolari   bo‘lib,  Nurmuxammedovauning   ko‘rsatma   va   intizom   talabi   bo‘yicha   ish   yuritishga   majbur   edi.   Qabul
qiladigan qonunlarni va qarorlarni oldindan partiya Markaziy Qo‘mitasiga taqdim
etishva uning roziligini olishga majbur bo‘lib qoladilar. Bu hol davlat qurilishining
demokratik   tamoyillariga   mutlaqo   zid   kelardi.   Turkiston   avtonom   sovet
davlatchiligini   huquqiy   jihatdan   shakllantirish   masalasida   asosiy   rol   Moskva   va
uning   bolshevik   yo‘lboshchilari   qo‘lida   bo‘ldi.   Xususan,   ularning   ko‘rsatmalari
asosida   o‘lkaning   davlatchilik   maqomi   va   konstitutsiyaviy   negizlari   belgilandi.
Jumladan,   Turkiston     ASSRning   konstitutsiyaviy   tuzilishi   va   huquqiy   maqomini
shakllantirish   uchun   RSFSRning   1918-yilda   qabul   qilingan   birinchi   Kons-
titutsiyasi   to‘la   asos   qilib   olindi.   O‘lka   xalqlari   hayotiga   oid   bu   «muhim
masalalar»ni   hal   etish   uchun   1918-yil   oktabrida   Turkiston   o‘lka   sovetlarining   V
syezdi   chaqirildi.   Mazkur   syezd   Rossiya   Federatsiyasining   muhim   hujjatlariga,
xususan,   uning     Konstitutsiyasiga   asoslanib,   Turkiston   avtonom   respublikasining
Konstitutsiyasini   qabul   qildi.   U   Turkistonni   Rossiya   Sovet   Federativ   Sotsialistik
Respublikasining   ajralmas,   tarkibiy   qismi   bo‘lib   qolishini,   o‘lka   xalqlarining
barchahayotiy   masalalari   uning   mas’ulligida   ekanliginiqonunlashtirdi.   Binobarin,
o‘lkaning moliyaviy, mudofaa, tashqi siyosat aloqalari, temiryo‘llar, savdo, moliya
va shu singari muhim hayotiy sohalari RSFSR hukumati tasarrufida bo‘lishi syezd
hujjatlarida o‘z ifodasini topdi. Syezd tasdiqlagan Turkiston avtonom respublikasi
oliy  hokimiyati  -Turkiston  MIQ   tarkibiga    mahalliy  millat   nomzodlari   ham   (jami
75   kishidan   20nafari)   kiritildi.   Shunday   qilib,   «ulug‘»   millat   namoyandalarining
to‘liq   tashabbusi   va   homiyligida   o‘tgan   va   Turkiston   xalqlarining   tub
manfaatlariga,   taqdiriga   oid   hujjatlarni   qabul   qilgan   o‘lka   sovetlarining   V   syezdi
amalda   sovet   hokimiyatining   bu   hududdagi   to‘la   hukmronligini   qaror   topdirishga
xizmat qildi. Qabul qilinganTurkiston Konstitutsiyasi ham aniq ifodalangan sinfiy
mazmunga   ega   bo‘lib,   unda   o‘lka   xalqlarining   ijtimoiy-siyosiy   va   madaniy
hayotining   milliy   o‘ziga   xosligi,   huquqiy   himoyasi   o‘z   aksini   mutlaqo   topmagan
edi.   Mazkur   konstitutsiya   talabi   bo‘yicha,   «mehnatsiz   daromad»   hisobiga
yashaydigan shaxslar, din peshvolari,   rohiblar,   xususiy savdogarlar, tijoratchilar,
tadbirkorlar va hokazolar saylash va saylanish huquqidan butunlay mahrum etildi.  NurmuxammedovaShu   tarzda,qonun   yo‘li   bilan   Turkiston   jamiyatining   ko‘pgina   ijtimoiy   tabaqalari
va guruhlari davlatni boshqarishda qatnashish huquqidan chetlatilgan edi.
Xiva   xonligi   hududida   aholi   keng   ijtimoiy   qatlamlarining   demokratik
yo‘nalishdagi   harakati   o‘sib   bordi.Ularning   sa’y-harakatlariga   Yosh   xivaliklar
tashkiloti rahnamolari yetakchilik qildilar. XX asr boshlarida vujudga kelgan Yosh
xivaliklar   uyushmasi   o‘zining   dastlabki   qadamlaridanoq   xonlikdagi   mustabid   tu-
zumni   chuqur   isloh   qilish,   xalqning   ahvolini   yaxshilash,   uning   tub   maqsad,
manfaatlarini   ro‘yobga   chiqarish   uchun   kurash   olib   bordi.   1917-yil   boshlarida
Rossiyada   bo‘lgan   o‘zgarishlar   ta’sirida   Yosh   xivaliklarning   faoliyati   yanada
kuchaydi.Ular   o‘z   dasturiy   vazifalarini   belgilab,   xonlikdagi   siyosiy   vaziyatni
o‘zgartirish   va   qator   muhim   demokratik   islohotiarni   amalga   oshirishga   harakat
etdilar.   Shu   maqsadda   Yosh   xivaliklar   rahbarlari   xonlikning   o‘ziga   xos   maxsus
xususiyatlaridan   kelib   chiqib,   tinchlik   yo‘li   bilan,   asta-sekin   mutlaq   monarxiya
tuzumidan   konstitutsion   monarxiya   boshqaruviga   o‘tishga   qaratilgan   manifest
ishlab chiqdilar. Manifestda   xonning vakolatlari doirasini cheklash, uning xalqqa
nohaq   zulm   o‘tkazgan,   haddidan   oshgan   amaldorlarini   jazolash,   vazifalaridan
mahrum   etish,   ijtimoiy   hayotning   muhimsohalari   —   iqtisodiyot,   ta’lim   va
madaniyat   jabhalarini   isloh   qilish   talablari   aks   ettirilgandi.   Xivadagi   ijtimoiy-
siyosiy   vaziyat   keskin   tus   olayotgani,   keng   aholi   qatlamlari   faol   harakatga
kelayotganini,   ommaviyko‘cha   namoyishlari   to‘xtamayotganini   ko`ragan   Xiva
xoni Isfandiyorxon murosa-yu madoraga borib o‘z-arkoni davlati ishtirokida 1917-
yil   5-aprel   kuni   manifestni   imzolashga   majbur   bo‘ladi.Manifest   talablariga   ko‘ra
xonlikda 
1920-yilning   27—30-aprel   kunlari   Xivada   bo‘lib   o‘tgan   xalq   vakillari
Butun   Xorazm   qurultoyi   Xiva   xonligi   tugatilganligi   va   yangidan   Xorazm   Xalq
Sovet   Respublikasi   tuzilganligini   e’lon   qildi.   Qurultoy   XXSR   ning   muvaqqat
Konstitutsiyasini   qabul   qildi.Unda     «Xorazm   davlatining     davlat   tuzumi   sovetlar  Nurmuxammedovanegiziga   asoslangan   respublika   ekanligi,   Xorazmning   butun   xalqi   o‘z   vakillari
yordamida  mamlakatni  boshqarishi» ta’kidlanadi. Respublikaning  oliy hokimiyati
yilda   bir   marta   chaqiriladigan   qurultoy   bo‘lib,   u   respublika   hayotiga   daxldor   eng
yirik   vazifalarni   hal   etadi.Qurultoy   mamlakatni   boshqarish   uchun   15   kishidan
iborat hukumat — Xalq Nozirlar Kengashini sayladi. Xalq hokimiyatiga saylovlar
umumiy  bo‘lib,  respublikaning  18  yoshga   yetgan  fuqarolari   dini,  millati,  jinsidan
qat’i nazar qurultoy yoxud mahalliy sovetlarga saylash va saylanish huquqiga ega
bo‘ldilar.   Faqat   xon   va   uning   oila   a’zolari,   ruhoniyat   vakillari,   sudxo‘rlargina
saylov   huquqlaridan   mahrum   etildi.   Konstitutsiya   respublikaning   o‘ziga   xos
xususiyatidan   kelib   chiqib,   shariat   sudi   tizimini   saqlab   qoldi.Qurultoyda   Xorazm
respublikasining birinchi hukumati raisligiga Yosh xivaliklar rahbari Polvonniyoz
Yusupov   saylandi.   Hukumat   tarkibi   ham   Yoshxivaliklar   va   turkman   urug‘-
qabilalari boshliqlaridan tashkil topgan bo‘lib, bu o‘sha davrdagi kuchlar nisbatini
aks   ettirardi.   1920-yil   iyunida   Xivada   Xorazm   Kompartiyasining   ta’sis
konferensiyasi bo‘ladi. Unda XKP ning tashkiliyrasmiylashuvi amalga oshadi. Bu
davrda   Xorazm   kommunistlarining   soni   1000   kishi   atrofida   bo‘lib,ular   22   ta
partiya   yacheykalariga   birlashgan   edilar.   1920-   va   1921-yil   boshlariga   kelib
Xorazmda   kasaba   uyushmalari,   «Qo‘shchi»   uyushmalari,   inqilobiy     yoshlar
ittifoqi  tashkilotlari   yuzaga  keladi.  Ularning  saflari  ham   tez ortib bordi. Masalan,
1921-yil   bahorida   «Qo‘shchi»     tashkilotlari   6   mingdan   ziyod   dehqonlarni   o‘z
safiga   birlashtirgan   edi.Xorazmda   sovetlarning   faol   ko‘magi,   qo‘llab-quvvatlashi
bilan xalq sovet respublikasining vujudga kelishi, Rossiya Federatsiyasi, qolaversa,
Turkiston   avtonom   sovet   respublikasi   uchun   ayni   muddao   bo‘ldi.   Ular   yosh
respublikaga asta-sekin ta’sir o‘tkazib, uni o‘z domiga ilintirishga intildilar. Asosiy
maqsad   esaXorazmga   «beg‘araz   yordam»   ko‘rsatish,   sovet   tartib-qoidalarini
tashkil etish orqali uni pirovardida bolsheviklar hokimiyati qo‘l ostiga kiritib olish
edi.   Jumladan,   1920-yil   13-sentabrda   Rossiya   hukumati   bilan   XXSRo‘rtasida
imzolangan   ittifoq   shartnomasi   ham   asl   mazmun-mohiyati   bilan   mana   shu
maqsadga xizmat qilardi. Ittifoq shartnomasi bilan birga ikkala respublikao‘rtasida
imzolangan   harbiy-siyosiy   va   iqtisodiy   kelishuvlar   asosida   Xorazm   Xalq   Sovet  NurmuxammedovaRespublikasiga   sovet   Rossiyasi   tomonidan   tegishli   harbiy,   iqtisodiy   va   madaniy
yordam   ko‘rsatish   ko‘zda   tutilgan   edi.XXSR   va   RSFSR   o‘rtasida   tuzilgan   ittifoq
shartnomasi   hamda   harbiy-siyosiy   va   iqtisodiy   ahdlashuvlar,   bir   tomondan,
Xorazm   respublikasi   mavqeyining   mustahkamlanishiga,   ikkinchi   tomondan   esa
uning   qudratli   sovet   davlatiga   siyosiy   qaramligini   yanada   kuchayib   borishiga
xizmat   qilardi.   Faqatgina   1921-yil   davomidauch   marta   (mart,   sentabr,   noyabrda)
hukumat o‘zga-rishi yasalib, Moskvaga ma’qul kelmagan uning tarkibiyangilandi.
O‘z   xalqi   milliy   manfaatlarini   yoqlab   siyosat   yuritgan   Polvonniyoz   Yusupov,
M.Ibniyaminov,O.Muhammadrahimov   bosh   bo‘lgan   hukumat   tarkiblari   bekor
qilindi, ularning rahbarlari asossiz qoralanib,ular og‘ir jazolarga mahkum etildilar.
Shuningdek,   sovet   Rossiyasi   Turkiston   hududidagi   milliy   respublikalar
mustaqilligini   butkul   barham   toptirish,   ularni   o‘z   tasarrufiga   bo‘ysundirish   sari
qat’iy   yo‘l   tutdi.   1923-yil   martida   Toshkentda   Turkiston,   Buxoro,   Xorazm
respublikalari   vakillari   ishtirokida   konferensiya   chaqirilib,   unda   mazkur
respublikalarni   iqtisodiy   jihatdan   birlashtirish   maqsadida   O‘rta   Osiyo   Iqtisodiy
Kengashi   tuzildi.   Bu   esa   ularni   har   tomonlama   boshqarish   tizimi   muruvvatlari
Rossiya   nazorati   ostigao‘tayotganidan   dalolat   berardi.1923-yil   oktabrida   bo‘lib
o‘tgan   IV   Butun   Xorazmqurultoyi   respublikaning   yangi   Konstitutsiyasini   qabul
qildi. Unda amalga oshirilgan iqtisodiy, siyosiy, ijti-moiy va madaniy sohalardagi
o‘zgarishlar tahlil qilinib,uning o‘z rivojlanishida sotsialistik  bosqichga kirganligi
ta’kidlanib,   XXSRni   Xorazm   Sovet   Sotsialistik   Respublikasi   deb   e’lon   qildi.
Konstitutsiya   yerga   bo‘lgan   xususiy   mulkchilikni   bekor   qildi,   barcha   yerlar
umumxalq   mulki   deb   e’lon   qilindi.   Vaqf     mulklari   Maorif     nozirligi   ixtiyoriga
o‘tdi.   Bu   Konstitutsiyao‘zining   chuqur   sinfiylik   mohiyati   bilan   ajralib
turardi.Vohada   yuz   berayotgan   majburiy   yo‘sindagi   sotsialistik   o‘zgarishlar,
mulkiy tabaqalarga nisbatan qilinayotgan zo‘ravonlik va bedodliklar mahalliy xalq
noroziligining   alangalanib borishiga sabab bo‘ldi. 1924-yil yanvarida yuz bergan
xalq qo‘zg‘oloni ham buning yorqin ifodasidir. Garchand qo‘zg‘olon qizil askarlar
kuchi bilan bostirilgan bo‘lsada, biroq keng xalq ommasiningsovet tuzumiga qarshi
kurashi 30-yillar o‘rtasigacha davom qildi.  NurmuxammedovaYurt   fuqarolarining   aksariyat   ko‘pchiligi   adolatsizlik,   huquqsizlikdan   va
demokratik erkinliklarning yo‘qligidan aziyat chekardi. Shu bois amirlikda tez-tez
xalq   g‘alayonlari   yuz   berib   turardi.   Ularda   harakatga   kelgan   aholi   tabaqalari
o‘zlarining   haqqoniy,   adolatli   talablarini   ilgari   surib,   mamlakatda   o‘zgarishlar
bo‘lishini   yoqlardilar.   XX   asr   boshlarida   ilg‘or,   taraqqiyparvar   ziyoli   yoshlardan
tashkil   topgan   Yosh   buxoroliklar   tashkiloti   ham   aynan   mana   shu   maqsadlarda
faoliyat   yuritardi.   O‘z   saflarida   Abduvohid   Burhonov,   Usmon   Xo‘jayev
(Usmonxo‘ja   Po‘latxo‘jayev),   Fayzulla   Xo‘jayev,   Abdurauf   Fitrat,   Sadriddin
Ayniy, Mirza MuhitdinMansurov,   Abdulqodir Muhitdinov va boshqa o‘nlab yurt
fidoyilarini   birlashtirgan   Buxoro   jadidlari   1917-yil   inqilobiy   voqealaridan
foydalanib keng xalq manfaatlari foydasiga muhim siyosiy o‘zgarishlarni ro‘yobg
achiqarishga   harakat   etdilar.   Ayniqsa,   bunda   amirga   tazyiq   o‘tkazib,   uni   xalqqa
ko‘p   masalalarda   yon   berishga,   siyosiy   tuzumni   o‘zgartirishga,   xususan,
konstitutsion   monarxiya   joriy   etishga   urg‘u   berildi.Yosh   buxoroliklar   rahbarlari
ishlab   chiqqan     islohot   loyihasida,   jumladan,   amir   huzurida   va   joylarda   xalq
vakillari   bo‘lishi,   ma’muriyat   yaxshilanishi,   u   xalq   vakilligi   nazoratida   bo‘lishi,
amaldagi soliqlardan   tashqari boshqa soliqlar bekor qilinishi, maktab va matbuot
erkinligi, amirning  en g mutaassib va johil  amaldorlaridan ba’zilarini almashtirish
talablari   ilgari   surilgan   edi.   7-aprelda   amir   Said   Olimxon   keng   omma   tazyiqi   va
Yosh   buxoroliklarning   islohiy   talablari   asosida   Manifest   chiqarishga   majbur
bo‘ladi.   Unda   amirlik   tuzumining     tub   negizlariga   daxl   qilmagan   holda
mamlakatda   bir   qator   demokratik   o‘zgarishlar   o‘tkazish   ko‘zda   tutilgandi.
Soliqlarni   tartibga     solish,   turli     ijtimoiy   tabaqalar   vakillaridan   iborat     Majlis
tashkil   qilish,   maorif,   tibbiyot,   sud   tizimi   faoliyatini   yaxshilash,   ma’muriy
boshqarish   ishlarini   takomillashtirish     va   boshqalar   shular   jumlasiga   kirardi.
Garchand amir manifesti   Yosh buxoroliklar tomonidan ma’qullanib kutib olingan
bo‘lsa-da,   biroq   hukmron,   qora   kuchlar   unga   tish-tirnoqlari   bilan   qarshi   turdilar.
Ular   namoyishga   chiqqan   islohot     taraf-dorlariga   hujum   qilib,   poytaxtda   qonli  Nurmuxammedovaqirg‘inlar uyushtirdilar. Yosh buxoroliklarni ta’qib qilish, ulardan o‘ch olish avjga
mindi.   Ularning   ko‘plab   namoyandalari   qo‘shni   Turkiston   ASSRga   bosh   olib
ketishga majbur bo‘ldi. Shu tariqa, amirlikda konservativ ruhdagi kuchlarning qo‘li
baland   keldi.   Islohiy   harakatlarning     birinchi   bosqichi   muvaffaqiyatsiz   yakun
topdi.
1920-yil   14-sentabrda   BKP   MQ   va   Butun   Buxoro   Muvaqqat   Inqilobiy
Qo‘mitasining   birlashgan   majlisida   A.Muhitdinov   boshchiligida   oliy   qonun
chiqaruvchi organ — Butun Buxoro Inqilobiy Qo‘mitasi  va F.Xo‘jayev raisligida
Respublika hukumati — Xalq Nozirlar Kengashi tashkil qilindi. O‘sha yilning 6-8-
oktabr   kunlari   xalq   vakillarining   I   Butun   Buxoro   qurultoyi   bo‘lib   o‘tdi.   Unda
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi  tuzilgani  to‘g‘risida  qaror qabul  qilindi.1921-yil
4-martda     Moskvada   BXSR   bilan     RSFSR   o‘rtasida     ittifoq   shartnomasi   va
iqtisodiy   bitim   imzolandi.   Bu   rasmiy   hujjatlar   asosida   Buxoro   davlatining   sovet
Rossiyasiga   harbiy-siyosiy   va   iqtisodiy   jihatdan   har   tomonlama   bog‘liq   bo‘lib
qolganligi   qonuniy   belgilab   qo‘yildi.   Bu   esa   Rossiya   Federatsiyasi   va   uning
Turkistondagi   vakolatli   namoyandalariga   Buxoro   Xalq   Respublikasining   ichki
ishlariga bevosita   aralashish,  u  yerdagi   o‘zgarishlarni   nazoratga  olish  va  uni  aniq
sotsialistik   maqsadlar   sari   qaratish   uchun   keng   imkoniyatlar   ochib   berdi.
Darhaqiqat,   sun’iy inqilob yasash yo‘li bilan xalqni   «harakatga keltirib», amirlik
tuzumini   zo‘rlik,   kuch   asosida   ag‘darib,   Buxoro   Xalq   Sovet   Respublikasi
tuzilishiga   erishgan   sovet   hokimiyati     endilikda     unga   o‘zining   sotsialistik
g‘oyalari-yu   tartib-qoidalarini  bemalol  tiqishtira olardi. Bu hol  Buxoroning mus-
taqil,   suveren   davlat   sifatida   taraqqiy   topishiga,   xalqining   asriy   orzularining
ro‘yobga   chiqishiga,   uning   o‘ziga   xoslik,   milliylik     xususiyatlarining
bardavomligiga   jiddiy   to‘sqinlik   tug‘dirardi,   albatta.   Shu   bois   Buxoro
hukumatining   mustaqil   siyosat   yuritishiga,qo‘shni   mamlakatlar   yoxud   Turkiya,
Germaniya   singari     uzoq   xorijiy   davlatlar   bilan   diplomatik     va   savdo-sotiq  Nurmuxammedovaaloqalari   o‘rnatish   borasidagi   sa’y-harakatlariga   izn   berilmadi.   Markazning
S.Orjonikidze,   Sh.   Eliava,Y.   Peters   singari   nufuzli   emissarlari     Buxoroga   tez-tez
yuborilib,   Buxoro   hukumati   faoliyatini   taftish   qilish,   uning   yo‘l   qo‘ygan   xato,
nuqsonlarini fosh qilish bilan shug‘ullandilar. Hatto  RKP(b) MQ 1922-yil mayida
«Turkiston—Buxoro   ishlari   haqida»   qaror   qabul   qildi.Unda   O‘rta   Osiyoda,
jumladan,   Buxoroda     jadallik   bilan   sotsialistik     tuzumni   mustahkamlash   qat’iy
uqtirilgan   edi.   Shuningdek,   RKP(b)   MQning   1923-yil   12-iyunda   qabul   qilgan
Buxoro   masalasiga   doir   maxsus   qarori   ham   BXSRning   ichki   ishlariga   qo‘pollik
bilan   aralashish   edi.   Negaki,   bu   qarorda   Buxoroning   rivojlanish   jarayonini
«sotsialistik  iz»ga burib yuborish maqsadi ko‘zda tutilgandi. Buxoro xalqining tub
milliy   manfaatlari   yo‘lida   fidoyilik   bilan   faoliyat   yuritganAbdurauf   Fitrat,
Mo‘minjon Aminov, Ota  Xo‘jayev, Sattor  Xo‘jayev, Rahimjon Yusufzodalarning
respublika hukumati tarkibidan chetlatilishi ham Moskva vakillarining talabi bilan
amalga   oshirilgan   edi.     Buxoro   Xalq   Sovet   Respublikasining   asosiy
rahbartashkiloti   —   Buxoro   Kompartiyasi   RKP(b)   MQning   viloyat   tashkiloti
maqomida   faoliyat   yuritishga   majbur   edi.   Respublika   hududida   sovetlarga   qarshi
kuchlarni   bostirish   bahonasi   bilan   to‘plangan   son-sanoqsiz   qizil   askarlarning
mutlaq   ko‘pchiligi   chetdan   keltirilgandi.Masalan,   1922-yilda   mavjud   40   ming
kishilik   qizil   armiya   tarkibida   buxoroliklar   atigi   500   kishini   tashkil   etardi,   xolos.
Buxoro   respublikasining   1921-yil   sentabrida   qabul   qilingan   Konstitutsiyasi   ham
RSFSR  konstitutsiyasi  andozasida   tuzilgan edi.  Markaz  tashabbusi   bilan 1923-yil
martida   O‘rta   Osiyo   Iqtisodiy   Kengashining   tuzilishi   va   uning   tar-kibiga
Buxoroning   ham   jalb   qilinishi,   bu   uning   iqtisodiy   mustaqilligining   asta-sekin
qo‘ldan boy berilishiga sabab bo‘ldi. Hukmron Markaz tazyiqi asosida bu hududda
qat’iy   tarzda   sotsialistik   o‘zgarishlar   amalga   oshirilib   borildi.   1923-yilda   qabul
qilingan   BXSR   Konstitutsiyasiga   binoan   mulkdorlar,   savdogarlar,   ruhoniylar
saylov   huquqidan   mahrum   etildi.   1924-yil   sentabrida   bo‘lib   o‘tgan   5-Butun
Buxoro   qurultoyi       BXSRni   Buxoro   Sovet   Sotsialistik     Respublikasi   deb   e’lon
qildi.   Nihoyat,   1924-yilda   o‘tka-zilgan   milliy-hududiy   chegaralanish   natijasida
uning     hududlari   O‘zbekiston   va   Turkmaniston   SSR   tarkibiga   qo‘shib   yuborildi.  NurmuxammedovaSovetlarning bu zo‘ravonlik siyosati voha xalqining keyingi tarixiy qismatida aso-
ratli   iz  qoldirdi.  Shu   bois   tez   orada   boshlanib   ketgan  Buxoro   mehnatkashlarining
sovetlar   tuzumi   zo‘ravonligiga   qarshi   harakati   XX   asrning   30-yillari   o‘rtalariga
qadar davom etdi.

NurmuxammedovaMavzu: Turkiston ASSSR va Qozog'iston ASSSRlarining tashkil topishi. Rossiya samoderjaviyasi zulmi,hukmronligiga qarshi uzluksiz davom etib kelgan kurash,nihoyat 1917-yil fevraliga kelib g‘alaba qozondi. Uch asr davomida Rossiya saltanatini to‘xtovsiz boshqaribkelgan Romanovlar sulolasi hukmronligi ag‘darildi. Mutlaq monarxiya tuzumi quladi. Mart oyi boshlarida Rossiya burjuaziyasi doiralari vakillaridan tashkil topgan Muvaqqat hukumat faoliyat ko‘rsata boshladi. Ayni chog‘da Petrogradda va boshqa joylarda ishchi, askar va dehqon deputatlari sovetlari tuzilib, hokimiyat organlari sifatida ish yurita boshladi. Shu tariqa, Rossiyada tarixda nihoyatda kamdan kam uchraydigan noyob hodisa — ikki hokimiyatchilik boshqaruvi vujudga keldi. Bu hol o‘sha vaqtdagi mamlakatda vujudga kelgan siyosiy kuchlar nisbatini o‘zida aks ettirardi.Rossiyada fevral inqilobining amalga oshishi, siyosiy tuzumning o‘zgarishi, demokratik jarayonlarning yuzaga kelishi uchun qulay imkoniyatlarning ochilishi Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy voqealarning borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘lka hayotida yuz bergan muhim siyosiy o‘zgarishlardan biri — bu Rossiya mus-tamlakachiligi boshqaruvi ramzi bo‘lib kelgan Turkiston general-gubernatorligi mahkamasining tugatilganligi bo‘ldi. Uning o‘rniga Muvaqqat hukumatga bo‘ysunuvchi Turkiston qo‘mitasi tashkil etildi. Aynichog‘da viloyatlardagi harbiy gubernatorlik ham tugatildi. Ularning o‘rniga viloyat komissarliklari tuzildi. Eng muhimi, fevral o‘zgarishi Turkiston o‘lkasi xalqlari hayotiga muayyan demokratik jarayonlarni baxsh eta bordi. Endilikda keng xalq ommasi, uning turli ijtimoiy qatlamlari faol harakatga kela boshladi.O‘lkaning yirik shaharlarida tashkil topgan va asosiy tarkibi mahalliy millat vakillaridan iborat kasaba uyushmalari, chunonchi, binokorlar, quruvchilar,ko‘nchilar, duradgorlar va boshqa kasb kishilarini birlashtirgan uyushmalar ham aholining tub manfaatlari,ularning iqtisodiy va siyosiy talablarini

Nurmuxammedovahimoya yuritdilar. 1917-yilning may oyiga kelib Turkiston o‘lkasidan mardikorlikka zo‘rlik bilan olinib, Rossiyaning g‘arbiy hududlariga safarbar qilingan ko‘plab yurtdoshlarimizning o‘z ona zaminlariga qaytib kelishlari ham, shubhasiz, demokratik kuchlar safini to‘ldira bordi. Bu o‘rinda fevral o‘zgarishidan keyin o‘lka xalqlari hayotida muhim rol o‘ynagan, ularning siyosiy faolligini oshirishga xizmat qilgan ko‘plab inqilobiy-demokratik tashkilotlar, siyosiy firqalar kasaba uyushmalari faoliyatiga alohida urg‘u bermoq kerak bo‘ladi. Gap shundaki, bu davrda Rossiyada faoliyat yuritayotgan ko‘plab siyosiy partiyalar, jumladan, eserlar, sotsial-demokratlar va boshqa partiyalarning mahalliy tashkilotlari Turkistonda ham o‘zfaoliyatlarini kuchaytirib, aholining turli ijtimoiytabaqalarini o‘zlariga jalb qilish, o‘z dasturiy g‘oyalarini ularning ongi, shuuriga singdirishga harakat etardilar. Toshkentda 1917-yil mart oyida ishchi va soldatdeputatlari soveti tashkil etildi. Mart oyi oxirlarida o‘lkada ishchi va soldat deputatlarining 75 soveti faoliyat yuritdi. Biroq ulardagi deputatlarning asosiy ko‘p chiligi yevropalik millatlar vakillari edi. Bu davrda Turkistonda kechayotgan barcha alg‘ov-dalg‘ovli voqealar, jiddiy o‘zgarishlarning chinakam yalovbardorlari istiqlol uchun kurashning tolmas darg‘alari bo‘lgan jadid rahnamolari edilar. O‘lka hayotining past-u balan-dini teran bilgan, mustamlakachilarning riyokorlik siyosatidan, uning tez o‘zgaruvchan mohiyatidan boxabar va o‘z kurash dasturlariga ega bo‘lgan Turkiston jadidlari mahalliy aholining siyosiy ongini o‘stirish, uni katta tarixiy o‘zgarishlarga tayyorlashda bosh-qosh bo‘ldilar. Ayniqsa, Rossiya Muvaqqat hukumatining ikkiyuzlamachilik siyosati, uning inqilobning tub masalalarini, chunonchi, urush va tinchlik, 8 soatlik ish kuni, agrar va milliy masalalarni hal etishni turli bahonalar bilan chetga surishi ilg‘or jadid arboblarini inqilobiy-demokratik yo‘nalishda izchillik bilan kurash olib borishga da’vat etdi.Bu kezlarda to‘la kuch bilan namoyon bo‘lgan jadidlar faoliyatida vaqtli matbuot nashrlarini yo‘lgaqo‘yish, ularda inqilobiy-demokratik ruhdagi maqola,materiallarni muntazam chop etish, ularni ommagayetkazish muhim o‘rin tutgan. Ularning sa’y-harakati bilan Turkistonning bir qator yirik shaharlarida gazetava jurnallar nashr etila boshlandi. Jumladan, Toshkentda «Turk eli»,

Nurmuxammedova«Najot», «Kengash», «Ulug‘ Turkiston», «Turon», Samarqandda «Hurriyat» vaqtli nashrlari chiqa boshladi. Ular orqali e’lon qilingan materiallarda kechayotgan davrning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘tkir ijtimoiy-siyosiy masalalar, joylardagi ahvol, ommaning fikri-dilini to‘lqinlantirayotgan muammolar va boshqa shu kabi dolzarb hayotiy masalalar aks ettirildi. Sovetlar hokimiyati o‘rnatilgandan keyin Turkistondakechayotgan va tobora chigallashib borayotgan o‘ta murakkab vaziyat o‘lkaning yurtparvar va taraqqiyparvar kuchlarini faol harakatga keltirdi. Ular tashabbusni qo‘lga olib, bolsheviklar bosh bo‘lgan sovet hokimiyatiga qarshi tura oladigan, demokratik asoslarga tayangan, chinakam xalq hokimiyatchiligini o‘zida ifodalagan milliy davlatchilikni tashkil etish tomon yo‘l tutdilar. Bu borada joylarda jiddiy tayyorgarlik ishlari olibborildi. Nihoyat, 1917-yil 26-noyabrida Qo‘qonda o‘lka musulmonlarining IV favqulodda qurultoyi chaqirildi. Unda o‘lkaning 5 viloyatidan 200 nafardan ziyodroq vakillar ishtirok etdi. Qurultoy ishida «Sho‘- royi Islomiya», «Sho‘royi Ulamo», Musulmon harbiylari sho‘rosi, O‘lka yahudiylar jamiyati namoyandalari qatnashdilar. Qurultoy hay’atiga o‘lka xalqlarining taniqli kishilari — Mustafo Cho‘qay, U.Asadulla-xo‘jayev, Yurali Agayev, S.Akayev, Obidjon Mahmudov, Abdurahmon O‘razayev, Islom Shoahmedov, Kamol qozi, Karimboyev va boshqalar, jami 13 kishi saylandi. Mazkur qurultoyning 3 kun to‘xtovsiz davom etgan faoliyatining yakuni o‘laroq Turkiston Muxtoriyatini tuzishga muvaffaq bo‘lindi.Yangidan tarkib topayotgan davlat Turkiston Muxtoriyati deb ataladigan bo‘ldi.Ta’sis majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyat to‘lig‘icha Turkiston Muvaqqat Kengashi va TurkistonXalq (Milliy) Majlisi(54 kishidan iborat) qo‘lida bo‘lishligi ta’kidlandi.Turkiston Muxtoriyatini qabul qilish haqidagi qarorda shunday deyiladi: «Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o‘z huquqlarini o‘zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qiladi,

Nurmuxammedovashu bilan birga muxtoriyatning qaror topish shakllarini Ta’sis majlisiga havola etadi». Qurultoy «Turkistonda yashab tur-gan milliy ozchilik aholi huquqlarining muttasil himoya qilinishini tantanali ravishda e’lon qiladi».Qurultoyda Turkiston Muxtoriyati Muvaqqat Kengashi-hukumati tuzildi. Uning tarkibiga 12 kishidan iborat a’zolar saylandi: 1. Muhammadjon Tinishpayev— Bosh vazir, Ichkiishlar vaziri. 2. Islom Shoahmedov— Bosh vazir o‘rinbosari. 3. Mustafo Cho‘qayev— Tashqi ishlar vaziri (ke-yinroq Bosh vazir). 4.Ubaydulla Xo‘jayev— Harbiy vazir. 5. Yurali Agayev— Yer va suv boyliklari vaziri. 6. Obidjon Mahmudov— Oziq-ovqat vaziri. 7. Abdurahmon O‘razayev— Ichki ishlar vaziri-ning o‘rinbosari. 8. Solomon Gersfeld— Moliya vaziri. Hukumat tarkibiga yana to‘rt kishi — yevropalik aholi vakillari orasidan nomzodlar ko‘rsatilgach, keyinchalik kiritilishi belgilandi. Shuningdek, bu huku- matda Saidnosir Mirjalol o‘g‘li xazinachi lavozimini egalladi.Qurultoyning yana bir katta xizmati, bu uning tomonidan Turkiston Xalq Majlisi (parlamenti) tarkibining tuzilganligi bo‘ldi.Milliy majlis tarkibiga saylanganlar orasida Muvaqqat Kengash a’zolaridan tashqari o‘sha davrning atoqli arboblari T.Norbo‘tabekov, S.Sharifxo‘jayev, Nosirxonto‘ra Kamolxonto‘ra o‘g‘li, M.Behbudiy, T.Musaboyev ,Sobirjon Yusupov, Odiljon Umarov va boshqa yurtpeshvolari bor edi.Shunday qilib, o‘lkaning mo‘tabar, millat parvarzotlaridan iborat milliy hokimiyat tashkil etilib, uning zimmasiga ulug‘vor vazifalar yuklandi. Eng muhimi, qaddi bukilgan, qadr-qimmati, g‘ururi o‘zgalar to- monidan kamsitilgan Turkistonni ro‘yobga chiqarish, uning erki, mustaqilligini asta-sekin tiklash, yuksakka ko‘tarish — bu xalqchil hukumatning bosh vazifasi,maqsad-muddaosi edi. Shu boisdan ham o‘lkaning millionlab fuqarolari Turkiston Muxtoriyati e’lon qilinganligini katta qoniqish, ko‘tarinki ruh bilan qarshi oldilar. 1917-yil dekabr oyi boshlarida Toshkent, Namangan, Jalolobod, Qo‘qon, Samarqand shaharlarida va boshqa hududlarda ming-minglab yurt

Nurmuxammedovaodamlari mitinglar, namoyishlar uyushtirib, muxtoriyatni qizg‘in qo‘llab-quvvatlab chiqdilar, bu to‘g‘rida maxsus qarorlar qabul qilindi. Masalan, 6-dekabr Toshkentning eskishahar qismida Turkiston Muxtoriyati tuzilganligiga bag‘ishlab ko‘p ming kishilik katta miting o‘tkazildi .Unda taniqli yurt arboblari: Munavvarqori, Mullo Odilmufti, Said G‘anixon, Pirmuhammad A’lam vaboshqalar so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni chinakam xalqhokimiyati — Turkiston Muxtoriyati tashkil etilganligi bilan qutladilar. Miting ishtirokchilari o‘lka Muvaqqat hukumatin i to‘la qo‘llab-quvvatlashlarini izhor etib,qaror qabul qildilar. O‘sha davr milliy matbuoti sahifalarida Turkiston ulug‘lari tomonidan muxtor hokimiyatni qo‘llab-quvvatlash, uning istiqboli uchun fidoyilik bilan kurash olib borish kerakligi xususidako‘plab maqolalar bitildi. Jumladan, Fitratning «Muxtoriyat» maqolasida«...Qurultoy o‘z ishini qildi. Qolganlari butun millatning vazifasidur. Muxtoriyatni saqlamoq uchun kuch lozim.Muxtoriyatni bajarmoq uchun aqcha kerakdir. Bularni millat hozir qilsun», deb xitob qilingan edi.«Hurriyat» gazetasi, 1917-yil 5-dekabr. Turkiston mehnatkashlari o‘z milliy hukumati tuzilishini qanchalik qo‘llab-quvvatlab, unga ishonch va umidlari ortib bormasin, biroq o‘lkada o‘rnashi bo`lgan va asosiy boshqaruv jilovini qo‘lda ushlab turgan Turkiston sovet hukumati va uning joylardagi hokimiyat mahkamalari voqealarning bu tarzda rivojlanishiga izn bermay, muxtoriyat va uning tarafdorlarini yo‘q qilish yo‘lini butun choralar bilan o‘tkazib bordi. 1917-yil 13-dekabrda Toshkentda muxtoriyatni yoqlab o‘tkazilgan katta mitingning zo‘rlik bilan tarqatib yuborilishi, bugina emas, unda sovet kuchlari otgan miltiq va pulemyotlar sadosi ostida ko‘plab qurbonlar berilishi — bu Turkiston Muxtoriyatiga nisbatan uyushtirilgan dastlabki suiqasd edi.Turkiston Muxtoriyati og‘ir, mashaqqatli sinovlarjarayonini boshdan o‘tkazayotgan bir kezda, ya’ni1917- yil 25-dekabr kuni Qo‘qonda o‘lka musulmon ishchi, askar va dehqonlarining I favqulodda qurultoyi ish boshladi. Unda 200 ga yaqin vakillar ishtirok etdi.Qurultoy muxtoriyatni har tomonlama quvvatlash,unga moddiy va ma’naviy madad ko‘rsatish shiori ostida o‘tdi. Unda o‘lkaning qonuniy hukumati tarkibini musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlari qurultoyi vakillari hisobiga