logo

USMONIYLAR DAVLATI. TURKLARNING YEVROPAGA HARBIY YURISHLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

97.5 KB
MAVZU.  USMONIYLAR DAVLATI. TURKLARNING YEVROPAGA HARBIY
YURISHLARI .
REJA .
1. Kichik Osiyoda turk davlatining tashkil topishi.  Saljuqiylar sultonligi.
2.  Usmoniylar davlatining ijtimoiy –iqtisodiy ahvoli.  Davlat tuzimi.
3. Konstantinolning   egallanishi.   Turkiyaning   XV   asrning   ikkinchi   yarmidagi   xalqaro
ahvoli.
4. Usmoniylar imperiyasining rivojlanishi va uning tashqi siyosati.
  1071 yilda saljuqiylar sultonlari Alp-Arslon boshchiligida Manzikert yonida vizantiya
qo’shinlarni tor-mor keltiradilar va turklarning bu g’alabasi imperiyaning parchalanishida muhim
ahamiyat kasb etadi.
1073   yildan   boshlab   saljuqiylar   alp   Arslonning   qarindoshi   Sulaymon   ibn   Qutilmish
boshchiligida   Kichik   Osiyoni   egallashni   boshlaydilar.   Vizantiya   hukdorlarining   siyosatidan
norozi   bo’lgan   mahalliy   aholi   va   ko’chirib   keltirilgan   slavyan,   valax,   suriyalik   dehqonlar   bu
bosqinchilik   yurishiga   qarshilik   ko’rsatmaydilar,   ularning   ko’pchiligi   hatto   turklar   tomoniga
o’tib   ketadilar.   1077   yilda   Konya   va   Kaysari   hududlari   oralig’ida   saljug’iylarning   Kichik
Osiydagi davlatiga asos solinadi. Sulaymonning o’zi esa bu davlatning sultoni deb e’lon qilinadi.
Kichik   Osiyoning   g’arbiy   chegaralini   egalar   ekan,   saljuqiylar   endi   Vizantiyaning   poytahti
Konstantinopolga   xavf   sola   boshlaydilar.   Ammo   ularning   keyingi   yurushlari   salib   yurishlari
natijasida   to’xtatiladi.   Salibchilar   o’zlarining   birinchi   yurishlaridayoq   saljuqiylarni   Markaziy
Anatoliyaga   chekinishga   majbur   etib,   ularning   poytaxti   Nikeyani   egallaydilar   (1097   yilda)   va
turklarning  Janubi-Sharqiy   Yevropaga  bo’lgan   yurushini   to’xtatadi.   Salkam   yuz  yil   maboynida
saljuqiylar   Markaziy   Anatoliyadagi   kichik   hudud   bilan   cheklanishga   majbur   bo’ladilar.   1116
yilda ularning poytaxti Konya bo’lib, Saljuqiylar hukmronligining oxiriga qadar, ya’ni XIV asr
boshlariga   qadar   poytaxt   o’zgarmaydi.   Bu   shaharning   nomi   bilan   sultonlik   Konya   sultonligi,
sharqda esa Rum sultonligi nomi bilan mashhur bo’lgan. 
Kichik   Osiyo   turklar   tomonidan   o’zlashtirilar   ekan   bu   hududga   ko’chmanchi   qabilalrning
kelib joylashishi tezlasha boradi. Izlanuvchilarning fikriga ko’ra XI-XII asrlarda Kichik Osiyoga
500 mingdan 1080 minggacha turklar ko’chib kelganlar.
Saljuqiylar   sultonligida   yer   davlat   mulki   hisoblangan.   Sulton   o’z   yaqinlari   va   katta   lavozim
egalariga   katta   yerlar   berib   bu   yerlar-   iqta,   xarbiylarga   yaxshi   xizmatlari   uchun   beriladigan
yerlar-timar   (tarxon)   deb   atalgan.   Bu   yer   egalari   xarbiy   xizmat   majburiyatini   olib,   agar   bosh
tortsalar   bu   yerdan   mahrum   bo’lganlar.   Bundan   tashqari   yer   egaligining   boshqa   turlari   –   vaqf
(machit-madrasa   yerlari)   va   mulk   (shaxsiy   yer   egalik   turi)   ham   bo’lgan.Bu   yerlardan
foydalanganliklari   uchun   dehqonlar   asosan   ushr   –(hosilning   o’ndan   bir   qismi)   solig’ini   va
boshqa soliqlar  to’laganlar.  Boshqaruvda asosiy til – fors tili  bo’lgan. Aosiy qonun kodeksi bu
shariat bo’lib, og’uz ko’chmanchi qabilalarining qonuni tyure deb atalgan.
Sultonlikning eng gullab yashnagan davri XIII asrning 20-30 yillariga to’g’ri kelib, bu vaqtda
sultonlar   Alouddin   key   Kubod   I   (1219-1236)   va   G’iyosiddin   Key   Xusrav   (1236-1245)
mamlakatni boshqarganlar.
1242 yilda mo’g’illar O’rta Osiyo va Erondan so’ng Saljuqiylar davlatining shimoli- sharqiy
hududlarini   egallaydilar.   1243   yilda   Kyosedag   (Sivass   dan   60km   sharqiy   tomonda)   yonidagi
jangda   mo’g’illar   saljuqiylar   qo’shini   ustidan   g’alaba   qozonib,   davlatning   keyingi   taqdirini   xal qiladilar. Sulton o’zini mo’g’il xonining vasssali deb e’lon qilib, har yili soliq to’lashni bo’yniga
oladi.
XIII asr oxiriga kelib Saljuqiylar sultonligi 10 ta (ba’zi ma’lumotlarda 16 ta) mustaqil beylik
(knyazlik   yoki   amirlik)   larga   bo’linib   ketadi.   Ularning   kuch   qudrati   ularning   qo’shin   soniga
qarab belgilangan. Masalan: Germiyan – 200 ming, Karaman – 25 ming, Kastamonu – 200 ming,
Menteshe   –   100   ming,   Karasi   –   40   ming,   Saruxan   –   20   ming   kishidan   iborat   qo’shin   va
boshqalar.
1307   yilda   mo’g’illar   tomonidan   oxirgi   saljuqiy   sultoni   G’iyosiddin   Ma’sud   III   bo’g’ib
o’ldiriladi. Bu sana sultonlikning tugatilish sanasi hisoblanadi. Budavlat 230 yil umr ko’rgan. 
Saljuqiylar davlati beyliklarga bo’linib ketar ekan, ular ichida bir nechta yiriklari ham bor edi.
Ammo geografik jihatdan qulay hududdda joylashganligi, Vizantiyaga yaqinligi, Kichik Osiyoda
mo’g’illar   vassalligidan   ozodligi,   bu   hududga   ko’plab   turk   ko’chmanchi   qabilalarning   kelib
joylashuvi   natijasida   nisbatan   zaifroq   bo’lgan   usmon   beyligini   yangi   turk   davlatining   asosi
bo’lishiga sabab bo’ladi. Beylikning markazi Syogut shahri bo’lgan.
Usmoniylar   beyligining   tashkil   topishi   tarixi   qo’yidagicha   bo’lgan.   Chingizxon
boshchiligidagi   mo’g’illarning   O’rta   Osiyoga   1219-1221   yillardagi   yurushidan   so’ng
turkmanlarning   qayi   qabilasi   Ertog’rul   rahbarligida   turkman   dashtlaridan   XIII   asrning   30
yillarida g’arbga tomon yurib, Kichik Osiyoga kelib qoladilar. Ertog’rul saljuq sultoni Alouddin
Key   Kuboddan   iqta   sifatida   bu   hududda   joylashadi   va   buning   evaziga   bu   yerlarni   himoya
qilishgni   o’z   zimmasiga   oladi.   1281   yilda   (ba’zi   ma’lumotlarga   ko’ra   1288   yilda,   90
yoshda)Ertog’rul   vafot   etadi,   qabilani   esa   uning   o’g’li   Usmon   boshqara   boshlaydi.   U   yangi
sulolaga   asos   solib,   usmoniylar   sulolasi   Turkiyada   1922   yilga   qadar,   ya’ni   sultonlikning   bekor
qilinishiga qadar boshqarganlar. (Umumiy hisobda 37 ta sulton.)
Ertog’rulning   hukmrolik   qilgan   davrdanoq   u   vizantiyaga   tegishli   yerlarni   egalllab,   o’z
yerlarini   kengaytirishga   harakat   qila   boshlagan.   Konstantinopolning   olib   borgan   siyosatidan,
soliqlarning   og’irligi   bu   yurishlarni   muvaffaqiyatli   bo’lishiga   sabab   bo’ldi.   1258   yil   Syogut
shaxrida   dunyoga   kelgan   o’g’li   Usmon     otasining   siyosatini   davom   ettirgan.   1299   yilada
mo’g’illar   tomonidan   qo’yilgan   saljuq   sultoni   G’iyosiddin   Ma’sud   IIga     qarshi   qo’zg’alon
ko’tariladi   va   u   poytaxti   Konyadan   qochib   ketishga   majbur   bo’ladi.   Usmon   esa   bu   vaziyatdan
foydalangshan xolda o’z yerlarini mustaqil boshqara boshlaydi. 1299 yil Usmoniylar davlatining
tashkil   topish   sanasi   deb   qabul   qilingan.   U   dastlab   1291iyilda   Melangiyani   1301   yilda
Yangishaxarni egallab, bu yerda qal’a qurib, 1315 yilda Bursu shahrini qamal qilinadi.   Shaxar
Usmon  o’lim  to’shagida   yotgan  vaqtda  o’g’li  O’rxon  davrida  egallanib  poytaxtga   aylantiriladi.
Bu shaxarni egallashga o’n yil vaqt ketadi. 1327 yildan boshlab O’rxonning buyrug’iga ko’ra bu
yerda birinchi usmoniylar kumush tangasi- aqcha zarb qilina boshlanadi. Shundan so’ng  Kichik
Osiyoning   shimoli-g’arbiy   hududlarini   Marmar   va   Qora   dengiz   qirg’oqlariga   qadar,   Dardanel bo’g’ozi   hududlarini   eagllashga   muvaffaq   bo’ladi.   (1330   yilda   Iznik-Nikeya,   1337   yilda
Nikomediya-Izmit)   Vizantiya   imperatori   Ioan   VI   O’rxonga   o’z   qizini   nikohlab   berish   bilan
munosabatlarini yaxshilashga xarakat qilgan. O’rxon Vizantiya hududlarida o’z chodirini qurib,
imperatorni shu yerda qabul qilgan.Usmoniylar hukmdorlari o’zlariga «g’ozi» nomini berganlar.
(Usmon,   O’rxon).   Bosqinchilik   urushlarida   diniy   guruhlar   «axi»lar   katta   rol   o’ynab,   ular
xunarmand va savdogarlarni ham o’zlariga birlashtirganlar.
Shu   tariqa   turklar   bolqon   yarim   oroliga   yaqinlashadilar.   1352   yilada   Vizantiyaga   taxtiga
da’vogar   I.Kantakuzin   taxt   uchun   bo’lgan   urushda   turklardan   yordam   so’raydi   va   Usmonning
o’g’li Sulaymon podsho Dardanelldan  o’gan xolda Simpe qal’asiga yaqinlashadilar.  1354 yilda
kuchli   yer   qimirlashi   natijasida   ziflashgan   Galliopol   shaxri   mudofaa   devorlari,   shuningdek   shu
yilda   Ankara   egallanadi.   1357   yilda   Sulaymon   vafot   etadi.   Qo’shinga   uning   ukasi   Murod
rahbarlik   qiladi.1361-1263   yillarda     Adrionopol   shaxri   egallanadi   (turkcha   Edirna)   va   sulton
Murod I (1362-1389yy) poytaxtni shu yerga ko’chiradi. 1366 yilda u ukalari Ibroxim va Xalilni
o’ldirishga buyruq beradi. 
Vizantiya   imperatori   o’zini   turklarning   vassali   deb   tan   oladi   va   qizlarini   unga   va   o’g’illariga
nikoxlab   beradi.(1370   y),   keyin   esa   Filioppol   (Plovdiv)   shaxri   egallangandan   so’ng   bolgar
podshohi   Shishman   ham   vassalikni   bo’yniga   olgan   va   sulton   garemiga   o’z   singlisini   berishga
majbur   bo’lgan.   1373   yila   sultonning   o’g’li   Savdji   otasiga   qarshi   qo’zg’alon   ko’taradi   va
Imperator   Ioan   Vning   merosxuri   Andronik   bilan   ittifoq   tuzgan   xolda.     Murod   I   qo’zg’alonni
bostirib, o’g’lining ko’zini o’yib, so’ng kallasi tanasidan judo qiladi. 
XIV  asrning  60-yillarida  boshlab  turklar  Serbiyaga  yurush  boshlaydilar.  1389  yil   15  iyunda
Kosovo   maydonida   xal   qiluvchi   jang   bo’lib   bu   jangda   turklar   g’alaba   qilsada,   Murod   I   halok
bo’ladi (serb Milosh tomonidan o’z chodirida o’ldiriladi). Taxtga uning o’g’li Boyazid Yildirim
o’tiradi va birinchi navbatda o’z ukalarini bo’g’ib o’ldirishga buyruq beradi
Turklarning ijtimoiy iqtisodiy axvoli. Davlat boshqaruvi
1368   yildagi   qonunga   ko’ra     bosib   olingan   yerlar   davlat   mulki   deb   e’lon   qilinadi.   1375   yilda
xarbiylarga   yerlar   tarqatish   haqidagi   qonun   chiqariladi,   unga   ko’ra   kichikroq   berilgan   yerlar   –
tumorilar (tarxon), yiriklari –ziyamet deb aytilgan. Xarbiy – (sipohiy-otliq) yeriga qarab sarkarda
–sanjoq bey boshchiligida otliq qo’shini bilan yurishlarda ishtirok etishi lozim bo’lgan. 
O’rxon   davrida   davlat   boshqaruv   tizimi   shakllana   boshlanadi.   Devon   shakllanib,   vazirlar
paydo   bo’ladi.   Mamlakat   viloyat   va   tumanlarga   bo’linib,   yirik   yer   egalari   tomonidan
boshqarilgan. Bosib olingan yerlarni mustahkamlash maqsadida O’rxon davridan boshlab turklar
Kichik   Osiyodan   Bolqonga   ko’chirilish   siyosatini   olib   boradilar   Sud   ishlarini   kadiylar   shariat
asosida   olib   borganlar.   Ko’chmanchilar   orasida   esa   tyure   qonuni   saqlanib   qolgan.   Murod   I
davrida   dastlabki   qonunnomalar   paydo   bo’lib,   (jumladan   1368y,   1375   yilgi   qonunlar)   u Usmoniylar davlati  qonunchiligi asoschisi hisoblanadi. Uning o’g’li Boyazid davrida mamlakat
markazlashtirila boshlanadi.
Armiya   sohasida   ham   katta   o’zgarishla   bo’lib   o’tadi.   Asosiy   harbiy   kuch   otliq   qo’shin
sipoxiylar edi. 1361 yilda (yoki 1363 y) birinchi xristian harbiy asirlaridan tashkil topgan doimiy
piyoda   qo’shin   tashkil   etilib,   ular   otliq   qo’shinuchun   qiyin   bo’lgan   kal’alarni   ishg’ol   qilishda
muhim   hisoblangan.   Bu   qo’shin   «yanicharlar»   nomini   oladi   (yangi).   Dastlab   ularning   soni   1-3
ming   kishi   bo’lib,   borgan   sari  ularning   soni  oshirilib   borgan.   XV   asrning   20-   yillarida   maxsus
«devshirme»   tizimini   «qon   solig’i»   joriy   etilib,   xar   3-5-7   yilda   maxsus   odamlar   tomonidan
xristian   o’smirlarini   kuch   bilan   olib   kelib,   yanicharlar   korpusi   uchun   tayyorlanganlar.   Ularga
uylanish   man   etilib,   maxsus   kazarmalarda   yashaganlar.   Ular   qo’llarida   qurol   ushlashga   qurbi
yetganicha xizmat qilishga majbur bo’lganlar.
Yerlar   dehqonlar   soni   emas,   balki   undan   keladigan   daromad   bilan   belgilangan.Timor   (tarxon)
yerlardan   3   mingdan-20   ming   akchagacha     (akcha-mayda   kumush   tanga,   grekcha   nomi   aspr),
ziamet yerlar 20   000 – 100   000 akchagacha  foyda keltirgan. (Turkiyada 40 mingga yaqin timar
va   ziyamet   yerlar   bo’lgan)   Eng   yirik   yer   egaligi   xoss   deb   nomlanib,   uning   foydasi   100   ming
akchadan yuqori bo’lgan.Xoss yerlar asosan vazr, beylarbeyi va boshqa yuqori lavozim egalariga
berilgan.   Lavozimidan   ayrilgan   shaxs   xoss   yeridan   ham   mahrum   bo’lar   edi.   Qaram   dehqonlar
rayaalar   deb   nomlanib,   ularning   ijaraga   olgan   yeralari   6-16   ga   ni   tashkil   etgan.   Ularning
imtiyozlari   shundan   iborat   bo’lganki   ularga   berilgan   yerlar   uch   yil   maboynida   ishlov
berilmasagina yer egasi tomonidan tortib olinishi mumkin bo’lgan.  Musulmon dehqonlar asosan
ushr   solig’ini   (xosil   bilan)   to’lganlar.   Musulmon   bo’lmaganlar   xirodj-i   mukasimma   soliqini
to’lab, u ushr solig’iga uxshash bo’lib, miqdori ko’proq bo’lgan. Bundan tashqari ular, ya’ni 15
yoshdan 75 yoshgacha bo’lgan mehnatga layoqatli musulmon bo’lmaganlar juz’ya solig’ini xam
to’laganlar.   (pul   bilan.)   Bundan   tashaqari   dinidan   farqli   ravishda   ular   yer,   mol,   tutun,   kelin,
kuyov   va   boshqa   soliqlarni   to’laganlar.   Urush   vaqtida   olinadigan   avariz   solig’i   keyinchalik
doimiy   ravishda   olinadigan   bo’ldi.   Shuningdek   Turkiyada   xunarmandchilik   xam   yaxshi
rivojlangan   bo’lib,   ular   alohida   obro’ga   ega   bo’lganlar.   Savdo   bilan   asosan   musulmon
bo’lmaganlar (armanilar, greklar, bolgarlar, serblar, yevreylar va boshqalar) shug’ullanganlar.
  Davlat boshqaruvi.   XV asrga kelib davlat tepasida podishox utirar, va u mutloq hokimyatga
ega bo’lgan. U qo’shin boshida turuvchi asosiy qo’mondon ham bo’lgan. 
XVII   asrga   qadar   taxt   otadan   o’g’ilga   meros   qolgan.   Taxtga   chiqqan   o’g’il   o’z   ukalarini
taxtga   bo’lgan   da’vogarlar   sifatida   o’ldirishga   buyruq   bergan.   XVII   asrdagi   yangi   buyruqqa
ko’ra taxt vorisi deb katta o’g’il e’lon qilinadi.  Qolgan ukalar esa saroy kamoqxonasi saqlangan.
Ikkinchi   shaxs   buyuk   vazir   hisoblangan.   Alohida   sohalar   bo’yicha   vazirlar   (ministrlar)   ham
bo’lgan. Vazirlarning alohida kengashi Divan-i xumayun bo’lgan. Musulmonlar boshida muftiy
turib, XV asr 70 yillaridan boshlab u shayx ul- islom deb aytilgan. Unmdan keyin kadiaskerlar turgan. Salim I davrida dindorlarning obro’si shunchalar oshadiki, sulton tomonidan chiqarilagan
qonun   shayx-ul   islom   tomonidan   tasdiqlanishi   zarur   bo’lgan.Turkiyada   boshqa   dinlarning
o’zlarining jamoalarini tuzishga xam ruxsat berilgan. Ular davlatga maxsus soliq to’laganlar.
Boyazit   Yildirim   Serbiyani   vassal   davlatga   aylantiradi.   U   Serbiyaning   hukmdori   Lazarning
qiziga uylanadi. Lozarning o’g’li Stefan merosxo’r qoldirmay vafot etgandan so’ng u davlatning
ichki   ishlariga   aralashish   huquqiga   ena   bo’ladi.   1393   yilda   Bolgariyaning   poytaxti   T ы rnova
shaxri olinib, Boyazid bolgar shoxi Shishmanni bug’ib o’ldiradi, uning o’g’li esa islomni qabul
qilishi   bilan   o’limdan   saqlanadi.   1395   yilda   Bolgariyaning   oxirgi   shaxri   Vidin   egallanadi.
Bolgariya turk provinsiyasi (viloyatiga) aylantiriladi. Kosovo maydonidagi jangdan so’ng turklar
Albaniyaga   qarshi   yurish   boshlab,   XIV   asrning   oxiriga   kelib   Bosniyaning   katta   qismi
egallanadi..
Serbiya  va  Bolgariya  egallangandan   so’ng  turklar  Vengriya  chegsharalariga   yaqinlashadilar.
Vengriya qiroli Siguzmund turklarga  qarshi salib yurishlarini tashkil etib, bu yurushda fransuz,
ingliz,   nemis   va   chex   risarlari   ham   ishtirok   etadilar.   1396   yil   25   sentyabrda   Dunay   bo’yidagi
bolgar shaxri Nikopol yonida xal etuvchi jang bo’lib o’tadi. Ma’lumotlarga ko’ra salibchilarning
soni 60-100 ming kishi bo’lgan bo’lsa, turklar ulardan ikki barobar ko’p bo’lganlar. Bu jangda
turklar g’alaba qozonadilar. Sulton buyrug’iga ko’ra bir kun davomida tuxtovsiz salibchilar qatl
etilgan   va   sulton   xizmatkorlari   bu   jarayonni   kuzatishga   xoli   qolmay   qatlni   to’xtatishni
so’raganlar.   Mashxur   fransuz   risarlari   Karl   VI   iga   katta   to’lov   evaziga   qaytarilgan   (200   ming
dukat,   boy   sovg’alar).   Sulton   xam   o’z   navbatida   turk   xarbiysi   kiyimlari   va   oltita   odam   terisi
bilan ishlov berilgan kamon yuboradi.
Nikopol   ostida   salibchilarni   tor-mor   etgandan   so’ng   Boyazid   I   Bolqonga   yangi   yurishlarni
boshlab   yuboradi   va   Vizantiya   poytaxti   Konstantinopolni   egallash   uchun   tayyorgarlik   ko’ra
boshlaydi.  1400 yilda  Konstantinopol  atrofi  qaml etiladi.  Ammo kutilmaganda  Kichik Osiyoga
o’z qo’shini bilan Amir Temur kirib keladi. 1402 yil iyulda mashhur Anqara jangi bo’lib, unda
Boyazid va uning ikki o’g’li asirga tushadilar.(ma’lumotlarga ko’ra yarim million kishi ishtirok
etgan,   30   ta   fillardan   foydalanilgan   A.Temur)   1403   yil   sulton   Temur   uni   Samarqandga   olib
ketmoqchi bo’lganidan xabar topib, o’z joniga qasd qiladi, ya’ni zaxar ichib o’ladi. Temur uning
mamlakatini   to’rt   o’g’li   o’rtasida   taqsimlab   beradida,   Sulaymonga   poytaxt   Adrionopol   bilan
yevropadagi   yerlani   berar   ekan,   uni   sulton   sifatida   qoldiradi.   Aka-ukalar   o’rtasida   taxt   uchun
kurash   avj   olib   ketadi.   Musa   taxtni   Sulaymondan   tortib   olsa,   o’zi   Mexmed   bilan   bo’lgan
kurashda xalok bo’ladi. Mexmed esa o’z navbatida 1413 yildan boshlab Mexmed I   nomi bilan
mamlakatni boshqara boshlaydi. Uning davrida 1416 yilda shayx Badriddin va uning tarafdorlari
dehqon   Byorklyudje   Mustafa   (Byorklyudje   –   laqab   bo’lib,   kichik   qalpoq   egasi   ma’nosini
anglatgan) va Torlak Kamol boshchiligida yirik qo’zg’alon bo’lib o’tadi. Shayx Badriddin 1416 yil   18   dekabrda   osib   o’ldiriladi.   1421   yil   mayda   MexmedI   vafot   etgandan   so’ng   40   kun   e’lon
qilinmagan.   Ukasi   Mustafani   taxtga   da’vosidan   qo’rqib   o’g’li   Murodni   kutganlar.   Manbalarda
Mustafo   A.Temur   tomonidan   o’ldirilib,   u   soxta   merosxo’r   xam   deb   aytiladi.     Murod   II
tomonidan u osib o’ldirilib, jasadi bir necha kun olinmagan.
  Sulton   Murod   II   (1421-1451yy)   davrida   turklarning   xarbiy   yurishlari   tiklanadi.   Papa
Yevgeniy IV yangi salib yurishlarini e’lon qiladi. 1439 yilda Florentiy uniyasi imzolanib, unga
ko’ra   katolik   va   provaslav   cherkovlari   turklarga   qarshi   birlashadilar.   (Vizantiya   imperatori
Ioann VII Paleolog). 1444 yilda vengr qo’shinlari chex qo’shinlari bilan Transilvaniya sarkardasi
Yanosh Xunyadi va Vengriya va Polsha qiroli Vasiliy III boshchiligida turklarga qarshi kurash
boshlab, 10 noyabr Varna yonidagi jangda mag’lubiyatga uchraydilar. Ikkinchi yurish 1448 yilda
mashhur   Kosovo   maydonida   yana   mag’lubiyat   bilan   tugaydi.     Murod   II   dengiz   flotini
kuchaytirishga aloxida e’tibor qaratadi.
 Turklar tomonidan Konstantinopolning egallanishi.
Vizantiyaning   oxirgi   imperatori   Konstantin   XI   Paleolog   (1449-1453)   zamondoshlarining
ta’rificha   kuch-g’ayratga   to’la   va   botir   insin   bo’lgan   u   siyosatchilikdan   ko’ra   harbiy   jang
sohasini   yaxshi  o’rgangan  bo’lib,  u  turklarga   qarshi kurash  uchun  kuch to’playdi.  Turk  sultoni
Murod   IIning   1451-yil   fevralda   vafot   yetishi   turklarda   boshqaruv   jarayoni   vaziyatining
o’zgarishiga olib keladi. Turk hukmdorligiga Murod II ning g’ayratli va bosqinchilik olib borish
bilan qiziqqan o’g’li Mexmed II (1451-1481)o’tiradi.
Mexmed II Fotix usmoniylar davlatining eng ko’zga ko’ringan yirik namoyondalaridan biri yedi.
U   o’z   maqsadiga   yerishish   uchun   har   qanday   ishni   qilishga   tayyor   yedi.   Sulton   Murod   IIning
xizmatkoridan   tug’ilgan   o’g’li   bo’lib   Mehmed   II   o’z   hokimiyatiga   uning   taxdid   solishidan
qo’rqar yedi, otasi o’lgach, Mexmed II birinchi o’rinda taxtga davogarlar masalasini hal qiladi. U
o’zining   9   oylik   ukasi   Amuratni   hamda   bir   nechta   qarindoshlarini   o’ldirishga   buyuradi.   Yangi
sultonnig   qaxri   qattiqligi   to’g’risida   afsonalar   yaratiladi.   Zamondoshlarining   aytishiga   ko’ra,
Mehmed   II   o’z   bog’idan   qovun   o’g’irlaganlarni   topish   uchun   14ta   hizmatkorining   qornini
yorishni buyuradi. Boshqa bir kun sulton rasmini chizayotgan  Italiyalik mashhur rassom Jentili
Belliniga   odamning   bo’yin   muskulidagi   tomirini   tortilishini   ko’rsatish   uchun   rassomga
xizmatkorining kallasini olib tashlaydi. 
Lekin shu bilan  birga usmoniylar imperiyasining  yangi hukmdori yetarli  darajada  ta’lim  olgan,
bir   nechta   tilni   bilgan,   shu   qatorda   yunon   tilini   ham,   matematikani   o’rgangan,   astronomiya
ilmiga   ancha   qiziqqan   va   ayniqsa   falsafaga,   yunon   faylasuflari   asarlarini   yaxshi   bilgan   va
vizantiya   olimlari   boshchiligida   ularning   taxlili   bilan   shug’ullanishgan.   Lekin   yangi
hukmdorning   asosiy   qarashlari   yangi   yerlarni   bosib   olish   bilan   yonardi.   Hokimiyatga   kelishi
bilan   Mexmed   II   o’zining   asosiy   maqsadi   yetib   Romeyalar   imperiyasini   tor-mor   qilishni
rejalashtiriladi.   Mexmed   II   nafaqat   Yevropa   va   Osiyoda   turklar   hukmronligini   o’rnaga,   balki yirik va kuchli imperiya tuzib, Konstantinopolni o’zining davlatiga poytaxt qilib olishga harakat
qiladi.
Mexmed II urushga tayyorgarlik chog’ida yunonlar xushyorligini oshirmaslikga harakat qiladi va
vizantiyalik   yelchilarni   xushmuomalalik   bilan   qabul   qildi,   xatto   Konstantin   XI   bilan   imperiya
uchun   foydali   sulh   shartnomalarini   tuzadi.   Mexmed   II   ning   qarshi   harakat   boshlamoqchiligi,
turklarning   Konstantinopoldan   uncha   uzoq   bo’lmagan   hudud   ya’ni   Bosfor   qirg’og’ida
mustahkam   qal’a   qurishni   boshlashganlarida   ma’lum   bo’ladi.   Bu   qal’a   (Rumeli   Xissar)   juda
qisqa vaqt ichida qurilib bitkaziladi.
1452-yil mart  oyida  turklar  qurish ishlarini  boshlagan  bo’lsa, xuddi o’sha yilning  avgust oyiga
kelib   u   qal’a   qurilishi   tugallangan   va   kuchli   garnizon   hosil   qilinib,   artelleriya   bilan
qurollantirilgan   yedi.   Bir   qancha   vaqt   oldinroq   turklar   Bosforning   Osiyo   qirg’og’ida   boshqa
qal’ani ham qurishgan yedi. Bu qal’aning nomi “ Anatoli-Xissor“. Shunday sharoitda yendi ular
Bosforning   har   ikkala   qirg’og’ida   mustahkamlanib   olishadi.   Yendi   Konstantinopolning   Qora
dengiz   bilan   yerkin   munosabatlari   to’sqinlikka   uchraydi.   Qora   dengiz   bo’qidagi   oblastlardan
Konstantinopolga   kirib   keluvchi   non   mahsulotlarining   kelishi   har   qanday   vaqtda   sulton
buyrug’iga ko’ra to’xtatilishi  mumkin yedi. Tez orada turklar bu qirg’oqlardan o’tuvchi barcha
kemalardan   soliq   yig’ib   olishni   boshlaydi.   Konstantinopolga   qarshi   hal   qiluvchi   ishlar   qilinib
bo’lgandi.
Urush   bo’lishi   vizantiyaliklarga   aniq-ravshan   bo’lib   qoldi.   Katta   xavfning   ro’y   berishi
muqarrarligi   natijasida   imperator   Konstatin   zudlik   bilan   poytaxtda   tamirlash   ishlarini   boshlab
yuboradi,   devorlarni   qurollantiradi,   ortiqcha   oziq-ovqat   to’playdi,   Konstantinopol
amaldorlarining   g’arbga   tomon   ko’chib   ketishi,   keng   tus   oladi.   Vizantiya   hukumati   hali   ham
g’arbdan yordam olishga umidvor yedi.
1452-yil   noyabrda   Konstantinopolga   papa   Nikolay   V   (1447-1455)   ning   maxsus   legati   keladi.
Asli grek bo’lga kardinal  Isidor papa siyosatini  faol tarzda olib  brogan. Papa legati  bilan birga
Italiyadan keluvchi yordam rejasi barbod bo’lsa ham, Vizantiya hukmdori Isidorni yaxshi kutib
oladi.   Ular   o’rtasida   yangi   Uniya   qabul   qilinadi.   1452-yil   12-dekabr   Avliyo   Sofiya
ibodatxonasida   kardinal   Isidor   Uniya   qabul   qilinishi   munosabati   belgisi   sifatida   katolik
tartibda…
Vizantiyani   qutqarish   masalasi   haqida   faqatgina   Italiyaning   shahar   respublikalari—Genuya   va
Vizantiya   urinar   yedi.   Chunki   bu  shaharlar   muhim   savdo  faktoriyalariga   yega   yedi.   Biroq   ular
o’rtasidagi doimiy raqobat, turklarga qarshi birlashib harakat qilishga kelishishni izm bermaydi.
Vizantiyaning   turklar   qo’liga   qolishidan   ayniqsa,   oxirgi   Paleolog   hukmdorlaridan   foyda
olayotgan   genuyaliklar   uchun   zarar   yedi.   Vizantiya   poytaxti   Konatantinopol   turklar   tomonidan
qamal  qilinishidan  sal  avvalroq  700 genuyaliklardan  iborat  2ta harbiy  otryad Konstantinopolga suzib   keladi,   ularga   jasur   kondator   Jovanni   Justinian   boshchilik   qiladi.   Ana   shu   G’arbning
birinchi real yordami yedi. Sal keyinroq ular ikkita harbiy kemasini yuboradi.
1452-1453-yillarda qish davomida har ikkala davlat urushga tayyorlanishadi. Zamondoshlarining
so’zlariga   qaraganda,   Konstantinopolni   bosib   olish   ishtiyoqi   sultonga   hyech   tinchlik   bermasdi.
Xatto kechasi ham u o’z huzuriga Konstantinopol  joylashuvi haqida yaxshi malumotlarga yega
odamlarni  chaqirib shahar xaritasini  chizar  va bo’lajak  qamal  rejasini tuzib  chiqar yedi. Sulton
buyrug’iga   ko’ra   Adrianapolda   pushka   quyib   beriladigan   katta   ustaxona   quriladi.   Artilleriya
tayyorlash   uchun   mablag’   ayamay     Mexmed   II  Vizantiyaliklardan   metall   qo’yish  va   artilleriya
yasashda iste’dodli bo’lgan asli venger Urbanni o’z tomoniga  og’dirib oladi. Urbanning turklar
tomoniga   o’tishiga   sabab   Konstantin   XI   unga   mehnatiga   yarasha   maosh   to’lamaydi.   Urban
turklarga   mislsiz   o’lchamdagi   pushka   qo’yib   beradi.   Uni   Konstantinopol   devorini   oldiga   olib
kelish uchun oltmish ho’kiz va ko’p sonli hizmatkorlar harakat qilishadi.
1453-yil   martda   Mehmed   II   o’z   qaramog’idagi   barcha   mamlakatlarga   qo’shin   to’plashni
buyuradi   va   mart   oyiningo’rtalariga   kelib   sulton   nishoni   ostida   ko’p   sonli   armiya   yig’ilib,
ularning soni 150-200 ming jangchiga yetardi. 
1453-yil aprel oyining boshida sulton polkining ilg’or qismi Konstantinopol shaxar oldiga kelib,
imperiyaning   devjri   oldiga   yaqinlashadi.   Tez   orada   barcha   turk   armiyasi   quruqlikda   shaharni
o’rab   oladi,   Sulton   yesa   o’zining   yashil   tig’ini   devorga   qadaydi.   Marmar   dengiziga   3ta   turk
harbiy yeskadrasi va 330 ta yuk tashuvchi kemasi keladi. Oradan ikki hafta o’tgach, Qora dengiz
orqali   56ta   harbiy   va   20ta   yordamchi   turk   kemalari   suzib   keladi.   Konstantinopol   devoti   ustida
o’z flotini ko’rib turish uchun maxsus joy qurdiradi, jami 400ga yaqin kema suzib kelishi kerak
yedi, turklar qamalining temir doirasi Konstantinopolni ham quruqlikdan, ham dengizdan o’rab
oladi. Kurashuvchi kuchlar o’rtasidagi farq yaqqol ko’zga tashlanar yedi. Katta turk armiyasi va
flotiga   qarshi   Vizantiya   hukumati   faqat   bir   gurux,   uncha   ko’p   bo’lmagan   yollanma   lotinlar
qo’shinini qo’yishga qurbi yetar yedi xolos.
Konstantin   XI   ning   ham   do’sti,   ham   maslahatchisi   bo’lgan   Georgiy   Sfrandzi   imperator
buyrug’iga   ko’ra   qamal   boshlamasidan   oldin   Konstantinopolning   butun   aholisini   ro’yhatdan
o’tkazib, ular orasidan qurol tutishga qurbi yetadiganlarni ajratib olishni aytadi.Natijada ro’yxat
qayg’uli   xolatni   aks   yettiradi;   Poytaxtni   ximoya   qilishga   qodir   bor   yo’g’i   4973   kishi   mavjud
bo’lib, chetdan  yollanma  askari taxminan  2000 kishiga yaqin yedi. Katta shahar aholisini  tinch
holatda saqlab turish uchun bu ma’lumat qattiq sir saqlanadi.
Undan   tashqari   Konstantin   XI   ixtiyorida   genuyalik   va   venesiyaliklarning   ko’p   bo’lmagan
kemalari,   Krit   orolida   ham   bir   nechta   kemasi   mavjud   yedi.   Konstantinopolni   himoya   qiluvchi
kemalarning   umumiy   soni   atigi   25   tadan   ortiqroq   yedi.   To’g’ri,   italiyalikllar   va
venesiyaliklarning harbiy kemalari texnik jihatdan turklarnikiga nisbatan ancha ustunroq bo’lib,
eng   asosiysi   ular   dengizda   kurashning   muhim   oili   bo’lgan   “gerk   olovi”dan   foydalanishni   bilar yedilar. Bundan tashqari vizantiyalik va italiyalik dengizchilar turklarga nisbatan dengiz harbiy
san’atining   ustalari   yedilar.   Lekin   turklar   quruqlikda   vizantiyaliklarga   nisbatan   ancha   texnik
jihatdan   katta   kuchga   yega   bo’lib,   Mehmed   II   tomonidan   tashkil   yetilgan   artilleriyalar
Yevropada mislsiz yedi.
Bu   voqyealarning   guvohi   bo’lgan   Georgiy   Sfrandzi   shunday   yozadi:   “Harbiy   mahoratga   yega
bo’lmagan   va   son   jihatdan   kam   bo’lgan   vizantiyaliklar   ma’lum   vqat   g’alabani   o’z   qo’llarida
ushlab   turishlari   hayratlanarli   hol   yedi.   Ular   inson   qurbi,   kuchi   yetadigan   har   qanday   ishni
qilishdi”.   Qamalning   dastlabki   haftalarida   Konstantinopol   himoyachilari   qo’qisda   turklarga
shahardan hujum qilishar va ularga qarshi yakkama-yakka jangga chiqishar yedi.
Sultonni   eng   ranjitgan   voqyea   ularning   dengizdagi   omadsizligi   yedi,   og’ir   temir   zanjir   bilan
to’siq o’tkazilganligi sababli, turk kemalarining dengizdagi yurishi barbod bo’ladi.
Sulton tomonidan shaharni shturm qilish 29-may kuniga belgilanadi. Shturm boshlanishidan ikki
kun   oldin   har   ikki   tomon   ham   o’z   tayyorgarligini   tekshirib   chiqadi.   Biri   bosqinchilikka,
ikkinchisi   oxirgi   himoyaga   tayyorlanadi.   Mehmed   II   o’z   qo’shinini   ruhlantirish   maqsadida,
g’alaba qozongan taqdirda buyuk, ulug’vor shaharni 3 kun talash haqida imtiyoz berishni ye’lon
qiladi.   Mullalar   va   darveshlar   kim   bu   jangda   o’lsa   jannatga   tushishini   va   ilohiy   rohat   olishini
ta’kidlab jangchilarni ruhan qullab-quvvatlashga harakat qiladi. Ular diniy fanatizmni avj oldirib,
bo’xtonga yo’l qo’yishadi.
Yertalabgi   jang   uchun   turk   lageri   shovqin-suron   bilan   tayyorlanayotgan   bir   vaqtda,
Konstantinopolda   og’ir   sukunat   hukm   surardi.   Lekin   shahar   uxlamadi,   u   ham   qonli   urushga
hozirlik   kurayotgan   yedi.   Imperator   Konstantin   XI   poytaxt   himoyasini   tekshirib   chiqadi.
Konstantinopolliklar   yertaga   ko’plari   dunyadan   o’tishini   anglab   turishar   va   bir-birilari   hamda
o’zining yaqinlari bilan hayrlashardi.
1453-yil   29-may   yerta   tong   saharida   turklar   qo’shini   shahar   tomon   harakatlanishni   boshladi.
Qonli to’qnashuv 2 soat davom yetdi. Turklar tosh moslama bilan quruqlikda devorni teshishar,
narvon   qo’yib  narigi   tomonga   o’tishar   yedi,   odamlarning   o’lim   oldi   qichqiriqlari   ‘shitilar,   o’q-
qurollarning   hidi   shaharni   qopladi.   Turklar   shafqasiz   tarzda   shahar   devorlariga   yopirilishdi.
Shunday   vaqt   ham   bo’ldiki,   omad   vizantiyaliklar   tarafiga   o’tadi.   Feofil   Paleolog   va   Dimitriy
Kantakuzin   boshchiligidagi   yunon   otryadlari   hujumni   qaytarib   xatto   ularni   Konstantinopol
devoridan nariga uloqtirishadi. Bu omadli harakatdan so’ng yunonlar ozodlik haqida o’ylay ham
boshlashadi.
Turk   armiyasi   haqiqatdan   ham   yirik   zarba   olishadi,   xatto   orqaga   chekinishmoqchi   bo’lishadi.
Lekin   saroy   qonuniga   ko’ra   ular   temir   tayoqdek   bo’lishga   o’rgatilgan,   (ayniqsa   turk
armiyasining  harbiy  qo’shini ) hamda  dushmanga  orqa o’girishga haqqi  bo’lmagan.    Dukaning
ma’lumoticha qo’shin orqasida turgan sulton o’zining jangchilarini devor tomon harakat qilishini
buyuradi.   Xalkakondilarning   so’ziga   qaraganda,   turklarda   lagerga   qochib   ketganlarni   shu zahotiyoq o’lim jazosi bilan jazolashganlar. Lekin kuchlar soni teng yemasdi, zarbaga uchragan
turk otryadi o’rniga yangi-yangi otryadlar keladi.
Sfrandzining  ma’lumoticha  Konstantinopolning   yegallanishga  asosiy aybdor  genuyalik   Jovanni
Justinian deb qaralib, u shaharning quruqlikdagi qismiga komandirlik qilgan. Jarohat olganidan
so’ng, u Avliyo Roman darvozasi yaqinidagi shahar himoyasining asosiy qismini tashlab ketadi.
Turklarning asosiy kuchi shu yerga tashlangan yedi. Imperator  iltimosiga qaramay  Justinian bu
yerni tashlab ketadi.
Turk   qo’shinlari   juda   ko’p   talafot   ko’rishgan,   ular   chekinishga   ham   tayyor   yedi.   Lekin   ularni
temir   tayoqlar   bilan   urib   yana   jangga   qaytarishgan.   Kuchlar   nisbati   teng   bo’lmasada,
Konstantinopol devorlari yaqiniga yangi-yangi turk qo’shinlari kelib qo’shilgan.
Nima   bo’lishidan   qat’iy   nazar   turklar   shaharga   kirib   talon-taroj   qilishni   boshlashgan.   Lekin
vizantiyaliklar oxirigacha kurashishgan.
Konstantin XI bir to’da qahramonlar bilan jangning eng qaynoq qismlariga o’zlarini tashlashgan.
Imperatorning   qoliga   tushmasliklari   uchun,   ular   jang   maydonida   o’zlariga   o’lim   izlashgan.   U
jang maydonida jon bergan. Turk Sultoni uning jasadini topishni buyurgan. Murdalar juda ko’p
bo’lgan. Konstantin XI ning jasadini qiyinchilik bilan topishgan. Uni qizil rangli va oltin burgutli
yetigidan topishgan. Turk sultoni uning kallasini tanasidan judo qildirib, shaharning eng baland
qismiga ostirgan. Bu holatga Konstantinopollik asirlar daxshat bilan qarashgan.
Turklar shaharga bostirib kirib, Vizantiyaning qolgan qo’shinlarini qirib tashlashgan. Yo’llarida
uchragan barchani qarilarga, ayollarga hatto bolalarga ham rahm qilishmagan.
Sfrandzining   yozishi   bo’yicha   “Shaharning   ayrim   joylarida   jasadlarning   ko’pligidan   yerning
ustki   qatlami   ham   ko’rinmagan”.   Dahshatli   manzaralar   oltin   shox   qirg’oqlarida   ham   yuzaga
keldi.   Shaharni   turklar   ishg’ol   qilishganidan   xabar   topgan   italyan   va   grek   dengizchilari
qochishga   shaylanishdi.   Qirg’oqda   juda   ko’p   xalq   to’plangan,   ular   bir-biriga   navbat   bermay
uzlarini kemalarga otishgan. Uch kechayu kunduzshaharni tashlashgan. Barcha ko’cha va uylarni
talon-taroj qilishgan, insonlarni o’ldirishgan, qullikkka sotishgan. Konstantinopolning xalqining
ko’p   qismi   avliyo   Sofiya   ziyoratgohida   asir   tushirishgan.   Chunki   ular   shu   yerdan   panoh   izlab
yashirinishgan yedi.
Uch   kundan   keyin   Mehmad   II   ning   farmoni   bilan   talonchiliklarga   chek   qo’yilgan.   U   tantanali
ravishda shaharga kirgan.
Afsonalarga qaraganda, jangda g’olib bo’lgani bois Sulton oq otda avliyo Sofiya ziyoratgohiga
kiradi. Sulton bu inshootning guzalligiga qoyil qoladi. Shu yerni mayitga aylantirishni buyuradi.
Shunday qilib, 1453-yil 29-may oyida turk qo’shinlarining hujumi natijasida buyuk va eng boy
shaharlardan   biri,   madaniyat   va   san’atning   markazi   Konstantinopol   tor-mor   yetiladi.   Shu   bilan
birga Vizantiya imperiyasi ham o’zining borligini tugatdi. Vizantiyani tor-mor yetgandan keyin Turkiya o’rta asrlardagi buyuk davlatlardan biriga aylandi.
Konstantinopol yesa Osman imperiyasining poytaxti-Stanbulga aylandi
Usmoniy   turklarning   g’alabalariga   asosiy   sabab   va   omillar   quyidagilar   yedi.   Usmonli   turklar
qudratli   yaxshi   tashkil   yetilgan   otliq   va   piyoda   qo’shin,   lashkarboshilik   xususiyatlariga   yega
sultonlarning, hukmdorga sadoqatli yanicharlar piyoda qo’shinining bo’lishida yedi. Usmoniylar
otliq   qoshinini   kuchaytirishga   alohida   ye’tibor   qaratdilar.   Qo’shinni   har   bir   suvoriysi   3-5ming
piastr   daromad   keltiradigan   yer-mulk   tumori   berilgan.   Bu   yerlar   faqat   turklarga   va   harbiylarga
xizmatda   bo’lgan   paytida   taqdim   yetilgan.   Natijada   otliq   qo’shin   soni   150   ming   suvoriygacha
yetgan.
XI-XVI asrlarda turklarning tashqi siyosati.
1459 yilda Serbiya egallanadi. 1458-1463 yillarda Bolqondagi Vizantiya, Venesiyaga tegishli
yerlar, shuningdek Bosniya egallanib, Mexmed II shaxsan o’zi Bosniyaning oxirgi qiroli Stefan
Tomashevichning boshini tanasidan judo qiladi.
Albaniya   Georgiy   Kastriot   (Skandarbek)   boshchiligida   24   yil   davomida   turklarga   qarshi
kurashadilar (1443-1467), ammo mag’lub bo’ladilar.
1475   yilda   Qrim   bosib   olinib,   1479   yilda   esa   Turkiya   Venesiyadan   Egey   dengizidagi   qator
orollarni tortib olib, 1483 yilda Gersogovinani egallashga muvaffaq bo’ladi.
XV   asrning   ikkinchi   yarmiga   kelib   Kichik   Osiyodagi   mustaqil   bekliklar   (Karaman,   Ak-
Koyunli) tugatiladi.
Turklarning   Bolqondagi,   Kichik   Osiyodagi,   Qora   dengizning   nimoliy   qirg’oqlariga   bo’lgan
yurishlari davlatni yirik, kuchli imperiyaga aylanishiga olib keldi.
XV asrdan boshlab yerlar meros sifatida otadan o’g’ilga, bo’lmasa ukasiga meros qolishi joriy
etildi.   Mexmed   II   markaziy   hokimyatni   mustahkamlash   maqsadida   mulk   va   vaqf   yerlarini
chegaralashga   xarkat   qiladi.   Uning   maqsadi   bu   yerlarni   davlat   yerlariga   aylantirish   va
sipoxiylarga   tarqatish   bo’lgan.   Mulk   yerlari   o’z   ichiga   katta   xududlarni   olib,   bu   yerlar   eski
boylar, vazirlar, amaldorlar, shayxlarga tegishli bo’lgan. Bu yerlardan keladigan daromad timar
va ziamet yerlaridan bir necha bor ko’proq bo’lgan.  Ammo Mexmed IIning merosxo’ri Boyazid
II   (1481-1512)   davrida   mulk   va   vaqf   yerlarini   tugatish   bo’yicha   belgilangan   choralar   bekor
qilinadi.  Yevropa davlatlaridan farqli ravshda barshina solig’i turklarda keng qo’llanilmagan.  
Turkiya ayniqsa Vengriya va Venesiya bilan dushman bo’lgan. 1643yilda Turkiya va Venesiya
o’rtasida   urush   boshlanadi   va   16   yil   davom   etadi.   1479   yildagi   Konstantinopol   shartnomasiga
ko’ra   Venesiya   Turkiyaga   Evbiya,   Lemnos   va   Egey   dengizidagi   orollarni   (Krit   va   Korfudan
tashqari, ular xar yili soliq to’lashga majburiyatini oladi) beradi. Evaziga Venesiyaga Mexmed II
tomonidan   1551   yil   berilgan   savdo   va   sud   imtiyozlari   tiklanadi.   1492   yilda   Turkiya   Moskva
davlati   bilan   diplomatik   aloqalarni   o’rnatadi.   1497   yilda   Konstantinopolga   Mixail   Ple щ yeyev boshchiligida Ivan III tomonidan elchilar yuboriladi. Podsho tomonidan ularga rus savdogarlari
uchun Azov, Kafa, Turkiyada savdo-sotiq uchun sharoit yaratilishi

MAVZU. USMONIYLAR DAVLATI. TURKLARNING YEVROPAGA HARBIY YURISHLARI . REJA . 1. Kichik Osiyoda turk davlatining tashkil topishi. Saljuqiylar sultonligi. 2. Usmoniylar davlatining ijtimoiy –iqtisodiy ahvoli. Davlat tuzimi. 3. Konstantinolning egallanishi. Turkiyaning XV asrning ikkinchi yarmidagi xalqaro ahvoli. 4. Usmoniylar imperiyasining rivojlanishi va uning tashqi siyosati.

1071 yilda saljuqiylar sultonlari Alp-Arslon boshchiligida Manzikert yonida vizantiya qo’shinlarni tor-mor keltiradilar va turklarning bu g’alabasi imperiyaning parchalanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 1073 yildan boshlab saljuqiylar alp Arslonning qarindoshi Sulaymon ibn Qutilmish boshchiligida Kichik Osiyoni egallashni boshlaydilar. Vizantiya hukdorlarining siyosatidan norozi bo’lgan mahalliy aholi va ko’chirib keltirilgan slavyan, valax, suriyalik dehqonlar bu bosqinchilik yurishiga qarshilik ko’rsatmaydilar, ularning ko’pchiligi hatto turklar tomoniga o’tib ketadilar. 1077 yilda Konya va Kaysari hududlari oralig’ida saljug’iylarning Kichik Osiydagi davlatiga asos solinadi. Sulaymonning o’zi esa bu davlatning sultoni deb e’lon qilinadi. Kichik Osiyoning g’arbiy chegaralini egalar ekan, saljuqiylar endi Vizantiyaning poytahti Konstantinopolga xavf sola boshlaydilar. Ammo ularning keyingi yurushlari salib yurishlari natijasida to’xtatiladi. Salibchilar o’zlarining birinchi yurishlaridayoq saljuqiylarni Markaziy Anatoliyaga chekinishga majbur etib, ularning poytaxti Nikeyani egallaydilar (1097 yilda) va turklarning Janubi-Sharqiy Yevropaga bo’lgan yurushini to’xtatadi. Salkam yuz yil maboynida saljuqiylar Markaziy Anatoliyadagi kichik hudud bilan cheklanishga majbur bo’ladilar. 1116 yilda ularning poytaxti Konya bo’lib, Saljuqiylar hukmronligining oxiriga qadar, ya’ni XIV asr boshlariga qadar poytaxt o’zgarmaydi. Bu shaharning nomi bilan sultonlik Konya sultonligi, sharqda esa Rum sultonligi nomi bilan mashhur bo’lgan. Kichik Osiyo turklar tomonidan o’zlashtirilar ekan bu hududga ko’chmanchi qabilalrning kelib joylashishi tezlasha boradi. Izlanuvchilarning fikriga ko’ra XI-XII asrlarda Kichik Osiyoga 500 mingdan 1080 minggacha turklar ko’chib kelganlar. Saljuqiylar sultonligida yer davlat mulki hisoblangan. Sulton o’z yaqinlari va katta lavozim egalariga katta yerlar berib bu yerlar- iqta, xarbiylarga yaxshi xizmatlari uchun beriladigan yerlar-timar (tarxon) deb atalgan. Bu yer egalari xarbiy xizmat majburiyatini olib, agar bosh tortsalar bu yerdan mahrum bo’lganlar. Bundan tashqari yer egaligining boshqa turlari – vaqf (machit-madrasa yerlari) va mulk (shaxsiy yer egalik turi) ham bo’lgan.Bu yerlardan foydalanganliklari uchun dehqonlar asosan ushr –(hosilning o’ndan bir qismi) solig’ini va boshqa soliqlar to’laganlar. Boshqaruvda asosiy til – fors tili bo’lgan. Aosiy qonun kodeksi bu shariat bo’lib, og’uz ko’chmanchi qabilalarining qonuni tyure deb atalgan. Sultonlikning eng gullab yashnagan davri XIII asrning 20-30 yillariga to’g’ri kelib, bu vaqtda sultonlar Alouddin key Kubod I (1219-1236) va G’iyosiddin Key Xusrav (1236-1245) mamlakatni boshqarganlar. 1242 yilda mo’g’illar O’rta Osiyo va Erondan so’ng Saljuqiylar davlatining shimoli- sharqiy hududlarini egallaydilar. 1243 yilda Kyosedag (Sivass dan 60km sharqiy tomonda) yonidagi jangda mo’g’illar saljuqiylar qo’shini ustidan g’alaba qozonib, davlatning keyingi taqdirini xal

qiladilar. Sulton o’zini mo’g’il xonining vasssali deb e’lon qilib, har yili soliq to’lashni bo’yniga oladi. XIII asr oxiriga kelib Saljuqiylar sultonligi 10 ta (ba’zi ma’lumotlarda 16 ta) mustaqil beylik (knyazlik yoki amirlik) larga bo’linib ketadi. Ularning kuch qudrati ularning qo’shin soniga qarab belgilangan. Masalan: Germiyan – 200 ming, Karaman – 25 ming, Kastamonu – 200 ming, Menteshe – 100 ming, Karasi – 40 ming, Saruxan – 20 ming kishidan iborat qo’shin va boshqalar. 1307 yilda mo’g’illar tomonidan oxirgi saljuqiy sultoni G’iyosiddin Ma’sud III bo’g’ib o’ldiriladi. Bu sana sultonlikning tugatilish sanasi hisoblanadi. Budavlat 230 yil umr ko’rgan. Saljuqiylar davlati beyliklarga bo’linib ketar ekan, ular ichida bir nechta yiriklari ham bor edi. Ammo geografik jihatdan qulay hududdda joylashganligi, Vizantiyaga yaqinligi, Kichik Osiyoda mo’g’illar vassalligidan ozodligi, bu hududga ko’plab turk ko’chmanchi qabilalarning kelib joylashuvi natijasida nisbatan zaifroq bo’lgan usmon beyligini yangi turk davlatining asosi bo’lishiga sabab bo’ladi. Beylikning markazi Syogut shahri bo’lgan. Usmoniylar beyligining tashkil topishi tarixi qo’yidagicha bo’lgan. Chingizxon boshchiligidagi mo’g’illarning O’rta Osiyoga 1219-1221 yillardagi yurushidan so’ng turkmanlarning qayi qabilasi Ertog’rul rahbarligida turkman dashtlaridan XIII asrning 30 yillarida g’arbga tomon yurib, Kichik Osiyoga kelib qoladilar. Ertog’rul saljuq sultoni Alouddin Key Kuboddan iqta sifatida bu hududda joylashadi va buning evaziga bu yerlarni himoya qilishgni o’z zimmasiga oladi. 1281 yilda (ba’zi ma’lumotlarga ko’ra 1288 yilda, 90 yoshda)Ertog’rul vafot etadi, qabilani esa uning o’g’li Usmon boshqara boshlaydi. U yangi sulolaga asos solib, usmoniylar sulolasi Turkiyada 1922 yilga qadar, ya’ni sultonlikning bekor qilinishiga qadar boshqarganlar. (Umumiy hisobda 37 ta sulton.) Ertog’rulning hukmrolik qilgan davrdanoq u vizantiyaga tegishli yerlarni egalllab, o’z yerlarini kengaytirishga harakat qila boshlagan. Konstantinopolning olib borgan siyosatidan, soliqlarning og’irligi bu yurishlarni muvaffaqiyatli bo’lishiga sabab bo’ldi. 1258 yil Syogut shaxrida dunyoga kelgan o’g’li Usmon otasining siyosatini davom ettirgan. 1299 yilada mo’g’illar tomonidan qo’yilgan saljuq sultoni G’iyosiddin Ma’sud IIga qarshi qo’zg’alon ko’tariladi va u poytaxti Konyadan qochib ketishga majbur bo’ladi. Usmon esa bu vaziyatdan foydalangshan xolda o’z yerlarini mustaqil boshqara boshlaydi. 1299 yil Usmoniylar davlatining tashkil topish sanasi deb qabul qilingan. U dastlab 1291iyilda Melangiyani 1301 yilda Yangishaxarni egallab, bu yerda qal’a qurib, 1315 yilda Bursu shahrini qamal qilinadi. Shaxar Usmon o’lim to’shagida yotgan vaqtda o’g’li O’rxon davrida egallanib poytaxtga aylantiriladi. Bu shaxarni egallashga o’n yil vaqt ketadi. 1327 yildan boshlab O’rxonning buyrug’iga ko’ra bu yerda birinchi usmoniylar kumush tangasi- aqcha zarb qilina boshlanadi. Shundan so’ng Kichik Osiyoning shimoli-g’arbiy hududlarini Marmar va Qora dengiz qirg’oqlariga qadar, Dardanel

bo’g’ozi hududlarini eagllashga muvaffaq bo’ladi. (1330 yilda Iznik-Nikeya, 1337 yilda Nikomediya-Izmit) Vizantiya imperatori Ioan VI O’rxonga o’z qizini nikohlab berish bilan munosabatlarini yaxshilashga xarakat qilgan. O’rxon Vizantiya hududlarida o’z chodirini qurib, imperatorni shu yerda qabul qilgan.Usmoniylar hukmdorlari o’zlariga «g’ozi» nomini berganlar. (Usmon, O’rxon). Bosqinchilik urushlarida diniy guruhlar «axi»lar katta rol o’ynab, ular xunarmand va savdogarlarni ham o’zlariga birlashtirganlar. Shu tariqa turklar bolqon yarim oroliga yaqinlashadilar. 1352 yilada Vizantiyaga taxtiga da’vogar I.Kantakuzin taxt uchun bo’lgan urushda turklardan yordam so’raydi va Usmonning o’g’li Sulaymon podsho Dardanelldan o’gan xolda Simpe qal’asiga yaqinlashadilar. 1354 yilda kuchli yer qimirlashi natijasida ziflashgan Galliopol shaxri mudofaa devorlari, shuningdek shu yilda Ankara egallanadi. 1357 yilda Sulaymon vafot etadi. Qo’shinga uning ukasi Murod rahbarlik qiladi.1361-1263 yillarda Adrionopol shaxri egallanadi (turkcha Edirna) va sulton Murod I (1362-1389yy) poytaxtni shu yerga ko’chiradi. 1366 yilda u ukalari Ibroxim va Xalilni o’ldirishga buyruq beradi. Vizantiya imperatori o’zini turklarning vassali deb tan oladi va qizlarini unga va o’g’illariga nikoxlab beradi.(1370 y), keyin esa Filioppol (Plovdiv) shaxri egallangandan so’ng bolgar podshohi Shishman ham vassalikni bo’yniga olgan va sulton garemiga o’z singlisini berishga majbur bo’lgan. 1373 yila sultonning o’g’li Savdji otasiga qarshi qo’zg’alon ko’taradi va Imperator Ioan Vning merosxuri Andronik bilan ittifoq tuzgan xolda. Murod I qo’zg’alonni bostirib, o’g’lining ko’zini o’yib, so’ng kallasi tanasidan judo qiladi. XIV asrning 60-yillarida boshlab turklar Serbiyaga yurush boshlaydilar. 1389 yil 15 iyunda Kosovo maydonida xal qiluvchi jang bo’lib bu jangda turklar g’alaba qilsada, Murod I halok bo’ladi (serb Milosh tomonidan o’z chodirida o’ldiriladi). Taxtga uning o’g’li Boyazid Yildirim o’tiradi va birinchi navbatda o’z ukalarini bo’g’ib o’ldirishga buyruq beradi Turklarning ijtimoiy iqtisodiy axvoli. Davlat boshqaruvi 1368 yildagi qonunga ko’ra bosib olingan yerlar davlat mulki deb e’lon qilinadi. 1375 yilda xarbiylarga yerlar tarqatish haqidagi qonun chiqariladi, unga ko’ra kichikroq berilgan yerlar – tumorilar (tarxon), yiriklari –ziyamet deb aytilgan. Xarbiy – (sipohiy-otliq) yeriga qarab sarkarda –sanjoq bey boshchiligida otliq qo’shini bilan yurishlarda ishtirok etishi lozim bo’lgan. O’rxon davrida davlat boshqaruv tizimi shakllana boshlanadi. Devon shakllanib, vazirlar paydo bo’ladi. Mamlakat viloyat va tumanlarga bo’linib, yirik yer egalari tomonidan boshqarilgan. Bosib olingan yerlarni mustahkamlash maqsadida O’rxon davridan boshlab turklar Kichik Osiyodan Bolqonga ko’chirilish siyosatini olib boradilar Sud ishlarini kadiylar shariat asosida olib borganlar. Ko’chmanchilar orasida esa tyure qonuni saqlanib qolgan. Murod I davrida dastlabki qonunnomalar paydo bo’lib, (jumladan 1368y, 1375 yilgi qonunlar) u

Usmoniylar davlati qonunchiligi asoschisi hisoblanadi. Uning o’g’li Boyazid davrida mamlakat markazlashtirila boshlanadi. Armiya sohasida ham katta o’zgarishla bo’lib o’tadi. Asosiy harbiy kuch otliq qo’shin sipoxiylar edi. 1361 yilda (yoki 1363 y) birinchi xristian harbiy asirlaridan tashkil topgan doimiy piyoda qo’shin tashkil etilib, ular otliq qo’shinuchun qiyin bo’lgan kal’alarni ishg’ol qilishda muhim hisoblangan. Bu qo’shin «yanicharlar» nomini oladi (yangi). Dastlab ularning soni 1-3 ming kishi bo’lib, borgan sari ularning soni oshirilib borgan. XV asrning 20- yillarida maxsus «devshirme» tizimini «qon solig’i» joriy etilib, xar 3-5-7 yilda maxsus odamlar tomonidan xristian o’smirlarini kuch bilan olib kelib, yanicharlar korpusi uchun tayyorlanganlar. Ularga uylanish man etilib, maxsus kazarmalarda yashaganlar. Ular qo’llarida qurol ushlashga qurbi yetganicha xizmat qilishga majbur bo’lganlar. Yerlar dehqonlar soni emas, balki undan keladigan daromad bilan belgilangan.Timor (tarxon) yerlardan 3 mingdan-20 ming akchagacha (akcha-mayda kumush tanga, grekcha nomi aspr), ziamet yerlar 20 000 – 100 000 akchagacha foyda keltirgan. (Turkiyada 40 mingga yaqin timar va ziyamet yerlar bo’lgan) Eng yirik yer egaligi xoss deb nomlanib, uning foydasi 100 ming akchadan yuqori bo’lgan.Xoss yerlar asosan vazr, beylarbeyi va boshqa yuqori lavozim egalariga berilgan. Lavozimidan ayrilgan shaxs xoss yeridan ham mahrum bo’lar edi. Qaram dehqonlar rayaalar deb nomlanib, ularning ijaraga olgan yeralari 6-16 ga ni tashkil etgan. Ularning imtiyozlari shundan iborat bo’lganki ularga berilgan yerlar uch yil maboynida ishlov berilmasagina yer egasi tomonidan tortib olinishi mumkin bo’lgan. Musulmon dehqonlar asosan ushr solig’ini (xosil bilan) to’lganlar. Musulmon bo’lmaganlar xirodj-i mukasimma soliqini to’lab, u ushr solig’iga uxshash bo’lib, miqdori ko’proq bo’lgan. Bundan tashqari ular, ya’ni 15 yoshdan 75 yoshgacha bo’lgan mehnatga layoqatli musulmon bo’lmaganlar juz’ya solig’ini xam to’laganlar. (pul bilan.) Bundan tashaqari dinidan farqli ravishda ular yer, mol, tutun, kelin, kuyov va boshqa soliqlarni to’laganlar. Urush vaqtida olinadigan avariz solig’i keyinchalik doimiy ravishda olinadigan bo’ldi. Shuningdek Turkiyada xunarmandchilik xam yaxshi rivojlangan bo’lib, ular alohida obro’ga ega bo’lganlar. Savdo bilan asosan musulmon bo’lmaganlar (armanilar, greklar, bolgarlar, serblar, yevreylar va boshqalar) shug’ullanganlar. Davlat boshqaruvi. XV asrga kelib davlat tepasida podishox utirar, va u mutloq hokimyatga ega bo’lgan. U qo’shin boshida turuvchi asosiy qo’mondon ham bo’lgan. XVII asrga qadar taxt otadan o’g’ilga meros qolgan. Taxtga chiqqan o’g’il o’z ukalarini taxtga bo’lgan da’vogarlar sifatida o’ldirishga buyruq bergan. XVII asrdagi yangi buyruqqa ko’ra taxt vorisi deb katta o’g’il e’lon qilinadi. Qolgan ukalar esa saroy kamoqxonasi saqlangan. Ikkinchi shaxs buyuk vazir hisoblangan. Alohida sohalar bo’yicha vazirlar (ministrlar) ham bo’lgan. Vazirlarning alohida kengashi Divan-i xumayun bo’lgan. Musulmonlar boshida muftiy turib, XV asr 70 yillaridan boshlab u shayx ul- islom deb aytilgan. Unmdan keyin kadiaskerlar