Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga harbiy yurishlari. loyiha ish
10- SINF O‘ZBEKISTON TARIXI FANI BSB-2. Loyiha ishi Mavzu: Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga harbiy yurishlari. ( Eslatma! Loyiha ishi mavzusini o‘quvchilar o‘zlari ham tanlashlari mumkin. O‘rta Osiyoda joylashgan biron-bir hudud (shahar, viloyat)ning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi jarayonini to‘liq yoritish tavsiya etiladi) Format: Loyiha ishi (videorolik, slayd, ilmiy maqola, tadqiqotlar olib borish va boshqalar tavsiya etiladi) Fanlararo integratsiyalashuvi: tarbiya, adabiyot, geografiya, informatika Muammo: – O‘rta Osiyo hududlarining rus bosqinchilariga qarshi kurashda mag‘lub bo‘lishi Maqsad:
– tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish ; – hamkorlikda ishlashni rivojlantirish; – tanqidiy tahlil qilishni shakllantirish va rivojlantirish. Loyiha ishi bo‘yicha o‘quvchilarda shakllanadigan ko‘nikmalar: – O‘zbekiston va dunyo mamlakatlariga oid voqealarni manbalar orqali tushuntirish – O‘zbekiston tarixiga doir voqea-hodisani, shaharlarni xaritadan ko‘rsatib berish – O‘zbekiston va jahon tarixining asosiy voqealari va shaxslarini ko‘rgazmali vositalar yordamida tasvirlay olish – O‘rta Osiyo xonliklaridagi me’morchilik, savdo-sotiq hamda ilm-fanning rivojlanishi haqida bilimlarga ega bo‘l ish – XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida O‘rta Osiyo xalqlari hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy davrlarni taqqosla sh va tahlil qila olish; – Xonliklar davriga oid ba’zi manbalarni bil ish hamda tahlil qila olish – bir-birini takrorlamaydigan g‘oyalarni tatbiq qilish; – kreativlik; – nutq madaniyati;
– jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari (jamoada 4-7 nafar o‘quvchi ishtirok etishi tavsiya etiladi). Loyiha ishining bosqichlari (xarita) O‘qituvchiga tavsiyalar: – jamoalarni shakllantirish; – muammoli topshiriqlarni bayon qilish; – baholash mezonini e’lon qilish; – bajarish muddatini belgilash (loyiha ishi uzoq muddatda bajariladi). O‘quvchiga tavsiyalar: – ma’lumot to‘plash; – tarqatmalar shakllantirish; – so‘rovnomalar o‘tkazish; – tahrirlash; – o‘qituvchi tavsiyalarini olish; – qayta tahrirlash;
– taqdim etish. Jamoalarni shakllantirish: – o‘qituvchi tomonidan shakllantirish; – qur’a tashlash orqali shakllantirish; – o‘quvchilar tomonidan shakllantirish (ayrim o‘quvchilarning jamoalarga qo‘shilmay qolish holatiga yo‘l qo‘ymaslik kerak). Mavzuni ochib berishga yo‘naltiruvchi savol va topshiriqlar: 1. XIX asr ikkinchi yarmida O‘rta Osiyo xonliklarining Rossiya tomonidan bosib olinishining asl sabablari nimada edi? Qaysi omillar rus bosqinchilarining istilochilik yurishlarini tezlashtirdi. Sizningcha, O‘rta Osiyo xonliklari rus bosqinchilariga qarshi qanday kurash olib borishi kerak edi? 2. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyo xonliklarini bosib olishdan ko‘zlangan maqsadlarini aniqlang. Muayyan bir hududni bosib olish jarayonlari haqida ma’lumot to‘plang. Tarixiy adabiyot yoki turli video materiallaridan foydalaning.
Eslatma: O‘quvchilar oldindan jamoalarga bo‘linib loyiha ishiga tayyorlanadilar. BSB – 2 kuni loyiha ishini taqdim etib baholanadilar.