logo

Buxoro xonligi davriga oid tadqiqotlar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

27.14453125 KB
Buxoro xonligi davriga oid tadqiqotlar
    
Reja
1. Shayboniylar  va Ashtarxoniylar davriga oid manbalar
2.  Buxoro xonligining chet el sayyohlari va elchilari asarlarida yoritilishi.             Mustaqillik     yillarida     O‘ zbekiston   tarixi   har   tomonlama   xolis   va   ilmiy
yoritila   boshlandi.   Ayniqsa,   o‘ zbek   davlatchiligi   tarixi   va   uning   jahon
sivilizatsiyasi   taraqqiyoti   jarayonlarida   tutgan   o‘ rnini   yoritishga   katta   e’tibor
berilmoqda.   Shubhasiz,   o‘ zbek   davlatchiligi   an’analarining   shakllanishida   va
taraqqiy   etishida   muhim   o‘ rin   tutgan   davrlardan   biri   o‘zbek   xonliklari   davri
hisoblanadi.   G‘arb   Kaspiy   dengizigacha,   janubda   Sharqiy   Eron   va   Afg‘oniston,
shimol va sharqda Rossiya imperiyasi hamda Sharqiy Turkiston, Xitoy bilan savdo
va   diplomatik   aloqalar   olib   borishda   qulay   geopolitik   afzalliklarga   ega   bo‘lgan
xonliklar Markaziy Osiyo davlatlari orasida qulay geopolitik mavqega ega edi. 
XVI   asr   boshlariga   kelib,   temuriylardan   so‘ng   shakllangan   Shayboniylar
sulolasi   Movarounnahr,   Xuroson   va   va   Xorazmda   o‘z   hukmronligini   o‘rnatgan
bo‘lsa, qisqa vaqtda u ikki qismga – Buxoro va Xiva xonliklariga, XVIII asrning
boshlariga kelib esa uchinchi davlatga, ya’ni Qo‘qon xonligiga ajraladi. Shu tariqa
avval yagona davlat  bo‘lgan hududda uch xonlik – Buxoro (1510-1920 yy), Xiva
(1911-1920 yy) va Qo‘qon (1709-1876 yy) yuzaga keladi. 
Xonliklarning   o‘zaro   va   tashqi   davlatlar   bilan   siyosiy,   iqtisodiy   va   boshqa
sohalardagi   aloqalari   turli   davrlarda   turlilik   kasb   etib,   murkkablashib   boradi.
Ayniqsa, XIX asrning o‘rtalariga kelib, xonliklarga nisbatan tashqi xavf – Rossiya
imperiyasining   bosqinchilik   xavfi   kuchayib   boradi.   Bir   tomondan   xonliklarning
ichki   nizolar   oqibatida   siyosiy   inqirozga   yuz   tutishi,   ikkinchi   tomondan   Rossiya
imperiyasining   xonliklar   hududlariga   harbiy   bosqinchilik   yurishlarining
kuchaytirilishi umumiy ahvolning yanada murakkablashuviga olib keldi. Bu holat
nafaqat   o‘z   vaqtida   jahon   siyosatchilarining   diqqatini,   balki   ko‘plab
tarixchilarining   diqqatini   ham   o‘ziga   jalb   etadi.   Xonliklarning   ichki   hayoti   va
tashqi   siyosatdagi     o‘rni   va   faoliyati   yuzasidan   ko‘plab   asarlar   yaratiladi,
tadqiqotlar amalga oshiriladi. 
Turli   yillarda   yaratilgan   tarixiy   asarlarda   Buxoro,   Xiva   va   Qo‘qon
xonliklarining ana shu davrlardagi tarixini, jumladan siyosiy va iqtisodiy, ijtimoiy
hayotini   yoritib   berishga   katta   e’tibor   berilgan.   Biroq   bu   vaqtgacha   yaratilgan asarlarda   asosiy   maqsad   xonliklar   tarixining   u   yoki   bu   sohasini   yoritib   berishga
qaratilgan bo‘lsada, ularda masalaga yondashuvning har-xilligi e’tiborni tortadi.
Bugungi   kunda   tarix   faniga   qo‘yilayotgan   talablar   o‘tmishni   sinchiklab
o‘rganish, ularni hal etishga bo‘lgan yondashuvlar va nuqtai-nazarlarni tahlil etib,
ulardan   bugungi   kun   uchun   zarur   xulosalarni   chiqarishni   talab   etadi.   Tarixni
o‘rganishga bo‘lgan munosabatning turli siyosiy tuzumlar ta’sirida o‘zgarib turishi
bugungi   kun   tadqiqotchilari   oldiga   uni   xolisona   tahlil   qilish   va   ob’ektiv   ilmiy
xulosalar   chiqarish   kabi   katta   va   mas’uliyatli   vazifa   qo‘yadi.   Bunda   eng   avvalo
ilmiy bilishning asosiy tamoyillari, umumjahon tarix fanining nazariy – konseptual
asoslari,   milliy   istiqlol   mafkurasi   falsafasiga   asoslanish   muhim   ahamiyat   kasb
etadi. 
  Asarlar   mualliflarining   masalaga   yondashuvlari   va   voqealarning   yoritilish
darajasi   haqida   hamda   tarixshunoslik   masalalari   haqida   so‘z   yuritishga   harakat
qilingan.   Bunda   o‘zbek   xonliklari   tarixining   tarixshunosligi   amaldagi
davrlashtirish   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda,   har   bir   davrning   o‘ziga   xos
xususiyatlaridan   kelib   chiqib,   davrlashtirishni   yanada   aniqlashtirish   maqsadida
ma’lum   kichik   davrlarga   bo‘lib,   tahlil   etilgan.   Bu   o‘zbek   xonliklari   tarixining
tarixshunoslik masalalariga yanada oydinlik kiritadi, degan umiddamiz. 
Tarix va tarixiy jarayonlar, siyosiy-tarixiy vaziyat  ularning ro‘y berishidagi
asosiy sabab va xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishda har tomonlama tahlil
qilish tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishida katta omil sanaladi. Bugungi kungacha
tadqiqotchilar   tomonidan   o‘zbek   xonliklari   tarixini   o‘rganishga   ko‘plab   marotaba
murojaat   qilingan   va   xonlik   tarixining   turli   muammolari   yuzasidan   ilmiy
tadqiqotlar   olib   borilgan   bo‘lsada,   bugungi   kungacha   xonliklar   davri   tarixining
barcha  masalalari   to‘lig‘icha   tadqiq  qilib   bo‘lingan   deb  bo‘lmaydi.  Ayniqsa,   turli
davrlarda   yaratilgan   xonliklar   tarixini   aks   ettiruvchi   asarlarda   mualliflarning
masalaga   turlicha   yondashuvlari   fikrlarning   va   xulosalarning   ham   turlicha
bo‘lishiga   olib   kelgan.   Ularni   ilmiy   jihatdan   chuqur   tahlil   qilish   va   tarixiylik,
ilmiylik   va   xolislikka   asoslanilgan   eng   to‘g‘ri   xulosalarni   chiqarish   bugungi   kun
tarixchi mutaxasislari oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi.  O‘zbek xonliklari tarixi yuzasidan tadqiqot olib borgan va ularga bag‘ishlab
turli   asarlar   yaratgan   mualliflarning   asarlaridagi   ayrim   xususiyatlar   haqida
qisqacha   to‘xtalib   o‘tilgan.   Shu   bilan   birga   o‘zbek   xonliklari   tarixiga   oid
asarlarning   qisqacha   bibliografiyasi   berib   o‘tilgan   bo‘lib,   undan   turli   davrlarda
yaratilgan   ilmiy   adabiyotlar   va   asarlar,   matbuotda   e’lon   qilingan   qator   ilmiy
maqolalar,   xonlik   tarixi   yuzasidan   amalga   oshirilgan   ilmiy   tadqiqot   ishlari   va
dissertatsiyalarda o‘z aksini torgan.
Shuningdek,   mualliflar   tomonidan   o‘zbek   xonliklari   tarixi   yuzasidan
yozilgan asarlar va ularning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xonliklar tarixini
davrlashtirish yuzasidan ba’zi fikr-mulohazalar berib o‘tilgan. Bu fikr-mulohazalar
borasida soha mutaxassislari tomonidan ayrim e’tirozlar va bahs-munozarali fikrlar
bildirilishi   tabiiy.   Bu   esa   albatta,   xonlik   tarixini   o‘rganishda   yanada
mukammallikka erishishga zamin yaratish uchun xizmat qilishi shubhasiz.
  Xonliklar   tarixini   tarixshunoslik   nuqtai-nazaridan   davrlashtirishning
quyidagicha an’anasi bugungi kunda asosiy hisoblanadi: 
Birinchi davr   - XIX asrning 30-yillaridan – XX asrning boshlarigacha; 
Ikkinchi davr -  Sovet davri tarixshunosligi (1917-1991 yy); 
Uchinchi   davr   -   O‘zbekiston   Respublikasi   davlat   mustaqilligini   qo‘lga
kiritganidan     keyingi   yillar   (1991   yil   31   avgustdan   bugungi   kunlargacha)ni   o‘z
ichiga oladi.  
Tarixshunoslikning   bu   tarzdagi   davrlashtirilishi   natijasida   aksariyat
hollarda har bir davrga umumiy tarzda yondashilgan va ayni vaqtda tarixiy asarlar
va   tarixiy   voqealarning   tahlili   amalga   oshirilgan.   Biroq   tarixiy   asarlar   va   ularda
voqealarning   yoritilishiga   bo‘lgan   munosabatning   xususiyatlariga   qarab   bu
davrlarning   har   birini   alohida   yana   kichik   davrlarga   yoki   guruhlarga   ajratib
chiqish maqsadga muvofiqdir. Bunda   tarixiy tadqiqotlarning masalaga konseptual
–   metodologik   yondashuv   xususiyatlariga   ko‘ra   quyidagi   davrlarga   bo‘lib
o‘rganishni tavsiya etish mumkin:
XIX   asrning   30-yillaridan   –   XX   asrning   boshlarigacha   bo‘lgan   birinchi
davrni  ikki qismga ajratish mumkin: - Birinchi  qismi   XIX asrning 30-50 yillarigacha   bo‘lgan davrni  o‘z ichiga
olib,   bu   vaqtda   Qo‘qon   xonligi   tarixi   masalalariga   bag‘ishlangan   ishlarda   asosan
xonlikning   ichki   siyosati,   ijtimoiy   va   iqtisodiy   hayot   masalalari   yoritilgan
ma’lumotlarni   ko‘rish  mumkin.  Bu   ma’lumotlar   xonlik  hayotini  aks  ettirish   bilan
birga keyinchalik uning chor Rossiyasi tomonidan bosib olnishida podsho armiyasi
harbiylari   uchun   qo‘llanma-ma’lumotnoma   vazifalarini   ham   bajargan.   Bu
ma’lumotlar va asarlar o‘zining ma’lum daraja ob’ektivligi bilan xususiyatlanadi.
- Ikkinchi qismi   XIX asrning 50-yillaridan - XX asr boshlarigacha   bo‘lgan
vaqtni  o‘z  ichiga oladi. Bu davrda yaratilgan asarlarda xonlikning chor  Rossiyasi
tomonidan bosib olinishi masalalariga keng o‘rin berilgan va ularning aksariyatida
“buyuk   davlatchilik”   shovinizmi   xususiyatlari   yaqqol   sezilib   turadi.   Shu   bilan
birga   ayrim   rus   tarixchilari   masalani   ob’ektiv   yoritish   fikrlarini   ham   ilgari
suradilar.   Ushbu   xususiyatlari   bilan   bu   davrda   yaratilgan   asarlar   Qo‘qon   xonligi
tarixi   va   uning   chor   Rossiyasi   tomonidan   bosib   olinishi   masalalarini   o‘rganishda
nihoyatda katta axamiyatga ega. 
II. Ikkinchi davrni Sovet davri (1917-1991 yy) tarixshunosligi tashkil etadi.
Bu davrni tarix faniga va tarixiy tadqiqotlarga bo‘lgan yondashuv  xususiyatlariga
asoslangan holda uch qismga bo‘lish mumkin:
Birinchi   qismini   Sovet   hokimiyatining   dastlabki   yillaridan   –   XX   asrning
50-yillari   o‘rtalarigacha   bo‘lgan   davr   bilan   belgilash   mumkin.   Bu   davrda
yaratilgan ilmiy asarlar va tadqiqotlar masalaga qisman ob’ektiv yondashuvi bilan
xususiyatlanadi.
Sovet  davri  tarixshunosligining  ikkinchi   qismi   XX asr  50-yillaridan  – 80-
yillarning o‘rtalarigacha   bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. 
Ikkinchi   davrning   uchinchi   qismi   XX   asrning   80-yillari   o‘rtalaridan   90-
yillari   boshigacha   (“qayta   qurish”   davri)     bo‘lgan   vaqtni   o‘z   ichiga   oladi.   Bu
davrda asosan o‘zbek olimlari tomonidan e’lon qilingan bir qator ilmiy ishlarda va
maqolalarda chor Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyo xonliklarining bosib olinishi va
mustamlakaga   aylantirishi   jarayonlarini   manbalar   va   arxiv   hujjatlari   asosida
haqqoniy va ob’ektiv yoritishga intilish muhim o‘rin egallaydi. III.   Uchinchi   davr   O‘zbekiston   Respublikasi   o‘z   mustaqilligini   qo‘lga
kiritganidan   (1991   yil   31   avgust)   keyingi   yillarni   o‘z   ichiga   oladi.   Bu   davrda
amalga   oshirilgan   va   bugungi   kunda   olib   borilayotgan   tadqiqotlar   o‘zining
xolisligi,   tarixiyligi,   ilmiyligi   va   masalaga   ob’ektiv   yondashuvi   jihatlari   bilan
xususiyatlanadi. 
Mustaqillik davri tarixshunosligi ikki qimsga ajratish mumkin:
Birinchi qismi – 1991 yil 31 avgust - 1998 yil 28 iyun.
Ikkinchi qismi – 1998 yil 28 iyundan bugungi kungacha.
Quyida   har   bir   davr   tarixshunosligi   va   tarixiy   tadqiqotlarning
xususiyatlarini alohida – alohida tahlil qilishga  x arakat qilamiz.
  O‘rta   Osiyo   xonliklarini   bosib   olish   uchun   uyushtirgan   harbiy   yurishlari
davrida   qo‘l   kelgan.   Bo‘lajak   bosqinchilik   va   harbiy   yurishlar   uchun   bunday
ma’lumotlarning   to‘planishida   ayniqsa,   xonliklar   hududlarining   kartografik   va
harbiy-topografik   jihatdan   o‘rganilishiga   XIX   asrning   boshlaridan   boshlab   turli
yillarda O‘rta Osiyo hududlariga kelgan podsho hukumatining elchilari va maxfiy
ayg‘oqchilari   katta   hissa   qo‘shganlar.   Rossiya   imperiyasi   XIX   asr   boshlaridanoq
Turkistonni hududiy – geografik, harbiy-siyosiy, ilmiy o‘rganishga jiddiy kirishdi. 
1803   yilda   Ivanov   boshchiligidagi   dastlabki   missiya   xonliklar   orasida
harbiy,  siyosiy,  iqtisodiy  jihatdan   katta  kuchga  ega  bo‘lgan  Buxoroga  yetib  keldi
va amirlik haqida bir qancha ma’lumotlarni qo‘lga kiritdi. 
1820 yilda A.F.Negri boshchiligida o‘z tarkibida olimlardan G.Meyendorf,
E.Eversman,   Budrinlarga   ega   bo‘lgan   ikkinchi   missiya   amirlik   haqida   ko‘proq
ma’lumot   yig‘ish   uchun   keldi.   G.Meyendorf   kelajakda   rus   qo‘shinlarining
Buxoroga   harbiy   bosqinchilik   bilan   kelganlarida   foydalanishlari   uchun   butun
tafsilotlarni o‘zida mujasam etgan xaritalar tuzish bilan shug‘ullandi.
1834 yilda Buxoroga yangi missiya yuborildi. Bu missiya mutlaqo josuslik
maqsadidagi   topshiriqlarni   bajardi.  Bu  missiyaga  turkiy  tillarni   va  bu  xalqlarning
tarixini   yaxshi   bilgan   Qozon   universitetining   Sharqshunoslik   fakulteti   talabasi
P.Ch.Demizon   rahbarlik   qildi.   Unga   tatar   mullasi   Mirza   Ja’far   nomi   bilan   soxta
pasport va diplomatligini tasdiqlovchi hujjat berildi.   Unga yuklatilgan vazifa o‘ta muhim   bo‘lib,   Rossiya   bilan   Xiva   o‘rtasida   urush   kelib   chiqsa   Buxoro   bunga
qanday munosabatda bo‘lishini aniqlashdan iborat edi.
1835   yilda   praporshik   V.Vitkevich   maxfiy   ko‘rsatmalar   bilan   Buxoroga
jo‘natildi.   1839 yil aprelda Buxoroga muhandis – geolog, kapitan K.Kovalevskiy
boshchiligidagi ekspeditsiya yuborildi va unga Turkistondagi mavjud oltin, neft va
boshqa   ma’dan   konlarini   xaritalashtirish   topshirildi.     Shuningdek   Buxoro
amirligining   geologik   tuzilishi,   Buxoroda   oltin   buyumlar   bilan   savdo   qilishning
ahvoli   va   amirlikning   tashqi   savdo   munosabatlari   haqida   statistik     ma’lumotlar
to‘plash vazifasi yuklatilgan edi. 
1841   yil   Buxoroga   N.Xanikov   boshchiligidagi   missiya   o‘z   tarkibida
N.Zalesov,   Leman   kabi   olimlar   bilan   birgalikda   keldi   va   o‘rta   Osiyo   flora   va
faunasini   o‘rganishga   kirishdi.   1843   yilda   N.Xanikov   o‘z   safar   natijalari   haqida
hisobot   to‘plab   tashqi   ishlar   vazirligiga   topshirdi   va   shu   yiliyoq   hisobot   tegishli
idoralar uchun yo‘llanma sifatida  “Opisanie Buxarskogo xanstva”  nomi bilan kitob
holida nashr  etildi. Bu kitob O‘rta Osiyoga  yurish qiladigan qo‘shinning zobit  va
askarlariga tarqatish uchun Orenburg general – gubernatorligiga jo‘natildi. Kitobda
Buxoro xaritasi, Samarqand shahri plani ilk marta e’lon qilindi. 
1842   yilda   Buxoro   amirligiga   yuborilgan   K.Butenevga   yanada   maxfiy
topshiriq   berildi.   U   bu   topshiriqlarni   qoyil   qilib   bajardi.   Podsho   hukumatiga
“Buxoroga   qo‘shin   tortib   borish   imkoniyatlari”   deb   atalgan   maxfiy   ish   topshirdi.
Unda amirlikni bosib olish mumkinligi aniq tavsiflab berilgan. Hukumatni va chor
generallarini amirlikni tezroq bosib olishga undadi.
Chor   hukumati   asosiy   e’tiborini   Buxoro   amirligiga   qaratish   bilan   birga
xuddi   shunday   missiyalarni   Xiva   va   Qo‘qon   xonliklariga   nisbatan   ham   amalga
oshirgan. 
1858   yil   O‘rta   Osiyoga   yuborilgan     polkovnik   Ignatev   boshchiligidagi
missiya o‘z ishini tugatar ekan, “O‘rta Osiyo xonliklari bilan teng asosdagi  savdo
va   boshqa     aloqalar   foyda   bermaydi.   Elchilarni   kutish   va   jo‘natishga   ketadigan
barcha harajatlarni  harbiy  yurishlarga  sarflab, bu  hududlarni   bosib  olish  kerak”  – mazmunidagi   bosqinchilik   ruhi   yaqqol   namoyon   bo‘lib   turgan   xulosalarni
chiqaradi.
Yuqoridagi   kabi   missiyalar   va   ekspeditsiyalar,   elchiliklar   yordamida
Rossiya   imperiyasi   O‘rta   Osiyo   xonliklari   to‘g‘risida   ko‘plab   qimmatli
ma’lumotlarga   ega   bo‘ldi.   Podsho   hukumati   xonliklar   orasida   birlikning   yo‘qligi,
ular   o‘rtasida   davom   etib   turgan   qonli   nizolardan   foydalanib   tezroq   xonliklarni
bosib olish rejasini  ishlab chiqa boshladi va ularni amalga oshirishni  eng tajribali
generallariga topshirdi. 
Rossiya   imperiyasi   O‘rta   Osiyo   xonliklarini   bosib   olishi   va   uning   bitmas
tuganmas   boyliklariga   egalik     qilishni   bir   asrlar   avval   o‘z   oldiga   maqsad   qilib
qo‘ygan   edi.   Bu   maqsadni   amalga   oshirish   uchun   amaliy   harakatlar   Petr   I
davridayoq   boshlangan   edi.   Bir   necha   bor   amalga   oshirilgan   elchilik   va   josuslik
ma’lumotlariga tayangan holda Petr  I  O‘rta Osiyoni  qo‘lga kiritish  uchun dastlab
qozoq   juzlarini   bo‘ysundirish   va   ulardan   keyinchalik   vosita   sifatida   foydalanish
maqsadga   muvofiqdir.   Degan   fikrni   ilgari   surgan   edi.   Turli   yo‘llar   bilan   qozoq
yerlariga   kirib   kelgan   ruslar   birin-ketin   zabt   etilgan   yerlarda   harbiy   qal’alar   va
istehkomlar   ko‘ra   boshladi.   1717   yilda   qurilgan   Omsk,   1718   yilda     qurilgan
Semipalatinsk, 1720 yilda qurilgan Ust-Kamenogorsk, 1735 yil qurilgan Orenburg
qal’alari   kabi   mustahkam   harbiy   istehkomlar   Rossiya   podshosining   bu   yerdagi
harbiy hukmronligi hali uzoq davom etishi va ular faqatgina qo‘lga kiritgan yerlar
bilan   qanoatlanib   qolmasliklarni   bildirardi.   1731-1740   yillar   davomida   Katta   va
Kichik qozoq juzlarining Rossiya tobeligiga o‘tish i   imperiyaning O‘rta Osiyoning
ichki hududlariga bostirib kirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirdi.
Yuqoridagi   hududlarni   qo‘lga   kiritganlaridan   so‘ng,   Rossiya   davlati   chegaralari
bevosita o‘zbek xonliklari chegaralari bilan tutashib qolgan edi. Biroq Yevropada
yuzaga kelgan siyosiy vaziyat va tashqi davlatlari bilan harbiy harakatlarning olib
borilishi   Rossiyaning   O‘rta   Osiyo   xonliklariga   qarshi   qaratilgan   harbiy
harakatlarini   yana   bir   asr   kechiktirishga   majbur   qildi.     Bu   davr   mobaynida   bosib
olingan   hududlarda   erkparvar   qozoq   sultonlaridan   biri   Kenasari   Qosimov   chor
qo‘shinlariga qarshi ozodlik kurashlari olib boradi. Bu qo‘zg‘olonlarni  bostirish uchun minglab qurolli kuchlarga ega bo‘lgan
general   Obruchev,   polkovnik   Lebedev,   Dushikovskiy,   podpolkovnik   Gorskiylar
hech   qanday   natijaga   erisha   olmadilar.   Bunda   xulosa   chiqargan   chor   hukumati
bepoyon   qozoq   dashtlarida   ko‘plab   harbiy   qal’alar   va   istehkomlar   qurishga
kirishdi.   Natijada   XIX   asr   o‘rtalariga   kelib   Qozog‘iston   hududlarida   60   ga   yaqin
harbiy va 100 dan ortiq kichikroq istehkomlar barpo etildi. Bu ishlarning hammasi
kelgusida   o‘zbek   xonliklariga   qarshi   kurashga   puxta   tayyorgarlik   ko‘rilganligini
bildirar   edi.   Chor   Rossiyasining   xonliklarga   qarshi   harbiy   yurishlar i dan
dastlabkilaridan   biri   yuqorida   keltirib   o‘tilganidek ,   1839   yilda   Xiva   xonligiga
qarshi   Orenburg   general   gubernatori   graf   Perovskiy   tomonidan   amalga   oshirildi.
Keyingi   yillarda   chor   hukumati   qo‘shinlari   xonliklar   bilan   chegaralarda   kichik-
kichik harbiy to‘qnashuvlar bilan cheklangan bo‘lsalarda, bu hududlarda o‘z harbiy
imkoniyatlarini   kengaytirish   va   dastavval   Qo‘qon   xonligiga   qarshi   harbiy
harakatlarni boshlashni maqsad qilib qo‘ygan edilar.
Bu   davrda   yaratilgan   tarixiy   asarlar   hamda   turli   elchilik   hujjatlari   va
ma’lumotlari,   axborotnomalarida   asosan   yuqoridagi   xususiyatlardan   kelib   chiqib
yondashilganligini kuzatish mumkin.
Mustamlaka davri tarixshunosligining   ikkinchi davrida , ya’ni XIX asrning
ikkinchi   yarmida   yaratilgan   asarlarda   Qo‘qon   xonligida   Minglar   sulolasi
hukmronligining   so‘nggi   davrlaridagi   ichki   va   tashqi   siyosati,   harbiy   ahvoli,
xonlikning   chor   Rossiyasi   tomonidan   bosib   olinishi   va   tugatilishi   voqealari   keng
ma’lumotlar   asosida   yoritib   berilgan.   Bu   asarlardagi   ma’lumotlar   voqealarning
bevosita   ishtirokchilari   va   ayni   zamonda   yashagan   olimlar   tomonidan
yoritilganligiga   qaramay,   ularda   Rossiya   imperiyasi   mustamlakachiligi
manfaatlariga   mos   ravishda,   buyuk   davlatchilik   nuqtai   nazaridan
yondashilganligini   ko‘rish   mumkin.   Masalaga   bunday   konseptual   yondashuvning
asosiy   sababi   bir   tomondan   buyuk   davlatchilik   qarashlari   bo‘lsa,   ikkinchi
tomondan   podsho   tuzumining   ta’siri   edi.   G.A.Ahmadjonovning   ta’kidlab
o‘tishicha, “mustamlakaga aylantirish va uning oqibatlari bilan aloqador haqqoniy
tarixiy-siyosiy asarlarni chop etish” “podsho senzurasi ta’qiqlari sababli” mumkin emas edi.  Biroq, bu ma’lumotlarni tanqidiy ravishda jiddiy o‘rganish foydadan xoli
emas.
Bu   davrda   rus   sharqshunos   tarixchi   olimlaridan   V.Bartold,  
V.Pyankov,
N.Ostroumov,   V.Nalivkin,   V.Veselovskiy,   Ye.T.Smirnov,   M.A.Terentev,
K.K.Abaza,  
N.Dingelshted,   N.Pavlov,   A.N.Maksheev,   A.N.Kuropatkin,
Ye.Jelyabujskiy,   A.I.Dobrosmislov,   D.L.Ivanov   va   boshqalar   Rossiya   imperiyasi
tomonidan  O‘ rta Osiyo xonliklarining bosib olinishi va mustamlakaga aylantirilishi
masalalariga doir bir qancha asarlar yozib qoldirganlar. 
O‘rta Osiyo xonliklarining chor Rossiyasi tomonidan zabt etilishi bu yerda
yashovchi  xalqlar uchun “juda foydali bo‘lganligi” hamda Rossiya  O‘rta Osiyoga
“sivilizatsiya   olib   kelganligini”   zo‘r   berib   ko‘rsatishga   urinish   asosan   harbiylar
uchun   juda   xususiyatli   bo‘lgan.   Ular   orasida   M.A.Terentev   tomonidan   yozilgan
uch   jildlik   “Zavoevaniya   Sredney   Azii”   asari   boshqa   mualliflarning   asarlariga
nisbatan voqealarning keng va mukammal yoritilganligi bilan alohida o‘rin tutadi.
Bunda   muallif   chor   Rossiyasining   faqatgina   XIX   asr   ikkinchi   yarmidagi   harbiy
yurishlarini   emas,   balki   XVIII   asr   boshlarida   O‘ rta   Osiyo   hududlariga   qilingan
harbiy   yurishlar   tarixiga   ham   keng   o‘rin   beradi.   Muallif   o‘zining   “Rossiya   i
Angliya”   asarida   ham   ikki   mustamlakachi   davlatning   tashqi   siyosiy
munosabatlarini   tahlil   qilish   bilan   birga   O‘ rta   Osiyo   xonliklariga   uyushtirilgan
harbiy   bosqinchilik   jarayonlarini   ham   ochib   beradi.   Har   ikki   asarda   ham
M.A.Terentev   voqelarni   bir   tomonlama,   asosan   chor   imperiyasining   manfaatlari
nuqtai   –   nazaridan   yoritadi.   Bunda   asosan   podsho   armiyasi   askarlarining   jang
faoliyatlari voqealar tafsilotining markazida turadi. U boshqa mualliflarga nisbatan
mahalliy   tarixchilar   asarlaridan   foydalanish   imkoniyatiga   ko‘proq   ega   bo‘lsada,
ularga   masalaning   asosiy   manbalari   sifatida   qaramaydi.   Shunga   qaramasdan,
M.A.Terentevning   asarlari   Qo‘qon   xonligi   tarixi   va   uning   chor   Rossiyasi
tomonidan   bosib   olinishi   tarixini   o‘rganishda   katta   ahamiyat   kasb   etadi   va   uni
tanqidiy jihatdan o‘rganish foydadan holi emas. 
Bu davrda tadqiqotlar olib borgan rus tarixchilari orasida Ye.T.Smirnov va
N.I.Veselovskiylarning   ishlari   o‘ziga   xos   o‘rin   tutadi.   Ularning   har   ikkisi   chor Rossiyasining   O‘rta   Osiyo   xonliklarini   bosib   olishi   tarixini   mahalliy   tarixchilar
asarlarini ham o‘rgangan holda yoritishga katta e’tibor beradilar. A dabiyotlar:
1. Ўзбекистон тарихи фанида инновa ц иялар.Т. -2012.
2. Ўзбекистон  халқлари  тарихи..1-қисм.  Ўқув қўланма /   Масъул  муҳаррир
А. Асқаров-Т.1992.
3. Ўзбекистоннинг янги тарихи. 1, 2,3-китоблар. - Т.: Шарқ, 2000.
4. Ўзбекистон   тарихи   (1917-1991-йилар)   Биринчи   ва   иккинчи   китоблар/
масъул муҳаррир Қ.Ражабов.Т.;-“Ўзбекистон”-2019
5. O‘zbekiston   tarixi.   Oliy   o‘quv   yurtlarining   tarix   fakulteti   talabalari   uchun
darslik / Mas’ul muharrir A.S.Sagdullayev. – T., 2019.
6. Ўзбекистон   тарихи.   Ўқув   қўланма   /   Масъул   муҳаррир   А.С.Сагдулаев-
Т.1997.
7. Ўзбекистон   давлатчилиги   тарихи   очерклари   /   Масъул   муҳаррир
Д.Алимова-Т.,2001
8. Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи  . Т.,2000 
9. Эшов   Б.Ж.   Ўзбекистон   давлатчилиги   тарихи.   Ўқув   қўланма.   –   Т.:
Маърифат, 2009.
10. Эшов Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи- Т.:2012
11. Эшов   Б.,   Одилов   А.   Ўзбекистон   тарихи.   1-жилд.   Энг   қадимги   даврдан
XIX аср ўрталаригача. Дарслик. – Т., 2014.
12. Shamsutdinov   R ,   Karimov   Sh ,   Xoshimov   S. .   Vatan   tarixi   1 ,2,3 -kitob.   O’quv
qo’llanma-T.”Sharq”-2016

Buxoro xonligi davriga oid tadqiqotlar Reja 1. Shayboniylar va Ashtarxoniylar davriga oid manbalar 2. Buxoro xonligining chet el sayyohlari va elchilari asarlarida yoritilishi.

Mustaqillik yillarida O‘ zbekiston tarixi har tomonlama xolis va ilmiy yoritila boshlandi. Ayniqsa, o‘ zbek davlatchiligi tarixi va uning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyoti jarayonlarida tutgan o‘ rnini yoritishga katta e’tibor berilmoqda. Shubhasiz, o‘ zbek davlatchiligi an’analarining shakllanishida va taraqqiy etishida muhim o‘ rin tutgan davrlardan biri o‘zbek xonliklari davri hisoblanadi. G‘arb Kaspiy dengizigacha, janubda Sharqiy Eron va Afg‘oniston, shimol va sharqda Rossiya imperiyasi hamda Sharqiy Turkiston, Xitoy bilan savdo va diplomatik aloqalar olib borishda qulay geopolitik afzalliklarga ega bo‘lgan xonliklar Markaziy Osiyo davlatlari orasida qulay geopolitik mavqega ega edi. XVI asr boshlariga kelib, temuriylardan so‘ng shakllangan Shayboniylar sulolasi Movarounnahr, Xuroson va va Xorazmda o‘z hukmronligini o‘rnatgan bo‘lsa, qisqa vaqtda u ikki qismga – Buxoro va Xiva xonliklariga, XVIII asrning boshlariga kelib esa uchinchi davlatga, ya’ni Qo‘qon xonligiga ajraladi. Shu tariqa avval yagona davlat bo‘lgan hududda uch xonlik – Buxoro (1510-1920 yy), Xiva (1911-1920 yy) va Qo‘qon (1709-1876 yy) yuzaga keladi. Xonliklarning o‘zaro va tashqi davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi aloqalari turli davrlarda turlilik kasb etib, murkkablashib boradi. Ayniqsa, XIX asrning o‘rtalariga kelib, xonliklarga nisbatan tashqi xavf – Rossiya imperiyasining bosqinchilik xavfi kuchayib boradi. Bir tomondan xonliklarning ichki nizolar oqibatida siyosiy inqirozga yuz tutishi, ikkinchi tomondan Rossiya imperiyasining xonliklar hududlariga harbiy bosqinchilik yurishlarining kuchaytirilishi umumiy ahvolning yanada murakkablashuviga olib keldi. Bu holat nafaqat o‘z vaqtida jahon siyosatchilarining diqqatini, balki ko‘plab tarixchilarining diqqatini ham o‘ziga jalb etadi. Xonliklarning ichki hayoti va tashqi siyosatdagi o‘rni va faoliyati yuzasidan ko‘plab asarlar yaratiladi, tadqiqotlar amalga oshiriladi. Turli yillarda yaratilgan tarixiy asarlarda Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarining ana shu davrlardagi tarixini, jumladan siyosiy va iqtisodiy, ijtimoiy hayotini yoritib berishga katta e’tibor berilgan. Biroq bu vaqtgacha yaratilgan

asarlarda asosiy maqsad xonliklar tarixining u yoki bu sohasini yoritib berishga qaratilgan bo‘lsada, ularda masalaga yondashuvning har-xilligi e’tiborni tortadi. Bugungi kunda tarix faniga qo‘yilayotgan talablar o‘tmishni sinchiklab o‘rganish, ularni hal etishga bo‘lgan yondashuvlar va nuqtai-nazarlarni tahlil etib, ulardan bugungi kun uchun zarur xulosalarni chiqarishni talab etadi. Tarixni o‘rganishga bo‘lgan munosabatning turli siyosiy tuzumlar ta’sirida o‘zgarib turishi bugungi kun tadqiqotchilari oldiga uni xolisona tahlil qilish va ob’ektiv ilmiy xulosalar chiqarish kabi katta va mas’uliyatli vazifa qo‘yadi. Bunda eng avvalo ilmiy bilishning asosiy tamoyillari, umumjahon tarix fanining nazariy – konseptual asoslari, milliy istiqlol mafkurasi falsafasiga asoslanish muhim ahamiyat kasb etadi. Asarlar mualliflarining masalaga yondashuvlari va voqealarning yoritilish darajasi haqida hamda tarixshunoslik masalalari haqida so‘z yuritishga harakat qilingan. Bunda o‘zbek xonliklari tarixining tarixshunosligi amaldagi davrlashtirish xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir davrning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, davrlashtirishni yanada aniqlashtirish maqsadida ma’lum kichik davrlarga bo‘lib, tahlil etilgan. Bu o‘zbek xonliklari tarixining tarixshunoslik masalalariga yanada oydinlik kiritadi, degan umiddamiz. Tarix va tarixiy jarayonlar, siyosiy-tarixiy vaziyat ularning ro‘y berishidagi asosiy sabab va xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishda har tomonlama tahlil qilish tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishida katta omil sanaladi. Bugungi kungacha tadqiqotchilar tomonidan o‘zbek xonliklari tarixini o‘rganishga ko‘plab marotaba murojaat qilingan va xonlik tarixining turli muammolari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan bo‘lsada, bugungi kungacha xonliklar davri tarixining barcha masalalari to‘lig‘icha tadqiq qilib bo‘lingan deb bo‘lmaydi. Ayniqsa, turli davrlarda yaratilgan xonliklar tarixini aks ettiruvchi asarlarda mualliflarning masalaga turlicha yondashuvlari fikrlarning va xulosalarning ham turlicha bo‘lishiga olib kelgan. Ularni ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilish va tarixiylik, ilmiylik va xolislikka asoslanilgan eng to‘g‘ri xulosalarni chiqarish bugungi kun tarixchi mutaxasislari oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi.

O‘zbek xonliklari tarixi yuzasidan tadqiqot olib borgan va ularga bag‘ishlab turli asarlar yaratgan mualliflarning asarlaridagi ayrim xususiyatlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tilgan. Shu bilan birga o‘zbek xonliklari tarixiga oid asarlarning qisqacha bibliografiyasi berib o‘tilgan bo‘lib, undan turli davrlarda yaratilgan ilmiy adabiyotlar va asarlar, matbuotda e’lon qilingan qator ilmiy maqolalar, xonlik tarixi yuzasidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari va dissertatsiyalarda o‘z aksini torgan. Shuningdek, mualliflar tomonidan o‘zbek xonliklari tarixi yuzasidan yozilgan asarlar va ularning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xonliklar tarixini davrlashtirish yuzasidan ba’zi fikr-mulohazalar berib o‘tilgan. Bu fikr-mulohazalar borasida soha mutaxassislari tomonidan ayrim e’tirozlar va bahs-munozarali fikrlar bildirilishi tabiiy. Bu esa albatta, xonlik tarixini o‘rganishda yanada mukammallikka erishishga zamin yaratish uchun xizmat qilishi shubhasiz. Xonliklar tarixini tarixshunoslik nuqtai-nazaridan davrlashtirishning quyidagicha an’anasi bugungi kunda asosiy hisoblanadi: Birinchi davr - XIX asrning 30-yillaridan – XX asrning boshlarigacha; Ikkinchi davr - Sovet davri tarixshunosligi (1917-1991 yy); Uchinchi davr - O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritganidan keyingi yillar (1991 yil 31 avgustdan bugungi kunlargacha)ni o‘z ichiga oladi. Tarixshunoslikning bu tarzdagi davrlashtirilishi natijasida aksariyat hollarda har bir davrga umumiy tarzda yondashilgan va ayni vaqtda tarixiy asarlar va tarixiy voqealarning tahlili amalga oshirilgan. Biroq tarixiy asarlar va ularda voqealarning yoritilishiga bo‘lgan munosabatning xususiyatlariga qarab bu davrlarning har birini alohida yana kichik davrlarga yoki guruhlarga ajratib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bunda tarixiy tadqiqotlarning masalaga konseptual – metodologik yondashuv xususiyatlariga ko‘ra quyidagi davrlarga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etish mumkin: XIX asrning 30-yillaridan – XX asrning boshlarigacha bo‘lgan birinchi davrni ikki qismga ajratish mumkin:

- Birinchi qismi XIX asrning 30-50 yillarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, bu vaqtda Qo‘qon xonligi tarixi masalalariga bag‘ishlangan ishlarda asosan xonlikning ichki siyosati, ijtimoiy va iqtisodiy hayot masalalari yoritilgan ma’lumotlarni ko‘rish mumkin. Bu ma’lumotlar xonlik hayotini aks ettirish bilan birga keyinchalik uning chor Rossiyasi tomonidan bosib olnishida podsho armiyasi harbiylari uchun qo‘llanma-ma’lumotnoma vazifalarini ham bajargan. Bu ma’lumotlar va asarlar o‘zining ma’lum daraja ob’ektivligi bilan xususiyatlanadi. - Ikkinchi qismi XIX asrning 50-yillaridan - XX asr boshlarigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Bu davrda yaratilgan asarlarda xonlikning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi masalalariga keng o‘rin berilgan va ularning aksariyatida “buyuk davlatchilik” shovinizmi xususiyatlari yaqqol sezilib turadi. Shu bilan birga ayrim rus tarixchilari masalani ob’ektiv yoritish fikrlarini ham ilgari suradilar. Ushbu xususiyatlari bilan bu davrda yaratilgan asarlar Qo‘qon xonligi tarixi va uning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi masalalarini o‘rganishda nihoyatda katta axamiyatga ega. II. Ikkinchi davrni Sovet davri (1917-1991 yy) tarixshunosligi tashkil etadi. Bu davrni tarix faniga va tarixiy tadqiqotlarga bo‘lgan yondashuv xususiyatlariga asoslangan holda uch qismga bo‘lish mumkin: Birinchi qismini Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridan – XX asrning 50-yillari o‘rtalarigacha bo‘lgan davr bilan belgilash mumkin. Bu davrda yaratilgan ilmiy asarlar va tadqiqotlar masalaga qisman ob’ektiv yondashuvi bilan xususiyatlanadi. Sovet davri tarixshunosligining ikkinchi qismi XX asr 50-yillaridan – 80- yillarning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi davrning uchinchi qismi XX asrning 80-yillari o‘rtalaridan 90- yillari boshigacha (“qayta qurish” davri) bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Bu davrda asosan o‘zbek olimlari tomonidan e’lon qilingan bir qator ilmiy ishlarda va maqolalarda chor Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyo xonliklarining bosib olinishi va mustamlakaga aylantirishi jarayonlarini manbalar va arxiv hujjatlari asosida haqqoniy va ob’ektiv yoritishga intilish muhim o‘rin egallaydi.