logo

XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA QO’QON XONLIGI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

22.2119140625 KB
           X I X ASR NING BIRINCHI YARM IDA QO’ QON  XONLIGI
Reja:1.	XIX asr birinchi yarmi Qo’qon xonligi tarixiga 	oid manbalar.	
2.XIX asr birinchi yarmida Qo’qon xonligidagi 	siyosiy vaziyat.	
3.XIX asr birinchi yarmida Qo’qon xonligining 	ijtimoiy hayoti.	
4.XIX asr birinchi yarmida Qo’qon xonligining 	iqtisodiy hayoti.
  Avvalgi  ma’ruzalarda keltirib  	o’tganimizdek,   Qo’qon   xonligi   tarixiga   oid	
manbalar  	orasida   mahalliy   tillarda   yozilgan   asarlar,   rus   va   boshqa  	halqlar	
tomonidan   yozib   qoldirilgan   asarlar   hamda   yozma  	yodgorliklar,   hisobotlar,	
qaydnomalar va hujjatlar asosiy 	o’rin tutadi.	
Mahalliy   tillarda   yozilgan   asarlar   orasida   bevosita   tarixiy   davr   yoki	
voqealarni   yoritib   beruvchi   asarlar   bilan   bir   qatorda   biografik   va   jangnoma
ruhidagi bir qator 	asarlar o’rin olganki, ular yordamida biz Qo’qon 	xonligining	
XIX asr birinchi yarmi va boshqa davrlarni 	bemalol yorita olish imkoniga ega	
bo’lamiz.	
Bunda   asarlar   qatoriga   Muhammad   Yunus   Toibning  	«Tarixi   Aliquli	
Amirlashkar», , Avaz Muhammad Attor 	Xo’qandiyning «Tarixi Jahonnomayi»,	
Otabek   Fozilbek  	o’tlning   «Mukammal   tarixi   Farg’ona»,   Niyoz   Muhammad	
Xo’qandiyning «Tarixi SHohruxiy», Muhammad Aziz Marg’iloniyning «Tarixi
Aziziy» va boshqa bir qator 	asarlarni keltirishimiz mumkin.	
SHuningdek,   bugungi   kunda   A   Navoiy   nomidagi   MDK	ning   nodir	
kitoblar   bo’limida   saqlanayotgan   bir   qator   rus  	mualliflari   qalamiga   mansub	
asarlar hamda arxiv hujjatlari ham Qo’qon xonligining XIX asrga oid  	tarixini	
o’rganishimizda muhim manbalar hisoblanadi.	
2-masala	
Norbo’tabek   vafotidan   so’ng   taxtga   o’tirgan  	Olimxon   (1798—1810)	
hukmronligi yillarida Qo’qon xonligining  	siyosiy mavqei ancha oshdi. Olimbiy	
dastlab harbiy  	islohotlar o’tkazib, qo’shinni ancha kuchaytirdi. Harbiy yurishlar	
qilib, Angren vohasini, Toshkent, Chimkent va 	Turkistonni o’ziga bo’ysundirdi.	
Bu   hududlarni   qo’lga  	kiritgach,   Qo’qon   xonligi   bevosita   Rossiya   bilan   tashqi	
savdo aloqalari uchun yo’l ochildi. Qo’qon xonligi kuchayib borishi bilan uning
siyosiy   maqomi   ham   o’zgardi.   Dastlabki   vaqtlarda   «biy»   yoki   «bek»
unvonlarida   davlatni   boshqargan   Qo’qon   hukmdorlari   1805   yilda   Olimxon
tomonidan   joriy   etilgan   «xon»   unvoni   bilan   yuritiladigan   bo’ldi.   Shu   vaqtdan
boshlab   Olimxon   «xon»   deb   e’lon   qilindi   va   davlat   ham  	Qo’qon   xonligi   deb	
yuritiladigan   bo’ldi.   Markaziy  	hokimiyatni   kuchaytirishga   bo’lgan   intilishi yo’lida   Olimxon  	birqancha   yirik   amaldorlar   va   xon   xonadoniga   mansub	
kishilarni   qatl   qildirdi,   xon   hokimiyatning   cheksizligini  	ta’minladi.   Bu   esa	
xondan   norozi   bo’lgan   amaldorlar   va  	beklarning   Olimxondan   noroziligi	
ortishiga   olib   keldi.  	Olimxonga   «Zolimxon»   degan   laqab   berildi.   Olimxon   o’z	
ukasi   Rustambekni   va   bir   qancha   dinpeshvolarini   o’ldirib   yuborgach,   undan
norozi   bo’lgan   kishilarning   soni   yanada  	ortdi,  manbalarda   ta’kidlanishicha,   bu	
odamlarga xonning 	ukasi Umarbek boshchilik qilgan.	
1810 yilda Olimxon o’tli Shohruxxon bilan Toshkentga 	qaytayotgan 	
vaqtda Oltiqush mavzesida andijonlik 	Qambarmirzo tomonidan otib o’ldiriladi 	
va taxtni ukasi 	Umarbek egallaydi.	
O’zini   «amir»   deb   atagan   Umarxo   ndavlat   tepasiga   kelgach,	
mamlakatda ko’plab g’alayonlar va isyonlar avj oldi. 	Chimkent va Turkistonda	
g’alayonlar ko’tarildi. O’ratepa 	hokimi unga bo’ysunishdan bosh tortdi.	
Ammo davlatni boshqarishda katta ta’sirga ega bo’lgan din peshvolari	
va harbiy sarkardalar bilan ittifoq bo’lib  	ish tutgan Umarxon bu g’alayonlarni	
bostirib, xonlik 	hududlarini bo’linib ketishdan saqlab qoldi.	
1818   yilda   Qo’qonda   katta   jome   masjidi   qurish   haqida  	farmon   berib,	
Umarxon din homiysi sifatida ham o’z 	mavqeini oshirib yubordi va «Amir ul —	
muslimin» 	unvonini ham qo’lga kiritdi va amalda diniy va dunyoviy hokimiyat	
egasi   bo’lib   qoldi.   Amir   Umarxon   Toshkentga   ham  	yurish   qildi   va   uni   egasi	
bo’lib   qoldi.   Amir   Umarxon  	Toshkentga   ham   yurish   qildi   va   uni   egallab	
(1811). Lashkar qushbegini shaharga hokim etib tayinladi va Rajabqushbegini
Turkistonga   jo’natdi.   Turkiston   egallangach,   unga   Shayx   Bedildodxohni
hokim   etib   tayinladi.   Amir   Haydarga  	qarshi   Jizzax   uchun   olib   borilgan	
kurashlar   Umarxonga  	muvaffaqiyat   keltirmadi.   Umarxon   davrida   Qo’qon	
xonligida  	adabiyot   va   she’riyat   ancha   yuksaldi,   iqtisodiy   ahvol   birmuncha	
yaxshilandi. 	
«Jannatmakon» nomini olgan Amir Umarxon 1822 	yilda kasallanib vafot	
etdi   va   taxtni   o’g’li   Muhammad  	Alixon   egalladi.   Madalixon   davrida   (1822—	
1842)   Qo’qon  	xonligi   iqtisodiy   va   siyosiy   jihatdan   ancha   yuksaldi   va   bir qancha   hududlarni,   jumladan,   Dorboz,   Qorategin,   Qulob   kabi	j   oylarni   qo’lga	
kiritdi. 1826—1831 yillarda Qashg’arda 	xitoyliklarga qarshi kurash olib bordi va	
halq unga «G’ozi» 	laqabini berdi.	
Madalixon   davrida   Buxoro   amirligi   bilan   ham   tez   —   tez  	to’qnashuvlar	
bo’lib   turdi.   Bu   urushlarning   hammasi  	mehnatkash   halq   zimmasiga   yangis	
oliqlar   solinishi   va   aholi  	turmushining   og’irlashuviga   olib   keldi.   Halq	
g’alayonlari  	kuchaydi.   Hukmronligining   so’nggi   yillarida   davlat  	ishlariga	
e’tiborini   susaytirgan  	Madalixondan   norozi   bo’lgan   kuchlar   unga   qarshi   fitna	
tayyorlaydilar.   Davlat   boshqarishda   katta   tajribaga   ega  	bo’lgan   va   xonning	
yaqin   maslahatchisi   Mingboshi  	haqqulining   o’ldirilishi   ularga   yanada   qo’l	
keldi.   Fitnaga  	bosh   qo’shgan   QoziKalon   Toshkent   hokimi   va   boshqalar	
Madalini taxtdan ag’darib tashlamoqchi bo’ldilar. Ular  	Buxoro amiri Nasrulloga	
elchi yuborib, o’z niyatlarini amalga 	oshirishda undan yordam so’radilar. 1842	
yil aprelda katta 	qo’shin bilan Qo’qonga bosib kelgan Nasrullo shahar yaqinida	
joylashdi.	
O’ziga qarshi norozolikning kuchayib  borishidan 	havfsiragan Madalixon	
1841   yil   noyabrь  oyida   ukasi  Sulton   Maxmud   foydasiga   taxtdan   voz   kechgan
bo’lsada,   sulh   so’rab  	Nasrullo   huzuriga   elchi   yuboradi.   Biroq   uning   barcha	
takliflari rad etiladi va Madalixon oilasini va o’zigas odiq ming kishini  hamda
xazinani olib, Namangan tomonga qochadi. Biroq  ular Amir  Nasrullo farmoni
bilan   tutib   keltiriladi   va   Madalixon,   uni   onasi   Nodirabegim,   Sulton
Maxmudxonlar   qatl   etiladi.   Qo’qonda   12   kun   turgan   amir  	Nasrullo   bu   yerda	
Ibrohim dodxohni qoldirib o’zi Buxoroga qaytadi.	
Ibrohim   dodxohning   shahar   aholisiga   zulmni   –   haddan  	oshirib	
yuborganligi bois, 3 oy o’tgach unga qarshi qo’zg’olon ko’tariladi va Ibrohim
dodxoh   va   uning   ukasi   Isxoq   Xo’jand  	orqali   Buxoroga   qochadi.	
Qo’zgolonchilar tomonidan Sheralixon Qo’qon xoni deb e’lon qilinadi.	
1842   yil   kuzida   Nasrullo   Qo’qonni   egallash   maqsadida   katta   qo’shin	
bilan Qo’qonga   keladi. Qo’qonliklar unga qarshi qattiq qarshilik ko’rsatadilar
va  qamal   cho’zilib   ketadi.   Bu   orada   esa   Xiva   xonligi   lashkarlarining   Buxoro amirligi  hududlariga hujum haqida habar keladi  va Nasrullo qamalni  	to’xtatib	
ortga qaytishga majbur bo’ladi.	
Qo’qonni   himoya   qilishda   katta   jonbozlik   ko’rsatgan  	Musulmonqul	
qipchoq mingboshi unvoniga sazovor bo’ladi.  	Davlat boshqaruvida asta — sekin	
qipchoqlarning mavqei 	ortib boradi, 1845 yilgacha xonlikda biroz tinchlik hukm	
suradi.	
1845   yil   yozida   Murodbek   Sheralini   taxtdan   tushirish  	maqsadida	
Buxoro   amiri   qo’shinlari   yordamida   Qo’qonga   bostirib   keladi.
Musulmonqulning   shaharda   yo’qligi   sababli  	Murodbek   Sheralixonni   o’ldirib,	
taxtni   egallaydi   va   o’zini   Buxoroning   vassali   deb   e’lon   qiladi.   Bundan   habar
topgan 	Musulmonqul darhol qo’shin bilan keladi va bor — yo’g’i 8 kun 	taxtda	
o’tiradi Murodbekni taxtdan tushirib, qatlqiladi.	
Taxtga   SHeralixonning   13   yoshli   o’tli   Xudoyorxon   o’tkaziladi   va	
hokimiyat amalda Musulmonqul qipchoq qo’liga o’tib qoladi. 	Bu	holat   1850	
yilning oxirigacha davom etdi. 	Musulmonqulning cheksiz hokimiyat egasi bo’lib	
qolganligi
va   qipchoqlarning   mavqei   oshganidan   norozi   bo’lgan   amaldorlar   birlashib,
Musulmonqulga   qarshi   kurashlarga   tayyorlana   boshladilar,   1852   yil   xazinani
talon   —taroj   qilishda   ayblangan   dasturxonchi   va   risolachi   Toshkentga   qochib
ketganligi   uchun   40   ming   kishilik   qo’shin   bilan   Toshkentga   yurish
muvaffaqiyatsiz tugadi.	
1852   yilning   iyunь   oyida   Musulmonqul   yana   30   ming   kishilik   qo’shin	
bilan   Toshkentga   yurish   qiladi.   Lekin   shu   vaqt   Xudoyorxon   Chirchiq   bo’yida
jang bo’layotgan vaqtda Toshkentlar tomonta o’tib ketadi. Musulmonkul tor —
mor  	etiladi.   Kuz   oyilarida   butun   qipchoqlarga   qarshi   qirg’in  	boshlanib   ketadi.	
1853   yil   kuzida   esa   Musulmonqulning   o’zi   tutib   olinadi   va   Qo’qonda   dorga
osiladi. Xudoyorxon o’z hokimiyatini mustahkamlaydi.	
Bu   vaqtda   esa   tashqi   dushman   Rossiya   imperiyasi   Qo’qon   xonligiga	
qarshi harbiy harakatlarni kuchaytira boshlagan 	edi.                                         3-masalaQo’qon xonligi ijtimoiy asosiy 	xususiyatlar boshqa ikki xonlikdagidan katta	
farq  	qilmaydi.   Xonlikda   davlat   boshqaruvini   xon   va   uning  	yaqinlari   amalga	
oshirganlar,   Davlat   boshqaruvida,  	shuningdek,   harbiy   —   ma’muriy	
amaldorlarning   mavqei   ham  	katta   bo’lgan   va   ular   markaziy   hamda   mahalliy	
boshqaruvni   amalga   oshirganlar.   Bular   o’z   hizmatlari   evaziga   muayyan
imtiyozlarga ega tabaqa hisoblansa, din peshvolari ham 	o’ziga xos imtiyozlarga	
ega va davlat boshqaruvida- muayyan, ta’sirga ega bo’lgan tabaqa hisoblangan.
Jamiyatning   eng  	ko’p   sonli   va   kamhuquqli   tabaqasi   oddiy   halq   fuqaro	
hisoblangan.   Asosiy   moddiy   boyliklar   aholining   ana   shu   tabaqasi   tomonidan
yaratilgan.
        XVII   –   XVIII   asrning   birinchi   yarmida   bitta   iqtisodiy   hududdagi   bir   elat,   bir
xalqning uchta mustaqil, siyosiy xonlikka ajralib ketishi, bu hududda yashayotgan
xalqlarning   boshiga   juda   og`ir   kulfatlarni   keltirdi.   Yanada   og`irlashtirdi.
Xivaliklarning   turkman   urug`lariga   qarshi   uyushtiradigan   bekliklariga   qarshi   olib
borgan urushlari, Qo`qon xonligining Toshkent va Xo`jand uchun Buxoro amiriga
qarshi   kurashlari   bitta   xalqning   parchalanishiga,   o`zaro   madaniy,   savdo
aloqalarining   uzilib   qolishiga   sabab   bo`ldi.   Xonliklar   hududidagi   xalq   norozilik
harakatlari   shafqatsizlik   bilan   bostirildi,   har   qanday   ilg`or   fikr,   yangilik   diniy
mutaassiblarini taqibiga uchrar edi. bu paytda nafaqat boshqa xududlar bilan hatto
Qo`qon, Xiva, Buxorodagi madaniy markazlarning ham o`zaro aloqasi yo`q edi. bu
o`z   navbatida   O`rta   Osiyo   ilm   –   fanini   turg`unlikka,   hatto   tanazzulga   olib   keldi.
Tabbiy   fanlarga   e’tibor   umuman   yo`qoldi.   O`rta   Osiyo   xalqlari   yuvropa   fan
texnika taraqqiyotidan bexabar bo`lib, orqada qolib ketdi.	
                                                      	    	2-masala	
Xonlikning iqtisodiy hayotida dehqonchilikning 	salmog’i yuqori bo’lgan, 	
Bu sohada Farg’ona vodiysi alohida 	muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Xonlikning	
boshqa 	hududlarida suv yetarli bo’lganligi uchun sug’orma 	dehqonchilik 	
ishlari yaxshi yo’lga qo’yilgan va O’rta Osiyo 	mintaqasiga xos bo’lgan deyarli 	
barcha ekin turlari ye	tishtirilgan. Ayniqsa XIX asrga kelib paxta ye	tishtiriladigan maydonlar kengayib bordi va paxtaning
asosiy haridori Rossiya hisoblangan. Yerga egalik 	qilishning an’anaviy usullari 	
saqlanib qolingan bo’lib, ye	rlarning asosiy qismi davlatga, hususiy shaxslarga 	
va 	diniy muassasalarga qarashli bo’lgan. Harbiy hizmatlar 	uchun «Tanxo», 	
«Tarxon» shaklidagi yerlar berilgan va undan 	foydalanish avloddan — avlodga 	
meros bo’lib o’tmagan.	
Chorvachilik ham iqtisodiy sohaning asosiy 	tarmoqlaridan biri bo’lgan. Bu	
soha Toshkent vohasi va 	Turkistonda yaxshi rivojlangan edi. Chorvachiliqning	
eng  	rivojlangan   sohasi   qo’ychilik   va   yilqichilik   hisoblangan.  	O’troq   aholi	
orasida uy chorvachiligi keng tarqalgan.	
Hunarmandchilikning   asosiy   markazlari   Qo’qon,  	Toshkent,   Andijon,	
Marg’ilon, O’sh	gTurkistonda yaxshi 	rivojlangan edi.	
Bu   soha   vakillari   to’qimachilik,   miskarlik,  	kulolchilik.   Zargarlik,   ipak   va	
shoyi   mtolar   to’qish   va  	boshqa   ko’plab   hunarmandchilik   turlari   va   kasb	
sohalarida  	o’z   mahsulotlarini   san’at   asarlari   darajasiga   yetkazib  	tayyorlash	
bilan   birga,   aholining   hunarmandchilik   mahsulotlariga   bo’lgan   talablarini
qondirish va tashqi bozorga ham chiqarar edilar.	
Xonlikning   ichki   va   tashqi   siyosati   bir   muncha   murakkab   bo’lishiga	
qaramasdan ichki va tashqi savdo munosabatlari o’z 	taraqqiyotida davom etdi.	
Ichki savdoda Qo’qon	g Marg’ilon, Andijon, Toshkent, CHimkent, O’ratepa va	
boshqa   shu   kabi  	yirik   shaharlar   asosiy   o’rin   egallasa,   bu   shaharlardagi	
ixtisoslashgan   bozorlar   va   karvonsaroylar   savdo   —   sotiq  	rivojining   asosiy	
omillaridan edi.	
Tashqi   savdoda   xonlik   Rossiya,   Xitoy,   Hindiston   va  	boshqa   davlatlar	
bilan   keng   aloqalar   olib   borardi.   Tashqi  	davlatlardan   asosan   fabrika	
mahsulotlari,   choy   va  	ziravorlar   kabi   tovarlar   keltirilsa,   tashqariga   qishloq	
xo’jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari asosiy 	tovarlar hisoblanardi.	
Xonlikda asosiy soliq turi xiroj va zakot bo’lib,  	bundan tashqari turli xil	
soliqlar va yig’imlar yig’ib 	olinardi. Shuningdek aholi turli vaqtlarda majburiy hashar ishlariga  ham jalb etib turilardi. Harbiy  	harakatlar   vaqtida   esa   soliqlar	
miqdori va turlari 	o’zgarib turardi.              Rossiya   bilan   o`rnatilgan   savdo   aloqalari   asosan   bir   guruh   boylar   qo`lida
bo`lib,   ular   madaniy   aloqalarga,   fan   texnika   taraqqiyotini   kirib   kelishiga   aytarli
ta’sir   ko`rsatmadi   va   o`lkadagi   iqtisodiy,   ijtimoiy   –   siyosiy   vaziyat   chor
Rossiyaning o`z agressiv maqsadlari uchun sharoit yaratib berdi. Natijada Rossiya
O`rta Osiyoni osonlik bilan bosib oldi.
      O`rta Osiyo xonliklarning qoloqligining sababalarini yana bir ta’kidlaymiz:
1   Xonliklarda   asrlar   davomida   o`zgarmay   kelatyogan   davlat   idora   usuli   qaror
topgan edi.
2   Asrlar   davomida   bir   butun   davlatning   uchtaga   bo`linib   ketishi,   ular   o`rtasidagi
hokimiyat uchun urushi, ichki nizolarni kuchaytirdi.
3 Dehqonlar yerga ega emas edi,  shuning uchun yerning unumdorligi, hosildorligi
uchun bosh qotirmas edi.
4   Etnik   guruhbozlikning   ildizi   –   yagona   xalq,   yagona   Vatan   tushunchasining
bo`lmaganligida edi.
5   Xon   va   beklarning   zo`ravonligi,   o`zboshimchaligi   aholining   ahvolini
qiyinlashtirdi, turmush darajasi o`ta past edi. ishlab chiqarish faqat iste’mol uchun
edi.
6 Xonlar ishlab chiqaruvchi kuchlar usishiga xalaqit bergan.
7 Xonliklar oltin gugurt, marmar, neft va boshqa qazilmalarga boy edi, lekin ularni
qazib olishga befarq qaraldi, shuning uchun xonliklarda sanoat rivojlanmagan.
8 Tijorat, tovar – pul munosabatlari rivojlanmagan. Xullas, ushbu sabablar Rossiya
tomonidan ularni bosib olish uchun imkoniyat yaratdi.
                                                                 Адабиётлар.

АСагдуллаев. Ўзбкистон тарихи: давлат ва 	жамият тараққиёти. Т.	г 	
Академия 2000

Ибрат Фарғона тарихи. 	Т.	г Мерос 1992
	
Мулло Олим Махмуд Хожа. Тарихи Туркистон.  Қарши 1993

Зиёев Х.З. Туркистонда Россия тажовузи ва 	ҳукмронлигига қарши 	
кураш. Т., Шарқ 1998

Ўзбекистоннинг янги тарихи. Биринчи китоб. Туркистон чор Россияси 
мустамлакачилиги 	даврида. Т., Шарқ 2000

X I X ASR NING BIRINCHI YARM IDA QO’ QON XONLIGI Reja:1. XIX asr birinchi yarmi Qo’qon xonligi tarixiga oid manbalar. 2.XIX asr birinchi yarmida Qo’qon xonligidagi siyosiy vaziyat. 3.XIX asr birinchi yarmida Qo’qon xonligining ijtimoiy hayoti. 4.XIX asr birinchi yarmida Qo’qon xonligining iqtisodiy hayoti.

Avvalgi ma’ruzalarda keltirib o’tganimizdek, Qo’qon xonligi tarixiga oid manbalar orasida mahalliy tillarda yozilgan asarlar, rus va boshqa halqlar tomonidan yozib qoldirilgan asarlar hamda yozma yodgorliklar, hisobotlar, qaydnomalar va hujjatlar asosiy o’rin tutadi. Mahalliy tillarda yozilgan asarlar orasida bevosita tarixiy davr yoki voqealarni yoritib beruvchi asarlar bilan bir qatorda biografik va jangnoma ruhidagi bir qator asarlar o’rin olganki, ular yordamida biz Qo’qon xonligining XIX asr birinchi yarmi va boshqa davrlarni bemalol yorita olish imkoniga ega bo’lamiz. Bunda asarlar qatoriga Muhammad Yunus Toibning «Tarixi Aliquli Amirlashkar», , Avaz Muhammad Attor Xo’qandiyning «Tarixi Jahonnomayi», Otabek Fozilbek o’tlning «Mukammal tarixi Farg’ona», Niyoz Muhammad Xo’qandiyning «Tarixi SHohruxiy», Muhammad Aziz Marg’iloniyning «Tarixi Aziziy» va boshqa bir qator asarlarni keltirishimiz mumkin. SHuningdek, bugungi kunda A Navoiy nomidagi MDK ning nodir kitoblar bo’limida saqlanayotgan bir qator rus mualliflari qalamiga mansub asarlar hamda arxiv hujjatlari ham Qo’qon xonligining XIX asrga oid tarixini o’rganishimizda muhim manbalar hisoblanadi. 2-masala Norbo’tabek vafotidan so’ng taxtga o’tirgan Olimxon (1798—1810) hukmronligi yillarida Qo’qon xonligining siyosiy mavqei ancha oshdi. Olimbiy dastlab harbiy islohotlar o’tkazib, qo’shinni ancha kuchaytirdi. Harbiy yurishlar qilib, Angren vohasini, Toshkent, Chimkent va Turkistonni o’ziga bo’ysundirdi. Bu hududlarni qo’lga kiritgach, Qo’qon xonligi bevosita Rossiya bilan tashqi savdo aloqalari uchun yo’l ochildi. Qo’qon xonligi kuchayib borishi bilan uning siyosiy maqomi ham o’zgardi. Dastlabki vaqtlarda «biy» yoki «bek» unvonlarida davlatni boshqargan Qo’qon hukmdorlari 1805 yilda Olimxon tomonidan joriy etilgan «xon» unvoni bilan yuritiladigan bo’ldi. Shu vaqtdan boshlab Olimxon «xon» deb e’lon qilindi va davlat ham Qo’qon xonligi deb yuritiladigan bo’ldi. Markaziy hokimiyatni kuchaytirishga bo’lgan intilishi

yo’lida Olimxon birqancha yirik amaldorlar va xon xonadoniga mansub kishilarni qatl qildirdi, xon hokimiyatning cheksizligini ta’minladi. Bu esa xondan norozi bo’lgan amaldorlar va beklarning Olimxondan noroziligi ortishiga olib keldi. Olimxonga «Zolimxon» degan laqab berildi. Olimxon o’z ukasi Rustambekni va bir qancha dinpeshvolarini o’ldirib yuborgach, undan norozi bo’lgan kishilarning soni yanada ortdi, manbalarda ta’kidlanishicha, bu odamlarga xonning ukasi Umarbek boshchilik qilgan. 1810 yilda Olimxon o’tli Shohruxxon bilan Toshkentga qaytayotgan vaqtda Oltiqush mavzesida andijonlik Qambarmirzo tomonidan otib o’ldiriladi va taxtni ukasi Umarbek egallaydi. O’zini «amir» deb atagan Umarxo ndavlat tepasiga kelgach, mamlakatda ko’plab g’alayonlar va isyonlar avj oldi. Chimkent va Turkistonda g’alayonlar ko’tarildi. O’ratepa hokimi unga bo’ysunishdan bosh tortdi. Ammo davlatni boshqarishda katta ta’sirga ega bo’lgan din peshvolari va harbiy sarkardalar bilan ittifoq bo’lib ish tutgan Umarxon bu g’alayonlarni bostirib, xonlik hududlarini bo’linib ketishdan saqlab qoldi. 1818 yilda Qo’qonda katta jome masjidi qurish haqida farmon berib, Umarxon din homiysi sifatida ham o’z mavqeini oshirib yubordi va «Amir ul — muslimin» unvonini ham qo’lga kiritdi va amalda diniy va dunyoviy hokimiyat egasi bo’lib qoldi. Amir Umarxon Toshkentga ham yurish qildi va uni egasi bo’lib qoldi. Amir Umarxon Toshkentga ham yurish qildi va uni egallab (1811). Lashkar qushbegini shaharga hokim etib tayinladi va Rajabqushbegini Turkistonga jo’natdi. Turkiston egallangach, unga Shayx Bedildodxohni hokim etib tayinladi. Amir Haydarga qarshi Jizzax uchun olib borilgan kurashlar Umarxonga muvaffaqiyat keltirmadi. Umarxon davrida Qo’qon xonligida adabiyot va she’riyat ancha yuksaldi, iqtisodiy ahvol birmuncha yaxshilandi. «Jannatmakon» nomini olgan Amir Umarxon 1822 yilda kasallanib vafot etdi va taxtni o’g’li Muhammad Alixon egalladi. Madalixon davrida (1822— 1842) Qo’qon xonligi iqtisodiy va siyosiy jihatdan ancha yuksaldi va bir

qancha hududlarni, jumladan, Dorboz, Qorategin, Qulob kabi j oylarni qo’lga kiritdi. 1826—1831 yillarda Qashg’arda xitoyliklarga qarshi kurash olib bordi va halq unga «G’ozi» laqabini berdi. Madalixon davrida Buxoro amirligi bilan ham tez — tez to’qnashuvlar bo’lib turdi. Bu urushlarning hammasi mehnatkash halq zimmasiga yangis oliqlar solinishi va aholi turmushining og’irlashuviga olib keldi. Halq g’alayonlari kuchaydi. Hukmronligining so’nggi yillarida davlat ishlariga e’tiborini susaytirgan Madalixondan norozi bo’lgan kuchlar unga qarshi fitna tayyorlaydilar. Davlat boshqarishda katta tajribaga ega bo’lgan va xonning yaqin maslahatchisi Mingboshi haqqulining o’ldirilishi ularga yanada qo’l keldi. Fitnaga bosh qo’shgan QoziKalon Toshkent hokimi va boshqalar Madalini taxtdan ag’darib tashlamoqchi bo’ldilar. Ular Buxoro amiri Nasrulloga elchi yuborib, o’z niyatlarini amalga oshirishda undan yordam so’radilar. 1842 yil aprelda katta qo’shin bilan Qo’qonga bosib kelgan Nasrullo shahar yaqinida joylashdi. O’ziga qarshi norozolikning kuchayib borishidan havfsiragan Madalixon 1841 yil noyabrь oyida ukasi Sulton Maxmud foydasiga taxtdan voz kechgan bo’lsada, sulh so’rab Nasrullo huzuriga elchi yuboradi. Biroq uning barcha takliflari rad etiladi va Madalixon oilasini va o’zigas odiq ming kishini hamda xazinani olib, Namangan tomonga qochadi. Biroq ular Amir Nasrullo farmoni bilan tutib keltiriladi va Madalixon, uni onasi Nodirabegim, Sulton Maxmudxonlar qatl etiladi. Qo’qonda 12 kun turgan amir Nasrullo bu yerda Ibrohim dodxohni qoldirib o’zi Buxoroga qaytadi. Ibrohim dodxohning shahar aholisiga zulmni – haddan oshirib yuborganligi bois, 3 oy o’tgach unga qarshi qo’zg’olon ko’tariladi va Ibrohim dodxoh va uning ukasi Isxoq Xo’jand orqali Buxoroga qochadi. Qo’zgolonchilar tomonidan Sheralixon Qo’qon xoni deb e’lon qilinadi. 1842 yil kuzida Nasrullo Qo’qonni egallash maqsadida katta qo’shin bilan Qo’qonga keladi. Qo’qonliklar unga qarshi qattiq qarshilik ko’rsatadilar va qamal cho’zilib ketadi. Bu orada esa Xiva xonligi lashkarlarining Buxoro

amirligi hududlariga hujum haqida habar keladi va Nasrullo qamalni to’xtatib ortga qaytishga majbur bo’ladi. Qo’qonni himoya qilishda katta jonbozlik ko’rsatgan Musulmonqul qipchoq mingboshi unvoniga sazovor bo’ladi. Davlat boshqaruvida asta — sekin qipchoqlarning mavqei ortib boradi, 1845 yilgacha xonlikda biroz tinchlik hukm suradi. 1845 yil yozida Murodbek Sheralini taxtdan tushirish maqsadida Buxoro amiri qo’shinlari yordamida Qo’qonga bostirib keladi. Musulmonqulning shaharda yo’qligi sababli Murodbek Sheralixonni o’ldirib, taxtni egallaydi va o’zini Buxoroning vassali deb e’lon qiladi. Bundan habar topgan Musulmonqul darhol qo’shin bilan keladi va bor — yo’g’i 8 kun taxtda o’tiradi Murodbekni taxtdan tushirib, qatlqiladi. Taxtga SHeralixonning 13 yoshli o’tli Xudoyorxon o’tkaziladi va hokimiyat amalda Musulmonqul qipchoq qo’liga o’tib qoladi. Bu holat 1850 yilning oxirigacha davom etdi. Musulmonqulning cheksiz hokimiyat egasi bo’lib qolganligi va qipchoqlarning mavqei oshganidan norozi bo’lgan amaldorlar birlashib, Musulmonqulga qarshi kurashlarga tayyorlana boshladilar, 1852 yil xazinani talon —taroj qilishda ayblangan dasturxonchi va risolachi Toshkentga qochib ketganligi uchun 40 ming kishilik qo’shin bilan Toshkentga yurish muvaffaqiyatsiz tugadi. 1852 yilning iyunь oyida Musulmonqul yana 30 ming kishilik qo’shin bilan Toshkentga yurish qiladi. Lekin shu vaqt Xudoyorxon Chirchiq bo’yida jang bo’layotgan vaqtda Toshkentlar tomonta o’tib ketadi. Musulmonkul tor — mor etiladi. Kuz oyilarida butun qipchoqlarga qarshi qirg’in boshlanib ketadi. 1853 yil kuzida esa Musulmonqulning o’zi tutib olinadi va Qo’qonda dorga osiladi. Xudoyorxon o’z hokimiyatini mustahkamlaydi. Bu vaqtda esa tashqi dushman Rossiya imperiyasi Qo’qon xonligiga qarshi harbiy harakatlarni kuchaytira boshlagan edi.