logo

XVI—XIX asrning birinchi yarmida o'rta osiyo xalqlari tarixshunosligi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

76 KB
XVI—XIX asrning birinchi yarmida o'rta  osiyo
xalqlari tarixshunosligi
Reja:
1. XVI-XIX asrning  birinchi yarmida O’rta  Osiyo  haiqdagi  tarixiy   
geografik  tadqiqotlar.
2.Asosiy  manbalar:  “Shayboniynoma”,   “Tavorixi  Guzida”,  “Tarixi  
Muqimxoniy”.
 3. Qo’qon   xonligi tarixshunosligi. Tayanch tushunchalar: Saj,bug'lot,Shajarai turk, Shajarai tarokkima.
  Mamlakat  tarixshunosligi  O'rta Osiyoning O'rta asr  tarixini  o'rganish  bo'yicha
oz ish qilgani yo'q. Lenin, shunga qaramay, «biz shu kunga qadar Urta Osiyoning
qadimiy   hayotini   manbalar   asosida   o'rganish   bo'yicha   maxsus   tadqiqotlarga   ega
emasmiz,   tarixshunoslik   tadqiqotchiligi   to'g'risida   esa   gapirmasa   ham   bo'ladi»,—
deb   yozadi   tarixshunos   B.   Ahmedov   o'zining   1985   yili   Toshkentda   nashr   etilgan
«XVI—XVIII   asrlarda   Urta   Osiyoning   tarixiy-jo'g'rofiy   adabiyoti   (yozma
yodgorliklar) degan mukammal asarida.
Urta   Osiyo   tarixining   tarixshunoslik   jihatidan   to'la   o'rganilmaganligiga   sabab
tarixiy manbalarning yo'qligi emas, balki, aksincha, ularning xilma-xilligidir.  Nima
bo'lganda ham Urta Osiyo xalqlarining XVI asrdan XIX asr o'rtalarigacha bo'lgan
hayoti tariximizning eng nam o'rganilgan davrlaridir. 1917-yilgacha bo'lgan davrda
bu masalaga juda kam e'tibor berilgan.
Rossiya   sharqshunoslari   asosiy   e'tiborni   Temurgacha   va   temuriylar   davrini
o'rganishga   qaratishgan.   Sovet   davrida   esa,   keyingi   30   yilda   bir   qator   qimmatli
tadqiqotlar paydo bo'ldi. Biroq, XVI—XIX asrdagi Urta Osiyo xalqlari tarixining
mufassal, ko'p sonli tarixiy manbalarga asoslangan tahlili juda kam. Ular jumlasiga
B.A.Ahmedov, B.G'. G'afurov, YE.A.Davidovich, X.S.Ziyoyev, R.B.Muqminova,
A.   M.   Muxtorov,   O.   D.   Chexovich   va   boshqalarning   bir   qator   asarlarini   kiritish
mumkin.
Urta   Osiyo   xalqlari   tarixini   o'rganuvchilar   uchun   «Uzbekiston   tarixiy
manbalarda»   seriyasida   chiqarilayotgan   kitoblar   yaxshi   ko'makchi   bo'la   oladi.
Ulardan birinchisi -- Urta Osiyo qadimgi tarixiga doyr ma'lumotlar to'plangan kitob
1984   yilda   nashr   etilgan   edi.   1988   yilda   esa   «Uzbekiston   tarixiy   manbalarda»
degan   navbatdagi   kitob   bosmadan   chiqdi.   Undan   Urta   Osiyo   tarixi   bilimdoni
sharqshunos   B.   V.   Lunin   to'plagan,   XVI—XIX:   asrlarning   sayohatchilari
jo'g'rofiyun   olimlari   aytgan   ma'lumotlar   o'rin   olgan.   Muallif   «Kirish»   da
Samarkand   va   Buxoro   barcha   asrlarda   dunyoga   ma'lum   va   mashhur   bo'lganini
ta'kidlaydi. Qadimda aynan shu Urta Osiyo orqali Uzoq Sharq mamlakatlari, Osiyo
va   Ovrupoga   boradigan   asosiy   savdo   yo'llari   o'tgan   edi.   Biroq   dengizda suzuvchilarning   XV   asrda   Amerikaga,   Ovr.ulodan   Hindistonga   boradigan   dengiz
yo'lini ochganlari bois, Urta Osiyoda asta-sekin yirik savdo-sotiq ishlari va xalqaro
madaniy aloqalar susaya boshladi.
Xullas,   nima   bo'lganda   ham   XVI—XVIII   asrlarda   va   hatto   keyinroq   ham   yuz
bergan   ahvol   oqibatida,—   deb   yozadi   B.   V.   Lunin,—   G'arbiy   Ovrupo   va
Rossiyadagi Urta Osiyo to'g'risidagi bilimlar, Urta Osiyoda esa G'arbiy Ovrupo va
Rossiya   to'g'risidagi   bilimlar   chala   edi.   Biraq   bir-biri   to'g'risida   bilishga   qiziqish
tobora kuchaymoqda edi.»
A.   Ahmedov   ilk   manbalar   bilan   shug'ullanuvchi   tadqiqotchilar   ishini
yengillatadigan   ish   qildi   --   voqea   va   faktlarni   aniqlashga   intildi.   Bu   juda   og'ir,
mas'uliyatli, uning manbashunoslik mehnati qadrini ikki baravar oshiradigan, Urta
Osiyo   XVI—XIX   asr   tarixini   o'rganishni   osonlashtiradigan   asardir.   Bundan
tashqari   u   tarixshunoslikning   muhim   sharti   —   qiyoslash   va   bor   ma'lumotlarni
jiddiy, tubdan qayta tekshirish qoidasyga amal qilgan. Buning uchun B.Ahmedov
o'z tahliliga muayyan bir davr bo'yicha bir necha asarlarni kiritgan. Bular «Tavorixi
guzida»   («Nusratnoma»),   «Fatxnoma»,   «Shayboniynoma»,   «Mehmonnomai
Buxoro», «Zubdat-ut-tavorix», «Badoye' ul-vaqoye» dir.
Shu   bilan   bir   vaqtda   muallif   bu   asariga   ilgari   bosilgan   manbalarga   oid
tarixshunoslik   lavhalarini   ham-   kiritish   qilgan.   «Tavorixi   guzida»,—
«Nusratnoma»,   «Mehmonnomai   Buxoro»,   «Dastur-ul-muluk»,   «Tarixi
Muqimxoniy»,   «Ubaydullanoma»   va   «Tarixi   Abdulfayzxoniy»   shular
jumlasidandir.
O'zbek   xalqi   etnogenezi,   XV—XVI   asrlardagi   Urta   Osiyo   aholteyning   etnik
tarkibi   bilan   shug'ullanayotgan   etnograf   ham   bu   kitobdan   juda   qizdqarli
ma'lumotlar olishlari mumkin)
barcha   turk   va   mo'g'ullarning   afsonavii   bobosi   hisoblangan   Ug'izxon   sulolasi
tarixi   «Tavorixi   guzida»ning   birinchi   qismini   egallaydi.   Ikkinchi   qism   esa
Chingizxon   va   uning   avlodlari   tarixini,   Shayboniyxonning   tug'ilishidan,   to
Samarkand taxtiga o'tirgunicha o'tgan davrni o'z ichiga ola-di. Uning 909 (1503— 1504) yilgacha butun Movarounnahr hudu-dini egallagani tarixi kitobning uchinchi
qismidan joy olgan.
Kirish   qismidan   ko'rinadiki,   kitob   1502—1505   yillar   orasida   yozilgan.   U   eski
uzbek tilida bo'lgan, biroq, muallifi aytilmagan, bu ko'p tadqiqotchilarning bahsiga
sabab   bo'lgai!   Masalan,   P.I.Lerx   Jaloliddin   Rumiyning   o'g'li   Sulton   Valadni   asar
muallifi deydi. Bu ehtimoldan uzoq. R. Muqminova, A. Semyonov, V. P. Yuding
taxminicha muallif Shayboniyxonning o'zi.
Tanqidiy   matn   tuzgan,   so'zboshi   yozgan,   1967   yili   Toshkentda   «Tavorixi
guzida»—«Nusratnoma»   asarini   nashr   ettirgan   tadqiqotchi   A.M.   Akramovning
fikricha   esa,   kitob   muallifi   Muhammad   Solihdir3.   B.   Ahmedov   esa   A.
Akramovning bu fikrini ishonarli emas, deb hisoblaydi.
«Tavorixi   guzida»—«Nusratnoma»   asari   dunyo   miqyosida   ikki   nusxada
topilgan.   Birinchi   qo'lyozma   mamlakatimiz   FA   Sharqshunoslik   ilmgohining
Leningrad bo'limida (V — 745: 147 1) va ikkinchi qo'lyozma Britaniya muzeyida
(OR. 32226; 148 1.) saqlan-adoqda. Qo'lyozmaning ikkala nusxasi ham qoniqarsiz
ahvolda   —   mazmunda   chalkashliklar,   xatolar   bor.   A.   Akramov   o'z   asarida   bu
kamchiliklarni   tuzatishga   urinsada,   hanuz,   ba'zi   vdraqlar   o'rni   chalkashgan,   ba'zi
voqealarning qaytarilishi uchraydi.
Shayboniylar sulolasidan, Xiva xoni (1645-1663) va yirik tarixchi. olim, tabib.
Habash sulton va Ilbors sultonlar otalari Arab Muhammadxonni yengib, uni Qum
qal'iga   kamadilar.   Otasining   tarafdorlari   bo'lgan   Isfandiyor   Eronga   Abulg'ozi
sulton   esa   Buxoroga   Imomqulixon   (1611-1642)   huzurida   qochdi.   1623   yilda
Isfandiyorxon bilan o'rtalarida nizo qichib,
1627 yilda qozoq xoni Eshimxon huzuriga qochib bordi, so'ng ikki yil Toshkent
hokimn   Tursuvxon   huzurida   bo'ldi.   Ko'p   o'tmay,   xivalik   turkmanlarning   taklifiga
binoan   u   yana   Xorazmga   qaytdi.   Isfandiyor   uni   Xiva   hoknmi   etib   tayinlashga
majbur  bo'ldi. 1629 yilda Xiva turkmanlari  Eronga tobe  bo'lgan Niso  va  Durunta
bosqin   qildilar.   Isfayadiyorxon   Xivaning   Eron   bilan   munosabatlarining   buzilib
ketishidan cho'chib aybni butunlay Abulg'ozi sultonga to'nkadi va uni 1630 yilning
qishida Eron podshosi shoh Safi I (1629—1642) huzuriga garov tariqasida jo'natdi. Abulg'ozi   sulton   shu   tariqa   o'n   yil   Eronda,   Isfahon   yaqinida   joylashgan   Taborak
qal'asida   qamoqda   yashadi.   1639   yilning   yozida   u   tutqunlikdan   qutulishga
muvaffaq bo'ldi. 1641 yilning o'rtalarigacha Abulxon va Mingqishloqda istiqomat
qildi. 1643 yilda orollik o'zbeklar uni xon qilib ko'tardilar. Oradan ikki yil o'tgach,
Abulg'ozi   sulton   Xiva   taxtiga   o'tirdi.   U   Xivada   feodal   tarqoqlikni   tugatish,
markaziy   davlat   hokimiyatini   mustahkamlash,   mamlakatning   mustaqilligini
ta'minlash   uchun   kurash   olib   bordi.   Abulg'ozi-xon   1663   yilda   hokimiyatni   o'g'li
Anushaxonga topshirdi va oradan ko'p o'tmay, o'sha yilning 12 yavgustida yorug'
jahondan ko'z yumdi.
  Abulg'ozi  Bahodirxon yetuk tarixchi  olim  sifatida e'tiborga sazovordir. Uning
«Shajarayi tarokima» va «Shajarayi turk» asarlari Urta Osiyo xalqlari tarixiga oid
qimmatli manbalardan hisoblanadi. «Shajarayi tarokima»da turklar-ning afsonaviy
podshosi   Ug'uzxon,   uning   avlodi   va   ularning   zamonida   yuz   bergan   voqealar
qisqacha   bayon   etilib,   turkman   urug'lari   haqida   qimmatli   ma'lumotlar   keltirilgan.
Ikkinchi asar asosan Chingizxon va uning avlodlari, xususai Xorazmda 1512 yildan
hukmronlik   qilgan   shayboniylar   haqidadir.   Abul-g'ozixonning   bu   asarlari   rus,
fransuz,   nemis   tillariga   tar-jima   qilinib   chop   etilgan.   Abulg'ozi   tibb   ilmiga   oid
«Mano-fi'   ul-inson»   («Inson   uchun   foydali   tadbirlar»)   degan   kitob   ham   yozgan.
Asar   to'rt   qismdan   iborat:   birinchi   qismda   —   turli   oddiy   dorilar,   ikkinchisida   -
murakkab dorilar, uchinchi qism-da —umumiy davolash usullari haqida, to'rtinchi
qismda esa olim o'zidan- oldin o'tgan tabiblarning bemorlarni davolash xususidagi
fikr-mulohazalari   va   ayni   paytda   o'zining   fikr-mulohazalarini   ham   keltiradi.
Asarning   ahamiyati   shundaki,   unda   muallif   xalq   tabobatida   qo'llanilgan   dorilar
haqida qimmatli ma'lumotlar keltirgan.
O'rta Osiyo,  Qozog'iston  va ular   bilan qo'shni   bo'lgan xorijiy mamlakatlarning
XVI asrdagi tarixi bo'yicha asosiy manbalardan biri «Sharafnomayi shohiy» dir. U
ko'pincha «Abdullanoma» nomi bilan ham mashhur. Asar  Shayboniy Abdullaxon
II   ning   topshirig'i   bilan   1584—1590   yillar   orasida   yozilgan.   Asar   muallifi
buxorolik   mashhur   shoir   va   muarrix   Hofiz   Tanish   ibn   Mir   Muhammad   al-
Buxoriydir. Uning hayoti va ilmiy-adabiy faoliyatiga oid ma'lumotlar kam. Ayrim, qisqa   ma'lumotlar   «Sharafnomayi   shohiy»   muqaddimasida   va   ba'zi   tazkiralarda
uchraydi. Ana shu ma'lumotlarga qaraganda, Hofizi Tanish Buxoriy va uning otasi
Mir   Muhammad   shayboniy   hukmdorlarga   Yaqin   odamlar   bo'lishgan.   Masalan,
otasi mavlono Mir Muhammad, naqshbandiya tariqatkning namoyandalaridan biri,
yirik olim Mahdumi A'zam Kosoniy (xoja Ahmad ibn Jaloliddin Kosoniy; 1462—
1542)   ning   hayoti   va   faoliyatiga   bag'ishlangan   «Jome'   ul-maqomat»   da
yozilishicha,   shayboniy   Ubaydullaxbn   (1534—1539)   saroyida   xizmatda   bo'lgan;
XVI   asrning   50-yillari   boshida   Koshg'arga   ketib   qolgan   va   oradan   ikki   yil   o'tib
o'sha   yurtda   qazo   qilgan.   Hofizi   Tanish   Buxoriy   1583   yili   Abdullaxon   II   ning
xizmatiga kirgan  va umrinipg  oxirigacha  shu  xonning  huzurida  voqeanavis   bo'lib
xizmat qilgan.
Hofizi   Tanish   Buxoriy   og'ir   bir   zamonda,   ya'ni   Movarounnahrda   feodal
tarqoqlik   kuchaygan,   Abdullaxon   II   ning   mamlakatni   birlashtirish   va   markaziy
davlat apparatini mustahkamlash uchun tinimsiz urushlar olib borgan bir zamonda
hayot   kechirdi.   Olim   buni   mana   bu   iboralarda   ifodalaydi:   «Har   tarafdan   teskari
shamol esardi. Har burchakdaya fitna gardi osmonga ko'tarilardi. Har kuni jigarnn
o'rtaydigai   olov   yoqilardi.   Har   zamon   balo   to'foni   yuqori   ko'tarilardi.   Sog'u
salomatlik   anqodek   maxfiylik   pardasi   ostiga   yashirin-gan   edi.   Tinchlik   va
xotirjamlik   kibriti   axmar   va   aqlu   hu-karning   rivojkoridek   ko'rinmay   ketgandi.
Omonlik   va   to'g'rilik   jahondan   nafratlanib,   intizom   ham   jamiyat   yulduzlari
to'dasidagyana chegaralanib qolgandi» («Sharafnomayi shohiy», 1-jild, 38-bet).
Asar   mazmuniga   o'tishdan   avval   shuni   ham   aytish   kerakki,   Hofizi   Tanish
Buxoriy,   zamon   taqozosiga   ko'ra,   asarda   ma'lum   darajada   hukmron   sinfning
maqsad   va   manfaatlarini   ifoda   qilishga   harakat   qilgan,   xon   va   uning   atrofidagi
aslzodalarni,   boylar   va   no'yonlarni   ko'klarga   ko'tarib   maqtagan,   mehnatkash
xalqning   hol-ahvoli   bo'lsa   ko'p   o'rinlarda   soyada   qolgan.   Lenin   asar   faktik
materialga boy, voqealar ozmi-ko'pmi obyektiv yoritilgan, ayrim o'rinlarda xonlar,
sultonlar   va   amirlarning   ba'zi   xislati   va   xarakteri   ham   ochib   berilgan.   Masalan,
olim   Abdullaxonning   bobosi   Jonibek   sulton   haqida   gapirar   ekan,   uni   mo'min-
musulmon,   dinparvar   va   odil   bir   kishi   sifatida   ta'riflaydi.   «[U]   shunday dinpanohki,deb yozadi Hofizi Tanish Buxoriy,— din hukmlarini tanqid qilish [va]
sayyid   mursalinning   (hazrati   payg'ambarimizning)   «shar'iy   amr-farmonlarini
[mo'min-musulmonlarga] yetkazish ishingi to'la bajo keltiradi; hukumat va siyosat
yshlarini quvvatlash va ijro etishda oshiqmas edi.
«Sharafnomayi   shohiy»   yirik   shoh   asar   bo'lib,   uni   Juvayniyning   «Tarixi
jahonkushoy»   va   Rashididdinning«Jome'   ut-tavorix»   asarlari   qatoriga   qo'ysa
arziydi.   Yirik   sharqshunos   olim   V.V.Velyaminov-Zernov   juda   to'g'ri   aytganiday,
«Sharafnomayi shohiy» ustida qancha ko'p ishlasang, unda o'rganish lozim bo'lgan
shuncha   ko'p   yangi   faktlar   ochiladi.   Shuning   uchun   ham   bu   asar   ko'p   vaqtlardan
beri sharqshunos olimlarning diqqat-e'tiborini o'ziga tortib kelayotig.
«Sharafnomayi   shohiy»   saj   (qofiyalashgan   nasr)   bilan   yozilgan,   tili   va   uslubi
birmuncha  og'ir.  Olim   turli  o'xshatish   va  istioralardan keng foydalangan.  Bir-ikki
misol   keltira-miz:   [«Yunusxon]   sodiqlik   ipini   tugib,  uni   o'ziga   bog'ladi»   (uylandi
demohchi).   «...bog'u   rog'   sahni   yetti   xil   ranglik   libos   kiyib,   tog'u   sahroning   sirti
chiniy   naqshlik   xonaning   rashkini   keltiradigan   bo'lganda...»   (erta   bahorda).
«...uning buyuklik va ulug'lik oftobi... [o'zining] maxfiy pardasiga yashirindi; umid
va orzulari falokat oftobining shahodat mag'ribiga botdi» (o'ldi demoqchi).
Muallif   asarni   yozishda   xon   saroyida   yuritilgan   maxsus   kundaliklar,   ishonchli
va voqealarning shohidi bo'lgan kishi-yaar og'zidan yozib olingan ma'lumotlardan
foydalangan. Bir-ikki misol. U 1551/52 yili Abdullaxon bilan Navro'z Ahmadxon
(Baroqxon)   o'rtalarida   Koson   (Qashqadaryoga   qarashli   Kosoy)   yonida   bo'lgan
urush tafsilotini bayon etarkan, uni «o'sha voqea tepasida bo'lgan, va [uni] o'z ko'zi
bilan   kurgan   bir   guruh   odamlardan   eshitdim»,   -deb   yozadi.   Yana   o'sha
Abdullaxonning Navro'z
Ahmadxonning o'g'li Do'stim sulton bilan Forob' yonida 1554 yili qilgan urushi
tafsiloti   ham   o'sha   urush   qatnashchilarining   ma'lumotiga   asoslangan.   Hofizi
Tanishninga xborotchilari ko'proq keksa va xonning yaqin kishilari bo'lgan.
Asar muqaddima va ikki qismdan iborat (asarning ikkinchi talqinida har ikkala
qnsm (maqola) qo'shib yuborilgan). Muqaddimada   Abdullaxonning   naslu   nasabi,   uning   o'sha   zamonning   yirik
ruhoniylaridan   xoja   Muhammad   Islomga   muridligi,   Chingizxon,   Jo'chixon,
Muhammad Shayboniyxon haqida, shuningdek Movarounnahrning XV asr oxiri va
XVI asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli haqida qisqa ma'lumot keltiriladi.
Birinchi   maqola   Movarounnahr,   Janubiy   Turkiston   (hozirgi   Afg'onistonning
shimoliy   qismi)   va   Xurosonda   1557—   1583   yillar   orasida   bo'lib   o'tgan   voqealar,
ya'ni   Abdullaxon   II   davlatining   zuhuridan   to   Abdullaxonning   xonlik   masnadiga
o'ltirishi  va o'z nomiga xutba o'qitib, pul  zarb ettirishigacha  kechgan katta davrni
o'z   ichiga   oladi.   Ma'lumki,   bu   davr   ichida   Abdullaxon   II   o'zaro   feodal   urushlar
orqasida mayda-mayda qismlarga bo'linib ketgan Movarounnahrni  o'z tug'i  ostiga
birlashtnrib, markaziy davlat tuzib olishga muvaffaq bo'ldi.
Ikkinchi   maqola   1583—1588   yillar,   ya'ni   Abdullaxon   II   ning   taxtga
o'ltyrishidan to Hirotning uzoq muddat davom etgan qamaldan so'ng shayboniylar
qo'shini tarafidan fath etilishigacha bo'lgan davrni  o'z ichiga  olgan. Shu davr ichida
kechgan tarixiy voqealar batafsil va atroflicha bayon  etilgan.
Xonlikning   ijtimoiy-iqtisodiy   ahvoli   borasida   keltirilgan   ma'lumotlar   orasida
«iqto'»,   «suyurg'ol»,   «tanho»   va   «jogir»   feodal   institutlari,   ulus   tartibi   va   uning
ijtimoiy-siyosiy   hayotdagi_mohiyati   va   o'rni,   aholidan   yig'iladigan   turli-tuman
soliq va jarimalar: ulufa, qo'nalg'a, begor , boj, tamg'a, tuhfa (sovg'a, tortiq, hadya)
va   h.   k.   ma'lumotlar,   shuningdek   harbiy-feodal   zodagonlar   hayotida   katta   o'rin
tutgan harbiy o'lja  haqidagi  ma'lumotlar  alohida qimmatga egadir. Qo'shni  yurtlar
va   xalqlar   ustiga   tez-tez   uyushtirib   turila-digan   urushlar   va   bunday   urushlarning
feodal jamiyatda tutgan o'rni haqidagi ma'lumotlar ham muhimdir. Asarda xon-lar,
yirik   feodallar   tarafidan   Jizzax,   Nasaf,   Hisori   Shodmon   va   Jayhunning   so'l
qirg'og'idagi   viloyatlardagi   qo'riq   yerlarning   mahalliy   aholini   safarbar   qilish   yo'li
bilan   (mardikor   ishlatish   yo'li   bilan)   o'zlashtirilishi,   shahar,   suv   omborlari,
sardobalar   qurilishi   haqida   ham   ma'lumotlar   keltiriladi.   Shuningdek,
hunarmandchilikning   umumiy   ahvoli   haqida   ham   ko'p   muhim   ma'lumotlar
uchratamiz. Asarda   Shayboniylar   davlatining   tuzilishi   haqida   ham   muhim   ma'lumotlar
uchratish   mumkin.   Masalan,   markaziy   davlat   apparati   —   devonlari   turli-tuman
mansabdorlar:   otaliq,   naqib,   vaziri   a'zam,   vazir,   devonbegi,   mushrif,   xazinachi,
shig'ovul, eshik og'aboshi, parvonachi, sadr, miroxur, chuhra og'asi, tavochi, jarchi,
munshiy,   tug'begi,   qurchiboshi,   bakovul,   farrosh   kabilar   va   ularning   jamiyatda
tutgan   o'rni,   huquq   va   vazifalari   haqida   diqqatga   molik   ma'lumotlar   uchratamiz.
Shayboniylar   qo'shini   Hofizi   Tanish   Buxoriy   keltirgan   ma'lumotlarga   qaraganda,
otliq va piyoda askarlardan , shuningdek o'ziga xos  zambarakchilar  (naftandozlar,
manjaniqchilar, tosh otuvchilar) dan tashkil topgan.
Hofizi   Tanish   Buxoriyning   bu   asarida   Movarounnahr   va   uniig   hududlarida,
shuningdek Janubiy Turkistonda XVI asrda istiqomat qilgan turk-mo'g'ul qabilalari:
jaloir, nayman, qorliq, qipchoq, qatag'on, o'tarchi, besh yuz, shaqoqu, qulon oyoni,
keroit,   olchin,   ming,   bahrin,   uyrur,   qang'li,   qo'ng'irot;   do'rmon,   qo'shchi,   mojor,
uyshun, chashmu abru, bulachi, arg'in, yobu, kenagas, mang'it, tubayi, nukuz, qiyot,
boshqird   kabilar   haqida   ham   favqulodda   muhim   ma'lumotlar   keltiriladi.   Bu
ma'lumotlar   nafaqat   o'sha   qavmlar   tarixini,   balki   uzbek   xalqining   etnik   tarixini
o'rganishda ham muhimdir. Bundan tashqari, xon va sultonlarga hadya, tortiq qilish
(har bir narsadan to'qqiz nafardan) tartibi, odamlar orasida amalda bo'lgan odatdar
haqida ham qiziq faktlar bor. 
Binoiyning   “ Shayboniynoma ”   asari   Shayboniyxon  tarixiga bag'ishlangan.  XVI
asrning mashhur shoiri va tarixchisi Kamoliddin Binoiyni uning muallifi deyishadi.
Bu   qo'lyozmaning   qimmatli   nusxasi   Uzbekistan   jumhuriyati   FA   Sharqshunoslik
ilmgohida saqlanmoqda.
Sharqshunos A. Mirzayevning aytishicha, Binoiy (Uning to'liq ismi AH ibn al-
Muhammad   al-Hiraviy)   857   (1453)   yilda   me'mor   Muhammadxon   Sabza   oilasida
tug'ilgan. Binoiyning bolalik yillari haqida hech qanday ma'lumot yo'q. 900(1495)
yilda   Binoiylar   Samarqandga   ko'chishadi.   Uning   zamondoshlari   Navoiy,   Bobur,
Xondamir va boshqalar Binoiy iste'dodi xususida juda yaxshi fiqr aytgan edilar.
Daynoiy   Samarqandda   yashayotganida   beixtiyor   1496—1500   yilgi   tarixiy
voqealar   guvohi   bo'ladi.   Bobur   va   Shayboniyxon   o'rtasidagi   hokimiyat   uchun kurash   o'z   davrining   ilg'or   tafakkur   va   bilim   egalari   uchun   kurash   bilan
uyg'unlashib ketgan edi. Bobur Samarqandni tashlab chiqqanida Binoiy ham uning
qo'shini bilan ketadi. Biroq Samarqandda— hokimiyat uchun kurash davom etardi.
Shu   orada   Binoiy   yana   Boburning   ittifoqchisiga   aylanadi.   907   yilning   boshida
(1501   yilning   o'rtalarida)   yuz   bergan   jang   Binoiy   va   Mahdumi   A'zam
Dahbediyning   taqdirini   hal   qildi.   Ular   to   umrlarining   oxirigacha   o'z   vatanlarida
yashab   qoldilar.   Shundan   so'ng   Binoiyning   yozishicha,   u   Shayboniyxon   saroyi
solnomachisiga   aylanadi   va   xonning   hukmdorligi   va   g'olibona   yurishlari   tarixini
yozish   to'g'risida  maxsus   topshiriq  oladi.  Binoiy  bo'  vazifani   a'lo   uddaladi.  Biroq,
uzaro   feodal   urushlar   Shayboniyxonning   ham,   Binoiyning   ham   o'limiga   sabab
bo'ldi.   U   918/1512   yilda,   Bobur   lashkari   va   eroniylarning   Samarqandga   bostirib
kirib, aholini bir boshdan qirganida halok bo'ldi. Tarixchi Mahmud ibn Vali (XVII
asrning   birinchi   yarmi)   yozishicha,   Binoiy   Qarshi   shahri-dagi   masjidi   jome'
mozorida dafn etilgan.
Binoiy   «Shayboniynomasi»   tadqiqotchilar   (E.G.Braun,   K.G.Zaleman,
A.N.Samoylovich,   M.A.Salye,   A.A.Semyonov,   A.N.Boldirev,   R.G.Muqminova,
A.M.Mirzayev,   S.K.Ibrohimov,   B.A.Ahmedov   va   boshqalar)   tomonidan   keng
foydalanilmoqda.
Binoiyning   yozishicha,   hatto   1494—1500   yillarda   ham   Ko'hak   etagida,
Obirahmat   arig'i   bo'yida   Ulug'bek   rasadxonasi   buzilmagan   holda   qad   ko'tarib
turgan.   Bu   ma'lumot   Boburning   Ko'hak   tepaligi   joyida   Mirzo   Ulug'bekning
yulduzlar   jadvalini   tuzish   uchun   zarur   asboblar   joylashgan   rasadxonani   ko'rgani
haqidagi   gaplarga   moye   keladi.   Demak,   Ulug'bek   rasadxonasi   asboblari   XVI
ayerda ham saqlangan. Shu bois rasadxonaning Ulug'bek o'limidan so'ng (853 yil)
ramazon   oyining   8   kuni   (1449   yilning   25   oktabri)   talon-toroj   qilinib,   buzib
tashlangani haqidagi fikr tarixiy manbalarga to'g'ri kelmaydi.
B.A.Ahmedovning       yozishicha,       Binoiyning       «Shayboniynoma»       siga
nisbatan Muhammad Solih asaridagi yangi o'rinlar quyidagicha:
1. XX—XXIII boblar Qorako'l, Qarshi, G'uzordagi Shaybrniy-xonga
qarshi qo'zg'olonlarga bag'ishlangan. 2. Shayboniylarning Shohruhiya, Uratepa, Farg'ona, Buxoro, Termiz va 
boshqajoylargayurishlari bor.
3. Shayboniylarning Xorazmga qarshi 1503—1505 yillardagi yurishlari 
bor.
4. Yana bu asardan ko'chmanchi uzbek feodallari, ular lashkarining
Urta Osiyoda qilgan beboshliklari va shayboniylar bosib olgan hududlardagi 
aholining og'ir ahvoli haqida muhim ma'lumotlar o'rin olish.
Qo’qon   xonligi   tarixshunosligi   tahlili   shundan   dalolat   beradiki,   mazkur   davr
to’g’risida   yaratilgan   asarlar   tadrijiy   jihatdan   uch   guruhga   bo’linadi.   Birinchi
guruhga   oid   adabiyotlar   shu   davrda   ro’y   bergan   tarixiy   voqealarning   bevosita
guvohlari   tomonidan   yaratilgan   asarlar   tashkil   etadi.   Bunga   Qo’qon   xonligi
tarixnavislik   maktabi   muarrixlarining   va   Rossiya   imperiyasi   mustamlakachiligi
davri tarixchilarining bergan ma’lumotlari kiradi. 
Qo’qon   xonligi   tarixnavislik   maktabiga   mansub   muarrixlar   turli   yo’nalishlarda
asarlar yaratib, ularning asarlari XVI-XIX asrlardagi Qo’qon xonligi tarixiga doir
muhim manbalar bo’lib hisoblanadi.
Ulardan   bugungi   kunda   O’zbekiston   FA   Sharqshunoslik   instbtuti   xazinasida
saqlanayotgan   Abulvos’ye   Manzurning   “Nazkirai   Sultoniy”,   Abulg’affor   ismli
Qo’qon   amaldorining   “Zafarnomayi   Xudoyorxoniy”,   Abu   Ubaydulloh
Toshkandiyning   “   Xulosan   ul-axvol”,   Avaz   Muhammad   Attor   Ho’qandiyning
“Tarixi   jahonnomaiy”   I,   II   jildlari,   Fazliy   Farg’oniyning   “Umarnoma”   asarlari,
Mirzo Qalandar Mushrif Isfaragiyning “Shohnomayi nusratpoyom”, Mullo Xolbek
ibn   Mullo   Muso   Andijoniyning   “G’aribnoma   va   Aliquli   amirlashkar   tarixi”,
Muhammad   Niyoz   Ho’qandiyning   “Tarixi   Shoxruhiy”,   Muhammad   Aziz   ibn
Muhammad   Rizo   Marg’inoniyning   “Tarixi   Aziziy”,   Muhammad   Solihxo’ja
Toshkandiyning   “Tarixi   jadidayi   Toshkand”,   Muhammad   Yunus   shig’ovul-
Toyibning   “Aliquli   amirlashkar   jangnomasi”   kabi   asarlarning   qo’lyozmalari   va
“Tuhfayi   Toyib”,   Mirzo   Olim   Toshkandiyning   “Ansob   ul-salotin   va   tavarix   al-
xavaqiy”,   Mulla   Olim   Maxdum   Hojining   “Tarixi   Turkiston”,   Mir   Izzatullohning
“Safarnoma”,   Domullo   Abd   al-   Qodir   ibn   Muhammad   Aminning   “Madjma’   al- ansob   va-l-ashdjor”,   Muhammad   Hakimxon   ibn  Ma’sumxonto’raning   “Muntaxab
at-navorix” ning I, II jildlari asarlarini ajratib ko’rsatish mumkin. 
Afsuski,   mustaqillik   yillariga   qadar   yuqoridagi   mualliflarning   asarlari   boy
tarixiy   ma’lumotlarni   o’zida   jam   qilganligiga   qaramasdan   qo’lyozma   holatida
qolib   ketdi   va   istiqlol   yillariga   kelibgina   ulardan   ayrimlari   ilmiy   muomalaga
kiritildi.
XIX   asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlab   rus   tilida   yozilgan   V.Nalivkin,
N.Veselovskiy,   N.Petrovskiy,   N.Pantusov,   V.Velyaminov-   Zernovlarning
kitoblarida   esa   Qo’qon   xonligi   tarixining   turli   qirralari   va   masalalarini   o’rganish
bo’yicha   boy   ma’lumotlar   berilgan.   Bular   jumlasiga   V.Nalivkinning   “Kratkaya
istoriya Kokandskogo xanstva” Kazan, 1886; N.Veselovskiyning “Priyom v Rossii
i otpusk Sredneaziatskix poslov v XVII i XVIII stolotiyax” Sank-Peterburg, 1884;
N.Petrovskiyning   “Ocherki   Kokandskogo   xanstva”   1875;     N.Pantusovning   “O
podatyax   i   povinnostyax   sushestvovavshix   v   bivshem   Kokandskom   xanstve   v
posledneye vremya pravleniya Xudayarxane” 1876; V.Velyaminov- Zernovlarning
“Istoricheskiye   izvestiya   o   Kokandskom   xanstve   ot   Muxammada   Ali   do
Xudayarxana”   1859   yil   kitoblari   kiradi.   Ularda   xonlikni   tashkil   topishi,   ming
sulolasidan   chiqqan   hukmdorlar   va   ularning   siyosati,   qo’shni   davlatlar   bilan
munosabatlari,   xonlikning   etnik   tarixi,   etnik   jarayonlar,   Rossiya   imperiyasining
xonlikka   nisbatan   olib   brogan   siyosati,   harbiy   harakatlari,   bosqinchilik   va   uning
oqibatlari kabi masalalar keng yoritilgan. 
Qo’qon   xonligi   tarixshunosligining   ikkinchi   guruhini   sovet   davrida   ilmiy
adabiyotlar tashkil qiladi. Bularga R.Nabiyevning “Iz istorii Kokandskogo xanstva
(feodalnoye   xozyaystvo   Xudayarxana)”   T.,1973;   Y.Bekvaxanovning   “K
istoriivzaimootnosheniy   kazakov   so   sredneaziatskimi   xanstvami”   T.,   1947;
N.Beysembiyevning   “Tarixi   Shaxruhi”   kak   istoricheskoy   istochnik”,   “Legenda   o
proisxojdenii   Kokandskix   xanov   kak   isnochnik   ideologii   v   Sredney   Azii”   1989;
X.Inoyanovning   “Qo’qon   xonligi   Rossiyaga   qo’shilishi   arafasida   va   1875-1876
yillardagi Qo’qon qo’zg’oloni” T.,1956; P.Ivanovning “Ocherki po istorii Sredney
Azii XVI- XIX vekov” M.,1958; H.Ziyoyevning “O’rta Osiyo va Sibir (XVI-XIX asrlar)”   T.,1962   asarlari   kiradi.Nabiyevning   tadqiqoti   bevosita   Qo’qon   xonligi
tarixi,   uning   xo’jalik   hayotiga   bag’ishlangan   bo’lib,   bu   asar   ilmiy   jamoatchilik
uchun   ahamiyatli   hisoblanadi.   Nabiyev   o’z   tadqiqotida   Saltikov-   Shedrin
kutubxonasi, Qo’qon universiteti, Orenburg, Ufa, Astraxan  arxivlari, O’zbekiston
Markaziy   Davlat   arxividagi   nma’lumotlardan   foydalangan,   ularni   ilmiy
muomalaga kiritgan. Bu fundamental tadqiqot hisoblanadi. 
O’zbekiston   mustaqilligining   tarixiga   oid   adabiyotlar   tarixshunoslikda   uchinchi
guruhni   tashril   etadi.   Ularga   H.Ziyoyevning   “Turkiston   Rossiya   tajovuzi   va
hukmronligiga   qarshi   kurashi”   T.,   1998;   F.Ahmadjonovning   “Rossiya   Imperiyasi
Markaziy   Osiyoda”   T.,   2003;   X.Bobobekovning   “Qo’qon   tarixi”   T.,   1996;
Sh.Vohidovning   “Qo’qon   xonligida   tarixnavislikning   rivojlanishi”   T.,1998;
O’.Sultonovning   “Muhammad   Solihxo’janing   “Tarixi   jadidayi   Toshkand”   asari
muhim manba sifatida (XIX)” T., 2007 asarlarini kiritish mumkin.
Sh.Vohidovning   ilmiy   faoliyati   xonlik   tarixining   tarixshunosligi   va
manbashunosligi   masalasi,   ya’ni   Qo’qon   xonligida   tarixnavislik   maktabi
shakllanishi, shu maktab namoyandalari asarlarini izlab topish, o’rganish va chop
etish   bilan   ajralib   turadi.   Sh.Vohidovning   ilmiy   ishlarida   Qo’qon   xonligi
tarixchilarining   asarlarini   kodikologik   jihatdan   tahlil   etilgan   va   xonlik   tarixi,
madaniy hayotiga oid o’nlab mahalliy tarixiy asarlar ilmiy muomalaga kiritilgan. 
F.Ahmadjonovning   yuqoridagi   asarida   xonlik   tarixi   tarixshunoslik   nuqtai
nazaridan   o’rganilgan.   Muallif   tomonidan   O’zbekistonlik   olimlarning   Qo’qon
xonligi tarixini tadqiq etishda tutgan o’rni va qo’shgan hissalari keng tahlil etilgan.
Shunday qilib, Qo’qon xonligi tarixshunosligi tarixchi olimlarimiz tomonidan
keng o’rganilib, tahlil etilib, kutubxonalar ommasiga yetkazilib berilmoqda. Adabiyotlar ro’yhati :
1 . Ahmedov B . O’rta Osiyoning XVI – XVIII asrlardagi tarixiy jug’rofiy 
adabiyoti . T. 1985.
2. Lunin B.V . O’zbekiston tarixi manbalari . T .1988 
3. Saidqulov T . O’rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavhalar . 
T .1993

XVI—XIX asrning birinchi yarmida o'rta osiyo xalqlari tarixshunosligi Reja: 1. XVI-XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo haiqdagi tarixiy geografik tadqiqotlar. 2.Asosiy manbalar: “Shayboniynoma”, “Tavorixi Guzida”, “Tarixi Muqimxoniy”. 3. Qo’qon xonligi tarixshunosligi.

Tayanch tushunchalar: Saj,bug'lot,Shajarai turk, Shajarai tarokkima. Mamlakat tarixshunosligi O'rta Osiyoning O'rta asr tarixini o'rganish bo'yicha oz ish qilgani yo'q. Lenin, shunga qaramay, «biz shu kunga qadar Urta Osiyoning qadimiy hayotini manbalar asosida o'rganish bo'yicha maxsus tadqiqotlarga ega emasmiz, tarixshunoslik tadqiqotchiligi to'g'risida esa gapirmasa ham bo'ladi»,— deb yozadi tarixshunos B. Ahmedov o'zining 1985 yili Toshkentda nashr etilgan «XVI—XVIII asrlarda Urta Osiyoning tarixiy-jo'g'rofiy adabiyoti (yozma yodgorliklar) degan mukammal asarida. Urta Osiyo tarixining tarixshunoslik jihatidan to'la o'rganilmaganligiga sabab tarixiy manbalarning yo'qligi emas, balki, aksincha, ularning xilma-xilligidir. Nima bo'lganda ham Urta Osiyo xalqlarining XVI asrdan XIX asr o'rtalarigacha bo'lgan hayoti tariximizning eng nam o'rganilgan davrlaridir. 1917-yilgacha bo'lgan davrda bu masalaga juda kam e'tibor berilgan. Rossiya sharqshunoslari asosiy e'tiborni Temurgacha va temuriylar davrini o'rganishga qaratishgan. Sovet davrida esa, keyingi 30 yilda bir qator qimmatli tadqiqotlar paydo bo'ldi. Biroq, XVI—XIX asrdagi Urta Osiyo xalqlari tarixining mufassal, ko'p sonli tarixiy manbalarga asoslangan tahlili juda kam. Ular jumlasiga B.A.Ahmedov, B.G'. G'afurov, YE.A.Davidovich, X.S.Ziyoyev, R.B.Muqminova, A. M. Muxtorov, O. D. Chexovich va boshqalarning bir qator asarlarini kiritish mumkin. Urta Osiyo xalqlari tarixini o'rganuvchilar uchun «Uzbekiston tarixiy manbalarda» seriyasida chiqarilayotgan kitoblar yaxshi ko'makchi bo'la oladi. Ulardan birinchisi -- Urta Osiyo qadimgi tarixiga doyr ma'lumotlar to'plangan kitob 1984 yilda nashr etilgan edi. 1988 yilda esa «Uzbekiston tarixiy manbalarda» degan navbatdagi kitob bosmadan chiqdi. Undan Urta Osiyo tarixi bilimdoni sharqshunos B. V. Lunin to'plagan, XVI—XIX: asrlarning sayohatchilari jo'g'rofiyun olimlari aytgan ma'lumotlar o'rin olgan. Muallif «Kirish» da Samarkand va Buxoro barcha asrlarda dunyoga ma'lum va mashhur bo'lganini ta'kidlaydi. Qadimda aynan shu Urta Osiyo orqali Uzoq Sharq mamlakatlari, Osiyo va Ovrupoga boradigan asosiy savdo yo'llari o'tgan edi. Biroq dengizda

suzuvchilarning XV asrda Amerikaga, Ovr.ulodan Hindistonga boradigan dengiz yo'lini ochganlari bois, Urta Osiyoda asta-sekin yirik savdo-sotiq ishlari va xalqaro madaniy aloqalar susaya boshladi. Xullas, nima bo'lganda ham XVI—XVIII asrlarda va hatto keyinroq ham yuz bergan ahvol oqibatida,— deb yozadi B. V. Lunin,— G'arbiy Ovrupo va Rossiyadagi Urta Osiyo to'g'risidagi bilimlar, Urta Osiyoda esa G'arbiy Ovrupo va Rossiya to'g'risidagi bilimlar chala edi. Biraq bir-biri to'g'risida bilishga qiziqish tobora kuchaymoqda edi.» A. Ahmedov ilk manbalar bilan shug'ullanuvchi tadqiqotchilar ishini yengillatadigan ish qildi -- voqea va faktlarni aniqlashga intildi. Bu juda og'ir, mas'uliyatli, uning manbashunoslik mehnati qadrini ikki baravar oshiradigan, Urta Osiyo XVI—XIX asr tarixini o'rganishni osonlashtiradigan asardir. Bundan tashqari u tarixshunoslikning muhim sharti — qiyoslash va bor ma'lumotlarni jiddiy, tubdan qayta tekshirish qoidasyga amal qilgan. Buning uchun B.Ahmedov o'z tahliliga muayyan bir davr bo'yicha bir necha asarlarni kiritgan. Bular «Tavorixi guzida» («Nusratnoma»), «Fatxnoma», «Shayboniynoma», «Mehmonnomai Buxoro», «Zubdat-ut-tavorix», «Badoye' ul-vaqoye» dir. Shu bilan bir vaqtda muallif bu asariga ilgari bosilgan manbalarga oid tarixshunoslik lavhalarini ham- kiritish qilgan. «Tavorixi guzida»,— «Nusratnoma», «Mehmonnomai Buxoro», «Dastur-ul-muluk», «Tarixi Muqimxoniy», «Ubaydullanoma» va «Tarixi Abdulfayzxoniy» shular jumlasidandir. O'zbek xalqi etnogenezi, XV—XVI asrlardagi Urta Osiyo aholteyning etnik tarkibi bilan shug'ullanayotgan etnograf ham bu kitobdan juda qizdqarli ma'lumotlar olishlari mumkin) barcha turk va mo'g'ullarning afsonavii bobosi hisoblangan Ug'izxon sulolasi tarixi «Tavorixi guzida»ning birinchi qismini egallaydi. Ikkinchi qism esa Chingizxon va uning avlodlari tarixini, Shayboniyxonning tug'ilishidan, to Samarkand taxtiga o'tirgunicha o'tgan davrni o'z ichiga ola-di. Uning 909 (1503—

1504) yilgacha butun Movarounnahr hudu-dini egallagani tarixi kitobning uchinchi qismidan joy olgan. Kirish qismidan ko'rinadiki, kitob 1502—1505 yillar orasida yozilgan. U eski uzbek tilida bo'lgan, biroq, muallifi aytilmagan, bu ko'p tadqiqotchilarning bahsiga sabab bo'lgai! Masalan, P.I.Lerx Jaloliddin Rumiyning o'g'li Sulton Valadni asar muallifi deydi. Bu ehtimoldan uzoq. R. Muqminova, A. Semyonov, V. P. Yuding taxminicha muallif Shayboniyxonning o'zi. Tanqidiy matn tuzgan, so'zboshi yozgan, 1967 yili Toshkentda «Tavorixi guzida»—«Nusratnoma» asarini nashr ettirgan tadqiqotchi A.M. Akramovning fikricha esa, kitob muallifi Muhammad Solihdir3. B. Ahmedov esa A. Akramovning bu fikrini ishonarli emas, deb hisoblaydi. «Tavorixi guzida»—«Nusratnoma» asari dunyo miqyosida ikki nusxada topilgan. Birinchi qo'lyozma mamlakatimiz FA Sharqshunoslik ilmgohining Leningrad bo'limida (V — 745: 147 1) va ikkinchi qo'lyozma Britaniya muzeyida (OR. 32226; 148 1.) saqlan-adoqda. Qo'lyozmaning ikkala nusxasi ham qoniqarsiz ahvolda — mazmunda chalkashliklar, xatolar bor. A. Akramov o'z asarida bu kamchiliklarni tuzatishga urinsada, hanuz, ba'zi vdraqlar o'rni chalkashgan, ba'zi voqealarning qaytarilishi uchraydi. Shayboniylar sulolasidan, Xiva xoni (1645-1663) va yirik tarixchi. olim, tabib. Habash sulton va Ilbors sultonlar otalari Arab Muhammadxonni yengib, uni Qum qal'iga kamadilar. Otasining tarafdorlari bo'lgan Isfandiyor Eronga Abulg'ozi sulton esa Buxoroga Imomqulixon (1611-1642) huzurida qochdi. 1623 yilda Isfandiyorxon bilan o'rtalarida nizo qichib, 1627 yilda qozoq xoni Eshimxon huzuriga qochib bordi, so'ng ikki yil Toshkent hokimn Tursuvxon huzurida bo'ldi. Ko'p o'tmay, xivalik turkmanlarning taklifiga binoan u yana Xorazmga qaytdi. Isfandiyor uni Xiva hoknmi etib tayinlashga majbur bo'ldi. 1629 yilda Xiva turkmanlari Eronga tobe bo'lgan Niso va Durunta bosqin qildilar. Isfayadiyorxon Xivaning Eron bilan munosabatlarining buzilib ketishidan cho'chib aybni butunlay Abulg'ozi sultonga to'nkadi va uni 1630 yilning qishida Eron podshosi shoh Safi I (1629—1642) huzuriga garov tariqasida jo'natdi.

Abulg'ozi sulton shu tariqa o'n yil Eronda, Isfahon yaqinida joylashgan Taborak qal'asida qamoqda yashadi. 1639 yilning yozida u tutqunlikdan qutulishga muvaffaq bo'ldi. 1641 yilning o'rtalarigacha Abulxon va Mingqishloqda istiqomat qildi. 1643 yilda orollik o'zbeklar uni xon qilib ko'tardilar. Oradan ikki yil o'tgach, Abulg'ozi sulton Xiva taxtiga o'tirdi. U Xivada feodal tarqoqlikni tugatish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash, mamlakatning mustaqilligini ta'minlash uchun kurash olib bordi. Abulg'ozi-xon 1663 yilda hokimiyatni o'g'li Anushaxonga topshirdi va oradan ko'p o'tmay, o'sha yilning 12 yavgustida yorug' jahondan ko'z yumdi. Abulg'ozi Bahodirxon yetuk tarixchi olim sifatida e'tiborga sazovordir. Uning «Shajarayi tarokima» va «Shajarayi turk» asarlari Urta Osiyo xalqlari tarixiga oid qimmatli manbalardan hisoblanadi. «Shajarayi tarokima»da turklar-ning afsonaviy podshosi Ug'uzxon, uning avlodi va ularning zamonida yuz bergan voqealar qisqacha bayon etilib, turkman urug'lari haqida qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. Ikkinchi asar asosan Chingizxon va uning avlodlari, xususai Xorazmda 1512 yildan hukmronlik qilgan shayboniylar haqidadir. Abul-g'ozixonning bu asarlari rus, fransuz, nemis tillariga tar-jima qilinib chop etilgan. Abulg'ozi tibb ilmiga oid «Mano-fi' ul-inson» («Inson uchun foydali tadbirlar») degan kitob ham yozgan. Asar to'rt qismdan iborat: birinchi qismda — turli oddiy dorilar, ikkinchisida - murakkab dorilar, uchinchi qism-da —umumiy davolash usullari haqida, to'rtinchi qismda esa olim o'zidan- oldin o'tgan tabiblarning bemorlarni davolash xususidagi fikr-mulohazalari va ayni paytda o'zining fikr-mulohazalarini ham keltiradi. Asarning ahamiyati shundaki, unda muallif xalq tabobatida qo'llanilgan dorilar haqida qimmatli ma'lumotlar keltirgan. O'rta Osiyo, Qozog'iston va ular bilan qo'shni bo'lgan xorijiy mamlakatlarning XVI asrdagi tarixi bo'yicha asosiy manbalardan biri «Sharafnomayi shohiy» dir. U ko'pincha «Abdullanoma» nomi bilan ham mashhur. Asar Shayboniy Abdullaxon II ning topshirig'i bilan 1584—1590 yillar orasida yozilgan. Asar muallifi buxorolik mashhur shoir va muarrix Hofiz Tanish ibn Mir Muhammad al- Buxoriydir. Uning hayoti va ilmiy-adabiy faoliyatiga oid ma'lumotlar kam. Ayrim,