logo

XVI-XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo haiqdagi tarixiy geografik tadqiqotlar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

40.677734375 KB
Mavzu: XVI-XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo haiqdagi tarixiy geografik
tadqiqotlar
Reja:
1.   XVI-XIX   asrning   birinchi   yarmida   O’rta   Osiyo   haiqdagi   tarixiy   geografik
tadqiqotlar. 
2.Asosiy manbalar: “Shayboniynoma”, “Tavorixi Guzida”, “Tarixi Muqimxoniy”. 
3. Qo’qon xonligi tarixshunosligi.  Tayanch tushunchalar: Saj,bug'lot,Shajarai turk, Shajarai tarokkima. 
Mamlakat tarixshunosligi O'rta Osiyoning O'rta asr tarixini o'rganish bo'yicha oz ish
qilgani yo'q. Lenin, shunga qaramay, «biz shu kunga qadar Urta Osiyoning qadimiy
hayotini   manbalar   asosida   o'rganish   bo'yicha   maxsus   tadqiqotlarga   ega   emasmiz,
tarixshunoslik   tadqiqotchiligi   to'g'risida  esa  gapirmasa  ham   bo'ladi»,—  deb yozadi
tarixshunos B. Ahmedov o'zining 1985 yili Toshkentda nashr etilgan «XVI—XVIII
asrlarda   Urta   Osiyoning   tarixiy-jo'g'rofiy   adabiyoti   (yozma   yodgorliklar)   degan
mukammal asarida. 
Urta Osiyo tarixining tarixshunoslik jihatidan to'la o'rganilmaganligiga sabab tarixiy
manbalarning   yo'qligi   emas,   balki,   aksincha,   ularning   xilma-xilligidir.   Nima
bo'lganda   ham   Urta   Osiyo   xalqlarining   XVI   asrdan   XIX   asr   o'rtalarigacha   bo'lgan
hayoti tariximizning eng nam o'rganilgan davrlaridir. 1917-yilgacha bo'lgan davrda
bu masalaga juda kam e'tibor berilgan.
Rossiya   sharqshunoslari   asosiy   e'tiborni   Temurgacha   va   temuriylar   davrini
o'rganishga   qaratishgan.   Sovet   davrida   esa,   keyingi   30   yilda   bir   qator   qimmatli
tadqiqotlar   paydo   bo'ldi.   Biroq,   XVI—XIX   asrdagi   Urta   Osiyo   xalqlari   tarixining
mufassal, ko'p sonli tarixiy manbalarga asoslangan tahlili juda kam. Ular jumlasiga
B.A.Ahmedov,   B.G'.   G'afurov,   YE.A.Davidovich,   X.S.Ziyoyev,   R.B.Muqminova,
A.   M.   Muxtorov,   O.   D.   Chexovich   va   boshqalarning   bir   qator   asarlarini   kiritish
mumkin.
Urta Osiyo xalqlari tarixini o'rganuvchilar uchun «Uzbekiston tarixiy manbalarda»
seriyasida chiqarilayotgan kitoblar yaxshi ko'makchi bo'la oladi. Ulardan birinchisi
-- Urta Osiyo qadimgi tarixiga doyr ma'lumotlar to'plangan kitob 1984 yilda nashr
etilgan edi. 1988 yilda esa «Uzbekiston tarixiy manbalarda» degan navbatdagi kitob
bosmadan   chiqdi.   Undan   Urta   Osiyo   tarixi   bilimdoni   sharqshunos   B.   V.   Lunin to'plagan,   XVI—XIX:   asrlarning   sayohatchilari   jo'g'rofiyun   olimlari   aytgan
ma'lumotlar o'rin olgan. Muallif «Kirish» da Samarkand va Buxoro barcha asrlarda
dunyoga ma'lum va mashhur bo'lganini ta'kidlaydi. Qadimda aynan shu Urta Osiyo
orqali Uzoq Sharq mamlakatlari, Osiyo va Ovrupoga boradigan asosiy savdo yo'llari
o'tgan   edi.   Biroq   dengizda   suzuvchilarning   XV   asrda   Amerikaga,   Ovr.ulodan
Hindistonga boradigan dengiz yo'lini ochganlari bois, Urta Osiyoda asta-sekin yirik
savdo-sotiq ishlari va xalqaro madaniy aloqalar susaya boshladi.
Xullas,   nima   bo'lganda   ham   XVI—XVIII   asrlarda   va   hatto   keyinroq   ham   yuz
bergan   ahvol   oqibatida,—   deb   yozadi   B.   V.   Lunin,—   G'arbiy   Ovrupo   va
Rossiyadagi  Urta Osiyo to'g'risidagi bilimlar, Urta Osiyoda esa G'arbiy Ovrupo va
Rossiya   to'g'risidagi   bilimlar   chala   edi.   Biraq   bir-biri   to'g'risida   bilishga   qiziqish
tobora kuchaymoqda edi.»
A.   Ahmedov   ilk   manbalar   bilan   shug'ullanuvchi   tadqiqotchilar   ishini
yengillatadigan   ish   qildi   --   voqea   va   faktlarni   aniqlashga   intildi.   Bu   juda   og'ir,
mas'uliyatli,   uning  manbashunoslik   mehnati   qadrini   ikki   baravar   oshiradigan,   Urta
Osiyo XVI—XIX asr tarixini o'rganishni osonlashtiradigan asardir. Bundan tashqari
u tarixshunoslikning muhim sharti — qiyoslash va bor ma'lumotlarni jiddiy, tubdan
qayta   tekshirish   qoidasyga   amal   qilgan.   Buning   uchun   B.Ahmedov   o'z   tahliliga
muayyan   bir   davr   bo'yicha   bir   necha   asarlarni   kiritgan.   Bular   «Tavorixi   guzida»
(«Nusratnoma»),   «Fatxnoma»,   «Shayboniynoma»,   «Mehmonnomai   Buxoro»,
«Zubdat-ut-tavorix», «Badoye' ul-vaqoye» dir.
Shu   bilan   bir   vaqtda   muallif   bu   asariga   ilgari   bosilgan   manbalarga   oid
tarixshunoslik lavhalarini ham- kiritish qilgan. «Tavorixi guzida»,— «Nusratnoma», «Mehmonnomai   Buxoro»,   «Dastur-ul-muluk»,   «Tarixi   Muqimxoniy»,
«Ubaydullanoma» va «Tarixi Abdulfayzxoniy» shular jumlasidandir.
O'zbek xalqi etnogenezi, XV—XVI asrlardagi Urta Osiyo aholteyning etnik tarkibi
bilan   shug'ullanayotgan   etnograf   ham   bu   kitobdan   juda   qizdqarli   ma'lumotlar
olishlari mumkin)
barcha turk va mo'g'ullarning afsonavii bobosi hisoblangan Ug'izxon sulolasi tarixi
«Tavorixi guzida»ning birinchi qismini egallaydi. Ikkinchi qism esa Chingizxon va
uning   avlodlari   tarixini,   Shayboniyxonning   tug'ilishidan,   to   Samarkand   taxtiga
o'tirgunicha o'tgan davrni o'z ichiga ola-di. Uning 909 (1503—1504) yilgacha butun
Movarounnahr hudu-dini egallagani tarixi kitobning uchinchi qismidan joy olgan.
Kirish qismidan ko'rinadiki, kitob 1502—1505 yillar orasida yozilgan. U eski uzbek
tilida bo'lgan, biroq, muallifi aytilmagan, bu ko'p tadqiqotchilarning bahsiga sabab
bo'lgai! Masalan, P.I.Lerx Jaloliddin Rumiyning o'g'li Sulton Valadni asar muallifi
deydi.   Bu   ehtimoldan   uzoq.   R.   Muqminova,   A.   Semyonov,   V.   P.   Yuding
taxminicha muallif Shayboniyxonning o'zi.
Tanqidiy   matn   tuzgan,   so'zboshi   yozgan,   1967   yili   Toshkentda   «Tavorixi
guzida»—«Nusratnoma»   asarini   nashr   ettirgan   tadqiqotchi   A.M.   Akramovning
fikricha esa, kitob muallifi Muhammad Solihdir3. B. Ahmedov esa A. Akramovning
bu fikrini ishonarli emas, deb hisoblaydi.
«Tavorixi   guzida»—«Nusratnoma»   asari   dunyo   miqyosida   ikki   nusxada   topilgan.
Birinchi   qo'lyozma   mamlakatimiz   FA   Sharqshunoslik   ilmgohining   Leningrad
bo'limida (V — 745: 147 1) va ikkinchi qo'lyozma Britaniya muzeyida (OR. 32226;
148   1.)   saqlan-adoqda.   Qo'lyozmaning   ikkala   nusxasi   ham   qoniqarsiz   ahvolda   —
mazmunda   chalkashliklar,   xatolar   bor.   A.   Akramov   o'z   asarida   bu   kamchiliklarni tuzatishga   urinsada,   hanuz,   ba'zi   vdraqlar   o'rni   chalkashgan,   ba'zi   voqealarning
qaytarilishi uchraydi.
Shayboniylar   sulolasidan,   Xiva   xoni   (1645-1663)   va   yirik   tarixchi.   olim,   tabib.
Habash   sulton   va   Ilbors   sultonlar   otalari   Arab   Muhammadxonni   yengib,   uni   Qum
qal'iga kamadilar. Otasining tarafdorlari bo'lgan Isfandiyor Eronga Abulg'ozi sulton
esa Buxoroga Imomqulixon (1611-1642) huzurida qochdi. 1623 yilda Isfandiyorxon
bilan o'rtalarida nizo qichib,
1627   yilda   qozoq   xoni   Eshimxon   huzuriga   qochib   bordi,   so'ng   ikki   yil   Toshkent
hokimn   Tursuvxon   huzurida   bo'ldi.   Ko'p   o'tmay,   xivalik   turkmanlarning   taklifiga
binoan   u   yana   Xorazmga   qaytdi.   Isfandiyor   uni   Xiva   hoknmi   etib   tayinlashga
majbur   bo'ldi.   1629   yilda   Xiva   turkmanlari   Eronga   tobe   bo'lgan   Niso   va   Durunta
bosqin   qildilar.   Isfayadiyorxon   Xivaning   Eron   bilan   munosabatlarining   buzilib
ketishidan cho'chib aybni butunlay Abulg'ozi sultonga to'nkadi va uni 1630 yilning
qishida Eron podshosi shoh Safi I (1629—1642) huzuriga garov tariqasida jo'natdi.
Abulg'ozi   sulton   shu   tariqa   o'n   yil   Eronda,   Isfahon   yaqinida   joylashgan   Taborak
qal'asida qamoqda yashadi. 1639 yilning yozida u tutqunlikdan qutulishga muvaffaq
bo'ldi. 1641 yilning o'rtalarigacha Abulxon va Mingqishloqda istiqomat qildi. 1643
yilda   orollik   o'zbeklar   uni   xon   qilib   ko'tardilar.   Oradan   ikki   yil   o'tgach,   Abulg'ozi
sulton   Xiva   taxtiga   o'tirdi.   U   Xivada   feodal   tarqoqlikni   tugatish,   markaziy   davlat
hokimiyatini mustahkamlash, mamlakatning mustaqilligini ta'minlash uchun kurash
olib bordi.
Abulg'ozi-xon 1663 yilda hokimiyatni o'g'li Anushaxonga topshirdi va oradan ko'p
o'tmay, o'sha yilning 12 yavgustida yorug' jahondan ko'z yumdi.
Abulg'ozi   Bahodirxon   yetuk   tarixchi   olim   sifatida   e'tiborga   sazovordir.   Uning
«Shajarayi   tarokima»   va   «Shajarayi   turk»   asarlari   Urta   Osiyo   xalqlari   tarixiga   oid qimmatli   manbalardan   hisoblanadi.   «Shajarayi   tarokima»da   turklar-ning   afsonaviy
podshosi   Ug'uzxon,   uning   avlodi   va   ularning   zamonida   yuz   bergan   voqealar
qisqacha   bayon   etilib,   turkman   urug'lari   haqida   qimmatli   ma'lumotlar   keltirilgan.
Ikkinchi asar asosan Chingizxon va uning avlodlari, xususai Xorazmda 1512 yildan
hukmronlik   qilgan   shayboniylar   haqidadir.   Abul-g'ozixonning   bu   asarlari   rus,
fransuz,   nemis   tillariga   tar-jima   qilinib   chop   etilgan.   Abulg'ozi   tibb   ilmiga   oid
«Mano-fi'   ul-inson»   («Inson   uchun   foydali   tadbirlar»)   degan   kitob   ham   yozgan.
Asar   to'rt   qismdan   iborat:   birinchi   qismda   —   turli   oddiy   dorilar,   ikkinchisida   -
murakkab   dorilar,   uchinchi   qism-da   —umumiy  davolash   usullari   haqida,   to'rtinchi
qismda esa  olim  o'zidan-  oldin o'tgan tabiblarning bemorlarni  davolash  xususidagi
fikr-mulohazalari   va   ayni   paytda   o'zining   fikr-mulohazalarini   ham   keltiradi.
Asarning   ahamiyati   shundaki,   unda   muallif   xalq   tabobatida   qo'llanilgan   dorilar
haqida qimmatli ma'lumotlar keltirgan.
O'rta Osiyo, Qozog'iston va ular bilan qo'shni bo'lgan xorijiy mamlakatlarning XVI
asrdagi   tarixi   bo'yicha   asosiy   manbalardan   biri   «Sharafnomayi   shohiy»   dir.   U
ko'pincha «Abdullanoma» nomi bilan ham mashhur. Asar Shayboniy Abdullaxon II
ning   topshirig'i   bilan   1584—1590   yillar   orasida   yozilgan.   Asar   muallifi   buxorolik
mashhur shoir  va muarrix Hofiz Tanish ibn Mir Muhammad al-Buxoriydir. Uning
hayoti  va  ilmiy-adabiy  faoliyatiga oid  ma'lumotlar   kam. Ayrim, qisqa   ma'lumotlar
«Sharafnomayi   shohiy»   muqaddimasida   va   ba'zi   tazkiralarda   uchraydi.   Ana   shu
ma'lumotlarga   qaraganda,   Hofizi   Tanish   Buxoriy   va   uning   otasi   Mir   Muhammad
shayboniy   hukmdorlarga   Yaqin   odamlar   bo'lishgan.   Masalan,   otasi   mavlono   Mir
Muhammad, naqshbandiya tariqatkning namoyandalaridan biri, yirik olim Mahdumi
A'zam  Kosoniy (xoja Ahmad ibn Jaloliddin Kosoniy;  1462—1542) ning hayoti va
faoliyatiga   bag'ishlangan   «Jome'   ul-maqomat»   da   yozilishicha,   shayboniy
Ubaydullaxbn   (1534—1539)   saroyida   xizmatda   bo'lgan;   XVI   asrning   50-yillari boshida  Koshg'arga  ketib  qolgan va  oradan  ikki   yil   o'tib  o'sha  yurtda  qazo  qilgan.
Hofizi Tanish Buxoriy 1583 yili Abdullaxon II ning xizmatiga kirgan va umrinipg
oxirigacha shu xonning huzurida voqeanavis bo'lib xizmat qilgan.
Hofizi   Tanish   Buxoriy   og'ir   bir   zamonda,   ya'ni   Movarounnahrda   feodal   tarqoqlik
kuchaygan,   Abdullaxon   II   ning   mamlakatni   birlashtirish   va   markaziy   davlat
apparatini   mustahkamlash   uchun   tinimsiz   urushlar   olib   borgan   bir   zamonda   hayot
kechirdi.   Olim   buni   mana   bu   iboralarda   ifodalaydi:   «Har   tarafdan   teskari   shamol
esardi.   Har   burchakdaya   fitna   gardi   osmonga   ko'tarilardi.   Har   kuni   jigarnn
o'rtaydigai   olov   yoqilardi.   Har   zamon   balo   to'foni   yuqori   ko'tarilardi.   Sog'u
salomatlik   anqodek   maxfiylik   pardasi   ostiga   yashirin-gan   edi.   Tinchlik   va
xotirjamlik   kibriti   axmar   va   aqlu   hu-karning   rivojkoridek   ko'rinmay   ketgandi.
Omonlik   va   to'g'rilik   jahondan   nafratlanib,   intizom   ham   jamiyat   yulduzlari
to'dasidagyana chegaralanib qolgandi» («Sharafnomayi shohiy», 1-jild, 38-bet).
Asar mazmuniga o'tishdan avval shuni ham aytish kerakki, Hofizi Tanish Buxoriy,
zamon   taqozosiga   ko'ra,   asarda   ma'lum   darajada   hukmron   sinfning   maqsad   va
manfaatlarini   ifoda   qilishga   harakat   qilgan,   xon   va   uning   atrofidagi   aslzodalarni,
boylar va no'yonlarni ko'klarga ko'tarib maqtagan, mehnatkash xalqning hol-ahvoli
bo'lsa   ko'p   o'rinlarda   soyada   qolgan.   Lenin   asar   faktik   materialga   boy,   voqealar
ozmi-ko'pmi   obyektiv   yoritilgan,   ayrim   o'rinlarda   xonlar,   sultonlar   va   amirlarning
ba'zi xislati va xarakteri ham ochib berilgan. Masalan, olim Abdullaxonning bobosi
Jonibek   sulton   haqida   gapirar   ekan,   uni   mo'min-musulmon,   dinparvar   va   odil   bir
kishi sifatida ta'riflaydi.
«[U]   shunday   dinpanohki,deb   yozadi   Hofizi   Tanish   Buxoriy,—   din   hukmlarini
tanqid   qilish   [va]   sayyid   mursalinning   (hazrati   payg'ambarimizning)   «shar'iy   amr- farmonlarini   [mo'min-musulmonlarga]   yetkazish   ishingi   to'la   bajo   keltiradi;
hukumat va siyosat yshlarini quvvatlash va ijro etishda oshiqmas edi.
«Sharafnomayi   shohiy»   yirik   shoh   asar   bo'lib,   uni   Juvayniyning   «Tarixi
jahonkushoy»   va   Rashididdinning«Jome'   ut-tavorix»   asarlari   qatoriga   qo'ysa
arziydi.   Yirik   sharqshunos   olim   V.V.Velyaminov-Zernov   juda   to'g'ri   aytganiday,
«Sharafnomayi shohiy» ustida qancha ko'p ishlasang, unda o'rganish lozim bo'lgan
shuncha ko'p yangi faktlar ochiladi. Shuning uchun ham bu asar ko'p vaqtlardan beri
sharqshunos olimlarning diqqat-e'tiborini o'ziga tortib kelayotig.
«Sharafnomayi   shohiy»   saj   (qofiyalashgan   nasr)   bilan   yozilgan,   tili   va   uslubi
birmuncha   og'ir.   Olim   turli   o'xshatish   va   istioralardan   keng   foydalangan.   Bir-ikki
misol   keltira-miz:   [«Yunusxon]   sodiqlik   ipini   tugib,   uni   o'ziga   bog'ladi»   (uylandi
demohchi).   «...bog'u   rog'   sahni   yetti   xil   ranglik   libos   kiyib,   tog'u   sahroning   sirti
chiniy   naqshlik   xonaning   rashkini   keltiradigan   bo'lganda...»   (erta   bahorda).
«...uning buyuklik va ulug'lik oftobi... [o'zining] maxfiy pardasiga yashirindi; umid
va orzulari falokat oftobining shahodat mag'ribiga botdi» (o'ldi demoqchi).
Muallif   asarni   yozishda   xon   saroyida   yuritilgan   maxsus   kundaliklar,   ishonchli   va
voqealarning   shohidi   bo'lgan   kishi-yaar   og'zidan   yozib   olingan   ma'lumotlardan
foydalangan.   Bir-ikki   misol.   U   1551/52   yili   Abdullaxon   bilan   Navro'z   Ahmadxon
(Baroqxon) o'rtalarida Koson (Qashqadaryoga qarashli Kosoy) yonida bo'lgan urush
tafsilotini bayon etarkan, uni «o'sha voqea tepasida bo'lgan, va [uni] o'z ko'zi bilan
kurgan   bir   guruh   odamlardan   eshitdim»,   -deb   yozadi.   Yana   o'sha   Abdullaxonning
Navro'z
Ahmadxonning   o'g'li   Do'stim   sulton   bilan   Forob'   yonida   1554   yili   qilgan   urushi
tafsiloti   ham   o'sha   urush   qatnashchilarining   ma'lumotiga   asoslangan.   Hofizi
Tanishninga xborotchilari ko'proq keksa va xonning yaqin kishilari bo'lgan. Asar   muqaddima   va   ikki   qismdan   iborat   (asarning   ikkinchi   talqinida   har   ikkala
qnsm (maqola) qo'shib yuborilgan).
Muqaddimada   Abdullaxonning   naslu   nasabi,   uning   o'sha   zamonning   yirik
ruhoniylaridan   xoja   Muhammad   Islomga   muridligi,   Chingizxon,   Jo'chixon,
Muhammad Shayboniyxon haqida, shuningdek Movarounnahrning XV asr oxiri va
XVI asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli haqida qisqa ma'lumot keltiriladi.
Birinchi   maqola   Movarounnahr,   Janubiy   Turkiston   (hozirgi   Afg'onistonning
shimoliy   qismi)   va   Xurosonda   1557—   1583   yillar   orasida   bo'lib   o'tgan   voqealar,
ya'ni   Abdullaxon   II   davlatining   zuhuridan   to   Abdullaxonning   xonlik   masnadiga
o'ltirishi va o'z nomiga xutba o'qitib, pul zarb ettirishigacha kechgan katta davrni o'z
ichiga oladi. Ma'lumki, bu davr ichida Abdullaxon II o'zaro feodal urushlar orqasida
mayda-mayda   qismlarga   bo'linib   ketgan   Movarounnahrni   o'z   tug'i   ostiga
birlashtnrib, markaziy davlat tuzib olishga muvaffaq bo'ldi.
Ikkinchi maqola 1583—1588 yillar, ya'ni Abdullaxon II ning taxtga o'ltyrishidan to
Hirotning uzoq muddat davom etgan qamaldan so'ng shayboniylar qo'shini tarafidan
fath   etilishigacha   bo'lgan   davrni   o'z   ichiga   olgan.   Shu   davr   ichida   kechgan   tarixiy
voqealar batafsil va atroflicha bayon etilgan.
Xonlikning   ijtimoiy-iqtisodiy   ahvoli   borasida   keltirilgan   ma'lumotlar   orasida
«iqto'»,   «suyurg'ol»,   «tanho»   va   «jogir»   feodal   institutlari,   ulus   tartibi   va   uning
ijtimoiy-siyosiy hayotdagi_mohiyati va o'rni, aholidan yig'iladigan turli-tuman soliq
va jarimalar: ulufa, qo'nalg'a, begor , boj, tamg'a, tuhfa (sovg'a, tortiq, hadya) va h.
k.   ma'lumotlar,   shuningdek   harbiy-feodal   zodagonlar   hayotida   katta   o'rin   tutgan
harbiy   o'lja   haqidagi   ma'lumotlar   alohida   qimmatga   egadir.   Qo'shni   yurtlar   va xalqlar ustiga tez-tez uyushtirib turila-digan urushlar va bunday urushlarning feodal
jamiyatda tutgan o'rni haqidagi ma'lumotlar ham muhimdir.
Asarda   xon-lar,   yirik   feodallar   tarafidan   Jizzax,   Nasaf,   Hisori   Shodmon   va
Jayhunning   so'l   qirg'og'idagi   viloyatlardagi   qo'riq   yerlarning   mahalliy   aholini
safarbar qilish yo'li bilan (mardikor ishlatish yo'li bilan) o'zlashtirilishi, shahar, suv
omborlari,   sardobalar   qurilishi   haqida   ham   ma'lumotlar   keltiriladi.   Shuningdek,
hunarmandchilikning   umumiy   ahvoli   haqida   ham   ko'p   muhim   ma'lumotlar
uchratamiz.
Asarda Shayboniylar davlatining tuzilishi haqida ham muhim ma'lumotlar uchratish
mumkin. Masalan, markaziy davlat apparati — devonlari turli-tuman mansabdorlar:
otaliq,   naqib,   vaziri   a'zam,   vazir,   devonbegi,   mushrif,   xazinachi,   shig'ovul,   eshik
og'aboshi,   parvonachi,   sadr,   miroxur,   chuhra   og'asi,   tavochi,   jarchi,   munshiy,
tug'begi,   qurchiboshi,   bakovul,   farrosh   kabilar   va   ularning   jamiyatda   tutgan   o'rni,
huquq   va   vazifalari   haqida   diqqatga   molik   ma'lumotlar   uchratamiz.   Shayboniylar
qo'shini Hofizi Tanish Buxoriy keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, otliq va piyoda
askarlardan   ,   shuningdek   o'ziga   xos   zambarakchilar   (naftandozlar,   manjaniqchilar,
tosh otuvchilar) dan tashkil topgan.
Hofizi   Tanish   Buxoriyning   bu   asarida   Movarounnahr   va   uniig   hududlarida,
shuningdek Janubiy Turkistonda XVI asrda istiqomat qilgan turk-mo'g'ul qabilalari:
jaloir, nayman, qorliq, qipchoq, qatag'on, o'tarchi, besh yuz, shaqoqu, qulon oyoni,
keroit,   olchin,   ming,   bahrin,   uyrur,   qang'li,   qo'ng'irot;   do'rmon,   qo'shchi,   mojor,
uyshun, chashmu abru, bulachi, arg'in, yobu, kenagas, mang'it, tubayi, nukuz, qiyot,
boshqird   kabilar   haqida   ham   favqulodda   muhim   ma'lumotlar   keltiriladi.   Bu
ma'lumotlar   nafaqat   o'sha   qavmlar   tarixini,   balki   uzbek   xalqining   etnik   tarixini o'rganishda ham muhimdir. Bundan tashqari, xon va sultonlarga hadya, tortiq qilish
(har  bir  narsadan  to'qqiz nafardan) tartibi, odamlar orasida amalda bo'lgan odatdar
haqida ham qiziq faktlar bor.
Binoiyning   “Shayboniynoma”   asari   Shayboniyxon   tarixiga   bag'ishlangan.   XVI
asrning mashhur shoiri va tarixchisi Kamoliddin Binoiyni uning muallifi deyishadi.
Bu   qo'lyozmaning   qimmatli   nusxasi   Uzbekistan   jumhuriyati   FA   Sharqshunoslik
ilmgohida saqlanmoqda.
Sharqshunos   A.   Mirzayevning   aytishicha,   Binoiy   (Uning   to'liq   ismi   AH   ibn   al-
Muhammad   al-Hiraviy)   857   (1453)   yilda   me'mor   Muhammadxon   Sabza   oilasida
tug'ilgan. Binoiyning  bolalik  yillari  haqida  hech  qanday  ma'lumot  yo'q.  900(1495)
yilda   Binoiylar   Samarqandga   ko'chishadi.   Uning   zamondoshlari   Navoiy,   Bobur,
Xondamir va boshqalar Binoiy iste'dodi xususida juda yaxshi fiqr aytgan edilar.
Daynoiy Samarqandda yashayotganida beixtiyor 1496—1500 yilgi tarixiy voqealar
guvohi   bo'ladi.   Bobur   va   Shayboniyxon   o'rtasidagi   hokimiyat   uchun   kurash   o'z
davrining   ilg'or   tafakkur   va   bilim   egalari   uchun   kurash   bilan   uyg'unlashib   ketgan
edi. Bobur Samarqandni tashlab chiqqanida Binoiy ham uning qo'shini bilan ketadi.
Biroq   Samarqandda—   hokimiyat   uchun   kurash   davom   etardi.   Shu   orada   Binoiy
yana   Boburning   ittifoqchisiga   aylanadi.   907   yilning   boshida   (1501   yilning
o'rtalarida) yuz bergan jang Binoiy va Mahdumi A'zam Dahbediyning taqdirini hal
qildi. Ular to umrlarining oxirigacha o'z vatanlarida yashab qoldilar. Shundan so'ng
Binoiyning yozishicha, u Shayboniyxon saroyi solnomachisiga aylanadi va xonning
hukmdorligi va g'olibona yurishlari tarixini yozish to'g'risida maxsus topshiriq oladi.
Binoiy   bo'   vazifani   a'lo   uddaladi.   Biroq,   uzaro   feodal   urushlar   Shayboniyxonning
ham,   Binoiyning   ham   o'limiga   sabab   bo'ldi.   U   918/1512   yilda,   Bobur   lashkari   va
eroniylarning   Samarqandga   bostirib   kirib,   aholini   bir   boshdan   qirganida   halok bo'ldi. Tarixchi Mahmud ibn Vali (XVII asrning birinchi yarmi) yozishicha, Binoiy
Qarshi shahri-dagi masjidi jome' mozorida dafn etilgan.
Binoiy   «Shayboniynomasi»   tadqiqotchilar   (E.G.Braun,   K.G.Zaleman,
A.N.Samoylovich,   M.A.Salye,   A.A.Semyonov,   A.N.Boldirev,   R.G.Muqminova,
A.M.Mirzayev,   S.K.Ibrohimov,   B.A.Ahmedov   va   boshqalar)   tomonidan   keng
foydalanilmoqda.
Binoiyning yozishicha,  hatto 1494—1500 yillarda ham  Ko'hak etagida, Obirahmat
arig'i   bo'yida   Ulug'bek   rasadxonasi   buzilmagan   holda   qad   ko'tarib   turgan.   Bu
ma'lumot Boburning Ko'hak tepaligi joyida Mirzo Ulug'bekning yulduzlar jadvalini
tuzish   uchun   zarur   asboblar   joylashgan   rasadxonani   ko'rgani   haqidagi   gaplarga
moye   keladi.   Demak,   Ulug'bek   rasadxonasi   asboblari   XVI   ayerda   ham   saqlangan.
Shu bois rasadxonaning Ulug'bek o'limidan so'ng (853 yil) ramazon oyining 8 kuni
(1449 yilning 25 oktabri) talon-toroj qilinib, buzib tashlangani haqidagi fikr tarixiy
manbalarga to'g'ri kelmaydi.
B.A.Ahmedovning   yozishicha,   Binoiyning   «Shayboniynoma»   siga   nisbatan
Muhammad Solih asaridagi yangi o'rinlar quyidagicha:
1. XX—XXIII boblar Qorako'l, Qarshi, G'uzordagi Shaybrniy-xonga 
qarshi qo'zg'olonlarga bag'ishlangan.
2.   Shayboniylarning   Shohruhiya,   Uratepa,   Farg'ona,   Buxoro,   Termiz   va
boshqajoylargayurishlari bor.
3. Shayboniylarning Xorazmga qarshi 1503—1505 yillardagi yurishlari bor.
4. Yana bu asardan ko'chmanchi uzbek feodallari, ular lashkarining Urta   Osiyoda   qilgan   beboshliklari   va   shayboniylar   bosib   olgan   hududlardagi
aholining og'ir ahvoli haqida muhim ma'lumotlar o'rin olish.
Qo’qon   xonligi   tarixshunosligi   tahlili   shundan   dalolat   beradiki,   mazkur   davr
to’g’risida   yaratilgan   asarlar   tadrijiy   jihatdan   uch   guruhga   bo’linadi.   Birinchi
guruhga   oid   adabiyotlar   shu   davrda   ro’y   bergan   tarixiy   voqealarning   bevosita
guvohlari   tomonidan   yaratilgan   asarlar   tashkil   etadi.   Bunga   Qo’qon   xonligi
tarixnavislik   maktabi   muarrixlarining   va   Rossiya   imperiyasi   mustamlakachiligi
davri tarixchilarining bergan ma’lumotlari kiradi.
Qo’qon   xonligi   tarixnavislik   maktabiga   mansub   muarrixlar   turli   yo’nalishlarda
asarlar   yaratib,   ularning   asarlari   XVI-XIX   asrlardagi   Qo’qon   xonligi   tarixiga   doir
muhim manbalar bo’lib hisoblanadi.
Ulardan   bugungi   kunda   O’zbekiston   FA   Sharqshunoslik   instbtuti   xazinasida
saqlanayotgan   Abulvos’ye   Manzurning   “Nazkirai   Sultoniy”,   Abulg’affor   ismli
Qo’qon   amaldorining   “Zafarnomayi   Xudoyorxoniy”,   Abu   Ubaydulloh
Toshkandiyning   “   Xulosan   ul-axvol”,   Avaz   Muhammad   Attor   Ho’qandiyning
“Tarixi   jahonnomaiy”   I,   II   jildlari,   Fazliy   Farg’oniyning   “Umarnoma”   asarlari,
Mirzo Qalandar  Mushrif Isfaragiyning “Shohnomayi  nusratpoyom”, Mullo Xolbek
ibn   Mullo   Muso   Andijoniyning   “G’aribnoma   va   Aliquli   amirlashkar   tarixi”,
Muhammad   Niyoz   Ho’qandiyning   “Tarixi   Shoxruhiy”,   Muhammad   Aziz   ibn
Muhammad   Rizo   Marg’inoniyning   “Tarixi   Aziziy”,   Muhammad   Solihxo’ja
Toshkandiyning   “Tarixi   jadidayi   Toshkand”,   Muhammad   Yunus   shig’ovul-
Toyibning   “Aliquli   amirlashkar   jangnomasi”   kabi   asarlarning   qo’lyozmalari   va
“Tuhfayi   Toyib”,   Mirzo   Olim   Toshkandiyning   “Ansob   ul-salotin   va   tavarix   al-
xavaqiy”,   Mulla   Olim   Maxdum   Hojining   “Tarixi   Turkiston”,   Mir   Izzatullohning
“Safarnoma”,   Domullo   Abd   al-   Qodir   ibn   Muhammad   Aminning   “Madjma’   al- ansob   va-l-ashdjor”,   Muhammad   Hakimxon   ibn   Ma’sumxonto’raning   “Muntaxab
at-navorix” ning I, II jildlari asarlarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Afsuski,   mustaqillik   yillariga   qadar   yuqoridagi   mualliflarning   asarlari   boy   tarixiy
ma’lumotlarni   o’zida   jam   qilganligiga   qaramasdan   qo’lyozma   holatida   qolib   ketdi
va istiqlol yillariga kelibgina ulardan ayrimlari ilmiy muomalaga kiritildi.
XIX   asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlab   rus   tilida   yozilgan   V.Nalivkin,
N.Veselovskiy,   N.Petrovskiy,   N.Pantusov,   V.Velyaminov-   Zernovlarning
kitoblarida   esa   Qo’qon   xonligi   tarixining   turli   qirralari   va   masalalarini   o’rganish
bo’yicha   boy   ma’lumotlar   berilgan.   Bular   jumlasiga   V.Nalivkinning   “Kratkaya
istoriya Kokandskogo xanstva” Kazan, 1886; N.Veselovskiyning “Priyom v Rossii i
otpusk   Sredneaziatskix   poslov   v   XVII   i   XVIII   stolotiyax”   Sank-Peterburg,   1884;
N.Petrovskiyning   “Ocherki   Kokandskogo   xanstva”   1875;   N.Pantusovning   “O
podatyax   i   povinnostyax   sushestvovavshix   v   bivshem   Kokandskom   xanstve   v
posledneye  vremya  pravleniya Xudayarxane”  1876;  V.Velyaminov-  Zernovlarning
“Istoricheskiye   izvestiya   o   Kokandskom   xanstve   ot   Muxammada   Ali   do
Xudayarxana” 1859 yil kitoblari kiradi.
Ularda   xonlikni   tashkil   topishi,   ming   sulolasidan   chiqqan   hukmdorlar   va   ularning
siyosati,   qo’shni   davlatlar   bilan   munosabatlari,   xonlikning   etnik   tarixi,   etnik
jarayonlar,   Rossiya   imperiyasining   xonlikka   nisbatan   olib   brogan   siyosati,   harbiy
harakatlari, bosqinchilik va uning oqibatlari kabi masalalar keng yoritilgan.
Qo’qon   xonligi   tarixshunosligining   ikkinchi   guruhini   sovet   davrida   ilmiy
adabiyotlar tashkil  qiladi. Bularga R.Nabiyevning “Iz istorii Kokandskogo xanstva
(feodalnoye   xozyaystvo   Xudayarxana)”   T.,1973;   Y.Bekvaxanovning   “K
istoriivzaimootnosheniy   kazakov   so   sredneaziatskimi   xanstvami”   T.,   1947;
N.Beysembiyevning   “Tarixi   Shaxruhi”   kak   istoricheskoy   istochnik”,   “Legenda   o proisxojdenii   Kokandskix   xanov   kak   isnochnik   ideologii   v   Sredney   Azii”   1989;
X.Inoyanovning   “Qo’qon   xonligi   Rossiyaga   qo’shilishi   arafasida   va   1875-1876
yillardagi  Qo’qon qo’zg’oloni” T.,1956;  P.Ivanovning “Ocherki  po istorii  Sredney
Azii  XVI-  XIX vekov”  M.,1958;  H.Ziyoyevning “O’rta Osiyo  va  Sibir   (XVI-XIX
asrlar)”   T.,1962   asarlari   kiradi.Nabiyevning   tadqiqoti   bevosita   Qo’qon   xonligi
tarixi,   uning   xo’jalik   hayotiga   bag’ishlangan   bo’lib,   bu   asar   ilmiy   jamoatchilik
uchun   ahamiyatli   hisoblanadi.   Nabiyev   o’z   tadqiqotida   Saltikov-   Shedrin
kutubxonasi,   Qo’qon   universiteti,   Orenburg,   Ufa,   Astraxan   arxivlari,   O’zbekiston
Markaziy Davlat arxividagi nma’lumotlardan foydalangan, ularni ilmiy muomalaga
kiritgan. Bu fundamental tadqiqot hisoblanadi.
O’zbekiston   mustaqilligining   tarixiga   oid   adabiyotlar   tarixshunoslikda   uchinchi
guruhni   tashril   etadi.   Ularga   H.Ziyoyevning   “Turkiston   Rossiya   tajovuzi   va
hukmronligiga   qarshi   kurashi”   T.,   1998;   F.Ahmadjonovning   “Rossiya   Imperiyasi
Markaziy   Osiyoda”   T.,   2003;   X.Bobobekovning   “Qo’qon   tarixi”   T.,   1996;
Sh.Vohidovning   “Qo’qon   xonligida   tarixnavislikning   rivojlanishi”   T.,1998;
O’.Sultonovning   “Muhammad   Solihxo’janing   “Tarixi   jadidayi   Toshkand”   asari
muhim manba sifatida (XIX)” T., 2007 asarlarini kiritish mumkin.
Sh.Vohidovning   ilmiy   faoliyati   xonlik   tarixining   tarixshunosligi   va
manbashunosligi   masalasi,   ya’ni   Qo’qon   xonligida   tarixnavislik   maktabi
shakllanishi,   shu   maktab   namoyandalari   asarlarini   izlab   topish,   o’rganish   va   chop
etish   bilan   ajralib   turadi.   Sh.Vohidovning   ilmiy   ishlarida   Qo’qon   xonligi
tarixchilarining   asarlarini   kodikologik   jihatdan   tahlil   etilgan   va   xonlik   tarixi,
madaniy hayotiga oid o’nlab mahalliy tarixiy asarlar ilmiy muomalaga kiritilgan. F.Ahmadjonovning yuqoridagi asarida xonlik tarixi tarixshunoslik nuqtai nazaridan
o’rganilgan. Muallif tomonidan O’zbekistonlik olimlarning Qo’qon xonligi tarixini
tadqiq etishda tutgan o’rni va qo’shgan hissalari keng tahlil etilgan.
Shunday qilib, Qo’qon xonligi tarixshunosligi tarixchi olimlarimiz tomonidan keng
o’rganilib, tahlil etilib, kutubxonalar ommasiga yetkazilib berilmoqda.  Adabiyotlar ro’yhati :
1 . Ahmedov B . O’rta Osiyoning XVI – XVIII asrlardagi tarixiy jug’rofiy adabiyoti
. T. 1985.
2. Lunin B.V . O’zbekiston tarixi manbalari . T .1988 
3. Saidqulov T . O’rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavhalar . T .1993

Mavzu: XVI-XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo haiqdagi tarixiy geografik tadqiqotlar Reja: 1. XVI-XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo haiqdagi tarixiy geografik tadqiqotlar. 2.Asosiy manbalar: “Shayboniynoma”, “Tavorixi Guzida”, “Tarixi Muqimxoniy”. 3. Qo’qon xonligi tarixshunosligi.

Tayanch tushunchalar: Saj,bug'lot,Shajarai turk, Shajarai tarokkima. Mamlakat tarixshunosligi O'rta Osiyoning O'rta asr tarixini o'rganish bo'yicha oz ish qilgani yo'q. Lenin, shunga qaramay, «biz shu kunga qadar Urta Osiyoning qadimiy hayotini manbalar asosida o'rganish bo'yicha maxsus tadqiqotlarga ega emasmiz, tarixshunoslik tadqiqotchiligi to'g'risida esa gapirmasa ham bo'ladi»,— deb yozadi tarixshunos B. Ahmedov o'zining 1985 yili Toshkentda nashr etilgan «XVI—XVIII asrlarda Urta Osiyoning tarixiy-jo'g'rofiy adabiyoti (yozma yodgorliklar) degan mukammal asarida. Urta Osiyo tarixining tarixshunoslik jihatidan to'la o'rganilmaganligiga sabab tarixiy manbalarning yo'qligi emas, balki, aksincha, ularning xilma-xilligidir. Nima bo'lganda ham Urta Osiyo xalqlarining XVI asrdan XIX asr o'rtalarigacha bo'lgan hayoti tariximizning eng nam o'rganilgan davrlaridir. 1917-yilgacha bo'lgan davrda bu masalaga juda kam e'tibor berilgan. Rossiya sharqshunoslari asosiy e'tiborni Temurgacha va temuriylar davrini o'rganishga qaratishgan. Sovet davrida esa, keyingi 30 yilda bir qator qimmatli tadqiqotlar paydo bo'ldi. Biroq, XVI—XIX asrdagi Urta Osiyo xalqlari tarixining mufassal, ko'p sonli tarixiy manbalarga asoslangan tahlili juda kam. Ular jumlasiga B.A.Ahmedov, B.G'. G'afurov, YE.A.Davidovich, X.S.Ziyoyev, R.B.Muqminova, A. M. Muxtorov, O. D. Chexovich va boshqalarning bir qator asarlarini kiritish mumkin. Urta Osiyo xalqlari tarixini o'rganuvchilar uchun «Uzbekiston tarixiy manbalarda» seriyasida chiqarilayotgan kitoblar yaxshi ko'makchi bo'la oladi. Ulardan birinchisi -- Urta Osiyo qadimgi tarixiga doyr ma'lumotlar to'plangan kitob 1984 yilda nashr etilgan edi. 1988 yilda esa «Uzbekiston tarixiy manbalarda» degan navbatdagi kitob bosmadan chiqdi. Undan Urta Osiyo tarixi bilimdoni sharqshunos B. V. Lunin

to'plagan, XVI—XIX: asrlarning sayohatchilari jo'g'rofiyun olimlari aytgan ma'lumotlar o'rin olgan. Muallif «Kirish» da Samarkand va Buxoro barcha asrlarda dunyoga ma'lum va mashhur bo'lganini ta'kidlaydi. Qadimda aynan shu Urta Osiyo orqali Uzoq Sharq mamlakatlari, Osiyo va Ovrupoga boradigan asosiy savdo yo'llari o'tgan edi. Biroq dengizda suzuvchilarning XV asrda Amerikaga, Ovr.ulodan Hindistonga boradigan dengiz yo'lini ochganlari bois, Urta Osiyoda asta-sekin yirik savdo-sotiq ishlari va xalqaro madaniy aloqalar susaya boshladi. Xullas, nima bo'lganda ham XVI—XVIII asrlarda va hatto keyinroq ham yuz bergan ahvol oqibatida,— deb yozadi B. V. Lunin,— G'arbiy Ovrupo va Rossiyadagi Urta Osiyo to'g'risidagi bilimlar, Urta Osiyoda esa G'arbiy Ovrupo va Rossiya to'g'risidagi bilimlar chala edi. Biraq bir-biri to'g'risida bilishga qiziqish tobora kuchaymoqda edi.» A. Ahmedov ilk manbalar bilan shug'ullanuvchi tadqiqotchilar ishini yengillatadigan ish qildi -- voqea va faktlarni aniqlashga intildi. Bu juda og'ir, mas'uliyatli, uning manbashunoslik mehnati qadrini ikki baravar oshiradigan, Urta Osiyo XVI—XIX asr tarixini o'rganishni osonlashtiradigan asardir. Bundan tashqari u tarixshunoslikning muhim sharti — qiyoslash va bor ma'lumotlarni jiddiy, tubdan qayta tekshirish qoidasyga amal qilgan. Buning uchun B.Ahmedov o'z tahliliga muayyan bir davr bo'yicha bir necha asarlarni kiritgan. Bular «Tavorixi guzida» («Nusratnoma»), «Fatxnoma», «Shayboniynoma», «Mehmonnomai Buxoro», «Zubdat-ut-tavorix», «Badoye' ul-vaqoye» dir. Shu bilan bir vaqtda muallif bu asariga ilgari bosilgan manbalarga oid tarixshunoslik lavhalarini ham- kiritish qilgan. «Tavorixi guzida»,— «Nusratnoma»,

«Mehmonnomai Buxoro», «Dastur-ul-muluk», «Tarixi Muqimxoniy», «Ubaydullanoma» va «Tarixi Abdulfayzxoniy» shular jumlasidandir. O'zbek xalqi etnogenezi, XV—XVI asrlardagi Urta Osiyo aholteyning etnik tarkibi bilan shug'ullanayotgan etnograf ham bu kitobdan juda qizdqarli ma'lumotlar olishlari mumkin) barcha turk va mo'g'ullarning afsonavii bobosi hisoblangan Ug'izxon sulolasi tarixi «Tavorixi guzida»ning birinchi qismini egallaydi. Ikkinchi qism esa Chingizxon va uning avlodlari tarixini, Shayboniyxonning tug'ilishidan, to Samarkand taxtiga o'tirgunicha o'tgan davrni o'z ichiga ola-di. Uning 909 (1503—1504) yilgacha butun Movarounnahr hudu-dini egallagani tarixi kitobning uchinchi qismidan joy olgan. Kirish qismidan ko'rinadiki, kitob 1502—1505 yillar orasida yozilgan. U eski uzbek tilida bo'lgan, biroq, muallifi aytilmagan, bu ko'p tadqiqotchilarning bahsiga sabab bo'lgai! Masalan, P.I.Lerx Jaloliddin Rumiyning o'g'li Sulton Valadni asar muallifi deydi. Bu ehtimoldan uzoq. R. Muqminova, A. Semyonov, V. P. Yuding taxminicha muallif Shayboniyxonning o'zi. Tanqidiy matn tuzgan, so'zboshi yozgan, 1967 yili Toshkentda «Tavorixi guzida»—«Nusratnoma» asarini nashr ettirgan tadqiqotchi A.M. Akramovning fikricha esa, kitob muallifi Muhammad Solihdir3. B. Ahmedov esa A. Akramovning bu fikrini ishonarli emas, deb hisoblaydi. «Tavorixi guzida»—«Nusratnoma» asari dunyo miqyosida ikki nusxada topilgan. Birinchi qo'lyozma mamlakatimiz FA Sharqshunoslik ilmgohining Leningrad bo'limida (V — 745: 147 1) va ikkinchi qo'lyozma Britaniya muzeyida (OR. 32226; 148 1.) saqlan-adoqda. Qo'lyozmaning ikkala nusxasi ham qoniqarsiz ahvolda — mazmunda chalkashliklar, xatolar bor. A. Akramov o'z asarida bu kamchiliklarni

tuzatishga urinsada, hanuz, ba'zi vdraqlar o'rni chalkashgan, ba'zi voqealarning qaytarilishi uchraydi. Shayboniylar sulolasidan, Xiva xoni (1645-1663) va yirik tarixchi. olim, tabib. Habash sulton va Ilbors sultonlar otalari Arab Muhammadxonni yengib, uni Qum qal'iga kamadilar. Otasining tarafdorlari bo'lgan Isfandiyor Eronga Abulg'ozi sulton esa Buxoroga Imomqulixon (1611-1642) huzurida qochdi. 1623 yilda Isfandiyorxon bilan o'rtalarida nizo qichib, 1627 yilda qozoq xoni Eshimxon huzuriga qochib bordi, so'ng ikki yil Toshkent hokimn Tursuvxon huzurida bo'ldi. Ko'p o'tmay, xivalik turkmanlarning taklifiga binoan u yana Xorazmga qaytdi. Isfandiyor uni Xiva hoknmi etib tayinlashga majbur bo'ldi. 1629 yilda Xiva turkmanlari Eronga tobe bo'lgan Niso va Durunta bosqin qildilar. Isfayadiyorxon Xivaning Eron bilan munosabatlarining buzilib ketishidan cho'chib aybni butunlay Abulg'ozi sultonga to'nkadi va uni 1630 yilning qishida Eron podshosi shoh Safi I (1629—1642) huzuriga garov tariqasida jo'natdi. Abulg'ozi sulton shu tariqa o'n yil Eronda, Isfahon yaqinida joylashgan Taborak qal'asida qamoqda yashadi. 1639 yilning yozida u tutqunlikdan qutulishga muvaffaq bo'ldi. 1641 yilning o'rtalarigacha Abulxon va Mingqishloqda istiqomat qildi. 1643 yilda orollik o'zbeklar uni xon qilib ko'tardilar. Oradan ikki yil o'tgach, Abulg'ozi sulton Xiva taxtiga o'tirdi. U Xivada feodal tarqoqlikni tugatish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash, mamlakatning mustaqilligini ta'minlash uchun kurash olib bordi. Abulg'ozi-xon 1663 yilda hokimiyatni o'g'li Anushaxonga topshirdi va oradan ko'p o'tmay, o'sha yilning 12 yavgustida yorug' jahondan ko'z yumdi. Abulg'ozi Bahodirxon yetuk tarixchi olim sifatida e'tiborga sazovordir. Uning «Shajarayi tarokima» va «Shajarayi turk» asarlari Urta Osiyo xalqlari tarixiga oid