logo

Chig‘atoy ulusi vaTemuriylar davriga oid tadqiqotlar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

58.478515625 KB
Chi g‘atoy ulusi va Temur iylar  davriga oid  tadqiqotlar
Reja:
1. Chig‘atoy ulusi tarixiga oid yangi tadqiqotlar
2. Temuriylar davri tarixiga oid yangi tadqiqotlar Ma’lumki,   g‘arbiy   Qoraxoniylar   davrida   o‘zbek   elati   shakllandi.   Shakllangan
xalqning   XIII - XIV   asrlardagi etnik tarixini bir qator forsiy, arabiy va turkiy (eski
chig‘atoy   tili)   manbalar   yoritib   beradi.   Xususan,   Ibn   al-Asirning   “Al-komil   fi-t-
tarix”   asari   mazkur   davr   Markaziy   Osiyo   xalqlari   tarixini   o‘rganishda   asosiy
manba   bo‘lib,   unda   dunyoning   yaratilishidan   1231   yilga   qadar   Sharq
mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar bayon etilgan.
Manbaning   mo‘g‘ullar   istilosiga   bag‘ishlangan   12-jildi   alohida   qimmatga  ega.
Unda Movarounnahr, hamda Sharq mamlakatlarining XIII asr birinchi choragidagi
ijtimoiy-siyosiy tarixi bilan birga etnik tarixi yoritib berilgan.
Asar   Xivada   Muhammad   Rahim   II   (1863-1910)   davrida   Nurillo   Muftiy,
Muhammad Sharif  oxundlar  tomonidan eski  o‘zbek  tiliga tarjima qilingan bo‘lib,
hozirda   mazkur   tarjimaning   o‘n   uchta   qo‘lyozmasi   O‘zR   FA   Sharqshunoslik
institutida saqlanmoqda.
XIX-XX   asrlarda   manbaning   matni   va   qisqa   tarjimalari   bir   necha   bor   turli
tillarda nashr  etilgan. Ayrim  parchalarni rus tiliga N.A.Mednikov, A.E.Krыmskiy
tarjima   qilgan.   Shuningdek,   asarning   O‘rta   Osiyoga   tegishli   qismlari   tarjimasini
P.G.Bulgakov   amalga   oshirgan.   Mazkur   tarjimani   o‘zgartirish   va   qo‘shimchalar
bilan nashr Sh.S.Kamoliddin etgan.
Bu   davr   etnik   tarixi   Shihobiddin   Muhammad   an-Nasaviy   (vaf.   1249   y.)ning
“Sirot   as-sulton   Jaloluddin   Menkburni”   (bundan   keyin   “Sirot” )   nomli   arab
tilidagi   asarida   ham   aks   etgan.   Muallif   1224-1231   yillarda   Xorazmshoh
Jaloliddinga   (1199-1231)   kotiblik   qildi   va   asarda   aks   etgan   tarixiy   voqea-
hodisalarni  bevosita   ishtirok  etdi. Manbada   O‘rta  Osiyo,  Kavkaz,  Yaqin  va O‘rta
Sharq   mamlakatlarining   mo‘g‘ul   istilosi   davridagi   (1220-1231)   ijtimoiy,   siyosiy
ahvoli   keng  yoritilgan  bo‘lib,  1241  yil   Halabda  tugallangan.  Asar   muqaddima  va
108   bobdan   iborat.   Manbaning   1-4-boblarida   mo‘g‘ul-tatar lar   va   Chingizxon
tarixi,   5-22   boblarida   Xorazmshoh   Muhammadning   hayoti   va   faoliyati,   23-108-
boblarida   mo‘g‘ul   istilosi,   hamda   Jaloliddinning   kurashi   va   faoliyati   hikoya
qilinadi.  “Sirot” ning 1224-1231 yillar voqealarini o‘z ichiga olgan boblari original
va katta tarixiy ahamiyatga ega.  “Sirot”   XIII   asrdayoq   fors   tiliga   o‘girilgan   edi.   Manbaning   arabcha   matni,
fransuzcha   tarjimasi   bilan   1891-1895   yillarda   Parij   va   Qohirada   chop   qilingan.
Uning   qisqartirilgan   turkcha   tarjimasini   Yusuf   Ziyo   va   Ahmad   Tavhid,   forscha
tarjimasini  Muhammad Ali  Nosih va Mujtab Minoviy amalga oshirgan. Asarning
XIII   asrda   Turkmaniston   tarixini   hikoya   qiluvchi   qismini   S.L.Volin   nashr   etgan.
“Sirot” ning   fransuzcha   tarjimasini   Najib   Osim   turkchaga   o‘girgan.   Shuningdek,
manbaning Z.M.Buniyatov amalga oshirgan rus tilidagi mukammal tarjimasi  ham
mavjud.   Mazkur   tarjima   K.Matyoqubov   tomonidan   o‘zbek   tiliga   o‘girilib,   chop
etilgan.
Xorazmshoh   Jaloliddin   tarixi   bayon   etilgan   yana   bir   tarixiy   asar   “Nafsat   al-
masdur” dir.   Asar   muallifi   haqida   turli   ziddiyatlar   mavjud.   Z.V.To‘g‘onning
yozishicha, u Nuriddin Muhammad Munshiy qalamiga mansub. Shunisi qiziqki, u
ham   an-Nasaviy   kabi   Jaloliddinning   kotibi   bo‘lgan.   I.Qofaso‘g‘li   bu   ikki   muallif
aslida   bir   odam   ekanini   yozadi.   Asarning   yozilgan   vaqti   haqida   aniq   ma’lumot
keltirilmasa-da,   Mirzo   Muhammad   Qazviniy   u   “Sirot” dan   avval   yozilganini
aytadi. Asar tuzilish va voqealar bayoniga ko‘ra,  “Sirot” ga o‘xshaydi.
Manba   hozirgacha   to‘la   o‘rganilmagan.   Uning   matni   1928   yil   Tehronda
toshbosma shaklida nashr etilgan.
Jamol   Qarshiyning   “Mulhaqot   as-suroh”   asari   ham   XIII   asr   ikkinchi   yarmi-
XIV   asr   boshlaridagi   Markaziy   Osiyo   xalqlari   tarixini   o‘rganishda   asosiy
manbalardan hisoblanadi. Asar Abu Nasr Ismoil ibn Hammod al-Javhariyning (vaf.
1008   y.)   “As-sahoh”   nomli   asariga   yozilgan   qo‘shimcha   bo‘lib,   unda   Markaziy
Osiyo   xalqlarining   XIII   asrdagi   etnik   tarixi,   madaniyati,   yirik   shaharlari,
mo‘g‘ullar bosqini, chig‘atoy xonlari tarixi yoritib berilgan.
“Mulhaqot as-suroh”  hozirgacha biron-bir tilga to‘la o‘girilmagan bo‘lib, ba’zi
qismlarigina   tarjima   qilingan.   V.V.Bartold   asar   matnining   bir   qismini   1898   yilda
nashr etgan. Manbaning qo‘lyozmalari Angliya, Fransiya, Germaniya, Rossiya va
O‘zbekistonda mavjud. 
Bu davr tarixi aks etgan yana bir manba   Sa’duddin Muhammad Avfiy (XII asr
so‘nggi   choragi   va   XIII   asr   birinchi   yarmi)ning   “Javomi   al-hikoyat”   nomli asaridir.   Muarrix   asli   buxorolik   bo‘lib,   mo‘g‘ullar   istilosi   arafasida   Hindistonga
yo‘l oladi. Olim Movarounnahr va Xuroson bo‘ylab ko‘p sayohat qilib, 1227-1236
yillarda   to‘rt qismdan (har bir qism 25 bobdan) iborat  “Javomi al-hikoyat”   asarini
yozadi.   Unda   Hindiston,   Eron,   hamda   Markaziy   Osiyoning   ijtimoiy-siyosiy   va
madaniy   hayotiga   oid   2113   ta   tarixiy   latifa   keltirilgan.   Biz   uchun   asarning
to‘rtinchi qismi ahamiyatli bo‘lib, unda O‘rta Osiyoning qadimiy turkiy xalqlari va
Buxoro   sadrlari   haqida   ma’lumotlar   mavjud.   Shuni   ta’kidlash   joizki,   asar
hozirgacha biron-bir tilga to‘liq tarjima qilinmagan.
Avfiyning 1222-1223 yillarda yozilgan   “Lubob al-albob”   nomli tazkirasi  ham
bo‘lib,   unda   O‘rta   Osiyo,   Xuroson,   Iroq,   Ozarbayjon,   G‘azna   hamda   G‘arbiy
Hindistonda   X-XII   asrlarda   yashab   ijod   etgan   299   shoir   va   adib   haqida   umumiy
ma’lumot berilgan. Asarning forsiy matni E.Braun va Mirza Muhammad Qazviniy
tomonidan nashr etilgan.
“Mo‘g‘ullarning maxfiy tarixi”  mazkur davr turk-mo‘g‘ul xalqlari etnik tarixini
yoritishda asosiy manbalardan bo‘lib, 1240 yilda yozilgan. Unda mo‘g‘ul istilolari
keng   yoritilganiga   qaramay   Movarounnahr   yurishiga   va   mintaqadagi   xalqlar
tarixiga   kam   e’tibor   qaratilgan.   Manba   turk-mo‘g‘ul   xalqlarining   kelib   chiqishi,
Onon,   Kerulen   va   Ila   bo‘ylaridagi   etnik   ahvolni   o‘rganishda   ham   muhim
ahamiyatga   ega.   Xususan,   unda   barlos lar   va   Chingizxon   bir   ildizdan   ekani
ta’kidlanib, ular Borchegin (Bo‘richegin, Bo‘rchegin – U.S) naslidandir, deyiladi. 
Manbadan   o‘rta   asrlarda   ham   yetakchi   muarrixlar,   jumladan   Juvayniy   keng
foydalangan.  “Mo‘g‘ullarning maxfiy tarixi”  hozirgacha bir necha bor turli tillarga
tarjima qilingan.
Alouddin   Otamalik   Juvayniy   (1226-1283)   qalamiga   mansub   “Tarixi
jahonkushoy”   asari ham Movarounnahrdagi etnik jarayonlarni o‘rganishda muhim
manbalardandir .   Juvayniyning   otasi   Bahouddin   Muhammad   Xorazmshoh
Muhammadning   Xurosondagi   noibi   bo‘lib,   dastlab   mo‘g‘ullar   istilosiga   qarshi
kurashadi.   Movarounnahr   to‘la   egallangach,   mo‘g‘ullar   uni   ma’lumotli   ekanidan
xabar   topib,   saroy   xizmatiga   jalb   qiladilar.   Uning   farzandlari,   xususan   Alouddin
Otamalik   ham   yoshligidan   mo‘g‘ul   hukmdorlari   xizmatiga   kirib,   yuqori   davlat amallarini egallaydi. U o‘zi shohid bo‘lgan va eshitgan voqealar, shuningdek, turli
manbalar (jumladan asarning Xorazmshohlar tarixiga oid qismi (II qism) bizgacha
yetib   kelmagan   “Mashorib   at-tajorib   va   g‘avorib   al-g‘aroib” ,   Faxruddin
Roziyning   (vaf.   1210   y.)   “Javome’   al-ulum”   asariga   tayanib   yozilgan.)   asosida
1260   yilda   “Tarixi   jahonkushoy”   asarini   yozib   tamomlaydi.   Unda   Mo‘g‘uliston,
O‘rta   Osiyo   va   Eronning   XIII   asrdagi   ijtimoiy-siyosiy   tarixi   aks   etgan   va   uch
qismdan   iborat:   birinchi   qismda   mo‘g‘ullar,   ularning   Chingizxon   davridagi
istilochilik   yurishlaridan   to   Guyukxon   (1246-1249)   davrigacha,   shuningdek,
Jo‘jixon,   Chig‘atoyxon   va   avlodlari   tarixi;   ikkinchi   qismda   Xorazmshohlar   va
Xurosonning   mo‘g‘ul   hukmdorlari   davridagi   (1258   yilgacha)   tarixi;   uchinchi
qismda   Eronning   1256-1258   yillardagi   ijtimoiy-siyosiy   ahvoli,   Ismoiliylarning
diniy-harbiy uyushmasi va Ismoiliylar davlati (1090-1258) tarixi yoritilgan.
“Tarixi   jahonkushoy” ning   I-II   qismlari   Markaziy   Osiyo   xalqlari   tarixida
alohida   ahamiyatga   ega.   Movarounnahr   va   Sharqiy   Turkiston   tarixi,   shuningdek,
Mo‘g‘uliston   haqidagi   xabarlar   asosan   muallifning   shu   mamlakatlarga   qilgan
sayohatlari vaqtida to‘plangan.
Keyingi davrlarda Juvayniy asariga bir qancha zayllar ham yozilgan. Xususan,
Abdulloh   ibn   Fazlulloh   al-Sheroziy   Vassaf   (XIV   asr)   “Tarixi   Vassaf”   nomli
asarini   “Tarixi  jahonkushoy” ga ilova qilgan. Asarda asosan  1257-1337 yillardagi
Elxoniylar   tarixi   aks   etgan   bo‘lsa-da,   mazkur   davr   Chig‘atoy   ulusi   va   Elxoniylar
o‘rtasidagi munosabatlar ham aks etgan. Manba 1853 yil Bombeyda nashr etilgan.
“Tarixi   jahonkushoy” ning   tanqidiy   matnini   Mirzo   Muhammad   Qazviniy
amalga   oshirgan.   Uni   J.Boyl   ingliz   tiliga   tarjima   qilgan.   Mazkur   tarjimani
D.Morgan   1997   yilda   so‘zboshi   bilan   qayta   nashr   etgan.   Bundan   tashqari
manbaning   ba’zi   qismlari   M.Defremeri,   Ch.Shefer,   M.Houtsma,   V.Radlov,
K.Zaleman,   V.V.Bartold,   D.Ross,   J.Tehroniy,   H.Elliot,   K.d’Osson,   B.Shpuler,
I.Berezin   kabi   olimlar   tomonidan   tarjima   yoki   matn   holida   ham   chop   qilingan.
Manbani   G.Skarchiya   italyan   tiliga,   M.O‘zturk   turk   tiliga   o‘girgan.   Shuningdek,
“Tarixi  jahonkushoy”   ustida N.Toshev  ham maxsus  tadqiqot olib borib, manbani
Markaziy Osiyo tarixiga tegishli qismlarini tarjima qilgan. Mo‘g‘ullar   davri   aks   etgan   yana   bir   forsiy   manba   “Tabaqoti   Nosiriy”   bo‘lib,
muallifi   XIII   asrda   o‘tgan   tarixchi   Minhojiddin   Juzjoniydir.   Olim   mo‘g‘ul
istilosidan   so‘ng   Dehli   sultonligiga   qochib   borib,   Shamsiddin   Eltutmish   (1211-
1235) va uning o‘g‘li Nosiriddin Mahmudshoh (1246-1265) saroyida xizmat qiladi
va   1260   yilda   “Tabaqoti   Nosiriy” ni   yozib   tamomlaydi.   Asar   23   bobdan   iborat
bo‘lib,   16-bobi   Xorazmshohlar   tarixiga,   so‘nggi   23-bobi   esa   mo‘g‘ullar   istilosiga
bag‘ishlangan.   Asarning   biz   uchun   ahamiyatli   jihati,   unda   Movarounnahr   va
Xorazm hududidagi etnomadaniy jarayonlar xususida ham so‘z yuritilgan. 
Asar   tanqidiy   matni   A.Habibiy   tomonidan   tayyorlangan.   Manba   matnining
islom   tarixiga   oid   qismlarini   U.Nassau   Les   1864   yilda   Kalkuttada   nashr   etgan.
Uning inglizcha to‘la tarjimasini M.Ravertiy amalga oshirgan. 
Mazkur   davr   Markaziy   Osiyo   xalqlari   etnik   tarixini   o‘rganishda   Rashididdin
Fazlulloh al-Hamadoniy (1247-1318)ning   “Jome’ at-tavorix”   asari ham birlamchi
manbalardan hisoblanadi.  
Olimning   ota-bobolari   ham   o‘z   zamonasining   o‘qimishli   kishilaridan   bo‘lgan.
Z.V.To‘g‘on   Rashididdin   yahudiy   tabibi   oilasidan   bo‘lgani   yozadi.   Rashididdin
Elxoniy   hukmdorlar   Aboqaxon,   G‘ozonxon,   O‘ljoytu   va   Abu   Saidxon   davrida
mamlakatdagi yuqori amallarda xizmat qilgan.
Rashididdin   bir   qancha   asarlar   muallifidir.   Xususan,   ilohiyot   ilmining   ayrim
masalalariga bag‘ishlangan  “Al-majmuot ar-Rashidiya” , tabiatga oid  “Al-osor va-
l-ihya”,   “Bayon   al-haqoiq”,   qurilish   masalalariga   doir   “Asila   va   ajiba”   va
umumiy   tarixga   bag‘ishlangan   “Jome’   at-tavorix”   asarlari   shular   jumlasidandir.
Biroq,   olimning   bizgacha   to‘la   yetib   kelgan   yagona   asari   faqatgina   “Jome’   at-
tavorix”   bo‘lib, u o‘rta asr  Sharq tarixnavisligida yangi  an’anani  boshlab  bergan.
Unda   umumiy   tarix   sifatida   musulmon   mamlakatlari   tarixi   bilan   birga,   G‘arb
mamlakatlari,   Xitoy   va   Hindiston   tarixi   ham   yoritilgan.   Asar   1301-1311   yillarda
G‘ozonxonning topshirig‘i bilan yozilgan. U uch qismdan iborat:  birinchi qismda
mo‘g‘ullar   va   ular   asos   solgan   davlatlar,   hamda   mo‘g‘ullar   asoratiga   tushgan
mamlakatlar   –   Shimoliy   Xitoy,   O‘rta   Osiyo   va   Sharq   mamlakatlari   xalqlarining
mo‘g‘ul   istilosigacha   bo‘lgan   qisqa   tarixi;   ikkinchi   qismda   Sharq   mamlakatlari xalqlarining islomiyatdan avvalgi tarixi, Arab xalifaligi, G‘aznaviylar, Saljuqiylar,
Xorazmshohlar, Xitoy, qadimgi yahudiylar, franklar, Rim imperiyasi va Hindiston
tarixi; uchinchi qismda Yer kurrasi, hamda yetti iqlim mamlakatlarining geografik
holati aks etgan. Asarning uchinchi qismi bizgacha saqlanib qolmagan.
“Jome’   at-tavorix” dagi   turk   va   mo‘g‘ul   xalqlarining   Chingizxonga   qadar
kechgan   tarixi   Elxoniylar   kutubxonasida   saqlanayotgan   “Oltin   daftar ,   Mahmud
Qoshg‘ariy va Juvayniy kabi tarixchilar asarlari asosida shuningdek, turk-mo‘g‘ul
xalqlari   tarixi   va   rivoyatlarini   yaxshi   bilgan   kishilar,   Po‘lod,   Chjen-syan,
G‘ozonxon   va   boshqalarning   og‘zaki   axborotlari,   G‘arb   mamlakatlari,   Xitoy   va
Hindiston   xalqlari   tarixiga   oid   qismlari   o‘sha   vaqtlarda   Eronga   kelib   qolgan
fransiyalik ikki katolik rohib, ikki xitoylik olim va kashmirlik rohibning ishtirokida
yozilgan.   To‘plangan   ma’lumotlarni   tartibga   solish   ishlarini   muallifning
yordamchilari Abdulloh Koshoniy va Ahmad Buxoriylar bajargan.
Hofizi   Abru   (vaf.1430   y.)   “Jome’   at-tavorix” ga   ilova   yozgan   bo‘lib,   asar
matnini   Xonbobo   Bayoniy   Tehronda   nashr   etgan.   Shuningdek,   olim   asarning
fransuzcha   tarjimasini   ham   amalga   oshirgan.   Mazkur   zaylga   Kurtlar   sulolasidan
chiqqan   podshohlar,   Tug‘a   Temur,   Amir   Vali   ibn   Shayx   Ali   Hindu,   sarbadorlar,
Amir   Arg‘unshoh   tarixi,   ya’ni   Eronda   1306-1393   yillar   orasida   bo‘lib   o‘tgan
voqealar kiritilgan.   
“Jome’ at-tavorix” ning eski o‘zbek tiliga qilingan ikkita tarjimasi bor. Ulardan
birini Muhammad Ali ibn Darvish Ali Buxoriy Shayboniy Kuchkunchixon (1510-
1530) topshirig‘iga ko‘ra, ikkinchisini 1556 yilda Solur bobo ibn Qul Ali Urganch
hokimi Ali Sulton (vaf. 1572 y.) buyrug‘i bilan amalga oshirgan.
O‘tgan   ikki   asr   mobaynida   manbaning   forscha   matni,   shuningdek,   turli
tillardagi to‘liq va ayrim qismlarining tarjimalari e’lon qilingan. Xususan, asarning
Halokuxon   davriga   oid   qismi   M.Katrmer,   to‘rt   ulus   va   qoonlar   qismi   E.Bloshe,
Abakaxon va G‘ozonxon davri K.Yan, forsiy matni va ruscha tarjimasi I.N.Berezin
tomonidan   nashr   qilingan.   Bundan   tashqari,   manbaning   A.Alizoda,   B.Karimiy,
A.Atas, J.Boyl va boshqalar amalga oshirgan tarjimalari ham mavjud. Shuningdek,
asar 1946-1960 yillarda rus tiliga ham tarjima qilingan. “Tarixi   guzida”   ham   bu   davr   yoritilgan   asosiy   manbalardan   bo‘lib,   muallifi
Hamdulloh   Qazviniy   (1281-1350)   Rashididdin   davrida   Qazvin,   Abhar   va   Zanjon
viloyatlarining moliyaviy ishlarini boshqargan. Rashididdin qatl etilgandan so‘ng,
uning   o‘g‘li   G‘iyosuddin   Muhammadning   xizmatiga   kirgan.   U   “Zafarnoma”,
“Tarixi guzida”  hamda  “Nuzhat al-qulub”  nomli asarlarni yaratgan.
“Zafarnoma” da   turk-mo‘g‘ul   xalqlari   xususida   ham   so‘z   yuritilgan   bo‘lib,
75000   baytdan   iborat.   Asarning   nus’halari   Britaniya   muzeyi   (№   2833)   va
Istanbuldagi Avkaf muzeyida (№ 2041, 2042) mavjud.  
“Tarixi   guzida”   umumiy   tarix   yo‘nalishida   yozilgan   bo‘lib,   unda   qadim
zamonlardan 1330 yilgacha Eron va O‘rta Osiyodagi voqealar bayon etilgan. Olim
vafotidan   keyin   asar   o‘g‘li   Zayniddin   tomonidan   davom   ettirilib,   unga   1392
yilgacha Eronda bo‘lib o‘tgan voqealar qo‘shilgan. Asar muqaddima va 6 bobdan
iborat.   Uning   4-bobida   Abbosiylar   davrida   Eron,   Afg‘oniston   va   O‘rta   Osiyoda
hukmronlik   qilgan   Safforiylar,   Somoniylar,   G‘aznaviylar,   G‘uriylar,   Saljuqiylar,
Xorazmshohlar, mo‘g‘ullar tarixi bayon etilgan.
Asar   matni   va   qisqartirilgan   inglizcha   tarjimasini   E.Braun   nashr   etgan.
Shuningdek, asar matnini 1960 yil A.Navoiy ham e’lon qilgan.
Xulosa   qilib   aytganda,   XIII-XIV   asrlarga   oid   manbalar   asosan   forsiy,   qisman
arab   tilida   yozilgan.   Ularda   Movarounnahr   hududidagi   etnik   jarayonlar   asosiy
tadqiqot   ob’ekti   sifatida   aks   etmagan   bo‘lsa   ham,   Xorazmshohlar   davlati,
mo‘g‘ullarning   istilochilik   yurishlari,   Chig‘atoy   ulusi   tarixi   bilan   birga
Movarounnahr   va   unga   tutash   hududlardagi   etnik   vaziyat   va   etnomadaniy
jarayonlar   to‘g‘risida   ham   so‘z   yuritilgan.   Juvayniy,   Rashididdin,   Jamol   Qarshiy
kabi   tarixchilarning   asarlarida   turk-mo‘g‘ul   xalqlarining   etnik   kelib   chiqishi   va
tarqalishiga doir ma’lumotlar keltirilgan.
Shuningdek,   mazkur   davr   aks   etgan   manbalarning   aksariyati   hozirgacha
tanqidiy   matn   yoki   tarjima   sifatida   nashr   etilgan   bo‘lsa-da,   ulardan   asosan,
Markaziy   Osiyoning   iqtisodiy,   ijtimoiy,   siyosiy,   madaniy   tarixini   yoritishda
foydalanilgan.   Manbalardagi   etnik   masalalarga   oid   ma’lumotlar   aniq   va   izchil
bo‘lmagani bois tadqiqotlarga kam jalb etilgan. Ma’lumki,   g‘arbiy   Qoraxoniylar   davrida   o‘zbek   elati   shakllandi.
Shakllangan xalqning XIII-XIV asrlardagi etnik tarixini bir qator forsiy, arabiy va
turkiy (eski chig‘atoy tili) manbalar yoritib beradi. Xususan,  Ibn al-Asirning “Al-
komil   fi-t-tarix”   asari   mazkur   davr   Markaziy   Osiyo   xalqlari   tarixini   o‘rganishda
asosiy   manba   bo‘lib,   unda   dunyoning   yaratilishidan   1231   yilga   qadar   Sharq
mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar bayon etilgan .
Manbaning   mo‘g‘ullar   istilosiga   bag‘ishlangan   12-jildi   alohida   qimmatga  ega.
Unda Movarounnahr, hamda Sharq mamlakatlarining XIII asr birinchi choragidagi
ijtimoiy-siyosiy tarixi bilan birga etnik tarixi yoritib berilgan.
Asar   Xivada   Muhammad   Rahim   II   (1863-1910)   davrida   Nurillo   Muftiy,
Muhammad Sharif  oxundlar  tomonidan eski  o‘zbek  tiliga tarjima qilingan bo‘lib,
hozirda   mazkur   tarjimaning   o‘n   uchta   qo‘lyozmasi   O‘zR   FA   Sharqshunoslik
institutida saqlanmoqda .
XIX-XX   asrlarda   manbaning   matni   va   qisqa   tarjimalari   bir   necha   bor   turli
tillarda nashr etilgan . Ayrim parchalarni rus tiliga N.A.Mednikov, A.E.Kr ы mskiy
tarjima   qilgan   .   Shuningdek,   asarning   O‘rta   Osiyoga   tegishli   qismlari   tarjimasini
P.G.Bulgakov   amalga   oshirgan.   Mazkur   tarjimani   o‘zgartirish   va   qo‘shimchalar
bilan nashr Sh.S.Kamoliddin etgan .
Bu   davr   etnik   tarixi   Shihobiddin   Muhammad   an-Nasaviy   (vaf.   1249   y.)ning
“Sirot as-sulton Jaloluddin Menkburni” (bundan keyin “Sirot”) nomli arab tilidagi
asarida   ham   aks   etgan.   Muallif   1224-1231   yillarda   Xorazmshoh   Jaloliddinga
(1199-1231)   kotiblik   qildi   va   asarda   aks   etgan   tarixiy   voqea-hodisalarni   bevosita
ishtirok   etdi.   Manbada   O‘rta   Osiyo,   Kavkaz,   Yaqin   va   O‘rta   Sharq
mamlakatlarining   mo‘g‘ul   istilosi   davridagi   (1220-1231)   ijtimoiy,   siyosiy   ahvoli
keng   yoritilgan   bo‘lib,   1241   yil   Halabda   tugallangan.   Asar   muqaddima   va   108
bobdan iborat. Manbaning 1-4-boblarida mo‘g‘ul-tatarlar va Chingizxon tarixi, 5-
22   boblarida   Xorazmshoh   Muhammadning   hayoti   va   faoliyati,   23-108-boblarida
mo‘g‘ul   istilosi,   hamda   Jaloliddinning   kurashi   va   faoliyati   hikoya   qilinadi.
“Sirot”ning 1224-1231 yillar voqealarini o‘z ichiga olgan boblari original va katta
tarixiy ahamiyatga ega.  “Sirot”   XIII   asrdayoq   fors   tiliga   o‘girilgan   edi   .   Manbaning   arabcha   matni,
fransuzcha   tarjimasi   bilan   1891-1895   yillarda   Parij   va   Qohirada   chop   qilingan   .
Uning   qisqartirilgan   turkcha   tarjimasini   Yusuf   Ziyo   va   Ahmad   Tavhid,   forscha
tarjimasini  Muhammad Ali  Nosih va Mujtab Minoviy amalga oshirgan. Asarning
XIII   asrda   Turkmaniston   tarixini   hikoya   qiluvchi   qismini   S.L.Volin   nashr   etgan.
“Sirot”ning   fransuzcha   tarjimasini   Najib   Osim   turkchaga   o‘girgan   .   Shuningdek,
manbaning Z.M.Buniyatov amalga oshirgan rus tilidagi mukammal tarjimasi  ham
mavjud   .   Mazkur   tarjima   K.Matyoqubov   tomonidan   o‘zbek   tiliga   o‘girilib,   chop
etilgan .
Xorazmshoh   Jaloliddin   tarixi   bayon   etilgan   yana   bir   tarixiy   asar   “Nafsat   al-
masdur”dir.   Asar   muallifi   haqida   turli   ziddiyatlar   mavjud.   Z.V.To‘g‘onning
yozishicha, u Nuriddin Muhammad Munshiy qalamiga mansub . Shunisi qiziqki, u
ham   an-Nasaviy   kabi   Jaloliddinning   kotibi   bo‘lgan.   I.Qofaso‘g‘li   bu   ikki   muallif
aslida   bir   odam   ekanini   yozadi   .   Asarning   yozilgan   vaqti   haqida   aniq   ma’lumot
keltirilmasa-da,   Mirzo   Muhammad   Qazviniy   u   “Sirot”dan   avval   yozilganini
aytadi . Asar tuzilish va voqealar bayoniga ko‘ra, “Sirot”ga o‘xshaydi .
Manba   hozirgacha   to‘la   o‘rganilmagan.   Uning   matni   1928   yil   Tehronda
toshbosma shaklida nashr etilgan.
Jamol Qarshiyning “Mulhaqot as-suroh” asari ham XIII asr ikkinchi yarmi-XIV
asr  boshlaridagi  Markaziy Osiyo xalqlari tarixini  o‘rganishda  asosiy  manbalardan
hisoblanadi.   Asar   Abu   Nasr   Ismoil   ibn   Hammod   al-Javhariyning   (vaf.   1008   y.)
“As-sahoh”   nomli   asariga   yozilgan   qo‘shimcha   bo‘lib,   unda   Markaziy   Osiyo
xalqlarining   XIII   asrdagi   etnik   tarixi,   madaniyati,   yirik   shaharlari,   mo‘g‘ullar
bosqini, chig‘atoy xonlari tarixi yoritib berilgan.
“Mulhaqot as-suroh” hozirgacha biron-bir tilga to‘la o‘girilmagan bo‘lib, ba’zi
qismlarigina tarjima qilingan . V.V.Bartold asar matnining bir qismini 1898 yilda
nashr etgan . Manbaning qo‘lyozmalari Angliya, Fransiya, Germaniya, Rossiya va
O‘zbekistonda mavjud. 
Bu davr tarixi aks etgan yana bir manba Sa’duddin Muhammad Avfiy (XII asr
so‘nggi choragi va XIII asr birinchi yarmi)ning “Javomi al-hikoyat” nomli asaridir. Muarrix asli buxorolik bo‘lib, mo‘g‘ullar istilosi arafasida Hindistonga yo‘l oladi.
Olim   Movarounnahr   va   Xuroson   bo‘ylab   ko‘p   sayohat   qilib,   1227-1236   yillarda
to‘rt qismdan (har bir qism 25 bobdan) iborat “Javomi al-hikoyat” asarini yozadi.
Unda   Hindiston,   Eron,   hamda   Markaziy   Osiyoning   ijtimoiy-siyosiy   va   madaniy
hayotiga oid 2113 ta tarixiy latifa keltirilgan. Biz uchun asarning to‘rtinchi qismi
ahamiyatli bo‘lib, unda O‘rta Osiyoning qadimiy turkiy xalqlari va Buxoro sadrlari
haqida ma’lumotlar mavjud. Shuni ta’kidlash joizki, asar hozirgacha biron-bir tilga
to‘liq tarjima qilinmagan.
Avfiyning   1222-1223   yillarda   yozilgan   “Lubob   al-albob”   nomli   tazkirasi   ham
bo‘lib,   unda   O‘rta   Osiyo,   Xuroson,   Iroq,   Ozarbayjon,   G‘azna   hamda   G‘arbiy
Hindistonda   X-XII   asrlarda   yashab   ijod   etgan   299   shoir   va   adib   haqida   umumiy
ma’lumot berilgan. Asarning forsiy matni E.Braun va Mirza Muhammad Qazviniy
tomonidan nashr etilgan .
“Mo‘g‘ullarning maxfiy tarixi” mazkur davr turk-mo‘g‘ul xalqlari etnik tarixini
yoritishda asosiy manbalardan bo‘lib, 1240 yilda yozilgan . Unda mo‘g‘ul istilolari
keng   yoritilganiga   qaramay   Movarounnahr   yurishiga   va   mintaqadagi   xalqlar
tarixiga   kam   e’tibor   qaratilgan.   Manba   turk-mo‘g‘ul   xalqlarining   kelib   chiqishi,
Onon,   Kerulen   va   Ila   bo‘ylaridagi   etnik   ahvolni   o‘rganishda   ham   muhim
ahamiyatga   ega.   Xususan,   unda   barloslar   va   Chingizxon   bir   ildizdan   ekani
ta’kidlanib, ular Borchegin (Bo‘richegin, Bo‘rchegin – U.S) naslidandir , deyiladi. 
Manbadan   o‘rta   asrlarda   ham   yetakchi   muarrixlar,   jumladan   Juvayniy   keng
foydalangan . “Mo‘g‘ullarning maxfiy tarixi” hozirgacha bir necha bor turli tillarga
tarjima qilingan .
Alouddin   Otamalik   Juvayniy   (1226-1283)   qalamiga   mansub   “Tarixi
jahonkushoy” asari ham Movarounnahrdagi etnik jarayonlarni o‘rganishda muhim
manbalardandir.   Juvayniyning   otasi   Bahouddin   Muhammad   Xorazmshoh
Muhammadning   Xurosondagi   noibi   bo‘lib,   dastlab   mo‘g‘ullar   istilosiga   qarshi
kurashadi.   Movarounnahr   to‘la   egallangach,   mo‘g‘ullar   uni   ma’lumotli   ekanidan
xabar   topib,   saroy   xizmatiga   jalb   qiladilar.   Uning   farzandlari,   xususan   Alouddin
Otamalik   ham   yoshligidan   mo‘g‘ul   hukmdorlari   xizmatiga   kirib,   yuqori   davlat amallarini egallaydi. U o‘zi shohid bo‘lgan va eshitgan voqealar, shuningdek, turli
manbalar (jumladan asarning Xorazmshohlar tarixiga oid qismi (II qism) bizgacha
yetib kelmagan “Mashorib at-tajorib va g‘avorib al-g‘aroib”, Faxruddin Roziyning
(vaf.   1210   y.)   “Javome’   al-ulum”   asariga   tayanib   yozilgan.)   asosida   1260   yilda
“Tarixi  jahonkushoy”   asarini  yozib  tamomlaydi.  Unda  Mo‘g‘uliston,  O‘rta   Osiyo
va Eronning XIII asrdagi  ijtimoiy-siyosiy  tarixi aks etgan va uch qismdan iborat:
birinchi   qismda   mo‘g‘ullar,   ularning   Chingizxon   davridagi   istilochilik
yurishlaridan   to   Guyukxon   (1246-1249)   davrigacha,   shuningdek,   Jo‘jixon,
Chig‘atoyxon va avlodlari tarixi; ikkinchi qismda Xorazmshohlar va Xurosonning
mo‘g‘ul   hukmdorlari   davridagi   (1258   yilgacha)   tarixi;   uchinchi   qismda   Eronning
1256-1258   yillardagi   ijtimoiy-siyosiy   ahvoli,   Ismoiliylarning   diniy-harbiy
uyushmasi va Ismoiliylar davlati (1090-1258) tarixi yoritilgan.
“Tarixi jahonkushoy”ning I-II qismlari Markaziy Osiyo xalqlari tarixida alohida
ahamiyatga   ega.   Movarounnahr   va   Sharqiy   Turkiston   tarixi,   shuningdek,
Mo‘g‘uliston   haqidagi   xabarlar   asosan   muallifning   shu   mamlakatlarga   qilgan
sayohatlari vaqtida to‘plangan.
Keyingi davrlarda Juvayniy asariga bir qancha zayllar ham yozilgan. Xususan,
Abdulloh ibn Fazlulloh al-Sheroziy Vassaf (XIV asr) “Tarixi Vassaf” nomli asarini
“Tarixi   jahonkushoy”ga   ilova   qilgan.   Asarda   asosan   1257-1337   yillardagi
Elxoniylar   tarixi   aks   etgan   bo‘lsa-da,   mazkur   davr   Chig‘atoy   ulusi   va   Elxoniylar
o‘rtasidagi munosabatlar ham aks etgan. Manba 1853 yil Bombeyda nashr etilgan .
“Tarixi   jahonkushoy”ning   tanqidiy   matnini   Mirzo   Muhammad   Qazviniy
amalga   oshirgan   .   Uni   J.Boyl   ingliz   tiliga   tarjima   qilgan   .   Mazkur   tarjimani
D.Morgan   1997   yilda   so‘zboshi   bilan   qayta   nashr   etgan   .   Bundan   tashqari
manbaning   ba’zi   qismlari   M.Defremeri,   Ch.Shefer,   M.Houtsma,   V.Radlov,
K.Zaleman,   V.V.Bartold,   D.Ross,   J.Tehroniy,   H.Elliot,   K.d’Osson,   B.Shpuler,
I.Berezin   kabi   olimlar   tomonidan   tarjima   yoki   matn   holida   ham   chop   qilingan   .
Manbani G.Skarchiya italyan tiliga , M.O‘zturk turk tiliga o‘girgan . Shuningdek,
“Tarixi   jahonkushoy”   ustida   N.Toshev   ham   maxsus   tadqiqot   olib   borib,   manbani
Markaziy Osiyo tarixiga tegishli qimslarini tarjima qilgan . Mo‘g‘ullar   davri   aks   etgan   yana   bir   forsiy   manba   “Tabaqoti   Nosiriy”   bo‘lib,
muallifi   XIII   asrda   o‘tgan   tarixchi   Minhojiddin   Juzjoniydir.   Olim   mo‘g‘ul
istilosidan   so‘ng   Dehli   sultonligiga   qochib   borib,   Shamsiddin   Eltutmish   (1211-
1235) va uning o‘g‘li Nosiriddin Mahmudshoh (1246-1265) saroyida xizmat qiladi
va   1260   yilda   “Tabaqoti   Nosiriy”ni   yozib   tamomlaydi.   Asar   23   bobdan   iborat
bo‘lib,   16-bobi   Xorazmshohlar   tarixiga,   so‘nggi   23-bobi   esa   mo‘g‘ullar   istilosiga
bag‘ishlangan.   Asarning   biz   uchun   ahamiyatli   jihati,   unda   Movarounnahr   va
Xorazm hududidagi etnomadaniy jarayonlar xususida ham so‘z yuritilgan. 
Asar   tanqidiy   matni   A.Habibiy   tomonidan   tayyorlangan   .   Manba   matnining
islom   tarixiga   oid   qismlarini   U.Nassau   Les   1864   yilda   Kalkuttada   nashr   etgan   .
Uning inglizcha to‘la tarjimasini M.Ravertiy amalga oshirgan . 
Mazkur   davr   Markaziy   Osiyo   xalqlari   etnik   tarixini   o‘rganishda   Rashididdin
Fazlulloh al-Hamadoniy  (1247-1318)ning  “Jome’   at-tavorix”  asari  ham   birlamchi
manbalardan hisoblanadi.  
Olimning   ota-bobolari   ham   o‘z   zamonasining   o‘qimishli   kishilaridan   bo‘lgan.
Z.V.To‘g‘on   Rashididdin   yahudiy   tabibi   oilasidan   bo‘lgani   yozadi   .   Rashididdin
Elxoniy   hukmdorlar   Aboqaxon,   G‘ozonxon,   O‘ljoytu   va   Abu   Saidxon   davrida
mamlakatdagi yuqori amallarda xizmat qilgan.
Rashididdin   bir   qancha   asarlar   muallifidir.   Xususan,   ilohiyot   ilmining   ayrim
masalalariga bag‘ishlangan “Al-majmuot ar-Rashidiya”, tabiatga oid “Al-osor va-l-
ihya”,  “Bayon   al-haqoiq”,   qurilish   masalalariga  doir   “Asila  va   ajiba”  va  umumiy
tarixga   bag‘ishlangan   “Jome’   at-tavorix”   asarlari   shular   jumlasidandir.   Biroq,
olimning   bizgacha   to‘la   yetib   kelgan   yagona   asari   faqatgina   “Jome’   at-tavorix”
bo‘lib   ,   u   o‘rta   asr   Sharq   tarixnavisligida   yangi   an’anani   boshlab   bergan.   Unda
umumiy   tarix   sifatida   musulmon   mamlakatlari   tarixi   bilan   birga,   G‘arb
mamlakatlari,   Xitoy   va   Hindiston   tarixi   ham   yoritilgan.   Asar   1301-1311   yillarda
G‘ozonxonning topshirig‘i bilan yozilgan. U uch qismdan iborat:  birinchi qismda
mo‘g‘ullar   va   ular   asos   solgan   davlatlar,   hamda   mo‘g‘ullar   asoratiga   tushgan
mamlakatlar   –   Shimoliy   Xitoy,   O‘rta   Osiyo   va   Sharq   mamlakatlari   xalqlarining
mo‘g‘ul   istilosigacha   bo‘lgan   qisqa   tarixi;   ikkinchi   qismda   Sharq   mamlakatlari xalqlarining islomiyatdan avvalgi tarixi, Arab xalifaligi, G‘aznaviylar, Saljuqiylar,
Xorazmshohlar, Xitoy, qadimgi yahudiylar, franklar, Rim imperiyasi va Hindiston
tarixi; uchinchi qismda Yer kurrasi, hamda yetti iqlim mamlakatlarining geografik
holati aks etgan. Asarning uchinchi qismi bizgacha saqlanib qolmagan.
“Jome’   at-tavorix”dagi   turk   va   mo‘g‘ul   xalqlarining   Chingizxonga   qadar
kechgan   tarixi   Elxoniylar   kutubxonasida   saqlanayotgan   “Oltin   daftar”   ,   Mahmud
Qoshg‘ariy va Juvayniy kabi tarixchilar asarlari asosida shuningdek, turk-mo‘g‘ul
xalqlari   tarixi   va   rivoyatlarini   yaxshi   bilgan   kishilar,   Po‘lod,   Chjen-syan,
G‘ozonxon   va   boshqalarning   og‘zaki   axborotlari,   G‘arb   mamlakatlari,   Xitoy   va
Hindiston   xalqlari   tarixiga   oid   qismlari   o‘sha   vaqtlarda   Eronga   kelib   qolgan
fransiyalik ikki katolik rohib, ikki xitoylik olim va kashmirlik rohibning ishtirokida
yozilgan   .   To‘plangan   ma’lumotlarni   tartibga   solish   ishlarini   muallifning
yordamchilari Abdulloh Koshoniy va Ahmad Buxoriylar bajargan.
Hofizi   Abru   (vaf.1430   y.)   “Jome’   at-tavorix”ga   ilova   yozgan   bo‘lib,   asar
matnini   Xonbobo   Bayoniy   Tehronda   nashr   etgan   .   Shuningdek,   olim   asarning
fransuzcha   tarjimasini   ham   amalga   oshirgan   .   Mazkur   zaylga   Kurtlar   sulolasidan
chiqqan   podshohlar,   Tug‘a   Temur,   Amir   Vali   ibn   Shayx   Ali   Hindu,   sarbadorlar,
Amir   Arg‘unshoh   tarixi,   ya’ni   Eronda   1306-1393   yillar   orasida   bo‘lib   o‘tgan
voqealar kiritilgan.   
“Jome’ at-tavorix”ning eski o‘zbek tiliga qilingan ikkita tarjimasi bor. Ulardan
birini Muhammad Ali ibn Darvish Ali Buxoriy Shayboniy Kuchkunchixon (1510-
1530) topshirig‘iga ko‘ra , ikkinchisini 1556 yilda Solur bobo ibn Qul Ali Urganch
hokimi Ali Sulton (vaf. 1572 y.) buyrug‘i bilan amalga oshirgan .
O‘tgan   ikki   asr   mobaynida   manbaning   forscha   matni,   shuningdek,   turli
tillardagi to‘liq va ayrim qismlarining tarjimalari e’lon qilingan. Xususan, asarning
Halokuxon davriga  oid qismi   M.Katrmer  ,  to‘rt  ulus  va  qoonlar  qismi   E.Bloshe   ,
Abakaxon   va   G‘ozonxon   davri   K.Yan   ,   forsiy   matni   va   ruscha   tarjimasi
I.N.Berezin     tomonidan   nashr   qilingan.   Bundan   tashqari,   manbaning   A.Alizoda   ,
B.Karimiy   ,   A.Atas   ,   J.Boyl     va   boshqalar   amalga   oshirgan   tarjimalari   ham
mavjud. Shuningdek, asar 1946-1960 yillarda rus tiliga ham tarjima qilingan . “Tarixi   guzida”   ham   bu   davr   yoritilgan   asosiy   manbalardan   bo‘lib,   muallifi
Hamdulloh   Qazviniy   (1281-1350)   Rashididdin   davrida   Qazvin,   Abhar   va   Zanjon
viloyatlarining moliyaviy ishlarini boshqargan. Rashididdin qatl etilgandan so‘ng,
uning   o‘g‘li   G‘iyosuddin   Muhammadning   xizmatiga   kirgan.   U   “Zafarnoma”,
“Tarixi guzida” hamda “Nuzhat al-qulub” nomli asarlarni yaratgan.
“Zafarnoma”da   turk-mo‘g‘ul   xalqlari   xususida   ham   so‘z   yuritilgan   bo‘lib,
75000   baytdan   iborat.   Asarning   nus’halari   Britaniya   muzeyi   (№   2833)   va
Istanbuldagi Avkaf muzeyida (№ 2041, 2042) mavjud .  
“Tarixi   guzida”   umumiy   tarix   yo‘nalishida   yozilgan   bo‘lib,   unda   qadim
zamonlardan 1330 yilgacha Eron va O‘rta Osiyodagi voqealar bayon etilgan. Olim
vafotidan   keyin   asar   o‘g‘li   Zayniddin   tomonidan   davom   ettirilib,   unga   1392
yilgacha Eronda bo‘lib o‘tgan voqealar qo‘shilgan. Asar muqaddima va 6 bobdan
iborat.   Uning   4-bobida   Abbosiylar   davrida   Eron,   Afg‘oniston   va   O‘rta   Osiyoda
hukmronlik   qilgan   Safforiylar,   Somoniylar,   G‘aznaviylar,   G‘uriylar,   Saljuqiylar,
Xorazmshohlar, mo‘g‘ullar tarixi bayon etilgan.
Asar   matni   va   qisqartirilgan   inglizcha   tarjimasini   E.Braun   nashr   etgan   .
Shuningdek, asar matnini 1960 yil A.Navoiy ham e’lon qilgan.
Xulosa   qilib   aytganda,   XIII-XIV   asrlarga   oid   manbalar   asosan   forsiy,   qisman
arab   tilida   yozilgan.   Ularda   Movarounnahr   hududidagi   etnik   jarayonlar   asosiy
tadqiqot   ob’ekti   sifatida   aks   etmagan   bo‘lsa   ham,   Xorazmshohlar   davlati,
mo‘g‘ullarning   istilochilik   yurishlari,   Chig‘atoy   ulusi   tarixi   bilan   birga
Movarounnahr   va   unga   tutash   hududlardagi   etnik   vaziyat   va   etnomadaniy
jarayonlar   to‘g‘risida   ham   so‘z   yuritilgan.   Juvayniy,   Rashididdin,   Jamol   Qarshiy
kabi   tarixchilarning   asarlarida   turk-mo‘g‘ul   xalqlarining   etnik   kelib   chiqishi   va
tarqalishiga doir ma’lumotlar keltirilgan.
Shuningdek,   mazkur   davr   aks   etgan   manbalarning   aksariyati   hozirgacha
tanqidiy   matn   yoki   tarjima   sifatida   nashr   etilgan   bo‘lsa-da,   ulardan   asosan,
Markaziy   Osiyoning   iqtisodiy,   ijtimoiy,   siyosiy,   madaniy   tarixini   yoritishda
foydalanilgan.   Manbalardagi   etnik   masalalarga   oid   ma’lumotlar   aniq   va   izchil
bo‘lmagani bois tadqiqotlarga kam jalb etilgan. Vatanimiz   mustaqilligi   yillarida   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.A.
Karimov Amir Temur nomini tiklash va abadiylashtirish masalalariga katta e’tibor
karatdi.   1993   yil   31   avgustda   Toshkentda   Amir   Temur   haykalining   ochilish
marosimidagi nutqida I.A.Karimov: «Amir Temur mamlakat qudratini har sohada
yuksaklikka ko‘tarib, dunyoga mashhur qildi. Amir Temur davlati qurilishi, harbiy
san’ati   ko‘p   asrlar   davomida   Sharqu   G‘arb   davlatlariga   o‘rnak   va   andoza   bo‘ldi.
Uning   zamonida   madaniyat,   ilmu-fan,   me’morchilik,   tasviriy   san’at,   musiqa,
she’riyat   beqiyos   rivoj   topdi,   xalqimizning   ko‘p   an’analari   takomiliga   yetdi»,   —
deb juda to‘g‘ri ta’kidladi.
Bu yillarda mavzuni o‘rganish bo‘yicha davlat miqyosida e’tiborga molik ishlar
amalga oshirildi. Shuningdek, Parijda 1996 yil 22 aprelda «Temuriylar davrida fan,
madaniyat   va   ta’lim   ravnaqi»   mavzusida   o‘tkazilgan   konferensiyada   o‘zbek
olimlarining mavzuni asosiy manbalar yordamida yoritib berishi muhim ahamiyat
kasb etdi.
Respublika   miqyosida   o‘tkazilgan   ilmiy-amaliy   konferensiyalar   samarasi
o‘laroq, Amir Temur va Temuriylar davri tarixshunosligining yanada kengayishiga
katta imkoniyatlar yaratildi.
Bugungi  kunga  kelib  Amir   Temur   haqidagi  o‘rta  asrlarga  oid  aksariyat   asosiy
yozma manbalar Yevropa tillarida bosilib chiqqan.
Mustaqillik   yillarida   Amir   Temur   hayoti   va   faoliyatiga   oid   yangi   tadqiqotlar,
manbalar ilmiy muomalaga kiritildi. Bu esa, o‘z navbatida, Amir Temur va uning
davlati tarixiga oid ilmiy tadqiqotlar saviyasining ortishiga olib keldi.
O‘zbekistonda   mustaqillik   yillarida   yaratilgan   imkoniyatlardan   samarali
foydalanilgan   holda   Amir   Temur   hayoti   va   faoliyatiga   berilgan   baho   tubdan
o‘zgardi va Sohibqironning faoliyatiga yangicha nuqtai nazar bilan qaraldi. Adolat
nuqtai nazaridan yondoshganda Amir Temurning bunyodkorlik, ilm-fanga e’tibori
V.V.Bartold,   A.Yu.Yakubovskiy   asarlarida   ham   ma’lum   bir   ma’noda   o‘z   aksini
topsa-da,   lekin   shu   bilan   birga,   ularning   asarlarida   qator   bahsli   o‘rinlar   ham
mavjud edi. 1990 yillar boshlarida B.V .Lunin, A. Axmedov, B. Axmedov kabi olimlar
Amir   Temur   tarixini   qayta,   xolis   o‘rganish   masalasini   ko‘tarib   chiqib,   uning
shaxsiga yuqori baho berdilar.
Ammo   mustakillikning   dastlabki   1992   —   1994   yillarida   chop   etilgan   ayrim
adabiyotlar   ham   bor   ediki,  ularda   hanuz  sovet   davrida   mavjud  fikrlarning   davom
etganini   ko‘rish   mumkin.   Demokchimizki,   olamshumul   voqea   bo‘lgan
mustaqillikning ahamiyati va mohiyatini daf’atan ilg‘ab ololmagan tarixchilar ham
bo‘ldilar.
Mustakillik   davrida   erishilgan   yutuq   sifatida   yaratilgan   fundamental
tadqiqotlarni   keltirish   mumkin.   Bu   o‘rinda   «Amir   Temur   jahon   tarixida»   nomli
asarni   alohida   ko‘rsatib   o‘tish   lozim.   Bu   asarda   Amir   Temur   va   Temuriylar
salatanatining iqtisodiy usishi va savdo alokdlari, xalkaro alokalar va diplomatiya,
ilm-fan va madaniyati har tomonlama ochib berilgan. 1996 yili chop etilgan yana
bir   yirik   asar   «Temur   va   Ulug‘bek   davri   tarixi»dir.   Unda   Amir   Temur   va
Temuriylar   davrini   o‘rganishga   bag‘ishlangan   manbalar,   bu   davrni   o‘rganishga
xizmat   qiluvchi   adabiyotlar,   Temur   obrazining   folklorda   aks   etishi,   Temur   va
Ulug‘bekning   tarjimai   holi,   Temur   va   Ulug‘bek   davridagi   ijtimoiy-iktisodiy,
siyosiy va madaniy hayot masalalari atroflicha yoritilgan.
Shuningdek,   B.Axmedov   G.A.Pugachenkova   va   R.G.Mukminova   tomonidan
hamkorlikda   tayyorlangan   «Amir   Temur»   nomli   kol lektiv   monografiyada   Amir
Temurning   Yevropa   va   Osiyo   tarixidagi   buyuk   xizmatlari,   Buyuk   ipak   yo‘lini
tiklagani, bunyodkorlik faoliyati, ilm-fan va madaniyatga homiyligi xususida so‘z
boradi. Asarning o‘ziga xos ilmiy qimmati shundaki, unda boshqa asarlardan farqli
o‘laroq   Amir   Temur   saltanati   boshkaruv   tizimining   ijobiy   tomonlari   bilan   birga,
uning zaif tomonlari ham ko‘rsatilgan.
Bu   yillarda   Amir   Temur   bibliografiyasi   tuzish   ishlariga  katta   e’tibor   qaratildi.
R.Alimov tomonidan «Sohibqiron Amir Temur» metodik tavsiyanomasi, akademik
E.V.Rtveladze   va   professor   A.X.Saidovlar   tomonidan   «Amir   Temur   dunyo   fani
ko‘zgusida» bibliografiyasi, «Amir Temur bibliografiyasi» nashr etildi. Temurshunoslik   rivojiga   manbalarning   o‘rganilish   darajasi   muhim   omillardan
biri bo‘lib xizmat qildi. Yozma manbalarni tarjima kilish va izohlar bilan nashrga
tayyorlash sohasida A.O‘rinboev, D.Yusupova, Karomatov, U.Uvatov, O.Bo‘riev,
G‘-Karim kabi sharqshunos olimlarning xizmati katta bo‘ldi. Mavzuga doir qolgan
manbalarning ham o‘zbek tiliga to‘la tarjimalari amalga oshirilib yangi tadqiqotlar
uchun   manbaviy   asos   ko‘paydi.   Fikrimizcha,   manbashunoslik   sohasidagi   ilmiy
izlanishlarni   davom   ettirib,   yozma   manbalarning   tanqidiy   va   qiyosiy   tahliliga
bag‘ishlangan   maxsus   tadqiqotlarni   amal ga   oshirish   asosida   o‘sha   davr   voqeligi
to‘laroq   yoritilsa,   mavzuning   bahs-munozarali   muammolari   o‘zining   ilmiy
yechimini   topgan   bo‘lardi.   Zero,   manbalarning   ilmiy   muomalaga   kiritilishi
natijasida   temurshunoslikka   hissa   bo‘lib   qo‘shilgan   yangi   tadqiqotlar   amalga
oshirildi.   Amir   Temur   davlatining   diplomatik   munosabatlarini   M.Xolbekov,   A.
Saidov   (L.Keren   bilan   hammualliflikda),   B.Mannonov,   S.G‘ulomov,   U.Uvatov,
A.Ziyo,   N.Karimova,   G   .Karimov   va   Habibullaev,   M.Abduraimov.   I.Iskandarov,
X.   Ismatulloh,   K.Burxonov,   Sh.Farzaliev,   xorijlik   olimlardan   L.Keren,   misrlik
Fatxi   al-Guveyli,   amerikalik   R.   Nelson,   germaniyalik   K.Pander,   pokistonlik
F.Durroniy kabi olimlar maxsus o‘rganganlar.
Mustaqillik   yillarida   mavzuning   qayta-qayta   o‘rganilishi   bois,   uning
tarixshunosligi   Sh.O‘ljaeva,   D.Abidjanova,   B.Usmonovlarning   dissertatsiya
himoyalari bo‘lib o‘tdi.
Xulosa o‘rnida quyidagilarni umumlashtirish o‘rinlidir. Mazkur maqolada Amir
Temur   hayoti   va   faoliyatiga   oid   mustaqillik   yillarida   amalga   oshirilgan   ilmiy
tadqiqotlar tarixshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq va tahlil etildi. Ta’kidlash joizki,
mazkur yillarda O‘zbekistonda, qisqa muddat ichida, Amir Temur saltanati tarixiga
oid   yozma   manbalarning   bir   qism   ilmiy   muomalaga   kiritilgan   va   salmoqli
tadqiqotlar amalga oshirilgan.
Mustakillik   yillari   tarixshunosligida   Amir   Temurning   davlatchilik   faoliyatini
dolzarb   mavzu   darajasiga   olib   chiqishda,   birinchi   navbatda   Prezident
I.A.Karimovning   asarlari,   nutq   va   ma’ruzalari   Amir   Temur   hayoti   va   faoliyatini
yoritishda   uslubiy   asos   bo‘lib   xizmat   qildi,   mavzuni   yangi   mazmunda   yoritishga imkon   yaratdi.   1996   yili   Sohibkiron   tavalludining   660   yilligining   xalqaro
miqyosda   nishonlanishi   esa   yangi   tadqiqotlar   uchun   keng   imkoniyatlarni   yaratdi.
Izchil   munosabatning   shakllangani   tufayli,   fanda   sovet   davrida   Amir   Temur
shaxsiga nisbatan hukm surgan salbiy xulosa barham topib, mavzu yangi chizgilar
bilan   yoritildi.   Hozirda   Amir   Temur   tarixini   har   tomonlama   o‘rganish   va   tadqiq
qilish borasidagi tarixchilar oldiga qo‘yilgan vazifalarning hal etilib borayotganini
ko‘rsatishimiz mumkin.
Manbashunos olimlar tomonidan ilmiy muomalaga kiritil gan ma’lumotlar Amir
Temur   shaxsi,   hayoti   va   faoliyati,   fan   va   madaniyatga   homiyligi   bilan   bog‘liq
tomonlarga   haqqoniy   baho   berish   imkonini   yaratib,   noo‘rin   bahslarga   o‘rin
qoldirmadi. Bularning natijasi o‘laroq Amir Temurning shaxsi, ilmiy mushohadasi,
sarkardalik   va   davlatchilik   faoliyati   yangicha,   haqqoniy   va   xolis   baho   oldi.
Shuningdek,   Amir   Temur   hayoti   va   faoliyati   tarixiga   oid   muhim,   mavjud
munozarali muammolarga oydinlik kiritishga, tadqiqotlarning manbaviy asosining
kengayishiga,   ilmiy   saviyasi   oshishiga   xizmat   qildi.   Qayd   etish   lozim,
temurshunoslik rivojiga ijtimoiy-siyosiy muhit va manbalarning o‘rganilishi asosiy
ta’sir etuvchi omillar bo‘ldi.
Mustaqillik   yillarida   Amir   Temur   shaxsiga   nisbatan   tarixiy   adolatning   qaror
topishini   yutuk   sifatida   aytishimiz   mumkin.   Amir   Temur   hayoti   va   faoliyatining
tarixchi   olimlar   tomonidan   o‘rganilishi   va   amalga   oshirilgan   tadqiqotlar   yangi,
avvalgiga   nisbatan   yuqori   bosqichga   ko‘tarilganini   ko‘rsatadi.   Ularda   harbiy
yurishlardan   ko‘zlangan   asosiy   maqsad   sovet   tarixshunosligida   qayd   etilganidek,
«talonchilik» va «bosqinchilik» emas, balki ezgu niyat, ya’ni Buyuk ipak yo‘lini,
kommunikatsiyani   tiklash,   bu   orqali   esa   savdo—sotiq,   ilm-fan   taraqqiyotini
rivojlantirish uchun sa’y-harakatlar qilgani, bunyodkorlik ishlarini keng miqyosda
olib borgani isbotlab berildi.
Mustaqillik   davri   tarixshunosligining   yutuqli   jihatlaridan   yana   biri,
tadqiqotlarda   Amir   Temur   saltanatining   xalqaro   munosabatlari   tarixi   va
diplomatiya   munosabatlari   tarixining   eng   yorqin   sahifasi   bo‘lgani,   bunda
diplomatiya   qoidalariga   qat’iy   amal   qilingani,   Sohibqironning   mazkur   sohadagi mahorati   yuqori   baholanganligidir.   Xususan,   diplomatik   munosabatlardan
ko‘zlangan asosiy maqsad savdo-sotiqni rivojlantirish ekanligi e’tirof etilgan.
Bu yillarda amalga oshirilgan ishlarning yana bir muhim jihati bu madaniyat va
san’at   taraqqiyotida   Amir   Temurning   o‘rni   va   homiyligiga   alohida   e’tibor
berilganligidir. Ularda sovet davrida Amir Temurga «vayronkor» deb berilgan bir
yoqlama,   salbiy   fikrlar   asossiz   ekanligi,   aksincha,   Sohibqironning   o‘zga
yurtlardagi   obodonchilikka   bo‘lgan   e’tibori,   uning   bunyod korlik,   ilm-fan   va
madaniyat   homiysi   sifatidagi   faoliyatiga   yuqori,   faktologik   va   ilmiy   asosli   baho
berildi.
Mustaqillik yillari o‘zbek tarixshunosligida muammoning xolis yoritilgani bilan
birga ayrim salbiy holatlarni ham kuzatish mumkin. Bular, mutaxassis bo‘lmagan
tarixchilar   tomonidan   mavzuning   yengil-yelpi   yoritilishi,   sarlavhaga   qo‘yilgan
muammoning   mazmunda   ochib   berilmasligi,   avvalgi   tadqiqotlarning   ilmiy
yutuqlaridan foydalanmaslik, aso siy yozma manbalarga asoslanmaslik yoki yagona
manbaga   tayanib   mavzuning   talqin   etilishi,   takrorlash   hollari,   ilmiy   tadqiq   va
tahlilga e’tibor bermaslik kabi xolatlardir. Shuningdek, tadqiqotlar tahlilini amalga
oshirish natijasida mavzu yuzasidan dolzarb muammolar borligi bilan bir qatorda,
ularning   bir   tekis   o‘rganilmaganini   qayd   etish   lozim.   Xususan,   yozma
manbalarning   bir   qismi   chop   etilganiga   qaramay,   Amir   Temurning   siyosiy
hokimiyat   tepasiga   kelishigacha   bo‘lgan   davrdagi   faoliyati   umumiy   xarakterda
o‘rganilgan yoki masala aksariyat hollarda chetlab o‘tilganligi holatlari kuzatiladi.
Ba’zan   tadqiqotlarda   sana,   joy   va   rasmiy   marosim   nomlari,   atamalar   xususida
chalkashliklar mavjudligini ko‘rsatish joiz.
Yana   shuni   alohida   ta’kidlash   joizki,   Amir   Temurni   Doro   I   Aleksandr
Makedonskiy,   Yuliy   Sezar   va   boshqa   tarixiy  daholarga   qiyos   qilib,   ular   bilan   bir
safga   qo‘yish   hollari   tarixchilarning   asarlarida   uchraydi.   Fikrimizcha,   bunday
qiyoslash   noo‘rin   bo‘lib,   Sohibqironni   ular   bilan   yonma-yon   qo‘yib   bo‘lmaydi.
Sababi,   Amir   Temur   o‘z   «Tuzuklarga»   asoslangan   adolatli   qonunchilik   tizimini
yaratib, umr bo‘yi bunyodkorlik bi lan shug‘ullandi. Hanuzgacha   jahonda   nashr   etilayotgan   nashrlar,   turli   ensiklopediyalar   va
internet   ma’lumotlarida   Amir   Temurning   shaxsi   va   faoliyatiga   salbiy   baho   berib
kelinmoqda.   Afsuski,   haligacha   Amir   Temurning   harbiy   mahorati   va   davlatning
harbiy   boshqaruv   tizimini   to‘liq   yoritishga   bag‘ishlangan   fundamental   tadqiqot
bajarilmagan.   Asosiy,   manbalardagi   ma’lumotlar   turlicha   bo‘lib   bu   mavzuni
murakkabligini   oshiradi.   Shuning   uchun   tadqiqotchining   mavzuni   yoritib
berishigina   kifoya   qilmaydi.   Asosiy   manbalarni   kompleks   tahlili   asosida
manbashunoslik   va   tarixshunoslik   nuqtai   nazaridan   ob’ek tiv   tahlilini   amalga
oshirgan   tadqiqot   muammoga   oydinlik   kiritadi.   Bu   masalada   maxsus   ilmiy
tadqiqot   olib   borilishi   va   harbiy   yurishlarning   har   birini   asosiy   maqsadini   ilmiy
asosli ochib berilishi zamonaviy temurshunoslikning dolzarb vazifalaridan biridir.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Sohibkironga tavallud topgan Vatanida
eng   haqqoniy   ilmiy   yondashuv   shakllanishi   kerak,   deb   o‘ylaymiz.   O‘zbekiston
turli   yondashuvdagi   tendensiyalarni   uzgartirishga   amaliy   yordam   beradigan
temurshunoslikning ilmiy markazga aylanishi kerak. Buning uchun O‘zbekistonda
temurshunoslik maktabi va yetarli ilmiy salohiyat shakllangan. A dabiyotlar:
1. Ўзбекистон тарихи фанида инновa ц иялар.Т. -2012.
2. Ўзбекистон  халқлари  тарихи..1-қисм.  Ўқув қўлланма /   Масъул  муҳаррир
А. Асқаров-Т.1992.
3. Ўзбекистоннинг янги тарихи. 1, 2,3-китоблар. - Т.: Шарқ, 2000.
4. Ўзбекистон   тарихи   (1917-1991-йиллар)   Биринчи   ва   иккинчи   китоблар/
масъул муҳаррир Қ.Ражабов.Т.;-“Ўзбекистон”-2019
5. O‘zbekiston   tarixi.   Oliy   o‘quv   yurtlarining   tarix   fakulteti   talabalari   uchun
darslik / Mas’ul muharrir A.S.Sagdullayev. – T., 2019.
6. Ўзбекистон   тарихи.   Ўқув   қўлланма   /   Масъул   муҳаррир   А.С.Сагдуллаев-
Т.1997.
7. Ўзбекистон   давлатчилиги   тарихи   очерклари   /   Масъул   муҳаррир
Д.Алимова-Т.,2001
8. Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи  . Т.,2000 
9. Эшов   Б.Ж.   Ўзбекистон   давлатчилиги   тарихи.   Ўқув   қўлланма.   –   Т.:
Маърифат, 2009.
10. Эшов Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи- Т.:2012
11. Эшов   Б.,   Одилов   А.   Ўзбекистон   тарихи.   1-жилд.   Энг   қадимги   даврдан
XIX аср ўрталаригача. Дарслик. – Т., 2014.
12. Shamsutdinov   R ,   Karimov   Sh ,   Xoshimov   S. .   Vatan   tarixi   1 ,2,3 -kitob.   O’quv
qo’llanma-T.”Sharq”-2016

Chi g‘atoy ulusi va Temur iylar davriga oid tadqiqotlar Reja: 1. Chig‘atoy ulusi tarixiga oid yangi tadqiqotlar 2. Temuriylar davri tarixiga oid yangi tadqiqotlar

Ma’lumki, g‘arbiy Qoraxoniylar davrida o‘zbek elati shakllandi. Shakllangan xalqning XIII - XIV asrlardagi etnik tarixini bir qator forsiy, arabiy va turkiy (eski chig‘atoy tili) manbalar yoritib beradi. Xususan, Ibn al-Asirning “Al-komil fi-t- tarix” asari mazkur davr Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o‘rganishda asosiy manba bo‘lib, unda dunyoning yaratilishidan 1231 yilga qadar Sharq mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar bayon etilgan. Manbaning mo‘g‘ullar istilosiga bag‘ishlangan 12-jildi alohida qimmatga ega. Unda Movarounnahr, hamda Sharq mamlakatlarining XIII asr birinchi choragidagi ijtimoiy-siyosiy tarixi bilan birga etnik tarixi yoritib berilgan. Asar Xivada Muhammad Rahim II (1863-1910) davrida Nurillo Muftiy, Muhammad Sharif oxundlar tomonidan eski o‘zbek tiliga tarjima qilingan bo‘lib, hozirda mazkur tarjimaning o‘n uchta qo‘lyozmasi O‘zR FA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. XIX-XX asrlarda manbaning matni va qisqa tarjimalari bir necha bor turli tillarda nashr etilgan. Ayrim parchalarni rus tiliga N.A.Mednikov, A.E.Krыmskiy tarjima qilgan. Shuningdek, asarning O‘rta Osiyoga tegishli qismlari tarjimasini P.G.Bulgakov amalga oshirgan. Mazkur tarjimani o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan nashr Sh.S.Kamoliddin etgan. Bu davr etnik tarixi Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy (vaf. 1249 y.)ning “Sirot as-sulton Jaloluddin Menkburni” (bundan keyin “Sirot” ) nomli arab tilidagi asarida ham aks etgan. Muallif 1224-1231 yillarda Xorazmshoh Jaloliddinga (1199-1231) kotiblik qildi va asarda aks etgan tarixiy voqea- hodisalarni bevosita ishtirok etdi. Manbada O‘rta Osiyo, Kavkaz, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarining mo‘g‘ul istilosi davridagi (1220-1231) ijtimoiy, siyosiy ahvoli keng yoritilgan bo‘lib, 1241 yil Halabda tugallangan. Asar muqaddima va 108 bobdan iborat. Manbaning 1-4-boblarida mo‘g‘ul-tatar lar va Chingizxon tarixi, 5-22 boblarida Xorazmshoh Muhammadning hayoti va faoliyati, 23-108- boblarida mo‘g‘ul istilosi, hamda Jaloliddinning kurashi va faoliyati hikoya qilinadi. “Sirot” ning 1224-1231 yillar voqealarini o‘z ichiga olgan boblari original va katta tarixiy ahamiyatga ega.

“Sirot” XIII asrdayoq fors tiliga o‘girilgan edi. Manbaning arabcha matni, fransuzcha tarjimasi bilan 1891-1895 yillarda Parij va Qohirada chop qilingan. Uning qisqartirilgan turkcha tarjimasini Yusuf Ziyo va Ahmad Tavhid, forscha tarjimasini Muhammad Ali Nosih va Mujtab Minoviy amalga oshirgan. Asarning XIII asrda Turkmaniston tarixini hikoya qiluvchi qismini S.L.Volin nashr etgan. “Sirot” ning fransuzcha tarjimasini Najib Osim turkchaga o‘girgan. Shuningdek, manbaning Z.M.Buniyatov amalga oshirgan rus tilidagi mukammal tarjimasi ham mavjud. Mazkur tarjima K.Matyoqubov tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilib, chop etilgan. Xorazmshoh Jaloliddin tarixi bayon etilgan yana bir tarixiy asar “Nafsat al- masdur” dir. Asar muallifi haqida turli ziddiyatlar mavjud. Z.V.To‘g‘onning yozishicha, u Nuriddin Muhammad Munshiy qalamiga mansub. Shunisi qiziqki, u ham an-Nasaviy kabi Jaloliddinning kotibi bo‘lgan. I.Qofaso‘g‘li bu ikki muallif aslida bir odam ekanini yozadi. Asarning yozilgan vaqti haqida aniq ma’lumot keltirilmasa-da, Mirzo Muhammad Qazviniy u “Sirot” dan avval yozilganini aytadi. Asar tuzilish va voqealar bayoniga ko‘ra, “Sirot” ga o‘xshaydi. Manba hozirgacha to‘la o‘rganilmagan. Uning matni 1928 yil Tehronda toshbosma shaklida nashr etilgan. Jamol Qarshiyning “Mulhaqot as-suroh” asari ham XIII asr ikkinchi yarmi- XIV asr boshlaridagi Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o‘rganishda asosiy manbalardan hisoblanadi. Asar Abu Nasr Ismoil ibn Hammod al-Javhariyning (vaf. 1008 y.) “As-sahoh” nomli asariga yozilgan qo‘shimcha bo‘lib, unda Markaziy Osiyo xalqlarining XIII asrdagi etnik tarixi, madaniyati, yirik shaharlari, mo‘g‘ullar bosqini, chig‘atoy xonlari tarixi yoritib berilgan. “Mulhaqot as-suroh” hozirgacha biron-bir tilga to‘la o‘girilmagan bo‘lib, ba’zi qismlarigina tarjima qilingan. V.V.Bartold asar matnining bir qismini 1898 yilda nashr etgan. Manbaning qo‘lyozmalari Angliya, Fransiya, Germaniya, Rossiya va O‘zbekistonda mavjud. Bu davr tarixi aks etgan yana bir manba Sa’duddin Muhammad Avfiy (XII asr so‘nggi choragi va XIII asr birinchi yarmi)ning “Javomi al-hikoyat” nomli

asaridir. Muarrix asli buxorolik bo‘lib, mo‘g‘ullar istilosi arafasida Hindistonga yo‘l oladi. Olim Movarounnahr va Xuroson bo‘ylab ko‘p sayohat qilib, 1227-1236 yillarda to‘rt qismdan (har bir qism 25 bobdan) iborat “Javomi al-hikoyat” asarini yozadi. Unda Hindiston, Eron, hamda Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga oid 2113 ta tarixiy latifa keltirilgan. Biz uchun asarning to‘rtinchi qismi ahamiyatli bo‘lib, unda O‘rta Osiyoning qadimiy turkiy xalqlari va Buxoro sadrlari haqida ma’lumotlar mavjud. Shuni ta’kidlash joizki, asar hozirgacha biron-bir tilga to‘liq tarjima qilinmagan. Avfiyning 1222-1223 yillarda yozilgan “Lubob al-albob” nomli tazkirasi ham bo‘lib, unda O‘rta Osiyo, Xuroson, Iroq, Ozarbayjon, G‘azna hamda G‘arbiy Hindistonda X-XII asrlarda yashab ijod etgan 299 shoir va adib haqida umumiy ma’lumot berilgan. Asarning forsiy matni E.Braun va Mirza Muhammad Qazviniy tomonidan nashr etilgan. “Mo‘g‘ullarning maxfiy tarixi” mazkur davr turk-mo‘g‘ul xalqlari etnik tarixini yoritishda asosiy manbalardan bo‘lib, 1240 yilda yozilgan. Unda mo‘g‘ul istilolari keng yoritilganiga qaramay Movarounnahr yurishiga va mintaqadagi xalqlar tarixiga kam e’tibor qaratilgan. Manba turk-mo‘g‘ul xalqlarining kelib chiqishi, Onon, Kerulen va Ila bo‘ylaridagi etnik ahvolni o‘rganishda ham muhim ahamiyatga ega. Xususan, unda barlos lar va Chingizxon bir ildizdan ekani ta’kidlanib, ular Borchegin (Bo‘richegin, Bo‘rchegin – U.S) naslidandir, deyiladi. Manbadan o‘rta asrlarda ham yetakchi muarrixlar, jumladan Juvayniy keng foydalangan. “Mo‘g‘ullarning maxfiy tarixi” hozirgacha bir necha bor turli tillarga tarjima qilingan. Alouddin Otamalik Juvayniy (1226-1283) qalamiga mansub “Tarixi jahonkushoy” asari ham Movarounnahrdagi etnik jarayonlarni o‘rganishda muhim manbalardandir . Juvayniyning otasi Bahouddin Muhammad Xorazmshoh Muhammadning Xurosondagi noibi bo‘lib, dastlab mo‘g‘ullar istilosiga qarshi kurashadi. Movarounnahr to‘la egallangach, mo‘g‘ullar uni ma’lumotli ekanidan xabar topib, saroy xizmatiga jalb qiladilar. Uning farzandlari, xususan Alouddin Otamalik ham yoshligidan mo‘g‘ul hukmdorlari xizmatiga kirib, yuqori davlat

amallarini egallaydi. U o‘zi shohid bo‘lgan va eshitgan voqealar, shuningdek, turli manbalar (jumladan asarning Xorazmshohlar tarixiga oid qismi (II qism) bizgacha yetib kelmagan “Mashorib at-tajorib va g‘avorib al-g‘aroib” , Faxruddin Roziyning (vaf. 1210 y.) “Javome’ al-ulum” asariga tayanib yozilgan.) asosida 1260 yilda “Tarixi jahonkushoy” asarini yozib tamomlaydi. Unda Mo‘g‘uliston, O‘rta Osiyo va Eronning XIII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixi aks etgan va uch qismdan iborat: birinchi qismda mo‘g‘ullar, ularning Chingizxon davridagi istilochilik yurishlaridan to Guyukxon (1246-1249) davrigacha, shuningdek, Jo‘jixon, Chig‘atoyxon va avlodlari tarixi; ikkinchi qismda Xorazmshohlar va Xurosonning mo‘g‘ul hukmdorlari davridagi (1258 yilgacha) tarixi; uchinchi qismda Eronning 1256-1258 yillardagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, Ismoiliylarning diniy-harbiy uyushmasi va Ismoiliylar davlati (1090-1258) tarixi yoritilgan. “Tarixi jahonkushoy” ning I-II qismlari Markaziy Osiyo xalqlari tarixida alohida ahamiyatga ega. Movarounnahr va Sharqiy Turkiston tarixi, shuningdek, Mo‘g‘uliston haqidagi xabarlar asosan muallifning shu mamlakatlarga qilgan sayohatlari vaqtida to‘plangan. Keyingi davrlarda Juvayniy asariga bir qancha zayllar ham yozilgan. Xususan, Abdulloh ibn Fazlulloh al-Sheroziy Vassaf (XIV asr) “Tarixi Vassaf” nomli asarini “Tarixi jahonkushoy” ga ilova qilgan. Asarda asosan 1257-1337 yillardagi Elxoniylar tarixi aks etgan bo‘lsa-da, mazkur davr Chig‘atoy ulusi va Elxoniylar o‘rtasidagi munosabatlar ham aks etgan. Manba 1853 yil Bombeyda nashr etilgan. “Tarixi jahonkushoy” ning tanqidiy matnini Mirzo Muhammad Qazviniy amalga oshirgan. Uni J.Boyl ingliz tiliga tarjima qilgan. Mazkur tarjimani D.Morgan 1997 yilda so‘zboshi bilan qayta nashr etgan. Bundan tashqari manbaning ba’zi qismlari M.Defremeri, Ch.Shefer, M.Houtsma, V.Radlov, K.Zaleman, V.V.Bartold, D.Ross, J.Tehroniy, H.Elliot, K.d’Osson, B.Shpuler, I.Berezin kabi olimlar tomonidan tarjima yoki matn holida ham chop qilingan. Manbani G.Skarchiya italyan tiliga, M.O‘zturk turk tiliga o‘girgan. Shuningdek, “Tarixi jahonkushoy” ustida N.Toshev ham maxsus tadqiqot olib borib, manbani Markaziy Osiyo tarixiga tegishli qismlarini tarjima qilgan.