logo

Qipchoqlahjasining fonetik xususiyatlari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

92 KB
Mavzu:Qipchoqlahjasining fonetik xususiyatlari.
Reja
1.O’zbek tilining lahjalari.
2.Qipchoq lahjalari haqida ma’lumot.
3.Qipchoq lahjasining fonetik xususiyatlari.
Foydalanilgan adabiyotlar. O ‘zbek tili uch lahjaga bo‘linishi haqida birlamchi ma’lumot maktab 
darsliklari da beriladi. Filologiya fakultetlarida bu lahjalar ning o‘ziga xos jihatlari, 
tarqalish geografiyasi chuqurroq o‘rgatiladi.  Lekin ba’zan hatto filologlar ham 
o‘zbek dialektologiyasi masalasida eskirgan fikrlarni aytishiga guvoh bo‘laman. 
Menimcha, buning sababi shundaki, o‘zbek dialektlarini o‘rganish borasida keng 
miqyosli tadqiqotlar o‘tkazilmayapti, sovet davrida to‘plangan materialga, 
yozilgan darsliklarga tayanish davom etmoqda.
Dialektologiya (sheva tadqiqotlari) — tilshunoslikning muhim yo‘nalishi. U 
shunchaki nazariy ma’lumot taqdim etadigan, ko‘pchilik nazdidagi amaliy foydasi 
yo‘q soha emas. Dialektologiya, birinchidan, adabiy tilni boyitish, til tarixini va 
xalq madaniyatini o‘rganish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, u 
sotsio lingvistika bilan uzviy bog‘liq: jamiyatda adabiy til va sheva munosabatlarini
o‘rga nishga, ular atrofida yuzaga kelayotgan ijtimoiy munosabatlarni tushu nishga 
yordam beradi. Bir misol keltiraman.
O‘zbek tilining qipchoq shevalari orasida “j”lovchilari bor (hamma qipchoq 
shevalari “j”laydi degan, keng tarqalgan fikr haqiqatga mos kelmaydi). Ba’zi 
hududlarda “j”lovchi sheva egalarini kamsitish, masxaralash holat lari uchraydi. Bu
— dolzarb ijtimoiy masala. Dialektologiya bu kabi masalalarni ochib beradi va 
ular hal etilishiga turtki bo‘ladi. Dia lektologiya barcha shevalar go‘zalligi ni va 
o‘zaro tengligini namoyish qiladi. Shunday qilib, u muhim amaliy vazifani 
bajaradi.
O‘zbekistonda dialektologik tadqiqotlar o‘tkazish zarurati kun sayin oshib 
bormoqda. Bunda sovet davridagidek ekspe ditsiyalar o‘tkazib, nazariy material 
to‘plash bilangina cheklanib qolish kerak emas. Albatta, buning ham o‘z o‘rni bor 
— qaysi hududlarda qanday shevalar tarqalgani, bu shevalar qanday so‘z boyligiga
egaligi ni bilish foydali. Lekin zamo naviy, amaliy dialektologik tadqiqotlar ham 
o‘tkazish lozim. Ular shevalar tarixini, ijtimoiy va madaniy hayotdagi o‘rnini 
ko‘rsatib beradi.
Quyida o‘zbek tilining qipchoq shevalari misolida o‘zbek dialektologiyasining 
ayrim masalalarini ko‘rib chiqamiz. Qipchoq shevalari qachon shakllangan?
O‘zbek tilining uch lahjasi turkiy tillar ning uchta katta tarmog‘i bilan bog‘liq: qar -
luq-chigil (yoki uyg‘ur), qipchoq va o‘g‘uz. Bu tillarda gapiruvchi qabilalar 
taxminan ming yil oldin bir-biridan ajralib chiqqan. XVI asrdan so‘ng, o‘zbek 
xonliklari davrida shu xonliklar hududida mavjud bo‘lgan qarluq, qipchoq va 
o‘g‘uz tillari qaytadan yagona til kontiniumi (o‘zaro yaqin sheva lar jamlanmasi) 
bo‘lib birlashgan. Ularni birlashtiruvchi kuch, siyosiy chegaralardan tashqari, 
Navoiy tili — chig‘atoy yozma me’yori bo‘lgan.
Bu uch lahjaga mansub shevalar qachondan boshlab bu hududlarda tarqalgani 
borasida har xil qarashlar bor, lekin keng miq yosli tadqiqotlar o‘tkazilmagan hisob.
Bugungi tilshunoslikda qipchoq shevalarining Movarounnahrga kirib keli shi XVI 
asr, Shayboniyxon bilan bog‘liq degan fikr hukmron.
Shayboniyxon hamda uning davomchilari bilan kirib kelgan qabilalarni e’tirof 
etgan holda, bu hududlarda qipchoqcha gapiruv chi qabilalar oldindan bo‘lganini 
tan olish kerak. Bu masalani aniq hal etish uchun, albatta, tadqiqotlar zarur. Hozir 
esa bir-ikkita diqqat ga sazo vor faktni keltiraman.
Xorazmda hukm surgan Anushteginiy lar sulolasi Saljuqiylardan ajralib chiqish 
maqsadida Mang‘ishloq yarimorolida istiqomat qiluvchi qang‘li-qipchoqlar bilan 
ittifoq tuzadi. Turkman-qipchoq ittifoqi natijasida Xorazm siyosiy mustaqillikka 
erishadi va hatto qisqa muddat musulmon Sharqining eng yirik davlatlaridan biriga
aylanadi. Shu jarayonda qipchoqlar katta miqdorda Xorazmga va Movarounnahrga
joylashadi. Ular Xorazm davlatining harbiy elitasi sifatida mo‘g‘ullarga qarshi 
jang larda qatnashadi. Masalan, O‘tror hokimi Inolchiq, Xo‘jand hokimi Temur 
Malik qang‘li-qipchoqlardan edi. Ular xorazmshoh Muhammadning onasi — 
Turkon xotunning qarindoshlari edi. Turkon xotunning yana bir qarindoshi — 
Tog‘ayxon Samarqandda 30 ming kishilik qipchoq qo‘shini bilan Chingizxonni 
kutib oladi.
O‘zaro urush tugagach, qipchoqlar ning katta qismi Yevropaga va Kavkazga qochib
ketadi, qolganlari esa mo‘g‘ullar bilan siyosiy birlikni tashkil etadi. Bu siyosiy 
birlikda qipchoqlarning madaniy, siyosiy o‘rni va soni qanchalik salmoq li  bo‘lganini bir narsadan bilsa bo‘ladi — Chingizxonning katta o‘g‘li Jo‘jiga tegishli
ulus bo‘lmish Oltin O‘rda davlatidagi deyarli barcha qabilalar qipchoq tilida gapira
boshlaydi, qipchoq yozma adabiy tili shakllanadi.
Bu davrda Movarounnahr, Sharqiy Tur kiston, Yettisuv va Xorazmning janubi 
Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoy va  uning avlodlariga tegishli ulus edi. 
Chig‘atoy ulusida qarluq me’yori asosiy tilga aylanadi. Lekin bu yerda ham 
qipchoq tili ma’lum ta’sirga ega edi. Misollarga o‘tsak.
Mashhur shoh, munajjim va tarixchi Mirzo Ulug‘bek o‘zining “To‘rt ulus tarixi” 
kitobida Jo‘jining vafoti haqida hikoya qilar ekan, unga bog‘liq bir ri voyatni 
keltiradi. Unga ko‘ra, Jo‘ji Chingizxonning sevimli farzandi bo‘lgani bois hech 
kim buyuk xoqonning oldiga kirib, shumxabarni yetkazishga jur’at etmaydi. 
Shunda amirlardan Ulug‘ Jarchi Chingizxonga jir (xalqona qo‘shiq) bilan muro jaat
qiladi. “To‘rt ulus tarixi” fors tilida yozilganiga qaramay, jir turkiycha, qipchoq 
shevasida keltirilgan:
Tengiz boshdan bulg‘ondi,   kim tindiruro, xonim?
Terak tubtan jig‘ildi, kim   tirg‘uzuro, xonim?
Chingizxon javob beradi:
Tengiz boshdan bulg‘onsa,   tindurur ulim Jo‘chidir,
Terak tubtan jig‘ilsa, tirg‘uzur   ulim Jo‘chidir.
Jir aytishish uzoq davom etadi, Ulug‘ Jarchining ko‘ziga yosh keladi. Shunda 
Chingizxon bir shumxabar borligini payqab, unga murojaat etadi:
Ko‘zing yoshin chungur turli   liq-liq to‘ldi bo‘lg‘aymi?
Jiring ko‘ngil urkutur,   Jo‘chi o‘ldi bo‘lg‘aymi?
Ulug‘ Jarchi javob qiladi:
So‘ylamakka erkim yo‘q,   sen so‘ylading, o xonim,
O‘z yarlig‘liq ozarg‘a javobdi   o‘ylading, o xonim.
Bu qatralar o‘zbek xalq og‘zaki ijodi ruhiyatiga va uslubiga naqadar yaqinligi bilan
diqqatga sazovor. Ushbu noyob satrlarga tayanib, Shayboniyxondan ancha oldin 
ham Chig‘atoy ulusida qipchoq tili ma’lum bo‘lganini aytish mumkin. Navoiy 
asarlarida ham qipchoqcha so‘zlar uchrashi bu fikrga qo‘shimcha dalil bo‘ladi. Qipchoq shevalarining   tarqalish geografiyasi
Qipchoq shevalari asosan Surxon daryo va Qashqadaryoda tarqalgan degan qarash 
juda mashhur. Toshkent va Farg‘ona vodiysi qipchoq shevalaridan xoli hudud deb 
qaraladi. Bunday qarash nafaqat xalq orasida, balki filologlar orasida ham uchrab 
turadi. Vaholanki, qipchoq shevalari O‘zbekistonning hamma mintaqalarida bor.
Aslida bu masala o‘z vaqtida ba’zi tilshunoslar tomonidan yaxshi o‘rganilgan, 
lekin ularning tadqiqotlari bugun unutilganday, ularga kam murojaat qilishadi. 
Taniqli o‘zbek tilshunosi, qipchoq shevalarining eng yirik tadqiqotchisi 
Xudoyberdi Doniyorov 70-yillardayoq qipchoq shevalarining tarqalish 
geografiyasini juda to‘g‘ri tavsiflab bergan edi. Quyida uning tavsifini o‘z 
kuzatishlarim bilan omixtalashtirib, qipchoq shevalari qayerlarda qayd etilganini 
sanab o‘taman.
Qipchoq tilli aholining asosiy qismi sobiq Buxoro amirligi hududida istiqomat 
qiladi. Surxondaryo viloyatining barcha tumanlarida qipchoq shevalari yoyilgan; 
ular Termiz, Denov, Boysun, Sariosiyo va Uzundan boshqa barcha tumanlarda 
ko‘pchilikni tashkil etadi. Qashqadaryo ning ham barcha hududlarida qipchoq tilli 
aholini uchratish mumkin. Hatto Shahri sabz, Kitob, Yakkabog‘ singari qarluq tilli 
tumanlarning chekka qishloqlarida ham qipchoq shevalari saqlanmoqda.
Samarqand viloyati ham qipchoq sheva lari zonasiga kiradi. Urgut, Pastdarg‘om, 
Tayloq, Narpay, Kattaqo‘rg‘on kabi tumanlarda qipchoq shevalari qar luq shevalari 
bilan qo‘shnichilik qilsa, Jomboy, Bulung‘ur, Payariq, Ishtixon, Qo‘shrabot, 
Nurobod, Paxtachi kabi tumanlar deyarli to‘liq qipchoq shevalari da gapiradi. 
Jizzax, Navoiy, Sirdaryo viloyatlarida ham qipchoq tilli aholi ko‘pchilikdir.
Bundan tashqari, Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida, Toshkent viloyatining 
Piskent, Ohangaron, Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Parkent tumanlarida qipchoq shevalari 
qayd etilgan.
Sobiq Qo‘qon xonligi hududlariga keladigan bo‘lsak, Farg‘ona viloyati ning 
Qo‘shtepa, Uchko‘prik, O‘zbekiston, Bag‘dod, Buvayda, Dang‘ara, Beshariq, 
Furqat, Namanganning Pop, Norin, Uychi, Andijonning Baliqchi, Shahrixon kabi 
tumanlarida ko‘p sonli qipchoq tilli aholi ya shaydi. Sobiq Xiva xonligining shimoliy hududlari qadimda Oltin O‘rda tarkibida bo‘lgan 
va azaldan qipchoq tilli ko‘chmanchilar istiqomat qiluvchi makon hisob langan. 
Xorazmda juda qadi miy va o‘ziga xos qipchoq shevalarini uchratishimiz mumkin. 
Viloyatning Gurlan, Yangibozor tumanlari aholisi ning asosiy qismi mana shunday 
shevalarda gapiradi. Xiva, Qo‘shko‘pir, Hazorasp, Bog‘ot kabi tumanlarda ham 
juda ko‘p qishloqlarda qipchoq shevalarida so‘zlashuv chi aholi istiqomat qiladi. 
Qoraqalpog‘iston o‘zbek shevalarining asosiy qismi ham shu guruhga kiradi.
Bu tur shevalar Turkmanistonda (aso san Lebap viloyatida), Tojikistonda (asosan 
Xatlon viloyatida), Afg‘onistonda (aso san Bog‘lon, Badaxshon, Tahor, Qunduz  -
ulu s vollarini — viloyatlarini qam rab oluvchi Qatag‘on mintaqasida), oz miqdorda 
Ja nubiy Qozog‘istonda va Janubiy Qirg‘izistonda tarqalgan.
Qipchoq tilli o‘zbeklarning etnogenezdagi o‘rni
Yuqoridagi tavsifning o‘ziyoq qipchoq shevalari naqadar keng yoyilganini va 
o‘zbek xalqining juda katta qismini qam rab olishini ko‘rsatib turibdi. Ularning 
salmoqli ulushi XVI–XIX asr larda shaharlarga ko‘chib o‘tib, o‘troq lashib, qarluq 
va o‘g‘uz shevalariga o‘tib ketganini inobatga olsak, qipchoq tilli o‘zbeklar 
o‘tmishda ulkan jamoat bo‘lgani anglashi ladi.
Afsus, o‘zbek tarixchiligida bu faktni nazardan qochirib, XVI–XIX asrlarda Dashti
Qipchoqdan kirib kelgan aholi ning o‘zbek xalqi etnogenezidagi rolini past 
baholash tendensiyasi mavjud. 1940-yillarda rus tarixchisi Yakubovskiy ilgari 
surgan nuqtayi nazarga ko‘ra, Dashti Qipchoqdan kirib kelgan, o‘zini o‘zbek deb 
atagan qipchoq tilli nufus mahalliy aholiga nisbatan juda kam bo‘lgan, o‘zbek 
etnoge neziga hech qanday ta’sir o‘tkazmagan va shunchaki bu yerda azaldan 
yashab kelgan xalqqa o‘z nomini bergan xolos. Bu na zariyani bugun ham ba’zi 
tarixchilar takrorlaydi. Lekin bugungi dialektologik vaziyat ham, XVI–XIX asr 
yozma manbalari ham qipchoq tilli aholi juda ko‘p bo‘lganini isbotlab turibdi. 
Nega unda haligacha Yakubovskiyning nuqtayi nazaridan voz kechilmayapti?
Fikrimcha, ba’zi tarixchi va ziyolilarda “o‘zimizni Shayboniyxon o‘zbeklari bilan 
bog‘lasak, undan oldingi tarixga da’vo garlik qila olmaymiz”, degan qo‘rquv bor. 
Avvalo, tarixiy haqiqat bu kabi qo‘rquvlar tufayli buzilmasligi ke rakligini ta’kidlab o‘tay. Ikkinchidan, har qanday zamonaviy xalq o‘tmishdagi bir qancha etnik 
guruh lardan tarkib topadi. Ulardan birini haqiqiy ajdod deb tanlab olish, 
boshqasining aha miyatini tushirish o‘tmish avlodlarga nisba tan hurmatsizlik 
bo‘ladi.
T. Sultonovning hisob-kitoblariga ko‘ ra, 1510-yilda Movarounnahrda 
joylashgan o‘zbeklarning adadi 240 mingdan 360 minggacha bo‘lgan. Undan so‘ng
yana 250 yil davomida o‘n minglab ko‘chmanchilar tinimsiz ravishda Xivaga, 
Buxoroga va Qo‘qonga kirib kelgan. Bu xoro amirligi aholisi 1822-yilda 2 478 000 
kishini tashkil etganini, shulardan 1,5 millioni o‘zbeklar bo‘lganini inobatga olsak 
(rus diplomati Yegor Me yendorf ma’lumotlari), ularning asosiy qismi Shayboniy -
xon o‘zbeklari avlodi bo‘lganini tushunish qiyin emas: 1510- va 1822-yillar 
orasidagi 312 yil ichida 240–360 minglik dastlabki qipchoq tilli aholi hamda 
ulardan so‘ng tashrif buyurgan o‘n minglab ko‘chmanchi bir necha barobar 
ko‘paygan bo‘lishi kerak edi. Xiva va Qo‘qonda ham ular oz bo‘lmagan. Bugungi 
o‘zbek etnosi mana shu ko‘chmanchi o‘zbeklarning mahalliy chig‘atoylar va 
boshqa kichikroq guruhlar bilan qo‘shiluvidan shakllangan. O‘zbek etnogenezi 
borasidagi bu qarash Yakubovskiydan oldingi Rossiya imperiyasi 
sharqshunosligida asosiy hisoblangan. Hozirgi kunda ayrim o‘zbek tarixchilari 
yuqoridagi raqam larni e’tiborga olayotgani, qipchoq tilli qabilalarning ahamiyatini 
e’tirof etayotgani quvonarli hol.
Qarluq, qipchoq, o‘g‘uz — bir ildiz
O‘zbek fanida uchrab turadigan yana bir yondashuv bor: ular chig‘atoylar va 
o‘zbeklarni ikki alohida, bir-biriga begona xalq deb biladi, Shayboniyxonning 
yuri shini esa bosqinchilik sifatida baholaydi. Vaholanki, u paytlarda bugungi 
etnos, millat tushunchalari bo‘lmagan, qabilalar tez-tez u siyosiy birlashmadan 
bunisiga o‘tib turgan va bir-birini begona deb bilmagan. XV–XVI asrlar 
chig‘atoylari va o‘zbeklari bir-biridan uzoq bo‘lmagan: ularning kelib chiqishi 
umumiy edi, tili va madaniyati yaqin edi, ayrim qabilalar chig‘atoylardan 
o‘zbeklarga, o‘zbeklardan chig‘atoylarga o‘tib turardi.
Fikrimcha, o‘zbek etnogeneziga mana shunday yondashish ko‘p muammoli ma - salalarni hal etadi. Shayboniyxon va Bobur o‘rtasidagi siyosiy kurashni bir yurtga 
bosqinchi kirib kelishi emas, turkiy qabilalar ning besh yuz yil davom etgan o‘zaro 
resurs talashuvining davomi sifatida talqin etsak, tarixiy haqiqatga yaqinroq 
bo‘ladi, nazarimda. U davr odamlari bugungiday fikrlamagan, bugungiday qat’iy 
belgi langan siyosiy chegaralar ham bo‘lmagan, shu bois u hududdan bu hududga 
o‘tish, bir-biridan hudud tortib olish, yangi hududlarga joylashish normal holat 
bo‘lgan. Turkiy qabilalar yagona madaniy muhitda mavjud bo‘lgan va bir-biri 
bilan qarindoshligini yaxshi anglagan. Buni Navoiy ham o‘z she’rlarida ko‘p 
ta’kidlaydi, barcha turklarni bir deb biladi:
Agar bir qavm, gar yuz, yo‘qsa mingdur,
Muayyan turk ulusi xud meningdur.
Navoiy Chig‘atoy ulusi mansubi bo‘lsa-da, Oltin O‘rdada istiqomat qilgan 
o‘zbeklarni “o‘ziniki” deb bilgan:
Shoh-u toj-u xil’atekim   men tamosho qilg‘ali,
O‘zbegim boshida qalpoq,   egnida shirdog‘i bas.
Shularni e’tiborga olib, o‘tmish turkiy elatlarining o‘zaro qarindoshligi va yaqinligi
masalasini ko‘rib chiqish kerak deb o‘ylayman.
Tovush jarayonlari odatda tasodifiy hodisa bo’lmasdan tilning eng go’zal, 
hech kimga bog’liq bo’lmagan qonuniyatidir. Shuning uchun tovush jarayonlari, 
bir tomonidan, so’zlardagi  o k a n g- musisaviylikni  ta’minlasa, ikkinchidan, 
so’zlarning ichki tabiatini belgilaydi.
{B>v} hodisasi turkiy tillarda ancha avval boshlangan bo’lib, ayrim 
so’zlarda qipchoq lahjasida tarixiy shakl saqlanib qolgan. Biroq sirg’alishga moyil 
bo’lgan bir qator so’zlar hozirgi adabiy til qolipi sifatida qabul qilingan:  ad. ili.  t  o 
v  o  q< (til tarixida va qipchoq lahjasida ) tabak,  ad.imya,   kovok < (til tarixida va 
qipchoq lahja- sida)  kabak,  ad.imya.  ch i v i n <  (til tarixida va qipchoq lahjasida)  chыbыn,  ad.imya,   c h i v i k <   (til tarixida va qipchoq lahjasida)  chыbыk*  {B} 
fonemasi uzidan keyingi bo’g’indagi N tovushi ta’sirida qipchoq lahjasida ba’zan 
burunlashadi: bunda>munda// mыnda; bunday>munday//mыnday; burun>murun //
murыn; burnы>murnы; buyin >moyun// moyыn: R>v xodisasi xam qipchoq laxjasi
va qipchoq guru\ turkiy tillarga xosdir.
«Devonu
lugotit
turk»da Q ipcho q
lahjasida Q oz
ok tilida Qoraq al
po q
tilida O’ zbek
adabiy
tilida
Tag Tav Tau Tau T OR
Bar Bav Bau Bau B OR
Agыr Avыr Auы Auы Ogir
A RЫZ Avыz Auы Auы O RIZ
Sar Sav Sau Sau S OR
Kipchok, lahjasida g>y hodisasi \am mavjud:
«Devonu 
lu g’ otit turk»da Q ipcho q
lahjasid
a Qozoq  
tilida O’ zbek adabiy 
tilida
yegren uyren uyren urgan
igna iyne iyne igna
egir iyir iyir egir
egin iyin iyin egin
N>M: unbir>ombir, kunmaydi>kemmeydi, unmaydi>yemmeydi.  04: 
k°msa > kamcha, ichsak> ichchek, sochsa> chechche. Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O’zbek tilining imlo lug’ati. Toshkent, 2018
2. V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov. O’zbek dialektologiyasi, 
Toshkent, 1978
3. V.V.Reshetov.Kuraminskiye govori, Toshkent, 1952
4. F.Abdullayev.Xorazm shevalari.Toshkent, 1961
5. X.Doniyorov.O’zbek adabiy tilining rivojlanishida qipchoq 
shevalarining roli. O’TA, 1964

Mavzu:Qipchoqlahjasining fonetik xususiyatlari. Reja 1.O’zbek tilining lahjalari. 2.Qipchoq lahjalari haqida ma’lumot. 3.Qipchoq lahjasining fonetik xususiyatlari. Foydalanilgan adabiyotlar.

O ‘zbek tili uch lahjaga bo‘linishi haqida birlamchi ma’lumot maktab darsliklari da beriladi. Filologiya fakultetlarida bu lahjalar ning o‘ziga xos jihatlari, tarqalish geografiyasi chuqurroq o‘rgatiladi. Lekin ba’zan hatto filologlar ham o‘zbek dialektologiyasi masalasida eskirgan fikrlarni aytishiga guvoh bo‘laman. Menimcha, buning sababi shundaki, o‘zbek dialektlarini o‘rganish borasida keng miqyosli tadqiqotlar o‘tkazilmayapti, sovet davrida to‘plangan materialga, yozilgan darsliklarga tayanish davom etmoqda. Dialektologiya (sheva tadqiqotlari) — tilshunoslikning muhim yo‘nalishi. U shunchaki nazariy ma’lumot taqdim etadigan, ko‘pchilik nazdidagi amaliy foydasi yo‘q soha emas. Dialektologiya, birinchidan, adabiy tilni boyitish, til tarixini va xalq madaniyatini o‘rganish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, u sotsio lingvistika bilan uzviy bog‘liq: jamiyatda adabiy til va sheva munosabatlarini o‘rga nishga, ular atrofida yuzaga kelayotgan ijtimoiy munosabatlarni tushu nishga yordam beradi. Bir misol keltiraman. O‘zbek tilining qipchoq shevalari orasida “j”lovchilari bor (hamma qipchoq shevalari “j”laydi degan, keng tarqalgan fikr haqiqatga mos kelmaydi). Ba’zi hududlarda “j”lovchi sheva egalarini kamsitish, masxaralash holat lari uchraydi. Bu — dolzarb ijtimoiy masala. Dialektologiya bu kabi masalalarni ochib beradi va ular hal etilishiga turtki bo‘ladi. Dia lektologiya barcha shevalar go‘zalligi ni va o‘zaro tengligini namoyish qiladi. Shunday qilib, u muhim amaliy vazifani bajaradi. O‘zbekistonda dialektologik tadqiqotlar o‘tkazish zarurati kun sayin oshib bormoqda. Bunda sovet davridagidek ekspe ditsiyalar o‘tkazib, nazariy material to‘plash bilangina cheklanib qolish kerak emas. Albatta, buning ham o‘z o‘rni bor — qaysi hududlarda qanday shevalar tarqalgani, bu shevalar qanday so‘z boyligiga egaligi ni bilish foydali. Lekin zamo naviy, amaliy dialektologik tadqiqotlar ham o‘tkazish lozim. Ular shevalar tarixini, ijtimoiy va madaniy hayotdagi o‘rnini ko‘rsatib beradi. Quyida o‘zbek tilining qipchoq shevalari misolida o‘zbek dialektologiyasining ayrim masalalarini ko‘rib chiqamiz.

Qipchoq shevalari qachon shakllangan? O‘zbek tilining uch lahjasi turkiy tillar ning uchta katta tarmog‘i bilan bog‘liq: qar - luq-chigil (yoki uyg‘ur), qipchoq va o‘g‘uz. Bu tillarda gapiruvchi qabilalar taxminan ming yil oldin bir-biridan ajralib chiqqan. XVI asrdan so‘ng, o‘zbek xonliklari davrida shu xonliklar hududida mavjud bo‘lgan qarluq, qipchoq va o‘g‘uz tillari qaytadan yagona til kontiniumi (o‘zaro yaqin sheva lar jamlanmasi) bo‘lib birlashgan. Ularni birlashtiruvchi kuch, siyosiy chegaralardan tashqari, Navoiy tili — chig‘atoy yozma me’yori bo‘lgan. Bu uch lahjaga mansub shevalar qachondan boshlab bu hududlarda tarqalgani borasida har xil qarashlar bor, lekin keng miq yosli tadqiqotlar o‘tkazilmagan hisob. Bugungi tilshunoslikda qipchoq shevalarining Movarounnahrga kirib keli shi XVI asr, Shayboniyxon bilan bog‘liq degan fikr hukmron. Shayboniyxon hamda uning davomchilari bilan kirib kelgan qabilalarni e’tirof etgan holda, bu hududlarda qipchoqcha gapiruv chi qabilalar oldindan bo‘lganini tan olish kerak. Bu masalani aniq hal etish uchun, albatta, tadqiqotlar zarur. Hozir esa bir-ikkita diqqat ga sazo vor faktni keltiraman. Xorazmda hukm surgan Anushteginiy lar sulolasi Saljuqiylardan ajralib chiqish maqsadida Mang‘ishloq yarimorolida istiqomat qiluvchi qang‘li-qipchoqlar bilan ittifoq tuzadi. Turkman-qipchoq ittifoqi natijasida Xorazm siyosiy mustaqillikka erishadi va hatto qisqa muddat musulmon Sharqining eng yirik davlatlaridan biriga aylanadi. Shu jarayonda qipchoqlar katta miqdorda Xorazmga va Movarounnahrga joylashadi. Ular Xorazm davlatining harbiy elitasi sifatida mo‘g‘ullarga qarshi jang larda qatnashadi. Masalan, O‘tror hokimi Inolchiq, Xo‘jand hokimi Temur Malik qang‘li-qipchoqlardan edi. Ular xorazmshoh Muhammadning onasi — Turkon xotunning qarindoshlari edi. Turkon xotunning yana bir qarindoshi — Tog‘ayxon Samarqandda 30 ming kishilik qipchoq qo‘shini bilan Chingizxonni kutib oladi. O‘zaro urush tugagach, qipchoqlar ning katta qismi Yevropaga va Kavkazga qochib ketadi, qolganlari esa mo‘g‘ullar bilan siyosiy birlikni tashkil etadi. Bu siyosiy birlikda qipchoqlarning madaniy, siyosiy o‘rni va soni qanchalik salmoq li

bo‘lganini bir narsadan bilsa bo‘ladi — Chingizxonning katta o‘g‘li Jo‘jiga tegishli ulus bo‘lmish Oltin O‘rda davlatidagi deyarli barcha qabilalar qipchoq tilida gapira boshlaydi, qipchoq yozma adabiy tili shakllanadi. Bu davrda Movarounnahr, Sharqiy Tur kiston, Yettisuv va Xorazmning janubi Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoy va uning avlodlariga tegishli ulus edi. Chig‘atoy ulusida qarluq me’yori asosiy tilga aylanadi. Lekin bu yerda ham qipchoq tili ma’lum ta’sirga ega edi. Misollarga o‘tsak. Mashhur shoh, munajjim va tarixchi Mirzo Ulug‘bek o‘zining “To‘rt ulus tarixi” kitobida Jo‘jining vafoti haqida hikoya qilar ekan, unga bog‘liq bir ri voyatni keltiradi. Unga ko‘ra, Jo‘ji Chingizxonning sevimli farzandi bo‘lgani bois hech kim buyuk xoqonning oldiga kirib, shumxabarni yetkazishga jur’at etmaydi. Shunda amirlardan Ulug‘ Jarchi Chingizxonga jir (xalqona qo‘shiq) bilan muro jaat qiladi. “To‘rt ulus tarixi” fors tilida yozilganiga qaramay, jir turkiycha, qipchoq shevasida keltirilgan: Tengiz boshdan bulg‘ondi, kim tindiruro, xonim? Terak tubtan jig‘ildi, kim tirg‘uzuro, xonim? Chingizxon javob beradi: Tengiz boshdan bulg‘onsa, tindurur ulim Jo‘chidir, Terak tubtan jig‘ilsa, tirg‘uzur ulim Jo‘chidir. Jir aytishish uzoq davom etadi, Ulug‘ Jarchining ko‘ziga yosh keladi. Shunda Chingizxon bir shumxabar borligini payqab, unga murojaat etadi: Ko‘zing yoshin chungur turli liq-liq to‘ldi bo‘lg‘aymi? Jiring ko‘ngil urkutur, Jo‘chi o‘ldi bo‘lg‘aymi? Ulug‘ Jarchi javob qiladi: So‘ylamakka erkim yo‘q, sen so‘ylading, o xonim, O‘z yarlig‘liq ozarg‘a javobdi o‘ylading, o xonim. Bu qatralar o‘zbek xalq og‘zaki ijodi ruhiyatiga va uslubiga naqadar yaqinligi bilan diqqatga sazovor. Ushbu noyob satrlarga tayanib, Shayboniyxondan ancha oldin ham Chig‘atoy ulusida qipchoq tili ma’lum bo‘lganini aytish mumkin. Navoiy asarlarida ham qipchoqcha so‘zlar uchrashi bu fikrga qo‘shimcha dalil bo‘ladi.

Qipchoq shevalarining tarqalish geografiyasi Qipchoq shevalari asosan Surxon daryo va Qashqadaryoda tarqalgan degan qarash juda mashhur. Toshkent va Farg‘ona vodiysi qipchoq shevalaridan xoli hudud deb qaraladi. Bunday qarash nafaqat xalq orasida, balki filologlar orasida ham uchrab turadi. Vaholanki, qipchoq shevalari O‘zbekistonning hamma mintaqalarida bor. Aslida bu masala o‘z vaqtida ba’zi tilshunoslar tomonidan yaxshi o‘rganilgan, lekin ularning tadqiqotlari bugun unutilganday, ularga kam murojaat qilishadi. Taniqli o‘zbek tilshunosi, qipchoq shevalarining eng yirik tadqiqotchisi Xudoyberdi Doniyorov 70-yillardayoq qipchoq shevalarining tarqalish geografiyasini juda to‘g‘ri tavsiflab bergan edi. Quyida uning tavsifini o‘z kuzatishlarim bilan omixtalashtirib, qipchoq shevalari qayerlarda qayd etilganini sanab o‘taman. Qipchoq tilli aholining asosiy qismi sobiq Buxoro amirligi hududida istiqomat qiladi. Surxondaryo viloyatining barcha tumanlarida qipchoq shevalari yoyilgan; ular Termiz, Denov, Boysun, Sariosiyo va Uzundan boshqa barcha tumanlarda ko‘pchilikni tashkil etadi. Qashqadaryo ning ham barcha hududlarida qipchoq tilli aholini uchratish mumkin. Hatto Shahri sabz, Kitob, Yakkabog‘ singari qarluq tilli tumanlarning chekka qishloqlarida ham qipchoq shevalari saqlanmoqda. Samarqand viloyati ham qipchoq sheva lari zonasiga kiradi. Urgut, Pastdarg‘om, Tayloq, Narpay, Kattaqo‘rg‘on kabi tumanlarda qipchoq shevalari qar luq shevalari bilan qo‘shnichilik qilsa, Jomboy, Bulung‘ur, Payariq, Ishtixon, Qo‘shrabot, Nurobod, Paxtachi kabi tumanlar deyarli to‘liq qipchoq shevalari da gapiradi. Jizzax, Navoiy, Sirdaryo viloyatlarida ham qipchoq tilli aholi ko‘pchilikdir. Bundan tashqari, Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida, Toshkent viloyatining Piskent, Ohangaron, Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Parkent tumanlarida qipchoq shevalari qayd etilgan. Sobiq Qo‘qon xonligi hududlariga keladigan bo‘lsak, Farg‘ona viloyati ning Qo‘shtepa, Uchko‘prik, O‘zbekiston, Bag‘dod, Buvayda, Dang‘ara, Beshariq, Furqat, Namanganning Pop, Norin, Uychi, Andijonning Baliqchi, Shahrixon kabi tumanlarida ko‘p sonli qipchoq tilli aholi ya shaydi.