logo

Xalqaro tashkilotlarlarning xalqaro munosabatlardagi o`rni

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

53.5830078125 KB
Mavzu:Xalqaro  tashkilotlarlarning xalqaro munosabatlardagi o`rni
Reja:
1. Xalqaro tashkilotlarga umumiy tavsif
2. BMTning tashkil topishi
3. NATO 
4. ShHT va boshqa xalqaro tashkilotlar Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   1945   yil   24   oktabrda,   xalqaro
hamkorlikni   rivojlantirish   va   yalpi   xavfsizlikni   mustahkamlash   tufayli
tinchlikni   barqaror   etish   jur`ati   bilan   to`lib-toshgan   51   mamlakat   tomonidan
tashkil etildi. Bugungi  kunda  185 mamlakat,  ya`ni dunyoning  qariyb barcha
mamlakatlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining a`zolaridir. 
Xalqaro   hamkorlikni   mustahkamlash   va   kengaytirishda   BMT   muhim
rol   o’ynab   ikkinchi   jahon   urushidan   so’ng   xalqaro   tizimda   muhim   element
hisoblanardi.   Urush   davrida   Millatlar   Ligasi   o’rnini   bosuvchi   xalqaro
tashkilot   tuzish   savoli   vujudga   keldi.   Bu   savol   1945-yil   aprelda   San-
Fransiskoda bo’lib o’tgan konferensiyada o’z yechimini topdi. Unda BMT va
uning nizomini tuzish masalasi ko’rildi. 
Urushdan   keyingi   davrda   yangi   maxsus   qo’shinlar   tuzilib   xalqaro
hayotning   turli   jabhalarida   keng   foydalanildi.   1948-yilda   BMTning   maxsus
tashkiloti –madaniyat va fan masalalari bilan YuNESKO tashkil etildi. 1972-
yil   BMTning   yana   bir   maxsus   tashkiloti   -   tabiatni   muhofaza   qilish   ishlari
bilan shug’ullanuvchi YUNEP – tuzildi. 
Energetika   va   xom   ashyo   masalalari   bilan   shug’ullanuvchi   xalqaro
tashkilotlar muhim rol uynashdi. Ular ichida muhim o’rinni atom energiyasi
bo’yicha   BMTning   Xalqaro   agentligi   (MAGATE)   –   yadro   qurolini
tarqalishini   oldini   olish   va   atom   energiyasini   tinchlik   maqsadida   ishlatish
agentligi egallaydi. 
BMTning   say’i   harakati   bilan   xalqaro   siyosatda   hozirgi   kunda   inson
huquqlari   muhim   masala   qilib   ko’tarildi.   Bu   harakat   va   tashkilotlar   harakat
qilishgan.   Bu   kurash   1948-yilda   BMTning   Bosh   Assambleyasi   tomonidan
qabul   qilingan   “Inson   huquqlari   umumiy   deklaratsiyasi”ga   mantiqiy
qo’shilish   edi.   BMT   asosiy   diqqatini   rivojlantiruvchi   davlatlarning   iqtisodiy
masalalarini   yechishga   qaratdi.   1974-yilda   BMTning   Bosh   Assambleyasi yangi   xalqaro   iqtisodiy   tartibni   o’rnatish   Deklaratsiyasi   va   Dasturini   qabul
qildi. 
Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   a`zosi   bo`lgan   davlat   xalqaro
munosabatlarning   asosiy   tamoyillari   aks   etgan,   xalqqaro   shartnomalardan
iborat   bo`lgan   Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   Nizomida   bayon   etilgan
majburiyatlarni qabul etadi. Nizomga binoan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti
to`rtta   asosiy   maqsadga   amal   qiladi:   xalqaro   tinchlik   va   xavfsizlikni
ta`minlashga   ko`maklashish,   millatlar   o`rtasida   do`stona   aloqalarni
rivojlantirish,   xalqaro   muammolarni   hal   etishda   va   inson   huquqlarini
hurmatlashni   rag`batlantirishda,   xalqaro   hamkorlikni   barqaror   etish   hamda
ushbu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar sa`y-harakatlari, kelishuvlari
uchun markaziy rolni o`ynash. 
Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   a`zolari   -   mustaqil   davlatlardir.
Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   butunjahon   hukumati   emas   va   u   qonunlar
qabul   qilmaydi.   Biroq   xalqaro   mojarolarni   bartaraf   etishga   va   bizning
barchamizga daxldor bo`lgan masalalarni hal etish siyosatini ishlab chiqishga
yordam   bera   oladigan   mablag`larga   ega   bo`ladi.   Birlashgan   Millatlar
Tashkilotiga barcha katta-kichik, boy va kambag`al, turli siyosiy qarashlar va
ijtimoiy   tizimdagi   davlatlar   a`zo   bo`lib,   ular   ovoz   berish   va   ovoz   berishda
ishtirok etish huquqiga ega.
Birlashgan   Millatlar   Tashkilotida   oltita   bosh   organ   mavjud.   Ulardan
beshtasi   -   Bosh   Assambleya,   Xavfsizlik   Kengashi,   Iqtisodiy   va   Ijtimoiy
Kengash,   Vasiylik   Kengashi   va   Kotibiyat   -   Birlashgan   Millatlar
Tashkilotining Nyu-Yorkdagi Markaziy qarorgohida, oltinchi organ - Xalqaro
Sud esa Niderlandiyaning Gaaga shahrida faoliyat ko`rsatadi.
Bosh Assambleya
Bosh   Assambleya   -   o`ziga   xos   butunjahon   parlamentining
insoniyatning   eng   dolzarb   muammolari   ko`rib   chiqilayotgan   majlislarida Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   a`zosi   bo`lgan   barcha   mamlakatlar   vakillari
qatnashadi.   Har   bir   a`zo-mamlakat   bir   ovozga   ega.   Xalqaro   tinchlik   va
xavfsizlikni muayyan darajada saqlab qolish tavsiyalari yangi a`zolarni qabul
qilish yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti budjetini tasdiqlash, shu jumladan,
tinchlikni  saqlash  operatsiyalariga  mablag`  ajratish   singari  muhim  masalalar
ko`pchilik, aniqrog`i, uchdan ikki qism ovoz bilan qabul etiladi.
Boshqa masalalar bo`yicha qarorlar, odatdagidek, ko`pchilik ovoz bilan
qabul   etilaveradi.  Keyingi  yillarda   Assambleya  qarorlari  rasmiy   ovoz   berish
yo`li   bilan   emas,   balki,   konsesus   asosida   qabul   etilishi   uchun   maxsus   sa`y-
harakatlar   olib   borilmoqda.   1999/2000   yilgi   sessiyalarda   yadroviy
qurolsizlanish,   taraqqiyot,   atrof   muhitni   muhofaza   etish   va   yangicha
demokratiyani mustahkamlash singari kun tartibidagi turli-tuman 173 masala
ko`rib chiqilishi kerak edi. O`z qarorlari g`oyat muhim ahamiyatga ega bo`lsa
ham, ular jahon jamoatchiligi fikrlarini ifodalasa va xalqaro jamoatchilikning
axloqiy   talabi   hisoblansa   ham   Assambleya   o`z   qarorlarini   majburan   qabul
qildirmaydi.
Assambleyaning   har   yilgi   navbatdagi   sessiyasi   sentabrdan   dekabrga
qadar bo`lgan muddat davomida o`tkaziladi. Assambleya zarurat tug`ilganda
o`z   ishini   qayta   chaqirilgan   sessiyada   davom   ettirishi   yoki   jiddiy   tashvish
tug`dirgan   masalalar   bo`yicha   maxsus   yoki   favqulodda   sessiyalar   o`tkazishi
mumkin. Assambleyalar orasidagi muddat davomida uning ishlari Birlashgan
Millatlar   Tashkilotining   oltita   bosh   qo`mitalarida,   boshqa   organlarida   va
Kotibiyatda davom etadi.
Xavfsizlik Kengashi
Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   Nizomiga   muvofiq   xalqaro   tinchlik   va
xavfsizlikni   barqaror   etish   borasida   Xavfsizlik   Kengashi   bosh   javobgarlikni
zimmasiga oladi va u tinchlik xavf ostida qolgan kecha yoki kunduzning har
qanday daqiqasida chaqirilishi mumkin.  Kengash 15 a`zodan tashkil topgan. Ularning beshtasi - Xitoy, Rossiya
Federatsiyasi, Birlashgan Qirollik, Amerika Qo`shma Shtatlari va Fransiya -
doimiy a`zolar hisoblanadi. Kengashning qolgan o`n a`zosi Bosh Assambleya
tomonidan   ikki   yil   muddatga   saylanadilar.   Keyingi   yillarda   Birlashgan
Millatlar   Tashkilotida   Kengashning   a`zolar   tarkibini   o`zgartirish,   bu   tadbir
zamonaviy   va   iqtisodiy   voqelikni   yanada   yorqinroq   aks   ettirishi   masalasi
muhokama qilinayapti.
Kengashning   qarorlari,   uning   uchun   to`qqiz   a`zo   ovoz   bergan
taqdirdagina   qabul   qilingan   hisoblanadi.   Kun   tartibidagi   masalaga
Kengashning   doimiy   a`zolaridan   birortasi   qarshi   ovoz   bersa,   shuningdek,
veto huquqidan foydalansa qaror qabul qilinmaydi. 
Xalqaro tinchlikka xavf solinganligi haqida kengashga xabar berilganda
bu   mojaro   avvalo   tinchlik   yo`li   bilan   bartaraf   etish   nuqtai   nazaridan   ko`rib
chiqiladi.   Kengash,   balki   bartaraf   etish   tamoyillarini   ishlab   chiqadi   yoki
hakam vazifasini o`taydi. Harbiy harakatlar boshlanib ketgan taqdirda
Kengash   o`t   ochishni   to`xtatish   choralarini   ko`radi.   Shuningdek,   u
tomonlarni yarashtirish yoki bir-birlari bilan janjallashayotganlarni ajratishga
yordam beradigan, tinchlikni barqaror etuvchi missiya yuborishi mumkin.
Kengash o`zi qabul etgan qarorlarning bajarilishini ta`minlash bo`yicha
tadbirlar   qabul   qilishi   mumkin.   U   iqtisodiy   jazo   choralari   qo`llashi   yoki
qurollarni   yetkazib   berishga   embargo   qo`yishi   mumkin.   Juda   kamdan-kam
hollarda Kengash o`zi qabul qilgan qarorni bajarish uchun a`zo-mamlakatga
birgalikdagi   harbiy   harakatlarga   qadar   bo`lgan   "barcha   zarur   vositalarni"
qo`llashga vakolat beradi.
Shuningdek,   Kengash   Bosh   kotib   lavozimiga   muayyan   nomzodni   va
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga yangi a`zolarni tavsiya etadi.
Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Iqtisodiy   va   Ijtimoiy   Kengash   Bosh   Assambleyaning   umumiy
rahbarligi   ostida   harakat   qilib   Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   va   uning
tizimidagi   muassasalar   faoliyatini   ijtimoiy   va   iqtisodiy   sohada
muvofiqlashtirib   turadi.   Xalqaro   iqtisodiy   va   ijtimoiy   muammolarni
muhokama   etish   va   shu   sohadagi   siyosat   borasida   tavsiyalar   ishlab   chiqish
uchun   bosh   anjuman   hisoblangan   Kengash   taraqqiyot   maqsadlarida   xalqaro
hamkorlikni  mustahkamlashda   muhim  rol  o`ynaydi.  Kengash   ish  faoliyatida
Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   va   Fuqarolar   jamiyati   o`rtasidagi   o`sha
muhim   hayotiy   muloqotni   qo`llab-quvvatlagan   holda   tegishli   nohukumat
tashkilotlari bilan maslahatlashadi. 
Kengash tarkibiga Bosh Assambleya tomonidan uch yilga saylanadigan
54 nafar a`zo kiradi. Kengash har yili - Nyu-York va Jenevada, galma-galdan
-   o`zining   bir   oy   muddatga   cho`ziladigan   sessiyasini   o`tkazadi.   Sessiya
davomida   muhim   iqtisodiy   va   ijtimoiy   masalalarni   muhokama   etish   uchun
ministrlar darajasida majlis, 1998 yildan esa sessiya doirasida insonparvarlik
masalalarini ko`rib chiqish bosqichi o`tkazilmoqda. 
Kengashning   ishlari   yil   mobaynida   o`z   yig`ilishlarini   muntazam
o`tkazib   turadigan   va   Kengashga   hisobot   beradigan   yordamchi   tashkilotlar
tomonidan   olib   boriladi.   Masalan,   inson   huquqlari   komissiyasi   dunyoning
barcha   mamlakatlarida   inson   huquqlariga   qanday   rioya   etilayotganligini
nazorat   qiladi.   Boshqa   tashkilotlar   ijtimoiy   taraqqiyot,   xotin-qizlarning
ahvoli,   jinoyatchilikdan   ogoh   etish,   giyohvandlikka   qarshi   kurash   va   atrof
muhitni   muhofaza   etish   masalalari   bilan   shug`ullanadilar.   Beshta   hududiy
komissiya   iqtisodiy   taraqqiyot   va   o`z   hududlarida   iqtisodiy   munosabatlarni
rivojlantirishga yordam beradi.
Vasiylik Kengashi
Vasiylik Kengashi 7 a`zo-mamlakat qo`l ostidagi 11 vasiylik hududida
xalqaro   nazoratni   ta`minlash,   shuningdek,   ularning   hukumatlari   bu hududlarda   o`z-o`zini   boshqarish   yoki   mustaqillikning   zarur   chora-
tadbirlarini ko`rishlari uchun xalqaro nazoratni ta`minlash maqsadida tashkil
etilgan.   1994   yilga   kelib   vasiylik   hududlarining   barchasi   o`zlarini   boshqara
boshladilar   yoki   alohida   davlatga   aylanib   mustaqillikka   erishdilar,   yoxud
mustaqil qo`shni davlatlar bilan qo`shilishdi. Eng oxiri bo`lib bunday tadbirni
Qo`shma   Shtatlari   qo`l   ostida   bo`lgan   Tinch   okean   orollari   (Palau)   vasiylik
hududi amalga oshirdi va 185-a`zo davlat bo`lib qoldi.
Hozirgi   paytda,   tarkibiga   Xavfsizlik   Kengashining   besh   doimiy   a`zosi
kirgani sababli Vasiylik Kengashi ishlari, asosan, tugallandi, uning ish tartibi
qoidalariga   tegishli   o`zgartirishlar   kiritildi,   ya`ni   u   o`zining   yig`ilishlarini
faqat shart-sharoit taqozo etgan hollardagina o`tkazadigan bo`ldi.
Xalqaro Sud
Xalqaro   Sud   -   Butunjahon   sudi   sifatida   hammaga   ma`lum   bo`lib,   u
Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh sud organidir. Bosh Assambleya va
Xavfsizlik   Kengashi   tomonidan   saylangan   15   sudyadan   tashkil   topgan
Xalqaro   Sud   davlatlar   o`rtasidagi   mojarolarni   bartaraf   etish   bilan
shug`ullanadi. Davlatlarning - sud muhokamasida qatnashishlari ixtiyoriydir,
biroq davlatlar shunga rozi bG`lsalar, ular Sud qaroriga bo`ysunishlari shart.
Shuningdek, Bosh Assambleya va Xavfsizlik Kengashi iltimoslari bilan Sud
konsultativ xulosalar chiqarish ishlari bilan ham shug`ullanadi.
Kotibiyat
Kotibiyat   Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   Bosh   Assambleyasi,
Xavfsizlik   Kengashi   va   boshqa   tashkilotlari   ko`rsatmalariga   muvofiq   tezkor
va ma`muriy ishlarni amalga oshiradi. Uni umumiy ma`muriy rahbarlikni olib
boradigan Bosh kotib boshqaradi.
Hozirgi vaqtda Kotibiyat qariyb dunyoning 160 mamlakatidan bo`lgan
8900   kishi   ishlaydigan   yetti   deportament   va   turli   boshqarmalardan   tashkil topgan.   Bundan   tashqari   Nyu-York,   Jeneva,   Vena   va   Nayrobida   Birlashgan
Millatlar Tashkilotining bo`limlari mavjud.
BMT tinchlikni barqaror etish uchun nimalar qiladi?
Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng bosh vazifalaridan biri - butun
dunyoda   tinchlikni   barqaror   etishdir.   Nizomga   binoan   a`zo-mamlakatlar
o`zlarining   xalqaro   kelishmovchiliklarini   tinch   yo`l   bilan   hal   etadi,   qurolli
kuchlarni   boshqa   davlatlarga   nisbatan   qo`llamaydilar,   ularga   tahdid
solmaydilar.
Ko`p   yillar   mobaynida   xalqaro   krizislarni   bartaraf   etish   va   paydo
bo`lgan   mojarolarni   hal   qilishga   yordam   berishda   Birlashgan   Millatlar
Tashkiloti muhim rol o`ynadi. U tinchlikni o`rnatish, tinchlikni saqlab qolish
va   insonparvarlik   yordami   ko`rsatish   borasida   ko`plab   operatsiyalar
turkumini   amalga   oshirdi.   Shuningdek   u   birmuncha   jiddiy   tus   olgan
mojarolarni   ham   bartaraf   etishga   muvaffaq   bo`ldi.   Mojarolar   kelib   chiqqan
hollarda   u   zo`ravonlikning   tub   ildizlarini   qirqish   va   mustahkam   tinchlik
uchun   asoslar   yaratishga   yo`naltirilgan   va   koordinatsiyalashtirilgan   yanada
qat`iy chora-tadlbirlar qabul qiladi.
Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   bu   borada   diqqatga   sazovor   natijalarni
qo`lga   kiritdi.   Masalan,   1962   yilgi   Karib   krizisini,   1973   yilgi   Yaqin   Sharq
janjalidagi keskinlikni bartaraf etishga muvaffaq bo`ldi. 1988 yili Birlashgan
Millatlar Tashkilotining tinch yo`l bilan hal etish borasidagi sa`y-harakatlari
Eron-Iroq   urushini   bartaraf   etish   imkonini   berdi,   undan   keyingi   yili
Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   tashabbusi   bilan   o`tkazilgagn   muzokaralar
tufayli   sovet   qo`shinlari   Afg`onistondan   olib   chiqildi.   Birlashgan   Millatlar
Tashkiloti   90-yillarda   Quvayt   mustaqilligini   tiklashga   yordam   berdi,
Kambodja,   Salvador,   Gvatemala   va   Mozambikda   fuqarolar   urushini
to`xtatishda,   Gaiti   va   Syerra-Leonda   demokratiya   asosida   saylangan hukumatni   tiklashda   katta   rol   o`ynadi,   shuningdek,   qator   boshqa
mamlakatlardagi kelishmovchiliklarni bartaraf etdi va hal qildi.
Qurolsizlanish
Qurol-yarog`lar   tarqalishiga   chek   qo`yish,   shuningdek,   yalpi   qirg`in
qurollarining   qisqartirilishi,   pirovardida,   ularning   barcha   zahiralari
yo`qotilishiga   erishish   eng   muhim   vazifalardan   biridir.   Birlashgan   Millatlar
Tashkiloti   qurolsizlanish   bo`yicha   muzokaralar   o`tkazish,   shu   sohada
tavsiyalar   ishlab   chiqish   va   tadqiqotlar   tashabbuskori   bo`lish   uchun   doimiy
forum   vazifasini  o`taydi.  U  qurolsizlanish   bo`yicha  Konferensiya   va   boshqa
xalqaro   tashkilotlar   doirasida   olib   boriladigan   ko`pqirrali   muzokaralarni
qo`llab-quvvatlaydi.   Bu   muzokaralar   natijasida   Yadro   qurolini   tarqatmaslik
haqidagi   keng   qamrovli   shartnoma   (1996   y.)   va   yadro   qurolidan   xoli   zona
to`g`risidagi shartnoma kabi xalqaro kelishuvlar ro`yobga chiqdi.
Shuningdek,   bundan   boshqa   kimyoviy   (1992   yil)   va   bakteriologik
(1972)   qurollarning   zahiralarini   tayyorlash,   ishlab   chiqish   va   to`plashni
ta`qiqlovchi,   dengiz   va   okeanlar   tubiga   (1971   yil)   va   kosmik   fazoga   (1967
yil) yadro qurolini joylashtirishni ta`qiqlovchi shartnomalar, shu singari yana
boshqa turdagi qurollarni ta`qiqlovchi yoki chegaralovchiartnomalar tuzilgan
edi. 1977 yilda yer usti minalaridan foydalanishni ta`qiqlovchi konvensiyaga
100 dan ortiq davlat imzo chekdi. 
Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   mana   shu   konvensiyaga   va   vayron
qiluvchi   turdagi   qurollardan   foydalanishni   ta`qiqlovchi   boshqa   xalqaro
shartnomalarga   barcha   davlatlarni   qo`shilishga   chaqirdi.   BMT   shuningdek,
o`q   otar   va   yengil   qurollar   ustidan   nazoratni   kuchaytirishning   ham
tarafdoridir. Bosh Assambleya karoriga binoan xalqaro konferensiya o`q otish
qurollari   bilan   noqonuniy   savdo   qilish   bo`yicha   masalani   2001   yilda   ko`rib
chiqadi. Venada   joylashgan   atom   energiyasi   bo`yicha   xalqaro   agentlik,
kafolatlar   borasidagi   bitimlar   tizimi   asosida   faoliyat   ko`rsatib,   tinchlik
maqsadlarida foydalanish uchun mo`ljallangan atom ashyolari va jihozlaridan
harbiy   maqsadlarda   foydalanilmasligini   ta`minlashga   javob   beradi.   Gaagada
joylashgan   Kimyoviy   qurollarni   ta`qiqlash   bo`yicha   tashkilot   jahonning
barcha   mamlakatlari   kimyoviy   obyektlari   haqida   ma`lumot   yig`ish   bilan
shug`ullanadi va kimyoviy qurollar bo`yicha Konvensiyaga amal qilish uchun
nazoratni ta`minlash maqsadida doimiy kuzatuv olib boradi.
Tinchlikni barqaror etish
Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   o`zining   tinchlik   o`rnatish   faoliyati
doirasida   diplomatik   mexanizmlardan   foydalangan   holda   qarama-qarshi
bo`lib   qolgan   tomonlarning   yarashishlariga   yordam   beradi.   Xavfsizlik
Kengashi   xalqaro   tinchlik   va   xavfsizlik   borasidagi   o`z   sa`y-harakatlari
doirasida   mojaroni   bartaraf   etish   va   tinchlik   o`rnatish   yoki   uni,   masalan,
muzokaralar   yoxud   Xalqaro   Sud   yordamida   barqaror   etish   yo`llarini   tavsiya
qilishi   mumkin.
Tinchlikni barqaror etish ishida Bosh kotib muhim rol o`ynaydi. U Xavfsizlik
Kengashi e`tiboriga o`z fikri bo`yicha xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid
solayotgan   har   qanday   muammoni   havola   etishi   mumkin.   Bosh   kotib
"beminnat   xizmat"dan,   vositachilik   funksiyasidan   foydalanishi   yoki   sahna
ortida   bevosita   o`zi   yoki   maxsus   vakil   orqali   "tinch   diplomatiya"   bilan   ish
olib   borishi   kerak.   Bosh   kotib,   shuningdek,   holat   kesinlashguniga   qadar
janjalning   oldini   olish   uchun   "ogohlantiruvchi   diplomatiya"   mexanizmidan
ham   foydalanishi   mumkin.   Bundan   tashqari   faktlarni   aniqlash,   hududiy
doirada   shug`ullanayotgan   tinchlik   o`rnatuvchilarni   qo`llab-quvvatlash,
mamlakatlarda   -   tomonlarga   ishonchni   mustahkamlashga   yordam
ko`rsatadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining siyosiy bo`limlarini ochish
uchun missiya jo`natishi mumkin.  Tinch qurilish
Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   faoliyati   -   jabr-zulmning   tub
sabablarini   imkon   qadar   ko`proq   bartaraf   etishga   qaratilgandir.   Shuning
uchun ham tinch qurilishning eng muhim unsurlaridan biri - taraqqiyot uchun
yordamni   ayamaslikdir.   Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   tizimning   boshqa
tashkilotlari   bilan   hamkorlikda   va   davlatlar   orasidagi   donor   mamlakatlar
hamda   nohukumat   tashkilotlari   ishtirokida   butun   jamiyatning   baxt-saodati
uchun,   qonun-qoidalar   ustuvorligini   barqaror   etish   uchun   mojarolar
oqibatlarini   boshdan   kechirayotgan   mamlakatlarda   saylovlar   o`tkazish   va
inson   huquqlarini   himoya   qilishga   yo`naltirilgan,   boshqarishni
takomillashtirishni   qo`llab-quvvatlaydigan   yordam   ko`rsatadi.   Ayni   paytda
Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   bu   mamlakatlarga   mojarolar   oqibatida   izdan
chiqqan   ma`muriy   tizimni,   sog`liqni   saqlash,   xalq   ta`limi   va   ijtimoiy
infrastrukturaning boshqa unsurlarini tiklashga yordam beradi. 
Mazkur   faoliyatning   1989   yilda   Namibiyada   saylovlarning
o`tkazilishini, Mozambikda minalardan tozalash dasto’rini va Gaitida fuqaro
politsiyasi   xodimlarini   tayyorlashni   kuzatish   kabi   ba`zi   turlari   Birlashgan
Millatlar Tashkilotining tinchlikni o`rnatish bo`yicha operatsiyalari doirasida
amalga   oshirildi,   bu   holda   ushbu   faoliyatning   ba`zi   jihatlari   tinchlikni
o`rnatish   operatsiyasidan   keyin   ham   davom   etishi   mumkin.   Faoliyatning
boshqa,   masalan,   Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   Liberiyada   tinch   qurilish
jarayonini   qo`llab-quvvatlash   bo`yicha   o`z   bo`limini   ochishi,   Kambodjada
Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   inson   huquqlari   bo`yicha   bo`limining
faoliyat   ko`rsatib   turishi   yoki   Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining
Gvatemalada mamlakat hayotining qariyb barcha jabhalariga ta`sir ko`rsatib,
tinchlik bitimlari tuzilishiga yordam berayotgani kabi turlari hukumatlarning
iltimosiga binoan amalga oshiriladi. Tinchlikni saqlab qolish
Xavfsizlik   Kengashi   o`zining   tinchlikni   saqlash   va   xalqaro   xavfsizlik
borasidagi   sa`y-harakatlari   doirasida   Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining
tinchlikni   saqlash   bhyicha   operatsiyalarining   vakolat   va   mandat   doiralarini
tasdiqlab   beradi.   Muzokaralar   davrasida   uzoq   muddatga   mo`ljallangan
qarorlar ustida izlanishlar olib borilayotgan paytda, bunday operatsiyalarning
ko`pchiligida   o`t   ochishni   to`xtatish   rejimini   kuzatayotgan   yoki   oraliq   zona
tashkil   etgan   harbiy   xizmatchilar   ishtiroki   ko`zda   tutiladi.   Boshqa
operatsiyalarda   saylovlarni   tashkil   etishga   yordamlashadigan   yoki   inson
huquqlari himoya etilishini nazorat qiladigan fuqaro politsiyachilar va fuqaro
mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin. Sobiq Yugoslaviya Respublikasining
Makedoniyasida   amalga   oshirilgan   shunga   o`xshash   ba`zi   operatsiyalar
ehtiyot   chorasi   sifatida   talqin   etildi   va   u   harbiy   harakatlarni   kengayib
ketishining   oldini   oldi.   Ko`pgina   hollarda   operatsiyalar   tinch   muzokaralarga
amal   qilinishini   nazorat   etishga   yo`naltiriladi   va   hududiy   tashkilotning
tinchlik o`rnatuvchi kuchlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Tinchlik   o`rnatish   operatsiyalari   bir   necha   yilga   qadar   davom   etishi
mumkin.   Masalan,   Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   Hindiston   va
Pokistonning   Jammu   va   Kashmir   shtatlari   o`rtasidagi   o`t   ochish   to`xtatilishi
lozim bo`lgan liniya bo`ylab faoliyat ko`rsatayotgan operatsiyasi 1949 yildan
buyon   davom   etadi,   Kiprda   Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   tinchlikni
barqaror   etuvchilari   1964   yildan   beri   posbonlik   qilmoqdalar.   Boshqa   bir
tomondan, 1994 yil Liviya va Chad o`rtasidagi Aozu mintaqasida operatsiya
o`tkazish uchun bir oydan ortiqroq muddat zarur bo`ldi. 
1948   yili   Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   tinchlik   o`rnatuvchi   eng
birinchi   missiyasi   shakllangan   soniyalardanoq   Tashkilot   ixtiyoriga   118
mamlakat   ixtiyoriy   ravishda   750   000   nafar   harbiy   xizmatchi   va   fuqaro politsiyachilari ajratdilar. Ular minglab fuqaro mutaxassislar bilan birgalikda
tinchlik o`rnatish borasida amalga oshirilgan 53 operatsiyada ishtirok etdilar.
BMT davlatlararo nizolarni yechishda muhim ro’l uynadi. 1948-yildan
1991-yilga   qadar   BMT   tinchlikni   saqlash   uchun   23   operatsiyani   o’tkazdi.
BMT   Bosh   sekretoari   qo’lida   tanklar,   yuk   mashinalar,   sputnik   aloqa   va
shunga   o’xshash   vositalar   mavjud   ediki,   boshqa   davlat   boshliqlari   havas
qilishardi. Bugungi kunda BMT kuchlari yer sharining hoxlagan qismida 50
ming palatka tutishi yoki 1 mln. qochoqni ovqatlantirish qudratiga ega. Uning
oziq-ovqat   dasturi   butun   davlatlar   aholisini   hayotini   qo’llash   imkoniyatiga
ega. 
Biroq   BMTning  qoloq  davlatlarga  yordam   berishi  boshqa   masalalarga
nisbatan   kamdir.   Bu   qiyinchiliklar   asosan   BMTning   moliyaviy
qiyinchiliklaridan   kelib   chiqadi.   90-yillarda   BMTning   tenglikni   saqlash
rolining   oshishi   Fors   ko’rfazi   va   Namibiyadagi   nizolarni   yechishga   yordam
berdi. 1990-yilda BMTning Xavfsizlik Ittifoqi o’zining ko’p millatli kuchini
Iroqqa   qarshi   quvaytni   bosib   olgani   uchun   ishlatdi.   Namibiya   nizosi   barcha
kurashuvchi tomonlarni kelishuv jarayoniga qatnashishiga jalb etib yechildi.
BMT o’ziga qo’yilgan ishni, ya’ni barcha hududlarda tinchlikni saqlash, ovoz
berishni nazorat qilish va Namibiya va Angoladan chet qo’shinlarni chiqarish
kabi ishlarni a’lo darajada amalga oshirdi. 
Ammo,   shu   bilan   birga   BMT   Liberiya,   Somali,   Ruanda   va   boshqalar
nizoli   zonalarda   o’z   kuchsizligini   ko’rsatdi.   BMT   boshqaruvini   boshqa
qudratli davlatlar o’z qo’liga olgandi faqatgina, aniq harakat qilishi mumkin.
Ammo,   ular   orasida   kelishmovchiliklar   bo’lmasa,   barcha   tadbirlar
mag’lubiyat bilan tugaydi. Ko’pgina harbiy aktlar BMT tomonidan sanksiya
qabul   qilinib,   u   boshchiligida   emas,   balki   AQSh   boshchiligida:   Koreyada
(1950–1953),   Iroqda   (1990–1991),   Somalida   (1992–1993),   Yugoslaviyada
(1999) amalga oshirildi.  Shimoliy Atlantika shartnomasi   tashkiloti (NATO). Shimoliy Atlantika
shartnomasi   tashkiloti,   NATO   (North   Atlantic   Treaty   Organization   —
NATO)   -   xalqaro   davlatlararo   harbiy-siyosiy   tashkilot.   1949   yil   4   aprelda
Vashingtonda   12   davlat:   AQSh,   Buyuk   Britaniya,   Fransiya,   Belgiya,
Niderlandiya,   Lyuksemburg,   Kanada,   Italiya,   Portugaliya,   Norvegiya,
Daniya,   Islandiya   vakillari   tomonidan   Shimoliy   Atlantika   shartnomasi
imzolangan.  Tashkilotga  1952  yil  Grestiya  va  Turkiya;  1955  yil  GFR,  1982
yil Ispaniya, 1999 yil Vengriya, Polsha va Chexiya, 2004 yil Latviya, Litva,
Estoniya,   Slovakiya,   Sloveniya,   Bolgariya   va   Ruminiya   qabul   kilindi;   1966
yil   Fransiya   NATOning   harbiy   tuzilmalaridan   chiqqan.   Shartnoma   dastlab
Sovet Ittifoqi tomonidan agressiya xavfiga qarshi birgaliqda himoyalanish va
jamoaviy   xavfsizlikni   nazarda   tutgan.   Bu   II-jahon   urushidan   keyin   AQSh
tomo nidan   tuzilgan   birinchi   uyushma   bo’lib,   u   G’arb   mamlakatlarining
ittifoqini anglatardi.   Bunday shartnoma tuzilishiga   «sovuq urush»ning   tobora
keng tus olgani sabab  bo’lgan. 
G’arbiy   Yevropa   mamlakatlari   Sovet   Ittifoqidan   yakka   tartibda
ximoyalanishda   o’zlarini   ojiz   his   etganliklari   uchun   1947   yil   hamkorlikda
himoya tizimini yarata boshladilar.  1948 yil 17 martda 5 mamlakat - Belgiya,
Fransiya,   Lyuksemburg,   Niderlandiya   va   Buyuk   Britaniya   «Bryussel
shartnomasi»ni   imzolagan   edilar.   Bryussel   Shartnomasi   (1948)   –   Buyuk
Britaniy,   Fransiya,   Belgiya,   Niderlandiya   va   Lyuksenburg   davlatlari
tomonidan 50 yil muddatga tuzilgan pakt.   Bu shartnoma Shimoliy Atlantika
pakti   (NATO)   ning   tuzilishida   tayyorgarlik   bosqichi   bo’ldi.   Keyinchalik
shartnoma qatnashchilari safiga GFR  va Italiya a’zo bo’ldi (1954).   Bryussel
Shartnomasi  asosida tuzilgan yangi harbiy guruh G’arbiy Yevropa ittifoqi deb
atala boshlandi  
Bu   shartnoma   NATO   ga   asos   bo’ l di.   NATO   ning   asosiy   prinsipi shartnomaning «Tomonlar Yevropa yoki Shimoliy Amerikada bir yoki undan
ortiq mamlakatga qilinadigan qurolli hujumni barchaga qarshi hujum sifatida
qaraydi»   degan   moddasida   ifodalangan.   Shartnoma   BMT   Ustavining   51-
moddasiga   muvofiq   ishlab   chiqilgan   bo’lib,   bu   moddada   mustaqil   davlatlar
yakka   tartibda   yoki   jamoa   bo’lib   o’z   mudofaasini   tashkil   etish   huquqiga
egaligi   ko’rsatilgan.   Shartnoma   NATO   ga   kiruvchi   mamlakatlarga   G’arbiy
Yevropa   va   Shimoliy   Atlantikani   himoya   qilish   vazifasini   yuklagan.
Shartnoma,   shuningdek,   a’zolar   o’rtasida   siyosiy,   iktisodiy   va   ijtimoiy
aloqalarni   chuqurlashtirish   maqsadida   ishlab   chiqilgan.   NATO   qurolli
kuchlari 1950 yil iyunda boshlangan Koreya urushiga javoban shu yil tashkil
qilingan.   NATO   ittifoq   hisoblanadi.   Uning   ichida   yagona,   markazlashgan
organ   mav jud   emas.   Huquqiy   jihatdan   hech   bir   davlat   o’zining
ko’rsatmalariga   qo’shilishga   boshqa   davlatlarni   majbur   etishga   haqli   emas.
NATO   tuzilmasini   siyosiy   (fuqaroviy)   va   harbiy   qismga   bo’lish   mumkin.
Shimoliy Atlantika Kengashi NATO ning oliy siyosiy organi hisoblanadi  1
. 
U   ittifoqqa   a’zo   mamlakatlar   hukumatlari   o’rtasida   maslahatlashib
olinadigan   va   ishlarni   muvofiqlashtiruvchi   asosiy   forumdir.   Kengash
majlislari: haftasiga bir marta - NATO ga a’zo mamlakatlar doimiy vakillari
(elchilari)   darajasida;   yiliga   2   marta   -   tashqi   ishlar   vazirlari   darajasida;
kelishuv   bo’yicha,   alohida   hollarda   -   davlatlar   va   hukumatlar   boshliklari
darajasida o’tadi. Kengash kun tartibiga amalda har qanday masala qo’yiladi,
ittifoqqa a’zo mamlakatlar o’zining ichidagi vaziyatlarga baho berish bundan
mustasno. Qarorlar konsensus asosida kabul qilinadi va barcha a’zolar uchun
bir   xilda   kuchga   ega   bo’ladi.   Harbiy   masalalar   Mudofaani   rejalashtirish
komiteti   (MRK)   majlislarida   muhokama   qilinadi.   Yadroviy   rejalashtirish
guruhi   majlislarida   NATO   siyosatida   yadro   qurolining   ahamiyati   bilan
bog’liq   masalalar   bo’yicha   maslahatlashuv   bo’ladi.   NATO   Bosh   kotibi
1 yuqoridagi   har   uchchala   organning   raisi   hisoblanadi.   Xalqaro   kotibiyat   xam
uning   tasarrufida   bo’ladi.   Harbiy   komitet   NATOning   oliy   harbiy   organi
hisoblanadi. 
Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar o’rtasidagi aloqalarning
tarixi uzoq ildizlarga borib taqaladi. Agarda o’tmishda Xitoy va O’rta Osiyo
aloqalariga   e’tibor   qaratadigan   bo’lsak,   bir   necha   ming   yillik   aloqalar   har
qanday   sharoitda   ham   ko’plab   to’siqlarga   qaramasdan   davr   sinovlariga
bardosh   berib,   rivojlanishda   davom   etavergan.   Buyuk   ipak   yo’li   doirasida
savdo   va   madaniy   aloqalar   natijasida   xalqlarimiz   bir-biriga   har   jihatdan
yaqinlashib   borgan.   Fikrlarimizning   isboti   uchun   misollar   hatto   keragidan
ham ortiqroq deyishimiz mumkin.
ShHT   ham   boshqa   tashkilotlar   kabi   o’zining   tarixi   va   shakllanish
jarayonlariga   ega.   «Shanxay   beshligi»   sifatida   dastlab   o’z   faoliyatini
boshlagan   tashkilot   a’zoligiga   O’zbekistonning   qo’shilishi   bilan   Shanxay
Hamkorlik   Tashkiloti   nomini   oldi.   Aslida   ShHTning   tarixiy   ildizlari   XX
asrning   60-yillariga   borib   taqaladi.   Chunki,   sobiq   ittifoq   XXR   o’rtasidagi
hududiy   muammolarni   hal   etish   o’sha   davrdayoq   pishib   yetilgandiki,   unga
barham   berish   esa   ma’lum   bir   muddatni   taqozo   etardi.     «Shanxay   beshligi»
Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Xitoy Xalq Respublikalari
o’rtasidagi   chegara   hududlarida   qurolli   kuchlar   sonini   qisqartirish   va   bir-
biriga ishonish natijasida kelishuvga erishish jarayonida shakllandi. 
Umuman   olganda,   «Shanxay   beshligi»   va   Shanxay   Hamkorlik
Tashkilotining   shakllanish   tarixini   shartli   ravishda   bir   necha   bosqichga
bo’lish mumkin.
Birinchi bosqich – 1989-yil noyabr oyidan 1991-yil dekabr oyiga qadar
sobiq Sovet Ittifoqi parchalanib ketishigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
«Sovuq urush» sharoitida sobiq sovet ittifoqining Xitoy bilan munosabatlari
bir   xil   rivojlanmaydi.   Ulardagi   siyosiy   tizim   yagona   kommunistik qarashlarga   asoslangan   bo’lsada,   ammo   munosabatlar   doimo   iliq   va
ittifoqchilik ko’rinishida bo’lib kelmadi. Sovet-Xitoy munosabatlari goh iliq,
goh   siyosiy   tarang   holatda   bo’lib   keladi.   Qolaversa   sovuq   urush   davridan
yoki to XX asrning 90-yillariga qadar Xitoy ikkinchi darajali davlat sifatida
baholanib   kelindi.   Garchi   Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   «Xavfsizlik
Kengashi»   doimiy   a’zosi   bo’lib,   hududiy   va   aholi   soni   jihatidan   yirik
davlatlar sirasiga kirsa-da, bari-bir Xitoy dunyo siyosati va iqtisodida u qadar
kuchli   ta’sirga   ega   emasdi.   Lekin   o’tgan   asrning   80-yillarida   boshlanib
ketgan   iqtisodiy   islohotlar   natijasida   Xitoy   juda   tez   taraqqiy   eta   boshladi.
Natijada   bir   necha   yil   ichida,   ayniqsa,   o’tgan   asrning   90-yillaridan   boshlab
Xitoy   dunyodagi   eng   yirik   mahsulot   ishlab   chiqaruvchi   davlatlardan   biriga
aylanib   bordi.   Bugunga   kelib,   u   dunyoda   mahsulot   ishlab   chiqarishining
umumiy   ko’rsatgichlari   bo’yicha   dunyoda   AQShdan   keyingi   o’ringa
ko’tarildi. Hatto ba’zi sohalarda birinchilikni egallashga erishdi. Sovuq urush
natijasida   sobiq   SSSR   bosimi   ostida   belgilangan   ittifoqning,   to’g’rirog’i
ittifoqdoshlarning   Xitoy   bilan   chegarasi   masalasi,   undan   tashqari   o’rtadagi
chegaralarda   to’plangan   katta   harbiy   kuchlar   jamlanmasi   Xitoyning   keyingi
taraqqiyoti   uchun   to’sqinlik   qilishi   mumkin   bo’lgan   asosiy   faktor   sifatida
qaraldi. Shu maqsadda xitoy hukumati Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston va
Tojikiston   respublikalari   bilan   chegara   masalasini   hal   qilishga   kirishdi   va
ko’p   tomonlama   muzokaralar   boshlanib   ketadi.   Undan   tashqari   Xitoy   shu
mamlakatlar bilan chegara hududlardagi harbiy kuchlar miqdorini qisqartirish
masalasida   ham   muzokaralar   boshlanadi.   Shanxay   Hamkorlik   tashkiloti
tarixida mana shu voqealar tashkilot tarixining boshlanishi hisoblanadi.
Aslida   sobiq   ittifoq   hamda   Xitoy   chegarasida   qurolli   kuchlarni
qisqartirish   borasidagi   muzokaralar   ancha   avval   boshlangan.
Muzokaralarning   osonroq   yechim   topishida   ikki   davlatning   bir   siyosiy
tizimdaligi   yordam   berdi.   Chegara   masalasida   o’tgan   asrning   60-yillarida boshlangan   muzokaralar   1989-yil   noyabr   oyida   Xitoy-Sovet   muzokaralari
bilan   davom   etdi,   unda   asosiy   e’tibor   chegara   hududlarida   qurolli   kuchlarni
qisqartirish   va   harbiy   sohada   bir-birini   tushunishga   qaratildi.   Muzokaralar
davom etib, nihoyat, 1990-yil 24-aprelida Xitoy va Sobiq sovet hukumatlari
o’rtasida   ikki   tomonlama   shartnoma   imzolandi.   Unga   binoan   Sovet-Xitoy
chegaralarida belgilangan miqdorga qadar qurolli kuchlar qisqartirilib, harbiy
sohada   bir-birini   anglashga   qaratilgan   memorandum   imzolanadi.   Har   ikki
tomon   Sovet-Xitoy   chegaralarida   harbiy   kuchlarni   faqat   mudofaa   va
qo’riqlash   maqsadidagina   saqlashni,   bir-biriga   hujum   qilish   va   bosqinchilik
operatsiyalaridan   voz   kechishni,   chegara   hududlarda   qurolli   kuchlar
miqdorini   qisqartirish   bilan   birga   ikki   tomon   bir-birini   anglash,   boshqa
sohalardagi   aloqalarni   yaxshilash,   harbiy   qismlarni   va   obyektlarni
bosqichma-bosqich   ravishda   qisqartirib   borishga   kelishib   olishdi.   Sobiq
ittifoq   davrida   aynan   shu   muzokaralar   sabab   SSSR   davlat   rahbari
M.S.Gorbachyov   1989-yil   may   oyida   Xitoyga   rasmiy   safar   uyushtiradi.
Bunga   javoban   Xitoy   rahbari   Szyan   Szemin   1991-yil   may   oyida   Moskvada
bo’ladi.
Tarixshunoslikda   «Shanxay   beshligi»   yoki   Shanxay   Hamkorlik
Tashkiloti   uchun   dastlabki   qadamlar   aynan   chegara   masalasidagi
muzokaralardan boshlandi deb qaraladi.
Tadqiqotchilar  mazkur   tashkilotning  shakllanishidagi   ikkinchi   bosqich
sifatida 1991-yil dekabrdan 1997-yil aprelgacha bo’lgan davrni ko’rsatishadi.
Bu   davrga   kelib,   sobiq   SSSR   davlat   sifatida   tugab,   uning   o’rnida   qator
mustaqil   davlatlar   vujudga   kelishi   sababli   endi   Xitoy   hukumati   yuqoridagi
muzokaralarni   «sobiq   ittifoqdosh»   to’rt   davlat   -   Rossiya,   Qozog’iston,
Qirg’iziston   va   Tojikiston   Respublikalari   hukumatlari   bilan   alohida-alohida
holda olib borishga to’g’ri keldi.  1997-yil   aprel   oyidan   2000-yilga   qadar   bo’lgan   vaqt   tashkilot
shakllanishining uchinchi bosqichi sifatida qaraladi. Aynan mana shu davrda
tashkilotning   besh   a’zosi   Xitoy,   Rossiya,   Qozog’iston,   Qirg’iziston   va
Tojikiston   respublikalari   o’rtasida   harbiy   va   boshqa   sohalarga   oid   doimiy
muzokaralar   o’tkazila   boshlandi.   Ayniqsa   ular   hududiy   da’volardan   voz
kechib,   mintaqaviy   muammolarni   hal   etishga   harakat   qila   boshladi.   Harbiy
sohadagi   muzokaralarda   bir   tomondan   Xitoy   Xalq   Respublikasi   va   ikkinchi
tomondan   Rossiya,   Qozog’iston,   Qirg’iziston   va   Tojikiston   Respublikalari
birgalikda   ishtirok   etishdi.   Boshqa   sohalarda   besh   davlat   teng   huquqli   a’zo
sifatida muzokaralarni ko’p tomonlama tartibda olib borishdi.
Umuman olib qaraganda “Shanhay beshligi”ning shakllanishi va uning
Tashkilot   maqomiga   aylanishi   ana   shu   o’n   yillikda   amalga   oshdi.   SSSR
parchalangach,   mustaqil   Rossiya   Federatsiyasi   va   Xitoy   o’rtasida   oldingi
chegara   masalasidagi   muzokaralar   davom   etib,   1992-yil   mart   oyida   Sharqiy
hududlarda   bir-birini   anglashga   oid   kelishuvlar   imzolanishi   bilan   tugadi.
Mazkur   shartnomalar   har   ikki   tomonda   ratifikatsiya   qilindi.   1994-yil
sentabrda Xitoy rahbari Szyan Szemin rasmiy tashrif bilan Rossiyaga keladi.
Mazkur   safar   chog’ida   Rossiya   va   Xitoy   o’rtasida   chegara   masalasida   yana
bir   shartnoma   imzolanib,   shartnomaga   ko’ra   ikki   davlat   o’rtasidagi   g’arbiy
chegaralar masalasiga oydinlik kiritildi. 1995-yil oktabrda har ikki mamlakat
parlamenti   tomonidan   mazkur   shartnoma   ratifikatsiya   qilinadi.   Shu   tariqa
birinchi bor Xitoy va Rossiya o’rtasidagi 4300 km.lik chegara o’zgarmasligi
va qat’iyligi huquqiy jihatdan belgilab olindi.
Xitoy  va Qirg’iziston o’rtasidagi chegara  masalasidagi kelishuv  1996-
yil   iyul   oyida   Xitoy   rahbari   Szyan   Szeminning   Bishkekka   amalga   oshirgan
safari paytida imzolandi.  Ammo bu shartnoma Xitoy, Qirg’iziston chegaralari
muammosini to’la bartaraf etmadi. Keyinroq, chegara masalasidagi yana bir
hujjat   1999-yil   avgust   oyida   Xitoy   va   Qirg’iziston   hukumatlari   o’rtasida «Shanxay   beshligi»   tashkilotining   davlat   rahbarlari   o’rtasidagi   Bishkek
uchrashuvi   chog’ida   Szyan   Szemin   va   Askar   Akayev   o’rtasida   imzolandi.
Ushbu   «Qirg’iziston   va   Xitoy   o’rtasidagi   davlat   chegaralari   to’g’risidagi
qo’shimcha   kelishuv»   deb   nomlanuvchi   shartnoma   Xitoy   va   Qirg’iziston
o’rtasidagi   1000   km.dan   ortiqroq   chegara   hududlarini   huquqiy   jihatdan
tartibga   soldi.   Amalda   mazkur   qo’shimcha   shartnoma   bilan   xitoy-qirg’iz
chegarasi masalasiga to’lig’icha yechim topildi.
Bugungi kunda Tojikiston va Xitoy o’rtasidagi chegara masalasi hamon
o’z yechimini topmagan bo’lsa-da, ammo shu yo’nalishdagi ilk muzokaralar
uchun   1999-yil   avgustda   Xitoy   rahbari   Szyan   Szemin   va   Tojikiston
prezidenti   Imomali   Raxmonovlar   o’rtasida   Dalyan   shahridagi   uchrashuv
chog’ida olib borildi. Biroq masalaga amaliy yechim topilmadi.
2000-yil  iyul oyida Dushanbe shahrida «Shanxay beshligi»ning bo’lib
o’tgan navbatdagi sammitida Xitoy, Qirg’iziston va Tojikiston o’rtasida uch
tomonlama kelishuv imzolanib, unda davlatlar o’rtasidagi chegara masalasiga
oid munozarali holatlar tahlil qilindi. Aynan mana shu ikki kelishuv Xitoy va
Tojikiston   o’rtasidagi   chegara   masalalarini   hal   etishdagi   dastlabki   qadam
bo’ldi, deyish mumkin.
Qozog’iston   va   Xitoy   o’rtasidagi   chegara   masalalari   bo’yicha
muzokaralar olib borish uchun 1994-yil aprel oyida Xitoy Xalq Respublikasi
Davlat kengashi kotibi Li Pen Qozog’istonga rasmiy tashrif bilan keladi. Shu
uchrashuv   paytida   Qozog’iston   va   Xitoy   o’rtasidagi   chegaralarga   oid
kelishuv   imzolandi.   1997   yil   sentabrda   Xitoy   vaziri   Li   Pen   yana   bir   bor
Qozog’istonga   rasmiy   tashrif   bilan   keldi.   Muzokaralar   yakunida
«Qozog’iston va Xitoy o’rtasidagi davlat chegaralari to’g’risidagi qo’shimcha
kelishuv»   shartnomasi   imzolandi.   Mazkur   shartnoma   Xitoy-Qozog’iston
chegaralarini huquqiy jihatdan amalda tan olinganligini anglatdi. Yangi   munosabatlar   sharoitida   chegara   masalasi   bilan   birga   Xitoy
hukumati sobiq chegara hududlaridagi harbiy qismlar masalasiga ham e’tibor
qaratib keldi. Shu maqsadda 1996-yil 26-aprelda Xitoyning Shanxay shahrida
birinchi   marta   sobiq   SSSR   parchalangach,   Xitoy,   Rossiya,   Qozog’iston,
Qirg’iziston   va   Tojikiston   davlat   rahbarlarining   uchrashuvi   bo’lib   o’tdi   va
unda harbiy sohada o’zaro ishonch to’g’risidagi shartnoma imzolandi. Unga
ko’ra,   barcha   tomon   chegara   hududlarda   qurolli   kuchlar   miqdorini
kamaytirish,   bir-biriga   qurolli   tahdid   solmaslik,   boshqa   mamlakatlar   bilan
ham   bir-biriga   tahdid   solmaslik,   zarur   holatlarda   harbiy   mashg’ulotlar
o’tkazib   turish,   biror-bir   tomonga   harbiy   xavf   yuzaga   kelgan   holatda
shartnomani   imzolayotgan   mamlakatlar   armiyalari   bir-biri   bilan   ma’lumot
almashishga va hamkorlik qilishga kelishib olishdi.
Ana  shu  uchrashuvda   1996-yil   26-aprelda   Rossiya,  Xitoy,  Qozog‘ i ston,
Qirg‘iziston   va   Tojikiston   o‘rtasida   “Shanxay   beshligi” ni   tashkil   etish
to‘g‘risidagi   bitimni   imzolashdan   boshlangan,   uning   maqsadi–tashkilotning
a’zo-davlatlari o‘rtasidagi   chegarada qurolli   k uchlarni qisqartirish va harbiy
ishonchni o‘rnatish bo‘yicha choralarni qabul qilish bo‘ldi. Mazkur sammitda
uchrashgan   davlat   rahbarlari   harbiy   sohada   bir-biriga   ishonch,   chegara
hududlarida qurolli kuchlar miqdorini qisqartirish, boshqa bir uchinchi davlat
tomonidan   yuzaga   kelishi   mumkin   bo’lgan   xavf   sharoitida   bir-biriga   qarshi
chiqmaslik,   dushmanga   qarshi   kurashga   mo’ljallangan   harbiy   mashg’ulotlar
o’tkazib   turish,   harbiy   xizmatchilar   o’rtasida   do’stona   munosabatlar
o’rnatish,   chegarachilarning   doimiy   maslahat   va   tajriba   almashuvini   yo’lga
qo’yish kabi masalalar ko’rib chiqildi.
Forum   ishtirokchilarining   ikkinchi   uchrashuvi   1997-yil   24-25   aprel
kunlarida   bo’lib   o’tdi.   Unda   bir   tomondan   Xitoy   Xalq   Respublikasi   va
ikkinchi   tomondan   o’zaro   hamkor   davlatlar   sifatida   Rossiya,   Qozog’iston,
Qirg’iziston   va   Tojikiston   respublikalari   ishtirok   etishadi.   Uchrashuv chog’ida   XXR,   Rossiya   Federatsiyasi,   Qozog’iston,   Qirg’iziston   va
Tojikiston   respublikalari   o’rtasidagi   davlat   chegaralarida   qurolli   kuchlarni
qisqartirish   borasidagi   qo’shma   shartnoma   imzolandi.   Shartnomaga   binoan
har bir davlat chegarasidan 100 km. ichkarigacha bo’lgan hududlar geografik
makon sifatida tan olinadi. Harbiy qismlar faqatgina ma’lum bir belgilangan
hududlardagina   joylashtirilib,   ularning   soni   ham   maksimal   darajada
kamaytirishga kelishib olindi.
Davlatlar   o’z   chegaralarida   faqatgina   chegara   qo’shinlarini   saqlash
bilan   birga   boshqa   harbiy   kuchlar   turlarini,   xususan,   harbiy   havo   kuchlari,
quruqlik   qo’shinlari   va   boshqa   og’ir   texnikalarni   faqatgina   chegaradan   100
km. ichkarida saqlashi mumkin bo’lishi belgilandi.
Besh   davlat   o’rtasidagi   7000   km.lik   umumiy   chegara   (shartnomada
ko’rsatib   o’tilgan)   hududlarida   joylashtirilgan   harbiy   xizmatchilar,
quruqlikdagi   qo’shinlar   va   boshqa   harbiy   qismlarning   umumiy   soni   130400
kishidan oshmasligi kerak edi.
Mazkur uchrashuvda ham asosiy e’tibor chegara hududlaridagi qurolli
kuchlar   miqdorini   qisqartirish   masalasiga   qaratiladi.   Faqatgina   bu   safar
chegara   hududlaridagi   harbiy   xizmatchilarning   soni,   qurolli   kuchlarning
miqdori   ham   aniq   ko’rib   chiqiladi.   Ammo   mazkur   sammitda   imzolangan
shartnomalar   doimiy   ahamiyatga   ega   bo’lmay,   2010-yil   31-dekabrga   qadar
muddatgacha deb belgilandi.
1997-yil   aprel   oyidagi   uchrashuvlardan   keyin   «Shanxay   beshligi»
doirasidagi hamkorlik faqatgina chegara masalasi yoki chegara hududlardagi
qurolli   kuchlar   miqdorini   qisqartirish   borasida   bo’lib   qolmasdan,   boshqa
sohalarda   ham   amalga   oshirila   boshladi.   Ayniqsa,   aloqalar   keng   miqyosli
ravishda   siyosat,   diplomatiya,   harbiy   masalalar,   xavfsizlik   masalalari   va
iqtisodiy sohalardagi muzokaralar e’tiborga olinmoqda. Shu   tariqa   rasman   «Shanxay   beshligi»ning   tarixi   chegaradosh   besh
davlatning   chegara   hududlaridagi   xavfsizlikni   ta’minlash   borasidagi
kelishuvlardan boshlandi. 
1998-yil 3-4 iyul kunlari Alma-ota shahrida «Shanxay beshligi» forumi
doirasidagi   uchinchi   uchrashuv   bo’lib   o’tadi.   Beshala   ishtirokchi   davlat
rahbarlari   mazkur   uchrashuv   doirasida   «Alma-ota   bayonoti»   qabul   qilinadi.
Unga   ko’ra,   barcha   tomonlar   1997-yil   24   aprelda   imzolangan   chegara
hududlarida   qurolli   kuchlarni   qisqartirishga   doir   shartnoma   shartlarini
bajarish  majburiyatini   o’z   zimmalariga   olishdi.  Shu   majburiyatlarni  bajarish
bilan   birga   barcha   respublikalar   ikki   tomonlama   va   ko’p   tomonlama
munosabatlarni   yanada   rivojlantirish   uchun   barcha   imkoniyatlarni   ishga
solishga, mintaqaviy muammolarni hal etishda doimiy ravishda muzokaralar
va kelishuvlar asosida davlatlararo qiziqishlar hisobga olingan holda amalga
oshirishi zarur edi. Tomonlar har qanday separatizm, etnik ziddiyatlar, diniy
ekstremizm,   diniy   fundamentalizm   terrorchilikka   qarshi   chiqishga,   ularni
oldini olish, bartaraf etishga kelishib olishdi. 2
 
Forum   ishtirokchilari   asosiy   e’tiborni   global   darajaga   ko’tarib
ulgurilgan   xalqaro   terrorizm,   narkotik   moddalarning   noqonuniy   aylanishi,
jinoyatchilikning   tashkiliy,   uyushgan   shakllariga   qarshi   kurashishga
qaratishdi.
«Shanxay   beshligi»   forumiga   a’zo   davlatlar   rahbarlarining   doimiy
uchrashuvining   yo’lga   qo’yilishi   natijasida   hamkorlik   doirasi   ham   doimiy
ravishda kengayib bora boshladi.
2000-yil   9-iyulda   Dushanbe   shahrida   «Shanxay   beshligi»ning
navbatdagi   sammiti   bo’lib   o’tdi.   Sammitda   ishtirokchi   davlatlar   tomonidan
«Dushanbe  Deklaratsiyasi»   qabul  qilindi.   Deklaratsiyaga   muvofiq,  tomonlar
kelajakda   bir-biriga   ishonch,   do’stona   hamkorlikni   besh   davlat   o’rtasida
2
 Совместное Заявление участников Алма-атинской встречи – Республики Казахстан, КНР, Кыргызской 
Республики, РФ и Республики Таджикистан//  http : www . impravo . ru saqlab   qolish,   munosabatlarni   yanada   rivojlantirish,   davlatlar   o’rtasidagi
harbiy   aloqalarni   yanada   chuqurlashtirish   maqsadida   mudofaa   vazirlari
doirasidagi   doimiy   munosabatlarni   yo’lga   qo’yish,   bir-biri   bilan
maslahatlashish, ma’lumot almashishga kelishib olishdi. Shu tariqa «Shanxay
beshligi» davlatlarining mudofaa strukturasi ishlab chiqildi.
Sobiq   SSSRning   parchalanishi   natijasida   shu   tashkilotga   a’zo   bo’lgan
Rossiya   Federatsiyasi,   Qozog’iston,   Qirg’iziston   va   Tojikiston
respublikalaridagi ma’lum iqtisodiy hamda siyosiy ziddiyatlarni bartaraf etish
asosiy   muammo   bo’lib   qola   boshlaydi.   Iqtisodiy   muammolarning   ko’payib
borishi,   ularning   bartaraf   etilishida   Xitoy   tomonidan   yordam   berilishi,
qo’llab-quvvatlanishi   hozirgi   dunyodagi   zamonaviy   ilm-fan,   texnika
yangiliklari   asosida   milliy   ishlab   chiqarishlarni   oyoqqa   qo’yishga   kelishib
olindi.
2000-yil   iyulida   Tojikiston   Respublikasi   poytaxti   Dushanbe   shahrida
“Shanxay   beshligi”   tashkilotiga   a’zo   davlatlar   rahbarlarining   beshinchi
uchrashuvi   tashkilot   tarixida   muhim   o’rin   tutadi.   Sammitning   bosh   mavzusi
diniy   ekstremizim   va   xalqaro   terrorizimga   qarshi   kurashda   yagona   dastur
ishlab chiqish birgalikda harakat qilish haqida bo‘ldi. Birinchi marta maskur
sammitda   O‘zbekiston   Respublikasi   rasman   kuzatuvchi   sifatda   ishtirok   etdi
2001-yil   iyunda   Rossiya,   Xitoy   Xalq   Respublikasi,   Qozog‘iston,
Qirg‘iziston,   Tojikiston   va   O‘zbekiston   boshliqlarining   Shanxaydagi
uchrashuvida sodir bo‘ldi. O‘zbekiston tashkilotga yangi a’zo sifatida kirdi. 
2001-yil   tashkilotning   rivojlanishidagi   ikkinchi   bosqichning
boshlanishi   bo‘ldi.   Bir   qator   ekspertlarning   fikricha,   O‘zbekistonning
ShHTdagi   ishtiroki   bu   tashkilotning   faoliyatini   kelgusida   faollashtirishda
juda katta rol o‘ynadi. 2001-yil 15-iyunda sammitda ShHTni tuzish haqidagi
Deklaratsiya   qabul   qilindi.   Uchrashuv   davomida   qabul   qilingan   ShHTni
tuzish   haqidagi   Deklaratsiya,   shuningdek,   terrorizm,   separatizm   va ekstremizmga   qarshi   kurash   to‘g‘risidagi   Konvensiya   BMTning   rasmiy
hujjatlari   sifatida   tarqatilgan   edi.   Konvensiyaga   muvofiq   ShHT   a’zolari
qonunga   zid   bo‘lgan   qilmishlarni   oldini   olish,   bartaraf   etish,   aniqlash   va
ko’rsatish ishida o‘zaro hamkorlik qilishlari kerak edi. Aabiyotlar 
1. Black Jeremy. A History of Diplomacy . London, Reaktion Books Ltd, 2010 
2. Xolliev A. Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi. –  Т ., 2014. 
3. Богатуров А.Д., Аверков В.В. История международных отношений. 1945- 
2008. М., 2010. 
4. История международных отношений. Основные этапы с древности до 
наших дней. – М., Логос, 2007. / под ред. Г.В.Каменской, О.А.Колобова, 
Э.Г.Соловьева. 
5. Системная история международных отношений. 1918-2003. В четырех 
томах. Отв. Ред. А.Д.Богатуров. М.,2003. Qo’shimcha adabiyotlar: 
6. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан 
бирга қурамиз. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 488 б. 
7. Бажанов Е.П., Бажанова Н.Е. Многополюсный мир. М., 2010. 
8. Бережков В.М. Страницы дипломатической истории. 4-ое издание. М., 
1987. 
9. Буданова В.П. Готы в эпоху великого переселения народов. М., 1990. 
10.Дулина Н.А. Османская империя в международных отношениях (30-40- 
годы XIX века). М.,1980. 
11.3агорский А.В. Хельсинский процесс: Переговоры в рамках Совещания по
безопасности и сотрудничеству в Европе 1972-1991 гг. М., 2005. 
12.Ивонин Ю.Е. У истоков Европейской дипломатии нового времени. 
Минск,1984. 
13.История дипломатии. М.,1959-1963 гг. T.I; II. 14.Лебедева М.М. Мировая 
политика М., 2003.

Mavzu:Xalqaro tashkilotlarlarning xalqaro munosabatlardagi o`rni Reja: 1. Xalqaro tashkilotlarga umumiy tavsif 2. BMTning tashkil topishi 3. NATO 4. ShHT va boshqa xalqaro tashkilotlar

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945 yil 24 oktabrda, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yalpi xavfsizlikni mustahkamlash tufayli tinchlikni barqaror etish jur`ati bilan to`lib-toshgan 51 mamlakat tomonidan tashkil etildi. Bugungi kunda 185 mamlakat, ya`ni dunyoning qariyb barcha mamlakatlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining a`zolaridir. Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishda BMT muhim rol o’ynab ikkinchi jahon urushidan so’ng xalqaro tizimda muhim element hisoblanardi. Urush davrida Millatlar Ligasi o’rnini bosuvchi xalqaro tashkilot tuzish savoli vujudga keldi. Bu savol 1945-yil aprelda San- Fransiskoda bo’lib o’tgan konferensiyada o’z yechimini topdi. Unda BMT va uning nizomini tuzish masalasi ko’rildi. Urushdan keyingi davrda yangi maxsus qo’shinlar tuzilib xalqaro hayotning turli jabhalarida keng foydalanildi. 1948-yilda BMTning maxsus tashkiloti –madaniyat va fan masalalari bilan YuNESKO tashkil etildi. 1972- yil BMTning yana bir maxsus tashkiloti - tabiatni muhofaza qilish ishlari bilan shug’ullanuvchi YUNEP – tuzildi. Energetika va xom ashyo masalalari bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilotlar muhim rol uynashdi. Ular ichida muhim o’rinni atom energiyasi bo’yicha BMTning Xalqaro agentligi (MAGATE) – yadro qurolini tarqalishini oldini olish va atom energiyasini tinchlik maqsadida ishlatish agentligi egallaydi. BMTning say’i harakati bilan xalqaro siyosatda hozirgi kunda inson huquqlari muhim masala qilib ko’tarildi. Bu harakat va tashkilotlar harakat qilishgan. Bu kurash 1948-yilda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi”ga mantiqiy qo’shilish edi. BMT asosiy diqqatini rivojlantiruvchi davlatlarning iqtisodiy masalalarini yechishga qaratdi. 1974-yilda BMTning Bosh Assambleyasi

yangi xalqaro iqtisodiy tartibni o’rnatish Deklaratsiyasi va Dasturini qabul qildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining a`zosi bo`lgan davlat xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyillari aks etgan, xalqqaro shartnomalardan iborat bo`lgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida bayon etilgan majburiyatlarni qabul etadi. Nizomga binoan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti to`rtta asosiy maqsadga amal qiladi: xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta`minlashga ko`maklashish, millatlar o`rtasida do`stona aloqalarni rivojlantirish, xalqaro muammolarni hal etishda va inson huquqlarini hurmatlashni rag`batlantirishda, xalqaro hamkorlikni barqaror etish hamda ushbu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar sa`y-harakatlari, kelishuvlari uchun markaziy rolni o`ynash. Birlashgan Millatlar Tashkiloti a`zolari - mustaqil davlatlardir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti butunjahon hukumati emas va u qonunlar qabul qilmaydi. Biroq xalqaro mojarolarni bartaraf etishga va bizning barchamizga daxldor bo`lgan masalalarni hal etish siyosatini ishlab chiqishga yordam bera oladigan mablag`larga ega bo`ladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga barcha katta-kichik, boy va kambag`al, turli siyosiy qarashlar va ijtimoiy tizimdagi davlatlar a`zo bo`lib, ular ovoz berish va ovoz berishda ishtirok etish huquqiga ega. Birlashgan Millatlar Tashkilotida oltita bosh organ mavjud. Ulardan beshtasi - Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash, Vasiylik Kengashi va Kotibiyat - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi Markaziy qarorgohida, oltinchi organ - Xalqaro Sud esa Niderlandiyaning Gaaga shahrida faoliyat ko`rsatadi. Bosh Assambleya Bosh Assambleya - o`ziga xos butunjahon parlamentining insoniyatning eng dolzarb muammolari ko`rib chiqilayotgan majlislarida

Birlashgan Millatlar Tashkiloti a`zosi bo`lgan barcha mamlakatlar vakillari qatnashadi. Har bir a`zo-mamlakat bir ovozga ega. Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni muayyan darajada saqlab qolish tavsiyalari yangi a`zolarni qabul qilish yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti budjetini tasdiqlash, shu jumladan, tinchlikni saqlash operatsiyalariga mablag` ajratish singari muhim masalalar ko`pchilik, aniqrog`i, uchdan ikki qism ovoz bilan qabul etiladi. Boshqa masalalar bo`yicha qarorlar, odatdagidek, ko`pchilik ovoz bilan qabul etilaveradi. Keyingi yillarda Assambleya qarorlari rasmiy ovoz berish yo`li bilan emas, balki, konsesus asosida qabul etilishi uchun maxsus sa`y- harakatlar olib borilmoqda. 1999/2000 yilgi sessiyalarda yadroviy qurolsizlanish, taraqqiyot, atrof muhitni muhofaza etish va yangicha demokratiyani mustahkamlash singari kun tartibidagi turli-tuman 173 masala ko`rib chiqilishi kerak edi. O`z qarorlari g`oyat muhim ahamiyatga ega bo`lsa ham, ular jahon jamoatchiligi fikrlarini ifodalasa va xalqaro jamoatchilikning axloqiy talabi hisoblansa ham Assambleya o`z qarorlarini majburan qabul qildirmaydi. Assambleyaning har yilgi navbatdagi sessiyasi sentabrdan dekabrga qadar bo`lgan muddat davomida o`tkaziladi. Assambleya zarurat tug`ilganda o`z ishini qayta chaqirilgan sessiyada davom ettirishi yoki jiddiy tashvish tug`dirgan masalalar bo`yicha maxsus yoki favqulodda sessiyalar o`tkazishi mumkin. Assambleyalar orasidagi muddat davomida uning ishlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining oltita bosh qo`mitalarida, boshqa organlarida va Kotibiyatda davom etadi. Xavfsizlik Kengashi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga muvofiq xalqaro tinchlik va xavfsizlikni barqaror etish borasida Xavfsizlik Kengashi bosh javobgarlikni zimmasiga oladi va u tinchlik xavf ostida qolgan kecha yoki kunduzning har qanday daqiqasida chaqirilishi mumkin.

Kengash 15 a`zodan tashkil topgan. Ularning beshtasi - Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Birlashgan Qirollik, Amerika Qo`shma Shtatlari va Fransiya - doimiy a`zolar hisoblanadi. Kengashning qolgan o`n a`zosi Bosh Assambleya tomonidan ikki yil muddatga saylanadilar. Keyingi yillarda Birlashgan Millatlar Tashkilotida Kengashning a`zolar tarkibini o`zgartirish, bu tadbir zamonaviy va iqtisodiy voqelikni yanada yorqinroq aks ettirishi masalasi muhokama qilinayapti. Kengashning qarorlari, uning uchun to`qqiz a`zo ovoz bergan taqdirdagina qabul qilingan hisoblanadi. Kun tartibidagi masalaga Kengashning doimiy a`zolaridan birortasi qarshi ovoz bersa, shuningdek, veto huquqidan foydalansa qaror qabul qilinmaydi. Xalqaro tinchlikka xavf solinganligi haqida kengashga xabar berilganda bu mojaro avvalo tinchlik yo`li bilan bartaraf etish nuqtai nazaridan ko`rib chiqiladi. Kengash, balki bartaraf etish tamoyillarini ishlab chiqadi yoki hakam vazifasini o`taydi. Harbiy harakatlar boshlanib ketgan taqdirda Kengash o`t ochishni to`xtatish choralarini ko`radi. Shuningdek, u tomonlarni yarashtirish yoki bir-birlari bilan janjallashayotganlarni ajratishga yordam beradigan, tinchlikni barqaror etuvchi missiya yuborishi mumkin. Kengash o`zi qabul etgan qarorlarning bajarilishini ta`minlash bo`yicha tadbirlar qabul qilishi mumkin. U iqtisodiy jazo choralari qo`llashi yoki qurollarni yetkazib berishga embargo qo`yishi mumkin. Juda kamdan-kam hollarda Kengash o`zi qabul qilgan qarorni bajarish uchun a`zo-mamlakatga birgalikdagi harbiy harakatlarga qadar bo`lgan "barcha zarur vositalarni" qo`llashga vakolat beradi. Shuningdek, Kengash Bosh kotib lavozimiga muayyan nomzodni va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga yangi a`zolarni tavsiya etadi. Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash