logo

XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlardagi ziddiyatlar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

59.07421875 KB
Mavzu: XXI  asr boshlarida xalqaro munosabatlar dagi ziddiyatlar
Reja:
1. XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlardagi o`zgarishlar
2. Rossiyaning xalqaro mavqeyining oshib borishi
3. Siyosiy jarayonlarda yangi muammolarning vujudga kelishi NATO  ning  navbatdagi  kengayishi  va  Rossiya
2000-yilda   Rossiyaning   NATO   bilan   hamkorligi   qayta   tiklandi.
Rossiya-NATO   doimiy   qo’shma   Kengashi   mexanizmi   yana   ishlay
boshladi.2001-yilning   fevralida   Moskvada   Alyans   axborot   byurosi   ochildi.
2001-yilning oktabrida Rossiya hukumati NATOning Afg’onistondagi harbiy
operatsiyasida   to’g’ridan-to’g’ri   ishtirok   etishdan   bosh   tortgan   bo’lsada,   bu
operatsiyani   qo’llab-quvvatlaydi.   Bu   qo’llab-quvvatlov   Rossiya   va   NATO
o’rtasidagi   dialogni   aktivlashtirish   uchun   qulay   sharoit   yaratib   berdi.   “
Ikkinchi   afg’on   urushi”   da   Moskva   Vashingtonga   ko’rsata   olgan   qo’llab-
quvvatlash Jorj Bushga Rossiya geostrategic mazmunda NATO ning ko’plab
davlatlaridan ko’ra muhimroq hamkor bo’la olishini namoyish qildi. Boshqa
tomondan Moskva ham Vashington bilan yaqinlashishdan manfaatdor edi. 
Birinchidan,   Afg’onistondagi   AQSH   harbiylari   Rossiya   uchun   tarixda
birinchi   marta   uning   milliy   xavfsizligini   ta’minlashning   Rossiya   mustaqil
eplay   olmagan   muhim   vazifasini   hal   qildi.   AQSH   harbiylari
Chechenistondagi   jangarilarni   faol   qo’llab-quvvatlayotgan   tolibonlar
hokimiyatini ag’darib tashladi. 
Ikkinchidan,   AQSH   bilan   yaqinlashuv   Rossiyaga   Chechenistondagi
voqealarni   tahlil   qilish   masalasida   Vashingtonning   yordamini   olish   imkoni
berar edi. AQSH rahbariyati Yevropaning ko’plab mamlakatlari hukumatlari
singari   Chechenistondagi   uyushgan   jinoiy   guruhlarni   terroristic   uyushmalar
sifatida   tan   olishdan   bosh   tortib   kelayotgan   edi.   Moskva   Checheniston
jangarilari   va   toliblar   o’rtasidagi   aloqani   isbotlab   berish   bilan   xalqaro
terrorizm   Chechenistonni   toliblar   davridagi   Afg’oniston   kabi   terrorchilar
bazasiga   aylantirishga   o’rinayotganligi   haqidagi   fikrda   qattiq   turib   oldi.
Chechenistondagi   Rossiya   federal   kuchlari   aksilterror   operatsiyasi   xalqaro
jamoatchilik   fikri   nazarida   terrorizmga   qarshi   kurashish   uchun   qo’shimcha asos   oldi.   Amerika   tomoni   ushbu   masalada   ehtiyotkorlik   qilgan   bo’lsada,
uning Rossiya pozitsiyasini tushunish darajasi ortdi. 
Biroq   ikki   mamlakat   o’rtasida   strategic   doirada   ziddiyatlar   saqlanib
qolaverdi. Amerika ma’muriyati o’zi taqdim etgan ma’lumotlarga ko’ra zarur
klassdagi   raketalarni   ishlab   chiqish   texnologiyalariga   ega   bo’lgan   Iroq   va
KXDR   kabi   “ishonchsiz   davlatlar”   tomonidan   raketa   zarbalari   o’sib
borayotganligiga ishora qilib, raketa hujumiga qarshi mudofaa milliy tizimini
kengaytirish fikrida qat’iy edi. 
Shimoliy   Atlantika   ittifoqining   G’arbda   transformatsiyasi   haqida
Rossiyada ko’plab gapirildi. Mazkur masala yuzasidan bahs-munozaralar uch
oqimga   bo’linib   ketdi.   Birinchisi   NATOning   politizatsiyalashuvi,   uning
funksiyaviy   jihatdan   YEXHT   ga   o’xshash   tashkilotga
transformatsiyalashuvini taxmin qilgan edi. Moskva ushbu fikrda qat’iy edi,
90-yillarning   birinchi   yarmida   esa   Parij   va   Berlinda   ham   shunday   deb
hisoblashishar   edi.   AQSH   targ’ib   qiluvchi   qarshlarning   ikkinchi   guruhi
transformatsiya   deganda   Alyans   funksiyalarining   kengaytirilishi   va
diversifikatsiyasi, uning vazifalari qatoriga mudofaa vazifasi bilan birgalikda
gumanitar   intervensiyalar   va   tinchlikparvarlik   missiyalarini   o’tkazish   ham
kirishini   tushunishar   edi.   Nazariy   jihatdan   olganda   bu   NATOning   yadroviy
tiyib   turish   va   mudofaa   ittifoqi   instrumentidan   xavfsizlik   ittifoqiqa
aylanishini anglatar edi. 
Uchinchi   qarash   “transformatsiya”   degan   tushunchani   Vashington
shartnomasi   harakat   doirasini   va   ham   NATO   ham   unga   kiruvchi   bir   qator
davlatlar   koalitsiyasining   ehtimolli   aralashish   zonasining   geografik
sarhadlarini   geografik   jihatdan   kengaytirish   degan   ma’noga   olib   keluvchi
“transformatsiya”   degan   tushunchaning   tor   interpretatsiyasini   o’zida   aks
ettirar edi. Ushbu nuqtai-nazarni izhor qilar ekan, NATO bosh kotibi lord Jorj
Robertson intervyulardan birida agar zarurat aksini talab qilib turgan bo’lsa, favqulodda   holatlarda   NATO   harakat   doirasini   cheklash   uchun   asos
ko’rmayotganligini aytib o’tdi. 
2000-yillarning   boshidagi   vaziyatning   o’ziga   xosligi   NATO   ning
barcha   a’zo   mamlakatlari   tomonidan   birgalikda   harbiy   kompaniyalar
o’tkazish   ehtimoli   kamayganligida   edi:   ittifoq   tarkibida   kimga   bo’lgan
taqdirda   ham   harbiy   yordam   ko’rsata   olmaydigan,   hatto   ko’rsatishni
xohlamaydigan  davlatlar  ko’p   edi.   Bunga  muvofiq   tarzda   –  alyans  nomidan
va   uning   mandatiga   ko’ra     amaliy   harakatlarda   va   jangovar   operatsiyalarga
tezkor   tarzda   rahbarlik   qilish   bo’yicha   qarorlar   qabul   qilishda   NATO   dan
amalda mustaqil bo’lgan NATO mamlakatlarining tanlangan guruhi nomidan
koalitsion o’zaro ta’sir ehtimoli o’shib borayotgan edi. 
Bu   xildagi   siljishlar   ilk   marta   1998-yilda   “Sahrodagi   tulki”
operatsiyasini o’tkazish chog’ida, Britaniya va AQSH NATO nomidan, biroq
amalda   faqat   amerika-ingliz   harbiy   kuchlari   bilan   Iroqqa   qarshi   cheklangan
harbiy   kompaniyani   amalga   oshirish   vaqtida   ko’zga   tashlandi.   Bu   siljish
“ikkinchi   afg’on   urushi”bilan   yanda   mustahkamlandi.   Tor   doiradagi
koalitsion   prinsip   umumjamoaviy   harakatlar   tamoiliga   nisbatan   ustuvor   deb
tan   olindi.   Iroqqa   qarshi   2003-yilning   fevral-mart   oylaridagi   tayyorgarlik
vaqtida   Iroq   urushini   boshlash   masalasi   yuzasidan   Alyans   mamlakatlari
o’rtasidagi fikrlar xilma-xilligi yuzasidan Vashingtonning o’ziga ham ushbu
ssenariy ma’qul edi. 
NATO   va   Rossiya   o’rtasidagi   munosabatlarning   yaxshilanishi
Alyansning   sharqqa   qarab   yana   kengayishi   haqidagi   masalaning   hal
bo’lishini   osonlashtirdi.   2002-yilning   yoziga   kelib   AQSH   ittifoqqa   sobiq
Sovet   Ittifoqining   Boltiqbo’yidagi   uchta   mamlakatining   a’zo   bo’lib   kirishga
erishishi   aniq   bo’lib   qoldi.   Shuningdek   blokka   Sharqiy   va   Janubiy-Sharqiy
Yevropaning   bir   qator   davlatlari   –   Bolgariya,   Ruminiya,   Slovakiya,
Sloveniya,   Albaniya   va   Makedoniya   ham   qo’shilishi   kutilayotgan   edi. Rossiya   hukumati   NATO   ning   kengayishiga   o’zining   salbiy   munosabatda
ekanligini   ta’kidlab   kelgan   bo’lsada,   Shimoliy   Atlantika   alyansi   bilan
o’zining   “alohida   munosabatlari”   ni   shakllantirishga   kirishgan   bo’lib,   bu
jarayonga zid harakat qilmadi. Rossiyaning NATO bilan yaqinlashuvi tufayli
2002-yilning   kuzida   Ukraina   va   uning   izidan   Gruziya   ham   Shimoliy
Atlantika ittifoqiga kirish niyatlarini ma’lum qilishdi.    
NATO   bilan   munosabatlarning   o’zgarishini   inobatga   olib,   Rossiya
hukumati   va   jamoatchilik   2002-yilning   noyabrida   Pragada   bo’lib   o’tgan
NATO   sammitida   qabul   qilingan   Bolgariya,   Ruminiya,   Litva,   Latviya   va
Estoniyalarni   Alyansga   qabul   qilish   to’g’risidagi   qarorni   (amalda   esa
yuqorida   ko’rsatilgan   mamlakatlar   Alyansga   2004-yilning   martida   qo’shib
olinadi) xotirjamlik bilan qabul qilishdi.
Biroq, tez orada Rossiya hukumati NATO bilan munosabatida sezilarli
o’zgarishlar   sodir   bo’lmaganligiga   ishonch   hosil   qiladi.   Qo’shma   doimiy
kengash   singari   Rossiya-NATO   Kengashi   ham   xavfsizlik   masalasi   bo’yicha
jiddiy   qarorlar   qabul   qilinadigan   joy   bo’lmadi.   Bu   NATOning   ba’zi   a’zo-
mamlakatlari  bilan  mustahkam  hamkorlik  o’rnatish  imkoniyati  paydo  bo’ldi
degan   Rossiya   hukumatining   umidlarini   oqlamaydi.   2002-2003-yillarda
Iroqda   harbiy   operatsiyani   o’tkazishga   doir   NATOning,   ba’zi
mamlakatlarining   rahbarlari   o’rtasidagi   ziddiyatlar,   AQSHning   va   uning
ittifoqdoshlarining   harbiy   operatsiyani   o’tkazishlari   uchun   va   S.   Xusayn
rejimining   ag’darilishiga   jiddiy   to’siq   bo’lib   xizmat   qilmadi.   2000-yilning
ikkinchi   yarmida   natoliklar   yana   birlashgan   pozitsiyalarda   chiqa   boshlashdi
va   Rossiyani   ishonchli   hamkor   sifatida   qabul   qilmay   qo’yishadi.   Ikkala
tomon   qarashlarning   bir-biriga   mos   kelmasligi   hamkorlikning   natijalarida
namoyon bo’ldi. Rossiya va NATO o’rtasidagi dialog asosan Rossiya-NATO
Kengashi   ramkasida   rivojlandi.2006-yilning   boshlarida   Kengashda   20   ta
komitetlar,   ishchilar   va   ekspert   guruhlari   faoliyat   olib   borardi;   ular   raketa mudofasiga   qarshi   sistema   va   havodagi   harakatlarni   nazoratga   olish,   harbiy
kontingentlarni joylashtirish, terrorchilikka, kulfatlarga va boshqa favqulodda
holatlarga   ta’sir   ko’rsatish   potensialini   mustahkamlash,   harbiy-texnik
hamkorlik,   mudofa   tadqiqodlar   va   texnologiyalar   masalalari   bilan
shug’ullangan. 
2006-yilda   Rossiya   va   NATO   o’rtasida   strategic   aloqalar   bo’yicha
birinchi   hamkorlikdagi   mashqlar   o’tkazildi.   2006-yilning   iyunida   Rossiya
NATOning O’rta Yer dengizidagi (bu yerga Qoradengiz floti harbiy kemasini
yuboradi)   xalqaro   terrorchilarga   qarshi   yo’naltirilgan   (“Aktiv   harakatlar”)
operatsiyasini   qo’llab-quvatladi.     Shuningdek,   Rossiya   harbiy   va   siyosiy
doira vakillari Rossiyaning NATOga a’zoligi zarurligini qat’iyan rad qilishdi.
NATOga   a’zo   bo’lishdan   bosh   tortib,   rossiyaliklar   Tashkilotga
MDHning   boshqa   mamlakatlarining,   birinchi   navbatda   Gruziya   va
Ukrainaning   qabul   qilinishiga   qarshi   bo’lib   chiqishdi.   NATO   a’zo-
mamlakatlari   tomonidan   Yevropada   muntazam   qurolli   kuchlar   to’g’risidagi
soddalashtirilgan   Shartnomani   tasdiqlashdan,   NATOning   Yevropa
mamlakatlari   hududiga   Amerika   raketa   hujumiga   qarshi   mudofaa   stizimi
elementlarini   joylashtirish   bo’yicha   Rossiya   taklifini   qo’llab-quvvatlash,
Kollektiv   Xavfsizlik   Shartnomasi   Tashkiloti ning   rasman   tan   olishdan   bosh
tortganligi   Rossiyaning   Alyans   bilan   munosabatlarida   yana     ziddiyatni
keltirib   chiqardi.   O’zaro   bir-birini   tushunishning   yo’qligi   tomonlarning
g’azablanishini keltirib chiqardi. 2008-yilning aprelida V. Putin Buxarestdagi
Rossiya-NATO Kengashi majlisida Alyans bilan dialog qilish tarafdori bo’lib
nutq   so’zladi,   biroq   shuni   ham   ta’kidlab   o’tdiki,   bu   dialog   Rossiya
manfaatlarini inobatga olish sharti asosida bo’lishi lozim edi.  Shuningdek, u
Rossiya   Alyansda   a’zo   bo’lishga   da’vogar   emasligini   ham   yana   bir   bor
ta’kidlab   o’tadi.   “Biz,   deydi   Rossiya   davlat   rahbari,   -   xavfsizlik   nuqtai
nazaridan   o’z   kuchiga   ishongan   mamlakatmiz   va   xavfsizligimiz   oshirilgan degan   sarob   evaziga   suverenitetimizning   bir   qismini   qurbon   qilmoqchi
emasmiz”. 
2008-yilning   yozida   Rossiyaning   Gruziyada   harbiy   operatsiya
o’tkazishi Rossiya va NATO munosabatlarining navbatdagi keskinlashuviga
katta   ta’sir   ko’rsatdi.   NATO   mamlakatlari   Rossiya   tomonidan   “haddan
tashqari”  kuch  qo’llaganligi  masalasi  bo’yicha  afsusda  ekanligini  bildirishdi
va   Gruziyani   qo’llab-quvvatlashadi.   2008-yilning   19-avgustida   NATO
Tashqi   ishlar   vazirligi   kengashi   Rossiyaning   qo’shini   Gruziya   hududida
bo’lar ekan, u bilan normal munosabatni qo’llab-quvvatlashning iloji yo’qligi
to’g’risidagi bayonotni qabul qilishdi. 
Shuningdek,   Rossiya   hukumati   Gruziya   masalasi   bo’yicha   keskin
pozitsiyani egallaydi. 2008-yilning 21-avgustida Rossiya tomoni NATO bilan
gumanitar,   ilmiy   va   ta’lim   masalalari   bo’yicha   hamkorlik   qilishni
to’xtatganligi to’g’risida e’lon qildi. Shuningdek, Rossiya tashabbuskorligiga
ko’ra,   NATO   bilan   harbiy   aloqalar   to’xtatilgan   edi,   O’rta   Yer   dengizida
“Aktiv harakatlar” operatsiyasida va “Tinchlik uchun hamkorlik” loyihasiga
ko’ra ishlarda ishtirok etishlarga ham barham beriladi. 
Shuningdek,   Moskvada   NATO   harbiy   aloqalari   missiyasi   va
Bryusselda   Rossiya   harbiy   apparati,   Rossiya-NATO   Kengashidagi   ishchilar
guruhi   o’z   faoliyatini   davom   ettirdi.   Shu   asnoda,   Rossiya   Afg’oniston
masalasi bo’yicha Alyans bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi
va bu hamkorlik “Rossiya prezidentining Abxaziya va Janubiy Osetiyani tan
olganligi   to’g’risidagi   qaroridan   so’ng,   NATO   harakati   to’g’ri   kelmagan
holatdagina” to’xtatilishi mumkinligiga e’tibor qaratdi. 
NATO  va  Rossiya  Yaqin  Sharqdagi  siyosiy  jarayonlarda
Bugungi   kunda   dunyoning   eng   xavfli   nuqtasi   bu   so’zsiz   Yaqin   Sharq
mintaqasidir,   chunki   aynan   mana   shu   yerda   Rossiya   va   NATO
manfaatlarining to’qnashuvi natijasida butun dunyo uchun jiddiy oqibatlarga olib   kelishi   ehtimoli   ulkan   bo’lgan   ziddiyat   avj   oldi.   Bu   mintaqa   ustidan
nazoratni   qo’lga   kiritish   energoresurslar   ustidan   nazorat   o’rnatish   va   neftga
nisbatan dunyoviy narxni boshqarish imkonini berishi hech kimga sir emas. 
Bugungi kunda dunyo ziddiyatlarning juda xavfli chegarasida turibdiki,
unda   NATO   mamlakatlari   va   Rossiya   Federatsiyasi   ishtirok   etmoqda.
Hozircha bu ziddiyatlar mintaqaviy xarakter kasb etayotgan bo’lsada biroq, u
dunyoviy   ziddiyatga   aylanib   ketish   imkoniga   ham   ega.   Aynan   shu   holat
bugungi   kunda   katta   tashvish   uyg’otmoqda.   Rossiya   Federatsiyasi   qurolli
kuchlari,   aniqrog’i   asosan   harbiy   havo   kuchlari   Suriya   hukumati   qurolli
kuchlari   tomonida   turib   bu   qurolli   mojaroga   2015   –   yilning   sentabr   oyi
oxirida   aralashishni   boshladi.   Bu   mamlakatdagi   qurolli   qarama-qarshilik
uning sarhadlaridan tashqariga va harbiy harakatlar olib borishning qandaydir
qoidalari doirasidan tashqariga chiqib ketdi. 
Suriyadagi   mojaro   XXI   asrda   Rossiya-NATO   Kengashiing   eng   keng
ko’lamli janjaliga aylanganligi va AQSH ning Iroqda olib borgan urushidan
bu   jihatdan   uzib   ketganligiga   shubha   yo’q.   Ahamiyatli   tomoni   shundaki,
Rossiya va NATOning qarama-qarshiligi o’sib bormoqda, ikkala tomon ham
mintaqada   o’zini   borligini   harbiy   jihatdan   ko’rsatishga   zo’r   bermoqda.
Ayniqsa oxirgi vaqtlarda Suriyadagi mojaro atrofida keskinlik tez sur’atlarda
o’sa  boshladi,  bu   mamlakat   hududida   nafaqat  faol  jangovar  harakatlar  sodir
bo’lmoqda,   balki   diplomatiya   borasida   ham   dunyoviy   qudratli   davlatlar
o’rtasidagi qarama-qarshilikka aylanib borayotgan haqiqiy urush bormoqda. 
Rossiya   Federatsiyasi   va   NATO   aniq   geografik   tugunlarni   ko’zda
tututvchi   murakkab   yurishlardan   iborat   seriyali   geopolitik   urush   olib
bormoqda.   Biz   quyida   oxirgi   bir   necha   yillar   ichidagi     bunday   siyosiy
yurishlarni ajratib olish va tahlil qilishga o’rinib ko’ramiz.
2010-2011-yillardan boshlasak. Bu davrda Amerika Qo’shma Shtatlari
“rangli inqiloblar” tashkil etishda katta muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdiki, bu inqiloblarning   to’lqini   bira-to’la   ikki   mintaqa   –   Yaqin   Sharq   va   Shimoliy
Afrikani qamrab oldi. Bu yurish nafaqat mintaqada xaosni vujudga keltirish
uchun,   balki   kerakli   mamlakatda   hokimiyatni   G’arbga   ma’qul   bo’lgan
“qo’g’irchoq   tuzum”ga   almashtirish   uchun   ham   amalga   oshirilgan   edi.   Bu
siyosiy   yurish   mamlakatni   boshqarish   uchun   kuchli   richag   bo’lib   xizmat
qilishi va AQSHning ham pirovard maqsadi shu edi. Biroq, har doim ham ish
rejada   ko’zda   tutilganidek   ketavermas   ekan.   Inqilob   nazorat   ostidan   chiqib
ketishi   va   Amerika   rahbariyati   uchun   ancha   noma’qul   biroq,   qabul   qilsa
bo’ladigan   holatha   aylanib   ketishi   mumkin   edi.   Masalan,   mamlakatda
itoatkor   tuzum   o’rniga   butkul   xaos   keladi,   inqilobchilarni   qo’llab-
quvvatlamaydigan   aholi   va   inqilobchilar   o’rtasida   qurolli   to’qnashuvlar   avj
olib   ketadi,   yoki   inqilobchilar   xuddi   Liviyada   bo’lgani   singari   o’zlariga
bildirilgan   umidni   oqlay   olishmaydi.   Biroq,   “inqilob   eksportchilari”   uchun
voqealar   rivojining   yanada   yomonroq   variant   –   “rangli   inqilob”ning   to’la
chippakka   chiqishi   variant   ham   bor   ediki,   bu   holat   Suriyada   yuz   berdi.
Voqealarning   noma’qul   rivojiga   yo’l   qo’ymaslik   va   ishni   oxiriga   qadar
yetkazish   uchun   G’arb   BMT   Xavfsizlik   Kengashining   №1973
rezolyutsiyasini   buzdi.   Suriyadagi   inqilobning   chippakka   chiqqanligi   tufayli
AQSH navbatdagi yangi ayyorlikka qo’l o’rdi. 
2013-yilda   Amerika   Qo’shma   Shtatlari   hukumati   Suriya   hukumat
qo’shinlarini   Gutada   kimyoviy   qurollarni   ishga   solganlikda   aybladi.   Bir
necha   raketalarning   portlashi   natijasida   1729   kishi   zaharlovchi   zarrin
gazining   qurboniga   aylanishdi.   Shu   o’rinda   aytib   o’tish   lozimki,   Damashq
shahri atrofidagi janglar 2013-yilning 21-avgustida boshlanmagan, qolaversa
Suriya   armiyasi   bir   necha   marta   shahar   atrofi   hududlarida   jangarilarning
hujumlarini   qaytarishga   muvaffaq   bo’layotgan   edi.   To’liq   ishonch   bilan
aytish   mumkinki,   aholi   zich   yashaydigan   rayonda   kimyoviy   qurollarni
qo’llash   hukumat   qo’shinlariga   mutlaqo   befoyda   edi.   Agar     ushbu   holat qandaydir   jangarilar   to’plangan   ochiq   yalanglik   yoki   dashtda   yuz   berganda
ayblovlar   ancha   asosga   ega   bo’lgan   bo’lar   edi.   AQSH   qurolli   kuchlari
xalqaro   huquq   normalarini   buzib,   rahbariyatdan   zarur   buyruq   tushadigan
bo’lsa Suriya Arab Respublikasiga intervensiya qilishga tayyorligini ma’lum
qildi.   AQSH   harbiy-dengiz   kuchlari   tomonidan   harbiy   bo’linmalarni
ochiqchasiga   tayyorgarligini   oshirish   boshlandi,   biroq   bu   hatti-harakatlar
Misr,   Liviya   va   Tunisdagi   “arab   bahori”   ga   bosiqlik   bilan   munosabatda
bo’lgan   Rossiya   Federatsiyasi   sa’i-harakatlari   tufayligina
muvaffaqiyatsizlikka   uchradi.   Suriyada   Rossiya   prezident   –   Bashar   Asad
tomonini faol tarzda yoqladi, unga ZRK C-300 va boshqa turdagi qurollarni
yetkazib   berishni   boshladi,   bu   holat   uchuvsiz   zonani   yaratish   imkoni   berdi.
Bu   vaziyatda   Tunisda   “arab   bahori”ning   g’alabalarida   hal   qiluvchi   rol
o’ynagan  NATO ning bombalashlari imkonsiz bo’lib qoldi. 
Qurol-yarog’   yetkazib   berishdan   tashqari   2013-yilda   Rossiya
Federatsiyasi   diplomatic   kanalni   ham   ishga   soldiki,   bu   suriyalik
jangarilarning   ig’volaridan   samaraliroq   bo’lib   chiqdi.   Suriya   kimyoviy
qurollardan   voz   kechdi,   ular   kimyoviy   qurollarni   ta’qiqlash   Tashkiloti
tomonidan   muvaffaqiyatli   tarzda   yo’q   qilindi   (Tashkilot   usha   yili   tinchlik
yo’lida   Xalqaro   Nobel   mukofotiga   sazovor   bo’ldi).   Tog’ri,   bugungi   kunga
qadar   G’arb   davlatlarida   kimyoviy   qurollar   bo’yicha   Suriya   hukumatiga
nisbatan e’tirozlar uchrab tursada, biroq usha vaqtda AQSH larida Suriyaning
ichki   ishlariga   aralashishga   imkon   qolmagan   edi.   Suriya   ommaviy   qirg’in
qurollari   yo’q   qilingandan   keyin   terroristik   guruhlar   tomonidan   bir   necha
marta   kimyoviy   qurollar   qo’llanildi.   Masalan,   2015-yilning   21-avgustida
o’zlarini   “Islom   davlati”   deb   e’lon   qilgan   terrorchi   guruh   jangarilari   va
suriyalik ko’ngillilar ortasida Suriyaning shimoli-ga’rbidagi Mari shahridagi
janglar vaqtida iprit zaharlovchi kimyoviy quroli ishlatilganligi ushu xalqaro
tashkilotning   hisobotida   keltiriladi.   Usha   yilning   23-noyabrida   Gaagada tashkilotning   maxsus   yig’inida   Iroqda   ham   tarrorchilar   tomonidan   kurd
harbiy   guruhlariga   qarshi   iprit   gazli   granati   qo’llanilhanligi   ehtimoli   qayd
etildi.   Suriyaning   kimyoviy   qurollari   yo’q   qilingandan   keyin   bir   yil   o’tib
BMTda   ham   ikkita   silindrda   terrorchilar   nazorati   ostida   bo’lgan   hududda
qo’lga   tushirilgan   zarin   gazi   Suriya   armiyasiga   tegishli   emasligiga   ishonch
hosil qilishdi. 
Asad hukumatini ag’darib tashlash rejasi chippakka chiqqanidan so’ng
G’arb noqulay vaqtda Rossiyaga kuchli zarba berdi. Rossiyaning Suriyadagi
vaziyatga   aralashuvi   va   harbiy   kompaniya   yo’lida   to’sqinlik   qilganligiga
javob   bu   Ukrainadagi   qonuniy   hukumatning   ag’darib   tashlanishi   va
hokimiyat   tepasiga   Rossiya   uchun   mutlaqo   ma’qul   bo’lmagan   kuchlarning
kelishi bo’ldi. Rossiyalik tadqiqotchilarning fikricha aynan Ukrainada “rangli
inqilob”ning   eng   yaxshi   ssenariysi   yuz   berdi:   eski   hokimiyat   G’arbga
mutlaqo   sodiq   bo’lgan   va   kuchga   tayanuvchi   yangi   hokimiyat   bilan
almashtirildi.
Butun   dunyo   e’tibori   Ukrainadagi   voqealarga   qaratilgan   bir   paytda
Suriyadagi   jangarilar   o’zlarining   qilmishlari   uchun   javobgarlik   hissini
tuymagan   holda,   qurolli   muxolifatdan   butun   dunyo   uchun   birinchi   raqamli
xavfga aylandi. 
Urushga   tashqaridan   aralashuvning   zarur   ekanligi   yaqqol   ko’zga
tashlanib   qoldi.   Suriyadagi   urushga   Rossiya   Federatsiyasi   Harbiy   Havo
kuchlari   aralashgunga   qadar   front   chizig’I   deyarli   harakatsiz,   bitta   aholi
punkti yoki harbiy baza uchun janglar yillab davom etishi mumkin edi. Ikki
yillik   urushdan   keyin   terrorchilar   qo’liga   o’tib   ketgan   Abu   al-Duxur
aviabazasi Damashq shahri yaqinidagi Daraya shahri, yoki terrorchi guruhlar
va   hukumat  qo’shinlari   o’rtasida   qismlarga   bo’linib  ketgan  Suriyaning  yirik
shaharlaridan   biri   –   Xalabni   misol   qilib   keltirish   mumkin.   G’arb   “mo’tadil
muxolifat”ga   yordam   ko’rsata   turib,   yangi-yangi   jangarilarni   tayyorlash uchun   terrorchilarga   mablag’   jo’natib,   ularga   yordam   berdi.   AQSH,   Buyuk
Britaniya,   Qatar,   Saudiya   Arabistoni,   Turkiya   va   Fransiya   muntazam   tarzda
qo’liga   pul   to’shishi   o’laroq   butun   dunyo,   hatto   homiylarning   o’zlari   bilan
jang qilishga tayyor ashaddiy fanatga aylanuvchilarga yuz millionlab mablag’
jo’natib   turdi.   Faqatgina   jangarilarga   ta’lim   berish   uchun   oxirgi   uch   yil
mobaynida   AQSH   500   mln   dollar   mablag’   ajratdi.   Arab   dunyosidagi   ko’p
sonly inqiloblar, qonuniy hukumatlarning ag’darilishi va radikal kayfiyatdagi
muxolifatni   moliyalashtirish   natijasida   xaos   yuzaga   keldi,   u   tufayli
“ISHID”(o’zlarini   Iroq   Shom   Islom   davlati   deb   atovchilarning   qisqartmasi)
kabi terrrorchi tashkilot yuzaga keldi. 
“ISHID”   terroristik   tashkiloti   Suriya   Arab   Respublikasida   vujudga
kelmagan.   Unga   qadar   Suriyada   “An-Nusra   Fronti”   asosiy   islom
fundamentalistlari   hisoblanar   edi.   Ular   2013-yilning   o’rtalariga   kelib   son
jihatdan   “muxoliflar”ning   uchdan   bir   qismini   tashkil   etar   edi.   “Front   an-
Nusra” aerodromlar, aholi punktlari va harbiy bazalarni muvaffaqiyatli tarzda
bosib olishga erishdi va bunda biror bir jiddiy qarshilikka duch kelmadi. 
“ISHID”   ilk   marta   2006-yil   15-oktabrda   yuzaga   qalqib   chiqqan   edi.
Ushanda Iroqda koalitsion kuchlar Iroq hududini tark etganidan keyin uning
sunniylar yashaydigan qismini bosib olishni reja qilgan 11 ta guruh birikkan
edi. Keyinchalik bu tashkilotga bir qator mayda   guruhlar kelib qo’shildi va
ularning   orasida   Misrdagi   harbiy-siyosiy   to’ntarish   muvaffaqiyatsizlikka
uchragandan   keyin   bo’linib   ketgan   “Musulmon   birodarlari”   terrorchi
tashkiloti ham bor edi. Vaqt o’tgani sayin “ISHID” keng qo’loch yoyib bordi,
Bugungi  kunga  kelib   u  shu   jihati   bilan  alohida  ajralib   turadiki,  agar   boshqa
terrorchi   tashkilotlar   tashqaridan   homiylashtirilayotgan   bir   paytda   u   o’zini-
o’zi   ta’minlamoqda,   shunday   qilib,   2016-yilga   kelib   uning   daromadining
70% ni noqonuniy neft, qurol va qul savdosidan tushadigan daromad tashkil
etadi. 2013-yilda   “ISHID”   G’arb   ko’rsatmasiga   ko’ra   aksilhukumat   kuchlari
tomonda   turib,   Suriya   hukumatiga   qarshi   Suriyadagi   urshga   kirdi.   Bu
Rossiyani mazkur mintaqadan siqib chiqarish uchun Bashar Asad hukumatini
ag’darib   tashlash   maqsadida   amalga   oshirildi,   chunki   aynan   Suriya   Rossiya
Federatsiyasining   Yaqin   Sharq   mintaqasida   ishtirokini   ta’minlab   kelayotgan
davlatdir.   Bundan   tashqari   qonuniy   Suriya   rahbariyatining   ag’darilishi
Saudiya   Arabistoni   va   AQSHga     yana   bir   foyda   berar   edi,   chunki   ularga
qaram  bo’lgan  tuzum  o’rnatiladigan  bo’lsa,  ular  mamlakat  hududini  nazorat
qilish   va   Suriya   orqali   Turkiya   va   Yevropaga   neft   chiqarishni   ta’minlash
imkoniga ega bo’lar edi, bu bilan Turkiya va Yevropani energoresurslar bilan
ta’minlash   va   Rossiyani   dunyo   neft   bozorida   neft   narxini   pasaytirish   yo’li
bilan   qo’shimcha   daromaddan   mahrum   qilgan   bo’lar   edi.   Voqealarning   bu
tarzda rivoj topib borishiga Rossiya jim qarab tura olmas edi va 2015-yilning
30-sentabrida   Rossiya   Federatsiyasi   HHK   Suriyadagi   “ISHID”   jangarilari
pozitsiyalariga zarbalar berishni boshladi. Shu o’rinda AQSH larining Yaqin
Sharq   va   sayyoramizning   boshqa   mintaqalaridagi   ko’p   sonli
intervensiyalaridan faqrqli tarzda xalqaro huquqning barcha talablariga ko’ra
amalga   oshirildi.   2015-yilning   25-sentabrida   Suriya   Arab   Respublikasi
prezidenti   Bashar   Asad   Rossiya   Federatsiyasi   prezidenti   Vladimir   Putinga
terrorizm   bilan   kurashda   harbiy   yordam   ko’rsatishni   so’rab   murojaat   qildi.
Shundan   so’ng   Rossiya   prezidentining   Federatsiya   Kengashiga   Rossiya
qurolli   kuchlaridan   Rossiya   Federatsiyasi   sarhadlaridan   tashqarida
foydalanishga   ruxsat   berishni   so’rab   murojaat   qildi.   Shundan   so’ng   Rossiya
Fderatsiyasi   HHK   Suriya   Arab   Respublikasi   Qurolli   kuchlari   harbiy
harakatlarini   havodan   qo’llab-quvvatlash   uchun   Suriya   hududiga   tashlandi.
Usha   kunlarda   Rossiya   OAV   rasmiy   Kremlning   Suriya   hududida   Rossiya
HHK   harbiy   harakatlaridan   mutlaqo   Rossiya   manfaatlarini   himoya   qilish
uchun   uchun   foydalanilishi,   zero   Suriya   hududida   Rossiya   Federatsiyasidan chiqib   ketgan   va   unga   potinsial   xavf   bo’lishi   mumkin   bo’lgan   6000   jangari
jang qilinayotgani aytib o’tildi. 2016-yilning 15-martida Rossiya HHK asosiy
kontingenti   Suriya   hududini   tark   etishi   haqidagi   qarordan   keyin   usha
jangarilarning   2000   yo’q   qilinganligi   haqida   rasmiy   Kreml   va   Rossiya
Mudofaa Vazirligi xabar berib o’tganligini ham eslab o’tish joiz.
Biroq   shuni   ham   ta’kidlab   o’tmoq   joizki,   na   AQSH   va   na   uning
ittifoqchilarida   Suriya   havo   kengligida   harbiy   harakatlar   olib   borish   uchun
Suriya   rahbariyatining   roziligi   yoki   BMT   Xavfsizlik   Kengashining   ruxsati
bor.     Rossiya   tashqi   ishlar   vazirligi   G’arb   koalitsiyasining   sa’i-harakatlari
aniq   rejadan   holi   deb   xabar   berayotgan   bo’lsada   bu   dunyodagi   eng   qudratli
HHK   “ISHID”   ni   yo’q   qilib   tashlash   qudratiga   ega   emasligini   anglatmaydi.
Bu NATO ega bo’lib turgan butun harbiy kuchlarini ishga solmayotganligini
anglatadi.     Iroqda   2003-yil   NATO   300   ming   askar,   950   ta   jangovar
samolyotlar, 430 ta taktika avaiatsiya samolyotlari, 1100 ta vertolyot, 115 ta
kema,   (ulardan   29  tasi  qanotli  raketa   tashuvchi)  jamlagan  edi.    Rossiyaning
urushga   mazkur   bosqichda   aralashuvi   terrorchilarning   pozitsiyalarini
bombardimon   qilishdan   hukumat   qo’shinlari   pozitsiyalarini   bombardimon
qilishga bosqichma-bosqich o’tish imkoniyatini chekladi.
Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiyaning Yaqin Sharqdagi eng sodiq
ittifoqchisi   ekanligi   sir   emas.   2014-yilning   martida   Suriya   birinchilardan
bo’lib   Qrim   yarim   orolini  Rossiyaning   bir   qismi  deb   tan  olgan  davlatlardan
biri   bo’ldi.   Suriya   va   Eronga   yordam   ko’rsatish   Rossiyani   Yaqin   Sharq
mintaqasida ittifoqchilarga ega bo’lishini ta’minlaydi. Buning uchun Rossiya
iqtisodiyotidagi   qiyinchiliklarga   qaramasdan   mablag’ni   ayab   o’tirgani   yo’q.
Suriyadagi   faol   harbiy   operatsiyalar   yakun   topgach,   Rossiya   hukumati
sarflangan mab’lag’ 30 mlrd rubl deb baholadi. Qolaversa, harbiy harakatlar
chog’ida Suriya hukumati Rossiya Federatsiyasidan 1,5 mlrd dollar kredit va
harbiy   kreditlar   oldiki,   uning   qiymati   e’lon   qilingani   yo’q.   yqinda   Suriya prezidenti Bashar Asad Suriyaga yetkazilgan zarar 200 mlrd dollarni tashkil
etishini   ma’lum   qilganida,   Rossiya   mamlakatni   qayta   oyoqqa   turishiga
yordam berishini ma’lum qildi.
Rossiyalik   tadqiqotchilarning   fikricha,   Rossiya   kompaniyalari   Suriya
hududida   imtiyozli   vaziyatga   ega   bo’lishi,   ya’ni   dunyo   energiya   bozoriga
sezilarli   ta’sir   ko’rsata   oladigan   jiddiy   neft-gaz   loyihalarini   amalga   oshirish
kabi   iqtisodiy   imkoniyatlardan   tashqari   Rossiyaning   Suriyadagi   urushda
ishtirok   etishi   bu   mamlakat   hududida   ruslarning   to’laqonli   HHK   va   HDK
ning   paydo   bo’lishiga   imkon   beradi.   Bu   holat   butun   O’rta   Yer   dengizi
mintaqasiga   harbiy   ta’sir   ko’rsatish   imkoniyatlarini   kengaytiradi   va   Rossiya
tor   bo’g’oz   orqali   kemalarini   o’tkazishi   Turkiyaning   istaklariga   bog’liq
bo’lmaydi.     Rossiya   Federatsiyasi   prezidenti   V.   Putin   Moskva   neft   sanoat
ko’lamida   Turkiya   hududiga   kirib   kelayotganligini   tasdiqlovchi
ma’lumotlarga ega ekanligini, harbiy samolyotning o’rib tushirilishiga qaror
qilinishi   xalqaro   terrorchilarga   neftni   tashish   uchun   xavfsizlikni   ta’minlash
maqsadida qabul qilinganini aytib o’tdi.       
Ushbu   voqealardan   keyin   bu   ikki   mamlakat   o’rtasidagi   yaxshi
qo’shnichilik   munosabatlariga   putur   yetdi,   Rossiya   Turkiyaga   nisbatan
iqtisodiy sanksiya e’lon qildi va Suriya-Turkiya chegaralarini mustahkamlash
uchun   bu   yerda   harbiy   qismlar   sonini   oshira   boshladi,   shuningdek   havo
hujumidan   himoyalanish   uchun   Suriyaning   Turkiya   bilan   chegarasidan   olis
bo’lmagan     Xmeymim   aviabazasida   eng   yangi   ZRK   C-400   tizimi   ishga
tushirildi. 
Turkiya   chegaralarida   harbiy   kuchlar   miqdorining   oshirilishini
jiddiy   xavf   deb   qabul   qildi   va   javob   qaytarish   tadbiri   sifatida   Rossiya
Federatsiyasining   harbiy   va   savdo   kemalari   uchun   Bosfor   va   dardanell
bo’g’ozlarini   yopib   qo’yish   bilan   do’q-pupisa   qila   boshladi.   Bug’ozlar
Rossiyaning   Suriyadagi   harbiy   operatsiyalarini   ta’minlash   uchun   muhim logistic   liniya   hisoblanadi.   Bug’ozlarning   yopilishi   1936-yil   Montryo
shahrida   qabul   qilingan   xalqaro   konvensiyaning   buzilishini   anglatadi.
Mazkur   konvensiyaga   ko’ra   bug’ozlar   ustidan   nazorat   Turkiyaga   berildi,   u
Qoradengizbo’yi davlatlariga tegishli bo’lgan kemalarni ushbu o’tish yo’lagi
bo’ylab  qatnovini  tartibga  soladi.    Montryo  konvensiyasining  21  moddasiga
binoan Turkiya harbiy xavf ostida qolganda yoki o’zi qaysi davlat bilan urush
holatida   bo’lsa   usha   davlat   harbiy   kemalari   uchun   o’tish   yo’lagini   yopish
huquqiga   ega   bo’ladi,   agar   bunday   holat   yuz   bermasa   Turkiya   chet   el
kemalarini   ular   o’zlarining   Harbiy-dengiz   kuchlaridan   uzoqlashishi   sharti
bilan   yo’lakdan   o’tkazib   yuborishi   kerak.   Bundan   tashqari   Turkiya
bo’g’ozlarni   yopib   qo’yish   uchun   BMT   ning   roziligini   olishi   kerak.   Savdo
kemalariga   keladigan   bo’lsak,   Turkiya   urush   holatida   bo’lgan   taqdirda   ham
ular tinchlik vaqtida hech qanday to’siqlarsiz bo’g’ozlardan o’tishi mumkin,
Turkiya do’st va betaraf davlatlarning fuqaro kemalarini o’tkazishga majbur.
Agar   mamlakat   “harbiy   xavf   ostida   deb   hisoblasa”   ham   baribir   har   qanday
vaqtda   qaysi   davlatga   tegishliligidan   qat’iy   nazar   barcha   savdo   kemalarini
o’tkazishga majbur. Rossiya samolyotini o’rib tushirar ekan, NATO oldindan
rejalashtirilgan provokatsiyaga qo’l o’rganligi katta ehtimolga ega.
  Moskva va Anqara o’rtasidagi munosabatlar taranglashar ekan, G’arb
Rossiya   kemalari   uchun   bo’g’ozlarni   yopib,   xalqaro   huquq   va   BMT
konvensiyasiga   ko’z   yumishi   mumkin.   Bu   bo’g’ozlar   Rossiya   uchun   juda
muhim   strategic   ahamiyatga   ega,   chunki   Rossiya   Federatsiyasining
Suriyadagi harbiy kontingenti uchun yuk va qurollar yetkazib berish hayotiy
muhim   ahamiyatga   ega.   Agar   harbiy   harbiy-transport   kemalari   uchun
O’rtayer   dengiziga   chiqish   yo’lagi   yopiladigan   bo’lsa,   Suriyadagi   Rossiya
Federatsiyasi   harbiy   kontingentini   ta’minlash   amalda   yo’qqa   chiqadi.
Rossiyalik   tadqiqotchilarning   fikricha,   AQSH   va   uning   NATO   dagi
ittifoqchilari   mintaqada   tinchlikni   mustahkamlashdan   manfaatdor   emas, Yaqin Sharqda Rossiya tufayligina Eron-Suriya blokining Isroil bilan azaliy
qarama-qarshiligini tartibga solish imkoniyati paydo bo’lishi mumkin.   
Eron-Suriya   bloki   amerikaparast   fors   monarxiyachilariga   asosiy
muqobil   hisoblanadi.   Hozirgi   kunda   Rossiya   Federatsiyasigina   arab
dunyosiga yangi va mustahkam xavfsizlik tizimini taklif qila olishi mumkin.
Rossiyaning   Yaqin   Sharqdagi   sa’i-harakatlari   arab   dunyosini   o’z   tomoniga
og’dirishga   yordam   beradi,   qolaversa   bu   sa’i-harakatlar   AQSH   dan   farqli
tarzda   Rossiyaga   ishonish   mumkinligini   isbotlab   berishi   kerak.   Rossiyaning
Suriyada   strategik   maqsadlaridan   tashqari   kam   ahamiyatga   ega   bo’lmagan
yana   bir   manfaati   borki,   bu   terrorchilar   hujumi   xavfini   bartaraf   qilish   ham
edi.   2016-yilning   15-martiga   kelib   Rossiya   Suriyadagi   asosiy   harbiy
haraktlarni nihoyasiga yetkazdi. 
Rasmiy   Moskvaning   hatti-harakatlari   Yaqin   Sharqda   bekik   zonani
yaratishdan uzoq muddatli manfaatdorligi haqida signal bo’lib xizmat qiladi.
Rossiyaning C-400 kabi havo hujumidan mudofaa tizimining eng zamonaviy
turlarini Latakiyaga olib kirishi Pentagonning xavotiriga sabab bo’ldi, chunki
bu   hatti-harakatlar   Rossiyaning   Suriyadagi   harbiy   harakatlari   terrorchi
guruhlar   pozitsiyalariga   zarba   berish   bilangina   cheklanadi   deb   aytgan
tasdiqlariga   zid   keladi.   Bu   hududda   Rossiyaning   Eron   bilan   ittifoqi   ham
muhim ahamiyatga ega. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning
BMT   ning   Bosh   Assambleyasida   2015-yil   28   –   sentabrda   so’zlagan   nutqi
Rossiyaning   harbiy   operatsiyasi   Rossiya   Yaqin   Sharq   mintaqasida   uzoq
muddat hal qiluvchi kuch bo’lib qolish niyatida ekanligidan dalolat beradi.  
   Hozirgi  kunda  NATO  va  Rossiya  o’rtasidagi  munosabatlar
2008-yilning   dekabrida   NATO   rahbariyati   Rossiya   bilan   hamkorlikni
yangitdan   boshlashga   qaror   qildi.   Bu   qarorni   tushuntirib,   General   sekretar
Ya.   Sxeffer   shunday   deydi:   “Rossiya   –   geosiyosatning   muhim   faktorlaridan
biri va NATOda u bilan o’zaro aloqa qilmaslikkka sabablari yo’q”. Gruziya va Ukraina NATOga a’zolik bo’yicha harakat rejasi (PDCH) ni qo’lga kirita
olishmadi,   biroq   natoliklar   ikkala   davlatlar   perspektivda   Alyans   a’zolari
bo’lishlari   mumkinligini   ta’klidlab   o’tishgan   edilar   va   ular   bilan   ishlash
bo’yicha maxsus komissiya tuzishadi.
2009-yilning   yanvarida   elchilar   ishtirokida   Rossiya-NATO
Kengashining norasmiy yig’ilishi bo’lib o’tdi. 2009-yilning fevralida Rossiya
hukumati   Afg’oniston   uchun   mo’ljallangan   NATO   yuklarni   Rossiya
Federatsiyasining hududi bo’ylab olib o’tishga ruxsat berdi. Bu qaror maxsus
bitimlar   bilan   mustahkamlanib   qo’yiladi;   bunday   bitimlarni   Rossiya   GFR,
Fransiya,   Ispaniya   va   AQSH   davlatlari   bilan   imzolaydi.   Rossiya   havo
“ko’prigi”   (yo’llari)   AQSH   va   NATOga   zaruriyat   paytida   Afg’onistonga
yuklarni   olib   o’tishni   ikki   barobarga   oshiradi.   Faqatgina   AQSHning   o’zi
Rossiya chegarasi orqali yiliga 4,5 ming reysni amalga oshirish  va 50 ming
tonnaga qadar yuklarni olib o’tish imkoniyatini qo’lga kiritadi. Bu qarorlarni
sharhlab,   NATOdagi   Rossiya   doimiy   vakili   D.   Rogozin   shunday   ta’kidlab
o’tadi:   “NATOning   mag’lub   bo’lishi   alyansning   o’zining   ichida   total
inqirozga   olib   keladi.   Bu   balki   bizga   unchalik   tegishli   emasdir,   biroq   bu
g’alabadan   sarxusht   bo’lgan   turli   joylardan   bo’lgan   ekstremistlarni,   eng
avvalo “Tolibonlar”, shimol tomon borishadi, ular Rossiya tomon borishadi,
borgan-sari   yangidan-yangi   yerlarni   va   hududlarni   egallab   olishadi.   Bu   biz
uchun   janubiy   chagarada   haqiqiy   harbiy   harakatlardagi   xavfni   keltirib
chiqaradi.   Shuning   uchun,   biz   NATOning   Afg’onistonda   mag’lub   bo’lishi
tarafdori emasmiz”. 
2009-yilning martida NATO strukturasi Rossiya bilan dialogni rasman
qaytadan boshlash to’g’risidagi qarorni qabul qildi. 2009-yilning 24-aprelida
rasmiy ravishda Rossiya-NATO Kengashi faoliyati qaytadan boshlandi.
2009-yilning   avgustida   NATO   bosh   kotibi   A.   Fog   Rasmussen   Alyans
Rossiya   bilan   muzokaralarga   katta   ahamiyat   berishini   va   uni   dushman sifatida   qaramasligini   ma’lum   qildi.   NATO   rahbariyati   xalqaro   terrorizm,
qaroqchilik   bilan   kurash   ommaviy   qirg’in   qurollarini   tarqatmaslik   va
Afg’onistondagi   vaziyatni   izga   solish   uchun   hamkorlikda   ishlash   Rossiya
bilan hamkorlikning istiqbolli yo’nalishlaridan biri sifatida belgilab o’tildi. 
2009-yilning   dekabrida   Moskva   shahrida   tashqi   ishlar   vazirlari
darajasida   Rossiya-NATO   Kengashi   majlisi   bo’lib   o’tdi.   MAzkur
uchrashuvda NATO bosh kotibi A. Fog Rasmussen, ham ishtirok etib, bo’lib
o’tgan   muzokaralarni   strategic   hamkorlik   tomon   tashlangan   qadam   deb
baholadi.     Aynana   mana   shu   uchrashuvda   Kengash   ishchi   guruhlarining
yangi   strukturasini   shakllantirish   nihoyasiga   yetkazildi.   Strukturada   ikkita
maxsus ishchi guruh tuzildi: biri yevroatlantika mintaqasida terroristik tahdid
bilan kurashish va front orti bo’yicha bo’lib, uning doirasida tomonlar o’zaro
foydali loyihalarni amalga oshirishda yetarlicha olg’a siljiy olishdi. 
Tezkor   tarzda   o’zaro   sa’-harakat   va   mudofaa   hamkorligi   bo’yicha
amalda yangi ishchi guruh tuzildi. Uning vakolatiga birgalikda operatsiyalar
o’tkazish, o’zaro manfaatli sohalar – Afg’oniston masalasi bo’yicha amaliy-
o’zaro   sa’-harakatlarni   rivojlantirish,   qaroqchilik   bilan   kurash,   inqirozli
holatlarda vaziyatni izga solish va harbiy-texnik hamkorlik sohalari kiradi.  
Biroq   diplomatlar   uchrashuvi   Janubiy   Kavkaz,   Yevropada   paketa
hujumiga   qarshi   mudofaa   tizimini   va   Yevropada   oddiy   qurolli   kuchlar
haqidagi   Shartnoma   masalalarida   (Rossiya   Yevropada   oddiy   qurolli   kuchlar
haqidagi Shartnomadan 2015-yilda chiqqanligini e’lon qildi) qizg’in bahslar
bilan   ham   o’tanligini   ta’kidlab   o’tish   joiz.   Rossiya   tomoni   NATO   ning
O’rtayer dengizidagi operatsiyalarida va NATO ning Afg’onistondagi harbiy
operatsiyalarini   rejalashtirishda   ishtirok   etishdan   bosh   tortdi.   O’z   navbatida
natochilar   ham   Yevropada   xavfsizlikning   yalpi   tizimini   yaratish   haqidagi
Rossiya   taklifini   rad   etdi.   Shunga   qaramasdan   muzokara   ishtirokchilari muzokaralar   o’tkazilishining   o’zini   yuqori   baholashdi   va   muammolarni
muhokama qilishning “samarador xarakteri”dan qoniqish izhor qilishdi.
2010-yilning   yanvarida   Rossiya   va   NATO   genshtab   rahbarlarining
uchrashuvini   o’tkazishib,   harbiy   sohada   hamkorlikni   qaytadan   boshlashadi.
2010-yilning   noyabrida   Rossiya   Federatsiyasi   Prezidenti   D.   Medvedev
ROSSIYA-NATO   KENGASHI   majlisida   ishtirok   etdi   va
“kelishmovchiliklar,  tushunmovchiliklar  va  da’vo  qilishlar  davriyakunlandi”
deb ta’kidlab o’tadi. Rossiyaning NATO bilan munosabatlaridagi navbatdagi
“iliqlik”   -     Rossiyani   Shimoliyatlantika   alyansiga   jalb   qilish   imkoniyati
to’g’risidagi   NATO   a’zo-mamlakatlarining   harbiy   va   siyosiy   doirasida
munozaralari bilan kuzatildi. Bu munozaraning sadosi 2010-yilning oktabrida
nashr   qilingan,  D.  Medvedevga  yaqin  bo’lgan,  INSOR  analitik  markazining
bayonotida   o’z   aksini   topdi.   Bayonet   tuzuvchilari   Rossiyaning   NATOga
yaqinlashishi   tarafdorlari   bo’lib   chiqishdi.   “Biz   haqiqatdan   kelib   chiqqan
holda   aytmoqdamiz:   alyans   geosiyosat   va   kuch   faktorining   markazi   bo’lib
qolmoqda,   u   bizning   chegaramizdagi   vaziyatga   va   bizning   xavfsizligimizga
ta’sir   ko’rsatmoqda.   Shuning   uchun,   qarama-qarshi   bo’lgan     Rossiyaning
NATOga   nisbatan   munosabati   pragmatizmga   va   siyosiy   maqsadga,   milliy
manfaatlarga asoslangan bo’lishi lozim. Bu iloji bor qadar stabil va barqaror
munosabatlarning   o’rnatilishiga   ko’ra   strategic   va   taktik   harakatlarning
qo’llanilishidan darak berar edi. Bu harakatlar ikkala tomon uchun ham qulay
bo’lgan   holda   alyansning   jiddiy   transformatsiyalashuvi   jarayoniga
mo’ljallanishi   lozim   edi.   Bu   jarayondagi   va   yangi   sharoitdagi     Rossiyaning
roli muhimlaridan biri sifatida ko’rib chiqilishi kerak”, - deyiladi bayonotda. 1
Biroq, Rossiya siyosatchilarining va ekspertlarining katta qismi xalqaro
munosabatlarda   Osiyo   davlatlarining   ahamiyatining   o’sib   borishi   sharoitida
1
 Бужинский, Е.П. О перспективах развития отношений России и НАТО / Е. П. Бужинский, С. А. Кулик, А. 
И. Никитин, Т. Г. Пархалина, М. Л. Энтин, И. Ю. Юргенс / Под общ. ред. И. Ю. Юргенса и С. А. Кулика. – 
М., ИНСОР, 2010. —  c . 4-5 NATO   Rossiya   xavfsizligini   mustahkam   ta’minlashiga   qodir   emasligiga
e’tibor   qaratib,   Rossiyaning   Alyansga   a’zo   bo’lishi   mumkinligiga   shubha
bilan qarashdi. Shuningdek,  ular  tomonidan  Rossiyaning  NATOda  gipotetik
a’zoligi   Rossiya-Xitoy   munosabatlarining   keskinlashuvining   o’sishiga   olib
kelishi mumkinligi borasidagi ta’kidlari yangraydi.   Shu bilan bog’liq tarzda
Rossiya   NATO   bilan   teng   ravishda   o’zaro   harakatda   bo’lishi   mumkin
bo’lgan   xavfsizlikning   yangi   arxitekturasini   tashkil   qilish   afzal   ko’rindi.
Umuman   olganda,   hatto   INSOR   ekspertlari   ham   “hozirgi   kunda
ittifoqdoshlik   munosabatlarining   (Rossiya   va   NATO   o’rtasida)   o’rnatilishi
dargumonligini” tan olishadi.
Ba’zi   holatlarda   Rossiya   va   NATO   o’rtasidagi   ittifoqdoshchilikni
tuzishga   olib   kelishi   mumkin   bo’lgan,   ular   o’rtasidagi   dialog   shartlarini
belgilab qo’yishga urunishadi. Bunday shartlarga quyidagilar kiritiladi:
- Rossiyaning   roziligisiz   NATOning   sharq   tomon   kengayib
borishiga yo’l qo’ymaslik;
- Rossiya   va   NATOning   yaqinlashishi   masalasi   bo’yicha   maxsus
ekspert guruhlarini tashkil qilish;
- Rossiya tomonidan taklif qilingan, Yevropa xavfsizligining yangi
arxitekturasini muhokama qilish;
- Yevropa   chegaralaridan   tashqarida   tinchlikparvarlik   va   boshqa
operatsiyalarni   amalga   oshirish   uchun   Kollektiv     xavfsizlik   shartnomasi
tashkiloti – NATOning tezkor javob qaytaruvchi yirik qo’shma korpusini va
Yevropa qit’asida harakat qilish  uchun Rossiya-Yevropa ittifoqining shunga
o’xshash harbiy kontingentini yaratish;
- Raketa hujumi xavfini birgalikda baholash va Amerika Qo’shma
Shtatlari,   Rossiya   va   Yevropa   ittifoqining   raketa   hjumiga   qarshi   mudofaa
tizimini ishlab chiqish va  kengaytirishda hamkorlik qilish; - NATO   va   Kollektiv   xavfsizlik   shartnomasi   tashkilotining   havo
hujumiga   qarshi   mudofaaning   toppish   va   kuzatib   borish,   qo’lga   olish
tizimlarini mujassamlashtirish;
-   Barcha   taktik   yador   vositalarini   old   bazalardan   milliy
hududlarning   uzoq   nuqtasiga   markazlashtirilgan   saqlash   obyektlariga
ko’chirish;
- Yevropada   oddiy   qurolli   kuchlar   shartnomasi   borasida   “texnik
murosa qilish”;
- Rossiya-Xitoy   chegaralarining   ikkala   tomoni   bo’ylab   100
kilometrlik   masofada   oddiy   qurolli   kuchlar   va   qurollarni   cheklash   haqida
ko’p tomonlama shartnoma tuzish
Biroq,   2011-yilda   Rossiyaning   Alyansga   a’zo   bo’lish   imkoniyati
to’g’risidagi   munozaralar   yakunlandi.   “Vashington   Tayms”   gazetasining
2011-yilning   yanvarida   yozilgan   maqolasida   aytilgan   nuqtai   nazar   ustunlik
qildi.   Xususan,   maqola   mualliflari   shunday   ta’kidlashadi:   “Agar   Rossiya
NATO   a’zosi   bo’lsa,   bu   tashkilotning   mohiyatini   buzardi.   Rossiya
AQSHning manfaati yo’lida iloji bor qadar hamma yerda qarshilik ko’rsatishi
mumkin, bunday vaziyat hozirgi kunda Birlashgan Millatlar Tashkilotida va
boshqa   millatlararo   tashkilotlarda   sodir   bo’lmoqda.   NATO   tarkibidagi
Rossiyaning   asosiy   qiziqishi   blok   ustidan   nazorat   o’rnatish,   uni   qulatish   va
uning   tarkibidan   Amerika   Qo’shma   Shtatlarini   siqib   chiqarish   bo’ldi.
NATOning   sharqiy-yevropa   mamlakatlari-a’zolari   blok   tarkibiga
Moskvaning qo’shilishini sotqinlik kabi tushunishardi”. 
Oqibatlarga   ko’ra,   ikki   tomonlama   o’zaro   aloqalar   sezilarli   darajada
o’zgarishlarga   olib   kelmadi.   “Yo’l   xaritasi”ga   muvofiq,   2012-yilning
boshlarida   maqullangan   hamkorlik   2014-yilga   qadar,   Rossiya   va   NATO
dengiz   qaroqchilari   va   terrorchilik   bilan   kurashish,   dengizda   tinchlikni
o’rnatish, harbiy-akademik almashuvlarni amalga oshirish, raketa mudofasiga qarshi   kurashishni   ta’minlash   sohasida   hamkorlik   qilishni   davom   ettirish
tarafdorlari   bo’lishdi.   “Rossiyada   haddan   tashqari   qattiq   o’rnatilgan   siyosiy
taqvim” tufayli 2012-yilning martida Rossiya-NATO Kengashi ning majlisini
bekor qilish to’g’risidagi qarori qabul qilindi. Majlis 2012-yilning dekabrida
tashqi  ishlar vazirligi darajasida  bo’lib  o’tadi. Uning  asosiy natijasi –  2013-
yilga Rossiya-NATO ishchilar loyihasining tasdiqlanishi bo’ldi.
Umuman olganda, Rossiya va NATO konstruktiv dialog olib borishga
urunmoqda,   biroq   ularning   munosabatlarida   ishonch   muhiti   yo’q   va   amalda
ular   bir-biriga   to’g’ri   kelmaydigan   manfaatlar,   turlicha   qadriyatlar   va
o’tmishning   saqlanib   qolgan   qoliplariga   ega   bo’lgan   geosiyosiy   raqiblar
rolini   o’ynashmoqda.   Manfaatlar   va   qadriyatlarning   bir-biriga   to’g’ri
kelmasligi,   o’zaro   ziddiyatlarning   saqlanib   qolinishiga   olib   kelmoqda.
Hozirgi   kunga   qadar   Rossiyaning   NATO   bilan   munosabatlarida   Yevropada
raketa  qarshi  mudofaa  tizimi,  Yevropada oddiy qurolli  kuchlar shartnomasi,
Gruziya,   Suriya,   Eron   masalalari   muammoli   bo’lib   qolmoqda.   Shuningdek,
Shimoliyatlantika   blokiga   Mustaqil   Davlatlar   Hamdo’stligi   mamlakatlari
aniqroq   qilib   aytganda,   Gruziya,   Ukraina   va   Moldovaning   qabul   qilinishi
ehtimoli   haqidagi   masala   ikkala   tomonning   ham   kun   tartibidan   ketganicha
yo’q,   to’g’ri   ularni   2007-2008-yillar   bilan   solishtirganda   keskinligi   ancha
pasaygandek   edi,   biroq   so’nggi   kunlarda   Gruziyada,   Boltiqbo’yi
mamlakatlarida   va     Polshada   ya’ni   aynan   Rossiya   bilan   chegaradosh
davlatlarda  NATO bilan birgalikda  ushbu  davlat  qurolli  kuchlarining  harbiy
mashqlarini o’tkazishi, Ruminiyada esa AQSHning raketaga qarshi mudofaa
tizimini   yaratilayotganligi   vaziyatni   yanada   keskinlashtirmoqda.   Tabiiyki,
ushbu holatlar Rossiya tomonidan ham o’z rezonansini topmasdan qolmaydi. Aabiyotlar 
1. Black Jeremy. A History of Diplomacy . London, Reaktion Books Ltd, 2010 
2. Xolliev A. Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi. –  Т ., 2014. 
3. Богатуров А.Д., Аверков В.В. История международных отношений. 1945- 
2008. М., 2010. 
4. История международных отношений. Основные этапы с древности до 
наших дней. – М., Логос, 2007. / под ред. Г.В.Каменской, О.А.Колобова, 
Э.Г.Соловьева. 
5. Системная история международных отношений. 1918-2003. В четырех 
томах. Отв. Ред. А.Д.Богатуров. М.,2003. Qo’shimcha adabiyotlar: 
6. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан 
бирга қурамиз. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 488 б. 
7. Бажанов Е.П., Бажанова Н.Е. Многополюсный мир. М., 2010. 
8. Бережков В.М. Страницы дипломатической истории. 4-ое издание. М., 
1987. 
9. Буданова В.П. Готы в эпоху великого переселения народов. М., 1990. 
10.Дулина Н.А. Османская империя в международных отношениях (30-40- 
годы XIX века). М.,1980. 
11.3агорский А.В. Хельсинский процесс: Переговоры в рамках Совещания по
безопасности и сотрудничеству в Европе 1972-1991 гг. М., 2005. 
12.Ивонин Ю.Е. У истоков Европейской дипломатии нового времени. 
Минск,1984. 
13.История дипломатии. М.,1959-1963 гг. T.I; II. 14.Лебедева М.М. Мировая 
политика М., 2003.

Mavzu: XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlar dagi ziddiyatlar Reja: 1. XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlardagi o`zgarishlar 2. Rossiyaning xalqaro mavqeyining oshib borishi 3. Siyosiy jarayonlarda yangi muammolarning vujudga kelishi

NATO ning navbatdagi kengayishi va Rossiya 2000-yilda Rossiyaning NATO bilan hamkorligi qayta tiklandi. Rossiya-NATO doimiy qo’shma Kengashi mexanizmi yana ishlay boshladi.2001-yilning fevralida Moskvada Alyans axborot byurosi ochildi. 2001-yilning oktabrida Rossiya hukumati NATOning Afg’onistondagi harbiy operatsiyasida to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etishdan bosh tortgan bo’lsada, bu operatsiyani qo’llab-quvvatlaydi. Bu qo’llab-quvvatlov Rossiya va NATO o’rtasidagi dialogni aktivlashtirish uchun qulay sharoit yaratib berdi. “ Ikkinchi afg’on urushi” da Moskva Vashingtonga ko’rsata olgan qo’llab- quvvatlash Jorj Bushga Rossiya geostrategic mazmunda NATO ning ko’plab davlatlaridan ko’ra muhimroq hamkor bo’la olishini namoyish qildi. Boshqa tomondan Moskva ham Vashington bilan yaqinlashishdan manfaatdor edi. Birinchidan, Afg’onistondagi AQSH harbiylari Rossiya uchun tarixda birinchi marta uning milliy xavfsizligini ta’minlashning Rossiya mustaqil eplay olmagan muhim vazifasini hal qildi. AQSH harbiylari Chechenistondagi jangarilarni faol qo’llab-quvvatlayotgan tolibonlar hokimiyatini ag’darib tashladi. Ikkinchidan, AQSH bilan yaqinlashuv Rossiyaga Chechenistondagi voqealarni tahlil qilish masalasida Vashingtonning yordamini olish imkoni berar edi. AQSH rahbariyati Yevropaning ko’plab mamlakatlari hukumatlari singari Chechenistondagi uyushgan jinoiy guruhlarni terroristic uyushmalar sifatida tan olishdan bosh tortib kelayotgan edi. Moskva Checheniston jangarilari va toliblar o’rtasidagi aloqani isbotlab berish bilan xalqaro terrorizm Chechenistonni toliblar davridagi Afg’oniston kabi terrorchilar bazasiga aylantirishga o’rinayotganligi haqidagi fikrda qattiq turib oldi. Chechenistondagi Rossiya federal kuchlari aksilterror operatsiyasi xalqaro jamoatchilik fikri nazarida terrorizmga qarshi kurashish uchun qo’shimcha

asos oldi. Amerika tomoni ushbu masalada ehtiyotkorlik qilgan bo’lsada, uning Rossiya pozitsiyasini tushunish darajasi ortdi. Biroq ikki mamlakat o’rtasida strategic doirada ziddiyatlar saqlanib qolaverdi. Amerika ma’muriyati o’zi taqdim etgan ma’lumotlarga ko’ra zarur klassdagi raketalarni ishlab chiqish texnologiyalariga ega bo’lgan Iroq va KXDR kabi “ishonchsiz davlatlar” tomonidan raketa zarbalari o’sib borayotganligiga ishora qilib, raketa hujumiga qarshi mudofaa milliy tizimini kengaytirish fikrida qat’iy edi. Shimoliy Atlantika ittifoqining G’arbda transformatsiyasi haqida Rossiyada ko’plab gapirildi. Mazkur masala yuzasidan bahs-munozaralar uch oqimga bo’linib ketdi. Birinchisi NATOning politizatsiyalashuvi, uning funksiyaviy jihatdan YEXHT ga o’xshash tashkilotga transformatsiyalashuvini taxmin qilgan edi. Moskva ushbu fikrda qat’iy edi, 90-yillarning birinchi yarmida esa Parij va Berlinda ham shunday deb hisoblashishar edi. AQSH targ’ib qiluvchi qarshlarning ikkinchi guruhi transformatsiya deganda Alyans funksiyalarining kengaytirilishi va diversifikatsiyasi, uning vazifalari qatoriga mudofaa vazifasi bilan birgalikda gumanitar intervensiyalar va tinchlikparvarlik missiyalarini o’tkazish ham kirishini tushunishar edi. Nazariy jihatdan olganda bu NATOning yadroviy tiyib turish va mudofaa ittifoqi instrumentidan xavfsizlik ittifoqiqa aylanishini anglatar edi. Uchinchi qarash “transformatsiya” degan tushunchani Vashington shartnomasi harakat doirasini va ham NATO ham unga kiruvchi bir qator davlatlar koalitsiyasining ehtimolli aralashish zonasining geografik sarhadlarini geografik jihatdan kengaytirish degan ma’noga olib keluvchi “transformatsiya” degan tushunchaning tor interpretatsiyasini o’zida aks ettirar edi. Ushbu nuqtai-nazarni izhor qilar ekan, NATO bosh kotibi lord Jorj Robertson intervyulardan birida agar zarurat aksini talab qilib turgan bo’lsa,

favqulodda holatlarda NATO harakat doirasini cheklash uchun asos ko’rmayotganligini aytib o’tdi. 2000-yillarning boshidagi vaziyatning o’ziga xosligi NATO ning barcha a’zo mamlakatlari tomonidan birgalikda harbiy kompaniyalar o’tkazish ehtimoli kamayganligida edi: ittifoq tarkibida kimga bo’lgan taqdirda ham harbiy yordam ko’rsata olmaydigan, hatto ko’rsatishni xohlamaydigan davlatlar ko’p edi. Bunga muvofiq tarzda – alyans nomidan va uning mandatiga ko’ra amaliy harakatlarda va jangovar operatsiyalarga tezkor tarzda rahbarlik qilish bo’yicha qarorlar qabul qilishda NATO dan amalda mustaqil bo’lgan NATO mamlakatlarining tanlangan guruhi nomidan koalitsion o’zaro ta’sir ehtimoli o’shib borayotgan edi. Bu xildagi siljishlar ilk marta 1998-yilda “Sahrodagi tulki” operatsiyasini o’tkazish chog’ida, Britaniya va AQSH NATO nomidan, biroq amalda faqat amerika-ingliz harbiy kuchlari bilan Iroqqa qarshi cheklangan harbiy kompaniyani amalga oshirish vaqtida ko’zga tashlandi. Bu siljish “ikkinchi afg’on urushi”bilan yanda mustahkamlandi. Tor doiradagi koalitsion prinsip umumjamoaviy harakatlar tamoiliga nisbatan ustuvor deb tan olindi. Iroqqa qarshi 2003-yilning fevral-mart oylaridagi tayyorgarlik vaqtida Iroq urushini boshlash masalasi yuzasidan Alyans mamlakatlari o’rtasidagi fikrlar xilma-xilligi yuzasidan Vashingtonning o’ziga ham ushbu ssenariy ma’qul edi. NATO va Rossiya o’rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishi Alyansning sharqqa qarab yana kengayishi haqidagi masalaning hal bo’lishini osonlashtirdi. 2002-yilning yoziga kelib AQSH ittifoqqa sobiq Sovet Ittifoqining Boltiqbo’yidagi uchta mamlakatining a’zo bo’lib kirishga erishishi aniq bo’lib qoldi. Shuningdek blokka Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Yevropaning bir qator davlatlari – Bolgariya, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Albaniya va Makedoniya ham qo’shilishi kutilayotgan edi.

Rossiya hukumati NATO ning kengayishiga o’zining salbiy munosabatda ekanligini ta’kidlab kelgan bo’lsada, Shimoliy Atlantika alyansi bilan o’zining “alohida munosabatlari” ni shakllantirishga kirishgan bo’lib, bu jarayonga zid harakat qilmadi. Rossiyaning NATO bilan yaqinlashuvi tufayli 2002-yilning kuzida Ukraina va uning izidan Gruziya ham Shimoliy Atlantika ittifoqiga kirish niyatlarini ma’lum qilishdi. NATO bilan munosabatlarning o’zgarishini inobatga olib, Rossiya hukumati va jamoatchilik 2002-yilning noyabrida Pragada bo’lib o’tgan NATO sammitida qabul qilingan Bolgariya, Ruminiya, Litva, Latviya va Estoniyalarni Alyansga qabul qilish to’g’risidagi qarorni (amalda esa yuqorida ko’rsatilgan mamlakatlar Alyansga 2004-yilning martida qo’shib olinadi) xotirjamlik bilan qabul qilishdi. Biroq, tez orada Rossiya hukumati NATO bilan munosabatida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’lmaganligiga ishonch hosil qiladi. Qo’shma doimiy kengash singari Rossiya-NATO Kengashi ham xavfsizlik masalasi bo’yicha jiddiy qarorlar qabul qilinadigan joy bo’lmadi. Bu NATOning ba’zi a’zo- mamlakatlari bilan mustahkam hamkorlik o’rnatish imkoniyati paydo bo’ldi degan Rossiya hukumatining umidlarini oqlamaydi. 2002-2003-yillarda Iroqda harbiy operatsiyani o’tkazishga doir NATOning, ba’zi mamlakatlarining rahbarlari o’rtasidagi ziddiyatlar, AQSHning va uning ittifoqdoshlarining harbiy operatsiyani o’tkazishlari uchun va S. Xusayn rejimining ag’darilishiga jiddiy to’siq bo’lib xizmat qilmadi. 2000-yilning ikkinchi yarmida natoliklar yana birlashgan pozitsiyalarda chiqa boshlashdi va Rossiyani ishonchli hamkor sifatida qabul qilmay qo’yishadi. Ikkala tomon qarashlarning bir-biriga mos kelmasligi hamkorlikning natijalarida namoyon bo’ldi. Rossiya va NATO o’rtasidagi dialog asosan Rossiya-NATO Kengashi ramkasida rivojlandi.2006-yilning boshlarida Kengashda 20 ta komitetlar, ishchilar va ekspert guruhlari faoliyat olib borardi; ular raketa