logo

XIX asr oxiri –XX asr boshlarida Turkistonga Yevropa memorchiligining kirib kelishi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.8359375 KB
XIX asr oxiri –XX asr boshlarida Turkistonga Yevropa memorchiligining
kirib kelishi
Reja:
1. Turkiston shaharlarida “ Yangi” shaharlarning vujudga kelishi. 
2. Barokko, klassisizm, gotika uslublari. 
3. Skver, Bulvar. 
4. Cherkovlar, banklar, gimnaziyalar,harbiy inshootlarning qurilishi. 
5. Yevropa   me’morchiligi.   An’anaviy   me’morchilik.   Sitorai   Moxi   Xosa.
Nurullaboy saroyi. Imperiya   boshqaruvi   o‘rnatilgach,   Samarqandga   Yevropa  shaharsozligining
kirib   kelishi   va   shaharning   yangicha   qiyofasi   mahalliy   va   rus   me’morchiligining
o‘zaro   ta’siri   natijasida   yuzaga   kelgan   yangi   muhandislik   qurilishi   yechimlari
asosida taraqqiy etdi. 
Bunda   asosan   Yevropa   shaharsozligida   ikki   xil   uslub   keng   qo‘llanilgan.
Birinchisi,   bu   Hindiston   va   Xitoyda   ma’lum   bo‘lgan   hamda   Yevropa
shaharsozligida   Milet   shahrining   qurilish   loyihasini   tuzgan   arxitektor   Gippodam
nomi bilan bog‘liq «Gippodam rejasi» deb ataladigan muttasil katakli loyiha tuzish
va   shu   asosda   shahar   bunyod   etish   hisoblangan.   Turkistonda   muttasil   katakli
shahar   rejasi   asosida   Bishkek,   Olma-ota   kabi   shaharlar   qurilgan.   Yevropa
shaharsozligining ikkinchi ko‘rinishi – bu uch nurli kompozitsiyadir. 
Toshkent,   Samarqand,   Andijon   kabi   shaharlarning   “yangi   qism”lari   shu
usulda   kengaytirilgan.   Bunday   holat   ko‘pincha   o‘rta   asrlarda   bunyod   etilgan   ark,
o‘rda yoki qal’a o‘rnida o‘sha shaharlar harbiy gubernator qarorgohi qurilib, undan
kengayib boruvchi ko‘chalar bunyod etilgan. Hatto shunday holatlarda ham yangi
ma’muriyat   binosi   oldida   keng   xiyobon   tarzidagi   maydon   tashkil   qilinganini
ko‘rish mumkin. 
Samarqand   shahri   yangi   qismi   shahar   madrasalaridan   olingan   vaqf   mulki
daromadlari   va   imperiya   ma’muriyati   tomonidan   ajratilgan   mablag‘   evaziga
bunyod etilgan.
Shaharning   “yangi   qismi”ni   bunyod   etishda   eski   tarixiy   va   me’moriy
obidalar   buzilib   yo‘q   qilindi.   Masalan,   1868   yilda   hozirgi   Afrosiyob
mehmonxonasi   o‘rnida   bo‘lgan   Qutbuchahorduhum   (Shayx   Nuriddin   Basirga
tegishli) maqbarasi 10 ming pud portlatuvchi modda bilan yo‘q qilingan.
1871   yil   shaharning   janubiy   –   g‘arbiy   Buxoro   darvozasi   tomonda
Kattaqo‘rg‘on   yo‘lidagi   uchastkalar   ajratib   olingan.   Shu   yerning   o‘zida   harbiy
qal’a bunyod etilgan. 1872 yilda topograf Sexonovich bo‘lajak shahar ko‘chalarini
tasvirga   tushirib,   “yangi   shahar”     qurilishini   tezlashtirishga   harakat   qildi.   1875
yilga   kelib   loyiha   asosidagi   binolar   qurilishi   tugallandi,   lekin   qo‘rg‘onning   ichki
qurilishi nihoyasiga yetmadi. Yangi Samarqand shahrining xarakterli kompozitsiyasi ishlab chiqil ib,  1875
yil   1   yanvarda   shaharning   bosh   rejasi   tasdiqlandi.   Unga   ko‘ra,   Samarqand   shahri
ham O‘rta Osiyoning boshqa shaharlari kabi ikki qismdan: eski va yangi shahardan
iborat   bo‘lgan.   Shahar   asosiy   kompozitsiyasi   bo‘lgan   qo‘rg‘on   atrofi   31,2   gektar
edi. Shaharning keng atrofini o‘rab turgan o‘rta asrlarga oid mudofaa devorlarining
g‘arb   tomonidagi   qismi   tugatildi.   Shimol,   sharq   va   janub   tomondagi   qismlari
saqlandi. Yangi  shahar  qo‘rg‘on devorining janubiy – g‘arbida joylashgan bo‘lib,
uning maydoni 121 gektarga teng bo‘lgan. “Yangi” shahar ko‘rinishi aylana – yoy
shakliga o‘xshagan. 
Shahar   rejasi   yuqorida   aytganimizdek,   nurli   halqa   tarzida   qurilgan   .   Bu
davrda   Zarafshon   okrugi   gubernatori   qarorgohi   hozirgi   shahar   hokimiyati   binosi
o‘rnida joylashgan edi . Uch nurli kompozitsiyada shahar qurilishi uchun bu bino
oldida   keng   xiyobon   shaklidagi   maydon,   ya’ni   Bulvar,   hamda   ushbu   bino   tomon
to‘g‘ri   tutashtirilgan   uchta   katta   ko‘cha   shakllantirilgan.   Bu   ko‘chalar
Kaufmanskaya   (hozirgi   Alisher   Navoiy),   Aleksandrovskaya   (hozirgi   Shohruh
Mirzo)   va   Nikolaevskaya   (hozirgi   Abdurahmon   Jomiy)   ko‘chalari   edi.   Qolgan
uchta   ko‘cha   Urgut   (hozirgi   O‘zbekiston   ko‘chasi)   Toshkent   va   Kattaqo‘rg‘on
ko‘chalari   shahar   qurilishining   davomi   bo‘lib,   ular   ham   shahar   markaziga   qarab
yo‘naltirilgan.   To‘rtta   asosiy   magistral   yo‘l   yoysimon   shakldagi   ko‘chalarni
bog‘lab   turgan.   Shaharni   g‘arbdan   Chernyaevskaya   (hozirgi   Mahmud   Qoshg‘ariy
ko‘chasi),   Sharqdan   Aleksandrovskaya   ko‘chalari   chegaralab   turgan.   Qolgan   ikki
ko‘cha Kaufman va Nikolaevskaya ko‘chalari shahar markazidan o‘tgan bo‘lib, bu
ko‘chalarda   har   xil   jamoat   va   savdo   binolari   qurilishi   boshlangan.   Boshqa   kichik
ko‘chalar,   xususan,   Chelekskaya,   Djamskaya,   Petrovskaya,   Pushkinskaya
ko‘chalari shaharni mayda qismlarga ajratib turgan. Rossiya imperiyasining harbiy
bosqinchilik   siyosati   shahar   ko‘chalariga   nom   berilishida   ham   o‘z   aksini   topgan.
Asosan,   ko‘chalar   bosqinchilik   vaqtida   o‘zini   ko‘rsatgan   general   va   ofitserlar,
shuningdek,   o‘lkada   bosqinchilik   siyosatlari   olib   borilgan   shaharlar   va   jang
maydonlari nomi bilan atalgan.
Toshkentning   yangi   qismi   bilan   solishtirsak,   u   yerda   ham   shahar   qurilishi radiusli   xalqa   –   nur   xalqa   sxemasida   tuzilganligiga   guvoh   bo‘lamiz.   Samarqand
shahrining   qurilishidagi   o‘ziga   xos   jihati   shundaki,   Turkistonning   boshqa
shaharlarida   uchramaydigan   xiyobon   shaklidagi   bulvar   maydonining
qurilganligidir. 
Zarafshon   harbiy   okrugi   markazida   rejali   ravishda   harbiy   va   ma’muriy
markaz   binolari   majmuasi   shakllangan.   Shaharda   davlat   binolari,   kazarmalar,
harbiy   omborlar,   harbiy   va   fuqaro   binolari,   kasalxonalar,   o‘quv   yurtlari   va
madaniy-ma’rifiy   inshoatlar   (kutubxona   va   teatrlar)   qurilgan.   Bu   “yangi   shahar”
binolari asosan harbiylar va amaldorlarga xizmat qilgan. 
Harbiy   qurilishlarning   asosiy   qismi   qal’a   atrofida   joylashgan.   Keyinchalik
shahar   kengayishi   natijasida   ulardan   ba’zilari   boshqa   joylarga   ko‘chirildi.   1883
yilda   Abramov   Bulvarining   boshida   va   oxirida   harbiy   qal’alar   qurildi.   Asosiy
harbiy   qal’a   Abramov   Bulvari   va   Nikolaevskaya   ko‘chalari   kesishgan   joyda   edi.
Qurilishlarning davomi sifatida Urgut (hozirgi O‘zbekiston) ko‘chasida ham harbiy
qal’a va harbiy gospital vujudga keldi. Shundan so‘ng yangi shahar maydoni 270,5
gektarni   tashkil   qildi.   Qurilishlar   natijasida   yangi   shahar   memoriy   qiyofasi
o‘zgardi. To‘g‘ridan to‘g‘ri keng ko‘chalar bunyod etildi, yo‘ldan alohida yo‘laklar
ajratildi, ko‘chalarda ekilgan daraxtlarni sug‘orish uchun ariqlar o‘tkazildi. 
Yangi shaharda jami 25 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, umumiy uzunligi 17
verst (18,2 km) 156 sajenni (332,28 m) tashkil etgan. Shundan 14 verst (14,84 km)
236 sajen (502,68 m) tekislanib tosh yotqizilgan. Ko‘chalarning har ikki tomoniga
ikki   qator   qilib   terak,   ayrim   joylarda   qayrog‘och,   akatsiya   va   zarang   daraxtlari
ekilgan.   Shahar   ko‘chalarida   ko‘chaning   bir   tomonidan   boshqa   tomoniga   suv
o‘tkazish   uchun   52   ta   g‘ishtdan   terilgan   quvurlar   yotqizilgan.   Ko‘chalarni   350   ta
kerosin   lampalar  
yoritgan.   Kerosin   va   boshqa   neft   mahsulotlari   temiryo‘l   ishga
tushirilgandan   so‘ng   Boku   shahridan   keltirilgan.   Shahar   ko‘chalaridan   tashqari
amaldorlar ham o‘z uylarini yoritishda kerosinli lampalardan foydalanishgan. 
Yangi   shaharda   keng   maydon   hisoblangan   Abramov   bulvari,   ikkita   park,
markaziy   park   (hozirgi   shahar   parki)   va   Ivanovskaya   parki   (park   ozero)   bunyod
etilgan. Abramov   Bulvari   eski   shaharning   janubi-g‘arbidan   yangi   shaharni   ajratib
turadigan   aylana   yo‘l   va   Samarqandning   ikki   qismini   bog‘lab   turuvchi   magistral
yo‘l   vazifasini   bajargan.   Asosiy   markaz   bo‘lgan   Abramov   Bulvarining   kengligi
128 metr (60 sajen), uzunligi 1044 metr (490 sajen) bo‘lgan. 
Shahar   boshqaruvi   ma’muriyatini   asosan   bulvar   atrofida   joylashganligi
xiyobonga   alohida   e’tibor   qaratilishiga   sabab   bo‘ldi.   Natijada   XIX   asr   oxirida
Samarqandda   ushbu   tizim   elementlarini   o‘zida   mujassamlashtirgan   6,5   gektardan
iborat yam-yashil bog‘  
shakllandi. 
  “Yangi   shahar”da   qurilgan,   hozirda   o‘zini   ko‘rinishini   yo‘qotmagan
inshootlardan   biri   rus-xitoy   bankidir.   Rus-xitoy   banki   1896   yilda   Abramov
bulvarida qurilgan (hozir bu binoda SamDU rektorati joylashgan).
O‘sha   davrda  Abramov bulvarida  madaniy va  jamoatchilik inshootlari   ham
qurila   boshlangan.   Shunday   inshootlardan   biri   1902-1904   yillarda
G.M.Svarichevskiy   loyihasi   asosida   qurilgan   ayollar   gimnaziyasidir.   (hozir   bu
yerda SamDUning Biologiya fakulteti joylashgan). 
Alekseev   cherkovi   1912   yilda   harbiy   shaharcha   uchun   Rostovsev   (hozirgi
Bobur   Mirzo   ko‘chasi)   va   Nikolaevskaya   (hozirgi   Abdurahmon   Jomiy)
ko‘chalarinig kesishgan joyida harbiy injener F.Smirnov loyihasi asosida zal tipida
qurilgan..
Abramov bulvarida hozirgi SamDUning Tarix fakulteti binosi o‘rnida
1875 yildayoq shahar qo‘riqxonasiga asos solingan. Bulvarda ekilgan daraxt turlari
ham   qo‘riqxonada   mavjud   bo‘lgan.   Bulvarda   «gullar   maydonchasi»   deb
nomlanuvchi   maydoncha   bo‘lgan.   Bu   maydoncha   hozirgi   Hamid   Olimjon   nomli
teatr oldida joylashgan edi. 
Okrug   gubernatori   qarorgohidagi   hovuzlar   Nikolaevskaya   va
Kaufman   ko‘chalari   o‘rtasida   joylashgan.   Abramov   bulvaridan   Urgut   (hozirgi
O‘zbekiston) ko‘chasigacha hovuzlar quril ishi shaharga ko‘rk ber ib turibdi. Harbiy
gubernator   qarorgohining   orqa   tomonida   Toshkent   ko‘chasigacha   bo‘lgan   joyda
markaziy   xiyobon   joylashgan   bo‘lib,   XIX   asr   oxirida   Markaziy   xiyobon   bilan
gubernator  qarorgohi  o‘rtasida shaharning bosh maydoni, namoyishlar, bayramlar o‘tkazuvchi   maydon   shakllandi.   Bu   maydonda   Georgiy   cherkovi,   ofitserlar   uyi,
xalq yig‘ini o‘tkaziladigan binolar bunyod etilgan. 
Chernyaevskaya ko‘chasining orqa tomonida jarlik bo‘ylab Ivanov xiyoboni
shakllandi (hozirgi Afrosiyob suzish suv havzasi).  Rossiya imperiyasi hukmronligi
davrida Samarqand shahrida kanalizatsiya   tizimi mavjud bo‘lmagan. Suv mahalliy
aholining eshaklari bilan bochka va ko‘zalarda Filatov bulog‘idan olib kelingan. 6-
8   kishi   uchun   bir   kunlik   suv   etkazish   ishi   oyiga   1   rubl   yoki   1   rubl   20   kopeyka
(tiyin) bo‘lgan. 
Mahalliy   aholi   esa   ehtiyoj   uchun,   xo‘jalik   va   bog‘larni   sug‘orish   uchun
Siyob,  Siyobcha   kanallaridan,   Obimashhad,   Abdidarun,   Ko‘nchilik   kabi   chashma
buloqlar suvidan foydalangan. 
Shahar   o‘zgarishi   tezlik   bilan   amalga   oshirilib,   yangi   dahalar,   harbiy
korpuslar,   yangi   massivlar   qurilgan.   Shaharning   g‘arbiy   qismida   esa,
Kattaqo‘rg‘on   yo‘lida   podsho   ma’muriyatining   qamoqxonasi   qurildi.   (hozirgi
viloyat   kasalxonasi   binosining   o‘rnida   edi).   Natijada   sanoatning   keng   quloch
yoyishi   bilan   bu   yerga   temiryo‘l   olib   kelinishiga   asosiy   sabablaridan   biri   bo‘ldi.
1888 yilda Samarqandda temiryo‘l qurilish ishlari jadallashdi hamda Samarqandni
Kaspiyorti   viloyati   bilan   bog‘lovchi   temiryo‘l   qurilishi   boshlandi.   Bu   davrda
vokzal,   temiryo‘l   ustaxonalari,   paravozlar   to‘xtash   joyi,   omborxonalar,   vokzal
atrofidagi   temiryo‘lchilar   shaharchasi   bunyod   etilgan.   XIX   asrning   90   yillari
oxirlariga   kelib   shahar   ichida   ham   temiryo‘l   qurilishi   boshlandi.   Qisqa   vaqt
mobaynida   shaharda   sezilarli   darajada   yirik   o‘zgarishlar   yuz   berdi.   1880   yilda
shahar ichida yangi qal’a bunyod etildi. Uning maydoni 8 gektar bo‘lib, devorlari
beshqirrali   juda   mustahkam   harbiy   mudofaa   devori   bilan   o‘rab   olingan.   Qal’a
devorlari   shimol   va   janubi-sharqdan   mudofaa   maqsadida   qurilgan   bo‘lib,   qal’a
ichida “yangi” qal’a qurilgan. 
1883 yilda Qutbu-Chohorduhum maqbarasi buzilishi natijasida, ba’zi harbiy
qal’alar   shaharga   ko‘chirildi.   Harbiy   qal’alarning   ko‘chirilishi   natijasida   shahar
qal’a   tomonga   qarab   kengaytirilib,   yangi   Esplanadnaya   (hozirgi   Bo‘stonsaroy)
ko‘chasi  qad rostladi. 1903 yilda yangi shahardan shimolga qarab kichik hududiy chegara ajratildi. Petrovskaya, Nikolaevskaya, Kaufman ko‘chalari shimol tomon,
ya’ni Kladbishinskaya ko‘chasi hisobiga kengaytirildi. 1906 yilga kelib 1883 yilda
tuzilgan shahar rejasini bajarishga kirishildi. Topograf Nillening loyihasiga binoan
harbiy   kasalxona   Chernyaevskaya   xiyobonidan   Urgut   ko‘chasiga   ko‘chirildi.
Xuddi   shu   yerning   o‘zida   Rostovseva   (Hozirgi   Boburmirzo),   Karshinskaya
(Hozirgi   Firdavsiy),   Vereshchaginskaya   (Hozirgi   Amir   Temur)   ko‘chalari   davom
ettirilib,   Bazarnaya,   Nekrasova,   Novagospitalnaya   ko‘chalari   maydonini   egalladi.
Shaharning bu qismidagi qurilishlar 1916 yilgacha davom etgan. 
XX   asr   boshlarida   ruslar   yashaydigan   maydon   4629   desyatinani   (1.09
gektar) tashkil etgan. 
Samarqandda   Ofitserlar   uyi1882   yilda   qurilgan   (Hozirgi   viloyat   savdo-
sanoat   palatasi   binosi).   Bu   bino   klassitsizm   uslubiga   xos   bo‘lgan   ko‘rinishda
qurilgan.
“Xalq   yig‘ini”   binosi   (Hozirgi   yoshlar   markazi   binosi   o‘rnida   bo‘lgan)
Kaufman   va   Urgut   ko‘chalarining   kesishgan   qismida   joylashgan   bo‘lib,   o‘zining
texnik   va   badiiy   go‘zalligi   jihatidan   boshqa   binolardan   farq   qilmaydi.   Binoning
tomosha   zali   Svarichevskiy   loyihasi   bo‘yicha   kengaytirilgan.   1880   yilning
boshlariga kelib Nikolaevskaya va Urgut ko‘chalarining kesishgan joyida birinchi
yozgi teatr binosi qurilishi boshlangan. 
Geyselman   loyihasi   asosida   1911   yilda   xalq   kutubxonasi   qurilgan.   Bu
kutubxona   Chernyaevskaya   va   Vereshchagin   ko‘chalarining   kesishgan   joyida
joylashgan. 
Samarqandda   1908   yilda   muhandis   Kastalskiy   loyihasi   asosida   Chern -
yaevskaya va Qarshi ko‘chalarining kesishgan joyida davlat banki qurilgan. 
Savdogar   A.Kalontarovning   uyi   (hozir   bu   bino   o‘rnida   Viloyat
o‘lkashunoslik   muzeyi   joylashgan)   an’anaviy   va   yevropacha   uslubda   1911-1916
yillarda muhandis G.O.Nille loyihasi asosida quril gan. Adabiyotlar:
1. Axmedov M.Q «O'rta Osiyo me'morchilik tarixi» T. 1995. 
2.   Бердимуродов А Гури Амир макбараси  C -1996  .
3 .   Ғаффоров Ш.С., Юнусов М.А.,Саидов М.М.,Шарипов С.И. Ўзбекистон 
архитектура  ёдгорликлари тарихи.Самарқанд.2008.
4.   Бердимуродов А Гури Амир макбараси C-1996   й.  
1. Kattayev  К . Go'ri Amir maqbarasi. Meros gazetasi, 1992-yil fevral
2. Kattayev K. Nefrit toshi qayta tiklandi. Zarafshon gazetasi, maxsus son 1996-
yil 25-oktabr
3. Katteyev K. Go'ri Amir maqbarasi qabr toshlari. Samarqand gazetasi, 1992-
yil 5-son
4. Клавихо   Руи   Гонзалес.   Дневник   путишествие   в   Самарканд   по   двору
Тимура (1403-1406). М.,1970.
5. Маньковская   Л.   Ю.   Архитектурные   памятники   Кашкадарьи.   Т.,
«Узбекистан», 1979.
6. Маньковская   Л.   Ю.   Неизвестные   памятники   Х X —Х I Х   вв.   в
Кашкадарьинской   области.   «Строительство   и   архитектура
Узбекистана», 1969,№ П.

XIX asr oxiri –XX asr boshlarida Turkistonga Yevropa memorchiligining kirib kelishi Reja: 1. Turkiston shaharlarida “ Yangi” shaharlarning vujudga kelishi. 2. Barokko, klassisizm, gotika uslublari. 3. Skver, Bulvar. 4. Cherkovlar, banklar, gimnaziyalar,harbiy inshootlarning qurilishi. 5. Yevropa me’morchiligi. An’anaviy me’morchilik. Sitorai Moxi Xosa. Nurullaboy saroyi.

Imperiya boshqaruvi o‘rnatilgach, Samarqandga Yevropa shaharsozligining kirib kelishi va shaharning yangicha qiyofasi mahalliy va rus me’morchiligining o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga kelgan yangi muhandislik qurilishi yechimlari asosida taraqqiy etdi. Bunda asosan Yevropa shaharsozligida ikki xil uslub keng qo‘llanilgan. Birinchisi, bu Hindiston va Xitoyda ma’lum bo‘lgan hamda Yevropa shaharsozligida Milet shahrining qurilish loyihasini tuzgan arxitektor Gippodam nomi bilan bog‘liq «Gippodam rejasi» deb ataladigan muttasil katakli loyiha tuzish va shu asosda shahar bunyod etish hisoblangan. Turkistonda muttasil katakli shahar rejasi asosida Bishkek, Olma-ota kabi shaharlar qurilgan. Yevropa shaharsozligining ikkinchi ko‘rinishi – bu uch nurli kompozitsiyadir. Toshkent, Samarqand, Andijon kabi shaharlarning “yangi qism”lari shu usulda kengaytirilgan. Bunday holat ko‘pincha o‘rta asrlarda bunyod etilgan ark, o‘rda yoki qal’a o‘rnida o‘sha shaharlar harbiy gubernator qarorgohi qurilib, undan kengayib boruvchi ko‘chalar bunyod etilgan. Hatto shunday holatlarda ham yangi ma’muriyat binosi oldida keng xiyobon tarzidagi maydon tashkil qilinganini ko‘rish mumkin. Samarqand shahri yangi qismi shahar madrasalaridan olingan vaqf mulki daromadlari va imperiya ma’muriyati tomonidan ajratilgan mablag‘ evaziga bunyod etilgan. Shaharning “yangi qismi”ni bunyod etishda eski tarixiy va me’moriy obidalar buzilib yo‘q qilindi. Masalan, 1868 yilda hozirgi Afrosiyob mehmonxonasi o‘rnida bo‘lgan Qutbuchahorduhum (Shayx Nuriddin Basirga tegishli) maqbarasi 10 ming pud portlatuvchi modda bilan yo‘q qilingan. 1871 yil shaharning janubiy – g‘arbiy Buxoro darvozasi tomonda Kattaqo‘rg‘on yo‘lidagi uchastkalar ajratib olingan. Shu yerning o‘zida harbiy qal’a bunyod etilgan. 1872 yilda topograf Sexonovich bo‘lajak shahar ko‘chalarini tasvirga tushirib, “yangi shahar” qurilishini tezlashtirishga harakat qildi. 1875 yilga kelib loyiha asosidagi binolar qurilishi tugallandi, lekin qo‘rg‘onning ichki qurilishi nihoyasiga yetmadi.

Yangi Samarqand shahrining xarakterli kompozitsiyasi ishlab chiqil ib, 1875 yil 1 yanvarda shaharning bosh rejasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Samarqand shahri ham O‘rta Osiyoning boshqa shaharlari kabi ikki qismdan: eski va yangi shahardan iborat bo‘lgan. Shahar asosiy kompozitsiyasi bo‘lgan qo‘rg‘on atrofi 31,2 gektar edi. Shaharning keng atrofini o‘rab turgan o‘rta asrlarga oid mudofaa devorlarining g‘arb tomonidagi qismi tugatildi. Shimol, sharq va janub tomondagi qismlari saqlandi. Yangi shahar qo‘rg‘on devorining janubiy – g‘arbida joylashgan bo‘lib, uning maydoni 121 gektarga teng bo‘lgan. “Yangi” shahar ko‘rinishi aylana – yoy shakliga o‘xshagan. Shahar rejasi yuqorida aytganimizdek, nurli halqa tarzida qurilgan . Bu davrda Zarafshon okrugi gubernatori qarorgohi hozirgi shahar hokimiyati binosi o‘rnida joylashgan edi . Uch nurli kompozitsiyada shahar qurilishi uchun bu bino oldida keng xiyobon shaklidagi maydon, ya’ni Bulvar, hamda ushbu bino tomon to‘g‘ri tutashtirilgan uchta katta ko‘cha shakllantirilgan. Bu ko‘chalar Kaufmanskaya (hozirgi Alisher Navoiy), Aleksandrovskaya (hozirgi Shohruh Mirzo) va Nikolaevskaya (hozirgi Abdurahmon Jomiy) ko‘chalari edi. Qolgan uchta ko‘cha Urgut (hozirgi O‘zbekiston ko‘chasi) Toshkent va Kattaqo‘rg‘on ko‘chalari shahar qurilishining davomi bo‘lib, ular ham shahar markaziga qarab yo‘naltirilgan. To‘rtta asosiy magistral yo‘l yoysimon shakldagi ko‘chalarni bog‘lab turgan. Shaharni g‘arbdan Chernyaevskaya (hozirgi Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasi), Sharqdan Aleksandrovskaya ko‘chalari chegaralab turgan. Qolgan ikki ko‘cha Kaufman va Nikolaevskaya ko‘chalari shahar markazidan o‘tgan bo‘lib, bu ko‘chalarda har xil jamoat va savdo binolari qurilishi boshlangan. Boshqa kichik ko‘chalar, xususan, Chelekskaya, Djamskaya, Petrovskaya, Pushkinskaya ko‘chalari shaharni mayda qismlarga ajratib turgan. Rossiya imperiyasining harbiy bosqinchilik siyosati shahar ko‘chalariga nom berilishida ham o‘z aksini topgan. Asosan, ko‘chalar bosqinchilik vaqtida o‘zini ko‘rsatgan general va ofitserlar, shuningdek, o‘lkada bosqinchilik siyosatlari olib borilgan shaharlar va jang maydonlari nomi bilan atalgan. Toshkentning yangi qismi bilan solishtirsak, u yerda ham shahar qurilishi

radiusli xalqa – nur xalqa sxemasida tuzilganligiga guvoh bo‘lamiz. Samarqand shahrining qurilishidagi o‘ziga xos jihati shundaki, Turkistonning boshqa shaharlarida uchramaydigan xiyobon shaklidagi bulvar maydonining qurilganligidir. Zarafshon harbiy okrugi markazida rejali ravishda harbiy va ma’muriy markaz binolari majmuasi shakllangan. Shaharda davlat binolari, kazarmalar, harbiy omborlar, harbiy va fuqaro binolari, kasalxonalar, o‘quv yurtlari va madaniy-ma’rifiy inshoatlar (kutubxona va teatrlar) qurilgan. Bu “yangi shahar” binolari asosan harbiylar va amaldorlarga xizmat qilgan. Harbiy qurilishlarning asosiy qismi qal’a atrofida joylashgan. Keyinchalik shahar kengayishi natijasida ulardan ba’zilari boshqa joylarga ko‘chirildi. 1883 yilda Abramov Bulvarining boshida va oxirida harbiy qal’alar qurildi. Asosiy harbiy qal’a Abramov Bulvari va Nikolaevskaya ko‘chalari kesishgan joyda edi. Qurilishlarning davomi sifatida Urgut (hozirgi O‘zbekiston) ko‘chasida ham harbiy qal’a va harbiy gospital vujudga keldi. Shundan so‘ng yangi shahar maydoni 270,5 gektarni tashkil qildi. Qurilishlar natijasida yangi shahar memoriy qiyofasi o‘zgardi. To‘g‘ridan to‘g‘ri keng ko‘chalar bunyod etildi, yo‘ldan alohida yo‘laklar ajratildi, ko‘chalarda ekilgan daraxtlarni sug‘orish uchun ariqlar o‘tkazildi. Yangi shaharda jami 25 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, umumiy uzunligi 17 verst (18,2 km) 156 sajenni (332,28 m) tashkil etgan. Shundan 14 verst (14,84 km) 236 sajen (502,68 m) tekislanib tosh yotqizilgan. Ko‘chalarning har ikki tomoniga ikki qator qilib terak, ayrim joylarda qayrog‘och, akatsiya va zarang daraxtlari ekilgan. Shahar ko‘chalarida ko‘chaning bir tomonidan boshqa tomoniga suv o‘tkazish uchun 52 ta g‘ishtdan terilgan quvurlar yotqizilgan. Ko‘chalarni 350 ta kerosin lampalar yoritgan. Kerosin va boshqa neft mahsulotlari temiryo‘l ishga tushirilgandan so‘ng Boku shahridan keltirilgan. Shahar ko‘chalaridan tashqari amaldorlar ham o‘z uylarini yoritishda kerosinli lampalardan foydalanishgan. Yangi shaharda keng maydon hisoblangan Abramov bulvari, ikkita park, markaziy park (hozirgi shahar parki) va Ivanovskaya parki (park ozero) bunyod etilgan.

Abramov Bulvari eski shaharning janubi-g‘arbidan yangi shaharni ajratib turadigan aylana yo‘l va Samarqandning ikki qismini bog‘lab turuvchi magistral yo‘l vazifasini bajargan. Asosiy markaz bo‘lgan Abramov Bulvarining kengligi 128 metr (60 sajen), uzunligi 1044 metr (490 sajen) bo‘lgan. Shahar boshqaruvi ma’muriyatini asosan bulvar atrofida joylashganligi xiyobonga alohida e’tibor qaratilishiga sabab bo‘ldi. Natijada XIX asr oxirida Samarqandda ushbu tizim elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan 6,5 gektardan iborat yam-yashil bog‘ shakllandi. “Yangi shahar”da qurilgan, hozirda o‘zini ko‘rinishini yo‘qotmagan inshootlardan biri rus-xitoy bankidir. Rus-xitoy banki 1896 yilda Abramov bulvarida qurilgan (hozir bu binoda SamDU rektorati joylashgan). O‘sha davrda Abramov bulvarida madaniy va jamoatchilik inshootlari ham qurila boshlangan. Shunday inshootlardan biri 1902-1904 yillarda G.M.Svarichevskiy loyihasi asosida qurilgan ayollar gimnaziyasidir. (hozir bu yerda SamDUning Biologiya fakulteti joylashgan). Alekseev cherkovi 1912 yilda harbiy shaharcha uchun Rostovsev (hozirgi Bobur Mirzo ko‘chasi) va Nikolaevskaya (hozirgi Abdurahmon Jomiy) ko‘chalarinig kesishgan joyida harbiy injener F.Smirnov loyihasi asosida zal tipida qurilgan.. Abramov bulvarida hozirgi SamDUning Tarix fakulteti binosi o‘rnida 1875 yildayoq shahar qo‘riqxonasiga asos solingan. Bulvarda ekilgan daraxt turlari ham qo‘riqxonada mavjud bo‘lgan. Bulvarda «gullar maydonchasi» deb nomlanuvchi maydoncha bo‘lgan. Bu maydoncha hozirgi Hamid Olimjon nomli teatr oldida joylashgan edi. Okrug gubernatori qarorgohidagi hovuzlar Nikolaevskaya va Kaufman ko‘chalari o‘rtasida joylashgan. Abramov bulvaridan Urgut (hozirgi O‘zbekiston) ko‘chasigacha hovuzlar quril ishi shaharga ko‘rk ber ib turibdi. Harbiy gubernator qarorgohining orqa tomonida Toshkent ko‘chasigacha bo‘lgan joyda markaziy xiyobon joylashgan bo‘lib, XIX asr oxirida Markaziy xiyobon bilan gubernator qarorgohi o‘rtasida shaharning bosh maydoni, namoyishlar, bayramlar