logo

XVI ASR ADABIYOTI. BOBUR ADABIY MEROSI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

27.943359375 KB
XVI ASR ADABIYOTI.  BOBUR  ADABIY MEROSI
REJA :
-    boburshunoslik tari х i; 
-    hayot faoliyati, adabiy m е rosi.
-    Bobur she’riyati
  Boburshunoslik  tari х i.   Zahiriddin  Muhammad  Boburning hayoti,  faoliyati
va   m е rosini   o’rganish   XVI   asrning   avvalidan   boshlangan   edi.   Boshqacha   qilib
aytganda,   bu   qutlug’   ishni     Z.M.Boburning   o’zi   «Boburnoma»da   boshlab   b е rgan
edi.   SHundan   so’ng   Movarounnahr,   Afg’oniston   va   Hindistonda   yozilgan   tazkira
va   tari х iy   asarlarda   Bobur   haqida   ma’lumot   b е rish   kuzatiladi.   Bu   jihatdan
Boburning   qizi   Gulbadanb е gimning     «Humoyunnoma»,   Muhammad   Haydarning
«Tari х i Rashidiy» kabi asarlari, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Chunki bu mualliflar
Bobur   bilan   b е vosita     muloqotda   bo’lib,   uning   faoliyati,   sha х siyati   va   fazilatlari
to’g’risida     qimmatli   ma’lumotlarni   k е ltirganlar.   Bunday   ma’lumotlar   shu   asrda
Bu х oroda Hasan х oja Nisoriy tomonidan yozilgan  «Muzakkiri ahbob» da ham bor.
Hindistonda Akbarshoh, Jahongirshoh, Shoh Jahon hukmdorligi davrida yaratilgan
tari х iy   asarlar   va   tazkiralarda     Bobur   haqida   ham   ma’lumotlar   k е ltirilgan
(«Akbarnoma» va boshqalar).
K е yinchalik,   х ususan,   Х VIII   asrdan   boshlab,   Bobur   hayoti,   faoliyati   va
m е rosi   bilan   qiziqish   Е vropada     ham   jonlanib   k е tdi.   Uning   «Boburnoma»siga
bo’lgan ehtirom  tufayli   Х 1 Х   asrda u ingliz (Elfinston, Erskin, B е v е ridj), frantsuz
(   Pav е   d е   Kurt е yl)   tillariga   tarjima   qilinib   bosildi.   Rus   olimi   N.Il ь minskiy   esa
«Boburnoma»ning   asl   nus х asini   nashr   ettirdi.   Bunday   hol   ХХ   asrda   ham   davom
etdi.   Jumladan,   frantsuz   adibi   F е rnand   Gr е nard   «Bobur»,   Am е rikalik   yozuvchi
Harold   Lamb   «Bobur-sh е r»   asarlarini   yaratdilar.   F е rnand   Gr е nardning   asari
k е yinchalik   n е mis   (1931   y.)   va   turk   tillariga   (1970   y.)   tarjima   qilinib,   nashr
ettirildi.   «Boburnoma»ning   b е vosita     o’zb е k   tilidan   frantsuz   (Bak ье   Grammon,
1980y.   )   va   ingliz   (V.M.S е kston,   1996   y.)   tillariga   yangi   tarjimalari   maydonga
k е ldi.
Afg’onistonlik   olima   SHafiqa   YOrqin   Bobur   sh е ’riy   m е rosining   nisbatan
to’liq   nus х asini   tuzib,   katta   tadqiqot   bilan   birga   1983   yilda   «D е voni   Zahiriddin
Bobur»   nomi   bilan   Kobulda     nashr   ettirdi.   Rus   olimasi   I.V.St е bl е va   Bobur
sh е ’riyati (g’azallari) ga oid risolasini yaratdi.
XX   asrning   20-80   yillari   orasida   mamlakatimiz-O’zb е kistonda   ham   Bobur
hayoti, faoliyati va m е rosini o’rganish sohasida ma’lum ishlar amalga oshirildi: 3- jildlik   asarlari   nashr   ettirildi,   tadqiqotlar   yaratildi.   Bu   sohada   YAhyo   G’ulomov,
Vohid   Zohidov,   Homil   YOqubov,   Porso   SHamsi е v,   Sabohat   Azimjonova,   Aziz
Qayumov,   Hamid   Sulaymon,   Saidb е k   Hasanov,   B.Vali х o’ja е v   va   boshqalarning
katta hissasi bor. Pirimqul Qodirov, Barot Boyqobilovlar esa Bobur haqida roman
va   dostonlar   yaratdilar. Х alqaro   Bobur   jamg’armasining   tuzilgani   ham   alohida
e’tiborga molikdir.
Hayot faoliyati, adabiy m е rosi.   Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14
f е vralda   Farg’ona   viloyatining   hokimi   t е muriyzoda   Umarshay х   mirzo   oilasida
dunyoga k е ldi. Bu vaqtda Umarshay х   mirzoning poyta х ti A х si (qadimiy A х sikat)
edi.   Umarshay х   mirzo   (tav.-1455-Samarqand-vaf.   1494-A х si)   Movarounnahr   va
Х uroson podshosi Abu Said Mirzoning o’g’li bo’lib, Boburning yozishicha, «ravon
savodi   bor   edi.   Х amsatayn   (ya’ni,   Nizomiy   Ganjaviy   va   Х usrav   D е hlaviy
« Х amsa»lari-B.V.)   va   masnaviy   kitoblarni   o’qub   edi.   Aksar   «SHohnoma»   o’qur
edi.   Tab’i   nazmi   bor   edi,   val е   sh е ’rg’a   parvo   qilmas   edi.»   SHunday   bo’lsa-da,
Boburning   ta’kidiga   ko’ra,   Umarshay х   mirzoda   «mulkgirlik   dag’dag’asi»   kuchli
edi.
Boburning   onasi   Qutlug’   Nigor   х onim   bo’lib,   u   YUnus х onning   qizi   edi.
Bobur   Umarshay х   mirzo   oilasidagi   sakkizta   farzandning   (uch   o’g’il   va   b е sh   qiz)
kattasi   bo’lib,   t е muriyzodalarning   o’sha   davrdagi   udumiga   ko’ra   tarbiyalandi,
Andijonda   tahsil   oldi.   SHuning   uchun   otasi   1494   yilda   A х sida   fojiali   tarzda
olamdan o’tganda Bobur Andijonda edi. Bobur  yozadi:  «Umarshay х   mirzog’a bu
voq е a   (ya’ni,   fojiali   o’lim)   dast   b е rganda   m е n   Andijonda   chahorbog’da   edim»
(Boburnoma, 72-b е t).
1494   yilda   12   yoshida   Farg’ona   viloyati   ta х tiga   o’tirgan   Bobur   umrining
o х irgacha   (1530)   viloyatdorlik   (Farg’ona),   mamlakatdorlik   (Kobul)   hamda
saltanatdorlik   (Agra-Hindiston)   bilan   mashg’ul   bo’lib,   Hindistonda   boburiylar
saltanatiga (1526-1858) asos soldi.
Albatta,   bunday   davlatdorlik   ishlari   o’z-o’zicha   bo’lgan   emas:   turli   х ildagi
i х tiloflar,   ba’zan   suiqasd   uyushtirishlar,   gohida   g’alaba   nash’asi,   gohida   esa
mag’lubiyat   o’kinchlari;   uni   tushunmasliklar   va  boshqalar  ham  sodir   bo’lgan  edi. Bunday   hollarni   «Boburnoma»ni   sinchiklab   mutolaa   qilgan   har   bir   kishi   aniq
tasavvur   eta   oladi.   Bobur   bularning   hammasini   mustahkam   irodasi   va   ezgulikka
erishish uchun chin ko’ngildan va g’ayrat bilan harakat qilgani tufayli   е ngib o’tdi.
Natijada   Bobur   yirik   va   qobiliyatli   davlat   arbobi   sifatida   tinchlik-osoyishtalik,
bahamjihatlik,   adolatni   o’rnatish,   obodonchilik,   madaniyat,   ilm   va   adabiyotni
rivojlantirish uchun o’zining nodir qobiliyatini va tashabbuskorligini safarbar etdi.
SHuning uchun Boburning davlat arbobi sifatidagi ulug’ ishlari  XVI  asrning
o’zidayoq   Fa х riy   Hirotiy   («Ravzat   us-salotin»),   Abulfayz   Allomiy
(«Akbarnoma»),   Gulbadanb е gim   («Humoyunnoma»)lar   tomonidan   yuqori
baholandi.   XX   asr  zabardast  jamoat  arbobi, Hindistonning  bosh vaziri  Javohirla’l
N е ru   ham   Boburning   faoliyatini   yuksak   darajada   taqdirlab,   o’zining   «Jahon
tari х iga bir nazar asarida» shunday yozadi: «Boburning 1526 yilda D е hlida g’alaba
qozonishi   bilan   Hindistonda   yangi   bir   davr   maydonga   k е lib,   yangi   bir   saltanat
tashkil bo’ldi…
Bobur eng donishmand va dilbar sha х slardan biri edi. U mazhabiy taassub,
qoloqliq   va   qisqa   fikrlikdan   tamoman   uzoq   edi…   Bobur   san’at   va   adabiyotni
qo’llab-quvvatlagan kishilardandir».
Zahiriddin   Muhammad   Bobur   Afg’oniston   va   Hindistonda   obodonchilik
ishlarini   shunchalik   rivojlantirdiki,   natijada   Kobul   va   uning   atrofida   ko’pgina
shinam   bog’lar,   Agrada   esa   go’zal   qasr   va   imoratlar   maydonga   k е ldi.   Ammo
Hindistonda to’rt yilgina (1526-1530) umr k е chirdi. Zahiriddin Muhammad Bobur
1530   yil   26   d е kabrida   Agrada   vafot   etgach,   vasiyatiga   ko’ra   uning   jasadini
Kobulga k е ltirib, o’zi ya х shi ko’radigan bog’da dafn etdilar.
Boburning   o’g’illaridan   Humoyun,   Hindol,   Askariy   va   Komron   mirzolar,
qizi   Gulbadanb е gimlar   o’z   faoliyatlari   bilan   donishmand   otalarining   an’analarini
davom   ettirib,   adabiyot   sohasida   ham   o’zlaridan   sh е ’riy   va   nasriy     asarlar
qoldirdilar 
Zahiriddin   Muhammad   Bobur   taniqli   davlat   arbobi   bo’lish   bilan   birga,
nihoyatda   qobiliyatli   va   s е rmahsul   ijodkor-Shoir,   yozuvchi,   faylasuf,
adabiyotshunos, tari х  va boshqa fanlarning ham  е tuk allomasi edi. Bobur hammasi bo’lib,   47   yil   umr   ko’rgan   bo’lsa-da,   ammo   u   qoldirgan   ilmiy-adabiy   m е ros   o’z
salohiyati va ahamiyati jihatidan shunchalik buyukki, ana shu buyuklik Boburning
jahoniy shuhrati va abadiyatini ta’minladi.
Bobur   qoldirgan   ilmiy-adabiy   m е ros   o’rganilar   ekan,   Bobur   bilim
doirasining nihoyatda k е ngligi, o’zigacha mavjud bo’lgan va o’z zamonasidagi boy
ilmiy-adabiy m е rosni  naqadar  chuqur bilganligi kishini  hayratda qoldiradi. Uning
sh е ’riy   va   nasriy   asarlari   har   jihatdan   е tukligi   hamda   badiiy-ilmiy   ijod   tari х ida
o’ziga  х os mavq е ga ega bo’lganligi bilan ajralib turadi.
Zahiriddin   Muhammad   Boburdan   bizgacha   е tib   k е lgan   ilmiy-badiiy   asarlar
quyidagilardan  iborat:  1.  D е von;  2.Boburnoma;   3. Aruz  risolasi;  4.  Mubayyin;   5.
Volidiya; 6.  Х atti Boburiy.
Ma’lumotlarga   ko’ra,   Bobur   musiqa   va   harbiy   bilimga   doir   risolalar   ham
yozgan ekan, ammo ularning taqdiri hozircha noma’lum bo’lib qolmoqda.
Lirikasi.   Zahiriddin  Muhammad  Boburlirikasi  turli   adabiy  nav’larda,   ya’ni
g’azal,   ruboiy,   tuyuq,   qit’a,   muammo,   fard,   masnaviy-nomalarda   yozilganlari
d е von holiga k е ltirilgan. Bobur   lirikasining   mavzu   doirasi   ham   х ilma- х ildir.   Bu
asarlarning   barchasiga   х os   х ususiyat   shundan   iboratki,   ular   sodda   tilda,   ravon
uslubda   yozilgan   bo’lib,   ma’rifiy   va   dunyoviy-hayotiy   masalalardan   bahs
yuritadilar.   Ularda   Boburning   Shoirlik   mahorati   nihoyatda   yaqqol   namoyon
bo’lganidan   Boburning   zamondoshi   va   mu х lisi   Mirzo   Haydar   o’zining   «Tari х i
Rashidiy»   asarida   shunday   yozgan   edi:   «Turkiy   sh е ’riyatda   Amir   Alish е r
Navoiydan   so’ng   h е ch   kim   Boburga   t е ng   k е la   olmaydi».   Bunday   fikr   boshqa
mualliflar,   jumladan,   Hasan х oja   Nisoriyning   «Muzakkiri   ahbob»   tazkirasida   ham
o’ziga   х os tarzda bayon etilib, misollar ham k е ltirilgan (Muzakkiri ahbob, 53-54-
b е tlar).
Bobur   o’zining   lirik   m е rosini   ikki   d е vonga   to’plagan.   Ulardan   birinchisi
1519 yilda Kobulda tartib b е rilib, bir nus х asi o’sha vaqtning o’zida Samarqandga
yuborilgan. Ikkinchisi esa 1528-1529 yilda  Hindistonda tuzilgan. Bu ikki d е vonga
kiritilgan   sh е ’rlar   k е yinchalik   bir   d е von   holiga   k е ltirilgan.   Bu   haqda
«Boburnoma»ga ilova yozgan kotib shunday   х abar b е radi: «(Bobur) nazm va nasr va turkiy va  forsiyni  b е badal   aytur   edi. Alal х usus  turkiy d е voni  bordurkim,  anda
toza mazmunlar topib aytibdur» (Boburnoma, 460-b е t). D е mak, Boburning turkiy-
o’zb е k tilida yozilgan lirik sh е ’rlari alohida d е von shakliga k е ltirilgan. Bu d е vonga
kiritilgan   sh е ’rlarni   ingliz   sharqshunosi   D е nison   Ross   (1910   y.),   turk   olimi   Fuod
Kupruluzoda   (1912-1913   y),   rus   sharqshunosi   A.N.Samoylovich   (1917y),   o’zb е k
olimlari S.Azimjonova va A.Qayumov (1958, 1965), Saidb е k Hasanov (1982 y)lar
nashr ettirdilar.
1983 yilda esa afg’onistonlik olima SHafiqa YOrqin ularni to’plab, to’ldirib,
«D е voni Zahiriddin Muhammad Bobur» nomi bilan Kobulda nashr ettirdi. Ana shu
nashrlar   asosida   Abdurashid   Abdug’afurov   «Zahiriddin   Muhammad   Bobur.
D е von» (Toshk е nt;  Fan, 1994)  asarini  e’lon qildi. Ammo   Boburning forsiy tilda
yozgan sh е ’rlari parokanda-parishon holatda   е tib k е lganki, ulardan yangi topilgan
ayrim   namunalarni   afg’onistonlik   boburshunos   SHafiqa   YOrqin   yaqinda   nashr
ettirdi (Ovozi tojik, 2001, 14 f е vral).
Boburning o’zb е k tilidagi d е vonidan 120 ga yaqin g’azal, 210 ruboiy hamda
qit’a,   fard,   tuyuq,   masnaviy-nomalar,   muammo   va   masnu’lar   o’rin   olgan.   Ular
orasida son jihatidan ko’pchilikni g’azal va ruboiylar tashkil etadi.
Bobur   g’azallarning   ko’pchiligi   5-7   baytlik   bo’lishidir.   Ruboiylarda
ta х allusni   ko’proq   ishlatish   kuzatilsa,   tuyuqlarda   esa   ba’zan   qit’a   shaklida
qofiyalanishlar ham uchraydi. Masalan: 
Qilmasa ul oy nazar manga n е  tong?
T е ngri tol е ’ chun manga  yorotmadi.
O’qi yorar erdi ko’nglum dardini,
N е tayin, ko’nglum uchun,  yor otmadi . (Bobur. D е von, 106-b е t).
Bular   Boburning   an’anaviy   janrlar   х ususiyatlarini   saqlagan   holda   ularga
ayrim yangiliklar kiritishga ham harakat qilganidan dalolat b е radi.
Bobur yoshligidan sh е ’riyat olamiga kirib k е lgan bo’lsa-da, o’zining birinchi
tugal   g’azalini   18   yoshida,   ya’ni   1501   yilda   yozgan.   Bu   g’azalning   matla’i
quyidagicha:
Jonimdin o’zga yori vafodor topmadim, Ko’nglumdin   o’zga   mahrami   asror   topmadim.   (Bobur.   D е von,   37-38-
b е tlar).
Bu g’azalning Toshk е nt va   Х o’jand oralig’idagi  Turoq chorbog’ida yozilishi
sabablari   «Boburnoma»-da   (907   h.yil   voq е alari)   bayon   etilgan.   K е yinchalik
umrining   o х irigacha   turli   janrlarda   sh е ’r   yozgan.   Boburshunos   Sabohat
Azimjonovaning   ma’lumotiga   ko’ra,   Boburning   umri   o х irida   yozgan   so’nggi
to’rtligi fors tilida bo’lib, uni mazkur olima shunday tarjima qilgan: 
Umrim hama firoqu hijronda o’tdi g’amu g’ussa bila,
Bu qimmatbaho umr arzon o’tdi ranju alamla,
Samarqandu Hirotda o’tmagan umr ayshu ishratla,
Afsus, Agrada vayrona bo’ldi jabru sitamla.( Х alq so’zi, 1993, 16 mart, 3-
b е t).
Bobur   lirik   sh е ’riyatining,   jumladan,   g’azaliyotining   mavzusi,   bir   tomondan,
mumtoz   g’azalchilikda   е takchi   o’rin   egallagan   ishq   mavzusi   bo’lsa,   ikkinchi
tomondan,   Shoirning   hayot   hodisa-voq е alaridan   olgan   taassurotlari:
muvaffaqiyatlar   shodiyonasi,   muvaffaqiyatsizlik   tufayli   zamon   va   uning
jafokorligidan   nolish;   o’zi   tug’ilgan   vatandan   uzoqlashgani   tufayli   vatan   va
vatandoshlarini qo’msash, o’rni bilan pand-nasihat b е rish kabi mavzulardan iborat.
SHuning   natijasida   Bobur   sh е ’riyati,   jumladan,   g’azallari   mutolaa   qilinar   ekan,
Shoir   hayotiy   va   falsafiy   mushohadalari,   quvonchi,   zavqi,   muhabbati,   o’kinch   va
sog’inishlari, g’azabi va nafratining ifodalanganligi guvohi  bo’ladi kishi. Ulardagi
samimiylik   o’quvchini   o’ziga   maftun   etadi.   Masalan,   oshiqona   mavzudagi
quyidagi   g’azalda   yor-mahbubaning   yog’lig’i-boshga   o’raydigan   ro’molchasi
tasvirlangan.   Bu   tasvir   shunchalik   go’zalki,   uni   o’qigan   kishi   Shoirning   yog’liq-
ro’molcha   bahonasida   yoriga   bo’lgan   samimiy   muhabbatini   anglay   oladi.
G’azalning matla’ va maqta’i quyidagichadir:
Matla’:  
Yog’lig’ingkim, jon bila m е n  х astadurm е n zor anga,
Х asta jonlar rishtasidindur, magar har tor anga…
Maqta’:  Ko’nglum istar yog’lig’ingni, balki andin bir  nasim,
Е tsa Boburga erur jon birla minnatdor anga.
Bobur   g’azallarida   Shoirning   hayotiy   voq е alardan   olgan   taassurotlari,   hasbi
holi,   kayfiyati   bilan   bog’liq   bo’lgan   mavzulardan   bahs   yuritish   ham   ko’zga
tashlanadi.
Jumladan:
Char х ning m е n ko’rmagan javru jafosi qoldimu?
Х asta   ko’nglum   ch е kmagan   dardu   balosi   qoldimu?   (Bobur.   D е von,   51-52-
b е tlar).
Bunday kayfiyat Boburning ruboiylarida ham o’z aksini topgan:
Tol е ’ yo’qi jonimg’a balolig’ bo’ldi,
Har ishniki ayladim,  х atolig’ bo’ldi.
O’z  е rni qo’yib, Hind sori yuzlandim,
Yo rab, n е tayin, n е  yuz qarolig’ bo’ldi. (Bobur. D е von, 101-b е t)
Shunday   qilib,   Boburning   turli-tuman   mavzulardan   bahs   yurituvchi   g’azallari
o’zining   o’ynoqiligi,   samimiy   hissiyot   va   taassurotlarning   badiiy   in’ikosi
bo’lganligi jihatidan Alish е r Navoiydan k е yingi o’zb е k g’azalchiligida o’ziga   х os
mavq е ga ega.
Boburning lirik asarlari orasida ruboiy janri ham diqqat va e’tiborga sazovordir.
Boburning ruboiylari an’anaviy  х ususiyat va mavzuga ega bo’lsa-da, ammo ularda,
х uddi   g’azallarida   bo’lgani   kabi,   Shoirning   ko’rgan-k е chirganlari   ko’proq   o’z
aksini   topgan,   ruboiylarida   ham   soddabayonlik   va   samimiylik   bo’rtib   turadi.
Boburning   ruboiylari   Shoir   hasbi   holi,   kayfiyati,   botiniy   k е chinmalarini
ko’zgusid е k   bo’lib   tuyuladi.   Bobur   ruboiylaridan   ayrimlarini   k е ltirishning   o’zi
ularning qandayligini tasavvur etishga va tahlilu talqin etishga ko’maklashadi:
Kim yor anga ilm tolibi – ilm k е rak,
O’rgangali ilm- tolibi ilm k е rak.
M е n tolibi ilmu tolibi ilm е  yo’q,
M е n borm е n ilm tolibi – ilm k е rak. (Bobur. D е von, 78-b е t). Bobur d е vonida kichik masnaviy janridagi sh е ’rlar ham bor. Ularning ayrimlari
«sabo»ga murojaat etib, oshiq holini yorga  е tkazish iltimosi bilan boshlanadi:
Sabo, ul gul harimiga guzar qil,
M е ning holimdin ul gulga  х abar qil. (Bobur. D е von 110-b е t).
Ey sabo,  е lmakni qo’yg’il, hazm qil,
Sarvinozim ko’yi sori azm qil. (Bobur, D е von, 116-b е t).
  «Volidiya » .   1528   yilda   Bobur   isitma   kasaliga   uchrab,   ancha   qiynaladi.
Kasallikdan   qutulish   maqsadida   Х oja   Ahrori   Vali   ruhiga   murojaat   qilib,   uning
«Volidiya» nomli nasriy asarini o’zb е k tiliga sh е ’r bilan tarjima qila boshlaydi. Bu
ish   jarayoni   10-12   kun   davom   etadi.   SHu   orada   Bobur   kasallikdan   ham   shifo
topgan.   SHunisi   diqqatga   sazovorki,   asarning   yaratilish   tari х i   «Boburnoma»da
batafsil bayon qilingan. Undan ma’lum bo’ladiki, Bobur asarni yaratish jarayonida
uzluksiz ijod qilgan va hattoki, bir kuni ellik ikki baytni qog’ozga tushirgan ekan.
«Volidiya»   ikki   yuzu   qirq   uch   bayt   bo’lib,   ilohiyot   va   odob-a х loq
masalalaridan bahs yuritadi. Asar «hamd», «Rasulluloh na’ti», «Risola nazmining
sabablari», «Risola shuro’’i»-boshlanishi, «Risola   х otimasi» bo’limlaridan tashkil
topgan.   «Volidiya»dan   kuzatilgan   asosiy   maqsad   «uyqulik   (g’aflatda   qolgan)
ko’ngullarni   b е dorlig’»ga   е tkazishdan,   ya’ni   insonni   o’zligini   tanish   orqali   Haq
taolo ma’rifatidan ogoh bo’lishga hidoyat   qilishdan iborat. Ogohlik, o’zni tanish,
Haq ma’rifatini idrok etish insonni har qanday yomon fazilatlardan uzoqlashtiradi,
uni komillik sari boshlaydi:
G’iybatu yolg’onu muziy so’zdin, 
Ehtiroz et, yiroq etgil o’zdin.
Har yamon qavlni o’zdin dur et,
Tilingga bir nima mazkur et. ( «Volidiya»)
Х oja Ahror Valining «Volidiya» nasriy risolasidagi  ana shu asosiy g’oyani ilg’ab
olgan Bobur  ham  insonning ma’naviy jihatdan pokiza-barkamol  bo’lmog’i  uchun
zarur bo’lgan bilimdan  х abarsiz qolmasin d е b, asarni forsiydan o’zb е k tiliga nazm
bilan  o’girgan.  Boburning  ezgu  maqsadi   ana  shu   g’oyalarni  turkiygo’ylar   orasiga
ham   targ’ib   qilish,   ularga   tushuntirishdan   iborat.   SHuning   uchun   tarjima   sodda, tushunarli,   ortiqcha   badiiy   b е zaksiz   amalga   oshirilgan.   Bu   asar   istiqlolimiz
sharofati bilan Saidb е k Hasanov tomonidan nashr ettirildi.
«Mubayyin»    .     Zahiriddin   Muhammad   Bobur   turli   tabiiy   va   gumanitar   ilmlar
bilan   bir   qatorda,   islomshunoslik   sohasida   ham   katta   ishlarni   amalga   oshirdi.
Ulardan biri «Volidiya»ning tarjimasi bo’lsa, ikkinchisi «Mubayyin» asaridir.
Bobur   1520-1521   yilda   o’g’illari   Humoyun   va   Komron   mirzolarga   bag’ishlab,
ilohiyot   va   islom   huquqshunosligi-   fiqhidan   bahs   yurituvchi   «Mubayyin»
masnaviysini   yaratdi.   Bu   asar   «Fiqhi   Boburiy»   yoki   «Fiqhii   mubayyin»   nomlari
bilan ham yuritiladi.
«Mubayyin»   Boburning   «din   ishig’a   ko’p   ehtirom   k е rak»,-d е gan   aqidasining
mahsuli   bo’lib,   u   «E’tiqodiya»,   «Kitob   us-salot»,   «Kitob   uz-zakot»,   «Kitob   us-
savm»   va   «Kitob   ul-   haj»   d е b   ataladigan   bo’lim-   kitoblardan   iborat.   Bu   bo’lim-
kitoblarda   islom   dinining   ruknlari-iymon,   namoz,   zakot,   ro’za,   haj   haqida   so’z
yuritiladi; ularning qonun-qoidalari, bajarish usul  va tartiblari sodda tarzda bayon
qilinadi.   Bular,   bir   tomondan,   o’g’illari   Humoyun   va   Komron   mirzolar   bilishi
uchun   yozilgan   bo’lsa,   ikkinchi   tomondan   esa   k е lajak   avlodni   ham   ulardan
х abardor qilish maqsadida yozilgan. Boburning kitobni yaratishdan asosiy maqsadi
ham   iymonli-e’tiqodli,   insof   va   diyonatli,   adolatli     kishilarni   tarbiyalashda   o’z
hissasini   qo’shishdan   iboratdir.   Bu   esa   barcha   davrlar,   jumladan,   bizning
davrimizdagi   yosh   avlodni   komil   inson   bo’lish   ruhida   tarbiyalashga   х izmat
qiladigan ezgu niyatdir.
«Mubayyin»  istiqlol  sharofati   bilan Saidb е k va  Hamidb е k Hasanlar  tomonidan
birinchi marta to’liq nashr ettirildi.
Shunday   qilib,   Zahiriddin   Muhammad   Boburning   manzum   asarlari   o’zining
janriy   rang-barangligi,   mavzu   doirasining   k е ngligi   va   badiiy   mahoratning
namoyon etilgani bilan o’zb е k sh е ’riyati tari х ida o’ziga  х os mavq е ga ega. Adabiyot va manbalar
1. Абдуғафуров А. Бобур шеърияти. Бобур. Девон. –Тошкент: Фан, 1994, 3-14
–бетлар.
2. Адизова И. Ўзбек мумтоз адабиёти тарихи. ( XVI - XIX аср  I  ярми) -Тошкент,
Фан, 2006. -240 б. 
3. Валихўжаев Б., Тоҳиров Қ. Ўзбек адабиёти тарихи.   ( XVI   аср ) – Самарқанд,
СамДУ нашри,  2002, -161 б.
4. Vohidov   R .,  Eshonqulov   H .  O ’ zbek   mumtoz   adaboyoti   tarixi .  O ’ quv   qo ’ llanma .
– T .,  O ’ zb .  Yozuv .  Uyushmasi AJN, 2006. -528 b.
5. Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Девон.-Тошкент: Фан, 1994.
6. Маллаев Н. Ўзбек адабиёти тарихи. – Тошкент, Ўқитувчи, 1976, -664 б.
7. Ўзбек   адабиёти   тарихи.   5   томлик,   3-   том,   -Тошкент:   Фан,   1978,   7-88
бетлар.

XVI ASR ADABIYOTI. BOBUR ADABIY MEROSI REJA : - boburshunoslik tari х i; - hayot faoliyati, adabiy m е rosi. - Bobur she’riyati

Boburshunoslik tari х i. Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, faoliyati va m е rosini o’rganish XVI asrning avvalidan boshlangan edi. Boshqacha qilib aytganda, bu qutlug’ ishni Z.M.Boburning o’zi «Boburnoma»da boshlab b е rgan edi. SHundan so’ng Movarounnahr, Afg’oniston va Hindistonda yozilgan tazkira va tari х iy asarlarda Bobur haqida ma’lumot b е rish kuzatiladi. Bu jihatdan Boburning qizi Gulbadanb е gimning «Humoyunnoma», Muhammad Haydarning «Tari х i Rashidiy» kabi asarlari, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Chunki bu mualliflar Bobur bilan b е vosita muloqotda bo’lib, uning faoliyati, sha х siyati va fazilatlari to’g’risida qimmatli ma’lumotlarni k е ltirganlar. Bunday ma’lumotlar shu asrda Bu х oroda Hasan х oja Nisoriy tomonidan yozilgan «Muzakkiri ahbob» da ham bor. Hindistonda Akbarshoh, Jahongirshoh, Shoh Jahon hukmdorligi davrida yaratilgan tari х iy asarlar va tazkiralarda Bobur haqida ham ma’lumotlar k е ltirilgan («Akbarnoma» va boshqalar). K е yinchalik, х ususan, Х VIII asrdan boshlab, Bobur hayoti, faoliyati va m е rosi bilan qiziqish Е vropada ham jonlanib k е tdi. Uning «Boburnoma»siga bo’lgan ehtirom tufayli Х 1 Х asrda u ingliz (Elfinston, Erskin, B е v е ridj), frantsuz ( Pav е d е Kurt е yl) tillariga tarjima qilinib bosildi. Rus olimi N.Il ь minskiy esa «Boburnoma»ning asl nus х asini nashr ettirdi. Bunday hol ХХ asrda ham davom etdi. Jumladan, frantsuz adibi F е rnand Gr е nard «Bobur», Am е rikalik yozuvchi Harold Lamb «Bobur-sh е r» asarlarini yaratdilar. F е rnand Gr е nardning asari k е yinchalik n е mis (1931 y.) va turk tillariga (1970 y.) tarjima qilinib, nashr ettirildi. «Boburnoma»ning b е vosita o’zb е k tilidan frantsuz (Bak ье Grammon, 1980y. ) va ingliz (V.M.S е kston, 1996 y.) tillariga yangi tarjimalari maydonga k е ldi. Afg’onistonlik olima SHafiqa YOrqin Bobur sh е ’riy m е rosining nisbatan to’liq nus х asini tuzib, katta tadqiqot bilan birga 1983 yilda «D е voni Zahiriddin Bobur» nomi bilan Kobulda nashr ettirdi. Rus olimasi I.V.St е bl е va Bobur sh е ’riyati (g’azallari) ga oid risolasini yaratdi. XX asrning 20-80 yillari orasida mamlakatimiz-O’zb е kistonda ham Bobur hayoti, faoliyati va m е rosini o’rganish sohasida ma’lum ishlar amalga oshirildi: 3-

jildlik asarlari nashr ettirildi, tadqiqotlar yaratildi. Bu sohada YAhyo G’ulomov, Vohid Zohidov, Homil YOqubov, Porso SHamsi е v, Sabohat Azimjonova, Aziz Qayumov, Hamid Sulaymon, Saidb е k Hasanov, B.Vali х o’ja е v va boshqalarning katta hissasi bor. Pirimqul Qodirov, Barot Boyqobilovlar esa Bobur haqida roman va dostonlar yaratdilar. Х alqaro Bobur jamg’armasining tuzilgani ham alohida e’tiborga molikdir. Hayot faoliyati, adabiy m е rosi. Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 f е vralda Farg’ona viloyatining hokimi t е muriyzoda Umarshay х mirzo oilasida dunyoga k е ldi. Bu vaqtda Umarshay х mirzoning poyta х ti A х si (qadimiy A х sikat) edi. Umarshay х mirzo (tav.-1455-Samarqand-vaf. 1494-A х si) Movarounnahr va Х uroson podshosi Abu Said Mirzoning o’g’li bo’lib, Boburning yozishicha, «ravon savodi bor edi. Х amsatayn (ya’ni, Nizomiy Ganjaviy va Х usrav D е hlaviy « Х amsa»lari-B.V.) va masnaviy kitoblarni o’qub edi. Aksar «SHohnoma» o’qur edi. Tab’i nazmi bor edi, val е sh е ’rg’a parvo qilmas edi.» SHunday bo’lsa-da, Boburning ta’kidiga ko’ra, Umarshay х mirzoda «mulkgirlik dag’dag’asi» kuchli edi. Boburning onasi Qutlug’ Nigor х onim bo’lib, u YUnus х onning qizi edi. Bobur Umarshay х mirzo oilasidagi sakkizta farzandning (uch o’g’il va b е sh qiz) kattasi bo’lib, t е muriyzodalarning o’sha davrdagi udumiga ko’ra tarbiyalandi, Andijonda tahsil oldi. SHuning uchun otasi 1494 yilda A х sida fojiali tarzda olamdan o’tganda Bobur Andijonda edi. Bobur yozadi: «Umarshay х mirzog’a bu voq е a (ya’ni, fojiali o’lim) dast b е rganda m е n Andijonda chahorbog’da edim» (Boburnoma, 72-b е t). 1494 yilda 12 yoshida Farg’ona viloyati ta х tiga o’tirgan Bobur umrining o х irgacha (1530) viloyatdorlik (Farg’ona), mamlakatdorlik (Kobul) hamda saltanatdorlik (Agra-Hindiston) bilan mashg’ul bo’lib, Hindistonda boburiylar saltanatiga (1526-1858) asos soldi. Albatta, bunday davlatdorlik ishlari o’z-o’zicha bo’lgan emas: turli х ildagi i х tiloflar, ba’zan suiqasd uyushtirishlar, gohida g’alaba nash’asi, gohida esa mag’lubiyat o’kinchlari; uni tushunmasliklar va boshqalar ham sodir bo’lgan edi.

Bunday hollarni «Boburnoma»ni sinchiklab mutolaa qilgan har bir kishi aniq tasavvur eta oladi. Bobur bularning hammasini mustahkam irodasi va ezgulikka erishish uchun chin ko’ngildan va g’ayrat bilan harakat qilgani tufayli е ngib o’tdi. Natijada Bobur yirik va qobiliyatli davlat arbobi sifatida tinchlik-osoyishtalik, bahamjihatlik, adolatni o’rnatish, obodonchilik, madaniyat, ilm va adabiyotni rivojlantirish uchun o’zining nodir qobiliyatini va tashabbuskorligini safarbar etdi. SHuning uchun Boburning davlat arbobi sifatidagi ulug’ ishlari XVI asrning o’zidayoq Fa х riy Hirotiy («Ravzat us-salotin»), Abulfayz Allomiy («Akbarnoma»), Gulbadanb е gim («Humoyunnoma»)lar tomonidan yuqori baholandi. XX asr zabardast jamoat arbobi, Hindistonning bosh vaziri Javohirla’l N е ru ham Boburning faoliyatini yuksak darajada taqdirlab, o’zining «Jahon tari х iga bir nazar asarida» shunday yozadi: «Boburning 1526 yilda D е hlida g’alaba qozonishi bilan Hindistonda yangi bir davr maydonga k е lib, yangi bir saltanat tashkil bo’ldi… Bobur eng donishmand va dilbar sha х slardan biri edi. U mazhabiy taassub, qoloqliq va qisqa fikrlikdan tamoman uzoq edi… Bobur san’at va adabiyotni qo’llab-quvvatlagan kishilardandir». Zahiriddin Muhammad Bobur Afg’oniston va Hindistonda obodonchilik ishlarini shunchalik rivojlantirdiki, natijada Kobul va uning atrofida ko’pgina shinam bog’lar, Agrada esa go’zal qasr va imoratlar maydonga k е ldi. Ammo Hindistonda to’rt yilgina (1526-1530) umr k е chirdi. Zahiriddin Muhammad Bobur 1530 yil 26 d е kabrida Agrada vafot etgach, vasiyatiga ko’ra uning jasadini Kobulga k е ltirib, o’zi ya х shi ko’radigan bog’da dafn etdilar. Boburning o’g’illaridan Humoyun, Hindol, Askariy va Komron mirzolar, qizi Gulbadanb е gimlar o’z faoliyatlari bilan donishmand otalarining an’analarini davom ettirib, adabiyot sohasida ham o’zlaridan sh е ’riy va nasriy asarlar qoldirdilar Zahiriddin Muhammad Bobur taniqli davlat arbobi bo’lish bilan birga, nihoyatda qobiliyatli va s е rmahsul ijodkor-Shoir, yozuvchi, faylasuf, adabiyotshunos, tari х va boshqa fanlarning ham е tuk allomasi edi. Bobur hammasi

bo’lib, 47 yil umr ko’rgan bo’lsa-da, ammo u qoldirgan ilmiy-adabiy m е ros o’z salohiyati va ahamiyati jihatidan shunchalik buyukki, ana shu buyuklik Boburning jahoniy shuhrati va abadiyatini ta’minladi. Bobur qoldirgan ilmiy-adabiy m е ros o’rganilar ekan, Bobur bilim doirasining nihoyatda k е ngligi, o’zigacha mavjud bo’lgan va o’z zamonasidagi boy ilmiy-adabiy m е rosni naqadar chuqur bilganligi kishini hayratda qoldiradi. Uning sh е ’riy va nasriy asarlari har jihatdan е tukligi hamda badiiy-ilmiy ijod tari х ida o’ziga х os mavq е ga ega bo’lganligi bilan ajralib turadi. Zahiriddin Muhammad Boburdan bizgacha е tib k е lgan ilmiy-badiiy asarlar quyidagilardan iborat: 1. D е von; 2.Boburnoma; 3. Aruz risolasi; 4. Mubayyin; 5. Volidiya; 6. Х atti Boburiy. Ma’lumotlarga ko’ra, Bobur musiqa va harbiy bilimga doir risolalar ham yozgan ekan, ammo ularning taqdiri hozircha noma’lum bo’lib qolmoqda. Lirikasi. Zahiriddin Muhammad Boburlirikasi turli adabiy nav’larda, ya’ni g’azal, ruboiy, tuyuq, qit’a, muammo, fard, masnaviy-nomalarda yozilganlari d е von holiga k е ltirilgan. Bobur lirikasining mavzu doirasi ham х ilma- х ildir. Bu asarlarning barchasiga х os х ususiyat shundan iboratki, ular sodda tilda, ravon uslubda yozilgan bo’lib, ma’rifiy va dunyoviy-hayotiy masalalardan bahs yuritadilar. Ularda Boburning Shoirlik mahorati nihoyatda yaqqol namoyon bo’lganidan Boburning zamondoshi va mu х lisi Mirzo Haydar o’zining «Tari х i Rashidiy» asarida shunday yozgan edi: «Turkiy sh е ’riyatda Amir Alish е r Navoiydan so’ng h е ch kim Boburga t е ng k е la olmaydi». Bunday fikr boshqa mualliflar, jumladan, Hasan х oja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» tazkirasida ham o’ziga х os tarzda bayon etilib, misollar ham k е ltirilgan (Muzakkiri ahbob, 53-54- b е tlar). Bobur o’zining lirik m е rosini ikki d е vonga to’plagan. Ulardan birinchisi 1519 yilda Kobulda tartib b е rilib, bir nus х asi o’sha vaqtning o’zida Samarqandga yuborilgan. Ikkinchisi esa 1528-1529 yilda Hindistonda tuzilgan. Bu ikki d е vonga kiritilgan sh е ’rlar k е yinchalik bir d е von holiga k е ltirilgan. Bu haqda «Boburnoma»ga ilova yozgan kotib shunday х abar b е radi: «(Bobur) nazm va nasr