logo

XVIII asr birinchi yarmida xalqaro munosabatlar va diplomatiya

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

44.2421875 KB
X VI II  asr birinchi y armida xalq
munosabat lar v a diplomat iy a
mav zusida  k urs  ishi
SAMARQAND-2022 Mavzu:   XVIII asr birinchi yarmida xalqaro
munosabatlar va diplomatiya
Reja:
 
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM
1.Ispanya   merosi   uchun   urush   (1701-1714).   Utrext   va   Rashtadt
sulh shartnomalari  va  Fransiyada Lyudovik XV diplomatiyasi
2.Polsha merosi uchun urush (1733-1738) va Vena tinchlik                shartnomasi
(1738),va XVIII asr 1-yarmida Angliya diplomatiyasi.
3. Avstrya   merosi   uchun   urush   (1740-1748)     va       Rossiyada   Pyotr   I
(1682-1725)       diplomatiyasi.
4.Xulosa 
5.Adabiyotlar
   
Kirish
Mavzuning   dolzarbligi   shundaki,   XVIII   asr   har   tomonlama   ziddiyatli
voqealarga   boy   o`tgan.   Bir   tomondan   Yevropa   davlatlarining   mintaqada gegemonlik uchun kurashi bo`lsa, ikkinchi tomondan burjua inqiloblari ichki
siyosiy   muvozanatni   o`zgarishiga   va   keskinlikning   yanada   ortishiga   olib
keldi.   Ayniqsa   Fransiyada   bo`lib   o`tgan   Burjua   inqilobidan   keyin   inqilob
targ`ib qilgan ``Ozodlik, Tenglik, Birodarlik`` kabi iboralar demokratik davlat
qurilishi yo`lidagi davlatlar uchun harakatchan kuchga aylangan shior bo`ldi. 
G`arbiy Yevropa davlatlari biri ikkinchisidan ulush olishi uchun bo`lib o`tgan
kurashlar   xalqaro   munosabatlar   va   diplomatik   san`atlar   rivojida   yana   bir
pog`ona   o`sish   bo`ldi.   Ispan   merosi   uchun   kurash   bilan   bosshlangan   XVIII
asr   biri   ikkinchisiga   ulanib   ketgan   voqeliklarni   keltirib   chiqardi.   Avstriyada
Mariya   Terezaning   faoliyati   ham   asrning   birinchi   yarmida   bo`lib   o`tgan
voqeliklarning   xarakterli   belgilaridan   biridir.   Angliya   va   Fransiyadan   farqli
ravishda   bu   davr   Gollandiyaning   ham   faol   xalqaro   maydondagi   harakatlari
kuzatildi.   Bir-biriga   qarama-qarshi   tuzilgan   ittifoqlar   va   ikkilamchi   omillar
sabab   ittifoqlar   tarkibining   almashinib   turishi   ham   ,   ushbu   davrning   o`ziga
xos bir belgisi hisoblanadi.
Ispany a   merosi   uchun   urush   (1701-1714).   Ut rext   v a   Rasht adt
sulh shart nomalari  v a  Fransiy ada Ly udov ik  X IV  diplomat iy asi Lyudovik   XIV   ning   hukmronliginig   ikkinchi   dacriga   kelib,   Yevropa
diplomatiyasi tarixida Angliya o’z obro’sini oshirish va Fransiyani mustamlakalarini
egallash uchun kurash davri bo’ldi. Bu jarayon ayniqsa Ispaniya merosi uchun olib
borilgan  urushlar  davrida (1701-1714)   o’zaro  urush  davrining muhim   davri   bo’ldi.
U   amalda   ilk   bor   Fransiya   va   Angliyaning   dengizda   va   mustamlakalar   ustidan
hukmronlik qilishi uchun olib borilgan urushlari edi. Fransiyaning Angliyaga qarshi
kaolitsiyalarni shakllantirishga urinishi teskari ta’sir etgan. XVII asrning 80 yillarida
Fransiyaga qarshi deyarli butun Yevropa maydonga chiqdi. 
              1701   yil   bahorda   urush   boshlanganda   urush   Fransiya   uchun   omadsiz
kechdi.   Fransiya bir vaqtning o’zida to’rtta teatrda o’ynashga majbur bo’ldi. Bular
Italiya,   Ispaniya,   Niderlandiya   va   Reyn   bo’yi   Germaniyasida   urush   harakatlarini
olib borishga  majbur   bo’ldi.   Urushning  birinchi   davrida (1702-1704)  Fransiya  bir
qancha   og;ir   ahvolga   tushib   qoldi.   Urushning   ikkinchi   darida   (1704-1710)   esa
Fransiya   urushning   hal   qiluvchi   yillari   bo’ldi.   Seveniyadagi   kamizar-protistantlar
harakatini   tiklashga   urinildi.   So’nggi   bosqichda   (1710-1714)   bir   qancha   harbiy
yo’qotishlarga   uchraydi   va   ko’proq   endi   tinchlik   kelishuvlari   haqida   o’ylay
boshlaydi. Fransiya qiroli urush oxiriga kelib har qanday usulda bo’lmasin urushdan
chiqish yo’llarini o’ylay boshlaydi. Uning bu fikrlariga esa raqiblari, yirik diplomat
va   generallar:   Velgil   III   Oraniskiy,   Malbaro,   Avstriya   sarkardasi   Yevgeniy
Svoniskiy qarshi edi.  
Ispaniya   qiroli   Filipp   XIV   1665   yilda   vafot   etdi,   Fransiya   o’z   merosini
janubiy Niderlandiyadan berilishini talab qildk. Ispaniya uni rad qildi. Natijada 1667
yilda   Fransiya   Ispaniya   urushi   boshlandi.   Bu   urush   "Devolyusiya   urushi   yoki
vorislik   urush"   deyildi.   Lyudovik   XIV   Brabatan   va   Flandriyani   armiyasi   yo’qligi
tufayli   ximoyasiz   deb   o’yladi,   Ispaniya   ularga   qo’shin   yetkazib   berolmas   edi.
Fransuzlarning   1667   yilgi   boji   og’ir   bo’lib,   Gollandlarning   savdo   ishlariga   putur
yetkazgandi.   Bundan   g’azablangan   Gollandlar   tajovuzkor   Fransiya   bilan   qo’shni
bo’lishdan   qo’rqib,   janubiy   Niderlandiyaning   ular   tomonidan   bosib   olinishiga   yo’l
qo’ymaslikka axd qildilar.  Ular ashaddiy dushmanlari Ispaniya qirollari bilan ittifoq tuzishni afzal ko’rib,
ular   talablariga   rozi   bo’ldilar.   1665-1667   yillarda   Angliya   Gollandiyaga   qarshi
ikkinchi muvaffaqiyatsiz urush olib borayotgan edi, lekin Angliya parlamenti 1668
yil Karl II ni o’z yo’lini o’zgartirishga va Fransiyaga qarshi Gollandiya bilan ittifoq
tuzishga majburladi. Bungacha qirol Fransiyaga Angliya bilan ittifoq tuzishni taklif
qildi,   lekin   Lyudovik   XIV   uni   qabul   qilmadi,   chunki   unga   ko’ra   Ispaniyaning
hamma   mustamlakalari   Angliyaga   o’tishi   kerak   edi.   Shunday   qilib,   Gabsburglarga
qarshi   kurashda   kechagina   ittifoqchi   bo’lgan   Gollandiya,   Shvesiya,   Angliya,
Ispaniya   bilan   birlashib   Fransiyaning   dushmaniga   aylandi.   Fransiya   urushga
diplomatik   jihatdan   yaxshi   tayyor   emasdi.   Shu   sababli   Gollandiya   va   Ispaniya
Germaniya   ustiga   qilgan   yurishlar   keskin   bo’lsa-da,   Lyudovik   V   bir   yildan   so’ng
1668 yidayoq urushni shoshilinch sur’atda to’xtatishga majbur bo’ldi. 
Axen sulhiga ko’ra Fransiya Finlyandiyaning bir qismini ya’ni Liml shahrini
o’zida   saqlab   qola   oldi.   1672   yili   eng   yaxshi   lashkarboshilari   Tyurek   va   Konde
rahbarligidagi   fransuz   armiyasi   janubiy   Niderlandiyaga   va   Gollandiyaga   xujum
qildi.   Olib   bo’lmaydigan   mustahkam   deb   hisoblangan   va   bir   vaqtlar   ispanlarga
qarshi   qurilgan   golland   qal’alari   olindi.   Fransuz   qo’shinlari   Gollandiyaning   ichiga
bostirib   kirdi.   Amsterdam   Oranskiy   juda   keskin   harbiy   choralar   ko’rdi,   to’g’onlar
buzdirildi, katta bir territoriyani  suv bosdi, Fransuz qo’shinlari chekinishga majbur
bo’ldi. 
Lekin   Vilgelmning   choralari   muvaffaqiyatliroq   edi.   Uning   choralari
Fransiyani   bir   qism   qo’shinlarini   Germaniyaga   yuborishga   majbur   qildi,   bu
qo’shinlar   Germaniyada   hamma   yoqni   xarob   qildi.   Shunday   qilib   xalqaro   vaziyat
Fransiya uchun yana noqulay tus ola boshladi. Lyudovik XIV 1679 yilda Nimvegon
sulhini   tuzdi.   Ispaniya   unga   janubiy   Niderlandiyadagi   yana   bir   qancha   shaharlarni
berdi.   Bu   shartnoma   birinchi   Fransuz   tilida   yozilgan   shartnoma   bo’ldi.   Lyudovik
XIV   ning   ishtahasi   osha   bordi,   u   shimoliy   Italiyani,   butun   g’arbiy   Germaniyani,
uning toj-taxtini da’vo qila boshladi. Imperator Leopold I ning ahvoli mushkul edi,
u ikki tomonlama savdoda - Fransiya va Turkiya xavfi ostida edi. 1686 yili asosan Gollandiya   shatatgalteri   Vilgelm   III   Oranskiyning   diplomatik   aktivligi   tufayli
Augsburg ligasi vujudga keldi. 
Fransiyaga   qarshi   mamlakatlar   va   papa   Innokentiy   XI   homiyligida
Fransiyaning   keyingi   vaqtlarda   qiladigan   har   qanday   territorial   da’volarga   qarshi
mudofaa   ittifoqi   tuzdilar.   Lyudovik   XIV   Risvik   sulhini   tuzib,   Ispaniya   merosidan
katta ulush olishni mo’ljallangan ed. Ispaniya qiroli Karl II ning erkak zuriyodi yo’q
edi.   Merosxo’rlar:   Mariya-Tereza   bilan   Lyudovik   XIV   ning   o’g’li,   Margarita-
Terezaning   eri   Leopold   I   va   Bavariyaning   go’dak   shahzodasi   Leopold   II   edi.
Lyudovik XIV Augsburg ittifoqi bilan yarashishdan foydalanib, Ispaniya o’lkalarini
uchta   merosxo’r   o’rtasida   do’stona   taqsimlash   haqida,   Ispaniyani   aralashtirmay
Ausburg ittifoqi  a’zolari bilan 1698 yildayoq yashirincha kelishib olgan edi. Biroq
1696   yilda   yuqoridagi   til   biriktirishga   muvofiq   Ispaniya   taxtiga   chiqishi   lozim
bo’lgan   Bavariya   shaxzodasi   to’satdan   vafot   etdi.   Imperator   Leopold   II   o’zining
Ispaniya merosiga doir huquqlarini o’z o’g’li gersog Karlga berishni e’lon qildi. Shu
orada   Ispaniya   qiroli   Karl   II   saroyida   ikki   guruh   kishilar:   Avstriya   va   Fransiya
tarafdorlari o’rtasida kurash borayotgandi. Fransiya tarafdorlarining Karl II ga ta’siri
katta   edi.   Ular   Ispan   hukmdorlarini   pora   berib   sotib   olish   yo’li   bilan   g’alaba
qozondi.  Karl   II   Ispan  va  Fransuz  saltanatini  birlashtirmaslik   sharti  bilan  o’z  qo’li
ostida   hamma   o’lkalarni   Fransiyadagi   merosxo’riga   Lyudovik   XIX   ning   ikkinchi
nabirasi Filipp Anjuyskiyga berishni vasiyat qildi. 
Sal   o’tmay   Lyudovik   XIV   siyosati   Yevropada   yangi   urush   bo’lishini
muqarrar   kilib   qo’ydi.   Filipp   Anjuyskiy   1701   yil   boshlarida   Ispaniyaga   kelishi   va
Filipp V nomi bilan Ispaniya qiroli deb e’lon qilingani bilan cheklanmay, Lyudovik
Ispan   va   Fransuz   yerlarini   birlashtirmasligi   to’g’risidagi   shartga   mutlaqo   rioya
qilmoqchi emas edi. U endi "General yo’q" deb da’vo kilib, Filipp II ning Fransuz
taxtiga merosxo’rligini  rasmiy hujjat  bilan tasdiqladi.   U Ispaniya o’lkalarini  Filipp
V nomi bilan idora qila boshladi. Inglizlar bil a n gollandlarning Ispaniyada " s avdo-
sotiq imtiyozlari berilishi haqidagi talablari Lyudovik XIV tomonidan rad qilindi.  1701   yil   Vilgelm   II   vafot   etib,   Lyudovik   XIV   Risvik   sulhidan   tan   olgan
majburiyatlarini buzib, Yakov II ning o’g’lini Angliya qiroli  deb tan oldi. Angliya
va Gollandiya, Angliyaning yangi qirolichasi Anna ham Fransiyaga urush ochishdan
o’zga iloji yo’qligini tan oldi. 1701 yilda imperator Leopld I ning Lyudovik XIV ga
qarshi urush boshlashga, bosib olingan yerlarini qaytarib olish va yangi istilolarning
oldini   olishga   harkat   qilish   uchun   hyech   nima   xalaqit   bermas   edi.   Fransuz
ko’shinlarining   Milan   gersogligini   bosib   olishga   to’sqinlik   qilish   maqsadida
Leopold   I   rasmiy   ravishda   urush   e’lon   qilmasdan   oldinroq   1701   yilda   Italiyaga
qo’shin yubordi. 
 1702   yil   mayida   Angliyaga   va   Gollandiyadan   so’ng   Leopold   I   ham
Fransiyaga  urush  e’lon  qildi 1
.  Ersgersog   Karl  1702  yil  ingliz  flotining
himoyasida   Portugaliyaga   keldi   va   o’zini   Ispaniya   qiroli   Karl   III   deb
e’lon qildi va Madridda turgan qirol Filipp V ga qarshi urush boshladi.
Ispaniya merosi  uchun olib borilgan urush ayni bir vaqtda to’rtta jang
maydonida:   Italiyada,   Ispaniyada,   g’arbiy   Germaniyada   va
Niderlandiyada   olib   borilmoqda   edi.   Urushning   birinchi   davri   (1702-
1704)   Fransiya   uchun   qulay   bo’ldi.   Mahoratli   lashkarboshilar
qo’mondonligidagi fransuz armiyalari Niderlandiya va Reyn viloyatida
mudofaa   janglarini   olib   bordilar.   Lekin   1705   yilda   Fransiyaning
nechog’lik holdan ketganligi ayon bo’ldi. U o’z dushmanlariga so’nggi
zarbani   berolmadi,   chunki   Fransiyaning   mablag’lari   tugagan   edi.
Ispaniya   merosi   uchun   olib   borilgan   urushning   ikkinchi   davri   1705
yildan   boshlandi.   Bu   davrda   Fransiya   tobora   ko’p   harbiy
omadsizliklarga   va   mag’lubiyatlarga   uchradi.   1706   yilda   Fransuz
qo’shinlari   Niderlandiyadan,   1707   yilda   Milan   gersogligidan   yengildi,
natijada   Italiya   ham   Ispaniya   qirolining   hukmronligidan   butunlay
qutulib,   imperator   va   inglizlar   qo’l   ostida   o’tdi.   G’arbiy   Germaniyada
1
 1.История дипломатии.т.1., М., 1976. c. 319-320. hamma   narsa   qo’ldan   ketgan   edi.   Dushmanlar   shimol   va   janubdan
Fransiyaga   bostirib   kirdi.   Lyudovik   XIV   taslim   bo’lish   lozimligini
sezsada, uni tan olgisi kelmadi. 
Lekin 1710 yildan boshlab Angliyaning siyosatida keskin burilish yuz berdi,
shu   sababli   o’sha   vaqtda   Ispaniya   merosi   uchun   olib   borilgan   urush   tarixida
uchinchi   davr   boshlandi.   Ba’zi   ingliz   tarixchilari   bu   burilishning   sababi   juda
ochiqdan-ochiq boyib olgan gersog Malboroning ingliz burjuaziyasi orasida obro’yi
qolmaganligidir   deydilar.   Yo’q,   unday   emas,   buning   bir   qancha   sabablari
bor.jumladan:   Pyotr   I   ning   Poltava   yonida   Karl   XII   ustidan   qozongan   g’alabasi
(1709)   va   Shimoliy   Sharqiy   Yevropadagi   kuchlar   nisbatining   o’zgarganligi   asosiy
sababdir.  1711  yil   imperator  Iosif   I  vafot  etdi,  uning  vorisi   bo’lmagani   uchun  taxt
Leopold I ning ikkinchi o’g’li Karlga topshirildi.  Angliyada hokimiyatga torilarning
tinchlik tarafdorlarining hokimiyatga kelishi bilan ular Fridrix va Parij bilan maxfiy
ravishda   urushni   tugatish   to’g’risida   kelisha   boshladilar.   Angliyaning   bunday   yo’l
tutishiga   sabab   birinchidan   harbiy   harajatlari   oshib   ketgan   edi.   Ikkinchidan   bu
davrda Karl VI  Gabusburgning qo’l ostida Ispaniya va Avstriya mulklari birlashgan
edi. Angliya Ispaniyada Burbonlarni taxtga olib kelishga intilar edi. Lyudovik ham
o’z navbatida urush harakatlarini  kaolitsia ichidan faqat Angliya to’xtata oladi deb
bilardi.   Shu   boisdan   ham   1711   yil   oktabrda   Londonda   ingliz-fransuz   tinchlik
kelishuvi imzolandi. Kongres 1712 yilning 29 yanvarida ochildi. 
Unda   Fransiyaning   uchta   delegati   –   marshal   d’Yuksell,   abbat   Polinyak,
advokat Menaje, qarama qarshi lagerdan esa yetmishdan ziyod vakillar ishtirok etdi.
Angliya manfaatlarini esa kongressda lord Strafford va yepiskop Robinsonlar
himoya qildilar. Kongressda yana muhim o’rinni Karl VI ning vakili graf Sihsendorf
egalladi.   Barcha   mamlakatlar   birgalikda   Fransiyani   yolg’izlatib,   uning
chegaralarini   yanad   qisqartirishga   harakat   qildilar.   O’zaro   kelishuvlar   davom   etish jarayonida   fransuzlar   inglizlar   bilan   maxfiy   kelishuvlar   olib   bordi.   1712   yilda
shartnoma imzolanib, unga ko’ra fransuzlar va inglizlar bir birlariga elchilar yuborib
o’zaro munosabatlarni yo’lga qo’ydilar. Bu esa Fransiyaning kongressda ishtirokini
belgilab berdi. 1713 yili Utrektdagi sulh kongressida ikkita shartnoma imzolandi.
Utrext tinchlik shartnomasi
Angliyada   hokimiyatga   torilarning   tinchlik   tarafdorlarining   hokimiyatga
kelishi bilan ular Fridrix va Parij bilan maxfiy ravishda urushni tugatish to’g’risida
kelisha   boshladilar.   Angliyaning   bunday   yo’l   tutishiga   sabab   birinchidan   harbiy
harajatlari   oshib   ketgan   edi.   Ikkinchidan   bu   davrda   Karl   VI     Gabusburgning   qo’l
ostida Ispaniya va Avstriya mulklari birlashgan edi. Angliya Ispaniyada Burbonlarni
taxtga   olib   kelishga   intilar   edi 2
.   Lyudovik   ham   o’z   navbatida   urush   harakatlarini
kaolitsia ichidan faqat Angliya to’xtata oladi deb bilardi. Shu boisdan ham 1711 yil
oktabrda Londonda ingliz-fransuz tinchlik kelishuvi imzolandi 3
.  
Kongres   1712   yilning   29   yanvarida   ochildi.   Unda   Fransiyaning   uchta
delegati   –   marshal   d’Yuksell,   abbat   Polinyak,   advokat   Menaje,   qarama   qarshi
lagerdan   esa   yetmishdan   ziyod   vakillar   ishtirok   etdi 4
.   Angliya   manfaatlarini   esa
kongressda   lord   Strafford   va   yepiskop   Robinsonlar   himoya   qildilar.   Kongressda
yana   muhim   o’rinni   Karl   VI   ning   vakili   graf   Sihsendorf   egalladi.   Barcha
mamlakatlar   birgalikda   Fransiyani   yolg’izlatib,   uning   chegaralarini   yanad
qisqartirishga harakat qildilar. O’zaro kelishuvlar davom etish jarayonida fransuzlar
inglizlar bilan maxfiy kelishuvlar olib bordi. 1712 yilda shartnoma imzolanib, unga
ko’ra   fransuzlar   va   inglizlar   bir   birlariga   elchilar   yuborib   o’zaro   munosabatlarni
yo’lga   qo’ydilar.   Bu   esa   Fransiyaning   kongressda   ishtirokini   belgilab   berdi.   1713
yili Utrektdagi sulh kongressida ikkita shartnoma imzolandi. Birinchisi 1713 yilning
11   aprelida   Fransiya   va   Ispaniya   bir   tomondan,   ikkinchi   tomondan   Angliya,
Gollandiya, Brandenburg, Savoyya va Portugaliya o’rtasida Utrekt shartnomasining
tuzilishiga   olib   keldi.   Ikkinchisi   1714   yilning   7   martida   Rashtdatda   Fransiya,
2
 Дипломатический словаръ. Том 1. c .847.
3
 Дипломатический словаръ. Том 1. c .847.
4
 Дипломатический словаръ. Том 1. c .847. Ispaniya   va   imperiya   imzolagan   shartnoma 5
.   Ularga   ko’ra   Burbonlarning   Ispaniya
merosini boshqarishi tan olindi. Ammo Ispaniya qiroli bir vaqtning o’zida Fransiya
qiroli bo’la olmasligi ta’kidlandi. Buning uchun Ispaniya quyidagilarga erishdi: 
1) Gabusburglar-Neopolitan qirolligi, Sardiniya, Toskanini bir qismi, Milan
gersogligi, Ispan Nedirlandiyasida hukmronligi tan olindi; 
  Birinchisi   1713   yilning   11   aprelida   Fransiya   va   Ispaniya   bir   tomondan,
ikkinchi   tomondan   Angliya,   Gollandiya,   Brandenburg,   Savoyya   va   Portugaliya
o’rtasida   Utrekt   shartnomasining   tuzilishiga   olib   keldi.   Ikkinchisi   1714   yilning   7
martida   Rashtdatda   Fransiya,   Ispaniya   va   imperiya   imzolagan   shartnoma.   Ularga
ko’ra Burbonlarning Ispaniya merosini boshqarishi tan olindi. Ammo Ispaniya qiroli
bir   vaqtning   o’zida   Fransiya   qiroli   bo’la   olmasligi   ta’kidlandi.   Buning   uchun
Ispaniya   quyidagilarga   erishdi:   1)   Gabusburglar-Neopolitan   qirolligi,   Sardiniya,
Toskanini   bir   qismi,   Milan   gersogligi,   Ispan   Nedirlandiyasida   hukmronligi   tan
olindi;   2)   Brandenburg   kurfyuristligiga   esa   ispan   Gelderni   berildi;     3)   Sovoya
gersogligi   Sitsiliya   bilan   mukofotlandi;   4)   Angliya   Gibraltar   va   Minorka   orolini
qo’lga   kiritd.   Filipp   V   ning   Ispaniyaga   va   okean   nariyog’idagi   mustamlakalariga
hukmronlik qilish huquqi tan olindi, imperator Karl VI esa buning evaziga ilgarigi
Ispaniya Niderlandiyasini va Ispaniyaning Italiyadagi  sobiq o’lkalarini olishi kerak
edi. 
Shunday   qilib   Avstriya   Gabsburglari   Yevropadagi   o’z   kuchlarini   ancha
ko’paytirdilar.   Uyetraxt   sulhiga   ko’ra   go’yo   Angliya   juda   oz   narsa   olgandek
tuyulsa-da,   lekin   bu   sulh   aslida   Angliya   mustamlakachi   imperiyasining
rivojlanishiga   olib   keldi.   U   Gibraltarni   va   O’rta   dengizdagi   Meorka   orolini,
Shimoliy Amerikada muhim ahamiyatli territoriyalarni Nyufaundlendini, mukaddas
lavrentiy   daryoni   quyilish   joyini,   Akadiyani,   Fransiya   Kanadasini   qo’lga   kiritdi,
Ispaniya   va   uning   Amerikadagi   mustamlakalari   bilan   savdo-sotiqda   alohida
huquqlarga   ega   bo’ldi.   Gollandiya   amalda   hyech   narsa   olmadi   va   shartnomadan
5
 История дипломатии.т.1.,  c . 323  so’ng uchinchi  darajali davlat  holatiga tushib qoldi.   ) Brandenburg kurfyuristligiga
esa ispan Gelderni berildi;  
3) Sovoya gersogligi Sitsiliya bilan mukofotlandi; 
4)   Angliya   Gibraltar   va   Minorka   orolini   qo’lga   kiritdi 6
.   Filipp   V   ning
Ispaniyaga  va  okean   nariyog’idagi  mustamlakalariga  hukmronlik  qilish  huquqi   tan
olindi,  imperator   Karl   VI   esa   buning   evaziga   ilgarigi   Ispaniya   Niderlandiyasini   va
Ispaniyaning   Italiyadagi   sobiq   o’lkalarini   olishi   kerak   edi.   Shunday   qilib   Avstriya
Gabsburglari   Yevropadagi   o’z   kuchlarini   ancha   ko’paytirdilar.   Uyetraxt   sulhiga
ko’ra go’yo Angliya juda oz narsa olgandek tuyulsa-da, lekin bu sulh aslida Angliya
mustamlakachi   imperiyasining   rivojlanishiga   olib   keldi.   U   Gibraltarni   va   O’rta
dengizdagi  Meorka   orolini,  Shimoliy  Amerikada  muhim  ahamiyatli  territoriyalarni
Nyufaundlendini,   mukaddas   lavrentiy   daryoni   quyilish   joyini,   Akadiyani,   Fransiya
Kanadasini   qo’lga   kiritdi,   Ispaniya   va   uning   Amerikadagi   mustamlakalari   bilan
savdo-sotiqda alohida huquqlarga ega bo’ldi. Gollandiya amalda hyech narsa olmadi
va shartnomadan so’ng uchinchi darajali davlat holatiga tushib qoldi.  
1712   yildayoq   Angliyaning   Gaagadagi   vakili   Shvesiyaning   vayron
qilinishiga va shimoliy davlatlar o’rtasidagi muvozanatning buzilishiga Angliyaning
yo’l   ko’ymasligini   rus   elchisiga   rasmiy   ravishda   bildirdi.   Lekin   Pyotr   I   Shimoliy
Yevropada   o’z   ta’sirini   tez   oshirib   borib,   u   Shvesiyaga   tobora   yangidan-yangi
zarbalar   berdi.   Rus   floti   Gangut   yonida   shved   floti   ustidan   g’alaba   qozonganidan
keyin   (1714)   Boltiqda   hukmron   kuch   bo’lib   qoldi.   Pyotr   I   Angliya   qiroli   Georg   I
ning   Boltiq   dengizidagi   munosabatlarini   ko’rib,   1717   yilda   o’zining   fransuzlarga
qarshi   kayfiyatini   o’zgartirib   yubordi.   "Yevropada   umumiy   tinchlikni   saqlash
uchun" Fransiya, Rossiya va Prussiya o’rtasida Amsterdamda shartnoma tuzildi.
Ispaniya merosi uchun urushning xalqaro munosabatlarda ta’siri
Ispaniya   merosi   uchun   olib   borilgan   urush   Yevropa   davlatlarining   kuchi
nisbatida   zo’r   o’zgarishlarga   olib   keldi.   Fransiya   sharqiy   Yevropada   gegemonlik
6
История дипломатии.т.1., c. 282   qilish   huquqidan   mahrum   bo’ldi.   Shvesiya   qisqa   davr   qudratli   davlat   bo’lib   turib,
keyin ikkinchi darajali davlat holiga aylandi. O’ttiz yillik urushda o’z maqsadlariga
erisha   olmagan   Avstriya   Gabsburglari   yana   kuchaydi   va   o’zlarining   Yevropadagi
yerlarini   kengaytirdi.   Germaniyada   kuchli   Prussiya   qirolligi   vujudga   keldi.
Gollandiya,   Polsha   va   Turkiya   Yevropadagi   xalqaro   hayotda   aktiv   rol
o’ynamaydigan bo’lib qoldi.  
XVIII   asrda   Rossiya   qudratining   oshishi   Yevropadagi   butun   xalqaro
vaziyatning   o’zgarishiga   olib   keldi.   Rossiya   Boltiq   dengizi   bilan   Tinch   okean
o’rtasidagi   territoriyalarni   o’z   ichiga   olgan   g’oyat   katta   imperiyaga   aylandi.
Yevropa tarixida bunday imperiya hali tuzilmagan edi.  
Rossiya   juda   katta   o’lkalarga   ega   bo’lishga   qaramay   uning   territoriyasi
tobora   kengayib   bormoqda   edi.   Rossiyaning   g’arb   bilan,   shuningdek,   Eron   bilan
kattagina   savdo   sotiq   aloqalari   bor   edi.   Hukmron   pomeshchiklar   sinfi   bilan   rus
savdogarlari   savdo   yo’llarini   mustahkamlab   borishga,   chegaralarni   strategiya
jihatdan   mustahkam   joylardan   o’tkazishga   va   Rossiyaning   territoriyasini   tobora
kengaytirib va  xalqaro ta’sirini  oshirib borishga  intilardi. Shimolda Rossiya  oldida
Boltiqdagi   pozisiyalarni   mustahkam   himoya   qilish   vazifasi   turar   edi.   Petr   I   ning
g’alabalaridan   keyii   Shvesiya   Yevropaning   shimolida   juda   kuchli   davlat
bo’lmasada, poytaxtga Shvesiya tomonidan tahdid qilish xavfi mavjud edi.  
Rossiyaning   Polshadagi   ta’sirini   kuchaytirish   masalasi   ruslarning  g’arbdagi
siyosatida   eng   muhim   o’rin   tutardi.   Janubdagi   vazifa   -   Azovni   ishg’ol   etish,   Qora
dengizda   savdo   qilish   huquqini   qo’lga   kiritish,   Turkiyaga   qarshi   yana   kurash   olib
borishdan iborat edi.  
Mustamlakalar uchun va Yevropa qit’asida ta’sir kursatish uchun Angliya va
Fransiya   manfaatlari   to’qnashadigan   joy   dengizlarning   nariyog’idagi   mamlakatlar
edi.   Bu   mamlakatlar   Kanada   va   Ost   -   Indiya   bo’lib,   Kanadani   fransuzlar   XVII
asrdayoq   bosib   olgan   edi.   Ost-Indiya   territoriyasida   esa   Ingliz   va   Fransuz
istilochilari qattiq kurash olib borardi. Angliya bilan Fransiya o’rtasida Yevropadagi
ayrim   hududlar   uchun   ham   keskin   ziddiyatlar   bor   edi.   Angliya   hukumati Fransiyaning   Avstriya   Niderlandiyasini   va   uning   eng   muhim   qal’asi   Antverpenni
egallab   olishga   yo’l   qo’ymaslikka   intilar   edi.   Antverpenning   fransuzlar   ko’lida
bo’lishi   Angliya   uchun   xavf   tug’dirishi   mumkin   edi.   Antverpen   fransuzlar   qo’lida
bo’lsa,   Britaniya   flotining   kuchlari   Yevropada   band   bo’lib,   Angliyaning
mustamlakachilik   agressiyasi   muvaffaqiyatli   avj   olmasdi.   Mudofaa   maqsadida
emas,   mustamlakalarni   talash   maqsadida   Angliya   burjuaziyasi   va   aristokratiyasi
Niderlandiyani   Fransiyaning   ta’siri   ostida   bo’lishga   yo’l   qo’yishni   istamasdi.   Shu
maqsadga   erishish   uchun   Angliya   burjuaziyasi   Yevropada   Fransiyaning
quruqlikdagi kuchlarini band qilib tura oladigan ittifoqchi topishga tirishdi.  
Angliya   hukumati   1713   yilda   Ispaniya   merosi   uchun   urushdan   so’ng,
Niderlandiyaning  Avstriyaga berilishiga  erishgach,  XVIII  asrning  birinchi  yarmida
Avstriya   gabsburglarini,   ya’ni   Fransiya   raqiblarini   qo’llab   keldi.   Angliya
Gollandiyaga   ta’sir   ko’rsatish   uchun   Fransiyaga   qarshi   kurashdi.   Gannover
siyosatini   murakkablashtirib   yubordi.   Fransiyaning   Gannoverni   bosib   olish
mumkinligi   Fransiyaga   qarshi   kurashish   uchun   Angliyaning   ittifoqchilar   orttirish
ehtiyojini yanada kuchaytirdi. Angliya o’zining savdo va mustamlakalaridan kelgan
foyda orqali Fransiyaga qarshi birovlarning kuchi bilan kurash olib bordi.  
Angliyaning   boshqa   bir   dushmani   Ispaniya   esa   Gibraltar   bug’ozi   va
Menorkaning inglizlar tomonidan bosib olinganligini tan olmay kelayotgandi. Ingliz
burjuaziyasi   Ispaniya   mustamlakalarida   savdo   huquqiga   erishmoqchi   va
Ispanlarning   Shimoliy   Amerikadagi   yerlarini   egallab   olmoqchi   edi.   Angliyaga
qarshi kurash Ispaniyani Fransiya bilan birlashtirdi. Burbonlar sulolasining Ispaniya
taxtiga o’tirishi ham bunga yordam berdi.  
Urush   harakatlari   ikkita   tinchlik   shartnomasining   imzolanishi   bilan
nihoyasiga   yetdi.   Birinchisi   1713   yilning   11   aprelida   Fransiya   va   Ispaniya   bir
tomondan,   ikkinchi   tomondan   Angliya,   Gollandiya,   Brandenburg,   Savoyya   va
Portugaliya o’rtasida Utrekt shartnomasining tuzilishiga olib keldi. Ikkinchisi 1714
yilning 7 martida Rashtdatda Fransiya, Ispaniya va imperiya imzolagan shartnoma 7
.
7
История дипломатии.т.1., c. 282   Ularga   ko’ra   Burbonlarning   Ispaniya   merosini   boshqarishi   tan   olindi.   Ammo
Ispaniya   qiroli   bir   vaqtning   o’zida   Fransiya   qiroli   bo’la   olmasligi   ta’kidlandi.
Buning uchun Ispaniya quyidagilarga erishdi: 
1)   Gabusburglar - Neopolitan   qirolligi ,   Sardiniya ,   Toskanini   bir   qismi ,   Milan
gersogligi ,   Ispan   Nedirlandiyasida   hukmronligi   tan   olindi ;   )   Gabusburglar -
Neopolitan   qirolligi ,   Sardiniya ,   Toskanini   bir   qismi ,   Milan   gersogligi ,   Ispan
Nedirlandiyasida   hukmronligi   tan   olindi ; 
  2)   Brandenburg   kurfyuristligiga   esa   ispan   Gelderni   berildi ;     3)   Sovoya
gersogligi   Sitsiliya   bilan   mukofotlandi ;   4)   Angliya   Gibraltar   va   Minorka   orolini
qo ’ lga   kiritdi .  Fransiyaning   kolonial   buyukligiga   zarba   berdi .  
1712 yildayoq Angliyaning Gaagadagi vakili Shvesiyaning vayron qilinishiga
va   shimoliy   davlatlar   o’rtasidagi   muvozanatning   buzilishiga   Angliyaning   yo’l
ko’ymasligini   rus   elchisiga   rasmiy   ravishda   bildirdi.   Lekin   Pyotr   I   Shimoliy
Yevropada   o’z   ta’sirini   tez   oshirib   borib,   u   Shvesiyaga   tobora   yangidan-yangi
zarbalar   berdi.   Rus   floti   Gangut   yonida   shved   floti   ustidan   g’alaba   qozonganidan
keyin   (1714)   Boltiqda   hukmron   kuch   bo’lib   qoldi.   Pyotr   I   Angliya   qiroli   Georg   I
ning   Boltiq   dengizidagi   munosabatlarini   ko’rib,   1717   yilda   o’zining   fransuzlarga
qarshi   kayfiyatini   o’zgartirib   yubordi.   "Yevropada   umumiy   tinchlikni   saqlash
uchun"   Fransiya,   Rossiya   va   Prussiya   o’rtasida   Amsterdamda   shartnoma   tuzildi.
Ispaniya   merosi   uchun   olib   borilgan   urush   Yevropa   davlatlarining   kuchi   nisbatida
zo’r   o’zgarishlarga   olib   keldi.   Fransiya   sharqiy   Yevropada   gegemonlik   qilish
huquqidan   mahrum   bo’ldi.   Shvesiya   qisqa   davr   qudratli   davlat   bo’lib   turib,   keyin
ikkinchi darajali davlat holiga aylandi. O’ttiz yillik urushda o’z maqsadlariga erisha
olmagan Avstriya Gabsburglari yana kuchaydi va o’zlarining Yevropadagi yerlarini
kengaytirdi. 
Germaniyada   kuchli   Prussiya   qirolligi   vujudga   keldi.   Gollandiya,   Polsha   va
Turkiya Yevropadagi xalqaro hayotda aktiv rol o’ynamaydigan bo’lib qoldi. XVIII
asrda   Rossiya   qudratining   oshishi   Yevropadagi   butun   xalqaro   vaziyatning o’zgarishiga   olib   keldi.   Rossiya   Boltiq   dengizi   bilan   Tinch   okean   o’rtasidagi
territoriyalarni   o’z   ichiga   olgan   g’oyat   katta   imperiyaga   aylandi.   Yevropa   tarixida
bunday   imperiya   hali   tuzilmagan   edi.   Rossiya   juda   katta   o’lkalarga   ega   bo’lishga
qaramay uning territoriyasi tobora kengayib bormoqda edi. Rossiyaning g’arb bilan,
shuningdek,   Eron   bilan   kattagina   savdo   sotiq   aloqalari   bor   edi.   Hukmron
pomeshchiklar sinfi bilan rus savdogarlari savdo yo’llarini mustahkamlab borishga,
chegaralarni   strategiya   jihatdan   mustahkam   joylardan   o’tkazishga   va   Rossiyaning
territoriyasini tobora kengaytirib va xalqaro ta’sirini oshirib borishga intilardi. 
Shimolda   Rossiya   oldida   Boltiqdagi   pozisiyalarni   mustahkam   himoya   qilish
vazifasi turar edi. Petr I ning g’alabalaridan keyii Shvesiya Yevropaning shimolida
juda   kuchli   davlat   bo’lmasada,   poytaxtga   Shvesiya   tomonidan   tahdid   qilish   xavfi
mavjud   edi.     Rossiyaning   Polshadagi   ta’sirini   kuchaytirish   masalasi   ruslarning
g’arbdagi   siyosatida   eng   muhim   o’rin   tutardi.   Janubdagi   vazifa   -   Azovni   ishg’ol
etish,   Qora   dengizda   savdo   qilish   huquqini   qo’lga   kiritish,   Turkiyaga   qarshi   yana
kurash   olib   borishdan   iborat   edi.  Mustamlakalar   uchun  va   Yevropa  qit’asida   ta’sir
kursatish  uchun  Angliya  va Fransiya  manfaatlari  to’qnashadigan  joy dengizlarning
nariyog’idagi mamlakatlar edi. 
Bu   mamlakatlar   Kanada   va   Ost   -   Indiya   bo’lib,   Kanadani   fransuzlar   XVII
asrdayoq   bosib   olgan   edi.   Ost-Indiya   territoriyasida   esa   Ingliz   va   Fransuz
is tilochilari qattiq kurash olib borardi. Angliya bilan Fransiya o’rtasida Yevropadagi
ayrim   hududlar   uchun   ham   keskin   ziddiyatlar   bor   edi.   Angliya   hukumati
Fransiyaning   Avstriya   Niderlandiyasini   va   uning   eng   muhim   qal’asi   Antverpenni
egallab   olishga   yo’l   qo’ymaslikka   intilar   edi.   Antverpenning   fransuzlar   ko’lida
bo’lishi   Angliya   uchun   xavf   tug’dirishi   mumkin   edi.   Antverpen   fransuzlar   qo’lida
bo’lsa,   Britaniya   flotining   kuchlari   Yevropada   band   bo’lib,   Angliyaning
mustamlakachilik   agressiyasi   muvaffaqiyatli   avj   olmasdi.   Mudofaa   maqsadida
emas,   mustamlakalarni   talash   maqsadida   Angliya   burjuaziyasi   va   aristokratiyasi
Niderlandiyani   Fransiyaning   ta’siri   ostida   bo’lishga   yo’l   qo’yishni   istamasdi.   Shu
maqsadga   erishish   uchun   Angliya   burjuaziyasi   Yevropada   Fransiyaning quruqlikdagi kuchlarini band qilib tura oladigan ittifoqchi topishga tirishdi. Angliya
hukumati   1713   yilda   Ispaniya   merosi   uchun   urushdan   so’ng,   Niderlandiyaning
Avstriyaga   berilishiga   erishgach,   XVIII   asrning   birinchi   yarmida   Avstriya
gabsburglarini, ya’ni Fransiya raqiblarini qo’llab keldi. Angliya Gollandiyaga ta’sir
ko’rsatish uchun Fransiyaga qarshi kurashdi. Gannover siyosatini murakkablashtirib
yubordi.   Fransiyaning   Gannoverni   bosib   olish   mumkinligi   Fransiyaga   qarshi
kurashish   uchun   Angliyaning   ittifoqchilar   orttirish   ehtiyojini   yanada   kuchaytirdi.
Angliya o’zining savdo va mustamlakalaridan kelgan foyda orqali Fransiyaga qarshi
birovlarning kuchi bilan kurash olib bordi 8
. 
Angliyaning   boshqa   bir   dushmani   Ispaniya   esa   Gibraltar   bug’ozi   va
Menorkaning inglizlar tomonidan bosib olinganligini tan olmay kelayotgandi. Ingliz
burjuaziyasi   Ispaniya   mustamlakalarida   savdo   huquqiga   erishmoqchi   va
Ispanlarning   Shimoliy   Amerikadagi   yerlarini   egallab   olmoqchi   edi.   Angliyaga
qarshi kurash Ispaniyani Fransiya bilan birlashtirdi. Burbonlar sulolasining Ispaniya
taxtiga o’tirishi ham bunga yordam berdi. Avstriya qiroli Karl vafot etgandan so’ng,
undan   o’g’il   voris   qolmadi.   Taxtga   uning   qizi   Mariya-Tereza   keldi.   1740   yil   31
mayda F. Vilgelm I o’ldi va taxtga uning o’g’li Fridrix II   o’ tirdi, u darhol armiyani
ko’paytirib,   unga   yana   16   bataleon   piyoda   askar,   5   eskadron   gusar   1   eskadron
gvardiya qo’shdi.
Fridrix II shaxsiy tabiati otasinikidan farq qilar edi. F. Vilgelm I bo’sh vaqtida
ov qilib,  yoki   krujkada  pivo  ichib o’tirib  hamda o’zining "  tamaki   shinavandalari"
bilan qo’pol hazil mutoyibalar qilib, hordiq chiqarar edi. Fridrix II nay chalishga va
qovushmagan fransuzcha she’rlar yozishga juda berilgan bo’lib, "Hushtakvoz shoir"
edi.   Ammo   siyosatda   Fridrix   II   otasi   izidan   bordi.   Yetti   yillik   urush   tamom
bo’lgandan keyin. Yevropaning ko’pchilik mamlakatlarida hukmron feodal doiralari
ma’rifatli absolyutizm deb nom olgan siyosatga o’ta boshladilar. Dinga adovatning
juda   eskirib   qolgan   formalarini,   toifachilik   imtiyozlaridan   ba’zilarini,   feodal
tarqoqlikni   va   mahalliy   separatizmni   tugatish   bu   sistemada   yuqoridan   turib,
8
  В .  Адо .  История Европи и Америка .  1986г . Ст144. reformalarni   amalga   oshirishda   mamlakat   fuqarosining   ishtirok   etishiga   yo’l
qo’ymaydigan   samoderjaviya   hokimiyatining   qonunlar   chiqarish   yo’li   bilan
o’tkazilar  edi. Pruss  yunkerlari  Fridrix II  juda katta harbiy mashinasidan  agressiya
tashqi   siyosat   maqsadlarida   foydalandi.   Sileziya   urushlari   hamda   Polshaning   1-
marta taqsimlanishi ana shu agressiv siyosatning asosiy bosqichlari bo’ldi. Slavyan
aholisi   hisobidan   nemis   dehqonlarini   yerdan   mahrum   etish   (yerdan   haydash)
hisobidan   dvoryanlarning   katta   yerlari   maydonga   keldi,   ya’ni   qishloq   xo’jaligiga
kapitalizmning   "prusscha"   yo’ldan   taraqqiy   etishi   uchun   tarixiy   shart-sharoitlar
paydo bo’ldi. 
Fridrix II  o’zining  hukmronligini   Avstriyaga qarshi  yurish  bilan  boshladi.  U
dastlab   Avstriya   qirolichasi   Mariya-Terizadan   qo’lini   so’raydi.   Bu   bilan   u   boy
Seleziya   viloyatini   ko’zlagan   edi.   Ammo   u   rad   etgandan   so’ng   u   Seleziyani   bosib
oladi. Bovariya bilan Fransiya Fridrix II ning ittifoqchilari bo’lib, bu ikkisi Avstriya
qo’lidagi   Niderlandiyani   bosib   olishga   bel   bog’lagandi.   Gabusburglarga   qarshi
bo’lgan Fransiya dastlab Mariya-Tereza tomonida turadi. Ammo Fridrix tomonidan
olib borilgan diplomatiya natijasida uni o’zi  tomonga og’diradi. Natijada Fransiya,
Ispaniya,   Bavariya   va   Prussiya   birgalikda   Avstriya   merosini   bo’lib   olish   uchun
shartnoma   tuzadilar 9
.   Avstriyaning   dushmanlari   uni   zaiflashtirish   maqsadida
Bavariya   kyurfyurstining   imperator   qilib   saylanishga   va   Chexiyaning   Bavariyaga
qo’shib olinishiga erishmoqchi edi. 
Kyurfyurst   Saksonskiy   va   Polsha   qiroli   Avgust   III   Fridrix   II   ning   ta’siriga
berildi. U Rossiya  va Avstriya bilan tuzilgan ittifoqqa xiyonat qildi va Moraviyani
bosib   olish   maqsadida   Prussiya   tomonida   turib   urushga   qatnashdi.   Ispaniya   ham
Avstriyaning   dushmanlari   qatoriga   qo’shildi.   Avstriyaning   eng   xavfli   dushmani
Prussiya   davlati   edi.   Prussiyaning   bosqinchilik   siyosati   qirol   Fridrix   II   zamonida
juda   ham   avj   olib   ketdi.   Prussiyaning   tashqi   siyosati   qo’shni   davlatlarga   nisbatan
hiyla-nayrang   ishlatishga   va   uz   ittifoqchilariga   nisbatan   hayosizlik   bilan   xiyonat
qilishga   asoslangandi.   Fridrix   II   o’zining   nihoyatda   surbetligi   bilan   boshqalardan
9
  В. Н. Зорина, В. Семенова.   История дипломатия. 1959г ajralib turardi. 1740 yili Karl VI vafot etgach, uning o’rniga Mariya Tereza o’tirdi.
Fridrix II hukmronligining birinchi yilidayoq urush e’lon qilmay turib, Avstriyaning
eng   boy   va   sanoat   jihatdan   taraqkiy   qilgan   viloyati   Sileziyani   bosib   oldi.   Prussiya
tomonidan bosib olingan yerlarga o’xshash Sileziya ham polyaklarning qadimiy yeri
edi. Bovariya bilan Fransiya Fridrix II ning ittifoqchilari bo’lib, bu ikkisi  Avstriya
qo’lidagi Niderlandiyani bosib olishga bel bog’lagandi. 
Avstriyaning   dushmanlari   uni   zaiflashtirish   maqsadida   Bavariya
kyurfyurstining   imperator   qilib   saylanishga   va   Chexiyaning   Bavariyaga   qo’shib
olinishiga   erishmoqchi   edi.   Kyurfyurst   Saksonskiy   va   Polsha   qiroli   Avgust   III
Fridrix   II   ning   ta’siriga   berildi.   U   Rossiya   va   Avstriya   bilan   tuzilgan   ittifoqqa
xiyonat qildi va Moraviyani bosib olish maqsadida Prussiya tomonida turib urushga
qatnashdi. Ispaniya ham Avstriyaning dushmanlari qatoriga qo’shildi. Bu vaqtgacha
esa Fransiya Prussiya bilan dushman edi.   Fridrix II esa Mariya-tereza bilan maxfiy
shartnoma  tuzgan  edi.  Oxir   oqibatda  esa  fransuzlar  Germaniyani   bo’lib yuborishni
istasada,   ammo   Avstriya   malikasi   Mariya-Terezani   Prussiya   tomonidan   “saqlab
qolish”     siyosatini   bekor   qilishni   ma’qul   ko’rgandi,   zero   bir   vaqtlar   fransuz-bavar
qo’shinlari   Avstriyaga   bostirib   kirganda   Fridrix   II   Avstriyaga   yordam   uchun   bir
gusar   qo’shin   yuborgan   edi.   Shu   bilan   bir   vaqtda   u   kurfyurist   Karl-Albert
Bavariskiy   bilan   mahfiy   ravishda   kelishib,   fransuz   imperatorini   o’z   bosimi   ostida
saqlash va Yuqori Seleziyani Prussiyaga qo’shib olish haqida kelishib olgan edi.  
Ammo amalda Avstriyani qo’llagan bo’lib ko’rsatdi. Avstriyaliklar uning bu
siyosatini anglab yeta olmadilar. Fridrix II Avstriyaga qarshi kurashdi va Chaslavda
bo’lgan   jangda   u   g’alaba   qozondi.   Keyinchaik   esa   inglizlarning   yordamida   butun
Seleziyani bosib oldi. Fridrixning bu qiliqlarini “do’st” qirol Volter (Avstriya qiroli)
Parijda bo’lgan uchrashuvda to’g’ri anglab yetmagan edi. Urushning natijasida 1748
yil Aaxen shartnomasi  imzolandi. Imzolangan shartnomaga ko’ra Seleziya   Fridrix
II   ga  to’laligicha   berildi.     Mariya-Tereza  esa  o’zining  keyingi   boshqaruvini   saqlab
qolish   uchun   Angliya   bilan   yaqinlashadi.   Bir   necha   yillardan   so’ng   Avstriya
Prussiyaga   qarshi   kaolitsiyani   yuzaga   keltirdi.   Unga   Fransiya   va   Rossiya   ham kiritildi.   Shundan   so’ng   Prussiyaga   qarshi   yangi   urush   boshlandi.   Bu   urush   “Yetti
yillik urush” nomini oldi.   
Yetti   yillik   urush     (1756-63)   - Avstriya,   Fransiya,   Rossiya,   Ispaniya,
Saksoniya   va   Shve t siya   b ila n   Prussiya,   Buyuk   Britaniya,   Portugaliya   o’rtasida
bo’lgan   urush.   Yetti   yillik   urush     Yevropadagi   burjua   inqilobidan   keyingi   so’nggi
qarama   qarshilik   edi.   Uning   kelib   chiqishiga   bir   necha   omillar   ta’sir   etgan   edi.
Birinchidan;   mustamlakalar   va   o’zga   hududlar   uchun   Angliya   va   Fransiyaning
kurashi ning   yangi   qirralari   shakllandi.   Ikkinchidan;   Germaniyada   Avstriya   va
Prussiyaning   gegemonlik   uchun   kurashi   hamda   Prus siya   siyosiy   manfaatlarining
Avstriya,   Fransiya  va  Rossiya   manfaatlari  bilan   to’qnashuvi tufayli kelib chiqqan.
Bu har ikkalasi Yevropada yangi qarama qarshiliklarga sabab bo’ldi. Shuningdek, bu
vaqtda Avstriya va Fransiya o’rtasidagi sulolaviy kurash-Burbonlar va Gabusburglar
kurashi  susaygan,  Fransiya va Avstriya o’rtasida  do’stona munosabatlar  o’rnatilgan
edi.   Shuningdek,   Yevropada   bu   davrdagi   ziddiyatlarga   Rossiya   ham   to’g’ridan
to’g’ri aralasha boshladi.
  Bu   davrda   Rossiya   bevosita   Avstriya   tomonida   turib   urushda   ishtirok   etdi.
Fransuzlar   XVII   asrning   ikkinchi   yarmidan   to   napaleon   urushlarigacha   bo’lgan
davrni “Ikkinchi yuz yillik urush” deb nomladi. Birinchi yuz yillik urush (1338-1453
y.y.) davridagi kabi   bu davrlarda ham Angliya va Fransiya o’zaro urushadi. Lekin,
XVII-XVIII   asrlar   XV   asrdagidan   boshqacha   edi.   Bu   davrda   G’arbiy   Yevropa
yagona   Yevropa   bo’lib   kurashdilar.     Avstriya   va   Prussiya   o’rtasidagi   aloqalar
Avstriya merosi  uchun urush davrida to’xtab qolmagan edi. Avstriya merosi  uchun
bo’lgan   urushdan   so’ng   go’yo   Yevropada   ziddiyatlar   tugaganday   edi.   Ammo
Yevropada kutilmagan holatda Avstriya va Fransiya Prussiyaga qarshi chiqdi.  
Avstriya merosi  uchun urush davrida Angliya Mariya-Terezani  himoya qilib,
Gannoverni   himoya   qilishi   uchun   pul   bilan   ta’minlab   turgan.   Ammo   1755   yildan
Fridrix II ning urinishlari samarasi o’laroq pul berishni bekor qiladi.   Fridrix II ning
Rossiya   bilan   olib   borgan   diplomatik   aloqalari   ham   o’ziga   hos   kechgan.   Rossiya
kansleri   Bestujev   Prussiyaga   qarshi   siyosat   yuritishni   ma’qullagan   negaki,   u Prussiyani   qo’shnilari   bilan   birlashuvi   va   uning   kuchayishini   Rossiya   uchun   havfli
deb hisoblardi. 
U   Prussiyaning   kuch   qudratga   erishib,   kuchayib   ketishidan   havfsirar   edi.
Bunga   shuningdek,   Germaniyaning   protestant   qismida,   Prussiya   hududlarida
Fransiya   va   do’stona   munosabatlar   yo’lga   qo’yilgan.     Angliya   elchisi   Vilyamson
bilan esa 1755 yil da rus kansleri   Bestujev   shartnoma imzolagan edi.   Unga ko’ra
Angliyaning dushmanlariga qarshi chiqqani uchun Rossiya bir yo’la 500 ming funt,
har yiliga esa 100 ming funt subsidiya olib turishi belgilangan  Bustujevning fikriga
ko’ra Fridrix II Angliyaning asosiy raqibi bo’lib, uning yo’q bo’lishidan manfaatdor
edi.       1761  y il da Prussiya halokat yoqasida edi,  ammo yangi rus shohi Pyotr III u
bila n   sulh   tuzgan   (1762)   (Yekaterina   II   uni   bekor   qilgan,   biroq,   urushni   davom
ettirmagan).   Shiddatli   kurashlar   mustamlaka larda   va   dengizda   ham   sodir   bo’lgan.
Prussiya   Gubertusburg   sulhi   (1763)   ga   asosan,   Avstriya   va   Saksoniya   b ila n
S e leziyani   o’ziga   qo’shib   olgan.   Parij   tinchlik   bitimi   (1763)   ga   asosan,
Fransiyadan   Buyuk   Britaniyaga   Kana da,   Sharqiy   Luiziana,   fransuzlar- ning
Hindistondagi   mulklarining   ko’p   qismi   o’tgan.   Ye.y.u.ning   asosiy   nati-jasi   —
Buyuk   Britaniyaning   Fransiya   ustidan   mustamlaka   va   savdo   sohasida-gi   kurashda
qozongan   g’alabasi   bo’lgan.     1756   yilning   16   yanvarida   Uaytoolda   imzolangan
Angliya   va   Fridrix   II   o’rtasidagi   shartnomani   ruslar   va   fransuzlar   hamda
avstriyaliklar   yaxshi   bilardi.   Avstriya   va   Rossiya   bu   shartnomani   tashabbusi   bilan
amalgam oshganligini bilar edi. Angliya hukmron doiralari buni jim kutib olishdi.
  Chunki   ular   dengizda   hukmron   bo’lib   turgan   flotlari   o’zlarini   himoya
qiishlariga   ishonardilar.     Mariya-Tereza   Avstriya   merosi   uchun   urush   nihoyasiga
yetganidan so’ng Fransiya bilan o’z davlati o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga
kirishdi. Fransiyaga XVIII asrning eng mashxur diplomati Kanutsni yubordi. Unga
1748   yilda   Lyudovik   XV   tomonidan   sevgilisi   madam   de   Pompadurga   sovg’a
qilingan Belgiya provinsiyalarining (Flandriya va Brabanta ) ni qaytari berishligini,
buning uchun  esa  Fransiya  Avstriyaga  Seleziyani  qaytarib  olishiga  yordam   berishi
kerak   edi.   1751   yilda   Kaunts   Avstriya   elchisi   bo’lib   Parijga   keladi.   Bu   vaqtda Fridrix   II   Angliya   bilan   ham     kelishuvlarni   amalgam   oshirishga   urinmoqda   edi.
Lyudovik XV 1756 yilning 1 mayida Avstriya bilan yakuniy Versal shartnomasini
imzolaydi.     Unga   ko’ra   har   ikki   davlat   bir   biriga   o’zaro   agressiya   uyushtirilgan
davrda 24 ming askar beish majburiyatini oldi. Bu davrga kelib Rossiya imperatori
Yelezavetta   Angliya   bilan   aloqalarini     uzib,   Avstriya   bilan   shartnoma   imzolaydi
(1756   yil,   25   mart).     Avstriyaga   Rossiya   Fridrix   II   ga   qarshi   kurashishi   uchun   80
ming  qo’shin   berish   majburiyatini  oladi.  Fridrix  ustidan   g’alaba   qilingandan   so’ng
Avstriya Seleziyani, Rossiya esa Sharqiy Prussiyani olishi belgilandi 10
. 
Bu   kaolitsiyaning   eng   muhim   yakunlovchi   shartnomalari   ikkita   bo’ldi.   Rus-
avstriya   (1757   yil,   2   fevral)     shartnomasi,   unga   ko’ra   Rossiya   har   yili   1   million
subsidiya   berishi   belgilangan.  Ikkinchisi  esa   Versal  shartnomasi  (1757  yil,  1  may)
oldingi 24 ming kishi  o’rniga 105 ming kishi berishi, Mariya-Tereza esa bu uchun
yiliga   12   million   subsidiya   berishi   kelishildi.   1759   va   1760   yillarga   kelib   Rossiya
qo’shinlari  Berlin ostonalariga  yetib keldi.   1762 yilga kelib Fridrix II  ning ahvoli
qiyinlashib, u qiyin ahvolga tushib qoladi. Uni halokatdan 1762 yilning 5 yanvarida
Rossiya   imperatori   Yelezavetta   Petrovnaning   o’limi   asrab   qoldi.   Yangi   Rossiya
imperatori   Pyotir   III   nafaqat   Prussiyani   bosib   olishni,   balki,   Fridrixga   yordam
berishni ham rad etdi. 
Adabiyotlar
1. В. Н. Зорина, В. Семенова.   История дипломатия. 1959г
2.  В .  Адо .  История Европи и Америка .  1986г
3.  Korobkov .  M .  Yetti   yillik   urush .  Moskva 1940
4. Дипломатический словаръ. Том 1. 
5.. История дипломатии.1-том. М.,1976. 
10
  В .  Адо .  История Европи и Америка .  1986г . Ст 161 6.   Методическое   пособие   по   новой   истории.   (1640-1870),               М.,
"Проввъешение"  1991, 
7. Новая история стран Европы и Америки   XVI - XIX   века. В 3 ч. Ч. 2 :
учеб. для студентов вузов. под ред.  A.M. Родригеса, М.: Гуманитар, изд. центр
ВЛАДОС, 2010. — 621 с.

X VI II asr birinchi y armida xalq munosabat lar v a diplomat iy a mav zusida k urs ishi SAMARQAND-2022

Mavzu: XVIII asr birinchi yarmida xalqaro munosabatlar va diplomatiya Reja: I. KIRISH II. ASOSIY QISM 1.Ispanya merosi uchun urush (1701-1714). Utrext va Rashtadt sulh shartnomalari va Fransiyada Lyudovik XV diplomatiyasi 2.Polsha merosi uchun urush (1733-1738) va Vena tinchlik shartnomasi (1738),va XVIII asr 1-yarmida Angliya diplomatiyasi. 3. Avstrya merosi uchun urush (1740-1748) va Rossiyada Pyotr I (1682-1725) diplomatiyasi. 4.Xulosa 5.Adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi shundaki, XVIII asr har tomonlama ziddiyatli voqealarga boy o`tgan. Bir tomondan Yevropa davlatlarining mintaqada

gegemonlik uchun kurashi bo`lsa, ikkinchi tomondan burjua inqiloblari ichki siyosiy muvozanatni o`zgarishiga va keskinlikning yanada ortishiga olib keldi. Ayniqsa Fransiyada bo`lib o`tgan Burjua inqilobidan keyin inqilob targ`ib qilgan ``Ozodlik, Tenglik, Birodarlik`` kabi iboralar demokratik davlat qurilishi yo`lidagi davlatlar uchun harakatchan kuchga aylangan shior bo`ldi. G`arbiy Yevropa davlatlari biri ikkinchisidan ulush olishi uchun bo`lib o`tgan kurashlar xalqaro munosabatlar va diplomatik san`atlar rivojida yana bir pog`ona o`sish bo`ldi. Ispan merosi uchun kurash bilan bosshlangan XVIII asr biri ikkinchisiga ulanib ketgan voqeliklarni keltirib chiqardi. Avstriyada Mariya Terezaning faoliyati ham asrning birinchi yarmida bo`lib o`tgan voqeliklarning xarakterli belgilaridan biridir. Angliya va Fransiyadan farqli ravishda bu davr Gollandiyaning ham faol xalqaro maydondagi harakatlari kuzatildi. Bir-biriga qarama-qarshi tuzilgan ittifoqlar va ikkilamchi omillar sabab ittifoqlar tarkibining almashinib turishi ham , ushbu davrning o`ziga xos bir belgisi hisoblanadi. Ispany a merosi uchun urush (1701-1714). Ut rext v a Rasht adt sulh shart nomalari v a Fransiy ada Ly udov ik X IV diplomat iy asi

Lyudovik XIV ning hukmronliginig ikkinchi dacriga kelib, Yevropa diplomatiyasi tarixida Angliya o’z obro’sini oshirish va Fransiyani mustamlakalarini egallash uchun kurash davri bo’ldi. Bu jarayon ayniqsa Ispaniya merosi uchun olib borilgan urushlar davrida (1701-1714) o’zaro urush davrining muhim davri bo’ldi. U amalda ilk bor Fransiya va Angliyaning dengizda va mustamlakalar ustidan hukmronlik qilishi uchun olib borilgan urushlari edi. Fransiyaning Angliyaga qarshi kaolitsiyalarni shakllantirishga urinishi teskari ta’sir etgan. XVII asrning 80 yillarida Fransiyaga qarshi deyarli butun Yevropa maydonga chiqdi. 1701 yil bahorda urush boshlanganda urush Fransiya uchun omadsiz kechdi. Fransiya bir vaqtning o’zida to’rtta teatrda o’ynashga majbur bo’ldi. Bular Italiya, Ispaniya, Niderlandiya va Reyn bo’yi Germaniyasida urush harakatlarini olib borishga majbur bo’ldi. Urushning birinchi davrida (1702-1704) Fransiya bir qancha og;ir ahvolga tushib qoldi. Urushning ikkinchi darida (1704-1710) esa Fransiya urushning hal qiluvchi yillari bo’ldi. Seveniyadagi kamizar-protistantlar harakatini tiklashga urinildi. So’nggi bosqichda (1710-1714) bir qancha harbiy yo’qotishlarga uchraydi va ko’proq endi tinchlik kelishuvlari haqida o’ylay boshlaydi. Fransiya qiroli urush oxiriga kelib har qanday usulda bo’lmasin urushdan chiqish yo’llarini o’ylay boshlaydi. Uning bu fikrlariga esa raqiblari, yirik diplomat va generallar: Velgil III Oraniskiy, Malbaro, Avstriya sarkardasi Yevgeniy Svoniskiy qarshi edi. Ispaniya qiroli Filipp XIV 1665 yilda vafot etdi, Fransiya o’z merosini janubiy Niderlandiyadan berilishini talab qildk. Ispaniya uni rad qildi. Natijada 1667 yilda Fransiya Ispaniya urushi boshlandi. Bu urush "Devolyusiya urushi yoki vorislik urush" deyildi. Lyudovik XIV Brabatan va Flandriyani armiyasi yo’qligi tufayli ximoyasiz deb o’yladi, Ispaniya ularga qo’shin yetkazib berolmas edi. Fransuzlarning 1667 yilgi boji og’ir bo’lib, Gollandlarning savdo ishlariga putur yetkazgandi. Bundan g’azablangan Gollandlar tajovuzkor Fransiya bilan qo’shni bo’lishdan qo’rqib, janubiy Niderlandiyaning ular tomonidan bosib olinishiga yo’l qo’ymaslikka axd qildilar.

Ular ashaddiy dushmanlari Ispaniya qirollari bilan ittifoq tuzishni afzal ko’rib, ular talablariga rozi bo’ldilar. 1665-1667 yillarda Angliya Gollandiyaga qarshi ikkinchi muvaffaqiyatsiz urush olib borayotgan edi, lekin Angliya parlamenti 1668 yil Karl II ni o’z yo’lini o’zgartirishga va Fransiyaga qarshi Gollandiya bilan ittifoq tuzishga majburladi. Bungacha qirol Fransiyaga Angliya bilan ittifoq tuzishni taklif qildi, lekin Lyudovik XIV uni qabul qilmadi, chunki unga ko’ra Ispaniyaning hamma mustamlakalari Angliyaga o’tishi kerak edi. Shunday qilib, Gabsburglarga qarshi kurashda kechagina ittifoqchi bo’lgan Gollandiya, Shvesiya, Angliya, Ispaniya bilan birlashib Fransiyaning dushmaniga aylandi. Fransiya urushga diplomatik jihatdan yaxshi tayyor emasdi. Shu sababli Gollandiya va Ispaniya Germaniya ustiga qilgan yurishlar keskin bo’lsa-da, Lyudovik V bir yildan so’ng 1668 yidayoq urushni shoshilinch sur’atda to’xtatishga majbur bo’ldi. Axen sulhiga ko’ra Fransiya Finlyandiyaning bir qismini ya’ni Liml shahrini o’zida saqlab qola oldi. 1672 yili eng yaxshi lashkarboshilari Tyurek va Konde rahbarligidagi fransuz armiyasi janubiy Niderlandiyaga va Gollandiyaga xujum qildi. Olib bo’lmaydigan mustahkam deb hisoblangan va bir vaqtlar ispanlarga qarshi qurilgan golland qal’alari olindi. Fransuz qo’shinlari Gollandiyaning ichiga bostirib kirdi. Amsterdam Oranskiy juda keskin harbiy choralar ko’rdi, to’g’onlar buzdirildi, katta bir territoriyani suv bosdi, Fransuz qo’shinlari chekinishga majbur bo’ldi. Lekin Vilgelmning choralari muvaffaqiyatliroq edi. Uning choralari Fransiyani bir qism qo’shinlarini Germaniyaga yuborishga majbur qildi, bu qo’shinlar Germaniyada hamma yoqni xarob qildi. Shunday qilib xalqaro vaziyat Fransiya uchun yana noqulay tus ola boshladi. Lyudovik XIV 1679 yilda Nimvegon sulhini tuzdi. Ispaniya unga janubiy Niderlandiyadagi yana bir qancha shaharlarni berdi. Bu shartnoma birinchi Fransuz tilida yozilgan shartnoma bo’ldi. Lyudovik XIV ning ishtahasi osha bordi, u shimoliy Italiyani, butun g’arbiy Germaniyani, uning toj-taxtini da’vo qila boshladi. Imperator Leopold I ning ahvoli mushkul edi, u ikki tomonlama savdoda - Fransiya va Turkiya xavfi ostida edi. 1686 yili asosan