XVIII-XIX ASR O‘RTALARI TARIX FALSAFASI
XVIII-XIX ASR O‘RTALARI TARIX FALSAFASI REJA: 1. Anglo-frantsuz tarix falsafasi 2. Nemis tarix falsafasi 3. J.J. Russoning ijtimoiy – siyosiy qarashlari. 4. Pozitivizm. 5. Nemis klassik falsafasining tarixiy falsafiy g‘oyalari. 6. I.Kant tarixiy – falsafiy qarashlari.
Yevropada tarix falsafasi yuqorida aytganimizdek, falsafaning muhim yo‘nalishi sifatida XVI ІІ asrlarda yuzaga keldi. Bu paytga kelib tarixni falsafiy idrok etish ijtimoiy fanlar doirasida ilmiy-nazariy tadqiqotning butunlay yangi bosqichi darajasiga ko‘tarildi. Tarix falsafasi atamasi birinchi marta 1765 yili Volter tomonidan ilgari surildi va tarixshunoslik, jamiyatshunoslik, demografiya, etnografiya hamda falsafa fanlarining umumiy va uzviy bir qismi sifatida butunlay yangi yo‘nalishni ochib berdi. I. G.Gerder tadqiqotlarida tarix falsafasining fan sifatidagi aniq yo‘nalishlari belgilab berildi. Tarix falsafasi taraqqiyotida Gegel, O. Kont, N. Ya. Danilevskiy, O.Shpengler, A. Toynbi, P. A. Sorokin, K. Yaspers, K. Popper va boshqalar beqiyos hissa qo‘shdilar. Anglo-frantsuz tarix falsafasi Keyingi yuz yilliklarda jahon tarixini o‘rganish, uni tadqiq etishda sivilizatsiyaviy yovdashuv tendentsiyasi ustuvorlik qilmoqda. Bu Osvald Shpengler falsafasining Arnold Toynbi tomonidan davom ettirilganligi va lokal sivilizatsiya nazariyasi mumtoz shaklining vujudga kelganligi bilan belgilanadi. Darhaqiqat, Toynbi «Mashhur sivilizatsiyalar soni unchalik ham katta emas, bizga faqat yigirma bitta sivilizatsiyaga bo‘lish mumkin bo‘ldi. Biroq ularni davom ettirish mumkin. Turli xalqlar, davrlar va mamlakatlarda o‘ziga xos turli rivojlanish hodisalari yuz bergan. Biroq har tomonlama mustaqil va jiddiy sivilizatsiyalar soni o‘ndan ortmaydi», – deydi. Toynbi shunday qilib yigirma bir sivilizatsiya hodisasini e’tirof etadi. Ular qatoriga Arab, Xitoy, Shumer, Mayam, Hind, Ellin, G‘arb, Xristian (Rossiya), Uzoq Sharq (Koreya va Yaponiya), Eron, Misr, Arab, Meksika, Vavilon va boshqa sivilizatsiyalar kiradi. Frantsuz falsafasining yirik namoyandalaridan biri Reymon Arondir. U milliy tarix falsafasiga ratsionalistik yo‘nalishning yorqin namoyandasi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Uning tarixni o‘rganish va tarixiy tafakkur masalalariga bag‘ishlangan «Falsafaga kirish», «Tanqidiy tarix falsafasi», «Tarixiy tafakkur o‘lchovlari», «Sotsiologik tafakkur taraqqiyoti bosqichlari», «Taraqqiyot sog‘inchi»,
«Demokratiya va totalitarizm» singari asarlari frantsuz tarix falsafasi maktabida butunlay yangi yo‘nalishni boshlab berdi. Nemis tarix falsafasi Nemis tarix falsafasining yirik namoyandalaridan biri Osvald Shpenglerdir. U o‘zining mashhur «Yevropa quyoshining so‘nishi» asarida tarix falsafasining o‘ziga xos yo‘nalishi haqidagi g‘oyalarini ilgari suradi. Shpengler dunyoni mistik qarashlar orqali anglash, insonning intuitsiyasi, ichki hissiyot va voqelikni his qila olish imkoniyatlari xususida fikr yuritadi. Shpengler xulosasiga ko‘ra «Qancha odam va madaniyat bo‘lsa, shuncha dunyo mavjud. Har bir alohida inson uchun yagona, mustaqil, abadiy dunyo mavjud. Dunyoning bunday mavjudligi har bir inson uchun doimiy yangi, bir marta amalga oshadigan, hech qachon qaytarilmaydigan kechinmadir». Bir qarashda, darhaqiqat, har bir odam alohida va mustaqil olam. Uning o‘z dunyosi bo‘lganidek, o‘z ibtidosi va intihosi ham bor. U tashqi dunyoni o‘zining ichki olami orqali o‘zicha tushunadi, o‘zicha anglaydi, unga o‘zicha baho beradi. Demak, insoniyat tarixi har bir odam uchun garchi u yaxlit, bir butun tarix, real tarixiy jarayon bo‘lsa-da, uni anglashda o‘ziga xoslik, unga yondoshishda xususiylik bo‘lishi tabiiy. Demak, real tarixiy jarayon real inson tasavvurida real fikr-xulosaga aylanishi mumkin. Ana shu holatdan kelib chiqib ham Shpengler «ilmiy bilish bu o‘z-o‘zini anglashdir» degan g‘oyani ilgari suradi. Tarixni anglash, tarixni falsafiy tushunish orqali inson o‘zligini anglaydi va o‘ziga xos qadriyatga aylanadi. Bunday jarayon insonda intuitiv imkoniyat, his qilish qobiliyati orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun Shpengler tarixni tushunish va tarixga munosabatda intuitsiya, his-tuyg‘u mohiyatini ustuvor qiladi. Ana shundan kelib chiqib tarix mushohada, voqelikni to‘g‘ri his qila olish, tabiiy intuitsiya natijasi degan g‘oyani ilgari suradi. Hatto, u tarixni hissiyot orqali tushunish g‘oyasini ilgari surar ekan, «agar kim buni his qilmasa, tarix bilan shug‘ullanmasin, tabiatni bilishga o‘rganish mumkin, lekin tarixchi bo‘lib tug‘ilish kerak. Tarixchining kuchi shundan iboratki, u ongsizlik darajasida tarix jarayonini instinktiv ravishda biladi, bunday uslubda har qanday inson ham ishlay olmaydi»,
– deydi. Ana shu fikrdan ma’lum bo‘ladiki, tabiatni bilish uchun bilimning o‘zi etarli, tarixni anglash uchun esa uni his qila olish, tarixiy jarayon ortida yotgan inson taqdiri, mohiyati, hayot mazmuni va kechinmalari, sevinch va iztiroblari yotganligini ham anglamoq zarur ekan. Ana shunda har bir tarixiy voqelik tarix falsafasiga aylanadi. Demak instinkt va his qila olish qobiliyati, intuitsiya quvvati tarixchi uchun noyob va qimmatli fazilatdir. Shpengler sivilizatsiyani madaniyat belgisi sifatida tushunadi va har qanday madaniyat o‘z taraqqiyot bosqichlariga, o‘zining sivilizatsiyasiga ega degan goyani ilgari suradi. Uning nazarvda sivilizatsiya madaniyatli insonlarga xos hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. O.Shpengler madaniy taraqqiyot, tarix rivoji, uning dinamizmi xususida fikr yuritar ekan, «har qanday madaniyat insondek hayot kechiradi. Ularning o‘z bolaligi, o‘smirligi, o‘rta yoshliga va qariligi bo‘ladi», - deydi. Demak, har qanday madaniyat o‘zining ibtidosi va intihosiga ega. Shuning uchun ham turli davrlarda yuz bergan turli mintaqalardaga sivilizatsiyalar qaysidir darajada susayish, orqaga ketish holatlarini ham boshdan kechirgan. Ana shu tarixiy dalillar hamda insoniyat o‘tmishidagi buyuk ko‘tarilishlar va tanazzullarni nazarda tutib O.Shpengler har qanday sivilizatsiya tanazzulga mahkumdir, degan fikrni ilgari suradi. Sivilizatsiyalar taqdiri, uning istiqboli xususida gapirar ekan, «mening fikrimning markazini taqdir g‘oyasi tashkil qiladi. O‘tib ketganlarning taqdiri ham shunday bo‘lgan, hozirgi G‘arbiy Yevropa madaniyatini ham halokat kutmoqda», deydi. Shunday qilib, O.Shpengler insonning biologik mavjudot sifatida yaratuvchilik imkoniyatlarini, bu imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaruvchi ilohiy qudrat ruh, e’tiqod ekanligini ta’kidlaydi. Dunyoni anglashda, olamni tushunishda uning ana shu g‘oyalari yaqqol ko‘zga tashlanadi va «tabiatni mushohada qilish asnosida diniy e’tiqod yotadi. Dindan oldin paydo bo‘lgan tabiiy bilim yo‘qdir. Ana shu nuqgai nazardan qaraganda katolikcha va materialistik tabiatni bilish o‘rtasida hech qanday farq yo‘qdir. Ular bir narsa to‘g‘risida, lekin har xil tilda gaplashadi. Hattoki ateistik soha ham diniy asosga egadir. Hozirdagi mexanika ham xristian aqidalaridan andoza olgandir», deydi. Bu bilan O. Shpengler ruh
birlamchi, e’tiqod hatti-harakatlar va voqeliklarni boshqaruvchi ilohiy qudrat degan xulosaga keladi. Uning nazarida insoniyat tarixi – bu juda uzoq va ming yilliklarni qamrab olgan yaxlit olam, ruh va e’tiqod orqali inson tomonidan amalga oshirilgan buyuk haqiqatdir. Olamni anglash o‘z-o‘zini anglashdan boshlanadi, deydi O. Shpengler. Bunday qarashlar qaysidir darajada undan bir necha asrlar oldin Sharqda yuzaga kelgan ruh falsafasini eslatadi. Jumladan, A.Bedil, J.Rumiy, A.Nasafiy, N.Kubro va boshqalar ilgari surgan g‘oyalarda ruh birlamchi, jism esa o‘gkinchi, ruh – botin, jism – moddiy tariqasida talqin etiladi. Jumladan, A.Nasafiy «... ulug‘ olamning avvalu oxiri, zohiru botini, mohiyat va shakllarini anglab etish uchun o‘zining mohiyatini, zohiru botinini anglab etkin. Bundan boshqa yo‘l yo‘q», degan edi. Nemis tarix falsafasi maktabi jahon falsafa fanining I.Gerder, V.Gumboldt, G.Gegel, I.Kant, A.Shopengauer, G.Rikkert, V.Diltey, E.Trelch singari yirik namoyandalarini etishtirib berdi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra nemis tarix falsafasi ingliz-frantsuz ma’rifatparvarligi qarashlariga teskari bo‘lgan yo‘nalishni ishlab chiqdilar va o‘z g‘oyalarini ilgari surdilar. E. Trelchning xulosalariga ko‘ra nemis va ingliz-frantsuz tarix falsafasi o‘rtasidagi farq ko‘zga yaqqol tashlanadi. Nemis maktabi o‘zining diniy-mistik xarakteri bilan alohida ajralib turadi. O‘z navbatida ingliz-frantsuz maktabi tarix cho‘qqisini ma’rifatparvarlik ideallari orqali kashf etdi. Tarixiy taraqqiyotning universal kontseptsiyasi Gegel tomonidan vujudga keltirildi. Ayni u tarixiy dinamika nazariyasini yaratdi va bu sohada o‘ziga xos olamshumul yangilikni vujudga keltirdi. Yoki boshqacha qilib aytganda, E.Trelch xulosalariga ko‘ra «barcha tarixiy taraqqiyot nazariyalari qandaydir undan chekinganday, unga qarshi turganday ko‘rinsada, biroq ularning barchasi uni butunlay inkor eta olmadi. Shuning uchun ham tarixiy dinamikaga doir barcha tadqiqotlar tarixiy dialektika tushunchasidan kelib chiqmog‘i darkor». Ayni ana shu tarixiy dialektika tarixiy taraqqiyot dinamikasini, uning taraqqiyot qonuniyatlarini, rivojlanish omillarini o‘zida mujassam etadi va barcha