logo

XIX ASR OXIRI - XX ASR TARIX FALSAFASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.1875 KB
XIX ASR OXIRI - XX ASR TARIX FALSAFASI
REJA:
1. O. Shpengler – Yevropaning so‘nishi.
2. A.Toynbi kontseptsiyasi
3. Jahon rivojining zamonaviy kontseptsiyasi
4. “Tarixning intihosi (nihoyasi)” kontseptsiyasi
5. Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi kontseptsiyasi. O. Shpengler – Yevropaning so‘nishi.
Osvald   Shpengler   1880   yilning   29   mayida   Gori   yaqinidagi   mo‘jazgina
Blankerburg shahrid a tug‘iladi. 1887 yilda Shpingler oilasi  Zost  shahriga ko‘chib
o‘tishadi.   Shpengler   bu   erda   gimnaziyaga   o‘qishga   kiradi.   U   yillar   o‘tgach   yana
Goriga   ko‘chib   o‘tishadi.   Shpengler   Latinadagi   o‘quv   bilim   yurtida   o‘qiydi.   Bu
o‘quv   bilim   yurti   o‘z   asoschisi   ilohiyotchi,   pedagog   Avgust   German   Farnke
nomida   edi.   Bu   erda   qadimiy   tillar   chuqur   o‘rgatilar   edi.   O.Shpengler   nemis
faylasufi   va   XX   asr   tarix   falsafasi   kontseptsiyasining   namoyandasi   hisoblanadi.
1904 yilda Shpengler Garida “Geraklit falsafasining metafizik g‘oyasi” mavzusida
imtihon   topshirib,   gimnaziyada   tabbiy   fanlardan,   matematika,   tarix   va   nemis
tilidan   dars   berish   huquqiga   ega   bo‘ldi.   1908  yildan   1911  yilgacha   Gamburgdagi
Genrix Gerts gimnaziyasida dars beradi keyinchalik u bu ishni tashlab yozuvchilik
bilan shug‘illanadi.
Shpengler   keyinchalik   Myunxenga   ko‘chib   borib,   u   erda   hech   kim   bilan
muloqotga   kirishmay   “Evrpoaning   so‘nishi   nomli   mashhur   asarining   qoralama
variantini yozadi. Nihoyat bu kitobning birinchi jildi 1918 yilda nashr qilindi va u
muallifga   shon–shuhrat   keltiradi.   1919   yilda   “Prusschilikva   sotsializm”   nomli
uncha   katta   bo‘lmagan   asarini   yozadi.   1922   yilda   esa,   “Yevropaning   so‘nishi
asarining ikkinchi jildi nashrdan chiqadi.
1925  yilda  Shpengler  siyosatdan   qatiy  ravishda   uzoqlashadi.   U  o‘z   diqqatini
ilmiy   faoliyatga   qaratadi.   Shpengler   falsafaning   metafizik   masalalari   to‘g‘risida
yakunlanmagan  qisqa  asarlar  yozadi.  Shu  bilan  bir  qatorda Shpengler   etnologiya,
masalalari bilan ham shug‘illandi. Bu faoliyat uni dunyoning yangi tarixini ishlab
chiqishga olib keladi. Uning bu g‘oyasi  bir  necha maqolalarida o‘z aksini  topadi:
“Amerika   madaniyati”,   “Falak   gardishi   va   uning   dunyo   tarixidagi   ahamiyati”,
“Xristianlikning   ikkinchi   ming   yilligida   dunyo   tarixi   masalalariga   oid   lavhalarda
bu maqolalar birlamchi savollarda nomli to‘plamda nashr qilinadi.
Shpengler falsafasining markaziy mavzusi – tarix lekin tarix madaniyat orqali
tushuntiriladi.   Har   bir   madaniyat   aylanma   harakatga   ega,   yani   tug‘iladi,   ravnaq
topadi va halokatga yuz tutadi. Yevropa madaniyati ham oxirgi uchinchi bosqichni o‘z   boshidan   kechirmoqda.   Tarix   taqdirga   o‘xshamaydi.   Har   bir   madaniyat   o‘z
qobig‘iga joylashgan boshqa madaniyatga o‘z yutuqlarini bera olmaydi. Shpengler
o‘zining tarixiy kontseptsiyasini yaratganda ko‘pgina falsafiy masalalrni ko‘taradi.
Jumladan,   ijtimoiy   –   siyosiy   muammolar   ham   o‘ziga   xos   ravishda   madaniyat
tushunchasi orqali o‘z echimini topgan.
“Yevropaning   so‘nishi”   asari   nashr   etilishi   nafaqat   Germaniyaning   turli
qatlamlari   orasida,   balki   rus   ziyolilari   orasida   ham   katta   qiziqish   uyg‘otdi.   Tarix
falsafasini yaratishda u mistik intuitsiyaga tayandi. Xuddi ana shu uslub unga katta
muvaffaqiyat olib keldi. “Yevropani so‘nishi” asrida Shpengler etiborini Yevropa
madaniyati taqdirini ochib berishga qaratilgan. Asarning boshlanishi u ” hali hech
kimning miyasiga tarixni tushunishdagi bunday inqilobiy fikr kelmagan”, - deydi,
u o‘zining tarixiy ta’limotini  o‘zi  bilgan  ta’limotlarga qarshi  qo‘ydi. Lekin ayrim
g‘oyalarni   Nitsshe   va   Gyotedan   olganligini   tan   oladi.   Shpengler   tabiat   haqidagi
fanlarga ruh haqidagi fanlarni qarshi qo‘yadi. Tabiat va tarix faqatgina sube’ktning
ongidagina  kechinmalaridagina   o‘z  voqeligini   oladi.  Mustaqil   reallik   sifatida  ular
mumkin   emas,   faqat   ruhdagina   mavjud,   yani   subektsiz   obekt   mumkin   emas”
subekt   “umuman   ongdir”,   dunyo   asosida   “men”   yotadi,   ana   shu   “men”orqali   u
o‘zini  nomayon qildi. “Men”  – yakka ong emas, balki  xalq, madaniyat, insoniyat
va   turli   kechinmalar   Shpenglerning   asosiy   g‘oyasi   tarix,   alohida   yashirin
madaniyatlarning   almashinuvidir.   U   tarixni   uzluksiz   jarayon   sifatida   inkor   qiladi
va   tarixiy   taraqqiyotni   ham   inkor   qiladi.   Shpengler   fikricha,   G‘arb   odami   uchun
tarix   butunlay   o‘zgacha   ko‘rinishga   ega.   Tarixning   markazi   “dunyo   tarixining”
bitta kichkina sayyoradagi olti ming yilligini tashkil qildi. Shu manzara, Shpengler
takidiga   mohiyatan,   bizning   uyg‘oq   ongimiz   mahsulidir.   Shu   asosda   G‘arb   ruhi
o‘zini anglaydi, shu zaruriy shakl orqali mavjudlikni mushohada qiladi.
Tarixni   faqat   his   etish   kerak,   tarixda   faqat   yashash   kerak.   Shpengler   uchun
tarixni  bilish  uslubi  o‘xshashliklardir  (anologya)  shunday  qilib qarixiy voqealarni
tahlil qilganda, ularning ichki qonuniyatlari, mantiqiy bog‘liqliklarini qidirmasdan
balki,   o‘xshashlikni   paralellarini   topishga   harakat   qilish   ana   shu   asosda   tarixni
yaratish kerak. Shpenglerning fikricha uni “Hayot falsafasi” namoyandalariga yaqinlashtiradi,
lekin   shu   bilan   bir   qatorda   farqi   ham   bordir,   yani   tabiat   bilan   tarix   ziddiyati
ularning   obektlarida   emas,   balki   bilish   uslublarida   farqlanadi.   “Tabiat   va   tarix   –
deb   yozadi   Shpengler   –   mana   shu   ikki   qarama–   qarshi   uslub,   o‘ziga   borliqni
tartibga   solishga   urinadi.   Agar   har   bir   vujudga   kelayotgan   jarayonni   mavjudlik
nuqtai   nazaridan   ko‘radigan   bo‘lsak,   borliq   tabiatga   aylanadi,   imkoniy   vujudni
zaruriy   vujudga   (jarayonga)   bo‘ysundirsak   tarix   bo‘ladi,   deydi   Shpengler.
Jumladan tafakkur ishga solinsa, uning o‘lik tushunchalari va qonuniyatlari tabiatni
tushuntirishga harakat qiladi.
Ichki   ishlarimizga,   hissiyotimizga,   intuitsiyamizga   murojaat   qilsak   ko‘z
o‘ngimizda   tarix   namayon   bo‘ladi.   Tabiat   tafakkur   faoliyati   natijasidir,   bilish
oqibatidir.   Tarix   esa   mushohada,   intuitsiya   natijasidir.   Har   bir   madaniyatning
hayotini taqdir boshqaradi. Taqdirni Shpengler fikricha his qilish kerak. Agar kim
uni   his   qilmasa,   tarix   bilan   shug‘illanmaslik,   tabiatni   bilishga   o‘rganish   mumkin
lekin   tarixchi   bo‘lib   tug‘ilish   kerak.   Tarixchining   kuchi   shundan   iboratki,   u
ongsizlik darajasida tarix jarayonini instinktiv ravishda biladi, bunday uslubda har
qanday inson ham ishlay olmaydi.
Tarixning   mazmuni   uning   ruhida   namoyon   bo‘ladi.   Madaniyat   ruhiyatning
tashqi   ko‘rinishidir.   Shpengler   sakkizta   madaniyatni   sanab   o‘tadi.   Bular   Xitoy,
Bobil,   Misr,   Hind,   antik,   arab,   g‘arb   va   maya   xalqining   madaniyatidir.   Rus
madaniyati   haqida   alohida   etibor   bilan   gapiradi.   Har   bir   madaniyat   qaytarilmas,
o‘ziga xos va yagonadir. Har bir madaniyatning asosida o‘ziga xos ruhiyat yotadi.
Masalan   antik   madaniyatda   –   Apollon   ruhiyati   arab   madaniyatida   mistik
(afsungarlik) ruhiyati g‘arb madaniyatida – Faust ruhiyati yotadi.
Shpengler   tarixchi   va   faylasuflarni   butun   dunyo   tarixini   “Qadimgi   va   yangi
davr”   tarixiga   ajratishlarni   tanqid   qiladi.   Bu   ajratish   faqat   g‘arb   mamlakatlariga
xosligini   Shpengler   yozadi   va   shu   erda   G‘arb   tarixchilarining   Yevropa
markazchiligi tamoyilini tanqid qiladi.
Shpenglerning   “Yevropaning   so‘nishi”   asari   nafaqat   tarix   falsafasiga
bag‘ishlangan, unda siyosiy masalalar ham ko‘tarilgandir. U so‘z boshida shunday yozadi:   “   Bu   kitobda   kelajak   tarixni   aniqlashga   harakat   qilingan,   vazifa   shundan
iboratki,  nihoyasiga   etayotgan  er  yuzasidagi   yagona  madaniyatning,  yani  G‘arbiy
Yevropa   madaniyatining   taqdirini   o‘rganishdir”.   Muammo   G‘arb   halokati
sivilizatsiya   masalasiga   kelib   taqaladi.   U   ko‘hna   tarixning   asosiy   masalalaridan
biridir.
Har bir madaniyatning o‘z sivilizatsiyasi bo‘ladi. Sivilizatsiya eng oxirgi, eng
suniy   holatdir.   Sivilizatsiya   eng   madaniyatli   insonlarga   xosdir.   Shpengler
sivilizatsiya   haqida   gapirib,   shahar   to‘g‘risida   ham   fikr   yuritadi.   Yani   shahar
o‘zlikni yo‘qotishlik sifatida ruhiyatning o‘lishi sifatida paydo bo‘ladi.
“Madaniyat   –   ruhiyat,   sivilizatsiya   esa   tafakkurdir”   –   deb   yozadi   Shpengler.
G‘arbda   madaniyatdan   sivilizatsiyaga   o‘tish   qadimda   qadimda   –   VI   asrda   sodir
bo‘lgan.   Shahar   sivilizatsiyaning   oqibatidir.   Madaniyatli   insonda   quvvat   inson
ichiga   yo‘naltirilgan   sivilizatsiya   inikosida   esa   quvvat   tashqariga   yo‘naltirilgan.
Hayot   imkoniyatni   amalga   oshirishdir,   tafakkurli   insonlarda   imkoniyat   cheksiz
kengdir.   Shpengler   qatiy   ravishda   umumdunyo   tarixini   inkor   qiladi.   U   shunday
yozadi:   “Insoniyat   men   uchun   zoologik   birlikdir”.   Men   G‘arbiy   Yevropa
faylasuflarining fikrlarida insoniyat ravnaqi, maqsadi va yo‘llarini ko‘rmayapman.
Tarixni   ananaviy   tarzda   qadimgi,   o‘rta   va   yangi   davrga   bo‘lishni   Shpengler   juda
tor doiradagi provintsializmga kiritadi. Uning uchun yagona insoniyat tarixi yo‘q,
faqat   alohida   ajralgan   madaniyatlar   mavjuddir.   Ular   tasodifan   paydo   bo‘ladi,
rivojlanadi va halok bo‘ladi. Misoli dalada o‘sgan gul taqdirini boshidan kechiradi,
o‘simliklar,   hayvonot   olamiga   o‘xshash   morfologik   organizmlar   bo‘lgani   kabi
tarixda   ham   xuddi   shunday   organizmlar   mavjud,   bu   tarix   morfologiyasi   har   bir
madaniy organizm uchun davr va bosqichlarni belgilaydi. “har qanday madaniyat –
deb yozadi Shpengler, - insondek hayot kechiradi. Ularning o‘z bolaligi, o‘smirligi,
o‘rta yoshi va qariligi bo‘ladi”.
Shpengler   fikricha   yagona   falsafiy   taraqqiyot   yo‘li   mavjud   emas.   Shu
jumladan turli madaniyat mutafakkirlari uchun yagona masalalar ham yo‘q. Sanat
asarlari, axloqiy tamoyillar kabi falsafiy masalalarni ham faqat o‘z dari ruhiyatida
aks ettiradi. Shuning uchun ham, - deydi Shpengler  tabiat  bilan ruhning ziddiyati faqatgina   bizning   faylasuflarimizni   qiziqtiradi.   Boshqa   madaniyat   faylasuflari
uchun bu masala qiziqish ham uyg‘otmaydi, uni anglamadilar ham.  Har bir masala
o‘z davrining faqat o‘z davrining inikosidir. Har bir shunday falsafa - deb yozadi
Shpengler - birinchi so‘zidan to ohirgi jumlasigacha mavhum mavzulardan o‘ziga
xos xususiyatlarigacha, tarixiy chegaralangan insoniyatning sof belgisidir, shuning
uchun   ham   ular   o‘tkinchidir,   ular   o‘z   hayotiy   davriyligiga   harakat   tezligiga   ega.
Har   bir   davrning   o‘zining   mavzusi   bor   ushbu   mavzu   faqat   shu   davr   uchun
ahamiyatga egadir.
Paydo   bo‘lgan   madaniyatning   taqdiri   qanday   bo‘ladi?   qanday   yo‘lni   bosib
o‘tadi? Shpengler fikricha, bu yo‘l uch davrdan iborat. Birinchisi, eng uzundir. Bu
davr tayyorlov davridir, yani xaos (tartibsizlik) ning dastlabki holati, bolalik va va
kuchning   to‘planishidir.   Keyin   madaniyat   davri   boshlanadi.   Bu   davr   muayyan
madaniyatning   berilgan   ichki   imkoniyatlarini   yuzaga   chiqarish   va   amalga
oshirishdir,   suratli   ijodiyotdir.   Ana   shu   davrda   hamma   manaviy   qadriyatlar
shakllanadi,   diniy   etqodi   mustahkamlanadi,   metafizik   tizimlar   tuziladi,   sanatning
noyob sohalari, asarlari vujudga keladi.
So‘ngra, madaniyat o‘zining uchinchi oxirgi davriga qadam qo‘yadi – orqaga
ketish   davri,   yani   sivilizatsiya   davri   boshlanadi.   Bu   davrda   manaviy   hayot   so‘na
boshlaydi,   diniy   etiqod   susayadi,   falsafiy   ta’limotlar   yuzaki   bo‘lib   qoladi,   sana’t
ham o‘ladi. Quruq ratsionalizm va materializm dunyoqarash asosini tashkil qiladi.
Hayotning tashqi tomonlari ichki ruhiyatni engib boradi.
Har bir  madaniyat  davri, hayoti, Shpengler fikricha 1000 yilni tashkil  qiladi,
sivilizatsiyaning oxirgi davri 200-300 yilni tashkil qiladi. Har bir madaniyat, taqdir
taqozosi   bilan   bir   xil   davrni   boshidan   kechiradi.   Shpenglerning   tarix   falsafasini
asosiy g‘oyasi shulardan iborat.
A.Toynbi kontseptsiyasi
Arnold Toynbi 1889 yilda dunyoga kelgan. U ham XX asr falsafasining yirik
vakillaridan   biri   hisoblanadi.   U   33  yoshida   Buyuk   Britaniya   ichki   ishlar   vazirligi
mahkamasida   katta   lavozimda   ishlaydi.   U   shu   paytda   tarixiy   jarayonni   tadqiq qilish   dasturini   tuzadi   va   “   tarix   davrlari”   nomli   12   jilddan   iborat   asosiy   asarini
yozadi.
Toynbi   dunyoviy   tarixni   harakatga   keltiruvchi   kuchli   sivilizatsiyani
tug‘diruvchi   va   halokatga   olib   keluvchi   imkoniyatlarni   ochib   berishni   o‘z   oldiga
maqsad   qilib  qo‘yadi.  XX   asrning   boshlarida   esa   sivilizatsiyalar   ham   yo‘q   bo‘lib
ketuvchi   xususiyatga   egaligi   aniq   bo‘lib   qolgan   edi.   Jumladan   birinchi   jahon
urushi,   kimyoviy   qurollarning   qo‘llanilishi,   suv   osti   va   samo   urushlari,   Xirosima
va   Osventsim   hodisalari   fikrimizning   dalili   bo‘la   oladi.   Shunday   davrda
madaniyatning   tug‘ilishi,   rivojlanishi   va   halokati   dolzarb   masalaga   aylanadi.
Toynbi   o‘z   tadqiqotini   rivoji   va   halokati   dolzarb   masalaga   aylandi.   Toynbi   o‘z
tadqiqotini tarixiy jarayonning predmet chegarasini (hamma uchun tushunarli tilda)
aniqlab   olishdan   boshlaydi.   U   Angliyaning   tarixiy   yo‘lini   o‘rganadi,   va   shunday
xulosaga keladiki, bunday birlik milliy davlat bo‘la olmasligini tasdiqlaydi. Buning
sababi, Angliyaning tarixi boshqa mamlakatlar tarixi bilan minglab sotsiomadaniy
rishtalar   orqali   chambarchas   uzviy   bog‘lanib   ketgan   edi,   uni   bu   munosabatlardan
uzib olib, xolis o‘rganish bajarib bo‘lmaydigan vazifaga aylanadi. Shuning uchun
ham tahlil sifatida tarixchi yuqoriroq birlikni olishi zarur.
Toynbini   tushunish   uchun   uni   diniy   faylasuf   ekanligini   xotirada   tutish
lozimdir. Diniy xristianlik ongi uchun esa haqiqat mezoni tafakkurini ham, ilohiy
anglashni   ham   o‘z   ichiga   oladi.   Shuning   uchun   Toynbi   o‘z   ijodida   qatiy   ilmiy
bilish   hamda   ratsional   intuitsiya   uslublaridan   foydalangandir,   u   inson   orqali
amalga oshadi, shu jihatdan uni bilish ilohiy anglashni talab qiladi. Ilohiy anglash
bo‘lganligi uchun tarix mazmunga egadir. Inson ana shu mazmunni egallashi shart.
Toynbi   butun   tarixni   egallashni   istaydi,   shuning   uchun   ham   xuddi   shifokor
bemorining   alohida   organizmini   o‘rgangandek,   tarixni   tashkil   etuvchi   qismlarini
tahlil   qilishga   kirishadi   tadqiqotning   maqsadi   esa   sotsiogenezning   mexanizmini
ochib berishdan iboratdir. Bu mexanizm yuqori darajada umumiylikka ega bo‘lishi
kerakki,   alohida   sivilizatsiyalarni   ham   jumladan   butun   tarixni   ham   qamrab   olsin.
Toynbi sotsiogenezisni harakatga keltiruvchi umumiy kuchni topish mushkulligini
anglab etadi. U ana shu kuchni qanday ishlash mexanizmini ochishga intiladi. Toynbi sivilizatsiya genezisini uch komponentdan iborat deydi. Ular universal
davlat,   dunyoviy   cherkov   va   qabila   harakati.   Ana   shu   tuzilmaning   mavjudligi
sivilizatsiyani   tashkil   qiladi.   Biroq   sivilizatsiyalar   o‘z-o‘zidan   shakllanmaydi.
Uning   rivoji   uchun   o‘ziga   xos   tarixiy   davr   bo‘lishi   shart.   Bunday   davrni   Toynbi
“Chaqiruv   va   javob”   deb   belgilaydi.   Garchi   sivilizatsiya   genezisida   uch
komponentning xammasi mujassam bo‘lib, chaqiruv bo‘lmasa, u holda javob xam
bo‘lmaydi, natijada sivilizatsiya taraqqiy etmaydi.
Chaqiruv   davri   –   shunday   davrki,   bunda   jamiyat   qandaydir   xavf   ostida
bo‘ladi. Chaqiruv turlicha bo‘lishi mumkin. Chaqiruv davrini qadimgi Yunoniston
shahar   –   davlatlari   o‘z   boshlaridan   kechirganlar   ular   aholi   soni   o‘sib   ketishi
oqibatida   ozuqa   maxsulotlarining   kamayib   ketishi   va   eroziya   natijasida   hosildor
erlarning   qisqarib   ketishidan   azob   chekkanlar.   Shahar   davlatlar   (polislar)   bu
chaqiruvga   turlicha   javob   berganlar:   ayrimlari   (korinf,   Xolkida)   O‘rta   er   dengizi
qirg‘oqlarida   yashovchi   mahalliy   aholini   kaloniyalarga   aylantirganlar:   ayrimlari
(spartaliklar)   harbiy   yurishlar   uyushtirib   qo‘shni   aholini   bosib   oldilar   va   va
o‘zlariga   bo‘ysundirdilar,   uchinchilari   (Afina)   qishloq   xo‘jaligi   mahsulotlarini
import qilib, hunarmandchilikni jadallik bilan rivojlantirishga kirishdilar. Shunday
qilib bitta chaqiruvga uch hil javob berishdi. Buning natijasida bir – biridan tubdan
farq qiladigan uch xil jamiyat va madaniyat tashkil bo‘ldi.
Jumladan, Avstriyaning rivoji, Toynbi fikricha, Turkiyaga qarshi turishga olib
keldi,   Yevropaning   forportiga   aylandi.   Daryolar   o‘rtasidagi   sivilizatsiyaning   va
Misrning rivoji tabiat chaqiruviga javob tarzida shakllanadi – bu vaqti-vaqti bilan
daryoning toshib turishi bilan bog‘lanadi. Demak, yangi sivilizatsiya genezisining
asosi uchun chaqiruv davrining bo‘lishi majburiydir, usiz sivilizatsiyaning spontan
taraqqiyoti mutlaqo mumkin emas.
Shunday   qilib,   chaqiruv   va   javobning   o‘zaro   munosabatidan   iborat   bo‘lgan
tarix   yo‘li   abadiy   ravishda   turg‘unlik   yoki   halokat   o‘rtasida   harakat   qiladi.
Chaqiruv va javob har bir madaniyatning tarixiga oiddir, ular doim bir birlari bilan
o‘rin almashdi. Toynbi madaniy genezisning universal kalitini topishga intilmaydi,
u   ana   shu   genezisning   ishlash   mexanizimini   o‘ziga   xos   mazmun   bilan   to‘ldiradi. Toynbining   sivilizatsiyasi   ba’zi   kamchiliklardan   ham   xoli   emas.   Unda   qilingan
xulosalar   yaxlitlikni   tashkil   qilmaydi.   Shunday   bo‘lsa   ham,   Toynbining   tarix
falsafasi   ochiq   tizimdir   va   insoniyat   dunyo   hayotining   har   bir   chaqiruviga   javob
berishga qodirdir.
Demak,   Toynbi   madaniyat   va   insoniyat   tarixini   tsikllik   (davriy)   rivoji
g‘oyasini   ilgari   suradi.   Uning   fikricha,   yagona   dunyoviy   tarixiy   jarayon   mutlaqo
bemanilikdir.   Dunyoviy   tarix,   alohida   mustaqil   “sivilizatsiyalar”   tarixidan   iborat.
Sivilizatsiyalar   esa   o‘ziga   xos   madaniy   tuzilmadir.Ular   o‘z   hayot   yo‘llarida   uch
davrni   bosib   o‘tadilar   :   shakllanadi,   unib   –   o‘sadi,   gullaydi   va   nihoyat   halok
bo‘ladi. Boshqasining tuzilishi uchun o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi.
Shpinglerdan farqli ravishda Toynbi shuni takidlaydiki, yani sivilizatsiyalarni
birlashtiruvchi holqa mavjuddir. Bu holqa insoniyatning manaviy kamol topishini
o‘z ichiga oladi. Shunday bo‘lsa ham, Toynbi Shpinglerning ko‘pgina g‘oyalaridan
foydalanadi. Lekin u professional tarixchi sifatida aniq yorqin dallilarga suyangan
holda o‘z nazariy umumxulosalarini bayon etadi.
Jahon rivojining zamonaviy kontseptsiyasi
Sobiq ittifoq va jahon sotsializm tizimining falokatga yuz tutishi bilan halqaro
hamjamiyatning   geosiyosi   strukturasi   o‘zgardi.   Xalqaro   munosabatlarning   ikki
buyuuk   davlatni   AQSh   va   Sobiq   Ittifoqi   o‘rtasidagi   kuchlarning   ayniqsa   harbiy
sohadagi   nisbiy   mutanosibligiga   kapitalistik   va   sotsialistik   tizimlar   o‘rtasida
dunyoni   “sovuq   urush”   asosida   qarama–qarshi   bloklarga   bo‘linishiga   asoslangan
ikki   ikki   qutbli   sistemasi   barham   topdi   halqaro   hamjamiyat   halqaro
munosabatlarning   yangi   davriga   –   yangicha   dunyoviy   tartibotga   qadam   qo‘ydi.
Jahon   siyosatshunosligida   dunyoda   yuzaga   kelgan   yangicha   vaziyat   to‘g‘risida
bahs–munozaralar avj ola boshladi.
“Tarixning intihosi (nihoyasi)” kontseptsiyasi
Mazkur   munozaraga   birinchilar   qatori   “tarixning   intihosi”   ta’limotining
asoschisi   amerikalik   siyosatshunos   olim   Frensis   Fukuyama   hisoblanadi.   Uning
fikricha   eng   buyuk   kommunistik   davlat   –   Sovet   Ittifoqining   qulashi   va   ijtimoiy tuzum   sifatida   sotsializm   o‘z–o‘zidan   barham   topishi   dunyoning   bapolyar,   yani
ikki qutbli tizm tugashi va ko‘pqutblilik holatiga o‘tishi bilan cheklanib qolmasdan
anana’viy, yani ijtimoiy manoda tarihning ham intihosiga etishini anglatadi. “Tom
manoda   tarix   yakuniga   etdi:   mafkuraviy   evolyutsiya   tugadi   va   boshqaruvning
so‘nggi   shakli   sifatida   G‘arb   liberal   –   demokratiyasining   universiallashuvi
boshlandi”,   -   deb   yozadi   u.   Dunyo   endi   liberal   –   demokratiya   darajasiga   etgan
tarixdan   keyingi”   xalqlar   va   hali   “tarixda   mavjud”,   lekin   rivojlanishning   asosiy
maqsadi   mutlaq   g‘arblashish   (vesternizatsiya)   bo‘lgan   hamda   AQShda   o‘zining
yorqin ifodasini topgan g‘arbona qadriyatlar orqali “tarixdan keyingi” mamlakatlar
hamjamiyatiga   qo‘shilishidan   iborat   xalqlarga   bo‘linadi.   Aynan   AQSh   jahon
hamjamiyatiga   etakchilik   vazifasini   va   yangicha   dunyoviy   tartibot   uchun
masuliyatni o‘z zimmasiga oluvchi yagona buyuk davlat sifatida ko‘rsatmadi.
Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi kontseptsiyasi.
Siyosatshunos  olimlardan yana biri  bo‘lgan Amerikalik S.Xantington “sovuq
urush”   tugaganidan   so‘ng   o‘zgargan   dunyoda   ijtimoiy   madaniy   jarayonlar
dinamikasini   tushuntirishga   zamonaviy   dunyoda   ixtiloflarning   boshlanibgina
aniqlashaga   yo‘naltirilgan   yangi   paradigmani   yaratishga   harakat   qiladi.   U
“sivilizatsiyalar to‘qnashuvi” modelini ilgari surdi.
Xantington   fikricha,   ilgari   uch   xil   dunyodan   –   kapitalizm,   sotsializm   va
“uchinchi   dunyo”dan   tashkil   topgan   xalqaro   sistema   endi   8   ta   asosiy:   g‘arbona,
konfutsian, yapon, islom, induizm, provaslav – slovyan, Lotin Amerikasi va Afrika
sivilizatsiyalarini   o‘z   ichiga   olgan   yangi   tizimga   o‘tmoqda.   Raqobat   qiluvchi
harbiy bloklar uning fikricha ushbu sivilizatsiyalardan qaysi biriga tegishli ekanligi
bilan   farqlanadi.   Oxir   –   oqibat   kishilar   uchun   siyosiy   mafkura   yoki   iqtisodiy
manfaatlar   emas,   balki   etiqod  va   oila,  qon–qarindoshlik   va  ishonch,   yani   kishilar
o‘zlarini   qanday   anglashlari   nima   uchun   kurashlari   va   halok   bo‘lishlarini   bilish
muhimroqdir.   Ammo   Xantington   madaniy   –   tarixiy   maktabning   asoschilari
(Shpengler,   Toynbi,   Danilevskiy,   Sarokinlardan   farq   qilib,   sivilizatsion   o‘zlikni
anglashning   yangi   mezonlarini   ilgari   surdi,   xususan   bu   qurol   –   yarog‘,   ayniqsa
ommaviy   qirg‘in   qurollarining   tarqalishi,   inson   huquqlari   va   immigratsiya   bilan bog‘liq   jahonshumil   muammolarni   uzil   kesil   hal   etilishi   edi.   Sivilizatsiyalar
o‘rtasidagi   chegara   aynan   shu   muammolarning   hal   etilishiga   qarab   aniqlanadi.
Bunda   G‘arb   bir   tomonda,   qolgan   sivilizatsiyalar   yani   qolgan   dunyo   esa,   boshqa
tomonda joylashadi.
Xantington G‘arb sivilizatsiyasining  yaxlit bir butunlik sifatida sistemalararo
ixtiloflar davriga nisbatan dahshatliroq fojea oldida turganligi haqidagi tezis bilan
chiqdi.   Xantington   kontseptsiyasiga   binoan   kelajakda   geosiyosatdagi   markaziy
muammo   G‘arb   va   qolgan   sivilizatsiyalar   o‘rtasidagi   ixtilof   bo‘lib   qoladi.
“Sivilizatsiyalar   to‘qnashuvi   jahon   siyosatining   belgilovchi   omiliga   aylanadi.
Sivilizatsiyalar   orasidagi   o‘tmish   chizig‘i   G‘arb   va   qolgan   dunyo   o‘rtasidagi
munosabatlar orqali o‘tadi” shundan kelib chiqib, u G‘arbdagi hukmron doiralarga
g‘arbiy   sivilizatsiya   chegaralarida,   ayniqsa   AQSh   va   Yevropa   o‘rtasidagi
munosabatlarni   mustahkamlash,   boshqa   mamlakatlar   bilan   munosabatlarda
G‘arbning   manfaatlarini   himoya   qilish   maqsadida   ularning   ularning
imkoniyatlarini   qaytarish   zarurligi   haqidagi   g‘oyalar   bilan   murojaat
qiladi.“Sivilizatsiya   to‘qnashuvi”   modeli   tsivilizatsion   bag‘rikenglikka   rahna
soladi. U jahon jamoatchiligiga kelajakda g‘arb va boshqa mamlakatlar o‘rtasidagi
ixtilof   geosiyosatning   markaziy   o‘q   chizig‘i   bo‘lib   qolishligini   isbotlashga
qaratilgan. Ushbu model nafaqat olimlar o‘rtasida turli mamlakatlar, xususan islom
dunyosidagi   siyosiy   doiralarida   ham   turlicha   bazan   salbiy   munosabatga   sabab
bo‘lmoqda.   Masalan,   Eron   Islom   Respublikasining   sobiq   prezidenti   Sayyid
Muhammad Hotamiy tashabbusi bilan sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot masalasi
YUNESKOning   1999   yildagi   sessiyasidagi   va   BMTning   2000   yildagi   53-bosh
assambleyasida   muhokama   etildi.   Mazkur   ming   yillik   sammitida   XXI   asr   –
sivilizatsiyalararo muloqot asri, deb elon qilindi.
Bir   qator   G‘arb   ayniqsa   amerikalik   olimlarning   qarashlarida   avj   olgan
globalizm   g‘oyalari,   xususan,   Ayru   L.Strausning   1997   yilda   nashr   etilgan   “Bir
qutblilik,   yangicha   dunyoviy   tartibotning   markazlashgan   strukturasi   va   Rossiya”
maqolasida   yangicha   dunyoviy   tartibotning   “birqutblilik”   kontseptsiyasi   o‘z
ifodasini topdi. U xalqaro munosabatda zamonaviy tizimini majoziy manoda oddiy yong‘oqqa   qiyoslaydi.   BMT   va   boshqa   xalqaro   tashkilotlaruning   milliy   qobig‘ini
tashkil   etsa,   ichidagi   asosini   –   yadrosini   qolgan   dunyoni   boshqarib   turuvchi
buyuruq   beruvchi   markaz   –   G‘arb   tashkil   etadi.   Butun   tarixning   ilgarilanma
harakatini   u   ko‘p   qutblilik   ikki   qutblilik   bilan   almashinuvida   ko‘radi.   Shundan
kelib   chiqib,   u   G‘arbni   butun   dunyoni   boshqaruv   markazi   sifatida   tavsiflovchi
kelajak dunyoning bir qutblili konseptsyasini yaratdi.
Birqutblilik,   Straus   fikricha,   jahon   tarixida   yuksak   salmoqqa   ega   bo‘lgan
industrial   demokratiyalardan   tashkil   topadi   va   u   doirasida   AQSh   boshqa
davlatlarga etakchilik qiladi.
Jahon   hamjamiyatida   birqutblilikning   salmog‘i   faqat   uning   yaqqol   namoyon
bo‘lgan,   iqtisodiy   va   texnologik   salohiyati   bilangina   emas,   balki   qolgan
jamiyatlarning   modernizatsiyasi   g‘arblashtirish   tomon   borayotganligi   bilan   ham
belgilanadi,   deydi   Straus.   Boshqacha   qilib   aytganda,   birqutblilikning,   yani
G‘arbning   ustuvorligi,   eng   avallo,   mafkuraviy   omilga   aynan   esa   liberalizm
mafkurasiga   bog‘liq.   AQShning   sobiq   davlat   kotibi   Zbignev   Bjezinskiy   ham
“sobiq   ittifoqning   mag‘lubiyati   va   parchalanib   ketishi,   AQShning   yagona   va
haqiqatda   birinchi   asl   umumbashariy   davlat   sifatida   g‘arbiy   yarimshar
shohsupasiga   tez   suratlar   bilan   ko‘tarilishida   yakunlovchi   akkord   bo‘ldi.   Deb
takidlaydi.   Aksaryat   ilmiy   va   siyosiy   doiralarda   mazkur   kontseptsiyaga,   bir
maydonli,   bir   qutbli   dunyo   haqidagi   mulohazalarga   ilmiy   jihatdan   ham   siyosiy
jihatdan   ham   etarlicha   asoslanmagan   nuqtai   nazarlar   sifatida   tanqidiy   munosabat
bildirildi.
Yuqorida   ko‘rib   chiqilgan   G‘arbning   ayniqsa,   AQShning   hozirgi   zamonda
keskinlashib   borayotgan   barcha   umumbashariy   muammolarni   faqat   o‘z
manfaatlaridan   kelib   chiqqan   holda   o‘zi   xohlagancha   hal   etish   “huquqini
asoslovchi   kontseptsiyalardan   tashqari   bunday   kayfiyatlardan   ogoh   bo‘lishlilik
g‘oyasini   ilgari   suruvchi   ta’limotlar   ham   mavjud,   xususan   amerikalik   tadqiqotchi
Pol   Kenndi   o‘zining   “Buyuk   davlatlarning   ravnaqi   va   inqirozi”   kitobida
“imperiyaning   zo‘riqishi”   nazariyasini   ishlab   chiqdi.   U   o‘z   zimmasiga   xalqaro
hayotni tashkil etish va yakka holda etakchilik qilish ma’suliyatini olgan hech bir davlat   bunday   maqomni   uzoq   vaqtgacha   saqlab   tura   olmasligini   ko‘rsatib   berdi.
bunday davlat o‘zining ichki kuchlarini eng avvalo, iqtisodiy hayotini barbod qildi
va   oxir-oqibat   oddiy   davlat   holatiga   beixtiyor   o‘tib   qoladi.   Fransuz   tarixchisi
Emmanuel Todd “Imperiyadan so‘ng Amerikacha tizimning inqirozi haqida esse”
(2002)   kitobida   imperiyaning   tarixi   odatda,   ta’lim   sohasidagi,   so‘ngra   esa
iqtisoddagi   yuksalishdan   boshlanadi,   deb   yozadi.   Ularning   asosida   harbiy   kuch
shakllanadi. Lekin iqtisodiy baza torayib va qisqarib borgan sari, so‘nggi saqlanib
qoladigan   narsa   –   harbiy   mashina   bo‘ldi.   Sobiq   Ittifoqda   ana   shunday   bo‘lgan
hozir AQShda shunga o‘xshash holat yuz bermoqda. Adabiyotlar:
1. O’zb e kiston R e spublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O’zb e kiston, 2011.
2. Davlat tili haqida (yangi tahriri). O’zbekiston Respublikasining qonuni. – T.:
O’zbekiston, 1997. – 22 b.
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. – T.: Sharq, 1997. – 63 b.
4. Ta'lim to’g’risida. O’zbekiston Respublikasining qonuni. – T.: O’zbekiston, 
1989. – 30 b.
5. Mirziyoev  SH.M.  Erkin  va  farovon,  demokratik  O‘zbekistan davlatini 
birgalikda barpo etamiz. - Toshkent.O‘zbekiston, 2016.  -53 b.
6. Mirziyoev SH.M.  Buyuk  kelajagimizni  mard  va olijanob  xalqimiz bilan 
quramiz. - Toshkent.O‘zbekiston, 2017  -484 b.
7. Mirziyoev  SH.M.  Qonun  ustuvorligi  va  inson  manfaatlarini ta’minlash-
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.  - Toshkent. 2017.  - 28 b.
8. Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy
ettirishning mustahkam poydevoridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
SHavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul 
qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi 
ma’ruzasi.   http://uza.uz .
9. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 19 
sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilot Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasida so‘zlagan nutqi.  http://uza.uz .  
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga 
murojaatnomasi//22.12.2017.  http://uza.uz .
11. Karimov  I.A.  Asarlar  to‘plami.  1-24  jildlar. - Toshkent. O‘zbekiston, 
1996-2016.
12. Karimov  I.A.  Yuksak  ma’naviyat  -  engilmas  kuch.  2-nashr  - 
Toshkent.Ma’naviyat, 2016. -176 b.
13. Ahmedova M. tahriri ostida.Falsafa. -T.: OFMJ, 2006
14. Shermuhamedova N. A. Falsafaga kirish -T.: -Noshir, 2013. 460 b
15. Qo‘shoqov SH.S. Dialektika rivojlanish konsepsiyasi.  –  S., 2000. –B. 8 6 .
16. R.G.Collingwood. The Idea of History. Oxford University Press, England, 
1994.
17. Ivin A.A. Vvedenie v filosofiyu istorii. M., 1997.
18. Barg M.A. Epoxi i idei. Stanovlenie istorizma. M., 1987.
19. Jo‘raev N. Tarix falsafasining nazariy asoslari.  - T., Ma’naviyat, 2008.
20. A.Beruniy. Tanlangan asarlar. – T., Fan, 1968.
21. Berdyaev N.A. Smыsl istorii. M., 1990.
22. Blok M. Apologiya istorii ili remeslo istorika. M., 1986.
23. Veber M. Izbrannыe proizvedeniya. M., 1990.
24. Gegel G.V.F. Filosofiya istorii. Sochinenie 8-mi tomax. M.-L. 1932-1959.

XIX ASR OXIRI - XX ASR TARIX FALSAFASI REJA: 1. O. Shpengler – Yevropaning so‘nishi. 2. A.Toynbi kontseptsiyasi 3. Jahon rivojining zamonaviy kontseptsiyasi 4. “Tarixning intihosi (nihoyasi)” kontseptsiyasi 5. Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi kontseptsiyasi.

O. Shpengler – Yevropaning so‘nishi. Osvald Shpengler 1880 yilning 29 mayida Gori yaqinidagi mo‘jazgina Blankerburg shahrid a tug‘iladi. 1887 yilda Shpingler oilasi Zost shahriga ko‘chib o‘tishadi. Shpengler bu erda gimnaziyaga o‘qishga kiradi. U yillar o‘tgach yana Goriga ko‘chib o‘tishadi. Shpengler Latinadagi o‘quv bilim yurtida o‘qiydi. Bu o‘quv bilim yurti o‘z asoschisi ilohiyotchi, pedagog Avgust German Farnke nomida edi. Bu erda qadimiy tillar chuqur o‘rgatilar edi. O.Shpengler nemis faylasufi va XX asr tarix falsafasi kontseptsiyasining namoyandasi hisoblanadi. 1904 yilda Shpengler Garida “Geraklit falsafasining metafizik g‘oyasi” mavzusida imtihon topshirib, gimnaziyada tabbiy fanlardan, matematika, tarix va nemis tilidan dars berish huquqiga ega bo‘ldi. 1908 yildan 1911 yilgacha Gamburgdagi Genrix Gerts gimnaziyasida dars beradi keyinchalik u bu ishni tashlab yozuvchilik bilan shug‘illanadi. Shpengler keyinchalik Myunxenga ko‘chib borib, u erda hech kim bilan muloqotga kirishmay “Evrpoaning so‘nishi nomli mashhur asarining qoralama variantini yozadi. Nihoyat bu kitobning birinchi jildi 1918 yilda nashr qilindi va u muallifga shon–shuhrat keltiradi. 1919 yilda “Prusschilikva sotsializm” nomli uncha katta bo‘lmagan asarini yozadi. 1922 yilda esa, “Yevropaning so‘nishi asarining ikkinchi jildi nashrdan chiqadi. 1925 yilda Shpengler siyosatdan qatiy ravishda uzoqlashadi. U o‘z diqqatini ilmiy faoliyatga qaratadi. Shpengler falsafaning metafizik masalalari to‘g‘risida yakunlanmagan qisqa asarlar yozadi. Shu bilan bir qatorda Shpengler etnologiya, masalalari bilan ham shug‘illandi. Bu faoliyat uni dunyoning yangi tarixini ishlab chiqishga olib keladi. Uning bu g‘oyasi bir necha maqolalarida o‘z aksini topadi: “Amerika madaniyati”, “Falak gardishi va uning dunyo tarixidagi ahamiyati”, “Xristianlikning ikkinchi ming yilligida dunyo tarixi masalalariga oid lavhalarda bu maqolalar birlamchi savollarda nomli to‘plamda nashr qilinadi. Shpengler falsafasining markaziy mavzusi – tarix lekin tarix madaniyat orqali tushuntiriladi. Har bir madaniyat aylanma harakatga ega, yani tug‘iladi, ravnaq topadi va halokatga yuz tutadi. Yevropa madaniyati ham oxirgi uchinchi bosqichni

o‘z boshidan kechirmoqda. Tarix taqdirga o‘xshamaydi. Har bir madaniyat o‘z qobig‘iga joylashgan boshqa madaniyatga o‘z yutuqlarini bera olmaydi. Shpengler o‘zining tarixiy kontseptsiyasini yaratganda ko‘pgina falsafiy masalalrni ko‘taradi. Jumladan, ijtimoiy – siyosiy muammolar ham o‘ziga xos ravishda madaniyat tushunchasi orqali o‘z echimini topgan. “Yevropaning so‘nishi” asari nashr etilishi nafaqat Germaniyaning turli qatlamlari orasida, balki rus ziyolilari orasida ham katta qiziqish uyg‘otdi. Tarix falsafasini yaratishda u mistik intuitsiyaga tayandi. Xuddi ana shu uslub unga katta muvaffaqiyat olib keldi. “Yevropani so‘nishi” asrida Shpengler etiborini Yevropa madaniyati taqdirini ochib berishga qaratilgan. Asarning boshlanishi u ” hali hech kimning miyasiga tarixni tushunishdagi bunday inqilobiy fikr kelmagan”, - deydi, u o‘zining tarixiy ta’limotini o‘zi bilgan ta’limotlarga qarshi qo‘ydi. Lekin ayrim g‘oyalarni Nitsshe va Gyotedan olganligini tan oladi. Shpengler tabiat haqidagi fanlarga ruh haqidagi fanlarni qarshi qo‘yadi. Tabiat va tarix faqatgina sube’ktning ongidagina kechinmalaridagina o‘z voqeligini oladi. Mustaqil reallik sifatida ular mumkin emas, faqat ruhdagina mavjud, yani subektsiz obekt mumkin emas” subekt “umuman ongdir”, dunyo asosida “men” yotadi, ana shu “men”orqali u o‘zini nomayon qildi. “Men” – yakka ong emas, balki xalq, madaniyat, insoniyat va turli kechinmalar Shpenglerning asosiy g‘oyasi tarix, alohida yashirin madaniyatlarning almashinuvidir. U tarixni uzluksiz jarayon sifatida inkor qiladi va tarixiy taraqqiyotni ham inkor qiladi. Shpengler fikricha, G‘arb odami uchun tarix butunlay o‘zgacha ko‘rinishga ega. Tarixning markazi “dunyo tarixining” bitta kichkina sayyoradagi olti ming yilligini tashkil qildi. Shu manzara, Shpengler takidiga mohiyatan, bizning uyg‘oq ongimiz mahsulidir. Shu asosda G‘arb ruhi o‘zini anglaydi, shu zaruriy shakl orqali mavjudlikni mushohada qiladi. Tarixni faqat his etish kerak, tarixda faqat yashash kerak. Shpengler uchun tarixni bilish uslubi o‘xshashliklardir (anologya) shunday qilib qarixiy voqealarni tahlil qilganda, ularning ichki qonuniyatlari, mantiqiy bog‘liqliklarini qidirmasdan balki, o‘xshashlikni paralellarini topishga harakat qilish ana shu asosda tarixni yaratish kerak.

Shpenglerning fikricha uni “Hayot falsafasi” namoyandalariga yaqinlashtiradi, lekin shu bilan bir qatorda farqi ham bordir, yani tabiat bilan tarix ziddiyati ularning obektlarida emas, balki bilish uslublarida farqlanadi. “Tabiat va tarix – deb yozadi Shpengler – mana shu ikki qarama– qarshi uslub, o‘ziga borliqni tartibga solishga urinadi. Agar har bir vujudga kelayotgan jarayonni mavjudlik nuqtai nazaridan ko‘radigan bo‘lsak, borliq tabiatga aylanadi, imkoniy vujudni zaruriy vujudga (jarayonga) bo‘ysundirsak tarix bo‘ladi, deydi Shpengler. Jumladan tafakkur ishga solinsa, uning o‘lik tushunchalari va qonuniyatlari tabiatni tushuntirishga harakat qiladi. Ichki ishlarimizga, hissiyotimizga, intuitsiyamizga murojaat qilsak ko‘z o‘ngimizda tarix namayon bo‘ladi. Tabiat tafakkur faoliyati natijasidir, bilish oqibatidir. Tarix esa mushohada, intuitsiya natijasidir. Har bir madaniyatning hayotini taqdir boshqaradi. Taqdirni Shpengler fikricha his qilish kerak. Agar kim uni his qilmasa, tarix bilan shug‘illanmaslik, tabiatni bilishga o‘rganish mumkin lekin tarixchi bo‘lib tug‘ilish kerak. Tarixchining kuchi shundan iboratki, u ongsizlik darajasida tarix jarayonini instinktiv ravishda biladi, bunday uslubda har qanday inson ham ishlay olmaydi. Tarixning mazmuni uning ruhida namoyon bo‘ladi. Madaniyat ruhiyatning tashqi ko‘rinishidir. Shpengler sakkizta madaniyatni sanab o‘tadi. Bular Xitoy, Bobil, Misr, Hind, antik, arab, g‘arb va maya xalqining madaniyatidir. Rus madaniyati haqida alohida etibor bilan gapiradi. Har bir madaniyat qaytarilmas, o‘ziga xos va yagonadir. Har bir madaniyatning asosida o‘ziga xos ruhiyat yotadi. Masalan antik madaniyatda – Apollon ruhiyati arab madaniyatida mistik (afsungarlik) ruhiyati g‘arb madaniyatida – Faust ruhiyati yotadi. Shpengler tarixchi va faylasuflarni butun dunyo tarixini “Qadimgi va yangi davr” tarixiga ajratishlarni tanqid qiladi. Bu ajratish faqat g‘arb mamlakatlariga xosligini Shpengler yozadi va shu erda G‘arb tarixchilarining Yevropa markazchiligi tamoyilini tanqid qiladi. Shpenglerning “Yevropaning so‘nishi” asari nafaqat tarix falsafasiga bag‘ishlangan, unda siyosiy masalalar ham ko‘tarilgandir. U so‘z boshida shunday

yozadi: “ Bu kitobda kelajak tarixni aniqlashga harakat qilingan, vazifa shundan iboratki, nihoyasiga etayotgan er yuzasidagi yagona madaniyatning, yani G‘arbiy Yevropa madaniyatining taqdirini o‘rganishdir”. Muammo G‘arb halokati sivilizatsiya masalasiga kelib taqaladi. U ko‘hna tarixning asosiy masalalaridan biridir. Har bir madaniyatning o‘z sivilizatsiyasi bo‘ladi. Sivilizatsiya eng oxirgi, eng suniy holatdir. Sivilizatsiya eng madaniyatli insonlarga xosdir. Shpengler sivilizatsiya haqida gapirib, shahar to‘g‘risida ham fikr yuritadi. Yani shahar o‘zlikni yo‘qotishlik sifatida ruhiyatning o‘lishi sifatida paydo bo‘ladi. “Madaniyat – ruhiyat, sivilizatsiya esa tafakkurdir” – deb yozadi Shpengler. G‘arbda madaniyatdan sivilizatsiyaga o‘tish qadimda qadimda – VI asrda sodir bo‘lgan. Shahar sivilizatsiyaning oqibatidir. Madaniyatli insonda quvvat inson ichiga yo‘naltirilgan sivilizatsiya inikosida esa quvvat tashqariga yo‘naltirilgan. Hayot imkoniyatni amalga oshirishdir, tafakkurli insonlarda imkoniyat cheksiz kengdir. Shpengler qatiy ravishda umumdunyo tarixini inkor qiladi. U shunday yozadi: “Insoniyat men uchun zoologik birlikdir”. Men G‘arbiy Yevropa faylasuflarining fikrlarida insoniyat ravnaqi, maqsadi va yo‘llarini ko‘rmayapman. Tarixni ananaviy tarzda qadimgi, o‘rta va yangi davrga bo‘lishni Shpengler juda tor doiradagi provintsializmga kiritadi. Uning uchun yagona insoniyat tarixi yo‘q, faqat alohida ajralgan madaniyatlar mavjuddir. Ular tasodifan paydo bo‘ladi, rivojlanadi va halok bo‘ladi. Misoli dalada o‘sgan gul taqdirini boshidan kechiradi, o‘simliklar, hayvonot olamiga o‘xshash morfologik organizmlar bo‘lgani kabi tarixda ham xuddi shunday organizmlar mavjud, bu tarix morfologiyasi har bir madaniy organizm uchun davr va bosqichlarni belgilaydi. “har qanday madaniyat – deb yozadi Shpengler, - insondek hayot kechiradi. Ularning o‘z bolaligi, o‘smirligi, o‘rta yoshi va qariligi bo‘ladi”. Shpengler fikricha yagona falsafiy taraqqiyot yo‘li mavjud emas. Shu jumladan turli madaniyat mutafakkirlari uchun yagona masalalar ham yo‘q. Sanat asarlari, axloqiy tamoyillar kabi falsafiy masalalarni ham faqat o‘z dari ruhiyatida aks ettiradi. Shuning uchun ham, - deydi Shpengler tabiat bilan ruhning ziddiyati