YERNING SHAKLI VA O‘LCHAMLARI
YERNING SHAKLI VA O‘LCHAMLARI Reja: 1. Yerning shakli va o‘lchamlari 2. Yerning ichki tuzililishi 3. Yerning yillik harakati 4. Yerning sutkalik harakati 5. Yerning sutkalik va yillik harakatining geografik oqibatlari
1. Yerning shakli va o‘lchamlari Yer hajmi va massasi jihatidan katta sayyoralar ichida beshinchi o‘rinda turadi. Yer hayot borligi bilan Quyosh sistemasida boshqa sayyoralardan farq qiladi. Biroq hayot–materiya taraqqiyotining tabiiy bosqichidir, shu sababli Yerni koinotning hayot mavjud bo‘lgan yagona kosmik qismi, hayotning Yerdagi shakllarini esa mavjudotning yagona shakllari deb bo‘lmaydi. Hozirgi zamon kosmogoniya nazariyalariga ko‘ra, Yer Quyosh atrofidagi fazoda gaz-chang holatda bo‘lgan kimyoviy elementlarning gravitatsion kondensatsiyalanishi (bir-biriga qo‘shilishi) yo‘li bilan – 4,5 mlrd yil muqaddam paydo bo‘lgan. Yer tarkib topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanish natijasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga Yerning ichki qismi asta-sekin qizib, Yer moddasining differensiyalanishiga olib kelgan, oqibatda Yer konsentrik joylashgan turli qatlamlar – kimyoviy tarkibi, agregat holati va fizik xossalari jihatidan bir-biridan farq qiladigan geosferalar hosil qilgan. Markazda Yer yadrosi hosil bo‘lgan, uning atrofini mantiya o‘rab olgan. Moddalar erib suyuqlanganda mantiyadan eng yengil va oson eriydigan komponentlar ajralib chiqqan, shunday qilib, mantiya ustida Yer po‘sti vujudgan kelgan. Yerning ana shu ichki geosferalari (Yer yuzasidan markazigacha bo‘lgan qismi) “ qattiq ” Yer deb ataladi. “ Qattiq ” Yerdan tashqarida tashqi geosferalar - suv sferasi (gidrosfera) va havo sferasi (atmosfera) joylashgan. Yer yuzasining katta qismini Dunyo okeani egallaydi (361,1 mln km 2 yoki 70,8%), quruqlik 149,1 mln. km 2 (19,6%)ni tashkil etadi. Quruqlik oltita katta materik va ko‘pdan-ko‘p orollardan iborat. Shu materiklardan Yevrosiyo ikki qit’aga: Yevropa va Osiyoga bo‘linadi, 2 ta Amerika materigi esa bir qit’a hisoblanadi, ba’zan Tinch okean orollari Okeaniya qit’asi deb ataladi va unga Avstraliya ham qo‘shiladi. Materiklar dunyo okeanini Tinch, Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining Antarktida yonidagi qismlarini Janubiy okean deb alohida ajratadilar.
Yerning Shimoliy yarim shari, asosan, materiklardan (quruqlik 39%), Janubiy yarim shari – okeanlardan (quruqlik atigi 19%) iborat. G‘arbiy yarim sharning ko‘p qismi suv, Sharqiy yarim sharning ko‘p qismi esa quruqlikdir. Yerning eng baland nuqtasi bilan eng past nuqtasi orasidagi farq qarib 20 km ga yetadi, dunyodagi eng baland Jomolungma cho‘qqisi (Himolay tog‘larida) 8848 m bo‘lsa, eng chuqur suv osti botig‘i (Tinch okeanida) 11022 m dir. Yer gravitatsion (tortish), magnit va elektr maydonlariga ega. Yerning gravitatsion kuchi Oy va sun’iy yo‘ldoshlarni Yer usti relefining ko‘p xususiyatlari, daryolar oqimi, muzliklar siljishi va boshqa jarayonlar ham gravitatsion maydon oqibatidir. Magnit maydoni Yer yadrosidagi moddaning murakkab harakatidan kelib chiqadi. Yerning elektr maydoni ham magnit maydoni bilan chambarchas bog‘liq. Atmosfera va magnitosferalarda birlamchi kosmik faktorlar katta o‘zgarishga uchraydi. Kosmik nurlar, Quyosh shamoli, Quyoshning rentgen, ultrabinafsha, optik va radio nurlari yutiladi, va boshqa o‘zgarishlarga uchraydi, bu esa Yer yuzasidagi jarayonlar uchun muhim ahamiyatga ega. Magnitosfera va xususan, atmosfera elektromagnit va korpuskulyar radiatsiyaning ko‘p qismini tutib qolib, uning halokati ta’siridan tirik organizmlarni saqlaydi. Yer Quyoshdan 1,7∙10 17 j/sek miqdorida nur energiyasi oladi, lekin uning atigi 50% igina Yer yuzasigacha yetib keladi va Yer yuzasidagi ko‘pchilik jarayonlarning energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Yerning massasi 5976∙10 21 kg, bu esa Quyosh massasining 1/330000 qismiga teng. Quyoshning tortish kuchi ta’sirida Yer, Quyosh sistemasidagi boshqa jinslar kabi, Quyosh atrofida doiralardan juda oz farq qiladigan elliptik orbita bo‘ylab aylanadi. Quyosh Yerning elliptik orbitasi fokuslaridan birida turadi. Shuning uchun ham Yer bilan Quyosh orbitasidagi masofa yil davomida 147,117 mln km. (perigeliyda) 152,083 mln.km gacha (afreliyda) o‘zgarib turadi. Yer orbitasining 149,6 mln. km ga teng katta yarim o‘qi Quyosh sistemasida masofalarni o‘lchashda birlik deb qabo‘l qilingan. Yerning orbita bo‘ylab qiladigan harakat tezligi o‘rta hisobda 29,765 km/sek bo‘lib, 30,27 km/sek dan (peregeliyda)
29,27 km/sek gacha (afeliyda) o‘zgarib turadi. Yer Quyosh bilan birga Galaktika markazi ham aylanadi, galaktik aylanish davri 200 mln. yilga yaqin vaqtga teng, harakatning o‘rtacha tezligi 250 km/sek. Eng yaqin yulduzlarga nisbatan Quyosh Yer bilan birgalikda Gerkules yulduzlar turkumiga tomon 19,5 km/sek tezlikda harakat qiladi. Yerning ichki tuzililishi Yerning radiusi taxminan 6370km. bilan shu masofada Yer yadrodan, mantiyadan va Yer po‘stlog‘i (litosfera) dan iborat. Fan va texnika taraqqiyoti faqatgina Yerning po‘stlog‘ini quduq qazib uning ma’lumotlari asosida o‘rganishgan. Bu quduqlarning eng chuquri 12 km dan ko‘p bo‘lib, u Kola yarim orolida joylashgan. Bundan boshqa yana chuqur quduq AQShda qazilgan: Okloxoma shtatidagi quduqning chuqurligi 9159 m, Texas shtatidagi quduqning chuqurligi 8687m ni tashkil qilgan. Bundan chuqurdagi ma’lumotlar asosan geofizik usullar bilan topilgan. Geofizik usullarga asosan gravimetriya va seysmorazvedka kiradi. Seysmik usullar yordamida asosan to‘lqinlarning tarqalish tez ligi o‘rganiladi. Seysmik to‘lqinlar 3 xil bo‘ladi: 1. Bo‘ylama. 2. Yuzaki. 3. Ko‘ndalang. Yer po‘stining quyi chegarasi aniq ajralib turadi. Uni Moxorovich chizig‘i deyiladi. Bu chegaradan o‘tayotganda to‘lqinlarda sakrash yuz beradi. Maxorovich chegarasi ostida Gutenberg qatlami yotadi. Yerning bu qismida seysmik to‘lqinlarining tarqalish tezligi 3% kamaya di. Bu qatlam astinosfera ham deyiladi. U qatlam ostida Golitsin qatlami yotadi. Yerning bu qismida to‘lqinlarning tarqalish tezligi keskin ortadi, uni birinchi bo‘lib 1912-1913 yillarda Galitsin aniqlagan. Yer po‘sti va yuqori mantiyada asosan tektonik harakatlar bo‘ladi. Shuning uchun astinosfera va Yer po‘stini birgalikda tekto nosfera ham deyiladi.
Seysmik to‘lqinlarning tezligi 2900 m chuqurlikda bo‘ylama to‘lqinlar 13,6 dan 8,1 km/s gacha kamayadi. Ko‘ndalang to‘lqinlar esa umuman so‘nadi. Bu Yerning yadrosi seysmik to‘lqinlarga nisbatan suyuqlik xususiyatlarini ko‘rsatadi. Yer zichligi va radioaktivligi Gravitatsiya yoki og‘irlik kuchi geoid yuzasiga tik yunalgan bo‘lib, tortilish markazidan masofalarga teskari proporsionaldir. Okean tagida geoid ellepsoid aylana sirtidan past, materikka yaqinlashganda bir oz ko‘tarilib borgani uchun ellepsoid sirtidan balandir. Agar bu shunday ekan geoid deformatsiyasi ko‘rinishi kerak, lekin uni nivelir yordami bilan ko‘rish mumkin emas, chunki geoid yuzaga ko‘tarilish va pasayish bilan nivelirning pufakchasi ham ko‘tariladi va pasayadi; uni tortish kuchining salgina o‘zgarishini sezadigan mayatnik yordamida ko‘rish mumkin. Okean orollaridagi mayatnikning bir sekundagi tebranish soni odatda katta, u geografik kengliklarga mos kelmaydi, aksincha materiklar ichidagi mayatnik tebranishlarida mayatnikning sekinlashishi sezilmaydi, mayatnikning tebranishi deyarli bir xil kichiklikda joylashgan sohillaridagidek bo‘ladi. Bavariya va Tiro Alplarida tortish kuchi aniq o‘lchandi, ammo Alp tog‘ining bu joylaridagi tortish kuchi juda kichik yon tomondagi tekisliklarda katta. Yura tog‘larida, Italiyada, O‘rta Germaniya va Kavkazda, Hindistonda va boshqa joylarda o‘tkazilgan tekshirishlar ham shunday natija bergan tog‘larda tortish kuchi kichik, Yer yuzi depressiyalarida kattadir. Binobarin Yer po‘sting chiqib turgan qismlari yengil moddalardan cho‘kkan qismlari esa og‘ir moddalarda tuzilgan degan xulosaga kelish mumkin. Bundan Yer po‘sting izostaziya holati – Yer po‘sting balandliklari bilan pastliklari orasidagi muvozanat holati kelib chiqadi. Tog‘lik oblastlarda har doim “ Massaning yetishmasligi ” ularning ezilib burmalar hosil bo‘lishi bilan bog‘likdir. Materiklarning tortish ta’siri dengiz yuzasida uncha sezilmaydi, chunki ularning zichligi okean massivlari zichligiga qaraganda kamroq. Tortish kuchi anomaliyasining batavsil tekshirilishi, ya’ni normal nazariy miqdordan mahalliy