logo

BIOSFERA YERNING HAYOT QOBIG‘I

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.9267578125 KB
BIOSFERA YERNING HAYOT  QOBIG‘I
Reja:
1.Biosfera – Yerning hayot qobig‘i
2. Biosfera - tabiiy sistema
3. Organizmlarning geografik qobiqdagi ahamiyati
4. Biomassa va uning tarqalishi 1. Biosfera – Yerning hayot qobig‘i
Sayyoramizda   tirik   organizmlar   yashaydigan   va   ularning   ta’siri   sezilib
turadigan hamma joy (makon) biosfera deyiladi. Unga atmosferaning 16 km
gacha   bo‘lgan   quyi   qatlami,   bugun   suv   va   yer   po‘stining   2600   m
chuqurlikkacha   bo‘lgan   yuza   qatlami   kiradi.   Yer   yuzasi   okean   suvi   yuza
qatlami   va   tagi   qismda   organizmlar   juda   zich   joylashgan   yupqa   qobiq
biosfera markazi (yadro) ni tashkil etadi.
Biosferadagi organizmlar uchta katta guruhga bo‘linadi:
1) Yashil o‘simliklar, eng qadimgi qoldiqlari yoshi 1,3 mlrd. yil.
2) Zamburug‘lar, quyi paleozoy erasidan buyon mavjud.
3) Hayvonot olami, yoshi 1 mlrd. yilga yaqin.
O‘simliklarning 360   000 ga yaqin turlari mavjud. Ularning 60   000 gi eng
oddiylar, yashirin urug‘lar 250   000. Hayvonlar turi yana ham ko‘p. 1   700   000
dan   ortiq.   Ulardan   1   000   000   ga   yaqin   turi   hasharotlar.   Zamburug‘lar   turi
100   000   dan   oshadi.   Okeanlarda   o‘simlik   va     hayvonlar   turi   ancha   kam,
10   000   turga   yaqin   o‘simlik,   160   000   turga   yaqin   hayvon   bor.   Shundan
baliqlar   16   000   tur,   molyuskalar   80   000   tur,   qisiqchbaqasimonlar   20   000
turdan ortiq.
Yerning   geografik   qobig‘i   taraqqiyot   jarayonida,   tirik   mavjudotning
bevosita  ishtirokida  hozirgi  qiyofasiga   ega  bo‘lgan.   Organizmlarii  muhitdan
ajratilgan   holda   o‘rganib   bo‘lmaganidek,   ular   yashaydigan   muhitni   ham
jonsiz   tabiat   taraqqiyotida   o‘ynaydigan   ulkan   rolini   hisobga   olmasdan
tushunish   mumkin   emas.   Hozirgi   atmosferaga,   quruqlikdagi   va   okeandagi
suvlarga, litosferaning yuqori qatlamlariga tirik moddalar ta’sir ko‘rsatgan va
ular muayyan darajada tirik moddalarning mahsulidir.
Geografik   qobiqning   ayrim   joylarida   odamning   paydo   bo‘lishi   va
rivojlanishini muqarrar qilib qo‘ygan qulay sharoit vujudga kelgan.
Bu jihatdan geografik qobiq kishilar faoliyati uchun geografik muhitdir. “Biosfera”   atamasi   birinchi   bor   1875-yil   nemis   geologi   eduard   Zyuss
tomonidan   fanga   kiritilgan.   Biosfera   deganda   Yerning   hayot   qobig‘i   -   tirik
organizmlar   mavjud   muhit   tushuniladi.   U   atmosferaning   quyi   qismi,
gidrosferaning   va   litosferaning   yuqori   qismini   o‘z   ichiga   olib,   Yerning
boshqa qobiqlaridan o‘zining bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi. Eng
asosiy   farqi-bu   muhitda   tirik   organizmlarning   (o‘simliklar,
mikroorganizmlar,   hayvonot   dunyosi)   mavjudligi   hisoblanadi.   Ammo
biosfera   yaxlit   qobiqni   hosil   qilmaydi.   Biosferaning   yuqori   chegarasi
atmosferaning   25-30   km.   balandlikda   joylashgan   ozon   qatlami,
quyibchagarasi   quruqlikda   10-12   km.   chuqurlikdan   o‘tkaziladi.   Gidrosfera
esa   butunlay   biosfera   tarkibiga   kiritiladi.   Organizmlarning   asosiy   qismi
qalinligi   bir   necha   o‘nlab   metmi   tashkil   etuvchi   atmosfera,   litosfera   va
gidrosfera chegara zonasida joylashgan.
Biosferadagi   hayotni   vujudga   kelishi   hali   o‘z   yechimini   oxirigacha
topmagan   tabiatshunoslikning   yirik   muammolaridan   biri   hisoblanadi.
Ko‘pchilikning   fikricha,   hayot   moddaning   kimyoviy   evolutsiyasini   biologik
evolutsiyaga o‘tishi natijasida vujudga kelgan deb hisoblanadi. Bunday o‘tish
davri   qachon   va   qayerda   bo‘lganligi   haqida   hanuzgacha   aniq   ma’lumotlar
olingani yo‘q. Yaqin yillargacha Yeming o‘zini mutloq yoshi haqida ham har
xil   fikrlar   mavjud   edi,   eng   yangi   usullar   yordamida   olingan   ma’lumotlarga
qaraganda   Yerning   mutlaq   yoshi   4,5   mlrd.   yil   atrofida   ekanligi   aniqlandi.
Yerdagi eng qadimgi cho‘kindi tog‘ jinslarning mutlaq yoshi esa 4 mlrd. yil
atrofida ekanligi aniqlangan.
Ko‘pgina   olimlarning   fikricha   Yerda   hayot   vujudga   kelishidan   oldin
qariyb   1   mlrd.   yil   davomida   organik   birikmalarning   abiogen   sintezi   amalga
oshgan   va   shundan   keyin   birlamchi   soda   organizmlar   shakllangan   deb
hisoblanadi. Biosferadagi   tirik   organizmlarning   umumiy   massasi   Yerning   boshqa
qobiqlarining massasiga nisbatan juda kichik bo‘lib 2,4 10 12
 tni tashkil etadi.
Bu   ko‘rsatkich   gidrosferaning   massasiga   nasbatan   taxminan   600   ming
barobar, litosferaning massasiga nisbatan 1,5 min barobar kam. Lekin shunga
qaramay   tirik   oiganizmlarning   geografik   qobiqqa   ko‘rsatayotgan   ta’siri
benixoya   katta.   Birinchi   navbatda   bu   ta’sir   geografik   qobiqning   biz
ko‘rsatayotgan   bir   qator   xususiyatlami   shakllanishida   o‘z   aksini   topgan.
Ayniqsa   yashil   o‘simliklarninng   fotosintez   jarayonida   atmosferadagi
karbonat angidrid, suv va tuproqdagi eritmalar hisobiga organik birikmalarni
vujudga   keltirishi   muhim   ahamiyatga   ega.   Bu   jarayon   katta   miqdordagi
Quyosh energiyasini geografik qobiqda to‘planishi bilan bog‘liq. Keyinchalik
bu   energiya   yonish,   chirish   jarayonida   arof-muhitga   chiqadi   yoki   boshqa
organizmlaiga   ozuqa   zanjiri   orqali   uzatiladi.   Biosferada   energiya   manbai
sifatida   har   xil   kimyoviy   reaksiyalar   ham   xizmat   qilishi   mumkin,   shuni
hisobiga bakteriyalar organik mahsulotni vujudga keltiradi.
Atrof-muhitning   sharoitiga   moslashishi,   organizmlami   tabiiy   raqobat
natijasida tanlanishi tirik organizmlarning evolutsiyasini ta’minladi.
Birlamchi   tirik   organizmlami   vujudga   kelishi   atmosfera,   litosfera   va
gidrosferadagi moddani biologik o‘rin almashishiga jalb etish bilan birga uni
energiya   manbalaridan   foydalanish   imkonini   yaratdi.   Organizmlarning   ichki
energiya   manbai,   agar   u   uni   tashqi   muhitdan   nur,   issiqlik   sifatida   olmasa,
moddani   oksidlanish   jarayonida   ajratgan   energiyasidan   iborat.   Ma’lum
muhitda   vujudga   kelgan   organizmlar   bu   muhitni   u   yoki   bu   darajada
o‘zgartirdilar, o‘zlari ham o‘zgarib boradilar. Shunday qilib biosfera-deganda
tirik organizmlar mavjud muhit tushuniladi.
Biosferada   moddaning   ikkita   asosiy   toifasi   mavjud:   ular   tirik
organizmlar   va   jonsiz   modda.   Tirik   organizmlar   o‘z   faoliyati   natijasida Quyosh   energiyasi   hisobiga   kimyoviy   birikmalarni   vujudga   keltiradi,   bu
birikmalar parchalanganda
kimyoviy ish bajarishga qodir energiya ajralib chiqadi. Kimyoviy nuqtai
nazardan   tirik   organizmlar   materiyaning   faolshakllaridan   biri   bo‘lib,   uninig
kimyoviy   energiyasi   energiyani   boshqa   masalan,   mexanik,   issiqlik   va   h.k.
shakllariga   aylanishi   mumkin.   Jonsiz   modda   -   tirik   organizmlar   tarkibiga
kirmagan   minerallardan   yoki   kimyoviy   elementlardan   iborat   bo‘lib,   uning
tarixiy davr mobaynida ajratgan energiyasi (radioaktivli, kimyoviy) unchalik
ko‘p   emas.   Biosferadagi   tirik   va   jonsiz   organizmlar   hayotiy   jarayonlar
ta’sirida bir-biri bilan chambar-chas bog‘langan.
Yerda   hayotni   keng   tarqalishida   tirik   organizmlaming   har   xil   sharoitga
moslashish   qobiliyati   muhim   ahamiyatga   ega.   Misol   tariqasida   ba’zi   bir
mikroorganizmlar   harorati   +180°   dan   -253°ga   bo‘lgan   muhitda   yashashi
mumkinligini   ko‘rsatishimiz   mumkin.   Ulardan   ba’zi   birlari   3000-8000
atmosfera bosimiga chidashi mumkin. Hayot shakllari ham xilma-xildir. Yer
yuzida   500   mingga   yaqin   o‘simlik   va   1,5   mln.ga   yaqin   hayvonot   turlami
uchratishimiz mumkin, dunyodagi hamma minerallarning soni esa 4 mingdan
biroz ko‘proq xolos.
Vladimir   Ivanovich   Vernadskiy   biosfera   kimyoviy   elementlarning
to‘planishi,   almashinishi   va   tarqalishida   organizmlarning   rolini,   biosfera
inson   mehnati   va   u   qo‘lga   kiritgan   ilmiy   muvaffaqiyatlar   tufayli   asta-sekin
yangi   holat   –   noosfera   (aql-zakovat   qobig‘i)ga   o‘tishini   birinchi   bo‘lib
ko‘rsatib berdi.
“Noosfera”   -   iborasi   ilmiy   adabiyotga   V.I.   Vernadskiyning
biogeokimyoviy  fikrlari  tarafdori,  fransuz  matematigi  va  faylasufi  e.M.  Rua
tomonidan kiritilgan. 
Ammo V.I. Vernadskiy unga butunlay yangi ijtimoiy, ekologik mazmun
bahsh   etgan.   Uning   tushuntiricha,   noosfera   biosferaning   shunday   bir holatidirki,   unda   ong   va   shu   ong   yo‘naltirib   turgan   inson   ishlari   sayyorada
misli   ko‘rilmagan   kuch   sifatida   namoyon   bo‘lishi   kerak.   Ko‘rinib   turibdiki,
noosfera   «biotik»   va   «ijtimoiylik»ni   birlashtiradi,   bu   yangi   uyg‘unlashgan
fan - ijtimoiy ekologiyaning shakllanishida muhim ahamiyatga egadir.
Biosfera,   Vernadskiy   ta’limotiga   ko‘ra   “Hayot   makonining   o‘zidangina
iborat   emas”,   balki   murakkab   tabiiy   sistemadir.   U   quyidagilardan   tarkib
topgan: 
- tirik moddadan, ya’ni behisob tirik organizmlardan; 
-   hayotiy   faoliyat   natijasida   paydo   bo‘lgan   va   qayta   ishlangan   biogen
moddalar (toshko‘mir, ohaktosh, bitum va h. k.) dan;
-     hosil   bo‘lishida   hayotiy   faoliyat   qatnashmaydgan   tub   moddalar   -
endogen tog‘ jinslari, foydali gazlardan; 
-   hosil   bo‘lishida   ham   tirik   organizmlar,   ham   jonsiz   jism   jarayonlari
ishtirok   etgan   biotub   moddalar   -   barcha   tabiiy   suv,   troposfera,   nurash
po‘stidan; 
- Yerning ichki qismidan chiqib keladigan radioaktiv elementlardan;
- koinotdan (kosmosdan) kelgan moddalardan.
Hayot tarqalishi mumkin bo‘lgan yuqorigi chegara stratosferadagi ozon
qatlamidir.   Amalda   hayot   troposferadan   yuqorida   tarqalmagan.   Okeanlarda,
yuqorida   ko‘rib   chiqqanimizdek,   hayvonlar   yashaydi   va   butun   gidrosfera
biosferaga kiritiladi. Yer po‘stida uning rivojlanishida tirik organizmlar aktiv
rol o‘ynaydigan qismi biosferaga kiritiladi.
Shunday   qilib,   biosfera   troposferadan,   yer   ustidagi   hayot   (tuproq,
o‘simlik,   hayvonot   dunyosi),   gidrosfera   va   litosferaning   yer   osti   hayoti
mavjud bo‘lgan yuqorigi qismidan tarkib topgan. 
2. Biosfera - tabiiy sistema
Tabiat   o‘zaro   bog‘langan   sistemalarning   cheksiz   majmuidir,   shu   bilan
birga bu sistemalar sifat jihatdan bir-birlaridan farq qiladi. Geografik   qobiqdagi   sistemalarga   o‘simlik   yoki   hayvon   organizmi,
daryo, ko‘l, landshaft, o‘rmon ning bir xil qismi, o‘rmon zonasi, tog‘li yoki
tekislik   o‘lka,   materik,   Yerning   geografik   qobig‘i,   butun   Yer,   Quyosh
sistemasi, Galaktika misol bo‘la oladi.
Tabiatda   turli   xil   tuzilishdagi   bosqichlar   ajratiladi,   chunonchi   atom,
molekula,   makroskopik   tuzilish   va   boshqalar.   Geografiya   makroskopik
bosqichdagi tuzilishlarni tadqiq qiladi. Makroskopik bosqichdagi tuzilishdagi
tabiiy   sistemalarning   bosqichlari   ko‘p.   Kamida   uchta   bosqichni   ajratib
ko‘rsatish   mumkin.   Tabiatni   ana   shu   bosqichlar   bo‘yicha:   1)   xususiy
geografik fanlar, 2) umumiy yer bilimi va 3) regional geografiya o‘rganadi.
Muayyan   tuzilish   bosqichidagi   har   bir   sistema   mazkur   bosqichdan
boshqa   sistemalar   bilan   birgalikda   yanada   kattaroq   sistemaning   bir   qismini
tashkil   etib,   uning   tarkibiga   kiradi.   Bu   kattaroq   sistema   unga   kiruvchi
kichikroq   sistyomalarga   nisbatan   bir   butunni   tashkil   etgani   holda   o‘zi   yana
kattaroq sistemaning bir qismi sifatida uning tarkibiga kiradi. Bir butunning
qismi   hisoblangan   har   bir   sistema   ma’lum   darajada   mustaqil   sistemadir   va
shu bilan birga butunga bo‘ysunadi. Har bir qismi muayyan vazifani bajargan
taqdirdagina   butun   doirasida   mavjud   bo‘lishi   mumkin.   Butun   esa   uning
qismlari o‘zaro bog‘langan taqdirdagina mavjud bo‘ladi.
O‘zaro   ta’sir   -   butun   tabiatning   eng   muhim   xususiyati,   uni   turli   xil
struktura bosqichida yoki turli xil o‘zaro ta’sir bosqichida o‘rganmoq lozim.
Bir   butunning   qismlari   o‘rtasidagi   o‘zaro   ta’siriga   fitosenoz,   ya’ni
o‘simliklar   turkumi   -   bir   xil   sharoitli   territoriyada   o‘suvchi   o‘simliklar
to‘plami   misol   bo‘ladi.   Har   bir   fitotsenoz   o‘ziga   xos   tarkibga,   o‘ziga   xos
tuzilishga va o‘simliklar o‘rtasida hamda tashqi muhit bilan o‘ziga xos o‘zaro
ta’sirga ega.
Sistemalardan   biri   bo‘lgan   fitotsenoz   boshqa   sistemalar,   ya’ni
zootsenozni   tashkil   etuvchi   hayvonot   dunyosi,   atmosfera   (iqlim),   tuproqlar, yer   po‘stining   tog‘   jinslari,   yer   osti   va   yer   usti   suvlari   bilan   o‘zaro   ta’sirda
bo‘ladi.   Natijada   murakkabroq   sistema   -   biogeosenoz   vujudga   keladi.
Biogeotsenozning   qismlari   -   o‘simliklar,   hayvonlar,   tog‘   jinslari   atmosfera,
tuproqlar,   suvlar   -   komponentlar   deb   ataladi.   Bu   komponentlardan   birining
o‘zgarishi   butun   sistemaning   o‘zgarishiga   olib   keladi.   Chunonchi,
botqoqlangan   yer   quritilganda   uning   faqat   suv   rejimi   o‘zgarib   qolmay,
tuproqlari,   o‘simlik   qoplami,   mikroiqlimi,   hayvonoti   -   butun   biogeotsenoz
o‘zgaradi.   Xuddi   ana   shu   bir   komponentni   o‘zgartirish   biotsenozlarning
o‘zgarishiga turtki bo‘ladi.
Bir   sistema   doirasida   uning   hamma   qismlari   -   komponentlari   teng
huquqli   va   teng   qimmatga   egadir.   Sistemalar   bosqichidagi   farq   qanchalik
katta bo‘lsa, ularning bir-biriga ta’siri shunchalik katta farq qiladi. Masalan,
yuqori   bosqichdagi   sistema   bo‘lgan   atmosfera   biogeotsenozga
biogeotsenozning   atmosferaga   ko‘rsatgan   ta’siridan   ko‘ra   ko‘proq   ta’sir
etadi.   Lekin   kichik   qismi   katta   butun   ta’siridagina   bo‘lib   qolmay,   u   bilan
o‘zaro   ta’sirda   bo‘ladi.   Har   bir   daraxt   faqat   o‘rmonning   ta’sirida   bo‘lib
qolmasdan,   barcha   daraxtlar   bilan   birgalikda   va   o‘zaro   ta’sirida   bo‘lib,
o‘rmonni hosil qiladi.
Yekosistema   tushunchasini   har   xil   murakkablikdagi   va   o‘lchamdagi
obektlarga   nisbatan   qo‘llash   mumkin.   Masalan,   hovuz,   ko‘l   ekosistemasi
bilan   birga   sohil   bo‘yi   o‘simliklari   yoki   suv   tubi   ekosistemasini   ko‘rsatish
mum kin.   O‘rmon   ham   ekosistema,   uning   chegarasida   har   xil   tipdagi
tuproqlar,   chiriyotgan   to‘nkalar,   to‘shalma   va   boshqa   ekosistemani   ajratish
mumkin.   Ko‘pincha   ekosistema   tushunchasiga   tirik   organizmlar   bilan   ular
yashaydi gan muhitning notirik komponentlari tarzida qaraladi.
3. Organizmlarning geografik qobiqdagi ahamiyati
Organizmlar geografik qobiqda juda katta rol o‘ynaydi. Bunga sabab:
1. Ular Yer yuzining hamma joyida tarqalgan. 2. Uzoq vaqtdan, 1,3 mlrd. yildan ortiq vaqtdan buyon mavjud.
3.   Organizmlar   tanlash   xususiyatiga   ega.   Bir   xil   elemetlarni   tezda
chiqarib, boshqalarini to‘plab boradi.
4.   Organizmlarning   kimyoviy   faolligi   kuchli.   Quyosh   nurini   yutib,
kimyoviy,   organik   birikmalar   hosil   qiladi.   Ular   parchalanganda   energiya
ajralib chiqadi.
5. Organizmlar nurash, tuproq hosil qilish jarayonida qatnashadi, relefni
o‘zgartiradi, tog‘ jinslari, rudali, rudamas konlarni hosil qilishda, ko‘llarning
evolyutsiyasida ishtirok etadi.
6.  Atmosferani  kislorod  bilan  ta’minlab  turadi.  Havodagi  CO
2   gazining
qismini yutadi. Demak, CO
2  gazi har 35 yilda yangilanib turadi. 
Tirik   modda   hayotini   geografik   muhitdan   ajratib   bo‘lmaydi.
Organizmlar   bilan   atrof   muhit   o‘rtasidagi   o‘zaro   ta’sir   va   munosabatlarni
ekologiya   o‘rganadi,   organizmlarga   ta’sir   ko‘rsatuvchi   barcha   omillar
ekologik omillar deyiladi. Ular organizmlarga birgalikda ta’sir ko‘rsatadi. Bu
omillar 2 ta guruhga bo‘linadi: abiotik, biotik va antropogen. 
Abiotik omillar quyidagilar: 
1.   Yorug‘lik.   O‘simliklardagi   fotosintez   reaktsiyasi   faqat   Quyosh   nuri
energiyasi   –   yorug‘lik   tahsiridagina   ro‘y   berishi   mumkin.   O‘simlik
qoplamidagi   qavatlik   (yaruslik),   organizmlar   hayotdagi   davriylik
yorug‘likning   fasliy   o‘zgarishi   tufaylidir.   Yer   yuzasidagi   o‘simlik
zonalligining sababi ham yorug‘likdagi farqlarga bog‘liq.
2.   Issiqlik.   Issiqlik   organizm   hujayralaridagi   fiziologik   jarayonlar
surhtiga   tahsir   etadi.   Harorat   past   bo‘lsa,   eritmalar   muzlab   qolishi   mumkin,
muz   hujayraning   buzilishiga   olib   keladi,   harorat   yuqori   bo‘lsa,   protoplazma
oqsillari quyuqlashib, fiziologik jarayon buziladi. 
3.   Suv.   O‘simliklar   kerakli   moddalarning   o‘zini   qabul   qilmaydi,   eritma
sifatida qabul etadi. O‘simliklar ortiqcha suvni tanasidan bug‘latib yuboradi. Namlik   sharoitiga   o‘simliklar   ham,   hayvonlar   ham   moslashadi.   Suvning
ko‘proq bo‘lishi sharoitiga qarab o‘simliklar 4 turga bo‘linadi: gidrofit (ildizi
suvda   turadigan),   gigrofitlar   (sernam   yerda   o‘sadigan),   mezofitlar   (o‘rtacha
nam   yerda   o‘sadigan)   va   kserofitlar   (quruq   joylarda   o‘suvchi)   o‘simlikarga
bo‘linadi.
4.   Shamol.   O‘simliklarga   havoning   tarkibi   uncha   ko‘p   ta’sir   etmaydi.
Shamol   suvning     o‘simliklardan   ko‘p   yoki   kam   bug‘lanishiga,   tuproqning
to‘zishiga,   urug‘larning   tarqalishiga,   o‘simlikarning   changlanishiga   ta’sir
ko‘rsatadi.
5.   Substrat   –   yerning   ta’siri.   Tuproq   bilan   o‘simliklar   o‘rtasida   doimo
o‘zaro   tahsir   ro‘y   berib   turadi,   modda   almashinadi,   modda   energiyaning
aylanma harakati ro‘y berib turadi. 
Organizmlar   hayotida   biotik   omillar   ham   muhim   ahamiyatga   ega.   Har
bir   tirik   organizm   boshqa   organizmlar   mavjud   muhitda,   ular   bilan
chambarchas   bog‘langan   holda   yashaydi.   Natijada   bir-biri   bilan   bog‘langan
organizmlar to‘plami vujudga kelib ular biogeotsenozni vujudga keltiradi.
Organizmlar  o‘rtasida  o‘zaro   munosabatlar  to‘xtovsiz   ro‘y  berib   turadi.
Organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar juda turli-tuman bo‘ladi:
1)   Parazitizm   –   boshqa   organizmlar   hisobiga   yashash   (donli
o‘simliklarda qorakuya, zarpechak, devpechak hayvonlarda kana, gijja,).
2)   Saprofitlar   –   o‘lgan   organizmlar   hisobiga   yashash   (mo‘g‘or,   achitqi
bakteriyalar,   zamburug‘lar,   qo‘ziqorin   va   boshqalar).   Bular   tabiatda   modda
va energiyaning aylanma harakatiga sabab bo‘ladi:
3)   epifitlar   –   boshqa   organizmlarda   o‘tirib   qolgan   chirindi   va   chang
zarralari bilan kun ko‘ruvchi organizmlar (moxlar, suvo‘tlar).
4)   Simbioz   –   bir-biriga   foyda   keltirib,   birga   yashash   (chumoli   bilan
shira, ayrim o‘txo‘r hayvonlar va qushlar). 5)   Antogonizm   –   bir-biriga   dushman   bo‘lib   yashash.   Masalan,
go‘shtxo‘r   va   o‘txo‘r   hayvonlar,   mushuk   bilan   sichqon,   mog‘or   va
mikroblarning boshqa bakteriyalarni o‘ldiradigan modda ishlab chiqarishi.
6)   Adaptatsiya   –   moslashish.   Organizmlarning   muhitga   moslashishi,
o‘simliklarning yaruslar hosil qilib o‘sishi, davriy jarayonlarga moslashish va
h.k.
4. Biomassa va uning tarqalishi
Biosferadagi   hamma   tirik   organizmlarning   massasi   biomassa   deb
yuritiladi   va   Yerning   boshqa   qismlariga   taqqoslaganda   u   juda   kichik
ko‘rsatkichga ega. Quruqlikdagi hamma tirik organizmlarning 99 % ga yaqini
o‘simliklar   massasidan   iborat.   Shuning   uchun   ko‘pincha   biosferadagi
jarayonlar tahlil etilganda fitobiomassaning ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Biomassaning   miqdoriga   bir   qator   ekologik   omillarning,   ayniqsa,   biotik   va
antropogen   omillarning   ta’siri   juda   katta,   shuning   uchun   biomassaning   Yer
yuzasida tarqalishi geografik mintaqa va zonalar bilan chambarchas bog‘liq.
Geografik   mintaqalar   radioatsion   ko‘rsatkich   va   atmosfera   sirkulyatsiyasi
bilan bog‘liq holda kengliklar bo‘ylab joylashgan. Har bir geografik mintaqa
ma’lum havo massalarining hukmronligi bilan ajralib turadi.
O‘simliklarning   ma’lum   maydondagi   massasini,   Yerning   geografik
mintaqalari bo‘ylab tarqalishi tahlil qilinganda eng ko‘p miqdor ekvatorial va
subekvatorial   mintaqaga   to‘g‘ri   kelishini   ko‘ramiz.   Bu   mintaqalardagi
biomassa   arktika   mintaqasidagi   biomassadan   qariyb   5   barobar   ko‘p.
Ekvatorial mintaqadan tropik mintaqaga borgan sari biomassa miqdori keskin
kamayib   ketadi,   mo‘tadil   mintaqada   biomassa   yana   ko‘payib   subarktik   va
arktika mintaqalariga borga Adabiyotlar:
1. Abdunazarov   O`.Q.,   Mirakmalov   M.T.,   Sharipov   Sh.M.   Umumiy   tabiiy
geografiya. –Toshkent, Barkamol fayz media nashriyoti.  2018. 328 b.
2. Vahobov H. Umumiy Yer bilimi. Darslik. –T oshkent : Bilim, 2005.
3. Геренчук   К.И.,   Боков   В.А.   Черванов   И.Г.   Общее   землеведение.   -М.:
Высшая школа, 1984. -256 с.
4. Мильков Ф.Н. Общее землеведение. -М.: Высшая школа, 1990.
5. Савцова Т.М. Общее землеведение. -М.: Академия, 2013.   
6. Шубаев Л.П. Умумий ер билими. –Тошкент: Ўқитувчи, 1975.
7. Goudie A. Physische Geograhfie. Germany,1997.   
8. World Regional Geography (This text was adapted by The Saylor Foundation   
under   a   Creative   Commons   Attribution-NonCommercial-ShareAlike   3.0
License   without   attribution   as   requested   by   the   work’s   original   creator   or
licensee).     www.sayior.org/books    .  
9. Nicholas   Clifford,Shaun   French   and   Gill   Valentine.   Key   Methods   in   
Geography. 2010.
10. Robert   E.   Gabler,   James   F.   Petersen,   L.   Michael   Trapasso.   Essentials   of
Physical   Geography.2007.   Thomson   Brooks/Cole,   a   part   of   The   Thomson
Corporation.Thomson,   the   Star   logo,   and   Brooks/Cole   are   trademarks   used
herein under license.

BIOSFERA YERNING HAYOT QOBIG‘I Reja: 1.Biosfera – Yerning hayot qobig‘i 2. Biosfera - tabiiy sistema 3. Organizmlarning geografik qobiqdagi ahamiyati 4. Biomassa va uning tarqalishi

1. Biosfera – Yerning hayot qobig‘i Sayyoramizda tirik organizmlar yashaydigan va ularning ta’siri sezilib turadigan hamma joy (makon) biosfera deyiladi. Unga atmosferaning 16 km gacha bo‘lgan quyi qatlami, bugun suv va yer po‘stining 2600 m chuqurlikkacha bo‘lgan yuza qatlami kiradi. Yer yuzasi okean suvi yuza qatlami va tagi qismda organizmlar juda zich joylashgan yupqa qobiq biosfera markazi (yadro) ni tashkil etadi. Biosferadagi organizmlar uchta katta guruhga bo‘linadi: 1) Yashil o‘simliklar, eng qadimgi qoldiqlari yoshi 1,3 mlrd. yil. 2) Zamburug‘lar, quyi paleozoy erasidan buyon mavjud. 3) Hayvonot olami, yoshi 1 mlrd. yilga yaqin. O‘simliklarning 360 000 ga yaqin turlari mavjud. Ularning 60 000 gi eng oddiylar, yashirin urug‘lar 250 000. Hayvonlar turi yana ham ko‘p. 1 700 000 dan ortiq. Ulardan 1 000 000 ga yaqin turi hasharotlar. Zamburug‘lar turi 100 000 dan oshadi. Okeanlarda o‘simlik va hayvonlar turi ancha kam, 10 000 turga yaqin o‘simlik, 160 000 turga yaqin hayvon bor. Shundan baliqlar 16 000 tur, molyuskalar 80 000 tur, qisiqchbaqasimonlar 20 000 turdan ortiq. Yerning geografik qobig‘i taraqqiyot jarayonida, tirik mavjudotning bevosita ishtirokida hozirgi qiyofasiga ega bo‘lgan. Organizmlarii muhitdan ajratilgan holda o‘rganib bo‘lmaganidek, ular yashaydigan muhitni ham jonsiz tabiat taraqqiyotida o‘ynaydigan ulkan rolini hisobga olmasdan tushunish mumkin emas. Hozirgi atmosferaga, quruqlikdagi va okeandagi suvlarga, litosferaning yuqori qatlamlariga tirik moddalar ta’sir ko‘rsatgan va ular muayyan darajada tirik moddalarning mahsulidir. Geografik qobiqning ayrim joylarida odamning paydo bo‘lishi va rivojlanishini muqarrar qilib qo‘ygan qulay sharoit vujudga kelgan. Bu jihatdan geografik qobiq kishilar faoliyati uchun geografik muhitdir.

“Biosfera” atamasi birinchi bor 1875-yil nemis geologi eduard Zyuss tomonidan fanga kiritilgan. Biosfera deganda Yerning hayot qobig‘i - tirik organizmlar mavjud muhit tushuniladi. U atmosferaning quyi qismi, gidrosferaning va litosferaning yuqori qismini o‘z ichiga olib, Yerning boshqa qobiqlaridan o‘zining bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi. Eng asosiy farqi-bu muhitda tirik organizmlarning (o‘simliklar, mikroorganizmlar, hayvonot dunyosi) mavjudligi hisoblanadi. Ammo biosfera yaxlit qobiqni hosil qilmaydi. Biosferaning yuqori chegarasi atmosferaning 25-30 km. balandlikda joylashgan ozon qatlami, quyibchagarasi quruqlikda 10-12 km. chuqurlikdan o‘tkaziladi. Gidrosfera esa butunlay biosfera tarkibiga kiritiladi. Organizmlarning asosiy qismi qalinligi bir necha o‘nlab metmi tashkil etuvchi atmosfera, litosfera va gidrosfera chegara zonasida joylashgan. Biosferadagi hayotni vujudga kelishi hali o‘z yechimini oxirigacha topmagan tabiatshunoslikning yirik muammolaridan biri hisoblanadi. Ko‘pchilikning fikricha, hayot moddaning kimyoviy evolutsiyasini biologik evolutsiyaga o‘tishi natijasida vujudga kelgan deb hisoblanadi. Bunday o‘tish davri qachon va qayerda bo‘lganligi haqida hanuzgacha aniq ma’lumotlar olingani yo‘q. Yaqin yillargacha Yeming o‘zini mutloq yoshi haqida ham har xil fikrlar mavjud edi, eng yangi usullar yordamida olingan ma’lumotlarga qaraganda Yerning mutlaq yoshi 4,5 mlrd. yil atrofida ekanligi aniqlandi. Yerdagi eng qadimgi cho‘kindi tog‘ jinslarning mutlaq yoshi esa 4 mlrd. yil atrofida ekanligi aniqlangan. Ko‘pgina olimlarning fikricha Yerda hayot vujudga kelishidan oldin qariyb 1 mlrd. yil davomida organik birikmalarning abiogen sintezi amalga oshgan va shundan keyin birlamchi soda organizmlar shakllangan deb hisoblanadi.

Biosferadagi tirik organizmlarning umumiy massasi Yerning boshqa qobiqlarining massasiga nisbatan juda kichik bo‘lib 2,4 10 12 tni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich gidrosferaning massasiga nasbatan taxminan 600 ming barobar, litosferaning massasiga nisbatan 1,5 min barobar kam. Lekin shunga qaramay tirik oiganizmlarning geografik qobiqqa ko‘rsatayotgan ta’siri benixoya katta. Birinchi navbatda bu ta’sir geografik qobiqning biz ko‘rsatayotgan bir qator xususiyatlami shakllanishida o‘z aksini topgan. Ayniqsa yashil o‘simliklarninng fotosintez jarayonida atmosferadagi karbonat angidrid, suv va tuproqdagi eritmalar hisobiga organik birikmalarni vujudga keltirishi muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon katta miqdordagi Quyosh energiyasini geografik qobiqda to‘planishi bilan bog‘liq. Keyinchalik bu energiya yonish, chirish jarayonida arof-muhitga chiqadi yoki boshqa organizmlaiga ozuqa zanjiri orqali uzatiladi. Biosferada energiya manbai sifatida har xil kimyoviy reaksiyalar ham xizmat qilishi mumkin, shuni hisobiga bakteriyalar organik mahsulotni vujudga keltiradi. Atrof-muhitning sharoitiga moslashishi, organizmlami tabiiy raqobat natijasida tanlanishi tirik organizmlarning evolutsiyasini ta’minladi. Birlamchi tirik organizmlami vujudga kelishi atmosfera, litosfera va gidrosferadagi moddani biologik o‘rin almashishiga jalb etish bilan birga uni energiya manbalaridan foydalanish imkonini yaratdi. Organizmlarning ichki energiya manbai, agar u uni tashqi muhitdan nur, issiqlik sifatida olmasa, moddani oksidlanish jarayonida ajratgan energiyasidan iborat. Ma’lum muhitda vujudga kelgan organizmlar bu muhitni u yoki bu darajada o‘zgartirdilar, o‘zlari ham o‘zgarib boradilar. Shunday qilib biosfera-deganda tirik organizmlar mavjud muhit tushuniladi. Biosferada moddaning ikkita asosiy toifasi mavjud: ular tirik organizmlar va jonsiz modda. Tirik organizmlar o‘z faoliyati natijasida

Quyosh energiyasi hisobiga kimyoviy birikmalarni vujudga keltiradi, bu birikmalar parchalanganda kimyoviy ish bajarishga qodir energiya ajralib chiqadi. Kimyoviy nuqtai nazardan tirik organizmlar materiyaning faolshakllaridan biri bo‘lib, uninig kimyoviy energiyasi energiyani boshqa masalan, mexanik, issiqlik va h.k. shakllariga aylanishi mumkin. Jonsiz modda - tirik organizmlar tarkibiga kirmagan minerallardan yoki kimyoviy elementlardan iborat bo‘lib, uning tarixiy davr mobaynida ajratgan energiyasi (radioaktivli, kimyoviy) unchalik ko‘p emas. Biosferadagi tirik va jonsiz organizmlar hayotiy jarayonlar ta’sirida bir-biri bilan chambar-chas bog‘langan. Yerda hayotni keng tarqalishida tirik organizmlaming har xil sharoitga moslashish qobiliyati muhim ahamiyatga ega. Misol tariqasida ba’zi bir mikroorganizmlar harorati +180° dan -253°ga bo‘lgan muhitda yashashi mumkinligini ko‘rsatishimiz mumkin. Ulardan ba’zi birlari 3000-8000 atmosfera bosimiga chidashi mumkin. Hayot shakllari ham xilma-xildir. Yer yuzida 500 mingga yaqin o‘simlik va 1,5 mln.ga yaqin hayvonot turlami uchratishimiz mumkin, dunyodagi hamma minerallarning soni esa 4 mingdan biroz ko‘proq xolos. Vladimir Ivanovich Vernadskiy biosfera kimyoviy elementlarning to‘planishi, almashinishi va tarqalishida organizmlarning rolini, biosfera inson mehnati va u qo‘lga kiritgan ilmiy muvaffaqiyatlar tufayli asta-sekin yangi holat – noosfera (aql-zakovat qobig‘i)ga o‘tishini birinchi bo‘lib ko‘rsatib berdi. “Noosfera” - iborasi ilmiy adabiyotga V.I. Vernadskiyning biogeokimyoviy fikrlari tarafdori, fransuz matematigi va faylasufi e.M. Rua tomonidan kiritilgan. Ammo V.I. Vernadskiy unga butunlay yangi ijtimoiy, ekologik mazmun bahsh etgan. Uning tushuntiricha, noosfera biosferaning shunday bir