logo

GEOGRAFIK FANLAR TIZIMIDA UMUMIY TABIIY GEOGRAFIYANING O‘RNI. UMUMIY TABIIY GEOGRAFIYA, OB’EKTI, PREDMETI VA VAZIFALARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.4462890625 KB
GEOGRAFIK FANLAR TIZIMIDA UMUMIY TABIIY
GEOGRAFIYANING O‘RNI. UMUMIY TABIIY GEOGRAFIYA,
OB’EKTI, PREDMETI VA VAZIFALARI
Reja:
1. Geografiya fani haqida tushuncha
2. Tabiiy geografiyaning o‘rganish ob’ekti va predmeti
3. Fanning maqsadi va vazifalari
4 . Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi va tarmoqlari G e o g r a f i y a   f a n i   h a q i d a   t u s h u n c h a
Fan   texnikaning   rivojlanishi   ta’sirida   oxirgi   20-30   yil   ichida
geografiya   fanida   tub   o‘zgarishlar   ro‘y   berdi.   Asosiy   e’tibor   insoniyatni
tabiiy resurslar bilan ta’minlashga qaratildi, bu esa o‘z o‘rnida geoekologik
muammolarni   chuqur   o‘rganishni   taqazo   etadi.   Geografiya   fanining
o‘rganish   ob’ekti   tabiiy   geografik   komplekslar   va   uning   tarkibiy   qismi
bo‘lgan     komponentlari   bir–biri   bilan   o‘zaro   chambarchas   bog‘liqligi
bo‘lganligi sababli mavjud muammolarni o‘rganishda va ularning yechimini
topishda geografiya fanining o‘rni beqiyosdir 1
.
Geogragiya   fani   Yer   yuzasini   o’rganish   bilan   shug’ullanadi.
Geogragiya   grekcha   so’z   bo’lib,   geo   “Yer”   graphein   “yozaman”,
“tasvirlayman”   degan   ma’nolarni   bildiradi.   Geograflar   yerning   tabiiy
tavsifi,   uning   aholisi   va   madaniyatini   hamda   umumiy   doirada   yerning   turli
qismlari   iqlim   hodisalarini   o’rganadi.   Geografiya   dunyodagi   barcha   tabiiy
va   sun’iy   hodisalar   orasidagi   o’zaro   aloqadarlikni   o’rganadi.   Geograflar
shuningdek   yerning   qandayligi,   uning   iqlimi   hamda   uning   landshaftlari
madaniy aralashuvga mos o’zgarishini ko’zdan kechiradi.
Geografiya fani ikki asosiy qismga bo’linadi: tabiiy geografiya va inson
geografiyasi. Bu ikki qism o’xshash bo’lib, ikkalasi ham fazoviy manzaradan
(ko’rinish)   foydalanadi   hamda   ikkalasi   ham   hududni   o’rganish   va   bir
hududni boshqasi bilan solishtirishni o’rganadi.
Tabiiy   geografiya   atrof-muhit   xarakteri,   daryolar,   tog’lar,   relyef
shakllari,   ob-havo,   iqlim,   tuproqlar,   o’simliklar   kabi   tabiat   hodisalarini
hamda yer yuzasining boshqa tabiiy jihatlarini o’rganadi. Tabiiy geografiya
geografiyada   yer   fanlarini   bir   yo’nalishga   qaratadi.   U   yerning   tabiiy
qismlariga   –   litosfera   (ustki   qatlam),   atmosfera   (havo),   gidrosfera   (suv)   va
1
Goudie A. Physische Geograhfie. Germany, 2002. – so‘z boshidan. biosfera   (tirik   organizmlar)ga   hamda   bu   qismlar   o’rtasidagi   o’zaro
aloqadorlikka urg’u beradi. 
Tabiiy   geografiya   doirasida   keyingi   paytlardagi   muhim   yo’nalishlar
quyidagilar:
- Geomorfologiya ( y erning tashqi xususiyatlarini o’rganadi)
- Glyatsiologiya ( muzliklarni o’rganadi)
- Qirg’oqlar geografiyasi (qirg’oqbo’yi regionlarni tadqiq qiladi)
- Iqlimshunoslik (iqlim va iqlim o’zgarishlarini o’rganadi)
- Biogeografiya (turlar tarqalishini o’rganadi).
Ba’zi   tabiiy   geograflar   quyosh   sistemasida   yerning   joylashishini
o’rganadilar.   Boshqalari   esa   atrof-muhit   geograflari   bo’lib,   ularning   bir
qismi   tabiiy   muhitning   fazoviy   jihatlari   va   madaniy   qarashlarni   o’rganish
sohasini   paydo   qildi.   Atrof-muhit   geografiyasi   tabiiy   va   inson   geografiyasi
ikkalasidan ham shuni talab qiladiki, insonlar o’z atrof-muhitlarini va tabiiy
landshaftlarni yaxshi tushunishlari kerak. 
Geografik   fanlarni   ko‘pchilik   mahalliy   olimlarning   fikricha,   to‘rt
guruhga bo‘lish mumkin:
1.   Tabiiy   geografik   fanlar:   geomorfologiya,   iqlimshunoslik,   quruqlik
gidrologiyasi,   okeanologiya,   glyatsiologiya,   muzloqshunoslik,   tuproqlar
geografiyasi, biogeografiya, fenologiya va b.
2.   Geografik   ijtimoiy   fanlar:   geografiya   tarixi,   iqtisodiy   geografiya   va
uning   barcha   tarmoqlari,   aholi   va   aholi   punktlari   geografiyasi,   energetika,
sanoat, qishloq xo‘jaligi va h.k. geografiyasi.
3.   Maxsus   geografik   fanlar.   O‘lkashunoslik,   mamlakatshunoslik,
geografik toponimika, tibbiy geografiya, harbiy geografiya.
4. Kartografiya va uning barcha tarmoqlari. Bu  har  bir  guruhga  kiruvchi  fanlarning  o‘z  o‘rganish   obekti,  predmeti
va   o‘rganish   metodlari   bor.   Har   birining   nazariy,   regional   hamda   amaliy
bo‘limlari ham bor.
Tabiiy geografiyaning o‘rganish ob’ekti. Tabiiy geografiyayer haqidagi
fan degan ma’noga ega. Bu juda umumiy gap. Chunki yerni juda ko‘p tabiiy
fanlar   o‘rganadi.   Xo‘sh   tabiiy   geografiya   yerning   qaysi   qismini   o‘rganadi?
Yerning ichki qismiga moddiy borliqning boshqa shakli xosdir. Yer  sharining
ustki qismida o‘ziga xos bo‘lgan  qobiq  tarkib topgan. Bu joyda moddalar uch
xil   holat   –   gaz,   suyuq   va   qattiq   holatda   bo‘ladi.   Bu   joyga   yerning   ichki
qismidan ham, koinotdan ham energiya kelib turadi. Yerning ichki qismidagi
moddalarning   saralanishi   natijasida   litosfera,   gidrosfera   va   atmosfera
vujudga   kelgan.   Tabiat   taraqqiyotining   ma’lum   bochqichiga   kelib,   tirik
organizm paydo bo‘lgan, u litosfera, gidrosfera, atmosfera taraqqiyotiga katta
ta’sir   ko‘rsatib   kelmoqda.   Hayot   faoliyati   ro‘y   beradigan   qobiqni   biosfera
deb ataymiz.
Shunday qilib, Yerning taraqqiyoti davomida yuza qismida o‘ziga xos
juda   murakkab   va   bir   butun   tabiiy   sistema   paydo   bo‘lganki,   u   geografik
qobiq   deb   ataladi.   Odam   ham   ana   shu   qobiqda   paydo   bo‘lib   shu   joyda
yashaydi.  Tabiiy  geografiya  mana  shu  qobiq  –  geografik  qobiqni  o‘rganadi.
Bu qobiqni yana landshaft qobig‘i ham deb yuritiladi. 
Tabiiy geografiyaga (grekcha fizis  -    tabiat, ge  -    yer, grafo  -    yozaman,
tasvirlayman  so‘zidan  olingan)   Yer  haqidagi   fan   deb   ta’rif   berilsa,  bu   juda
umumiy   ta’rif   bo‘ladi,   chunki   yerni   turli   jihatdan   barcha   tabiiy   va
tabiatshunoslik   fanlari   geofizika,   geologiya,   botanika,   zoologiya,   geoximiya
va boshqa fanlar o‘rganadi. Tabiiy geografiya predmetining aniqroq ta’rifi,
birinchidan,  tabiatning  geografiya  fani  o‘rganadigan  chegaralarini  aniqlab
olish,   ikkinchidan,   geografiyaning   unga   yaqin   bo‘lgan   fanlar   bilan   o‘zaro
munosabauarini   belgilab   olishni   taqazo   etadi,   Tabiat   juda   xilma-xildir. Materiyaning   ba’zi   shakllari   Yerning   qobiqlari   uchungina   xos   bo‘lib,   ular
sayyoramizdan   tashqarida,   koinotda   tamomila   boshqachadir.   Yer   shari
yuzasida: yer po‘stining ma’lum bir chuqurligi bilan atmosferaning ma’lum
bir   balandligigacha   bo‘lgan   qismida   maxsus   moddiy   tizim   vujudga   kelgan.
Sayyoramizning   ushbu   ustki   qobig‘i   uchun   moddalarning   uch   holatda:   gaz,
suyuq   va   qattiq   holatda   bo‘lishi   namda   modda   harakatining   xilma-xil
shakllari xosdir, Yerning ichki qismidan chiqadigan modda va issiqlik ham,
koinotdan keladigan modda va issiqlik ham shu joyda to‘planadi,   u Yerning
ichki   qismidagi   moddalarning   tabaqalanishi   natijasida   litosfera   bilan
gidrosfera   tarkib   topgan.   Yer   yuzasi   tabiati   rivojlanishining   ma’lum   bir
bosqichida   hayot   paydo   bo‘lgan   va   tirik   moddalar   litosfera,   gidrosfera
hamda   atmosferaning   taraqqiyotiga   faol   ta’sir   ko‘rsatadigan   omil   bo‘lib
qolgan.   Tirik   modda   ta’sirida   mazkur   qobiqlar   hozirgi   xususiyatga   ega
bo‘lgan 2
.
Geografik   qobiqni   tabiatini   xuddi   shunday   holda,   bir   butun   holda
o‘rganish tabiiy geografiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi, tabiiy geografiya
geografik  qobiqni  tarkibi,  tuzilishi,  rivojlanishi  va  landshaftlar  tabaqalanishi
haqidagi   fanlar   tizimidir.   Mazkur   fanlar   tizimi   o‘z   navbatida   uch   guruhga
bo‘linadi: 
-   umumiy   tabiiy   geografik   fanlar   guruhi.   Mazkur   fanlarga   umumiy
tabiiy   geografiya ,   umumiy   geomorfologiya,   umumiy   gidrologiya ,   tabiiy
geografik rayonlashtirish va bosha fanlar kiradi; 
-   maxsus   (xususiy)   tabiiy   geografik   fanlar   guruhiga   tuproqlar
geografiyasi,   geobotanika,   zoogeografiya,   iqlimshunoslik   va   boshqa   fanlar
kiradi; 
-     regional   tabiiy   geografik   fanlar   guruhiga   materiklar   va   okeanlar
tabiiy geografiyasi, alohida davlatlar va o‘lkalar tabiiy geografiyasi kiradi .
2
( World Regional Geography,  5 -bet) Geografik   qobiqning   mavjudligi   va   u   o‘ziga   hos   hususiyatlari   bilan
tabiiy   geografiyaning   ob’ekti   ekanligi   ko‘pchilik   geograflar   tomonidan   tan
olingan.   Ammo   uning   nomlanishi,   uning   yuqori   va   quyi   chegaralari,hamda
ularga   bog‘liq   holda,   qalinligi   haqida   turlicha   fikrlar   yuzaga   kelgan.
Geografik   qobiq   haqidagi   ta’limotning   asoschisi   hisoblangan
A.A.Grigorevning   o‘zi   ham   uni   turlicha   nom   bilan   atagan.   Masalan,   1930
yilda   "geografik   muxit",   1937   yilda   "tabiiy   geografik   qobiq"   va   1964   yilda
esa "geografik qobiq" deb atagan.
    Geografik   qobiq   haqidagi   ta’limotning   ommalashtirilishida,   oliy
geografik   ta’limga   joriy   qilinishida,   o‘rta   maktab   dasturlariga   kiritilishida
xizmatlari   beqiyos   bo‘lgan   S.V.Kalesnik   1940   yilda   birinchi   bo‘lib
"geografik   qobiq"   atamasini   ishlatgan   bo‘lsa   ham,   keyinchalik   1955,   1970
yillarda u sinonim sifatida "landshaft qobig‘i" atamasidan foydalana boshladi.
Yerning   tashqi   qobig‘ini   geografik   adabiyotda   "landshaft   qobig‘i"
(Yu.K.Yefremov,   1950:   V.B.Sochava,   1956),   "landshaft   sferasi"
(Yu.K.Yefremov,   1959:   D.L.Armand,   1975),   "biogenosfera"   (I.M.Zabelin,
1959,   1978),   "epigeosfera"   (A.G.Isachenko,   1965,   1991)   yoki   "geosfera"
(A.M.Ryabchikov, 1978) deb nomlash hollari uchraydi.
Bir   vaqtlar   V.I.Vernadskiy   (1926)   aytgan   "biosfera"   ham   o‘z
chegaralari bilan geografik qobiqqa mos keladi. Bu haqda, A.Ye.Krivolutskiy
(1985)   tomonidan   tuzilgan   va   tabiiy   geografiyaning   ob’ektiga   nisbatan
bildirilgan   turli   ko‘z   qarashlarni   aks   ettiruvchiko‘rgazmali   jadval   yaxshi
tasavvur hosil qilishi mumkin. 
Geografik   qobiqning   murakkab   tuzilishi   va   xususiyatlari   uni   har   to-
monlama   tadqiq   qilishni,   ya’ni   bir   butun   hamda   alohida   komponentlar
bo‘yicha ham va undagi katta-kichik  tabiiy geografik majmualar bo‘yicha
ham tadqiq qilishni taqozo etadi.  Bu, o‘z navbatida, Tabiiy geografiyaning
tarmoqlanishiga   olib   keladi.   Hozirgi   kunda   Tabiiy   geografiyaning quyidagi   asosiy   tarmoklari   mavjud:   umumiy   yer   bilimi,   regional
geografiya,   landshaftshunoslik,   paleogeografiya,   xususiy   geografiya   va
h.k. 
Geografiya   fani   Yerni   umumiy   va   regional   tadqiq   qilishdan   tashqari
tabiiy   geografik   muhitning   ayrim   tarkiblarini   ham   alohida   o‘rganadi.
Tabiatning   ayrim   tarkiblari   maxsus   tabiiy   geografiya   fanlari   tomonidan
o‘rganiladi.   Maxsus   yoki   xususiy   tabiiy   geografik   fanlari   guruhiga   tuproq
geografiyasi,   geobotanika,   zoogeografiya,   glyatsiologiya,   iqlimshunoslik.
okeanografiya   va   boshqalar   kiradi.   Tuproqlar   geografiyasi   yer   yuzasida
tuproqlar   tarqalishini   geografik   qonuniyatlarini   o‘rganadi.   Geobotanika   yer
yuzasida   o‘simliklarni,   zoogeografiya   hayvonlarni   tarqalishini   geografik
jihatlarini o‘rganadi. 
Regional   tabiiy   geografiya   ayrim   hududiy   tabiiy   sharoitining
shakllanishini   va   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   o‘rganadi,   Umumiy   va   regional
tabiiy   geografiya   fanlari   guruhi   xususiy   (maxsus)   tabiiy   geografiya   fanlari
ma’lumotlari   va   xulosalari   bilan   «oziqlanadi»,   masalan,   daryolarni
o‘rganuvchi   gidrologiya   fani   daryo   suvlari   xususiyatlarini   fizik   va   ximik
usullari   yordamida   o‘rganadi.   Geografiya   fanlari   tizimining   ikkinchi   katta
tarmog‘ini   iqtisodiy   geografiya   fanlari   guruhi   tashkil   qiladi.   Iqtisodiy
geografiya fanlari guruhi quyidagi qismlardan iborat:
- umumiy iqtisodiy geografiya fanlari; 
- tarmoqlar iqtisodiy geografiyasi; 
- regional iqtisodiy geografik fanlar. Adabiyotlar:
1. Abdunazarov   O`.Q.,   Mirakmalov   M.T.,   Sharipov   Sh.M.   Umumiy   tabiiy
geografiya. –Toshkent, Barkamol fayz media nashriyoti.  2018. 328 b.
2. Vahobov H. Umumiy Yer bilimi. Darslik. –T oshkent : Bilim, 2005.
3. Геренчук   К.И.,   Боков   В.А.   Черванов   И.Г.   Общее   землеведение.   -М.:
Высшая школа, 1984. -256 с.
4. Мильков Ф.Н. Общее землеведение. -М.: Высшая школа, 1990.
5. Савцова Т.М. Общее землеведение. -М.: Академия, 2013.   
6. Шубаев Л.П. Умумий ер билими. –Тошкент: Ўқитувчи, 1975.
7. Goudie A. Physische Geograhfie. Germany,1997.   
8. World Regional Geography (This text was adapted by The Saylor Foundation   
under   a   Creative   Commons   Attribution-NonCommercial-ShareAlike   3.0
License   without   attribution   as   requested   by   the   work’s   original   creator   or
licensee).     www.sayior.org/books    .  
9. Nicholas   Clifford,Shaun   French   and   Gill   Valentine.   Key   Methods   in   
Geography. 2010.
10. Robert   E.   Gabler,   James   F.   Petersen,   L.   Michael   Trapasso.   Essentials   of
Physical   Geography.2007.   Thomson   Brooks/Cole,   a   part   of   The   Thomson
Corporation.Thomson,   the   Star   logo,   and   Brooks/Cole   are   trademarks   used
herein under license.

GEOGRAFIK FANLAR TIZIMIDA UMUMIY TABIIY GEOGRAFIYANING O‘RNI. UMUMIY TABIIY GEOGRAFIYA, OB’EKTI, PREDMETI VA VAZIFALARI Reja: 1. Geografiya fani haqida tushuncha 2. Tabiiy geografiyaning o‘rganish ob’ekti va predmeti 3. Fanning maqsadi va vazifalari 4 . Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi va tarmoqlari

G e o g r a f i y a f a n i h a q i d a t u s h u n c h a Fan texnikaning rivojlanishi ta’sirida oxirgi 20-30 yil ichida geografiya fanida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Asosiy e’tibor insoniyatni tabiiy resurslar bilan ta’minlashga qaratildi, bu esa o‘z o‘rnida geoekologik muammolarni chuqur o‘rganishni taqazo etadi. Geografiya fanining o‘rganish ob’ekti tabiiy geografik komplekslar va uning tarkibiy qismi bo‘lgan komponentlari bir–biri bilan o‘zaro chambarchas bog‘liqligi bo‘lganligi sababli mavjud muammolarni o‘rganishda va ularning yechimini topishda geografiya fanining o‘rni beqiyosdir 1 . Geogragiya fani Yer yuzasini o’rganish bilan shug’ullanadi. Geogragiya grekcha so’z bo’lib, geo “Yer” graphein “yozaman”, “tasvirlayman” degan ma’nolarni bildiradi. Geograflar yerning tabiiy tavsifi, uning aholisi va madaniyatini hamda umumiy doirada yerning turli qismlari iqlim hodisalarini o’rganadi. Geografiya dunyodagi barcha tabiiy va sun’iy hodisalar orasidagi o’zaro aloqadarlikni o’rganadi. Geograflar shuningdek yerning qandayligi, uning iqlimi hamda uning landshaftlari madaniy aralashuvga mos o’zgarishini ko’zdan kechiradi. Geografiya fani ikki asosiy qismga bo’linadi: tabiiy geografiya va inson geografiyasi. Bu ikki qism o’xshash bo’lib, ikkalasi ham fazoviy manzaradan (ko’rinish) foydalanadi hamda ikkalasi ham hududni o’rganish va bir hududni boshqasi bilan solishtirishni o’rganadi. Tabiiy geografiya atrof-muhit xarakteri, daryolar, tog’lar, relyef shakllari, ob-havo, iqlim, tuproqlar, o’simliklar kabi tabiat hodisalarini hamda yer yuzasining boshqa tabiiy jihatlarini o’rganadi. Tabiiy geografiya geografiyada yer fanlarini bir yo’nalishga qaratadi. U yerning tabiiy qismlariga – litosfera (ustki qatlam), atmosfera (havo), gidrosfera (suv) va 1 Goudie A. Physische Geograhfie. Germany, 2002. – so‘z boshidan.

biosfera (tirik organizmlar)ga hamda bu qismlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikka urg’u beradi. Tabiiy geografiya doirasida keyingi paytlardagi muhim yo’nalishlar quyidagilar: - Geomorfologiya ( y erning tashqi xususiyatlarini o’rganadi) - Glyatsiologiya ( muzliklarni o’rganadi) - Qirg’oqlar geografiyasi (qirg’oqbo’yi regionlarni tadqiq qiladi) - Iqlimshunoslik (iqlim va iqlim o’zgarishlarini o’rganadi) - Biogeografiya (turlar tarqalishini o’rganadi). Ba’zi tabiiy geograflar quyosh sistemasida yerning joylashishini o’rganadilar. Boshqalari esa atrof-muhit geograflari bo’lib, ularning bir qismi tabiiy muhitning fazoviy jihatlari va madaniy qarashlarni o’rganish sohasini paydo qildi. Atrof-muhit geografiyasi tabiiy va inson geografiyasi ikkalasidan ham shuni talab qiladiki, insonlar o’z atrof-muhitlarini va tabiiy landshaftlarni yaxshi tushunishlari kerak. Geografik fanlarni ko‘pchilik mahalliy olimlarning fikricha, to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: 1. Tabiiy geografik fanlar: geomorfologiya, iqlimshunoslik, quruqlik gidrologiyasi, okeanologiya, glyatsiologiya, muzloqshunoslik, tuproqlar geografiyasi, biogeografiya, fenologiya va b. 2. Geografik ijtimoiy fanlar: geografiya tarixi, iqtisodiy geografiya va uning barcha tarmoqlari, aholi va aholi punktlari geografiyasi, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi va h.k. geografiyasi. 3. Maxsus geografik fanlar. O‘lkashunoslik, mamlakatshunoslik, geografik toponimika, tibbiy geografiya, harbiy geografiya. 4. Kartografiya va uning barcha tarmoqlari.

Bu har bir guruhga kiruvchi fanlarning o‘z o‘rganish obekti, predmeti va o‘rganish metodlari bor. Har birining nazariy, regional hamda amaliy bo‘limlari ham bor. Tabiiy geografiyaning o‘rganish ob’ekti. Tabiiy geografiyayer haqidagi fan degan ma’noga ega. Bu juda umumiy gap. Chunki yerni juda ko‘p tabiiy fanlar o‘rganadi. Xo‘sh tabiiy geografiya yerning qaysi qismini o‘rganadi? Yerning ichki qismiga moddiy borliqning boshqa shakli xosdir. Yer sharining ustki qismida o‘ziga xos bo‘lgan qobiq tarkib topgan. Bu joyda moddalar uch xil holat – gaz, suyuq va qattiq holatda bo‘ladi. Bu joyga yerning ichki qismidan ham, koinotdan ham energiya kelib turadi. Yerning ichki qismidagi moddalarning saralanishi natijasida litosfera, gidrosfera va atmosfera vujudga kelgan. Tabiat taraqqiyotining ma’lum bochqichiga kelib, tirik organizm paydo bo‘lgan, u litosfera, gidrosfera, atmosfera taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Hayot faoliyati ro‘y beradigan qobiqni biosfera deb ataymiz. Shunday qilib, Yerning taraqqiyoti davomida yuza qismida o‘ziga xos juda murakkab va bir butun tabiiy sistema paydo bo‘lganki, u geografik qobiq deb ataladi. Odam ham ana shu qobiqda paydo bo‘lib shu joyda yashaydi. Tabiiy geografiya mana shu qobiq – geografik qobiqni o‘rganadi. Bu qobiqni yana landshaft qobig‘i ham deb yuritiladi. Tabiiy geografiyaga (grekcha fizis - tabiat, ge - yer, grafo - yozaman, tasvirlayman so‘zidan olingan) Yer haqidagi fan deb ta’rif berilsa, bu juda umumiy ta’rif bo‘ladi, chunki yerni turli jihatdan barcha tabiiy va tabiatshunoslik fanlari geofizika, geologiya, botanika, zoologiya, geoximiya va boshqa fanlar o‘rganadi. Tabiiy geografiya predmetining aniqroq ta’rifi, birinchidan, tabiatning geografiya fani o‘rganadigan chegaralarini aniqlab olish, ikkinchidan, geografiyaning unga yaqin bo‘lgan fanlar bilan o‘zaro munosabauarini belgilab olishni taqazo etadi, Tabiat juda xilma-xildir.

Materiyaning ba’zi shakllari Yerning qobiqlari uchungina xos bo‘lib, ular sayyoramizdan tashqarida, koinotda tamomila boshqachadir. Yer shari yuzasida: yer po‘stining ma’lum bir chuqurligi bilan atmosferaning ma’lum bir balandligigacha bo‘lgan qismida maxsus moddiy tizim vujudga kelgan. Sayyoramizning ushbu ustki qobig‘i uchun moddalarning uch holatda: gaz, suyuq va qattiq holatda bo‘lishi namda modda harakatining xilma-xil shakllari xosdir, Yerning ichki qismidan chiqadigan modda va issiqlik ham, koinotdan keladigan modda va issiqlik ham shu joyda to‘planadi, u Yerning ichki qismidagi moddalarning tabaqalanishi natijasida litosfera bilan gidrosfera tarkib topgan. Yer yuzasi tabiati rivojlanishining ma’lum bir bosqichida hayot paydo bo‘lgan va tirik moddalar litosfera, gidrosfera hamda atmosferaning taraqqiyotiga faol ta’sir ko‘rsatadigan omil bo‘lib qolgan. Tirik modda ta’sirida mazkur qobiqlar hozirgi xususiyatga ega bo‘lgan 2 . Geografik qobiqni tabiatini xuddi shunday holda, bir butun holda o‘rganish tabiiy geografiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi, tabiiy geografiya geografik qobiqni tarkibi, tuzilishi, rivojlanishi va landshaftlar tabaqalanishi haqidagi fanlar tizimidir. Mazkur fanlar tizimi o‘z navbatida uch guruhga bo‘linadi: - umumiy tabiiy geografik fanlar guruhi. Mazkur fanlarga umumiy tabiiy geografiya , umumiy geomorfologiya, umumiy gidrologiya , tabiiy geografik rayonlashtirish va bosha fanlar kiradi; - maxsus (xususiy) tabiiy geografik fanlar guruhiga tuproqlar geografiyasi, geobotanika, zoogeografiya, iqlimshunoslik va boshqa fanlar kiradi; - regional tabiiy geografik fanlar guruhiga materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi, alohida davlatlar va o‘lkalar tabiiy geografiyasi kiradi . 2 ( World Regional Geography, 5 -bet)