UMUMIY TABIIY GEOGRAFIYANING TADQIQOT USULLARI.
UMUMIY TABIIY GEOGRAFIYANING TADQIQOT USULLARI. Reja: 1. Fanda m etodologiya tushunchasi 2.T abiiy geografik fanlar metodologiyasi 3. T abiiy geografik tadqiqot metodlar tizimi .
Tadqiqot metodlarini ahamiyatini baholash qiyindir. Tadqiqot usullarini etarli darajada bilmaslik, ilmiy jihatdan asooslangan qonuniyatlarni aniqlash imkoniyatini bermaydi. Shuning uchun har bir geografik ob’ektni o’rganishda to‘g‘ri metod va usullardan foydalanish hamda tadqiqot usuliby’tini to‘g‘ri tashkillash muhimdir. Tadqiqot o’tkazishda uslubiyot, uslublar, usular kabi tushunchalardan foydalaniladi. Uslub yoki metod - tadqiqotlarni magistral bosh yo‘lidir. Uslublar oz, usullar esa juda ko‘p. Masalan, taqqoslash uslub, eksperimental, ayerokosmik, matematik va bilan. usullardir Tadqiqot metodikasi ya’ni uslubiyoti esa tadqiqot olib borishda qo’llaniladigan usul va metodlar tizimi hamda ulardan foydalanish tartibidir. Geografik tadqiqotlar metodlarni bayon qilishdan avval geografiya faninig o’ziga xos xususiyatlarini eslatib o’tish o’rinlidir. Bular quyidagilar: a) geografiya - rivojlanayotgan hududiy ob’ektlarning fazoviy joylanishi haqidagi fan; b) geografiya tabiiy va ijtimoiy fanlar chegarasida joylashgan, tabiat va jamiyat aloqalarini o‘rganuvchi fan, v) geografiya - tabiiy ijtimoiy komplekslar to‘g‘risidagi fan, g) geografiya o‘zaro aloqalar, bog‘liqliklar to‘g‘risidagi fandir. Har bir fan mustaqil fan yoki fanlar tizimi bo’lishi uchun, albatta uning nazariy asosining yaratilishi darkor. Nazariy asosning bosh masalasi esa fan yoki fanlar metodologiyasidir. SHuning uchun bo’lsa kerak faylasuflarning munozara markazida aynan mazkur masala ko’ndalang bo’lib turadi va, afsuski, hanuzgacha ular yagona bir fikrga etib kelishganicha yo’q. Fanlarni tizimlash shuni ko’rsatmoqdaki geografik fanlar tabiiy fanlar ichidan chiqib kelayotgan ekan , geografiya to’lig’icha ijtimoiy fanlar tizimiga kirmaydi. Agarda fanlarni tizimlashni davom ettiradigan bo’lsak, unda tabiiy fanlar – geografiya, tabiiy geografiya, landshaftshunoslik, quruqlik gidrologiyasi, okeanologiya, biogeografiya, geoekologiya kabi fanlarga ajralib ketadi (Nigmatov, Saidov, 2006). Mazkur bo’linish ierarxiyasi yanada mayda fanlarga bo’linib ketishi
hech gap emas. CHunki zamon rivojlangan va o’zgargan sari yangidan yangi fanlar yaratilishi tabiiy holdir. Metodologiya - yunoncha “metodos”- bilish yoki tadqiq qilish “logos”- ta’limot degan so’zlar yig’indisidan iborat . Uni umumlashgan tarzda, fan nuqtai nazaridan, ilmiy bilish usullariga oid ta’limotlar yig’indisi , to’g’rirog’i bu erda ham tizimi , deyish mumkin. CHunki metodologiyaning quyida sanab o’tiladigan qismlari aynan muayyan bir ketma-ketlikda va ierarxiyada tizimlashtiriladi. Metodologiya metod emas va undan farqli ravishda sharoit va zamonga qarab, yo evolyutsion yoinki noevolyutsion tarzda o’zgarishi mumkin . Metod o’zgarmaydi, yangilari yaratiladi va ular eskilarini o’rniga ilmiy bilishda qo’llaniladi, xolos. Metodlarni tizimlash esa muayyan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ekologik, ma’naviy-ma’rifiy holatdan kelib chiqadi. Tabiiy geografik fanlar metodologiyasida ijtimoiy sharoit ni inobatga olishda tadqiqotlarni ijtimoiylashuviga, ya’ni inson tomonidan jamiyatda yashash imkonini beruvchi bilimlar, normalar va qadriyatlar tizimining o’zlashtirilishini inobatga olish kerak bo’ladi. Ikkinchi metodologik talab tabiiy geografik tadqiqotlarni geografiyaning obekti bo’lmish geografik qobiq doirasidan chiqib ketmasligini ta’minlashdadir. Uchinchi metodologik talab tabiiy va tabiiy ijtimoiy voqea, jarayon va hodisalarni ilmiy bilish. Bu degan so’z atmosfera quyi, gidrosfera va litosferaning ustki qatlamida bo’layotgan iqlimiy, gidrologik va geodinamik, biologik jarayonlarni inson faoliyatisiz hamda inson faoliyati natijasida o’zgarishini taqqoslashni tadqiq qilish. CHunki ilmiy-texnika revolutsiyasi davrida tabiatdagi ko’pgina hodisa va jarayonlarda inson faoliyatining ta’siri kattadir. To’rtinchi va beshinchi metodologik talab yuqorida sanab o’tilgan talablarni ilmiy bilish uchun zarur hisoblangan dala-ekspeditsion, kameral-laboratoriya, informatsion-kommunikatsion usullarni tanlash. Ushbu usullar o’z-o’zidan tanlanmaydi. Avvalam bor tabiiy geografik fanlar usuli huquqiy asos, siyosiy holat, iqtisodiy imkoniyat, ijtimoiy sharoit, ma’naviy-ma’rifiy darajani inobatga olishi lozim.
Tadqiqot metodlarini tanlashda tizimlash yoki tizimli yondashuvni qo’llashimiz lozim bo’ladi. Bu o’rinda tizimli yondashuvning asoschisi V.B.Sochavaning fikrini aytib o’tish o’rinlidir. U shunday deb yozgan edi: “Hozirgi zamon tabiiy geografiyaning asosini tashkil qilgan geotizim haqidagi ta’limotni tan olish hech kimda shubxalanish va ikkilanishni tug’dirish kerak emas, u fanimizning keyingi taraqqiyotini qondirish holatidadir”. Tizimli yondashuv ilmiy bilish jarayoni gipoteza, kontseptsiya, rejadan boshlanib, nazariy asosini ishlab chiqish yoki aniqlashtirish hamda amaliy tadbiqiga etib borish metodlarini muayyan ierarxiya asosida olib borishni talab etadi. Tizim so’zi yunonchada “systeme” – qismlardan iborat, butun, ya’ni yagona bir butunlikka ega bo’lgan tadqiqot qismlari, degan ma’noni anglatadi. Tabiiy geografik tadqiqotlar olib borishda hamma fanlarda qo‘llaniladigan, hamda maxsus tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Hozirgi paytda deyarli hamma fanlarda tizimi tadqiqot usullari keng qo‘llaniladi. Tizimli tadqiqot usulida har bir tabiiy geografik borliq (ob’ekt) o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan turli xil tarkibiy qismlardan iborat tizim deb qaraladi. Geografik qobiqni tizim deb oladigan bo‘lsak, u yana vertikal va gorizontal yo‘nalishda yanada maydaroq tizimchalarga, mazkur tizimchalar yanada kichikroq tizimchalarga bo‘linib ketadi. Fan hamisha biron tarzda hodisalar o‘rtasidagi aloqalarini ochib berishga intilib keldi. Tabiat dialektikasi tabiatni bir butunligini, undagi hodisa va jarayonlarni o‘zaro alaqadorlikda, bir butun holda tadqiq qilishni nazarda tutadi. Hodisalar va jarayonlarni tizimlar sifatida, yahni elementlari va qismlari muayan aloqadorlikda bo‘lgna, bularning o‘zlari ham kengroq tizimlarning tomonlari va qismlaridan iborat bo‘lgan yaxlit butunliklar sifatida tahlil qilish - hozirgi zamon fanining harakteril xususiyatlaridan bidir. Tabiiy geografiyadagi tadqiqot uslubilaridan biri bu dialektik uslub bo‘lib, falsafiy nuqtai nazardan tabiadagi barcha hodisa va jarayonlarni to‘liq anglash uchun dialektik uslubdan foydalaniladi. Faqat dialektik uslub yordamida tadqiqotning mohiyati to‘liq anglanadi.
Tabiiy geografiyadagi tadqiqotlar jarayonida taqqoslash uslubiga ham juda katta o‘rin berilgan. Bu usul orqali har qanday ikkita tabiiy geografik obektni bir biriga qiyoslash yordamida tadqiqot ishlarini natijasini kuzatish mumkin. Taqqoslash usulida bir-biriga yaqin va o‘xshash bo‘lgan ob’ektlar tanlab olinadi. Bundan tashqari , tabiiy geografiyada fanlararo qo‘llaniladigan matematik, geoximik, geofizik va modellashtirish usullaridan ham foydalaniladi. Geografik tadqiqot usullari miqdoriy (statistik va matematik modellashtirirsh) va sifat (kuzatish, tajriba) kabi turlarga bo‘linadi 1 . Hozirgi paytda tabiiy geografiyada matematik usullar juda sustlik bilan qo‘llanilmoqda, Ko‘proq matematik statistika va ehtimollar nazariyasi qo‘llanilmoqda. Geografik ob’ektlar juda murakkab bo‘lganligi uchun hozirgacha ularni matematik jihatdan ifodalash ancha murakkab masala hisoblanadi. Shunga qaramasdan murakkab matematik tahlil usullari geomorfologik tadqiqotlarda keng qo‘llanilmoqda. Geokimyoviy usullar landshaftshunoslik tadqiqotlarida keng qo‘llaniladi. Geokimyoviy usul yordamida landshaftshunoslikda kimyoviy elementlarni harakati o‘rganiladi. Kimyoviy elementlar ko‘proq balandliklardan pastqam joylar tomon harakat qiladi. Natijada turli xil landshaftlar hosil bo‘ladi. Geofizik usullar yordamida landshaftlarda sodir bo‘ladigan energiya va modda almashinuvi jarayoni o‘rganiladi . Modellashtirish usuli tabiiy geografiyada keng qo‘llalliladi. Hozirgi paytda jamiyat va tabiatni o‘zaro ta’sirini modellashtirish tabiiy geografiyani va ekologik geografiyaning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Tabiiy geografiyada maxsus tadqiqot usullari keng qo‘llaniladi. Ular tabiiy geografiyaning o‘zida ishlab chiqilgan usullardir. Bunday usullarga qiyosiy tavsif, ekspeditsiya, kartografik, paleogeografik, landshaft indikatsiya va boshqa usullar kiradi. Qiyosiy tavsif usuli tabiiy geografiyada qadimdan qo‘llab kelinadi. Hozirgi davrda ham mazkur usul geografik tadqiqotlar olib borishning asosiy usuli 1 Nicholas Clifford, Shaun French and Gill Valentine . Key Methods in Geography, 8-bet