logo

GIDROLOGIK HISOBLASHLAR TADQIQOT USULLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

31.693359375 KB
GIDROLOGIK HISOBLASHLAR  TADQIQOT USULLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLI
Reja:
1. Tadqiqot usullari
2. Shakllanish va rivojlanish bosqichlari Tadqiqot usullari
Suv   havzalarida   kechadigan   hodisalar   qonuniyatlarini   to‘la   o‘rganish,
tegishli   xulosalar   chiqarish   va   ulardan   amalda   samarali   foydalanish   maqsadida
gidrologiyada   turli   tadqiqot   usullaridan   foydalaniladi.   Ular   ichida   eng   asosiylari
statsionar, ekspeditsiya  va  tajriba laboratoriya  usullaridir.
Statsionar   usulda   suv   ob’ektlari   (daryolar,   ko‘llar,   muzliklar)   ning
gidrologik   rejimi   elementlari   ko‘p   yillar   davomida   kunning   ma’lum   belgilangan
soatlarida muntazam ravishda kuzatib boriladi.
Ma’lumki, gidrologik rejim tabiiy geografik omillar, birinchi navbatda iqlim
ta’sirida   bo‘lib,   suv   sathi,   suv   sarfi,   suv   harorati,   muzlash   hodisalari,   erigan
moddalar   hamda   loyqa   oqiziqlar   oqimi   va   boshqa   elementlarning   kunlik,
mavsumiy, yillik va ko‘p yillik o‘zgarishlarida namoyon bo‘ladi.
Statsionar   usuldagi   kuzatish   ishlari   fan   va   amaliyot   ehtiyojlarini   hisobga
olib,   mutaxassislar   tomonidan   maxsus   tuzilgan   yagona   dastur   va   qo‘llanmalarga
qat’iy   amal   qilgan   holda   bajariladi.   Mamlakatimiz   daryolari,   ko‘llari,   suv
omborlari,   va   muzliklarida   bu   ishlar,   asosan,   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasi   huzuridagi   Gidrometeorologiya   Bosh   Boshqarmasi   tizimiga   qarashli
180   ga   yaqin   gidrologik   stansiyalar   va   kuzatish   joylari   (postlar) da   amalga
oshiriladi.   Ayrim   hollarda   bu   usuldagi   tadqiqotlar   tegishli   muassasalar,   masalan,
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga qarashli kuzatuv joylarida ham o‘tkaziladi.
Ekspeditsiya   usulida   ma’lum   hududdagi   nisbatan   kam   o‘rganilgan   yoki
umuman   o‘rganilmagan   suv   ob’ektlari,   to‘g‘ridan to‘g‘ri   dala   sharoitida,   umumiy
tarzda   yoki   aniq   bir   yo‘nalishdagi   maqsadni   ko‘zlab   tadqiq   etiladi.   Bu   usulda
bajarilishi   zarur   bo‘lgan   gidrologik   o‘lchov   va   kuzatuv   ishlari   majmui,
ekspeditsiya   oldiga   qo‘yiladigan   vazifalarga   bog‘liq   holda,   oldindan   tuzilgan
dasturda   batafsil   ko‘rsatilgan   bo‘ladi.   Ekspeditsiya   sharoitida,   asosan,   makonda
keng   miqyosda   o‘zgaruvchi,   lekin   ma’lum   vaqt   ichida   kam   o‘zgaradigan
gidrologik hodisa va jarayonlar tadqiq qilinadi. O‘rganilayotgan hudud gidrografik
tarmoqlarida   nisbatan   qisqa   muddatda   (bir   necha   oylardan   to   bir ikki   va   ba’zan
undan ham ko‘p yillarda) o‘lchov va kuzatuv ishlari bajarilib, kerakli ma’lumotlar to‘planadi.   Izlanishlar   natijasida   to‘plangan   barcha   ma’lumotlar   ekspeditsiya
hisobotida umumlashtiriladi va ulardan tegishli xulosalar chiqariladi. Bu xulosalar
asosida hududning suv zahiralaridan xalq xo‘jaligida foydalanish bo‘yicha amaliy
tavsiyalar ham beriladi.
Respublikamizda   har   yili   Boshgidromet,   Qishloq   va   suv   xo‘jaligi   vazirligi,
Fanlar   Akademiyasi   va   boshqa   suv   tadqiqotlari   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   muassasalar
tizimlarida   bir   qancha   maxsus   ekspeditsiyalar   tashkil   etilib,   ularning   har   biri
o‘zlarining ma’lum maqsad va vazifalariga ega bo‘ladi.
Tajriba laboratoriya   usuli  suvning  tabiiy va  ximiyaviy xossalarini  aniqlash,
gidrodinamik   hodisalarni   va   boshqa   jarayonlarni   modellash   sharoitida   o‘rganish
imkonini   beradi.   Tajribalar   loyiha ilmiy   tadqiqot   institutlarida,   maxsus   uskuna   va
qurilmalar   bilan   jihozlangan   laboratoriyalarda   amalga   oshiriladi.   Bu   usul   ayniqsa
gidrotexnik inshootlar (GES, suv omborlari, kanallar) ni  loyihalash vaqtida kerak
bo‘ladigan   ko‘pgina   asosiy   ko‘rsatkichlarni   va   kechishi   mumkin   bo‘ladigan
hodisalarni modellash orqali aniqlashda juda qo‘l keladi.
Yuqoridagilardan   tashqari   nazariy   tahlil   usuli   ham   mavjud   bo‘lib,   bu   usul
kuzatish   ma’lumotlaridan   va   boshqa   turdagi   axborotlardan   ilmiy   xulosalar
chiqarishga asoslangandir.
2. Shakllanish va rivojlanish bosqichlari
Taniqli   olim   O.A.Spenglerning   yozishicha   gidrologiya   haqidagi   ilk   fikrlar
bundan 6000 yil avval qadimgi Misrda paydo bo‘lgan. O‘sha paytdayoq misrliklar
oddiy gidrologik kuzatishlarni amalga oshirganlar. Ular hozirgi Asvon to‘g‘onidan
400   km   yuqorida   tog‘   qoyalarida   suv   sathining   o‘zgarishini   belgilaganlar.   Nil
daryosida   bo‘ladigan   har   yilgi   toshqinni   qaysi   vaqtda   kuzatilganligini   qayd   qilib
borganlar.   Keyinroq   esa   quyi   Nilda   30   ga   yaqin   o‘z   davriga   xos   bo‘lgan
"gidrologik"   kuzatish   joylari   (postlar)   tashkil   etilgan.   Ana   shulardan   biri   Qohira
yaqinida   saqlanib   qolgan   "Nilometr"   bo‘lib,   u   yuksak   did   bilan   ishlangan   ajoyib
arxitektura yodgorligi hisoblanadi.
Qadimgi   misrliklarni   yuqoridagi   ishlarni   bajarishga   hayot   talabi   majbur
qilgan, chunki hosil taqdiri daryodagi suvning oz yoki ko‘pligiga bog‘liq bo‘lgan. Demak, gidrologiya o‘sha davrdayoq inson ehtiyojini qondirishga xizmat qiladigan
hayotiy fan bo‘lgan.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, gidrologiya qadimgi Misrdagi kuzatishlardan
boshlanib,   toki   alohida   fan   bo‘lgunga   qadar   bir   necha   ming   yillar   o‘tib   ketdi.
Gidrologiyaning   rivojlanish   tarixida   XVII   asr   oxirida   fransuz   olimlari   P.Perro   va
E.Mariott   amalga   oshirgan   ishlar   katta   ahamiyatga   ega   bo‘ldi.   Ular   Yuqori   Sena
daryosi   havzasiga   yoqqan   atmosfera   yog‘inlarini   va   daryodagi   suv   miqdorini
o‘lchadilar.   Natijada   ular   suv   muvozanatining   asosiy   tashkil   etuvchilari   orasidagi
munosabatni   aniqladilar   va   "daryolar   yer   osti   suvlaridan   yoki   qandaydir
manbalardan hosil bo‘ladi" degan chalkash fikrlarga barham berdilar.
Ana shu davrda ingliz astronom olimi E.Galley tajriba asosida suv yuzasidan
bo‘ladigan   bug‘lanish   miqdorini   (O‘rta   dengizda)   aniqladi.   Bu   bilan   u   Yer
kurrasida suvning aylanish sxemasini tuzishga yakun yasadi.
Yuqorida   nomlari   tilga   olingan   olimlarning   o‘lchov   ishlarida   va
hisoblashlarida   kamchiliklar   bo‘lishiga   qaramay,   ularning   ishi   ilmiy
gidrologiyaning kelgusi rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi.
Xalqaro tashkilot-YUNESKO (Birlashgan Millatlar Tashkilotining maorif, fan,
madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi qo‘mitasi) taklifi bilan   1974 yilda ilmiy
gidrologiyaning   300   yilligining   nishonlanishi   yuqoridagi   fikrlarning   dalilidir.   Bu
sananing boshlanishi sifatida P. Perroning "Suv manbalarining kelib chiqishi haqida"
degan kitobi bosilib chiqqan sana-1674 yil qabul qilingan.
Birinchi marta "gidrologiya" atamasi XVII asr oxirida, aniqrog‘i 1694 yilda
nemis   olimi   E.Milxiorning   "Uch   qismdan   iborat   gidrologiya"   kitobida   ishlatildi.
Rus   tilidagi   adabiyotlarda   esa   bu   atama   XVIII   asrning   ikkinchi   yarmida   paydo
bo‘ldi.
I.Kant   Kenigsberg   universitetida   1774-1793 yillarda   tabiiy   geografiyadan
o‘qigan   ma’ruzalarida   "gidrologiya"   so‘zini   ishlatmasa   ham   daryolar,   ularning
hosil bo‘lishi, okeanlar, dengizlar haqidagi masalalarga keng to‘xtalgan.
XIX   asr   oxirida   gidrologiya   tabiiy   geografiyaning   bir   qismi   sifatida
o‘rganildi.   Bu   davrda   talabalar   gidrologiya   asoslari   bilan   iqlimshunoslik, melioratsiya kabi kurslar yordamida tanishgan.
XX asr boshlarida esa gidrologiyaning tadqiqot yo‘nalishi aniqlasha bordi va
bir   qancha   mamlakatlar-AQSH,   Fransiya,   Germaniya   va   Rossiyadagi   oliy   o‘quv
yurtlarida   gidrologiyadan   maxsus   kurslar   o‘qitila   boshlandi.   Shu   davrda
gidrologiyadan   bir   qancha   darsliklar   paydo   bo‘ldi.   Rossiyada   birinchi   marta
gidrologiya kursi 1914 yilda Peterburg politexnika institutida prof.S.P. Maksimov
tomonidan o‘qildi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida gidrologiya ha qidagi fikrlar
Yu.M. Shokalskiy, A.I. Voyeykov, E. Oldekop, A.Penk, V.M.Lelyavskiy kabi rus
olimlarining asarlarida umumlashtirildi.
Ba’zi   adabiyotlarda   sobiq   ittifoq   hududida   gidrologiya   fanining
taraqqiyotiga   1920   yilda   qabul   qilingan   GOELRO   rejasi   turtki   bo‘lganligi   qayd
etiladi.   Mamlakatni   elektrlashtirishni   ko‘zda   tutgan   bu   rejani   amalga   oshirish
uchun   hududdagi   suv   ob’ektlarida   gidrologik   postlar   va   stansiyalar   tashkil   etilib,
kompleks   kuzatishlar   boshlab   yuboriladi.   Rossiyada,   aniqrog‘i   Sankt Peterburgda
1919   yilda   V.G.Glushkov   rahbarligida   Davlat   Gidrologiya   Instituti   (DGI)   tashkil
etiladi.
Hozirgi paytda sobiq ittifoqdan ajralib chiqqan mustaqil davlatlardagi
gidrometeorologik   stansiyalar   va   postlar,   observatoriyalar,   gidrometeorologiya
institutlari   va   eksperimental   laboratoriyalar   Gidrometeorologiya   xizmati
markazlariga   birlashtirilgan.   Bulardan   tashqari   har   bir   mustaqil   davlat   Fanlar
Akademiyasiga   qarashli   Suv   muammolari   instituti   va   Geografiya   institutlari
(bo‘limlari)da   ham   gidrologiya   fanining   asosiy   muammolari   o‘rganiladi.   Amalga
oshirilgan ishlarga yakun yasash va kelgusidagi ilmiy tadqiqot ishlari yo‘nalishini
belgilash   uchun   muntazam   ravishda   ilmiy   anjuman   (s’ezd)lar   tashkil   etiladi.
Mustaqillik   sharofati   bilan   O‘zbekiston   olimlari   nafaqat   sobiq   ittifoq   hududida,
balki   jahon   miqyosida   uyushtiriladigan   ana   shunday   tadbirlarning   faol
ishtirokchilariga aylandilar. ADABIYOTLAR
1. Gandin   L.S.   Kogan   R.L.   Statisticheskiye   metodi   interpretatsii
meteorologicheskix dannix. -L.: GMI, 1976.
2. Gruza G.V., Reytenbax R.G. Statistika i analiz gidrometeorologicheskix
dannix. -L., GMI, 1982.
3. Gandin   L.S.,   Danovich   A.M.   i     dr.   Praktikum   po   chislennim   metodam
prognoza pogodi. -L.: GMI, 1978.      
4. Belov P.N Chislennie metodi prognoza pogodi. –L. GMI, 1975. 
5. Panovskiy   G.A.,   Brayer.   Statisticheskiye   metodi   v   meteorologii.   –L.
GMI, 1972. 
6. Grigorev   V.I.   Avtomatizirovannaya   obrabotka   gidrometeorologicheskoy
informatsii. –L. GMI, 1979.

GIDROLOGIK HISOBLASHLAR TADQIQOT USULLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLI Reja: 1. Tadqiqot usullari 2. Shakllanish va rivojlanish bosqichlari

Tadqiqot usullari Suv havzalarida kechadigan hodisalar qonuniyatlarini to‘la o‘rganish, tegishli xulosalar chiqarish va ulardan amalda samarali foydalanish maqsadida gidrologiyada turli tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Ular ichida eng asosiylari statsionar, ekspeditsiya va tajriba laboratoriya usullaridir. Statsionar usulda suv ob’ektlari (daryolar, ko‘llar, muzliklar) ning gidrologik rejimi elementlari ko‘p yillar davomida kunning ma’lum belgilangan soatlarida muntazam ravishda kuzatib boriladi. Ma’lumki, gidrologik rejim tabiiy geografik omillar, birinchi navbatda iqlim ta’sirida bo‘lib, suv sathi, suv sarfi, suv harorati, muzlash hodisalari, erigan moddalar hamda loyqa oqiziqlar oqimi va boshqa elementlarning kunlik, mavsumiy, yillik va ko‘p yillik o‘zgarishlarida namoyon bo‘ladi. Statsionar usuldagi kuzatish ishlari fan va amaliyot ehtiyojlarini hisobga olib, mutaxassislar tomonidan maxsus tuzilgan yagona dastur va qo‘llanmalarga qat’iy amal qilgan holda bajariladi. Mamlakatimiz daryolari, ko‘llari, suv omborlari, va muzliklarida bu ishlar, asosan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya Bosh Boshqarmasi tizimiga qarashli 180 ga yaqin gidrologik stansiyalar va kuzatish joylari (postlar) da amalga oshiriladi. Ayrim hollarda bu usuldagi tadqiqotlar tegishli muassasalar, masalan, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga qarashli kuzatuv joylarida ham o‘tkaziladi. Ekspeditsiya usulida ma’lum hududdagi nisbatan kam o‘rganilgan yoki umuman o‘rganilmagan suv ob’ektlari, to‘g‘ridan to‘g‘ri dala sharoitida, umumiy tarzda yoki aniq bir yo‘nalishdagi maqsadni ko‘zlab tadqiq etiladi. Bu usulda bajarilishi zarur bo‘lgan gidrologik o‘lchov va kuzatuv ishlari majmui, ekspeditsiya oldiga qo‘yiladigan vazifalarga bog‘liq holda, oldindan tuzilgan dasturda batafsil ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ekspeditsiya sharoitida, asosan, makonda keng miqyosda o‘zgaruvchi, lekin ma’lum vaqt ichida kam o‘zgaradigan gidrologik hodisa va jarayonlar tadqiq qilinadi. O‘rganilayotgan hudud gidrografik tarmoqlarida nisbatan qisqa muddatda (bir necha oylardan to bir ikki va ba’zan undan ham ko‘p yillarda) o‘lchov va kuzatuv ishlari bajarilib, kerakli ma’lumotlar

to‘planadi. Izlanishlar natijasida to‘plangan barcha ma’lumotlar ekspeditsiya hisobotida umumlashtiriladi va ulardan tegishli xulosalar chiqariladi. Bu xulosalar asosida hududning suv zahiralaridan xalq xo‘jaligida foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham beriladi. Respublikamizda har yili Boshgidromet, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fanlar Akademiyasi va boshqa suv tadqiqotlari bilan bog‘liq bo‘lgan muassasalar tizimlarida bir qancha maxsus ekspeditsiyalar tashkil etilib, ularning har biri o‘zlarining ma’lum maqsad va vazifalariga ega bo‘ladi. Tajriba laboratoriya usuli suvning tabiiy va ximiyaviy xossalarini aniqlash, gidrodinamik hodisalarni va boshqa jarayonlarni modellash sharoitida o‘rganish imkonini beradi. Tajribalar loyiha ilmiy tadqiqot institutlarida, maxsus uskuna va qurilmalar bilan jihozlangan laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Bu usul ayniqsa gidrotexnik inshootlar (GES, suv omborlari, kanallar) ni loyihalash vaqtida kerak bo‘ladigan ko‘pgina asosiy ko‘rsatkichlarni va kechishi mumkin bo‘ladigan hodisalarni modellash orqali aniqlashda juda qo‘l keladi. Yuqoridagilardan tashqari nazariy tahlil usuli ham mavjud bo‘lib, bu usul kuzatish ma’lumotlaridan va boshqa turdagi axborotlardan ilmiy xulosalar chiqarishga asoslangandir. 2. Shakllanish va rivojlanish bosqichlari Taniqli olim O.A.Spenglerning yozishicha gidrologiya haqidagi ilk fikrlar bundan 6000 yil avval qadimgi Misrda paydo bo‘lgan. O‘sha paytdayoq misrliklar oddiy gidrologik kuzatishlarni amalga oshirganlar. Ular hozirgi Asvon to‘g‘onidan 400 km yuqorida tog‘ qoyalarida suv sathining o‘zgarishini belgilaganlar. Nil daryosida bo‘ladigan har yilgi toshqinni qaysi vaqtda kuzatilganligini qayd qilib borganlar. Keyinroq esa quyi Nilda 30 ga yaqin o‘z davriga xos bo‘lgan "gidrologik" kuzatish joylari (postlar) tashkil etilgan. Ana shulardan biri Qohira yaqinida saqlanib qolgan "Nilometr" bo‘lib, u yuksak did bilan ishlangan ajoyib arxitektura yodgorligi hisoblanadi. Qadimgi misrliklarni yuqoridagi ishlarni bajarishga hayot talabi majbur qilgan, chunki hosil taqdiri daryodagi suvning oz yoki ko‘pligiga bog‘liq bo‘lgan.

Demak, gidrologiya o‘sha davrdayoq inson ehtiyojini qondirishga xizmat qiladigan hayotiy fan bo‘lgan. Shuni ham ta’kidlash lozimki, gidrologiya qadimgi Misrdagi kuzatishlardan boshlanib, toki alohida fan bo‘lgunga qadar bir necha ming yillar o‘tib ketdi. Gidrologiyaning rivojlanish tarixida XVII asr oxirida fransuz olimlari P.Perro va E.Mariott amalga oshirgan ishlar katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ular Yuqori Sena daryosi havzasiga yoqqan atmosfera yog‘inlarini va daryodagi suv miqdorini o‘lchadilar. Natijada ular suv muvozanatining asosiy tashkil etuvchilari orasidagi munosabatni aniqladilar va "daryolar yer osti suvlaridan yoki qandaydir manbalardan hosil bo‘ladi" degan chalkash fikrlarga barham berdilar. Ana shu davrda ingliz astronom olimi E.Galley tajriba asosida suv yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish miqdorini (O‘rta dengizda) aniqladi. Bu bilan u Yer kurrasida suvning aylanish sxemasini tuzishga yakun yasadi. Yuqorida nomlari tilga olingan olimlarning o‘lchov ishlarida va hisoblashlarida kamchiliklar bo‘lishiga qaramay, ularning ishi ilmiy gidrologiyaning kelgusi rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi. Xalqaro tashkilot-YUNESKO (Birlashgan Millatlar Tashkilotining maorif, fan, madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi qo‘mitasi) taklifi bilan 1974 yilda ilmiy gidrologiyaning 300 yilligining nishonlanishi yuqoridagi fikrlarning dalilidir. Bu sananing boshlanishi sifatida P. Perroning "Suv manbalarining kelib chiqishi haqida" degan kitobi bosilib chiqqan sana-1674 yil qabul qilingan. Birinchi marta "gidrologiya" atamasi XVII asr oxirida, aniqrog‘i 1694 yilda nemis olimi E.Milxiorning "Uch qismdan iborat gidrologiya" kitobida ishlatildi. Rus tilidagi adabiyotlarda esa bu atama XVIII asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘ldi. I.Kant Kenigsberg universitetida 1774-1793 yillarda tabiiy geografiyadan o‘qigan ma’ruzalarida "gidrologiya" so‘zini ishlatmasa ham daryolar, ularning hosil bo‘lishi, okeanlar, dengizlar haqidagi masalalarga keng to‘xtalgan. XIX asr oxirida gidrologiya tabiiy geografiyaning bir qismi sifatida o‘rganildi. Bu davrda talabalar gidrologiya asoslari bilan iqlimshunoslik,

melioratsiya kabi kurslar yordamida tanishgan. XX asr boshlarida esa gidrologiyaning tadqiqot yo‘nalishi aniqlasha bordi va bir qancha mamlakatlar-AQSH, Fransiya, Germaniya va Rossiyadagi oliy o‘quv yurtlarida gidrologiyadan maxsus kurslar o‘qitila boshlandi. Shu davrda gidrologiyadan bir qancha darsliklar paydo bo‘ldi. Rossiyada birinchi marta gidrologiya kursi 1914 yilda Peterburg politexnika institutida prof.S.P. Maksimov tomonidan o‘qildi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida gidrologiya ha qidagi fikrlar Yu.M. Shokalskiy, A.I. Voyeykov, E. Oldekop, A.Penk, V.M.Lelyavskiy kabi rus olimlarining asarlarida umumlashtirildi. Ba’zi adabiyotlarda sobiq ittifoq hududida gidrologiya fanining taraqqiyotiga 1920 yilda qabul qilingan GOELRO rejasi turtki bo‘lganligi qayd etiladi. Mamlakatni elektrlashtirishni ko‘zda tutgan bu rejani amalga oshirish uchun hududdagi suv ob’ektlarida gidrologik postlar va stansiyalar tashkil etilib, kompleks kuzatishlar boshlab yuboriladi. Rossiyada, aniqrog‘i Sankt Peterburgda 1919 yilda V.G.Glushkov rahbarligida Davlat Gidrologiya Instituti (DGI) tashkil etiladi. Hozirgi paytda sobiq ittifoqdan ajralib chiqqan mustaqil davlatlardagi gidrometeorologik stansiyalar va postlar, observatoriyalar, gidrometeorologiya institutlari va eksperimental laboratoriyalar Gidrometeorologiya xizmati markazlariga birlashtirilgan. Bulardan tashqari har bir mustaqil davlat Fanlar Akademiyasiga qarashli Suv muammolari instituti va Geografiya institutlari (bo‘limlari)da ham gidrologiya fanining asosiy muammolari o‘rganiladi. Amalga oshirilgan ishlarga yakun yasash va kelgusidagi ilmiy tadqiqot ishlari yo‘nalishini belgilash uchun muntazam ravishda ilmiy anjuman (s’ezd)lar tashkil etiladi. Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekiston olimlari nafaqat sobiq ittifoq hududida, balki jahon miqyosida uyushtiriladigan ana shunday tadbirlarning faol ishtirokchilariga aylandilar.