GIDROLOGIK HISOBLASHLAR NAZARIY MASHG‘ULOTLARI MAZMUNI
GIDROLOGIK HISOBLASHLAR NAZARIY MASHG‘ULOTLARI MAZMUNI Reja: 1. Gidrologik hisoblashlar maqsadi 2. "Gidrologik hisoblashlar" kursning maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi
"Gidrologik hisoblashlar" kursi gidrometeorologiya yo‘nalishi bo‘yicha asosiy fanlardan biri bo‘lib, uning bo‘lg‘uvsi mutaxassislarning ilmiy, ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-boshqaruv faoliyatlarida ahamiyati katta. Gidrometeorologiya va suv xo‘jaligi tizimida "Gidrologik hisoblashlar" texnik- iqtisodiy asoslashning zamini bo‘lib hisoblanadi. Mavzuda asosiy e’tibor kursning maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixini yoritishga qaratiladi . "Gidrologik hisoblashlar" kursining maqsadi daryo oqimining hosil bo‘lish jarayoni nazariy asoslarini hamda oqimning makon va maydon bo‘yicha taqsimlanishining geografik qonuniyatlarini, daryo oqimining turli elementlarini hisoblash usullarini o‘rganishdan iborat. Mazkur fanning to‘liq nomi "Daryo oqimi va gidrologik hisoblashlar" deb ataladi. Daryo oqimini hisoblash usullarini o‘rganish tarixi shuni ko‘rsatadiki, uning rivojlanishi xalq xo‘jaligi talablari bilan chambarchas bog‘liq holda ro‘y beradi. Gidrologiya Yer to‘g‘risidagi fanlar turkumiga kiradi. "Gidrologiya" yunoncha so‘z bo‘lib, "gidro" -suv va "logos" -bilim yoki fan degan ma’noni beradi. Umumiy qilib aytganda gidrologiya suv haqidagi fandir. Bizga "Umumiy Yer bilimi" kursidan ma’lumki, Yer kurrasining suv qobig‘i - gidrosfera bir necha qismlardan tashkil topgan va undagi har bir suv ob’ekti faqat o‘ziga xos xususiyatlargagina ega bo‘ladi. Shu sababli gidrologiyaga kengroq ma’noda quyidagicha ta’rif berish mumkin: gidrologiya gidrosferadagi suvlarni, ya’ni okeanlar va dengizlarni, daryolar va ko‘llarni, doimiy qorliklar va muzliklarni, botqoqliklarni, yer osti suvlarini, ular-ning joylashishini, xususiyatlarini hamda ularda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlarning atmosfera, litos-fera va biosferadagi boshqa hodisalar bilan o‘zaro aloqasini o‘rganuvchi fandir. Gidrologiya fani o‘rganiladigan suv ob’ektlarining turiga ko‘ra ikki qismga - okeanologiya (okeanlar, dengizlar gidrologiyasi) va quruqlik gidrologiyasiga bo‘linadi.
Okeanologiya okeanlar va dengizlarning umumiy xususiyatlarini hamda ularda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlarni atrof muhit bilan aloqador holda o‘rganadi. Quruqlik gidrologiyasi esa o‘z navbatida daryolar gidrologiyasi (potamologiya) ko‘llar va suv omborlari gidrologiyasi (ko‘lshunoslik- limnologiya), muzliklar gidrologiyasi (glyatsiologiya) va botqoqliklar gidrologiyasi (talmatologiya)ga bo‘linadi. Ko‘p hollarda gidrologiya deganda quruqlik gidrologiyasi nazarda tutiladi. Gidrologiyaning bosh vazifalaridan biri suv ob’ektlarining gidrologik rejimini o‘rganishdan iboratdir. O‘rganiladigan muammolari va tadqiqot usullariga qarab hamda suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha tarixan vujudga kelgan masalalarni hal etish bilan bog‘liq holda gidrologiyadan uning bir necha bo‘limlari gidrometriya, gidrografiya, gidrologik hisoblashlar, gidrologik bashorat (prognoz)lar kabilar mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan. Oxirgi ikki fan, ba’zan, umumiy nom bilan muhandislik gidrologiyasi deb ham ataladi. Gidrometriya- gidrologiyaning o‘lchov qismi bo‘lib, suv ob’ektlarining gidrologik rejimi elementlari (suv sathi, suv sarfi, suvning tezligi, suv yuzasi nishabligi)ni o‘lchash, kuzatish uslublarini ishlab chiqish va ularni bevosita amalga oshirish ishlari bilan shug‘ullanadi. Gidrografiya - esa ma’lum hududdagi suv ob’ektlari-ning o‘ziga xos xususiyatlarini joyning tabiiy geografik sharoiti bilan bog‘liq holda o‘rganib, ularga gidrologik va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati nuqtai nazaridan yondoshgan holda yozma tavsif beradi. Gidrologik hisoblashlar va gidrologik bashoratlar (muhandislik gidrologiyasi)-suv ob’ektlarining turli gidrologik ko‘rsatkichlarini hisoblash va bashorat qilish usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Bu usullar suv havzalari tabiiy holatini o‘zgartirish yoki aniqrog‘i, ulardan foydalanish, shuningdek gidrotexnik inshootlarni loyihalash, qurish ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etishda qo‘llaniladi. Bizga ma’lumki, tabiiy suvlar (buloqlar, soylar, daryolar, ko‘llar, muzliklar, yer osti suvlari) geografik muhitning asosiy
komponentlaridan biridir. Ma’lum bir hududda mavjud bo‘lgan barcha turdagi suvlar shu hududning asosiy tabiiy boyliklaridan biri - suv resurslarini tashkil etadi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib sayyoramizning ancha qismida shu resurslardan qishloq xo‘jaligi, sanoat, iste’mol uchun olinadigan va suv ob’ektlariga qayta tashlanadigan oqava hamda chiqindi suvlarning ko‘lami shu darajaga yetdiki, ular hajmi va sifati bo‘yicha tabiiy holda tiklana olmayapti. Mazkur muammo tufayli gidrologiya fani oldida suv resurslari va atrof muhit muhofazasiga taalluqli quyidagi yangi vazifalar paydo bo‘ldi: 1) suv resurslarini miqdoran tejash va sifat jihatdan muhofaza qilish; 2) tabiiy va antropogen omillar ta’sirida ularning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish; 3) amalga oshirilayotgan suv xo‘jaligi tadbirlari (melioratsiya, irrigatsiya, gidroenergetika, suv resurslarini hududlar bo‘yicha qayta taqsimlash va hokazolar)ni iqtisodiy va ekologik nuqtai nazardan asoslash uchun kerakli gidrologik ma’lumotlar bilan ta’minlash. Shu tarzda gidrologiyaning yangi yo‘nalishi- gidroekologiya alohida fan sifatida shakllanmoqda. Suv ob’ektlarining hosil bo‘lishi, rivojlanish va hududlar bo‘yicha joylashishi, shuningdek, ularning gidro logik rejimi tabiat zonalariga xos bo‘lgan- zonal va xos bo‘lmagan-azonal omillar (joyning relefi, geologik tuzilishi)ga bog‘liq. Shu bog‘liqliklarni o‘rganishda gidrologiya boshqa tabiiy fanlar- iqlimshunoslik, meteorologiya, geologiya, gidrogeologiya, geomorfologiya va tabiiy geografiya kabi fanlarning ma’lumotlaridan foydalanadi. Gidrologiya daryolar va boshqa turdagi suv havzalarida kechadigan ximiyaviy va biologik jarayonlarni hamda ulardagi suv massalarining tabiiy xususiyatlarini, sifatini va biologik resurslarini gidrofizika, gidroximiya (suv kimyosi), gidrobiologiya fanlari bilan hamkorlikda o‘r-ganadi. Suv havzalarida kuzatiladigan harakatlar (suv oqimlari) qonuniyatlarini o‘rganishda gidrodinamika va gidravlika qonunlari va usullaridan, gidrologik hisob-lashlar va bashoratlarda esa maxsus matematik usullardan va zamonaviy hisoblash texnikasi va kompyuter
texnologiya-sidan keng foydalaniladi. XVIII asr mobaynida daryo oqimining hosil bo‘lish jara¸nini o‘rganish juda asta-sekin rivojlanadi va gidrologiyaning boshqa yo‘nalishlarining rivojlanishidan orqada qolib kelgan. Bu haqda A.I. Voyeykov 1884 yili o‘zining mashhur "Klimata zemnogo shara, v osobennosti Rossii" asarida oqayotgan suvning, hatto yer sharida yirik hisoblangan daryolar bo‘yicha ham, oqimi haqida yetarli darajada aniq ma’lumotlar yo‘q" deb yozadi . A.I. Voyeykovning mazkur asarida" daryyolar iqlimning mahsuli, qaysi joyda yog‘in-sochin ko‘p yog‘ib, bug‘lanishga sarflangan namlik kam bo‘lsa, shu yerning daryolari sersuv bo‘ladi" degan fikri hozir ham o‘z mohiyatini yo‘qotmagan. XIX asrning oxiriga borib, G’arbiy Yevropaning alohida daryo havzalari bo‘yicha oqim va yog‘in-sochin haqida ma’lumotlar to‘planganligi sababli, tadqiqot ishlari ko‘paya boshlandi. Ularga A. Penkning Dunay daryosi, Rixter va Shrayberlarning Elba daryosi bo‘yicha olib borgan izlanishlari misol bo‘la oladi. A. Penkning shu davrda nashr ilingan "Issledovaniya po voprosam ispareniya i stoka s bolüshix basseynov" ilmiy ishi bu borada umumlashtiruvchi izlanishlar qatoriga kiradi. E.M. Oldekopning "Ob isparenii s poverxnosti rechno‘x basseynov" asari fundamental harakterga ega bo‘lib, hanuzgacha o‘z qadrini yo‘qotmagan. Bu ishda G’arbiy Yevropaning qator daryo havzalari bo‘yicha iqlim va boshqa tabiiy- geografik olimlarning bug‘lanish va oqimga ta’siri o‘rganilib, ular orasidagi bog‘lanish formula orqali yoritilgan. XX asrning boshlarida daryo oqimi va uni belgilovchi omillarni o‘rgangan gidrolog olimlar qatoriga D.I.Kocherin, Ye.A.Geyö, N.N.Sokolov, N.Ye.Dolgovaning izlanishlarini eslatib o‘tish joizdir. 1919 yilda tashkil topgan DGI (Davlat Gidrologiya instituti) gidrologik tadqiqot ishlarini maxsus reja bo‘yicha olib borilishiga, fanning yanada rivoj topishiga asos bo‘ldi. 1937 yilda B.D. Zaykov va S. Blinkovlar tomonidan 1280 ta suv o‘lchash punktlarining ma’lumotlari asosida 1:5000000 masshtabli oqim