logo

TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.4443359375 KB
TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH
R E J A
1. Tabiiy geografik rayonlashtirish haqida tushuncha
2. Tabiiy geografik rayonlashtirishning asosiy tamoyil(prinsip)lari. 
3.Taksonomik birliklar haqida tushuncha
4. O`zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirish tarixi va muammolari 1. Tabiiy geografik rayonlashtirish haqida tushuncha
Rayonlashtirish   (fr.   rayon   -   bo`lim,   bo`linma)   keng   ma’noda   geografik
qobiq va uning qismlarining, shuningdek tabiat va jamiyat o`zaro ta’sirining
tabiiy   va   sotsial-iqtisodiy   jarayonlarning   hududiy   tabaqalashuvini
(differensiatsiyasini)   ochib   berishga   qaratilgan   say’-harakatlar
majmuasidir.Amerikalik   olim   D.Uittlsining   fikricha   (1957),   rayon   –
hodisalarning murakkab komplekslarining hududiy birikmalarini tanlab olish
va o`rganish vositasidir.
Geografiyada   rayonlashtirish   muammosini   ko`pchilik   tadqiqotchilar
markaziy   muammo   deb   hisoblashadi   va   bu   muammoga   juda   ko`plab
adabiyotlar   bag`ishlangan.   Geografik   rayonlashtirish   tipologik   yondashuvni
nafaqat   Yer   yuzasidagi   bir   xil   qismlarini   ajratish   yo`li   bilan,   balki
hududlarning   alohida   tiplari   areallarinining   tahlil   natijalarini   bir-biriga
moslab bir butun hosil qilish yordamida individual qiyofaga ega bo`lgan turli
xil qismlarini ajratish yo`li bilan ham amalga oshiradi.
Tabiat   xossalarining   ifodalanishi   darajasiga   ko`ra   rayonlashtirishning
quyidagi   xillari   ajratiladi:   1)   tabiat   va   jamiyat   o`zaro   ta’sirinining
sistemalarini   integral   rayonlashtirish ;   2)   kompleks   tabiiy-geografik
(landshaft)   rayonlashtirish;   3)   komponentlarni   tabiiy-geografik
rayonlashtirish (iqlimiy, geomorfologik,geobotanik va b.).
Tabiiy   geografik   rayonlashtirish   deb,   teng   tabiiy   regionlarni   ajratish
(belgilash)   asosida   hududiy   bo`lish   tizimiga   aytiladi.   Yuqorida
ta’kidlanganidek,   tabiiy-geografik   rayonlashtirish   juz’iy   tabiiy   geografik
belgilarga (komponentlar bo`yicha tabiiy geografik rayonlashtirish) va o`zaro
bog`liq   bo`lgan   belgilarning   kompleksiga   ko`ra   (komleks   tabiiy-geografik
yoki landshaft rayonlashtirish) o`tkazilishi mumkin.
Amaliy   vazifalarga   nisbatan   esa   rayonlashtirishning   ikki   turi   –
umumilmiy   va   amaliy   rayonlashtitish   turlariga   ajratiladi.   Ammo,   ayrim tadqiqotchilarning   fikriga   ko`ra,   har   qanday   amaliy   rayonlashtirish   faqat
umumilmiy   rayonlashtirish   asosida   amalgam   oshiriladi.   Boshqa
tadqiqotchilar   esa   universal   rayonlashtirish   yo`q   va   har   qanday
rayonlashtirish   muayyan   maqsad   uchun   bajariladi,   deb   hisoblaydilar.
A.G.Isachenkoning   (1990)   fikricha,   yagona   umumilmiy   rayonlashtirish
amaliy   tabiiy-geografik   rayonlashtirishning   turli   variantlarini   ishlab   chiqish
uchun   asos   bo`lib   xizmat   qiladi.   Amaliy   tabiiy-geografik   rayonlashtirish   -
iqtisodiyot , madaniyat, sog`liqni saqlashning turli sohalarida rejalashtirish va
loyihalashtirishda   tabiiy-ilmiy   asos   bo`lib   xizmat   qiladigan   kompleks   tabiiy
rayonlashtirishdir (masalan, yo`l qurish, yangi yerlarni o`zlashtirish, yerlarni
melioratsiya qilish va b.).
Tabiiy   geografik   rayonlashtirish   ob’ektiv   mavjud   hududiy   tabiiy
geografik   majmualarni   o‘rganish,   ularga   miqdor   va   sifat   ko‘rsatkichlari
asosida ta’rif berish, shu asosda o‘lkadan unumli foydalanish masalalarini hal
qilish geografiya fani oldida turgan eng muhim masalalardan biridir.
Tabiiy   geografik   rayonlashtirish   regional   birliklarni   tabiatda   ob’ektiv
mavjudligi,   ularning   doimo   bir-biri   bilan   uzviy   aloqada   ekanligi   va   o‘zaro
bog‘liqligi   kabi   dialektik-materialistik   metodologiyaga   asoslanadi.   Tabiiy
geografik rayonlashtirishning ilmiy prinsiplari ana shu metodologiya asosida
ishlab chiqilgan.
Tabiiy   geografik   rayonlashtirish   muammolari   bo‘yicha   N.   A.
Gvozdetskiy, N. I. Mixaylov, G.D. Rixter, V. I. Prokaev, A. G. Isachenko, F.
I. Mil’kov, V. M. CHetirkin kabi yirik tabiiy geograf olimlar katta ilmiy ish
olib   bordilar.   Tabiiy   geografik   rayonlashtirish   o‘lkada   olib   boriladigan
tadqiqotning geografik bosqichida muhim xisoblanadi va u region nomlarini
ob’ektiv,   asosli   ravishda   ajratish,   ularni   mukammal   tasvirlashga,   tabiiy
majmua-lararo   va   mujassamalararo   aloqalarni   son   va   sifat   jihatidan   chuqur
tahlil qilishga imkon beradi. Tabiiy   geografik   rayonlar   rivojlanishi,   tarixi,   geografik   o‘rni,   tabiiy
geografik   jarayonlarga,   tarkibiy   qismlarning   majmuiga   ko‘ra   bir-biridan
farqlanadi.   Har   bir   tabiiy   geografik   birlik   bir   butunligi,   atmosfera
sirkulyasiyasida,   gidrogeografiya   tarmoqlarning   xususiyatlarida,   o‘simlik   va
hayvonot olamida, zonal va azonal omillarda namoyon bo‘ladi.
Tabiiy   geografik   rayonlashtirish   deganda   hududlarni   ularning   o‘xshash
tabiiy     xususiyatlariga   qarab,   muayan   tizimdagi   regional   tabiiy   geografik
birliklarga   ajratish   tushuniladi.   Tabiiy   geografik   rayonlashtirish   odatda   uch
xil   tamoil   asosida   bo‘ladi:   regional,   zonal   va   aralash.   Regional   tabiiy
geografik rayonlashtirishda tabiatda ob’yektiv mavjud bo‘lgan va taksonomik
jihatidan birbiri bilan bog‘liq regional tabiiy geografik komplekslar (o‘lkalar,
provinsiyalar,   okruglar   rayonlar   va   h.k.)   ajratiladi,   har   bir   kompleks
tabiatining   o‘ziga   xos   xususiyatlari   ochib   beriladi,   ular   tabiati   tasvirlanadi
hamda   xaritaga   tushiriladi.   Tabiiy   geografik   region   nafaqat   tabiiy   sharoiti
bilan, balki o‘ziga xos tabiiy resurslari bilan ham boshqalaridan ajralib turadi.
Shuning uchun ham tabiiy geografik rayonlashtirish har bir hududning o‘ziga
xos tabiiy   sharoiti va resurslarini baholashga imkon beradi, ayniqsa tabiatda
ekologik   muvozanatni   saqlash   va   ekologik   bo‘ronning   oldini   olish   dolzarb
masala   bo‘lib   turganda   hozirgi   vaqtda   tabiiy   geografik   rayonlashtirishning
ahamiyati   juda   katta.     Tabiiy   geografik   rayonlashtirish   muayyan   birliklar
tizimi     (taksonomik   birliklar   sistemasi)   asosida   amalga   oshiriladi.
Taksonomik birliklarni qanday belgilar asosida ajratish, ularning tasniflari va
nomlari   hozirgacha   ham     munozarali   bo‘lib,   yagona   bir   fikr   yo‘q.   Tabiiy
geografik   rayonlashtirishda   qo‘llaniladigan   uslublar   va   rayonlashtirish
tamoyillari   har   xil   bo‘lganligi   sababli   hozirgi   kunda   biron-bir   o‘lkani   tabiiy
geografik rayonlashtirish masalasi ancha murakkab masala hisoblanadi.  
2.Tabiiy geografik rayonlashtirishning asosiy tamoyillari
1. Hududiy bir butunlik tamoyili Tabiiy   geografik   birliklarning   muhim   xususiyatlaridan   biri   ularning
maydon   jihatidan   bir   butunligidir.   Bu   tamoyil   har   bir   regionning   er   yuzida
boshqa  erda  qayta  uchramasligi,  ularning  xususiy  belgilariga  ega  ekanligiga
asoslanadi.   Bir   tabiiy   geografik   region   faqat   bir   joyda   yaxlit   holda   mavjud
bo‘ladi.   Boshqa   joylarda   xuddi   shunday   region   takrorlanmaydi,   lekin   ayrim
o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
2. Landshaftlar rivojlanish tarixining birligi tamoyili
Bu   tamoyil   majmuali   tabiiy   geografik   rayonlashtiri щ da   asosiy
tamoyillardan biridir. Bu tamoyil tabiiy geografik rayonlashtirishning hamma
bosqichida hisobga olinadi. CHunonchi tabiiy geografik rayonlarni ajratishda
ularning   geologik   hamda   geomorfologik   rivojlanish   va   landshaftlar   genezisi
asos qilib olinadi. Lekin tabiiy geografik zonalarni ajratishda bu tamoyildan
foydalanish   mumkin   emas.   CHunki   zonaning   o‘zida   geologik   va
geomorfologik   taraqqiyoti   hamda   landshaftlarni   yoshi   jihatidan   bir-biridan
farq qiluvchi tabiiy majmualar ham uchraydi.
3. Majmualilik tamoyili.
Bu tamoyiliga ko‘ra tabiiy geografik rayonlashtirish landshaftlarning bir
yoki   bir   necha   etakchi   komponenti   emas,   balki   barcha   komponentlari
birgalikda   hisobga   olinishi   kerak.   Masalan,   tabiiy   geografik   birliklarga
ajratishda   geologik-   geomorfologik   tuzilishi,   relfi   yoki   iqlimgina   emas,
tuproqlari,   o‘simliklari,   hayvonot   dunyosi,   er   usti   va   er   osti   suvlari,   tabiiy
geografik   jarayonlardagi   o‘xshashlik   va   tafovutlar   ham   aniqlanishi   hamda
e’tiborga olinishi lozim. SHunday qilganda tabiiy geografik rayonlashtirishda
majmualillikka   amal   qilingan   bo‘ladi.   Tabiiy   geografik   rayonlashtirishning
komponentlar   bo‘yicha   rayonlashtirishdan   asosiy   farqi   ana   shu   majmualilik
tamoyiliga amal qilinishidadir.  
4. Nisbiy bir xillik tamoyili Er   yuzasi   tabiiy   xususiyatlarga   ko‘ra   bir-birining   farq   tashqarigan
nihoyatda ko‘plab qismlaridan iborat. Tabiiy geografik rayonlashtirishda ana
shu   o‘ziga   xos   qismlar   o‘xshashlik   xususiyatlariga   qarab   bir   butun   hududiy
birliklarga birlashtiriladi, tafo-vutlariga qarab esa bir-biridan ajratiladi. Tabiiy
geografik   birliklarga   ajratishda   landshaftlardagi   eng   asosiy   o‘xshash
xususiyatdar hisobga olinada. Bu xususiyatlarni belgilash esa rayonlashtirish
bosqichlari   hamda   tadqiqot   masshtabiga   bog‘liq,   boshqacha   qilib   aytganda
rayonlashtirishning   turli   birliklarini   ajratishda   har   xil   belgilar   asos   qilib
olinadi. Ana shuning uchun bu prinsip nisbiy bir xillik prinsipi deyiladi.
Tabiiy   hududiy   majmualarni   shakllanishi   va   rivojlanishi   ko‘p   jihatdan
ularning   litogen,   gidroiqlimiy   va   biogen   komponentlariga   bog‘liq.   Ularning
geologik   poydevori   litogen   tarkibiga   ko‘ra   nisbatan   bir   xil   tog‘   jinslaridan
iborat bo‘lib turlicha holatda yotadi.
Tabiiy   hududiy   majmualar   tabiiy   geografiya   o‘rganadigan   asosiy
ob’ektdir. Tabiatda ularning aniq chegaralari bor, o‘ziga xos tabiiy geografik
xususiyatlari va rivojlanish hamda tarqalish qonuniyatlari mavjud.
3.T aksonomik birliklar haqida tushuncha
Tabiiy   geografik   rayonlashtirishda   geografiyaning   shu   soxasi   bilan
shug‘illangan   omillar   turlicha   rayonlashtirish   tasnifini   taklif   qiladilar.   Bu
tizimlarning ayrimlari landshaftlarning faqat zonal xususiyatlariga asoslangan
bo‘lsa, ba’zilarida azonal xususiyatlar, yana boshqalarida esa ham zonal, ham
azonal xususiyatlar hisobga olingan.
Tabiiy   geografik   rayonlashtirishning   taksonomik   birliklari   asosan
quyidagilardir:   tabiiy   geografik   o‘lka   -   tabiiy   geografik   provinsiya   -   tabiiy
geografik oblast - tabiiy geografik rayon - landshaft.
Tabiiy   geografik   o‘lka   -   materikning   geologik   hamda   geomorfologik
tuzilishi,   mikroiqlim   sharoiti   jihatidan   bir   butun,   landshaftning   ma’lum
kenglik   hamda   balandlik   zonallign   tarkibiga   ega   bo‘lgan   qismidir.   Tabiiy geografik   o‘lka   landshaftlarning   tarkib   topishda   ularning   geologik-
geomorfologik   tuzilishi,   iqlim   sharoiti   hamda   tarixiy   rivojlanish
xususiyatlarida   etakchi   rol   o‘ynaydi.   Landshaftning   boshqa   komponentlari
ham ana shularning bevosita ta’sirida bo‘ladi.
Turkiston   o‘lkasi   hududini   rivojlanishning   yuqorida   aytib   o‘tilgan
negizlari asosida kuyidagi tabiiy geografik o‘lkalarga ajratilgan:
1. Tog‘li
2. Tekislik
Tabiiy   geografik  provinsiya   -  zona   doirasida  geografik  uzoqlik   bo‘ylab
iqlimning   o‘zgarishi   hamda   relefi   va   geomorfologik   tafovutlar   natijasida
tarkib   topadi.   Tabiiy   geografik   privinsiya   zonaning   geografik   o‘rni,   iqlimi
hamda   orografik   geomorfologik   xususiyatlari,   o‘simlik   qoplami,   tuproqlari,
er   osti   suvlari,   tabiiy   geografik   protsesslar,   hayvonot   olami   va   boshqalarda
mujassamlashgan   yirik   qismlaridir.   Bunga   Turkiston   tabiiy   geografik
o‘lkasining   Jung‘oriya-Tyanshan,   Markaziy   Qozog‘iston,   Turon
provinsiyasini misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Tabiiy   geografik   oblast   -   provinsiyaning   bir   qismi   bo‘lib   boshqa
harakteri,   mezoiqlimi   er   osti   suvlarining   xususiyati   va   tuproq,   o‘simlik
qoplami bilan ajralib turadi.
Tabiiy   geografik   rayon   -   tabiiy   geografik   oblastning   sharoiti   bilan
boshqalardan   farq   qiladigan,   o‘ziga   xos   tuproq   va   o‘simlik   qoplamiga   ega
bo‘lgan yirik qismidir.
Tabiiy   hududiy   majmualar,   ya’ni   tabiiy   landshaftlar,   birinchidan   aniq
hududiy   birlik,   ikkinchidan   geografik   birliklardan   tashkil   topgan   murakkab
geografik   majmua,   uchinchidan   asosiy   tabiiy-   geografik   birlik   va   hududiy
tabiiy geografik tadqiqotlarning asosiy ob’ektidir. 4. O`zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirish tarixi va
muammolari
O‘zbekiston   Yevrosiyo   materigining   o‘ziga   xos   tabiiy   -   tarixiy   o‘lkasi
bo‘lgan   O‘rta   Osiyoning   bir   qismi.   Lekin   uning   tabiiy   komplekslari     bir   xil
emas,   komplekslar   o‘rtasidagi     o‘zaro   bog‘liqlik   ham,   bir-biriga   ta’siri   ham
har   xildir.   Shuning   uchun   O‘zbekiston   hududi   tabiatini   chuqur   bilish
niyatidagi   izlanishlar   olib   borgan   olimlar   tadqiqotlarini   respublika
geografiyasiga   oid   materiallarni   o‘rganishdan,   umumlashtirishdan   va   uning
hududini   ilmiy   asoslangan   kompleks   tabiiy   geografik   rayonlashtirishdan
boshlashga   harakat   qilganlar.     O‘zbekiston   hududini   tabiiy   geografik
rayonlashtirishga   oid   ma’lumotlar   L.S.Berg,   R.I.Abolin,   I.P.Gerasimov,
A.N.Rozanov,   E.P.Korovin,   V.N.Chetirkin,   L.N.Babushkin,   N.A.Kogay,
E.M.Murzayev,   T.V.Zvonkova,   N.A.Gvozdetskiy   va   boshqa   geograflarning
ilmiy   ishlarida   mavjud.   L.N.Babushkin   va   N.A.Kogaylar   O‘zbekistonda
tekislik va tog‘ oldi-tog‘ kichik provinsiyalarini ajratadilar. 
Tekislik   va   tog‘   oldi   kichik   provinsiyalari   o‘rtasidagi   chegara   ancha
munozarali.   E.M.Murzayev   chegarani   lyossli   tog‘   osti   tekisliklari   bilan   tog‘
oldi tekisliklari tutashgan yerdan, tuproqshunoslar och tusli bo‘z tuproqning
quyi qismi chegarasidan, L.N.Babushkin va N.A.Kogay landshaft belgilariga
qarab   ajratishadi.   Chegarani   ular   Mirzacho‘lning   allyuvial   tekisliklari   va
Nurota tog‘ oldi prolyuvial tekisliklarining Qizilqum bilan tutashgan yeridan,
Qashqadaryoning   allyuvil   tekisliklarining   Dengizko‘l   yassitog‘ligi   bilan
tutashgan   joylaridan   o‘tkazadilar.     Tabiiy   geografik   rayonlashtirishda
taksonomik   birlikning   beshinchi   pog‘onasi   okrug.   Tekislik   va   tog‘   oldi-tog‘
kichik   provinsiyalari   doirasida   birbiridan   yer   usti   yotqiziqlarining   xarakteri,
litologik   tuzilishi,   tog‘   tizmalarining   umumiy   yo‘nalishi,   tog‘
yonbag‘irlarining   Quyosh   nuriga   nisbatan   joylashishi   (ekspozitsiyasi),
chetdan keladigan havo massalarining ta’siriga ko‘ra farq qiladigan hududlar mavjud.   Ana   shu   xususiyatlar   asosida   tekislik   va   tog‘   olditog‘   kichik
provinsiyalari   doirasida   okruglar   ajratiladi.     Okruglar   asosan   hududning
makroiqlimi o‘xshashligiga, geologik tuzilishiga va tabiiy-tarixiy jihatdan bir
xilligiga   qarab   ajratiladi.   L.N.Babushkin   va   N.A.Kogay   O‘zbekistonda
tekislik   kichik   provinsiyasida   4   ta   –   Ustyurt,   Quyi   Amudaryo,   Qizilqum,
Quyi Zarafshon, tog‘ oldi-tog‘ kichik provinsiyasida 6 ta – O‘rta Zarafshon,
Qashqadaryo,   Surxondaryo,   Mirzacho‘l,   Chirchiq-Ohangaron,   Farg‘ona
tabiiy   geografik   okruglarini   ajratadilar.     Okrug   tog‘   oldi-tog‘   kichik
provinsiyasida   tog‘   oralig‘idagi   yoki   tog‘   oldidagi   botiqlarga   (ularni   o‘rab
turgan tog‘ yonbag‘irlari bilan birga) yoki tog‘ daryosi vodiysiga (uni o‘rab
turgan tog‘lari bilan birga) to‘g‘ri keladi. Binobarin, tog‘ oldi-tog‘ okruglari
yemirilish   (eroziya)   va   akkumlyasiyasi   o‘zaro   bog‘liq   bo‘lgan   tog‘lar,   tog‘
oldi va tog‘ oralig‘idagi tekisliklardan iborat bo‘lib, o‘zlariga   xos balandlik
mintaqalari   bilan   ajralib   turadi.     Tekislik   okruglari   nisbatan   yirik
geomorflogik   birliklarda   joylashgan.   Ular   bir-biridan   relyefining   xarakteri,
geologik   tuzilishi   va   neogen-to‘rtlamchi     davrlardagi   geologik
rivojlanishidagi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadilar. Har bir tekislik okrugida
butun   maydonda   makroiqlim   sharoiti   ma’lum   darajada   o‘xshash,   geologik
tuzilishi   va   joy   tarkib   topish   tarixi   bir   xil,   tuproq-o‘simlik   qoplami   ozmi-
ko‘pmi   umumiy   xususiyatga   ega   bo‘ladi.   Tekislik   okruglari     asosan   hudud
makroiqlimining   o‘xshashligiga,   geologik   tuzilishi   va   tabiiytarixiy   jihatdan
bir   xilligiga   asoslanib   ajratiladi.     Rayonlashtirish   taksonomik   birligining
oltinchi   pog‘onasi   tabiiy   geografik   rayondir.Tog‘   oldi-tog‘   okruglarida
vodiylar   va   ularni   o‘rab   turgan   tog‘   tizmalari     joylanishining   o‘ziga   xos
xususiyatlari,   ularning   balandligi,   yonbag‘irlarining   ekspozitsiyasi   okrug
ichida   ichki   farqlanishlarga   sabab   bo‘ladi.   Tog‘   oldi-tog‘   hududlarida   rayon
geomorflogik   va   iqlimiy   jihatdan   bir   xil   bo‘lgan   okrugning   qismlari   bo‘lib,
ular     bir-biridan   litologik   tuzilishi,   balandlik   mintaqalarining   o‘ziga   xosligi bilan farq qiladi. Tabiiy geografik rayon tog‘ oldi-tog‘ okurglarida tog‘ etagi
prolyuvial va allyuvial tekisliklarga ularga tutashgan tog‘ yonbag‘irlari bilan
yoki vodiyning bir qismini o‘rab turgan tog‘lari bilan birga, yoki tog‘ daryosi
havzasiga, ko‘l botig‘i havzasiga to‘g‘ri keladi.  Tekislik okruglarida rayonlar
asosan   geologik-geomorfologik   va   iqlimiy   xususiyatlariga   qarab   ajratiladi.
Shuning   uchun   har   bir   tekislik   tabiiy   geografik   rayon   bir   biridan   geologo-
geomorfologik   tuzilishi   va   iqlimiy   jihatdan   ajralib   turadi.   Biroq   tabiiy
rayonlar   ajratilganda,   birinchi   galda,   issiqlik   hamda   namni   saqlab   turadigan
va u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha boshqa oqibatlarga sabab bo‘ladigan relef
xususiyati   asos  qilib   olinadi.  Rayonlar   landshaft   xaritalari   asosida   ajratiladi.
Shuning   uchun   tabiiy   rayon   landshaftlarning   muayan   majmuasidan   iborat
bo‘ladi.   Adabiyotlar:
1. Abdunazarov   O`.Q.,   Mirakmalov   M.T.,   Sharipov   Sh.M.   Umumiy   tabiiy
geografiya. –Toshkent, Barkamol fayz media nashriyoti.  2018. 328 b.
2. Vahobov H. Umumiy Yer bilimi. Darslik. –T oshkent : Bilim, 2005.
3. Геренчук   К.И.,   Боков   В.А.   Черванов   И.Г.   Общее   землеведение.   -М.:
Высшая школа, 1984. -256 с.
4. Мильков Ф.Н. Общее землеведение. -М.: Высшая школа, 1990.
5. Савцова Т.М. Общее землеведение. -М.: Академия, 2013.   
6. Шубаев Л.П. Умумий ер билими. –Тошкент: Ўқитувчи, 1975.
7. Goudie A. Physische Geograhfie. Germany,1997.   
8. World Regional Geography (This text was adapted by The Saylor Foundation   
under   a   Creative   Commons   Attribution-NonCommercial-ShareAlike   3.0
License   without   attribution   as   requested   by   the   work’s   original   creator   or
licensee).     www.sayior.org/books    .  
9. Nicholas   Clifford,Shaun   French   and   Gill   Valentine.   Key   Methods   in   
Geography. 2010.
10. Robert   E.   Gabler,   James   F.   Petersen,   L.   Michael   Trapasso.   Essentials   of
Physical   Geography.2007.   Thomson   Brooks/Cole,   a   part   of   The   Thomson
Corporation.Thomson,   the   Star   logo,   and   Brooks/Cole   are   trademarks   used
herein under license.

TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH R E J A 1. Tabiiy geografik rayonlashtirish haqida tushuncha 2. Tabiiy geografik rayonlashtirishning asosiy tamoyil(prinsip)lari. 3.Taksonomik birliklar haqida tushuncha 4. O`zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirish tarixi va muammolari

1. Tabiiy geografik rayonlashtirish haqida tushuncha Rayonlashtirish (fr. rayon - bo`lim, bo`linma) keng ma’noda geografik qobiq va uning qismlarining, shuningdek tabiat va jamiyat o`zaro ta’sirining tabiiy va sotsial-iqtisodiy jarayonlarning hududiy tabaqalashuvini (differensiatsiyasini) ochib berishga qaratilgan say’-harakatlar majmuasidir.Amerikalik olim D.Uittlsining fikricha (1957), rayon – hodisalarning murakkab komplekslarining hududiy birikmalarini tanlab olish va o`rganish vositasidir. Geografiyada rayonlashtirish muammosini ko`pchilik tadqiqotchilar markaziy muammo deb hisoblashadi va bu muammoga juda ko`plab adabiyotlar bag`ishlangan. Geografik rayonlashtirish tipologik yondashuvni nafaqat Yer yuzasidagi bir xil qismlarini ajratish yo`li bilan, balki hududlarning alohida tiplari areallarinining tahlil natijalarini bir-biriga moslab bir butun hosil qilish yordamida individual qiyofaga ega bo`lgan turli xil qismlarini ajratish yo`li bilan ham amalga oshiradi. Tabiat xossalarining ifodalanishi darajasiga ko`ra rayonlashtirishning quyidagi xillari ajratiladi: 1) tabiat va jamiyat o`zaro ta’sirinining sistemalarini integral rayonlashtirish ; 2) kompleks tabiiy-geografik (landshaft) rayonlashtirish; 3) komponentlarni tabiiy-geografik rayonlashtirish (iqlimiy, geomorfologik,geobotanik va b.). Tabiiy geografik rayonlashtirish deb, teng tabiiy regionlarni ajratish (belgilash) asosida hududiy bo`lish tizimiga aytiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, tabiiy-geografik rayonlashtirish juz’iy tabiiy geografik belgilarga (komponentlar bo`yicha tabiiy geografik rayonlashtirish) va o`zaro bog`liq bo`lgan belgilarning kompleksiga ko`ra (komleks tabiiy-geografik yoki landshaft rayonlashtirish) o`tkazilishi mumkin. Amaliy vazifalarga nisbatan esa rayonlashtirishning ikki turi – umumilmiy va amaliy rayonlashtitish turlariga ajratiladi. Ammo, ayrim

tadqiqotchilarning fikriga ko`ra, har qanday amaliy rayonlashtirish faqat umumilmiy rayonlashtirish asosida amalgam oshiriladi. Boshqa tadqiqotchilar esa universal rayonlashtirish yo`q va har qanday rayonlashtirish muayyan maqsad uchun bajariladi, deb hisoblaydilar. A.G.Isachenkoning (1990) fikricha, yagona umumilmiy rayonlashtirish amaliy tabiiy-geografik rayonlashtirishning turli variantlarini ishlab chiqish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Amaliy tabiiy-geografik rayonlashtirish - iqtisodiyot , madaniyat, sog`liqni saqlashning turli sohalarida rejalashtirish va loyihalashtirishda tabiiy-ilmiy asos bo`lib xizmat qiladigan kompleks tabiiy rayonlashtirishdir (masalan, yo`l qurish, yangi yerlarni o`zlashtirish, yerlarni melioratsiya qilish va b.). Tabiiy geografik rayonlashtirish ob’ektiv mavjud hududiy tabiiy geografik majmualarni o‘rganish, ularga miqdor va sifat ko‘rsatkichlari asosida ta’rif berish, shu asosda o‘lkadan unumli foydalanish masalalarini hal qilish geografiya fani oldida turgan eng muhim masalalardan biridir. Tabiiy geografik rayonlashtirish regional birliklarni tabiatda ob’ektiv mavjudligi, ularning doimo bir-biri bilan uzviy aloqada ekanligi va o‘zaro bog‘liqligi kabi dialektik-materialistik metodologiyaga asoslanadi. Tabiiy geografik rayonlashtirishning ilmiy prinsiplari ana shu metodologiya asosida ishlab chiqilgan. Tabiiy geografik rayonlashtirish muammolari bo‘yicha N. A. Gvozdetskiy, N. I. Mixaylov, G.D. Rixter, V. I. Prokaev, A. G. Isachenko, F. I. Mil’kov, V. M. CHetirkin kabi yirik tabiiy geograf olimlar katta ilmiy ish olib bordilar. Tabiiy geografik rayonlashtirish o‘lkada olib boriladigan tadqiqotning geografik bosqichida muhim xisoblanadi va u region nomlarini ob’ektiv, asosli ravishda ajratish, ularni mukammal tasvirlashga, tabiiy majmua-lararo va mujassamalararo aloqalarni son va sifat jihatidan chuqur tahlil qilishga imkon beradi.

Tabiiy geografik rayonlar rivojlanishi, tarixi, geografik o‘rni, tabiiy geografik jarayonlarga, tarkibiy qismlarning majmuiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Har bir tabiiy geografik birlik bir butunligi, atmosfera sirkulyasiyasida, gidrogeografiya tarmoqlarning xususiyatlarida, o‘simlik va hayvonot olamida, zonal va azonal omillarda namoyon bo‘ladi. Tabiiy geografik rayonlashtirish deganda hududlarni ularning o‘xshash tabiiy xususiyatlariga qarab, muayan tizimdagi regional tabiiy geografik birliklarga ajratish tushuniladi. Tabiiy geografik rayonlashtirish odatda uch xil tamoil asosida bo‘ladi: regional, zonal va aralash. Regional tabiiy geografik rayonlashtirishda tabiatda ob’yektiv mavjud bo‘lgan va taksonomik jihatidan birbiri bilan bog‘liq regional tabiiy geografik komplekslar (o‘lkalar, provinsiyalar, okruglar rayonlar va h.k.) ajratiladi, har bir kompleks tabiatining o‘ziga xos xususiyatlari ochib beriladi, ular tabiati tasvirlanadi hamda xaritaga tushiriladi. Tabiiy geografik region nafaqat tabiiy sharoiti bilan, balki o‘ziga xos tabiiy resurslari bilan ham boshqalaridan ajralib turadi. Shuning uchun ham tabiiy geografik rayonlashtirish har bir hududning o‘ziga xos tabiiy sharoiti va resurslarini baholashga imkon beradi, ayniqsa tabiatda ekologik muvozanatni saqlash va ekologik bo‘ronning oldini olish dolzarb masala bo‘lib turganda hozirgi vaqtda tabiiy geografik rayonlashtirishning ahamiyati juda katta. Tabiiy geografik rayonlashtirish muayyan birliklar tizimi (taksonomik birliklar sistemasi) asosida amalga oshiriladi. Taksonomik birliklarni qanday belgilar asosida ajratish, ularning tasniflari va nomlari hozirgacha ham munozarali bo‘lib, yagona bir fikr yo‘q. Tabiiy geografik rayonlashtirishda qo‘llaniladigan uslublar va rayonlashtirish tamoyillari har xil bo‘lganligi sababli hozirgi kunda biron-bir o‘lkani tabiiy geografik rayonlashtirish masalasi ancha murakkab masala hisoblanadi. 2.Tabiiy geografik rayonlashtirishning asosiy tamoyillari 1. Hududiy bir butunlik tamoyili

Tabiiy geografik birliklarning muhim xususiyatlaridan biri ularning maydon jihatidan bir butunligidir. Bu tamoyil har bir regionning er yuzida boshqa erda qayta uchramasligi, ularning xususiy belgilariga ega ekanligiga asoslanadi. Bir tabiiy geografik region faqat bir joyda yaxlit holda mavjud bo‘ladi. Boshqa joylarda xuddi shunday region takrorlanmaydi, lekin ayrim o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. 2. Landshaftlar rivojlanish tarixining birligi tamoyili Bu tamoyil majmuali tabiiy geografik rayonlashtiri щ da asosiy tamoyillardan biridir. Bu tamoyil tabiiy geografik rayonlashtirishning hamma bosqichida hisobga olinadi. CHunonchi tabiiy geografik rayonlarni ajratishda ularning geologik hamda geomorfologik rivojlanish va landshaftlar genezisi asos qilib olinadi. Lekin tabiiy geografik zonalarni ajratishda bu tamoyildan foydalanish mumkin emas. CHunki zonaning o‘zida geologik va geomorfologik taraqqiyoti hamda landshaftlarni yoshi jihatidan bir-biridan farq qiluvchi tabiiy majmualar ham uchraydi. 3. Majmualilik tamoyili. Bu tamoyiliga ko‘ra tabiiy geografik rayonlashtirish landshaftlarning bir yoki bir necha etakchi komponenti emas, balki barcha komponentlari birgalikda hisobga olinishi kerak. Masalan, tabiiy geografik birliklarga ajratishda geologik- geomorfologik tuzilishi, relfi yoki iqlimgina emas, tuproqlari, o‘simliklari, hayvonot dunyosi, er usti va er osti suvlari, tabiiy geografik jarayonlardagi o‘xshashlik va tafovutlar ham aniqlanishi hamda e’tiborga olinishi lozim. SHunday qilganda tabiiy geografik rayonlashtirishda majmualillikka amal qilingan bo‘ladi. Tabiiy geografik rayonlashtirishning komponentlar bo‘yicha rayonlashtirishdan asosiy farqi ana shu majmualilik tamoyiliga amal qilinishidadir. 4. Nisbiy bir xillik tamoyili