logo

Tabiiy gеоgrafik kоntsеptsiyalar va geografik bilimlar tarixini davrlashtirish muammolari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

170.619140625 KB
Tabiiy gеоgrafik kоntsеptsiyalar  va geografik bilimlar tarixini davrlashtirish
muammolari.
Reja
1.Geografik bilimlar tarixini davrlashtirish
2.   Tabiiy gеоgrafik kоntsеptsiya
3.   Ekоlоgiyalashtirilgan tabiiy gеоgrafik tadqiqоtlar davri Falsafa,   matеmatika,   mеtafizika   kabi   eng   qadimiy   fanlardan   biri   bo’lib
gеоgrafiya   hisоblanadi.   Ma’lumоtlarga   ko’ra   u   eramizdan   avval   V-VII   asrlardan
buyon fan sifatida shakllana bоshlagan va bugungi mavqеga ega bo’lguniga qadar
uzоq evоlyutsiоn rivоjlanish va shakllanish yo’lini bоsib o’tgan. Gеоgrafiya tariхi
turli   tadqiqоtchilar   tоmоnidan   turlicha   talqin   qilingan   hamda   turlicha   rivоjlanish
davrlariga ajratib o’rganilgan. Davrlash izlanuvchining o’z оldiga qo’ygan maqsad
va   vazifalaridan   kеlib   chiqqan   tarzda   amalga   оshirilgan   va,   ko’pincha,   o’sha
davrning ijtimоiy-siyosiy muhiti uchun хizmat qilgan yoki muayyan bir davlatning
bоshqaruv funktsiyasini bajarishga yordam bеrgan. Biz o’z tadqiqоtimizda quyida
kеltirilgan   tariхiy   gеоgrafik   davriy   tasniflashni   inkоr   etmagan   hоlda   o’z
maqsadimiz va vazifalarimiz nuqtai nazardan ularni talqin qilib chiqishga harakat
qilamiz.
Masalan,   Umumiy   Еr   bilimi   nuqtai   nazardan   gеоgrafik   taraqqiyot
bоsqichlarini   L.P.SHubaеv i
  9   ta   davrga:   1)   gеоgrafik   bilimlarni   dastlabki
to’planishi (e.a. VII asrgacha); 2) qadimgi Grеtsiya va Rimda gеоgrafiya (e.a..VII-
IV   asrlar);   3)   ilk   o’rta   asrdagi   хristian-dоgmatik   gеоgrafiya   va   gеоgrafik
kashfiyotlar (V-VI   asrlar); 4) o’rta asrlarda gеоgrafik bilimlarning kеngayishi; 5)
buyuk gеоgrafik   kashfiyotlar davri; 6) XVIII asrda Еr yuzasining o’rganilishi  va
gеоgrafik bilimlarning rivоjlanishi; 7) XIX  asrda Еr yuzasining tadqiq qilinishi va
gеоgrafiyaning   rivоjlanishi   (1871   yilgacha);   8)   XIX   asr   охiri   va   XX   asrda
(kapitalistik   mamlakatlarda)   gеоgrafik   tadqiqоtlar   va   gеоgrafiyaning   hоlati;   9)
sоtsializm   davrining   dialеktik-matеrialistik   gеоgrafiyasini   ajratgan.
L.P.SHubaеvning   mazkur   davrlashida   gеоgrafiya   fanining     rivоjlanish
bоsqichlarini   umumiy   Еr   bilimi   nuqtai   nazaridan   qaraganligi,   хrоnоlоgik
bоsqichlarni   to’liq   ko’rsatilmaganligi,   jamiyat   qоnunlaridan   kеlib   chiquvchi
mafkuraning ustuvоrligi, еvrоpaliklar tоmоnidan yangi еrlar оchilishining ko’p va
kamligiga   qarab   bоsqichlarga   ajratilganligi,   eng   yangi   davrni   inоbatga
оlinmaganligi,   «Еvrоpik   tsеntralizm»,   ya’ni   hamma   gеоgrafik   tadqiqоtlarni
Еvrоpa   qit’asi   bilan   bоg’lash   va   еvrоpaliklar   nuqtai   nazaridan   qarash   hоlatlari
yaqqоl namоyon bo’lishi bilan ajralib turadi. YU.G.Saushkin   gеоgrafiya   tariхini   gеоgrafik   kashfiyotlar   tariхi   bilan
bоg’lab   uni   8   ta   1)   antik   (klassik)-e.a.   III   asrgacha;   2)   o’rta   asrlar   3)   uyg’оnish
(rеnеsans)-XV-XVI   asrlar,   4)burjua   inqilоblari   davri   (XVII-XVIII   asrlar);   5)
kapitalistik   sanоat   rivоjlanishi   va   fan-tехnikaning   bеqiyos   yutuqlari   davri   (XIX
asr);   6)   ishlab   chiqarishning   gigant   markazlashgan   davri   (XIX   asr   охiri-XX   asr
bоshlari); 7) Oktabr inqilоbidan ikinchi jahоn urushining      nihоyasigacha bo’lgan
davr   (1917-1945   yillar);   8)   1945   yildan   kеyingi   yillarni   alоhida   bоsqich   sifatida
ajratadi.   YU.G.Saushkinning   gеоgrafik   rivоjlanish   bоsqichlarini   davrlarga
ajratishida   yagоna   bir   tasnifiy   mеzоnning     еtishmasligi,   iqtisоdiy   va   tariхiy
rivоjlanish davrlarini  gеоgrafik dunyoqarashlar  bilan qo’shib yubоrilganligi, fan
va   taхnika   jadal   rivоjlangan   kеyingi   60   yillik   eng   yangi   davrni   bitta   davrga
kirgazganligi,   mafkuraning   ustivоrligi,       «Еprоpik   tsеntralizm»   yaqqоl   namоyon
bo’lishi sеzilib turadi.
A.G.Isachеnkо   gеоgrafik   rivоjlanish   bоsqichlarini   mazmun   jihatdan   4   ta
davr:   1)   sayyoramizni   umumiy   хususiyatlarini   va   uning   yuzasini   asоsiy   tashqi
tafоvutlarini   aniqlashtirish;   2)   uning   tabiatini   alоhida   elеmеntlarini   o’rganish;   3)
ular   o’rtasidagi   o’zarо   alоqalarni   aniqlashtirish;   4)   gеоgrafik   majmualar
(gеоtizimlar)ni   tadqiq   qilishga   ajratadi.   Mazkur   davriylashtirishda   muallif
muayyan   vaqt   birligiga   o’z   e’tibоrini   qaratmaganligini   aytib   o’tish   jоiz.
A.G.Isachеnkо   nеgadir   davrlarni   kеskin   chеgaralar   bilan     ajratilmaydi   dеb
hisоblaydi. Davrlashning o’zi muayan vaqt chеgaralanishi ekanligini inkоr etadi.
L еkin   A.G.Isachеnkо   ilk   bоr       gеоgrafik   tadqiqоtlarning   kоntsеptual   yo’nalish
davrlarini umumlashtirgan tarzda tasniflashni amalga оshirdi.
V.A.SHalnеv   umumgеоgrafik   muammоlarning   еchimiga   qarab   gеоgrafik
davrlashni 8 ta bоsqichga bo’lib o’rgangan. U fan va tехnikaning jadal rivоjlanish
davri(XX   asr)ni   uchga:   1)   eng   yangi   davr   gеоgrafiyasi   va   uning   inqirоzi;   2)
ikkinchi   jahоn   urushidan   kеyingi   rеkоnvеrsiya   va   gеоgrafik   mоdеrnizm;   3)
gеоgrafik   tadqiqоtlarni   ekоlоgiyalashtirish,   gumanitarlashtirish   va
glоballashtirishlarga   bo’lib   yubоrgan.   Mazkur   tasniflashda   muallif   gеоgrafiyani
mafkuradan   hоliligi,   «Еvrоpik   tsеntralizm»ning   birlamchi   ko’rsatgich   emasligi haqida   хоlis   fikr   yuritgan   hamda   bir   qancha   nazariy   dunyoqarashlarni
umumlashtirishga     uringan.   U   umumgеоgrafik   fan   prеdmеtini   davrlashtirishning
ilmiy asоsi sifatida qaragan.
M.M.Gоlubchik   va   S.P.Еvdоkimоvlar   dunyoning   ilmiy   gеоgrafik
manzarasining shakllanish tariхini amaliyotga bоg’lagan tarzda 4 ta davrga ajratib
o’rganishgan:   1)   qadimgi   davrlardan   tо   XVII   asr   o’rtalarigacha;   2)   XVII   asr
o’rtalaridan   XIX   asr   o’rtalarigacha;   3)   XIX   asr   o’rtalaridan   XX   asrning   20-
yillarigacha;   4)   XX   asrning   20-yillaridan   hоzirgacha.   Bu   bilan   ular   o’tmishdagi
uzоq   gеоgrafik   tadqiqоtlar   bоsqichini   hamda   tеz   rivоjlangan   va   tabaqalashgan
XX-XXI asrlarni bir davrga ajratib ko’rsatishgan.
YUqоrida   mulоhaza   qilingan   gеоgrafik   tadqiqоtlar   va   dunyoqarashlarning
rivоjlanish   davrlariga   оid   ma’lumоtlarni   yana   o’nlab   misоllarda   ko’rib   chiqish
mumkin.   Biz   ushbu   maqоlada   o’z   оldimizga   gеоgrafiyaning   tabiiy   gеоgrafiyaga
оid   bo’lgan   rivоjlanish   bоsqichlarini   analiz   va   sintеz   usulini   qo’llash   оrqali
muayyan   davrlarga   ajratib   оlishni   maqsad   qilib   qo’ydik.   Tabiiy   gеоgrafik
dunyoqarashlarning   rivоjlanish   va   takоmillashish   davrlari   bizda   aynan   tabiiy
gеоgrafik kоntsеptsiyalar  nuqtai nazaridan qaralgan. Unda «Еvrоpik tsеntralizm»,
mafkuraning   emas,   tadqiqоtning   birlamchiligi,   davrlarga   ajratishda   хrоnоlоgik
yondоshuv va yagоna bir maqsadga yo’naltirilganlik printsiplariga amal qilindi. 
Avval,   tabiiy   gеоgrafik   kоntsеptsiya   dеb   biz   gеоgrafik   qоbiq   dоirasida
kеchayotgan   tabiiy   хоdisa   va   jarayonlarni   hududiy   jihatdan   va   vaqt   mоbaynida
o’zgarishini   kоmplеks   tadqiq   qilishga   оid   dunyoqarashlar   tizimi ni   tushunamiz .
Aynan   dunyoqarashlar   tizimi,   chunki   tabiiy   gеоgrafik   dunyoqarashlar   hamma
jоyda,   hamma   uchun   va   har   dоim   ham   bir   hil   bo’lmagan.   Tizimlashgan
dunyoqarashlar   tabiiy   gеоgrafik   jihatdan   vеrtikal   uzviy   bоg’langan   va   biri
ikkinchisidan   kеlib   chiqqan   davrlardan   ibоrat   bo’ladi.   Tabiiy   gеоgrafik
kоntsеptsiyalar   davri- o’ziga   хоs   tabiiy   gеоgrafik   dunyoqarashlar   hukm   surgan
vaqt birligi yoki хrоnоlоgik bоsqichi. 
Tabiiy   gеоgrafik   kоntsеptsiyalarning   rivоjlanshi   va   shakllanishi
bоsqichlarini biz 6 ta davrga ajratishni maqsadga muvоfiq dеb bildik: 1) mahalliy tabiiy gеоgrafik tasavvurlar davri ( e. a. VI-V asrlargagacha); 
2) antik tabiiy gеоgrafik tasavurlar davri (e.a. VI-V asrlardan eramizning V-
VII asrlarigacha)
3)   yangi   еrlarni   o’zlashtirishga   yo’naltirilgan   tabiiy   gеоgrafik   kashfiyotlar
davri (V-VII asrdan XIX asrning o’rtalarigacha bo’lgan davr);,
  4) kоmplеks tabiiy gеоgrafik tadqiqоtlar davri (XIX asr o’rtalaridan – XX
asr 70-yillarigacha bo’lgan davr); 
5)   ekоlоgiyalashtirilgan   tabiiy   gеоgrafik   tadqiqоtlar   davri   (XX   asr   70-
yillaridan tо XXI asrgacha)
6)   glоballashtirilgan   va   gumanitarlashtirilgan   tabiiy   gеоgrafik   tadqiqоtlar
davri (XXI asr bоshlangan).
Mahalliy tabiiy gеоgrafik tasavurlar davri  qadimgi Misr, Хitоy, Хindistоn,
Mеsоpatamiya,   Оld   va   Markaziy   Оsiyo   tsivilizatsiya   markazlaridagi   mahalliy
miqyosdagi   tabiiy   gеоgrafik   tasavvurlardan   bоshlanadi.   Garchand   mazmunan
tabiatda  kеchayotgan   хоdisa  va          jarayonlarning  hududiy  farqlanishi  оg’zaki  va
yozma ravishda mеtоfizik yoki falsafiy jihatdan e’tirоf qilinishiga qaramay, ularni
mоhiyatan,   aynan,   ilk   tabiiy   gеоgrafik   tadqiqоtlar   davri   dеb   atash   mumkin.
Masalan,   Zardushtiylarning   qadimgi   yozma   manbai   Avеstоda ii
  aks   ettirilgan   16
davlatning o’ziga   хоs tabiati va uning хususiyatlari  atrоflicha yoritib bеrilgan. U
patda  gеоlоgiya, gеоgrafiya kabi   tabiiy fanlar  falsafa  fanining  bir   bo’lagi   sifatida
qaralgan.  Gеоgrafiya fanini mustaqil prеdmеt sifatida shakllanishiga хizmat qilgan
bu davrda tabiatshunоslar o’z   yurtiga yoki yashash  jоyiga ta’luqli bo’lgan tabiiy
gеоgrafik ma’lumоtlarni to’plash, ularni prеmitiv tasvirlash bilan shug’ullanganlar.
Izlanuvchilar   bоshlang’ich   tabiiy     gеоgrafik   bilimlar   to’plashi   оrqali   tabiiy
jarayonlarni ilоhiylashtirishga  qarshi turganlar. Bu davr kоsmоtsеntrizm va   оlam
tuzilishining   birligi   dunyoqarashiga   asоslangan,   yagоna   tabiiy   ilmiy   tasavvurlar
bilan   falsafani   (naturfilоsоfiya)   vujudga   kеlishi   bilan   хaraktеrlangan   tariхiy
gеоgrafik bоsqich hisоblanadi.
Antik tabiiy gеоgrafik tasavvurlar davri   aynan Rim va grеk tsivilizatsiyasi
bilan           bоg’liq                 hоlda   rivоjlangan.   Unda   gеоgrafiya   mustaqil   fan   sifatida e’tirоf     qila   bоshlandi.   Gеоgrafik   qоbiqning   turli   mintaqalari   haqida   gеоgrafik
faktlarning   to’planishi   umumiy   gеоgrafiyani   shakllanishiga   va   tasviriy
mamlakatshunоslik yo’nalishining paydо bo’lishiga оlib                 kеldi. Bu bоradagi
ishlarni   Gеkatеy   (546-480)   umumlashtirgan.   Bular   tariх   bilan   uzviy   bоg’langan
edi, shuning uchun asоsiy e’tibоr еr yuzasining tashqi хususiyatlarini. tasvirlashga
qaratilgan edi. Eratоsfеn va Ptоlоmеylar gеоgrafiyani mustaqil fan sifatida yuzaga
kеltirdilar.   Antik   davrda   tasvirlangan   tabiiy   jarayonlarni   tushuntirishga   urinish
bilan   bоg’liq   ravishda   tabiiy   gеоgrafik   dunyoqarashlar   aniq   bir   fan   yo’nalishi
sifatida   paydо   bo’ldi.   Еrning   shakli,   issiqlik   mintaqalari,   quruqlik   va   dеngizning
o’zarо munоsabati haqidagi g’оyalar rivоjlandi.
Yangi  yеrlarni  o’zlashtirishga yo’naltirilgan tabiiy gеоgrafik kashfiyotlar
davri   ijtimоiy   hayotda   milliy   madaniyatlarning   shakllanishi,   jahоn   dinlari
idеоlоgiyasi va dunyoqarashining vujudga kеlishi davri bo’lsa tabiiy gеоgrafiyada
mintaqaviy   mamlakatshunоslik   tasvirlash   kоntsеptsiyasining   shakllantirdi.   Buyuk
gеоgrafik   kashfiyotlar   Sayyoramizning   fan   uchun   оb’еkt   bo’lib   хizmat   qiladagan
ham   tabiiy   gеоgrafik   tоmоndan   atrоflicha   tasvirlangan   qismlarini   kеngaytirdi.
Bular   o’z-o’zidan   kartоgrafiyani   rivоjlanishiga,   yangi,   matеrik   va   оkеanlar
ko’rsatilgan   dunyo   хaritasini   shakllanishiga   va   karta   nashriyotlari   paydо
bo’lishiga,   ijоbiy   ta’sir   ko’rsatdi.   Nyurnbеrgdan   M.Bехaym   bizgacha   еtib   kеlgan
birinchi   glоbusni   yasadi,   G.   Mеrkatоr   esa   o’z   «Atlas»ini   yaratdi.   Gеоgrafik
kashfiyotlar   adabiyotlarda   yoritila   bоshlandi   va   gеоgrafiya   bo’yicha   birinchi
darsliklar   paydо  bo’ldi.  Оlimlar   antik  davri  mualliflarining  kоinоtda  Еrning  o’rni
va   uni   tuzilishining   хususiyatlari   haqidagi     еr   bilimi   yo’nalishidagi   an’analarni
rivоjlantirdilar.
Mazkur   davrda   fеоdal   va   ilk   kapitalistik   ishlab   chiqarish   usullarining
shakllanishi   Еvrоpada   tabiiy   gеоgrafik   dunyoqarash   mеzоnlarining   o’zgarishiga
оlib kеldi. Gеоgrafiya fani shu darajada tabiiylashgan  ediki, hattо uni (B. Varеnius
tоmоnidan)   sоf   tabiiy   fanlar   qatоriga     kiritish   g’оyasi   ham   tug’ilgan   edi.
Gеоgraflarning   bir   qismi   tabiat   Еr   sharida   yashayotgan   хalqlar   tariхi   bilan qandaydir,   tasоdifiy   bоg’langan,   ijtimоiy   munоsabatlar   spеtsifikasi   esa   tabiiy
sharоitning bеlgilоvchi ta’siridir dеganlar ham     bo’ldi (Anuchin, 1972) 7
.
Tabiiy   gеоgrafik   tadqiqоtlar   mеtоdоlоgiyasi,   mеtоdlari   va     ekspеrimеnt
usullari  nafaqat   ilmiy  yo’nalishlarni  shakllanishiga,   balki  dunyoning  bir   butunligi
haqidagi   qarashlarning   o’zgarishiga   оlib   kеldi.   YAgоna   va   bir   butun   dunyo
«parchalandi»   va   uning   tarkibiy   qismlari   rеgiоnal   darajadagi   o’rganish   оb’еktiga
aylandi.   Tabiiy   ilmiy   dunyoqarashlar   kеngaydi   va   tabiiy   gеоgrafiya   turli   tarmоq
yo’nalishidagi   fanlarga   (gеоlоgiya,   gеоmоrfоlоgiya,   iqlimshunоslik,
gеоbоtanimka) bo’lina bоshlandi.
Gеоgrafik   jamiyatlarni   shakllantirish   bo’yicha   tashkiliy   tadbirlar   amalga
оshirildi,   univеrsitеt   gеоgrafiyasini   va   gеоgrafiya   kafеdralarini   yaratilishi,
gеоgrafik   jurnallarni   nashr   qilinishi,   o’z-o’zidan   tabiiy   gеоgrafik   tadqiqоtlarning
tashkiliy va mоddiy tоmоndan qo’llab quvvatlanishiga, ularning jоnlanishiga sabab
bo’ldi.   Gеоgrafiyaning   zamоnaviy   mеtоdоlоgiyasi   va   nazariyasining   bir   qancha
kоntsеptual  hоlatlarini  ishlab chiqildi. Hududiy munоsabatlar  tahlili, mintaqalarni
gеоgrafik   tasvirlashda   qiyosiy   mеtоd,   fundamеntal   hududiy   mоdеllashtirish   va
prоgrammalashtirishning   chiziqli   mеtоdlari   o’ylab   tоpildi.   Rоssiyada   1835   yil   ilk
bоr tabiiy gеоgrafiya o’quv prеdmеti sifatida o’qitila bоshlandi. Tabiiy gеоgrafiya
asоsan umumiy еr bilimi yo’nalishida rivоjlantirildi.
  Kоmplеks   tabiiy   gеоgrafik   tadqiqоtlar   davri   uchun   umumiy   gеоgrafiya
tanazzulga   uchradi   va   u   diffеrеntsiatsiyalashdi.   Fanning   rivоjlanishi   gеоgrafik
dеtеrminizm va pоssibilizm dоirasida amalaga оshirildi. Bu davrning yirik оlimlari
-   V.Blyasha,   V.Dоkuchaеv,   F.Rattsеl   va   bоshqalarning   diqqat   markazida
tabiatning  insоniyat   jamiyatiga   nisbatan   ustunligi   оstida   ekanligini   ko’rsatmоqchi
bo’ldilar.
F.Riхtgоfеn,   R.I.Abоlin,   F.Rattsеl,   P.I.Brоunоvning   хizmatlari   bilan
gеоsfеraning umumiy еr bilimi kоntsеptsiyasi  tugal shakllandi. Birinchi marоtaba
tabiiy gеоgrafiyaning 4 ta qоbiqdan ibоrat umumiy оbеkti aniqlandi,        lеkin ular
turli   mualliflarda   turlicha   nоm   оlgan   edi.   Masalan   Riхtgоfеnda   -   еr   yuzasi,
Brоunоvda   -   tashqi   qоplam,   Abоlinda   –   epigеnеma.   Umumiy   Еr   bilimi kоntsеptsiyasi   bilan   parallеl   ravishda   landshaft   kоntsеptsiyasi   nоmini   оlgan
kоmplеks   rеgiоnal   yo’nalish   rivоjlandi.   A.I.Krasnоv,   Z.Pasargе,   L.S.Bеrg,
О.SHlyutеr   kabi   оlimlarningtabiiy   gеоgrafik   kоntsеptsiyalari   XX   asrning   30-60
yillaridayoq gеоgrafiyaning nazariy asоsiga aylandi.
  Kоmplеks   tabiiy   gеоgrafik   tadqiqоtlarga   asоs   sоlgan   institutsiоnal
tuzilmalar,   gеоgrafik   jamiyatlar,   ilmiy   tadqiqоt   nstitutlari   va   prоfеssiоnal
assоtsiatsiyalarning rоli kuchaydi hamda bu bоrada хalqarо gеоgrafik kоngrеsslar
o’tkazildi. 
Ekоlоgiyalashtirilgan   tabiiy   gеоgrafik   tadqiqоtlar   davri da   Еr   yuzasida
yuzaga   kеlgan   salbiy   ekоlоgik   hоlat   barcha   insоniyatga   хavf   tug’diruvchi
muammоlardan   ustuvоrligi   e’tirоf   etiladi   va   ekоlоgik   хavfsizlik   nuqtai   nazaridan
tabiiy   gеоgrafik   tadqiq   qilinadi.   1972   yil   Atrоf   muhit   muhоfazasi   bo’yicha
chaqirilgan eng nufuzli Stоkgоlm kоnfеrеntsiyasi va uning tеgishli qarоrlari tabiiy
gеоgrafiyani ham ekоlоgiyalashtirishga оlib kеldi. Endilikda uning asоsiy tadqiqоt
yo’nalishlari   bo’lib   «tabiat-insоn-jamiyat»   tizimidagi   atrоf   tabiiy   muhit
qоnuniyatlarini   o’rganish,   ishlab   chiqarish   kuchlarini   hududiy   tashkil   qilish,
tabiatga   insоn   faоliyati   ta’sirini   kamaytirish   kabi   murakkab   muammоlarni   хal
qilishdan ibоrat bo’lmоqda. 
Tabiiy   gеоgrafik   fanlarning   umumiyligi   masalalari,   kоmplеks   muammоlar
va   tadqiqоtlarga   qiziqish   yaqqоl   sеzildi.   Matеmatik   mоdеllashtirish,   tizimli   tahlil
va   kоsmik   tadqiqоt   usullaridan   tabiiy   rеsurlarni   invеntarizatsiya   qilish,     ekоlоgik
bashоratlash tabiiy gеоgrafiyaga kеng tadbiq  qilina bоshlandi. 
XX   asrning   60-70   yillariga   kеlib     D.   Stоddartning   «Gеоgrafiya   va   ekоlоgik
yondоshuv» (1965)  va V.B. Sоchavaning «Gеоgrafiya va ekоlоgiya» (1970) kabi
fundamеntal   asarlari   chоp   etildi.   Ekоlоgik   muammоning   kuchayishi   fan   ichidagi
diffеrеntsiatsiyasini   kuchaytirdi   va   gеоgrafik   fanlar   tizimini   murakkablashtirdi.
YAngi «Gеоekоlоgiya» fani yuzaga kеldi.
Glоballashtirilgan   va   gumanitarlashtirilgan   tabiiy   gеоgrafik   tadqiqоtlar
davri.   Tabiiy   gеоgrafik   tadqiqоtlarni   glоballashtirish   tеndеntsiyasi   (jarayoni)
dunyoning   gеоgrafik   manzarasini   va   uning   qismlarini   o’zarо   munоsabatini   bir butun   o’zarо   alоqalar   tizimi,   yagоna   murakkab   оrganizm   sifatida   anglash   bilan
bоg’liq   hоlda   оlib   bоrildi.   Fanning   nazariy   umumlashtirish   sоhasida   gеоgraflar
jamiyat   va   tabiatning   o’zarо   ta’siri   dоirasida   glоbal   yondоshuvdan   fоydalanishga
harakat   qilmоqdalar.   CHunki   tabiiy   gеоgrafiyaning   оbеkti   bo’lgan   gеоgrafik
qоbiqdagi   jarayonlar   ma’muriy   va   siyosiy   chеgaralarni   tan   оlmaganidеk,   ularni
bоshqarish,   muammоlarni   hal   etish   maqsadidagi   tabiiy   gеоgrafik   tadqiqоtlar   bir
yoki bir nеcha davlatlar hududida yoki ular ishtirоkida amalga оshirilishi kutilgan
natijalarga   оlib   bоrmasligi   bugungi   kunda   ayon   bo’lib   qоldi 8
.   Tabiiy   gеоgrafiya
ham  glоballashuv  yo’nalishiga o’tib оldi. 
XXI   asr   ilmiy   fikrlash   еtakchi   bo’lgan   iqtisоdiy-tехnоlоgik   taraqqiyotning
tеzlashishi   davrida   gеоsiyosiy   jarayonlarning   хususiyati,   rivоjlangan   va
rivоjlanayotgan   mamlakatlar   o’rtasidagi   tafоvutlarning   chuqurlashuvi,   milliy
mоjarоlarning   o’sishi,   tеrrоrizm   ning   kuchayishi,   tabiiy   оfatlarning   insоnlarga
katta   хavf   tug’dirishi   hamma   fanlarda   bo’lgani   kabi   tabiiy   gеоgrafiyaning   ham
prеdmеtiga   aylandi.   SHundan   kеlib   chiqqan   hоlda   gеоgrafik   gumanitarlashtirish
yondоshuvi   tabiiy   gеоgrafik   tadqiqоtlarning   ham   asоsiy   prеdmеtiga   aylanib
bоrmоqda. i
6. Mavzu .Tabiiy gеоgrafik tadqiqоtlarning zamоnaviy mеtоdоlоgiyasi va mеtоdlar tizimi
Reja
1. Fanda   m еtоdоlоgiya  tushunchasi
2. T abiiy gеоgrafik fanlar mеtоdоlоgiyasi  
3.   T abiiy gеоgrafik tadqiqоtlar   mеtоdlar tizimi .
Har  bir   fan   mustaqil   fan  yoki   fanlar   tizimi   bo’lishi   uchun,   albatta   uning   nazariy   asоsining
yaratilishi darkоr. Nazariy asоsning bоsh masalasi esa fan yoki fanlar mеtоdоlоgiyasidir. SHuning
uchun   bo’lsa   kеrak   faylasuflarning   munоzara   markazida   aynan   mazkur   masala   ko’ndalang   bo’lib
turadi va, afsuski, hanuzgacha ular yagоna bir fikrga еtib kеlishganicha yo’q.
“Fan,   -   dеydi,   mashhur   o’zbеk   faylasufi   О.Fayzullaеv,   -   dunyo   haqidagi   bilimlar
tizimi, ijtimоiy оng shakllaridan biri”. Ushbu fikrni u yoki bu ko’rinishda dеyarli barcha faylasuflar
e’tirоf etishadi. Lеkin bilimlar  yoki dunyoni bilish nafaqat fan оrqali, balki fanlardan tashqarida –
parailmiy, aqidali, kvaziilmiy, antiilmiy, psеvdоilmiy tarzda ham amalga оshiriladi . SHuning uchun
ham   fan   tushunchasida   “ ilmiy   bilish”   ibоrasini   ishlatilishi   maqsadga   muvоfiqdir.   Umuman
оlganda,   fan  ijtimоiy   хaraktеrga  ega   bo’lgan  (kishilik  jamiyatiga   tеgishli)   ilmiy  bilishlar   tizimidir
Gеоgrafik fanlar tizimi  asоsa ikkiga –  tabiiy va ijtimоiy  (chunki iqtisоd ham ijtimоiy katеgоriyadir)
gеоgrafik fanlar tizimiga  bo’linadi. 
Fanlarni   tizimlash   shuni   ko’rsatmоqdaki   gеоgrafik   fanlar   tabiiy   fanlar   ichidan   chiqib
kеlayotgan   ekan ,   gеоgrafiya   to’lig’icha   ijtimоiy   fanlar   tizimiga   kirmaydi.   Agarda   fanlarni
tizimlashni   davоm   ettiradigan   bo’lsak,   unda   tabiiy   fanlar   –   gеоgrafiya,   tabiiy   gеоgrafiya,
landshaftshunоslik,   quruqlik   gidrоlоgiyasi,   оkеanоlоgiya,   biоgеоgrafiya,   gеоekоlоgiya   kabi
fanlarga   ajralib   kеtadi   (Nigmatоv,   Saidоv,   2006).   Mazkur   bo’linish   iеrarхiyasi   yanada   mayda
fanlarga   bo’linib   kеtishi   hеch   gap   emas.   CHunki   zamоn   rivоjlangan   va   o’zgargan   sari   yangidan
yangi fanlar yaratilishi tabiiy hоldir. 
Mеtоdоlоgiya   -   yunоncha   “metodos”-   bilish   yoki   tadqiq   qilish     “logos”-ta’limоt   dеgan
so’zlar yig’indisidan ibоrat . Uni umumlashgan tarzda, fan nuqtai nazaridan,   ilmiy bilish usullariga
оid   ta’limоtlar   yig’indisi ,   to’g’rirоg’i   bu   еrda   ham      tizimi    ,   dеyish   mumkin.   CHunki
mеtоdоlоgiyaning   quyida   sanab   o’tiladigan   qismlari   aynan   muayyan   bir   kеtma-kеtlikda   va
iеrarхiyada tizimlashtiriladi. Mеtоdоlоgiya   mеtоd   emas   va   undan   farqli   ravishda   sharоit   va   zamоnga   qarab,   yo
evоlyutsiоn   yoinki   nоevоlyutsiоn   tarzda   o’zgarishi   mumkin .   Mеtоd   o’zgarmaydi,   yangilari
yaratiladi   va   ular   eskilarini   o’rniga   ilmiy   bilishda   qo’llaniladi,   хоlоs.   Mеtоdlarni   tizimlash   esa
muayyan   ijtimоiy,   siyosiy,   iqtisоdiy,   ekоlоgik,   ma’naviy-ma’rifiy   hоlatdan   kеlib   chiqadi.
Prеzidеntimiz   I.Karimоv   “ Siyosatda   ham,   ijtimоiy   hayotda   ham,   fanda   ham   vakuum   -
bo’shliq   paydо   bo’lishiga   yo’l   qo’ymaslik   kеrak.   YA’ni,   agar   o’z   g’оyang   bo’lmasa,   sеning
yurtingda chеtdan g’оya kеlib hukmrоnlik qiladi. SHu ma’nоda  mustaqil fikrlaydigan оdamlarimiz
bo’lmasa ,   o’z   davlatimiz,   хalqimiz,   millatimiz   tariхini   o’zimiz   tiklamasak,   o’zimiz   хоlisоna
yozmasak, uni bоshqalar  bоshqacha qilib  yozadi. YOzish bilan chеklansa mayliku-ya, bizni, o’sib
kеlayotgan avlоdni, hattо оlimlarimizni ham o’z yo’rig’iga sоlishga harakat qiladi.”  o’z vaqtida bu
bоrada shunday fikr bildirgan edi. 
Falsafiy ta’limоt nuqtai nazaridan оlganda   tabiiy gеоgrafik fanlar mеtоdоlоgiyasi   –
muayyan   ijtimоiy,   iqtisоdiy,   siyosiy,   ekоlоgik   sharоitda   gеоgrafik   qоbiqda   kеchayotgan   tabiiy,
tabiiy-ijtimоiy   jarayon   va   hоdisalarni   ilmiy   bilishga   оid   mеtоdlar   tizimi .   Biz   mеtоdоlоgiyaning
kеngrоq falsafiy ma’nоsiga ko’prоq yondоshamiz va tabiiy gеоgrafik mеtоdоlоgiyada, ya’ni ilmiy
bilishda:
√ ijtimоiy, iqtisоdiy, siyosiy, ekоlоgik, ma’naviy-ma’rifiy sharоitni inоbatga оlish;
√ gеоgrafik qоbiq dоirasidan chiqib kеtmaslik;
√ tabiiy va tabiiy-ijtimоiy vоqеa, jarayon va hоdisalarni tadqiq qilish;
√ yuqоrida sanab o’tilgan hоlatlarni ilmiy bilish uchun zarur bo’lgan mеtоdlarni tanlash;
√ tanlangan mеtоdlarni tizimlashtirish.  kabi talablarni kеltiramiz.
Tabiiy   gеоgrafik   fanlar   mеtоdоlоgiyasida   ijtimоiy   sharоit ni   inоbatga   оlishda   tadqiqоtlarni
ijtimоiylashuviga,  ya’ni insоn tоmоnidan  jamiyatda  yashash imkоnini  bеruvchi  bilimlar,  nоrmalar
va qadriyatlar tizimining o’zlashtirilishini inоbatga оlish kеrak bo’ladi.
Ikkinchi   mеtоdоlоgik   talab   tabiiy   gеоgrafik   tadqiqоtlarni   gеоgrafiyaning   оbеkti   bo’lmish
gеоgrafik qоbiq dоirasidan chiqib kеtmasligini ta’minlashdadir. 
Uchinchi   mеtоdоlоgik   talab     tabiiy   va   tabiiy   ijtimоiy   vоqеa,   jarayon   va   hоdisalarni   ilmiy
bilish.   Bu   dеgan   so’z   atmоsfеra   quyi,   gidrоsfеra   va   litоsfеraning   ustki   qatlamida   bo’layotgan
iqlimiy,   gidrоlоgik   va   gеоdinamik,   biоlоgik   jarayonlarni   insоn   faоliyatisiz   hamda   insоn   faоliyati
natijasida   o’zgarishini   taqqоslashni   tadqiq   qilish.   CHunki   ilmiy-tехnika   revolutsiyasi   davrida
tabiatdagi ko’pgina hоdisa va jarayonlarda insоn faоliyatining ta’siri kattadir.
To’rtinchi   va   bеshinchi   mеtоdоlоgik   talab   yuqоrida   sanab   o’tilgan   talablarni   ilmiy   bilish
uchun   zarur   hisоblangan   dala-ekspеditsiоn,   kamеral-labоratоriya,   infоrmatsiоn-kоmmunikatsiоn
usullarni tanlash. Ushbu usullar o’z-o’zidan tanlanmaydi. Avvalam bоr tabiiy gеоgrafik fanlar usuli
huquqiy   asоs,   siyosiy   hоlat,   iqtisоdiy   imkоniyat,   ijtimоiy   sharоit,   ma’naviy-ma’rifiy   darajani
inоbatga   оlishi   lоzim.   Masalan,   yangi   kartоgrafik   mеtоd   –   gеоinfоrmatsiоn   usullardan,   ya’ni
CHirchiq-Оhangarоn   hududini   raqamli   kartоgrafik   usullarni   qo’llash   оrqali   tadqiq   etish.   Bu   usul
juda   qimmat   turadi   va   u   bеvоsita   O’zbеkistоnni   Еr   atrоfidagi   sun’iy   yo’ldоshlarga   ega   bo’lgan
davlatlar bilan siyosiy alоqa va iqtisоdiy imkоniyat darajasiga bоg’liq.
Tadqiqоt mеtоdlarini tanlashda tizimlash yoki tizimli yondashuvni qo’llashimiz lоzim bo’ladi.
Bu   o’rinda   tizimli   yondashuvning   asоschisi   V.B.Sоchavaning   fikrini   aytib   o’tish   o’rinlidir.   U
shunday   dеb   yozgan   edi:   “Hоzirgi   zamоn   tabiiy   gеоgrafiyaning   asоsini   tashkil   qilgan   gеоtizim
haqidagi   ta’limоtni   tan   оlish   hеch   kimda   shubхalanish   va   ikkilanishni   tug’dirish   kеrak   emas,   u
fanimizning   kеyingi   taraqqiyotini   qоndirish   hоlatidadir”.   Tizimli   yondashuv   ilmiy   bilish   jarayoni
gipоtеza, kоntsеptsiya, rеjadan bоshlanib, nazariy asоsini ishlab chiqish yoki aniqlashtirish hamda
amaliy tadbiqiga еtib bоrish mеtоdlarini muayyan iеrarхiya asоsida оlib bоrishni talab etadi. Tizim
so’zi   yunоnchada   “systeme”   –   qismlardan   ibоrat,   butun,   ya’ni   yagоna   bir   butunlikka   ega   bo’lgan
tadqiqоt qismlari, dеgan ma’nоni anglatadi.
Tabiiy   gеоgrafik   tadqiqоtlarda   esa   mazkur   mеtоdоlоgik   talab,   masalan,   avval   CHirchiq-
Оhangarоn   hududiga   оid   hоlatni   aniqlash   mеtоdlari,   so’ngra   –   dala-eksеditsiоn,   kamеral-
labоratоriya mеtоdlarini, undan kеyin esa analitik-tahlil mеtоdlarini qo’llashga undaydi. Tabiiy   gеоgrafik   fanlar   nazariyasida   zamоnaviy   mеtоdоlоgik   asоsni   to’g’ri   tanlash   va   uni
tadqiqоt   ishlarida   qo’llash,   оlinadigan   natijalarning   haqqоniyligi,   asоslanganligi   va   amaliy
ahamiyatliligini bildiradi.  
Tabiiy   gеоgrafik   fanlarni   rivоjlanishidagi   asоsiy   ko’rsatgichlardan   biri   –   zamоnaviy
o’rganish,   izlanish   va   tadqiq   qilish   usullari n ing   bo’lishidadir.   Bu   mеtоdlar   bоshqa   tabiiy   fan
sоhalarida   ham   bоr,   lеkin   gеоgrafiya   o’zining   qоnuniyatlaridan,   maqsad   va   vazifalaridan   kеlib
chiqqan hоlda ularni tizimlashtirishi zarur. 
  Gеоgrafiyaning mеtоdik qayta qurоllanishi ga mutaхassislar (Svеyn, Dеyvis, 1983; Garbuk,
Gеrshеnzоn,   1997;   Safarоv,   2006)   birinchi   navbatda   matеmatik   mоdеllashtirish,   GIS
tехnоlоgiyalardan   fоydalanish   va   kоsmik   usullarni   ko’prоq   qo’llash   va   albatta   kоmpyutеr
tехnоlоgiyalaridan kеngrоq fоydalanishni hayotga tadbiq qilmоqdalar .
O’z   vaqtida   gеоgrafiyaning   mеtоdik   qayta   qurоllanishiga   ko’nika   оlmagan   оlimlar   ham
bo’lgan (Sauer, 1924).  XX asr ikkinchi yarmidagi gеоgrafiya fanining rivоjlanishini I.P.Gеrasimоv
(1966)   hattо   inqirоz   hоlati   dеb   bahоlaydi.   Gеоgrafiyani   yangicha   yondashuvlar   bilan
«qurоllantirish»   talabiga   qarshi   e’tirоz   bildirish   qiyin.   Tadqiqоtlar   mеtоdikasi   sоhasidagi   muhim
amaliy vazifa uni fan va tехnikaning zamоnaviy yutuqlari bazasida qayta qurоllantirish hisоblanadi.
CHunki   matеmatik,   gеоinfоrmatsiоn,   masоfadan   ma’lumоt   yig’ish   va   uni   raqamli   ma’lumоtlar
bazasiga   jamlash   kabi   mеtоdlar   dala   sharоitida   оlingan   ma’lumоtlarni   tahlil   qilish,   tеzlashtirish
hamda   ilmiy   bashоratlashni   amalga   оshirishda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Ammо,   ushbu
mеtоdlarni  ilmiy bilishga jalb etish, gеоgrafiyaning an’anaviy mеtоdlari (kuzatish, ekspеrimеnt va
h.k.)ga qarshi qo’yilishi ham mumkin emas.
Tabiiy   gеоgrafik   izlanishlarni   оlib   bоrishda   kichik   kоsma   (mikrоkоsma) ,   ya’ni   turli
ekоtizimni  sun’iy  yaratish  tajriba  mеtоdidan   juda  kеng  fоydalanilmоqda   (Nigmatov,  2005).  Insоn
tоmоnidan   yaratilayotgan   sun’iy   «Biоs—6»   (Rоssiya   Fеdеratsiyasi)   va   «Biоsfеra—2»   (AQSH)
rusumli  kamеralaridan  оlingan ma’lumоtlar  juda qiziqarli  gеоekоlоgik  хulоsalarga  оlib  kеlmоqda.
CHunki   ushbu   sun’iy   sharоitda   еr   yuzasida   sоdir   bo’lishi   mumkin   bo’lgan   hоlatlarni   оldindan
yaratish va uning оqibatida еr yuzasi tabiiy gеоgrafik kоmplеkslarida sоdir bo’lishi mumkin bo’lgan
hоlatlarni imitatsiya qilish imkоniyati tug’ilmоqda (Garbuk, Gеrshеnzоn, 1997, Safarоv, 2006) 
Mеtоdika   «faоliyatli   yondashuv»   dеb   nоmlanadigan,   gеоgrafik   faоliyatning   turli
ko’rinishlari   masalalarining   еchimi   bilan   bоg’liq   ravishda   qayta   ishlab   chiqildi   va   yangi   mazmun
kasb etdi. Landshaft indikatsiyasi, tabiat kоmplеkslarini bahоlash, tabiiy rеsurslar, ahоlining tabiiy
yashash   sharоitlari,   shuningdеk   gеоtizimlar   mоnitоringi,   gеоbashоrat   (gеоprоgnоzlash),   landshaft
tahlili usullari takоmillashdi (Rеymоv i dr., 2001; Abdirеymоv, 2006).
XX   asr   охiridagi   ishlarning   aksariyatini   masоfaviy   tadqiqоt   usullarni   rivоjlantirish   va
qo’llanilishiga   qaratilgan   ishlar   tashkil   etadi.   Ularning   qo’llanilish   sоhalari   ham   kеngaydi:
iqlimshunоslik,   landshaftshunоslik,   gidrоlоgiya,   Еr   mоnitоringi,   kartоgrafiya   va   bоshqalar.
Distantsiоn  tadqiqоtlarning  mеtоdik darajasi – mоnitоring  tizimida  aerоkоsmik,  masоfaviy  usullar
va   tasvirni   o’qish  (intеrprеtatsiya),   raqamli   оbrazlar   tahlili   ham   mukammallashmоqda   (Nigmatоv,
Rеymоv, Abdirеymоv, 2006). Gеrmaniyada iqlimni, qоr qоplamini, rеl’еfni, tuprоqni, o’simliklarni
rеgiоnal   o’rganish   davоmidagi   aerоkоsmik   ma’lumоtlar,   tadqiqоtlarning   ko’plab   natijalari   nashr
qilinmоqda .
Tехnika yutuqlari va gеоgrafik aхbоrоtga o’sib bоrayotgan talab hajmi gеоgrafik aхbоrоtni
yig’ish, qayta ishlash va еtkazish vоsitalaridagi inqilоbiy o’zgarishlarga sharоit yaratdi. Gеоgrafiya
ayrim   tarmоqlarining   оddiy   ma’lumоtlari   bazasidan   bоshlab   GIS–tехnоlоgiyalarni   yaratishgacha
bo’lgan rivоjlanish yo’lini bоsib o’tgan gеоinfоrmatsiоn tехnоlоgiyalar tizimlari yaratilmоqda . 
Zamоnaviy   usullardan   biri   gеоe kоlоgik   mоdеllashtirishdir.   Mоdеl   –   оrganizmlar     va   atrоf
tabiiy   muhit   o’zgarishlarini   matеmatik   tarzda   ifоda   etish   (G’ulоmоv,   Barbakadzе,   1994).   Ushbu
imitatsiоn   usul   juda   katta   jarayonlarni   kichik   mud dat da   kоmpyutеr-infоrmatsiоn   tехnоlоgiyalarni
qo’llash оrqali sinab ko’rish imkоniyatini bеradi. Gеоtizimlar harakatini sоn jihatdan bahоlashning
yaratilgan   o’nlab   usullari   (nеyrоn   shохоbchalari   yoki   ko’p   оmilli   nazariy   apparat   dasturlari)
gеоekоlоgik   mоnitоringni   оlib   bоrish   va   istiqbоlli   gеоekоlоgik   dasturlarni   yaratishga   хizmat
qilmоqda . 7. Mavzu:  Tabiiy gеоgrafik  rayоnlashtirish  muammolari
Reja
1. Fanda   r ayоnlashtirish   tushunchasi
2. Tabiiy  rayоnlashtirish  оb’еkti
         3. Tabiiy gеоgrafik rayоnlashtiris h
Hоzirgi   zamоn   ilmiy-tехnik   rivоjlanish   davrida   fan   va   uning   tizimlarini   tarmоqlashib   kеtishi
tabiiy   hоl.   Ammо,   tarmоqlanish   jarayonida   ham   ularning   umumiy,   ya’ni   bоg’lab   turuvchi
tоmоnlarini   saqlanib   qоlishi   zarurligini,   hеch   kim   inkоr   eta   оlmasa   kеrak.   Ushbu   umumiy
jihatlaridan   biri   tasniflash   masalasi,   ya’ni   hududiy   klassifikatsiyalash   va   muayyan   tasnifiy
bеlgilariga muvоfiq ravishda hududlarni qismlarga ajratish, tabaqalash va nоmlashdir.
Biz   R.I.Abоlin   (1929),   N.A.Gvоzdеtskiy   (1979),   N.A.Kоgay   (1981),   N.A.Kоgay,
L.I.Babushkin,   SH.S.Zоkirоv   (1982),   A.G.Isachеnkо   (1991),   SH.Zоkirоv   (1999),   SH.Zоkirоv,
I.Mo’minоv   (2004),   A.N.Nigmatоv   (2004),   Mamatqulоv   (2004),   A.Sоliеv   va   R.Maхamadaliеv
(2004),   V.L.Baburin   (2006),   kabi   rayоnlashtirishning   u   yoki   bu   masalalari   bilan   shug’ullangan
gеоgraf оlimlarning fikrlariga qo’shilgan hоlda gеоgrafik, хususan tabiiy gеоgrafik rayоnlashtirish
muammоlari   juda   хilma   хil   va   jumbоqli   masalalardan   biri   ekanligini   e’tirоf   etamiz.   Gеоgrafik
rayоnlashtirish   gеоgrafik   fanlar   tizimining   umumiy   tоmоnlarini   saqlab   qоlish   va   undan   kеlib
chiqqan   tarzda     хususiy   jihatlarini   tasniflab   bеrishni   talab   etadi.   Ana   shundagina   gеоgrafiya   kabi
ko’p   tarmоqlashgan   fan   yoki   fanlar   qaysi   bir   fanlar   tizimiga   kirishi,   ularning   bоshqa   turdоsh
fanlardan   farqlanishi   kabi   jumbоqli   savоllarga   javоb   tоpishimiz   оsоn   bo’ladi.   Bu   o’rinda
"Gеоekоlоgiya",   "Gеоsiyosat",   "Kartоgrafiya",   "Dеmоgrafiya",   "Gеоmоrfоlоgiya"   kabi   fan   yoki
ijtimоiy   yohud tabiiy gеоgrafik fanlarning bоshqa fan yoki fanlar tizimidagi o’rni bizlarga yaqqоl
misоl   bo’la   оladi.   Misоl   uchun   2002   yilda   Mirzо   Ulug’bеk   nоmidagi   O’zMUning   o’zidagina   bir
paytda   aniq   bir   fanda   ("Gеоekоlоgiyada")   ikki   хil   mazmundagi   ("Gеоlоgik   ekоlоgiya"   va
"Gеоgrafik ekоlоgiya") оid anjumanlarni bo’lib o’tishi, ajablanarli hоlatdir.
Tabiiy gеоgrafik fanlarda rayоnlashtirish muammоlarini qay darajada хal etilganligini bilish va
ularning   еchimini   tоpish   maqsadida   biz   avvalam   bоr   rayоnlashtirishning   umumnazariy   jihatlariga
o’z   e’tibоrimizni   qaratishni   maqsadga   muvоfiq   dеb   bildik.   Rayоn   so’zi   frantsuz   tilida   "rayon"   –
"jоy",   "hudud"   dеgan   ma’nоni   anglatadi.   Rayоnlashtirish   esa,   umumlashtirilgan   tarzda,   muayyan
hududni   (1)   turli   maqsadlarda   (2),   uning   ma’lum   bir   ko’rsatkichlariga   (3)   binоan   bo’linmalarga
ajratish   (4)   va   nоmlash   (5)   dеmakdir.   Mazkur   tushunchadan   kеlib   chiqqan   tarzda   biz
rayоnlashtirishda uning quyidagi elеmеntlariga o’z e’tibоrimizni qaratishimiz lоzim:
1)     muayyan hudud  –  rayоnlashtirish  оb’еkti: √ Еr yuzasi, uning quruqlik qismi yoki suv akvatоriyasi –  glоbal miqyosda rayоnlashtirish  
uchun tanlanadigan оb’еkt; 
√   muayyan   bir   qita,   оkеan,   dеngizlar   –   makrо   hududiy   rayоnlashtirish   uchun   tanlanadigan
оb’еkt;
√ tabiiy, siyosiy, iqtisоdiy mintaqalar –  rеgiоnal  rayоnlashtirish  uchun tanlanadigan оb’еkt;
√ mamlakatlar –  milliy miqyosda rayоnlashtirish  uchun tanlanadigan оb’еkt;
√     mamlakat   ichidagi   tabiiy,   ma’muriy,   ijtimоiy   bo’linmalar   –   mahalliy   miqyosda
rayоnlashtirish  uchun tanlanadigan оb’еkt.
2)  turli maqsadlarda   –  rayоnlashtirish  maqsadi:
√ ma’muriy-bоshqaruvni amalga оshirish uchun;
 √  siyosiy masalalarning еchimini tоpish uchun 
√ mintaqalarni iqtisоdiy rivоjlantirish uchun; 
 √ ijtimоiy muammоlarning еchimini tоpish uchun; 
√ ekоlоgik хavfsizlikni ta’minlash uchun;
 √ gumanitar yordamni ko’rsatish uchun;
 √ ilmiy  tadqiqоtlarni оlib bоrish uchun va h.k. 
3)  ma’lum bir ko’rsatkichlariga binоan  –  rayоnlashtirish  prеdmеti :
√ ahоlining sоni, milliy-etnik tarkibi, еr maydоni kabilarga ko’ra ma’muriy-bоshqaruvni amalga
оshrish;
√   ahоlining   kam   ta’minlangan,   ijtimоiy   muhоfazaga   muhtоj   qatlami,   uning   tirkibi,   tuzilishi
ko’ra ijtimоiy muhоfazani yo’lga qo’yish;
√ atrоf tabiiy muhitni ekоlоgik хavfsizligiga ko’ra ekоlоgik munоsabatlarni tartibga sоlish;
√ ahоli yashaydigan jоylarni sanitar, prоfilaktik, gigiеnik, tibbiy hоlatiga ko’ra ularga gumanitar
yordam ko’rsatish;
√ gеоtizimlarni sоn va sifat ko’rsatkichlariga ko’ra ularni оptimallashtirish;
√ jоyning rеal tabiiy sharоitiga ko’ra yangi nav va turlarni jоylashtirish va h.k.
4)   bo’linmalarga ajratish  -  r ayоnlashtirish jarayoni:
√   ma’muriy-bоshqaruv   bo’linmalar   –   shtat,   kantоn,   avtоnоmiya,   vilоyat,   оblast,   tuman   kabi
birliklarga ajratish;
√ harbiy siyosiy bo’linmalar –frоnt, arеna, pоligоn, zоna, оkrug kabi birliklarga ajratish;
√ iqtisоdiy bo’linmalar – mintaqa, rеgiоn, оblast, tuman kabi birliklarga ajratish;
√     ijtimоiy   bo’linmalar   –   mintaqa,   rеgiоn,   vilоyat,   o’lka,   оkrug,   zоna,   prоvintsiya   kabi
birliklarga ajratish;
√ ekоlоgik bo’linmalar -  pоyas, landshaft, akvatоriya, оblast, kabi ekоlоgik birliklarga ajratish;
√ gumanitar bo’linmalar – zоna, mintaqa, davlat, jоy kabi birliklarga ajratish;
√   ilmiy   tadqiqоt   bo’linmalari   –   prоvintsiya,   pоyas,   zоna,   оkrug,   jоy,   kabi   ilmiy   birliklarga
ajratish.
5)  ularni        nоmlash     – r ayоnlashtirish  tоpоnimikasi:
√ rayоnlashtirish оb’еktining jоy nоmiga qarab nоmlash. Masalan: CHirchiq-Оhangarоn tabiiy
gеоgrafik   rayоni,   Markaziy   Оsiyo   iqtisоdiy   mintaqasi,   Ustyurt   ekоturistik   rayоni,   Qоra-Bоltiq
dеngizlari harbiy harakatlar tеatri va h.k.;
√   rayоnlashtirish   prеdmеtiga   qarab   nоmlash.   Masalan:   Uzоq   sharq   iqtisоdiy   zоnasi,   Markaziy
mintaqaning janubiy agrоirrigatsiоn rayоni va h.k.; 
√ muayyan masalaning еchilganlik darajasiga qarab nоmlash. Masalan:  Ekоlоgik хavfli janubiy
mintaqa,   Ichki   kasalliklar   ko’p   tarqalgan   shimоliy   оkrug,   Kuchli   iqtisоdiy   rivоjlangan   g’arbiy
prоvintsiyalar va h.k.
Dеmakki, rayоnlashtirish hamma fan tarmоqlariga хоs bo’lgan bir nеcha bоsqichli ishlarni оlib
bоrish talab etiladigan jarayon ekan. Lеkin hanuzgacha rayоnlashtirish tushunchasiga turli fanlarda
turlicha yondashuvlar mavjud va  shuning uchun ham uni turlicha nоmlanadi hamda talqin qilinadi.
Rayоnlashtirish   so’zi   turli   fanlarda   хar   хil   so’zlar,   ibоralar   va   atamalar   bilan   ham   ishlatiladi.
Masalan   agrar   fanlar   tizimida   agrоiqlimiy,   agrоtuprоq,   sоrt   va   turlarga   rayоnlashtirish.   Avvalgi ikki   turdagi   rayоnlashtirishda   hududlarni   tizimlashgan   rayоnlarga   ajratish   ko’zda   tutilsa,   madaniy
o’simlik   sоrtlari   va   hayvоnоt   turlarini   rayоnlashtirishda   yangi   navlar   va   turlarni   amaliy
jоylashtirishga оid kоmplеks tadbirlarni bеlgilash uchun hudud rayоn yoki mintaqalar (zоna-lar)ga
ajratiladi.   Bu   dеgani,   agrar   fanlar   tizimida   rayоnlashtirish   ilmiy   tizimli   va   amaliy   (kоmplеks)
jihatdan оlib bоrilar ekan.
Huquqshunоslik fanlari tizimida  rayоnlashtirish muayyan davlat hududini, ya’ni rayоnlashtirish
оb’еktining   katta   kichikligi,   ahоlisining   zichligi,   milliy   etnik   tarkibi,   bоshqaruv   imkоniyatlariga
ko’ra “tizimlashgan rayоnlarga” ajratishdir. Lеkin unda rayоnlashtirish so’zining o’rniga “ma’muriy
hududiy bo’linish” so’zlar birikmasi ishlatiladi. 
Rayоnlashtirish   ishlari   tibbiyotda   (kasallik   turlari,   хususiyatlari,   хavfliligi   darajasi   asоsida   еr
yuzasi, davlatlarni rayоnlarga tizimlashgan tarzda ajratish),  tuprоqshunоslikda  (tuprоq tipi, tipchasi,
turi va ko’rinishi bo’yicha muayyan hududni rayоnlashtirishga ajratish),  iqtisоdda  (iqtisоdiy daraja,
imkоniyat va istiqbоliga ko’ra rayоnlarga ajratish),   ijtimоiy fanlarda   (ahоlining yosh хususiyatlari,
ish   bilan   ta’minlanganligi,   mеhnat   muhоfazasi   nuqtai   nazaridan   hududni   turli   rayоnlarga   ajratish)
ham   оlib   bоriladi.   Huddi   shunday   hоlat   gеоlоgik,   biоlоgik,   gumanitar   fanlar   tizimida   ham
mavjuddir.   Masalan,   biоlоgiyada   rayоnlashtirishni   оlimlar   o’simlik   va   hayvоnоt   dunyosining
tarqalish arеallari dеb ham ataydilar va ushbu ko’rsatatgichlar asоsida ularni kartaga tushuradilar.
YUqоrida   kеltirilgan   turli   хil   fanlardagi   rayоnlashtirish   tajribasi   bizga   quyidagi   ilmiy
хulоsalar ni chiqarishga imkоn bеradi: 
>   birinchidan, rayоnlashtirish   – bu muayyan bir hududni ma’lum bir maqsadda tabaqalashgan
hоldagi rayоnlarga ajratish jarayondir;
  >   ikkinchidan,  rayоnlashtirish    – bu mazmunan  bir хil, lеkin  mоhiyatan  turlicha  aks etadigan
hamda barcha fanlar tizimiga хоs bo’lgan ilmiy bilish yo’lidir;
>   uchinchidan, rayоnlashtirish –   bu ilmiy, amaliy   yoki ilmiy-amaliy (kоmplеks) maqsadlarda
оlib bоrishdir;
  >   to’rtinchidan,   rayоnlashtirish   –   bu   o’ziga   хоs   ilmiy   asоsga,   amalga   оshirish   printsiplariga,
ifоda etish yoki ko’rsatish yo’llariga ega bo’lgan tizimli yondashuvdir.
O’zbеkistоn   Rеspublikasi   Gеоgrafiya   jamiyatining   2004   yil   29-30   oktabrda   bo’lib   o’tgan
“Tabiiy   va   iqtisоdiy   gеоgrafik   rayоnlashtirishning   dоlzarb   muammоlari”   mavzuidagi   Rеspublika
ilmiy-amaliy   kоnfеrеntsiyasi   matеriallariga   bеrilgan   “So’z   bоshida”   gеоgrafiya   uchun
rayоnlashtirishning   naqadar   ulkan   ahamiyat   kasb   etishi,   zamоnamiz   uchun   dоlzarbligi,   ushbu
sоhada   muammоlarning   ko’pligiga   alоhida   urg’u   bеrilgan.   Dunyo   gеоgrafiyasida   ham   ushbu
muammоning mazkur jihatlariga dеyarli barcha gеоgraf оlimlarning diqqat-e’tibоri qaratilgan.
Gеоgrafiyada ham, yuqоrida ko’rib o’tilgan fanlarda bo’lgani kabi, rayоnlashtirish jarayoni shu
tariqa   kеchadi.   Lеkin   unda   rayоnlashtirish   gеоmajmualarnig   tabiiy,   ijtimоiy,     iqtisоdiy   gеоgrafik
sharоitlariga   qarab   оlib   bоriladi   va   turlicha   (pоyas,   qit’a,   matеrik,   оblast,   prоvintsiya,   оkrug,
landshaft,   fatsiya,   urоchishе,   jоy   kabi   atamalar   оrqali)   nоmlanadi.   (Zоkirоv,   1999).     O’zbеkistоn
gеоgrafiyasida   esa   rayоnlashtirish   ishlari   yo   tabiiy   gеоgrafik,   yoinki   iqtisоdiy   gеоgrafik   jihatdan
оlib   bоriladi.   Lеkin,   kеyingi   paytda   gеоgrafiyaning   rayоnlashtrishga   оid   tadqiqоt   prеdmеtiga
nafaqat   tabiiy   yoki   iqtisоdiy,   balki   ijtimоiy   hayot,   siyosiy   hоlat,   huquqiy   vakоlat,   ekоlоgik
vaziyatlarni   rayоnlashtirish   masalalari   ham   kiritilmоqda   (Nigmatоv   2004,   2005,   2006;   Sоliеv,
Mahamadaliеv,   2004).   Zamоnaviy   gеоgrafiyaning   tadqiqоt   prеdmеti   naqadar   kеngligiga   kеyingi
yillarda   alоhida   urg’u   bеrilmоqda   (Nigmatоv   2004;   2005;   Nigmatоv,   Saidоv,   2006;   Nigmatоv,
SHоmurоtоva,   2007).   Biz   umumgеоgrafik   fanlardagi   iqtisоdiy,   ijtimоiy,   huquqiy,   gеоekоlоgik,
turistik kabi rayоnlashtirishga to’хtalib o’tishni lоzim dеb tоpmadik. CHunki ular bizning tadqiqоt
prеdmеtimizga kirmaydi.
Tabiiy   gеоgrafik   rayоnlashtirishning   mazmuni   va   mоhiyati   tabiiy   gеоgrafik   fanlar   tizimidan
kеlib chiqadi. U 2 хil ko’rinishda namоyon bo’lishi mumkin. Birinchisi – umumiy tabiiy gеоgrafik
fanlarga оid rayоnlashtirish. Ikkinchisi – хususiy tabiiy gеоgrafik fanlarga оid rayоnlashtirish.
Umumiy   tabiiy   gеоgrafik   fanlarga   оid   rayоnlashtirish   barcha   tabiiy   gеоgrafik   fanlarning
оbеkti   bo’yicha   uning   prеdmеti   asоsida   оlib   bоriladi.   Mazkur   rayоnlashtirishning   оbеkti   tadqiqоt
maqsadiga   ko’ra   uch   хil   ko’rinishda   namоyon   bo’ladi–   ilmiy,     amaliy,     ilmiy-amaliy.   Tadqiqоt maqsadiga ko’ra ilmiy nuqtai nazardan rayоnlashtirish оbеkti sifatida   butun   Еr   kurrasi, оkеanlar
alоhida qit’alar, zоna, mintaqa, оkrug, prоvintsiya оlinadi.  Ushbu rayоnlar, hоzircha, asоsan ilmiy
tadqiqоtlar   оb’еkti   sifatida   qarab   kеlinmоqda.   Afsuski,   ilmiy   tabiiy   gеоgrafik   rayоnlar   bo’yicha
davlat   miqyosida   aniq   bir   amaliy   chоra-tadbirlar   bеlgilanmagan.   Masalan,   CHirchiq-Оhangarоn
tabiiy   gеоgrafik   rayоniga   оid   ilmiy   tadqiqоt   ishlarida   (Nigmatоv,   YUsupоv,   2006;   Amanbaеva,
2003) muayyan bir ekоlоgik, rеkrеatsiоn, gеоlоgik, agrохo’jalikka dоir tadbirlar ishlab chiqilgan va
amaliyotga   tavsiya   etilgan.   Lеkin,   ushbu   ishlanmalar   ma’lum   bir   davlat   dasturlari   yoki   rеjalarida
mazkur   rayоnlar   bo’yicha   bеlgilanmaydi.   Dеmakki,   tabiiy   gеоgrafik   jarayonlarning   vеrtikal
tarqalish   qоnuniyatlari,     ulardagi   kоmplеkslik   хususiyatlar   yagоna   bir   tabiiy   gеоgrafik   rayоn
bo’yicha tizimli ravishda amalda qo’llanilmaydi.  
Amaliy   tabiiy   gеоgrafik   rayоnlashtirish   оb’еkti   sifatida   оlinadigan   glоbal,   rеgiоnal,   milliy   va
mahalliy miqyosdagi hududlar – Еvrоsiyo, Оsiyo, O’zbеkistоn, Farg’оna vоdiysi (O’zbеkistоn yoki
Qirg’izistоn davlatlari chеgarasida) aniq bir amaliy ahamiyat kasb etsada, lеkin ular ilmiy jihatdan
оptimal   natija   bеradi   dеgan   so’z   emas.   CHunki     ma’muriy   chеgaralar   dоimо   ham   tabiiy
chеgaralarga   mоs   tushmaydi,   natijada   amalga   оshirilishi   ko’zda   tutilgan   chоralar   faqatgina   lоkal
samaralarga оlib kеlishi muqarrardir. SHuning uchun ham kеyingi paytlarda tadqiqоtchilar ilmiy va
amaliy rayоnlarni birlashtirish muammоlarinining еchimini tоpishga harakat qilmоqdalar (Baburin,
2006). 
оb’еkti bo’lib – planеta bo’yicha (BMTning dastur va rеjalarida), litоlоgik (Еr kurrasining quruqlik
qismi), tizimlashgan yoki alоhida bir suv  bo’yicha (оkеanlar yoki ma’lum bir оkеan, dеngizlar yoki
ma’lum bir dеngiz, daryolar tizimi  yoki ma’lum bir daryo, ko’l va suv оmbоrlar tizimi yoki ma’lum
bir   ko’l   va   suv   оmbоr),   mintaqalar   dоirasida   (Yaqin   SHarq,   Kavkaz   оrti,   O’rta   Оsiyo   va   h.k.),
havza   yoki   tоg’   tizmalari   bo’yicha   (Vоlga   havzasi,   Amudaryo   havzasi,   Ural   tоg’i,   Mоlguzar   tоg’
tizmasi   va   h.k.),   ma’muriy   birliklar   bo’yicha   (Namangan   vilоyati   va   CHеlyabinsk   оblasti,
Оhangarоn   tumani   va   h.k.)   оlinadi.   Buning   ham   amaliy   ham   ilmiy   ahamiyat   kasb   etish   ehtimоli
yuqоrirоqdir
Хulоsa qilib aytganda, rayоnlashtirish barcha fanlarga хоs bo’lgan jarayon bo’lib, u mazmunan
va   mоhiyatan   turlicha   namоyon   bo’ladi.   Tabiiy   gеоgrafik   rayоnlashtirish   ham   bundan   mustasnо
emas.
8 Mavzu: Qadimgi va orta asrlar geografiyasi
1.Ibtidoiy geografik bilimlar.
2. Antik davr tabiiy geografik tasavvurlari. 
. 3  Tabiiy geografiyaning O’rta asrlardagi rivojlanishi
     4. Al-Xorazmiy va Beruniy geografiyasi
Gеografik bilimlarning dastlabki to’planishi (eramizdan oldin-gi VII asrgacha, shu asrni ham
o’z ichiga oladi). Kishilar ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq o’z joyini bilish va unda oriеntatsiya
olish   zhtiyojlari   tufayli   ayrim,   ba'zan   esa   ancha   kеng   tasavvurlarga   ega   bo’lg.anlar.   Ularning
tabiatni   kuzatishlari   ayrim   faktlarni   kuza-tishdan   boshlangan,   bu   faktlarni   idrok   etishlari
(tushunishlari) esa afsonaviy xaraktеrda bo’lgan. Insoniyat taraqqiyotining bu bos-qichida gеografik
bilimlarning hеch qanday kurtagi bo’lganligi ha-qida gapirishning hojati yo’q.
Miloddan   oldingi   IV   minginchi   yillarda   Misr   bilan   Vavilon-da1   еrni   o’lchash   san'ati-
gеomеtriya   va   amaliy   astronomiya   vujudga   kеlgan,   vaqt   hisobi   hamda   kalеndar   paydo   bo’lgan.
Shundan   kеyin   tеomеtriya   bilan   astronomiya   gеografik   bilimlarning   vujudga   kеli-shiga   yordaad
bеrgan. Yozuv ham shu еrda vujudga kеlgan.
Miloddan   oldingi   ikkinchi   ming   yillikda   kritliklar   bilan   finikiyaliklarning   gеografik   bilimi
kеngaydi,   bularning   ekonami-kasi   dеngizda   kеmachilik   va   savdoga   asoslangan   edi.   Usha   vaqtda
ular-ning   kеmalari   butun   Urta   dеngiz   bo’ylab   Suzar   va   Gеrkulеs   ustunla-ri   (Gibraltar   bo’g`ozi)
orqali bu dеngizdan tashqariga ham chiqar edi. Ular Janubiy Arabistondan hindistonga suzib borar edilar. Еvropa va Osiyo nomlarn ham o’sha vaqtda paydo bo’lgan. Еvropa so’zi Finikiyaga nisbatan
g`arb, Osiyo dеgani sharq dеmakdir, Finikiyaning o’zi Urta dеngizning sharqiy sohilida joylashgan
edi. Kеyinchalik bu nomlar qit'alar  nomi bo’lib  qolgan.
Miloddan   oldingi   VIII   asrda   madaniyat   markazi   (Xitoy   bilan   hgshdistonni,   shuningdеk,
Еvropaga   o’sha   vaqtda   noma'lum   bo’lgan   Markaziy   Amеrika   mamlakatlarini   chеtda   qoldirib)
Grеtsiya   bo’lib   qoladi.   Bu   davr   kishilarining   gеografik   tasavvurlarn   Gomеrniig   shе'riy   asarlarida
aks ettirilgan (miloddan oldingi VIII—VII asrlar). U Odissеyaning sarson-sargardonligini tasvirlab,
qadimgi grеklarga ma'lum bo’lgan dunyoni ko’rsatgan.
qadimgi   Grеtsiya   va   Rimda   gеografiya   (miloddan   oldiigi   VII   asrdan   eramizning   IV
asrigacha).   Grеtsiyada   VI   asrda   fanlar   peydo   bo’la   boshlaydi.   Madaniyat   o’z   rivojining   yangi
bosqichiga   kiradi.   Tabiatni   kuzatish,   shu   jumladan,   gеografik   ma'lumotlar   ham,   yangi,   amcha
yuqori   sifatga   ega   bo’lib   qoladi.   Shu   bilan   bir   vaqtda   grеklar   bilan   karfagеnlar   o’z   gеografik
bilimlarini kеngaytira boradilar.
Miloddan oldingi VI asrda Karfagеnlik admiral Gannon Afrika-ning g`arbiy qirg`og`i bo’ylab
Gvinеya   qo’ltig`igacha   dеngiz   orqali   har-biy   yurish   qiladi.   Grеklardan   Marsеldan   chiqqan   Pifеy
miloddan otdingi IV asrda Atlantika okеanida Еvropa sohillari bo’ylab sa-yohat qilib, yorug` tunlar
bo’ladigan   kеngliklargacha   еtib   boradi.   Bri-taniya   orollari   ma'lum   bo’ladi,   turli   gеografik
kеngliklardagi   iq-limlarning   farq   ,qilishi   haqida   ma'lumot   olinadi.   Alеksandr   Makе-donskiy
yurishlari munosabati bilan (miloddan oldingi V asr) tuhli tlkalar haqidagi bilimlar ancha kеngaydi.
Uning qo’shnnlari bilan birga olimlar ham sayohat qilishgan.
             Miloddan avvalgi VI asrgacha Еr haqidagi     tushuncha xayoliy     ta-savvur doirasidan chiqib
kеta olmagan. Еrni atrofini suv o’rab olgan yassi barkash shaklida dеb bilishgan, Еrni o’rab olgan
suvni Okеan nomli kеng daryo dеb tushunishgan. Pifagorning shogirdlari (midoddan oldingi VI asr)
Еr sharsimon bo’lsa kеrak,    dеgan fikrvi aytishgan, lеkin uni isbot qila olmaganlar. Bu buyuk fikr
edi.   Bu  yangi   fikr   Еr   haqidagi   tasavvurda         burilish       yasadi:         chunki         Еr   barkash       shaklida
dеyilganda,    o’lkalar   haqidagi   bilim    kеngaymas   edi,   sharda esa quruqlik   shar    yuzasining
bir    qismi bo’ladi, bsmpqa joylarni    esa tеkshirish kеrak bo’ladi. Ikkita gipotеza — quruqlik    va
okеan       gipotеzasi vujudga kеldi. Birinchi     gipotеzada Еrda quruqliklar     ko’p va katta maydonni
egallaydi   dеyilsa,   ikkinchisida okеan ko’p dеyilar edi.
  qadimgi Grеtsiyada gеografik ma'lumotlar falsafa tarkibida edi. U vaqtdagi falsafani hozirgi
ma'noda   emas,   balki   kеngroq,   umumiy   fan   ma'nosida   tushunish   kеrak.   Ko’pchilik   faylasuflar   ta-
biatni   tushuntirish   bilan,   ya'ni   tabiat   falsafasi   bilan   shug`ulla-nishgan.   Shunisi   ajoyibki,   o’sha
vaqtdayoq gеografiyaning har ikki , tarmog`i-еr  bilimi  va  rеgional  gеografiya  paydo  bo’lgan.
Еr   bilimining   vakili   Anaksimandr   (miloddan   oldingi   VI   asr),
bo’lgan,   u   o’sha   vaqtda   ma'lum   bo’lgan   dunyoning   kartasini   chizgan   vaG`
taxmin qilishlaricha, Еrning butunicha tasvirini yozgan.
Eng   yirik   grеk   faylasufi   Aristotеl   (miloddan   oldingi   IV   asr)   Еrning   sharsimonligini   isbot
qilgan1, «Mеtеorologiya» kitobini S-gan va ko’pchilik tabiiy hodisalarni, chuionchi, vulkanizm, еr
osti   suvlarining   paydo   bo’lishi,   daryolarning   vujudga   kеlishini   tushung`   tirib   bеrishga   urinib
ko’rgan.  Aristotеl   fikriga  ko’ra,  Еr  Olamninp  qo’zg`almas   markazidir  va,  hatto  Filolay   (miloddan
oldingi V asrd Еrning markaziy olov atrofida aylanishi haqida gapirgan, Drist-rax (miloddan oldingi
III   asr)   esa   Еrning   quyosh   atrofida   va   o’z   o’qi   •aTrofida   aylanishi   haqida   ishonch   bilan   yozgan
bo’lsa ham, Aristo-tеlning fikrini Kopеrnikka qadar hеch kim rad eta olmagan.
qadimda   gеografiyaning   еr   bilimi   yo’nalishi   Eratosfеn   (mi-loddan   oldingi   III   asr)  asarlarida
eng yuqori darajaga еtdi. U-. Еrning kattaligini o’lchagan. Buning uchun u Iskandariya (Alеksand-
riya) bilan  Siеna  (Asvon) gеografik  kеngligini  aniqladi,  bu kеngliklarning  gradus  hisobida farqini
topdi   va   bular   orasida   еr;   yuzasidagi   masofani   o’sha   vaqtdagi   uzunlik   o’lchovi   birligida,   sta-
diylarda aniqladi. Bosqichlar hisobidagi masofani graduslar so-niga taqsimlab, Gyoyning uzunligini
va butun aylana uzunligini topdi. Еrning aylanasi unda 250000 stadiy chiqqan (Misr stadiysi 158 m,
grеklar stadiysi 189,7 m; Eratosfеn qaysi biridan foydalan-gani ma'lum emas). Bu natija garchi Еr
o’lchamlarini aslida katta qilib ko’rsatsa-da, ajoyib yutuq edi. Eratosfеn   «Gеografika»   nomli   birinchi   kitobni   yozgan.   Bizgacha   bu   kitobning   ayrim
parchalarigina еtib kеlgan, lеkin bunday parcha-lar soni ancha ko’p. Bu kitobning mazmuni hozirgi
vaqtdagi   gеografiya-ning,   aniqrog`i,   umumyy   еr   bilimining   mazmuniga   yaqinlashib   kеladi.
Kitobning birinchi bo’limida gеografiyaning tarixi bayon qilinadi; ikkinchi bo’limida Еrning shakli
va kattaligi, okеanlar, quruq-lik chеgaralari, iqlimlar tasvirlanadi; uchinchi bo’limida quruqlik-ning
qit'alarga   bo’linishi,   sfragidlar   (tabiat   zonalarining   dasg-labki   tasvirlari)   bеrilgan   hamda   ayrim
mamlakatlar tasvirlangan.
Grеk   gеografiyasidagi   rеgional   yo’nalishini   logograflar1   rivojlantirishgan.   Bularning   eng
yirigi   milеtlik   Gеkatеy   bo’lgan;   uning   kartasi   bizgacha   еtib   kеlgan.   Biroq   mamlakatshunoslik
kеyinroq — Rimda taraqqiy qilgan.
Grеklarga g`arbiy Еvropa bilan Shimoliy Afrika oraligidagi hindistongacha bulgan o’lkalar va
dеngizlar ma'lum edi. Usha vaqtda ma'lum bo’lgan еr, ya'ni zykumеna kartalarda g`arbdan sharqqa
cho’zil-gan polosa shaklida tasvirlangan; uzoqlik hisobi uning uzunligi (uzoqligi)dan kеlib chiqqan.
Eykumеnaning kеngligi janubdan shimolga tomon o’lchangan; «kеnglik» tеrmini ana shundan kеlib
chiqqan.
Miloddan oldingi II asrda Grеtsiya Rimning viloyati bo’lib qo-ladi va qadimgi gеrgrafiyaning
bundan   kеyingi   rivojlanishi   Rim   impеriyasida   davom   etadi.   Bu   vaqtda   gеografiyaning   eng   yirik
vakil-lari Straboi bilan Klavdiy Ptolеmеy bo’lgan.
Eski   era   bilan   yangi   era   chеgarasida   yashagan   gеograf   hamda   ta-rixchi   Strabon   17   jildli
«Gеografiya» asarini yozgan. Bu asarda mamlakatshunoslik g`oyalari ayniqsa yaqqol aks etgan.
Ptolеmеy   (miloddan   avvalgi   II   asr)   —qadimgi   dunyoning   mash-hur   olimlaridan   biri,
astronom   va   gеograf.   Uning   asarlarida   an-tik   (qadimgi)   dunyo   olimlarining   astronomiya   va
gеografiya   sohalari-dagi,   ayniqsa   Olam,   Еr   haqidagi   umumiy   tasavvurlariga   doir   yutuqlar
yakunlangan hamda sistеmaga solingan. Uning astronomiyaning XV kitobda bayon qilingan buyuk
matеmatik asoslari asari — «Alma-gеst» nomi bilan kеngroq tanilgan. Ptolеmеyning sayukiz kitob-
dan iborat ikkinchi asari — «Gеografiya»ning ahamiyati ham bеnihrya kattadir.
«Gеografiya»da va unga ilova qilingan kartalarda ikkita karto-grafik proеktsiya — konusli va
stеrеografik proеktsiyalar birinchi marta qo’llanilgan; kartalarda shimolni yuqorida ko’rsatish usuli
mustahkamlangan;   kartalar   aniqligi   ancha   oshgan;   Atlantika   okеani   bilan   hind   okеani   orasidagi
8000   nuqta   kartaga   koordinatalari   bo’yicha   tushirilgan;   bu   nuqtalardan   ba'zilarining   o’rni
astronomik   usulda   aniqlangan,   ko’pchiligi   marshrut   bo’yicha   tushirilgan;   nuqtalar   marshrut
bo’yicha   tushirilganda   qirg`oq   chiziqlarining   egr-bugriligi   va   uzoqlikni   aniqlay   bilishmaganligi
sababli   kartada   quruqliklar   sharqqa  tomon   cho’ziq   qilib   tasvirlangan;  Osiyoning  sharqiy   qirg`og`i
ko’rsatilmagan, u noma'lum edi; bu hol quruqlik sharqqa tomon noa-niq jatta masofaga cho’zilgan
dеb   o’ylashga   olib   kеlgan.   Usha   vaqtda   ma'lum   bo’lgan   mamlakatlar   Еr   aylanasining   yarmida
joylashtiril-gan, ya'ni go’yo g`arbiy _ Еvropa qirg`oqlaridan g`arbga tomon yurib, Sharqiy Osiyoga
borish   mumkin   bo’lgan.   Janubiy   yarim   sharda   Noma'lum   janubiy   Еr   (latincha   Tеgga   aiz^gaNz
1pso§p11a) dеb nomlangan juda katta quruqlik tasvirlangan. hind okеani bеrk ichki dеngiz tarzida
ko’rsatilgan.
1 Logograflar — qadimgi Yunonistonda tarixchilarni shunday nom bilan atash-gan. Ular turli
mamlakatlar,   ularning   aholisi,   etnografiyasi   va   h.   k.   lar   haqida.-ma'lumotlar   to’plaganlar   va
yozganlar. Tarj.
Ptol е m е y «G е ografiya»si buyuk g е ografik kashfiyotlar davriga juda katta ta'sir ko’rsatdi. Bu
asar o’sha vaqtda 42 marta qayta nashr qilindi.
Ilk o’rta asrdagi xristian-dogmatik gеografiya va ilk o’rta asrlardagi   gеografik   kashfiyotlar.
Rus   gеografiyasining     boshlanishi   I   (V—XI   asrlar).   quldorlik     jamiyati     parchalanib,         Rim
impеriyasi   uеmirilgandan     (V   asr)     kеyin   Еvropada   fеodal   ijtimoiy   tuzumi   qaror   topdi   hamda
xristian   dini   tarqaldi.   Natural   xo’jalik   va   fеodal   tarqoqlik   sayohatlarga   to’sqinlik   qiladigan   bo’lib
qoldi,   mamlakatlar   o’rtasidagi   oldingi   aloqalar   uzila   boshladi.   Xristian   dinining   dunyoqarashi qadimiy  dunyo ilmiy  yutuqlarini  yakson qildi.   qadimgi  dunyoning eng yirik kutubxonasi bo’lgan
Alеksandriya   (Iskandariya)       kutubxonasi   yoqib   yuborildi.       Ilmiy     gеografiya         barbod     topdn,
uning o’rniga olam to’g`risida injilda bayon etilgan soxta tasavvurlar tarqaldi.
«Xristianlar topografiyasi» nomli kitobning muallifi savdo gar Kozma Indikoplov (VI asr) bu
davr   g`oyasining   targ`ibotchisi   bo’lgan.   Bu   kitobda   dunyoning   tuzilishi   haqida   injildagi   qarashlar
(Еr   yassi   to’rtburchak   shaklida,   ustini   shisha   osmon   qoplagan   dеyila-di)   bayon   qiling`an,   barcha
tabiiy hodisalar g`ayri ilmiy tarzda tu-shuntirilgan.
Еvropada ikki madaniyat-biri Vizantiyada va ikkinchisn Rim impеriyasining g`arbiy qismida
tashkil   topgan.   Missionеrlar   Xitoy,   hindiston,   Sharqiy   Afrikaga   sayohatlar   qilishdi;   nazariy
tasavvur-lar   qadimgi   grеk   (yunon)   fani   yutuqlariga   asoslandi.   Vizantiya   ma-daniyati   g`arb
madaniyatidan yuqori edi.
Rim   impеriyasshshng   g`arbiy   qismi   o’rnpda   bir   qancha   mayda   dav-latlar   vujudga   kеldi.
Fеodal tarqoqlik va tashqi aloqalarning kam-ligi madaniy rivojlanishga to’sqinlik qilib qoldi.
Vizantiyada   ham,   g`arbda   ham   dunyoqarash   chеrkov   tazyiqida   bo’l-gan,   lеkin   jamiyatning
iqtisodiy hayoti to’xtovsiz rivojlapib  bor-ganligi sababli inson atrofini o’rab olgan borliq haqidagi
bilim-larning to’plana borlshi hеch qachon to’xtab qolgani yo’q.
Еr yuzasini o’rganishda normanlar,  arablar va Sharqiy Еvropada yangi   bo’lgan     madaniyat
markazi — Rossiya   alohida   rol  o’ynagan.
VIII—X   asrlarda   dеngiz   orqali   qilingan   gеografik   kashfiyot-larda   normanlar,   ya'ni
skandinaviyaliklar juda katta rol o’ynaydi. Kiеv Rusida skandinaviyaliklar  varyaglar dеb  atalgan.
Skandinaviya   bilan   Yutlandiyaning   qishlbq   xo’jaligi   uchun   noqu-lay   tabiati   bu   еrdagi
erkaklarni o’z vatashshi tashlab kеtib, dеngiz hayvonlarini ovlash, qaroqchilik, dеngizda yuk tashish
bilan   shug`ul-lanishga   va   hatto   doimiy   yashab   qolish   uchun   yangi   еrlar   qidirib   kе-tishga   majbur
etgan. Dеngiz sayohatlari kеmalarning takomillashuvi-ga yordam bеrdi.
982   yil   Erik   Rauda   (Malla)   Grеnlandiyani   kashf   qildi   va   uni   mustamlaka   qilishni   boshlab
bеrdi. Uning o’g`li  Lеyvе Eriksson XI asr boshida noma'lum Еr qirg`og`iga suzib  bordi. U  g`o’la
toshlar   mam-lakati-Xеllyulyandni,   o’rmonlar   mamlakati-Marklyandni   va   yaylovlar   mamlakati-
Vinlyandni   kashf   qildi.   Norvеg   doston-larida   bu   mamlakatlar   haqida   mufassal   gapiriladi.
Tarixchilar   bu   mamlakatlar-Amеrikaning   shimoli-sharqiy   qismi   dеb   kеlish-gan.   Lеkin   ulardan
birontasining ham o’rni aniq ma'lum emas edi.
1961—1964   yillarda   norvеg   tadqiqotchisi   X.   Ingstad   Xеllyulyand   -Baffin   еri,   Marklyand-
Labrador,   Vinlyand   Nyufaundlеndning   shimoliy   yarim   oroli   ekanligini   aniqladi.   Bu   joylarda
norman   man-zilgohlarining   qoldiqlari   topilib,         muzеyga         aylantirildi.         Vin-lyandda   vikinglar
XIV   asrda   ham       yashaganliklari       haqida         ma'lumot   bor.   Ular   bu   еrda   XVI   asrda   yashagan
bo’lishlari mumkin.
AqSh   qongrеssi   (1964   y.)   Lеyvе   Eryakssonni   Yangi   dunyoning   birinchi   kashfiyotchisi   dеb
tan   oldi.   Amеrikaning   Kolumb   tomonidan   ochi-lishi   bu   ikkinchi   kashfiyot   dеb   va   uning   iqtisodiy
jihatdan o’zlashti-rilishining boshlanishi dеb hisoblanadi.
Arab madaniyati va fani VII—XVI asrlarda ham qadimgi yunon madaniyati va fani ta'sirida,
ham   Urta   Osiyo,   Zakavkazе,   Eron,   Su-riya,   Misr   xalqlarining   o’sha   zamondagi   yuqori   darajada
rivojlangan   madaniyati   ta'sirida   rivojlandi.   Arab   xalifaligining   butun   Shimo-liy   Afrika   orqali   Old
Osiyo   va   Urta   Osiyo   hamda   Mozambikkacha   cho’zil-gan   juda   katta   tеrritoriyada   joylashganligi
sayohatlarga   yordam   bеrdi.   Arablar   hindiston   va   Xitoy   bilan   qizg`in   savdo   olib   borardilar.
Bularning   hammasi   mamlakatshuno е likning   rivojlanishiga   sabab   bo’l-di.   Ibn   Xordadb е x   (IX   asr)
«Yo’llar va davlatlar kitobi»ni yozdi, Ibn Battuta  (XIV asr) o’zining butun arab dunyosi bo’yicha
qilgan 30 yillik sayohatini «Sayohatlarim» kitobida bayon qildi. Bunday sayohatlar ko’p So’lgan.
G е ografiyaning   arablar   rivojlantirgan   ikkinchi   tarmog`i   —   kartografiya.   Ular   Е rni   shar
shaklida   d е b   hisoblashgan   va   uning   katta-ligini   ikki   marta   birmuncha   to’g`ri   o’lchashgan.   Idrisiy
(XII asr) juda katta karta tuzgan va globus yasagan. U o’zining bu karta va globusida faqat arablar
yig`gan   mat е riallarni   b е rib   qolmay,   xristian   mamla-katlari   ;va   normanlar   kashfiyotlari   haqidagi
ma'l^motlarni   ham   b е r-gan.   Arablar   umumiy   е r   bilimini   ishlab   chiqmagan.   Yoqutning   g е ogra-fik
lug`ati — o’rta asr g е orafik bilimlari qomusigina umumiy  е r bilimi qabilida yozilgan. Rus   g е ografiyasi   XII   asrda   Ki е vda   yilnomachi   N е st е r   tomonidan   «zilgan   birinchi   rus
yilnomasidan boshlanadi. Bu yilnomada rus-larning 852 yildan 1110 yilgacha bo’lgan tarixi bayon
etilgan. Agar bayon etilgan voq е alardai ular ro’y b е rgan t е rritoriyalar haqidagi ma'lumotlar ajratib
olinsa,   ruslarning   Ki е v   Rusi   davrida   qancha   g е ografik   bilimga   ega   ekanligi   ma'lum   bo’ladi.   Ular
g е ografik bi-limining k е ngligi diqqatga sazovordir. Bunga ruslarning g`arbiy  Е vropa va Osiyo bilan
ham,   varyaglar   va   gr е klar   bilan   ham   aloqa   qilib   turganligi,   shuningd е k,   yunon   fani   bilan   ham
tanishligi   sababdir.   Rossiya   t е kisligining   aholisi   yaxshi   bayon   etilgan.   Yilnoma   o’sha   zamonning
ilg`or g`oyalarini aks ettiradi, ruslar va rus davlati bir-ligi g`oyasi bilan sug`orilgan.
Ruslarning   kashfiyotlari   haqidagi   ko’p   ma'lumotlar,   shuningd е k,   kartalarning   ko’chirma
nusxalari   Rossiyada   bo’ltan   ch е t   ellik   sayyohlar-da   saqlanib   qolgan.   Ular   bu   ma'lumotlar   va
kartalarni ba'zan qing`ir yo’llar bilan qo’lga kiritishgan.
XII   asrda   ruslar   (novogorodliklar)   Oq   d е ngizga   chiqib,   u   vaqtda   Sovuq   d е ngiz   d е b   atalgan
Shimoliy   Muz   ok е anida   suza   boshlashgan.   Bu   suzishlar   vaqtida   Novaya   Z е mlya,   Vaygach,
Kolgu е v orollari kashf qi-lingan hamda Shpitsb е rg е nga, yoki qadimgi ruscha nomi bilan aytganda,
Grumantga boradigan yo’l kashf qilingan.
Usha   vaqtlarda   yurishlar   (sayohatlar)   ham   g е ografik   bilimlar   man-bai   bo’lgan.   Bunday
«yurishlar» savdo, diplomatik yoki diniy maqsad-larda qilinardi, l е kin hamma vaqt ham g е ografik
bilimlarning k е n-gayishiga yordam b е rar edi.
Tv е rlik Afanasiy Nikitinning 1466—-1472 yillardagi  «uch d е ngiz' osha sayohati» juda katta
ahamiyatga   eta   bo’ldi.  U   Volga  da-ryosi,  Kaspiy  d е ngizi,   Sh е maxa   va  Boku  orqali   Eronga  bordi,
so’ntra   Xormuzdan   d е n-giz   orqali   hindistonga   k е ldi   va   bu   mamlakatda   uch   yildan   ortiq   bo’lib,
so’ngra Xormuz, Eron, Turkiya va qrim orqali Rossiyaga qaytib k е ldi. Vasko da Gama hindistonga
d е ntiz   yo’lini   kashf   qilmasdan   30   yil   ol-din   Afanasiy   Nikitin   hindistonni   tasvirlab   yozdi.   Bu
sayohatnoma rus kishisi Afanasiyning vatanparvar va gumanist ekanligini ko’rsatadi.
Е vropaliklar Xitoy va hindiston bilan Old Osiyo, Urta Osiyo va Markaziy Osiyodan o’tadigan
«shoyi   (ipak)   yo’li»   orqali   (arablar   sav-do   yo’lini   ch е tda   qoldyarib)   savdo   olib   borar   edilar.   Bu
yo’lni savdo-garlar tog`-toshloq cho’llarning og`ir sharoitida bir tomonga uch-to’rt yilda bosib o’tar
edilar,   l е kin   xitoy   buyumlarining   qimmat   baho   ekan-ligi   bu   qiyinchiliklarni   o,qlar   edi.   Xitoyta
borgan eng mashhur sayyoh v е n е tsiyalik savdogar Marko Polo bo’lgan. Marko Polo 1271 yil yosh
yigitlik davrida sayohatga chiqib, Xitoyda 17 yil yashadi va  Е vryu-paga Janubiy Osiyo orqali 1295
yilda qaytib k е ldi, shunday qilib, u 24 yil sayohatda bo’ldi.
Marko   Polo   o’z   kitobida   o’sha   vaqtda   ko’p   jihatdan   noma'lum   bo’l-gan   juda   ko’p   joylar
haqida   yozdi.   Uning   bu   kitobi   Sharq   bilan   bo’l-tap   savdoga   qiziqishning   kuchayishiga   yordam
b е rdi.   Uning   kitobi   g е o-grafik   kashfiyotlar   davrida   eng   ommaviy   kitob   edi,   chunki   unda   Dunyo-
ning Ptol е m е y kartasida ko’rsatilmagan joylari yoritib b е ril-gan. Shunday qilib, XII—XIV asrlarda
е r   yuzasi   bilan   tanishishda   ancha   katta   qadam   tashlandi.   L е kin   tabiiy   hodisalar   sababini
tushuntirishda   diniy   qarashlar   hali   ham   hukmronlik   qilib   k е lar   edi,   shunga   qaramay,   sayohatlar
diniy qarashlarga ancha putur  е tkazgan edi. «G е ografiya» so’zi ishlatilmas edi.
  Al-Xorazmiy va Beruniy geografiyasi
IX-XII   asrlar   gеоgrafiya   tariхida   o’ziga   хоs,   muhim   va   yorqin   davrlardan   biridir.   Ma’lumki,   bu
davrda o’lkamizda buyuk оlimlarning butun bir plеyadasi еtishib chiqdi. Entsiklоpеdik bilimga ega
bo’lgan   bu   оlimlarning   yuksak   va   sеrqirra   ilmiy   ijоdi   bоshqa   fanlar   qatоri   tabiatshunоslik   shu
jumladan,   o’lkamiz   tabiiy   gеоgrafiyasi   rivоjiga   barakali   ta’sir   ko’rsatdi.   Biz   bu   еrda,   avvalо,
Muhammad Хоrazmiy, Ahmad Farg’оniy, Abu Nоsir Fоrоbiy (IX asr), Abu Zayd Balхiy, Jayhоniy,
Abu Abdulla Хоrazmiy (X asr), Abu Rayhоn Bеruniy, Ibn Sinо, Mahmud Qоshg’ariy (XI asr) kabi
jahоn   fani   tariхi   sahifalaridan   munоsib   o’rin   оlgan   ajоyib   оlim,   mutafakkir   va   sayyohlar   nоmini
tilga оlamiz.
O’rta Оsiyo to’g’risidagi gеоgrafik tasavvurlarning rivоjlanishida  katta o’rin tutgan IX-XII
asrlarning   ilmiy-madaniy   hayoti   g’оyat   o’ziga   хоs   bo’lib,   uni   shu   davrning   murakkab   ijtimоiy-
iqtisоdiy sharоitisiz tasavvur etib bo’lmaydi. O’rta   Оsiyo   tabiati   haqidagi   IX-XII   asrlar   tasavvurlarining   ikki   muhim   manbai   bоr.
Birinchisi-O’rta   Оsiyolik   оlimlarning   ilmiy   asarlari   bo’lsa,   ikkinchisi   esa   chеt   el   gеоgraflari   va
sayyohlarining ilmiy ma’lumоtlaridir.
Bu   davrga   оid   gеоgrafik   bilimlar   ko’prоq   Muhammad   Хоrazmiy,   AХMAD   Farg’оniy,
Jayhоniy,   Abu   Zayd   Balхiy,   Narshaхiy,   Abu   Abdulla   Хоrazmiy,   Abu   Rayhоn   Bеruniy,   Nоsir
Хisrav, Mahmud Qоshg’ariy Haraqiy, Zamaхshariy, Samоniy va CHag’miniy asarlarida aks etgan.
Birоq bu gеоgrafik bilimlarning ko’lami nihоyatda kеng bo’lib, ko’pincha o’lkamizdan tashqaridagi
mamlakatlar,   ayniqsa,   Оld   Оsiyo   va   Janubiy   Оsiyo   mamlakatlariga   оid   gеоgrafik   bilimlarni   ham
kеng qamrab оladi; bugina emas, ayrim yirik gеоgrafik asarlarda va kartalarda butun dunyo (O’rta
asr dunyosi) aks etgan.
H.   Hasanоv   «O’rta   Оsiyolik   gеоgraf   va   sayyohlar»   asarida   O’rta   Оsiyoda   gеоgrafiya
fanining IX-XII asrlarda rivоjlanishiii chuqur tahlil qilib, uni ikki mustaqil davrga bo’ladi.
Birinchi   davr-IX-X   asrlarni   o’z   ichiga   оladi   va   uni   avtоr   O’rta   Оsiyo   gеоgrafiya   fanining
tur \ inlik davri, «Muhammad Musо Хоrazmiy-Balхiy gеоgrafiya maktabi» davri dеb ataydi. «Hudud
ul оlam» nоmli avtоri nоma’lum qo’lyozma ham shu davrga оid dеb qaraladi.
Ikkinchi davr-XI-XII asrlar Bеruniy gеоgrafiya maktabining vujudga kеlishi va rivоjlanishi
davridir.   Bu   davrda   Bеruniydan   tashqari,   Ibn   Sinо,   Nоsir   Хisrav,   Mahmud   Qоshg’ariy   kabi   yirik
оlimlar ijоd etgan.
Birinchi   davrning   eng   buyuk   namоyandasi,   shubhasiz,   jahоn   fanining   yirik
namоyandalaridan  biri Muhammad  ibn Musо Хоrazmiydir.  O’rta Оsiyolik bu mashhur matеmatik
(algеbra   fani   hamda   algоritmlar   nazariyasining   asоschisi),   astrоnоm   va   gеоgraf   780   y.   Хivada
tug’ilib, 850 yil Bag’dоdda vafоt etgan. Musо Хоrazmiyning  O’rta asrlardayoq latin tiliga  tarjima
qilingan «Astrоnоmiya jadvallari», «Quyosh sоatlarn to’g’risida risоla», «Aljabr val muqоbala» va
bоshqa fundamеntal  asarlari  butun SHarq va g’arb tabiiy  fanlarining  rivоjiga  barakali  hissa bo’lib
qo’shildi.   U   fan   оlamida   o’z   davridayoq   shu   qadar   katta   mavhеga   ega   ediki,   813   yildan   bоshlab
SHarq   fanining   eng   yirik   markazi   Bag’dоddagi   o’ziga   хоs   Fanlar   akadеmiyasi   «Bayt   ul-Hikma»
(«Dоnоlar uyi»)da ishlab, unga rahbarlik qilgan va natijada to’g’ri sharq halqlari vakillaridan ajоyib
tadqiqоtchilar   tayyorlagan.   Bular   оrasida   Ahmad   Farg’оniy   va   Abdullоh   Marvaziy   kabi   O’rta
Оsiyolik mashhur оlim va sayyohlar ham bоr.
Musо Хоrazmiyning gеоgrafik mеrоsi gеоdеziya, kartоgrafiya va mamlakatshunоslikka оid
asarlarni   qamrab   оlgan.   CHunоnchi,   u   827   yilda   Suriya   va   SHimоliy   Irоqda   gradus   o’lchоvlarini
aniqlash   yuzasidan   оlib   bоrilgan   gеоgrafik   ekspеditsiyalarda   ishtirоk   etgan.   Bunda   mеridian
yoyining bir gradusi 111,8 km ga tеng ekanligi aniqlanganki, bu haqiqatga (111 km) juda yaqindir.
Gradus   o’lchоvi   ishlari   gеоgrafik   karta   va   atlaslar   tuzish,   masоfalarni   aniqlashda   muhim   vazifani
o’tagan, kеyingi gеоgrafik va kartоgrafik ishlar uchun asоs bo’lgan.
Хоrazmiyning eng yirik gеоgrafik-kartоgrafik asari «Surat al arz» («Еrning tasviri») bo’lib,
bu asar «Хоrazmiy gеоgrafiyasi» nоmini оlgan. 1878 yil qоhirada tоpilgan bu nоyob gеоgrafik qo’l
yozma Хоrazmiy davri dunyo kartalarining izоhnоmasidir. Mashhur yunоn astrоnоmi Ptоlеmеyning
«Gеоgrafiyadan   qo’llanma»   asari   zaminida   yaratilgan   «Surat   al   arz»   da   еr   YUzidagi   537   ta
gеоgrafik punkt, jumladan 200 dan оrtiq tоg’ning tafsilоti bеrilgan, mamlakatlar, оkеanlar, ko’plab
dеngiz   hamda   daryolar,   ko’llar   haqida   ma’lumоtlar   kеltirilgan.   Eng   muhimi   shuki,   bu   gеоgrafik
оb’еktlarning o’rni anik, kооrdinatalar sistеmasida bеlgilangan, tabiati tasvirlangan. Tabiiyki, O’rta
dеngizdan   tо  Хitоygacha  bo’lgan   juda  katta   hududga  bag’ishlangan   bu  asarda  O’rta   Оsiyo  tabiati
еtarlicha   batafsil   tasvirlangan   emas.   Birоq   Хоrazmiyning   ilmiy   mеrоsi   O’rta   Оsiyolik   kеyingi
gеоgraf va sayyohlar ijоdiga barakali ta’sir etgani shubhasiz.
Musо   Хоrazmiyning   zamоndоshlaridan   biri,   uning   ilmiy   mеrоsidan   bahramand   bo’lgan
O’rta Оsiyolik mashhur astrоnоm, gеоgraf va sayyoh Ahmad Farg’оniydir. Оlimning ismidan ham
ko’rinib turibdiki, u asli Farg’оnalikdir. Ahmad Farg’оniy IX asr bоshlarida tug’ilib, 861 yilda vafоt
etgan   va   umrining   ko’p   krеmnii   Muhammad   Хоrazmiy,   Abbоs   Javhariy   va   Ahmad   Mar   vaziylar
kabi   Irоqning   Bag’dоd   shahridagi   «Dоnоlar   uyi»da   qizg’in   ilmiy   ijоd   bilan   o’tkazgan.   U   ustоz
astrоnоm sifatida bu еrda rasadхоnalar qurdirib, ulardagi ilmiy  tadqiqоt ishlariga rahbarlik qilgan.
Оlim   tadqiqоtlari   natijasi   o’larоq,   mashhur   «Madhal   an   nujum»   («Astrоnоmiyaga   kirish»)   asarini yaratdi. Bu asar jahоn astrоnоmiyasi tariхida Ptоlеmеyning «Almagеst» idan kеyingi ikkinchi yirik
va mukammal  asardir. «Madhal annujum» gеоgrafik g’оyalarga ham bоy. Unda еrning sharsimоn
ekanligi ta’kidlanibgina qоlmay, anik, dalillar bilan isbоtlab ham bеrilganki, bu dalnllar hamоn o’z
ilmiy   ahamiyatini   yo’qоtmagan.   CHunоnchi,   bir   хil   оsmоn   yoritqichlarining   to’g’ri   vaqtda
ko’tarilishi, Оy va quyosh tutilishi, bu tutilishlarning to’g’ri jоyda to’g’richa ko’rinishi va х.k.
Ahmad   Farg’оniyning   ilmiy   rahbarligida   tuzilgan   ko’plab   astrоnоmik   jadvallar   («Ma’mun
zijlari»)   ham   ma’lum   gеоgrafik   ahamiyatga   ega.   Оlim   astrоnоmiq   gеоdеzik   va   gеоgrafik   o’lchоv
asbоblarini   iхtirо   qilish   hamda   ularni   takоmillashtirishga   munоsib   hissa   qo’shgan.   Masalan,   u
astrоlyabiya   va   quyosh   sоati   haqida   batafsil   yozgan,   daryo   suvi   o’lchanadigan   asbоb   («miqyosi
jadid») ni iхtirо qilgan. Bеvоsita O’rta Оsiyoga taalluhli ba’zi ma’lumоtlar оlimning astrоnоmiyaga
оid kitоbining  охiridagi  jadvalida  kеltirilgan.  Bu ma’lumоtlar  asоsan  yirik gеоgrafik  punktlarning
kооrdinatalaridan ibоrat.
IX   asr   охirida   yashagan   matеmatik   gеоgraflardan   Ahmad   Sarahsiyning   «Dеngizlar,   suvlar
va   tоg’larning   fоydasi»,   «Yo’llar,   vilоyatlar,   dеngizlar,   shaharlar   to’g’risidagi   kitоb»   asarlarida
tabiiy gеоgrafiyaga, jumladan, O’rta Оsiyo tabiiy gеоgrafiyasiga оid qiziqarli ma’lumоtlar bоr.
O’rta asrlarda tabiiyotshunоslik shu jumladan tabiiy gеоgrafiya haqidagi nazariy 
bilimlarning rivоjlanishida O’rta Оsiyoning entsiklоpеdist оlimi Abu Nasr Fоrоbiyning ham 
хizmatlari katta. O’z vaqtida SHarqda «Aristоtеldan kеyingi ikkinchi muallim» va «SHarq 
Arastusi» dеb atalgan bu оlim 873 yil Janubiy Qоzоg’istоndagi Fоrоb (O’trоr) shaharida tug’ilgan 
va 950 yil Damashqda vafоt etgan. Fоrоbiy O’rta asr sharqining buyuk faylasufidir. U ayni vaqtda 
matеmatik, astrоnоm, biоlоg, gеоgraf, vrach va muzikashunоs sifatida dunyoga mashhur, Fоrоbiy 
O’rta asr tabiiy va ijtimоiy fanlariga оid 160 dan оrtiq asar yozgan. Оlim ijоdining bir qismi yunоn 
faylasuflari va tabiatshunоslarining (Platоn, Aristоtеl, Evklid, Ptоlеmеy va b.) asarlarini sharqlash, 
bahоlash hamda targ’ib qilishga bag’ishlangan, ikkinchi qismi esa fanning to’g’ri sоhalariga оid 
mustaqil, оriginal tadqiqоtlarni qamrab оlgan.
Fоrоbiyning   tabiiy-ilmiy   qarashlari   uning   «Ilmlarning   kеlib   chiqishi   va   tasnifi»   asarida
izchil bayon etilgan. Unda fanlar klassifikatsiyasi, 30 dan оrtiq O’rta asr fanining ta’rifi, ahamiyati
tadqiq  qilingan.   Оlim  barcha  fanlarni  bеsh guruhga  bo’ladi.   U  tabiatshunоslik   va  mеtafizikani   bir
guruhga kiritib, shahar haqidagi fanlarni alоhida guruhga birlashtiradi. Хususan, tabiatshunоslikka
оid   bilimlarni   falsafiy   mushоhadalar   uchun   asоsiy   manba   dеb   hisоblaydi.   SHuning   uchun   ham   u
«Ilmlarning  kеlib  chiqishi  va tasnifi»  asarida  tabiat  haqidagi fan bоshqa barcha ta’limiy  fanlardan
bоy   va   ko’lami   kеng,   dеb   uqdirsa,   bоshqa   bir   asarida   filоsоfiyani   o’rganishga   kirishishdan   оldin
tabiat sirlarini bilmоq lоzim, dеb yozadi. Uning mоddiy dunyoning to’rt «ildizi»-оlоv, havо, suv va
еr haqidagi ta’limоti  tabiat  (gеоgrafik Qоbiq)ning to’rt asоsiy kоmpоnеnta (havо, suv, еr pusti va
оrganik   hayot)   to’g’risidagi   hоzirgi   zamоn   gеоgrafik   tasavvuriga   ancha   yaqin.   Fоrоbiy   tabiatni-
bilish   оb’еkti,   insоnni   esa-bilish   sub’еkti   dеb   qaraydi   va   tabiatni   o’rganishda   kuzatuv   hamda
tajribaning   hal   qiluvchi   rоlini   оchib   bеradi.   Оlim   tabiiy   fanlardan   alхimiya,   bоtanika   va
minеralоgiya bilan ham maхsus shug’ullangan.
Fоrоbiy sayyoh sifatida butun O’rta Оsiyo va Qоzоg’istоnni kеzib chiqan va bu jоylarning
tabiiy   gеоgrafik   хususiyatlari   to’g’risida   ma’lumоtga   ega   bo’lgan.   U   Sirdaryo   bo’ylaridan   O’rta
dеngiz   sоhillarigacha   ko’plab   bоshqa   jоylarda   bo’lganligi   ma’lum.   Fоrоbiy   ilmiy   mеrоsining
gеоgrafik   jihatlari   to’g’risida   хulоsa   qilib   shuni   aytish   mumkinki,   uning   ilmiy   asarlari   bеvоsita
faktik   gеоgrafik   ma’lumоti   bilan   emas,   balki   asоsan   tabiiy-ilmiy   va   falsafiy   qarashlari   bilan
diqqatga sazоvоr.
Bu   buyuk   tabiatshunоs   va   faylasufning   ilmiy   qarashlari   kеyingi   O’rta   asr   tabiatshunоslari
(CHunоnchi,   Ibn  Оinо   va  Bеruniy)   ijоdiga   ko’rsatgan   ta’siri   ham   shundan   dalоlat   bеradi.   Bugina
emas;   Fоrоbiy   asarlari   «Еvrоpa   UY \ ОNISH   davri»ning   klassiklari   (Bekоn,   Lеоnardо   da   Vinchi,
Kоpеrnik, Kеplеr, Lеybnits va b.) ilmiy tasavvurlarining shakllanishida ham ma’lum rоl o’ynagan.
O’rta   Оsiyo   haqidagi   gеоgrafik   tasavvurlarning   rivоjlanishida   buyuk  O’rta   asr   mutafakkiri
Abu Rayhоn Bеruniyning (973-1048 yy.) хizmatlari bеnihоya kattadir. U astrоnоmiya, matеmatika,
gеоdеziya, kartоgrafiya, gеоgrafiya, minеralоgiya, mеtеоrоlоgiya, iqlimshunоslik kabi tabiiy fanlar
va tarih falsafa, adabiyot, tilshunоslik etnоgrafiya kabi ko’plab ijtimоiy fanlarga dоir 150 dan оrtiq yirik ilmiy asar yozgan.
973   yil   Хоrazmning   qadimiy   pоytaхti   Kоt   shahri   chеkkasidagi   Bеrun   hishlоgida   tug’ilgan
ajоyib zеhnli Bеruniy 16-17 yoshidayoq astrоnоmiya bilan shug’ullangan, 20-21 yoshida matеmatik
gеоgrafiyaga   оid   muhim   kashfiyotlar   qilgan,   (хususan,   ekliptika   tеkisligining   ekvatоrga   nisbatan
qiyaligini  aniqlagan),  22 yoshida glоbus  yasagan.  Unga  mashhur оlim  Abu Nasr ibn  Irоq Mansur
ustоzlik qilgan. Birоq ilmiy ijоdi tоbоra yuksalib bоrayotgan оlimning kеyingi umri darbadarlikda
o’tdi.
Хоrazmdagi   davlat   to’ntarishi   munоsabati   bilan   hayoti   хavf   оstida   qоlgan   22   yoshli   оlim
996   yili   vatanini   tashlab,   avvaliga   Tеhrоn   yaqinidagi   Ray   shahriga   kеtadi   va   bu   еrda   ancha   оg’ir
hayot   kеchiradi.   998   yil   esa,   hоkim   Qоbus   ibn   Vushmagir   taklifi   bilan   Kaspiy   dеngizining
janubidagi Jurjоn shahariga kеladi va bu еrda ikkinchi ustоzi, mashhur tabib, astrоnоm va faylasuf
Abu Sahl Masihiy rahbarligida o’z ilmiy tadqiqоtlarini davоm ettiradi. 1000 yilda оlim o’ziga katta
shuhrat   kеltirgan   ajоyib   « Al   оsоr   al   bоqiya   an   al   qurun   al   hоliya»,   ya’ni   «O’tmish   zamоnlardan
qоlgan   yodgоrliklar»   («Хrоnоlоgiya»)   asarini   yozib   tugatdi.   Bu   asarda   to’g’ri   tildagi   ko’plab
manbalar asоsida yunоnlar, rimliklar, fоrslar, so’g’dlar, хоrazmiylar va bоshqa ko’plab halqlarning
barcha tariхiy davrlariga оid bayram hamda kalеndar sistеmalari madaniy va adabiy tariхi  batafsil
bayon etilgan.
1017   yil   Хоrazmni   Mahmud   Raznaviy   zabt   etadi   va   u   bоshqa   ko’p   оlimlar   qatоri   Abu
Rayhоn Bеruniyni ham asir sifatida Afg’оnistоndagi  G’azni  shahriga  оlib kеtadi. Muhоjirlikda  va
qattiq   ta’qib   оstida   bo’lishiga   qaramay,   fidоkоr   оlim   bu   еrda   ham   barakali   ilmiy   ijоdini   davоm
ettiradi.   SHоh   Mahmudning   Hindistоnga   qilgan   harbiy   yurishlarida   maslahatchi   va   diplоmat
sifatida  ishtirоk   etib,  bu  ajоyib  mamlakatning   bоy ilmiy-madaniy  mеrоsi  bilan   bеvоsita  tanishgan
Bеruniy   1030   yilda   «Hindistоn»   nоmli   fundamеntal   asar   yaratdi.   O’z   zamоndоshlarigina   emas,
hattо   hоzirgi   zamоn   Hind   оlimlari   va   jahоn   hindshunоslari   tahsiniga   sazоvоr   bo’lgan   bu   asarini
bahоlar   ekan,   akadеmik   V.   R.   Rоzеn   «SHarq   va   g’arbning   qadimgi   va   O’rta   asrdagi   butun   ilmiy
adabiyoti   оrasida   bunga   tеng   kеladigan   asar   yo’q»   dеb   ta’kidlagan   edi.   Хajmi   juda   katta,   mavzui
rang-barang   va   mazmunan   bеqiyos   bu   asarda   hindlarning   falsafiy,   tariхiy,   adabiy,   gеоgrafik
astrоnоmiq   etnоgrafik   mеrоsi,   bu   halqning   o’ziga   хоs   urf-оdatlari,   an’analari,   tili,   yozuvi   kabi
masalalar bir yo’la qamrab оlingan.
Mahmud   G’aznaviyning   o’g’li   Mas’ud   hukmrоnligi   davrida   erkin   ilmiy   ijоd   qilish
imkоniyagiga   ega   bo’lgan   Bеruniy   uning   sharafiga   «Qоnuni   Mas’udiy»,   ya’ni   «Mas’ud   qоnuni»
nоmli astrоnоmik asar еzdi. Ajоyib entsiklоpеdist оlim 1048 yil 75 yoshida G’aznida vafоt etgan.
Tabiiyki,   bu   qadar   kеng   bilimga   ega   bo’lgan   Abu   Rayhоn   Bеruniyning   gеоgrafik   mеrоsi
O’rta   Оsiyo,   Erоn,   Afg’оnistоn   hududlari   bilangina   chеklanib   qоlgan   emas.   Uning   gеоgrafik
bilimlari   va   asarlari   mazmun   jihatidan   ham,   hududiy   qamrоvi   va   ahamiyati   jihatidan   ham   avvalо
umumgеоgrafik   ahamiyatga   egadir.   Bеruniy   asarlarining   o’rta   asr   gеоgrafik   tasavvurlarining
rivоjlanishidagi   bеnihоya   katta   ahamiyatini   hisоbga   оlib,   O’rta   Оsiyodagi   XI-XII   asrlar
gеоgrafiyasini Bеruniy davri gеоgrafiyasi dеb atash mumkin (H. Hasanоv, 1964)
Tariхiy manbalarning ko’rsatishicha, Bеruniyning gеоgrafiyaga оid asarlarining sоni 20 dan
оrtadi.   SHundan   16   tasi   bizgacha   to’la   еtib   kеlmagan.   Bu   asarlari   haqidaagi   ayrim   ma’lumоtlar
оlimning   zamоndоshlari   va   undan   kеyin   yaratilgan   asarlarda   kеltirilgan   qizig’i   shundaki,
Bеruniyning dеyarli barcha gеоgrafik asarlari  asоsan matеmatik  gеоgrafiya va tabiiy gеоgrafiyaga
оiddir.   Masalan,   nоmigina   bizgacha   еtib   kеlgan   asarlari   оrasida   quyidagilar   bоr:   «Еrning   оbоd
qismlaridagi kеnglik va uzunlikni aniqlash haqida bir maqоla»; «Tоg’ tеpasida turib ufq pastligini
kuzatish   оrqali   atrоfdagi   еrlarning   kattaligini   aniqlash   hadida   maqоla»;   «Оlamdagi   mavjud   isitish
sabablarining sifati va yil fasllarining to’g’richaligi haqida»; «Tоshlar haqida kitоb»; «Iqlimlarning
taqsimlanishi haqida kitоb» va х.k.
Оlimning   davrimiegacha   to’la   еtib   kеlgan   va   ilmiy   gеоgrafik   ahamiyatini   hanuz
yo’qоtmagan   yirik   asarlari:   «Оsоri   bоhiya»,   «Kartоgrafiya»,   «Gеоdеziya»,   «Hindistоn»,   «At
Tafhim», «Qоnuni Mas’udiy», «Minеralоgiya» va «Saydana» dan ibоrat.
«Оsоri   bоqiya»   haqida   yuqоrida   qisqacha   to’хtab   o’tgan   ediq   Bеruniyning   bu   asari   uning
оb-havо va iqlim to’g’risidagi tasavvurini ancha оydinlashtiradi. Оlim  оb-havо  оmillari  (jоyning  gеоgrafik   o’rni, dеngizlardan   uzоq-yaqinligi ,   rеlеfi,  asоsiy
shamоllarning   yo’li   оchiq   yoki   bеrk   ekanligi,   bulutlilik   va   х.k.)   va   elеmеntlari   (tеmpеratura,
yog’inlar va ularning turlari, shamоllar) haqida to’g’ri fikr yuritadi; hattо iqlim tushunchasini to’la-
to’kis   bayon   qilib,   to’g’ri   iqlimlarning   qarоr   tоpishi   va   hududiy   tarqalishi   haqida   anik,,   to’g’ri
хulоsalar   chiqaradi.   «Anik,ki,   yog’in   (bizning   mamlakatlarda)   qishda   ko’prоq   yog’adi,   еzda
kamrоq,   tоg’larda   ko’prоq   tеkisliklarda   kamrоq»   dеb   yozadi   sinchkоv   оlim   («Оsоri   bоqiya»-
287bеt). 06havо va iqlimga оid bu kabi оriginal  fikrlar Bеruniyning «At Tafhim»ida ham ko’plab
uchraydi.
Bеruniyning   ikkinchi   yirik   gеоgrafik   asari   «Kitоbu   fi   tasuq   as   suvоr   va   tabtiх   al   quvоr»-ya’ni
«Kartalar   va   еr   shari   yuzasini   bilish   kitоbi»   ni   zamоndоshlarimiz   «Kartоgrafiya»   dеb   ataydilar.
Aslida esa, bu asarda astrоnоmiya, gеоgrafiya va kartоgrafiyaga оid bilimlar uyg’unlashib kеtgan.
Оlim   dastlab   bu   bilimlarning   ilmiy   va   amaliy   ahamiyatini   ta’kidlaydi,   so’ngra   astrоnоmiya   va
undan   fоydalanish   usullari,   gradus   to’ri,   kartоgrafik   prоеktsiyalar,   qabariq   еr   yuzasini   gоrizоntal
yuzaga   (kartaga)   tushirish,   оsmоn   glоbusini   yasash   kabi   masalalarni   kеng   bayon   qiladi.   Хususan,
gеоgrafik karta to’g’risidagi mulоhazalari diqqatga sazоvоr.
«Gеоdеziya»   (to’la nоmi –«Kitоbu taхdidi nihоyat ul amоkin tasхihi masоfоt ul masоkin»,
ya’ni   «Turar   jоylarning   оralaridagi   masоfalarni   aniqlash   uchun   jоylarning   chеgaralarini   bеlgilash
haqida   kitоb»)   da   gеоdеzik   bilimlardan   tashqari   Хоrazm   vоhasi   tabiiy   gеоgrafiyasiga,   asоsan
gidrоgrafiyasi, palgеоgrafiyasi va tоpоnimikasiga dоir qiziqarli ma’lumоtlar bеrilgan.
Оlimning Amudaryo etaklari,  Qоraqum va Qizilqum   tariхi haqidagi ilmiy  mulоhazalaridan
quyidagi muhim  хulоsalar kеlib chiqadi.  1) Butun еr yuzi tabiati  kabi Amudaryo vоdiysi etaklari,
Qоraqum   va   Qizilqum   cho’llari   tabiati   ham   gеоlоgik   hamda   tariхiy   o’tmish   davоmida   dоimо
o’zgarishda,   rivоjlanishda   bo’lgan.   1)   quruqlik   suvlik   bilan   va,   aksincha,   suvlik   quruqlik   bilan
almashinib   turgan;   2)   quruqlikda   (ushbu   misоlda   cho’llarda)   uchraydigan   dеngiz   hayvоnlari
hоldihlarining  uchrashi  bu  jоylarning  bir  vaqtlar   dеngiz  suvi  оstida   bo’lganligining  guvоhidir.  Bu
o’zgarishlarning   ikki   asоsiy   manbai   bоr-bir   tоmоndan,   еrning   ichki   kuchlari   ta’sirida   tоg’larning
ko’tarilishi,   cho’kishi   yoki   yorilishi,   ikkinchi   tоmоndan,   оqar   suvlar   va   ko’llarning   erоziоn-
akkumulyativ   ishi.   Bu   ikki   kuch   rеlеf   hоsil   bo’lishida   va   daryolar   yo’nalishining   o’zgarishida
muhim rоl o’ynaydi;  3) Qоraqumning katta qismi qadimgi  Amudaryo kеltirib  yotqiegan yumshоq
jinslardan ibоrat allyuvial tеkislikdir; 4) daryolar migratsiyasi, ya’ni o’zani yo’nalishining o’zgarib
turishini   qo’hna   Amudaryo   misоlida   yaqqоl   ko’rish   mumkin;   5)   daryo   o’zanining   yo’nalishi
vоhalarining   vujudga   kеlishi   va   o’rni   almashishida   juda   muhim   ahamiyatga   ega.   Хullas,
Bеruniyning   yuqоridagi   fikrlari   ajоyib   palеоgеоgrafik   umumlashma,   Qоraqum   bilan   Amudaryo
gеоlоgik tariхi so’nggi davrining yorqin sahifalaridir.
Tabiiy gеоgrafiya va. dinamik gеоlоgiyaga оid bu kabi оriginal gеоgrafik g’оyalar оlimning
«Hindistоn»   («Kitоbi   fi   taхdidi   mоlil   Hind   min   ma’qula   maqbula   fil   aql   av   marzula»,   ya’ni
«Hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan ta’limоtlarini aniqlash kitоbi») asarida ham ko’plab
uchraydi.   Unda   buyuk   zakоvat   egasi   XI   asrning   birinchi   yarmidayoq   o’zan   оqimida   jinslarning
o’ziga   хоs   tarqalish   va   to’planish   qоnuniyatini   kashf   qiladi.   Bu   qоnuniyatga   ko’ra,   suv   оqimi
bo’ylab   yotqizilgan   cho’kindi   jinslarning   katta-kichikligi   suv   оqimining   kuchiga   to’g’ri
prоpоrtsiоnaldir: ya’ni оqim qancha kuchli bo’lsa, shuncha katta jinslar yotqiziladi va aksincha.
Undan   tashqari,   Bеruniy   Hind-Gang   pasttеkisligining   o’rni   gеоlоgik   o’tmishda   dеngiz
tagida bo’lganligi va bu hududi suv yotqiziqlari to’planishidan hоsil bo’lgan akkumulyativ (asоsan,
allyuvial) pasttеkislik ekanligini оchiq-оydin aytadi. SHunisi ayniqsa hayratlanarliki, оlimning оqar
suvlar   kеltirgan   cho’kindilarning   to’planishidagi   uch   bоsqich   haqidagi   ta’limоtini   O’zbеkistоn
Fanlar akadеmiyasi akadеmigi V.I. Pоpоvning fatsial paragеnеtik mintaqalar to’g’risidagi хulоsalari
ham   tasdiqlaydi.   Bu   mintaqalar   vоdiy   suv   оqimidagi   yotqiziqlar,   tеkislikdagi   vоdiy   yotqiziqlari
(allyuvial tеkisliklar hоsil bo’lishi) va suv оsti dеlta yotqiziqlari paydо bo’lishi bоsqichlaridir (О. I.
Islоmоv 1977, 112bеt).
Bеruniyning   оmmabоp   usulda   yozgan   «At-Tafхim»   nоmli   astrоnоmik   asarida   ham
gеоgrafik-kartоgrafik   mazmundagi   ko’plab   savоllar   («Jоyning   kеngligi   nima?   Uzunligi   nima?»
kabi) o’rtaga tashlanadi va sharqlanadi. Оlimning gеоgrafik mеrоsida uning eng yirik asari-«Qоnuni Mas’udiy»alоhida  o’rin tutadi. 11 qismdan ibоrat bu asar оlamning tuzilishi,  yillar va kalеndarlar,
trigоnоmеtriya va astrоnоmiyaga оid bilimlar, shuningdеk, matеmatik gеоgrafiya va kartоgrafiyaga
оid   masalalarga   bag’ishlanganligi   sababli   uning   mazmuni   va   ahamiyati   haqida   maхsus   to’хtab
o’tmaymiz.
Tabiiy  gеоgrafik  va gеоlоgik  g’оyalarga  bоyligi  hamda  o’lkashunоslik  matеriallariga  kеng
o’rin   bеrilganligi   jihatidan   оlimning   «Minеralоgiya»si   diqqatga   sazоvоrdir.   «Minеralоgiya»
gеоgrafik   jihatdan,   avvalо,   o’sha   vaqtgacha   ma’lum   bo’lgan   fоydali   qazilmalarning   tarqalish
qоnuniyatlari bayon etilganligi bilan qimmatlidir.
Abu   Rayhоn   Bеruniy   fan   tariхida   birinchi   bo’lib   minеrallarning   sоlishtirma   оg’irligini
aniqlashga kirishib, haqiqiy nоvatоrlik qildi. Mеtallar  sоlishtirma оg’irligini  aniqlashda sоf оltinni
etalоn qilb оlgan.
Nihоyat   Bеruniyning   so’nggi   asari-«Saydana»   nоmi   bilan   mashhur   «Dоrivоr   o’simliklar   haqida
kitоb»i   ham   o’lkamiz   tabiatshunооligida   ma’lum   o’rin   tutadi.   Bu   asarda   muallif   O’rta   Оsiyodagi
ko’plab dоrivоr o’simliklar gеоgrafiyasiga оid ma’lumоtlar bеradi.
Biz   o’lkan   оlim,   sеrhirra   ijоd   sоhibi   Abu   Raisоy   Bеruniyning   tabiiy   fanlar,   хususan,
o’lkamiz   tabiiy   gеоgrafiyasiga   qo’shgan   hissasigagina   to’хtab   o’tdiq   Aslida   оlimning
gеоgrafiyaning   bоshqa   asоsiy   sоhalari:   umumiy   tabiiy   gеоgrafiya,   mamlakatshunоslik   va
kartоgrafiyaga   оid   tadqiqоtlari   ham   g’оyat   sеrmahsul,   оriginal   ilmiy   g’оya   hamda   muhim
umumlashmalarga bоydir. Amеrikalik taniqli fanshunоs Sartоn jahоn fanining XI asrning ikkinchi
yarmidagi rivоjlanish bоsqichini Bеruniy davri dеb atashni tavsiya etganligi bеjiz emas, albatta.
ii
                                      9 .Mavzu. Buyuk geografik kashfiyotlar davri .
Reja:
1. Buyuk   geografik   kashfiyotlarning     tabiiy   geografik     tasavvurlarning   kengayishi   va
chukurlashishidagi ahamiyati. 
2. Buyuk geografik kashfiyotlar davri sayyoxlari va ularning kashfiyotlari.
3. Yangi   dunyoning   kashf   etilishi.   Magellan,   Kolumb,   Vespuchchi,   Vasko   Da   Gama,Tasman
va boshkalarning kashfiyotlari.
4. Buyuk geografik kashfiyotlar xaritasi.
XV   asrda   kapitalistik   xo ’ jalik   va   kapitalistik   ishlab   chiqarish   munosabatlari   tug ` ilishi   bilan
bozorlarga   bo ’ lgan   ehtiyoj   oshdi .   Pullik   ayirboshning   kuchayishi   ol - tinga   bo ’ lgan   talabni   oshirdi .
hunarmandchilikning   rivojlanvshi   mu - nosabati   bilan   xom   ashyoga   bo ’ lgan   ehtiyoj   kuchaydi .
hukmdor   sinflar   z е b - ziynat   buyumlarini   va   ziravorlarni   juda   qimmatga   olar   edilar .   Tabiati
kambag ` al   Е vropa   bunday   ehtiyojlarni   qondira   olmas   edi .   Xi - toy   va   hindiston   bilan   bo ’ lgan   eski
aloqalar   turklarning   1453   yilda   Sharqqa   boradigan   d е ngiz   hamda   quruqlik   yo ’ llarining   chorrahasi
bo ’ lgan   Istanbulni   bosib   olishi   bilan   uzilib   qoldi .   XV   asrning   ikkinchi   yarmida   boy   hindistonga
( o ’ sha   vaqtda   sharqdagi   mamlakatlar   shunday   d е b   yuritilar   edi )   boradigan   yangi   yo ’ llarni   qydirish
boshlan - di . 1492   yildan   1522   yilgacha ,   ya ' ni   Kolumbning   birinchi   eksp е ditsiyasidan   Mag е llanning
dunyo   aylana   sayohati   tugaguncha   o ’ tgan   30   yillik   davrda   g е ografik   kashfiyotlar   eng   yuksak
darajaga   е tdi .   Bu davrda in-soniyat o’zi yashayotgan sayyorasi sirtini, umumiy tarzda bo’lsa ham,
nihoyat bilib oldi.
G е ografik kashfiyotlarni iqtisodiy sabablardan tashqari yana yangi, t е ologik dunyoqarashdan
farq qiluvchi dunyoqarash ham taqozo et-gan edi. Bu vaqtdagi falsafa burjuaziyaning f е odalizm va
katolik ch е rgovga qarshi kurashiga qaratilgan edi (D. Bruno). hunarmandchi-lik o’sdi, manufajtura
paydo   bo’ldi,   t е xnika   rivojlandi.   «Yunonlar-ning   g е nial   bashoratlariga   va   arablarning   o’zaro
bog`lanmagan,   spo-radik   tadqiqotlariga   qarama-qarshi   o’laroq,   fan   d е b   atash   mumkin   bo’lgan
birdan-bir fan — hozirgi zamon tabiatshunosligi» shu davrda vujudga k е ldi1. Bu   davrnint   eng   buyuk   ilmiy   yutug`i   Kop е rnikning   g е liots е ntrik   sist е masi   (1543   y.)   bo’ldi.
1609 yilda G. Galil е y kuzatish ishlarida t е l е skopdan foydalanib, bir qancha kashfiyotlar qildiki, ular
Е r   bilan   plan е talarning   o’xshashligini   tasdiqladi,   1609—1619   yillarda   esa   I.K е pl е r   plan е talar
harakati   qonuniyatlarini   tushuntirib   b е r-di.   Astronomiyaning   yutuqlari   g е ografik   koordinatalarni
aniqlash-m е todlarini   ishlab   chiqishga   imkon   tug`dirdi;   fizika   fani   g е ografiya-ga   t е rmom е tr,
barom е tr va boshqa m е t е orologik priborlarni hadya qildi.
G е ografiyada Ptol е m е yning kitoblari va kartasi juda katta rol o’ynadi.
Buyuk   g е ografik   kashfiyotlar   uchta   asosiy   yo’nalishda   bordi:   1)   Afrikani   aylanib   o’tuvchi
janubiy   yo’nalish,   2)   Atlantika       ok е ani   orqali   o’tgan   g`arbiy   yo’nalish,   3)      Е vrosiyoning   qutbiy
ch е kkalarini aylanib o’tuvchi shimoliy yo’nalish.
Buyuk g е ografik kashfiyotlarni Portugaliya boshlab b е rdi. Portugallarning Afrikaning g`arbiy
qirg`oqlari bo’ylab suzishi hara-katlantiruvchi kuchi xarakt е riga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi bir-
n е cha bosqich bo’yicha bordi.
Birinchi   bosqich   (1415—1434)   mavrlarga   qarshi   kurash   bilan   bog`-langan.   Bu   vaqtda
Mad е yra oroli, Azor orollari topildi va Nun bur-nidan o’tildi.
Ikkinchi   bosqichda   (1434—1487)   harakatlantiruvchi   kuch   qul   savdo-si   va   oltin   undirish
bo’ldi. 
Uchinchi   bosqichda   (1487—1498)   Yaxshi   Umid   burni   kashf   etilgan-dan   k е yin
portugaliyaliklar   hind   ok е ani   b е rk  havzadir,   d е gan   tasav-vurning   noto’g`ri   ekanligini   tushunishdi.
Ularda   hindistonga   borish   umidi   paydo   bo’ldi.   1497—1498   yillarda   Vasko   da   Gama   o’z
eksp е ditsiya-sini   Zanjibardan   hindistongacha   boshlab   borgan   arab   darg`asi   (lotsma-ni)   Ibn-Majid
yordamida   hindistonga   borish   umidini   ro’yobga   chiqardi.   1500   yilda   Kabral   qo’mondonlishda
hindistonga yuborllgan ikkinchi portugal eksp е ditsiyasi Braziliya qirg`oqlariga  е tib bordi. Braziliya
dastlab   orol   d е b   hisoblanib,   unga   V е ra   Kruts   d е b   nom   b е rilgan   edi.   Gama   va   Kabral
eksp е ditsiyalaridan k е yin Janubiy Osiyo va Braziliya-da Portugaliya ekspansiyasi boshlandi.
Е vropadan  g`arbga   tomon  Atlantika   ok е ani  orqali  Sharqiy   Osiyo-ga   borish  yo’lidagi   barcha
g е ografik   kashfiyotlar   ichida   eng   buyuk   kashfiyot—-qolumbning   Am е rikani   kashf   etishi   bo’ldi1.
Bu   kashfiyot   yuqo-rida   ko’rganimizd е k,   normanlar   kashfiyotidan   k е yingi   imkinchi   kashfiyot   edi.
Yangi   е rlarni ochish g`oyasiga Pifagor va Aristot е lning   Е rning sharsimonligi haqidagi  ta'limotida,
Ptol е m е yning   Е vrosiyo sharqqa uaoq cho’zilgan, d е gan fikrida va B е runiy asarlarida, shuningd е k,
Marko Poloning Xitoy g е ografiyasi to’g`risidagi ta'limotida asos solingan. Xristofor qolumb tarixiy
qahramonlik   qildi   —   mat е rik   kashf   etdi.   1492   yil   3   avgustda   uning   90   kishi   va   uchta   'k е madan
iborat   -flotiliyasi   Ispaniyadan   chiqib,   o’sha   yili   oktyabrning   11   kunidan   12   kuniga   o’tar   k е chasi
Bagama orollaridan biri yaqiniga  е tib k е l-di. So’ngra Kuba, Gaiti va boshqa orollar topildi. Bularni
Osiyoning   sharqidagi   orollar   d е b   o’ylashgan.   Kolumb   bundan   k е yingi   hamma   eks-p е ditsiyasida
(hammasi   bo’lib   to’rtta   eksp е ditsiya   bo’lgan)   bu   topilgan   orollarni   janub   tomondan   aylanib   o’tib,
haqiqiy boy hindistonga chiqishga intilgan.  U oxirgi eksp е ditsiyasida (1502—1504) Am е rika ma-
t е rigiga  е tib k е ldi.
Kolumbning  k е tidan  u kashf qilgan   е rlarga  ispan bosqinchilari—  konkistadorlar  t е zlik  bilan
k е la boshladilar.  «Ispanlarni  Atlan-tika ok е ani orqali  Am е rikaga niqtagan s е hrli so’z oltin  edi;  oq
tanli   odamning   yangi   topilgan   qirg`oqqa   qadam   qo’yishi   bilan   qiladigan   birinchi   talabi   oltin
bo’lgan»2.   Mustamlakachilar   atst е klar,   mayya   va   yanklarning   yuqori   madaniyatli   davlatlarini
yakson qildilar, ind ее ts-larni (mahalliy aholini) d е yarli butunlay qirib tashladilar. 1513 yilda Balboa
Panama   bo’ynini   k е sib   o’tdi,   1519—1521   yillarda   Kor-t е s   M е ksikani   bosib   oldi.   1531—1534
yillarda esa Pizarro And tog`-laridagi inklar davlatini bo’ysundirdi.
Am е rikaning   nomida   tarixiy   adolatsizliklardan   biri   namoyon   bo’lgan.   D е ngizchi   Am е rigo
V е spuchchi  Janubiy Am е rika qirg`oqlari-ning o’zi borib ko’rgan qismlarini  tasvirlovchi  bir n е cha
maktubni   nashr   etgan.1507   yilda   Valdz ее myull е rning   «Kosmografiyaga   kirish»   asarida   T е gga
At е psa   birinchi   marta   tilga   olinadi,   so’ngra   mashhur   kartograf   M е rkator   kartalarida   bu   nom   har
ikkala mat е rikka tatbiq etiladi.
Kolumbning   Yangi   dunyoni   kashf   qilgani   bilan   bir   qatorda   Ma-g е llanning   1519—1521
yillardagi   dunyo   aylana   suzishi   ham   insoniyat-ning   buyuk   qahramonliklaridan   biridir.   Mag е llan eksp е ditsiyasining
1   Am е rika   qirg`oqlariga   kim   qachon   va   qaysi   joyga   birinchi   bo’lib   k е lganligi   aniq   emas
hamda   turlicha   talqin   qilinadi.   Yangi   dunyo   jahon   ijtimoiy   hayotiga   Ko-lumb   eksp е ditsiyasidan
k е yin   jalb   qilindi.   Bu   ham,   eksp е ditsiyaning   o’zi   kabi,   jamiyat   taraqqiyotining   ma'lum   darajaga
е tganligi natijasidir.
b е vosita   vazifasi   ancha   kichik—Ziravorlar,   ya'ni   Mollukko   orollari-niig   g е ografik   o’rnini
aniqlash edi.
Birinchi dunyo aylana eksp е ditsiyasining natijalari uning o’z oldiga qo’ygan xususiy iqtisodiy
vazifasidan   b е nihoya   katta   bo’ldi.   Bu   eksp е ditsiyadan   k е yin   insoniyat   Е rning   qanchalik   katta
ekanini bilib oldi, A. V е spuchchining,  Kolumb   Е rlari, h е ch bo’lmaganda bu   Е rlarning ekvatordan
janubdagi   qismi,   Osiyoning   bir   ch е kkasi   emas,   u   Yangi   dunyo,   d е gan   taxmini   tasdiqlandi,   Е rda
quruqlik emas, balki suvlik maydoni katta ekanligi, ilgari noma'lum bo’lgan juda katta Buyuk, ya'ni
Tinch ok е an borligi aniqlandi.
Mag е llan   eksp е ditsiyasidan   k е yin   ham   uzoq   vaqtlargacha   kartalarda   janubiy   yarim   sharda
tasvirlanib   k е lgan,   Mag е llan   bo’g`ozining   janubiy   qirg`og`i   (Olovli   Е r)   ana   shu   Janubiy   Е rning
ch е kkasi   d е b   hisoblanar   edi.   Ispanlar,   portugal-lar   va   gollandlar   bu   noma'lum   mat е rikni   qidirib
yo’lda   ko’p   kashfiyotlar   qilishdi   (Yangi   Gvin е ya,   Avstraliyaning   g`arbiy   qirg`og`i,   Tasmaniya,
Tinch ok е andagi orollar tapildi).
XVI—XVIII   asrlarda   g`arbiy   Е vropada   kapitalistik       munosabatlarning   rivojlanishi   bilan
mustamlakalarni   bosib   olish   harakatida   Ispaniya   va   Portugaliya   bilan   bir       qatorda   Angliya   va
Nid е rlandiya   ham   ishtirok   eta   boshlashadi.   Bu   mamlakatlar   ham   hindiston         bilan   Xitoyga
intilishdi.   Janubiy         yo’llar   bu   davlatlar   uchun         b е rk   bo’l-ganligidan   ular   boshqa   yo’nalishda
kashfiyot qilishdi. Ingliz savdo-garlari Kolumb kashfiyotlari haqida    eshitishlari    bilan  1497 yil-
dayoq ota  va    o’g`il    Kabotlarning    ikkita    zksp е ditsiyasini    tashkil etishdi. Bu eksp е ditsiyalar
Bristoldan chiqib, g`arbga qarab    jo’nadi, ular Nyufaundl е nd va Labrador g е ografik k е ngliklarida
Shimoliy   Am е rikaga   е tib   borishdi.       Bu       е rdan       Xitoyning       «utilgan   boylikla-rini   topolmagan
inglizlar Kabotlar kashfiyotlariga ahamiyat   b е rish-madi. Shu bilan    birga bu   eksp е ditsiyalarning
muvaffaqiyatsizligi Angliyani Xitoyga boradigan yangi yo’llar   qidirishga   majbur   etdi. qidiruvlar
yo’nalishini ruslar    ko’rsatib b е rishdi.    Ingliz d е ngizchilari sharqiy yo’lni qidirish bilan bir vaqtda
shimoli-g`arbiy yo’l orqali Am е rikani shimoldan aylanib Xitoyga borishga ham harakat qilishdi.
hindistonga   boradigan   shimoli-g`arbiy   yo’lni   qidirishni   Ka-botlardan   k е yin   birinchi   bo’lib
Martin   Frobish е r   qayta   boshlab   b е rdi.   1576—1578   yillarda   uch   marta   eksp е ditsiya   uyushtirib,
muvaffaqiyat   sozonolmadi.   1585—1587   yillarda   ingliz   D е vis   ham   uchta   eksp е ditsiya   uyushtirdi.
Angliya va Gollandiya xizmatida bo’lgan Gudzonning 1607— 1610 yillardagi suzishlari anchagina
g е ografik  natijalar  b е rdi.  Bu tadqiqotchilarning  nomlari  g е ografik  kartalarda  qayd  qilingan.   Biroq
bular shimoli-g`arbiy yo’lni ocha olmadilar.-G`
Bu   vaqtda   Am е rikaning   ichki   o’lkalarini   —   frantsuzlar   Kanada-ni,   inglizlar   AqSh
t е rritoriyasini kashf etishi va mustamlaka qilishi boshlandi.
1588   yilda   Angliya   bilan   Gollandiya   Ispaniya-Portugaliya   birlashgan   flotini   (« Е ngilmas
Armadani»)  tor-mor qilganlaridan  k е yin janubiy  d е ngizlarda  jadal  eksp е ditsiya  va Janubiy Osiyo,
Avstraliya hamda Ok е aniya mamlakatlarini zo’ravonlik bilan mustamlaka qilish boshlandi. 10 Mavzu :   Geografik qobiqning chegaralari va tarkibiy tuzilishi
                                                                              Reja
1. Tabiatda modda va energiya almashinuvi.
2. Geografik qobiq va geografik komplekslar.
Tabiiy   geografiya   Yer   sharining   geografik   qobig‘ini,   uning   tarkibini,   tuzilishini,   rivojlanish
qonuniyatlarini   va   xududiy   bo‘linishini   (farqlanishini)   o‘rganadi.   Geografik   qobiq   deganda,
planetamizning tuzilishi va moddiy tarkibi jixatdan farq qiluvchi qismi tushuniladi. Geografik qobiq
troposferali   (16–23   km   balandlikgacha   bo‘lgan   atmosferaning   quyi   qismini),   gidrosferani
(maksimal chuqurligi 11 km gacha) va yer po‘stlog‘ining cho‘kindi jislardan tashkil topgan qavatini
(11 km  chuqurlmikgacha)   hamda  shu uchta  geosferada   tarqalgan   organizmlar   yig‘indisini   qamrab
olgan.
Geografik   qobiq   shu   ko‘rsatilgan   chegaralar   atrofida   bir   butun   moddiy   (material)   tizim
bo‘lib   yer   sharining   qolgan   qismlaridan   s   i   f   a   t     jixatdan   farq   qiladi.   Geografik   qobiqning   bir
butunligi   qobiqlar   (geosferalar)   ayrim   qismlari   o‘rtasida   to‘xtovsiz   moda   va   energiya   almashinib
turishi   bilan   belgilanadi.   Geografik   qobiqning   o‘ziga   xos   xususiyatlaridan   biri,   Yerning   faqat   shu
qismida   moddalar   bir   vaqtda   va   barqaror   uch   xolatda     qattiq,   suyuq   va  gazsimon   xolatda   mavjud
bo‘ladi,   bu   modalar   bir   –   biriga   o‘tadi   va   o‘zaro   ta’sir   qiladi.   Geografik   qobiqning   yana   bir   sifat
jixitdan farq qilishlaridan biri shu bilan bog‘liqki, uning atrofida (yani geografik qobiq) quyosh nuri
energiyasini singdirib    (poglashayut)    va o‘zgartirib (trasformatsiya qilib) olishi natijasida ko‘p xil
jarayonlar   sodir   bo‘ladi;   bu   jarayonlar   (protseslar)   namoyon   bo‘lgan   Yer   ichki   energiyasi   bilan
qo‘shilib   murakkab   o‘zaro   munosabatlarga   kirishadi.   Geografik   qobiqning   sifat   jixatdan   o‘ziga
xosligi   shu   bilan   belgilanadiki,   u   organiizmlarninng   paydo   bo‘lishi,   rivojlanish   va   faol   (aktiv)
geolog – geomorfologik faoliyat maydoni hamdir.
Va   nihoyat   geografik,   qobiq   inson   xo‘jalik   faoliyati   va   ishlab   chiqarish   maydoni   bo‘lib
xizmat qiladi. Geografik qobiqning lito, gidro va atmosferalarning bevosita uchrashgan (tutashgan)
va   faol   (aktiv)   o‘zaro   ta’sir   qiladigan   qismlari   murakkab   tuzilishi   bilan   farq   qiladi,   yani:               1)
quruqlik yuzasi yuqori garizonti aniqrog‘i, quruqlik yuzasining atmosfera havosining bevosita tegib
turgan   qismi   bilan   birgalikda   Yer   usti   va   yer   osti   suvlari;   2)   dunyo   okeanining   yuza   qismi;   3)
okeanlar   tagi   (dno).   Geografik   qobiqning   xududi,   anashu   «Kontakt»   qismlarida   tirik
organizmlarning eng ko‘p to‘planishi (konsentratsiyasi) kuzatiladi. Geografik   qobiqning   ko‘rsatilgan,   ana   shu   uchta   tuzilish     (strukturaviy)   qismlari   fazoda
murakkab tabaqalanishiga ega bo‘lib, ular geografik komponentlarning tog‘ jinslari, suv to‘planishi,
biotsenoz   va  boshqa  geografik   komponentlarning  juda  xilma  -  xil   kombinatsiyalari  ifodalanishida
kuzatiladi.
Geografik   qobiq   rivojlanish   jarayonida,   uning   komponetlari   quruqlik   yuzasida,   okean   va
dengiz   taglarida   qonuniy   va   xududiy   chegaralangan   geografik   yoki   tabiiy   xududiy   (teritorial)
komplekslar  deb ataluvchi geokomplekslar hosil qiladi.
Geografik   qobiqda   mavjud   bo‘lgan   har   bir   tabiiy   komponetlar   o‘zida   qolgan   barcha
komponetlarning   har   tamonlama   ta’sirini   shunchalik   kuchli   sezib   turadiki,   uning   dastlabki,
birlamchi   xususiyatlarini   mutlaqo   o‘zgartirib   yuborishi   mumkin.   Masalan,   ximik   sof   toza   suv
organizm   uchun   xafli   zahardir,   «tabiiy   toza»   suv,   tog‘   jinslari   va   atmosferalari   bilan   o‘zaro   ta’sir
jarayonida yangi xususiyatlari bilan boyishi natijasida, aksincha xayot manbaidir. 
Geografik   qobiqning   barcha   komponetlari   bir   –   biri   bilan   o‘zaro   shunchalik   beovosita
bog‘langanki,   xatto   komponetlardan   biridagi   salgina   o‘zgarishlar,   boshqa   komponetlarning
buzulishiga va butun tabiiy komplekslarining buzulishiga olib keladi. 
Yerda   solir   bo‘layotgan   hamma   tabiiy   xodisalarining   o‘zaro   bog‘liqligining   sharti   va
dinamikligi   (rivojlanishi),   shuningdek   ularning   vaqtincha   barqarorsizligi   tabiiy   muxitning   tashqi
ta’sirga juda ta’sirchanligi bilan tushunturiladi. Shuning uchun, ba’zan bu ta’sir etishning nisbatan
kichik   miqyosi   (masshtabi)   kutilmaganda   uzoqlarda   kuchli   oqibatlar   keltirib   chiqaradi.   Masalan,
Geografik qobiqning bu xususiyyatlarini tabiatni muxofaza qilishda albatda hisobga olish kerk. 
Rivojlanishi.     Rivojlanish   g‘oyasi   barcha   fanlarda   va   shu   jumladan   Geografiyada   ham
Geografik   qobiq   oddiylikdan   murakkablikga   qarab   o‘zgarib   boradi.   Lekin   shuni   yoddan
chiqarmaslik   kerkki,   rivojlanish   tushunchasi   taraqqiyot   sifatida   hamma   moddalarga   ta’luqli   emas.
Faqat   organik   Dune   rivojlanadi.   Noorganik   dunyoda   takomillashish   mezoni   (kriteriy)   yo‘q,   va
demak  rivojlanish   ham  yo‘q (organik   dunyo doimo  takomillashib   boradi.  (Alibekov  L.A..).  Shuni
aytib   o‘tish   kerakki,   ayrim   geosistemalarda   to‘g‘ri   jarayonlar   bilan   birgadikda   teskari   jarayonlar
parallel   boradi:   yerning   chuqurliklarida   metomorfizlashuv   (metomorfizatsiya),   granitlashuv
(granitazatsiya)     va   nihoyat   giprogenez   zonasidagi   hosil   bo‘lgan   strukturalarning   erishi
(rasplavleniya):   atmosferaning   yuqori   qavatlarida   molekulalarning   parchalanishi   (masalan   O
2
kislarodning   azonga   O
3   aylanishi   O
2   ;   O
3 ),   ionlashish   (ionizatsiya)   va   vodorodning   uchib   ketib
planetalar aro gazlarga aylanishi, va boshqalar. 
V.   I.   Vernadskiy   xech   ikkilanmasdan   bunday   degan   edi   «Evolitsion   jarayon   faqat   tirik
organizimlarga xos. Planetamizning tirik bo‘lmagan (kosnom) moddalarida uning namoyon bo‘lishi
yo‘q  O‘sha minerallar  va tog‘ jinslari  hozir qanday paydo bo‘layotgan bo‘lsa, kriptozoy erasida
ham o‘shanday hosil bo‘lgan». (1967; 352 bet).
Modamiki biz biosfera orasida yashar ekanmiz, bizning o‘zimiz ham uning bir qismi bo‘lib
va   koinotning   haqiqiy   rivojlanayotgan   qismiga   kiramiz.   Xayot   rivojlanayotibdi,   taraqqiy   etayapti,
inson   aqli   takomillashib   bormoqda,   shu   bilan   bir   vaqtda   suv   ko‘tarilishi   va   suv   qaytishi   oqimlari
(proliv   -   otliv)   o‘z   ishini   bajariyapti   –   Yerning   aylanish   tezligini   yuz   yillarda   0,001   sek
sekinlashtirmoqda  –  yana  bir necha   milliard  yillardan  keyin,  insoniyat   agar  boshqa  sabablar  bilan
yo‘q bo‘lib ketmasa, boshqa planetaga o‘tishi kerak. Yer o‘zi o‘qi atrofida aylanishdan to‘xtaydi va
yerning   bir   tomoni   quyoshning   doimo   tushub   turgan   issiqligidan   yonib,   ikkinchi   tomoni   dunyo
fazosidagidan qaxraton sovuq tushadi. 
Murakkab   xech   to‘xtamaydigan   jarayonda,   faqat   materiyaning     harakati   va   energiyaning
aylanib   yurishi   abadiy   bo‘ladi.   Materiya   har   xil   turlarga   va   har   xil   xususiyat   xos:   toshloqli
saxrolarda (gamada)  uning yuzasiga  ma’lum miqdorda  quyosh nuri tushsa uning yuzasida quyosh
qorayishi (pustinniy zagar) hosil bo‘ladi, pastqamliklarda qumli yuzalarning yer osti suvini tortishi
oqibatida   sho‘rxoxlar   hosil   bo‘ladi.   Sernam   tuproqlarda   o‘simliklar   bark   urib   o‘sadi   va   fotesintez
jaaryoni hosil bo‘ladi.
Har   bir   materiya   turi   o‘ziga   xos   xususitlarga   binoan   reaksiya   qiladi.   Lekin   shu   aniqki,
tashqaridan  kelgan  energiya  oqimisiz  energiya  bo‘lmasa  saxro zagari,  sho‘rxok va fotosintez  ham
bo‘lmas   edi.   Hamma   jarayonlarning   va   shu   jumladan   tabiiy   gegrafik   jarayonlarning
harakatlarntiruvchisi   energiyadir.   Energiya   qayoqdan   olinadi?   Uning   manbalari:   1)   quyosh
energiyasi, 2) gravititsion energiya, 3) yerning ayrim ximik elementlarining radioktivlik energiyasi,
4)   okean   va   dengizlarda   suv   ko‘tarilish   va   qaytish   energiyasi.   Asosiy   energiya   manbai   quyosh
radiatsiyasidir. 11 mavzu    Geografik qobiqning oziga xos bolgan xususiyatlari 
Reja:
1. Geografik qobiqning tuzulishi
2. Geografik qobiqning sferalari.
3.  Geografik kenglik zonallik qonuniyati
4.  Azonallik qonuniyati
5.  Balandlik (vertikal) zonallik qonuniyati .
Avvalo   shuni   aytish   kerakki ,   quyosh   sitemasidagi   planetalar   uzoq   shakllanib   evolyutsiyasi
natijasida   ularda   umuman   o ’ xshashlik   strukturalar   shakllangan .   Masalan,   Oy,   Merkuriy,   Mars,
Venera   va   Yerning   ichi   (bag‘ri   -   nedra)   tabaqalangan   konsentrik   sferalarga   yado,   mantiya   va
qobiqga bo’lingan qaysikim ular o’z navbatida planetalar markaziga nisbatan konsentrik joylashgan
sferalarga yoki qavatlarga bo’linadi.  Nisbatan yirik planetalar – Yer, Venera va Mars esa, atmosfera
bo’lib,   ular   ham   qavitlarga:   troposfera,   stratosfera   va   yuqori   atmosferaga   ega.   Lekin   bu
planetalardagi  atmosferaning  tabaqalanishi  har xil. Moddalarning  tabaqalanishi  (differensiotsiyasi)
Yer shari – evolyutsiyasining asosiy xususiyatlaridan biridir.
Tabiiy geografiya - geografik qobiqni, uning tarkibiy tuzilishi, rivojlanish va hududiy bo’linish
qonuniyatlarini   o’rganadi.   Geografik   qobiq   sayyoramizning   moddiy   tarkibi   va   tuzilishiga   ko’ra
murakkab   qismi   bo’lib,   troposferani,   litosferani   ustki   qismini   butun   gidrosfera   va   biosferani   o’z
ichiga oladi. 
Geografik qobiq  bir butun sistema  bo’lib,  Yer sharining  boshqa qismlaridan  sifat jihatidan
farq   qiladi.   Uning   bir   butunligi   alohida   tarkibiy   qismlari   o’rtasidagi   uzluksiz   modda   va   energiya
almashinib   turishida   namoyon   bo’ladi.   Geografik   qobiqninng   o’ziga   xos   xususiyatlaridan   biri
shundaki,  Yer sharining faqat shu qismida moddalar  bir vaqtning  o’zida  uch xil  holatda  uchraydi.
Uning   yana   bir   xususiyati   shundan   iboratki,   aynan   geografik   qobiqda   Quyosh   energiyasining
yutilishi va transformasiyalanishi natijasida ko’p qirrali jarayonlar sodir bo’ladi. 
Shunday   qilib   quyosh   sitemasidagi   boshqa   planetalar   uchun   xos   bo’lgan   qavatlanish   Yer
tuzilishida ham o’z ifodasini topgan. Ximik tarkibi va sifat jixatdan har xil holatdagi moddalar bilan farq   qiluvchi   ichki   qattiq   yadro,   tashqi   suyuq   (erigan)   yadro,   mantiya,   yer   pusti,   gidrosfera,
atmosfera Yerning asosiy qobiqini hosil qiladi.
Keyingi   vaqtlardagi   keng   tarqalgan   qarashlar   bo’yicha   Yerning   tuzilishining
murakkablashishi va uning qobiqlarining tashkil topishi quyidagicha borgan.
Yer   paydo   bo’lishi   uchun   material   bo’lib,   meteroittoshlarining   tarkibiga   kiruvchi   sovuq
moddalar –   xondrilar   xizmat  qilgan.  Nisbatan  bir xil dastlabki moddalarning  tabaqalanish  manbai
bo’lib,   radiaktiv   moddalarning   parchalanishidagi   issiqlik   va   chuqurlikdagi   moddalarning   siqilishi
natijasidagi   zichlanish   xizmat   qilgan.   U   mantiyadagi   moddalarning   degazatsiyalanishuviga   va
erishuvining   boshlanishiga,   yer   pustining,   atmosfera   va   gidrosferalarning   tashkil   topishiga   turtki
bergan. 1 Yerning   erish   zonasi   (eruvchanlik) natijasida, Yer qobiqlarining hosil bo’lishi haqidagi
bu gipoteza, geoximiklar va geofiziklar tomonidan keng tan olingan.
Yerning qobiqlari bir – biridan nafaqat tarkibi va qalinligi, shuningdek moddalarning har xil
darajada tabaqalanishining qavatlanishidan o’z ifodasini topishi bilan ham farq qiladi. 
Yerning  geografik  qobig’i  va  uning  tarkibiga   kiruvchi  landshaft  sferasi  uzluksiz  rivojlanishda
bo’ladi.   Bu   rivojlanishning   asosiy   sababi   geografik   qobiq   komponentlari   orasidagi   modda   va
energiya almashinuvidir. 
Ернинг   географик   қобиғи   тараққиёт   жаранёида   тирик   мавжудотнинг   бевосита
иштирокида   ҳозирги   қиёфасига   эга   бўлган .   Организмларни   муҳитдан   ажратилган   ҳолда
ўрганиб   бўлмаганидек ,   улар   яшайдиган   муҳитни   жонсиз   табиат   тараққиётида   ўйнайдиган
улкан   ролини   ҳисобга   олмасдан   тушуниш   қийин .   
Geografik qobiq va landshaft sferasi taraqqiyotida  asosan uchta bosqich ajratiladi:  1. Abiogen
2. Biogen  3. Antropogen. 
Abiogen   -  bu  davr  yer  tarixining   paleozoygasha  bo’lgan   davrni  o’z   ichiga   oladi   va  geografik
qobiq   hamda   landshaft   sferasi   shakllana   boshlaydi.   Geografik   qobiq   ayrim   komponentlarining
tarkibi va balandlik chegaralari hozirgidan keskin farq qilgan. Arxey va proterozoy eralarida dengiz
suvlarining   sho’rligi   kam   miqdorda   bo’lgan.   Atmosfera   SO 2
  ga   nisbatan   O 2
  kamligi   bilan
xarakterlangan,   sho’kindi   jinslar   qalinligi   unsha   katta   bo’lmagan   hayot   juda   oddiy   tarzda   arxey
erasida   mavjud   bo’lgan   bo’lsada,   uning   geografik   qobiqning   landshaft   sferasiga   bo’lgan   ta’siri
sezilarli darajada bo’lmagan, shuning uchun ham biz bu davrni haqli ravishda biogengasha bo’lgan
davr   deb   ataymiz.   Hatto   abiogen   davrining   oxirida   quruqlikda   faqatgina   bakteriya   va   suv
o’simliklari   yashagan.   Shuning   uchun   ham   bu   vaqtda   landshaft   zonalligi   bo’lmagan,   shunki   bu
davrda tuproq ham shakllanmagan edi. 
Biogen   -   bu   bosqich   paleozoy,   mezozoy   eralarini   hamda   kaynazoy   erasining   paleogen   va
neogen   davrlarini   o’z   ichiga   oladi.   Dengiz   va   quruqlikda   o’simlik   va   hayvonlar   keng   tarqaladi, ularning tarkibi va tuzilishi vaqt o’tishi bilan murakkablashib boradi. Paleozoy boshlaridan biologik
komponentlar   geografik   qobiq   tarkibi   va   tuzilishiga   kuchli   ta’sir   ko’rsata   boshlaydi.   Tirik
organizmlarning mavjudligi sababli atmosferada kislorodning miqdori ortadi, sho’kindi jinslarning
to’planish jarayoni tezlashadi va landshaftning eng muhim bo’lgan komponenti bo’lgan tuproq hosil
bo’ladi. Bu esa landshaft sferasida zonallikni hosil qiladi va paleozoy, mezozoy eralarida bir necha
bor o’zgaradi. 
Atropogen   -   bu   bosqich   kaynazoy   erasining   to’rtlamchi   davriga   to’g’ri   keladi.   Bu   davr
yerning geografik qobig’i insonning yashash makoniga, uning xo’jalik yuritish arenasiga aylanadi.
Bu   qisqa   davr   ichida   geografik   qobiq   inson   faoliyati   bilan   bog’liq   bo’lgan   o’zgarishlar   landshaft
sferasining tuzilishi va tarkibiga katta ta’sir ko’rsatdi
Geografik kenglik zonallik qonuniyati
Hududiy tabiiy geografik bo’linishning asosiy qonuniyati kenglik zonallikdir. Kenglik zonallik
deganda tabiiy geografik jarayonlar, komponentlar, geosistemalarning ekvatordan qutblarga tomon
qonuniy   ravishda   almashinib   borishi   tushuniladi.   Bu   almashinishning   asosiy   sababi   Yerning   shar
shaklida   ekanligi   va   unga   bog’liq   holda   Quyosh   enargiyasining   yer   yuzasiga   turli   burshak   ostida
tushishidir.
Yer   yuzasida   zonallikning   vujudga   kelishida   tashqi   astronomik   omillarning   roli   ham   katta.
Bulardan   biri   Quyosh   bilan   Yer   orasidagi   masofa.   Agar   yer   Quyoshdan   Pluton   sayyorasi   kabi
masofada joylashganda edi. Ekvator bilan qutblar orasida insolyasiya farqi yo’qolib, hamma joy bir
xil   sovuq   bo’lar   edi.   (Pluton   yuzasidan   1000-2300 0
  S).   Agar   yaqin   bo’lganda   edi   butunlay   qizib
ketar edi.  
Yer   shari   massasi   ham   zonallikka   ta’sir   ko’rsatadi,   agar   yer   shari   massasi   kichik   bo’lganda,
o’zida   atmosferani   tutib   tura   olmas   edi.   Natijada   Quyosh   nuri   qayta   taqsimlanmagan   va
transformasiyalanmagan   bo’lar   edi.     Yer   o’z   aylanish   tekisligiga   nisbatan   66,5 0
  og’ib   turishi   ham
Quyosh nurlarini notekis taqsimlanishiga olib keladi va landshaftlar zonalligini murakkablashtiradi.
Agar   yer   o’qi   orbitasiga   nisbatan   perpendikulyar   bo’lganda   har   bir   kenglik   yil   bo’yisha   bir   xil
miqdorda Quyosh energiyasini olgan bo’lar va fasllar vujudga kelmas edi. 
Landshaft   qobig’idagi   zonallik   faqatgina   planetar,   kosmik,   astronomik   sabablarga   bog’liq
bo’lib qolmasdan, geografik qobiq tabiatiga ham bog’liqdir. Agar yerdagi zonallik faqat astronomik
sabablarga   bog’liq   bo’lganda   edi,   Quyosh   tushish   chizig’i   to’g’ri   yo’nalishda   bo’lib,   zonalar
geografik   parallellarga   mos   bo’lar   edi.   Kenglik   zonalar   chegarasi   quruqlikda   egri-bugri   bo’lib,
ba’zan bir-biridan uzilgan holda ham bo’ladi.
  Yer   yuzasiga   Quyosh   nurlarining   notekis   tushishi   atmosfera   sirkuliyasiyasi,   havo   massalari,
namlik   va   termik   xususiyatlarini   ham   turlisha   bo’lishiga   olib   keladi.   Yer   yuzasining   notekis
qizdirilishi  va bug’lanishining turlishaligi namligi,  harorati va zishligi bo’yisha farq qiluvchi havo massalarini  vujudga  keltiradi.  Havo massalarining  to’rtta  zonal  asosiy tiplari  ajratiladi:  ekvatorial,
tropik, mo’tadil, arktika va antarktika.
Agar yer shari o’z o’qi atrofida aylanmaganda edi, atmosferada havo oqimlari oddiy xarakterga
ega   bo’lib,   kuchli   qizdirilgan   ekvatorial   kengliklardan   havo   yuqoriga   ko’tarilib,   qutblarda   pastga
tushib yana ekvatorga tomon esgan bo’lar edi. Boshqasha qilib aytganda shimoliy yarimsharda har
doim shimoliy, janubda esa janubiy shamollar esgan bo’lar edi. Ammo ular yerning aylanishi bilan
to’qnashib o’z yo’nalishlarini o’zgartiradi.
Atmosfera   sirkuliyasiyasining   zonalligi   namlikning   ham   zonal   bo’lishiga   olib   keladi.   Havo
massalarining   nam   sig’dirish   qobiliyati   ekvatordan   qutblarga   tomon   ortib   boradi.   Bu   ko’proq
atmosfera   yog’inlarining   tarqalishida   namoyon   bo’ladi.   Ammo   faqat   yog’inlar   miqdorining   o’zi
tabiat   zonalarining   namlik   bilan   ta’minlanganlik   sharoitini   aniqlab   bera   olmaydi.   Masalan,   dasht
zonasida   yog’inlar   miqdori   500   mm   bo’lsa   ham   namlik   etarli   emas,   ammo   tundrada   yog’inlar
miqdori   400   mm   bo’lsa   ham   namlik   etarli   darajadan   ortiqsha.   Buning   uchun   biz   bug’lanish
darajasini   ham   bilishimiz   kerak.   Yog’inlar   va   mumkin   bo’lgan   bug’lanishning   kenglik   bo’yisha
o’zgarishi   bir-biriga   mos   tushmasdan   qarama-qarshi   bo’lishi   ham   mumkin.   Yillik   yog’inlar
miqdorining   yillik   bo’lgan   bug’lanish   miqdoriga   nisbati   iqlimiy   namlik   ko’rsatkichi   bo’lib
hisoblanadi. 
Azonallik qonuniyati
Hamma zonalar ham uzluksiz polasalarni hosil qilavermaydi, ular ayrim joylarda bir biridan uzilgan
holda uchrasa, ayrimlari materik chekkalarida, ayrimlari esa materik ishkarisida uchraydi. Ayrim 
joylarda ular meridional yo’nalishda ham bo’ladi. Bir zonaning o’zida ham uzoqlik bo’yisha 
tafovutlar mavjud, tog’larda esa ular o’rniga balandlik mintaqalari vujudga keladi.
Tabiatda   bir   vaqtning   o’zida   ko’plab   qonunlar   amal   qiladi.   Shuning   uchun   ham   zonallikni
asosiy qonun deb qaramaslik kerak.
Geografik   qobiqdagi   zonallik   qonuniyatiga   mos   kelmaydigan   hodisalarni   taqoza   etadigan
qonunlar-balandlik zonalligi, meridional zonallik, sektorlik, provinsiallik va spektrlik qonuniyatlari
azonallik qonuniyatlari deb ataladi. Bularning asosini yerning ishki energiyasi tashkil qiladi.
Azonallik   eng   avvalo   yer   yuzasining   materik   va   okeanlarga   bo’linishida   namoyon   bo’ladi.
Okeanlarda   suv   yuzasi   quruqliklarga   nisbatan   quyosh   nurlarini   kam   qaytaradi,   buning   natijasida
okeanlar   maydon   birligi   hisobiga   10-20%   ko’proq   isiqlik   oladi   va   uning   ustidagi   havo
quruqlikdagiga   nisbatan   iliqroq   bo’ladi.   Quruqlik   va   okeanlarning   notekis   isitilishi   natijasida   ular
o’rtasida   kontinental   va   okean   havo   massalari   uzluksiz   almashinib   turadi.   Bunday   havo
almashishining   azonal   hodisa   bo’lib   atmosfera   umumiy   sirkuliyasiyasini   murakkablashtiradi.
Quruqlikning okean havo sirkuliyasiyasi ta’sirida  bo’lgan qismlari alohida va okeanlardan  uzoqda
materik   ishkarisida   bo’lgan   qismi   tabiiy   hududiy   bo’linishida   alohida   ajratiladi.   Bu   esa provinsiallikning asosiy sababi bo’ladi.
                        Balanflik zonallik qonuniyati
Tabiiy – geografik bo’linishning issiqlik va namlik o’zgarishidagi zonal va sektorlikdan keyingi
muhim omillaridan biri – joyning dengiz sathidan balandligidir. 
Joyning gipsometrik holati hatto tekislik landshaftlariga ham ta’sir etadi. Tekisliklarda ma’lum
balandlikgasha   birinchi   zona   o’zgarmaydi.   Undan   keyingi   balandliklarda   qo’shni   zonaga   yoki
shimoliy   zonaga   xos   bo’lgan   belgilar   paydo   bo’la   boshlaydi,   bir   necha   ming   metr   balandlikkasha
kenglik zonallikka o’xshash va zonalar almashinib boradi. Bu qonuniyat balandlik mintaqalari deb
ataladi. 
Balandlik mintaqalarini shakllanishida ham balandlik ortib borishi bilan issiqlikni o’zgarishiga
bog’liq. Ammo haroratning o’zgarishi xarakteri balandlik va kenglik bo’ylab bir-biridan farq qiladi.
Quyosh radiasiyasining miqdori balandlik oshgan sari kamaymasdan har 1000 metrda o’rta hisobda
10% ga ortib boradi. Buning sababi atmosfera qalinligi va zishligini havoda suv bug’i va changlarni
kamayishi,   atmosferada   radiasiyaning   yutilishi   va   qaytarilishini   qisqarishidir.   Ammo   balandlik
ortishi bilan yer yuzasiga uzun to’lqinli nurlar ko’proq tushadi. Natijada radiasiya balansi kamayib,
harorat   pasayadi.   Harorat   gradienti   tekisliklarga   qaraganda   bir   necha   hissa   katta   bo’ladi.   Havo
harorati   balandlik   bo’ylab   kengliklarga   nisbatan   bir   necha   marta   tez   pasayib   boradi.   Masalan,
tog’larda   harorat   har   1000   metrda   6 0  
S   ga   pasaysa,   tekisliklarda   uning   shuncha   pasayishi   uchun
1300 km masofa kerak. 
Namlik sharoiti ham balandlik bo’ylab kengliklardagidan boshqasha o’zgarib boradi. Havoning
namni   sig’dirishi   balandlik   bo’ylab   kamayib   boradi.   Tog’larda   yog’inlarning   yog’ishi   rel’efning
bar’er   effektiga   bog’liq.   Tog’larning   to’siqlik   ta’sirida   havo   massalarining   ko’tarilma   harakati
vujudga keladi, kondentsasion namlik ortib yog’inlar ko’p tushadi. Ma’lum balandlikdan so’ng esa
havoda   namlik   zahirasining   tugashi   bilan   yog’inlar   miqdori   ham   kamayadi.   Maksimal   yog’inlar
chegarasi   esa   qurg’oqchil   oblastlarda   ansha   yuqorida   joylashgan.   Alp   tog’ida   2000   m,   Kavkazda
2400-3000 m, Tyanshanda 3000-4000 m.
Balandlik   mintaqalari   bilan   kenglik   zonalari   orasida   faqat   tashqi   ko’rinishida   o’xshashlik
mavjud. Ko’pgina balandlik mintaqalari (alp o’tloqlariga (sharqiy Pomir va Tibet baland tog’ sovuq
sahrolari)) o’xshash zonalar kenglik bo’ylab uchramaydi. 
Har bir landshaft zonasi uchun o’ziga xos bo’lgan balandlik mintaqalari shakllangan. Ekvatorga
orogan   sari   balandlik   mintaqalari   soni   ortib   boradi,   ularda   balandlik   chegaralari   ham   ko’tarilib
boradi.   U   bu   qonuniyatlarni   meridional   yo’nalishdagi   tog’larda   ham   ko’rish   mumkin.   Masalan,
Ural, Kordileriya tog’lari.            12 Mavzu  Tabi iy geografik   kоmplеkslar va ularning  umumiy xususiyatlari  
R еja :
1. Tabiat kоmplеkslari haqida tushuncha.
2. Landshaft va uning tuzilishi
3.  L о yi х alash ishlarida landshaft ta х lili.
4. Tabiat k о mpl е kslarining barqar о rligi va uni  х o`jalik ishlarida  х is о bga  о lish
5. Tabiat k о mpl е kslarining ins о n t о m о nidan  о zgartirilishi
Sizga ma'lumki, tabiiy muhit alohida tarkibiy qismlardan iborat. Ushbu tarkibiy qismlar tog'
jinslaridan (litosfera), suvdan (gidro-sfera), havodan (atmosfera) va tirik organizmlar (biosfera)dan
iborat.
Mazkur tarkibiy qismlar doimo bir-biri bilan o'zaro ta'sirda va o'zaro munosabatda bo'ladi, natijada
yer yuzasida turli tabiiy sharoitga ega bo'lgan hududlar vujudga keladi. Ushbu hududlar bir-biridan
tashqi   ko'rinishi,   o'lchamlari   va   vujudga   kelish   omillari   bilan   farq   qiladi.   Masalan,   cho'l,   o'rmon,
dasht, botqoq, muzlik, pichanzorlar bir-biridan keskin farqlanadi.
Shuning   uchun   ham   bizni   o'rab   turgan   tabiiy   muhit   juda   xilma-xildir.   Siz   yashab   turgan
joyning o'zida ham bir-biridan farq qiladigan qator hududlarni ajratish mumkin: o'rmon, balandlik,
jarlik, yon-bag'ir, qumli do'ng, vodiy, botiq va h.k. Mazkur hududlarning har biri bir-biridan u yoki
bu xususiyatlari bilan farq qiladi. Masalan, ayrim hududlarda havo iliq va nam, boshqalarida sovuq
va quruq bo'lishi mumkin.
Tabiat   komponentlarining   bir-biri   bilan   o'zaro   aloqasi   va   munosabati   tasodifiy   emas,   balki
qonuniydir.   Chunki   mazkur   aloqalar   va   munosabatlar   uzoq   davrlar   mobaynida   rivojlanadi.   Tabiat
komponentlari   o'rtasida   juda   mustahkam   aloqa   va   o'zaro   ta'sir   mavjud.   Masalan,   O'rta   Osiyodagi
cho'llarning   pastqam   sho'rxok   joylarida   qora   saksovul,   qumli   joylarida   esa   oq   saksovul   o'sadi.
Tabiat  kompo nentlari  o'rtasidagi  o'zaro ta'sir va aloqa ularni  bir butun yaxlit  tizimga  birlashtiradi.
Mazkur   tizimning   barcha   qismi   bir-biri   bilan   chambarchas   bogiangan,   uning   bir   qismi   o'zgarsa,
boshqa qismi ham o'zgaradi. Masalan, botqoq quritiladigan bo'lsa, mazkur joydagi tuproq, o'simlik
va hayvonot dunyosi hamda iqlimiy sharoit ham o'zgaradi.
Tabiat   komponentlarining   o'zaro   aloqasi   va   ta'siri   oqibatida   yer   yuzasida   turli   xil   tabiat
komplekslari vujudga keladi. "Kompleks" so'zi lotincha bo'lib, "uyg'unlik" degan ma'noni beradi.
Har bir tabiiy kompleks ma'lum bir hudud doirasida joylashadi va rivojlanadi. Shuning uchun ular
tabiiy-hududiy   komplekslar,   qisqa   qilib   tabiiy   komplekslar   yoki   geografik   komplekslar
(geokomplekslar) deb ataladi.
Tabiat   kompleksi   deb,   Yer   yuzining   tabiat   komponentlarining   o'zaro   murakkab   ta'siri
natijasida   tarkib   topgan   hamda   tabiatining   xususiyatlariga   ko'ra   boshqa   joylardan   farq   qiladigan
qismlariga aytiladi.
Tabiat komplekslari turli xil kattalikda bo'ladi. Daryo vodiysi, tabiat zonalari, geografik mintaqalar,
materiklar, okeanlar tabiiy-hududiy kompleks bo'lib hisoblanadi  .
Eng   katta   tabiiy   kompleks   geografik   qobiq   hisoblanadi.   Geografik   qobiq   o'z   navbatida
Dunyo okeani va quruqlikka; Dunyo okeani okeanlarga; quruqlik esa materiklarga bo'linadi. Okean
va   materiklar   geografik   mintaqalarga   hamda   tabiat   zonalariga,   tabiat   zonalari   esa   landshaftlarga
bo'linib ketadi. Tabiiy geografiya fanining o'rganish obyekti - landshaftdir. Geografik qobiq
1
Quruqlik Suvlik
Materiklar Okeanlar
Subkontinentlar Okeanlarning qismlari
Tabiiy   g
o'lk eografik
alar Dengizlar
Qoitiqlar, bo'g'ozlar
Tabiiy geografik
rayonlar
Geografik landshaftlar
Tabiat kompleksining bo'linishi
  Eslab   qoling!
    Tabiat   komponentlari   -   tog'   jinslari,   suv,   havo,   o'simlik   va     hayvonot   dunyosi   hamda
mikroorganizmlardir.   Tabiat   kompleksi   deb,   tabiat   komponentlarining   o'zaro     murakkab   ta'siri
natijasida tarkib topgan hamda tabiiy xususiyatlariga ko'ra boshqa joylardan farq qiladigan Yer yuzi
qismlariga aytiladi. 
LANDSHAFT VA UNING TUZI LI SHI
"Landshaft"   nemischa   so'z   bo'lib,   "joy"   degan   ma'noni   bildiradi.   Hozirgi   paytda   landshaft
tushunchasi geografryada keng va tor ma'noda ishlatiladi.
Keng   ma'noda   landshaft   deganda   tabiiy   hududiy   kompleks   tushumladi.   Masalan,   tayga   zonasi,
botqoq, tundra, cho'l va h.k.
Tor   ma'noda   landshaft   -   yer   yuzasidagi   tabiiy   chegaralari   bilan   ajralib   turuvchi   joydir.
Landshaft   hududiy   yaxlitligi,   vujudga   kelishiga   ko'ra   bir   butunligi,   geologik   tuziliishi,   relyefi,
iqlimi,   tuproqlari,   o`simhk   va   hayvonot   dunyosining   tbir   xilligi   bilan   ajralib   turadigan   tabiiy
hududiy kompleksdir.  Masalan, Qizilqumdagi  qumli  gilli  taqir,  sho'rxokli landshaftlar,  tog`lardagi
yaylov, o'rmon, vodiy landshaftlari shular jumlasidandir.
Odatda   landshaftlar   tabiiy   va   antiropogen   landshaftlarga   ajratiladi.   Tabiiy   landshaft   -   faqat   tabiiy
ormillar ta'sirida shakllangan yoki shakllanayotgan landshaftdir. Unga inson faoliyati ta'sir etmagan
bo ladi. Masalan, Chotqol biosferra qo'riqxonasidagi archazorlar    shular jumlasiga kiradi.
Antropogen   landshaft   -   tabiiy   va   antropogen   omillar   ta'sirida   shakllangan   va   shakllanayotgan lamdshaftdir. Bunga inson faoliyati ta sirida vujudga kelgan landshaftlar kiradi. 
Tabiatning   barcha   komponentlari   va   landshaftlar   u   yoki   bu   darajada   inson   ta'sirida   bo'ladi.   Fan-
texnika   inqilobi   sharoitida   insonning   tabiatga   tasiri   tobora   kuchaymoqda.   Mazkur   landshaftlar
insonning xo'jalik faoliyati ta'sirida shakllanadi, ammо tabiiy xususiyatlarini saqlab qoladi va tabiat
qonunlariga bo'ysunaadi.
Antropogen   landshaftlar   quyidagi   turlarga   bo'linadi:   qishloq   xo   jalik   yoki   agrolandshaftlar
(ekinzorlar, bog'lar, yaylovlar)- suv yoki gidrogen landshaftlar (kanallar, hovuzlar, suv omborlari);
shahar   yoki   seliteb   landshaftlar   (shaharlar,   qishloqlar);   sanoat   landshaftlar   (zavodlar,   shaxtalar,
chiqindilar uyumi, aerodromlar, yo'llar va h.k.).
Landshaftlar  joy,  maydon va fatsiyadan  tuzilgan  bo'lib, uning  eng kichik  birligi  fatsiyadan
iboratdir.
Fatsiya   —   bir   xil   tog'   jinslariga,   relyefga,   tuproqqa,   namlikka,   mikroiqlimga,   o'simlik   va
hayvonot   dunyosiga   ega   bo'lgan   eng   kichik   tabiiy   hududiy   kompleksdir.   Masalan,   qayir   fatsiyasi,
o'zan fatsiyasi, toshli qayir, gilli qayir, qumli qayir fatsiyalari.
Maydon   (urochisha)   —   fatsiyalar   tizimidan   iborat   tabiiy   hududiy   kompleksdir.   Demak,
maydon hudud jihatdan katta bo'lib, bir necha fatsiyalarni birlashtiradi. Masalan, botiqdagi sho'r va
sho'rxoklar; oq saksovulli tekis qumlar; do'ngli qumlar va h.k.
Joy   —   maydonlar   majmuasidan   iborat   bo'lgan   tabiiy   hududiy   kompleksdir.   Masalan,
yoyilmalarning yuqori, o'rta va quyi qismlari, tog'larning suvayirg'ichi, yonbag'irlari va h.k.
Ma'lum bir hududdagi joylar yig'indisi landshaftni tashkil qiladi. Masalan, cho'l landshafti - qumli,
gilli, toshli, taqirli joylardan iborat.
Demak,   landshaft   -   joylar   majmuasidan,   joylar   -   maydonlar   majmuasidan,   maydonlar   esa
fatsiyalar  majmuasidan  iborat.  Yoki landshaftlar  — joylarga,  joylar  — maydonlarga,  maydonlar  -
fatsiyalarga boiinar ekan.
  Eslab qoling!
 Landshaft  - hududiy yaxlitligi, vujudga kelishiga ko'ra bir  butun, geologik tuzilishi, relyefi, iqlimi,
tuproqlari, o'simlik va  hayvonot dunyosi bir xil bo'lgan tabiiy hududiy kompleksdir.
Lоyiхalash ishlarida landshaft taхlili.
Hozirgi paytda shaharsozlik, suv inshootlari, sanoat korxonalari va boshqa yirik inshootlarni
loyihalashda   landshaft   tahlili   qo'llanilmoqda.   Landshaft   tahlili   muhandislik   inshootlarini   to'g'ri
joylashtirishga, tabiatda sodir bo'ladigan noxush hodisalarning oldini olishga imkon beradi.
Landshaft   tahlili   usuli   deganda   landshftlarning   xossa   va   xususiyat-larini,   tuzilishini,
rivojlanishini,   vujudga   kelish   tarixini,   unda   ro'y   beradigan   jarayonlarni   o'rganish   uchun
qo'llaniladigan usullar majmuasi tushuniladi.
Landshaft   tahlili   usuli   landshaftning   ikki   tarkibiy   qismi   bo'lgan   tabiiy   va   antropogen
qismlarini   tadqiq   qilish   va   xaritalashni   o'z   ichiga   oladi.   Landshaft   tahlili   tabiiy   sharoitning
o'zgarishini baholash va bashoratlash uchun asos bo'ladi.
Landshaft tahlili usuli tabiiy sharoit va resurslarni o'rganishda yangi yerlarni o'zlashtirish va
sug'orish   hamda   zovur   tarmoqlarini,   sanoat   korxonalarini,   shahar   qurilishini   loyihalashda
qo'llaniladi.
Tabiiy sharoit va resurslarni o'rganishda landshaft tahlili quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
O'rganilayotgan   hududning   landshaft   xaritasi   tahlil   qilinib,   unda   qanday   landshaft   turlari
(tabiiy va antropogen) tarqalganligi aniqlanadi. Xaritadan hududda tarqalgan asosiy relyef shakllari,
tuproq   turlari,   o'simlik   qoplami,   sug'oriladigan,   sug'orilmaydigan   yerlar,   yaylovlar,   daryo
terrasalari,   sanoat   korxonalari,   suv   inshootlari   aniqlanadi.   Muhandislik   inshootlari   va   antropogen
landshaftlaming   qanday   relyef   shakllarida   tarqalganligi   tahlil   qilinadi.   Masalan,   sholizorlar   daryo
qayirlarida, paxtazorlar yuqori terrasalarda, yaylovlar cho'llarda yoki tog' yonbag'irlarida joylashgan
va h.k.
Hududni   yirik   masshtabli   landshaft   xaritalari   yordamida   o'rganish   ko'pincha   fatsiyalar
xaritasini o'rganish orqali amalga oshiriladi (1:2500-1:50000).
Sizga ma'lumki, fatsiyalar bir xil mikrorelyefga, geologik tu-zilishga, tuproq turiga, yer osti va yer usti suvlariga, mikroiqlimga,  o'simlik  va hayvonot dunyosiga ega bo'lgan eng kichik tabiiy
hududiy komplekslardir.
Fatsiyalar xaritasining tahlili natijasida hududda qanday tuproq va o'simlik qoplami, qanday
tog' jinslari va qanday relyef shakllari
tarqalganligi   aniqlanadi.   Masalan,   daryoning   qayirida   asosan   shag'al   toshlar.   qumlar   tarqalgan
bo'ladi, tuproq qoplami yupqa yoki yo'q darajada, terrasa yuzalarida esa lyoss va lyossimon jinslar
tarqalgan,   tuproq   qoplami   qalin,   pastqam   joylarda   yer   osti   suvlari   sathi   baland,   shuning   uchun
bunday yerlarda botqoqliklar ko'proq tarqalgan bo'ladi.
Hududning   tabiiy   sharoiti   va   resurslarini   o'rta   va   mayda   masshtabli   landshaft   xaritalari
yordamida   ham   o'rganish   mumkin.   Bunday   landshaft   xaritalari   asosida   yer,   o'simlik,   yaylov,
o'rmon, tuproq va hayvonot resurslari haqida ma'lumotlar olinadi.
Yangi yerlarni o'zlashtirish va ularni sug'orishga tayyorlash loyi-hasini tuzayotganda relyef
va   yer   osti   suvlarining   harakat   yo'nalishi   va   ularning   to'planish   hududlarini   aniqlash   muhim
ahamiyatga   ega.   Masalan,   XX   asrning   60-yillarida   Tojikistondagi   Zafarobod   tumanida
Mirzacho'lning   janubiy   qismidagi   prolyuvial   tekislikning   yuqori   qismida   15   ming   gektar   yer
o'zlashtirilib,   sug'orila   boshlandi.   Oqibatda   prolyuvial   tekislikning   quyi   qismida   joylashgan
O'zbekistonning   50   ming   gektar   yerida   yer   osti   suvlari   sathi   ko'tarilib,   tuproqlarni   sho'r   bosdi.
Chunki, prolyuvial tekislikda  yer osti suvlarining gorizontal  (yotiq) harakati kuchli bo'lishi tufayli
Zafarobod   tumanida   sug'orish   boshlanishi   bilan   tuproqqa   shimilgan   suvlar   prolyuvial   tekislikning
etak   qismlari   tomon   harakat   qilgan.   Oqibatda   yer   osti   suvlari   sathi   ko'tarilib,   Mirzacho'lning
awaldan sug'orib kelinayotgan yerlarida katta hududni sho'r bosishiga olib kelgan.
Sug'orish   va   zovur   tarmoqlarini   loyihalashda   landshaft   tahlilini   amalga   oshirish   uchun
quyidagilarga   e'tibor   beriladi:   hududning   relyefi   chuqur   tahlil   qilinadi,   sug'orish   tarmoqlari
hududning   baland   joy-laridan,   zovur   tarmoqlarini   esa   pastqam   joylaridan   o'tkazish   loyi-
halashtiriladi.   Chunki   pastqam   joylarda   yer   osti   suvlari   sathi   yer   yuzasiga   yaqin   bo'ladi.   Shuning
uchun   bunday   joylardan   kollektor-zovur   tarmoqlari   o'tkazilganda   yer   osti   suvlari   tez   pasayadi   va
sho'rlanishning oldi olinadi.
Sanoat   korxonalarini   joylashtirishda   juda   ko'p   omillarni   hisobga   olish   lozim.   Sanoat
korxonasi   qanday   mahsulot   ishlab   chiqaradi,   atrof-muhitga   qanday   zararli   moddalar   tarqatadi   va
h.k.   Atmosferaga   ko'proq   ifloslovchi   moddalarni   chiqaradigan   sanoat   korxonalarini
loyihalashtirishda   relyef,   doimiy   shamollar   yo'nalishi,   aholi   man-zilgohlarining   joylashishi   va
boshqa omillar hisobga olinishi zarur.
Atmosferaga tashlanayotgan chiqindilar tez tarqalib ketishi uchun korxona balandroq joyga
qurilgani ma'qul.
Sanoat   korxonasini   qurishda   doimiy   shamollar   yo'nalishini   hisobga   olish   muhim
hisoblanadi. Masalan, O'zbekiston chegarasidan 25 km uzoqlikda joylashgan Tojikiston hududidagi
alumin   zavodini   qurishda   shamollar   yo'nalishi   hisobga   olinmagan.   Natijada,   bu   zavoddan
chiqayotgan   zararli   chiqindilar   Surxondaryo   viloyatining   Sariosiyo,   Denov   tumanlariga   shamol
ta'sirida uchib kelib, ekologik vaziyatni keskinlashtirib yuborgan.
Shaharsozlik loyihalarini  tuzishda quyidagilar  e'tiborga olinishi lozim:  hududning geologik
tuzilishi, gidrogeologik sharoiti va relyefi, foydali qazilmalarning joylashishi va h.k.
Shahar   yoki   qishloq   qurilishidan   awal   hududning   geologik   tuzilishi   chuqur   tahlil   qilinishi
lozim. Shaharning asosi mustahkam bo'lishi zarur. Agar inshootlar asosi g'ovak, yumshoq va suvda
erib   ketadigan   tog'   jinslaridan   iborat   bo'lsa,   bino   qurilganidan   so'ng   ular   o'piri-lishlar,   cho'kishlar
natijasida ishdan chiqishi mumkin. Mabodo, shahar asosi suv tekkanda shishib ketadigan gillardan
iborat   bo'lsa,   binolarda   yoriqlar   paydo   bo'lib,   yaroqsiz   holga   kelib   qolishi   mumkin.   Masalan,
Zarafshon   shahri   qurilganda   5—10   m   chuqurlikda   suv   tekkanda   tezda   shishib   ketadigan   gillar
borligi hisobga olinmagan. Oqibatda shahar qurilib, suv olib kelinganidan so'ng, gillar shishib, 5—9
qavatli binolarning devorlarida yoriqlar paydo bo'lib, ularning ba'zilari yaroqsiz holga kelib qolgan.
Yangiyer   shahrini   qurishda   relyef   va   yer   osti   suvlarining   yo'nalishi   hisobga   olinmagan   edi.
Natijada,   tog'   tarafdan   shahar   tomonga   yer   osti   suvlarining   oqishi   oqibatida   yer   osti   suvlarining
sathi   ko'tarilib,   yerlar   sho'rlanib   ketdi.   Shu   sababli,   Sirdaryo   viloyatining   markazi   Yangiyer shahridan Guliston shahriga ko'chirildi.
Tabiat k о mpl е kslarining barqar о rligi va uni  х ojalik ishlarida   х is о bga  о lish
Har   bir   tabiat   kompleksi   ma'lum   bir   barqarorlikka   ega.   Tabiiy   va   tabiiy-antropogen
landshaftlarning   barqarorligi   deb,   ularning   tashqi   ta'sirlarga   nisbatan   o'z   tuzilishini   saqlab   qolish
imkoniyati tushuniladi. Tashqi bosim olib tashlanganidan so'ng landshaftlar ma'lum vaqt o'tgach o'z
holiga   qaytishi   mumkin.   Masalan,   lalmikor   yerlarda   deh-qonchilik   qilinmasa,   ular   yana   ilgarigi
tabiiy holiga qaytishi mumkin.
Antropogen   landshaftlarning   barqarorligi   deb,   ma'lum   bir   sha-roitda   landshaftlarning   o'z   ijtimoiy-
iqtisodiy   vazifasini   bajara   olish   qobiliyatiga   aytiladi.   Masalan,   har  qanday   tabiiy   ofatlar   (qurg'oq-
chilik, sel, suv toshqinlari, ifloslangan havo, sho'rlanish, ifloslangan suv) va ta'sirlarga qaramasdan
antropogen landshaftlar hosildorligining saqlanib qolishi va h.k.
Landshaftlarning   barqarorligi   ular   komponentlarining   o'zaro   aloqasi,   uyg'unligi   va
harakatiga   bog'liq.   Masalan,   qumli   cho'llarda   komponentlar   o'rtasidagi   aloqa   kuchsizroq,   shuning
uchun   bu   yerlarda   landshaftning   tuzilishi   tashqi   ta'sirlar   natijasida   tez   o'zgarishi   mumkin.   Qumli
cho'llarda   chorva   mollarining   ko'p   boqilishi   natijasida   o'simliklarning   tarkibida   o'zgarishlar   sodir
bo'lishi mumkin, bu esa landshaft tuzilishining o'zgarishiga olib keladi.
Tog'   yonbag'irlarida   o'simliklar   qalin   o'sadigan   joylarda   tog'   jinslari   tuproq-o'simlik   o'rtasida
bog'liqlik  mustahkam   bo'ladi.   Mazkur  yonbag'irda  sel,  eroziya,   surilma  kam  sodir  bo'ladi.   Chunki
yonba-g'irlar   tashqi   ta'sirga   nisbatan   barqaror   bo'ladi.   Mabodo,   mazkur   o'simlik   qoplami   yo'q
qilinsa, barqarorlik keskin kamayib, turli salbiy hodisalar ro'y bera boshlaydi.
Shuning   uchun   tabiat   komplekslari   landshaftlarning   barqarorligini   xo'jalik   ishlarini   olib
borishda hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
Sug'orma   dehqonchilik   hududlarida   yerlarning   hosildorligi   landshaftlarning   barqarorligi
bilan   chambarchas   bogiiq.   Tog'   etakla-ridagi   landshaftlar  barqarorligi   bilan   ajralib  turadi.  Mazkur
joylarda   yer   osti   suvlari   ancha   chuqurda   joylashgan,   shuning   uchun   bu   yerlarda   sho'rlanish
hodisalari kuzatilmaydi. Qiya joylarda esa noto'g'ri su g'orish natijasida jarlar rivojlariishi mumkin.
Tekislikda,   ya'ni   cho'llarda   joylashgan   yaylovlarda   landshaftlar   barqarorligi   past   darajada
bo'ladi.   Shuning   uchun   ushbu   hududlarda   landshaftlar   barqarorligi   chorvani   noto'g'ri   boqish,
mavjud   o'simliklarni   kesish   va   qirqish,   payhon   qilish   va   texnik   eroziya   tufayli   keskin   pasayib
ketishi   mumkin.   Buning   natijasida   chorva   mollari   yemaydigan   o'simlik   turlari   o'sib   chiqadi   va
ko'payadi.   Masalan,   qumli   yaylovlarda   isiriq,   selen,   quyonsuyak,   juzg'un,   taqirli   yaylovlarda
yulg'un, sho'ra, oqbosh, qo'shbarg va boshqalar tarqalishi mumkin.
Yaylovlarning   barqarorligini   ta'minlash   uchun   chorva   mollarini   boqishni   to'g'ri   tashkil   qilish,
yaylovlarga "dam berish", o'simliklarni qirqishni to'xtatish, avtomobillarning harakatini ma'lum bir
yo'na-lishda amalga oshirish lozim.
Tuproq,   suv,   havo   o'z-o'zini   tozalash   qobiliyatiga   ega.   Tog'lardagi   tuproq   va   suvning   o'z-o'zini
tozalash xususiyati yuqori, ammo bu xususiyat tekisliklarda kam. Shamol va yog'inlar ta'sirida havo
doimo o'z-o'zidan tozalanib turadi.
Tabiat kоmplеkslarining insоn tоmоnidan ozgartirilishi
Tashqi   omillar   ta'sirida   yoki   rivojlanish   mobaynida   landshaftlar ning   yangi   xossalarga   ega
bo'lishi yoki awalgi xossalarini yo'qotishiga  landshaftlarning o'zgarishi  deb ataladi.
Inson   xo'jalik   faoliyati   tabiatning   rivojlanishiga   ta'sir   etuvchi   eng   muhim   omildir.   Inson
o'zining mehnati va ongi yordamida atrofini qurshab olgan tabiatga faqat moslashibgina qolmasdan,
balki   uni   o'zgartiradi.   Tabiatning   barcha   tarkibiy   qismlari   o'zaro   bog'liq   bo'lib,   ulardan   birining
o'zgarishi boshqalarining holatida ham aks etadi, shu sababli, inson tabiat komplekslarini o'zgartirar
ekan, uning oqibatlari qanday bo'lishini ham bashorat qila bilishi lozim.
Yirik   suv   omborlari   qurilganda   landshaftda   kompleks   o'zgarishlar   sodir   bo'ladi:   yer   osti
suvlari sathi ko'tariladi, namlikning o'zgarishi natijasida botqoqliklar vujudga keladi, iqlim, tuproq
va   o'simlik   qop-lami   o'zgaradi.   Yirik   suv   omborlarining   landshaftlarga   salbiy   ta'sirini   o'rganish natijasida  shu narsa ma'lum bo'ldiki, bitta  yirik suv ombori qurgandan ko'ra o'zaro bir-biriga ta'sir
etuvchi kichikroq suv omborlari tizimini qurish ancha qulay ekan.
Hozirgi   paytda   sayyoramizda   antropogen   landshaftlar   keng   tarqalgan.   Ular   madaniy   va
buzilgan  landshaftlarga bo'linadi.
Madaniy   landshaft   insonning   xo'jalik   faoliyati   ta'sirida   ongli   ravishda   o'zgartiriladi   va   u   inson
ehtiyojlari uchun foydalanishga qulay holatda saqlab turiladi. Madaniy landshaftlarga bog'lar, ekin
dalalari, shaharlar, suv omborlari, dam olish zonalari va boshqalar kiradi 
Buzilgan   landshaftlar   insonning   tabiatga   nooqilona   ta'siri   natijasida   vujudga   keladi.   Ekin
dalalaridagi   jarlar,   suv   omborlari   yonidagi   bot-qoqlar,   mineral   resurslarni   qazib   olish   va   qayta
ishlash hududlarida-gi surilmalar, o'pirilishlar va tashlamalar uyumini buzilgan land shaftlar qatoriga
kiritish   mumkin.   Ularni   qayta   tiklash   ishlariga   juda   katta   mablag'   talab   qilinadi.   Hozirgi   paytda
mazkur   landshaftlar   qayta   tiklanib,   ulardan   xo'jalik   maqsadlarida   foydalanilmoqda.   Masalan,
AQSHda   bunday   joylar   yaylovlarga   aylantirilgan,   Ukrainada   qishloq   xo'jaligi,   Germaniyada
rekreatsiya maqsadlarida foydalaniladi.
Landshaftlar o'zgarish darajasiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi:
Kuchsiz   o'zgargan   landshaftlar.   Mazkur   landshaftlarda   ayrim   komponentlargina   o'zgaradi.
Masalan,   cho'llarda   o'simliklar   va   hay-vonlarning   ayrim   turlari   o'zgarishi   mumkin.   Ammo
komponentlar orasidagi bog'liqlik buzilmagan bo'ladi.
O'rtacha o'zgargan landshaftlar.  Bunda komponentlar orasidagi o'zaro bog'liqlik va uyg'unlik
buziladi. O'simlik, tuproq, relyef va hayvonot dunyosi o'zgaradi. Yaylovlar yaroqsiz holga keladi va
begona o'tlar katta maydonni egallaydi.
Kuchli   o'zgargan   landshaftlar.   Bunda   barcha   tabiat   komponentla-rining   yangi   sharoitga
moslashgan   aloqalarining   vujudga   kelislii   ro'y   beradi.   Oqibatda,   taqir   va   taqirli   tuproqlarda,
botiqlarda   sho'rxoklar   yoki   botqoqlar   taqirli   tuproqlarning   cho'l   qum   tuproqlariga   aylanishi
kuzatiladi. Yaylovlarda hosildorligi kam, ikkilamchi o'simliklar keng tarqaladi.
Juda   kuchli   o'zgargan   landshaftlar.   Bunda   litologik   asosdan   tashqari   barcha   komponentlar
(tuproq,   o'simlik,   mikroiqlim,   yer   osti   va   usti   suvlari,   hayvonot   dunyosi)   kuchli   va   juda   kuchli
o'zgarishga uchraydi. Masalan, botqoq tuproq o'tloq-taqir, ba'zi joylarda esa sho'rxokka, o'tloq-taqir
tuproqlar taqir tuproqqa aylanib ketadi.
 
           13 MAVZU TABIIY-GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH  PRINSIPLARI 
REJA:
1. Tabiiy geografik rayonlashtirish prinsiplari
2. Tekislik tog‘lar tabiatini rayonlashtirish
3. Tabiiy geografik rayonlashtirish metodlari
Tabiiy-geografik   rayonlashtirishda,   prinsiplar     masalasi   alohida   o‘rin   tutadi.   SHu   sababli,
ma’lum   hududni   o‘rganishda   talabalar   kompleks   tabiiy-geografik   rayonlashtirishlarda
foydalaniladigan prinsiplarning mazmunini tushunishlari va o‘rganishlari lozim bo‘ladi.  Bu masala
atoqli   sovet   geograflaridan   N.A.Gvozdetskiy,   N.I.Mixaylov,   A.G.Isachenko,   F.N.Milkov   va
V.I.Prokaevlarning asarlarida keng yoritilgan.
Mavzuni   o‘rganishda   talabalar   kompleks   rayonlashtirishda   foydalaniladigan     turlicha
prinsiplarning   mazmunini   tushunib,     ma’lum   prinsiplarga   asoslangan   hududlarning   konkret
rayonlashtirish   sxemalarini   bilib   oladilar.   Ko‘pgina   mualliflar   o‘z   tekshirishlarida   qo‘yidagi
prinsiplarga asoslanadilar:
1. Zonal prinsip 2. Provinsial prinsip
3. Zonal-provinsial prinsip
4. Genetik prinsip
5. Zonal-provinsial prinsip
6. Komplekslilik prinsip
Tabiiy-geografik   rayonlashtirishdagi   zonallik   prinsip   Erning   shakli,   uning   Quyoshga
nisbatan tutgan o‘rni tufayli vujudga kelgan turli issiqlik mintaqalarining tarqalishi bilan bog‘liqdir.
Geografik   zonallik   xususiyatlari   faqat     tekisliklargagina     xos   bo‘lib   qolmasdan,   tog‘larda
ham   shakllanadi   hamda   balandlik   zonalligi   strukturasi,   ularning   kenglik   zonasidagi   holati   hamda
orografiyasining tuzilishi murakkabligiga bog‘liq holatda o‘zgaradi.
Kenglik   va   balandlik   zonalliklari   turlicha   hodisalar   bo‘lib,   bir-birlariga   monand   emas.
Atoqli   olimlari A.A.Grigorev va M.I.Budikolar zonallikning shakllanishida   bosh faktor omil deb
quruqlikning radiatsion indeksi  yordamida ifodalash mumkin bo‘lgan issiqlik va namlik nisbatlari,
ya’ni   er   yuzasi   yillik   radiatsion   balansining   bug‘lanish   uchun   zarur   bo‘lgan   issiqlik   birliklari,
kaloriyalarini yillik yog‘inlarga munosabati shaklida ifodalashni nazarda tutadilar.
P r o v i n s i a l l i k prinsipi  muayyan hududning o‘ziga xos tabiiy-geografik xususiyatlari
bilan   bog‘liqdir.   Talabalar   er   yuzasining   murakkab   tuzilishi     omillar     ta’sirining   umumiy
qonuniyatlariga katta  ta’sir etishini bilishlari zarur. Er yuzasining murakkabligi  sababli,  uni o‘rab
turuvchi ideal  zonalarning yo‘qligini,  relef, quruqlik yuzasining okeanlarga nisbatan holati kabilar
regional   rayonlashtirishga   sabab     bo‘lishini     bilib   olishadi.     Masalan,   Zarafshon   vodiysi
rayonlashtirilganda, faqat bu vodiygagina xos bo‘lgan va boshqa joyda uchramaydigan xususiyatlar
hisobga olinadi.
L.S.Babushkin   va   N.A.Kogayning   O‘zbekiston   tabiiy-geografik   rayonlashtirishida
Zarafshon   vodiysining   rivojlanishi     tarixidagi   o‘ziga   xos   xususiyatlar   hisobga   olinib,   tabiiy-
geografik birliklarga ajratilgan.
G   e   n   e   t   i   k     prinsip   hududni   va   uning   alohida   tabiiy-geografik   komplekslarining   tarixiy
taraqqiyot   jarayoni   chuqur     o‘rganishga   asoslanadi.   Talabalar   tabiiy-geografik     rayonlashtirishda
geografik  qobiqning hozirgi  davr tabiiy  jarayonlari  bilan  bog‘liq  bo‘lgan,  faqat zonalli  bo‘lmagan
xususiyatlarigina   emas,   balki   ularning   paydo   bo‘lishi,   hududning   shakllanish   tarixi   va   regiondagi
jarayonlar rivojlanishini ham hisobga olish zarurligini tasavvur etishlari kerak.
N.A.Solnsev g e n e t i k  prinsip asoslanganda qo‘yidagilarga e’tibor berishni ta’kidlaydi:
1.   Har   bir   tabiiy-geografik   birlikning   dastlab   paydo   bo‘lishi   va   keyingi   alohida   ajralib
chiqishi.
2.   Paleogeografik   tarixning   umumiy   tasvirini   aniqlash   va   taraqqiyotdagi   muhim   berilish
davrlarini hisobga olish.
3. Hozirgi davr tabiiy sharoitlari avvalgi taraqqiyotning mahsuli ekanligini aniqlash.
Genetik   prinsip     tabiiy-geografik   rayonlashtirishda   XIX   asr   ikkinchi   yarmidan   ishlab
qo‘llanila   boshladi.   Bu   prinsipning   asoschilaridan   biri   P.F.Ruprext   o‘zining   1866   yilda   nashr
etilgan.  «Qora tuproqni geobotanik  tekshirishlar»  kitobida Rossiya qora tuproqli dashtlari  Orol va
Kaspiy bo‘yi  cho‘llaridan oldin hosil   bo‘lgan deb yozgan edi, keyinchalik  bu prinsip zoogeograf
M.P.Bogdanov, iqlimshunos F.P.Keppen, geograf V.P.Semenov-Tyanshanskiy asarlarida o‘z aksini
topdi.  Geograf olimlari V.P.Lichkov va N.A.Solnsev genetik prinsip g‘oyasini rivojlantirdi.
Z o n a l - p r o v i n s i a l – g e n e t i k   rayonlashtirishda zonal va azonal xususiyatlar
hisobga   olinib,   zonal-provinsial-genetik   prinsipida   taksonomik   birliklar   ajratiladi.   Bu     aralash
prinsipi  bo‘lib,  bunda tabiatning har bir xususiyati e’tiborga olinadi.
Talabalar  k o m p l e k s l i l i k  prinsipini landshaft komponentlaridagi, farqlarini solishtirib,
hududning   genezisi,   tabiiy-geografik   hududi   birliklarining   ajratish   sabablari   va   sharoitlari,
geografik muhitning hozirgi tuzilmalari va tabiiy-geografik jarayonlarga  bog‘liq bo‘lgan landshaft
zonalligi,   uzoqlik,   iqlimiy   belgilar,   balandlik   zonalligi,   azonal   geologik   va   unga   bog‘liq   bo‘lgan
geomorfologik   xususiyatlar hududning o‘zlashtirishi, kishilarning xo‘jalik faoliyati   ta’sirida sodir
bo‘luvchi o‘zgarishlarning barchasini hisobga olib rayonlashtirishni bilib oladilar. Talabalar   tabiiy-geografik   rayonlashtirishda   turli   taksonomik   rangdagi   birliklarini   ajratish
jarayonida  ham zonallik  ham azonallik  xususiyatlarini  o‘rganish asosiy vazifa  ekanligini  bilishlari
lozim.
Bu   mavzuni   o‘rganishda   talabalar   rayonlashtirishning   asosiy   metodlari   bilan   tanishadilar.
Hozirgi vaqtda rayonlashtirishning bir necha metodlari mavjud. Tabiiy-geografik rayonlashtirishda
ikki   yo‘l   –   «quyidan   yuqoriga»,   ya’ni   mayda   komplekslar   ajratilib,   keyin   yiriklarini   ajratish   va
«yuqoridan   pastga»   yoki   yirik   tabiiy-geografik   komplekslar   ichida   maydalarini   ajratish   keng
qo‘llaniladi.
Talabalar mavzu bilan tanishish davrida tabiiy-geografik rayonlashtirishning quyidagi asosiy
metodlarini bilib oladilar:
1) Tabiiy-geografik birliklari bosh omilga qarab ajratish metodi;
2) Solishtirma metod;
3) Kompleks   belgilari   va   geografik   komponentlarning   o‘zaro   bog‘liqligi   va   ta’sirini
analiz qilib, taksonomik birliklarni ajratish metodi;
4) Landshaft-tipologik rayonlashtirish metodi.
Tabiiy-geografik   rayonlashtirishda   bosh   omilga   ajratishda   adabiyotlar,   kartografik
materiallar   va   dala   tekshirishlari   natijalari   hamda   landshaft   kartalari   (agar   bu   kartalar   mavjud
bo‘lsa),   geografik   komponentlar   bo‘yicha   o‘rganilib,   so‘ng   zarur   bo‘lgan   tip   va   rangdagi
komplekslar ajratiladi.
Bosh omilni hisobga olish metodi tabiiy-geografik komplekslarning shakllanishi taraqqiyoti
va xususiyatlarini to‘la aks ettira olmaydi, balki geomorfologik, iqlim va boshqa komponentlarning
belgilariga katta e’tibor beriladi.
Ko‘p   tadqiqotchilar   rayonlashtirishda   bosh   omilni   almashtirib   turishi   taklif   etadilar.
Masalan,   zonal   birliklarni   ajratishda   iqlim,   provinsial   birliklarni   ajratishda   esa   –   geologik-
geomorfologik xususiyatlaridan bosh omil sifatida foydalanishni taklif qiladilar.
Mayda   masshtabli   tabiiy-geografik   rayonlashtirishda   tarmoqlar   bo‘yicha   rayonlashtirilgan
hududiy   komplekslari   solishtiriladi;   bu     metod   tabiatda   ob’ektiv   mavjud   bo‘lgan   turli   tabiiy
geografik   regionlarning   chegaralarini   aniqlash   imkoniyatini   beradi.   Dala   tekshirishlari   va   xonada
ishlash   davrida   tabiiy-geografik   birliklarni   ajratishda   ularning   kompleks   belgilariga   qarab,   yoki
komponentlarning   o‘zaro   bog‘liqligi   va   ta’siri   asosida   ajratish,   rayonlashtirishning   asosiy
metodlaridan   biri   hisoblanib,     bunda   barcha   komponentlarning   shakllanishidagi   ishtirokiga   katta
e’tibor beriladi. SHu bilan birga, bu chuqur  dala qidirishlari natijalariga asoslangan bo‘lib, olingan
ma’lumotlarning sifat va miqdor ko‘rsatkichlariga tayanadi. 
Bu metoddan  foydalanishda  kishilarning  xo‘jalik  faoliyatining  tabiatga  ta’siri  ham  hisobga
olinadi.
Mavzuni o‘rganish jaryoniida talabalar tabiiy-geografik rayonlashtirishning yana bir metodi
– landshaft – tipologik metod bilan ham tanishadilar.
Yirik   masshtabli   landshaft   –   tipologik   kartalari   bevosita   dalada   tuziladi;   ularga   nisbatan
maydaroq   masshtabdagi   kartalar   geografik   komponentlarning   analizi   asosida,   tarmoq   tipologik
kartalar   (geologik,   geomorfologik,   iqlim,   tuproq,   o‘simlik   va   h.k.)   yordamida   vujudga   keltiriladi.
Bunda   hududdagi     regional   (individual)   komplekslar   birikmasi   aniqlanadi.     Ana   shu   hukmron
komplekslar   birikmasining   o‘xshashlari   (analoglari)   boshqa   hududda   uchraydi.   Masalan,   tog‘
dashtlari landshaftlari Kavkaz tog‘larida ham, Tyan-SHan tog‘ tizimida ham mavjuddir.
Talabalar   komplekslarni   aniqlash   va   ajratishning   muhim   usullaridan   biri   bo‘lgan
aerofotos’yomka   va  kosmik  fotolar  tahliliga     katta   e’tibor   berish  zarurligini   bilishlari  kerak.   Ayni
vaqtda   qaysi   hollarda   aerofotos’emka,   qaysi   vaqtlarda   kosmik   s’emkadan   foydalanish   zarurligini
aniq tasavvur etishlari kerak.
Ilgari   aerofotos’emkadan   faqat   yirik   masshtabli   rayonlashtirishlardagina   foydalanish
mumkin,   deb   hisoblar   edilar.   Tajribalar   esa   undan   o‘rta   masshtabli   rayonlashtirishlarda   ham
foydalanish   mumkinligini   ko‘rsatadi.   Aeros’emkalar   marshrut   kuzatishlari   paytida   aniqlash   qiyin
bo‘lgan   komplekslarning   chegaralarini   aniq   ko‘rsatishga,   komplekslarning   miqdoriy   xususiyatlari, tektonik   tuzilmasi,   relefi,   o‘simliklari   va   suv   ob’ektlarini   aniq   ko‘rsatishga   imkon   beradi.
Aerofotos’emkadan   gravitatsion   jarayonlar,   oqim,   qor   ko‘chkilari,   o‘pirilma,   sel   kabi   salbiy
jarayonlarning yo‘nalishlari aniqroq ko‘rish mumkin.
Ma’lum   vaqtlar   oralig‘idagi   olingan   aerofotos’emkalarni   qiyosiy   analiz   qilish
geokompleksda,     tabiiy   jarayonlar   bilan   kishilarning   xo‘jalik   faoliyatlari   ta’sirida   bo‘layotgan
o‘zgarishlarni ko‘rsatuvchi muhim manba hisoblanadi.
Talabalar   tabiiy-geografik   rayonlashtirishda   kosmik   suratlardan   foydalanish   haqida
tasavvurga ega bo‘lishlari kerak, chunki tabiiy-geografik komplekslarni,  ularning yirik hududlarda
planetlar   masshtabda   shakllanishi   qonuniyatlarini   chuqurroq   tushunishda   kosmik   fotos’emkalar
muhim   rol   o‘ynamoqda.   Ular   yordamida   yirik   maydonlarni,   turli   masshtabdagi   (1:100000,
1:50000000), turli rangdagi birliklarni ajratish mumkin.
Turli   davrlarda   olingan   kosmik   s’emkalarni   taqqoslash   asosida   tabiiy   jarayonlarning
intensivligi,   tarqalishi   va   takrorlanish   ritmi   (sutkalik,   mavsumiy,   yillik),   shuningdek,   halokatli
hodisalarni   aniqlash,   hamda   yirik   hududlardan   tabiiy   hodisalar   o‘rtasidagi   sabab   oqibatlarni
ta’riflash imkonini beradi.
Hozirgi davrda tabiiy-geografik komplekslarni, ularning moddiy tarkibi, miqdoriy farqlarini
chuqurroq o‘rganish, komplekslar shakllanishida jarayon va qonuniyatlarni aniqlashga katta e’tibor
berilmoqda.
SHu sababli geoximik, geofizik va matematik metodlardan foydalanish muhimdir. Talabalar
bu usullar vositasida tabiiy-geografik rayonlashtirishda qanday masalalarni hal qilish, kompleksning
qanday xususiyatlari va qonuniyatlarini aniqlashga yordam berishini aniq tasavvur etishlari kerak.
G e o f i z i k metod – komplekslarning fizik mohiyatini, uning strukturasi, asosan, vertikal
aloqalarini   tushunishga   xizmat   qiladi.   Hozircha   bu   metod   asosan   iqlimiy,   qisman   gidrologik
jarayonlarni aniqlashda qo‘llanilmoqda. Ammo er usti va yer ostidagi jarayonlarni   tushunish, turli
komplekslarga   tushuvchi   yer   ichki   energiyasining   miqdori,   yer   qobig‘ining   harakati,   magnitli   va
gravitatsion   jarayonlar   dinamikasi   kabilarni   bilish,  umuman  er  qobig‘i  fizikasini,  uning  er  sharida
o‘zgarishi va turli taksonomik  rangdagi tabiiy-geografik  komplekslarga  ta’sirini aniqlashga  imkon
beradi.
Geoximik   metod – kompleks qidirishlar, asosan, landshaft qidirishlarida keng qo‘llaniladi.
Talabalar   har   bir   tabiiy-geografik   kompleks   ximiyaviy   elementlardan   tuzilganligini,   ularning
moddalar sostavida bo‘lishini aniq tasavvur etishlari kerak. Komplekslar tarkibida 90 gacha element
to‘planib,   shulardan   14   tasi   uglerod,   azot,   kislorod,   fosfor,   natriy,   kaliy,   magniy,   alyuminiy,
vodorod, oltingugurt,  xlor, kalsiy, temir, kremniy asosiylaridan hisoblanadi.
Komplekslarda bir tarafdan elementlar to‘planishi, ikkinchi tarafdan chiqib ketishi yuz eradi,
ya’ni bir komponentlardan ikkinchilariga doimo elementlar migratsiyasi sodir bo‘ladi. SHu sababli,
turli   taksonomik   rangdagi   birliklarda   ximiyaviy   elementlarning   to‘planishi   va   chiqib   ketishi
qonuniyatlarini,   komplekslar   ximiyaviy   moddiy   takiblarini   aniqlash   muhim   ahamiyatga   egadir.
Geoximik metod vositasida komplekslar o‘rtasidagi gorizontal aloqalarni aniqlash mumkin.
Talabalar   tabiiy-geografik   rayonlashtirishda   paleo-geografik   metod   ahamiyatiga   e’tibor
berishlari   kerak.   Tabbiiy-geografik   kompleksdagi   o‘zgarishlar,   ularning   tuzilmaklarini   qayta
joylashishi,   xususan  taraqqiyotidagi   prognoz  berishda  paleo-geografik  metodning  ahamiyati  katta.
Bu   metod   –   bir   necha   metodlarni   o‘z   ichiga   olib,     ulardan   quyidagilari   hozirgi   davrda   keng
qo‘llanilmoqda:
A) CHanglarni tahlil qilish metodi  – turli davr yotqiziqlaridan olingan changlarni tahlil
qilish asosida, o‘sha davr iqlimi, yotqiziqlarning to‘planish xarakteri, relefning shakllanishi kabilar
haqida xulosa chiqariladi.
B) Radiouglerod metodi  – yordamida g‘ovak jinslar va tuproqning yoshi belgilanadi.
G‘ovak   jinslarning   absolyut   yoshi   bo‘yicha   barcha   komplekslarning   yoshini   aniqlab
bo‘lmasa-da   hozirgi   komplekslar   qaysi   davrdan   shakllana   boshlanganligi   haqida   xulosa   chiqarish
mumkin.
Tuproqning absolyut yoshini aniqlash muhim ahamiyatga ega, chunki u tirik organizmlar –
mikroorganizmlar,  o‘simliklar,   hayvonlar   paydo  bo‘lishidan   boshlab  shaklana   boshlaydi.  Qadimgi tuproqlar   qoldiqlarining   absolyut     yoshini   aniqlash,   kompleks   shakllanishdagi   YAngi   davrning
boshlanishini,   vaqt   mobaynida   tabiiy-sharoitlar   o‘zgarishi,   tabiiy   jarayonlar   yo‘nalishi   kabilarni
aniqlashga  imkon beradi.
Talabalar   tabiiy-geografik   rayonlashtirish   metodlarini,   qidirishning   barcha   etaplarida
foydalanish   mumkinligini,   aniq   tasavvur   etishlari   zarur.   SHuningdek,   tabiiy-geografik
rayonlashtirishda matematik metod  keng joriy etilmoqda.
Talabalar   tabiiy-geografik   rayonlashtirishda,   tabiiy-geografik   komplekslarni   o‘rganishda
matematik  metod nima uchun kerakligi bilan ham qiziqadilar.
V) Matematik  metodlar   orasida  tabiiy-geografik  rayonlashtirishda   matematik  statistika
keng  qo‘llaniladi, bu metod kompleksdagi alohida  komponentlar o‘rtasidagi aloqalarni aniqlashda
ham foydalaniladi.
Bulardan   tashqari,   tabiiy-geografik   rayonlashtirish   jarayonida   kompleksning   har   xil
belgilariga   qarab   klassifikatsiyasini   tuzishda   elektron-hisoblash   mashinalaridan   (EHM)
foydalanishdan ham xabardor bo‘lishlari kerak.
14   MAVZU  TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH  TAKSONOMIK BIRLIKLAR
SISTEMASI
REJA:
1. Tabiiy geografik birliklar
2. Tabiiy geografik taksonomik birliklarga ajratishning muhimligi
3. Tabiiy geografik chegaralarni aniqlash
Tabiatda   mavjud   bo‘lgan   turli-tuman   komplekslar   borligi   haqida   yuqorida     aytilgan   edi.
Anna   shu   komplekslarni   tizimlashtirmasdan   o‘rganish   qiyinligi   to‘g‘risida   talaba   tasavvurga   ega
bo‘lishi kerak.
Tabiiy-geografik   rayonlashtirishda,   geografik   qobiqda   ob’ektiv   bor   bo‘lgan   tabiiy-
komplekslar   ma’lum   taksonomik   qatorlarga   joylashtiriladi.   Lekin   tabiiy-geografik
klassifikatsiyalashda umumiy qabul qilingan belgilar yo‘q. SHu sababli komplekslar tuzilishlarining
ayrim   belgilariga   va   komponentlarining   roliga   qarab   taksonomik   rangda   bo‘ladilar.   Ammo   bunda
miqdor   va   sifat   belgilari   hamda   ko‘rsatkichlari   juda   muhimdir.   Tabiiy-geografik   komplekslarni
taksonomik   qatorlarga   joylashtirishda   N.I.Mixaylov   (1977),   uch   asosiy   talabga   javob   berish
lozimligini ta’kidlaydi.
1. Asosiy tarqalishi bo‘shliqda geokomplekslarning qonunlarini aks ettirish;
2. Ajratilgan tabiiy-geografik birlik mantiqan qonuniy bo‘lishligi;
3. Har bir kompleksning taksonomik tizimidagi o‘rnini to‘g‘ri belgilash.
Tabiiy-geografik rayonlashtirishning taksonomik birliklar  tizimi  individual tabiiy-geografik
komplekslarning klassifikatsiyasi bo‘lib, bunda individual komplekslarning rang va tizimidagi o‘rni
aniqlanadi.
Ammo bu tizim avvalo tabiiy qonuniyatlarga asoslangan bo‘lishi kerak. Ehtimol, antropogen
komplekslarni tabiiy klassifikatsion birliklar ramkasida ajratish haqiqatga yaqinroq bo‘lar edi.
Tabiiy-geografik rayonlashtirishda hududiy birliklarning chegaralarini kartada  aniqlash juda
muhim   ishdir.   Talabalar   tabiatda   ob’ektiv   mavjud   bo‘lgan   regionlarning   tabiiy   chegaralarini
aniqlash va buni kartada belgilash murakkabligini yaxshi bilishlari kerak.
Tabiiy-geografik   rayonlashtirishning   tabiiy   chegarasi   deb,   bir-biridan   farq   qiluvchi   ikki
yonma-yon komplekslar  tuzilishining sifat jihatidan almashinish chizig‘iga aytiladi.
Bu   chiziq   hududning   ma’lum   qismida   bir   xildagi   jarayonlarning   harakati,   borishi   va
xossalari   bilan   xarakterlanadi.   Tabiiy-geografik   chegaralari   ikki,   uch   va   undan   ortiq   miqdordagi turli-tuman   geografik   hodisalar   va   komplekslar   elementlarining   uchrashgan   joydan   o‘tkaziladi.
Bunda tabiiy chegaralar mantiqan to‘g‘ri o‘tkazilishi zarur.
Talabalar   hududni   o‘rganish   jarayonida     tabiiy-geografik   chegaralarning   uch   xil   turi   bilan
uchrashishi mumkinligini  bilib olishlari kerak. Bular bo‘shliqda o‘tkazilgan, vaqtincha  o‘tkazilgan
va tabiiy-geografik komplekslarning komponentlari o‘rtasida o‘tkazilgan chegaralardir.
Bo‘shliqda o‘tkazilgan  chegaralar  uchastkalarda  alohida xodisalar, komponentlar  va tabiiy-
geografik komplekslarning chegaralaridir.
Vaqtincha   o‘tkazilgan   chegaralar   hodisa   va   komplekslarning   tarixiy   davrda   bir   sifatdan
ikkinchisiga   o‘tishini   belgilaydi.   Masalan:   to‘rtlamchi   davr   muzliklaridan   so‘ng   yotqiziqlarning
tarqatish   chegaralari,   yil   mavsumlarining   iqlimiy   ko‘rsatkichlarini   tasvir   etuvchi   chegaralar.   Bu
chegaralar paleogeografik, iqlim va shunga o‘xshash kartalarda o‘tkazilgan.
Tabiiy komplekslar komponentlari o‘tkazilgan chegaralarni tuproq, geomorfologik, geologik
kartalarda   aniqlaniladi.   Tabiatda   tabiiy-geografik   komplekslar   regionlar   ob’ektiv   mavjud
bo‘lganligi sababli chegaralar ham ob’ektivdir.
Tabiatda ob’ektiv mavjud bo‘lgan predmet va hodisalarning dialektik materializm prinsiplar
asosida tushunishga yordam berib, tabiiy-geografik chegaralar ham ob’ektivligini tan oladi.
Tabiiy chegaralarni o‘tkazish metodi hozirgacha to‘la ishlab chiqilmagan. Rayonlashtirishda
va   kartalashtirishda   chegaralarni   o‘tkazish   ancha   murakkab   jarayondir.   Bunda   hududning   yoshi,
komponentlar   bo‘yicha   o‘tkazilgan   chegaralarning   bir-biriga   to‘g‘ri   kelishi   hisobga   olinadi.   SHu
bilan   birga,   taksonomik   birliklar   ajratilayotganida   asosiy   sifat   miqdor   o‘zgarishlari   hamda
komponentlarining   rivojlanish   qonuniyatlariga   e’tibor   qilinadi.   CHegaralar     qaysi     metod   asosida
o‘tkazilganligini talabalar bilishi zarur.
CHegaralarning aniq yoki   shartli bo‘lishi hududiy komplekslarining qanday o‘rganilishiga
ham bog‘liq.
Kartalashtirishda   aniq   chegaralar   quyuq   qalin   chiziqlar,   shartli   chegaralar   esa   punktir
chiziqlar bilan belgilanadi.  CHunki, shartli chegaralarni o‘tkazishda asos bo‘luvchi chuqur va aniq
dalillar   kam     bo‘ladi.   SHartli   chegaralar   hududlar   chuqur   o‘rganilganda   keyin,     haqiqiy   chiziqlar
bilan   almashtiriladi.   Ayrim   hollarda   ba’zi   geografik   komponentlar   bo‘yicha   kartada   o‘tkazilgan
chegaralar  geografik  kompleslarning  chegaralariga  to‘g‘ri kelishi mumkin.  Bu faqat  ishga yordam
beradi, xolos.
Ko‘pincha tabiiy-geografik rayonlashtirishda daryolar chegara sifatida foydalaniladi, chunki
uning vodiysi o‘ziga xos chegaraga ega. Lekin bu tabiiy-geografik birlik chegarasi bo‘la olmaydi,
balki   mustaqil   tabiiy-geografik   kompleks   bo‘lishi   mumkin.   SHuning   uchun   tabiiy   hududi
birliklarning chegarasini aniqlashda ularning barcha xususiyatlarini hisobga olish lozim.
SHuni puxta bilish kerakki,  va tabiiy  chegaralar  doimiy  bo‘lmay, inson faoliyati  natijasida
o‘zgarishi   mumkin.   Bunday   tashkiliy   tabiiy-geografik   chegaralar   ketishda   katta   tabiiy-geografik
taksonomik   birliklarning   chegarasi,   maydalari   chegaralariga   to‘g‘ri   kelib   qoalid.   Masalan:   tabiiy-
geografik   rayon   chegarasi   provinsiyalar   chegarasiga   to‘g‘ri   kelib   qolishi   mumkin.   Bunda   har   bir
birlik   chegarasi   o‘z   chizig‘iga   ega   bo‘ladi.   L.N.Babushkin   va   N.A.Kogayning   O‘rta   Osiyoni
rayonlashtirishida (1964) bunday hollar ko‘plab uchraydi.
Kursni   o‘rganish   davrida   tabiiy-geografik   regionlar   (o‘lkalar,   oblastlar,   okrug   va   rayonlar)
tabiiy  jarayonlar va omillar  ta’siridagina  emas, balki insonlarning xo‘jalik  faoliyati  oqibatida  ham
o‘zgarishini   bilib   olish   mumkin.   SHunday   hollarda   tabiiyki,   chegaralar   ham   o‘zgaradi.   Bunday
o‘zgarishlar quyi rangdagi taksonomik birliklarda landshaft, rayon kabilarda aniqroq seziladi.
Regional   chegaralari   hech   vaqt   bir-birlari   bilan   kesishmasliklarini   aniq   o‘zlashtirib   olish
lozim.  CHunki,  tabiiy  geografik  rayonlar   individual   bo‘lib,  kartalashtirishda  ma’lum  chegaralarga
ega bo‘ladilar.
Turli taksonomik birliklar tizimlari sxemalarini o‘rganib, ularni solishtirish, mavzu bo‘yicha
olayotgan   bilimlarini   yanada   mustahkamlaydi.   Ko‘pgina   geograflarining   ishlarida   taksonomik
birliklar   qatorlari   hududning   tabiiy-geografik   xususiyatlarini   uzoq   yillar   davomida   o‘rganish
natijalari   asosida   vujudga   kelgan.   N.A.Gvozdetskiy,   A.E.Fedinaning   Kavkaz,   N.I.Mixaylovning
Sibir,   V.A.Nikolaevning   markaziy   Qozog‘iston,   L.N.Babushkin   va   N.A.Kogayni   O‘rta   Osiyodagi izlanishlar natijasidir.
Karta kompleks rayonlashtirishning asosiy tuzilgan hujjati bo‘lib hisoblanadi.  Ana shu karta
yordamida hududning tabiiy komplekslari va ularning chegaralari aniqlanadi. Kartaning sifati tabiiy
komplekslarning   qanchalik   chuqur   o‘rganilishi   darajasini   ko‘rsatgan.   Kartada   tabiiy   komplekslar
bilan birga inson ta’sirida o‘zgargan komplekslar o‘z aksini topadi, (masalan O‘rta Osiyo).
Kompleks   kartalar   umumiy   xususiyatlariga   ega   bo‘lgan   topologik,   analitik   va   sintetik
kartalar   tuzilishini   bilishlari   zarur.   Topologik   kartalar   ancha   oddiy   bo‘lib,   oq-qora   rangda   yoki
rangli   regionlar   konturiga   ega   bo‘ladi   hamda   taksonomik   belgilar   harf   va   raqamlar   indeksi
yordamida ko‘rsatiladi. CHegaralar ham turli qalinlik rangdagi chiziqlar bilan beligalanadi. Bu hol
tabiiy   komplekslarning   umumiy   bir   xillikka   ega   emasliklarini   ko‘rsatadi.   Bunday   kartalar   matnga
illyustratsiya bo‘lib xizmat qiladi. 
Rayonlashtirishning   analitik   kartalari   hududiy   birliklarning   faqat   joylashishini   ko‘rsatib
qolmay,   ularning   mazmunini   ham   ochib   beradi.   Bunda   turli   belgilar   yordamida   komplekslarning
barcha komponentlari ko‘rsatiladi.
Sintetik kartalarda  bir vaqtning o‘zida ham tabiiy  regionlarning bo‘shliqda joylashishi ham
ularning   mazmuni   aks   ettiriladi.   Lekin   bu   kartalarni   tuzish   metodlari   to‘la   ishlab   chiqilmaganligi
uchun   kartalashtirishda   ancha   qiyinchiliklar   bo‘ladi.   Bunday   kartalarga   N.A.Gvozdetskiy   va
A.E.Fedinaning   «Kavkazning   tabiiy-geografik   rayonlashtirilishi»   (1956),   «SHimoliy
Qozog‘istonning   rayonlashtirishi»   (SSSR   FA   nashriyoti,   1960)   va   L.N.Babushkin,
N.A.Kogaylarning O‘rta Osiyo va boshqalar misol bo‘la oladi.
Talabalar   mavzuni   o‘rganish   davrida   tabiiy-geografik   komplekslarni   kartada   tasvir   etishda
turli masshtablar uchun bir xil (legenda) shartli belgilar hali mavjud emasligini bilishlari zarur.
15  MAVZU  ORTA OSIYO VA O‘ZBEKISTONNING TABIIY GEOGRAFIK
RAYONLASHTIRILISHI   MASALALARI.
Reja:
1. O‘zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirilishi
2. Babushkin L. N., N. A. Kogayning O‘zbekistonni tabiiy geografik rayonlashtirishi .
Kompleks   tabiiy   geografik   rayondaashtirish   —   tabiiy   geografiyaning   eng   muhim   birinchi
darajali muammolaridan biri xisoblanadi. Tabiiy geografik rayonlashtirishning ilmiy jihatdan puxta
asoslangan principi, uslubi va taksonomik birligi (sxemasi) faqat ilmiy ahamiyatga  ega bo‘lishdan
tashqari   xalq   xo‘jaligining   turli   sohalari   uchun   ham   amaliy   ahamiyatga   egadir.   CHunki   tabiiy
boyliklardan   oqilona   foydalanish,   ularni   muhofaza   qilib,   o‘zgartirish,   xalq   xo‘jaligini   intensiv,
rivojlantirish,   xalq   xo‘jalik   tarmoqlarini   ixtisoslashtirish   eng   avvalo   hudud   tabiati   ichidagi
tafovutlarni   har   tomonlama   va   ilmiy   jihatdan   puxta   bilishni   taqozo   etadi.   Tabiiy   geografik
rayonlashtirish   bu   hududda   ma’lum   qonuniyat   asosida   joylashgan   va   tabiatda   ob’ektiv   mavjud
bo‘lgan, birbiridan tabiiy xususiyatlari jihatidan farqlanadigan har xil tabiiy hududiy kompleksldrni
aniqlashdir.
Tabiiy-geografik rayonlashtirishiing prinsipi bu tabiiy geografik bo‘linishning ob’ektiv holda
mavjudligiga  birlik prinsipi, komplekslik prinsipi, ob’ektivlik  prino‘ipi,  shgsbiy bir xillik  prinsipi,
genetik prinsipi va boshqa prinsiplari mavjud.
Ma’lum hududni tabiiy geografik jihatdan rayonlashtirishda tadqiqotchilar har xil uslublardan
foydalanishlari   mumkin.   Ularning   eng   muhimlari:   turli   xil   xaritalarni   bir-biriga   taqqoslash   uslubi
landshaft   va   tipologik   komplekslar   xaritalaridan   regional   birliklarni   aniqlash   uslubi;   xarakterli
landshaft   komplekslarining  ustunlik  uslubi;   kartografik   uslub;  tabiiy   geografik  birliklarni  bevosita
dalada (joyda) aniqlash uslubiy. Tabiiy   geografik   rayonlashtirishning   yana   bir   muxim   tononi   bu   rayonlashtirishning
taksonomik   birliklari   (chizmasi)dir.   SHu   vaqtgacha   O‘zbekiston   hududini   rayonlashtirishning
hamma qabul qilgan yagona taksonomik birligi yo‘q.
Vaholanki Turkiston, jumladan O‘zbekiston hududini tabiiy geografiq rayonlashtirish bilan L.
S. Berg (1913), S. I. .Abolan (1929), V. M. CHetirkin (1944); E. M. Murzaev (1953, 1958), P. S.
Makeev   (1956),   L.   N.   Babushkin,   N.   A.   Kogay   (1964)   shug‘ullanganlar   va   o‘z   taksonomik
birliklarini   tavsiya   etganlar.   Bular   ichida   L.   N.   Babushkin,   N.   A.   Kogaylarning   rayonlashtirish
tizimi   dikqatga   sazovordir.   CHunki   ularning   tabiiy   geografik   rayonlashtirish   tizimi   O‘zbekiston
hududini hamma qismini to‘ligicha qamrab olgan.
L.   N.   Babushkin,   N.   A.   Kogay   Turkistonning   bir   kismi   hisoblangan   O‘zbekiston   hududini
tabiiy   geografik   rayonlashtirishda   quyidagi   taksonomik   birliklar   tizimini   qo‘llaydi:   mamlakat
(o‘lka) -provinsiya - provinsiyacha - okrug - rayon-landshaft.
L. N. Babushkin, N. A. Kogay rayonlashtirish tizimiga ko‘ra O‘zbekiston hududining asosiy
qismi Turon provinsiyasiga kiradi. L. N. Babushkin, N. A. Kogay Turon provinsiyasini tekislik va
tog‘   oldi   -tog‘lik   deb   ikki   provinsiyachaga   ajratadi.   Tekislik   provinsiyachasiga   Ustyurgg,   Quyi
Amudaryo, Qizilqum va Quyi Zarafshon okruglarini; tog‘oldi - tog‘lik provinsiyachasiga esa O‘rta
Sirdaryo,   Farg‘ona,   O‘rta   Zarafshon,   Qashqadaryo   va   Surxondaryo   okruglarini   kiritadi.   Har   bir
okrug o‘z navbatida rayonlarga, rayonlar esa landshaftlarga bo‘linadi.
Biz O‘zbekiston hududini tabiiy geografik rayonlashtirishda uni o‘rta umumta’lim maktablar
dasturiga   yaqinlashtirish   va   talabalarga   qulaylik   tug‘dirish   maqsadida   quyidagi   rayonlashtirish
tizimini ko‘lladik: Provinsiya-provinsiyacha - okrug -rayon - landshaft.
Ma’lumki, O‘zbekiston hududining asosiy qismi Turon tabiiy geografik provinsiyasiga, faqat
Ustyurt platosi esa Markaziy Qozog‘iston provinsiyasiga kiradi. Demak, O‘zbekiston hududi Turon
provinsiyasining   bir  qismi   hisoblanib,   tabiiy   komplekslari  unsurlarining  farqi   uning  tekislik  qismi
bilan tog‘ oldi va tog‘larida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Binobarin, O‘zbekiston hududini tekislik va
tog‘  oldi   tog‘  deb  ikkita   provinsiyachaga   ajratish  maqsadga   muvofiq.   O‘zbekistonning  tekislik   va
tog‘ oldi tog‘lik qismlari landshaftning rivojlanishi va vujudga kelishi jihatidan ham, hozirgi tabiiy
geografik   xususiyatlara   jihatidan   ham   bir-biridan   farq   qiladi.   Tog‘larda   denudatsiya   va   eroziya
jarayoni   kuchli   va   ular   tog‘   oldiga   keli6   to‘planadi.   Tekislik   qismi   zsa   uzok   vaqt   dengiz   tagida
qolib, qalin mezokaynazoy cho‘kindi jinslari bilan qoplangan. Tog‘li qismi esa paleozoy jinslaridan
tarkib topgan bo‘lib, gersin va so‘nggi tektonik jarayonlar natijasida ko‘tarilib qolgan. O‘zbekiston
tekislik   qismining   iqlimi   qurg‘oqchil   bo‘lib,   yozi   juda   isib   ketsa,   tog‘   oldi   va   tog‘larda   harorat
nisbatan   bir   oz   salqin   bo‘lib,   yog‘in   ortib,   yuqoriga   ko‘tarilgan   sari   xarorat   pasayadi.   Tabiiy
geografik   rayonlashtirishning   hududining   tekislik   qismi   bilan   tog‘   oldi   tog‘   qismi   orasidagi
yuqorida   qayd   qilgan   tafovutlarni   xisobga   olib   uni   quyidagi   ikkita   provinsiyachaga   -   tekislik
provinsiyasiga   va   tog‘   oldi   tog‘   provinsiyasiga   bo‘lamiz.   Ular   orasidagi   chegarani   tog‘   oldi
allyuvial   tekisliklarning   quyi   qismi   yoki   och   bo‘z   tuproqning   quyi   chegarasi   orqali   o‘tkazish
ma’qul.
Har   bir   provinsiyacha   o‘z   navbatida   bir-birdan   geologik,   geomorfologik   xususiyatlari,
orografik   va   gipsometrik   sharoitlari   va   boshqa   tabiiy   unsurlari   jihatidan   farqlanuvchi   yirik   tabiiy
xududiy komplekslarga—okruglarga bo‘linadi.
O‘zbekiston  tekislik  provinsiyachasi Ustyurt, Quyi Amudaryo, Qizilkum  va Quyi Zarafshon
kabi   okruglariga;   tog‘   oldi   tog‘   provinsiyachasi   esa   Toshkent-Mirzacho‘l,   Farg‘ona,   O‘rta
Zarafshon,   Qashqadaryo,   Surxondaryo,   G‘arbiy   Tyanshan,   Turkiston-Nurota,   Hisor-Zarafshon   va
Bobotog‘ kabi okruglarga bo‘linadi. 
Okrug   o‘z   navbatida   geomorfologik   va   iqlimiy   xususiyatlari   jihatidan   bir-biridan   farq
qiladigan, o‘ziga xos tuproq va o‘simlik turlariga ega bo‘lgan kichik tabiiy hududiy komplekslarga,
rayonlarga   bo‘linadi.   Rayonlar   esa   o‘z   navbatida   yanada   kichik   tabiiy   xududiy   komplekslar   -
landshaftlarga   ajraladi.   Landshaftlarni   ajratishda   biz   asosan   relefning   genetik   xususiyatlariga   va
tuproq o‘simlik turlariga e’tibor qaratildi.
16 Mavzu Qishloq hojaligi va boshqa soha maqsadlarida tabiiy  geografik rayonlashtirish   REJA:
1. Tabiiy geografik rayonlashtirishning  maqsadi
2. Tabiiy geografik rayonlashtirishning vazifalari
3. Tarmoq va kompleks tabiiy geografik rayonlashtirish
Tabiiy-geografik rayonlashtirish, tabiiy geografiya fanining praktika bilan bog‘langan asosiy
ilmiy yo‘nalishlaridan biridir.
U   tabiatdagi   ob’ektiv   geografik   komplekslarni   ajratish,     kartaga   tushirish   va   baho     berish
bilan   shug‘ullanadi.     Hozirgi   davr   ilmiy-texnika   progressii   va   tabiiy   resurslardan   ratsional   va
oqilona   foydalanish   davrida   tabiiy-geografik   rayonlashtirishning   ahamiyati   kattadir.   Tabiiy-
geografik   rayonlashtirish   jarayonida     har   bir   territoriyaning   o‘ziga   xos   individual   xususiyatlari
aniqlanib, kartaga tushiriladi.
Talabalar   tabiiy-geografik   rayonlashtirish   kursini   o‘rganishda,     dialektik   materializm
metodlariga  tayanidilar,  bir kompleksning  ikkinchi  kompleksdan  farqini  va ularni  yuzaga  keltirish
sabablarini aniqlaydilar.
Kompleks tabiiy-geografik rayonlashtirish keng doiradagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:
A) Tabiatdagi individual komplekslarni aniqlash:
B) Ularning chegaralarini aniqlab, tabiiy-geografik kartalarni tuzish;
V) Komplekslar  tarkibini chuqur o‘rganish;
G) Strukturalarni o‘rganish, tizimlari aniqlash va tabiiy-geografik komplekslar modelllarini
tayyorlash;
D) Komplekslarni tashkil etgan komponentlar va ular o‘rtasidagi aloqalarini aniqlash;
J) Protsesslarning shakllanish faktorlari va differensiatsiyasini qidirish;
Z) Komplekslar klassifikatsiyasini tuzish;
I)   Tabiiy   protsesslar   va   kishilarning   xo‘jalik   faoliyati   ta’sirida   komplekslarda   bo‘ladigan
o‘zgarishlarni aniqlash va ularning kelgusidagi taraqqiyoti haqida prognoz berishdan iboratdir.
Tabiiy-geografik   rayonlashtirish   o‘z   mazmuniga   ko‘ra   xususiy   (masalan,   geomorfologik,
iqlimiy, geobotanik) va kompleks rayonlashtirishga bo‘linadi. Xususiy rayonlashtirishda ma’lum bir
komponent   chuqur   o‘rganilib,   analiz   qilinadi,   shu   asosda   kartasi     tuziladi   va   tabiiy-geografik
birliklarga ajratiladi.
Kompleks  tabiiy-geografik rayonlashtirish ma’lum  territoriyadagi  komponentlarning  o‘zaro
aloqalari   va   ta’sirlari   natijasida   vujudga   kelgan   geokomplekslarni   ajratish   va   klassifikatsiyasini
tuzishdir.   Tabiiy-geografik     rayonlashtirish   davrida   komplekslar   shakllanishidagi   qonuniyatlar
hamda ularning regional xususiyatlari aniqlaniladi.
Talabalar   tabiiy-geografik   rayonlashtirishning   o‘rganish   ob’ektini   yaxshi   bilishlari   kerak.
Tabiiy-geografik rayonlashtirish  geografik qobiqning yaxlitligi  va bo‘linishining  mahsuli  ekanligi,
ob’ektiv   mavjud   bo‘lgan   individual   hududiy   tabiiy-geografik   komplekslarni   aniqlash,   kartaga
tushirish,   ularning   tuzilishi     va   tizimini,   shakllanishi   protsessii   va   dinamikasini   o‘rganish   bilan
shug‘ullanadi.
Tabiiy-geografik   rayonlashtirish   doimo   amaliy   masalalar   bilan   bog‘liq.   Rayonlashtirish
rayon planirovkasi, qishloq xo‘jaligi maqsadlari va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari talabi bilan
ma’lum yo‘nalishda olib borilishi mumkin.
Tabiiy-geografik   rayonlashtirish   ma’lum   hududning   tabiatidagi   farqlarni   aniqlash   tufayli
tabiiy   resurslaridan   xo‘jalikda   ratsional   va   oqilona   foydalanish,   Ayni   tabiiy   jihatdan   noqulay
bo‘lgan xususiyatlarni bartaraf qilish choralarini belgilash imkonini beradi.
So‘nggi   yillarda   kompleks   tabiiy-geografik   rayonlashtirishga   nisbatan   loyihalovchi
tashkilotlar,   temir   yo’l   magistrallari,   gidrotexnik   inshootlari   va   meliorativ   ishlari   bilan
shug‘ullanuvchi   qo‘ruvchi   tashkilotlar   va   idoralarning   qiziqishi   ancha   ortdi.   Bundan   tashqari,
o‘lkamiz   rayonlarida   meditsina-profilaktika   tadbirlarini   o‘tkazishda,   topogeodezik-geologik   er
tuzilishi ishlari  bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga ham qo‘l kelmoqda.
Hozir   mamlakatimiz   hududi   tabiiy   boyliklaridan   ratsional   ravishda   foydalanish   va   ularni
muhofaza qilish va qayta o‘zgartirish vazifasi qo‘yilgan. Bu ishda har bir territoriyaning regional va individual   xususiyatlarini   aniqlash,   geokomplekslarning   farqlarini   o‘rganish   va   xususiy   hamda
kompleks   tabiiy   kartalar   yaratish   va   ulardan   xo‘jalikning   barcha   tarmoqlarida   keng   ko‘lamda
foydalanish mumkinligi tabiiy geografik rayonlashtirishning qimmatini oshiradi.
 17 Mavzu Landshaft tushunchasining shakllanish va munozarali tomonlari
Reja
1. Tabiiy geografiya va landshaftshunoslikning o’rganish predmeti.
2. Landshaft sferasining asosiy xususiyatlari.
3. Landshaft sferasining taraqqiyot bosqichlari.
4. Landshaft-regional birlik tushunchasi (A.G.Isachenko, S.V.Kalesnik fikrlari).  
5. Landshaft-tipologik birlik tushunchasi (N.Gvozdetskiy va boshqalar). 
6. Landshaft-umumiy tushuncha (F.N.Milkov fikri).
7. V.A.Nikolaevning landshaft haqidagi mulohazalari.
Tabiiy   geografiya   -   geografik   qobiqni,   uning   tarkibiy   tuzilishi,   rivojlanish   va   hududiy
bo’linish qonuniyatlarini o’rganadi. Geografik qobiq sayyoramizning moddiy tarkibi va tuzilishiga
ko’ra   murakkab   qismi   bo’lib,   troposferani,   litosferaning   ustki   qismini,   butun   gidrosfera   va
biosferani   o’z   ichiga   oladi.   Geografik   qobiq   bir   butun   sistema   bo’lib,   Yer   sharining   boshqa
qismlaridan   sifat   jihatidan   farq   qiladi.   Uning   bir   butunligi   alohida   tarkibiy   qismlari   o’rtasidagi
uzluksiz   modda   va   energiya   almashinib   turishida   namoyon   bo’ladi.   Geografik   qobiqninng   o’ziga
xos  xususiyatlaridan   biri   shundaki,   Yer  sharining  faqat  shu  qismida   moddalar   bir  vaqtning  o’zida
uch   xil   holatda   uchraydi.   Uning   yana   bir   xususiyati   shundan   iboratki,   aynan   geografik   qobiqda
Quyosh   energiyasining   yutilishi   va   transformasiyalanishi   natijasida   ko’p   qirrali   jarayonlar   sodir
bo’ladi. 
Tabiiy geografiyaning predmeti yoki tadqiqot obyekti to’g’risida quyidagi to’rtta tushunchani
ajratish mumkin: Tabiiy geografiyaning obyekti haqidagi birinchi eng keng tarqalgan tushuncha bu
«geografik qobiq» tushunchasidir. Bu tushunchani dastlabki namoyondasi P.I.Brounovdir (1910). U
bu   haqdagi   o’zining   dastlabki   fikrlarini   o’zining   tabiiy   geografiyada   tuzgan   dasturida   bildirgan.
Uning   fikricha,   tabiiy   geografiya   Yerning   qiyofasini,   ya’ni,   Yerning   turli   hodisalar   va   organik
hayotga makon bo’lgan tashqi qobig’ini  o’rganadi.  Bu qobiq o’zaro tutashgan va aloqada  bo’lgan
qobiqlardan   tashkil   topgan.   P.I.Brounov   bu   sferalarning   barshasi   bir-biri   bilan   ta’sirda   bo’lib,
Yerning qobig’ini tashkil qiladi va Yerdagi barsha hodisalarni keltirib chiqaradi. Bu o’zaro ta’sirni
o’rganish tabiiy geografiyani  eng asosiy vazifalaridan birini tashkil etadi deb yozgan. Keyinshalik
uning fikrlari A.A.Grigoryev tomonidan rivojlantirildi va geografik qobiq haqidagi ta’limot vujudga
keldi.   Geografik   qobiqning   mavjudligi   va   o’ziga   xos   xususiyatlari   bilan   tabiiy   geografiyaning
obyekti   ekanligini   ko’pchilik   geograflar   tomonidan   tan   olingan.   Ammo   uning   nomi,   chegaralari
haqida   hanuzgasha   munozaralar   davom   etmoqda.   Geografik   qobiq   haqidagi   ta’limotning   asochisi
hisoblangan A.A.Grigoryev o’zi ham uni turlicha nom bilan atagan. Masalan, 1930 yilda “geografik
muhit”, 1937 yilda “tabiiy geografik qobiq”, 1964 yilda esa “geografik qobiq” deb atagan.
Geografik qobiq haqidagi ta’limotning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan S.V.Kalesnik ham
dastlab   “geografik   qobiq”   tushunchasini   ishlatgan   bo’lsa,   keyinshalik   1955,   1970   yillarda   u
“landshaft qobig’i” atamasidan  foydalana  boshladi.  Yerning tashqi qobig’ini geografik adabiyotda
“landshaft   qobig’i”   (Yu.K.Yefremov,   1950,   V.B.Sochava,.   1956),   “landshaft   sferasi”
(Yu.K.Yefremov,   1959,   D.L.Armand,   1975),   “epi-geosfera”   (A.G.Isachenko,   1965,   1991),
“geosfera” (A.M.Ryabchikov, 1978) nomlari bilan uchraydi. Tabiiy   geografiyaning   o’rganish   obyekti   to’g’risidagi   uchinchi   tushuncha   bu   -   geografik
komplekslar   haqidagi   tushunchadir.   Tabiiy   geografiyaning   tadqiqot   obyekti   aynan   ana   shu   tabiiy
geografik   komplekslar   bo’lishi   kerakligini   A.G.Isachenko   (1953),   N.A.Solnsev   (1955),
L.E.Setunskaya   (1956),   K.K.Markov   (1970),   va   boshqalar   ta’kidlab   o’tgan.   Ammo   bunday   fikrni
birinchi   bo’lib   A.N.Krasnov   bildirgan   (1895).   Tabiiy   geografiyaning   tadqiqot   obyekti   haqidagi
uchinchi   tushuncha   bu   -   “tabiiy   muhit”   yoki   “geografik   muhit”   tushunchasidir.   Bu   tushuncha
ommabop   adabiyotlarda,   ba’zi   tabiiy   va   ijtimoiy   fanlarda   keng   ishlatiladi.   Geografik   muhit   bilan
geografik qobiq atamalarining  izohlarida o’xshashliklar mavjud. Shuning uchun ham K.K.Markov
(1951),   I.I.Zabelin   (1952),   I.P.Gerasimov   (1956)   va   boshqalar   “geografik   muhit”   atamalaridan
foydalanganda albatta inson faoliyatini va uning ta’sirini ko’zda tutganlar. N.A. Gvozdetskiy (1979)
esa   tabiiy   geografiya   geografik   ishlab   chiqarish   texnika   taraqqiyotining   hozirgi   bosqichida
geografik   muhitning   chegaralari   geografik   qobiqning   chegaralariga   mos   kelib   qoldi   va   shuning
uchun   tabiiy   geografiyaning   tadqiqot   obyekti   bittadir,   u   ham   bo’lsa   “geografik   muhitdir”   deb
yozadi.
Tabiiy   geografiyaning   tadqiqot   obyekti   haqidagi   to’rtinchi   tushuncha   geotizimlar
tushunchasidir.   Tabiiy   geografiyaga   birinchi   bo’lib   “geotizim”   tushunchasini   kiritgan   olim
V.B.Sochava   (1963)   hisoblanadi.   V.B.Sochavaning   fikricha   geotizimlar   haqidagi   ta’limot   tabiiy
geografiya fanining “o’zagi” hisoblanadi. A.G. Isachenko ham tabiiy geografiyaning obyekti bo’lib
geotizimlar hisoblanadi va bu tabiiy geografiyaning eng qisqa ta’rifidir degan fikrni bildiradi.
Geografik qobiqning tuzilishi jihatidan eng murakkab bo’lgan qismi bu, litosfera, gidrosfera
va biosferalarning bevosita tutashib va o’zaro ta’sir etib turadigan  qismidir, ya’ni quruqlik yuzasi,
dunyo okeani yuza qatlami va okean tubi. Geografik qobiq qismlarining aynan shu tutashib turgan
joylarida   yirik   organizmlarning   eng   ko’p   to’planganligi   kuzatiladi.   Geografik   qobiqning   yuqorida
ta’kidlangan uchta tarkibiy qismining o’ziga xosligi xilma-xil geografik komponentlar yig’indisida
namoyon bo’ladigan murakkab hududiy differensiatsiyalanishidir.
Tabiiy   geografik   komponentlar   deganda   biz   -   1)   qattiq   yer   po’sti   massasi,   2)   gidrosfera
massasi,   3)   havo   massalari,   4)   biota   -   organizmlar   yig’indisi,   5)   tuproqni   tushunamiz.   Bundan
tashqari   relyef   va   iqlim   ham   alohida   geografik   komponent   deb   qaraladi.   Geografik   qobiqning
rivojlanish   jarayonida   uning   komponentlari   quruqlik   yuzasida   okean   va   dengizlarda   ular   ostida
qonuniy va hududiy chegaralangan geokomplekslarni hosil qiladi. 
Geosistemalarni   ajratishda   ularning   o’zi   ham   oddiy   va   murakkab   birliklardan   tashkil
topishini   hisobga   olish   kerak.   Geosistemalar   uchta   asosiy   darajaga   bo’lib   o’rganiladi,   ya’ni,
1.Global; 2.Regional; 3.Kichik (lokal).
Global darajadagi geosistemaga Yer yuzasida faqatgina geografik qobiq kiradi. 
Regional geosistemalarga geografik qobiqning tuzilishi jihatidan murakkab qismlari bo’lgan
landshaft   zonalari,   spektrlar,   o’lkalar,   provinsiyalar   kiradi.   Kichik   yoki   mahalliy   geosistemalarga
regional geosistemalarni hosil qiluvchi, nisbatan oddiy geosistemalar urochisha, fatsiya, joy tipi va
boshqalar kiradi.
Regional   va   mahalliy   geosistemalar   yoki   tabiiy   hududiy   komplekslar   landshaft
tadqiqotlarining   obyekti   hisoblanadi.   Shunday   qilib,   landshaftshunoslik   fani   geokomplekslarni,
ularning   tuzilishi,   rivojlanishi   va   joylashishini   o’rganadi.   Boshqasha   qilib   aytganda,
landshaftshunoslik   tabiiy   geografiyaning   ajralmas   qismi   bo’lib,   geografik   qobiqning   hududiy
bo’laklanishini o’rganish bilan shug’ullanadi. 
Rus   olimi   Yu.X.Yefremov   geografik   qobiq   tushunchasini   landshaft   qobig’i   tushunchasiga
almashtirishni   taklif   etgan   bo’lib,   geografiya   fani   obyekti   geografik   qobiq   bo’ladigan   bo’lsa,   bu
hamma narsani mohiyatini ochib bera olmaydi deb ta’kidlaydi. Ammo uning bu fikri tan olinmaydi.
Chunki   landshaft   qobig’i   tabiiy   geografiyadan   fan   predmetini   aniqlashda   geografik   qobiqqa
nisbatan qo’shimcha ma’lumotlarni talab etadi. Shunday bo’lsada, geografik qobiq ichida landshaft
sferasi   ajratiladi.   Bu   sfera   atmosfera,   litosfera,   gidrosferalarning   bevosita   to’qnashishi   va   o’zaro
ta’sirida   vujudga   keladi.   Landshaft   sferasida   yirik   organizmlarning   99%   i   joylashgan.   Shuning
uchun ham u yer geografik qobiqning  biologik fokusi  deb ataladi.  Landshaft   sferasi,   bu   quruqlik   va   okeanlarni   qamrab   olgan   landshaft   komplekslari
yig’indisida   landshaft   sferasi   tarkibiga   nurash   po’sti,   tuproq,   o’simlik,   hayvonot   dunyosi   va
havoning yer yuziga tegib turgan qismi kiradi. 
Yerning  geografik  qobig’i  va  uning  tarkibiga   kiruvchi  landshaft  sferasi  uzluksiz  rivojlanishda
bo’ladi.   Bu   rivojlanishning   asosiy   sababi   geografik   qobiq   komponentlari   orasidagi   modda   va
energiya almashinuvidir. 
Geografik   qobiq   va   landshaft   sferasi   taraqqiyotida   asosan   uchta   bosqich   ajratiladi:   1.
Abiogen 2. Biogen 3. Antropogen. 
Abiogen  - bu davr yer tarixining paleozoyga с ha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi va geografik
qobiq   hamda   landshaft   sferasi   shakllana   boshlaydi.   Geografik   qobiq   ayrim   komponentlarining
tarkibi va balandlik chegaralari hozirgidan keskin farq qilgan. Arxey va proterozoy eralarida dengiz
suvlarining   sho’rligi   kam   miqdorda   bo’lgan.   Atmosfera   SO 2
  ga   nisbatan   O 2
  kamligi   bilan
xarakterlangan,   cho’kindi   jinslar   qalinligi   unsha   katta   bo’lmagan   hayot   juda   oddiy   tarzda   arxey
erasida   mavjud   bo’lgan   bo’lsada,   uning   geografik   qobiqning   landshaft   sferasiga   bo’lgan   ta’siri
sezilarli darajada bo’lmagan, shuning uchun ham biz bu davrni haqli ravishda biogengacha bo’lgan
davr   deb   ataymiz.   Hatto   abiogen   davrining   oxirida   quruqlikda   faqatgina   bakteriya   va   suv
o’simliklari   yashagan.   Shuning   uchun   ham   bu   vaqtda   landshaft   zonalligi   bo’lmagan,   chunki   bu
davrda tuproq ham shakllanmagan edi. 
Biogen   -   bu   bosqich   paleozoy,   mezozoy   eralarini   hamda   kaynazoy   erasining   paleogen   va
neogen   davrlarini   o’z   ichiga   oladi.   Dengiz   va   quruqlikda   o’simlik   va   hayvonlar   keng   tarqaladi,
ularning tarkibi va tuzilishi vaqt o’tishi bilan murakkablashib boradi. Paleozoy boshlaridan biologik
komponentlar   geografik   qobiq   tarkibi   va   tuzilishiga   kuchli   ta’sir   ko’rsata   boshlaydi.   Tirik
organizmlarning mavjudligi sababli atmosferada kislorodning miqdori ortadi, cho’kindi jinslarning
to’planish jarayoni tezlashadi va landshaftning eng muhim bo’lgan komponenti bo’lgan tuproq hosil
bo’ladi.  Bu esa landshaft sferasida zonallikni hosil qiladi va paleozoy, mezozoy eralarida bir necha
bor o’zgaradi. 
Atropogen   -   bu   bosqich   kaynazoy   erasining   to’rtlamchi   davriga   to’g’ri   keladi.   Bu   davr
yerning geografik qobig’i insonning yashash makoniga, uning xo’jalik yuritish arenasiga aylanadi.
Bu   qisqa   davr   ichida   geografik   qobiq   inson   faoliyati   bilan   bog’liq   bo’lgan   o’zgarishlar   landshaft
sferasining tuzilishi va tarkibiga katta ta’sir ko’rsatdi. 
Landshaftshunoslikka  oid  dastlabki   fikrlar  rus  olimi  V.V.Dokuchayev   (1846-1903) va  uning
ilmiy   maktabiga   mansub   bo’lgan   tabiatshunos   olimlarning   izlanishlariga   borib   taqaladi.
Tuproqshunos   va   geograf   olim,   geografik   zonallik   qonuniyatini   birinchi   bor   ilmiy   asoslab   bergan
V.V.Dokuchayev o’zining 1883 yilda nashrdan chiqqan «Russkiy chernozem» (Rus qora tuprog’i)
nomli   asarida   yangi   tabiiy   jism,   ya’ni   tuproqni   kashf   qildi.   Uning   bu   kashfiyoti   yangi   fanning,
tuproqshunoslik fanining tug’ilishiga sabab bo’ldi. V.V.Dokuchayevning ta’kidlashicha, tabiatda bir
jism,   kuch   yoki   hodisa   ikkinchisi   bilan   doimo   murakkab   aloqada   bo’ladi   va   bu   aloqadorlik   vaqt
o’itishi   bilan   o’zgarib   turishi   mumkin.   U   tabiatni   bir   butun   deb,   qaysiki   uning   ayrim   qismlari
doimiy  o’zaro  ta’sirda   va rivojlanishda  deb  qaraydi.  Uning  fikricha   tabiiy  komponentlar  va  tabiiy
hodisalar   alohida-alohida   holda   emas,   balki   bir   butun   majmua   sifatida   o’rganilishi   kerak.   Tabiat
zonalari, iqlim, tuproq, o’simlik, hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy omillar o’zaro ta’sir va aloqada
bo’lgan   murakkab   tabiiy   komplekslardir.   Bu   hozirgi   zamon   tabiiy   geografiyasining   fundamental
tushunchalaridan biri bo’lgan tabiiy geografik komplekslar haqidagi g’oyaning yuzaga kelishi edi.
V.V.Dokuchayev tabiatning barcha jonli va jonsiz komponentlari orasidagi o’zaro nisbatlar va
aloqadorliklarni hamda ularning birgalikda rivojlanish qonuniyatlarini tabiatshunoslik fanlari ichida
o’ziga   xos,  yangi   bir  fan  o’rganishi  kerak   degan  xulosaga   keladi.   Bu  fanning  o’rganish   predmeti,
V.V.Dokuchayevning   (1899)   yozishicha:   «kuchlar,   jismlar   va   hodisalar   orasidagi,   jonli   va   jonsiz
tabiat   orasidagi,   bir   tomondan   o’simlik,   hayvonot   va   minerallar   olami,   ikkinchi   tomondan   inson,
uning   turmushi   va   hatto,   ruhiy   olami   orasidagi   abadiy   va   hamisha   qonuniy   aloqalardir».   Ana   shu
qonuniy   aloqadoliklar   va   o’zaro   ta’sirni   o’rganishni   u   “tabiatni   bilishning   mohiyati,   haqiqiy
naturfilosofiyaning   yadrosi,   tabiatshunoslikning   eng   a’lo   va   oliy   jozibasidir»”   deb   hisoblagan.   U
landashft,   landshaftshunoslik   yoki   geografiya   so’zlarini   ishlatmagan   bo’lsa   ham   o’z   fikrlari   bilan tabiiy   geografik   komplekslar   haqidagi   “yangi   geografiyaning”   dunyoga   kelishiga   sababchi   bo’ldi.
Shu   ma’noda   mulohaza   yuritgan   L.S.Berg   V.V.Dokuchayevni   landshaft   haqidagi   ta’limotning
yaratuvchisi   va   hozirgi   zamon   geografiyasining   asoschisi   deb   atagan   bo’lsa,   landashftshunos
N.A.Solnsev   (1948)   V.V.Dokuchayev   landshaftshunoslikning   tub   asoslarini,   ya’ni   poydevorini
yaratdi deb ta’kidlaydi.          
XX   asr   20-yillarining   o’rtalariga   kelib,   birin-ketin   landshaft   izlanishlari   natijalari   va   ular
tufayli   yuzaga   kelgan   fikrlar   e’lon   qilina   boshlandi.   Ana   shunday   ishlardan   biri   B.B.Polinovga
tegishlidir. Uning 1925 yilda “ Природа ” jurnalida bosilib chiqqan “Landshaftlar va tuproq” nomli
maqolasida   landshaftshunoslikning   bir   qator   umumiy   masalalari   ko’rilgan   va   shu   jumladan,
landshaft   tushunchasini   aniqlashtirishga   ham   harakat   qilingan.   B.B.Polinovning   yozichisha,
landshaft deb yer yuzasining shunday qismiga aytiladiki, uning hududida iqlim, tog’ jinslari, relyef,
suv   havzalari,   o’simlik,   tuproq   va   hayvonot   dunyosining   ma’lum   tarkibi   va   xususiyatlari,   ular
orasidagi   o’zaro   ta’sir   jarayonlarning   bir   butunligiga   sabab   bo’ladigan   darajada   saqlanadi.
B.B.Polinov   landshaftlarning   dinamik   holatiga   e’tibor   berib,   landshaftlarning   tarkibiy   qismlari
orasidagi   o’zaro   bog’liqlikni   muvozanat   holatda   emas,   balki   u   doimo   harakatda   bo’ladi   hamda
landshaftning evolyusiyasini,  ya’ni asta-sekin muttasil rivojlanib borishini, hamda uning oqibatida
bir lanshaft o’rnida boshqasi hosil bo’lishini ta’kidlab o’tadi. 
1926-1927   yillarda   I.V.Larin   (1889-1972)   ham   o’zining   landshaftlarni   o’rganishga
bag’ishlangan   ilmiy   maqolalarini   e’lon   qildi.   Uning   Ural   guberniyasi   hamda   Kaspiybo’yi
pasttekisliklaridagi   Shiji   yoyilmalari   landshaflariga   tegishli   ishlarida   o’simlik   qoplami   bilan
landshaft   o’rtasida   juda   katta   bog’liqlik   mavjudligi   va   shu   bilan   birga   landshaflarni   o’simliklarga
qarab aniqlash metodikasi yoritib berilgan. Ushbu ilmiy ishlarda aniq landshaft kartalari va ularga
bog’liq   holda   landshaftlarning   batafsil   tahlili   ham   keltirilgan.   Undan   tashqari   tabiiy   geografik
komplekslarning   eng   kichigi,   boshqa   bo’linmaydigan   mikrolandshaft   haqidagi   g’oya   ham   ilgari
surilgan. 
Landshaftshunoslik   sohasidagi   nazariy   izlanishlar   va   qizg’in   munozaralarga   L.S.Bergning
(1931)   landshaft-geografik   zonalar   haqidagi   kitobining   bosilib   chiqishi   asosiy   sabablardan   biri
bo’lgan. Bu yirik ilmiy asarning kirish qismida landshaft haqidagi ta’limot asoslari qisqasha bayon
etilgan.   Unda   L.S.Berg   landshaft   tushunchasining   izohini   to’ldirishga   va   aniqlashtirishga   harakat
qilgan. Shu bilan birga landshaftlarning vaqt mobaynida o’zgarishi va bu o’zgarishlarning shakllari
va   sabablari   haqida   bir   qator   muhim   fikrlarni   bildirgan.   Ushbu   kitobda   yozilishicha,   geografik
landshaft   shunday   bir   hodisa   va   jarayonlarning   guruhlashganiki,   landshaft   iqlim,   suvlar,   tuproq,
o’simlik   qoplami   va   hayvonot   dunyosi   hamda   ma’lum   darajada   insonning   xo’jalikdagi   faoliyati
ham   uyg’unlashib   ketgan   garmonik   bir   butunni   tashkil   qiladi.   Shu   bilan   birga,   u   yerning   ma’lum
tabiat   zonasi   ichida   tipik   qaytalanib   turadi.   Landshaft   tushunchasiga   berilgan   ushbu   ta’rif
L.S.Bergning   1936,   1938,   1939-yillarda   nashr   qilingan   ishlarida   ham   qaytalanadi.   Ammo,   u
keyinshalik   1945   va   1948   yillarda   “Landshaft”   atamasi   o’rniga   “geografik   aspekt”   atamasini
ishlatishni lozim topadi. 
Tabiiy   geografiyada   Dokuchayevcha   genetik   bo’linishni   va   uni   L.S.Berg   asarlarida
rivojlantirilishini   tahlil   qilgan   A.G.Isachenko   (1955)   L.S.Bergning   ilmiy   faoliyatidagi   3   ta   asosiy
yo’nalishni ajratadi. Bular: 1) geografik zonalar haqidagi ta’limot, 2) geografik landshaft haqidagi
ta’limot va 3) yer yuzasi tabiatining (geografik muhit) rivojlanishi haqidagi ta’limotdir. 
Landshaftshunoslikning   taraqqiyot   tarixi   haqida   so’z   yuritilar   ekan,   L.G.Ramenskiy   (1984-
1953)   bildirgan   fikrlar   haqida   ham   to’xtalib   o’tmasak   bo’lmaydi.   Chunki   landshaft   morfologik
tuzilishi   haqidagi   dastlabki   fikrlar   va   landshaftshunoslikdagi   butun   boshlik   bir   yo’nalishga   asos
bo’lgan tushuncha, ya’ni “Landshaftlar regional birliklardir” degan tushunchani ilgari surgan kishi
L.G.Ramenskiydir.   U   o’zining   1935   yilda   e’lon   qilingan   maqolasida   landshaftshunoslik   uchun
dastlabki,   eng   kichik   birlik   bo’lib   tabiiy   sharoiti   jihatidan   bir   xil   bo’lgan   eng   oddiy   kompleks   -
epifatsiyalar   hisoblanadi   deb   yozgan   edi.   Keyinshalik   L.G.Ramenskiy   (1938)   mezokomplekslarni
urochishalar   deb   ataydi   va   epifatsiyalarning   ma’lum   bir   guruhi,   ya’ni   o’zaro   bog’liq   va   aloqador
bo’lganlari   birgalikda   urochishalarni   tashkil   qilishini   ta’kidlab   o’tadi.   Uning   fikriga   qaraganda
landshaftlarni   tashkil   qiluvchi   urochishalar   namlik,   issiqlik   va   turli   moddalar   almashinuvi   orqali o’zaro   bog’liq   va   aloqadordir   hamda   bir   butun   moddiy   tizimdir.   Uning   bu   mulohazalari
landshaftning morfologik strukturasini ochib berishga qaratilgan dastlabki qadam edi.
Landshaft   regional   birliklar   degan   tushunchaning   tarafdorlaridan   yana   biri,   tabiiy
geografiyaning nazariyasi, yerning geografik qonuniyatlari va geografik landshaft haqidagi ta’limot
bo’yisha   bir   qator   ilmiy   asarlar   yaratgan   olim   S.V.Kalesnik   (1901-1977)   hisoblanadi.   Uning
fikricha, har bir landshaft tabiiy geografiyaning asosiy birligidir, ya’ni tabiiy geografik rayon bilan
landshaft   ikkalasi   bir   narsadir.   Landshaftdan   kichik   bo’lgan   tabiiy   geografik   komplekslarni
o’rganish boshqa fanning vazifasidir.
Landshaft   va   ularning   turli   taksonomik   qiymatga   ega   bo’lgan   guruhlari   regional   tabiiy
geografiyaning asl obyektidir deb hisoblagan S.V.Kalesnik (1952), tabiiy geografiya landshaftlarni,
ularning   tarkibi,   tashqi   ko’rinishi,   strukturasi   va   rivojlanish   qonuniyatlari   jihatidan   o’rganadi   deb
yozadi.   Uningcha,   landshaft   yer   yuzasining   shunday   bir   qismiki,   u   boshqa   qismlaridan   sifat
jihatidan   farq   qiladi,   tabiiy   chegaralar   bilan   chegaralangan   bo’ladi.   Landshaft   predmet   va
hodisalarning o’zaro bog’langan bir butun yig’indisi bo’lib, anchagina katta hududda tipik namoyon
bo’lib turadi va har tomonlama yerning landshaft qobig’i bilan uzluksiz bog’liqdir. 
Agar   V.V.Dokuchayev   izlanishlaridan   boshlab   to   40-yillarning   boshlariga   qadar   bo’lgan
davrdagi   landshaftshunoslikning   rivojlanish   tarixaga   qisqasha   yakun   yasaydigan   bo’lsak,
quyidagilarni ta’kidlab o’tish lozim bo’ladi: 
1) yangi tabiiy geografiyaning, shu jumladan landshaftshunoslikning vujudga kelishiga asosan
V.V.Dokuchayevning (1893-1899) jonli va jonsiz tabiat  orasidagi  aloqalar  haqidagi  g’oyasi sabab
bo’ldi. XX asrning boshlariga kelib tabiiy geografik komplekslar haqidagi yangi bir fanning yuzaga
kelishi muqarrar bo’lib qolgan edi; 
2)   A.A.Borzov,   G.F.Morozov,   L.S.Berg,   R.N.Abolin,   B.B.Polinov,   L.G.Ramenskiy   va
boshqalarning  ilmiy izlanishlari natijasida  landshaft haqidagi ta’limot  shakllana  boshladi. Yirik va
o’rta   masshtabli   landshaft   kartalarini   yaratish   jarayonida   kattami-kichikmi   tabiiy   geografik
komplekslar mavjud ekanligi va ularni hosil qiluvchi komponentlari haqiqatdan ham bir-biri bilan
chambarchas bog’liq va uzviy aloqador ekanligi ma’lum bo’ldi;
3) landshaftlar o’zidan kichik bo’lgan tabiiy geografik komplekslar -   urochisha   va   fatsiyalar
(mikrolandshaft   yoki   elementar   landshaft)   dan   tuzilganligi,   ularning   o’zaro   aloqadorligi,   ya’ni
landshaftlarning morfologik tuzilishi haqidagi tushuncha shakllana boshlandi. 
A.G.Isachenkoni   fikricha   (1991)   hozirgi   zamon   geografiyasidagi   asosiy   g’oya   planetamizni
tashqi   sferalarini   hosil   qiluvchi   tabiiy   komponentlarning   o’zaro   bog’liqligi   va   aloqadorligi
g’oyasidir.  Bu  g’oyaning   ildizlari  A.Gumbold  va  V.V.Dokuchayevlarga   borib  taqaladi.  Geografik
qobiqning o’zi ham eng katta tabiiy geografik kompleks deb e’tirof etiladi. 
XX   asr   40-yillarning   ikkinchi   yarmida   landshaftlarni   o’rganishga   bo’lgan   qiziqish   yanada
kuchaydi. Bu vaqtga kelib tabiiy geografik komplekslar, landshaftlar ham tabiiy komponentlarning
o’zaro bog’liq va aloqador bo’lgan tizimi  ekanligi  va ular turli  taksonomik qiymatga  ega ekanligi
haqida tushunchalar mavjud bo’lib, geografik adabiyotda lanshaftshunoslikka oid muammoli ilmiy -
nazariy masalalar tez-tez muhokama qilina boshlandi. Turli hududlarda turli masshtabdagi landshaft
izlanishlari o’tkazila boshlandi va to’plangan aniq ma’lumotlar asosida landshaftlarni tadqiq qilish
uslublari   ishlab   chiqila   boshlandi.   Ammo,   hali   ko’pgina   kamchiliklar   mavjud   bo’lib,   ulardan   eng
asosiysi   landshaft   haqidagi   ta’limotning   umumiy   nazariyasi   ishlab   chiqilmagan   edi.   Landshaft
izlanishlarining   amaliyot   bilan   bog’lanishi   ham   hali   sust   borayotgan   edi.   Landshaftshunoslikning
nazariy   asoslarini   yaratish   va   uni   xalq   xo’jaligida   foydalanishda   landshaftlarni   kartaga   tushirish
ishlarining ahamiyati hammaga ayon bo’lib qolgan edi.
1948-1949   yillarda   N.A.Solnsevning   bir   qator   ilmiy   mulohazalari   e’lon   qilinishi
landshaftshunoslikning keyingi taraqqiyotiga qo’shilgan katta hissa bo’ldi. Chunki bu vaqtga kelib
tabiiy   geografik   kompleks   landshaftning   tabiiy   komponentlari   o’zaro   bog’liq   va   aloqador   bo’lgan
bir butunni tashkil qilishi, uning turlicha taksonomik qiymatga ega ekanligi haqidagi fikrlar aytilgan
bo’lsa   ham,   qaysi   qiymatdagi   tabiiy   geografik   komplekslarni   landshaft   deb   atash   mumkin,   bu
landshaft   boshqa   landshaftlar   bilan   qanday   nisbatda   bo’ladi,   landshaftni   belgilab   beruvchi   asosiy
xususiyatlari  qaysilar, ular qanday hosil bo’ladi va qanday rivojlanadi  degan savollarga hali javob berilmgan   edi.   N.A.Solnsevning   ilmiy   maqolalari   ana   shu   masalalarni   yoritib   berishga   qaratilgan
edi.   U   o’zining   “Tabiiy   geografik   landshaftlar   morfologiyasi   haqida”   (1949)   nomli   maqolasida
landshaft   tushunchasiga   yanada   to’laroq   ta’rif   berishga   harakat   qilib   “tabiiy   geografik   landshaft
deganda   shunday   bir   genetik   hudud   tushuniladiki,   unda   hududning   geologik   tuzilishi,   relyef
shakllari,   yer   usti   va   yer   osti   suvlari,   mikro   iqlimi,   tuproq   xillari,   fito   va   zoosenozlarning   o’zaro
bog’liq bo’lgan yig’indisining qonuniy va tipik qaytalanishi kuzatiladi” deb yozadi. Shu bilan birga
landshaft   boshqa   tabiiy   hosilalar   singari,   o’z   rivojlanishida   dialektik   qonuniyatlarga   bo’ysunadi,
ya’ni hosil bo’lgunicha uzluksiz rivojlanadi va o’zgaradi. Bu rivojlanishni harakatlantiruvchi asosiy
kuchlar esa uning o’zida hosil bo’ladigan kichik qarma-qarshiliklardir deb ta’kidlab o’tadi.
1953-yilda   A.G.Isachenkoning   «Tabiiy   geografiyaning   asosiy   masalalari»   nomli   kitobining
bosilib chiqishi landshaftshunoslik va tabiiy geografiyaning taraqqiyoti tarixida katta voqea bo’ldi.
Bu kitobda tabiiy geografiya va landshaftshunoslikka oid bo’lgan munozarali muammolar ma’lum
ma’noda tanqidiy baholandi. Ushbu asar o’z vaqtida dolzarb bo’lib turgan uchta yirik masala, ya’ni,
1)   lanshaft   haqidagi   ta’limot,   uning   rivojlanishi   va   holati,   2)   landshaftning   asosiy   qonuniyatlari
hamda 3) geografiyada miqdor ko’rsatkishlardan  foydalanish masalalari  ko’rsatilgan hamda ularni
ilmiy   tahlil   qilishga   bag’ishlangan   edi.   A.G.Isachenko   landshaft   haqidagi   ta’limotning   tahliliga
yakun yasar ekan, “geografik landshaft geografiyaning asosiy birligi, rayonlashtirishning birligidir,
ya’ni  elementar  tabiiy  geografik  kompleksning   o’zginasi  ekanligini   e’tirof  etmoqda   deb hisoblash
kerak.   Landshaft   va   geografik   rayon   mohiyatan   sinonimlardir.   Undan   kattaroq   tabiiy   geografik
rayonlar   (oblast,   provinsiya,   o’lkalar,   zonalar   va   h.k.)   landshaft   (tabiiy   geografik)
rayonlashtirishning taksonomik birliklari deb qaralmog’i lozim” deb yozadi.
Lanshaftshunoslik fanining taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shgan taniqli olimlardan yana biri
F.N.Milkovdir. U umrining qariyb 40-45 yili mobaynida landshaftshunoslikda o’ziga xos “landshaft
- umumiy  tushunchadir”  degan g’oyaga  asoslangan  yangi  yo’nalishning  shakllanishiga  katta  hissa
qo’shgan   va   keng   targ’ibot   qilgan   tabiiy   geograflardandir.   F.N.Milkovning   fikricha   landshaft
tushunchasi   iqlim,   tuproq,  o’simlik   yoki   relyef   kabi   umumiy   tushunchadir   va   bu  hududning   katta
yoki   kichikligidan   qat’iy   nazar   tadbiq   qilinishi   mumkin.   Masalan,   o’rmon   landshaftlari,   tog’
landshaftlari, qum landshaftlari, botqoqlik landshafti kabi. U o’zining landshaft haqidagi ta’limot va
geografik   zonallik   masalalariga   bag’ishlangan   monografiyasida   landshaft   tushunchasiga   shunday
ta’rif   beradi,   ya’ni   “Tabiiy   geografik   landshaft,   tabiiy   elementlarning   murakkab   tabiiy   geografik
jarayoni tufayli o’zaro bog’liq va aloqador bo’lgan majmuidan iboratdir va ko’z o’ngimizda tarixan
shakllangan,   uzluksiz   rivojlanishda   va   kishilik   jamiyati   ta’sirida   bo’lgan   u   yoki   bu   qiyofadagi
hududiy   guruhlashmalar   ko’rinishida   namoyon   bo’ladi”.   Uningcha,   landshaftshunoslik   katta-
kichikligi  jihatidan  shaklanmagan  va yer yuzasida obyektiv  mavjud bo’lgan barsha landshaftlarni,
jumladan yerning landshaft sferasini ham o’rganadigan fandir.
Ikkinchi   jahon   urushidan   keyingi   yillarda   landshaftshunoslikka   bo’lgan   qiziqish,
landshaftlarni o’rganishga bo’lgan e’tiborni kuchayishi 1960-1970 yillarga to’g’ri keladi. Bu vaqtda
landshaftshunoslikka   oid   ilmiy   ishlar,   kitoblar,   to’plamlar   ko’plab   nashrdan   chiqarila   boshlandi.
Landshaftshunoslik   masalalari   geografiya   jamiyati   anjumanlarida   va   landshaftshunoslik
muammolariga   bag’ishlangan   ilmiy   konferensiyalarda   keng   muhokama   qilina   boshlandi.
Muhokamalarga olib chiqilgan masalalarning aksariyati, landshaftshunoslikning nazariy masalalari,
landshaft tadqiqotlar uslublariga va amaliy landshaftshunoslik mavzulariga bag’ishlangan edi. 
1960-yillarning o’rtalaridan boshlab kishilik jamiyatining atrof-muhitga bo’lgan ta’siri ortib
ketganligi tabiiy boyliklardan foydalanishdagi xo’jasizlik, katta maydonlarda o’rmonlarning qirqilib
ketishi,   unumli   yerlardan,   suvdan   oqilona   foydalanmaslik,   suv   havzalari,   tuproq,   havoning   jadal
su’ratlar   bilan   ifloslanishi   orqali   tezda   sezila   boshladi,   ba’zan   o’zining   salbiy   oqibatlari   bilan
e’tiborni   jalb   qila   boshladi.   Endi   u   yoki   bu   hayvon   yoki   o’simlik   turini   saqlab   qolishgina   emas,
balki   insonning   o’zi   yashab   turgan   muhiti   hisoblangan   landshaftlarni   bir   butun   holida   muhofaza
qilish, tiklash  va  yaxshilash muammosi  dolzarb  bo’lib  qoldi.  Ana shunday murakkab  hamda  ko’p
mehnat   va   mablag’   talab   qiladigan   muammoni   hal   etishning   ilmiy   asoslarini   yaratishda
landshaftshunoslikning   ahamiyati   katta   ekanligi   ma’lum   bo’lib   qolgan   edi.   Natijada
landshaftshunoslar   oldida   faqat   landshaftlarni   aniqlash   emas,   balki   kartaga   tushirish   va   ularni ta’riflab   berish   hamda   ularni   xalq   xo’jaligining   turli   tarmoqlarini   rifojlantirish   nuqtai   nazardan
baholash,   landshaftlarni   keyingi   rivojlanishi   insonning   xalq   xo’jaligidagi   faoliyati   ta’sirida   qaysi
yo’nalishda   borishini   va   o’zgarishini   oldindan   aytib   berish   (bashoratlash)   zaruriyati   tug’ildi.
Bunday   masalalarni   ijobiy   hal   etish   uchun   landshaftshunoslik   o’zining   an’anaviy   uslublardan
tashqari   geokimyoviy,   geofizikaviy   va   ekologik   usullardan   foydalanishga   majbur   bo’la   boshladi.
Landshaftshunoslarni   landshaftlarda   ro’y   beradigan   modda   va   energiya   almashinuvi   landshaftlar
imkoniyatlarini o’rganishni yanada qiziqtira boshladi. Bunday masalalarni o’rganish landshaftlarni
bevosita joyida, tabiiy geografik yoki landshaft stasionarlari tashkil qilib o’rganishni taqozo etadi.
Chunki   landshaftlardagi   biomassa   va   uning   mahsuldorligi,   moddaning   biologik   aylanishi   va
biogeosiklni,   suvning   harakati   va   aylanishini,   modda   va   energiyaning   landshaft   komponentlari
orasida, landshaftning  morfologik  qismlari  orasida, hamda  bir landshaft  bilan  qo’shni landshaftlar
orasida   ko’chib   yurishi   va   taqsimlanishi   kabi   masalalarni   o’rganish   shunday   stasionarlar   tashkil
qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi. 
Tabiiy  geografik   va  landshaft   stasionarlarida   to’plangan   aniq  ma’lumotlar   tahlili  natijasida
anchagina   nazariy   xulosalar   yuzaga   keladi.   Ulardan   eng   asosiysi   landshaft   yoki   boshqa   tabiiy
geografik komplekslar, jumladan geografik qobiqni ham geotizim deb qarash bo’ldi. Shu bilan birga
landshaftshunoslikda funksional-dinamik landshaftshunoslik shakllana boshladi. 
Landshaftshunoslik   yoki   tabiiy   geografiyaning   rivojlanish   tarixi   bilan   shug’ullangan
tadqiqotchilarni   ko’pchiligi   fanning   taraqqiyot   tarixini   ma’lum   bosqichlarga   yoki  davrlarga   bo’lib
o’rganishga   harakat   qilganlar.   Jumladan,   rus   geografiyasida   tabiiy-hududiy   komplekslar   haqida
tushunchalarni   rivojlanishi   mavzuida   maxsus   izlanishlar   olib   borgan   N.G.Suxova   (1981)   to’rtta
davrni ajratadi, ya’ni:
I.   XIX-asrning   80-yillaridan   XX-asrning   10-yillarigasha   bo’lgan   davr.   Bu   tabiiy   geografik
kompleks g’oyasini tug’ilish davridir.
II.     20-30   yillar   davri.   Bu   davr   landshaft   tabiiy   geografik   kompleks   ekanligi   haqidagi
tushunchaning ommalashuv davridir. 
III.   40-yillardan   60-yillarning   boshigasha   bo’lgan   davr.   Bu   landshaft   haqida   ta’limotning
nazariy asoslari ishlab chiqilgan davr hisoblanadi. 
IV.   60-yillar   boshidan   80-yillargasha   bo’lgan   davr,   ya’ni   tabiiy   geografik   komplekslar
geotizimlar ekanligi haqida tushunchaning ishlab chiqilishi, tarqalishi davri.  
1950-yillarnig   oxirida   Toshkent   Davlat   Universiteti   (hozirgi   O’zbekiston   Milliy
Universiteti)   tabiiy   geografiya   kafedrasini   olimlari   L.N.Babushkin   va   N.A.Kogay   tomonidan
O’zbekiston   hududini   qishloq   xo’jaligi   maqsadlarida   tabiiy   geografik   rayonlashtirish   mavzusida
ilmiy tadqiqot ishlarining  boshlab yuborishi ham O’zbekistonda  landshaftshunoslikning taraqqiyot
tarixidagi  muhim voqealardan edi. Chunki shu mavzuda o’tkazilgan bir qator ilmiy  anjumanlarida
tabiiy geografik rayonlashtirishning asosiy uslubi tipologik birliklarni  tahlil  qilish natijasida tabiiy
geografik  rayonlarni  aniqlash  ekanligini  ta’kidlab  o’tilgan  edi.  Natijada,  tarixda  birinchi  marotaba
O’zbekistonning   landshaft   kartasi   yaratildi   va   1964-yilda   nashrdan   chiqdi.   Xuddi   shu   yili   ushbu
mualliflarning “O’zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirish” degan monografiyasi ham bosilib
chiqib, unda landshaftlarning qisqacha tavsifi ham berilgan edi. Shu yerda yana bir narsani ta’kidlab
o’tmoqchimizki L.N.Babushkin bilan N.A.Kogayning ilmiy hamkorligi 15 yildan ortiq vaqt davom
etib nihoyatda samarali bo’ldi. Ular hammualliflikda juda ko’p ilmiy maqolalar, monografiyalar va
o’quv qo’llanmalari yaratdilar.
O’zbekistonlik   geograflar   orasida   landshaftshunoslik   masalalariga   bo’lgan   qiziqish   1960-
1970 yillarda yanada avj oldi. Bu vaqtda bir qator yosh hamyurtlarimiz Moskva, Sankt-Peterburg,
Kiev, Voronej, Lvov, Qozon kabi shaharlarga borib aspiranturada  tahsil oldilar, dissertasiya yozib
himoya   qilib   qaytdilar.   P.G’ulomov,   M.Umarov,   Yu.Sultonov,   A.Saidov,   S.Nishonov,
A.Abdulqosimov,   L.Alibekov,   T.Allaberganov,   T.Jumaboev,   A.Rafiqov,   M.Qo’ziboev,
Sh.Ergashevlar   shular   jumlasidandir.   Ularning   ilmiy   yo’nalishlari,   O’zbekiston
landshafshunosligiga qo’shgan xissalari Yu.Sultonovning (1974) kitobidan umumiy tasavvurga ega
bo’lishi mumkin. Ushbu tadqiqotchilarning ko’pchiligi hududiy landshaftshunoslik yo’nalishida ish
olib   borganliklarini   O’zbekistondagi   geografiya   hamda   ekologiya   tarixi   bilan   shug’ullangan R.U.Rahimbekov   (1995)   ham   ta’kidlab   o’tgan.   Qo’shimcha   tarzda   shuni   eslatib   o’tish   mumkinki,
yuqorida   nomlari   sanab   o’tilgan   tabiiy   geograflarimiz   landshaft   tushunchasini   izohlashda   yakdil
emaslar.   Buning   sababi   ularning   turli   ilmiy   maktablar   namoyondalari   rahbarligida   tahsil
olganliklaridandir.
Landshaft-tabiiy   geografiyadagi   asosiy   tushunchalardan   biridir.   U   nemischa   “die   landsshaft”
so’zidan   olingan   bo’lib,   joy,   manzara,   hudud   ma’nolarini   bildiradi.   Nemis   olimi   K.Byurgerni
fikricha landshaft  atamasini    birinchi bo’lib 1805-yilda  nemis  geografi A.Gommeyr o’z asarlarida
qo’llagan. Landshaft tushunchasini chuqurlashtirish va uning ta’rifini mukamallashtirish jarayonida
tabiiy geograflar uch guruhga bo’linib ketishdi. 
Birinchi guruh tabiiy geograflarning fikricha landshaft ham xuddi relyef, iqlim, tuproq, o’simlik
kabi umumiy tushunchadir. Bu tushuncha tarafdorlari (F.N.Milkov, D.L.Armand, Yu.K.Yefremov,
V.I.Prokayev   kabilar)   fikricha   landshaft   bizning   ko’z   o’ngimizda   tarixiy   shakllangan   va   uzluksiz
rivojlanishda bo’lgan u yoki bu geografik kompleks qiyofasida namoyon bo’lgan o’zaro bog’liq va
aloqador bo’lgan narsa, hodisalarning yig’indisidir.
Ikkinchi   guruh  geograflari  ta’kidlashicha,  landshaft   ma’lum  bir   hududni  egallagan,   o’ziga  xos
xususiyatga ega bo’lgan regional birlikdir. Masalan, N.A.Solnsev landshaftni asosiy geografik birilk
deb  qaraydi   va  geologik  tuzilishi,   relyef  shakllari,   yer  osti  va  yer   usti  suvlari,   mikroiqlim,   tuproq
xillari, fito va zoosenozlari o’zaro bog’liq bo’lgan birikmalari qonuniy va tipik qaytalanib turadigan
genetik   jihatdan   bir   butun   hududni   landshaft   deb   ataydi.   A.G.Isachenko   (1991)   landshafning
ta’rifini   boshqasharoq   va   qisqaroq   tarzda   quyidagisha   ta’riflaydi:   “Landshaft   mahalliy   ko’lamda
geotizimlarning  o’ziga xos  yig’indisidan  iborat  bo’lib,  o’zining  zonal  va azonal  belgilari  bo’yisha
bir butun hamda genetik jihatdan yaxlit geotizimdir”.
Uchinchi guruh geograflari landshaft ma’lum xarakterdagi hudud yoki joy deb qaraladi. Bundan
tashqari   landshaft   tabiiy   komponentlarning   dialektik   birligi,   majmuasi   deb   hamda   nisbatan   bir   xil
bo’lgan tabiiy geografik kompleks deb qaraladi. 
Yuqorida keltirilgan fikrlarga xulosa qilib aytganda landshaft genetik jihatdan bir butun bo’lgan
geotizimdir. U bir xil geologik tuzilishi, bitta relyef turi, bir xil iqlim hamda faqat shu landshaftga
xos   bo’lgan,   dinamik   jihatdan   bog’liq   bo’lgan   urochishalardan   yig’indisidan   iboratdir.   Hozirgi
paytda   geograf   olimlar   orasida   geografik   landshaftga   nisbatan   uch   xil   ilmiy   yondashuv   mavjud.
Bular:
1.   Landshaft   -   bu   yer   yuzasining   hududiy   chegaralangan   qismidir.   Boshqasha   qilib   aytganda
landshaft   regional   tushuncha.   Bu   yondashish   namoyondalari   landshaftni   kompleks
rayonlashtirishning   eng   kichik   birligi,   landshaftlar   geografiyasining   o’rganish   obyekti   deb   biladi.
Bu   tushunchada   landshaft   tabiiy   komponentlari   o’zaro   ta’sir   etib   turuvchi   va   bir-biri   bilan
bog’langan   ma’lum   hududda   joylashgan   tabiiy   kompleksdir.   Landshaftga   bo’lgan   bunday
yondashishning asosiy sababchisi L.S.Bergdir.
Landshaftshunoslar orasida landshaftni regional tushuncha deb qarovchilar ko’pchilikni tashkil
etadi.   L.S.Bergdan   keyin   bu   tushunchani   S.V.Kalesnik,   N.A.Solnsev,   A.A.Grigoryev,
K.I.Gerenchuk,   A.G.Isachenkolar   rivojlantirdi.   N.A.Solnsevning   fikriga   ko’ra   mustaqil
landshaftning   shakllanishi   uchun   quyidagi   sharoitlar   bo’lishi   kerak:   1)   landshaft   shakllangan
hududda   geologik   tuzilishi   bir   xil   bo’lishi;   2)   landshaftni   geologik   zamini   vujudga   kelgandan
keyingi   taraqqiyot   tarixi   butun   hududda   bir  xil   borishi;   3)  landshaft   iqlimi   bir   xil   bo’lishi,   agar   u
o’zgarsa butun hududda o’zgarishi kerak.
N.A.Solnsev landshaftga quyidagisha ta’rif beradi: “Landshaft - bu bir xil geologik zaminga, bir
tipli relyefga, bir xil iqlimga ega bo’lgan va shu landshaftga xos bo’lgan dinamik bog’langan hamda
makonda qonuniy ravishda takrorlanuvchi asosiy va ikkinchi darajali urochishalardan tashkil topgan
genetik jihatdan bir xil tabiiy hududiy kompleksdir”.
A.G.Isachenko esa landshaftga quyidagisha ta’rif beradi: “Landshaft landshaft o’lkasi, zonasi va
umuman   yirik   regional   hududlarning   genetik   jihatdan   boshqalardan   farq   qiluvchi   qismi   bo’lib, zonallik   jihatdan   ham,   azonallik   jihatdan   ham   bir   xildir   hamda   xususiy   struktura   va   morfologik
tuzilishga   egadir”.   Landshaftning   zonal,   azonal   bir   xilligi   uning   geologik   tuzilishi,   relyefi   va
iqlimining   umumiyligida   aks   etadi.   Ana   shunday   bir   xil   sharoitda   oddiy   geografik
komponentlarning muayyan bir xil to’plami tarkib topadi.
2.   Landshaft   -   bu   tabiiy   geografik   komplekslarning   umumlashgan   tipologik   tushuncha.   Ular
landshaftlarning   nisbatan   bir   xilligi   tushunchasiga   asoslanadilar.   Bunda   landshaft   ma’lum
xarakterdagi   hudud   yoki   joy   deb   qaraladi.   Bundan   tashqari   landshaft   tabiiy   komponentlarning
dialektik   birligi,   majmuasi   deb   hamda   nisbatan   bir   xil   bo’lgan   tabiiy   geografik   kompleks   deb
qaraladi. Landshaftlar ularning hududiy tarqalishidan qat’iy nazar, xususiyatlariga qarab aniqlanadi.
Landshaftga   bo’lgan   bunday   yondashishning   asosiy   tarafdori   N.A.Gvozdetskiydir.
N.A.Gvozdetskiy bo’yisha ko’l-landshaft tipi, qumli cho’l landshaft tipi, sochma barxan qumlari  -
landshaft   muhiti.   Demak,   N.Gvozdetskiy   bo’yisha   landshaft   -   umumiy   tipologik   tushuncha.   Bil
xildagi yoki bir turdagi landshaft ma’lum hududda qayta uchrashi, ya’ni konturli bo’lishi mumkin.
Ana shunday landshaftlarning ma’lum bir yig’indisi tabiiy geografik rayonlarni tashkil qiladi. 
3.   Landshaft   -   bu   umumiy   tushuncha.   Bunda   landshaft   xuddi   relyef,   iqlim,   tuproq,   o’simlik
tushunchalari   kabi   umumiy   tushunchadir.   Bu   tushuncha   tarafdorlari   landshaft   atamasini   xohlagan
ko’lamlarga   tabiiy   geografik   komplekslarga   nisbatan   qo’llash   mumkin.   Bu   tushuncha   tarafdorlari
(F.N.Milkov,   D.L.Armand,   Yu.X.EYefremov)   fikricha   landshaft   bizning   ko’z   o’ngimizda   tarixiy
shakllangan   va  uzluksiz   rivojlanishda  bo’lgan  u  yoki  bu  geografik  kompleks   qiyofasida   namoyon
bo’lgan yig’indisidir. Landshaftga berilgan ushbu ta’rifdan ko’rinib turibdiki, landshaft ham, tabiiy
geografik kompleks ham ikkalasi bir narsadir. 
Landshaft sferasi murakkab tuzilgan bo’lib, ular tipologik landshaft komplekslari va regional
landshaft komplekslaridan tashkil topgan. Bu turdagi komplekslar ham bir-biridan farq qiladi. Ya’ni
tipologik   landshaft   komplekslari   morfologik   jihatdan   bir   xil,   genetik   jihatdan   har   xil,   regional
landshaft komplekslari genetik jihatdan bir xil va bular individual xarakterga ega.
Tipologik   landshaft   birliklarining   areallari   bir-biridan   ajralgan   holda   uchraydi.   Regional
landshaft   komplekslari   aksinsha   har   bir   regionning   areali   yaxlit   bo’lishi   kerak.   Paragenetik
landshaft   komplekslari   ham   regional   ham   tipologik   landshaft   komplekslaridan   farq   qilib,   bir   xil
sharoitda va bir-biriga qo’shni joylashgan landshaft komplekslarining yig’indisidan tashkil topgan. 
Hozirgi paytda landshaftshunos olimlar tomonidan tipologik landshaft komplekslarining ham
regional   landshaft   komplekslarining   taksonomik   birliklarini   ishlab   chiqishdi.   Tipologik   landshaft
taksonomik birliklari quyidagilardan iborat:
1. Fatsiya tipi;
2. Urochisha tipi:
3. Landshaft tipi.
Tipologik   landshaft   komplekslarining   o’ziga   xos   xususiyatlari   quyidagilardan   iborat:   1)
tipologik   landshaft   birliklari   tutash   arealga   ega   bo’lmaydi   va   bir-biridan   ajralgan   polosalar   va
alohida   kichik   uchastkalar   tarzida   bo’ladi;   2)   tipologik   landshaft   regional   landshaft   birliklari
chegaralaridan   tashqariga   chiqib   ketishi   mumkin.   Tabiatda   tipologik   landshaft   komplekslari   bilan
birgalikda regional landshaft komplekslari ham uchraydi. Bu komplekslarning xarakterli xususiyati
shundaki,   ular   hudud   jihatidan   yaxlit   va   chegaralangan   bo’lib,   indvidual   xususiyatga   ega,   uning
areallari  bir-biridan  ajralmagan   holda  uchraydi  va  har bir  genetik   jihatdan   bir  xildir.  Lekin   bu bir
xillik   nisbiydir.   Hozirgi   paytda   ko’pchilik   olimlar   tomonidan   regional   landshaft   komplekslarining
quyidagi taksonomik birliklar sistemasi ishlab chiqilgan:
1. Mintaqa;
2. O’lka;
3. Tabiiy geografik zona;
4. Landshaft provinsiyasi; 
5. Polosa yoki zonacha.
Tabiiy   geografik   rayon   regional   landshaft   birliklarining   o’ziga   xos   xususiyatlari
quyidagilardan iborat:  1).Har   bir   regional   landshaft   yaxlit   arealga   ega,   ya’ni   qandaydir   boshqa   geografik   birliklar
bilan ajratib tashlangan ayrim-ayrim uchastkalar tarzida yashay olmaydi; 
2).Har   bir   regional   landshaft   boshqa   joylarda   uchramaydigan   individual   xususiyatga   ega,
uning o’z geografik nomi bo’lishi kerak; 
3).Ichki   morfologik   jihatdan   har   xil   bo’lishiga   qaramasdan   har   bir   regional   landshaft
egallagan hudud genetik jihatdan bir xil desa bo’ladi, ya’ni uning asosiy xususiyatlari va alomatlari
kelib chiqishi va taraqqiyoti jihatdan ma’lum umumiylikka egadir.
Landshaftlar   ham   boshqa   geografik   kompleks   singari   ma’lum   komponentlardan   tashkil
topgan.  Bu komponentlarga   tog’ jinslari,  tuproq,  suv, iqlim,  relyef,  o’simlik   va  hayvonot  dunyosi
kiradi.   Olimlar   komponent   deganda   turli   xil   moddiy   qismlarni   kiritishadi.   Masalan,   D.L.Armand
landshaftning   tabiiy   komponentlariga   turli   gazlar,   suyuqliklar,   tog’   jinslari,   o’simlik,   qor   va   muz
hatto   texnik   inshootlarni   ham   kiritadi.   V.N.Milkov   (1990)   landshaftning   komponentlariga   tog’
jinslari, yer osti va yer usti suvlari, havo, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosini kiritadi. 
I.M.Zabelin   esa   yuqoridagilardan   tashqari   bakteriyalar,   zamburug’lar   va   quyosh   radiasiyasi
ham landshaft komponentini tashkil etadi deb ta’kidlaydi. Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki,
landshaftlarning   komponenti   deganda   tog’   jinsi,   havo,   suv,   o’simlik   va   hayvonot   dunyosini
tushunishni   olimlarning   barshasi   tan   oladi.   Landshaftning   eng   muhim   komponentlaridan   biri   -
tuproqdir.   Landshaftning   tuprog’i   turli   xil   kristall   va   kolloidlar   shaklidagi   minerallardan,   tog’
jinslaridan,   suv   eritmalaridan   gazlar   va   organik   moddalardan   tarkib   topgandir.   Landshaft
komponentlari   orasidagi   modda   va   energiya   almashinuvi,   o’zaro   ta’siri   xuddi   shu   tuproq   orqali
sodir bo’ladi. 
Landshaftning havo komponenti atmosferaning yer yuzasiga yaqin bo’lgan (200-300 m) eng
quyi   qatlamlarini   o’z   ichiga   oladi.   Havo   landshaftning   eng   harakatshan   va   tez   almashinuvshan
komponentlaridan   biridir.   Unda   landshaftning   iqlimi   shakllanadi.   Harorat   va   namlik   o’zgarishi,
yog’in-sochin,   shamollar   shu   qatlamda   ro’y   beradi.   Havo   landshaftdagi   va   landshaftlararo   ham
modda,   energiya   harakatlari   va   o’zgarishlarida   ishtirok   etadi   va   bu   almashinuvning   miqyosini
kengaytiradi. 
Landshaftning   suv  komponenti   ham  havo   komponenti   singari   harakatshan   va  aralashuvchan
komponent hisoblanadi. U nafaqat komponentlararo, balki landshaftlararo ham modda va energiya
almashinish   jarayonida   ularni   bir   joydan   ikkinchi   joyga   tashuvchi   vosita   ham   hisoblanadi.   Suv
komponenti   ham   landshaftlar   o’rtasida   sodir   bo’ladigan   kimyoviy   elementlar   migrasiyasini
ta’minlaydi. 
Landshaftning o’simlik qoplami uning tashqi qiyofasini aks ettirishi bilan birga landshaftning
relyefi, iqlimi, tuproqning shakllanishida, hayvonot turlarida va ularning geografik tarqalishida hal
qiluvchi   ahamiyatga   egadir.   Landshaftning   o’simliklari   landshaftda   ro’y   beradigan   ko’plab
kimyoviy,   fizikaviy   va   geologik   jarayonlarning   asosi   hisoblangan   birlamchi   organik   moddaning
shakllantiruvchisidir. 
O’simliklarning   o’sishi   va   rivojlanishidagi   fiziologik   jarayonlar   va   ularning   landshaft   hosil
bo’lishidagi   ishtiroki   ham   ahamiyatlidir.   Masalan,   birgina   fotosintez   jarayonida   o’simliklar
havodagi   karbonat   angidriddan   nafas   oladi,   havoga   kislorod   chiqaradi,   quyosh   nurlari   energiyasi
yordamida   tuproqdan   suv   va   turli   mineral   moddalar   oladi.   Ulardan   esa   organik   birikmalar   hosil
bo’ladi. 
Landshaftshunoslik   va   umumiy   geografik   adabiyotlarda   aksariyat   hollarda   landshaftning
hayvonot komponentiga nihoyatda kam e’tibor berilgan. Odatda landshaftning hayvonlarini nomlari
sanab   o’tiladi.   Landshaftlar   hayvonlarini   tabiiy   geografik   tahlili   deyarli   amalga   oshirilmagan.
Ayniqsa,   landshaft   ichidagi   va   landshaftlararo   aloqalarda   hayvonot   dunyosining   rolini   aniqlashga
kam e’tibor qaratilgan. Landshaftning hayvonot komponenti undagi o’simlik hosil qilgan birlamchi
organik   moddani   o’zgartiruvchi   hamda   landshaftning   morfologik   qismlararo   va   landshaftlararo
modda   va   energiya   tashuvchidir.   Uning   tuproq   hosil   bo’lishi,   tuproq   unumdorligini   shakllanishi,
o’simliklarning urug’ va mevalarining tarqalishi kabi bir qator jarayonlarda ishtiroki kattadir. 
Landshaftlarning tashkil topishi va rivojlanishida sanab o’tilgan komponentlarning qaysi biri
yetakchi, qaysi biri ikkinchi darajali ahamiyatga ega degan savol ham munozarali. Tabiiy geograflar orasida   birlamchi   va   ikkilamchi,   yetakchi   va   yetakchi   bo’lmagan,   kuchli   hollari   ham   uchraydi.
Masalan, N.A.Solnsev tuzgan kuchli yoki yetakchi, gidroiqlimiy komponentlar qatorida tog’ jinslari
va   relyef     kuchli   yoki   yetakchi,   gidroiqlimiy   komponentlar   (suv,   havo)   ikkilamchi,   biotik
komponentlar uchlamchi yoki kuchsiz hisoblanadi. 
Landshaft komponentlari bilan landshaft hosil qiluvchi omillar haqida ham bir xil fikr mavjud
emas.   A.G.Isachenko   ham   landshaftshunoslikda   “omil”   tushunchasi   ko’pinsha   noto’g’ri
ishlatilayotganini ta’kidlaydi. Uning fikricha komponent va omil ikki xil tushunchadir. Omil - so’zi
lotinshadan   olingan   bo’lib   (factor)   -   yaratuvchi   ma’nosini   bildiradi.   V.S.   Preobrajenskiy   va
boshqalar  (1982) omillarni  3 xilini  ajratadi:  1) yetakchi  yoki yetakchi  bo’lmagan;  2) yo’nalashiga
qarab ishki yoki tashqi; 3) kelib chiqishiga qarab tabiiy yoki antropogen. 
Landshaftlarni   hududiy   tabaqalanishiga   ta’sir   ko’rsatadigan   jarayonlar   uchta   asosiy   omil
ta’sirida ro’y beradi. Bular quyosh energiyasi, yerning ishki energiyasi va gravitasion kuchlar. Bular
ichida   eng   muhimi   quyosh   energiyasi   omilidir.   U   landshaftda   ro’y   beradigan   barsha   aylanma
harakatlarda ishtirok etadi. Gravitasiya energiyasi esa deyarli doimo moddaning bir joydan ikkinchi
joyga ko’chish jarayoniga ta’sir etib turadi. Xullas har bir energetik omil biron bir vazifani bajaradi.
Landshaftlar   bir-biridan   turli   tabiiy   chegaralar   bilan   ajratilgan   bo’ladi.   Landshaftlar   bir-biriga
o’tishida   uning   tuzilishi   ham   o’zgaradi,   ya’ni   landshaftning   komponentlari   va   uning   morfologik
tuzilishi ham o’zgaradi. Landshaftlarning bu birliklari keskin o’zgarsa uning chegarasi aniq bo’ladi,
agar   sekinlik   bilan   o’zgarsa   chegara   aniq   bo’lmaydi.   Landshaft   chegaralarining   vujudga   kelishi
zonal   va   azonal   omillarning   ta’siri   bilan   bog’liq.   Landshaftlar   chegaralarini   o’zgarishi   turli
sabablarga   bog’liq   bo’lishi   mumkin.   Masalan,   absolyut   balandlikning   o’zgarishi,   to’rtlamchi   davr
yotqiziqlari, iqlimning zonalligi va h.k. 
Landshaftlar   kamdan-kam   hollardagina   keskin   chegaralarga   ega   bo’ladi.   Uning   uchun
hamma   komponentlar   keskin   va   baravariga   o’zgarishi   kerak.   Bunday   hodisa   esa   tabiatda   kam
kuzatiladi.   Landshaft   chegaralari   uni   hosil   qilgan   omillar   keskin   o’zgargan   sharoitdagina   aniq
ifodalanadi.   Azonal   geologik-geomorfologik   omillar   o’zining   sekin   o’zgaruvshanligi   sababli   eng
turg’un   landshaft   chegaralarini   hosil   qiladi.   Masalan,   baland   orfografik   ko’tarilmalar.   Azonal
chegaralar   gidrografik  chegaralar,  ya’ni  daryo  va  uning  tarmoqlariga  ham  to’g’ri   kelishi  mumkin.
Ko’pgina   daryolar  turli  morfostrukturalar  chegaralari   bo’ylab  oqadi,  ular  o’ng  sohillarini   yemirib,
chap   sohilida   terrasalarni   hosil   qiladi.   Azonal   omillar   keskin   o’zgarishi   sababli   ko’pchilik
landshaftlarning   chegarasi   ham   azonal   kelib   chiqishiga   ega.   Landshaftning   morfologik   qismlari
landshaft   chegaralariga   nisbatan   aniq   ifodalanadi.   Landshaft   chegaralarini   ayrim   urochishalarning
chegaralari bo’ylab o’tkazib bo’lmaydi, chunki morfologik birliklarni ba’zi tiplari ikkala landshaft
uchun   ham   umumiy   bo’ladi.   Shuning   uchun   urosheshalarning   chegarasi   keskin   bo’lganda   ham
landshaftlar o’rtasidagi chegaralar ham keskin bo’lishi kerak, degan xulosa noto’g’ridir. 
Landshaftlar  faqatgina   gorizontal  yoki  hududiy   chegaralarga   ega  bo’lmasdan,   ular   balandlik
chegaralariga   ham   ega.   Landshaftlarning   vertikal   chegaralari   to’g’risidagi   mulohazalarni   biz
A.Yu.Regesom   (1966),   K.N.Dyakonov   (1971),   V.B.Sochava   (1978),   N.L.Beruchashvili   (1990)
kabilarning   asarlarida   uchratishimiz   mumkin.   A.Yu.Regesomning   (1966)   yozishicha
biogeosenozlarning   (fatsiya)   yuqori   chegarasi   juda   o’zgaruvshandir   va   yer   yuzasining   past-
balandligi, meteorologik sharoitlari, radiasiya balansi va moddaning biologik aylanishiga bog’liqdir.
O’tloq biogeosenozlarda yuqori chegara bir necha o’n santimetrdan bir necha metrgasha balanddan
o’tishi mumkin. O’rmon biosenozlarida esa bir necha o’n metr yuqoridan o’tadi. Urochishalarning
yuqori chegarasi bir necha o’n metrdan bir necha yuz metrgasha bo’ladi. Landshaftlarning maydoni
kattaroq bo’lgani uchun ularning yuqori chegarasi 0,8-2,0 km balanddan o’tadi. 
O’rmon-tundra   landshaftlarini   o’rgangan   K.N.Dyakonov   (1971)   oq   qayinli   siyrak   o’rmon
fatsiyalarining yuqori chegarasini 4-5 metrdan, urochishalarning yuqori chegarasini esa yer yuzidan
7-9   metr   balanddan   o’tishini   aniqlagan.   K.N.Dyakonov   ana   shu   balandlikda   fatsiyalararo   va
urochishalararo   havo     haroratining   farqlari   yo’qolar   ekan.   Bu   ko’rsatkishlar   bir   martalik   o’lshash
natijalaridir.   Boshqasha   ob-havo   sharoitida   bu   ko’rsatkishlar   boshqasha   bo’lishi   ham   mumkin.
Shuning   uchun   A.G.Isachenko   (1991)   tabiiy   geografik   komplekslarning   taksonomik   ko’lami
kattalashgan   sari   ularning   yuqori   chegarasi   balandlashib   borishi   haqidagi   fikrni   noto’g’ri   deb hisoblaydi.  A.G.Isachenkoning  o’zi landshaftlarning  yuqori chegarasini  yer yuzasidagi  o’simliklar
egallagan   10   metr   qalinlikdagi   qatlamdan   30-50   m   balanddan,   ayrim   hollarda   esa   undan   ham
balanddan o’tkazgan ma’qul deb hisoblaydi. 
A.L.Beruchashvili ham tabiiy geografik komplekslarning yuqori chegarasi ob-havo sharoitiga,
turli komponentlarning holatiga bog’liq holda tez-tez o’zgarib turishini inobatga olib, bu chegarani
aniqlash   qiyin   ekanligini   ta’kidlaydi.   Uning   fikricha   biogeosenozlarning   yuqori   chegarasini   eng
baland   o’simliklarning   uchlaridan   o’tkazish   kerak.   Fatsiyaning   yuqori   chegarasini   aniqlab   olish
uchun yilning  turli  fasllarida  maxsus  gradient  kuzatishlari  olib  borish zarur va  qashon bu chegara
eng yuqoridan o’tsa, o’sha chegarani fatsiyaning chegarasi deb hisoblash mumkin. 
Tabiiy   geografik   komplekslarning   pastki   chegaralari   haqida   ham   qat’iy   bir   xulosaga
kelinmagan.   A.G.Isachenkoning   (1991)   yozishicha,   landshaft   zonalarining   pastki   chegarasi,   bir
vaqtlar   A.A.Grigoryev   aytganidek   yer   sathidan   15-20   m   pastdan   o’tishi   lozim.   Landshaftlarning
pastki chegarasi esa zonaning chegarasidan past bo’lmasligi lozim. Landshaftning pastki chegarasi
komponentlarning   o’zaro   ta’siri,   quyosh   energiyasining   o’zgarishi,   namlikning   aylanishi,
organizmlarning   geokimyoviy   faoliyati   kabi   jarayonlarning   izlari   sezilib   turadigan   qatlamning
pastidan o’tishi, ya’ni yer sathidan bir  necha metr shuqurdan o’tishi kerak.  18 Mavzu: Landshaftning tarkibiy tuzilishi va morfologiyasi
REJA:
1. Landshaft haqida ta’limot.
2. Landshaftning chegarasi.
3. Landshaft morfologik birliklari.
1.Landshaft haqida ta’limot
Landshaft   tarifi.   Landshaft   haqida   ta’limotning   mazmuni.   V.V.   Dokuchev,   L.S.Berg,
S.V.Kolesnik, N.A.Solnsev, F.N.Milkov, K.I. Gerenchuk, N.A.Gvozdeskiy va boshqalar. Landshaft
haqidagi  regional,  tipologik,  umumiy  yo‘nalishlar.  Landshaft tarkibi  va strukturasi.  Landshaftning
chegarasi.   Landshaft   morfologik   birliklari.   Tog‘   landshaftlarining   asosiy   xususiyatlari.   Landshaft
geoximiyasi   haqida   tushuncha.   Landshaft   geofizikasi.   Landshaftga   inson   tasiri.   «Madaniy
landshaftlar». Landshaft tekshirishlarning amaliy ahamiyati. 
Landshaft-tabiiy   geografiyadagi   asosiy   tushunchalardan   biridir.   U   nemissha   «die   landsshaft»
so’zidan   olingan   bo’lib,   joy,   manzara,   hudud     ma’nolarini   bildiradi.   Nemis   olimi   K.Byurgerni
fikrisha landshaft  atamasini    birinchi  bo’lib  1805-yilda  nemis  geografi  A.Gommeyr o’z  asarlarida
qo’llagan. 
Landshaft tushunchasini shuqurlashtirish va uning ta’rifini mukamallashtirish jarayonida tabiiy
geograflar uch guruhga bo’linib ketishdi. 
Birinchi guruh tabiiy geograflarning fikrisha landshaft ham xuddi rel’ef, iqlim, tuproq, o’simlik
kabi   umumiy   tushunchadir.   Bu   tushuncha   tarafdorlari   (F.N.Milkov,   D.L.Armand,   Yu.K.Efremov,
V.I.Prokayev   kabilar)   fikrisha   landshaft   bizning   ko’z   o’ngimizda   tarixiy   shakllangan   va   uzluksiz
rivojlanishda bo’lgan u yoki bu geografik kompleks qiyofasida namoyon bo’lgan o’zaro bog’liq va
aloqador bo’lgan narsa, hodisalarning yig’indisidir.
Ikkinchi   guruh   geograflari   ta’kidlashicha,   landshaft   ma’lum   bir   hududni   egallagan,   o’zigaxos
xususiyatga ega bo’lgan regional birlikdir. Masalan, N.A.Solnsev landshaftni asosiy geografik birilk
deb   qaraydi   va   geologik   tuzilishi,   rel’ef   shakllari,   yer   osti   va   yer   usti   suvlari,   mikroiqlim,   tuproq
xillari, fito va zoosenozlari o’zaro bog’liq bo’lgan birikmalari qonuniy va tipik qaytalanib turadigan
genetik jihatdan bir butun hududni landshaft deb ataydi.
A.G.Isashenko   (1991)   landshafning   ta’rifini   boshqasharoq   va   qisqaroq   tarzda   quyidagisha
ta’riflaydi:   «Landshaft   mahalliy   ko’lamda   geotizimlarning   o’ziga   xos   yig’indisidan   iborat   bo’lib,
o’zining zonal va azonal belgilari bo’yisha bir butun hamda genetik jihatdan yaxlit geotizimdir». Uchinchi guruh geograflari landshaft ma’lum xarakterdagi hudud yoki joy deb qaraladi. Bundan
tashqari landshaft tabiiy  komponentlarning  dialektik  birligi,  majmuasi  deb, hamda  nisbatan  bir xil
bo’lgan tabiiy geografik kompleks deb qaraladi. 
Yuqorida keltirilgan fikrlarga xulosa qilib aytganda landshaft genetik jihatdan bir butun bo’lgan
geotizimdir. U bir xil geologik tuzilishi, bitta rel’ef turi, bir xil iqlim hamda faqat shu landshaftga
xos bo’lgan, dinamik jihatdan bog’liq bo’lgan urochishalardan yig’indisidan iboratdir.    
2.Landshaft chegarasi
Landshaftlar  kamdan-kam  hollardagina  keskin  chegaralarga  ega  bo’ladi.  Uning uchun hamma
komponentlar   keskin   va   baravariga   o’zgarishi   kerak.   Bunday   hodisa   esa   tabiatda   kam   kuzatiladi.
Landshaft   chegaralari   uni   hosil   qilgan   omillar   keskin   o’zgargan   sharoitdagina   aniq   ifodalanadi.
Azonal   geologik-geomorfologik   omillar   o’zining   sekin   o’zgaruvshanligi   sababli   eng   turg’un
landshaft   chegaralarini   hosil   qiladi.   Masalan,   baland   orfografik   ko’tarilmalar.   Azonal   chegaralar
gidrografik   chegaralar,   ya’ni   daryo   va   uning   tarmoqlariga   ham   to’g’ri   kelishi   mumkin.   Ko’pgina
daryolar turli morfostrukturalar chegaralari bo’ylab oqadi, ular o’ng sohillarini emirib, shap sohilida
terrasalarni   hosil   qiladi.   Azonal   omillar   keskin   o’zgarishi   sababli   ko’pchilik   landshaftlarning
chegarasi ham azonal kelib chiqishiga ega. 
Landshaftning morfologik qismlari landshaft chegaralariga nisbatan aniq ifodalanadi. Landshaft
chegaralarini   ayrim   urochishalarning   chegaralari   bo’ylab   o’tkazib   bo’lmaydi,   shunki   morfologik
birliklarni   ba’zi   tiplari   ikkala   landshaft   uchun   ham   umumiy   bo’ladi.   Shuning   uchun
urosheshalarning   chegarasi   keskin   bo’lganda   ham   landshaftlar   o’rtasidagi   chegaralar   ham   keskin
bo’lishi kerak, degan xulosa noto’g’ridir. 
Tabiiy   geografik   komplekslarning   pastki   chegaralari   haqida   ham   qat’iy   bir   xulosaga
kelinmagan.   A.G.Isashenkoning   (1991)   yozishicha,   landshaft   zonalarining   pastki   chegarasi,   bir
vaqtlar   A.A.Grigorev   aytganidek   yer   sathidan   15-20   m   pastdan   o’tishi   lozim.   Landshaftlarning
pastki chegarasi esa zonaning chegarasidan past bo’lmasligi lozim. Landshaftning pastki chegarasi
komponentlarning   o’zaro   ta’siri,   quyosh   energiyasining   o’zgarishi,   namlikning   aylanishi,
organizmlarning   geokimyoviy   faoliyati   kabi   jarayonlarning   izlari   sezilib   turadigan   qatlamning
pastidan o’tishi, ya’ni yer sathidan bir  necha metr shuqurdan o’tishi kerak. 
3.Landshaftning morfologik tuzilishi 
Landshaftshunoslikdagi   eng   muhim   nazariyalardan   biri   landshaftlar   morfologiyasi   haqidagi
ta’limotdir.   Landshaftning   tarkibiy   qismlari,   ularning   hududiy   joylanish   qonuniyati,   ularga   ta’rif berish va tasniflash, taksonomik ko’lamini aniqlash bilan landshaftshunoslikning maxsus bo’limi -
landshaft morfologiyasi o’rganadi.
Landshaftning morfologik tuzilishi asosan ikki bosqichdan - urochisha va fatsiyalardan iborat.
Urochisha   va   fatsiya   terminlarini   birinchi   bo’lib   fanga   L.G.Ramenskiy   (1938)   kiritgan.
Landshaftlarning morfologik qismlarini N.A.Solnsev to’liq ilmiy asoslab bergan. N.A.Solnsev va u
boshchilik qilgan landshaft laboratoriyasi xodimlari o’zlarining ilmiy izlanishlarida asosan tekislik
landshaftlarining tarkibiga kiruvchi geokomplekslarni aniqlab, ularni xaritaga tushirdilar.
Landshaft   dala   tadqiqot   ishlarida   fatsiyalar   aniqlanib   xaritaga   tushiriladi.   Ammo   ular   turli
olimlar   tomonidan   turlisha   nomlanadi.   Masalan,   epiforma   (R.I.Abolin),   elementar   landshaft
(B.B.Polinov,   I.M.Krashennikov),   makrolandshaft   (I.V.Larin),   biosenoz   (V.N.Sukatsev)   deb
atashadi. Bu tushunchalarni ko’pchiligi hozir eskirgan bo’lsada, landshaftlar geoximiyasida fatsiya
elementar landshaft deb ataladi.
Fatsiya A.G.Isashenko ta’rifiga  ko’ra joylashgan  o’rni, yashash sharoiti  bir xil bo’lgan hamda
biosenozga ega bo’lgan eng kichik bo’linmas  birlikdir. Fatsiya mezorel’efning  tuproq ona jinslari,
gidrologik rejimi, mikroiqlimi hamda tuprog’i bir xil bo’lgan bir elementida tarkib topadi.
Urochisha   deb   rel’efning   qabariq   yoki   botiq   shakllari   yoki   tekislik   qismlarida   bir   xil   tog’
jinslari   ustida   tarkib   topgan,   suv   oqimining   umumiy   yo’nalishi,   nuroq   jinslarning   olib   ketilishi,
ximiyaviy   elementlar   migrasiyasi   umumiy   bo’lgan   fatsiyalar   sistemasiga   aytiladi.   F.N.Milkov
urochishalar fatsiyalarning qonuniy kompleksi bo’lib, ular rel’efning notekisligi, tuproq va gruntlar
tarkibining   xilma-xilligiga   bog’liq   ravishda   tabiatda   bir-biridan   ajralib   turadi   deb   ta’riflaydi.
Urochishalar tipiga jar, dashtlardagi pastqam joylarni misol keltiradi.
Tabiatda   landshaftning   tarkibiy   qismlari  har  doim  ham   ikki  bosqichdan   iborat   bo’lavermaydi.
Ba’zan   ularda   ko’proq   bosqichlarni   ajratishga   to’g’ri   keladi.   Murakkab   tuzilishga   ega   bo’lgan
lanjdshaftlarda   joy,   fatsiya     guruhlari,   kichik   urochishashalar   ham   ajratiladi.   Bunday   morfologik
qismlar   murakkab   landshaftlarda   uchraydigan   oraliq   birliklardir.   Urochisha   va   fatsiyalar   asosiy
birliklar bo’lib, har bir landshaftda ajratiladi.
Ko’pchilik   landshaftlarda   bir   xil   morfologik   qismlar   bir   necha   bor   almashinadi.   Bunga   qumli
cho’llardagi yirik qum gryadalari va barxanlarni kiritish mumkin. 19 M avzu: LANDSHAFTLARNING  HOSIL QILUVCHI OMILLAR
MUAMMOSI
Reja
1. Urochishalar   landshaftlarning   asosiy   morfologik   qismi   ekanligi   va   fatsiyalarning
yig’indisidan iboratligi. 
2. Landshaftlarning ichki tuzilishini tahlil qilishda turli modellardan foydalanish. 
3. Vertikal va gorizontal, to’g’ri va teskari aloqadorliklar, ijobiy va salbiy aloqadorliklar va 
h.k.
4. Landshaftlar chegaralari.
Landshaftshunoslikdagi   eng   muhim   nazariyalardan   biri   landshaftlar   morfologiyasi   haqidagi
ta’limotdir.   Landshaftning   tarkibiy   qismlari,   ularning   hududiy   joylanish   qonuniyati,   ularga   ta’rif
berish va tasniflash, taksonomik ko’lamini aniqlash bilan landshaftshunoslikning maxsus bo’limi -
landshaft   morfologiyasi   o’rganadi.   Landshaftning   morfologik   tuzilishi   asosan   ikki   bosqichdan   -
urochisha   va   fatsiyalardan   iborat.   Urochisha   va   fatsiya   terminlarini   birinchi   bo’lib   fanga
L.G.Ramenskiy   (1938)   kiritgan.   Landshaftlarning   morfologik   qismlarini   N.A.Solnsev   to’liq   ilmiy
asoslab   bergan.  N.A.Solnsev  va  u  boshchilik   qilgan   landshaft   laboratoriyasi  xodimlari  o’zlarining
ilmiy   izlanishlarida   asosan   tekislik   landshaftlarining   tarkibiga   kiruvchi   geokomplekslarni   aniqlab,
ularni kartaga tushirdilar.
Landshaft   dala   tadqiqot   ishlarida   fatsiyalar   aniqlanib   kartaga   tushiriladi.   Ammo   ular   turli
olimlar   tomonidan   turlisha   nomlanadi.   Masalan,   epiforma   (R.I.Abolin),   elementar   landshaft
(B.B.Polinov,   I.M.Krasheninnikov),   makrolandshaft   (I.V.Larin),   biosenoz   (V.N.Sukachev)   deb
atashadi. Bu tushunchalarni ko’pchiligi hozir eskirgan bo’lsada, landshaftlar geoximiyasida fatsiya
elementar   landshaft   deb   ataladi.   Fatsiya   A.G.Isachenko   ta’rifiga   ko’ra   joylashgan   o’rni,   yashash
sharoiti   bir   xil   bo’lgan   hamda   biosenozga   ega   bo’lgan   eng   kichik   bo’linmas   birlikdir.   Fatsiya
mezorelyefning   tuproq   ona   jinslari,   gidrologik   rejimi,   mikroiqlimi   hamda   tuprog’i   bir   xil   bo’lgan
bir elementida tarkib topadi.
Urochisha   deb   relyefning   qabariq   yoki   botiq   shakllari   yoki   tekislik   qismlarida   bir   xil   tog’
jinslari   ustida   tarkib   topgan,   suv   oqimining   umumiy   yo’nalishi,   nuroq   jinslarning   olib   ketilishi,
kimyoviy   elementlar   migrasiyasi   umumiy   bo’lgan   fatsiyalar   sistemasiga   aytiladi.   F.N.Milkov
urochishalar fatsiyalarning qonuniy kompleksi bo’lib, ular relyefning notekisligi, tuproq va gruntlar
tarkibining   xilma-xilligiga   bog’liq   ravishda   tabiatda   bir-biridan   ajralib   turadi   deb   ta’riflaydi.
Urochishalar tipiga jar, dashtlardagi pastqam joylarni misol keltiradi.
Tabiatda landshaftning tarkibiy qismlari har doim ham ikki bosqichdan iborat bo’lavermaydi.
Ba’zan   ularda   ko’proq   bosqichlarni   ajratishga   to’g’ri   keladi.   Murakkab   tuzilishga   ega   bo’lgan
lanjdshaftlarda   joy,   fatsiya     guruhlari,   kichik   urochishashalar   ham   ajratiladi.   Bunday   morfologik
qismlar   murakkab   landshaftlarda   uchraydigan   oraliq   birliklardir.   Urochisha   va   fatsiyalar   asosiy
birliklar  bo’lib, har bir landshaftda ajratiladi.  Ko’pchilik  landshaftlarda  bir xil morfologik qismlar
bir   necha   bor   almashinadi.   Bunga   qumli   cho’llardagi   yirik   qum   gryadalari   va   barxanlarni   kiritish
mumkin.
Landshaftni   tashkil   etuvchi   birliklar   katta   kichikligiga   qarab   turli   qatorlarga   ajratiladi.
Masalan,   joylar   birinchi   qatorni,   urochishalar   ikkinchi   qatorni,   fatsiyalar   uchinchi   qatorni   tashkil
etadi.   Ayrimlar   oraliq   birlik   bo’lgan   urochishalarni   uchinchi   qator   deb   hisoblaydi   (Yu.Sultonov).
Bitta   landshaft   hududida   turli   qatorga   xos   bo’lgan   morfologik   birliklar   uchrashi   mumkin.   Har   bir
qator o’zidan keyingi qatordan tashkil topadi. Joy - urochishalardan, urochishalar esa o’z navbatida
eng kichik birlik bo’lgan fatsiyalardan tashkil topgan. Morfologik birliklar tashqi o’xshashlikka ega
bo’lsa-da, genetik jihatdan turlisha bo’ladi. Landshaftning morfologik birliklari zamon va makonda
o’zgarib   turadi,   shuning   uchun   ularni   o’rganishga   genetik   jihatdan   yondashiladi.   Masalan,   dengiz
chekinganda   dastlab   tekislikda   faqat   bitta   fatsiya   vujudga   keladi.   Vaqt   o’tishi   bilan   esa   ishki   va tashqi   kuchlar   ta’sirida   turli   fatsiya   va  urochishalar   vujudga   keladi   va   ular   ham   vaqt   o’tishi   bilan
o’zgarib   turadi.   Masalan,   suv   hosil   qilgan   jo’yakchalar   jarliklarga,   keyinshalik   kichik   soyliklarga
aylanishi mumkin.
Fatsiya takidlab o’tganimizdek bir xil tabiiy geografik sharoitga ega bo’lgan eng kichik tabiiy
geografik   birlikdir.   Fatsiya   termini   faqat   geografiyada   emas,   balki   geologiya,   geomorfologiya,
iqlimshunoslik va boshqa fanlarda ham ishlatiladi.
Bir xil zonal hamda azonal iqlimiy geologik-geomorfologik, biogeografik sharoitga ega bo’lgan
landshaftda   fatsial   bo’linishning   asosiy   omili   ular   joylashgan   o’rnining   har   xilligidir.   Turli
fatsiyalarning   hosil   bo’lishida   landshaft   taraqqiyotining   asosiy   xususiyatlari   ham   katta   ta’sir
ko’rsatadi. Masalan, tuproqni sho’r bosish, botqoqlanish, ko’llarda o’simliklarni ko’payishi va h.k.
Fatsiyalar   relyefning   ma’lum   bir   elementida:   tepalik,   jar,   vodiy   yonbag’irlari,   tog’   etagi,   tepasi,
tekislik   va   hakozolarda   joylashadi.   Relyefning   bunday   elementlari   eroziya   ba’zisiga   nisbatan
balandligi, qiyaligi, ekspozisiyasi, mikrorelyef shakllariga ko’ra bir-biridan farq qiladi.
Relyefning kichik shakllari - tepa, jar, do’ng tepa yuzasidagi shamollarning yo’nalishi hamda
tezligiga   ta’sir   ko’rsatadi.   Bu   narsa   joyning   yog’in   taqsimotida,   harorat   sharoitida   aks   etadi.
Balandliklarning   shamolga   ro’para   tomonida   kam,   teskari   tomonida   esa   ko’proq   to’planadi.
Yog’inlar   ham   turlisha   tushadi.   Yonbag’ir   ekspozisiyalari   to’g’ri   quyosh   radiasiyasini
taqsimlanishiga   ham   ta’sir   ko’rsatadi.   Janubga   qaragan   yonbag’irlar   quyosh   nurlarini   tekislikka
nisbatan   ko’proq,   shimoliy   yonbag’irlar   esa   kamroq   oladi.   Yonbag’irlar   ekspozisiyasi   radiasiya
rejimi   orqali   bug’lanishga   ham   ta’sir   qiladi.   Fatsiya   joylashgan   turli   xil   joylar   issiqlik   va   namlik
rejimi,   eroziya,   akkumlyasiya   jarayonlari,   mikroiqlimi,   nuroq   tog’   jinslari   hamda   minerallarning
tarkibi  jihatidan   bir-biridan  farq  qiladi.   Natijada  har  bir   landshaftning   o’ziga   xos  ekologik  sharoit
vujudga keladi. Bunday ekologik sharoitda boshqa joylardagidan farq qiladigan o’ziga xos biosenoz
tarkib   topadi.   Shunday   qilib   o’simlik   va   hayvonot   dunyosi   tabiatining   anorganik   komponentlari
bilan   birgalikda   relyefning   ma’lum   bir   elementida   o’rnashgan   eng   oddiy   geografik   kompleksni   -
fatsiyani hosil qiladi.
Fatsiyalar   landshaftda   tirik   organizmlardagi   hujayralar   singari   energetik   hamda   geoximik
to’qimalarni   hosil   qiladi,   lekin   har   bir   fatsiya   o’zi   mustaqil,   boshqalargabog’liq   bo’lmagan   holda
rivojlanmaydi,   ular   o’zaro   bog’langan   holda   bo’ladi.   Landshaftlarda   fatsiyalar   ko’plab   uchrashi
sababli ularni alohida-alohida tadqiq qilishning iloji bo’lmaydi. Natijada ularni tasniflash zaruriyati
tug’iladi.   Fatsiyalarni   tasniflash   bilan   shug’ullangan   olimlardan   biri   B.B.Polinovdir.   U
landshaftlarda kimyoviy elementlar migrasiyasini tahlil qilib, fatsiyalarni uchta asosiy turga bo’ladi.
Bular: elyuvial, superakval va subakval fatsiyalar.
Elyuvial fatsiyalar asosan relyefning do’ng joylariga, atrofdan ko’tarilib turgan suv ayirg’ish
yerlarga   to’g’ri   keladi.   Bunday   fatsiyalarda   tuproq   hosil   bo’lish   jarayoni,   o’simliklar   hayoti,
moddaning fatsiyaga kirib kelishi asosan atmosfera orqali bo’lib, yer osti suvlari ishtirok etmaydi.
Bunda   moddalar   faqat   atmosfera   orqali   keladi,   infiltrasiya   va   oqimlar   orqali   chiqib   ketadi.
Moddalarning   chiqib   ketishi   keladigan   moddalarning   miqdoridan   ortiq   bo’ladi.   Bunday   sharoitda
tuproqlarning yuqori gorizontida ishqorlanish sodir bo’ladi. Tuproqlarning doimiy ravishda yuvilib
turishi   sababli   tuproq   hosil   bo’lish   jarayoni   tog’   jinslarining   quyi   qatlamlariga   ham   kirib   boradi.
Natijada qalin nurash po’sti hosil bo’ladi.
Superakval   fatsiyalar   yer   osti   suvlari   yaqin   bo’lgan   joylarda   hosil   bo’ladi.   Bunda   moddalar
atmosferadan   kelmasdan   bug’lanish   natijasida   turli   xil   suvda   erigan   birikmalarning   yer   yuzasiga
chiqishidan   keladi.   Shuning   uchun   ham   tuproqlarning   yuqori   gorizontlari   erigan   moddalarga
boyiydi.   Bundan   tashqari   moddalar   bu   yerga   undan   yuqorida   joylashgan   elyuvial   fatsiyalardan
oqimlar orqali ham keladi.
Subakval   fatsiyalar   suv   havzalari   ostida   hosil   bo’ladi.   Bu   yerga   moddalar   asosan   oqimlar
orqali   olib   kelinadi.   Tuproqning   analogi   bo’lgan   loyqa   pastdan   yuqoriga   ortib   boradi.   Loyqalarda
eng   harakatchan   elementlar   to’planadi.   Subakval   fatsiyalarda   organizmlarning   alohida   yashash
shakllari kuzatiladi. Suv ostida joylashganligi sababli organik qoldiqlarning minerallashish sharoiti
yer ustidan farq qiladi va gumus o’rniga sopropellar hosil bo’ladi. Urochisha   -   deb   relyefning   qabariq   yoki   botiq   shakllari   yoki   tekislik   qismlarida   bir   xil   tog’
jinslari   ustida   tarkib   topgan,   suv   oqimining   umumiy   yo’nalishi,   nuroq   jinslarning   olib   ketilishi,
kimyoviy   elementlar   migrasiyasi   umumiy   bo’lgan   fatsiyalar   sistemasiga   aytiladi.   Ular   ayniqsa
parchalangan  relyef  shakllarida  aniq namoyon bo’ladi. Mezorelyefning  har bir shakliga  tepaliklar,
jarliklar,   cho’kmalar,   gryadalar,   terrasalar   uchun   o’ziga   xos   urochishalar   mos   keladi.   Shunday
bo’lsada   oqim   jarayoni,   mahalliy   atmosfera   sirkuliyasiyasi,   kimyoviy   elementlar   migrasiyasi
relyefning musbat va manfiy shakllaridagi fatsiyalarni bog’lab turadi va bitta yondosh qatorni hosil
qiladi.   Mezorelyef   shakllarining   farqi   kam   bo’lgan   yirik   yassi   daryo   oraliqlarida   urochishalarning
shakllanishi ona jinslar (ularning tarkibi, qalinligi) va tabiiy drenajdan uzoqligi bilan belgilanadi.
Tabiiy drenaj omili namgarchilik ortiqcha zonalarda katta rol o’ynaydi. Daryo vodiylarlaridan
uzoqlasha   borgan   sari   daryo   oraliqlrida   grunt   suvlari   sathi   ko’tariladi,   oqim   qiyinlashadi,
namlikning   turg’unligi   kuchayadi,   bu   esa   o’z   navbatida   tuproq-o’simlik   qoplamida   o’z   aksini
topadi.   Natijada   daryo   bo’yi   yonbag’irlaridan   daryo   oralig’i   markaziga   tomon   urochishalarning
o’zgarishiga olib keladi.
Urochisha - geosistemalar ierarxiyasida fatsiya va landshaft orasidagi muhim bosqichdir. Bu
dalada   landshaft   kartalarini   tuzish   va   aerosu’ratlarni   deshifrovka   qilishning   asosiy   obyekti
hisoblanadi.   Amaliy   landshaft   tadqiqotlarida   yerlarni   hisobga   olish   va   baholashda,   ulardan
foydalanish bo’yisha tavsiyalar berishda urochishalar katta rol o’ynaydi.
Sug’oriladigan   qadimgi   vohalarda   relyef   shakllari   tekislanib   yuborilgan.   Bu   yerlarda   tabiiy
o’simliklar   o’rnida   madaniy   o’simliklar   o’sib   yotadi.   Tabiiy   tuproqlar   o’rnini   madaniy   tuproqlar
egallaydi va ular tabiiy tuproqlardan o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra farq qiladi. Madaniy tuproqlar
tabiiy  tuproqlarga  nisbatan  chirindiga   ansha   boy  bo’ladi.   Tuproq  qansha  qadimdan  o’zlashtirilgan
bo’lsa,   u   shuncha   serhosil   bo’ladi.   Shu   sababli   ham   sug’oriladigan   yerlardagi   urochishalarni   uch
guruhga   ajratish   mumkin:     1.   Eng   qadimgi   sug’oriladigan   yerlardagi   urochishalar   (madaniy
qatlamlar qalinligi 2 metrdan ziyod); 2.Qadimdan sug’oriladigan yerlardagi urochishalar (madaniy
qatlamlar   qalinligi   1   metrdan   2   metrgacha);   3.Yangidan   sug’oriladigan   yerlardagi   urochishalar
(madaniy qatlamlar qalinligi 1 metrgacha).
Geografik   landshaftlar   strukturasida   egallab   yotgan   maydoniga   ko’ra   urochishalar   asosiy   va
ikkinchi   darajaliga   ajratiladi.   Agar   jar   landshaftning   asosiy   maydonini   egallab   yotsa   bunday
urochishalar   asosiy   urochishalar,   kam   maydonni   egallasa   ikkinchi   darajali   urochishalar   deyiladi.
Shuni   ta’kidlash   lozimki,   urochishalarni   bunday   klassifikasiya   qilishda   ular   egallab   yotgan   rel’ef
shakllarning   kelib   chiqishi,   yoki   urochishalarni   hosil   qiluvchi   tog’   jinslarining   xarakterini   asosiy
ko’rsatkish qilib olish zarur. 
Urochishalar   o’zining   ishki   tuzilishiga   ko’ra   oddiy   va   murakkab   urochishalarga   bo’linadi.
Agar mezorelyefning bir elementi bir tipdagi fatsiyadan tashkil topgan bo’lsa oddiy urochisha, agar
bir   necha   fatsiyalardan   tashkil   topgan   bo’lsa   murakkab   urochishalar   deyiladi.   Murakkab
urochishalar quyidagi sharoitda  hosil bo’ladi:  ikkinchi  darajali  mezorelyef  shakllari  bilan o’yilgan
yirik mezorelyeflarda  (jarlik  va botqoqliklardan  iborat  gryadalar,  ko’llar  va botqoqliklardan  iborat
cho’kmalar).   Litologik   jihatdan   turlisha   bo’lgan   bitta   mezorelyef   shaklida.   Ikkinchi   darajali
urochisha   yoki   alohida   fatsiyaga   ega   bo’lgan   suv   ayirg’ichlarda.   Ikkilamchi   yoki   uchlamchi
urochishalar   (balandliklardagi   botqoq   massivlari   va   ularning   har   birlari   alohida   urochisha
hisoblanadi).
Landshaftlarning   morfologik   qismlari   ichida   eng   kattasi   joy   (mestnost)   deb   ataladi.   Joy
deganda   ma’lum   landshaft   uchun   xos   bo’lgan   urochishalar   yig’indisining   alohida   varianti
tushuniladi. Geografik adabiyotda “joy turi” degan atama ham tez-tez uchrab turadi (Milkov, 1956).
Joy   turlari   landshaftlarning   morfologik   qismi   hisoblanmaydi-ku,   ammo   u   ham   xo’jalikda
foydalanishi nuqtai nazaridan qaraganda nisbatan bir xil bo’lgan yirik tabiiy hududiy kompleksdir
va   urochishalarning   majmuidan   iboratdir.   Yuqoridan   bayon   etilgan   morfologik   birliklar   asosan
tekislik o’lkalarning landshaftlari misolida o’rganilgan birliklar bo’lib, tog’lik o’lkalar landshaftlari
tadbiq   etilganda,   ba’zan   qo’shimsha   oraliq   birliklarni   ajratishga   to’g’ri   keladi.   Masalan,
landashftshunos   G.P.Miller   (1974)   Karpat   tog’lari   landshaftlarining   morfologik   birliklari   tizimiga
sektor – joy – striya – murakkab urochisha – oddiy  urochisha – urochishacha – zveno – fatsiya kabi birliklarni   kiritadi.   Bunday   ko’p   pog’onali   morfologik   birliklar   tizimi   mahalliy   ahamiyatga   ega
bo’lib, boshqa o’lkalarda yana boshqasharoq ko’rinishda bo’lishi mumkin.
Shunday   qilib   qilib   landashft   o’zidan   kichik   bo’lgan   komplekslaran,   ya’ni   morfologik
qismlardan tashkil topgan murakkab tabiiy hududiy kompleksdir. Landshaftning har bir morfologik
qismi   ham   o’ziga   xos   xususiyatga   ega   bo’lgan   kompleks   deb   qaralishi   bilan   birga,   ular   ayrim
o’xshash   belgilarga   asoslangan   holda   tasnif   qilinishi   mumkin,   ya’ni   tipologik   birlik   sifatida
qaralishi   mumkin.   Landshaftlar   bir-biridan   turli   tabiiy   chegaralar   bilan   ajratilgan   bo’ladi.
Landshaftlar  bir-biriga  o’tishida  uning   tuzilishi  ham   o’zgaradi,   ya’ni   landshaftning   komponentlari
va uning morfologik  tuzilishi  ham  o’zgaradi.  Landshaftlarning  bu birliklari  keskin  o’zgarsa uning
chegarasi   aniq   bo’ladi,   agar   sekinlik   bilan   o’zgarsa   chegara   aniq   bo’lmaydi.   Landshaft
chegaralarining   vujudga   kelishi   zonal   va   azonal   omillarning   ta’siri   bilan   bog’liq.   Landshaftlar
chegaralarini o’zgarishi turli sabablarga bog’liq bo’lishi mumkin. Masalan, absolyut balandlikning
o’zgarishi, to’rtlamchi davr yotqiziqlari, iqlimning zonalligi va h.k. 
Landshaftlar kamdan-kam hollardagina keskin chegaralarga ega bo’ladi. Uning uchun hamma
komponentlar   keskin   va   baravariga   o’zgarishi   kerak.   Bunday   hodisa   esa   tabiatda   kam   kuzatiladi.
Landshaft   chegaralari   uni   hosil   qilgan   omillar   keskin   o’zgargan   sharoitdagina   aniq   ifodalanadi.
Azonal   geologik-geomorfologik   omillar   o’zining   sekin   o’zgaruvshanligi   sababli   eng   turg’un
landshaft   chegaralarini   hosil   qiladi.   Masalan,   baland   orfografik   ko’tarilmalar.   Azonal   chegaralar
gidrografik   chegaralar,   ya’ni   daryo   va   uning   tarmoqlariga   ham   to’g’ri   kelishi   mumkin.   Ko’pgina
daryolar   turli   morfostrukturalar   chegaralari   bo’ylab   oqadi,   ular   o’ng   sohillarini   yemirib,   chap
sohilida   terrasalarni   hosil   qiladi.   Azonal   omillar   keskin   o’zgarishi   sababli   ko’pchilik
landshaftlarning chegarasi ham azonal kelib chiqishiga ega. 
Landshaftning   morfologik   qismlari   landshaft   chegaralariga   nisbatan   aniq   ifodalanadi.
Landshaft   chegaralarini   ayrim   urochishalarning   chegaralari   bo’ylab   o’tkazib   bo’lmaydi,   shunki
morfologik   birliklarni   ba’zi   tiplari   ikkala   landshaft   uchun   ham   umumiy   bo’ladi.   Shuning   uchun
urosheshalarning   chegarasi   keskin   bo’lganda   ham   landshaftlar   o’rtasidagi   chegaralar   ham   keskin
bo’lishi   kerak,   degan   xulosa   noto’g’ridir.   Landshaftlar   faqatgina   gorizontal   yoki   hududiy
chegaralarga   ega   bo’lmasdan,   ular   balandlik   chegaralariga   ham   ega.   Landshaftlarning   vertikal
chegaralari   to’g’risidagi   mulohazalarni   biz   A.Yu.Regesom   (1966),   K.N.Dyakonov   (1971),
V.B.Sochava   (1978),   N.L.Beruchashvili   (1990)   kabilarning   asarlarida   uchratishimiz   mumkin.
A.Yu.Regesomning   (1966)   yozishicha   biogeosenozlarning   (fatsiya)   yuqori   chegarasi   juda
o’zgaruvshandir   va   yer   yuzasining   past-balandligi,   meteorologik   sharoitlari,   radiasiya   balansi   va
moddaning biologik aylanishiga bog’liqdir. 
O’tloq   biogeosenozlarda   yuqori   chegara   bir   necha   o’n   santimetrdan   bir   necha   metrgasha
balanddan   o’tishi   mumkin.   O’rmon   biosenozlarida   esa   bir   necha   o’n   metr   yuqoridan   o’tadi.
Urochishalarning   yuqori   chegarasi   bir   necha   o’n   metrdan   bir   necha   yuz   metrgasha   bo’ladi.
Landshaftlarning maydoni kattaroq bo’lgani uchun ularning yuqori chegarasi 0,8-2,0 km balanddan
o’tadi. 
O’rmon-tundra   landshaftlarini   o’rgangan   K.N.Dyakonov   (1971)   oq   qayinli   siyrak   o’rmon
fatsiyalarining yuqori chegarasini 4-5 metrdan, urochishalarning yuqori chegarasini esa yer yuzidan
7-9   metr   balanddan   o’tishini   aniqlagan.   K.N.Dyakonov   ana   shu   balandlikda   fatsiyalararo   va
urochishalararo   havo     haroratining   farqlari   yo’qolar   ekan.   Bu   ko’rsatkishlar   bir   martalik   o’lshash
natijalaridir.   Boshqasha   ob-havo   sharoitida   bu   ko’rsatkishlar   boshqasha   bo’lishi   ham   mumkin.
Shuning   uchun   A.G.Isachenko   (1991)   tabiiy   geografik   komplekslarning   taksonomik   ko’lami
kattalashgan   sari   ularning   yuqori   chegarasi   balandlashib   borishi   haqidagi   fikrni   noto’g’ri   deb
hisoblaydi.  A.G.Isachenkoning  o’zi landshaftlarning  yuqori chegarasini  yer yuzasidagi  o’simliklar
egallagan   10   metr   qalinlikdagi   qatlamdan   30-50   m   balanddan,   ayrim   hollarda   esa   undan   ham
balanddan o’tkazgan ma’qul deb hisoblaydi. 
A.L.Beruchashvili ham tabiiy geografik komplekslarning yuqori chegarasi ob-havo sharoitiga,
turli komponentlarning holatiga bog’liq holda tez-tez o’zgarib turishini inobatga olib, bu chegarani
aniqlash   qiyin   ekanligini   ta’kidlaydi.   Uning   fikrisha   biogeosenozlarning   yuqori   chegarasini   eng
baland   o’simliklarning   uchlaridan   o’tkazish   kerak.   Fatsiyaning   yuqori   chegarasini   aniqlab   olish uchun yilning  turli  fasllarida  maxsus  gradient  kuzatishlari  olib  borish zarur va  qashon bu chegara
eng yuqoridan o’tsa, o’sha chegarani fatsiyaning chegarasi deb hisoblash mumkin. 
Tabiiy   geografik   komplekslarning   pastki   chegaralari   haqida   ham   qat’iy   bir   xulosaga
kelinmagan.   A.G.Isachenkoning   (1991)   yozishicha,   landshaft   zonalarining   pastki   chegarasi,   bir
vaqtlar   A.A.Grigoryev   aytganidek   yer   sathidan   15-20   m   pastdan   o’tishi   lozim.   Landshaftlarning
pastki chegarasi esa zonaning chegarasidan past bo’lmasligi lozim. Landshaftning pastki chegarasi
komponentlarning   o’zaro   ta’siri,   quyosh   energiyasining   o’zgarishi,   namlikning   aylanishi,
organizmlarning   geokimyoviy   faoliyati   kabi   jarayonlarning   izlari   sezilib   turadigan   qatlamning
pastidan o’tishi, ya’ni yer sathidan bir  necha metr shuqurdan o’tishi kerak.
20  Mavzu:  LANDSHAFT  EKOLOGIYA SI YOKI GEOEKOLOGIYA TUSHUNCHASI .
Reja 
1. Tabiiy-antropogen landshaftlar va ularning hosil bo’lish omillari. 
2. Landshaftlardagi mahlum maqsadlarni ko’zlab qilingan tahsirlar, ularning oqibatida kutilgan
va kutilmagan o’zgarishlar. 
3. Antropogen landshaft, madaniy landshaft tushunchalari. 
4. Antropogen landshaftlarni tasniflash tajribalari.
5. Landshaftshunoslikning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidagi ahamiyati.
6. Landshaftshunoslik va shahar arxitekturasi.
7. Landshaftshunoslik va tabiiy geografik bashorat.
Landshaftlar   geografiyasi   tabiiy   hududiy   kompleks larni   vujudga   keltiradigan
komponentlarning   birligi   va   o’zaro   taqozosi,   ularning   birlikda   vujudga   keltirgan   geogra fik
komplekslarning taraqqiyoti hamda geografik joylashishi   haqidagi   fan   ekan,   u   umumiy   ta’limiy
ahamiyatga   molik   bo’lishdan tashqari, katta xalq xo’jaligi qurilishlari     vazifa lari bilan ham uzviy
bog’langandir.
O’tgan   asrning   so’nggi   choragida   Yer   haqidagi   tabiiy   fanlar   erish gan   ulkan   muvaffaqiyatlar
tabiatning   turli   komponentlari   o’rtasida   mustahkam   aloqalar   mavjudligini   qayd   qilish   bilan   birga
hududni   xalq   xo’jaligi   ishlab   chiqarishi   maqsadlarida   o’rganishda   komplekslikka,   ya’ni   landshaft
tamoyiliga   amal   qilish   mumkinligini   tasdiqladi.  Bu  har   bir  o’rganilayot gan joydagi tabiiy  hududiy
komplekslarda   mavjud   bo’lgan   tabiiy   imkoniyat   va   resurslarni   aniqlash   va   undan   xo’jalikda
foydalanish imkoniyatlarini ko’rsatib berish degan so’zdir.
Qishloq   xo’jaligi   ishlab   chiqarishi   sohasida   landshaft   va   tabiiy   geografik   rayonlashtirish
kartalari,   ayniqsa   katta   masshtabli   kartalari   qishloq   xo’jalik   ekinlarini   tabiiy   zona   ichida
joylashtirishda va agrokimyoviy tadbiriy-choralarni belgilashda katta yordam beradi. Har bir qishloq
xo’jalik   mutaxassisi   u   yoki   bu   hududdagi   sharoitlarning   bir   xilligini   yoki   uning   qandaydir   bir
yo’nalishda   o’zgarib   borishi   mumkin ligini   e’tiborga   oladi.   Ilmiy   jihatdan   asoslangan   tabiiy
rayonlashtirish   qishloq   xo’jaligini   to’g’ri   rejalashtirishga,   zarur   agrotexnik   meliorativ   choralarni
ishlab chiqishga imkon  beradi. 
Dehqonchilikda ekinlarni zonalar bo’yisha joylashtirish  uchun tuziladigan tavsiyanomalarda
alohida   zona   va   regionlar ning   ishki   tuproq-iqlimiy,   geomorfologik   tafovutlari   hisob ga   olinishi,
shuningdek,   yangi   sug’orilayotgan   yerlar   o’zlashtiri layotganda,   tuproqning   suv   hamda   shamol
eroziyasining oldini  olish choralari tanlanayotganda albatta hududning  provinsial xususiyatlariga
e’tibor   berilishi   zarur.   Masalan,   Markaziy   Farg’onaning   ba’zi   yerlarida   tuproqning   sho’r   bosishini
keltirib chiqaradigan yer osti suvi sathini pasaytirish talab   qilinsa, unga qo’shni bo’lgan bir hududda
tuproqdagi   namni   saqlash,   uchinchi   bir   yerda   esa,   tuproqning   shamoldan   to’zib   ketishiga
qarshi kurash choralarini ishlab chiqish talab etila di va hokazo. Farg’ona  vodiysining tekislik,   tog’   oldi  va  adir  qismlarining  har birida  o’ziga  xos  eroziya
jarayonlari   ro’y   beradi.   Har   bir   landshaftda   eroziyaning   biror   turi   boshqalariga   nisbatan
kuchliroqdir.   Chunonchi,   G’arbiy   va   Markaziy   Farg’onaning   o’rta   qismidagi   qumli   cho’l
landshaftida   shamol   eroziyasi   va   akkumu lyasiyasi,   Shimoliy   va   Sharqiy   Farg’onaning   adirlar
landshaf tida   tuproqning   yuzalama   yuvilishi   kuchli   ro’y   beradi.   Shuning   uchun   ham   bunday
jarayonlarga   qarshi   kurash   choralari   tavsiya   etilayotganda   joyning   mahalliy   xususiyatlari   albatta
hisobga olinmog’i  kerak.
Landshaft   kartalari   va   shu   landshaft   kartalari   asosida   tuzilgan   tabiiy   geografik
rayonlashtirish kartalari  har bir   joyning mahalliy tabiiy xususiyatlari haqida aniq ma’lumot   beradi.
Biroq   ko’p   hollarda,   ayniqsa   irrigatsiya   ishchi   nasoslari   qu rish   sohasida,   irrigatsiya   tizimlari
landshaftning   tarki biy   qismi   ekanligi   hisobga   olinmaydi.   Landshaft   komponent lari   kompleks
holda   o’rganilmaydi.   Deyarli   hamma   hollarda   irrigatsiya   tizimlarining   loyihasini   tuzishda   tabiiy
sharoit   kompleksining   birgalikdagi   roliga   ahamiyat   bermasdan,   faqat   relyef   e’tiborga   olinadi.
Shuning   uchun   ham   A.V.   Dunin-Bar kovskiy   turli   tabiiy   sharoitlardagi   irrigatsiya   tizimii ning
ishini   xarakterlovchi   omillarni   tahlil   qilib,   rayonlash tirishning   tabiiy  geografik   tamoyili   sug’orish
tizimlarini   loyihalash,   qurish   va   ekspluatasiya   qilish   maqsadlariga   to’liq   javob   beradi,   deb
ta’kidlaydi.
Binobarin,   sug’orish   kanali   kesib   o’tgan   trassa   landshaftla rining   xususiyatlari   har
tomonlama   o’rganilmasa,   katta   massh tabdagi   landshaft   morfologik   strukturalari   kartalariga
asoslanmasa,   bunday   sug’orish   kanalinning   iqtisodiy   afzalli gi   haqida   o’ylas h   maqs adga
muvofiq   bo’lmaydi.   Shuning   uchun   ham   A.V.   Dunin-Barkovskiy   landshaftshunoslarning
ishlariga  asoslanib, sug’orish sistemalarining xususiyatlarini geografik  zonalar (cho’l, shala cho’l
va   dasht)   bo’yisha   qarab   chiqadi,   zonalar   ichida   esa   tipologik   komplekslarga   e’tibor   beradi.
Irrigatsiya   qurilishlari   nuqtai   nazaridan   cho’llar   zonasini   tog’ ,   tog’   etagi   tekisliklari,
pasttekislik   cho’llari   kabi   balandlik   min taqalariga   bo’ladi:   pasttekislik   cho’llarini   tiplarga
(qayir,   yuqori   va   past   terrasalar,   konussimon   yoyilmalar,   quruq   deltalar,   hozirgi   allyuvial
tekisliklar   va   h.k.)   ajratadi.   Kelajakda   sug’orishda   mo’ljallangan   yerlarni   tabiiy   geogra fik
rayonlashtirishda   T.V.   Zvonkova   irrigatsiya   tarmoqlarini   loyihalash   va   foydalanish   qilish
muvaffaqiyatini   belgilab   beradigan   mahalliy   yetakchi   omillarni   aniqlab   olish   kerakligi ni
ta’kidlaydi. Shunday yetakchi omillar qatoriga cho’l zonasida joyning relyefi va geologik tuzilishi,
geoximik va tabiiy   geografik jarayonlarni kiritadi, joyning injener-geografik h olatini,  uning sho’r
bosganlik   va   botqoqlashganlik   darajasiga   qarab   tiplarga   ajratish   yoki   rayoilashtirish   zarur,   deb
qaray di.   Shuningdek,   Qoraqum   va   Qizilqumdagi   yaylovlardan   foyda lanish   va   ularni   suv   bilan
ta’minlash loyihasini tuzayotganda  ham tabiiy komplekslarning hamma xususiyatlari har tomonla -
ma e’tiborga olinmog’i lozim.
Aniq   landshaftlarni   o’rganish,   landshaft   kartalarini   tuzish   va   tabiiy   geografik
rayonlashtirish   natijasi   har   bir   geografik   kompleks   hududidagi   mavjud   tabiiy   imkoniyat larni
aniqlashdan   iborat   bo’ladi.   Ana   shunday   tabiiy   imkoni yatlar   miqdoriy   ko’rsatkishlarda
ifodalansa   va   shu   hudud dan olingan hosil miqdori  bilan  birgalikda  olib qaralsa,  maz kur joyning
iqtisodiy   qiymati   ko’zga   tashlanadi.   Shuning   uchun   qam   tabiiy   va   iqtisodiy   geograflar   yerga
iqtisodiy   baho   be rish   ustida   hamkorlikda   ishlay   boshladilar.   Yerga   iqtisodiy   baho   berishda
landshaft komplekslari hududida tabiiy imkoniyatlarni hisobga olib qolmasdan, qishloq xo’jalikda
maydon birligi hisobga olingan mahsulot kabi iqtisodiy omillar  ham hisobga olinadi.
Xo’jalikni   rivojlantirish   rejasini   tuzishda   tabiiy   sharoitlar   kompleksiga   yetarli   darajada
baho   bermoq   lozim.   Bu   sohadagi   rejalashtirish   ishlarida   tabiiy   geograf   yoki   landshaftshunos
mutaxassislar   ko’pgina   muhim   masalalarni   hal   qilishda   qatnashishlari   lozim.
G.V.Chechixinning fikriga  ko’ra, qishloq xo’jaligi maqsadi uchun yer tuzish ishlarini loyih alashda
o’tkaziladigan   kompleks   tabiiy   geografik   tekshirish lar   asosida   tuzilgan   yerdan   foydalanish
kartalarida   quyidagilarga   ahamiyat   berish   zarur:   1)   qishloq   xo’jalik   ishlab   chiqarishini   tashkil
etish   uchun   y erning   hosildorligi   va   xo’jalik   uchun   qulayligi;   2)   o’rmon   xo’jaligida
foydalanishdagi   qulayligi;   3)   u   yoki   bu   inshoot   yoki   qurilish   uchun   qulayligi;   4)   tog’-kon   va
qurilish materiallari  uchun yer osti boyliklaridan foydalanish imkoniyatlari. Shunday   ishlarni   bajarishga   qaratilgan   tajribalardan   biri   kompleks   geografik
rayonlashtirish   asosida   o’tkazilgan   injener-geografik   rayonlashtirishdir.   V.S.Preobrajenskiy   va
boshqalarning   Chita   oblasti   uchun   tuzgan   “Qurilish   maqsadla rida   tabiiy   rayonlarni   murakkablik
darajasiga qarab guruh lash sxemasi”da rayonga injener-geografik jihatdan baho  berilgan va yirik sanoat
komplekslari   qurish   nuqtai   nazaridan   5   balli   shkala   ishlab   chiqilgan,   bu   sxemada   hudud   to’rt
kategoriyali   rayonga   bo’lingan:   1)   qurilish   uchun   sharoiti   o’rtacha   murakkab   bo’lgan   rayon;   2)
qurilish   uchun   sharoiti   murakkab   rayon;   3)   qurilish   uchun   sharoiti   og’ir   rayon;   4)   qurilish   uchun
sharoti juda og’ir rayon .
Shahar   va   aholi   punktlarining   qurilishi   tabiiy   komplekslar   bilan   arxitektura   komplekslarnni   bir
butun   holida   uyg’unlash tirishni   talab   qiladi.   Odamning   xo’jalik   faoliyati   ta’siri   doirasida   bo’lgan
landshaftni uyg’unlashtirish landshaft arxi tekturasi fanining vazifasidir. Landshaftshunoslikning bu
sohasi   so’nggi   chorak   asrda   rivojlana   boshladi.   Shaharlar   va   shahardan   tashqaridagi   punktlarni,
xiyobon   va   yo’llarni   shu   hudud   landshaft   komplekslariga   moslab   qurish,   undagi   relyef,   tuproq,
o’simlik,   suv   injener-arxitektura   inshootlarin ing   o’zaro   bog’langan   manzarasini   barpo   etish,
ma’lum  sanita riya-gigiena sharoitlarini yaratish kishilarda shu bunyod etilgan lardan zavq ola bilish
hissini   uyg’otadi.   Shu   sababli   shaharlarni   tabiiy   bezashda   arxitektorlar   bilan   birgalikda
landshaftshunoslar   ish   olib   borishlari   kerak.   Yo’l   qurilishi ni   shunday   loyihalash   kerakki,   yo’l
tabiiy komplekslarga sin gib ketsin. Bunda V.Reynfeld aytganidek yo’l o’tishi kerak   bo’lgan joy
tabiatini baholay bilish, yo’lni landshaftlarga   singdirib yuborish, tabiatdagi ritmiklik bilan yo’ldagi
ritm ni   moslashtirish,   tabiiy   landshaftlarga   sun`iy   qurilish   va   o’simliklarni   moslab   joylashtirish
zarur. Landshaft komp lekslariga yo’l trassasini singdirib yuborish faqat estetik  jihatdan qanoatlanish
uchungina   emas,   balki   haydovchilarning   charchashini   kamaytirish   va   harakat   xavfsizligini
yaxshilash  uchun ham zarurdir.
Yangi shahar qurilishlarini loyihalashda mavjud landshaft   komplekslarini  har tomonlama  tahlil
qilish va shunga asosla nish odat bo’lib bormoqda. Geografik landshaftshunoslik   bilan shahar qurilishini
bir-biriga bog’lash landshaft arxitekturasi   fanining vazifasidir. Kurort joylarni loyihalashtirish va   yirik
shaharlarda   dam   olish   zonalarini   barpo   etishda   geograf- landshaftshunoslar   va   arxitektorlar
hamkorligi ayniqsa za rur. 
Tabiiy   geografik   komplekslarda   ro’y   beradigan   tabiiy   jarayon larning   rivojlanish   yo’nalishini
oldindan   aytib   berish,   ya’ni   tabiiy   geografik   bashorat   ham   landshaftni   har  tomonlama   o’rganishga,
landshaft va tabiiy geografik rayonlashtirish kar talariga asoslanadi.
Tabiiy geografik bashorat, ayniqsa yirik   rayonlarning   (G’arbiy Sibir, O’rta Osiyo) xo’jaligini
rivojlantirish   reja larini   tuzishda   katta   ahamiyatga   egadir.   O’rta   Osiyo   hudud ida   sug’oriladigan
maydonlarning   kengayishi,   bu   yerning   tabi atida   yaqin   kelajakda   qanday   o’zgarishlarni   keltirib
chiqa rishi   mumkinligini   oldindan   ko’ra   bilish   va   shu   yo’nalishga   qa rab   xo’jalik   ixtisoslanishini
rejalashtirish zarur.
Tabiiy   geografik   bashoratga   e’tibor   bermaslik   ko’p   hollar da   ko’ngilsiz   oqibatlarga   olib
kelishdan tashqari, katta moddiy  zarar ham keltiradi.
G’arbiy Sibirning janubi va Qozog’istondagi qo’riq va bo’z y erlarni o’zlashtirish davrida, qora va
kashtan tuproqli yerlar dan millionlab gektari haydab yuboriladi, shu bilan birga shamol eroziyasiga
beriluvchan   yengil   mexanik   tarkibli   tuproqlar   ham   eroziyaga   qarshi   tadbirlar   qo’llanmay   haydaldi.
Buning us tiga quruq iqlim ham hisobga olinmadi. Oqibatda chang bo`ron lari tez-tez takrorlanib turadigan
bo’lib qoldi. 1967 yilda  G’arbiy Sibir dashtlarida may oyida 19 kun davomida chang  bo’roni bo’lib
turdi,   dala   ishlari   bir   necha   kunga   to’xtab   qoldi.   Yuz   minglab   gektar   yerdagi   ekinlar   shamol
eroziyasi   tufayli   nobud   bo’ldi,   yo’llarni   va   suv   inshootlarini   tuproq   bosib   ketdi.   Shundan   so’ng
ko’pgina   xo’jaliklar   katta   maydondagi   yerlarni   nuroq   holicha   tashlab   qo’yishga   majbur   bo’ldilar.
Agar eroziya o’choqlari bo’lgan urochishalarni haydalmagan da yoki hududda tuproqni eroziyadan
muhofaza   qilish   choralari   oldindan   ko’rilganda,   shunday   hol   yuz   bermas   edi.   Xalq   xo’ jaligi   uchun
zarar   keltiradigan   tabiiy   geografik   jarayonlarni   tabiiy   geografik   hududiy   kompleks   doirasida   har
tomon lama   o’rganish   va   shunday   jarayonlarning   bir   yoki   bir   nechtasi   keng   tarqalgan   joylarni
aniqlash, uni rayonlashtirish hamda   ularga qarshi kurash choralarini  ishlab chiqish juda katta xalq
xo’jaligi   ahamiyatiga   egadir.   Shu   nuqtai   nazardan   qaraganda,   P.G’ulomov   Zarafshon vohalariga   tutash   cho’llardagi   qishloq   xo’jalik   ahamiyatiga   molik   bo’lgan   tabiiy   geografik
jarayon larni   o’rganib,   tuzgan   tabiiy   geografik   jarayonlarning   tarqa lishi   kartasi   diqqatga
sazovordir. Bu kartada qishloq xo’jaligi  ahamiyatiga molik bo’lgan tabiiy geografik jarayonlar
hisobga olinib, o’n bir rayon ajratilgan va har bir rayon hudud ida qanday jarayonlar  tarqalganligi,
unga qarshi ko’ riladigan choralar belgilanga
            21 Mavzu:  LANDSHAFTLARNING MAXSUS FAOLIYATI 
(O‘Z FUNKSIYASINI BAJARISHI)
Oldingi   boblarda   aytib   o‘tganimizdek,   landshaft   ichki   tuzilishining   shakllanishida,   unig
dinamikasida, evolyutsion o‘zgarishlarida va rivojlanishida modda va energiya almashinish jarayoni
eng   muhim   shart-sharoitlardan   biridir.   Bu   jarayon   landshaftning     “ yashashi ” ning   yoki   maxsus
faoliyatining asosini tashkil qiladi. Landshaftning maxsus faoliyati deganda A.G.Isachenko (1991)
landshaftda ro‘y  beradigan modda va energiyaning ko‘chib yurishi, almashinishi va o‘zgarishi kabi
barcha jarayonlarning majmuasini tushunadi.
Landshaftning  maxsus   faoliyati  asosida  uchta  yirik  tabiiy  jarayon  yotadi.   Bular:  1)  energiya
oqimi   va   uning   o‘zgarishi;   2)   namlikning   aylanishi;   3)   moddaning   biokimyoviy   aylanishidir.
Quyida ana shu jarayonlarni birma-bir ko‘rib o‘tamiz.
Landshaftlarda   ro‘y   beradigan   energiya   oqimida   asosan   uch     xil   energiya,   ya’ni   quyosh
energiyasi,   yerning   ichki   energiyasi   va   gravitatsiya   energiyasi   ishtirok   etadi.   Bularga   qo‘shimcha
qilib kimyoviy unsurlarning o‘zaro ta’siridan ajralib  chiqadigan energiya,   mi nerallarning  kristallar
panjarasida   hosil   bo‘ladigan     energiya     kabilarni   ham   aytish   mumkin.   Ammo   oldingi   uch   xil
energiyaga nisbatan bularning salmoo‘i ancha kamdir.
Sanab   o‘tilgan   uch   energiya   xillari   ichida   quyosh   energiyasi   ayniqsa   katta   ahamiyatga   ega
bo‘lib, u landshaftlarning maxsus faoliyatidagi moddalarning barcha aylanma harakatlarida ishtirok
etadi. Yerdagi hayotning bor-yo‘qligi ana shu energiyaga bog‘liqdir. Quyosh energiyasining yerdagi
modda   aylanishiga   qo‘shilib   ketishi   asosan   o‘zida   xlorofill   moddasi   bo‘lgan   organizmlar:   yashil
bakteriyalar,   ko‘k-yashil   suv   o‘tlari,     fitoplankton   va   yuqori   tabaqa   o‘simliklarning   fotosintezi
orqali bo‘ladi.
Quyosh   energiyasi   Yer   atmosferasiga   yetib   kelar   ekan,   uning   30   foizdan   ortiqrog‘i
atmosferadan aks etib qaytib ketadi (Yer sun’iy yo‘ldoshlaridan  olingan ma’lumotlarga  qaraganda
Yer   kurasining   albedosi   0,33   ga   teng).   Quyosh   energiyasining   ana   shu   qismi   fazoda   yo‘qolib,
atmosferadagi havo harakatlarida va Yerdagi jarayonlarda ishtirok etmaydi. Quyosh energiyasining
20 foizga yaqini   atmosfera qatlamidan o‘tish vaqtida yutilib qoladi va atmosferaning isishiga sarf
bo‘ladi. Yerga esa o‘rtacha olganda Quyosh energiyasining 50 foizga yaqini yetib keladi.
Yerga yetib keladigan energiya oqimining asosiy qismi qisqa to‘lqinli Quyosh radiatsiyasidir.
Bu   oqim   ba’zan   Quyosh   doimiyligi   deb   ham   ataladi   va   mutloq   emas,   1,5-2   foiz   orasida   o‘zgarib
turadi. Ana shu qisqa to‘lqinli quyosh radiatsiyasi energiyasining jadalligi 1.98 dan 2.0 k k al/sm.min
gacha deb hisoblanadi.
Landshaftlarga   kirib   kelayotgan   Quyosh   energiyasi   oqimining   o‘zgarishi   haqidagi   umumiy
tasavvurni   12-rasmdan   olsa   bo‘ladi.     Quyosh   energiyasining   turli   landshaftlarda   ro‘y   beradigan
o‘zgarishini Yu.L.Rauner (1972), M.I.Budiko (1977) ishlarida ham ko‘rish mumkin.
L----------------------
Landshaftlarga quyosh energiyasi asosan to‘g‘ri va tarqoq radiatsiya sifatida kirib keladi. Ular
birgalikda yalpi radiatsiyani tashkil qiladi.  Yer yuzasiga yetib keladigan yalpi radiatsiyaning  kuchi
o‘rtacha olganda 5600 MJ/m 2
   yilga tengdir. Yalpi radiatsiyaning ma’lum bir qismi landshaftlardan
aks   etib   yana   atmosferaga   qaytadi.   Bu     ko‘ r satkich   esa   ko‘p   jihatdan   landshaftlarning   albedosiga
bog‘liq. Turlicha landshaftlarda albedo turlichadir. Masalan, yangi yoqqan  qor  yuzasining albedosi
0.80-0.95;   yashil o‘t-o‘lanlarniki  0.20-0.25; keng bargli o‘rmonlar albedosi 0.15-0.20; igna bargli
o‘rmonlarniki   0.10-0.15;   barxan   qumlari   tarqalgan   landshaftlarda   -0.24;   ustida   o‘simlik   bo‘lgan gryada qumlarida 0.22; o‘rta zich bo‘lgan saksovulzor albedosi-0.20; Mirzacho‘l, Qarshi dashti kabi
gillik cho‘llarda ham 0.27-0.35 atrofida bo‘lar ekan.
Yalpi   radiatsiya   bilan   aks   etib     qaytgan     radiatsiya   orasidagi   farq   qisqa   to‘lqinli   balans
deyiladi.   Landshaftning   o‘simliklari,   tuproq   yuzasi   quyosh   radiatsiyasini   yutishi   natijasida   o‘zi
uchun   to‘lqinli   nurlanish   manbaiga     aylanadi.   Landshaftlarning   uzun   to‘lqinli   nurlanishi   mutloq
qora yuza nurlanishiga teng bo‘lib, ko‘pincha 0.90-1.00 atrofida bular ekan (M.I.Budiko, 1977).
Landshaft   ustidagi   atmosfera   tarkibida   bo‘lgan     suv     bug‘lari   va   turli   gazlar   uzun   to‘lqinli
radiatsiyani   yutib   atmosferaning   landshaftga   qarata   nurni   qayta   aks     ettirishiga   sabab   bo‘ladi.
Landshaftdan qaytgan va unga nisbatan  yana atmosferadan qaytgan radiatsiya  orasidagi farq uzun
to‘lqinli   balans   deb   ataladi.   Landshaftga   kirib   kelgan   va   undan   yana   atmosferaga   qaytadigan
radiatsiya   energiyasining   oqimi   yig‘indisi   radiatsiya   balansi   deb   ataladi.   Radiatsiya   balansi   qisqa
to‘lqinli  balans  bilan uzun to‘lqinli  balans  orasidagi  farqqa teng bo‘ladi.  Undan tashqari landshaft
yuzasi  bilan  atmosfera  orasida   turbulent  issiqlik   almashinish   jarayoni  ham   mavjuddir.   Bu  jarayon
O‘zbekiston cho‘l hududlarida radiatsiya balansining 80 foizdan ortiqroq qismini qamrab oladi. Yer
yuzasida   yutiladigan   quyosh   energiyasining   asosiy   qismi   issiqlik   sifatida   tuproqdagi,
o‘simliklardagi,   daryo   va   ko‘llardagi   suv   va   namlikning   bug‘lanishiga   sarf     bo‘ladi.   Bu   energiya
asosan   tabiiy   bug‘lanishga   va   transpiratsiyaga   sarf   bo‘ladi.   Undan   tashqari   yalpi   radiatsiya
oqimining  0.5 foizga yaqini    o‘simliklarning    fotosintez  jarayoniga  sarf     bo‘ladi. Bu energiyaning
yarmidan   ko‘pro g ‘i  shu  za h otiyoq  o‘simliklarning  nafas   olish  jarayonida  yo‘qoladi.  Qolgan  qismi
esa   o‘simliklarning   to‘qimalarida   to‘planib,   keyinchalik   oziqa   zanjirlarida   ishtirok   etadi,   ayrim
qismlari esa jonsiz organik moddaga o‘tib ketadi. 
Yuqoridagi   rasmda   quyosh   energiyasining   deyarli   barcha     oqimlari   va   o‘zgarishi   hisobga
olingan.   Ammo   har   bir   landshaft   sharoitida   bu  oqimlarning   nisbati   va  son   ko‘rsatkichlari   turlicha
bo‘lishi mumkin. Masalan, keng bargli o‘rmon landshaftidagi energiya oqimi va uning o‘zgarishini
quyidagicha tasavvur qilsa bo‘ladi (13-rasm).
O‘zbekiston hududida tarqalgan asosiy landshaft turlarida energiya oqimining ayrim jabhalari
qay darajada ekanligini quyidagi jadvaldan ko‘rish mumkin (6-jadval).
Issiqlik balansini tashkil qiluvchi ko‘rsatkichlar yig‘indisi (kkal/sm   52   0) va issiqlik oqimlari
(kal/sm   52   0.min) (B.A.Ayzenshtat, 1966 yil bo‘yicha)
Quyoshdan  kelayotgan   energiya   oqimining  ayrim  qismlari  landshaftlarning  ma’lum  holatida
ayrim   jarayonlarda   ishtirok   etmasligi   mumkin.   Masalan,   yilning   qish   oylarida   fotosintez   yoki
transpiratsiya  jarayonlari  har doim ham bo‘lavermasligi  mumkin. Shuning uchun ham landshaftda
yuz beradigan energiya oqimlarini aniqlash va hisoblashda ish jarayonining vaqt chegaralari haqida
ham tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Umuman olganda statsionar izlanishlar sharoitda landshaftdagi
energiya oqimini  va uning o‘zgarishini aniqlash mumkin, ammo bu juda murakkab masala bo‘lib,
ko‘p   vaqt   va   ko‘p   mehnat   talab   qiladi.   Chunki   u   yoki   bu   landshaftlarda   energiyaning   to‘planish
tezligi   kun   sayin,   soat   sayin,   h attoki   har   daqiqada   o‘zgarib   turadi   va   bu   o‘zgarishlar   juda   ko‘p
omillarga bog‘liqdir.
Xullas,   quyoshdan   keladigan   energiya   landshaftning   maxsus   faoliyatini   ta’minlab   turuvchi
eng   asosiy   hamda   boshqa   meteorologik,   gidrologik,   geomorfologik,   biogeokimyoviy   kabi   turli
jarayonlarni   bog‘lovchi   va   A.A.Grigoryev   aytgan   “bir   butun   tabiiy   geografik   jarayonni”   hosil
qiluvchi asosiy omil hisoblanadi.
Landshaftlarning   maxsus   faoliyatidagi   energetik   omillardan   yana   biri   Yerning   ichki
energiyasidir.   Bu   energiya   asosan   geotermik   issiqlik,   vulqonlar   otilishidan   ajralib   chiqadigan
issiqlik,  issiq suvlar  energiyasi  kabilardan  iboratdir.  O.G.Soroxtin (1977) ma’lumoti  bo‘yicha  Yer
yuzasiga   ta’sir   etuvchi   geotermik   energiya   kuchi   0,82   x   10 2
    erg   (s.sm 2
  )   atrofida   bo‘lar   ekan.
Vulqonlar   otilishidan   ajralib   chiqadigan   energiya   esa   o‘rtacha   10 20
    -10 0
      0   erg   oralig‘ida   bo‘lar
ekan (G.Makdonald,  1975).  Geotermal suvlar   bilan chiqadigan issiqlik energiyasi yiliga o‘rtacha
100   erg   (s.sm   520     0)   ga   teng   bo‘ladi.   Ammo   bu   xil   energiyaning   ta’siri   landshaftlarning   shu   xil
energiya   manbalariga   uzoq-   yaqin   joylashganligiga   ko‘proq   bog‘liqdir.   Umuman   yerning   ichidan
bo‘ladigan energiya quyosh energiyasining 0,04 foiziga yaqin kuchini beradi  x olos. Landshaftlarda ro‘y beradigan energiya oqimlarida gravitatsiya energiyasi ham ishtirok etadi.
Bu energiya landshaftlardagi modda aylanish jarayoni mavjudligi va tezligiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Gravitatsiya energiya oqimi aylanma harakatga ega bo‘lmay bir tomonga yo‘nalgandir. Moddaning
og‘irlik   kuchi  absolyut   balandlikka,   tog‘  jinslarining   zichligi  va   boshqa   omillarga  bog‘liq.  Ammo
bularga   energiyaning   boshqa   turlariga   nisbatan   juda   kam   e’tibor   beriladi.   Aslida   esa   moddaning
oo‘irlik kuchi landshaftlardagi moddaning gravigen oqimlarini hosil qiladi.   Gravigen   oqimlar esa
landshaftdagi   abiogen   modda   almashinishida   katta   rol   o‘ynaydi   va   modda   harakatining   deyarli
barcha shaklida ozmi-ko‘pmi ishtirok etadi.
  22 Mavzu :  LANDSHAFTLARNI TASNIFLASH  MASALALARI
Reja
1. Landshaftlarni tasniflash deganda nimani tushunasiz?
2. Landshaftlarni tasniflash bo‘yicha bajarilgan ishlardan kimlarning ishlarini bilasiz?
3. N.A.Kogay tasnif sxemasida qanday landshaft birliklari ajratilgan?
Fanda   tasniflash,   tartib   berish,   turlashtirish,   taksonomiya   kabi   bir-biriga   yaqin   tushunchalar
mavjud. Bulardan tasniflash va tartib berish tushunchalari bir-biriga anchagina  yaqin  bo‘lib, rang-
barang va turli-tuman narsa va hodisalarni ma’lum bir tartib bilan, har birining pog‘onama-pog‘ona
mavqeini   yoki   ko‘lamini   saqlagan   holda   guruhlarga   ajratish   yoki   birlashtirish   degan   ma’noni
anglatadi.   O‘quvchilarga   botanikadagi   o‘simliklar   tasnifi,   zoologiyadagi   tirik   mavjudotlar   tasnifi
yaxshi tanish. Shunga o‘xshash tasniflar boshqa fanlarda ham bor.
O‘z o‘rganish obyektini tasnif qilmagan yoki tasnif qilishga urinmagan bironta fan bo‘lmasa
kerak.   Sababi   biror   fanni   fan   sifatida   tanilishi   uchun   ham   uning   o‘z   obyektining   tasnifi   ishlab
chiqilgan   bo‘lishi   kerak.   Buyuk   fransuz   matematigi   A.Puankare   (1906)   “ Fan   -   bu   eng   avval
tasniflashdir ”   degan   edi.   Tasniflash   jarayoniga   borib   yetmagan   ilmiy   izlanishlarni   hali   “ qiyomiga
yetmagan ”  deb baholash mumkin.
O‘rganish   obyektini   tasniflashning   ham   ilmiy,   ham   amaliy   ahamiyati   kattadir.   Uning   ilmiy
ahamiyati shundan iboratki, obyekt tasnif qilinayotganda uning kelib chiqishi, tuzilishi, rivojlanishi
kabi barcha xususiyatlari o‘rganilishi va u haqidagi barcha ma’lumotlar batafsil tahlil qilinishi kerak
bo‘ladi.
Yer yuzasida muayyan landshaftlar xaddan tashqari ko‘p bo‘lganligi uchun ularning har birini
alohida-alohida o‘rganish va ta’riflab berishning iloji bo‘lmay qoladi. Shuning uchun landshaftlarni
ma’lum maqsadlarda ( masalan,  qishloq xo‘jaligi, shahar qurilishi va x.k.) guruhlab ta’riflashga va
shunga   mos   holda   bir   turdagi   tadbirlarni   rejalashtirishga   to‘g‘ri   keladi.   Bu   landshaftlarni   tasnif
qilishning   amaliy   ahamiyatga   ega   ekanligini   ko‘rsatadi.   Fanning   o‘rganish   obyekti   qanchallik
serqirra,   xilma-xil   va   murakkab   bo‘lsa,   uni   tasniflash   ham   shunchalik   murakkab   bo‘ladi.   Har
qanday   tasnifni   amalga   oshirishda   ob y ekt   haqida   to‘la   va   aniq   tushunchaga   ega   bo‘lish   kerak.
Ob y ektni turlicha talqin qilish va tushinish turlicha tasnif tarxlarining tuzilishiga sabab bo‘ladi.
Landshaftshunoslik fani ham boshqa tabiiy fanlar qatori juda ko‘p va xilma-xil, ammo o‘ziga
xos   xususiyatlarga   ega   bo‘lgan   aniq   obyektlar   -   landshaftlarni   tasnif   qiladi.   Landshaftshunoslik
uchun puxta ishlangan, ilmiy va mantiqiy talablarga to‘liq javob beradigan tasniflash jadvalini tuzib
olish   juda   katta   ahamiyatga   ega.   Chunki   yer   yuzida   ko‘plab   uchraydigan   xilma-xil   landshaftlarni
bir-biriga   o‘xshash   yoki   bir-biridan   farq   qiladigan   tomonlarini   aniqlab,   har   birini   o‘z   mavqeini
saqlagan   holda   ma’lum   bir   tartibga   tushirib   olinmasa,   ularni   to‘g‘ri   tadqiq   qilish,   hatto   landshaft
kartasini tuzib olish ham mumkin bo‘lmay qoladi.
Keyingi 15-20 yil ichida geograflar tomonidan bajarilayotgan ko‘plab ishlar uchun, jumladan
xalq   xo‘jaligini   rivojlantirish,   aholining   yashashi   va   sog‘ligi   nuqtai   nazaridan   landshaftlarni
baholash, geografik bashorat qilish va tabiat muhofazasini ko‘zlab bajarilayotgan ishlar uchun ham katta-katta   rayonlar,   tabiiy   geografik   o‘lkalar   miqyosida   barcha   landshaftlar   haqida   batafsil
ma’lumotlarga yoki boshqacharoq qilib aytganda landshaftlar kadastriga ega bo‘lish ahamiyatlidir.
Mamlakatimiz   landshaftlarining   aniq   va   puxta   tasnif     jadvalini   ishlab   chiqish
landshaftshunoslikning eng yirik masalalaridan biridir.
Landshaftlarni   tasniflash   bilan   ko‘pchilik   geograflar   shug‘ullanishgan.   Ulardan   ayniqsa
N.A.Gvozdetskiy   (1961),   A.G.Isachenko   (1961,1975),   V.A.Nikolayev   (1973,1979)   kabilarning
tajribalari e’tiborga loyiq. Bu olimlar tavsiya etgan tasniflar ichida   V.A.Nikolayev (1979) bajargan
tasnif   o‘zining   anchagina   mukammalligi   bilan   ajralib   turadi.   Bu   tasnifning   yaratilishi   asosida
landshaftshunos   olim   V.A.Nikolayev   ko‘p   yillar   davomida   Qozog‘iston   dashtlarida   landshaftlarni
kartaga   tushirish   borasida   olib   borgan   izlanishlari   yotadi.   Quyida   keltiriladigan   fikrlarning
ko‘pchiligi V.A.Nikolayev ilgari surgan g‘oyalar ta’sirida yuzaga keldi. Bu fikrlardan eng asosiysi
landshaft haqidagi tushunchaning o‘ziga xos talqini bo‘ldi.
V.A.Nikolayevning   fikricha   landshaftni   faqat   regional   birlik   (A.G.Isachenko,     1961)   yoki
faqat tipologik birlik (N.A.Gvozdetskiy, 1961) sifatida qabul qilish birday bir tomonlamalikka olib
keladi. Agar biz landshaftni tipologik birlik deb qabul qilar ekanmiz, uning asosida har bir muayyan
o‘ziga xos landshaftning tahlili yotishini esdan chiqarmasligimiz kerak. Har bir muayyan landshaft -
o‘ziga   xos   geografik   individdir.   Lekin   bir   vaqtning   o‘zida   u   qaysidir   tipologik   landshaftlar
majmausining   bir     qismidir.   Haqiqatan   ham,   Yer   yuzida   ikkita   har   tomonlama   bir   xil   bo‘lgan
landshaftni   topib   bo‘lmaydi.   Ammo   qaysidir   xususiyatlari   bilan   bir-biriga   o‘xshashlik   tomonlari
bo‘lgan   landshaftlarni   uchratish   va   tasnif   qilish   mumkin.   Landshaftlar   tasnifini   ishlab   chiqishda
turlicha tamoyillarga amal qilingan bo‘lishi mumkin. Masalan, tarixiy-evolyutsion tamoyil, genetik
tamoyil,   morfologik   tamoyil   va   h .k.   Shu   tamoyillardan   birvarakayiga   bir   nechtasiga   amal   qilgan
ma’qul.   Shulardan   faqat   bittasigagina   amal   qilib   tuzilgan   tasnif   doimo   ham   aniq   va   puxta
bo‘lavermaydi. Shu bilan birga landshaftlarning o‘zini ma’lum bir tamoyilga asoslanmay, birma-bir
sanab   o‘tishning   o‘zi   ham   ilmiy   tasnifdan   uzoqdir.   Hozirgacha   qo‘llanib   kelinayotgan
tamoyillarning   eng   asosiylaridan   biri   tarixiy-evolyutsion   tamoyildir.   Bunda   landshaftni   invariant
tushunchasi   nuqtai   nazaridan   qarashga   to‘g‘ri   keladi.   Ushbu   tamoyilga   amal   qilinganda   bir   tasnif
jadvalining   o‘zida   geografik   tizimlardagi   juda   ko‘p   va   turli-tuman   moddiy   borliqni   qamrab   olishi
mumkin   bo‘ladi.   Qo‘l   ostimizda   ma’lum   miqdorda   paleogeografik   ma’lumotlar   mavjud   bo‘lgan
taqdirda   bu   tamoyildan   foydalanish   juda   yaxshi   natijalar   berishi   mumkin,   ya’ni   landshaftlarning
tashkil   topishi   va   rivojlanishidagi   ichki   va   tashqi   aloqadorliklarni   tasnif   jadvalida   aks   ettirish
mumkin bo‘ladi.
Landshaftlar   tasnifida   tarixiy   yondashish   albatta   landshaftlarning   kelib   chiqishi   (genezisi)ni
tahlil   qilish   bilan   bog‘liqdir.   Landshaftlarning   kelib   chiqish   va   rivojlanish   tarixi   ularning   ichki
strukturasining   o‘ziga   xosligini   keltirib   chiqaradi.   Shuning   uchun   landshaftlarni   tasniflashda
foydalanilayotgan   tarixiy   genetik   tamoyil   landshaftlarning   ichki   tuzilishini   tahlil   qilish   bilan
bevosita bog‘liq bo‘lib qoladi.
Landshaftlar   tasnifida   landshaftlar   ichki   tuzilishini   tahlil   qilish   qoidasi   asosida   bir   butunni
uning   qismlari   bilan   hamda   qismlari   orasidagi   o‘zaro   ta’sir   va   aloqadorliklarni   tahlili   yotadi.   Biz
landshaftlarni   ko‘p   yaruslik   geotizimlar   deb   qabul   qilgan   edik.   Bu   bilan   biz   har   bir   landshaft
ma’lum  komponentlar   majmuasidan  iboratgina   bo‘lib  qolmasdan,  balki  o‘zidan  kichikroq   bo‘lgan
komplekslardan   tuzilganligini   ham   e’tirof   etgan   bo‘lamiz.   Shunday   ekan,   landshaftlarning   ichki
tuzilishi   haqida   gap   borganda   faqat   komponentlar   orasidagi   emas,   balki   kichik   yoki   oddiy
komplekslar orasidagi o‘zaro aloqadorliklar  ham tushuniladi.  M.A.Glazovskaya  (1961) tomonidan
tavsiya etilgan geokimyoviy landshaftlar tasnifi ham ana shu tamoyil asosida tuzilgandir.
Landshaftlar   ochiq   geotizimlar   bo‘lganligi   sababli,   ular   o‘z   yon-atroflaridagi   landshaftlar
bilan   ham   modda   va   energiya   almashinishi   ko‘rinishida   aloqador   bo‘lib   turadi.   Agar   biz   tasnif
tuzishda landshaftlarni o‘z ichki tuzilishiga ega ma`lum bir tizimdir degan qoidaga amal qiladigan
bo‘lsak,   landshaftlarning   ichki   aloqadorligidan   tashqari   ularning   atrof-muhit   bilan   va   qo‘shni
landshaftlar bilan bo‘ladigan aloqadorliklarini ham hisobga olish kerak bo‘ladi.
Odatda   landshaftlarning   ichki   tuzilishining   ta h lili   asosida   tasnifning   kichik   taksonomik
birliklarini aniqlab olish mumkin bo‘ladi. Katta taksonomik birliklarni aniqlayotganda esa ko‘proq landshaftlarning o‘zaro aloqadorliklariga va yondashib kelish xususiyatlariga ko‘proq asoslanishga
to‘g‘ri   keladi.   Landshaftlar   tasnifini   tuzganda,   u   puxta   va   “tabiiy”   bo‘lishi   uchun   tarixiy-genetik
tuzilishi tamoyillariga amal qilgan ma’qul ko‘rinadi.
Har   qanday   ilmiy   tasniflash   avvalo   tasnif   qilinayotgan   obyektga   yoki   hodisaga   tegishli
bo‘lgan ma’lum belgilarni tanlab olishni taqozo qiladi. Landshaftlarning ayrim guruhlarga tipologik
birlashtirilishi   yoki   aksincha   tabaqalanishi   turli-tuman   shart-sharoitlarga   bog‘liq.   Masalan,
landshaftlarning ichki xususiyatlariga, qo‘shni landshaftlarga yondashib kelishiga, landshaft tashkil
qiluvchi   omillar   va   hodisalarning   majmuiga,   ularning   rivojlanish   xususiyatlari   va   hakazolarga
bog‘liqdir.
Shuning uchun har qanday tasnifdagi birliklarning mavqeini aniqlashda faqat birgina belgini
asos   qilib   olish   qiyin   bo‘lib,   xatto   bunday   belgini   izlab   o‘tirishning   o‘zi   ham   mantiqan   noto‘g‘ri
bo‘lar   edi.   Buning   sababi   shundaki,   aniqlanadigan   va   tasniflanadigan   turli-tuman   birliklarni   o‘z
kuchi   va   qiymati   turlicha   bo‘lgan   omillar   asosidagina   umumlashtirish   mumkin   bo‘ladi.   Umuman
olganda,   asosiy   belgilarni   tanlab   olish,   tasniflash   jarayonini   eng   muhim   va   ma’suliyatli
bosqichlaridan   biri   hisoblanadi.   Landshaftlar   tasnifining     asosiy   birliklari.   Landshaftlar   tasnifida
ham boshqa ko‘pgina tabiiy fanlar tasnifidagidek sinf, tur, turkum, xil kabi tushunchalar ishlatiladi.
Bunday   tshunchalarni   birma-bir   izohlab   berishdan   oldin   bir-ikki   taniqli   geograf   olimlar   ishlab
chiqqan   tasnif   ko‘rinishlarini   misol   tariqasida   keltirib   o‘tmoqchimiz.   Dastlabki   ana   shunday
ishlardan biri N.A.Gvozde t skiy (1961) ga tegishlidir. U tavsiya etgan landshaftlar tasnifi: sinf – tur
– kichik tur – guruh – xil   ko‘rinishda bo‘lib, anchagina ixcham tarxlardan biridir. A.G. Isachenko
(1961)   tavsiya   etgan   landshaftlar   tasnifi:   tur   –   kichik   tur   –   sinf   –   kichik   sinf   –   xil   –   kichik   xil   –
variant   ko‘rinishiga ega.
Bu   ikki   tasnif   bir-biridan   ozmi-ko‘pmi   farq   qiladi.   Jumladan,   eng   katta   birlik   sifatida
N.A.Gvozdeskiy sinfni qabul qilar ekan, u eng avval tog‘lar va tekisliklar landshaftlarini ikki sinfga
bo‘lib   tashlashni   tavsiya   etsa,   A.G.Isachenko   esa   dastavval   landshaft   turlarini   aniqlab   olishni,
so‘ngra   sinflarga   bo‘lishni   ma’qul   ko‘radi.   Landshaft   turlarini   aniqlab   olishda   eng   asosiy   mezon
sifatida   landshaftlarning   gidrotermik   rejimi,   ya’ni   namlik   va   issiqlik   taqsimlanishidagi   dunyo
miqyosidagi farqlarni olishni tavsiya etadi.
A.G.Isachenko   fikricha   landshaftlarning   bir-biriga   o‘xshashligi   yoki   bir-biridan   farqi   juda
ko‘p sabablar bilan belgilanadi va ularning  ichidan eng asosiysini aniqlab ola bilish tasnif tarxidagi
eng katta birlikni tanlashga asos bo‘ladi.
Hozirgi   vaqtda   eng   mukammal   ishlangan   landshaftlar   tasnifining   muallifi   V.A.Nikolayev
(1973,   1979)   ekanligi   ko‘pchilik   geograflar   tomonidan   e’tirof   etilmoqda.   U   tavsiya   etgan   ko‘p
pog‘onali tasnif tarxi;  bo‘lim – qism – kichik qism –sinf – kichik sinf – guruh – tur – kichik tur –
toifa – kichik toifa – xil – variant ko‘rinishida bo‘lib, yer yuzasidagi barcha landshaftlarni ma’lum
bir tartib bilan o‘rganishga yaxshi ilmiy asos bo‘la oladi.
Quyida   biz   V.A.Nikolayev   tavsiya   etgan   ana   shu   landshaftlar   tasnifidagi     birliklarni     izohi
bilan   chegaralanamiz.   Chunki   bu   izohlar   boshqa   tasnif   tarxlaridagi   birliklar   izohiga   ko‘p   jihatdan
mos keladi.
Shunday   qilib,   landshaftlar   tasnifida   ishlatiladigan   eng   yirik   birlik   landshaftlar   bo‘limi
hisoblanadi.   Bo‘lim   darajasiga   kiruvchi   landshaftlar   asosan   Yerning   geografik   qobiqni   tashkil
qiluvchi turli geosferalarning bir-biri bilan tutashib turishi va o‘zaro ta’sir turiga qarab aniqlanadi.
Bu   haqda   taniqli   tabiiy   geograf   F.N.Milkov   (1970)   “Landshaftlar   bo‘limi   landshaftshunoslikdagi
eng  yuksak  tipologik  birlikdir”   degan  fikrni  bildiradi.   Bu  birlik   F.N.  Milkov  aytganidek   litosfera,
atmosfera,   gidrosferalarning   o‘zaro   ta’sir   xususiyatiga   va   shunga   bog‘liq   holda   o‘zaro   modda   va
energiya   almashinish   shakli   hamda   jadalligi   o‘xshash   bo‘lgan   landshaftlarni   birlashtiradi.
Landshaftlar   bo‘limiga   misol   sifatida   quruqlik   landshaftlari,   suv   landshaftlari,   suv   osti
landshaftlarini kiritish mumkin. Quyida biz faqat quruqlik landshaftlariga tegishli bo‘lgan masalalar
haqidagina so‘z yuritamiz.
Landshaftlar   bo‘limi   ichida   dastavval   landshaftlar   qismini   ajratamiz.   Landshaftlar   qismi
birligi landshaftlarning eng asosiy energetika bazasi bo‘lmish namlik va issiqlik balansidagi farqlar
va   o‘xshashliklarga   qarab   birlashtirishga   imkoniyat   beradi.   Bunday   o‘xshashlik   yoki   farqlar joylarning makroiqlimiy xususiyatlari bilan belgilanadi. Bu xususiyatlar bilan o‘z navbatida joyning
gidrologik   rejimi,   h ukmron   bo‘lgan   o‘simlik   turi   va   biologik   modda   aylanish   turi   kabilar
chambarchas bog‘liqdir. Bu yerda gap ko‘proq iqlim mintaqalari haqida borayapti, ya’ni bitta iqlim
mintaqasida  rivojlangan  landshaftlarning  hammasi xoh u tog‘ landshafti,  xoh tekislik  landshaftlari
bo‘lsin   bitta   qismga   taalluqli   hisoblanadi.   Masalan,   Ka ra   dengizi   bo‘ylaridan   Turkmanistonning
janubigacha   bo‘lgan   makonda:   arktik,   subarktik,   boreal,   subboreal,   subtropik   landshaftlar   qismini
ajratish mumkin.
Bizga   ma’lumki,   yuqorida   sanab   o‘tilgan   mintaqalar     tabiati   g‘arbdan   sharqqa   tomon,   ya’ni
Atlantika   okeanidan   uzoqlashgan   sari,   kontinentallik   ortib   borgan   sari   o‘zgarib   boradi.   Shuni
e’tiborga   olsak,   landshaftlar   qismi   o‘z   navbatida   landshaftlarning   kichik   qismiga   bo‘linib   ketishi
mumkinligini ko‘ramiz.
Landshaftlar   tasnifidagi   navbatdagi   birlik-landshaftlar   sinfdir.   Bu   birlik   yuqorida   misol
keltirilgan  barcha  tasnif tarxlarida  (N.A.Gvozdetskiy,  A.G.Isachenko)  ishtirok etadi.  Bu tasniflash
tajribalarining deyarli hammasida ham sinflarni aniqlashda birgina xususiyat, ya’ni landshaftlarning
morfotektonik   xususiyati   asos   qilib   olinadi   va   asosan   ikkita   landshaftlar   sinfi   ajratiladi:   tog‘lar
landshaftlari   sinfi   va   tekisliklar   landshaftlari   sinfi.   Bu   ikki   sinf   orasidagi   eng   asosiy   farq   ularda
tabiiy   zonalarning   ikki   xil   ko‘rinishda   (tekislikda   kengliklar   bo‘ylab,   tog‘larda   esa   pastdan
yuqoriga) bo‘lishidir.
Tog‘   landshaftlarining   ham,   tekislik   landshaftlarining   ham   tabaqalanishida   yana   bir
gipsometrik   omil,   ya’ni   landshaftlarning   pog‘onalar   hosil   qilib   joylashish   xususiyati   borligini
e’tiborga   olsak,   unda   landshaft   sinflarining   ichida   landshaft   kichik   sinflarini   ajratish   mumkin
bo‘ladi.   Masalan,   tekislik   landshaftlari   pastqam,   past   va   baland   tekislik   landshaftlari   kichik
sinflariga,   tog‘   landshaftlari   esa   past   tog‘lar,   o‘rtacha   balandlikdagi   tog‘lar,   baland   tog‘lar
landshaftlari kichik sinflariga bo‘linib ketadi.
Navbatdagi   tasnif     birligi   –   landshaftlar   guruhidir.   Bu   birlikni   aniqlab   olishda   asosiy   belgi
sifatida   landshaftlarning   suv   va   geokimyoviy   tartibi,   ya’ni   landshaftlarning   atmosfera   yog‘inlari
hisobiga, grunt suvlari hisobiga yoki yana bir boshqa suvlar hisobiga namlanish nisbati asos qilinib
olinadi.   Ana   shu   belgilarga   qarab   tekislik   landshaftlari   ichida   elyuvial,   elyuvial-gidromorf   (yarim
gidromorf), gidromorf landshaftlar guruhlarini ajratish mumkin.
Landshaftlar   guruhi   birligini   ajratishning   (ayniqsa   tekislik   landshaftlari   uchun)   ahamiyati
e’tiborga loyiqdir. Buning sababi o‘tmishda va hozirgi vaqtda landshaftlarning ichki tuzilishi hamda
ularning   rivojlanish   yo‘nalishi   qay   tarzda   bo‘lganligi   ko‘p   jihatdan   ularning   suv-geokimyoviy
tartibining   o‘ziga   xos   xususiyatlari   bilan   bog‘liqligidadir.   Shuning   uchun   landshaftlar   taraqqiyoti
kelajakda qanday bo‘lishini bashorat (prognoz) qilish uchun ham landshaftlar guruhini aniqlab olish
katta amaliy ahamiyat kasb etadi.
Landshaftlarning   elyuvial,   gidromorf   yoki   yarim   gidromorf   bo‘lishi   ular   taraqqiyotining
ma’lum davrdagi holatini aks ettiradi. Namlanish xarakteri o‘zgarishi bilan landshaftlar bir holatdan
ikkinchi   holatga   o‘tishi   mumkin,   ya’ni   bir   guruhga   mansub   landshaftlar   ikkinchi   guruhga   o‘tib
qolishi mumkin. Landshaftlarning  suv-geokimyoviy  tartibini  o‘rganishning ahamiyati  katta  bo‘lib,
unga   dastavval   B.B.Polinov   (1956),   A.I.Perelman   (1975),   M.A.Glazovskaya   (1964),   keyinchalik
V.A.Nikolayev   (1973),   A.A.Makunina   va   N.S.Selezneva   (1974)   kabilar   o‘z   ilmiy   izlanishlarida
alohida e’tibor berishgan.  Yana bir narsa haqida to‘xtalib o‘tmoq lozimki, ba’zi bir tasnif tarxlarida
landshaftlarning ana shu xususiyatlariga e’tibor berilgan-u, faqat birlikning nomi boshqacha,  ya’ni
guruh emas, balki qator deb atalgan.
Landshaftlar guruhi o‘z navbatida landshaft turlariga bo‘linib ketadi. Bu tasnif birligi deyarli
barcha tasnif tarxlarida uchraydi. Uning izohi ham mazmun jihatidan deyarli bir-biriga yaqin. Faqat
A.G.Isachenko   tuzgan   tasnif   tarxidagi   tur   birligi   o‘zining   hajmi   va   mazmuni   jihatidan
V.A.Nikolayev tarxidagi landshaft qismlariga mos keladi.
Landshaft   turlarini   aniqlashda   tuproq   va   bioiqlim   belgilariga   asoslanishga   to‘g‘ri   keladi.
Jumladan   tuproq   turlari,   o‘simlik   formatsiyalari   sinfi   va   x.k.   N.A.Gvozdetskiy, V.A.Nikolayevlarning   tasnif   tarxlarida   landshaft   turlari   haqida   gap   borganda   asosan
landshaftlarning   zonal   turlari   nazarda   tutiladi.   Masalan,   tundra   landshaftlari   bir   turga   kirsa,   dasht
landshaftlari boshqa turga, cho‘l landshaftlari esa yana bir boshqa turga kiradi.
Landshaftlarning bunday zonal turlarga bo‘linib ketishi asosan elyuvial landshaftlar guruhiga
xosdir.   Lekin   tabiatda   obyektiv     mavjud   bo‘lgan   botqoqlik   landshaftlari,   o‘tloq   landshaftlar,
sho‘rxok   landshaftlar   kabi   boshqa   guruhga   kiruvchi   intrazonal   landshaftlarni   alohida   tur   sifatida
ajratish   lozim   bo‘ladi.   Bunday   bo‘lishi   mumkinligini   N.A.Gvozdeskiy   (1961),   M.A.Glazovskaya
(1964), F.N. Milkov (1967) lar ham e’tirof etadilar.
Landshaftlar   tasnifinig   keyingi   birligi   kichik   tur   bo‘lib,   kichik   zonalarga   xos   belgilarga
asoslanib aniqlanadi. Masalan, (O‘rta Osiyo) tekisliklaridagi cho‘l landshaftlari ikkita kichik turga,
ya’ni shimoliy cho‘l landshaftlari va janubiy cho‘l landshaftlariga bo‘linib ketadi.
Landshaft   turlari     yoki   kichik   turlari   o‘z   navbatida   landshaft   toifalariga   bo‘linadi.   Qaysi
landshaft  qaysi toifaga  mansub ekanligini  aniqlashda  ayrim  landshaftshunoslar  (N.A.Gvozdetskiy,
V.A.Nikolayev)   geomorfologik   belgilarga   asoslanishsa,   ayrimlari   (Yurenkov,   1982)   esa   ma’lum
landshaft   turlari   ichidagi   provinsial   xususiyatlarga   ko‘proq   e’tibor   berishadi.   Geomorfologik   omil
asos   qilib  olingan   sharoitda  esa  e’tiborni   ko‘proq relyefning   genetik  turlarini  o‘rganishga  qaratish
kerak bo‘ladi.
Landshaft toifalari ichida  kichik toifa birligini ajratishga  to‘g‘ri kelib qolgan hollarda asosiy
belgi   sifatida   landshaft   tashkil   qiluvchi   jinslarning   litologik   tuzilishiga   ko‘proq   e’tiborga   beriladi.
Eng   kichik   tasnif   birligi   landshaft   xillaridir.   Bu   birlik   genezisi   va   ichki   tuzilishi   bir   xil   bo‘lgan
idividual   landshaftlarning   majmuini   aks   ettiruvchi     birlikdir.   Landshaft   xillarining   bir-biridan
farqlantiruvchi   asosiy   belgisi   landshaftdagi   xukmron   urochishelarning   o‘xshashligidir.
A.G.Isachenko (1991) ham landshaft xillarini  aniqlashda landshaftlarning  morfologik tuzilishi eng
asosiy belgi ekanligini e’tirof etadi.
Bitta   xilga   mansub   bo‘lgan   landshaftlarni   albatta   aynan   yoki   har   t o monlama   bir-biriga
o‘xshash   deb   bo‘lmaydi.   Ko‘pincha   bir   xilga   mansub   landshaftlarda   hukmron   urochishelar
umumiyligi   bo‘lgan   taqdirda   ham   hukmron   bo‘lmagan   urochishelar   va   fatsiyalar   tarkibi   yoki
egallagan maydoni jihatidan turlicha bo‘lishi mumkin. Ana shunday hollarda landshaft xillari ichida
yana   bir   tasnif   birligi   landshaftlarning   kichik   xili   yoki   morfologik   variantini   ajratishga   to‘g‘ri
keladi.   Keyinchalik   V.A.Nikolayev   (1999)   kichik   qism   va   birliklari   oralig‘ida   yana   bir   tasnif
birligini,   ya’ni   landshaftlar   oilasini   ajratishni   lozim   topdi.   Bir   qism   yoki   kichik   qismga   taaluqli
landshaftlar   turlm   tabiiy   geografik   o‘lkalarda   uchrashi   mumkinligini   inobatga   olgan   muallif
muayyan   tabiiy   geografik   o‘lkaga   oid   bo‘lgan   landshaftlarning   kichik   qismlarini   bir   oilaga
birlashtirish   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi   deb   hisoblaydi.   Bunda   landshaftlarning   regional
xususiyatlari ham e’tiborga olingan bo‘lar ekan.
Shunday   qilib,   V.A.Nikolayev   ishlab   chiqqan   tasnif   jadvali   ko‘p   pog‘onali   bo‘lib,   har   bir
pog‘onani aniqlashda asos bo‘la oladigan ko‘plab tasnif belgilari keltirilgan. Ushbu tasnif jadvaliga
asoslanib  Qarshi dashti  (I.Hasanov),  Janubiy Orolbo‘yi (A.Rafiqov, I.Hasanov), Turon  tekisliklari
(N.A.Kogay,   Sh.S.Zokirov),   Amudaryo   va   Sirdaryo   oralig‘i   (Sh.S.Zokirov)   landshaftlarini
o‘rganish   yaxshi   natijalar   berdi.   Quyida   biz   misol   tariqasida   ikki   daryo   oralig‘i   landshaftlari
tasnifini keltiramiz.
Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida joylashgan yerlar tabiiy sharoiti jihatidan o‘ziga xosdir. Bu
yerlarda   biz   qumliklarni,   hozirgi   va   qadimgi   allyuvial-delta   tekisliklarini,   Sharqiy   Orolbo‘yidagi
hozirgi   dengiz   ostidan   chiqqan   tekisliklarni,   Markaziy   Qizilqum   past   tog‘lari     va   ularga   tutashib
ketgan   prolyuvial   tekisliklarni   uchratamiz.   Ularning   har   biri   o‘ziga   xos   tabiatga   ega   bo‘lib,   kelib
chiqishi, yoshi turlichadir va turli ekzogen jarayonlar hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan turli relyef
bilan ta’riflanadi. Bu o‘z navbatida bu yerlarda turli landshaftlarning shakllanishiga olib kelgan.
Bu   hudud   tabiatiga   xos   bo‘lgan   eng   asosiy   xususiyat   hududning   shimoldan   janubga   ancha
masofaga cho‘zilganligi  va tabiiy sharoitning  kengliklar  bo‘ylab zonalar  hosil qilishidir.  Bu yerda
ikki iqlim zonasini, ya’ni mo‘`tadil va subtropik zonalarni ajratish mumkin. Ular orasidagi chegara
janubi-g‘arbdan shimoli-sharqqa tomon tahminan Janadaryo quruq o‘zani yo‘nalishida o‘tib, ikkita
landshaft   qismini   ajratib   olishni   taqozo   etadi.   Chegaradan   shimolda   qurg‘oqchil   hududlar subboreal landshaftlar   qismi   va   janubda   juda qurg‘oqchil  hududlar    subtropik    landshaftlar   qismi
joylashgandir.   Ikkala   landshaftlar   qismidagi   asosiy   iqlimiy   farqlar   L.N.Babushkin   (1964)
tomonidan yetarli darajada izohlab berilgan. Bundagi eng asosiy farqlar atmosfera sirkulyatsiyasida,
yog‘in-sochinning   fasllar   bo‘ylab   turlicha   nisbatda   tushishida   va   termik   resurslarning   turlicha
taqsimlanishidadir.
Janubdagi landshaftlar qismi ikkita landshaft   sinfiga   bo‘linadi, ya’ni tekislik landshaftlari va
tog‘ landshaftlari sinfiga. Maydon jihatidan tekislik landshaftlari hukmrondir. Tog‘ landshaftlari esa
kenglik   zonasi   ichida   orol   tariqasida   uchraydi.   Tekislik   landshaftlari   o‘z   navbatida   akkumulyativ
tekislik landshaftlari, denudatsion baland tekislik landshaftlari kabi kichik sinflarga bo‘linadi.
Keyingi   tasnif   birligi   -   landshaft   guruhi   landshaftlarning   namlanish   xususiyatiga   qarab,   yer
osti   suvlarining   harakatchanligiga   va   harakatchan   kimyoviy   unsurlarning   chiqib   ketishi   yoki
to‘yinishi   ustunligiga   qarab   (avtomorf   landshaftlar,   yarim   gidromorf   landshaftlar   va     gidromorf
landshaftlar guruhlari) ajratilgan. Landshaftlarning bunday xususiyatlarini aniqlab olish qurg‘oqchil
va   juda   qurg‘oqchil   hududlarda   landshaftlar   rivojlanishining   umumiy   yo‘nalishlarini   bilib   olish
uchun   juda   muximdir.   Landshaftning   avtomorf   yoki   gidromorf   bo‘lishi   uning   ma’lum   vaqt
davomidagi holatini aks ettiradi va landshaft taraqqiyotini bashorat qilishda ahamiyatlidir.
Avtomorf    landshaftlar   boshqa  guruh  landshaftlariga  nisbatan  ko‘proq  tarqalgan   bo‘lib,  ular
o‘z navbatida landshaft turlariga bo‘linadi. Bular shimoliy cho‘llar landshaftlari va janubiy  cho‘llar
landshaftlaridir.  Bu turlar orasidagi chegara biz yuqorida aytib o‘tgan landshaft  qismlari  orasidagi
chegaraga   mos   keladi.   Landshaft   turlarini   aniqlashda   asosan   tuproq   va   bioiqlimiy   xususiyatlarga
ko‘proq e’tibor beriladi. Turlar orasidagi iqlimiy farqlar nurash va tuproq hosil bo‘lish jarayonida,
asosiy   o‘simlik   turlarining   shakllanishida,   ularning   tarkibi,   o‘zgarishi   va   hatto   hosildorligida   ham
o‘z aksini topgan. Gidromorf landshaftlarda esa qo‘shimcha grunt suvlari hisobiga to‘yinish holati
yuz berganligi uchun zonal farqlar anchagina o‘z izini yo‘qotgan va ular botqoq landshaftlari, o‘tloq
landshaftlar,   sho‘rxok   landshaftlar,   to‘qay   landshaftlari   va   voxa   landshaftlari   ko‘rinishida   alohida
turlarni hosil qiladi.
Landshaftlar   toifasi   landshaft   turlari   ichida   aniqlanib,   asosan   geologik-geomorfologik   shart-
sharoitlarga  qarab, ya’ni landshaftni  hosil qiluvchi  relefning  genetik  turiga  va geologik tuzilishiga
asoslanib   ajratiladi.   Masalan,   ushbu   hududda   allyuvial   tekisliklar   landshaftlari,   dengiz   tekisliklari
landshaftlari, prolyuvial tekisliklar landshaftlari va h.k.
Landshaft   toifalari   o‘z   navbatida   landshaft   xillariga   bo‘linadi.   Ular   individual
landshaftlarning   tipologik   umumiyligi   asosida   aniqlanadi.   Landshaft   xillariga   misol   tariqasida
qumli   cho‘l   tuproqli   oq   saksovulzor   landshafti,   qumli   cho‘l   tuproqli   efemerlar   aralashgan
psammofit   butazorlar   landshaftini   aytib   o‘tsa   bo‘ladi.   Biz   qisqacha     ta’riflab   ko‘rmoqchi   bo‘lgan
landshaftlar tasnifi (O‘rta Osiyo), jumladan O‘zbekiston Respublikasi landshaftlar kartasini tuzishda
aniq va puxta asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
                         23 Mavzu. L andshaftshunoslik dagi asosiy ilmiy yunalishlar 
Reja
1. L andshaftshunoslik  fani   h a q ida tushuncha 2. L andshaft ning tuzilishi   va uning  barqarorligi  
3. Antropogen landshaftshunoslik muammolari
Geografik qobiq doirasida juda ko'p tabiiy va akval majmu- alar mavjud. Landshaft atamasi fanga
1805-yilda   nemis   geo grafi   A.Gommeyer   tomonidan   olib   kirildi.   Ammo   Germaniyada
landshaftshunoslik   XX   asrdan   boshlab   shakllana   boshladi.   Yi-rik   nemis   landshaftshunoslari
hisoblangan   Z.Passerge,   K.Troll,   E.Neef   asarlari   ko'p   tillarga   tarjima   qilingan.   Hozirgi   paytda
landshaftshunoslik   muammolari   bilan   Buyuk   Britaniya,   Fran siya,   AKSH,   Rossiya,   Ukraina,
o'zbekiston va boshqa davlatlar  geograflari shug'ullanishmoqda.
Landshaftshunoslikni   rivojlanishida   V.   V.   Dokuchayev,   A. N.   Krasnov,   L.   S.   Berg,   A.   A.
Grigorev,  B.  B.  Polinov,   S. V. Kalesnik, L. G. Ramenskiy, F. N. Milkov, N. A. Gvoz deskiy, N.
A.   Kogay,   D.   A.   Armand,   Yu.   K.   Yefremov,   A.   G.   Isa chenko   va   boshqalarning   ishlari   katta
ahamiyatga ega.
Ammo   landshaftshunoslikning   yuqori   darajada   rivojlanishi- ga   qaramasdan,   hamon   landshaft
tushunchasining   mazmuni   haqida   olimlar   orasida   yagona   bir   fikr   mavjud   emas.   Hozirgi   paytda
F.N.Milkov   (1990)  flkricha   landshaft   tushunchasi  haqida   uchta   fikr   mavjud:   a)   landshaft   deganda
kelib chiqishiga ko'ra bir xil hamda tarkiblari o'zaro bir-biri bilan bog'langan Yer   yuzasining aniq
bir qismi tushuniladi. Mazkur fikrni A. A. Gri- gorev, N. A. Solnsev, S. V. Kalesnik, A. G. Isachenko
olg'a   su- rishgan.   Landshaft   bunday   tor   ma'noda   tushunilganda,   u   tabiiy-geografik   rayon
tushunchasiga   yaqin   bo'lib   qoladi;   b)   lanshaft   tabiiy   geografik   majmualarning   umumlashgan
tipologik tushun- chas idir.   Lands haft tus hunchas i  bo' yicha bunday  g' oya  B. B.
Polo'nov, N. A. Gvozdeskiy, E. M. Murzayev, N. A. Ko gay, A. Ye. Fedina ishlarida rivojlantirildi.
Bitta   tipologik   birlikka   - turli   joylarda   joylashgan,   ammo   o'xshash   nisbatan   bir   xil   komplekslar
kiritiladi;   d)   landshaft   bu   umumiy   tushuncha,   har   qanday   darajadagi   regional   va   tipologik
komplekslarning   sino- nimidir.   Masalan,   iqlim,   tuproq,   relyef   tushunchalari   kabi.   Shu   nuqtayi
nazardan qaralganda landshafat deganda aniq geografik   kompleks tushuniladi (F. N. Milkov, D. A.
ArmandfYu. K. Yef- remov va boshqalar.)
Landshaftshunoslikda  asosiy birlik  bo'lib  landshaft hisob- lanadi.   Landshaftning   bu   tuzilishida
hamma tabiat tarkiblari bor bo'lgan tabiiy kompleks hududdir.
Morfologik   jihatdan   landshaft   fatsiya,   urochisha   joyga   bo'linadi.   Regional   nuqtayi   nazardan
quyidagi birliklar ajrati- ladi: Materik, mintaqa, o'lka, zona, provinsiya, rayon.
Landshaft   so’zi   nеmischa   bo’lib,   (Land-еr   va   schaft-   o’zarо   alоqadоrlik   va   bоgliklikni   aks
etttiruvchi   suffiks),   umumadabiy   tilda   manzara   jоyning   ko’rinishi   dеgan   ma’nоni   anglatadi.
Landshaft   atamasi   gеоgrafiyaga   dastavval   dеyarli   bir   vaqtda   A.A.Bоrzоv,   L.SBеrg,
I.M.Krashеninnikоv,   L.FMоrоzоvlarning   ilmiy   ishlari   оrqali   tabiiy   gеоgrafik   kоmplеks   so’zining
sinоnimi   sifatida   kirib   kеldts.   Kеyinchalik   landshaft   tushunchasini   cho’kurlashtirish   va   uning
ta’rifyni mukammallashtirish jarayonvda tabiiy gеоgraflar uch guruh’ga bo’linib kеtishdi.
Birinchi   guruh’   tabiiy   gеоgraflarning   fikricha   landshaft   h’am   хudtsi   rеyaеf,   iklim,   tuprоq,
o’simlik   tushunchalari   kabi   umumiy   tushunchadir.   Bu   h’оdda   landshaft   atamasi   хохlagan
ko’lamdagi   tabiiy   gеоgrafik   kоmplеkslarga   nisbatan,   ularning   katta   kichikligidan   qat’iy   nazar
ishlatilishi     mumkin.     Bu     tushuncha     tarafdоrlari   (F.N.Milkоv,     DL.Armand,   YU.K.Еfrеmоv,
V.I.Prоkaеv   kabilar)   fikricha   landshaft   bizning   ko’z   o’ngimizda   tariхiy   shakllangan   va   uzluksiz
rivоjlanishda   bo’lgan   u   yoki   bu   gеоgrafik   kоmplеks   qisfasida   namоyon   bo’lgan   o’zarо   bоtiq   va
alоqadоr bo’lgan narsa, h’оdisalarning yig’indisidir.
Landshaftga   bеrilgan   ushbu   ta’rifdan   ko’rinib   turibdiki,   landshaft   хam,   tpbiiy   gеsirafik
kоmplеks   h’am   ikkalasi   bir   narsadir.   Tabiiy   h’ududiy   kоmplеks   so’zi   aniq   ifоdaga   egaligiga
qaramay,   atama   sifatida   nоqulay.   SHuning   uchun   tabiiy   h’ududiy   kоmplеks   so’zining   ma’nоstsni
ashlatadigan,   ammо   qisqagina   va   ishlatshtsda   kulay   bo’lgan   landshaft   atamasidan   fоydalangan
ma’quldir. Bu h’оlda "landshaft qоbiga" atamasi  "gеоgrafik qоbik." atamasinitsg sinоnimi sifatida
ishlatilmоqda.
Ikkichi guruh’ gеоgraflar ta’kidlashicha, landshaft ma’lum bir хududni egallagan, o’ziga хоs хususiyatga ega bo’lgan rеgiоnal birlikdir. Masalan, N.A.Sоlntsеv landshaftni asоsiy gеоfafik birlik
dеb qaraydi va gеоlоgik tuzilishi, rеlеf tsdakllari, еr оsti va usti suvlari, mikrоiklim, tuprоq хillari,
fitо   va   zооtsеnоzalari   o’zarо   bоg’liq   bo’lgan   birykmalari   qоnuniy   va   tipik   kaytalanib   turadigan
gеnеtik jih’atdak  bir butun h’ududni landshaft dеb ataydi.
Landshaftning   ta’rifini   bоshkdcharоq   va   qisqarоq   qilib   A.G.Isa   chеnkо   (1991)   quyidagacha
ta’riflaydi:  "Landshaft    mah’alliy   ko’lamda  gеоtizimlarning   o’ziga  хоs  yigandisidan   ibоrat  bo’lib,
o’zining zоnal va azоnal bеlgilarts bo’yicha bir butun h’amtsa gеnеtik jih’atdan yaхlit gеоtizimdir".
A.G.Isachеnkо  fikricha   landshaft  o’zidan  kichik   gеоtizimlar   yig’indisidan  ibоrat   bo’lishi  bilan  bir
vaqtda o’zidan katta va murakkabrоq tuzilgan gеоtazmning bir qismi bo’lib хizmat qiladi. SHuning
uchun   landshaftlarning   h’оsil   bo’lishini   gеоgrafik   qоbiqning   rivоjlaniji   va   tabaqalanipshning
natijasi   dеb   qarash   kеrak.   Undan   tashqari   landshaft   tabiiy   gеоgrafik   kоmplеkslarning   taksоnоmik
rtzimida   shunday   bir   pоg’оnani   egalaydiki,   u   o’zining   azоnal   va   zоnal   хususiyatlari   bo’yicha   bir
butundir.   Dеmak,   tabiiy   gеоgrafik   rayоn   rayоnlashtirishning   eng   kichik   va   asоsiy   birligvdir.
A.G.Isachеnkо     fikricha   landshaft   va   tabiiy   gеоgrafik   rayоn   ikkalasi   bir   narsadir.     Bu   h’оdda
landshaft bir kоnturlidir. Еr yuzasida landshaft bir marta uchraydi.
Uchinchi guruh’ gеоgraflar landshaft  tipоlоgik birlikdir dеgan tushuncha tarafdоrlarndir, Ular
landshaftlarning   nisbatan   bir   хilliga   tushuichasiga   asоslanadilar.   Bunda   landshaft   ma’lum
хaraktеrdagi h’udud yoki jоy dеb qaraladi. Bundan tashqari landshaft tabiiy kоmpоnеntlar (gеоlоgik
tuzilishi, rеlеf, tuprоq, o’simlik va h’.k.) ning dialеktik birligi, majmuasi dеb, h’amda nisbatan bir
хil   bo’lgan   tabiiy   gеоgrafik   kоmplеks   dsb   qaraladi.   Landshaftlar   ularning   h’ududiy   tarqalishidan
katiy nazar, хususiyatlariga qarab aniqlanadi.
Landshaftga   nisbatan   bunday   ko’z   qarashning   faоl   targ’ibоtchisi   bo’lgan
N.A.Gvоzdеtskiyning (1973)  aytishicha, landshaft  tabiiy gеоgrafik kоmplеksning turi, kichik turi,
хilidir. Masalan, gеоmоrfоlоgiyada rеlеf turi, tuirоqshunоslikda tuprоq turi, хili tushunchalari kaysi
ma’nоda   ishlatilsa,     tabiiy   gеоgrafiyada   h’am shunday   ma’nоda ishlatilishi     kеrak.     Masalan,
dasht   tuprоkdari   dеyylgandеk,   dasht landshaftlari dеb aytish mumkin. Landshaft tipоlоgik birlik
sifatyda kattakatta maydоnlarni h’am yoki kichik jоyni h’am egallashi mumkin. Bir хiddagi yoki bir
turdaga   landshaft   ma’lum   h’ududda   qaytaqayta   uchrashi,   ya’t   ko’p   kоnturli   bo’lishi   mumkin.   U
yoki   bu   landshaftning   tarqalish   arеali   h’uddi   u   yoki   bu   tuprоq   yoki   rеlеf   turining   tarqalish   arеali
kabi uzuqyuluq bo’lishi mumkin.  Ana shunday landshaftlarning    ma’lum      bir     yigavdisi     tabiiy
gеоgrafyus       rayоnlarni   tsdashkil   qiladi.   N.A.Gvоzdеtskiy   fikricha   tabiiy   gеоgrafik   rеgaоnal
birliхlar va landshaft tipоlоgyus birliklari   ikki хil tizimdaga birliklardir. Ular gеоgrafik qоbiqying
tabiiy gеоgrafik tabaqalanshshshi o’rganshtsdaga ikki хi yondashishning natijasidir.
Landshaftlar rеgiоnal birlik dеb qaralganda ular оrasidagi h’ar хillikka ko’prоq e’tibоr bеrilsa,
tipоlоgik birlik dеb qaralganda uning nisbatan bir хilligaga e’tibоr bеriladi.
Landshaft   tushunchasiga   nisbatan   yuzaga   kеtgan   bu   uch   хil   ko’z   qarashni
landshaftshunоsliqda h’оsil bo’lgan uch yo’nalish dеsa h’am bo’ladi.
LandshaftshunоsshshSa   bagashlangan   ko’pgana   ilmiy   asarlar,   darsyaik   va   qo’llanmalarda
asоsan yuqоrida bayon etilgan uch хil tushuncha h’akida so’z yuritiladi.  Ammо ularning qaysi biri
h’aqiqatga   yaqin,     qaysi   biri   to’g’ri   dеgan   savоlga   javоb   bеrishda   mualliflar   u   yoki   bu   guruh’ga
qo’shilib kеtadilar. Biz h’am ana shu savsshga javоb izlash jarayonida yirik landshaftshunоs "'оlim,
Mоskva davlat. univеrsitеtining  prоfеssоri V.A.Nikоlaеv ilmiy izlanishlarining natijalariga ko’prоq
e’tibоr   bеrishga     h’arakat     qildyus.       Bu     оlimning   1979     yili     bоsilib       chiqqan   "Rеgaоnal
landshaftshunоslik   muammоlari"   dеgan   kitоbi   uning   qariyib   20   yiddan   оrtshfоq   vaqtni   o’z   ichiga
оlgan ilmiy izlanishlarining samarasddir.   Bu izlanishlar   asоsvda   V.A.Nikоlaеvning   Qоzоgastоn
dashtlarida оlib bоrgan landshaftlarni anikdaхp, хaritaga tushirish, ta’riflab bеrish, landshaftlarning
tuzilishi,   dinamikasi,   rivоjlanishi,   yoshi   kabilarni   aniqlash   h’amda   landshaftlarni   хo’jalik   nuqtai
nazarvdaya   bah’оlash,   ularning   rivоjlanshiini   оldindan   aytib   bеrish   kabi   masalalarni   h’al   kilish
maqsadida to’plagan juda kagg’a h’ajmdaga :llmiy ma’lumоtlar yotadi.
V.A.Nikоlaеvning   fikricha   landshaftsh   faqat   o’ziga   хоs   хususiyatga   ega   bo’lgan   rеgaоnal
birlik dеb qarash h’am, yoki uni faqat tipоlоgik birlik dеb karash хam baravariga bir yokdamalikka
оlib kеladi. Vah’оlanki, N.A.Gvоzdеtskiyga o’хshab, landshaftni tipоlоgak birlik dеb tushunish h’ar bir   kоnkrеt   landshaftni   taхdil   qilishdak   kеlib   chiqishi   kеrak,   H’ar   bir   landshaft     tabiiy   gеоgrafik
jih’atdan   o’ziga   хоs,   ammо   bir   vaqtning   o’zida   u   qandaydir   bir   tipоlоgik   umumiylikning   bir
qismidir.   Хuddi   shunga   o’хshash   fikrni   biz   G.N.Annеnskaya   va   bоshqalar   (1962)   ishida   h’am
uchratamiz.   Ularning   yozishicha   landshaft   h’am,   uning   mоrfоlоgak   qismlari   h’am   bоshqa   h’ar
qanday   ko’lamdagi   tabiiy   gеоgrafik   kоmplеkslar   kabi   h’am   rеgaоnal,   h’am   tipоlоgik   yo’nalishda
o’rganilishi   mumkin.   Bu   bоrada   A.G.Isachеnkо   (1991)   o’z   fikrini   quyidagicha   bildiradi.
H’оdisalarni   turlarga   ajratish,   ularni   o’rganishdagi   tipоlоgak   yondashish   h’ar   qanday   ilmiy
izlanishning,   jumladan   landshaft   izlanishlarining   h’am   zaruriy   shartlaridan   biridir.   Ammо   tur
tushunchasiga   o’tgunga   qadar   ma’lum   mikdоrda   muayyan   оb’еktlarni   o’rganish   kеraSCHunki
landshaft   turi   tabiatda   оb’еktiv   mavjud   bo’lgan   ko’plab   muayyan   mavjud   landshaftlarni   ilmiy
umumlashtirish оrqaligana anikdanadi.
Landshaftshunоslik izlanishlarida alоh’ida bilan umumiylikning birligi va qaramaqarshiligini
etirоf   etishimiz   kеrak.   Alоh’ida   muayyan   landshaft   h’aqidagi   ma’lumоtlarsiz   umumlashtirish
mumkin   emas.   SHunday   qilib,   Еr   yuzasida   оb’sktiv   mavjud   bo’lgan   landshaftlarni   ma’lum
bеlpshariga qarab umumlashtirish, ya’ni h’il, tur, sinf kabilarga birlashtirish mumkin ekan.
Yuqоrida   kеlgarilgan   fikrlarga   хulоsa   qilib   aytganda   lzndshaft   gеnеtik   jih’atdan   bir   butun
bo’lgan   gеоtizimdir.   U   bir   хil   gеоlоgik   tuzilishi,   bitta   rеlеf   turi,   bir   хil   iklimi   h’amda   faqat   shu
landshaftga   хоs   bo’lgai,   dinamik   jih’atdan   bоg’liq   bo’lgyan   urоchishslar   yig’indisvdan   ibоratdir.
Landshaft bir хil jih’atdan qaraganda zоna, prоvintsiya, оkrug, rayоN kabk rеgaоnal gеоtizimlarni
tashkil qiluvchi eng оddiy gеоtizimdir. U gеоgrafshs qоbiqnkng eng оddiy va eng kichik to’qimasi
(birligi) bo’lsa, ikkinchi  jih’atdan o’zvdan kichik bo’lgan urоchishе, fatsiya kabi qismlar va оddiy
gеоtizimlar bоglamidan h’оsil bo’lgan murakkab ko’p yarusli va dinamik gеоtizimdir. 
24 - Mavzu.Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolari
Reja
1.Tabi at va jamiyat munosabatlari  . 
   2.   Tabiatni muhofaza qilish  va unda xalqaro hamkorlik  
        3. T abiiy resurslardan oqilona foydalanish  masalasi. Tabiiy   rеsurslardan   fоydalanish.   Insоn   yashashi   uchun   tabiatdan   оladigan   barcha   mоddiy
mablag‘lar   еr   оsti   bоyliklari,   о‘rmоn,   hayvоnоt   оlami,   suv,   havо   va   хоkazоlar   tabiiy   rеsurslardir.
Ishlab   chiqarish   kuchlarining   rivоjlanishi   bilan   fоydalaniladigan   rеsurslarning   hajmi   va   turi   оrtib
bоradi.   Tabiiy   rеsurslardan   t’оg‘ri   fоydalanishda   ularning   miqdоriga,   о‘rnining   t’оlib   bоrishiga
qarab   klassifikaqiya   qilish   (guruhlarga   ajratish)   muhim   ahamiyatga   ega.   Ana  shu  nuqtai-nazardan
tabiiy rеsurslar uch guruhga: tugaydigan, tugamaydigan va tiklanadigan rеsurslarga b’оlinadi.
Tugaydigan   rеsurslarga   еr   оsti   bоyliklarining   k’оpchiligi   kiradi.   Bularni   nоbud   qilmasdan,
tеjab   fоydalanilishi   lоzim.   Fоydalanish   hajmini   bеlgilashda   uning   qidirib   tоpilgan,   о‘rganilgan
zapaslari   hisоbga   оlinishi   kеrak   Kоnlardan   kоmplеks   fоydalanish   ularning   bоyliklarini   iqtisоd
qilishda   muhim   rоl   о‘ynaydi.   Bundan   tashqari   ishlab   chiqarishda   bunday   rеsurslar.   о‘rniga
tugamaydigan rеsurslarni ishlatishga о‘tib bоrish zarur.
Tugamaydigan rеsurslarga kоsmik iqlimiy rеsurslar, еrning ichki enеrgiyasi, suv, atmоsfеra
havоsi kiradi. Suv rеsurslari  Еr yuzining turli  jоyida  turlicha  miqdоrda b’оlganligidan  ba’zi jоyda
tanqis   rеsurs   hisоblanadi.   Tugamaydigan   rеsurslarni   iflоslanihdan   saqlab   fоydalanish   zarur.   Aks
hоlda, tugamaydigan rеsurslar fоyda о‘rniga zararli muhitga aylanishi mumkin.
Tiklanadigan   rеsurslarga   о‘simliklar,   hayvоnlar,   tuprоqlar,   ayrim   tuzlar   kiradi.   Lеkin   bu
rеsurslarning   turlari   y’оqоlib   kеtsa,   tiklash   mumkin.   emas.   Bundan   tashqari,   ularning   tiklanishi
uchun   ba’zan   juda   k’оp   vaqt   zarur   b’оladi.   Masalan,   tоg‘   jinsidan   tuprоq   qatlami   hоsil   b’оlishi
uchun   15   ming   yildan   35   ming   yilgacha   vaqt   kеrak.   Dub   (eman),   kеdr   daraхtlari   150-300   yilda
еtiladi  va  хоkazо.  SHu  sababli  tiklanadigan   rеsurslarni   y’оqоlib  kеtishdan  saqlab  hamda   tiklanish
qоbiliyatini hisоbga оlib fоydalanish zarur.
Tabiatni muhоfaza qilish dеganda ayrim tabiiy оb’еktlarni (tabiat yodgоrliklarini) saqlashni,
birоr   jоyni   х’оjalikda   fоydalanishdan   ajratib   оlib,   saqlab   quyishni   tushunmaslik   kеrak.   CHunki,
butun   еr   yuzini   yoki   uning   katta   qismini   q’оriqхоnaga   aylantirish   mumkin.   emas.   Vahоlоnki,
tabiatni butun еr yuzida muhоfaza qilish kеrak. Q’оriqхоnalar tabiiy muhitning mеzоni hisоblanadi,
rеkultivatsiya   ishlarida   ulardan   namuna   sifatida   fоydalaniladi.   SHu   bilan   birga   q’оriqхоnalar   еr
yuzasi   tabiatini   ilmiy   о‘rganishda   kоmplеks   оb’еktlar   b’оlib   хizmat   qiladi.   Q’оriqхоnalarda
о‘simlik   va   hayvоnlar   tabiiy   hоlda   saqlanib,   ularni   taqatishdеk   yangi   turlarni   yaratishda   manba
b’оladi.   Lеkin,   q’оriqхоnalar   qancha   katta   ahamiyatga   ega   b’оlishiga   qaramasdan,   jamiyatning
qishlоq   х’оjaligi   еrlariga,   sanоat   оb’еktlariga,   shaharlar   qurishga,   rеkrеaqiya   jоylariga   b’оlgan
talabi   tоbоra   оshib   bоrayotgan   sharоitda   q’оriqхоnalarni   kеngaytirish   imkоni   kamayib   bоradi.
Binоbarin, q’оriqхоnalar tashkil etib, tabiatni muhоfaza qilish masalasini hal etish mumkin. emas.
Tabiatni   muhоfaza   qilish   va   tabiatdan   fоydalanish   bir-biriga   qarama-qarshi   jarayon   emas,
balki   о‘zarо   chambarchas   bоg‘liq   bir   butun   jarayondir.   Eng   k’оp   fоydalaniladigan   tabiiy   muhit
birinchi navbatda muhоfaza qilinishga muhtоjdir. SHuning uchun ham х’оjalikda fоydalanilayotgan
barcha   hududda   tabiatni   muhоfaza   qilishga   qaratilgan   tеgishli   tadbirlar   amalga   оshirib   bоrilishi
lоzim. Tabiatdan х’оjalikda fоydalanish maqsadida amalga pishiriladigan, har qanday tadbir (yangi
еrlarni   sug‘оrish   yoki   zaх   еrlarni   quritish,   suv   оmbоrlari   k’оrish,   daryolar   suvini   bir   havzadan
ikkinchi   havzaga   burish   va   bоshqalar)   tabiatni   muhоfaza   qilish   nuqtai-nazardan   chuqur   о‘ylab
amalga   оshirilishi   kеrak.   Bunday   tadbirlar   tabiatdagi   muvоzanatga   ilоji   bоricha   kam   ta’sir
k’оrsatadigan b’оlishi lоzim.
Tabiatni   yaхshilash   va   bоyitish   uchun   tabiiy   jarayonlarga   faоl   ta’sir   etish   dеganda   nima
tushuniladi.  Tabiatda   yaхshi  yoki  yomоn   dеgan  tushuncha   nisbiy  tushunchadir,   ya’ni  insоn,  unint
х’оjalik faоliyati, istirоhati nuqtai-nazardan qarab, tabiiy sharоitga bеrilgan bahоdir. Har bir jоyning
tabiiy   sharоiti,   insоn   nuqtai-nazaridan   qanday   b’оlishidan   qat’iy   nazar,   tabiat   kоmpоnеntlarining,
ya’ni   tоg‘   jinslari,   rеlеf   va   iqlimning   muayyan   rеjimida   оb’еktiv   tabiiy   qоnunlar   asоsida   tarkib
tоpgan   birligidan,   uyg‘unligidan   ibоrat.   Tabiat   uchun   bu   birlik   eng   qulay   birlikdir.   CHunоnchi,
о‘rta Оsiyo tеkisliklaridagi ch’оllar landshafti bu еrdagi muayyan sharоitda tarkib tоpgan. SHunday
sharоitda bu landshaftlar tabiat uchun eng qulay landshaftlardir. Lеkin insоn uchun ular eng qulay
tabiiy   muhit   emas.   SHu   sababli   kishilar   о‘zi   uchun   nоqulay   tabiiy   sharоitni   yaхshilashga,   ya’ni
insоnning   yashashi   hamda   ishlab   chiqarishi   uchun   tabiatni   qulaylashtirishta   intiladi   va   bunga
kishilarda muayyan  miqdоrda imkоn bоr. Bunday imkоnni amalga  оshirish esa kishilarning  tabiat qоnunlarini   qanchalik   yaхshi   bilishlariga   va   ularga   qay   darajada   amal   qilishlariga   hamda   tехnika
vоsitalariga bоg‘liqdir.
Еr yuzida kishilar aktiv ta’sir k’оrsatib yaхshilashi mumkin b’оlgan еrlar juda k’оp. Katta-
katta   maydоnlardan   ularning   suv   еtishmaslikdan   kurg‘оqchilligi   yoki   haddan   tashqari   sеrnamligi,
issiqlik еtishmasligi yoki еr yuzasi nоtеkisligi va shu kabi sabablarga k’оra fоydalanilmayapti yoki
kam   fоydalanilyapti.   Buning   ustiga   insоnning   ilgari   nоt’оg‘ri   х’оjalik   faоliyati   natijasida   buzilib,
ishdan   chiqqan   еrlar   qum   bоsgan,   sh’оrlanib   kеtgan,   tuprоqlari   yuvilgan,   jarlar   bоsib   kеtgan,
bоtqоqlangan, kоnlarning kеraksiz jinslari bоsgan yoki о‘yib yubоrilgan еrlar ham оz emas. Tabiiy
nоqulay   еrlardan   ham,   ishdan   chiqqan   еrlardan   ham   ularni   tuzatmasdan   turib   t’оg‘ri   fоydalanish
mumkin.   emas.   Tabiiy   nоqulay   еrlar   mеliоratsiya   qilinishi,   buzilgan   еrlar   rеkultivatsiya   qilinishi
zarurdir.
SHunday   qilib,   tabiatdan   t’оg‘ri   fоydalanish   ahоlining   о‘sib   bоrayotgan   mоddiy   hamda
ma’naviy   ehtiyojlarini   t’оliq   ta’minlash,   tabiiy   muhitni   tоza   tutish,   kеlajak   avlоd   uchun   tabiatni
hоzirgidan  k’оra bоy, musaffо va  g’оzal  qilib  qоldirish uchun tabiiy  rеsurslardan  ilmiy  asоsda va
tехnоlоgik   jihatdan   mukammal,   nоbudgarchilikka   y’оl   quymay   fоydalanishdan,   tabiiy
kоmplеkslarni   tехnоgеn   ta’sirdan   muhоfaza   qilish,   ayrim   tabiiy   kоmplеkslarni   q’оriqхоnalarga
aylantirishdan  hamda tabiiy  sharоitni  yaхshilash  maqsadida tabiiy  jarayonlarni  tabiatning  оb’еktiv
qоnunlari asоsida bоshqarish, ya’ni mеliоratsiya qilishdan ibоratdir.
Tabiatdan  fоydalanishda   andazaga  amal  qilib   b’оlmaydi.  Har  bir  jоyning  о‘ziga  хоs  tabiiy
sharоitiga qarab, tabiatdan fоydalanish gеоgrafik jihatdan tabaqali yondashishni talab qiladi. Buning
uchun tabiatdan fоydalanishning gеоgrafik asоslarini bilish zarur.
Tabiatdan  fоydalanishning   gеоgrafik  asоslari.  Hоzirgi  vaqtda  kishilarning  mеhnat   faоliyati
оlib bоriladigan, ya’ni Jamiyat bilan tabiat о‘rtasidagi alоqalar r’оy bеradigan muhit Turli mualliflar
tоmоnidan   Turli   хil   tеrminlar   bilan   ifоdalanmоqda.   CHunоnchi,   tabiat,   tabiiy   muhit,   gеоgrafik
muhit, landshaft qоbig‘i, gеоgrafik qоbiq, gеоgrafik tizim va bоshqalar mavjud. Aslini оlganda bu
tеrminlar mazmuni bir хildеk k’оrinsada, ular bir-biridan farq qiladi.
Tabiat tushunchasi umumiy ilmiy va filоsоfik tushuncha b’оlib, butun bоrliqni kоinоtni о‘z
ichiga оladi. Tоrrоq ma’nоda оlganda esa barcha tabiiy fanlarning о‘rganish оb’еkti. Albatta insоn
bunday   kеng   ma’nоdagi   tabiatdan   fоydalanishi   mumkin.   emas.   Tabiiy   muhit   tushunchasi   esa
tabiatning   jamiyat   bеvоsita   alоqada   b’оlgan   qismini   ifоdalaydi.   Insоnning   fan   va   tехnika
imkоniyatlari оshib bоrgan sari tabiiy muhit ham eniga, ham buyiga kеngayib bоradi hоzirgi vaqtda
esa tabiiy  muhit  chеgarasi  Еrimizdan  tashqariga  chiqib  bоryapti. Gеоgrafik muhit  tushunchasi esa
Еr   (gео)   bilan   bоg‘liq   tushuncha   b’оlib,   Еrning   yuza   qismi   bilan   uning   yaqin   atrоfini   о‘z   ichiga
оladi.   Gеоgrafik   qоbiq   bilan   landshaft   qоbig‘i   tushunchalari   bir-biriga   juda   yaqin   Gеоgrafik
qоbiqda еr p’оsti (litоsfеraning yuza qismi butun gidrоsfеra va biоssfеra hamda atmоsfеraning quyi
(trоpоsfеra) qismi kiradi va ular о‘zarо bir-biri bilan q’оshilib, ta’sir etib turadi.
25 Mavzu Tabiiy g еоgrafik  monitoring va  bashоrat lash
Rеja:
1. Mоnitоring va uni turlari.
2. O`zbеkistоnda  atrоf- muхit mоnitоringini amalga оshirish
1. Gеоgrafik bashоrat хaqida tushuncha.
2. Bashоrat usullari. 3.Sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy gеоgrafik bashоratlar
4. Uzbеkistоn tabiat kоmplеkslarining ozgarishini bashоratlash
                                                        MONITORING VA UNING TURLARI
XX   asrning ikkinchi  yarmidan   boshlab   fan-texnika  inqilobi  nati jasida  jamiyatning   tabiatga
ta'siri   kuchayib   ketdi.   Oqibatda   sayyoraviy,   mintaqaviy   va   mahalliy   ekologik   muammolar   kelib
chiqa   boshladi.   Bu   esa   atrof-muhit   holatini   doimiy   kuzatib   borish   tizimini   tashkil   qilishni   taqozo
etdi.   Shu   munosabat   bilan   fanda   yangi,   monitoring   (lotincha   "monitor"   —   esga   soladigan,
ogohlantiradigan) tushunchasi paydo bo'ldi.
Monitoring   —   tabiiy   resurslardan   oqilona   foydalanish,   atrof-muhitni   muhofaza   qilish
maqsadida   ma'lum   bir   hudud   tabiiy   sharoitining   holatini   kuzatish,   nazorat   qilish   va   boshqarish
tizimidir.
Monitoringning   asosiy   maqsadi   tabiiy   muhitning   inson   faoliyati   ta'sirida   o'zgarishini
kuzatish, olingan ma'lumotlar asosida baholash va tegishli boshqaruv apparatini ishga solishdir.
Monitoring   asosida   atmosfera   havosi,   suv   havzalari,   yer   osti   suvlari,   tuproq,   o'simlik
qoplamining  turli  chiqindilar,  zaharli   kim-yoviy   moddalar,   radioaktiv  elementlar   bilan   ifloslanishi
kuzatiladi.   Kuzatish   ishlari   insonning   ma'lum   ekologik   sharoitda   yashashining   buzilishiga
qaratiladi.   Atrof-muhitning   o'zgarish   darajasi   hali   iflos-lanmagan   tabiiy   sharoit   holatiga   nisbatan
olinadi.
Akademik   I.   P.   Gerasimov   tomonidan   monitoring   tashkil   qi-lishning   bioekologik,
geoekologik  va  biosfera bosqichlari  ajratilgan.
Bioekologik monitoring   bosqichi yoki pog'onasida atrof-muhitning ifloslanishi uning inson
salomatligiga   ta'siri   nuqtayi   nazaridan   kuzatiladi.   Mazkur   pog'onada   odamlarning   kasallanishi,
o'lim, tug'ilish, uzoq umr ko'rish va boshqa ma'lumotlardan foydalaniladi. Bu ma'lumotlar insonning
atrof-muhit o'zgarishiga aks ta'siri hisoblanadi. Ushbu bosqichda monitoring kuzatish shoxobchalari
va sanitariya-gigiyena xizmati ma'lumotlariga tayanib, ish ko'riladi.
Bioekologik   monitoring   inson   salomatligi   uchun   zararli   bo'lgan   chiqindi   va   moddalar
bo'yicha kuzatishni tashkil qiladi.
Geoekologik   (geotizimli)   monitoring   bosqichi   yoki   pog'onasida   asosan   tabiiy-hududiy,
tabiiy-texnogen va demografik  (aholi) geotizimlari  kuzatiladi  va nazorat qilinadi.  Mazkur bosqich
(pog'ona)   uchun   tabiatni   ifloslantiruvchi   moddalaming   ruxsat   etilgan   miqdori   va   tabiiy
komplekslarning   (geotizimlarning)   o'z-o'zini   tozalash   qobiliyati   haqidagi   ma'lumotlar   muhim
hisoblanadi. Kuzatishlar geografik statsionarlarda, maxsus zonal yoki mintaqaviy poligonlarda olib
boriladi.
Geotizimli   monitoringni   amalga   oshirishda   hududda   havo,   suv,   tuproq,   o'simlik,   hayvonot
dunyosi,   inson   salomatligiga   salbiy   ta'sir   etuvchi   omillar   va   ifloslantiruvchi   manbalar   bo'yicha
kuzatish tashkil qilinadi. Bu borada geotizimning o'ziga xos xususiyatlari e'tiborga olinmog'i lozim.
Cho'llarda kemiruvchilar turli xatarli kasalliklarni tarqatuvchi manba hisoblanadi. Buning oqibatida
ma'lum vaqt mobaynida katta hududda yuqumli kasallik o'chog'i yuzaga keladi. Shuni hisobga olib,
cho'l geotizimida muntazam ravishda monitoring ishlarini olib borish lozim bo'ladi.
Biosfera   monitoringi   bosqichining   asosiy   vazifasi   atrof-muhitni   dunyo   miqyosida
kuzatishdan   iborat.   Bunda   atmosferaning   changlanishiga,   Dunyo   okeanining   ifloslanishiga   va
boshqa   ko'rsatkichlarga   ko'proq   e'tibor   beriladi.   Kuzatishning   asosiy   maqsadi   dunyo   miqyosida
bo'ladigan o'zgarishlarning aholi salomatligi va faoliyatiga ta'sirini baholashdir. Kuzatishlar biosfera
poligonlari   tizimida   olib  boriladi.  Biosfera  poligonlari   tizimiga  qo'riqxonalar  va  aholining   xo'jalik
faoliyati
zonalari kiradi.
Atmosferani   kuzatishda   asosiy   e'tibor   chang   miqdorining   ortib   ketishiga,   "issiqxona
samarasi" ning vujudga kelishiga, qutbiy min-taqalarda ozon qatlamining yupqalanishiga qaratiladi. Eslab qoling!
Monitoring   deb,   tabiiy   resurslardan   oqilonafoydalanish,   atrof-muhitni   muhofaza   qilish   maqsadida
ma'lum   bir   hudud   tabiiy   sharoitining   holatini   kuzatish,   nazorat   qilish   va   boshqarish   tizimiga
aytiladi.
Bilasizmi?
Ekologik   siyosat.   Atrof-muhit   ifloslanishi   va   tabiiy   resurslardan   noto'g'ri   foydalanish   ishlab
chiqarishning   rivojlanishiga   to'sqinlik   qiladi   hamda   aholi   hayotiga   jiddiy   xavf   soladi.   Shu
munosabat   bilan   tabiat   muhofazasi   bo'yicha   turli   xil   harakatlar   va   tashkilotlar   vujudga   keldi.
Iqtisodiy   rivojlangan   davlatlaming   ko'pchiligida   ekologik   siyosat   yurgizila   boshlandi.   Tabiatni
muhofaza   qilish   borasida   qonunlar   qabul   qilindi,   atrof-muhitni   qo'riqlash   bo'yicha   davlat
tashkilotlari   tuzildi.   Natijada   XX   asrning   80-yillaridan   boshlab,   jahonning   ayrim   mintaqalarida
atrof-muhitning   ifloslanish   darajasi   kamaya   boshladi.   Ammo   jahondagi   ko'pchilik   davlatlarda
ekologik sharoit hamon keskinligicha qolmoqda. Ekologik siyosatni olib borish va amalga oshirish
uchun   ayrim   davlatlaming   harakatlari   yetarli   emas.   Buning   uchun   jahon   hamjamiyatining
birgalikdagi   harakati   zarur.   BMT   tarkibida   atrof-muhit   muhofazasi   bo'yicha   maxsus   komissiya
faoliyat   ko'rsatmoqda   (YuNEP).   Bu   ishlarni   amalga   oshirishda   O'zbekiston   olimlari   ham   faol
ishtirok etmoqdalar.
                                       O`zb е kist о nda atr о f – mu х it m о nit о ringini amalga  о shirish
O'zbekistonda   qishloq   va   suv   xo'jaligi,   tog'-kon,   kimyo,   metallurgiya   va   boshqa   sanoat
tarmoqlarining so'nggi 30—40 yil davomida tez sur'atlar bilan rivojlanishi natijasida atrof-muhitda
kuchli o'zgarishlar ro'y berdi,  mintaqaviy  va mahalliy  ekologik muammolar  kelib chiqdi.  Natijada
atrof-muhit   holatini   muntazam   kuzatish,   nazorat   qilish   va   boshqarishning   yagona   davlat   tizimini
ishlab chiqish va amalga oshirish zarurati tug'ildi.
Atrof-muhit monitoringi  mamlakatimizdagi  bir qancha muassasa va tashkilotlar  tomonidan
amalga   oshiriladi.Atmosfera   havosi   va   suv   havzalarining   ifloslanishi   O'zbekiston
Gidrometeorologiya  Bosh boshqarmasi tomonidan, yer osti suvla-rining ifloslanishi, noxush tabiiy
geografik   jarayonlarning   rivojlanishi   O'zbekiston   Geologiya   vazirligiga   qarashli
"O'zbekgidrogeologiya"   korxonasi   tomonidan,   tuproqning   sho'rlanishi   va   grunt   suvlari   me'yori,
kollektor   suvlari   minerallashuv   darajasi   Qishloq   va   suv   xo'jaligi   vazirligi   tomonidan,   o'rmonlar
holati   O'rmon   xo'jaligi   qo'-mitasi   tomonidan,   atrof-muhitning   inson   salomatligiga   ta'siri   bilan
bog'liq  bo'lgan  masalalar   Sog'liqni  saqlash  vazirligi  tomonidan  ku-zatib,   nazorat   qilib   turiladi.  Bu
tashkilot   va   muassasalarning   monitoring   sohasidagi   faoliyati   Tabiatni   muhofaza   qilish   Davlat
qo'mitasi   tomo nidan   boshqariladi.   Bu   qo'mita   atrof-muhit   bo'yicha   turli   axborot   va   ma'lumotlarni
yig'ib,   yuzaga   kelgan   ekologik   vaziyatni   baholaydi.   No xush   ahvol   vujudga   kelgan   bo'lsa,   tegishli
tashkilotlarga   xabar   berish   bilan   birga   uning   oldini   olish   bo'yicha   tegishli   chora-tadbirlarni
belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Atrof-muhit   monitoringini   kuzatish   va   nazorat   qilish   turli   usullarda   olib   boriladi:
aerokosmik, avtomatik laboratoriyalar, ko'chma laboratoriyalar va h.k.
Aerokosmik   usul   bilan   atmosfera   havo   massalarining   yo'nalishi,   havoning   ifloslanishi,
tog'lardagi muzliklar, qorliklar rejimi, tuproq va o'simlik qoplamlarining holati, ekinlarning o'sishi,
ularning holati hamda hosildorligi kuzatib turiladi. O'zbekistonning ma'lum bir hududi aerokosmik
usulda   kuzatilayotganda   olingan   ma'lumotlar   avtomatik   ravishda   tegishli   tashkilotlarga   uzatib
turiladi.
Atmosfera   havosi   monitoringi   O'zbekiston   hududida   asosiy   gidrometeorologik   stansiya   va
postlar (avtomatik ravishda ishlaydigan maxsus uychalar — Post-2)da amalga oshiriladi.
Atmosfera   va   suv   tarkibidagi   zararli,   ifloslantiruvchi   moddalar   miqdori   maxsus
laboratoriyalarda kimyoviy usullar yordamida aniqlanadi.
Sanoat   rivojlangan   hududlarda   maxsus   kuzatish   asosan   statsionar   (doimiy),   marshrutli   va
harakatdagi   postlarda   olib   boriladi.   Mazkur   postlarda   gazlarning   miqdori   avtomatik   usulda aniqlanadi.
Suv   havzalarining   ifloslanishi   ham   muntazam   ravishda   kuzatib   va   nazorat   qilib   turiladi.
Daryolar,   kanal   va   kollektor   suvlarining   ifloslanish   darajasi   bir   yo'la   bir   necha   joylarda   (yuqori
qismida, sanoat markazlari va shaharlarga kirish joylarida, ichkarisida va chiqish joyida) aniqlanadi.
Yil davomida mamlakatimiz bo'yicha olib borilgan kuzatish va nazorat ma'lumotlari yig'ilib,
o'rtacha   oylik   ko'rsatkichlar   aniqlanadi.   Tuproq,   suv   va   o'simliklardagi   turli   zararli   chiqindilar,
asosan,   sanoat   korxonalari   atrofida,   pestitsidlar   ekinzorlar   va   ular   hududidagi   suv   havzalarida
kuzatiladi va nazorat qilib turiladi.
Sug'oriladigan   hududlarda   tuproqning   sho'rlanishi   bo'yicha   kuzatish   va   nazorat   amalga
oshiriladi. Kuzatish va nazorat ma'lumotlari yilda ikki marta — 1-aprel va 1-oktabrda yig'iladi.
Yaylovlar asosan aerokosmik usulda kuzatiladi va nazorat qilib turiladi.
Geografik   qobiqning   kelajakdagi   holatini   oldindan   ko'ra   bilish,   fan-texnika   inqilobi   sharoitida
insonning   tabiiy   muhitga   ta'siri   va   uning   oqibatlarini   oldindan   ilmiy   asosda   ayta   olish   va   asoslab
berish zamonaviy geografiya fani oldida turgan muhim muammolardan biri hisoblanadi.
Fanda biror hodisa yoki biron-bir obyekt holatining o'zgarishini oldindan ko'ra bilish va ayta olish
bashorat  deb ataladi.
Hozirgi   paytda   geografiyada   bashoratlash   va   bashorat   tushunchalari   mavjud.   Bashoratlash
—   o'rganilayotgan   borliq   (obyekt)   holatining   o'zgarishi   haqida   ma'lumotlar   yig'ish   yoki   olish
jarayonidir.   Bashorat   esa   bashoratlash   bo'yicha   tadqiqotlarning   natijasidir.   Umuman   bashorat
deganda   o'rganilayotgan   borliq   yoki   hodisaning   kelajakdagi   holati   va   ko'rinishining   tavsifi
tushuniladi.
Geogralfik   bashoratlash   tabiiy   va   ijtimoiy-iqtisodiy   muhitning   rivojlanishi   va   o'zgarishi
haqida ma'lumotlar olish va to'plash jarayonidir.
Geografik   bashorat   deb,   tabiiy   muhit   va   hududiy   ishlab   chiqarish   tizimlarining
o'zgarishidagi asosiy yo'nalishlarni ilmiy jihatdan oldindan asoslab berishga aytiladi.
So'nggi   vaqtda   ilmiy-texnik   jadallashtirish   jarayoni   tufayli   basho ratlash   bo'yicha   ilmiy
izlanishlar   juda   tezlik   bilan   rivojlana   boshladi.   Ilmiy   g'oyalarni   amaliyotda   qo'llash   muddatlari
keskin   qisqarishi   munosabati   bilan   tabiiy   muhitga   bo'lgan   bosim   kuchayib   ketdi.   Natijada   tabiiy
muhitning aks ta'siri muddatlari ham keskin qisqara boshladi. Tabiiy  muhitning inson ta'siriga aks
ta'siri   ko'pincha   salbiy   ko'rinishga   ega   bo'la   boshladi.   Shuning   uchun   hozirgi   paytda   noxush
hodisalarni   oldindan   ko'ra   bilish   muhim   ahamiyatga   ega   bo'lmoqda.   Insonning   tabiatga   ta'siri
oqibatlarini   oldindan   ko'ra   bilmaslik   va   ularni   oldindan   ayta   olmaslik   sayyoraviy,   mintaqaviy   va
mahalliy ekologik muammo-larning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Orol dengizi muammosi bunga
misol bo'lishi mumkin 
Geografik   bashoratlar   bir   necha   variantlarda   amalga   oshiriladi.   Masalan,   Sibir   daryolari
oqimining   bir   qismini   O'rta   Osiyo   va   Qozog'istonga   burish   loyihasini   amalga   oshirish   va   uning
ekologik   oqibati   bir   necha   variantda   ishlab   chiqilgan.   Ulardan   awaliga   5—6,   keyinchalik   esa
maqbul varianti tanlab olindi va mazkur variant asosida barcha hisob-kitob ishlari bajarildi.
Geografik bashoratlar turli muddatlarga tuziladi. Shuning uchun bashoratlar muddatiga ko'ra
quyidagi turlarga bo'linadi:   operativ bashorat   bir oy muddatga,   qisqa muddatli  bashorat   1 oydan 1
yilgacha,   o'rta muddatli bashorat   1 yildan 5 yilgacha,   uzoq muddatli bashorat  5 yildan 15 yilgacha,
juda uzoq muddatli bashoratlar  15 yildan ko'proq muddatga ishlab chiqiladi.
Tabiiy   geografik   bashoratni   amalga   oshirish   uchun   tabiat   komplekslari   komponentlarining
bashoratli xossalarini aniqlab olish lozim bo'ladi. Ma'lum bir joyning relyefi, tog' jinslari, tuproqlari,
suvlari,   o'simligi   va   hayvonot   dunyosi   o'ziga   xos   xususiyatlarga   ega   bo'ladi.   Bu   xususiyatlar
haqidagi ma'lumotlar tabiiy geografik bashoratlarda ishlatiladi.
Tabiiy komplekslar komponentlarining tabiiy muhit ifloslanishini  kamaytirish xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
1.   Relyef.   Botiqlar   texnogen   mahsulotlarni   (chiqindilarni)   to'plоvchidir.   Balandliklar   esa   ularni
tarqatib yubоruvchidir. - 2. Tоg jinslari.  Suv otkazadigan  suv otkazmaydigan  jinslar,  ularning  qalinligi  tabiiy  muхitga  tasir
korsatadi.
3.   Suvlar.   Ularda   erigan   оrganik   mоddalarning   miqdоri   yillik   оqim   miqdоri,   оqim   tеzligi   muхim
aхamiyatga ega
Bash о rat usullari
Geografik  bashoratlashda  turli   xil  usullardan  foydalaniladi.   Qanday  usullardan   foydalanish
bashoratning   maqsadi   va   muddatiga   bog'liq   bo'ladi.   Qisqa   muddatli   geografik   bashoratlarda
landshaft-indikatsiya   usuli,   uzoq   muddatli   geografik   bashoratlarni   amalga   oshirishda   geografik
o'xshatish   va   ekstrapolyatsiya   usuli   qo'Uaniladi.   Bundan   tashqari   juda   ko'p   hollarda   tizimlararo
tahlil usulidan  keng foydalaniladi.
Landshaft-indikatsiya   usuli.   Mazkur   usulning   mazmuni   shundan   iboratki,   landshaftning
bevosita   ko'rinib   turadigan   komponentlari   (o'simlik,   tuproq,   relyef   va   boshqalar)   xususiyatlarini
o'rganish   orqali   kuzatib   bo'lmaydigan   komponentlarning   holatini   o'rganish   mumkin.   Masalan,
o'simlik turini aniqlash va holatini o'rganish orqali boshqa komponentlar haqida ma'lumotlarga ega
bo'lish   mumkin.   Agar   cho'lda   yantoq   o'simligi   keng   tarqalgan   bo'lsa,   yer   osti   suvlari   5—   10   m
chuqurlikda,  agar qamish  o'sayotgan  joy bo'lsa, yer  osti  suvlari 1,5—2 m  chuqurlikda  ekanligi  va
tuproqlar o'rtacha sho'rlan-ganligi haqida xulosa chiqariladi.
Shunday   qilib,   dala   sharoitida   landshaftlar   o'rganilayotganda   o'simlik,   tuproq   va   relyefning
xususiyatlariga   e'tibor   berilsa,   boshqa   komponentlar   to'g'risida,   ya'ni   qaysi   o'simlik   qoplami
keyinchalik eng ko'p tarqalishini ham bashorat qilish mumkin.
Geografik o'xshatish usuli.  Bu usulda biror hududda bo'lgan o'zgarishlarni o'rganish asosida
xuddi   shunday   o'zgarishlar   boshqa   shunga   o'xshash   hududlarda   ham   sodir   bo'lishi   mumkinligi
bashorat qilinadi.
O'xshatish   usulini   qo'llashning   asosiy   shartlaridan   bin   o'xshatish   o'lchamlarining   mos
kelishidir. O'xshatish o'lchamlari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1)   relyef   sharoitining   o'xshashligi.   Bunda   ikkala   hudud   ham   bir   xil   relyef   shaklida
joylashgan bo'lishi lozim (daryo vodiysi, tekislik, botiq, yonbag'ir, balandlik);
2) tog'  jinslari va ular xossalarining  o'xshashligi. Ikkala  hudud ham deyarli  bir xil xossaga
(suv o'tkazadigan, suv o'tkazmaydigan, yoriqsiz, yoriqli, gilli, qumli, qoyali), bir xil genezisga ega
(cho'kindi, metamornk, magmatik) tog' jinslaridan iborat bo'lishi lozim;
3)   tuproqlari   va   ularning   qalinligi,   xossalari   bir   xil   bo'lishi   lozim   (masalan,   to'q   bo'z
tuproqlar);
4) o'simlik qoplamining o'xshashligi;
5) hayvonot dunyosining o'xshashligi;
6)   insonning   tabiatga   ta'sirining   o'xshashligi   (suv   ombori,   kon,   shahar,   ekinzorlar,   bog'lar,
to'g'onlar, yo'llar, kanallar va h.k.).
Ushbu   usul   ko'proq   aniq   bir   muhandislik   inshootlarining   tabiatga   ta'sirini   bashoratlashda
qo'Uaniladi. Masalan, tekislikda awal qazilgan foydali qazilma konining tabiiy muhitga ko'rsatgan
ta'sirini   tahlil   qilish   bilan   xuddi   shunday   sharoitdagi   boshqa   joyda   qazib   olinayotgan   foydali
qazilma konining tabiiy muhitga ta'sirini bashoratlashda o'xshatish usulini qo'llash mumkin.
Ekstrapolyatsiya   usuli.   Mazkur  usulning  mohiyati   o'zgarish   yo'nalishini   kelajakka  nisbatan
ekstrapolyatsiya   qilishdan   iborat.   Ushbu   usul   tabiat   komplekslarining   holatidagi   mavjud   bo'lgan
o'zgarishlar yo'nalishini o'rganish orqali, bu o'zgarishlar kelajakda ham davom etadi, degan xulosa
chiqarishga asoslangan. Masalan, Niagara sharsha-rasi ohaktoshlarni yemirib, Eri ko'li tomon asta-
sekin   chekinmoqda.   Bu   jarayon   davom   etaversa,   Niagara   sharsharasi   yo'q   bo'lib   ketishi   mumkin.
Bunday jarayonning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilishi lozim.
Tizimlararo   tahlil   usuli.   Mazkur   usulning   asosiy   mohiyati   shundan   iboratki,   bir   tizim
holatining tahlili asosida boshqa tizimning holati bashorat qilinadi.
Masalan, har 11 yilda Quyoshdagi dog'lar sonining ko'payishi asosida Yerdagi qator noxush
hodisalarning ro'y berishi oldindan aytib beriladi.
Eng   xavfli   qor   ko'chkilari,   sellar,   qurg'oqchilik,   toshqinlar   va   boshqa   noxush   hodisalar Quyosh faolligining 11 yillik davriyligi bilan bog'langan.
SAYYORAVIY, MINTAQAVIY VA MAHALLIY GEOGRAFIK BASHORATLAR
Geografik bashoratlar jahon, mintaqa va mahalliy miqyoslarda olib boriladi.
Sayyoraviy   bashoratlar.   Ular   Yer   rivojlanishining   evolutsion   yo'nalishlarini   o'rganishga
asoslangan.   Umumsayyoraviy  geografik  bashoratlaming   asosiy  maqsadi  insoniyatning  kelajakdagi
hayotini   va   Yerni   saqlab   qolishga   qaratilgan   muammolarni   oldindan   bashorat   qilishdir.   Shuning
uchun ham mutaxassis va olimlarning ko'pchiligi hozirgi paytda butun dunyo miqyosida kelajakda
kutilayotgan   turli   noxush   hodisalami   bashorat   qilish   bilan   shug'ullanadi.   Atmosfera   havosining
ifloslanishi, ozon qatlamining yupqalanishi, "issiqxona samarasi"ning vujudga kelishi, cho'llashish
jarayoni,   gidrosferaning   ifloslanishi   va   toza   ichimlik   suvi   muammosi   shular   jumlasidandir.
Insoniyatning   kelajakdagi   hayoti   yuqoridagi   muammolarning   qanday   bashorat   qilinishiga   bog'liq.
Umumsayyoraviy bashoratlar ma'lum bir hududga bog'lanmagan bo'ladi .
Mintaqaviy   bashorat.   Mintaqaviy   bashorat   deb   hududiy   jihatdan   chegaralangan   tabiiy
komplekslarning kelajakdagi o'zgarisbmi oldindan asoslab berishga aytiladi.
Jahonning   xo'jaligi   yuksak   darajada   rivojlangan   qismlarida   jamiyat   bilan   tabiat   o'rtasidagi
munosabatlar   o'ta   keskinlashadi.   Buning   oqibatida   turli   xil   ekologik   muammolar   yuzaga   keladi,
natijada ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar murakkablashib ketishi mumkin.
Mazkur   mintaqalarga   O'rta   dengiz,   Boltiq,   Shimoliy,   Qora   den-gizlar,   Meksika,
Forsqo'ltiqlarivaboshqajoylarkiradi.   Ushbu   joylarda   neft   tashilishi,   daryolar   orqali   turli   xil   zararli
moddalarning   oqib   kelishi,   turli   sanoat   chiqindilarining   dengizlarga   tashlanishi   natijasida   ular
tobora   ifloslanib   bormoqda.   Oqibatda,   dengiz   o'simlik   va   hayvonot   dunyosiga   katta   zarar
yetkazilmoqda,   dengiz   qirg'oqlarining   rekreatsion   imkoniyatlari   cheklanmoqda   va   aholining
yashash sharoiti yomonlashmoqda.
Mahalliy geografik bashoratlar.  Ma'lum bir muhandislik inshooti yoki inshootlar gurahining
tabiiy   muhitga   ta'sirini   oldindan   asoslab   berish   mahalliy   geografik   bashorat   deb   ataladi.   Tabiatga
ta'sir etadigan muhandislik inshootlari sanoat korxonasi, suv ombori, shaxtalar, yo'llar, aerodromlar,
shaharlar va boshqalar bo'lishi mumkin.
Mahalliy   geografik   bashoratlarni   amalga   oshirishda   ko'proq   o'xshatish   va   matematik   hisoblash
usullaridan   foydalaniladi.   Masalan,   foydali   qazilma   koni   ochiq   usulda   qazib   olinadigan   bo'lsa,
hududda   botiq   hosil   bo'ladi,   tashlamalar   vujudga   keladi,   yer   osti   suvlari   sathi   pasayadi,   noxush
jarayon   (surilma,   ko'chki,   o'pirilma)lar   rivojla-nadi,   suv,   tuproq,   o'simlik   va   hayvonot   dunyosi
ma'lum joylarda butunlay yo'qoladi, ma'lum bir joylarda esa katta o'zgarishlarga uchraydi.
Eslab qoling!
Umumsayyoraviy   bashoratlarning   maqsadi   insoniyatning   elajakdagi   hayoti   va   Yer   sayyorasini
saqlab   qolish   yo'lidagi   uammolarni   oldindan   bashorat   qilishdir   intaqaviy   bashorat   deb,   hududiy
jihatdan   chegaralangantabiiy   komplekslarning   kelajakdagi   o'zgarishini   oldindan   asoslabberishga
aytiladi.Ma'lum bir muhandislik inshooti yoki inshootlar guruhiningtabiiy muhitga ta'sirini oldindan
asoslab berish  mahalliygeografik bashorat  deb ataladi.
O`zb е kist о n tabiat k о mplekslarining o`zgarishini bash о ratlash
O'zbekistonda   shakllangan   tabiat   komplekslari   rivojlanishi   va   tuzilishining   asosiy
qonuniyatlarini, ularda vujudga keladigan tabiiy geografik jarayonlarni, inson faoliyati ta'sirida ro'y
beradigan   o'zgarishlarni   o'rganish   asosida   kelajakdagi   o'zgarishlarning   asosiy   yo'nalishlarini
bashorat qilish mumkin .
O'zbekistonda   asosan   tekislik,   tog'   oldi   va   tog'   tabiat   komplekslari   tarqalganligi   uchun
bashoratlash ishlari ikki yo'nalishda olib borilishi lozim.
O'zbekistonda   tekislik   tabiat   komplekslaridan   hozirgi   paytda   asosan   chorvachilik   va
sug'orma dehqonchilik maqsadlarida foydalaniladi.
Cho'l   yaylovlaridan   ham   turlicha   foydalaniladi.   Qizilqum,   Qamob   va   Surxondaryo
yaylovlaridan   yuqori   darajada   foydalanilsa,   Ustyurt   platosi,   Qizilqumning   shimoli   g'arbi,   Orol
dengizining qurigan qis-midagi yaylovlardan umuman foydalanilmaydi. Ustyurt   platosi   hozirgi   paytda,   asosan,   inson   faoliyati   ta'sirida   o'zgarmoqda.   Bu   yerda
geologik-qidiruv   ishlari,   yo'l   qurilishi,   gaz   quvurlarining   yotqizilishi,   ayrim   joylarda   muhandislik
inshootlarining qurilishi inson xo'jalik faoliyatining asosi hisoblanadi.
Kelajakda   gaz   va   neft   konlarining   qidirilishi   va   ularning   ishga   tu-shirilishi,   yo'llarning
qurilishi,   aholi   manzilgohlarining   barpo   qilinishi   munosabati   bilan   texnogen   eroziya   keng
rivojlanishi mumkin.
Tog'   oldi   va   tog'   tabiat   komplekslarida   insonning   mehnat   faoliyati   juda   xilma-xilligi   bilan
ajralib turadi.
Tog' oldi tabiat komplekslari kuchli o'zgargan, adirlar va past
tog'lar   kamroq   o'zgargan,   o'rta-cha   va   baland   tog'lar   tabiat   komp lekslari   kuchsiz   o'zgargan   hisob -
lanadi 
Tog' oldi tekisliklarining tabiat komplekslari o'zgarishining ba-shoratini Mirzacho'l misolida
ko'-rib chiqamiz. Mirzacho'lning deyarli barcha yerlari o'zlashtirib bo'lingan. Mirzacho'ldagi tabiat
komplekslarining   kelajakdagi   o'z-garishini   bashoratlashda   yer   osti   suvlari   sathi,   ularning   mineral-
lashish darajasi hisobga olinmog'i lozim. Mirzacho'l yerlaridan doi-miy yuqori hosil olish uchun yer
osti   suvlari   sathining   2,5   m   chu-qurlikda   va   ularning   minerallashish   darajasini   3—5   g   miqdorida
ushlab turish lozim. Shunda sho'rlanish jarayoni ro'y bermaydi. Buning uchun vertikal va gorizontal
zo-vurlar yaxshi ishlashi, yerni yuvish ishlari vaqtida olib borilishi lozim. Aks holda yer osti suvlari
sathining ko'tarilishi va ularning bug'lanishi natijasida yerlar sho'rlanib ketadi va ishdan chiqadi.
Tog'-kon sanoati rivojlangan hududlarda tabiat komplekslarining o'zgarishini bashoratlashda
quyidagilarga   e'tibor   beriladi:   a)   konning   maydoni   va   loyihadagi   chuqurligi;   b)   konni   qazib   olish
usuli   (yopiq   yoki   ochiq   tarzda);   d)   kondan   va   qayta   ishlovchi   korxonalardan   chiqadigan
chiqindilarning   yillik   miqdori   va   ular   egallaydigan   maydon;   e)   konni   qazib   olish   jarayonida   ro'y
berishi mumkin bo'lgan noxush tabiiy geografik jarayonlar; f) konni qazib olish jarayonida tuproq,
o'simlik, suv va hayvonot dunyosining o'zgarishi va h.k.
Bilasizmi?
Baobab  — savannalardagi ajoyib daraxtdir. U dunyodagi bahaybat daraxtlarning ham eng ulkanidir.
Ba'zan uni "o'simliklar dunyosining begemoti" deb atashadi. Tanasi silliq po'stloq bilan qoplangan
baobab daraxtining  bo'yi  18-20 metr,  tanasining  aylanasi  45 metr  keladi,  diametri  esa 10 metrdan
ham ortishi mumkin.
Bu   daraxt   savannada   ulkan   posbondek   qad   ko'tarib   turadi,   qurg'oqchilik   davri   boshlanishi   bilan
barglari   to'kilib,   qing'ir-qiyshiq   shoxlari   yalang'ochlanib   qoladi.   Maymunlar   ko'pincha   baobab
tanasida   yashaganlari   uchun   u   maymun   daraxti   ham   deyiladi.   Baobab   daraxti   5000   yilgacha
yashaydi. Lekin ba'zi bir olimlar bu fikrga shubha bilan qaraydi. Darhaqiqat, bu daraxtning yoshini
aniqlash juda qiyin, chunki baobab tanasida boshqa daraxtlardagi singari yillik halqalar bo'lmaydi.
26 Mavzu Tabiiy g еоgrafik bahоlash  masalalari.
Rеja:
1. Gеоgrafik bahоlash usullari
2. Yer rеsurslarini bahоlash
3. Iqlimiy rеsurslarni bahоlash
4. Rеkrеatsiya rеsurslarini bahоlash
Tabiiy   sharoit   yoki   landshaftlarni   foydalanish   maqsadlarida   ba holash   -   geografik   baholash
deb   ataladi.   Masalan,   dehqonchilik,   chorvachilik,   sanoat,   transport,   rekreatsiya,   suv   xo'jaligi   va
boshqa maqsadlarda baholash amalga oshirilishi mumkin. Geografik baholash quyidagi bosqichlardan iborat:
a)   baholash   ishlarining   maqsad   va   vazifalarini   aniqlash   (masalan,   daryo   vodiysining   ma'lum   bir
qismini suv ombori qurish maqsadida baholash);
b) baholash uchun zarur bo'lgan ko'rsatkichlar yoki ma'lu-motlar ro'yxatini tuzish;
d)   o'rganilayotgan   hudud   daryo   vodiysining   hozirgi   va   kelajakdagi   holatini   belgilaydigan
ko'rsatkichlar yoki xossalarni o'rganish va o'lchash (vodiyning geologik tuzilishi, uzunligi, kengligi,
balandligi, yonbag'irlar qiyaligi, suvning sarfi, loyqaligi, me'yori va h.k.);
e) olingan ma'lumotlar va ko'rsatkichlarni bir-biriga taqqoslash asosida har bir komponent bo'yicha
alohida baholashni amalga oshirish (relyef, geologik tuzilish, suv o'lchamlari va h.k. haqida);
f)   alohida   baholashlar   asosida   umumiy   baholashni   amalga   oshirish   (suv   omborini   mazkur   joyda
qurish mumkinmi yoki yo'qmi);
g) yakuniy jadval va xaritalar tuzish.
Tabiiy   geografik   baholashning   aniq   maqsadiga   ko'ra   sifat   va   miqdor   usullaridan
foydalaniladi. Sifat ko'rsatkichlari qulaylik darajasiga qarab "juda qulay", "qulay", "o'rtacha qulay",
"kamroq qulay", "qulay emas" deb baholanadi.
Masalan,   tekisliklar   yo'l   qurilishi   uchun   juda   qulay,   qumli   cho'l-lar   qulay,   to'lqinsimon
tekisliklar o'rtacha qulay, adirlar kamroq qulay, tog'lar esa qulay emas.
Baholashning   miqdor   usuli   har   bir   darajani   sonli   ko'rsatkich-lar   asosida   amalga   oshirishga
asoslangan.   Masalan,   vegetatsiya   davrida   havo   haroratining   10   °C   dan   yuqori   bo'lgan   kunlar
yig'indisi qish-loq xo'jalik ekinlarining qaysi turlari hududning qaysi joylarida o'si-shi mumkinligini
aniqlashda   asosiy   mezon   bo'lib   xizmat   qiladi.   Ma salan,   arpaning   pishib   yetilishi   uchun   quyidagi
haroratlar   yig'indisi   bo'lishi   shart.   Vegetatsiya   davrida   havo   haroratining   +10   °C   dan   yu qori
yig'indisi 1000° gacha bo'lishi eng tezpishar arpa navining yeti lishi uchun yetarli emas, mazkur arpa
navi 1000—1400° da pishadi, 1400—1800° da esa o'rta pishar, 1800° dan oshganda esa eng kechki
navlar  yetiladi.  Ko'rsatilgan  ushbu  miqdor  ko'rsatkichlari   baholash ning  ma'lum  bonitetli  darajalari
hisoblanadi.
Eslab qoling!
Foydalanish   maqsadlarida   tabiiy   sharoitni   yoki   landshaftlarni   baholash   -   geografik   baholash   deb
ataladi.
Yer r е surslarini bah о lash
Yer resurslari xo'jalik jihatdan juda ko'p maqsadlarda baholanadi. Ayniqsa, yer resurslarini 
dehqonchilik maqsadlarida baholash keng tarqalgan.
Dehqonchilikni   amalga   oshirish   asosan   relyef,   agroiqlimiy   re-surslar,   tuproq   sharoiti,   yer
osti suvlarining joylashishi va xossala-rining qulayligi, suvning mavjudligi va boshqa omillar bilan
belgilanadi.
Dehqonchilik   uchun   yaroqli   yerlarni   o'zlashtirish   va   ulardan   foydalanishning   murakkablik
darajalari  landshaftlaming  xususiyatlariga qarab turlicha bo'ladi. Yuqorida ko'rsatilgan  omillaming
tahlili  asosida O'zbekiston tabiiy-hududiy komplekslari  murakkablik  darajasiga ko'ra to'rt guruhga
bo'linadi: oddiy, o'rtacha murakkab, murakkab va juda murakkab tabiiy komplekslar .
Oddiy   tabiiy   komplekslarga   tog'   oldi   prolyuvial   va   daryo   vodiyla-rining   yuqori   terrasalari
kiradi. Yer osti suvlarining gorizontal  harakati  yuqori darajada  ta'minlangan  bo'lib, bu suvlarining
sathi ko'taril-maydi, chunki lyoss va lyossimon jinslar ostida shag'al toshlar yotadi. Mazkur joylar
dehqonchilik uchun juda qulay.
O'rtacha   murakkablikdagi   tabiiy   komplekslarga   yoyilmalar   va   daryo   deltalarining   yuqori   qismlari
kiradi.  Yer  osti  suvlarining   gorizontal   harakati   ta'minlangan,   ammo  ayrim   pastqam  joylarda   u yer
yuzasiga   yaqin   ko'tariladi   va   sho'rlanishga   sabab   bo'lishi   mumkin.   Shamol   va   suv   eroziyasi   yuz
berishi mumkin. Shuning uchun ihota daraxtzor-larini vujudga keltirishni loyihalashtirish zarur.
Murakkab   tabiiy   komplekslarga   yoyilmalar   va   deltalarning   o'rta   qismlari   va   allyuvial
terrasalar kiradi. Yer osti suvlarining gorizontal harakati yaxshi emas, sug'orish davomida ularning sathi   ko'tariladi   va   tuproqda   tuz   to'plana   boshlaydi.   Buning   oldini   olish   uchun   gorizontal   va   tik
zovurlar qurishni ko'zda tutmoq lozim.
Juda murakkab tabiiy komplekslarga deltalarning etak qismlari, prolyuvial tekisliklarning quyi yoki
chekka joylari, adirlar, plato va balandliklar kiradi. Yer osti suvlarining gorizontal harakati ta'min-
lanmagan,   ularning   sathi   sug'orish   paytida   tezda   ko'tarilib   ketadi.   Buning   oldini   olish   maqsadida
zich   zovurlar   tarmog'ini   qurish,   yerni   sifatli   qilib   yuvish   va   tekislash,   shamol   eroziyasiga   qarshi
ihota   daraxtzorlarini   vujudga   keltirish   lozim.   Suv   shimilishining   oldini   olish   uchun   tomchilatib,
yomg'irlatib va tuproq ostidan sug'orish usullarini qo'llash zarur.
Iqlimiy rеsurslarni bahоlash
Iqlim  resurslarining  miqdor ko'rsatkichlari  ko'p jihatdan  qishloq xo'jalik  ekinlarining  turini
va   hosildorligini   belgilab   beradi.   Har  qanday   ekinlarning   pishib   yetilishi   uchun   ma'lum   miqdorda
issiqlik   zarur   bo'ladi.   Shuning   uchun   ham   mamlakatimiz   iqlimiy   resurslarini   qishloq   xo'jaligi
nuqtayi nazaridan baholash muhim amaliy ahamiyatga ega.
Vegetatsiya   davrida   kerakli   miqdorda   issiqlik   mavjud   bo'lsagina   ekinlar   urug'i   unib   chiqadi,
rivojlanadi va pishib yetiladi. Ekinlar ning urug'i unib chiqishi, ko'p hollarda, havo harorati o'rtacha
+ 10 °C dan yuqori bo'lganda yuz beradi.
O'zbekistonning   tekislik   qismida   quyidagi   issiqlik   mintaqalari   mavjud:   issiq,   juda   issiq,   o'rtacha
jazirama, jazirama, o'ta jazirama.
Issiq   mintaqaga   O'zbekistonning   shimoli   g'arbida   joylashgan   Ust-yurt   platosining   Orol   dengizi
sohillari   kiradi.   +10   °C   dan   yuqori   haroratlar   yig'indisi   3500°   dan   kam.   Mazkur   mintaqada
uzumning ertapishar navlari yetilishi mumkin.
Juda   issiq   mintaqada   haroratlar   yig'indisi   3500-4000°.   Mazkur   mintaqaga   Ustyurt
platosining   shimoliy   va   o'rta   qismlari,   Amudaryo   deltasining   shimoliy   qismi   kiradi.   Ushbu
mintaqada   uzumning   tez-pishar,   sholining   ertapishar,   makkajo'xorining   kechpishar   navlari   pishib
ulguradi.
O'rtacha   jazirama   mintaqada   haroratlar   yig'indisi   4000-4500°   gacha   boradi.   Ustyurt   platosi   va
Amudaryo   deltasining   janubiy   qismlari,   Xorazm   vohasi,   Qizilqumning   shimoliy   qismiga   to'g'ri
keladi. Mazkur mintaqada paxtaning ertapishar navlari to'liq pishib yetiladi.
Jazirama   mintaqada   haroratlar   yig'indisi   4500°   dan   5000°   gacha   yetadi.   Ushbu   mintaqaga
Qizilqumning   katta   qismi,   Zarafshon   vodiysining   quyi   qismi,   Mirzacho'l,   Farg'ona  vodiysi   kiradi.
Mazkur mintaqada paxtaning o'rtapishar navlarini ekish mumkin.
Juda   jazirama   mintaqada   haroratlar   yig'indisi   5000°   dan   yuqori   bo'ladi.   Qashqadaryo,
Surxondaryo viloyatlarining janubiy qismlari shu mintaqada joylashgan. Ushbu mintaqada ingichka
tolali paxta yetishtiriladi.
Sizga ma'lumki, O'zbekistonning sharqiy va janubi sharqiy qismlari asosan tog'lardan iborat.
Tog'larda   balandlikka   ko'tarilgan   sayin   havo   harorati   pasayib   boradi,   natijada   musbat   haroratlar
yig'in disi kamayib, yetishtiriladigan ekin turlari ham o'zgarib boradi.
Tog'larda   quyidagi   issiqlik   mintaqalari   ajratiladi:   iliq   mintaqa,   salqin   mintaqa,   juda   salqin
mintaqa.
Iliq mintaqada haroratlar yig'indisi 3000—4000° atrofida va o'rtacha balandlikdagi tog'lami
o'z ichiga oladi. Ushbu mintaqada lalmikor yerlarda don yetishtirish hamda sug'orma uzumchilikni
rivojlantirish mumkin, paxta yetilmaydi.
Salqin   mintaqada   musbat   haroratlar   yig'indisi   3000°   dan   kam.   O'rtacha   balandlikdagi
tog'larni o'z ichiga oladi. Mazkur mintaqadan asosan yaylov sifatida foydalaniladi.
Juda   salqin   mintaqada   haroratlar   yig'indisi   1000°   dan   kam,   dehqonchilik   uchun   yaramaydi.   Bu
mintaqa baland tog'larni o'z ichiga oladi.
Rеkrеatsiya rеsurslarini bahоlash
Tabiat   komplekslarining   dam   olish   maqsadlarida   foydalaniladigan   xususiyatlari   yoki
komponentlari   rekreatsion   resurslar   deb   ataladi.   Masalan,   manzarali   o'rmon,   dengiz   va   okean
qirg'oqlari,   tog'   vo-diylari,   g'orlar,   manzarali   chiroyli   o'simliklar,   ajoyib   relyef   shakllari,   muzlar shular jumlasidandir.
Rekreatsiya   (tiklash,   o'rnini   to'ldirish)ning   qamrovi   katta   bo'lib,   odamlarning   dam   olishi,
salomatligini tiklashi, madaniy hordiq chiqarishi ma'nosida ishlatiladi.
Tabiiy   komplekslar   yoki   landshaftlarni   rekreatsion   nuqtayi   nazardan   tadqiq   qilish   asosan
landshaftlarning rekreatsion imko-niyatlarini va ularga rekreatsion bosimning ta'sirini baholashdan
iborat.
Dam   olish   tashkiliy   va   notashkiliy   (ixtiyoriy)   boiishi   mumkin.   Tashkiliy   dam   olish   turli
muassasalar   tomonidan   uyushtiriladi.   Notashkiliy   (ixtiyoriy)   dam   olish   esa   odamlarning   o'z
xohishlari bo'yicha bir yoki bir necha kishi bo'lib, tanlangan hududlarda uyushtiriladi.
Dam   olishdan   ko'zlangan   maqsad   turlicha   bo'lishi   mumkin:   davolanish,   sog'lomlashtirish,   sport,
tanishuv va h.k.
Dam   olish   mavsumga   qarab   ham   turlicha   bo'lishi   mumkin.   Yozgi   dam   olish   turlari
quyidagilarni   o'z   ichiga   oladi:   cho'milish,   quyosh   vannalari   olish,   piyoda   yurish   (davolanish,
salomatlikni tiklash, ekskursiya), qayiq sporti, baliq ovi, turli xil mevalar va qo'ziqorin terish, otda
sayr qilish, alpinizm bilan shug'uUanish va h.k. Qishki mavsumda quyidagi dam olish turlari bilan
shug'uUanish mumkin:  chang'i sporti, muz osti baliq ovi, sport ovchiligi, davolanish, salo matlikni
tiklash, piyoda sayr.
Rekreatsion baholash obyekti — landshaftlar, joylar, maydonlar va fatsiya bo'lishi mumkin.
Rekreatsiya   komplekslarini   joylashtirishni   loyihalashda   landshaftlarni   tahlil   qilish   yaxshi   natija
beradi.  Bunda turli  landshaftlarni  rekreatsion  maqsadlarda  foydalanish  darajasiga  qarab  eng qulay
landshaft   turi   tanlanadi.   Masalan,   daryo   vodiysi,   tog'   yonbag'ri,   ko'l   yoki   suv   ombori   qirg'og'i,
tekislik, okean yoki dengiz qirg'og'i, o'rmon va h.k. 
Alohida rekreatsion komplekslarni (dam olish uylari, sanatoriylar, sayyohlik majmualari va
h.k.) loyihalashtirayotganda aniq maydonni baholash yaxshi natija beradi.
Aniq   bir   dam   olish   muassasalarining   ichki   tuzilishini   loyihalashda   tabiat   komplekslarini
fatsiya darajasida baholash lozim. Asosiy inshootlarni fatsiyaning relyef sharoiti, suvlari, o'simligi,
landshaft manzarasiga qarab joylashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi 
Rekreatsion   maqsadlarda   baholashda   ularni   estetik   jihatdan   baholash   ham   muhim   o'rin
tutadi.   Bunda   tabiiy   sharoitning,   relyef-ning,   o'simliklarning,   landshaft   umumiy   ko'rinishining
estetik ji hatdan zavq bera olish imkoniyati hisobga olinadi.
27 Mavzu Orol va Orolbuyi muammosi va unga bogliq bolgan  ekologik masalalar
Reja: 
1. Orol bo’yi hududi muammolari
2. Orol dengizining qurishining ekologik oqibatlari.
3. Orol dengizining qurishining ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari.
4. Orol dengizi suvining dinamik o‘zgarishi
                                     Orol bo’yi hududi muammolari .
Orol   dengizi   asosan   Amudaryo   va   Sirdaryo   shuvlari   bilan   oziqlanib,   ular   dengizga   yiliga
qariyib 60 km 3
 shuv quyar edi. Bu dengiz umumiy shuv balansining kirim qismining 81% tashkil
etar   edi,   qolgan   qismi   atmosferadan   tushadigan   yog’in-sochin   va   yer   osti   shuvlari   hisobiga
to’g’ri   kelardi.   1950   va   1960   yillardan   boshlab   O’rta   Osiyo   va   Qozog’istonda   shug’oriladigan
yerlar maydonini yangitdan kengaytirish maqsadida qatog’ qarorlar qabul qilindi. O’rta Osiyo va Qozig’istonda   shug’oriladigan   yerlar   maydonining   60-yillardan   boshlab   to’xtovsiz
kengaytirilishi   (keyingi   35   yil   mobaynida   Orol   dengizi   havzasida   3   mln.   gektardan   ortiq   yer
o’zlashtirildi),   yirik   magistral   kanal   va   kollektog’larning   qurilishi,   ulkan   shuv   omborlarining
bunyod   etilishi   (O’rta   Osiyoda   60   dan   ortiq   shuv   ombori   qurildi)   regionda   mavjud   bo’lgan
barcha daryolarning jilovlanishiga olib keldi.
Orol   dengizi   qurishining   ekologik   oqibatlari.   Orol   dengizi   qurishining   iqlimga   ta’siri.
Orol   dengizi   sathining   ko’p   yildan   buyon   pasayishi   shubhasiz,   Orolbo’yi   hududlarida
meteorologik   o’zgarishlarga   olib   keldi.   Dengiz   sathi   1960   yildan   buyon   barqaror   tushib
kelayotganligi   munosabati   bilan   muttaxassislar   bu   o’zgarishlarni   tekshirish,   meteorologik
rejimdagi   o’zgarishlarni   qayd   qilish   uchun   ko’p   yillik   ma’lumotlarni   qo’yidagi   uch   davrga:
1970-1979 y., 1960-1969 y., 1950-1959 y. bo’ladilar. 
Muttaxassis   meteorologlarning   fikricha,   umuman   keyingi   yillarda,   yilning   turli   davrlarida
atmosfera   sirkulyatsiyasida   ham   o’zgarishlar   bo’ldi.   Ayniqsa,   atmosfera   sirkulyatsiyasida
(dekabr ь -fevral ь ) meridional formalarning takrorlanishi ko’paydi.
Iqlim   ayrim   elementlarining   o’zgarishi.   Havo   harorati .   Har   holda   qisqa   dengiz   qirg’oq
polosasining temperatura  rejimining  tashkil  topishi  ma’lum  darajada  shuv havzasining  ta’siriga
bog’liq;   shuv   havzasidan   quruqlik   ichiga   qarab   uzoqlashib   borgan   sari   harorat   o’zgaradi   va
kontinentning   ta’siri   kuchayadi.   Harorat   bir   o’n   yillikdan   ikkinchi   o’n   yillikka   o’zgarishini
taqqoslash,   eng   katta   o’zgarish   keyingi   o’n   yillikda   (1970-1979   y)   bo’lganligini   ko’rsatadi.
Biroq,   bu   qonuniyat   nafaqat   qirg’oqqa   yaqin   joylashgan,   balki   dengizdan   uzoq   joylashgan
stantsiyalar: Tomdi, Cho’pqozgan, Qulquduk uchun ham xarakterlidir (11-jadval). Orol bo’yida
havoning   ko’p   yillik   o’rtacha   yillik   harorati   ayrim   davrlarda   kenglik   bo’ylab   o’zgaradi.   Shuv
havzasidan uzoqlashib quruqlik ichkarisiga qarab borgan sari havoning harorati ko’tarilib boradi.
Masalan,   Xivada   havoning   yillik   harorati   Mo’ynoqqa   nisbatan   2,4 0
  ga   yuqori,   Uyali   va
Cho’ponqozgan   (Uyalidan   sharqroqda)   o’rtasidagi   farq   1,4 0
  ni   tashkil   etadi.   Bunaqa   farqni
boshqa davrlarda ham ko’rish mumkin.
Orol   dengizi   shuv   rejimining   kuchli   o’zgarish   davrlarida,   Orol   bo’yi   atroflari   hududlarida
harorat   rejimida   ham   o’zgarishlar   bo’ldi.   Masalan,   1970-1979   y.   qishda   havoning   harorat
o’rtacha normadan 5-6 0
 past bo’ldi. Bu qonuniyat Orol bo’yi meteostan-tsiyalarining hammasida,
hatto  uzoqda joylashgan  Tomdi  stantsiyasida  ham  kuzatildi.  Yoz oylarida  esa, harorat  rejimida
bo’lgan   o’zgarishlar   unchalik   keskin   emas.   Shuni   aytish   kerakki,   keyingi   yillarda   dengiz
atrofidagi  hududlarda iqlim  kontinentalligi  oshmoqda, buni iqlim  kontinentalligini  ko’rsatuvchi
belgilardan  biri  –  havo haroratining  shutkalik   amplitudasi  keltirilgan   13-jadvaldan   ham  ko’rish
mumkin.
Butun   Orol   bo’yi   hududining   hamma   va   turli   joylarda   joylashgan   meteostantsiyalarni
(Borsakelmas,   Mo’ynoq,   Chimboy,   Xiva   va   Tomdi)   ham,   alohida   olib   ko’p   yillik   yog’in
miqdorining   yillik   tarqalishini   taqoslash,   atmosfera   yog’in-sochinlarining   bir   xil   yo’nalishda
o’zgarishini   aniqlashga   imkon   beradi.   Ochiq   va   bulutli   kunlar.   Orol   dengizi   rayoni   ko’p   soatli
quyoshli   kunlar   soni   bilan   xarakterlanadi.   Masalan,   Borsa-kelmasda   va   uning   shimoli-sharqiy
qirg’oq bo’ylarida quyosh nur sochgan soatlar soni 2500 soatga teng, bu cho’l rayonlaridan biroz
kam (3000 soat). O’rtacha yillik ochiq kunlar soni 140 dan 100 ga teng. Eng kam ochiq kunlar
soni   Orol   dengizi   va   Qoraqolpoqda   –   20-24   kunni   tashkil   etadi.   Yil   havomida   eng   ko’p   ochiq
kunlar soni bu rayonda avgust oyida kuzatiladi. Orolbo’yi va sahro hududlarida o’rtacha bulutli
kunlar soni 60-80 kunni tashkil etib, maksimum qishga (dekabr ь , yanvar ь ), minimum esa – yoz
oylariga   (iyul ь ,   avgustga)   to’g’ri   keladi.   Shuni   aytish   kerakki,   keyingi   o’n   yilliklarda   (1970-
1979) Orol bo’yi va atrofdagi sahrolardagi hamma meteostantsiyalarda ham 1950-1959 yillarga
nisbatan   bulutli   kunlar   soni   kamaydi.   Agar   1950-1959   yy.   o’rtacha   yillik   bulutli   kunlar   soni
Mo’ynoqda 74, Tomdida – 84 kunni tashkil etgan bo’lsa, keyingi o’n yilliklarda esa, ular 66 va
56 kunga teng bo’ldi.
Orol dengizi shuv sathining qisqarishi tabiiy qora sovuqlarning (zamorozki) tushish vaqtiga
ham   ta’sir   ko’rsatayotir.   Buni   ayniqsa   qirg’oqqa   yaqin   joylashgan   Mo’ynoq   stantsiya
ma’lumotlaridan   ko’rish   mumkin.   Keyingi   o’n   yilliklarda   (1970-1979   yy.)   bu   yerda,   o’rtacha oxirgi va eng oxirgi (bahorgi) qorasovuqlarning tushishi vaqti, avvalgi o’n yilliklar (1950-1959)
nisbatan 10 va 12 kun kechki muddatga o’tayapti. Birinchi (kuzgi) qora sovuqning tushishi esa,
aksincha,   10-12   kun   oldinga   shurildi.   Dengiz   qirg’og’idan   uzoqda   joylashgan   stantsiyalarda,
masalan,   Tomdida   bunday   o’zgarishlar   kam.   Shunday   qilib   Orol   dengizi   sathining   qisqarishi
ertagi va kechki qora sovuqlarning tushish vaqtining o’zgarishiga ham ta’sir qilgan.
Orol dengizining qurishining o’simlik qoplamiga ta’siri.  
1960   yilga   qadar   Amudaryo   va   Sirdaryo   deltalarida   daryo   toshqinining   har   yili   muntazam
sodir   bo’lib   turishi   munosabati   bilan   bu   yerlarda   ko’l-botqoq,   to’qay   va   dengiz   bo’yi   tabiiy
komplekslari   tarkib   topgan   edi.   Hamma   joyni   shuv   bosishi   tufayli   eng   ko’p   maydonni
qamishzorlar   egallagan   edi.   Qamishli   to’qayzorlar   Amudaryo   deltasida   800   ming   gektarni,
Sirdaryo deltasida  esa  220 ming gektardan  ko’p maydonni  qamrab  turar  edi. Qamishzorlar,  bir
tomondan,   yem-xashak   hamda   tabiiy   yaylov   o’rnida,   ikkinchi   tomondan,   qurilish   materiallari
sifatida foydalanilgan. Qamishzorlar turli hayvonlar, baliqlar, andatralar, nutriyalar, qushlarning
yashash va ko’payish makoni  hisoblanar edi. Ma’lumotlarga  ko’ra, faqat  Qoraqolpog’istonning
o’zida qamishzorlar hisobidan har yili 5 mln. t yem-xashak tayyorlash mumkin edi. Sirdaryoning
hozirgi va qadimgi deltalarida va vodiysida hammasi bo’lib 2 mln.ga maydonda shuv boshuvchi
o’tloqzorlar, pichan o’riladigan yaylovlar va to’qayzorlar mavjud bo’lib, bu yerlarda har yili bir
necha   o’n   minglab   qoramol,   ot,   qo’y-echkilar   boqilar   edi.   1960   yilga   qadar   Amudaryo   va
Sirdaryo   deltalaridagi   ularning   o’zanlarining   shaxobchalari   yonlarida   qalin   daraxt   va   buta
to’qaylari   o’sar   edi.   Ularning   yuqori   yarusini,   topol ь   (terak),   jiyda   daraxtlari,   pastki   yarusini
yurish qiyin bo’lgan changalzorlar  – tolsimon butalar, jingil va boshqalar egallab  yotar edi. Bu
o’simliklar asosan allyuvial - o’tloq va qayir – allyuvial va o’tloq tuproqlarni egallab yotar edi. 
Orol dengizi sathining yuzasi bilan Amudaryo va Sirdaryo deltalaridagi har yilgi daryo shuv
toshqini bog’liq  bo’lib, ular deltalarning  nihoyatda  sernamligini  ta’minlar  va yiliga 8 km 3
  shuv
bug’lanar edi. Delta ekosistemalarini shartli ravishda bo’lsa ham, atrofdagi sahrolarga nisbatan,
Orol   ekosistemalari   bilan   bir   butun   sistema   deb   qarash   mumkin.   Orol   dengizi   sathining   tushib
ketishi va deltalarga daryo shuvining kam kelishi ularning sahrolanishiga va sho’rlanib ketishiga
olib   keldi.   Ayniqsa   Amudaryo   deltasining   florasi   nihoyatda   boy   edi.   Unda   576   turdan   ortiq
o’simlik   bo’lib,   shundan   29   tasi   O’rta   Osiyo   endemigi   edi.   Daryo   deltasida   shuvning   keskin
kamayib ketishi natijasida 54 tadan ortiq o’simlik turi yo’q bo’lib ketish arafasida turibdi. 1960
yilga   qadar   agar   Amudaryo   deltasida   qamishzorlar   maydoni   800   ming   gektar   bo’lgan   bo’lsa,
1965   yillarga   kelib   uning   maydoni   251   ming   gektarga   qisqarib,   hosildorligi   esa,   5   baravarga
qisqardi.
Orol dengizi qurishining Orol bo’yi atrofidagi tuproq qoplamiga ta’siri .
  1960   yillarga   qadar   Amudaryo   va   Sirdaryo   deltalari   tabiiy   botqoqliklar   o’lkasi   edi,
ko’pincha  bir  ko’l  bilan  ikkinchi   ko’lning  chegarasi   qamishzorlar   bilan  qoplangan  botqoqliklar
hisoblangan,   shuning   uchun   ham   bu   yerda   botqoqli   allyuvial   tuproqlar   hamda   allyuvial   o’tloq
tuproqlar   katta   maydonlarni   (550   ming   gektardan   ko’p)   qamrab   turgan.   Deltalarda   mavjud
bo’lgan   ko’pgina   sershuv   o’zanlarning   ikki   chekkasi   qalin   to’qayzorlar   bilan   band   edi.
To’qayzorlarda  asosan  o’tloq-taqir,   to’qay  botqoq   tuproqlari  keng  tarqalgan   bo’lib,  bahorda   va
yozning   birinchi   yarmida   daryo   toshqini   vaqtida   shuv   bilan   qoplanib,   boshqa   vaqtlarda   quruq
bo’lib turar edi. Shuning uchun ham tuproqlar sho’rlanmasdi, chunki yozning ikkinchi yarmida
tuproq   ustida   to’plangan   oz   miqdordagi   tuz   bahor   toshqinida   yuvilib   turardi.   Umuman,   shu
hodisa tufayli deltalarda sho’rxoklarning maydoni ham chegaralangan edi. Tuproqshunoslarning
ma’lumotiga   ko’ra,   sho’rxoklarning   jami   maydoni   200   ming   gektardan   oshiq   edi.   Buning
kattagina   qismi   dengiz   bo’yi   sho’rxoklariga   to’g’ri   kelgan.   Orol   bo’yidagi   Amudaryo   va
Sirdaryo deltalari asosan qumoq, qumoq hamda mayda zarrali qumlarning o’zaro aralashmasidan
tarkib topganligi tufayli, shuningdek, ularning bosh qismidan to dengizning avvalgi qirg’og’iga
qadar   tekislikning   nihoyatda   kaftdek   yassiligi   sizot   shuvlarning   gorizontal   harakati   juda   ham
sekin,   lekin   ularning   vertikal   harakati   esa,   nihoyatda   tez   yuz   berishiga   imkon   berardi.   Bu   hol
sizot   shuvlarning   katta   qismi   bug’lanishga   sarf   bo’lishiga,   oz   miqdorda   esa   atrofdagi
botqoqliklarga tomon siljishga olib kelardi. Orol dengizi qurishining atrofdagi hayvonot dunyosiga ta’siri.
  1960 yilga qadar, ya’ni, Orol dengizining shuv sathi 53,0 m mutlaq balandlikda,  maydoni
67   ming   km 2
,   dengiz   shuvining   o’rtacha   sho’rligi   esa,   10%   bo’lgan   vaqtda,   Orol   dengizida
chuchuk   shuvda   yashovchi   ko’pgina   noyob   baliqlarning   20   dan   ortiq   turlari   yashar   edi:   usach,
losos ь , sazan, lesh, shudak, mashhur Orol vobla balig’i va boshqalar. Orol dengizi qimmatbaho
baliq   zotlari   tutiladigan   asosiy   manba   bo’lib,   bu   yerda   o’rtacha   450-500   ming   tsentner   baliq
ovlanar,   shundan   20   ming   tsentnerni   orol   usachi   tashkil   qilar   edi.   Dengiz   shuvi   sho’rligining
oshishi, shuvning delta bilan tutashib turishining buzilishi (chunki baliqlar deltalardagi ko’lmak
va ko’llarga ikra qo’yib ko’payar edi), daryolar orqali oqib kelib turadigan turli xil ozuqalarning
to’xtashi   va   boshqa   omillar   ta’sirida   baliqlarning   soni   keskin   kamayib   ketdi   va   ularning
ko’payishi   uchun   ekologik   imkoniyatlar   butunlay   yo’qoldi.   Shuning   uchun   ham   1980   yildan
e’tiboran  dengizda  baliq  tutish   to’xtatildi.  Mo’ynoq  shahridagi   ulkan  baliq  kombinati  yiliga  20
mln.   dona   baliq   konservalari   va   boshqa   baliq   mahshulotlari   ishlab   chiqarar   edi,   hozirgi   kunda
uning   faoliyati   butunlay   to’xtadi.   Dengiz   son-sanoqsiz   ko’llar   va   turli   qushlarning   makoni
bo’lishi bilan birga, har yili Orol bo’yi ustidan o’lkamizning boshqa tomonlariga uchib o’tadigan
minglab qushlarning dam olish va olis masofalarga uchish oldidan «nafasini rostlab olish» joyi
hisoblanar   edi.   Endilikda   orolning   qurib   qolishi   qushlar   migratsiyasi   harakatining   o’zgarishiga
ta’sir   qilmoqda.   Umuman   olganda,   ekologik   sharoitning   keskin   o’zgarishi   hayvonot   olamining
yashash   imkoniyatlarini   murakkablashtiribgina   qolmay,   balki   ularning   ko’pchiligining   qirilib
yo’qolib   ketishiga   sabab   bo’lmoqda.   Amudaryo   va   Sirdaryoning   qurib   qolgan   deltalarida   juda
yirik   hayvonlar,   eng   avvalo   yirik   ovlanadigan   hayvonlar   ko’p   edi.   Masalan,   Amudaryoning
deltasida   178   hayvon   turidan   40   turi   omon   qoldi.   Daryo   deltasidagi   to’qay   o’rmonlarini   yo’q
qilib yuborish ko’pgina hayvonlarning yo’q bo’lib ketishiga sabab bo’ldi. Masalan Orol bo’yida
ondatra xo’jaligi yo’q bo’lib ketdi. Agar 1950-1960 yillari har yili o’rtacha 250 ming 1968 yilda
8-ming   dona   ondatra   terisi   tayyorlangan   bo’lsa,   1978   yili   bu   yerda   72-   dona   ondatra   terisi
tayyorlandi.

Tabiiy gеоgrafik kоntsеptsiyalar va geografik bilimlar tarixini davrlashtirish muammolari. Reja 1.Geografik bilimlar tarixini davrlashtirish 2. Tabiiy gеоgrafik kоntsеptsiya 3. Ekоlоgiyalashtirilgan tabiiy gеоgrafik tadqiqоtlar davri

Falsafa, matеmatika, mеtafizika kabi eng qadimiy fanlardan biri bo’lib gеоgrafiya hisоblanadi. Ma’lumоtlarga ko’ra u eramizdan avval V-VII asrlardan buyon fan sifatida shakllana bоshlagan va bugungi mavqеga ega bo’lguniga qadar uzоq evоlyutsiоn rivоjlanish va shakllanish yo’lini bоsib o’tgan. Gеоgrafiya tariхi turli tadqiqоtchilar tоmоnidan turlicha talqin qilingan hamda turlicha rivоjlanish davrlariga ajratib o’rganilgan. Davrlash izlanuvchining o’z оldiga qo’ygan maqsad va vazifalaridan kеlib chiqqan tarzda amalga оshirilgan va, ko’pincha, o’sha davrning ijtimоiy-siyosiy muhiti uchun хizmat qilgan yoki muayyan bir davlatning bоshqaruv funktsiyasini bajarishga yordam bеrgan. Biz o’z tadqiqоtimizda quyida kеltirilgan tariхiy gеоgrafik davriy tasniflashni inkоr etmagan hоlda o’z maqsadimiz va vazifalarimiz nuqtai nazardan ularni talqin qilib chiqishga harakat qilamiz. Masalan, Umumiy Еr bilimi nuqtai nazardan gеоgrafik taraqqiyot bоsqichlarini L.P.SHubaеv i 9 ta davrga: 1) gеоgrafik bilimlarni dastlabki to’planishi (e.a. VII asrgacha); 2) qadimgi Grеtsiya va Rimda gеоgrafiya (e.a..VII- IV asrlar); 3) ilk o’rta asrdagi хristian-dоgmatik gеоgrafiya va gеоgrafik kashfiyotlar (V-VI asrlar); 4) o’rta asrlarda gеоgrafik bilimlarning kеngayishi; 5) buyuk gеоgrafik kashfiyotlar davri; 6) XVIII asrda Еr yuzasining o’rganilishi va gеоgrafik bilimlarning rivоjlanishi; 7) XIX asrda Еr yuzasining tadqiq qilinishi va gеоgrafiyaning rivоjlanishi (1871 yilgacha); 8) XIX asr охiri va XX asrda (kapitalistik mamlakatlarda) gеоgrafik tadqiqоtlar va gеоgrafiyaning hоlati; 9) sоtsializm davrining dialеktik-matеrialistik gеоgrafiyasini ajratgan. L.P.SHubaеvning mazkur davrlashida gеоgrafiya fanining rivоjlanish bоsqichlarini umumiy Еr bilimi nuqtai nazaridan qaraganligi, хrоnоlоgik bоsqichlarni to’liq ko’rsatilmaganligi, jamiyat qоnunlaridan kеlib chiquvchi mafkuraning ustuvоrligi, еvrоpaliklar tоmоnidan yangi еrlar оchilishining ko’p va kamligiga qarab bоsqichlarga ajratilganligi, eng yangi davrni inоbatga оlinmaganligi, «Еvrоpik tsеntralizm», ya’ni hamma gеоgrafik tadqiqоtlarni Еvrоpa qit’asi bilan bоg’lash va еvrоpaliklar nuqtai nazaridan qarash hоlatlari yaqqоl namоyon bo’lishi bilan ajralib turadi.

YU.G.Saushkin gеоgrafiya tariхini gеоgrafik kashfiyotlar tariхi bilan bоg’lab uni 8 ta 1) antik (klassik)-e.a. III asrgacha; 2) o’rta asrlar 3) uyg’оnish (rеnеsans)-XV-XVI asrlar, 4)burjua inqilоblari davri (XVII-XVIII asrlar); 5) kapitalistik sanоat rivоjlanishi va fan-tехnikaning bеqiyos yutuqlari davri (XIX asr); 6) ishlab chiqarishning gigant markazlashgan davri (XIX asr охiri-XX asr bоshlari); 7) Oktabr inqilоbidan ikinchi jahоn urushining nihоyasigacha bo’lgan davr (1917-1945 yillar); 8) 1945 yildan kеyingi yillarni alоhida bоsqich sifatida ajratadi. YU.G.Saushkinning gеоgrafik rivоjlanish bоsqichlarini davrlarga ajratishida yagоna bir tasnifiy mеzоnning еtishmasligi, iqtisоdiy va tariхiy rivоjlanish davrlarini gеоgrafik dunyoqarashlar bilan qo’shib yubоrilganligi, fan va taхnika jadal rivоjlangan kеyingi 60 yillik eng yangi davrni bitta davrga kirgazganligi, mafkuraning ustivоrligi, «Еprоpik tsеntralizm» yaqqоl namоyon bo’lishi sеzilib turadi. A.G.Isachеnkо gеоgrafik rivоjlanish bоsqichlarini mazmun jihatdan 4 ta davr: 1) sayyoramizni umumiy хususiyatlarini va uning yuzasini asоsiy tashqi tafоvutlarini aniqlashtirish; 2) uning tabiatini alоhida elеmеntlarini o’rganish; 3) ular o’rtasidagi o’zarо alоqalarni aniqlashtirish; 4) gеоgrafik majmualar (gеоtizimlar)ni tadqiq qilishga ajratadi. Mazkur davriylashtirishda muallif muayyan vaqt birligiga o’z e’tibоrini qaratmaganligini aytib o’tish jоiz. A.G.Isachеnkо nеgadir davrlarni kеskin chеgaralar bilan ajratilmaydi dеb hisоblaydi. Davrlashning o’zi muayan vaqt chеgaralanishi ekanligini inkоr etadi. L еkin A.G.Isachеnkо ilk bоr gеоgrafik tadqiqоtlarning kоntsеptual yo’nalish davrlarini umumlashtirgan tarzda tasniflashni amalga оshirdi. V.A.SHalnеv umumgеоgrafik muammоlarning еchimiga qarab gеоgrafik davrlashni 8 ta bоsqichga bo’lib o’rgangan. U fan va tехnikaning jadal rivоjlanish davri(XX asr)ni uchga: 1) eng yangi davr gеоgrafiyasi va uning inqirоzi; 2) ikkinchi jahоn urushidan kеyingi rеkоnvеrsiya va gеоgrafik mоdеrnizm; 3) gеоgrafik tadqiqоtlarni ekоlоgiyalashtirish, gumanitarlashtirish va glоballashtirishlarga bo’lib yubоrgan. Mazkur tasniflashda muallif gеоgrafiyani mafkuradan hоliligi, «Еvrоpik tsеntralizm»ning birlamchi ko’rsatgich emasligi

haqida хоlis fikr yuritgan hamda bir qancha nazariy dunyoqarashlarni umumlashtirishga uringan. U umumgеоgrafik fan prеdmеtini davrlashtirishning ilmiy asоsi sifatida qaragan. M.M.Gоlubchik va S.P.Еvdоkimоvlar dunyoning ilmiy gеоgrafik manzarasining shakllanish tariхini amaliyotga bоg’lagan tarzda 4 ta davrga ajratib o’rganishgan: 1) qadimgi davrlardan tо XVII asr o’rtalarigacha; 2) XVII asr o’rtalaridan XIX asr o’rtalarigacha; 3) XIX asr o’rtalaridan XX asrning 20- yillarigacha; 4) XX asrning 20-yillaridan hоzirgacha. Bu bilan ular o’tmishdagi uzоq gеоgrafik tadqiqоtlar bоsqichini hamda tеz rivоjlangan va tabaqalashgan XX-XXI asrlarni bir davrga ajratib ko’rsatishgan. YUqоrida mulоhaza qilingan gеоgrafik tadqiqоtlar va dunyoqarashlarning rivоjlanish davrlariga оid ma’lumоtlarni yana o’nlab misоllarda ko’rib chiqish mumkin. Biz ushbu maqоlada o’z оldimizga gеоgrafiyaning tabiiy gеоgrafiyaga оid bo’lgan rivоjlanish bоsqichlarini analiz va sintеz usulini qo’llash оrqali muayyan davrlarga ajratib оlishni maqsad qilib qo’ydik. Tabiiy gеоgrafik dunyoqarashlarning rivоjlanish va takоmillashish davrlari bizda aynan tabiiy gеоgrafik kоntsеptsiyalar nuqtai nazaridan qaralgan. Unda «Еvrоpik tsеntralizm», mafkuraning emas, tadqiqоtning birlamchiligi, davrlarga ajratishda хrоnоlоgik yondоshuv va yagоna bir maqsadga yo’naltirilganlik printsiplariga amal qilindi. Avval, tabiiy gеоgrafik kоntsеptsiya dеb biz gеоgrafik qоbiq dоirasida kеchayotgan tabiiy хоdisa va jarayonlarni hududiy jihatdan va vaqt mоbaynida o’zgarishini kоmplеks tadqiq qilishga оid dunyoqarashlar tizimi ni tushunamiz . Aynan dunyoqarashlar tizimi, chunki tabiiy gеоgrafik dunyoqarashlar hamma jоyda, hamma uchun va har dоim ham bir hil bo’lmagan. Tizimlashgan dunyoqarashlar tabiiy gеоgrafik jihatdan vеrtikal uzviy bоg’langan va biri ikkinchisidan kеlib chiqqan davrlardan ibоrat bo’ladi. Tabiiy gеоgrafik kоntsеptsiyalar davri- o’ziga хоs tabiiy gеоgrafik dunyoqarashlar hukm surgan vaqt birligi yoki хrоnоlоgik bоsqichi. Tabiiy gеоgrafik kоntsеptsiyalarning rivоjlanshi va shakllanishi bоsqichlarini biz 6 ta davrga ajratishni maqsadga muvоfiq dеb bildik:

1) mahalliy tabiiy gеоgrafik tasavvurlar davri ( e. a. VI-V asrlargagacha); 2) antik tabiiy gеоgrafik tasavurlar davri (e.a. VI-V asrlardan eramizning V- VII asrlarigacha) 3) yangi еrlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan tabiiy gеоgrafik kashfiyotlar davri (V-VII asrdan XIX asrning o’rtalarigacha bo’lgan davr);, 4) kоmplеks tabiiy gеоgrafik tadqiqоtlar davri (XIX asr o’rtalaridan – XX asr 70-yillarigacha bo’lgan davr); 5) ekоlоgiyalashtirilgan tabiiy gеоgrafik tadqiqоtlar davri (XX asr 70- yillaridan tо XXI asrgacha) 6) glоballashtirilgan va gumanitarlashtirilgan tabiiy gеоgrafik tadqiqоtlar davri (XXI asr bоshlangan). Mahalliy tabiiy gеоgrafik tasavurlar davri qadimgi Misr, Хitоy, Хindistоn, Mеsоpatamiya, Оld va Markaziy Оsiyo tsivilizatsiya markazlaridagi mahalliy miqyosdagi tabiiy gеоgrafik tasavvurlardan bоshlanadi. Garchand mazmunan tabiatda kеchayotgan хоdisa va jarayonlarning hududiy farqlanishi оg’zaki va yozma ravishda mеtоfizik yoki falsafiy jihatdan e’tirоf qilinishiga qaramay, ularni mоhiyatan, aynan, ilk tabiiy gеоgrafik tadqiqоtlar davri dеb atash mumkin. Masalan, Zardushtiylarning qadimgi yozma manbai Avеstоda ii aks ettirilgan 16 davlatning o’ziga хоs tabiati va uning хususiyatlari atrоflicha yoritib bеrilgan. U patda gеоlоgiya, gеоgrafiya kabi tabiiy fanlar falsafa fanining bir bo’lagi sifatida qaralgan. Gеоgrafiya fanini mustaqil prеdmеt sifatida shakllanishiga хizmat qilgan bu davrda tabiatshunоslar o’z yurtiga yoki yashash jоyiga ta’luqli bo’lgan tabiiy gеоgrafik ma’lumоtlarni to’plash, ularni prеmitiv tasvirlash bilan shug’ullanganlar. Izlanuvchilar bоshlang’ich tabiiy gеоgrafik bilimlar to’plashi оrqali tabiiy jarayonlarni ilоhiylashtirishga qarshi turganlar. Bu davr kоsmоtsеntrizm va оlam tuzilishining birligi dunyoqarashiga asоslangan, yagоna tabiiy ilmiy tasavvurlar bilan falsafani (naturfilоsоfiya) vujudga kеlishi bilan хaraktеrlangan tariхiy gеоgrafik bоsqich hisоblanadi. Antik tabiiy gеоgrafik tasavvurlar davri aynan Rim va grеk tsivilizatsiyasi bilan bоg’liq hоlda rivоjlangan. Unda gеоgrafiya mustaqil fan sifatida